Uploaded by isharobidinov1

portal.guldu.uz-ishchi dastur

advertisement
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
“TASDIQLANDI”
O’quv ishlari bo’yicha prorektor
_____________ X.X. Qo`shiyev
«___» _______ 2021 yil.
№ _ ________________
Iqtisodiyot va moliyaviy menejment
fanining
ishchi o’quv dasturi
Bilim sohasi:
200000 - Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq
Ta’lim sohasi:
230000 - Iqtisod
Ta’lim yo’nalishi: 5230100 - Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
5230200 – Menejment (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
5320900 - Yengil sanoat
Umumiy o’quv soati
Shu jumladan:
Ma’ruza
Amaliyot mashg’ulot
Mustaqil ta’lim soati
– 146
– 32 (6 semestr)
– 48 (6 semestr)
– 66 (6 semestr)
Guliston-2021
1
Fanning ishchi o’quv dasturi O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining
20__ yil “__” __ dagi “__”- sonli buyrug’i bilan (buyruqning ____ - ilovasi) tasdiqlangan “Iqtisodiyot
va moliyaviy menejment” fani dasturi asosida tayyorlangan.
Fan dasturi Guliston davlat universiteti Kengashining 2021 yil “___” ____________ dagi ___ sonli bayoni bilan tasdiqlangan.
.
Tuzuvchi:
R.A. Obidov -“Iqtisodiyot” kafedrasi o`qituvchisi
Taqrizchi:
O.T. Sattorqulov -GulDU “Iqtisodiyot” kafedrasi, i.f.n. dotsent
Taqrizchi:
A.B. Muxametov -GulDU “Iqtisodiyot” kafedrasi, i.f.n. dotsent
GulDU “Ijtimoiy -iqtisodiy”
fakulteti dekani:
2021 yil “___” “_____________” ___________________ Z.M. Zikriyayev
GulDU “Iqtisodiyot”
kafedrasi mudiri:
2021 yil “___” “_____________” __________________ A.A. Abduvoxidov
GulDU O’quv-uslubiy bo’lim
boshlig’i :
2021 yil “___” “_____________” ____________________I.Xudoyberdiyev
2
KIRISH
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi PF-4947-sonli Farmoni bilan
“2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi
bo’yicha Harakatlar strategiyasi” tasdiqlandi. Unga ko’ra 2017-2021 yillarda O’zbekiston
Respublikasida oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish Dasturini ishlab chiqish masalasi qo’yildi.
Shu boisdan “Iqtisodiyot va moliyaviy menejment” fanidan tayyorlangan o’quv-uslubiy majmua
amaldagi qonunchilik, Harakatlar strategiyasi va qabul qilingan dasturlar, vazirlik tomonidan
tasdiqlangan fan dasturi, korporativ boshqaruv bo’yicha xorijiy tajriba asosida ishlab chiqildi.
Unda birinchi o’rinda fan dasturiga muvofiq ma’ruzalar mavzulari yoritib berilgan. Har bir
mavzu bo’yicha: reja savollari, tayanch so’z va iboralar, asosiy matn berilgan bo’lib, ma’ruzalar
bo’yicha o’quv materiallar matni ko’rgazmali elementlar, rasmlar, diagramma, gistogramma, grafiklar,
qiziqarli havolalar, misollar keltirilgan. Xorijiy adabiyotlardan havolalar olingan.
Ushbu fan bozor iqtisodiyotining amal qilish mexanizmini, turli mulkchilikka asoslangan
korxonalarning xo’jalik yuritish faoliyatini, alohida shaxslarning iqtisodiy xarakatlari, cheklangan
ishlab chiqarish resurslaridan samarali foydalanishda firmalarning yo’nalishlarini talabalarga
o’rgatishda qo’l keladi. Shuningdek, “Iiqtisodiyot va moliyaviy menejment” fani fundamental
fanlardan biri bo’lib, boshqa iqtisodiy fanlarni chuqur o’rganishda asos bo’lib xizmat qiladi.
1.1. Fanni o’qitishning maqsadi va vazifalari
Fanning maqsadi-bozor iqtisodiyoti sharoitida talabalarga iqtisodiyot va moliyaviy menejment
fanidan chuqur bilim berish mintaqa va mahaliy xujalik tushunchasi xudud resurslar tarkibi maxaliy
soliq turlari mintaqa tarmoqlari tarkibi va soliq turlari mintaqaviy siyosatning ahamiyati va uni amalga
oshirish yo’llarini tushuntirishdan iborat. Bu borada, bo’lajak mutaxasislar kasb-korining qanday
bo’lishidan qa’tiy nazar, u o’z faoliyatining iqtisodiy va moliyavay natijalarini bilish, iqtisodiy
hodisalar mohiyatini tushunib etishi, iqtisodiyotning sir-asrorlarini mohiyatini idrok etishi talab
qilinadi. Mamlakatimiz mintaqalaridagi mavjud iqtisodiy sharoit va iqtisodiy resurslardan qaysi
maqsadlarda va qanday foydalanishni, hamda qanday boshqarishni to’laroq ochib berish, uning ilmiy
asoslangan mexanizmlarini talabalarga o’rgatishdir.
Fanning vazifalari- bakalaviriat yo’nalishi talabalariga “Iiqtisodiyot va moliyaviy menejment”
fani bo’yicha bilimlarni berish, xududlarda bozor iqtisodiyoti sharoitida mahaliy xujalik iqtisodiyoti,
mintaqaviy iqtisodiy siyosatni amalga oshirish mahaliy o’z-o’zini boshqarish, mintaqa ishlab chiqarish
kuchlarini joylashtirish, mehnat resurslari ijtimoiy soha tabiy resurslardan foydalanish atrof muxitni
muxoffaza qilish hamda maxaliy xujalik iqtisodiyotini o’ziga xos va mos jixatlarini yoritishdan iborat.
Davlatning xududiy siyosatini uni faoliyat ko’rsatish tizimini iqtisodiy asosini ilmiy nazariy jixatdan
asoslab berishdan iborat.
Fanning yakunida talabalar-Iiqtisodiyot va moliyaviy menejment fani bo’yicha talabalar bilimiga
qo’yiladigan asosiy talab har bir mavzudagi muammolarni o’zlashtirish va ular bo’yicha mustaqil fikr
yuritish darajasi bilan belgilanadi. Bu darslik va o’quv qo’llanmalar xarakteridagi adabiyotlarni
o’zlashtirish bilan birga Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev asarlarini, Respublika Oliy Majlisi tomonidan
iqtisodiyotga tegishli bo’lgan qabul qilingan qonunlarni va boshqa me’yoriy hujjatlarni o’rganishni
ham taqozo etadi.
Fanni o’rganishda talabalar-Iiqtisodiyot va moliyaviy menejment fanini o’rganishda O’zbekiston
milliy iqtisodiyoti, Milliy iqtisodiyotni davlat tomonidan boshqarish, Menejment asoslari, Moliya va
soliqlar va boshqa iqtisodiy fanlardan olgan bilimlarga suyanadilar.
1.2. Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yiladigan
talablar
Fanni o’zlashtirgan talaba:
-Respublikamizda olib borilayotgan mintaqaviy siyosatning ahamiyati va uni amalga
oshirish yo’llarini uning asosiy ob’ektini bilish; mintaqa tabiiy resurslarini uning ekalogik
muammolarini o’rganish kerak; mintaqa va mahalliy xo’jalik tushunchasi mintaqaning
3
unumdorligi tabiy resurslar xajmi ulardan foydalanish yo’nalishlarini bilish; bozor iqtisodiyoti
sharoitida mintaqa boshqarish va rejalashtirish tizimini, mintaqalarni rivojlanishni xozirgi
davirdagi holatini o’rganish; mintaqalarda mahaliy o’z-o’zini boshqarish ularning tarkibiy
qismlari iqtisodiy va moliyaviy asoslarini bilish; xududiy ishlab chiqaruvchi kuchlarni
joylashtirish va uning qonuniyatlarini o’rganish; mintaqa mehnat resurslari mehnat bozori
ishsizlik muammolari bandlikni xududiy asoslarini bilish; mintaqa sanoat ishlab chiqarishi
kommunikatsiya kompleksi mintaqa transporti investitsiya jarayoni qishloq xujaligi ishlab
chiqarishini chuqur o’zlashtirish; mintaqa ijtimoiy soha tarmoqlarini rivojlantirishni moliya
mablag’lari mahaliy byudjet mahaliy soliqlar va ularni yunalishlarini hamda xududlarda tabiy
resurslardan foydalanish xududlar aro ekologik muammolarni biladi;
-talaba iqtisodiy-statistik ma’lumotlarni to’plash, qayta ishlash, jadvallar tuzish, ularni
iqtisodiy usullarni qo’llab tahlil qilish; kurs ishi yozish jarayonida adabiyotlardan, kartografik
materiallardan foydalanish; barcha nazariy va amaliy bilimlarni ish faoliyatida qo’llay olish;
iqtisodiy uslublarini metodlarini amalda qo’llash; iqtisodiy samaradorlikni amalga oshirishni
tashkil etish; iqtisodiy axborotni yig’ish va tahlil qilish; sodir bo’layotgan milliy iqtisodiy
muammolar echimini; iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiy muammolarni hal etish
tashkiliy formalarini; ayrim hudud va korxonalar miqyosida iqtisodiy muammolarini echish
tadbirlarini; iqtisodiyot sohasidagi qonunlar, qarorlar va boshqa me’yoriy hujjatlarni tahlil qila
olishi; barcha olgan nazariy va amaliy bilimlarini ish faoliyatida qo’llay olish kabi
ko’nikmalariga ega bo’ladi;
-talaba mamlakatimiz mintaqalaridagi iqtisodiy sharoitlarini o’ziga xos xususiyatlarini
bilishi va baholay olishi; mamlakat iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy tarkibini aniqlay olishi va
tahlil qila olishi; O’zbekistonning yangi iqtisodiy sharoitida rivojlanishini iqtisodiy islohotlarga
bog’liq ekanligi va foydalanishni samarali tashkil etishni; tovar pul munosibatlarini
takomillashtirishni; bozor iqtisodiyotini mazmuni va o’tish davri xususiyatlarini ahamiyatiga
baho berish; tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga e’tibor berish; agrar sohadagi islohotlarni
muhimligini anglash; iqtisodiy o’sish holatiga baho berish; ishchi kuchi bandligini ahamiyatini
anglash; moliya, pul, kredit, banklar va ularni iqtisodiyotdagi rolini baholash malakalariga ega
bo’ladi.
1.3. Fanning o’quv rejadagi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi va uslubiy jihatdan uzviy
ketma-ketligi
Iiqtisodiyot va moliyaviy menejment fanini chuqur o’zlashtirish, nazariy va amaliy masalalar
echimini to’liq nihoyasiga etkazish uchun qator fundamental fanlarga asoslanadi, chunonchi:
iqtisodiyot nazariyasi, O’zbekiston milliy iqtisodiyoti, korxona iqtisodiyoti, makro va mikroiqtisodiyot
fanlaridan etarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishi kerak.
Iiqtisodiyot va moliyaviy menejment fanida fanning predmetini yoritish fanning, o’rganishning
ahamiyatini ochib berish, mintaqa xususiyatlarini o’rganish, mintaqa sharoitlarini shakllanishini
tushuntirish va rivojlanish kontseptsiyasini ko’rsatish;
1.4. Fanni ishlab chiqarishdagi o’rni
Iiqtisodiyot va moliyaviy menejment fanidan talabalar mexnat resurslarining shakllanishi va
ulardan foydalanish, hususan bozor iqtisodiyoti sharoitida mintaqadagi holatlar va taraqqiyoti, uning
o’ziga xos xususiyatlarini bilishi, mintaqada fermer xo’jaliklari faoliyatini tashkil etishning moxiyati
va asoslari, mexnat taqsimoti, ish o’rinlarini tashkil etish va rejalashtirish haqida tasavvurga ega
bo’lishini ko’rsatish.
1.5. Fanni o’qitishda pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish
Talabalarning Iiqtisodiyot va moliyaviy menejment fanini o’zlashtirishlari uchun o’qitishning
ilg’or usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish muhim
ahamiyatga egadir. Fanning o’zlashtirishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, ma’ruza matnlari,
tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual stentlar, jadvallardan foydalaniladi.
Dasturda berilgan mavzular, ma’ruza, seminar shaklda olib boriladi. Shuningdek, fanning
dolzarb masalalari, mustaqil ish sifatida talabalarga o’zlashtirish uchun beriladi. Fan zamonaviy
4
pedagog texnologiyaning “Bumerang”, FSMU, klaster, insert, aqliy hujum va boshqa interfaol usullar
va taqdimotlardan foydalaniladi.
Fandan o’tiladigan ma’ruza mashg’ulotlari mavzulari
№
Fanning bo’limi va mavzusi, ma’ruza mazmuni
Jami
soatlar
1.
2
3.
4.
5.
6
7
8
9
10
11
12
13
14
15
16
“Iqtisodiyot va moliyaviy menejment” fanining predmeti, ob`ekti, maqsad va
vazifalari
“Moliyaviy menejmentning konseptual asoslari”
“Moliyaviy menejmentni tashkil etish mexanizmi va korxonalarda tashkiliy
xususiyatlari”
“Moliyaviy menejmentning matematik asoslari”
“Korxonalarda moliyaviy qarorlar qabul qilish asoslari”
“Moliyaviy rejalashtirish va budjetlashtirish”
“Korxona pul oqimlarini boshqarish”
“Kapitalni va moliyaviy ta`minot jarayonini boshqarish”
“Investitsion qarorlar qabul qilish asoslari”
“Debitorlik va kreditorlik qarzlarini boshqarish”
“Korxonalarda moliyaviy risklarni boshqarish”
“Korxonalarda xarajatlarni boshqarish”
“Korporativ tuzilmalarda soliq menejmentini tashkil etish”
“Korxonalarda narx shakllanish jarayonini boshqarish”
“Korporativ tuzilmalarda inqirozga qarshi boshqaruvning tashkiliy
xususiyatlari”
“Koxonalar faoliyatida bankrotlik amaliyoti va uning tashkiliy xususiyatlari”
Jami
2.1.
2
2
2
2
2
2
2
2
2
2
2
2
2
2
2
2
32
2. O’quv materiallari mazmuni
MA’RUZA MAShG’ULOTLARI MAZMUNI
“Iqtisodiyot va moliyaviy menejment” fanining predmeti, ob`ekti,
maqsad va vazifalari
(2 soat)
Moliyaviy menejment fanining nazariy asoslari va rivojlanish tarihi, Moliyaviy menejmentda
boshqarish ob’ekti va sub’ekti, Moliyaviy menejmentning maqsad va vazifalari , moliya, moliyaviy
menejment, arbitraj, pul fondlari, moliyaviy resurslar, rejalashtirish, motivatsiya, nazorat, moliyaviy
menejer.
“Moliyaviy menejmentning konseptual asoslari” (2 soat).
Moliyaviy menejment tushunchasining iqtisodiy mohiyati, Moliyaviy menejmentning
konsepsiyalari, Moliyaviy menejmentning funktsiyalari, moliya, moliyaviy resurslar, moliyaviy
menejment, kontseptsiya, gipoteza, risk, daromadlilik, potfel, agentlik, kapital.
5
“Moliyaviy menejmentni tashkil etish mexanizmi va korxonalarda tashkiliy xususiyatlari”
Korxonalarda moliyaviy menejmentning roli va tashkil etilishi, moliyaviy menejmentning
ta`minot tizimi, biznesning tashqi iqtisodiy muhiti, korxona, yuridik shaxs, kichik, oʻrta va yirik
korxona, yakka egalikdagi korxonalar, hamkorlik korxonalari, aksiyadorlik jamiyatlari, xususiy
korxonalar, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar, unitar korxonalar, moliya xizmati, vitse-prezident,
moliyaviy direktor
“Moliyaviy menejmentning matematik asoslari”
Pul mablagʻlarining vaqt boʻyicha qiymatining iqtisodiy mohiyati va moliyaviy operatsiyalarda
vaqt omilini hisobga olishning ahamiyati, oddiy foizlarda pul mablagʻlarining vaqt boʻyicha qiymatini
aniqlash, murakkab foizlarni qoʻllash orqali pul mablagʻlarining vaqt boʻyicha qiymatini aniqlash,
pul mablagʻlarining vaqt boʻyicha qiymati, diskont omili, pulningjoriyqiymati, pulningkelgusiqiymati,
oddiy foizlar, murakkab foizlar, matematik diskontlash, tijorat diskontlash.
“Korxonalarda moliyaviy qarorlar qabul qilish asoslari”
Moliyaviy strategiyani belgilash orqali moliyaviy qarorlar qabul qilishni tashkil etish,
korxonalarda moliyaviy qarorlar qabul qilish dominant sohalari tavsifi, korporativ moliya
strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish bosqichlarining oʻzaro ketma-ketligi, moliyaviy
qarorlar qabul qilishda strategik moliyaviy tahlil va uning asosiy yoʻnalishlari, moliyaviy qaror,
moliyaviy strategiya, konservativ, agressiv, dominant sohalar, moliyaviy egiluvchanlik, tashqi
moliyaviy muhit, ichki moliyaviy muhit, swot, pest, snw taxlil.
“Moliyaviy rejalashtirish va budjetlashtirish”
Korxonalarda moliyaviy rejalashtirishning mohiyati, maqsad va vazifalari, metodlari,
moliyaviy rejalashtirishning uslubiy asoslari va tamoyillari, korxonalarda byudjetlashtirishning
mohiyati, ahamiyati va tashkil qilinishi, rejalashtirish, moliyaviy rejalashtirish, strategik moliyaviy
reja, moliyaviy bashoratlash, kompaniyalarning missiyalari, norma, 74ormative, byudjet.
“Korxona pul oqimlarini boshqarish”
Pul oqimlarining mohiyati va turlari, faoliyat turlari boʻyicha pul oqimlarini baholash, pul
oqimlarini boshqarishning mohiyati va vazifalari hamda asosiy yoʻnalishlari, pul oqimlari, kirim,
chiqim, moliyaviy faoliyat boʻyicha pul oqimlari, investitsion faoliyat boʻyicha pul oqimlari, asosiy
faoliyat boʻyicha pul oqimlari.
“Kapitalni va moliyaviy ta`minot jarayonini boshqarish”
Kapital tarkibi va bahosi tushunchasi, moliyalashtirishning qarz manbalari bahosini aniqlash,
moliyalashtirishning oʻz manbalari bahosini aniqlash, korporativ tuzilmalarda kapital bahosining
o‘rtacha tortilgan qiymati (wacc)ni aniqlash, korxonalarda oʻz va qarz mablagʻlari hisobiga moliyaviy
ta’minot, kapital, xususiy kapital, qarz kapital, kapital bahosi, oddiy va imtiyozli aksiyalar, muddatsiz
renta, modilyani – miller modeli, kapital aktivlarni baholash modeli, kapital bahosining o‘rtacha
tortilgan qiymati, moliyaviy ta’minot, ipo
6
2.2. Amaliy mashg’ulotlar mazmuni
Seminar mashg’ulotlarida talabalar Iiqtisodiyot va moliyaviy menejment fanidan ma’ruza
darslarida olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash bilan birga, seminarlar mavzulari bo’yicha
tayyorgarlik ko’rish jarayonida qo’shimcha adabiyotlar va statistik manbalarni tahlil etish orqali
qo’shimcha bilim oladilar. Natijada ularning bilim doiralari ilmiy jihatdan asoslangan holda
kengayadi.
Fandan o’tiladigan seminar mashg’ulotlari mavzulari
№
Fanning bo’limi va mavzusi, amaliy mashg`ulot mazmuni
Jami
soatlar
1.
2
3.
4.
5.
6.
7.
8
9
10
11
12
13
14
15
16
“Iqtisodiyot va moliyaviy menejment” fanining predmeti, ob`ekti, maqsad va
vazifalari
“Moliyaviy menejmentning konseptual asoslari”
“Moliyaviy menejmentni tashkil etish mexanizmi va korxonalarda tashkiliy
xususiyatlari”
“Moliyaviy menejmentning matematik asoslari”
“Korxonalarda moliyaviy qarorlar qabul qilish asoslari”
“Moliyaviy rejalashtirish va budjetlashtirish”
“Korxona pul oqimlarini boshqarish”
“Kapitalni va moliyaviy ta`minot jarayonini boshqarish”
“Investitsion qarorlar qabul qilish asoslari”
“Debitorlik va kreditorlik qarzlarini boshqarish”
“Korxonalarda moliyaviy risklarni boshqarish”
“Korxonalarda xarajatlarni boshqarish”
“Korporativ tuzilmalarda soliq menejmentini tashkil etish”
“Korxonalarda narx shakllanish jarayonini boshqarish”
“Korporativ tuzilmalarda inqirozga qarshi boshqaruvning tashkiliy
xususiyatlari”
“Koxonalar faoliyatida bankrotlik amaliyoti va uning tashkiliy xususiyatlari”
Jami
2
2
4
4
2
4
2
4
2
4
4
4
4
2
2
2
48
3. Mustaqil ta’limni tashkil etishning shakli va mazmuni
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi
shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
- darslik va o’quv qo’llanmalari bo’yicha fan boblari va mavzularni o’rganish;
- tarqatma materiallari bo’yicha ma’ruzalar qismini o’zlashtirish;
- maxsus adabiyotlar bo’yicha fanlar bo’limlari bo’yicha yoki mavzulari ustida ishlash;
- talabalarning o’quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog’liq bo’lgan fanlar bo’limlari va
mavzularini chuqur o’rganish;
- faol va muammoli o’qitish uslublaridan foydalanidigan o’quv mashg’ulotlari.
7
Mustaqil ish uchun quyidagi topshiriqlarni bajarish tavsiya etiladi:
№
1.
2.
3.
4.
5.
6.
7.
8.
9.
10.
11.
12.
13.
Fan bo’yicha mazmuni
Moliyaviy menejmentning
iqtisodiy mohiyati, printsiplari,
maqsad va vazifalari
Mustaqil ta’limga oid mavzular
Moliyaviy menejment xo’jalik
sub’ektining strategik va taktik
maqsadlariga erishishga
yo’naltirilgan moliyani boshqarish
ilmi sifatida.
Moliyaviy menejmentni tashkil
Rivojlangan mamlakatlardagi
etish mexanizmi va korxonalarda korxonalarda moliyaviy
tashkiliy xususiyatlari
menejmentning tashkiliy
xususiyatlari va afzallik jihatlari.
Moliyaviy menejmentning
Korxonalar faoliyatida oddiy va
matematik asoslari
murakkab foiz stavkalarini
qo’llanilishi
Korxonalarda moliyaviy
Bozor iqtisodiyoti sharoitida
rejalashtirish
korxonalarda moliyaviy
rejalashtirishga bo’lgan zarurat va
uning bozor muvozanatini
ta’minlashdagi ahamiyatli jihatlari.
Korxonalarda kapitalni boshqarish Korxonalarda xususiy va qarz
kapitalini boshqarishda ularning
qiymatini baholash usullari
Korxonalarda moliyaviy aktivlarni Korxonalarda moliyaviy aktivlarni
boshqarish
baholash ko’rsatkichlari va ularning
mohiyati
Debitorlik va kreditorlik qarzlarini Debitorlik va kreditorlik qarzlarining
boshqarish
kamaytirish yo’llari
Korxona pul oqimlarini
Korxonalarda moliyaviy
boshqarish
menejmentni tashkil etishda pul
mablag’lari oqimini boshqarishning
o’rni
Korxonalarda investitsion
Korxonalar investitsion
faoliyatni boshqarish
loyihalarining samaradorlik
ko’rsatkichlari va uning taxlili.
Korxonalarda moliyaviy risklarni Korxonalarda risklarni boshqarish
boshqarish
jarayoni va ularni kamaytirish
usullari
Korxonalarda xarajatlarni
Korxonalarda xarajatlarni boshqarish
boshqarish
funktsiyalari va tamoyillari.
Korxonalarda narx shakllanish
Narxlarni shakllantirishda marketing
jarayonini boshqarish
strategiyasini roli va ahamiyati.
Korporativ soliq menejmenti va
Soliqlarni rejalashtirish orqali
8
uning tashkiliy yo’nalishlari
14.
Korxonalarda inqirozga qarshi
moliyaviy boshqaruvni tashkil
etish
foydani maksimallashtirish
imkoniyatlari.
Inqiroz holatlarini tartibga solishning
xorijiy davlatlar tajribasi va
mamlakatimiz amaliyotida qo’llash
imkoniyatlari
Referat va taqdimotlar tayyorlash uchun tavsiya etilgan mavzular
1. Moliyaviy menejmentning iqtisodiy mohiyati va nazariy asoslari.
2. Moliyaviy menejmentning rivojlanish evolyutsiyasi
3. Moliyaviy menejmentning maqsadi va vazifalari
4. Aktsionerlik jamiyatlarida moliyaviy menejmentni tashkil etish xususiyatlari
5. Korxonalarda innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish masalalari
6. Korxonalar moliyaviy barqarorligini ta’minlash masalalari
7. Korxona debitorlik va kreditorlik qarzlarini optimallashtirish masalalari
8. Korxonalarda risk-menejmentni tashkil etish
9. Korxonalarda dividend siyosatini boshqarish
10. Korxonalarda narx siyosatini boshqarish va rivojlantirish istiqbollari
11. Mamlakatimiz korxonalari amaliyotida moliyaviy menejmentni tashkil etishdagi
mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo’llari
12. Investitsion loyihalarning samaradorligini baholash usullari
13. Korxonalarda bankrotligini prognoz qilishning xalqaro amaliyoti
14. Xalqaro moliyaviy menejment va uning asosiy xususiyatlari
15. Korxonalarning emission faoliyatini samarali tashkil etish va boshqarish
16. Korxonalarda inqirozga qarshi boshqaruvni tashkil etish masalalari (S. Rossning
«Arbitraj baholarni shakllanish» nazariyasi asosida).
17. Korxonalarda moliyaviy boshqaruvni samarali tashkil etish yo’llari
18. Moliyaviy menejment –zamonaviy soha sifatida
19. Kichik biznes sub’ektlarida moliyaviy menejmentni tashkil qilish xususiyatlari
20. Qo’shma korxonalarda moliyaviy menejmentni tashkil qilish xususiyatlari
21. Korxonalar moliyaviy ta’minotidafond birjalarining ahamiyati
22. Aylanma mablag’lar samaradorligini oshirish yo’llari
23. Asosiy fondlardan foydalanish samaradorligini ta’minlash yo’llari
24. Aylanma mablag’lar aylanuvchanligiga ta’sir etuvchi omillar
25. Korxonalarda inqirozga qarshi moliyaviy boshqarish yo’llari
9
4. Tavsiya etilgan adabiyotlar ro’yxati
Asosiy adabiyotlar
1. Брусов П.Н. Финансовый менеджмент. Финансовое планирование: Учебное
пособие / П.Н.Бурусов, Т.В.Фиоатова.–2-е изд.,–М.: КНОРУС, 2013.–232с.–
(Бакалавриат).
2. ElmirzaevS. Korporativmoliya. O’quvqo’llanma / O’zROvaO’MTVTMI. –T: “Iqtisodmoliya”, 2015. 272 bet.
3. Филатова Т.В. Финансовый менеджмент: Учеб. Пособие.-М.:ИНФРА-М,2014.236с.(Высшее образование: Бакалавриат).
4. R. I. Bob Tricker. Corporate Governance: Principles,Policies, and Practices 3rd Edition.
Oxford University Press, 2015.
5. Jonathan Berk, Peter De Marzo. Corporate finance - 3rd ed. p.cm. Includes index.
Pearson Education, Inc. 2014.
6. Брейли Р., Майерс С. Принципы корпоративных финансов / Пер. С англ.
Н.Барышниковой. – М.:ЗАО “Олимп-Бизнес”, 2014. – 1008 с.
7. Гладышева Е.В. Финансовый менеджмент: конспект лекций /ва. – Ростов н /Д:
Феникс, 2014.- 158
8. Ковалев В.В., Ковалев Вит. В. Финансовый менеджмент в вопросах и ответах:
учебное пособие. – Москва : Проспект, 2013, –304 с.
9. Brigham E.F., Houston J.F. Fundamentals of Financial Management/Concise 8-th
edition/2015. – 692 p.
10. Deepika J. "Managing Business Finance". International Research Journal of
Management Science & Technology. 2014.
11. Svetlana Savina, Irina Kuzmina-Merlino, Improving financial management system for
Multi-business companies, Procedia – Social and behavioral sciences, 2015.p. 137.
URL:http://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S1877042815056992/pdf.
Qo’shimcha adabiyotlar:
№
1.
2.
3.
4.
5.
6.
Muallif, nomi, turi, yili, hajmi, saqlanish joyi, elektron adresi
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O’zbekiston
Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi
PF-4947-Farmoni. “2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi”.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2020 yil uchun mo’ljallangan
eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi. Toshkent 2020
yil 24 yanvar.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning 2019 yil uchun mo’ljallangan
eng muhim ustuvor vazifalar haqidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi. Toshkent 2018
yil 28 dekabr.
Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan barga
quramiz. Toshkent, O’zbekiston nashriyoti. 2017
Mirziyoev Sh.M. Erkin va faravon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda
barpo etamiz. Toshkent, O’zbekiston nashriyoti, 2016.
Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash yurt
taraqqiyoti va xalq faravonligini garovi. Toshkent. O’zbekiston nashriyoti, 2016.
10
7.
9.
10.
11.
12.
13.
14.
15.
16.
17.
18.
19.
20.
21.
22.
Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil , qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har
bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. Toshkent. O’zbekiston
nashriyoti, 2016.
www.grandars.ru Osobennosti regionalnoy politiki.
www.biznes-daily.uz Regionalnaya ekonomicheskaya politika Uzbekistana v godo’
nezavisimosti.
www.gazeta.uz Sem farmatsevticheskix SEZ sozdayutsya v Uzbekistane.
Doklad po tselyam razvitiya to’syacheletiya Uzbekistana 2015 god.
www.cer.uz Upor na malo’e goroda.
www.un.org Mejdunarodnaya migratsiya i denejno’e perevodo’.
www.lex.uz- O’zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari to’plami
www.stat.uz.-O’zbekiston Respublikasi Statistika qo’mitasining rasmiy sayti
www.uzreport.com – biznes axborotlari portali.
www.eurasianews.com – EvroOsiyo tadqiqotlar Markazining rasmiy sayti.
www.vip.lenta.ru – Internet nashriyoti.
www.InternetNews.com– yangiliklar serveri.
www.uzexport.com − Uzbekiston Respublikasining mamlakat eksport saloxiyati
xakida axborot beruvchi rasmiy sayti.
www.ceep.uz − Uzbekiston Respublikasi Iktisodiyot vazirligi xuzuridagi Samarali
iqtisodiy siyosat markazi rasmiy sayti.
5. Reyting nazoratlari grafigi
Fan bir o’quv yilida va bir semestrda o’qitiladi. Elektron ta’lim tizimi talablaridan kelib
chiqqan holda bitta blok-moduldan iborat va quyidagi baholash nazoratlari grafigi belgilandi:
№
1.
2.
3.
Reyting nazorat
/shakli, maksimal
ballari
Maksimal baho
Shakli:
(og’zaki, test,
yozma)
Muddati
(haftalarda)
1-ON
2-ON
YaN
5
Yozma (2 tadan
yozma savol, 10 ta
test savollari beriladi.
Har bir yozma savol
va 10 ta test savoli 5
bahodan baholanadi
5
Yozma (2 tadan
yozma savol, 10 ta
test savollari beriladi.
Har bir yozma savol
va 10 ta test savoli 5
bahodan baholanadi
5
Yozma (3 savol, har
bittasi 5 bahodan
baholanadi)
8
16
20
Baholash mezonlari:
1. Uyga vazifalar amaliy mashg’ulotda talaba tomonidan konspekt, og’zaki, test echish, keys
stadi, zamonaviy pedagogik texnologiyalar orqali (nilufar guli, baliq skleti, venn diagrammasi, Tdiagrammasi va hakazolar) mustaqil bajargan ishlari olingan baholar oraliq nazoratda inobatga
olinadi.
2. Oraliq nazorat Yozma (2 tadan yozma savol, 10 ta test savollari beriladi. Har bir yozma
savol va 10 ta test savoli 5 bahodan baholanadi) shaklda o’tkaziladi. Semestr davomida 2 marta
oraliq nazoratlari o’tkaziladi va barcha savollarga to’g’ri javob yozilsa 5 baho bilan baholanadi.
3. Yakuniy nazorat variantlari ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar mavzularini qamrab olgan
holda shakllantiriladi. 3 ta savoldan iborat variantlar asosida yozma ish o’tkazilib, har bir savol
maksimal 5 baho bilan baholanadi va umumiy bahosi 3 ta savol bo’yicha o’rtacha chiqqan baho
bilan baholanadi.
11
Talabalarni o’zlashtirishini baholash:
5 baho “a’lo”
 fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to’la o’zlashtira olish;
 fanga oid asosiy ko’rsatgichlarni bilish va baholash;
 berilgan savolarga batavsil javob berish va mazmunini to’la yoritish;
 fikrni ilmiy-nazariy adabiyotlar yordamida asoslash;
 barcha amaliy ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish;
 nazariy bilimlarni turli vaziyatda qo’llay olish;
 tizimli yondoshish, uzviylikka amal qilish.
4 baho “yaxshi”
 fanga oid asosiy ko’rsatgichlarni bilish va baholash;
 fanga oid asosiy ko’rsatgichlarni bilish va baholash;
 tizimli yondoshish, uzviylika amal qilish;
 asosiy amaliy ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish;
 nazariy bilimlarni turli vaziyatda u yoki bu qo’llay olish darajada.
3 baho “qoniqarli”.
 fanga oid asosiy ko’rsatgichlarni bilish va baholash;
 fanda tizimli yondosha olmaslik;
 ayrim amaliy ko’nikma va malakalarni o’zlashtirish;
 nazariy bilimlarni turli vaziyatda u yoki bu qo’llay olish darajada.
2 baho “qoniqarsiz”.
 O’rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil fikr yurita olmaslik;
 fanda tizimli yondosha olmaslik;
 asosiy amaliy ko’nikma va malakalarni o’zlashtira olmaslik.
12
Download