Uploaded by behzodlapasov7

1 amaliy

advertisement
1-Amaliy mashg’ulot.
Zamonaviy o’quv-texnik vositalari va ularni ta’lim jarayonida qo’llash. Kimyo
ta’lim yo’nalishi ta’lim jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining
o‘rni va imkoniyatlari. (2-soat)
Reja:
1. Kimyo ta’lim yo’nalishini o’qitish jarayonida qo‘llaniladigan axborotkommunikatsiya texnologiyalari, texnik va dasturiy vositalari.
2. Zamonaviy o‘quv-texnik vositalari va ularning tasnifi.
3. O’zbekistondagi ta’lim sohasidagi saytlar bilan tanishish.
4.Texnik vositalarni o’zaro aloqa o’rnatish texnologiyalar to’g’risida nazariy bilim olish
va amaliyotda qo’llash.
Asosiy mazmun:
1,2.Kimyo ta’lim yo’nalishini o’qitish jarayonida qo‘llaniladigan axborotkommunikatsiya texnologiyalari, texnik va dasturiy vositalari. Zamonaviy
o’quv teznik vositalari va ularninmg tasnifi.
Zamonaviy texnik vositalaridan juda ham til o’rganish va o’tgatish uchun zarur va
qulay bo’lgan lingaphone kabinetlar haqida bayon qilaylik
.Rasm 1. Multimediali lingaphone kabineti. Ular quyidagi ko’rinishlarda bo’ladi:
Rasm 2. Multimediali lingaphone kabinetida o’qituvchining ishchi
stoli.
1) Multimedia lingaphone kabinetlari;
Rasm 3. Multimediali lingaphone kabinet
2) Multimedia elemntli lingaphone kabinetlar:
Rasm 4. Multimediali va multimedia elementli lingaphone kabinetlar.
Multimediali lingaphone kabinetda analogli proigrovatel orqali audio va
videolarni, multimediayalarni namoyish qilinqdi.
Rasm 5. Multimediali lingaphone kabinetida o’qituvchining Multimediali lingaphone
kabinetida talabalar ikki kishi bo’lib, uch
kishi bo’lib ham ishlashlari mumkin.
Rasm 6 Multimediali Lingafon kabinetida juftlikda va uchlikda ishlash mumkin.
3) Raqamli lingaphone kabinetlari;
Rasm 7. Raqamli lingaphone kabinetlarning ko’rinishi.
Rasm 8,9. Raqamli kabinetda ham o’qituvchining ishchi stoli va
o’quvchining ishi stoli uskumnalar bilan jihozlanadi.
4) Kompyuterli lingaphone kabinetlari;
Rasm 10. Kompyuter lingaphone kabinetlarning ko’rinishi.
5) Mobil lingaphone kabinetlari;
Rasm 11. Mobil lingaphone kabinetining ko’rinishi.
Mobil lingaphone kainetlar quyidagi ko’rinishdagi auditoriyada joylashadi,
unda ham o’qituvchi uchun va talaba uchun alohida joy bo’ladi.
Rasm 12. Mobil lingaphone cabinet.
Lingaphone kabinetida talaba til o’rganishi mumkin, u o’qituvchi bilan
hamkorlikda ishlashi, juftlik va uchlik bo’lib ishlashi mumkin. Lingaphone kabinetida
audio yozishga va video yaratishga turli imkoniyatlar yaratilgan. Undan tashqari mobile
lingaphone kabineti tabiatga ham olib chiqib o’rnatish mumkin.
Rasm 13. Mobil lingaphone kabinetlarining ko’rinishi.
Mobil lingaphone kabinetida o’qituvchining ishchi stolida boshqa tur lingaphone
kabinetlari kabi kompyuter, talabalar bilan bog’lanadigan pult, notebook, o’qituvchi
stolidagi kompyuter, naushniklar, sichqoncha va boshqa uskunaviy jihozlar mavjud.
Rasm 14.,15 Mobil lingaphone kabinetlarida o’qituvchi stolining jihozi.
Har bir tur lingaphone kabinetida o’qituvchi ishchi stoli va talaba ishchi stoli bo’lib,
o’qituvchi va talaba o’rtasida muloqot o’rnatiladi, o’qituvchi talabani o’z nazoratiga ola
oladi. O’quvchilar stollari oynaklar bilan o’zaro izolyatsiya qilingan. Mobil va boshqa
lingaphone kabinetida akustik tizimlar
ovozni yahshi amalga oshirish uchun elektron doska proektsion tizimlar va qo’shimcha
uskunalar qo’llash mumkin bo’ladi.
Rasm 16,17. Mobil va boshqa lingaphone kabinetlarida akustik tizimlarni,
ovoz berish tizimlarini, elektron doskani va qushimcha qurilmalarni o’rnatib
uning imkoniyatini yanada kuchaytirish mumkin bo’ladi.
Rasm 18. Mobil lingaphone kabinetida interaktiv doska, akustik tizimlar,
qushimcha qurilmalar va ovoz berish tizimlarining o’rnatilishi.
Elektron doska, interaktiv planshetlar, kompyuter, notebook va
mono blok kompyuterlardan foydalanish ham ma’lum jarayondagi bilimlarni
egallash uchun samarali natijalar beradi.
Rasm 19,20. Ta’limda qo’llaniladigan texnik vositalar interaktiv
planshetlar, elektron doskalar va boshqalar.
Zamonaviy o’quv texnik vositalarga esa: kompyuter, notebook, mono blok sinflar,
planshet, planshetli sinflar, videoproektor, multiproektor, elektron doska,videoblaster,
kamera, Smartphonelar kiradi.
Rasm 21,22,23. Elektron doska, notebook(Latop), kompyuter,
multiproyektor, videoproyektor kabi texnik vositalar.
Rasm 24.25. Raqamli elektron doskalar va ularning qo’llanilishi.
Rasm
26,27. Raqamli elektron doskalarlarning qo’llanilishi,
elektron markerning ko’rinishi..
Bu zamonaviy texnik vositalar ta’lim jarayonini yanada takomillashtirib tushunish
va materialni tezkor va oson yetkazib berishga xarakat qiladi.Dars jarayonida
qo’llaniladigan offis dasturlari, grafik muharrirlar va boshqa kompyuter dasturlari ham
dasturiy vositalarga kiraadi va dars jarayonida qo’llashga qukay. Masalan dars
jarayonida talaba va o’quvchilarning bilimlarinin sinash uchun Easy Quizy, My Test,
Quiz Maker, Hot Potatoes dasturlarini qo’llashimiz mumkin. Power Pointda taqdimot
yaratib undan dars davomida foydalanishimiz, Word dasturida esa o’quv materillarni
tayyorlashimiz, Accesda o’qituvchi rahbarlik qilayotgan guruhi haqida ma’lumotlarni
saqlashi, Excelda turli jadvallarni tayyorlashi, dars jadvalini kiritishi mumkin. Onlayn
hujjatlarni yuritishda Google imkoniyatlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Google hujjat, Google elektron jadval va Google taqdimot ilovalaridan foydalanib,
onlayn elektron resurslarni, o’quv materiallarni tayyorlash mumkin bo’ladi. Dars
jarayonida sun’iy intellekt tizimlaridan ham foydalanish maqsadga muvofiq: bularga
robototeznikaga uning platalariga va platformalariga hamda dasturlashtirishga
asoslangan robotlardan dars jarayonida ma’ruza o’qishda, konferentsiyani o’tkazishda
yordamchi sifatida robotlardan talabalarni kutubhonada o’tirib dars tayyorlaganlarini
kuzatishda qo’llash mumkin,bunday robotlar ta’lim jarayoniga kirib keldi.
Undan tashqari maktabgacha yoshdagi bolalarni o’qitish uchun bo’g’cha
tarbiyachisiga ko’makdosh robotlar ham qo’llanilmoqda.
3.O’zbekistondagi ta’lim sohasidagi saytlar bilan tanishish.
Ta’lim jarayonini biz axborot texnologiyalarisiz tasavvur qila olmaymiz, bu
hayotimizga kirib kelgan internet, uning asosiy mazmuniga aylangan mobil
texnologiyalar, ekspert tizimlar, sun’iy intellekt tizimlari, robototexnikani
rivojlantiruvchi, axborot tizimlari, masofaviy ta’lim tizimlari, gadjetlar, mobil ilovalar
va boshqalar.Undan tashqari hammamizga ma’lum bo’lgan Microsoft Offis
dasturlari:Word, Excel, Power Point, One Note, Outlook, Access, Publisher va
boshqalar. Ularga raqobatdosh bo’lib ta’limga kirib kelgan Google ilovalari: Google
Play Market, Google Disk, Google Document, Google Elektron jadval, Google
Taqdimot, Google Shakl, Google Maps, Google Cards, Google Books, Google Calendar,
Google Hangouts va boshqalar ta’lim jarayonida ham faol qo’llanilib kelmoqda.
Googleda disk ochib, Google Document, Google Elektron jadvaldagi va Google
taqdimot va Google berilganlar omborida tayyorlangan hujjatlarni, onlayn yaratilgan
materiallarni Google Disk yordamida saqlash mumkin. Undan tashqari Google Drive
bulutli texnologiyalarda ham ishlash mumkin. Bulutli texnologiyalarining ham
yetarlicha platformalari yaratilib, ulardan foydalanishga taqdim etilgan. Masalan,
Google Apps va boshqalar. Bulutli texnologiyalar, sizmsiz texnologiyalar, bir tildan
ikkinchi tilga ugirish texnologiyalari, Google translate, onlayn tarjimon dasturlar, oddy
iWord rusumidagi faylni giper hujjatga uguruvchi texnologiyalar, kiril-lotin va
teskarisiga uguruvchi texnologiyalar, pul o’tkazish tizimlari, ta’limda ilmiy maqola
chiqarishda to’lov vazifalarini amalga oshirishda qo’llaniladi. Onlayn ta’lim resurslari,
o’quv platforma va undagi o’quv kontentlar, kurslar, bloglar, webinarlar, forumlar
hammasi axborot texnologiyalarin sifatida ta’limda biror masalani hamkorlikda hal
etishda qo’llanilishi mumkin.
1. Khan Academy
Khan Academy notijorat tashkilot bo‘lib, uning maqsadi «Hamma uchun va har yerda
bepul ta’lim olish imkonini yaratish»dir. Khan Academy maktabgacha ta’limdan tortib,
oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun matematika, grammatika, fizika, tarix, maxsus
kirish imtihoni (SAT) va shu kabi yo‘nalishlarni qamrab olgan yana ko‘plab onlayn kurs
materiallarini taklif etadi.
Khan Academy’ning moliyaviy hamkorlari qatorida Bill va Melinda Geyts jamg‘armasi,
Google, Ann va Jon Doer hamda Rid Xastings kabilar bor.
Bepul namunaviy kurslar:

Algebra; Geometriya; Statistika va ehtimollik.
2. edX
edX Harvard va Massachusets texnologiyalar instituti tomonidan yaratilgan global
notijorat tashkilot bo‘lib, an’anaviy ta’limdagi uchta to‘siqni: narx, joylashuv va qabul
qilinishni yo‘q qilishga intiladi.
edX 20 milliondan ortiq o‘rganuvchi va dunyoning eng taniqli universitetlarining 2 400
ga yaqin kurslariga ega. Open edX — bu edX asosidagi ochiq platformadagi manba
bo‘lib, yangi o‘quv vositalarini ishlab chiqishni istagan o‘qituvchilar va texnolog,
shuningdek, boshqa o‘rganuvchilar uchun mo‘ljallangan. Ushbu saytda bepul kurslar
bilan bir qatorda pullik kurslar ham taklif etiladi.
Bepul namunaviy kurslar:

Arxitektura asoslari (Harvard); Qaror qabul qilish uchun moliyaviy tahlil (Babson);
Omnixannel strategiyasi va menejmenti (Dartmut).
3. Coursera
Coursera 35 milliondan ortiq o‘rganuvchi, 150 ta hamkor universitet, 2 700 ta kurs va
250 turdagi mutaxassislik sohalariga ega bo‘lib, to‘rt xil ilmiy daraja taqdim etuvchi
onlayn ta’lim saytidir. Bepul kurslardan tashqari, Coursera narxi 29 dan 99 dollargacha
bo‘lgan kurslarni ham taklif etadi. Mutaxassislik va daraja taqdim etuvchi kurslar,
shubhasiz, yuqoriroq baholanadi. Ushbu kurslar dunyoning yetakchi oliy ta’lim
muassasalari o‘qituvchilari tomonidan olib boriladi. Kurslar yozib olingan videoma’ruzalar, muhokama forumlari, baholangan va ko‘rib chiqilgan kurs ishlaridan tarkib
topgan. Shuningdek, har bir kurs so‘ngida kursni tamomlaganingiz to‘g‘risidagi
sertifikatga ega bo‘lishingiz mumkin.
Bepul namunaviy kurslar:

Kompyuterlashtirilgan ta’lim (Stenford); Boy bo‘lish sirlari (Yel); Muvaffaqiyatli
muzokaralar (Michigan universiteti).
4. Udemy
Global ta’lim bozori hisoblangan Udemy 30 million o‘rganuvchi, 50 tilda taqdim
etilayotgan 100 000 ta kurs, 42 000 ta o‘qituvchi va 22 million daqiqalik videodarslar
jamlanmasidir. Oliy ta’lim muassasalari tomonidan boshqariladigan boshqa onlayn
ta’lim platformalaridan farqli o‘laroq, Udemy kontent yaratuvchilarga o‘z kurslarini
nazorat qilish va onlayn dars berish imkonini beradi.
Bepul namunaviy kurslar:

Python dasturlash tili asoslari
5. TED-Ed
TED-Ed — TEDning yoshlar va ta’lim sohasidagi olqishlarga sazovor bo‘lgan loyihasi
bo‘lib, uning maqsadi o‘qituvchilar va o‘rganuvchilarning g‘oyalarini bo‘lishish va fikr
almashishdir. TED-Ed bir haftada dunyo bo‘ylab millionlab o‘qituvchi va
o‘rganuvchilarga xizmat ko‘rsatadigan 250 000 dan ortiq o‘qituvchilarni birlashtirgan
global jamiyat hisoblanadi. TED-Ed o‘ziga xos animatsion videolar va o‘qituvchilar
uchun interfaol darslarni tashkil qilish platformasi kabi innovatsion tuzilmani ham o‘z
ichiga oladi.
Bepul namunaviy kurslar:

Og‘riq tushunchasi; O‘zini-o‘zi boshqaruvchi mashinalarni yaratish; Turg‘unlik
sabablari.
6. Codeacademy
Codeacademy — bu turli xil dasturlash tillarini o‘rgatuvchi interfaol platformadir.
Ko‘pgina bepul kurslarni 11 soatdan kam vaqtda tugatish mumkin. Codeacademy veb
dasturlash, dasturlash, informatika va ma’lumotlar bilan ishlash kabi mavzularda 45
milliondan ortiq talabalarni tayyorlashga yordam berdi. Codeacademy bitiruvchilari
Google, Facebook, IBM, Bloomberg va boshqa yetakchi kompaniyalarda faoliyat olib
borishadi. Shuningdek, Codeacademy oylik to‘lov uchun imtiyozlar ham taklif etadi.
Bepul namunaviy kurslar:

Turli dasturlash tillari
7. Stanford Online
Stanford Online Stenford universitetidagi onlayn ta’lim bilan bir qatorda professional
sertifikatlar, ilmiy darajalar va biznesga oid ta’lim kurslarini taklif qiladi. Stanford
Online Stenford universiteti, Stenford yuridik maktabi, Stenford biznes maktabi va
Stenford tibbiyot maktabining bakalavr va magistrlik darajasi kurslarini taklif etadi.
Bepul namunaviy kurslar:

Innovatsiyalar va tadbirkorlik bilan tanishish; Venchur sarmoyasi asosida tadbirkorlik;
Matematikani o‘rganish.
Bilimingizni boyitishni istasangiz, hech qachon kech emas. Ushbu onlayn ta’lim kurslari
sizga sertifikat, diplom olish bilan birgalikda, dunyoqarashingizni kengaytirish va
qimmatli bilimlarni egallashingizda yaqindan yordam beradi.
4. Texnik vositalarni o’zaro aloqa o’rnatish texnologiyalar
to’g’risida nazariy bilim olish va amaliyotda qo’llash.
Shuni ta’kidlash kerakki ta’lim jarayoniga qo’llaniladigan axborotlar
kompetentligi bilan ha, ajralib turadi.Yani bunda internetni ta’limga doir
mavzularni qidirish zarur bo’lganda, boyob bilimlar kerak bo’lganda yoki
mavzularni yanada takomillashtirib o’tganish uchun qo’llaniladi. Undan
tashqari elektron pochta kabi axborot texnologiyalarining bir ko’rinishini biz
ta’limda qo’llashimiz mumkin, axborotlarni bir birimizga uzzatishda
ishlatamiz. Pandemiya davrida va favqulotda hodisalarni amalga oshirish
vaqtida biz ta’limjarayonini masofaviy platformalarga kuchirdik. Yani dars
jarayonini Moodle o’quv platformasi yordamida amalga oshirdik. Bu degani
ma’ruza. amaliy mashg’ulotlarni elketron variantini biz platformaga joylab,
har bir ma’ruzadan so’ng testni talabalar bilimini nazorat qilish uchun
joylaganmiz. Talabalar va o’qituvchilar Moodle o’quv platformasidagi
saytga registratsiya bo’lishadi, login va parollari bilan kirib foydalanishlari
mumkin bo’ladi, yani autentifikatsiya va identifikatsiya jarayonlaridan
foydalanish onlayn tizimida ishlaganda doimo qo’l keladi. Har bir o’qituvchi
o’zining kompetentligidan kelib chiqqan holda dasturiy vositalardan,
kompyuter programmalaridan, qolaversa turli vositalardan qo’llashni bilishi
zarur. Pedagogik axborot kommunikatsiya texnologiyalari kompetentligi
deganda biz dars jarayoniga o’qituvchining mahorati va texnik vositalaridan,
kompyuter dasturlaridan foydalanishni bilishiga qarab ulaarni qo’llay
bilishini va buni fanga va mavzularga aloqadorligini tushunamiz.
Nazariy savollar:
1. Ta’lim jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalarining
o’rni va imkoniyatlari qanday, bayon eting?
2. Ta’lim jarayonida qo’llaniladigan qanday axborot kommunikatsiya
texnologiyalarini sanab bera olasiz, texnik va dasturiy vositalardan
foydalanishda qaysi texnik vositalarni qo’llashga tavsiya berasiz?
3. Zamonaviyto’quv teznik vositalari va ularninmg tasnifi haqida
bayon eting
4. Pedagogik axborot kommunikatsiya texnologiyalari kompetentligi
deganda nimani tushunasiz?
Taklif etilgan adabiyotlar:
Asosiy adabiyotlar:
1. Evans V., Dooley J., Wright S. Information Technology
Издательство: Express Publishing
2. Громов Ю.Ю. Информационные технологии. Тамбов 2015.
3. Захарова И.Г. Информационные технологии в образовании.
Москва ACADEM'A 2003 4.
4. David Watson and Helen Williams Computer Science//IGCSE is
the registered trademark of Cambridge International Examinations. Буюк
Британия/Hodder Education. An Hachette UK Company London NW1
3BH 2014, 278p.
Qo’shimcha adabiyotlar:
5. Симонович С.В. Информатика. Базовый курс. Учебник для
ВУЗов. Питер, 2013 г. ISBN 978-5-496-00217-2, 978-5-459-00439-7.
637стр.
6. Максимов, Н. В. Современные информационные технологии:
учеб. Пособие/Н.В. Максимов, Т.Л.Партыко, И.И.Попов. — М:
ФОРУМ, 2008. - 512с
7. Цифровое будущее. Каталог навыков медиа- и
информационной грамотности /авт.: А. Ю. Домбровская и др.;
пер. с англ. О.В.Терешкина;
ЮНЕСКО. – Москва: Межрегиональный центр библиотечного
сотрудничества, 2013. – Оригин. текст подгот. Фондом «Современная
Польша».
8. Шмыр Анна Сергеевна. «Использование программ «Hot
Potatoes v 6.0» для создания интерактивных заданий, тестов и
кроссвордов». Калининград- 2008
9. Информационные и коммуникационные технологии в
образовании: монография / Под.редакцией: Бадарча Дендева – М. :
ИИТО ЮНЕСКО, 2013.– 320 стр.
10. Анисимов А.М. Работа в системе дистанционного обучения
Moodle. Учебное пособие. Харьков. 2009 г. 209 стр.
11. Хамидов В., Эркин ва очиқ кодли LMS тизимлари,
INFOCOM.UZ,2013,
12. Докторова Е.А. Мультимедиа технологии: Конспект лекций.
Часть2: /: – Ульяновск : УлГТУ, 2010. – 74 с.
13. Сабирова Д.А. Мультимедиа тизимлари ва технологиялари.
Ўқув қулланма-Т:ТГЭУ,2013г Ахборот манбалари
14. www.gov.uz – Ўзбекистон Республикаси хукумат портали.
15. www.lex.uz – Ўзбекистон Республикаси Қонун ҳужжатлари
маълумотлари миллий базаси.
16. http://Ziyonet.uz
17. http://www.tuit.uz
18. http://www.etuit.uz
19. http://www.moodle.org
Download