O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI XALQARO NORDIK UNIVERSITETI MAKTABGACHA TA’LIM MAXSUS SIRTQI YO’NALISHI MMT 423-guruhi talabasi Usmonova Shahnoza Abdumannopovnaning MAKTABGACHA TA’LIM ASOSLARI FANIDAN BAJARGAN MUSTAQIL ISHI Bajardi: Usmonova Shahnoza Qabul qildi: Durdona Sharofuddinova TOSHKENT -2023 83- Variant l.Tarbiya turlari va ularni bola hayotidagi ahamiyati 2. Men faoliyat olib boradigan maktabgacha ta’lim tashkilot MAVZU: Tarbiya turlari va ularni bola hayotidagi ahamiyati 1. Maktabgacha ta’lim muassasasida aqliy va axloqiy tarbiya 2. Bola hayotida jismoniy va mehnat tarbiyasi. 3. Estetik va ekologik tarbiya orqali bolalarni tarbiyalash Tayanch iboralar: tarbiya maqsadi, tarbiyaning vazifalari,tarbiya mazmuni,. ilmiy dunyoqarash,tarbiya jarayonining o`ziga xos xususiyatlari. 1.Yosh avlodni tomonlama yetuk shaxs qilib tarbiyalash jamiyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan obyektiv zaruratdir. Aqliy tarbiya ijtimoiy tarbiyaning eng muhim jihatlaridan biri. Aqliy tarbiya bu aqlni rivojlantirish maqsadida yosh avlodga muntazam va maqsad asosida pedagogik ta’sir ko’rsatishdir. Demak, aql keng ma’noda sezish va idrok etishdan boshlab to tafakkur va xayolni o’z ichiga oladigan bilish jarayonlari yig’indisi bo’lib, u yosh avlodning insoniyat to’plagan bilimlar, ko’nikma va malakalar, me’yorlar, qoidalar va boshqalarda ro’y beradi. Bu holat kattalar tomonidan amalga oshiriladi va bolalarning aqliy rivojlanishini ta’minlovchi xilma-xil vositalar, metodlarni, keraqli shart-sharoitlarni yaratishni o’z ichiga oladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni aqliy tarbiyalash bolalarning fikrlash faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan kattalarning ma’lum maqsad asosidagi ta’sir etishdir. U bolalarga tevarak-atrofdagi olam haqida bilimlar berishni, ularni tizimlashtirishni, bolalarda bilishga qiziqish uyg’otish, aqliy malaka va ko’nikmalarni tarkib toptirishni, bilim qobiliyatlarini rivojlantirishni o’z ichiga oladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni maktabga tayyorlashda aqliy tarbiyaning roli, ayniqsa, kattadir. Chunki aql xis-tuyg’ular va idrok etishdan tortib, fikrlash va tasavvur etishgacha bo’lgan jarayonlar yig’indisidir. Aqliy rivojlanish fikrning kengligida voqealarni har xil bog’lanishlarda, munosabatlarda ko’ra bilish, umumiylashtirish qobiliyatida namoyon bo’ladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishi faoliyat jarayonida, dastlab muomalada bo’lish, narsalar bilan bajariladigan faoliyat natijasida, keyin esa o’quv, mehnat, samarali faoliyatlar: rasm chizish, loy va plastilindan buyumlar yasash, applikatsiya, ko’rish - yasash jarayonida amalga oshirib boriladi. Bolaning aqliy rivojlanishga ta’lim va tarbiya samarali ta’sir ko’rsatadi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga aqliy tarbiya berishni to’g’ri tashkil etish uchun ularning aqliy rivojlanish qonuniyatlari va imkoniyatlarini bilish kerak. Aqliy tarbiyaning vazifasi uning mazmuni, metodi va tashkil etilishiga qarab belgilanadi. Pedagogika va psixologiya fani aqliy tarbiya berish vazifalarini samarali xal etishda, bir tomondan, bolaning imkoniyatlaridan unumli foydalanish, ikkinchi tomondan, bola organizmning umumiy charchashiga sabab bo’lishi mumkin bo’lgan ortiqcha toliqtirish bo’lmasligi yo’llarini topish uchun maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishi qonuniyatlari va imkoniyatlarini o’rganish bilan shug’ullanadi. Keyingi yillarda olib borilgan psixologikpedagogik tadqiqotlarning natijalari maktabgacha tarbiya yoshi davrida bolalarning aqliy rivojlanishida juda katta imkoniyatlar mavjudligini ko’rsatdi. Bularning hammasi maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga beriladigan bilim, malaka va ko’nikmalar mazmunini yanada chuqurlashtirish, hajmini kengaytirish maqsadga muvofiq ekanligidan dalolatdir. Maktabgacha tarbiya yoshining oxiriga kelib, bolalar tevarak-atrof to’g’risida kattagina hajmdagi eng oddiy bilim va tushunchalarga ega bo’ladilar, asosiy fikrlash jarayonlarini egallab oladilar. Faqat yaxshi tashkil etilgan faoliyat jarayonidagina to’laqonli aqliy rivojlanish ro’y beradi, shuning uchun o’qituvchi va tarbiyachilarning asosiy vazifasi — bolaga muayyan maqsadni ko’zlab tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish uchun kerakli sharoit yaratishdir. Aqliy tarbiya va ta’limning nazariy asoslari. Bola har doim buyumlar hamda xodisalar orasida bo’ladi. Bola doimo biror narsa bilan tanishadi, nimanidir bilib oladi, ushlab ko’radi, hidlaydi, tortib ko’radi, nimagadir quloq soladi. Shu tariqa asta-sekin dunyoni bilib boradi. Tevarakatrofdagi buyumlar, tabiat bolaning sezgi organlari-analizatorlariga ta’sir etadi va sezgi hosil qiladi. Sezgi bolalarga buyumlarning ayrim xossalarini: sovuq-issiq, g’adir- budur, silliq-yaltiroq, xushbo’y va xk. ni bilim olishga yordam beradi. Sezgi atrofdagi muhitni bilishning dastlabki bosqichi sanaladi. Bola sezgi tufayligina tevarak-atrofdagi narsalar to’g’risida bilim, tajriba to’plab boradi. Idrok esa ancha murakkab jarayon bo’lib, sezgilar asosida hosilbo’ladi. Bola olmani qo’lida ushlab ko’rib, qarab chiqib va yeb ko’rib, uni yaxlit bir buyum, ayni bir vaqtda dumaloq, qizargan, xushbo’y, mazali va xk. tarzda idrok qiladi. Bola olmani yaxlit bir buyum tarzida tasavvur qilishi uchun birdaniga bir nechta analizator: ko’rish, sezish va xid bilish analizatorlaridan foydalanadi. Analizatorlar bir vaqtning o’zida birdaniga ishlashi buyumning xossasi va belgilarini anikroq hamda to’laroq bilish imkonini beradi. Shuning uchun katta yoshdagi kishilar bolani ilk yoshlik chog’idan boshlaboq aqliy jihatdan to’g’ri tarbiyalash maqsadida buyumlarni ko’prok analizatorlar yordamida idrok qilishga imkon tug’dirishlari, analizatorlarning rivojlanishiga, ya’ni bolaning sensor madaniyatiga alohida e’tibor berishlari kerak. Bolada nutq paydo bo’lishidan ancha oldin (bola bir yoshga to’la boshlaganda birinchi bor gapira boshlaydi) u tevarak-atrofdagi odamlar va buyumlar dunyosini katta yoshdagi kishilar yordamida bilib oladi. Bola 3 yoshga to’lganda uning so’z zaxirasi 1200-1500 taga yetadi. Bola katta yoshdagi kishilar unga nima haqida gapirayotganlarini yaxshi tushunadi. Bu katta yoshdagi kishilar nutqidan har tomonlama tarbiyalashning kuchli vositasi tarzida foydalanish imkoniyatini beradi. Bolalarning aqliy jihatdan o’sishida katta axamiyatga ega. Bola tug’ilganda hech narsani bilmaydi va hech narsa qilolmaydi. U rivojlanishning birmuncha yuqoriroq darajasiga ko’tarilib biror bir foydali ish uchun ko’pgina bilim va malakalarini eslab qolishi kerak. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning xotirasi ko’pincha beixtiyor tarzda bo’ladi. Shuningdek, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning aqliy rivojlanishida xayol muhim rol o’ynaydi. Xayol bolaning hayoti jarayonida, uning faoliyatida ta’lim va tarbiya ta’sirida tarkib topadi. Bolaning xayoli u syujetli o’yinlar o’ynay boshlaganida, kattalar qiziqarli ertaklar aytib berganida, o’sha ertaklarga qiziqish orqali dastlabki alomatlari paydo bo’ladi. Ammo boladagi xayol ko’prok aniq vaziyatga bog’liq bo’ladi (masalan, qo’g’irchoq ko’rinib qolsa, uni uxlatadi, mashina bo’lsa, biror narsani tashiydi va xk.). Katta bog’cha yoshiga kelganda, bolaning tajribasi ortib, faoliyati murakkablashadi va buning natijasida bola xayolida sezilarli o’zgarish yuz beradi. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi yosh avlodni aqliy tarbiyalash vazifalarini jamiyatimizning ijtimoiy talablariga va insonning aqliy rivojlanish moxiyati va tabiatiga asoslanib ishlab chiqadi. Aqliy tarbiyaning asosiy vazifalari: U bolalarda tabiat va jamiyat to’g’risidagi bilimlar tizimini, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish. U aqliy faoliyat, bilish jarayonlari va qobiliyatlarni, aqliy jarayonning xilma-xil usullarini rivojlantirish. U mustaqil bilish qobiliyatlarini, aqliy mehnatmadaniyatini rivojlantirish. U aqliy bilim, ko’nikma va malakalarini rivojlantirish. Bilimni tasavvurlar va tushunchalar, qoidalar, qonuniyatlar, sistemalar shaklidagi turli fanlarning mazmuni tashkil etadi. Aqliy tarbiyaning vazifasi bolalarda voqea va xodisalarni to’la aks ettiradigan yuksak darajadagi umumlashtirilgan bilimlar tizimini shakllantirishdan iboratdir. Bilim dunyoqarashning asosini tashkil etadi. Demak, bola tevarak atrofdagi narsalar, ularning vazifasi sifati va xossalari (sinadi, pachoq bo’ladi, yirtiladi, to’qiladi) haqida, qaysi materialdan tayyorlanganligi to’g’risida aniq tasavvurga ega bo’ladi. U tabiat xodisalari, ularning o’zaro bog’liqligi va qonuniyatlari (yil fasllarining o’ziga xos belgilari, ular o’rtasidagi bog’lanishlar, hayvonlar, ularning hayoti va yashash tarzining tashkil qilinishiga, xulqiga, yashash sharoitiga mosligi va xk.) ni bilib oladilar. Jonsiz tabiat, o’simliklar, xasharot va hayvonlarni kuzatishi jarayonida tarbiyachi bolalarda borlik to’g’risidagi materialistik tasavvurlarni shakllantirib boradi. Bilimlarni egallab borish natijasida bolaning shaxsi hamshakllanib boradi. Bola san’atning har xil turlari to’g’risidagi tasavvur va tushunchalarni egallab oladi. Bilim insonning mehnatga munosabatini shakllantiradi. Aqliy faoliyatni rivojlantirish bilim hajmi va xususiyatiga bog’lik. Aqliy faoliyatni rivojlantirish esa psixik jarayonlarni sezgi va idrok etish, taassurot, xotira, fikrlash, tasavvur va nutqni shakllantirish ni ham bildiradi. Bunda ularga aqliy faoliyatning g’oyat samaradorligini ta’minlaydigan xis-tuyg’ular nozikligi va aniqligi, idrok etishning sobitqadamligi va to’laqonli, esda qolishning mustax- kamligi hamda ongligi, tafakkur mantiqiy va uning moslashuvchanligi, ijodiy xususiyat va mustaqillikka xos bo’lishi kerak. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar o’zlariga tushunarli bo’lgan ijtimoiy voqea va xodisalar, kishilarning mehnati, umumxalq bayramlari, respublikamizda yashaydigan ba’zi xalqlar hayoti bilan tanishtiriladi. Bu tadbirlar ularda jamiyatimiz ijtimoiy hayotiga qiziqish uyg’otish, Vatanga muxabbat tuyg’usi va baynalmilalchilik asoslarini shakllantirishga yordam beradi. Aqliy ta’limmaktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning bilish qobiliyatini muntazam va rejali ravishda rivojlantirib borish, bolalar bog’chasi dasturida belgilangan eng oddiy bilimlar tizimi bilan qurollantirish, malaka va ko’nikmalarni shakllantirishdan iborat. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda aqliy tarbiya berishda ta’lim yetakchi rol o’ynaydi. Chunki ta’lim jarayonida aqliy tarbiyaga doir hamma masalalar hal etiladi. Ta’lim bolalarga izchillik bilan bilim berishni, bu bilimlarni aniqlash va tizimlashtirish, bilish jarayonlari, tafakkur faolligini rivojlantirishni nazarda tutadi. Ta’lim kuzatuvchanlik, qiziquvchanlik va sinchkovlik, ziyraklik, tanqidiylik kabi sifatlarni rivojlantirishga yordam beradi. Ta’lim jarayonida bolalarda o’quv faoliyati asoslari hosil qilinadi, maktabda muvaffaqiyatli o’qishi uchun muhim shart-sharoitlar yaratiladi. Hayot ta’limning ikki xil yo’l bilan amalga oshirilishini taqozo etmoqda. Birinchi yo’l bolalarning bilim, malaka ko’nikmalarini kattalar bilan o’zaro munosabatda bo’lish orqali egallab borishidir. Bu muomala, mehnat faoliyati va shu kabilar bilan belgilanadi. Ammo bu yo’l bilan egallagan bilim va malakalar bolaga hayotning turli sohalarida mustaqil qatnashish uchun imkoniyat yaratmaydi. Ta’limning ikkinchi yo’li maxsus tayyorgarligi bor kishilarning maxsus o’quv muassasalarida bolalarni kerakli bilim, malaka va ko’nikmalar bilan rejali ravishda qurollantirib borishidir. Bunday yo’l bilan ta’lim berishdan maqsad yosh avlodni zamonaviy ishlab chiqarish, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotida faol qatnashish uchun zarur bo’lgan fan yutuqlari bilan tanishtirishdir. Barcha olim-u fozillar, shoir-u yozuvchilar o’z davrining nufuzli ta’lim maskanlarida o’qish bilan xurmat- e’tibor topganlar. Abu Nasr Forobiy, Maxmud Koshg’ariy, Abu Rayxon Beruniy, Abduraxmon Jomiy, Mirzo Ulugbek, Alisher Navoiy, Ibn Sino, Abu Abdulloh Rudakiy, Abu Saidrasul Aziziy, Muxammad Sharif Sufizoda, Abdulqodir SHokiriy, Abdulla Avloniy va boshqalarmukammal ilm egallash orqali fanning barcha sohalarida buyuk kashfiyotlar va yangiliklar yaratganlar, shu bilan birga boshqalarni ham ilm egallashga chaqirganlar. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta’lim berish tizimi pedagogikada ilk bor chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592—1670) tomonidan yaratilgan. Y.A. Komenskiy 6 yoshgacha bo’lgan bolalarga ta’lim va tarbiya berish mumkinligini ko’rsatib berdi. Y.A. Komenskiy 19 bo’limdan iborat maktabgacha ta’lim dasto’rini tuzdi. Masalan, u tabiatshunoslik (fizika) suv, yer, havo, olov, yomg’ir, qor, muz, tosh, o’t, qum va boshqalarhaqida bilim berish lozimligini, astrnomiya, geografiya, optika va boshqa sohalarda bolalarga bilim berish kerakligini asoslab berdi. Bolalar bog’chasida beriladigan ta’lim bolalarning maktabda oladigan bilimlari bilan o’zviy bog’lik bo’lishi kerakligini ta’kidladi. U o’zining “Onalar maktabi” kitobida kichik bolalarni tarbiyalash va o’qitish dasturi hamda metodikasini juda sinchiklab ishlab chiqqan. Shu bilan Y.A. Komenskiy maktabgacha tarbiya pedagogikasining mustaqil fan sifatida shakllanishiga asos soldi. Shvetsar pedagogi I.G.Pestalotssi (1746-1827) maktabgacha tarbiya didaktikasini tuzishda maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning rivojlantirish masalasiga katta e’tibor beradi. G. Pestalotssi tomonidan ishlab chiqilgan ta’limning asosiy mazmuni maktabgacha tarbiya pedagogikasining rivojlanishda va bolalarga keyinchalik maktabda sistemali ta’lim berishda asosiy dastur bo’lib xizmat qildi. Xozirgi zamon maktabgacha ta’lim nazariyasini yaratishda A.P.Usovaning xizmatlari katta ahamiyat kasb etadi. Olima raxbarligida 1950- yillarda ilmiy tadqiqot ishlari olib borilib, bolalar bog’chasi har bir yosh guruhining ta’lim-tarbiya ishlari mazmuni, metod va usullari ishlab chiqildi. Bu o’tkazilgan ishlar ta’limning tarbiyaviy ishdan farqini aniq belgilab berdi. Ta’limning nazariy jihatlari ishlanishi “Bolalar bog’chasi tarbiya dasturi”da “Mashg’ulot” bo’limini ajratish imkonini berdi va dasturning keyingi nashrlarida bu bo’lim takomillashtirilib borildi. Aqliy tarbiya va ta’limning mohiyati. Bolalar bog’chalariga oid tajribalar va o’tkazilgan pedagogik va psixologik ilmiy tadqiqod ishlari turli yoshdagi bolalarga tevarak-atrof to’g’risida beriladigan bilimlarning taxminiy hajmini belgilash, ularni murakkablashtirib borish imkonini beradi. “Uchinchi ming yillikning bolasi” tayanch dasturida bolalarning “jismoniy rivojlanganlik darajalari”, “Nutq va tafakkurning rivojlanganlik darajasi”, “Bolalarning ma’naviy kamolotini ta’minlash”ga doir asosiy bo’limlar ko’rsatib berilgan. Bu bo’limlarda bolalarni jismoniy jihatdan yetuk, sog’lom va baquvvat qilib tarbiyalash, ularning nutqiy tafakko’rini rivojlantirish, so’z boyligini oshirish ularning mantiqiy tafakko’rini va hisoblash malakasini o’stirish hamda bolalarda nafosat va orastalikni shakllantirish kabi jihatlariga keng e’tibor qaratiladi. Shuningdek, tabiat bilan har xil kasbdagi kishilar mehnati bilan, ba’zi bir ijtimoiy voqealar, narsalar, ularning sifat va xususiyatlari bilan tanishtirishga ham alohida e’tibor qaratilgan. 3 yoshgacha bo’lgan bolalarda tevarak-atrofdagi narsalar, ularning sifati har xil narsalarning nomi hamda ularni ishlatish to’g’risida to’g’ri tushuncha bo’lishi kerak. Bolalarni uy jihozlari va buyumlari (mebel, idish- tovoq, kiyim, o’yinchoq mashg’ulotlar uchun material) bilan tanishtirish, ularning rivojlanishda katta ahamiyatga egadir. Bu narsa ularning nutqini boyitadi, mustaqillik, go’zallik haqidagi tasavvurlarni tarbiyalashga yordam beradi (chiroyli kiyim, har xil buyumlarning shakllari). Tevarak-atrof bilan tanishtirish dasturi har bir yosh guruhi uchun muayyan bilimlarni egallab olishni nazarga tugadi. Masalan, birinchi guruh tarbiyachisi bolalarni buyumlarning joylashishini bilib olishga o’rgatadi. Keyinchalik bolalar boshqa xonalarda nimalar borligini, u yerda bolalar va kattalar nima ish bilan shug’ullanishni bilib boradilar. Masalan, musiqa xonasida musiqa mashg’ulotlari, bayramlar o’tkaziladi, oshxonada ovqat pishiriladi va x.k. Shuningdek, tarbiyachi, bolalarni yaqin atrof, ko’chalarni, o’z o’yin maydonchasini bilib olishga o’rgatadi. Ayniqsa, katta guruh bolalari o’z uylari manzilini, bog’chadan uyga ketadigan yo’lni yaqin oradagi maydon yoki xiyobonlarga borish yo’lini bilishlari kerak. Bolalarni tabiat bilan bevosita aloqada bo’lishlari ularning har tomonlama rivojlanishlarida muhim ahamiyatga egadir. Bu xol ularning aqliy qobiliyatlarini tarbiyalashda axloqiy hamda estetik xislarini rivojlantirishda quvnoqlik, tetiklik, jismoniy hamda ruxiy tomondan bardoshli bo’lishlarida asosiy manba bo’lib xizmat qiladi. Bolalarning tabiat bilan bevosita aloqada bo’lishi ularning sensor tarbiyasiga katta xissa qo’shadi. Tabiat o’zining mo’l-ko’l bo’yoqlari, shakllari, tovushlari bilan analizatorlarini kuzatadi. Tabiat bilan aloqada bo’lish estetik tarbiya vazifalarini xal etishga katta yordam beradi. Chiroyli manzaralar, har xil kapalaklar bolalarda quvonch xissini uyg’otadi. Tarbiyachining vazifasi bolalarda tabiat go’zalligiga, uning rang- barangligiga qiziqish uyg’otishdir. Tabiat o’z go’zalligi hamda rang-barangligi bilan bolalarning xissiga va hayoliga ta’sir etib, ijodiy faoliyatining rivojlanishiga yordam beradi. Tabiat bolalarda vatanparvarlik xissini uyg’otishda harakatga ta’sir ko’rsatadi. Bolalarning yoshligida tabiat boyligidan olgan taassurotlari Vatan to’g’risidagi tushunchalarni aniq mazmun bilan boyitadi. Bolalarning katta yoshdagilar bilan o’zaro muloqoti ularni har xil kasbdagi kishilar mehnati bilan tanishtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu o’rinda tarbiyachining asosiy vazifasi bolalarda kattalar mehnatiga xurmatni tarbiyalash, ularning mehnat faoliyatini bolalarga tushuntirish va mehnat qilish extiyojini uyg’otishdir. Bolalarning mehnat to’g’risidagi tushunchalari qanday qilib kengayib va chuqurlashib borishi bolalar bog’chasi dasturda ko’rsatib berilgan. Kichik guruhdagi bolalar bog’chada ishlaydigan kishilarning mehnati, onaning uydagi yumushlari ko’chadagi transport vositalari bilan tanishtiriladi. O’rta guruh bolalarning mehnat turlari va mehnat jarayonidagi izchillik, mehnatda kerak bo’ladigan buyumlarning nomlari bilan tanishtiriladi. Katta yoshdagi bolalar mehnatining ahamiyati, ya’ni hamma kishilar jamiyat uchun mehnat qiladilar, degan xulosa chiqarishga o’rgatiladi. Bolalarning o’yinlari, rasmlari ham ularda texnika va mehnatga qiziqish uyg’otadi. Kattalarning mehnati bolalar o’yinining asosiy mazmunini tashkil etadi. Bolalar o’z o’yinlarida onalari va tarbiyachilari mehnatidan boshlab to yangi shaharlar hamda kosmik kemalar ko’rilishigacha aks ettiradilar. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalardagi axloqiy sifatlarni: kishilarga, jamoaga munosabatni tarbiyalashda kattalar mehnati bilan tanishtirish muhim kasb etadi. Ayniqsa, mehnatkashlar va ularning mehnatlari bilan tanishish bolalarda o’z yurtiga, xalqiga va boshqa xalqlarga nisbatan xurmat va mexr uyg’otadi. Demak, kattalar mehnati va tabiatni kuzatish bolalarda estetik xislarni, shakllantirishga yordamlashadi, ijodiy faoliyat uchun material beradi. Ammo oilalarda umumxalq bayramlari “Navro’z”, “Xayit”, “Yangi yil”, “Mustatsillik” kuni va boshqalar keng nishonlanadi. Bolalar bu bayramlarda qatnashadilar. Katta yoshdagi bog’cha bolalariga har bir bayram va tantananing ahamiyatini ularning yoshlariga mos holda tushuntirishadi. Bu o’rinda tarbiyachining vazifasibolalarning xissiyotlarga ta’sir etib, ularda o’z xalqidan hamda uning qadriyatlaridan g’ururlanish xissini shakllantirishdan iboratdir. Shunday qilib, bog’cha bolalarini tabiat, xozirgi davr voqealari bilan tanishtirish orqali ularning aqliy qobiliyati, axloqiy va estetik xislari shakllanib boradi. Maktabgacha ta’lim muassasasida axloqiy tarbiya vositalari. “Axloq” ijtimoiy tushunchalardan biri bo’lib, uning mohiyati shaxs xatti-harakatlari, yurishturishi, turmush tarzi, hayot kechirish tamoyillari, qoidalari, shuningdek, ijtimoiy munosabatlar mazmunini ifodalaydi. Shuning uchun ham axloqijtimoiy hodisa sifatida jamiyat ma’naviy ruxiy hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. “Axloq” tushunchasi oila fikri asosida tartibga solinuvchi faoliyat tarzida kishilik jamiyatining ilk bosqichida shakllangan. Demak, “axloq” tushunchasi qadim-qadimdan ijtimoiy falsafiy, psixologik, pedagogik, tarixiy, badiiy, etnografik va madaniyat- shunoslikka oid asarlarda ushbu tushuncha turli ko’lamlarda ishlatib kelingan. Axloq(xulq-atvor demakdir)-ijtimoiy ong shakllaridan biri bo’lib, ijtimoiy tartib qoida bo’lib, bu tartib qoida ijtimoiy hayotning barcha sohalarida kishilarning xatti- harakatini tartibga solish vazifasini bajaradi. Axloq shaxs taraqqiyotining yuqori bosqichi bo’lgan ma’naviy moyillikni asosini, poydevorini tashkil etadi. Axloq kishilarning xulq-atvor me’yorlari va qoidalariga, ularning o’z-o’ziga, boshqa kishilarga, mehnatga, jamiyatga munosabati kabi axloqiy tushunchalarni o’z ichiga oluvchi ijtimoiy ongning alohida shaklidir. Axloq tarixiy xususiyatga ega, chunki u kishilik jamiyatda avlodlar tomonidan to’plangan axloqiy tajribalar va munosabatlarni aks ettiradi. Zero, axloqsiz, axloqiy talab hamda ularda ifoda etilgan g’oyalarsiz shaxsning ruxan va jismonan yetukligining asosi bo’lgan ma’naviy komillik shakllanadi. Demak, insonning barkamolligi, avvalo, uning ma’naviy jihatdan yetukligi bilan belgilanadi. Bizning nazarimizda, shaxs ma’naviyati uning ongida kechadigan ijobiy mazmunga ega o’y-fikrlari, niyatlar, g’oyalar, nazariya va ta’limotlar mazmunining amaliy faoliyatidagi tatbiqida namoyon bo’luvchi ruxiy jarayondir. Shuni alohida ta’kidlash joizki, shaxs ma’naviyati asosida ijobiy mazmunga ega bo’lgan, uy fikrlar, niyatlar, g’oyalar, nazariyaning va ta’limotlar mazmunini tushunib yetishishini e’tiborga olish lozim. Demak, o’zbek xalqining ma’naviyati haqiqatgo’y va adolatli bo’lish, jaxolat va kabixlik yo’lini to’sish, insoniylik, mexr-shafqat, ma’rifat, do’stlik, mardlik, birodarlik, mehmondo’stlik, poklik, xush xulqlilik, insof, vatanparvarlik kabi insoniy fazilatlarni singdirishga chaqiradi. Qadim-qadimdan o’zbek va sharq klassiklari ijodida axloq-odob masalasi markaziy o’rin egallab kelgan. Kaykovusning “Qobusnomasi”dan tortib, Al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sinolarning nazmiy va nasriy asarlarida Yusuf Xos Hojibning “Qutadg’u bilig”, Ahmad Yugnakiyning “Hibatul xaqoyiq” (Haqiqat sovg’alari), Imom Ismoil alBuxoriyning “Al adab Al-Mufrat kabi” jahonga mashxur asarlarida Alisher Navoiying o’lmas she’riyatida, Munis, Xorazmiy kabi shoirlar asarlarida axloq-odob masalalari yoritilgan. Koshifiyning asarlaridagi ta’lim-tarbiya, axloq masalalari ko’pchilik uchun andoza, na’muna, odob me’yori sifatida qisqa asosli, lo’nda qilib yozilgan. Koshifiyning fikricha, inson fazilati uning egallagan ta’lim-tarbiyasiga bog’liq. Shundagina u odobli hisoblanishi mumkin. “Odob bu qalbni yomon so’zlardan va nojo’ya xulqdan saqlay olish, o’zini va o’zgalarni xurmat qila bilishdir”,- deydi olim. Navoiy esa “Odobli inson barcha odamlarning yaxshisidir va barcha odamlar ichida yoqimlirog’idir” - deydi. Bu bilan esa u kishilarning insoniylik belgisi uning odobli, axloqli ekanligi bilan o’lchanadi, deb ta’kidlaydi va barcha insonlarni yaxshi xulqli bo’lishga chaqiradi. Shuningdek, Navoiyning “Maxbub ul -qulub” asarida odob, axloqqa oid g’oyalar ilgari surilgan. Uning birdan-bir orzu-umidi, ideal insonga bo’lgan mexr- muhabbat, samimiylik edi: “Donishmandlar aytibdurlarkim, odobli inson barcha odamlarning yaxshiligi va barcha xalqlar uchun yoqimlidir. U mansabdor kishilardan go’zalroq va badavlat odamlardan xurmatliroqdir. Yoshlarni ko’zga ulug’ qilib ko’rsatadigan narsa odobdir”. Koshg’ariy: “Insonlarda oqko’ngillilik, bag’rikenglik, mehnatsevarlik, sofdillik, rostgo’ylik, saxiylik, vijdonlilik, irodalilik, qat’iyatlilik kabi fazilatlar, bo’lishi shart va bular insonning barkamolligidan dalolat beradi, - deydi, ammo xasislik, olg’irlik, ochko’zlik, g’irromlik, pastkashlik, tuxmatchilik, xoinlik, yolg’onchilik kishilarni beburd, axloqsiz qilib qo’yadi. Bunday salbiy xislatlar ularni obro’sizlantiradi, hayotini izdan chiqaradi, noto’g’ri yo’lga boshlaydi. Pastkash, baxil odamdan yaxshilik kutish mevasiz daraxtdan meva kutishga o’xshaydi” Odobli bo’lishning fazilati to’g’risida she’r va dostonlardan, adabiy manbalardan juda ko’plab parchalar, she’riy misralar keltirish mumkin. Odobli, yaxshi xulqli bo’lish to’g’risida dono xalqimiz to’qigan ko’plab maqol-matallar asrlar osha og’izdan-og’izga o’tib kelmoqda: Odobing-obro’ying. Odob-kishining zeb-u ziynati. Oltin olma-odob ol. Bolalar bog‘chasida axloqiy tarbiya vositalari. Maktabgacha tarbiya yoshining o’ziga xos tomoni shundaki, bu yoshda bolalar axloqiy tushuncha yoki xulqni so’z bilan aniq ta’riflab berolmaydilar. Lekin bolalar bog’chasidagi to’g’ri talqin voqealarning umumiy ma’nosini anglab olishga yordam beradi. Agar bolalar boshqalarda yaxshi xulq na’munalarini ko’rsalar o’zlari ham ularga o’xshashga harakat qiladilar. Axloqiy tarbiyaning g’oyaviy asosi uning maqsadi vazifasi va tamoyillarini belgilaydi, ruxiy pedagogik asosi esa bolalar bog’chasida axloqiy tarbiya berishning vazifasi va mazmuni vositalari va metodini hamda pedagogik shart-sharoitini belgilab beradi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni ahloqiy jihatdan tarbiyalash vazifasi va mazmuni bolaning ma’naviy dunyosini, uning ongini, axloqiy xislarini, shaxsiy sifatlari va xulqini tarbiyalash va rivojlantirishni taqozo etadi. Xulq madaniyati va ijobiy sifatlarni tarbiyalash Bolalarda ahloqiy his tuyg’ular, tasavvurlar va xatti harakatlarni tarbiyalash Shaxsda ahloqiy his-tuyg’ularni tarbiyalash Xulqdagi salbiy tomonlarni barham toptirish Ahloqiy tarbiya vazifalari Bu tarzdagi umumiy vazifalar yosh guruhlari bo’yicha aniqlashtiriladi va o’quv-tarbiya jarayonining mazmunida o’z aksini topadi. Axloqiy tarbiyaning asosiy tamoyillari quyidagilar: - g’oyaviy va tarbiyaviy ishning ma’lum maqsadga qaratilganligi; - ta’lim-tarbiya ishiga bola shaxsini xurmat qilgan holda yondashish; - axloqiy tarbiya ishini hayot va zamon bilan xamnafaslikda olib borish; - bolalarning faolligi; - jamoada tarbiyalash; - tarbiyaviy ishning tizimlari va izchilligi; - ta’sirchanligi; - oila, bogcha hamda kattalar tarbiyaviy ta’sirining birligi; - boladagi ijobiy sharoitlarga suyanish; - bola shaxsini har tomonlama rivojlantirishni ko’zda tutish. Bolalar bog’chasida axloqiy tarbiya berish har xil vositalar yordamida amalga oshiriladi. Avvalo, bolalarni har xil faoliyatlar vositasida kattalar mehnati bilan tanishtirish, mashg’ulotlarda va mashg’ulotlardan tashqari vaqtlarda ta’lim berish, kun davomidagi maishiy, mustaqil, badiiy faoliyatda, ko’ngil ochishlarda qatnashtirish orqali bu ish hal etiladi. Har xil bayramlar. San’at vositalari, ijtimoiy hayot voqealari, bolalar badiiy adabiyoti, musiqa, ashula, tasviriy va amaliy san’at, o’yinchoq va o’yin materiallari, ommaviy axborot vositalari, oynai jahon va radio, kino va multfilmlar, diafilmlar va boshqalar bolalarning axloqiy tarbiyasiga katta ta’sir ko’rsatadi. Bunday vositalardan ma’lum bir izchillik va tizimlilik bilan foydalanilgandagina bolalarning axloqiy tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko’rsatish mumkin. Yuqoridagi aytilganlardan xulosa shuki, axloq-odob o’zbek millati hayotining mazmuni hisoblanadi. Qayerda, qaysi jamiyatda, qaysi davlatda yaxshi xulq qaror topsa, o’sha jamiyatdagi kishilarning hayoti farovon, turmushi tinch, odamlari boy-badavlat bo’ladi. Axloqiy tarbiya berish metodlari. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga axloqiy tarbiya berishda har xil metod va usullardan foydalaniladi. Axloqiy tarbiya metodlari — bolalarning axloqiy tasavvur va bilimlarini egallab olishi, ularda madaniy xulq va ijobiy munosabatlarni, shaxsning axloqiy xis-tuyg’ulari va sifatlarini tarbiyalashga qaratilgan faoliyat usulidir. Axloqiy tarbiya metodlari quyidagi guruhga bo’linadi. 1.guruh, axloqiy tasavvur va bilimlarni, ularni bajarish hoxishini shakllantirishga qaratilgan metodlar. 2.guruh axloqiy xis-tuyg’ular va munosabatlarni rag’batlantirishga qaratilgan yordamchi metodlar. Hamma guruh metodlari axloqiy xis-tuyg’ular va shaxsiy sifatlarni tarbiyalashni ta’minlaydi. Tarbiyachining hikoyasi, o’qib berish, axloqiy mavzularda suxbatlar (rasmga qarab, tajribaga asoslanib, o’qilganlar bo’yicha), kuzatish, rasmlarni namoyish qilish, bolalar adabiyoti va hayotdagi ijobiy misollardan foydalanish asosida olib boriladi. Yuqorida keltirilgan hamma metodlar orqali bolalarga axloqiy me’yor va qoidalar, ijtimoiy hayot voqealari o’rgatiladi, ularda axloqiy tasavvur va tushunchalar shakllantiriladi. Bu metodlarga quyidagi asosiy talablar qo’yiladi: bolalarning yaxshilik va yomonlik to’g’risidagi tasavvurlarini e’tiborga olish, aqliy, xulq-atvor me’yorlarini muxokama qilish uchun maxsus yaratilgan vaziyatda bolalarning o’zlarini faol qatnashtirish, har bir bolaning xis-tuyg’usiga extiyotlik bilan munosabatda bo’lish. Bolani noo’rin tanqid qilish, uning ustidan qo’lish, unga nisbatan e’tiborsizlik qilish yaramaydi. Xamma metodlardan ma’lum izchillik bilan kompleks ravishda foydalaniladi. Har bir metod o’ziga xos bo’lib, ma’lum vazifani bajaradi. Buni bir qator misollar orqali ko’rib chiqamiz. Tushuntirish ko’pincha bolalarga yangi axloqiy tushuncha, me’yor, qoida bayon qilib borilayotganda ishlatiladi. Tushuntirish kattalarning jonli so’zi va na’munasiga asoslanadi. Masalan: ro’paradan kelayotgan tanish kishiga xushmuomalalik bilan salom berish uchun avvalo, bir oz to’xtab, u kishining yuziga qarab qo’limsirab “Assalomu alaykum” deyish va yana yo’lida davom etish kerak. Tushuntirish va ko’rsatish tabiiy xolda bo’lishi kerak. Axloqiy mavzulardagi suxbatni maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning hamma guruhlarida qo’llash mumkin. Tushuntirish yorqin bo’lib, bolalarning xis-hayajoniga yetarlicha ta’sir etishi kerak. Bu metodning asosiy vazifasiga quyidagilar kiradi: Bolalarda ijobiy-axloqiy xislarni uyg’ota olish, ertak qaxramonlariga hamdardlik bildirish hamda yutug’idan quvonish va muvaffaqiyatsizligiga birgalashib achinish; U bolalarga tushunarsiz bo’lgan ayrim axloq qoidalarining mazmunini ochib berish; U axloqiy mavzulardagi hikoyalardan mashg’ulotlarda, sayrlarda, bolalarning o’z hayoti bilan bog’liq bo’lgan joylarda foydalanish. Axloq mavzulardagi suhbatlar orqali bolalar axloq me’yorlari va qoidalarini, ijobiy xulq shakllarini egallabgina qolmay, shu bilan bir qatorda ularda axloq qoidalari va me’yorlariga nisbatan talab yuzaga keladi. Bolalarning axloqiy tajribalarini kengaytirib borish xulqning axloqiy sabablarini aniqlab borish kerak. Suxbat jarayonida bolalar o’z fikr- muloxazalarini aytishlariga keng imkon beriladi. Shunda ular har bir xatti- harakatini ongli ravishda, axloq me’yorlari va qoidalari doirasida bajarishga o’rinadilar. Shuningdek, bolalarga badiiy adabiyotlarni o’qib berish, san’at asarlari va amaliy san’at buyumlarini tomosha qilish, musiqava ashula eshitish bolalarda estetik xisni uyg’otadi hamda axloqiy qoida va me’yorlarni singdirib boradi. Amaliy va o’yin metodlari — o’yin mashqlar, muammoli vaziyatlar, izlanuvchanlik faoliyati, pedagogik masalalarni yechish, didaktik va harakatli, saxnalashtirilgan o’yinlar, inssenirovka bolalarning hamma faoliyatiga raxbarlikni ham shu guruh metodlariga kiritish mumkin. Metodlar axloqiy tasavvur va tushunchalarni mustaxkamlashga, bolalarda axloqiy tajribani to’plashga, axloq me’yorlari va qoidalarini ongli ravishda egallab olishga yordam beradi. O’yin kichik bog’cha yoshidagi bolalar uchun mashq hisoblanadi va axloqiy xulq hamda odatlarni tarbiyalashning eng ta’sirli usulidir. Unga qoidalarni mashq qildirish foydali odatlarni qaytarish kabilar kiradi. Muammoli vaziyat o’zining ahamiyati jihatidan mashqqa juda yaqin turadi, ammo uning o’ziga xos tomoni bolada faollik, ijodkorlik, mustaqillik namoyon bo’lishi uchun sharoit yaratadi. Dastlab hikoya — vaziyat (tugallanmagan hikoya) tavsiya etiladi, masalan, birorta hikoya ma’lum yerida to’xtatiladi. Tarbiyachi bolalarga hikoyadagi qaxramonlar xulqini baholashni tavsiya etadi. Bolalarning javoblari muhokama etiladi va hikoyadagi ijobiy insoniy xulq haqida bir fikrga kelinadi. Axloqiy tarbiya metodlaridan tarbiyachi bolalarda ijobiy axloqiy sifatlarni mustahkamlash bola xulqidagi salbiy tomonlarni bartaraf etish maqsadida foydalaniladi. Bunda tushuntirish, ishontirish, suxbat shakllari qulay bo’ladi. Rag’batlantirish va jazolash axloqiy tarbiyaning metodi bo’lib, u asosiy metodlarga ta’sir etishning o’ziga xos vositasi bo’lib xizmat qiladi. Tarbiyachi boladagi ijobiy xatgi-harakatni faollashtirish yoki bo’lmasa, bolani yomon qiliqlardan qaytarish uchun rag’batlantirishdan foydalaniladi. Bolalar bog’chasida rag’batlantirish shakllari: maqtash, ma’qullash, bolaga o’yinda bosh rolni berish. Jazo shakllariga esa tanbeh, ma’qullamaslik, yaxshi ko’rgan o’yinchog’ini bermaslik kiradi. Jismoniy jazo qat’iyan man etiladi. Jazoning bosh vazifasi yuzaga kelgan nizolarni bartaraf etish, yangisining yuzaga kelishiga yo’l qo’ymaslik. Axloqiy odatlarni tarbiyalashning pedagogik shart-sharoitlari quyidagilardan iborat: I- Axloqiy tarbiya jarayonini insonparvarlashtirish, ya’ni pedagog va bolalarning o’zaro munosabatlari bolaning shaxsiga nisbatan xurmat bilan qarashga asoslanishi kerak. -I- Pedagogik jarayonni shunday tashkil etish kerakki, unda bolaning o’zi ijobiy odatlarni egallab borish, salbiy xususiyatlarni yo’qotishga intilsin. -1- Axloqiy tarbiya bolaning ijobiy xulqiga asoslanib amalga oshirilishi zarur. -I- Bolani tarbiyalash uchun yaxshi xissiy muhit yaratish kerak. Jazolash va qo’rkitish bilan ijobiy axloqiy sifatlarni tarbiyalab bo’lmaydi. -I- Bolada axloqiy odatlarni shakllantirish uchun undagi ma’lum odatlarga asoslanish kerak. -I- Ijobiy odatlarni yuzaga keltirish uchun qiziqarli faoliyatlarni tashkil etish kerak. Shunday qilib, bolalarning axloqiy tasavvur va tushunchalarni egallab olib, uni kundalik odatga aylantirishlari uchun bolalarning kattalar raxbarligidagi faoliyatni tashkil etish lozim. Demak, tarbiyachi bola shaxsida axloqiy xis-tuyg’ularni tarbiyalash uchun hamma vosita va metodlarni qo’llasa, yaxshi xulq na’munalarini o’rgatish ancha oson kechadi. Bola hayotida jismoniy tarbiyaning о‘rni. Jismoniy tarbiya deganda organizmning morfologik va funksional rivojlanishini jamiyat talablari darajasida amalga oshirish, jismoniy sifatlarni, qobiliyatlarni rivojlantirish, jismoniy madaniyat va sport soxasiga taalluqli maxsus bilimlarni o’zlashtirib olish tushuniladi. Jismoniy tarbiya - tarbiyalanuvchilarning jismoniy va sportga oid faoliyatlarini maqsadga yo’naltirilgan aniq tashkil etiladigan va rejali tarzda amalga oshirish tizimi. Maktabgacha ta’lim davrida bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalashning asosiy maqsadi bolalardagi turli ko’nikma va malakalarni shakllantirish, ulardagi kuchlilik, tetiklik, chaqqonlikni amalga oshirish, ziyraklik kabi jismoniy sifatlarni rivojlantirishdan iboratdir. Muntazam ravishda o’tkaziladigan jismoniy mashg’ulotlar bolalarning o’sish va rivojlanish jarayoniga ijobiy ta’sir qilib, ijodiy imkoniyatlarini oshiradi. Bolalarning jismoniy madaniyatini shakllantirish ko’pgina vazifalarda muvaffaqiyatli xal etishni talab etadi. Jismoniy tarbiyaning vazifalari xilma-xil bo’lib, pedagogikada qator tasniflar yaratilgan. Jumladan, V.A.Slastenin, I.F.Isayev, YE.N.Shiyanovlar jismoniy tarbiyaning quyidagi vazifalarini ajratib ko’rsatishadi: 1. bolalarning jismoniy to’g’ri rivojlanishiga yordam berish - organizmning morfologik va funksional rivojlanishini ta’minlovchi ishchanlik qobiliyatini oshirish, uning tashki muhitning noqulay vaziyatlariga barkaror qarshi tura olishini mustaxkamlash; 2. asosiy harakatlantiruvchi sifatlarni rivojlantirish - bolaning xilma-xil harakatga doir faoliyatga qobiliyatliligi uning barcha jismoniy sifatlari — kuchlilik, chidamlilik, chaqqonlik va epchillikni yuksak uyg’unlikda rivojlanishini ta’minlaydi; 3. hayotiy muhim harakatga oid ko’nikma va malakalarni shakllantirish - bolada maxsus harakatga doir bilim, ko’nikma va malakalarni tarkib toptirish. Harakatga doir tasavvurlarga tayangan xolda bola turli sharoitlarda o’z xatti-harakatlarini boshqara olish imkoniyatgaa ega bo’ladi; 4. jismoniy madaniyatning tizimli mashg’ulotlariga barkaror qiziqish va extiyojlarni tarbiyalash. Sog’lom turmush tarzi asosida bolaning doimiy ravishda o’z-o’zini jismonan rivojlantirishga ichki tayyorligi yotadi. U muntazam jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish va bolalarning jismoniy mashg’ulotlarga faol munosabati natijasida yuzaga keladi; 5. jismoniy madaniyat va sport, tibbiy va gigiyena soxalariga oid minimum nazariy bilimlarni egallash zarurligi. Bolalar kun tartibi va shaxsiy gigiyena haqida. jismoniy madaniyat, sportning salomatlikni mustaxkamlashdagi ahamiyati aniq tasavvurlarga ega bo’lishi zarur. Pedagog olim P.Yusupovaning fikricha, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar organizmining o’ziga xos tomoni shundaki, u juda tez o’sadi va rivojlanadi. Shu bilan birga organizm funksiyalari va sistemalarining shakllanishi hali tugallanmagan bo’ladi, shunga ko’ra u tez jaroxatlanadi. Shuning uchun bolalarni jismoniy tarbiyalashda quyidagilar birinchi darajali vazifalar xisoblanadi: 1. Sog’lomlashtiruvchi vazifalar. Bolalar sog’ligini mustaxkamlash, organizmning shakl va funksiyalarini uyg’un rivojlantirish, ish qobiliyatini oshirish, har xil tashqi ta’sirlarga chidamlilikni kuchaytirish, uzok umr ko’rishini ta’minlash. 2. Ta’limiy vazifalar. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga xos bo’lgan o’ta qabul qiluvchanlik, sharoitning o’zgarishiga yengil moslashish qobiliyati bir qator ta’limiy vazifalarni ham amalga oshirish imkoniyatini yaratadi: zarur ko’nikma, malakalarni shakllantirish, jismoniy sifatlar (chaqqonlik, kuchlilik. chidamlilik, tezkorlik, egiluvchanlik, muvozanat, ko’z bilan chamalash)ni o’stirish, qaddi-qomat, gigiyena ko’nikmalarini tarbiyalash, jismoniy tarbiya haqidagi bilimlarni o’zlashtirish. Boladagi harakat ko’nikmalari (emaklash, yurish, yugurish, velosipedda uchish va b.) nisbatan yengil shakllanadi, ular bolaning muhit bilan aloqasini osonlashtiradi. Bola chanada uchayotib qor va shamolning, suvda suzayotib suvning xossalari bilan tanishadi. Shu asosda jismoniy mashqlar, gigiyena malakalarni egallash bilan bog’lik bo’lgan dastlabki bilimlar tarkib topadi. Bolalar gavda qismlarining nomini, harakat yo’nalishi (yuqoriga, pastga, oldinga, orqaga, o’ngga, chapga), to’la aylanish, jismoniy tarbiya asboblarining nomi va qay maqsadda ishlatilishi, ularni asrash va tutish, kiyim-kechak va poyabzalga qarash qoidasini bilishlari kerak. 3. Tarbiyaviy vazifalar. Bolalarda sport mashg’ulotlariga muhabbatni, ularning natijalari, sportchilarning yutuqlariga qiziqishni tarbiyalash lozim. Jismoniy mashqlarni bajarishda harakterning ijobiy xususiyatlari (uyushqoqlik, intizomlilik, kamtarlik, ko’ngilchanlik, va x.k ) va axloqiy fazilatlar (xalollik, xaqqoniylik, o’rtoqlik xissi, o’zaro yordam), jamoada shug’ullanish malakasi, jismoniy tarbiya asboblarini extiyot qilish, topshiriqni mas’uliyat bilan bajarishlarini tarbiyalash, shuningdek, irodaviy fazilatlar (botirlik, qat’iylik, o’z kuchiga ishonch, qiyinchiliklarni yengishda sabotlilik, chidamlilik va b.)ni namoyish qilish uchun qulay sharoit yaratiladi. “Bolajon” tayanch dasturida maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash vazifalari sifatida quyidagilar belgilab berilgan: bolalar salomatligini mustaxkamlash va ularni chiniqtirish: ularni jismoniy jihatdan baquvvat qilish; bolalarda axloqiy sifatlarini tarbiyalash; ularda maqsadga to’g’ri yo’naltirilgan harakatlarni faollashtirish uchun sharoit yaratish, jismoniy harakatlarning muhim sifatlari: yurish, yugurish, sakrash, emaklash, o’rmalash, otish, ilib olish, suzish, velosipedda uchish, oyoq, qo’l, tana, bosh harakatlarini rivojlantirish, saflanish va qayta saflanish kabilarni shakllantirish; -o’yin harakatlarini kengaygirish va chuqurlashtirish, jismoniy sifatlarni rivojlantirish: chaqqonlik, epchillik, ziyraklik, irodalilik, sabr-qanoat, kuchlilik va boshqalarga tenglashib tik turish malakasini oshirish; bola qomatini to’g’ri shakllantirishga ta’sir ko’rsatish va yassi oyoqlilikning oldini olishga yordam berish; jismoniy mashqva o’yinlarning foydasi, asosiy gigiyenik talablar va qoidalar haqida yetarli darajada tasavvur va bilimlar berish; bolalarda faol harakatga keltirishni tarbiyalash. Bola organizmini chiniqtirish - organizmni mustaxkamlash, chidamlilik, zararli ta’sirlarga qarshilik ko’rsatish, hayotiy sharoitlarning o’zgarishiga tez moslashish qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tadbirlar tizimi. Havoorqal chiniqtirishda sovuq havo bilan jismoniy mashqlar o’zaro birlikda ta’sir ettiriladi. Havo vannasidan uyqu vaqtida yoki havo bulut bo’lgan vaqtlarda foydalaniladi. Uyqu vaqtida bolalar salqin yerga qo’yilgan karavotga yotqiziladi. Havo vannasidan foydalanishda quruq, shamoldan xoli tekis maydon tanlanadi. Tarbiyachi bu maydonchada yengil kiyingan bolalar bilan 10-15 daqiqa yengil harakatli o’yinlar yoki mashqlar bajaradi. Havo vannasi asta- sekin 10-15 daqiqadan 25 daqiqaga olib boriladi. Suv bilan chiniqtirish barcha yosh guruhlarida yilining hamma fasllarida o’tkazilishi mumkin. Suv bilan chiniqtirishda bolalarning tibbiy-fiziologik o’ziga xosliklari hisobga olinishi lozim. Suv, havo temperaturasining o’zgarib borishi bola organizmining termoregulyatsion apparatini mashq qildiradi, tashqi sharoitga, ob-havoning o’zgarishiga odatlanish reaksiyasini shakllantiradi. Bola organizmining chiniqishi bilan bir qatorda, uning irodasi ham chiniqib boradi. Quyosh nurida chiniqtirish orqali organizmda “D” vitamini paydo bo’lishiga yordam beradi. Ammo undan ortiqcha foydalanish bolada bosh og’rig’i, uyqusizlik, ishtaxa bug’ilishi, kamqonlik, lanjlik bo’lishiga olib keladi. Sil, bezgak kasalligi bilan og’rigan bolalarga quyosh vannasi mutlaqo ma’n etiladi. Quyosh vannasi dastlab to’rt daqiqadan qabul qilinadi, tananing har bir tomoni bir daqiqadan toblanadi. Quyosh vannasi qabul qiladigan maydoncha quruq, tekis, havo yaxshi aylanadigan, kuchli shamollardan pana bo’lishi lozim. Yaqinroqda dush, bolalar kiyinadigan, yechinadigan joy bo’lish kerak. O’zbekiston sharoitida Quyosh vannasini ertalab soat to’qqiz-o’n bir soat oralig’ida olgan ma’qul. Bolalar fanerdan yoki taxtalardan yasalgan so’rilarga oyoqlarini Quyosh tomonga, boshlarini esa soya tomonga qarab yotqiziladi. Quyosh vannasi qabul qilingandan so’ng ularning ustidan suv quyish yoki cho’miltirish lozim. Bunda bolaning ruxi yengillashadi, terlari yuviladi, qizigan tana va sovuq o’rtasidagi farq organizmni chiniqtiradi. Bola organizmini chiniqtirishda ham maktabgacha yosh davrlarining o’ziga xosliklarini hisobga olgan xolda tabaqalashtirilgan yondashuvni tatbiq etish lozim. Jumladan: Ilk yosh guruhida: - har kuni ertalab badantarbiya qilish, harakatlarni na’munaga muvofiq bajarish; - badantarbiyani ochiq havoda, yengil kiyimda bajarish; - ertalabki badantarbiya mashqlarini suv muolajalari bilan tugallash (kattalar ko’magida); - yozda ochiq havoda iloji boricha ko’prok bo’lish; - kattalar nazorati ostida kichik ochiq suv xavzasida (basseynda) cho’milish (gigiyena talablariga amal qilgan holda). Kichik guruhda: - har kuni ertalab badantarbiya qilish;- harakatlarni na’munaga muvofiq bajarish; - badantarbiyani ochiq havoda, yengil kiyimda bajarish; - ertalabki badantarbiya mashqlarini suv muolajalari bilan tugallash (kattalar kumagida); - ertalabki badantarbiya mashqlarini aniq va izchil bajarish; - bolalarni yuz-qo’llarini mustaqil yuvishga odatlantirish, suvni sachratmaslik, sovundan to’g’ri foydalanish, badanini xo’l sochiqda artish, yoz oylarida ochiq havoda iloji boricha ko’prok bo’lish, cho’milishga, dushdan foydalanish; - ochiq suv havzasi (basseyn)da cho’milish. O’rta guruhda: - har kuni kattalar nazoratida badantarbiya mashqlarini xonada, darchalarni ochib qo’ygan holda bajarish; ochiqhavoda esa sport kiyimida bajarish; - qo’l, oyoq, gavda uchun mashqlarni aniq va izchillik bilan bajarish, qomatni to’g’ri tutish; - har kuni ertalab badantarbiya mashqlarini bajarish, har qanday ob-havoda ham harakatli o’yinlar o’ynash; - har kuni oyoqlarni yuvish, sekin-asta suv haroratini pasaytirib borish; - xona haroratidagi suvda xo’llangan gubka yoki paxmoq qo’lqop bilan dastlab qo’llarni, keyin oyoqlarni, ko’krakni, qorin va orqani teskari yo’nalishda teri qizarguncha artish. Katta guruhda: - har kuni kattalar nazoratida ertalabki badantarbiya mashqlarini bajarish; - badantarbiya mashqlarini ochiq havoda gilamcha ustida, yengil kiyimda predmetlar bilan va ularsiz bajarish, mashqlarni suv muolajalari bilan tugallash; - muayyan izchillikda, aniq, shiddat bilan musqo’llarni tarang xolga keltirish, mashqlarni, qomatni to’g’ri tutgan xolda bajarish; - yuz, bo’yin, qo’lni tirsakkacha sovuq suv bilan yuvish; - badantarbiyadan so’ng darhol gubka yoki uy haroratdagi suvda xo’llangan kichikroq paxmoq sochiqbilan tana a’zolarini artish: - avval qo’llarni, keyin badanni quruq sochiq bilan tana qizarguncha, tezda quruq qilib artish; - faqat kattalarning ruxsati bilan cho’milish, kattalarning nazorati ostida cho’milishning asosiy qoidalariga rioya qilish; - oyoqni shikastlantirish xavfi yo’k joylarda yalangoyoq yurish; - chiniqtirish qoidalarini ongli ravishda bajarish. Tayyorlov guruhida: - har kuni ertalabki badantarbiya mashqlarini bajarish; - badantarbiya mashqlarini ochiqhavoda gilamcha ustida, yengil kiyimda buyumlar bilan va ularsiz bajarish, mashqlarni suv muolajalari bilan tugallash; - muayyan izchillikda, aniq, shiddat bilan musqo’llarni tarant xolga keltirish, mashqlarni komatni to’g’ri tutgan xolda bajarish; - xonada yengil kiyimda bo’lish, deraza darchasini ochib kuyish; - ertalabki badantarbiya mashqlarini har kuni, har qanday havoda bajarish; - yuz, bo’yin, qo’lni tirsakkacha sovuk suv bilan yuvish; - badantarbiyadan sung darxol gubka yoki uy haroratidagi suvda xo’llangan kichikroq paxmok sochiq bilan tana a’zolarini artish, avval qo’llarni, keyin badanni quruq sochiq bilan tana qizarguncha, tezda quruq qilib artish; - faqat kattalarning ruxsati bilan chumilish, kattalarning nazorati ostida cho’milishning asosiy qoidalariga rioya qilish; - shikastlantirish xavfi yo’q joylarda yalangoyoq yurish. Jismoniy tarbiyaning muhim sharti kun tartibi sanaladi. Kun tartibi turli faoliyat hamda dam olishning vaqt jihatdan maqsadga muvofik taksimlanishi, hayot tartibidir. Kun tartibini tashkil etuvchi barcha qismlar (ovqatlanish, uyqu, o’yin, sayr, mashg’ulotlar)ni bir me’yorda takrorlash natijasida bolalarda faoliyatning bir turidan ikkinchi turiga o’tishni yengillashtiruvchi mustaxhamko’nikma hosil bo’ladi. Aynan kun tartibiga rioya etish bolaning asab faoliyati tizimi va barcha fiziologik jarayonlarning kechishiga samarali ta’sir ko’rsatadi. Kun tartibiga qo’yiladigan asosiy talab bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olishdir. Kichik guruhlarda uyqu, ovqatlanish, yechinish, yuvinish va b.ga ko’p vaqt ajratiladi. Katta bo’lgan sari bolalarning mustaqilligi ortib, o’yin va faoliyatning boshqaturlariga ko’prok e’tibor beriladi. Kun tartibi, ham gigiyenik, ham tarbiyaviy funksiyani bajaradi. Kun tartibini tuzish va uni tashkil etishda quyidagi jihatlarga e’tibor qaratish zarur: - kun tartibini tuzishda yil fasllari (yozda bolalarning ko’proq ochiq havoda bo’lishi, ertalab ertaroq uyg’otilib, kechqurun uxlashga kechroq yotkizilishi va b.)ni e’tiborga olinishi; - kun tartibini bajarishda bolalarning salomatligi, ularning ruxiy rivojlanish darajasi (zaif, kasal bolalarning uxlash, ochiq havoda bo’lish, vaqtining ko’paytirilishi, ta’lim-tarbiya mazmuniga o’zgartirish kiritilishi)ni hisobga olinishi; - kun tartibining o’zgarmasligi (bolalar vaqtida ovkatlanishlari, shugullanishlari, uynashlari, uxlashlari)ga alohida e’tibor qaratish (bu bolalarni tartiblilik, intizomlilikka o’rgatadi); - kun tartibini tuzishda ota-onalarning ish vaqtining boshlanishi va tugashi ham hisobga olinishi (ayrim ota-onalar ish vaqtining bir oz kech tugashini xisobga olgan xolda, individuallashtirilgan va tabaqalashtirilgan kun tartiblari ishlab chiqiladi). Jismoniy mashqlar - jismoniy tarbiya qonuniyatlari, vazifalari bilan bogliqlikda maxsus tashkil etiluvchi hamda ongli ravishda bajarishga qaratilgan harakatlar yig’indisi. Jismoniy mashqlarga tasnif etishga doir xilma-xil yondashuvlar mavjud bo’lib, ko’proq umumlashgan tasnif o’zida gimnastika, o’yin, sayr kabilarni qamrab oladi. Pedagogik nuqtai nazardan gimnastika sog’likni mustaxkamlashga yordam beradigan jismoniy mashqlar majmuidir. Gimnastikaning asosiy, gigiyenik, sportga oid, badiiy, ishlab chiqarishga doir, tibbiy turlari mavjud. MTM o’quv dasturlari bilan bog’liqlikda tarbiyalanuvchilar asosiy gimnastika (narsa buyumlar va narsa buyumlarsiz bajariladigan umumiy rivojlanishga doir mashqlar, sakrash, yugurish, elementar akrobatik mashqlar) bilan shug’ullanishlari lozim. O’yin - tarbiyalanuvchilarni tarbiyalash maqsadida tashkil etiladigan erkin harakat yoki mashg’ulot. O’z moxiyatiga ko’ra o’yin bolaning jismoniy kuchini, qo’llarining, qaddi- qomatining tikligini, ishonchli ko’zlarni rivojlantirishga xizmat qilib, unda o’tkir zexni, topkqrlik, tashabbuskorlik kabi sifatlarni tarbiyalaydi. O’yinning tarbiyaviy ahamiyati katta bo’lib, bolalarda g’amxo’rlik, o’z jamoasi uchun qayg’urish, birgalikdagi harakatlanishdan quvonish, do’stlik va o’rtoqlik xissini kuchaytiradi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda asosan ochiq havoda tashkil etiluvchi harakatlantiruvchi o’yinlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Maktabgacha ta’lim yoshida keng qo’llashni talab etadigan jismoniy mashqlardan yana biri sayrdir. Sayr - osuda yerlarda, oromgoh sayrgohlarda aylanib yurish, tomosha qilish, orom olish sanaladi. Odatda sayr piyoda, qayiqda, chanada va velosipedda o’tkazilishi mumkin. Sayr bolalarning uzok vaqt ochiq havoda bo’lib, ularning sog’ligi va jismoniy taraqqiyotiga har tomonlama ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Bolaning sayr vaqtida ochiq havoda bo’lishi natijasida qon kislorodga to’yinadi, temperaturaning o’zgarib turishi, havoning namlanishi, shamol ta’siri termoregulyatsion apparatni mashq qildiradi, organizmni chiniqtiradi. Bolaning faolligi oshadi, harakatlari, jismoniy sifatlari takomillashadi. Sayrni tashkil etish va o’tkazishda quyidagi pedagogik talablarga rioya etish maqsadga muvofiq: - sayrga yig’ilish ko’p vaqtni olmasligi, bolalarni bir tartibda kiyinish va yechinishga o’rgatish kerak; - sayr shunchaki tashkil etilmay, uning rejasiga atrof-muhitni kuzatish, sport mashg’ulotlari, mehna tva o’yin faoliyati qamrab olinishi lozim; - sayrni tashkil etish uchun zarur jihozlar avvaldan tayyorlab qo’yilib, belgilangan talablarga javob berishi kerak; - sayrning davomiyligi uch-to’rt soatdan oshmasdan, havo harorati hisobga olinishi zarur; - sayrning davomiyligiga emas, uning mazmunli tashkil etilishi, bolaga xissiy, jismoniy madad beri olishiga e’tibor qaratish lozim. O’zbekistan Respublikasida ijtimoiy munosabatlar mazmuni yangilanayotgan ayni paytda o’sib kelayotgan yosh avlodni mehnatsevarlik ruxida tarbiyalashni yangicha asoslarda, bir tomondan, milliy pedagogik qadriyatlarimiz zaminida, ikkinchidan, rivojlangan mamlakatlar tajribasidan foydalangan xolda olib borishga ijtimoiy zaruriyat sifatida qaralmoqda. Chunki mehnat ijtimoiy taraqqiyotning manbai, barcha moddiy va ma’naviy extiyojlarni qondirishning asosiy shartsharoitidir. Demak, mehnat inson faoliyatining asosiy shakli, kishi hayotining mazmuni, har bir jamiyat a’zosining vazifasi, shaxs taraqqiyotining asosidir. Mehnat qadimdan jamiyatning axloqiy tamoyili hisoblanib kelgan, moddiy va ma’naviy madaniyatning hamda ijtimoiy taraqqiyotning negizi hamdir. Mehnat faqat shaxsiy moddiy farovonlik manbaigina bo’lib qolmay, balki xalqqa xizmat qilish, vatan uchun qayg’urish, shaxsiy manfaatdan xalq manfaatini ustun qo’yishning asosi hamdir. Ta’lim-tarbiya jarayonida mehnatbtarbiyasini bolalarga yangicha singdirish, ularda mehnat qilishga ishtiyoq o’stirish, mehnat natijasidan zavqlana bilish kabi xislarni tarkib toptirish orqali ularda mehnat ahliga xurmatni, jamiyat foydasiga mehnat qilish qobiliyatini, fidoyilik va mehnatga ijodiy munosabatda bo’lish kabi axloqiy sifatlarni tarkib toptirish lozim. Bolalarni mehnatga o’rgatishda, eng avvalo, ularni psixologik va amaliy tayyorlash: jamoada mehnat qilish ko’nikmalarini tarbiyalash muhim rol o’ynaydi. Mehnatga ruxiy, aqliy va amaliy tayyorlash jarayonida yoshlarda mehnatsevarlik, shijoat, fidoyilik, xalollik, intizomlilik kabi sifatlar shakllanishi bilan birga ularda axloqiy- irodaviy xususiyatlar ham shakllanib boradi. Ayniqsa, mehnat madaniyati ko’nikmalarini tarbiyalay borish muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan, mehnatni sevmaydigan va qadrlamaydigan insondan madaniyatli kishi chiqmaydi. Insonning ongliligi, tarbiyalanganligi avvalo, mehnatga bo’lgan munosabatida ko’rinadi. Mehnat insonni ulug’laydi, go’zallikka chorlaydi. Mehnatsiz turmush mazmunsiz, deyiladi. Mehnat qilmaydigan insonning hayoti zerikarlidir. Unday inson ma’naviy qashshoq va jismonan zaif bo’ladi. Uzok umr ko’rishning siri ham mehnatdir. Mehnat qilmasang xatto iste’dod ham so’nadi. Mehnatkash qanday qobiliyatni rivojlantiradi. Mehnatga bolalar dastlab oilada, maktabgacha tarbiya muassasalarida va tarbiya jarayonining butun tizimida o’rgatilib boriladi. Bolalar bog’chasida va oilada bajariladigan uncha murakkab bo’lmagan har bir topshiriq uning kundalik vazifasiga aylanishi kerak. Bola mehnatning ahamiyati va madaniyatini tushunib yetishi uchun pedagog kattalarning mehnati, bolalarning o’zlari bajaradigan mehnat turlarini kuzatish yuzasidan ekskursiyalar uyushtiradi. Bolalarning har xil mehnat jarayonida ishtirok etishi, kattalar mehnati bilan tanishishi, ularning tevarak-atrofdagi hayot, kishilarning o’zaro munosabatlari to’g’risida, narsalar va ularning xususiyatlari, materiallarga ishlov berish usullari, qurilmalar va asboblar to’g’risida muayyan taassurotlarga ega bo’lishlariga yordam beradi. Mehnat bolalardan diqqat, o’tkir zexn, topqirlik, ijodkorlik qobiliyatlarini egallashni talab etadi. Mehnat jarayonida bolalar ayrim ish turlarini (bir varaq qog’ozni buklash, biror bir shaklni andozaga qarab qirqish, kerakli uzunlikni o’lchash kabi harakatlarni) anglatuvchi bir qancha tushuncha va atamalardan foydalanishga, bajarilgan ishdagi izchillikni berishga to’g’ri keladi. Bu bola nutqini yangi so’zlar bilan boyitadi, fikrlashi, dunyoqarashini shakllantirishga imkon beradi. Mehnatkash bir yosh guruhidagi bolalarning o’ziga xos xususiyatlarni hisobga olgan, unga to’g’ri nazorat yoki rahbarlik qilgandagina ijobiy natija berishi mumkin. V.I. Loginovning ta’kidlashicha, bolalarga mehnat tarbiyasi berish uchun ular mehnat va mehnat malakalari to’g’risidagi bilimlar tizimini o’zlashtirib olishlari kerak bo’ladi: 1. Mehnat maqsad va uning natijasini belgilab olishdan boshlanadi (maqsad — Mehnat tasviri). 2. Mehnat qilishdan ko’zlangan maqsad bo’yicha kerakli materiallarni tanlab ajratib olish. 3. Materialni ishlash uchun kerakli asboblarni tanlab ajratib olish. 4. Natijaga erishish uchun mehnat harakatlarini bajarish. Shunday q ilib, maktabgacha tarbiya yoshi davrida mehnat faoliyati shakllantiriladi. Maktabgacha tarbiya yoshi davrining o’ziga xos tomonlaridan biri bolalar mehnatining o’yin bilan bogliqligidir. O’yin jarayonida biror harakat doimo biror mehnat jarayonini aks ettirishga yo’naltirilgan bo’ladi. Ikkinchi tomondan, mehnat jarayonini bajarishda uni o’yin shakliga aylantirishadi. Mehnat tarbiyasining vazifasi xilma-xil bo’lib ularni guruular bo’yicha quyidagicha turkumlarga ajratiladi: 1. Birinchi guruh vazifalari: bolalarning mustaqil mehnat faoliyatiga pedagogik yondashuv, bolalarni maqsad asosida mehnat malakalari, ko’nikmalari hamda mehnat madaniyati bo’yicha kerakli material va qo’llanmalarni tanlashga o’rgatish. 2. Bolalarda mehnat faoliyatiga qiziqishni va mehnatda ijobiy natijalarga erishish malakalarini shakllantirish. 3. Mehnat faoliyati jarayonida bolalar mehnatining ijtimoiy ahamiyatli ekanligini tushunib yetishish. Ikkinchi guruh vazifalari bolalarda kattalar mehnatiga ijobiy munosabatni shakllantirishga qaratilgan: 1. Bolalarda kattalarning mehnati orqali erishayotgan yutuqlari haqida tushuncha berish. 2. Bolalarda mehnat ahliga xurmatni va ulardan o’z yordamini ayamaslik haqidagi xoxishlarini tarbiyalash. Uchinchi guruh vazifalari bola shaxsini shakllantirishga qaratilgan mehnat faoliyati bilan bogliq. Bolalarda mehnatsevarlik orqali mehnatda qatnashish, boshlagan ishini oxiriga yetkazish, o’zining qehnatiga nisbatan to’g’ri munosabatni tarbiyalash javobgarlik, qatiylik, sabr matonatlilik, chidamlilik, o’zi va o’rtoqlarining mehnatini xolisona baholash tarbiyalanadi. Mehnat ijtimoiy taraqqiyotning asosi barcha moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish sharti bo’lishi bilan birga ayni vaqtda inson hayotining asosiy shakli, mazmuni sifatida barcha xalqlarning eng asl farzandlari — mutafakkirlari, olim-u fozillarining diqqat markazida bo’lgan. Shoir Abu Shukur Balxiyning mehnatni ulug’lovchi quyidagi satrlarini keltirish mumkin: Orzutilak yo’li mehnat tagida, Xazinaning mo’li mehnat tagida. Alisher Navoiy, Furqat, Muqimiy, Xamza va boshqalar mehnat insonni ma’naviy go’zallashtiruvchi roliga, mehnatsevarlikni tarbiyalashga va mehnat ahlini qadrlashga katta o’rin beradilar. Qadimda ota- bobolarimizning mehnat haqida aytgan dono naqllari hozirga qadar ham o’z qadrini yo’qotmagan. Mehnat qilsang ko’ksing tog’, Xurmat qilsang, diling bog’. Mehnatli non — shakar, Mehnatsiz non zahar. Mehnat baxt keltirar, Mehnat qilib topganing, Qand-u asal totganing. Bu maqollar orqali dono xalqimiz mehnatni ulug’laydi, uning samarasi haqida fikr yuritadi. O’zbek bolalar yozuvchi va shoirlari ham kattalar mehnatining mazmunini yoritib berganlar. Bunga Q. Muxammadiyning “Etik”, “Bir xovuch yong’oq” kabi she’rlari misol bo’ladi. Estetik tarbiyaning mazmuni, mohiyati va ahamiyati. Estetik tarbiya keng tushuncha bo’lib, voqelikdagi, san’atdagi, tabiadagi, ijtimoiy va mehnatmunosabatidagi, turmushdagi go’zallikni idrok qilish, tushunishga o’rgatish, go’zallikka muxabbat uyg’otish va hayotga go’zallikni olib kirish qobiliyatlarini tarbiyalashdir. Estetik tarbiya o’z navbatida bolalarga har tomonlama tarbiya berishning bir qismi hisoblanadi. U ayniqsa, axloqiy tarbiya bilan o’zviy bog’likdir. San’at va hayot go’zalligi bilan tanishtirib borish bolaning aqlini, xissini tarbiyalab qolmay, shu bilan bir qatorda uning xayoli va fantaziyasini ham rivojlantiradi. Bolalarni go’zallikka oshno qilish, ularda hayotiy voqealarni to’g’ri tushunish, oliyjanob xis-tuyg’ularni va intilishlarni shakllantirishga yordam beradi. Bolalarda go’zallikni idrok qilishni tarbiyalash orqali ularda boshqa kishilarning kechinmalarini xis eta bilish, qayg’usini birga barham ko’rish kabi xususiyatlar shakllanib boradi. Estetik rivojlanish shaxsning estetik ongi, munosabati va estetik faoliyatining shakllanishi va takomillashuvida uzoq vaqtni talab etadigan jarayondir. Shaxsning estetik rivojlanishi ijtimoiytarixiy va estetik tajribani ijodiy o’zlashtirish jarayonida yuzaga keladi. Estetik ehtiyoj — kishi borlikni, badiiy faoliyatni, uning har xil ko’rinishlarida estetik idrok etishga undovchi subyektiv omildir. Estetik qiziqish shaxsni san’at asarlarini, tevarak-atrofdagi borlikni estetik idrok etishga va estetik faoliyatga yo’naltiradi. Estetik qiziqish ehtiyojni yuzaga keltiradi. Estetik tarbiya tushunchasi bilan bir qatorda badiiy tarbiya tushunchasi ham mavjud. Badiiy tarbiya san’at asarlari adabiyot, musiqa, ashula, tasviriy san’at va boshqa vositalar asosida tarbiyalashdir. Estetik tarbiya — ancha keng, faqat san’at vositasidagina emas, balki hayot, mehnat, kishilarning o’zaro ta’siri vositasida go’zallikni, anglashni tarbiyalaydi. San’atda esa estetikaning turli-tuman masalalari namoyon bo’ladi. Ayniqsa, kishining fikr-irodasi madh etiladi, uning tarbiyalovchi roli hamshunda namoyon bo’ladi. Shuning uchun san’at estetik tarbiyaning mazmuni va vositasi hisoblanadi. Estetik tarbiya axloqiy mehnat va jismoniy tarbiya bilan chambarchas bog’liqdir. Estetik va axloqiy tarbiyaning o’zaro bog’liqligi shundaki, kishining go’zallikni idrok etishdan quvonish, uning boshqa kishilarga yaxshilik qilganidan xursand bo’lishga o’xshab ketadi. Aksincha, go’zallikni ko’ra bilmaslik, undan zavqlana olmaslik yomon ishlarni qilishga olib keladi. San’atning tarbiyaviy kuchi shundaki, odamni hayotdagi voqealarni, hodisalarni chuqur his-hayajon bilan idrok etishga majbur etadi. Estetik tarbiya mehnat tarbiyasi bilan ham bog’liq. Mehnat faoliyati bolalarni quvontiradi. Go’zallik quvonchisiz mehnat quvonchi bo’lmaydi. Mehnat quvonchi bu turmush quvonchidir. Agar inson estetik jihatdan tarbiyalangan bo’lsa, u har qanday qiyin ishda ham go’zallikni ko’ra oladi va uni zo’r zavq-shavq bilan bajaradi. Estetik va jismoniy tarbiya o’rtasida mustahkam bolanish mavjud bo’lib kishining mustakhamsotliti uchun mukim sanaladi. Insonning jismoniy kamoloti go’zallikni tasavvur eta olmaydi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning estetik rivojlanishida, ayniqsa, estetik tarbiya emas, hissiy va sensor rivojlanishi to’g’risida o’ylash kerak. Bola yaltiroq bo’yoqdan xursand bo’ladi, bir maromdagi tovush va harakatlardan xuzur qiladi. Bola hayotining birinchi yilida uning sensor qabul qiluvchanligi takomillashib boradi. Bu yoshdagi bolada kechinmalarning shakllanishida kattalar muhim rol o’ynaydi. Bola hayotining ikkinchi yilida uning idroki sekin - asta takomillashib boradi. O’rta guruhga kelganda, bolalar estetik idrokning rivojlanishida muhim o’zgarishlar yuz beradi. Ularning estetik idroki ancha shakllangan bo’ladi. Bu yoshdagi bolalar badiiy obrazlarni eng oddiy estetik baholay oladilar. Katta guruhning oxiriga kelganda ular musiqani, badiiy asarlarni diqqat bilan ta’kidlaydilar, tasviriy san’at asarlarini sinchiklab kuzatadilar, ulardagi ijobiy qaxramonlarning xatti-harakatlaridan quvonadilar, yomonlikni qoralaydilar. Estetik tarbiya (lot ‘estezio” - go’zallikni xis etaman) - shaxsni ijtimoiy vokelik, tabiat. Mehnat munosabatlari, turmush go’zalliklarini anglash, idrok etish, to’g’ri tushunishga o’rgatish, ularning estetik didini o’stirish, ularda go’zallikka muxabbat uyg’otish, shuningdek, go’zallikni yaratish qobiliyatlarini tarbiyalash jarayoni. MTMda tashkil etiladigan estetik tarbiya tarbiyalanuvchilarda axloqiy sifatlar, ijobiy xulq- atvor me’yorlarini tarkib toptirish, ularning ijodiy qobiliyatlarini taraqqiy ettirishga katta ta’sir ko’rsatadi. Estetik tarbiyani olib borish jarayonida tarbiyalanuvchilarda estetik xis-tuyg’u, estetik didni tarbiyalash, ularning ijodiy qobiliyatlari, estetik extiyojlari va go’zallikni sevish, go’zallikka intilish tuyg’ularini rivojlantirish, estetik madaniyatni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Estetik tarbiyaning maqsadi shaxsning voqelikka estetik munosabatini shakllantirishdan iborat. Tarbiyalanuvchilar o’rtasida qo’l mehnati, musiqa, tasviriy san’at ma’lumotlarida. ertaklar o’qish chog’ida estetik tarbiyani samarali yo’lga qo’yish imkoniyati mavjud. Estetik tarbiya ham umuminsoniy va milliy qadriyatlarni qaror toptirishga xizmat qiladi. Ayonki, tarbiya inson ongiga, xis- tuyg’ulariga, tasavvuriga, e’tiqodiga, dunyoqarashiga, xatti- harakatlariga, xulq-atvoriga ta’sir o’tkazishni o’z oldiga maqsad va vazifa qilib qo’yadi. Estetik tarbiya ham ana shu umumiy maqsad va vazifaning tarkibiy qismi sifatida amal qilib, tarixiy-ijtimoiy jihatdan ahamiyatga molik xodisani anglatadi. Shuni ta’kidlash joizki, qadimgi dunyoda umuman tarbiya maqsadi estetik asosda namoyon bo’lgan. Qadimgi yunonlarda estetik tarbiya maqsadi fuqarolarning har tomonlama rivojlanishiga, “rux va badan” hamoxangligini qaror toptirishga yo’naltirilgan edi. Aristotel va Platon kabi buyuk mutafakkirlarning ta’limotlarida estetik tarbiya tizimining bir- biridan farqli tomonlari bo’lgani xolda umumiylik ham mavjud bo’lib, u yagona estetik orzuni qaror toptirishga, yagona axloqiy xulq- atvor va fuqarolik sifatlarini shakllantirishga xizmat qilgan edi. Avvallari estetik tarbiya o’ta tor va bir tomonlama talqin qilinar, ya’ni uni san’at asarlarini to’g’ri idrok etish, bu bilan alohida lazzatlanish yoki biror san’at to’rini bilib olib, muayyan badiiy ko’nikmalarga ega bo’lish doirasida in’ikos etilar edi. Ba’zan estetik tarbiyaga odamlarda yuksak estetik did-farosatni shakllantirish sifatida qaralar edi. Bularning barchasi badiiy- estetik tarbiyaning vazifa va maqsadlari doirasiga kiradi. Estetik tarbiyaning vazifalari tarbiyaning umumiy maqsadlaridan kelib chiqib, bolalarning yosh va individual imkoniyatlariga qarab belgilanadi. Estetik tarbiyaning vazifalariga quyidagilar kiradi: 1. Bolalarni hayotdagi, voqelikdagi, tabiat va turmushdagi go’zallikni tushunish, ko’ra bilishga o’rgatish. Ularda estetik xis-tuyg’u, did, estetik munosabatni tarbiyalash. 2. Bolalarni badiiy ijodning turli janrlarida yaratilgan san’at asarlarini tushunish, sevishga o’rgatish, ularda estetik ong qirralarini shakllantirish. 3. Bolani san’atning turli soxalariga qiziqishi, izlanishini tarkib toptirish. Shaxsning estetik madaniyatini shakllanishi ko’p jihatdan estetik kamolotiga ta’sir o’tkazadigan tashqi va ichki shart-sharoitlarga bog’lik. Shunday tashqi va ichki shart-sharoitlar estetik tarbiya omillari deb ataladi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning estetik tarbiyalash vazifalarini amalga oshirish uchun ma’lum bir sharoitlarni yaratish lozim. Bolalarni o’rab turgan muhit, turmush estetikasi ana shunday eng muhim omildir. Agar muhit estetiklikka asoslangan bo’lsa, agar bola odamlar orasidagi xushmuomala munosabatni ko’rsa, tevarak-atrofdan olingan taassurotlar ijobiy tavsifga ega bo’lsa, u kichikligidanok estetik borlikni o’zi uchun me’yor sifatida qabul qiladi. Turmush estetikasi o’zida ko’plab detallarni qamrab oladi. Shuningdek, bolalarni borliqni va uning go’zalligini taxlil etib borishga o’rgatish lozim: “Seni ko’ylagingga qaysi rangdagi tufli mos tushadi, deb o’ylaysan?”, “Uyimiz devoriga ko’proq qaysi rangdagi parda to’g’ri tushadi: ko’kmi yoki yashil?” Mazkur holatda bolaning aynan javobining o’zi muhim emas, asosiysi uning e’tiborini rangning mos kelishi yoki kelmasligiga qaratish, shuningdek, bolada u ham go’zallik yaratishi mumkinligi haqidagi xulosani hosi lqilishga erishishdir. Estetik tarbiyaning eng muhim omili - tabiatdir. Tabiat bilan doimiy ravishda munosabatda bo’lmay turib, estetik jihatdan rivojlanish, estetik tarbiyani uyushtirish mumkin emas. Boshqacha aytganda, tabiat xech narsa bilan almashtirib bo’lmaydigan go’zallik manbai. U estetik xis-tuyg’u, kuzatuvchanlikni rivojlantirish uchun boy material beradi. Ayniqsa, tabiat badiiiy obrazlar orqali ifodalansa, yanada o’zining estetik jihatini yaqqol namoyon etadi. Jonajon tabiat estetik tarbiyaning qudratli vositasi bo’lib xizmat qiladi. Tevarak-atrofdagi tabiat go’zalligi hatto eng kichik bolani ham quvontiradi. Uning tuyg’ular va xayollarda saqlangan go’zalligi bolalikda ayniqsa, chuqur va yorqin idrok qilinadi, inson bularni butun hayoti davomida esidan chiqarmaydi. Sayr, ekskursiya vaqtida tarbiyachi bolalarning diqqatini tabiatning rang-barangligiga, uning o’zgarishi va uyg’unligiga qaratadi, tabiat xodisalariga qiziqish uyg’otadi, unga muxabbat va ehtiyotkorlik munosabatini tarbiyalaydi, asrab-avaylashga o’rgatadi. Bularning hammasi bolalarning estetik didlarini tarbiyalaydi, ular kishilarning mehnat natijalarini yaqqol ko’rib, atrofdagi go’zallik inson mehnati tufayli yuzaga kelishiga ishonch hosil qiladilar. Mana shu jihatdan estetik tarbiyaning yana bir omili sifatida mehnat yuzaga chiqadi. MTM yer maydonchasi va tabiat burchagidagi usimlik va xayvonlarni kuzatishkamda parvarish qilish bolalarda estetik idrokni, ularga nisbatan to’g’ri munosabatni, go’zallik yaratish xoxishini shakllantiradi hamda qizg’in faoliyatga undaydi. Yilning yoz fasllarida polizda, gulzorda, yer maydonchasida mehnat qilish jarayonida ham bolalar estetik zavq oladilar. Ko’zda o’z mehnati mevasini yeyish bolaga alohida estetik xuzur bag’ishlaydi. Dala va bog’larga sayrga borganda tabiatning go’zalligi va boyligidan, u yerdagi dehqonlarning yaratuvchilik mehnatlaridan benixoya zavqlanishadi. Estetik tarbiya omillari orasida san’at muhim o’rin egallaydi. San’at - ijtimoiy ong va faoliyatning o’ziga xos shakli bo’lib, tevarak-atrof va borlikni badiiy obrazlarda aks ettirilishidir. Estetik tarbiyaning eng muhim omili sifatida sanat nafaqat badiiy qadriyatlarni idrok qilish, balki ularni yaratishni ham o’z ichiga oladi. Badiiy kadriyatlarni yaratishga jamiyat a’zolarining, ayniqsa, yosh avlodning faol ishtirok etishi ularda estetik didfarosat va talab-extiyojlarning rivojlanishiga, ijodkorlik qobiliyatlarini rag’batlantirishga olib keladi. MTMda bolalarni estetik jihatdan tarbiyalashda san’atning xilma-xil turlari va janrlaridan, xususan musiqa va tasviriy sanatdan foydalaniladi. Estetik tarbiyaning vositalaridan yana biri qo’g’irchoq teatridir. Qo’g’irchoq teatri dunyoning ko’plab xalq va elatlariga qadim zamonlardan buyon ma’lum. U jamiyat hayotida muhim ahamiyat kasb etib kelgan. Qo’g’irchoq teatri har qaysi davlatda turli shaklda, turli hajmda, o’ziga xos tarzda taraqqiy etib, rivojlanib kelgan. Maktabgacha yoshdagi bolalarni estetik tarbiyalashda qo’g’irchoq teatri vositasidan samarali foydalanish - bolalarning iqtidori, obyektiv borliq haqidagi tasavvuri, dunyoqarashini yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitni yaratishi bilan ahamiyatlidir. O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’biri bilan aytganda:“Yoshlarning ma’naviy olamini bolalikdan boshlab ezgu g’oyalar asosida shakllantirish va kamol toptirish haqida gap borar ekan, yana bir muhim masala xususida to’xtalib o’tish o’rinli, deb o’ylayman. U ham bo’lsa, dunyoga xayrat ko’zi bilan boqib, undan o’zicha ma’no topishga intiladigan murg’ak farzandlarimizning qiziqishi va xissiyotlariga mos qo’g’irchoq va o’yinchoqlar ishlab chiqarish masalasidir”. Zero, qo’g’irchoq teatri vositasida bolaning atrof-muhit, hayot haqidagi tasavvurlari, taassurotlari, u yoki bu xodisalarni tushunish, go’zallikni ko’ra bilish va xis etishga ma’suliyat xissi oshadi. Qo’g’irchoq teatrining bolalarning estetik tarbiyalashda nihoyatda kuchli ta’sir etishi uning soddaligi, odatdan tashkari jo’shqinligi va qo’g’irchoqligi, shuningdek, badiiy so’z, musiqa, qo’shiq, raqs, tasviriy san’at kabi tarkibiy qismlarning uzviy jipslashib ketganligi bola ko’z o’ngida yaqqol namoyon bo’lishidir. Maktabgacha yoshdagi bolalarning qo’g’irchoq teatri vositasida estetik sifatlarini shakllantirish jarayonida quyidagi bosqichlarning amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir: O’tkazilishi rejalashtirilgan teatr oldi suxbati (bolalarda teatr qaxramonlarining o’ziga xos tabiati, xatti-harakatlari haqidagi tasavvurlarini savol-javob asosida aniqlash); teatrning ta’sirchan, xis-tuyg’u va mazmunga boy tarzda o’tkazilishi; teatr namoyishidan so’nggi suhbat (bolalarning voqealar, ularning mazmun-mohiyatini haqidagi fikrlari). Shuningdek, maktabgacha yoshdagi bolalarning badiiy didini o’stirishda kitoblar muhim rol o’ynaydi. Kitoblar faqat bolalarning yoshiga mos, mavzu, mazmun bilangina emas, shu bilan birga bayon qilish usuli hamda bezatilishi bilan ham ajralib turishi juda muhimdir. Ayniqsa, ikkiuchli yoshli bolalar uchun chiqarilgan kitoblarda so’zlardan ko’ra rasmlarning ta’siri katta bo’ladi. Bola kitobchadagi rasmlarni qayta-qayta o’z o’rtoqlariga, kattalarga, qo’g’irchog’iga “o’kib” berish bilan uning mazmunini o’z xotirasida mustaxkamlaydi. Kitobdagi chiroyli, yorqin rasmlar bolalarning badiiy didini tarbiyalaydi. Bolalar tomonidan eng ko’p o’qiladigan kitoblar ertaklardir. Ertaklar qisqa syujetli, tilining hayotiy va jonliligi bilan ajralib turadi. Bundan tashqari ertak qaxramonlarining bolalarga yaqin va tanish ekanligi ham ular bilan birga xayratlanish, voqealarni qiziqish bilan eshitish imkonini beradi. Estetik tarbiya MTMda rasm chizish, qirqib yelimlash, loy ishi kabi faoliyatlar orqali amalga oshiriladi. Ana shu nuqtai nazardan bolalarni estetik tarbiyalashda tasviriy san’at muhim rol o’ynaydi. Bolalarning badiiyestetik tasavvurlari tevarak- atrofdagi jonli va jonsiz narsa-xodisalarni turli usullar (rasm chizish, qirqib-yelimlash, loydan narsalar yasash, tikish), an’anaviy (akvarel bo’yog’i, bo’r, qalam, mo’yqalam, flomaster, rangli qalam va iplar, qog’oz, karton, yelim, igna) va noan’anaviy (paxta, gubka, barmoqlar yordamida, sham, gugurt cho’plari) vositalar orqali tasvirlashda namoyon bo’ladi. Bularni badiiy-estetik savodxonlikning dastlabki elementlari sifatida qabul qilish mumkin. Maktabgacha yoshdagi bolalar tasviriy ko’nikma va malakalarni oson o’zlashtiradi. Ikki-uch yoshli bola qalam va mo’yqalamni to’g’ri ushlash malakasini oson egalaydi, undan foydalanishni qiyinchiliksiz o’rganib oladi. Olti yoshda bola bir qancha ko’nikma va malakalar zaxirasiga ega bo’ladi va ulardan yangi predmetlarni tasvirlashda kerakli usullarni qo’llab,mustaqil ravishda o’z aql u idrokiga tayangan xolda foydalanishi mumkin. Tarbiyaviy faoliyatda shunday vositalar qo’llaniladiki, ular shaxsning estetik vokelikka munosabatini rivojlantirshga xizmat qiladi. Tarbiyaviy faoliyatning bunday vositalari estetik tarbiya vositalari deb ataladi. Estetik tarbiya omillari va vositalari o’rtasidagi chegara nisbiy hamda shartlidir. Muayyan sharoitlarda estetik tarbiya omillari estetik tarbiya vositalari vazifasini o’tashi, aksincha, bo’lishi ham mumkin. Yuqorida ko’rsatilgan vazifalar asosida maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning har bir yosh guruhda estetik tarbiya berishning metodlari ishlab chiqiladi: 1. Ongni fikrlash qobiliyatni rivojlantirishga qaratilgan metodlar. 2. Odatlantirish va mashq qildirish metodi (takrorlash, o’rgatish, musobaqalar uyushtirish, ibrat, na’muna, o’git). 3. Rag’batlantirish va jazolash metodi (maqullash, ko’ngil ko’tarish, na’muna qilish, qatorning boshida turgazish, raxmatnoma e’lon qilish, ogoxlantirish, tushuntirish, otaonasiga murojaat etish). Bolalar bog’chasidagi estetik tarbiyaning asosiy vositalari quyidagilardir: ijtimoiy muhit va turmush estetikasi; san’at asarlari; bolalarning ijodiy faoliyatlari; bayramlar, ko’ngilochar tadbirlar; ma’lum maqsadga qaratilgan va reja asosida amalga oshiriladigan tizimli ta’lim. Xulosa qilib aytganda, estetik tarbiya bolalarni har tomonlama barkamol tarbiyalashning muhim omili bo’lib, aqliy, axloqiy, jismoniy tarbiya bilan chambarchas bog’langan holda amalga oshiriladi. Nazotar savollari 1. Tarbiya turlari haqida so’z yuriting? 2. Aqliy tarbiya tushunchasiga ta’rif bering? 3. Ahloqiy tarbiyaning vazifalari nimalardan iborat? Adabiyotlar: 1. Mirziyoyev SH.M. “Erkin va farovon, demokratik О‘zbekiston davlatini mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” mavzusidagi О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qо‘shma majlisidagi nutqi. – T.: “О‘zbekiston”, 2016. – 56 b. 2. Karimov I.A. Barkamol avlod – O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent, Sharq nashriyot-matbaa kontserni, 1997. 3. O`zbekiston Respublikasining «Ta'lim to`g`risida»gi Qonuni G`G`Barkamol avlod – O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. – Toshkent, Sharq nashriyot-matbaa kontserni, 1997. 4. Forobiy, Abu Nasr. Fozil odamlar shahri. – Toshkent, Xalq merosi nashriyoti, 1993. 5. Pedagogika G`A.Q.Munavvarovaning umumiy tahriri ostida. - Toshkent, O`qituvchi, 1993. Test 1. 2-3 yoshli bolalarda jismoniy rivojlanishi bo’yicha o’rtacha bo’yi va vazni qancha bo’lishi kerak? A. Bo’yi 80-85sm vazni 10-12kg B. Bo’yi 80-82sm vazni 12-14kg C. *Bo’yi 85-90sm vazni 13-15kg 2. Asosiy harakatlarga doir mashqlarga nimalar kiradi? A. yurish, yugurish, sakrash mashqlari B. yumalatish, irg’itish , ilib olish,emaklash va tirmashib chiqish mashqlari C.* hamma javob ro’g’ri 3. Oyoq uchun mashqlar to’g’ri yozilgan qatorni toping? A. * turgan joyda yurish, oldinga qadam tashlash B. o’ng va chapga o’girilish, o’tirgan holda oyoqlarni bukish va yozish C. chalqancha yotgan holda oyoqlarni ko’tarib tushurish 4. 4-5 yoshli bolalar bilan ‘’Mehrjon’’ bayrami qachon o’tkaziladi ? A. 15 avgust - 3-sentabr. B. * 25-oktabr - 5-noyabr. C. 25-dekabr – 30- dekabr. 5. O’rta guruh yoshi to’gri keltirilgan qatorni toping? A. 3-4 yosh. B.* 4-5 yosh. C.3-5 yosh. 6. Kichik guruhlarda atrof-olam mashg’ulotlari bo’yicha qanday mavzularda mashg’ulot olib boriladi? A.’’ Qum va suv haqida nima bilamiz?’’, ‘’Ustki kiyimlar’’, ‘’Mazali yong’oq’’; B.’’O’zbekiston – mening Vatanim’’, ‘’Mening qishlog’im’’, ‘’Bizning mahalla’’; C. *’’Salomlashish odobi’’, ‘’Bizning oila’’, ‘’Bizning bog’chamiz’’. 7. Dastur bo’yicha 6-7 yoshli bolalarda qanday sport mashqlari o’ynaladi? A. * Velosiped haydash, samokatda uchish. B. Basketbol o’yinlari C. ‘’Qoch bolam qush keldi ‘’ o’yinlari. 8. Mazmun jihatidan ‘’BOLAJON’’ tayanch dasturi o’z tarkibi qaysi yo’nalishlarni qamrab oladi? A. Jismoniy rivojlanish , aqliy rivojlanish , nutq va muloqot; B.* Jismoniy rivojlanish, o’z-o’ziga xizmat va gigiyena; ijtimoiy-hissiy rivojlanish; nutq, o’qish va savodga tayyorgarlik; bilish jarayoni va atrof-muhit to’g’risidagi bilimlarga ega bo’lish; D. Jismoniy rivojlanish , ijtimoiy-hissiy rivojlanish , o’z-o’ziga hizmat va gigiyena, bilish jarayonlari. 9. Bolada yirik motorikani rivojlantirish uchun qanday mashqlar bajariladi (tug’ilgandan -6 oylikkacha bo’lgan davrda)? A.* kichkintoyni ikki qo’llab qattiq yuzada tik holatda ushlab turish; qorni bilan yotganda’ ko’krak qafasini ko’tarib, boshini yuzadan baland ushlab turishiga imkon berish; B. bolalarning qo’llari va barmoq harakatlarini rivojlantirish uchun yorqin rangdagi yumshoq o’yinchoqlarni berish, bola o’yinchoqni olish uchun qo’lini cho’zishi, ushlab olishi ma’lum vaqt davomida qo’lda ushlab turishi; D. Cho’milayotganda chiroyli rezina o’yinchoq, yumshoq mochalkani mahkam ushlashi, o’yinchoq bilan faol o’ynashi,bolani chalqancha yotqizib, avval bir oyog’ini, keyin ikkinchi oyog’ini asta bukib mashq qildirish. 10. Didaktik maqsadga ko’ra mashg’ulotlar qanday bo’ladi. A*) Yangi bilm beruvchi B) Kompleks sistemaga C) Hamma javob tog’ri 11. Bola shaxsining rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillar qaysilar. A)Irsiyat B) Muhit D)Ta’lim /Tarbiya C*) Hamma javob tog’ri 12. Milliy xalq o’yinlari nechiga bo’linadi. A*) 2 ga B) 3 ga C) 6 ga 13. Necha yoshda bola yangi sharoitga tez o’rganadi . A*) 7 yosh B)5 yosh C) 6 yosh 14. Bola hayotining yettinchi yilini bekorchilikda buzilib ketmaslik uchun maktabda o’qishni boshlaydigan vaqt deb qaysi olim aytgan . A*)Y.A.Kamenskiy B)X. Sariyev C) Konfutziy 15. Ta’lim muassasalari O’zbekison Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan belgilangan tartibda nimadan o’tkaziladi. A) attestatsiyadan * B) ko’rikdan C) kuzatuv nazoratidan 2. Men faoliyat olib boradigan maktabgacha ta’lim tashkilot Men Usmonova Shaxnoza Abdumannopovna Sirdaryo viloyat Sayxunobot tumani 1-sonli DMMT da o’rta guruhda tarbiyachi lavozimida ishlayman.Tashkilotimiz 2021-yil 3-mayda ochilgan va men sh DMMT da ochilgandan beri o’rta guruhda tarbiyachi lavozimida ishlab kelmoqdaman. Men faoliyat olib borayotgan ta’lim muassadagi guruhda 30 nafar tarbiyalanuvchilar bo’lib, ulardan 10 nafari qiz bolalar va 20-nafari o’g’il bolalardan iborat. Maktabgacha tashkilotimiz hozirgi zamon talabiga to’liq javob beradigan darajada qurib bitgazilgan.Tarbiyalanuvchilar , hodimlar uchun ham barcha sharoitlar yaratilgan bog’cha hovlisida bolalar uchun cho’milish xovuzlari bolalar o’ynashi uchun o’yin maydonchalari xam mavjud. Ta’lim muassasamizda bolarar va hodimlar uchun xar bir xonada xam qo’l yuvish uchun barcha waroitlar mavjud.Xonalar ichida xam yozgi va qishki dushlar ham mavjud. Tarbiyalanuvchilar uchun oshxonamiz alohida. Barcha guruxlar birgalikda osh xonaga tushib ovqatlanib so’ngra xonalariga kirishadi. Men o’rta guruhda tarbiyach bo’lib ishlayman. Men xar kun ertalab o’zim bolalarni darvoza yonida turib kutib yaxshi kayfiyat bilan olaman. Tarbiyalanuvchilar bilan birgalikda ertalabki badantarbiya mashg’ulotini havo yaxshi bo’lsa kotarinki kayfiyat bilan ochiq havoda birgalkda bajarib olamiz. Men ertalabki badantarbiya mashg’ulotini har doim musiqa sadolari bilan o’tkazaman bu esa bolalarni kayfiyatini ko’tarishga yordam berib , bolalar kuni bo’yi kotarinki kayfiyat bilan yurishiga yordam beradi. Soat 9-00 da nonushta qilish uchun oshxonamizga kiramiz va bolalar ovqatlanishdan oldin qo’llarini yuvub stullarga o’tiirishadi.Nonushtadan so’ng o’z honamizga kirib rejada ko’rsatilgan tartibda o’z faoliyatimni boshlayman.Ertalabki suhbat paytida bolajonlar bilan birgalakda xafta mavzusiga mos suhbat qilib ular bilan birgalikda suhbat yakunida tetiklashtiruvchi mashqlar ham qilib olamiz. 5 ta faoliyat markazlarimizda bolajonlar o’zlarini xoxlagan markazlariga o’tirib olgan holda bilimlarini mustahkamlab olishadi.Maktabgacha tashkilotimizda turli hil to’garaklar xam mavjud bolibular badiiy gimnastika, taekvando,raqs ingliz tili ..Bolajonlarimiz kunnig ikkinch yarmida o’zlari qiziqqan to’garaklarda qatnashadilar.Tashkilotimiz xozirgi davr talabiga to’liq javob beradi,faoliyatimiz davomida biz AKT dan foydalanib faoliyatlarini olib boramiz.