1.Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari eksport faoliyati uchun so‘nggi yillarda yaratilgan imkoniyatlar 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishini yanada rag‘batlantirish maqsadida keng ko‘lamli institutsional va tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi tizimi qaytadan isloh qilinib, biznes rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashda yangi yondashuvlar tadbiq etilgani, tadbirkorlik sub'yektlarining qonuniy manfaat va huquqlarini himoya qilishning mutlaqo yangi tizimi joriy etilgani, biznes bilan muloqot qilishning, ayniqsa viloyat, shahar va tumanlarda samarali mexanizmi joriy etilgani mamlakatimizda ushbu sohada olib borilayotgan ishlarga misol bo‘la oladi. Shu bilan birga, respublikamiz tadbirkorlik sub'yektlarining tashqi bozorlardagi ishtiroki va eksport faoliyatini yanada kengaytirish uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish ustuvor vazifalardan hisoblanadi. Ma'lumki, hozirda tashqi bozorlarda keskin raqobat va davom etayotgan iqtisodiy inqiroz sharoitida emin-erkin eksport faoliyatini yuritish, yangi bozorlarga kirib borish murakkab masala. Ushbu vaziyatda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik o‘zining egiluvchanligi, qiyin sharoitlarga tezda moslasha olishi bilan eksport faoliyatining dinamikasini ta'minlaydi. Shuni inobatga olgan holda, davlatimiz tomonidan tadbirkorlik sub'yektlari eksport faoliyatini rivojlantirish uchun ham so‘nggi yillarda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilgan. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlari eksport salohiyatini yanada kengaytirish, ularga zamonaviy, chet el bozorlarida raqobatdosh mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirishda va uni eksportga chiqarishda zarur huquqiy, moliyaviy va tashkiliy yordam ko‘rsatish, mamlakatimizning eksport qiluvchi tadbirkorlarini tashqi bozor kon'yunkturasi o‘zgarishlari xavf-xatarlaridan ishonchli himoya qilishni ta'minlash maqsadida Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tashkil etildi. Joriy yilning o‘zida ushbu Fond tomonidan 2 162 ta tadbirkorlik sub'yektlariga o‘z tovar va xizmatlarini eksport qilishda xuquqiy, moliyaviy va tashkiliy xizmatlar ko‘rsatilgan, jumladan 1 767 ta tadbirkorlik sub'yektlariga tashqi bozorlarni o‘rganishda, 127 ta tadbirkorlik sub'yektlariga xorijiy hamkor topishda, 135 ta tadbirkorlik sub'yektlariga xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etish, xalqaro sertifikatlar olish va bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirishda ko‘mak berilgan. Buning natijasida joriy yilning to‘qqiz oyi yakunlari bo‘yicha 395 ta tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan 1 093 mln. dollarlik eksport amalga oshirilgan. Tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida esa Fond tomonidan umumiy qiymati 5 219 mln. so‘m, shundan 4 030 mln. so‘m miqdorida foizsiz moliyaviy qarzga moliyaviy ko‘mak ajratilgan. Bundan tashqari, yaratilayotgan imkoniyatlar va kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishi iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligining oshishiga zamin bo‘lib, kichik biznes va xususiy tadbirkorlar eksportining mamlakatimiz umumiy eksportidagi ulushi oxirgi 15 yilda 3 marotaba oshgan va bugungi kunda 27 foizga yetgan. Keyingi 5 yilda esa, eksport faoliyati bilan shug‘ullanadigan korxonalar soni 1,5 barobar, kichik biznes sub'yektlari soni 1,6 barobarga oshgan. Shuni ta'kidlash joizki, joriy yilning 7-8 iyul kunlari davlatimiz rahbarining Namangan viloyatiga tashrifi doirasida o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishda belgilab berilgan Fond faoliyatini yanada takomillashtirish, viloyatlarda tadbirkorlik sub'yektlariga eksport faoliyatini amalga oshirishda ko‘maklashish samarali faoliyatini tashkil etishga qaratilgan markazlar tashkil etishni nazarda tutuvchi hukumat qarori loyihasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan. Uning qabul qilinishi tashqi bozorlarga chiqishda zarur moliyaviy, marketing va tashkiliy yordam ko‘rsatishni yanada takomillashtiradi. Shuningdek, tadbirkorlik sub'yekt-larining eksportga qaratilgan faoliyatini rag‘batlantirish uchun bir qator soliq, bojxona imtiyozlari, boshqa preferensiyalar yaratishni taqozo etadi. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining mos ravishda 212 va 230 moddalariga asosan: - tovarlarni chet el valyutasida eksportga realizatsiya qilish oborotiga nol darajali stavka bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i solinadi; - aksiz to‘lanadigan tovarlarni ularning ishlab chiqaruvchilari tomonidan eksportga realizatsiya qilishga aksiz solig‘i solinmaydi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000 yilning 5 iyundagi 2613-sonli Farmoniga asosan eksport qiluvchi mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi umumiy sotish hajmida o‘zlari ishlab chiqargan va erkin almashtiriladigan valyutaga sotilgan tovar (ish, xizmat)lar eksportidagi ulushi 15 foizdan 30 foizgacha miqdorda bo‘lganida - 30 foizga qisqarishi va 30 va undan ko‘proq foiz bo‘lganida - 2 marotaba kamaytirilishi belgilab berilgan bo‘lsa, joriy yilning 21 iyunida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3077-sonli qaroriga asosan, ushbu imtiyozlar o‘zlari egasi bo‘lgan mahsulotlarni eksport qiluvchi tadbirkorlik sub'yektlariga ham tadbiq etilishi belgilab berildi. Shuningdek, tadbirkorlik sub'yektlariga yangi mevasabzavot, uzum va poliz mahsulotlari haqini oldindan 100 foiz to‘lash sharti bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida eksport qilishga ham ruxsat etildi. Bundan tashqari, davlatimiz rahbarining joriy yilning 25 mayida qabul qilgan «Tashqi bozorlarda mahalliy mahsulotlarning eksport qilinishi va raqobatdoshligini ta'minlashni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 5057-sonli Farmoniga asosan, tadbirkorlik sub'yektlari uchun 100 ming dollargacha bo‘lgan miqdordagi tashqi bozorlarga mahsulot yetkazib berish uchun oldindan to‘lov shartisiz eksport qilish xuquqi berildi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 2 sentyabrida qabul qilingan «Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida» 5177-sonli Farmoni bilan respublikamizda ishlab chiqariladigan mahsulotlarning tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini oshirishga, ishlab chiqarish uchun zarur mahsulotlarni import qilishda xorijiy valyutaga ehtiyoj bo‘yicha mavjud bo‘lgan muammolarni bartaraf etishga qaratilgan zarur shart-sharoitlar yaratib berildi. Ma'lumki, ushbu Farmon bilan yana joriy yilning sentyabr oyidan eksport qiluvchi xo‘jalik sub'yektlari uchun mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) eksport qilishdan valyuta tushumlarining majburiy sotish bo‘yicha talab ham bekor qilindi. Yana shuni alohida ta'kidlash zarurki, eksportbop, sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, korxonalarimiz raqobatbardoshligi yanada oshirish maqsadida, joriy yilning 29 sentyabr kuni Prezidentimiz tomonidan «O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 3303-sonli qarori qabul qilindi. Ushbu qaror bilan respublikamizda ishlab chiqarilmaydigan xom-ashyo, material, asbob-uskuna bilan korxonalarni ta'minlash maqsadida ushbu tovarlarga bojxona boji va aksiz solig‘i stavkalari deyarli olib tashlandi. Yaratilayotgan bunday imkoniyatlar shubhasiz iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligini oshirishga, uning tayanchi bo‘lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yanada rivojlanishiga, ularning qulay ishlab chiqarish muhitida faoliyat olib borishiga va pirovardida eksportni yanada rag‘batlantirishga xizmat qiladi. 1. Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarining eksport salohiyati va eksportyor korxonalarning davlat tomonidan qo’llab-quvvatlanishi Eksport diversifikatsiyasi, ya’ni xorijga sotilayotgan tovarlar va xizmatlar nomenklaturasining kengayishi, jami eksportda alohida tovar yoki xizmat turi (ayniqsa, xom ashyo) ulushining katta bo’lishiga barham berilishi, mahsulotlarimiz eksport qilinayotgan mamlakatlar geografiyasini kengaytirish eksport hajmining barqaror bo’lishini ta’minlaydi, milliy iqtisodiyotning tashqi bozordagi salbiy o’zarishlarga ta’sirchanligi darajasini pasaytiradi. Eksport tarkibida bir yoki bir necha tovarlar ulushining sezilarli darajada ortib ketishi bu tovarlar narxi pasaygan yoki ularga tashqi talab qisqargan holatlarda eksportchi korxonalarni og’ir ahvolga solib qo’yishi mumkin. Buning natijasida eksport hajmining qisqarishi valyuta tushumlarining kamayishi, tashqi savdo balansining yomonlashuvi va korxonalar moliyaviy ahvolining tanglikka yuz tutishiga olib kelishi mumkin. SHuningdek, eksport umumiy hajmining kam sonli davlatlarga bog’lanib qolishi ham qaltis holat hisoblanadi. Prezidentimiz tomonidan ma’ruzada ilgari surilgan tayyor raqobatbardosh mahsulotlar eksportini faol oshirish va bu mahsulotlar yetkazib beriladigan mamlakatlar geografiyasini yanada kengaytirish vazifasini amalga oshirish eksport hajmini barqaror o’stirish, tashqi bozordagi o’zgarishlar ta’sirida uning hajmi keskin kamayishi xavfini bartaraf etish imkonini beradi. Eksport qilinayotgan tovarlarni diversifikatsiya qilish, ularni import qiluvchi mamlakatlar geografiyasini kengaytirish bu mamlakatlardan biri yoki bir guruhining iqtisodiyotida muammolar ro’y berganda ham eksport hajmining keskin pasayib ketishiga yo’l qo’ymaslik imkonini beradi. O’tgan yillar mobaynida eksport qiluvchi korxonalarni qo’llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar iqtisodiyotimizning eksport salohiyatini yuksaltirish, tashqi savdo tarkibida ijobiy siljishlarga erishish, uning hajmini barqaror o’stirish imkonini bermoqda . 3. Eksport ko‘rsatkichlarini hisoblash usullari Tashqi savdo-sotiqni tavsiflovchi ko’rsatkichlar Regionning eksport kvotasi (KE) E - eksport hajmi YaIM - yalpi ichki mahsulot JE – eksport indeksi KEo va KE1 – bazis va joriy davrlarda eksport kvota darajalari Regionning real eksport kvotasi (KRE) SM – regionning sof mahsuloti JRE - real eksport indeksi KREo va KRE1- bazis va joriy davrlarda import darajalari Regionning import kvotasi (KI) E - eksport hajmi YaIM - yalpi ichki mahsulot JE – eksport indeksi KEO va KE1- bazis va joriy davrlarda import darajalari Importning mamlakat iste’molidagi salmog’i (KDI) Ii – i mahsulot importi - mazkur i mahsulotning mamlakatdagi jami istemoli Regionning tashqi savdo kvotasi (KTS) Bu ko’rsatkich E va I hajmining yarmisining YaIM da bo’lgan nisbatini ifodalaydi 4.MOLIYAVIY BARQARORLIK TAHLILI Korxona barqarorligini eng muhim ko‘rsatkichlaridan biri bu moliyaviy barqarorlik ko‘rsatkichidir. Agar korxonada daromadlar xarajatlardan ortadigan bo‘lsa, moliyaviy baraqarorlikka erishishi mumkin bo‘ladi. Agar korxona mablag‘larni erkin tasarruf eta olsa, ulardan samarali foydalansa, doimiy ishlab chiqarish va sotishning mukammal siklik aylanish uzluksizligi ta’minlansa, bunday korxonani moliyaviy barqaror deyishimiz mumkin. Korxona moliyaviy holatini qisqa va uzoq muddatga baholash mumkin. Qisqa muddatli oraliqda korxonaning to‘lovga qodirligiga uzoq muddatli o‘rganishda esa uning moliyaviy barqarorligiga ko‘proq ahamiyat qaratiladi. Firma va kompaniyalar moliyaviy jihatdan barqaror rivojlanmas ekan, uning bankrotlikka uchrash ehtimoli yuqori bo‘ladi. Shu sababli, moliyaviy barqarorlikni makro va mikro ko‘lamda tadqiq etish doimo iqtisodchilarning doimiy e’tiborida bo‘lib kelgan. Moliyaviy tahlilda moliyaviy barqarorlikning alohida olingan korxonalarda, firma va kompaniyalarda o‘rganishga, qisqa, o‘rta va uzoq davriylikda baholash amaliyotini yo‘lga qo‘yishga, uni o‘stirishning aniq chora-tadbirlarini belgilashga ahamiyat qaratiladi. Moliyaviy barqarorlikni baholash bir qancha ko‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladi. Ular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin. - firma va kompaniyalarning to‘lov qobiliyati; - korxona o‘z mablag‘larining qaramlik koeffitsiyenti; - aktivlarning qaramlik koeffitsiyenti; - foizlarni qoplash koeffitsiyenti. Korxonada moliyaviy resurslarni to‘g‘ri shakllantirish, ularning taqsimlanishi, foydalanish samaradorligi moliyaviy barqarorlikni ta’minlashning muhim omillari hisoblanadi. Ya’ni, moliyaviy barqarorlik korxona moliyaviy resurslarni qay darajada mohirona boshqarayotganligini ifodalaydi. Moliyaviy barqarorlikni ta’minlash yuzasidan quyidagi muhim ahamiyat qaratish lozim: dastlabki kapitalning shakllantirilishiga, ishlab chiqarishni tashkil etilishiga, daromad va xarajatlar farqida ijobiy natijaviylikka, aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanganligiga, moliyalashtirishda avtonomlik darajasiga, ish va bozordagi aktivligining himoyalanganligiga va h.k. jihatlarga. Moliyaviy barqarorlik mutlaq va nisbiy ko‘rsatkichlarda baholanadi. Moliyaviy barqarorlikning mutlaq ko‘rsatkichlari – aktivlar, ishlab chiqarish zaxiralari va ularni moliyalashtirish manbalarining muayyan davriylikdagi holatini ifoda etadi. Korxona aktivlari va ishlab chiqarish zaxiralarini moliyalashtirish manbalariga albatta birinchi navbatda o‘z mablag‘lari manbasi (ustav kapitali, rezerv kapitali, qo‘shilgan kapital, taqsimlanmagan foyda, maqsadli tushumlardan iborat), uzoq va qisqa davriylikda olingan bank kreditlari va qarzlari kiradi. Aktivlarni moliyalashtirishda ko‘proq uzoq muddatli kreditlar va qarzlar ustunlik qilsa, ishlab chiqarish zaxiralarini to‘plash va moliyalashtirishda qisqa muddatli kreditlar va qarzlardan keng foydalaniladi. Moliyaviy barqarorlikni mutlaq ko‘rsatkichlarini aniqlashda, aktivlar va zaxiralarni moliyalashtirishda quyidagi ko‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladi: - aktivlar (uzoq muddatli); - ishlab chiqarish zaxiralari; - o‘z mablag‘lari manbasi; - uzoq muddatli majburiyatlar (kreditlar va qarzlar); - qisqa muddatli majburiyatlar (kreditlar va qarzlar). Korxonalar moliyaviy holatini tashhislash va uni sog‘lomlashtirishning aniq chora-tadbirlarini ko‘rish aslida makro ko‘lamdagi barqarorlikni ta’minlashning ham muhim omili hisoblanadi. Shu sababli‚ yuzaga kelgan holatda e’tiborni, birinchi navbatda korxonalarni moliyaviy sog‘lomlashtirishga va ularning kelgusida barqaror o‘sishini ta’minlashga qaratmoq lozim. Korxonaning moliyaviy holati xo‘jalik subyektining moliyaviy resurslar bilan ta’minlanish darajasini, ularning maqsadli joylashtirilishi va samarali foydalanish darajasini, boshqa huquqiy va jismoniy shaxslar bilan bo‘ladigan moliyaviy munosabatlarni, to‘lovga qobillik va moliyaviy barqarorlik holatini tavsiflashni xarakterlaydi. Moliyaviy barqarorlik nisbiy ifodalari aktivlarni (uzoq muddatli) va zaxiralarni moliyalashtirishning, moliyaviy mustahkamlik va qaramlikning, o‘z va qarz mablag‘larini jalb etilishida ijobiy natijaning saqlanishini xarakterlaydi. Korxona moliyaviy barqarorligini ta’minlashning eng muhim omili bu uning faoliyat natijaviyligidagi ijobiy natijaviylikning iqtisodni oltin qoidasiga asoslangan tartibining saqlanishidir. Bu tartibning umumiy ifodasini quyidagi bog‘lanishlarda berib o‘tish mumkin: SF1/ SF0 >ST1/ ST0> XK1/XK0> A1/A0>1 yoki SF1/ SF0*100 >ST1/ ST0*100> XK1/XK0*100> A1/A0*100>100 Bu yerda:SF1/ SF0 - sof foydaning o‘sishi; ST1/ ST0 - sotishdan tushumning o‘sishi; XK1/XK0 - xususiy kapitalning o‘sishi; A1/A0 - aktivlarning o‘sishi. Samaradorlik, natijaviylik va daromadlikning barcha ko‘rsatkichlari ham moliyaviy barqarorlikni doimo ham ta’minlay olmaydi‚ agar ular orasidagi yuqoridagi nisbatlar saqlanmasa. Shu sababli, moliyaviy barqarorlikni mutlaq ifodalarini o‘rganishda bazan korxonaning foyda bilan chiqish hollarida ham nobarqarorlik holatlari kuzatiladi. Bu bevosita birinchidan foydaning sifatliligi va uning o‘tgan yillarga nisbatan o‘sishi bilan izohlanadi. Yoki, aktivlar va zaxiralarni ortiqcha ushlab turishlar tufayli yuzaga keladi. Korxonaning erkin tasarrufida qoluvchi sof foydaning yillar bo‘yicha jamlangan qismi balansning taqsimlanmagan foyda qatorida aks etadi. Ushbu qatorning realligini ta’minlash yuzasidan ko‘pincha debitorlik majburiyatlarining qisqa muddatlikda oqlanishiga ahamiyat qaratish lozim bo‘ladi. Bu jarayon faqat ularning pullik ko‘rinishda aktivda to‘planishini emas‚ balki aktivlarning barcha turlari bo‘yicha to‘planishi mumkinligini ham xarakterlaydi. Shu sababli‚ ko‘pincha passiv tomonda aks etuvchi foyda summasining sifatliligi ta’minlanmaydi. Majburiyatlar tarkibida kreditorlik majburiyatlarining ko‘payib ketishi ham firma, kompaniya faoliyat natijaviyligiga sezilarli ta’sir etadi. Negaki, uning holati ishlab chiqarish jarayoniga va uning boshqa tashkilotlar bilan bo‘ladigan oldi-sotdi munosabatlariga ta’sir etadi. Natijada korxonalarga ishonchsizlik tug‘iladi. Ishonchsizlik yuz bergan joyda albatta ishning unumi va natijaviyligiga ham putur yetadi. Aktivlarni joylashtirish nafaqat korxona faoliyat natijaviyligiga balki uning moliyaviy holatiga ham bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Passivlarni joylashtirishdagi eng birinchi talablar bu xususiy sarmoyani jami sarmoya tarkibidagi ulushining yuqoriligi bilan xususiy sarmoyaning qarz sarmoyasiga qaram bo‘lmasligi shartlari bilan belgilanadi. Ya’ni, korxona avvalo moliyaviy jihatdan mustaqillikka ega bo‘lmog‘i, uning to‘g‘ri nisbatini saqlashi lozim. Moliyaviy barqarorlikning muhim sharti zaxira va xarajatlarni moliyalashtirish yuzasidan o‘z va qarz mablag‘lari yetarliligi yoki yetishmasligi ko‘rsatkichlarini hisob-kitob qilishda ham xuddi shu bog‘liqlikni ko‘rish mumkin. Xususiy sarmoya yetarli bo‘lmagan hollarda uzoq va qisqa muddatli majburiyatlarni jalb etish biznesning, tadbirkorlik faoliyatining doimiy sharti hisoblanadi. Shu sababli‚ aktivlarni moliyalashtirish yuzasidan majburiyatlardan foydalanishda albatta foyda omiliga va uning doimiy davomligini ta’minlashga muhim ahamiyat qaratish lozim. Moliyaviy barqarorlik koeffitsiyentlari qatoriga moliyaviy mustaqillik koeffitsiyenti, o‘z va qarz mablag‘lari nisbati koeffitsiyenti, moliyaviy qaramlik koeffitsiyenti, o‘z sarmoyasining harakatchanlik koeffitsiyenti, qarz mablag‘larining jamlanganlik koeffitsiyenti, hamda qarz va o‘z mablag‘lari nisbati koeffitsiyentlari kiradi. Moliyaviy barqarorlikni tahlil qilish maqsadi korxonaning o‘z majburiyatlarini qoplay olish va uni uzoq muddatga saqlab qolish darajasini baholashga qaratilgan. Moliyaviy barqarorlik tahlilining vazifalari: Korxona moliyaviy barqarorligini mutlaq va nisbiy ifodalarining o‘zgarishlarini baholash; Moliyaviy barqarorlikka ta’sir etuvchi omillarni o‘rganish; Moliyaviy barqarorlikni ta’minlashda aktivlar va passivlarni joylashtirish va ulardan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish; Moliyaviy barqarorlikni o‘stirish choralarini ko‘rish; Turli holatlarda resurslardan samarali foydalanishning istiqboldagi o‘zgarishlarga ta’sirini baholash, moliyaviy barqarorlikni prognozlash. Moliyaviy barqarorlikka ta’sir etuvchi omillarga quyidagilar kiradi: Ichki omillar: aktivlarning optimal tarkibini shakllantirish va ularni to‘g‘ri boshqarish; moliyaviy resurslar va ularning tarkibini optimallashtirishni to‘g‘ri boshqarish; jalb qilingan kapitalni optimal nisbatlash va boshqarish. Tashqi omillarga: mamlakatdagi iqtisodiy muhit (holat); bozordagi raqobat va kurash; makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar (valyuta kurslari o‘zgarishi, soliq va kredit qiymatidagi o‘zgarishlar, tashqi iqtisodiy faoliyat rivoji); siyosiy holat (iqtisodning tartiblanishi, rag‘batlantirilishi, huquqlarning himoyalanishi); inflyatsiya holati. Moliyaviy barqarorlikni tahlil etishning axborot ta’minotiga asosiy va qo‘shimcha manbalarni kiritish mumkin. Asosiy manbalariga: buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot, xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot shakllari kiradi. Qo‘shimcha manbalarga: ta’sis hujjatlari, auditorlik nazorati natijalari, statistik manbalar va boshqa manbalar kiradi. 5. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyalashtirish manbalari Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga kirib borishi jarayonidagi turli mulk va xo’jalik yuritish shakllarining keng taraqqiyoti ular moliyaviy faoliyatini ishlab chiqarish samaradorligini rag’batlantirish maqsadlarida takomillashtirishning muhim, isbotlamoqda. Yurtimizning dolzarb muammo ekanligini istiqboli bozor xizmat tarmoqlarini shakllantirish bilan, kelgusida mulkni davlat tasaruffidan chiqarish va xususiylashtirish, yakkahokimlikka qarshi tadbirlarni amalga oshirish, raqobat muhitini vujudga keltirish bilan uzviy bog’liqdirki, bozor munosabatlarini shakllantirish yuzasidan iqtisodiy islohotlar mazkur vazifalarining ijobiy hal etilishi korxonalar moliyaviy faoliyatini tashkil etishning bozor talablariga javob beruvchi holatidan ham kelib chiqadi. Shunga ko’ra, kichik biznes va turli tadbirkorlik shakllarining taraqqiyotida ular moliyaviy faoliyatini tashkil etish xususiyatlari, vazifalari, tarkibi va rivojlanish asoslarini o’rganish muhimdir. Kichik biznes subyektlari tomonidan statistik va soliq hisobotlarini taqdim etish mexanizmlarisezilarli darajada soddalashtirildi. Bugungi kunda tadbirkorlik subyektlarining 98 foizi soliq va statistika hisobotlari topshirishni, bojxona deklaratsiyalarini rasmiylashtirishni eski usuldagi qog‘oz to‘ldirish yo‘li bilan emas, balki bevosita – elektron shaklda amalga oshirmoqda.Sanoatning yengil, oziq-ovqat va qurilish materiallari ishlab chiqarish kabi ko‘p mehnat talab qiladigan tarmoqlarida ishchilarning eng ko‘p soni ilgarigi 100 kishidan 200 kishigacha oshirilgani kichik biznesni rag‘batlantirish borasidagi choratadbirlar tizimidagi muhim qaror bo‘ldi. Bozor iqtisodiyoti rivojlanishi sharoitida kichik korxonalar moliyaviy faoliyatining mazmunigina emas, balki ularning vazifalari ham tub o’zgarishlarga duch keldi. Shu munosabat bilan ishning mazkur qismida biz bozor munosabatlari shakllanishi sharoitida kichik biznes korxonalari moliyaviy faoliyatini tashkil etishning asosiy vazifalarini kompleks holda ko’rib chiqishga harakat qildik. Bizning fikrimizcha, “kichik biznes korxonalari moliyaviy faoliyati” tushunchasini tor va keng ma’noda ifodalash mumkin. Tor ma’noda kichik biznes korxonalari moliyaviy faoliyati alohida olingan kichik korxona, xususiy firma yoki tadbirkorlikning boshqa shakllari moliyaviy faoliyatidan iborat. Bu ma’noda “kichik biznes korxonalari moliyaviy faoliyati” tushunchasi “kichik korxonalar moliyaviy faoliyati”, “xususiy firmalar moliyaviy faoliyati” va h.k. tushunchalar bilan bir xil mazmunni ifodalaydi. Keng ma’noda “kichik biznes korxonalari moliyaviy faoliyati” tushunchasi ijtimoiy takror ishlab chiqarishning turli sohalarida faoliyat ko’rsatayotgan, bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lgan kichik biznes korxonalarining moliyaviy faoliyatini ifodalaydi. Mazkur tushunchaning keng ma’nosi uni tor ma’noda tushunishni to’la tarzda o’z ichiga oladi. Shu asosda kichik biznes korxonalari moliyasini korxonalar va xalq xo’jaligi tarmoqlari moliyasining muhim tarkibiy qismi sifatida talqin etish mumkin. O’z mohiyatiga ko’ra ular davlat tomonidan tartibga solib turiladigan pul munosabatlari bo’lib, mazkur munosabatlar kichik biznes korxonalarining hududiy va umumdavlat extiyojlari, fondlari va moliyaviy resurslarining tashkil etilishi, taqsimlanishi va ishlatilishi jarayonida vujudga keladi. Uncha ko'p bo'lmagan yangi ishbilarmonlar o'z ishlarini o'zlari moliya bilan ta'minlaydilar. Ko'pchilik kishilar oz miqdorda bo'lsa ham, tashqi manbalarga muhtoj bo'ladilar. Pul resurslarining 4 ta toifasi mavjud: 1.Savdo krediti. Bu turdagi “Pul” to'g'ri ma'noda zayom vositasi hisoblanmaydi, haqiqatan bu tovarlar qiymati hisoblanadi. Uni sizning yetkazib beruvchilaringiz sizga pul to'lamasdan qarz qilib beradilar va qarzni eslatilgan muddatlarda to'lash sharti bilan. 2.Qisqa muddatli kredit. Banklar va boshqa kredit beruvchilar, bu kabi kreditlar maxsus maqsadlar - muddatli kreditlar ehtiyot sifatida kelgusi mavsumda sotish uchun beriladi. Bu kabi kredit uchun qarz bir yilga yetmasdan uziladi. 3.Uzoq muddatli kredit. Bu zayomlar bir yildan ortiq muddatga korxonani kengaytirish yoki takomillashtirish uchun beriladi. 4.Aksionerlik investorining qatnashishi. Bu kabi resurslar qaytarilmaydi. Siz vositalarni olasiz va foydaning bir qismini investorga berasiz. Boshqacha qilib aytganda, siz o'z korxonangizning bir qismini sotasiz. Pullarni qayerdan olish mumkin? Moliyaviy ta'minotning imkonli manbalari quyidagilardir: • tijorat banki; • moliyaviy kompaniyalar; • investitsion kompaniyalar; • investitsion fondlar; • kredit idoralari; • xaridorlar; • mahsulot beruvchilar; • do'st va tanishuvlar; • xayriya tashkilotlari; • trans kompaniyalar va banklarning trast bo'linmalari; • davlat, xalqaro va jamiyat tashkiloti va idoralar, kichik bimesni qo'llabquvvatlash dasturida ishtirok etuvchilar; • ishlovchilar; • dastgoh ishlab chiqaruvchilar; • sug'urta kompaniyalari; • nafaqa fondlar; • xususiy investorlar; • moliyaviy maslahatchilar. Kimga va qayerga murojaat qilish kerak? Keng tarqalgan moliyaviy manbalar: Banklar-banklardan ssuda olish nihoyatda sodda. Sizga pul savdo operatsiyasi o'tkazish uchun bemalol, ammo yangi korxona bunyod etish uchun bemalol emas. Demak bankni ishontirish kerak. Bu ishda ishlab chiqarilgan biznes reja qo'l keladi. Quyidagi masalalarga alohida diqqate 'tibor qilish kerak: • Olingan vositalar qanday ishlatiladi? • Qarz qanday qilib to'lab beriladi? • Kredit olish uchun qanday ta'minot taklif etilishi kerak. • Tanlangan faoliyat uchun zarur tajriba va tayyorgarlikka egalik. • Boshqaruv xodimlarining va yetakchi mutaxassislar ishi qanday? • Ushbu biznes sohasining uzoq muddatli kelajak taraqqiyoti qanday? Investitsion fondlar hissadorlik yuqori o'sish potensialiga ega, kichik korxonalar kapitaliga badallar to'lash mumkin. Ko'plari aniq tarmoq, texnologiyalar bo'yicha yoki ma'lum hajm uchun investitsiya loyihasiga ixtisoslashadilar. Ular bilan kelishuv paytida quyidagilarni esda tutish zarur: investitsion fondni bir kunda ko'rib chiqish uchun 30 dan ortiq buyurtmani va biznes-rejani qabul qilish mumkin, ulardan 10 % gina o'qib chiqiladi. O'qib chiqilganlardan faqat bir nechasigina yana davom etib o'qish uchun jo'natiladi va juda ozlari moliya olishi mumkin. Tadbirkorlik yo'nalishi firmalarning strategik yo'nalishlarining alohida yo'nalishi bo'lib, resurslarni va imkoniyatlarni rivojlantirish uchun ichki firma orientatsiyasi sifatida ko'riladi. Tadbirkorlik yo'nalishi firmalarning yo'nalishini va yangi imkoniyatlarni o'rganishga intilishni anglatadi va shuning uchun firmaning innovatsionlik, xavfxatarni va proaktivlikni qabul qilish tamoyillari orqali o'zini namoyon qiladi. Tadqiqot ishlariga katta e'tibor qaratib, tadbirkorlarga yo'naltirilgan jarayonlarning yuqori darajasiga ega bo'lgan firmalar yangi tashkiliy shakllar va atrof-muhit konfiguratsiyalarini yaratishda tajribaga ega va bozor mexanizmlarini o'z manfaatlariga moslashtira oladi. Tadbirkorlik yo'nalishini kapitalizatsiya qilish orqali firmalar biznes hamkorlari bilan loyihalarni amalga oshirishda yuqori tendentsiyani rivojlantiradi. Hamkorlik yo'li bilan olingan resurslar yangi mahsulotni ishlab chiqish va bozorning ta'sirchanligi kabi qobiliyatlarni yaratishi mumkin. Natijada, firmalar ichida ishlab chiqilgan qobiliyatlar raqobatbardosh ustunlikni va ish faoliyatini oshiradi. Davlat va jamiyat tashkilotlari. Bugungi kunda kichik biznesni qo'llashni o'zlarining asosiy vazifasi deb hisoblaydigan davlat vajamiyat tashkilotlarining soni ko'paymoqda. Ular faqat moliyaviyyordam qilmasdan, balki (qoida bo'yicha imtiyozli kredit shaklida), xodimlarni o'qitish va boshqa ishlarda yordam beradi. Bu kabi tashkilotlarga qo'llash uchun murojaat qilishdan oldin ularni o'ziga xos talablarini bilish kerak, ko'plari ular uchun kerakli sohalardagi kichik korxonalarga yoki alohida ijtimoiy guruhlarga zaxiraga bo'shatilgan harbiylarga yordam ko'rsatadi. Kapitalni jalb qilishning boshqa imkoniyatlari ham bor. Masalan, ixtirochi investorlar guruhidan moliya olish mumkin, buning uchun u agar ishi yurishmay, qolganda o'zining ishlab chiqqan texnologiyasiga egalik huquqini ularga topshirishi kerak. Xorijiy rnoliya manbalari mavjud. Masalan, xorijiy firmalar, ular boshqa davlatlarga investitsiya qilish imkoniyatlarini faol o'rganmoqdalar. Kichik biznesning ishbilarmonlik tarkiblarini kredit bilan ta'rninlash - bu ularga rnoliyaviy pul yoki tovar shaklidagi vositalarnima'lum muddatga xo'jalik faoliyatini amalga oshirish uchun berishdir.Kredit bilan ta'minlashni quyidagi turlari mavjud: • Xo'jalik yurituvchi subyektlarga pul ssudalarini yoki tovarni kapital o'rnida to'g'ridan-to'g'ri berish shakli. • Hisob-kitob turlaridan biri sifatida kredit bilan ta'minlash, ya'ni to'lov muhlati uzaytirilganligi hisobi bilan. Bu yerda “Kredit” tushunchasi keng ma'noga ega. Birinchidan: Kredit to'lash va foiz to'lash sharti bilan ssuda ko'rinishida pul yokitovar shaklida bo'lishi mumkin. Yuridik yoki jismoniy shaxslar qarzgavosita beruvchilar - kreditorlar, oluvchilar - zayomchilar deb ataladi. Kreditning asosiy vazifasi pul vositalarini qaytarib berish sharti bilankorxonalar, tashkilotlar, tarmoqlar orasida taqsimlash vavaqtincha bo'sh pul mablag'larini samarali ishlatishdan iboratdir.Kreditni boshqa vazifasi bu haqiqiy pullarni kredit pullariga (banknotlar) va kredit operatsiyalariga (naqd pulsiz hisob-kitobga) almashtirishdan iborat. Ikkinchidan:Kredit o'zini ssuda kapitali harakati shaklida namoyon etadi. Pul yoki tovar shaklidagi ssuda qaytarilishi va to'lovlisharti bilan kreditor va zayomchi orasidagi iqtisodiy munosabatni aksettiradi. Kichik biznesda kredit bilan ta'minlash keng shakllarda tasavvur etiladi, bu yerda quyidagi kreditlar ishlatiladi: tijorat, bank,davlat, iste'molchi, xalqaro. Ularning hammasi kredit berilish muddatiga qarab qisqa muddatli (bir yilgacha), o'rta muddatli (bir yildan uchyilgacha) va uzoq muddatli (uch yildan ortiq) bo'lishi mumkin. Tijorat krediti - tovar shaklida (beriluvchi) sotuvchilar tomonidan xaridorlarga beriluvchi kredit bo'lib sotilgan tovarni qiymatini orqaroq surishdan iboratdir. Natijada hisob-kitoblar veksel yoki ochiq hisob bilan amalga oshiriladi. Birinchi holatda xaridor tovar hujjatlariniolganidan so’ng o'tkazilish sotuvchi tomonidan qo'yilgan vekselni (trattani) talaffuz etadi yoki oddiy veksel rasmiylashtiradi. Ikkinchi holatda sotuvchi xaridorning qarz majburiyatlarini olmaydi va qarz bo'yicha hisob ochadi. Qarzni uzish davriy to'lovlar sifatida qisqa muddatlarda (1-2 oy) amalga oshiriladi. Tijorat kreditiga bo'lgan zarurat kapitalni ishlatish va muomala vaqtini bir-biriga to'g'ri kelmasligi natijasida kelib chiqadi. Bu yerda tovarni kreditga sotish yordamlashadi, ishlab kapitalni chiqarish jarayonining aylanishini tezlashishini uzluksizligiga va foydani ko'payishini ta'minlaydi. Ushbu shakldagi kredit odatda qisqa muddatli bo'ladi. Bank krediti-ishbilarmon ko'rinishida beriladi. va korxonalarga pul ssudasi Bank ssudasi- bu korxona, tashkilotlarning alohida fuqarolaning vaqtincha bo'sh vositalari bo'lib bank tomonidan shartnoma asosida, ularning roziligi bilan jalb qilinadi va ssuda fondi tashkil bo'ladi. Kredit olish uchun kredit oluvchi va zayomchi tomonidan kredit shartnomasi tuziladi, u o'z ichiga quyidagilarni oladi. Kredit turi, miqdori, uning berilish tartibi va muddati, kredit berish sharti, foiz to'lovining miqdori, bar ikkala tomon javobgarligi, kreditor va zayomchilar to'g'risidagi ma'lumotlar. Kichik biznes taraqqiyoti uchun Davlat krediti davlat budjetidan eng muhimi zamonaviy ishbilarmonlik loyihalarini amalga oshirish bo'yicha tasdiqlangan dasturlar asosida beriladi. Iste'mol krediti- bu kredit shaklida qarz oluvchi sifatida yuridik shaxs, qarz beruvchi sifatida kredit idorasi, korxona va tashkilot chiqishi mumkin. Bu kredit shakli xalqning iste'mol talabini qondirish vositasisifatida xizmat qiladi va pul yoki tovar shaklida bo'lishi mumkin. Xalqaro kredit- bu xalqaro iqtisodiy munosabatlar sohasi bo'lib, u turli davlatlar kreditorlar va qarz oluvchilari orasida ssuda berish, ishlatish va uni uzish bo'yicha foiz to'lash bilan amalga oshiriladi. Bu turdagi kredit kichik biznesni taraqqiyot toptirish uchun davlatlararo banklar va frrmalar tomonidan xalqaro yordam shaklida beriladi. Xalqaro kredit o'lchami va uni berish sharti kredit beruvchi va oluvchilar o'rtasidagi kredit shartnomasida o'z aksini topadi. Firmaning nuqtayi nazarida berish va ta'minlashda quyidagi kreditlar bo'lishi mumkin: Tovar, valuta, ta'minlangan (tovar, tijorat hujjatlari bilan va boshqa qiymatlar bilan) va ta'min etilmagan (bank) kreditlar. Qarz oluvchilari bo'yicha kreditlar shaxsiy, davlat vamoliyaviybo'lishi mumkin. Kreditning asosiy shartli hisob-kitob turi bo'lib (to'lash muddati uzaytirilgan hisob) firma krediti, veksel (hisobli) va faktoring hisoblanadi. Firma kredit- bu kredit berish shaklida mol beruvchi va sotuvchi to'lash muddati uzaytirilgan kreditni xaridorga beradi. Bu kabi kredit shaklining birdan-bir misoli mahsulotni iste'molchiga avans berishdir, avans beruvchiga shartnomaga qo'l qo'yilgandan so’ng o'tkaziladi. Veksel krediti - bu vekselni bank tomonidan sotib olish, (hisobli) veksel egasidan to'lash muddati kelmasdan sotib olishdir, ya'ni veksel egasi bankdan muddatidan ilgari vekselda ko'rsatilgan pul miqdorini, tijorat to'lovlarini, hisob to'lovini va boshqa xarajatlarni ayirgandan keyingisini oladi. Faktoring- bu aylanuvchi vositalarni kredit bilan ta'minlashda o'rtada turuvchining faoliyati turidir. O'rtada turuvchi kompaniya (bank) ma'lum to'lov evaziga ishbilarmonlar tarkibidan xaridorlardan uning hisobiga olinadigan pul 22 mablag'ini olish huquqiga ega bo'ladi (debitorlik qarzini inkassaga qo'shish huquqi). Shu bilan birga o'rtada turuvchi mijozning aylanuvchi vositasini kredit bilan ta'minlaydi va uning kredit va valuta tavakkalchiligini o'z zimmasiga oladi. O'rtada turuvchi tovar sotuvchining o'zaro munosabatlari faktoring bo'yicha shartnoma bilan tartibga solinadi. Ochiq hisob bo'yicha kredit bilan ta'minlash- bu sotuvchini doimiy xaridoriga ta'min etmasdanva tez foiz to'lamasdan to'lov muddati uzaytirilgan shakldagi kreditidir. Sotuvchi xaridorga tovarni uning manzilgohiga tovar taqsimlash hujjatlari bilan qarz miqdorini xaridor nomiga ochilgan debet hisobiga o'tkazadi. Xaridor shartnomada qurilgan muddatlarda o'z qarzini ochiq hisob bo'yicha uzib boradi. Overdraft - qisqa rnuddatli kreditlash shakli bo'lib banklar amaliyotida ishlatiladi. U Angliyada paydo bo'ladi. Overdraftning mazmuni shundan iboratki, odatda bankning ishonchli mijoziga ma'lum chegarada cheklar bilan qarz to'lash huquqi beriladi. Bu kabi operatsiya natijasida manfiy balans bunyod bo'ladi, ya'ni debitorlik saldosi - (mijozni bankka qarzi). Bank va mijoz o'zaro shartnoma tuzib unda overdraftning eng katta miqdori, kredit berish sharti, uni qaytarish tartibi va overdraft uchun foiz miqdori belgilanadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, bozor munosabatlari rivojlanib borishi bilan, kichik biznes korxonalari moliya munosabatlarining tarkibi ham yanada o’zgarib boradi. Shuning uchun kichik biznes taraqqiyoti jarayonida uning moliyaviy faoliyati tarkibiy qismidagi o’zgarishlarni tabiiy bir hol sifatida qarash lozim. Kichik biznes taraqqiyoti va moliya munosabatlarini takomillashtirish o’zaro bog’liq muammolardandir. Iqtisodiyotning turli mulk va xo’jalik yuritish shakllaridan keng foydalanishga o’tishi, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesning taraqqiyoti bilan moliya munosabatlari ham bozor talablari asosida rivojlanishi uchun muhim turtki oldi. Shu bilan birga, moliya munosabatlari kichik biznes taraqqiyotini rag’batlantirishning muhim dastaklariga egadir. Yuqoridagilardan kelib chiqib, kichik biznes korxonalarini moliyalashtirishning turli xil manbalarini quyidagi rasm holida tasvirlash mumkin. Bu narsa shu bilan bog’liqki, kichik biznes tizimi ichida mukammal taqsimot tizimining yaratilishi natijasida markazlashgan va rezerv fondlarining tashkil etilishi orqali kengaytirilgan takror ishlab chiqarish imkoniyatlarining yanada mustahkamlanishiga erishish hamda turli soliq imtiyozlarining qo’llanilishi maqsadida kichik biznes kelgusi taraqqiyoti uchun qulay iqtisodiy sharoitlar yaratiladi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning aholini ish bilan band etishi va o’rta sinfni shaklantirishi kabi xususiyatlari xorijiy iqtisodiy adabiyotlarda batafsil yoritilgan. Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan ma’lumki, kichik korxonalar iqtisodiy rivojlanish, ilmiy-texnika ixtirolarini, aholining talabini qondirish uchun qo’llashda istiqbollidir. Boshqarish sohasida kichik korxonalarda eng kam xarajat qilinishi bilan birga mulk haqiqiy egasining qo’lida bo’lib, undan foydalanish, ko’paytirish doimo yaxshi natijalarga olib kelgan. Shu munosabat bilan kichik va xususiy biznesni har tomonlama rivojlantirish zarur. Ularni tashkil etish, ro’yxatga olish va moliyalashtirish masalalarida qulay shart-sharoitlar yaratish kerak. Kichik biznes sub’ektlarining to’la erkinligini ta’minlash va ular faoliyatini rag’batlantirish lozim. 6. Sof foyda formulalar yordamida aniqlash va ko’paytirish usullari Sof foyda korxonaning samarali ishlashini aks ettiruvchi eng muhim ko'rsatkichdir, ya'ni u rentabellikni belgilaydi. Ushbu ko'rsatkichning oshishi kompaniyaning yanada rivojlanib, samarali ishlayotganligini, pasayishi esa boshqaruv qarorlarining samarasizligidan dalolat beradi. Sof foydani hisoblashda bir qator chiqimlar, shu jumladan ishlab chiqarish xarajatlari, ishchilarning maoshi, har xil soliq va boshqa xarajatlar hisobga olinadi. Bugungi maqolamizda sof foyda nima ekanligini, u nimaga bog'liqligini, shuningdek uning yalpi foyda bilan farqini tushuntirib o’tamiz. Sof foyda nima? Sof foyda – bu korxona balansidagi barcha xarajatlar: ishlab chiqarish, soliq, xodimlarning ish haqi va to'lovlar qoplaganidan keyingi ortib qolgan daromad. Oddiy qilib aytganda, bu kompaniyaning mahsulot sotishdan tushgan tushumi va ishlab chiqarish tannarxi o'rtasidagi farqdir. Sof daromad biznesning rentabelligini aks ettiradi. U biznes qanchalik samarali ekanligini ko'rsatadi. Ma'lum bir biznesni “davom ettirishga arziydimi yoki yo'qmi, uni yopish yaxshiroqmi?” kabi savollariga fakt bilan javob beradi. Sof operatsion foyda Sof operatsion foyda – soliqdan keyingi yoki barcha soliqlarni chegirib tashlanganidan keyingi daromad hisoblanadi. Ushbu ko'rsatkich ishlab chiqarish tannarxini kamaytirish va barcha soliqlarni to'lagandan keyin qoladigan naqd pul miqdorini aniqlashga imkon beradi. Sof operatsion foyda quyidagi formula bo'yicha aniqlanadi: NOPLAT = EBIT - DS + (TF x (1-t)), EBIT — soliq va foizlar to’lovigacha bo’lgan foyda; DS — daromad solig'i; TF — to'langan foizlar; t — daromad solig'i stavkasi. Korxonaning sof foydasi Korxonaning sof foydasi uning faoliyati samaradorligi va daromadliligining muhim ko'rsatkichlaridan biridir. Bu kompaniya biznesni qanchalik to’g’ri olib borishini, mavjud aktivlarni tasarruf etishi, uning o'sishi qanchalik tez va barqarorligi va investorlar uchun jozibadorligini oshirishini aks ettiradi. Sof foyda va daromad tushunchalarini farqlash muhimdir. Agar daromad ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lgan barcha pul tushumlari hisoblansa, sof foyda — bu barcha xarajatlar chegirib tashlanganidan keyingi olingan miqdordir. Bu bilan sof foydani daromadning tarkibiy qismlaridan biri deb ayta olamiz. Sof foyda olingandan keyin to'rt yo'l bilan foydalanish mumkin: 1. Keyingi ishlab chiqarish yoki uning hajmini oshirish uchun taxminiy xarajatlarga 2. Korxona jamg'armasiga (ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, ijtimoiy rivojlanish fondi, zaxira fondi). 3. Iste'mol fondiga (ishchilarga beriladigan mukofotlar, mehnat sharoitlarini yaxshilash). 4. Aksiyadorlarga dividend to'lashga. Sof foyda hisoblashda nimani bilishingiz kerak? Sof foyda hisoblashda asosiy qiyinchiliklar buxgalteriya, soliq va boshqaruv hisobi kabi kompaniyaning turli moliyaviy hujjatlaridagi daromadlar va xarajatlarni hisobga olishda yuzaga keladi. Asosiy muammo bu – chalkashlik yuzaga kelishidir. Odatda buxgalteriya hisobi barcha xarajatlarni hisobga olmaydi. Soliqlarning buxgalteriya hisobi, favquloddagi chiqimlar va xususiy tadbirkorning shaxsiy mablag'lari uchun qoplanadigan chiqimlarini hisobga olinmaydi. Bu masalan, to'langan jarimalar va xizmat safari ko’rinishida ham o’tib ketib qoladi. Bundan tashqari, xodimlarga beriladigan bonuslar, ta'til, kutilmagan qarzlar ham xisob-kitobdan tushib qoladi. Umumiy qilib aytganda, buxgalteriya va soliq hisobidagi daromad, xarajat va zaxiralarni hisoblashdagi yondashuvning farqi tufayli sof foydaning yakuniy ko'rsatkichi har xil bo’lib ketadi. Sof foyda hisoblashda e'tiborga olish kerak bo'lgan boshqa jihatlar: Hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun siz foyda va zarar to'g'risida hujjatlardan ma'lumotlarni olishingiz kerak; Sof daromad odatda oyiga bir marta (odatda oy oxirida) hisoblanadi; Sof foyda hisobini maxsus dasturlar yordamida avtomatlashtirish mumkin; Sof foydani hisoblash oxirida barcha soliq va to'lovlar uchun alohida mablag’ ajratib qo'yishni unutmasligingiz kerak. Korxonaning sof foydasini belgilash uchun alohida hujjat, masalan, Microsoft Excel har oy oxirida to'ldirish kerak. U har qanday hisobot davri (oy, chorak, yil) uchun tuzilishi mumkin. Sof foyda qanday hisoblanadi? 1. Daromadni hisoblang. 2. Operatsion xarajatlarini hisoblang. 3. EBITDA (biznes quvvati)ni hisoblang. 4. Kreditlar, amortizatsiya va soliqlarning umumiy xarajatlarini hisoblang. 5. Kompaniyaning sof foydasini hisoblang. Quyida hisoblashning har bir bosqichi batafsilroq ko'rib chiqiladi. Shuningdek, sizga sof foydani hisoblashda yordam beradigan ba'zi maslahatlarni ko'rib chiqishingizni maslahat beramiz: Sof foyda formulasi Sof foydani hisoblash uchun formulani, birinchi navbatda, MNTH (moliyaviy natijalar to'g'risidagi hisobot) ko'rsatkichni – dasturning 2400 qatoriga kiritish kerak. Sof foyda formulasi quyidagicha: Sof foyda formulasi quyidagicha: SF = D – SQ – B – BX + BD – X – DS, SF - sof foyda; D - daromad; SQ - sotish qiymati; UR va BX – boshqaruv va biznes xarajatlari; BD va X - boshqa daromad va xarajatlar; DS - daromad solig'i. Bunday holda, 2400 OFR qatorini to'ldirish quyidagicha bo'ladi: 2400-bet = 2110-bet - 2120-bet - 2210-bet - 2220-bet + 2310 + 2320-bet - 2330-bet + 2340-bet - 2350-bet - 2410-bet Har bir satrning dekodlanishi: 2110 - "Daromad"; 2120 - "Sotish qiymati"; 2210 - "Sotish xarajatlari"; 2220 - "Ma'muriy xarajatlar"; 2310 - "Boshqa tashkilotlarning daromadlari"; 2320 - "Foizlar bo'yicha qarzdorlik"; 2330 - "To'lanadigan foizlar"; 2340 - "Boshqa daromadlar"; 2350 - "Boshqa xarajatlar"; 2410 - "Daromad solig'i". Sof foydani hisoblash tartibi Yuqorida aytib o'tilganidek, sof foydani hisoblash bir necha bosqichlardan iborat bo'lib, ularni quyida batafsil ko'rib chiqamiz. Daromadni hisoblash Daromadni hisoblashda asosiy qoida shuki, daromad olingan pulga teng emasligini unutmang. Daromad faqat bajarilgan majburiyatlar uchun olingan mablag' sifatida ko'rib chiqilishi mumkin. Agar mijoz tovarlarni allaqachon olgan bo'lsa, qo'lingizda faqat fakturangiz bo'ladi, lekin pul faqat oyning oxirida to'lanadi va bu daromad hisoblanadi. Aksincha, agar mijoz oldindan to'lagan bo'lsa, lekin tovarni hali olmagan bo'lsa, bu pul daromad hisobiga kiritilmaydi. Ular shunchaki "depozitda" muzlatib qo'yiladi. Daromadlar quyidagi formula bo'yicha hisoblanadi: D = BS x N, D — daromad; BS — bitimlar soni; N — bitim narxi. Operatsion xarajatlarni hisoblash Operatsion xarajatlar — bu kompaniyaning rivojlanishiga investitsiya qilingan mablag'lar, shuningdek, biznes egasining foydasidan tashqari barcha xarajatlariga aytiladi. Xarajatlar qat'iy va o'zgaruvchan bo’ladi. Barqaror narsalarga: ijara, materiallarni sotib olish, ishchilarga to'lanadigan to'lov stavkasi kiradi. O'zgaruvchilar xarajatlar esa ishchilarning ish haqiga kiritilgan savdo ulushini o'z ichiga oladi. EBITDA (biznes quvvati)ni hisoblash EBITDA — bu soliq, amortizatsiya va kreditlar bo'yicha to'lovlarni qoplash xarajatlarini hisobga olmagan holda daromadlar hamda operatsion xarajatlar to'g'risidagi ma'lumotlarni hisobga oladigan moliyaviy ko'rsatkich. EBITDA = D - OX, D - daromad; OX - operatsion xarajatlar. Agar EBITDA ijobiy bo'lsa, u holda kompaniya daromad oladi, agar salbiy bo'lsa, zararga ishlayotgan hisoblanadi. Boshqa xarajatlar (kreditlar, uskunalarni yangilash)ni hisoblash Kredit to'g'risida faqat uchun oylik foizlarni yozishingiz kerak. Qarzning asosiy qismi asbob-uskunalarning yangilashga yo’naltiriladi. Bundan tashqari, ushbu miqdorni bir necha oy / yillarga bo'lish kerak, bunda uskunalar samarali ishlaydigan davr hisobga olinadi. Soliqlarni hisoblash Soliqlar miqdori korxonaning qaysi soliq tizimiga bog'liqligiga qaraladi. Hisobotda siz xodimlarning ish haqi bo'yicha soliqni ham kiritishingiz kerak. Ammo QQS (qo'shimcha qiymat solig'i) kiritish shart emas, chunki QQS ishlab chiqaruvchi yoki distribyutor tomonidan emas, balki oxirgi iste'molchi tomonidan to'lanadi. Sof foydani hisoblash Soddalashtirilgan sof foyda formulasi quyidagicha: SF = EBITDA - BX - S, SF - sof foyda; BX - boshqa xarajatlar; S - soliqlar. Sof foydani hisoblash Yuqoridagi algoritmdan foydalanib, sof foydani hisoblashga misol keltiramiz. (Osonroq tushunilishi uchun kichikroq summa olindi) «Сладкий мир» har oy 2000 so’m miqdorida 100000 tortni oyning o'rtalarida 50% to'lash sharti bilan ishlab chiqaradi va oyning oxirida esa qolgan 50% ini chiqaradi. Shu bilan birga, ustaxonaning oylik ijarasi oyiga 5000 so’mni tashkil etadi, bitta qandolatchining maoshi 12 000 so’mni tashkil etadi (uchta ishchi mavjud), xarajat narxi har bir mahsulot uchun 300 so’mdan iborat. Oyning boshida 12% shart bilan 200 000 so’mga muzlatgichni kreditga olish kerak bo’ladi. Kompaniya an'anaviy sxema bo'yicha ishlaydi va foydaning 18%ini boshqarib, 13% ini ishchilarga haq to'laydi. Endi daromadni hisoblaymiz: bu holda daromad 100000 tort sotilgan miqdor uchun olinadi: D = 100,000 x 2,000 = 200 000 000 so’m Biz operatsion xarajatlarni hisoblaymiz: bular ustaxonani ijaraga olish, uchta qandolatchilarning ish haqi va mahsulot tannarxini o'z ichiga oladi. OX = 5000 + 12,000 x 3 + 100,000 x 300 = 5000 + 36,000 + 30,000,000 = 30 041 000 so’m bo’ladi. Shundan keyin EBITDA ni hisoblaymiz, ya'ni daromad miqdoridan operatsion xarajatlar miqdorini ajratish kerak: EBITDA = 200,000,000 - 30 041 000 = 169.959.000 so’m Bunga boshqa xarajatlarni ham qo’shamiz: oyiga 2000 so’m miqdoridagi kredit bo'yicha foizlar va muzlatgichning amortizatsiya xarajatlari. Aytaylik, muzlatgich uch yil (36 oy) davomida to’lanadi, shuning uchun oylik amortizatsiya qiymati 5555 so’mni tashkil qiladi: BX = 2 000 + 5 555 = 7 555 so’m Soliqlarni hisoblash: biz ikkita soliqni hisoblashimiz kerak, bu - foyda va ish haqi bo'yicha amalga oshiriladi. Daromad solig'i: 200,000,000 x 18% / 100% = 36,000,000 so’m Ish haqi bo'yicha soliq: 36,000 x 13% / 100% = 4680 so’m Endi soliqlarning umumiy miqdorini hisoblab chiqamiz: S = 36,000,000 + 4,680 = 36,004,680 so’m Va nihoyat keyin siz korxonaning sof foydasini hisoblashingiz mumkin: SD = 169 959 000 - 7 555 - 36 004 680 = 133 946 765 so’m Bu formuladan yaxshigina foyda aniqlandi :) Yalpi daromad va sof daromad Yalpi daromad — bu mahsulot sotishdan olingan foyda va tovarning tannarxi o'rtasidagi farq. Yalpi foyda sof foydadan farqli o'laroq, operatsion xarajatlar, to'langan soliqlardan tashqari hisoblanadi. Yalpi foydani hisoblash uchun juda oddiy formuladan foydalaniladi: YP = F — IQ, YP — yalpi daromad; F — foyda; IQ — ishlab chiqarish qiymati. Yalpi daromadni hisoblashning osonroq usuli ham bor. Narx (barcha pozitsiyalar uchun bir xil bo'lsa) sotilgan tovarlar miqdoriga ko'paytirilish kerak. Biroq, bu usul asosan faqat bir xil narxga ega bo'lgan mahsulotlar uchun javob beradi. 7. O‘RTACHA SOTISH BAHOSI O‘ZGARISHINING RENTABELLIK DARAJASINING O‘ZGARISHIGA TA’SIRINI ANIQLASH TARTIBINI TUSHUNTIRING Rentabellik (nem. rentabel — daromadli, foydali) — korxona yoki tadbirkorlikning daromaddorligi, samaradorligi; mikroiqtisodiy miqyosdagi iqtisodiy faoliyatning samaradorligi. R. korxona yoki tadbirkorlik faoliyatining moliyaviy natijalarini baholashda qoʻllaniladigan asosiy koʻrsatkich. R. foyda olib ishlashning qiyosiy, yaʼni sarf-xarajatlarga nisbatan aniqlanadigan koʻrsatkichi boʻlib foizlarda ifodalanadi. Uzoq muddatli va joriy xarajatlar (mashinauskuna, binolar, inshootlar, xom ashyo, yoqilgʻi, materiallar, butlovchi qismlar, ish kuchi va boshqa sotib olish) mazmunan har xil boʻlganidan ular qanday natija berganligini bilish uchun R.ning 4 ta asosiy koʻrsatkichlari qoʻllaniladi. Xususiy kapital rentabelligi sof foydaning xususiy kapitalning o’rtacha yillik qiymatiga nisbati tariqasida hisoblanadi, ya’ni u xususiy kapital summasini 100 foizga ko’paytirib, natijasini xususiy kapitalning o’rta qiymatiga bo’lishi orqali aniqlanadi. Buni quyidagi formula bilan ifodalash mumkin: ; (1) yoki ; (2) Bunda, RXK – xususiy kapital rentabelligi; SF – sof foyda summasi (hajmi); XKH – xususiy kapitalning o’rtacha yillik qiymati (hajmi); UK – Ustav kapitalining o’rtacha qiymati; QK – qo’shilgan kapitalning o’rtacha qiymati; ZK – zaxira kapitalining o’rtacha qiymati; TF – taqsimlanmagan foyda summasi. Xususiy kapital rentabelligi nimani bildiradi? Xususiy kapital rentabelligi bir yoki yuz so’mlik xususiy kapital hajmi hisobiga olingan sof foyda summasini bildiradi. Ushbu ko’rsatkich bazis yilidagi yoki biznes rejada ko’zda tutilgan kapital rentabelligiga nisbatan yuqori bo’lsa, xususiy kapitaldan foydalanish samaradorligining oshganligini bildiradi. Xususiy kapital rentabelligi qancha yuqori bo’lsa, xo’jalikning moliyaviy ahvoli ham shuncha mustahkam bo’ladi. Xususiy kapital rentabelligining tahlili uning hisobot yilidagi darajasini bazis yilidagi (yoki rejada ko’zda tutilgan darajasiga) solishtirib, umumiy o’zgarishini aniqlashdan boshlanadi. Rentabellik darajasining o’zgarishi birinchi va ikkinchi tartibli omillar ta’siri ostida yuzaga keladi. Birinchi tartibli omillar bo’lib quyidagilar hisoblanadi: 1. Xususiy kapitalning o’rtacha yillik qiymatining o’zgarishi; 2. Sof foyda hajmining o’zgarishi. Ushbu omillar ta’sirini «Zanjirli bog’lanish» usulini qo’llash orqali aniqlash zarur. Buning uchun quyidagi 3 ta bog’lanish rentabellik ko’rsatkichini aniqlab, so’ngra omillarning ta’sirini aniqlash maqsadli bo’ladi. 1. -bazis yilidagi (yoki rejadagi) rentabellik darajasi. 2. - shartli rentabellik darajasi. 3. - hisobot yilidagi rentabellik darajasi. Shundan keyin xususiy kapital rentabelligining omilli tahlili amalga oshiriladi. Hisobot yilidagi xususiy kapital rentabelligidan (3-bog’lanish ko’rsatkichidan) bazis yilidagi rentabelligini (1-bog’lanish ko’rsatkichini) chegirib tashlash orqali uning umumiy o’zgarishi aniqlanadi: Bu o’zgarish yuqoridagi ikki omil hisobiga yuzaga kelgan. Xususiy kapital rentabelligining o’zgarishiga uning o’rtacha qiymati (hajmi) o’zgarishining ta’sirini aniqlash uchun shartli rentabellik darajasidan (2-bog’lanish ko’rsatkichidan) bazis yilidagi rentabellik darajasini (1-bog’lanish ko’rsatkichini) chegirib tashlash kerak: Xususiy kapital rentabelligining o’zgarishiga sof foyda summasi (hajmi) o’zgarishining ta’sirini aniqlash uchun hisobot yilidagi rentabellik darajasidan (3-bog’lanishdan) shartli rentabellik darajasini (2-bog’lanish ko’rsatkichini) chegirib tashlash kerak: Shu ikki omil ta’sirlarining yig’indisi xususiy kapital rentabelligining umumiy o’zgarishiga teng kelishi kerak: Shundan keyin rentabellik darajasining o’zgarishiga xususiy kapital hajmi o’zgarishining ta’sirini har bir kapitalning turi bo’yicha aniq ko’rsatish va mavjud imkoniyatlarni yetarli darajada bayon qilish uchun ikkinchi tartibli omillar ta’sirining tahlilini amalga oshirish kerak. Buning uchun yuqorida keltirilgan rentabellikning ikkinchi formulasidan foydalanish zarur. Ushbu formuladan ko’rinib turibdiki, xususiy kapital rentabelligining o’zgarishiga quyidagi 5 ta omil ta’sir qiladi: 1. Ustav kapitali hajmining o’zgarishi; 2. Qo’shilgan kapital hajmining o’zgarishi; 3. Zaxira kapitali hajmining o’zgarishi; 4. Taqsimlanmagan foyda summasining o’zgarishi; 5. Sof foyda summasining o’zgarishi. Ushbu omillarning rentabellikni o’zgarishiga ta’sirini «Zanjirli bog’lanish» usuli orqali aniqlash qulayroqdir. Omillar ta’sirini aniqlashdan oldin xususiy kapital rentabelligini ifodalovchi quyidagi bog’lanish ko’rsatkichlarini aniqlab olish zarur: 1. ; 4. ; 2. ; 5. ; 3. ; 6. . Endi, ushbu rentabellik ko’rsatkichlaridan foydalanib, xususiy kapital rentabelligining umumiy o’zgarishini va unga omillar ta’sirini aniqlash mumkin. Rentabellikning umumiy o’zgarishi: 6-1= - = . Ushbu o’zgarishga omillar ta’sirini aniqlash: 1. Ustav kapitali hajmi o’zgarishining ta’siri: 2-1= - = ; 2. Qo’shilgan kapital hajmi o’zgarishining ta’siri: 3-2= - = ; 3. Zaxira kapitali hajmi o’zgarishining ta’siri: 4-3= - = ; 4. Taqsimlanmagan foyda summasi o’zgarishining ta’siri: 5-4= - = ; 5. Sof foyda summasi o’zgarishining ta’siri: 6-5= - = . Ushbu 5 ta omillar ta’sirlarining yig’indisi xususiy kapital rentabelligining umumiy o’zgarishiga teng kelishi kerak. Shundan keyin har bir omil ta’siriga baho berilib, rentabellikni yanada oshirish imkoniyatlari ko’rsatiladi. Xususiy kapitalni ko’paytirish imkoniyatlari. Xususiy kapitalni ko’paytirish imkoniyatlari bo’lib, quyidagilar hisoblanadi: 1. Ustav kapitali bo’yicha: - muassislar qaroriga ko’ra Ustav kapitalida mavjud muassislar ulushlarining oshirilishi; - qimmatbaho qog’ozlar emissiyasi; - muassislarning yangilarini jalb etish hisobiga Ustav kapitalini oshirish; - joriy yil foydasini ko’paytirish hisobiga oshirish. 2. Qo’shilgan kapital bo’yicha: - emission daromadni oshishi hisobiga. Bu aksiyalarning nominal qiymati bilan sotilish bahosi orasidagi farq; - Ustav kapitalini shakllantirishda kursdagi farqning oshishi hisobiga. Bu ustav kapitaliga qo’yilgan qo’yilmalarni to’lashda hosil bo’ladigan kursdagi farqlar summasidir. 3. Zaxira kapitali bo’yicha: - aktivlarni qayta baholash natijasida aniqlangan ortgan qiymatini oshishi hisobiga; - Ustav kapitaliga nisbatan har yili foydadan majburiy ajratma darajasining oshishi hisobiga; - tekingan olingan mulk hisobiga. 4. Taqsimlanmagan foyda bo’yicha: - asosiy faoliyatdan olingan foydani ko’paytirish hisobiga; - moliyaviy faoliyatdan olinadigan foydani ko’paytirish hisobiga.