Uploaded by Dilshodbek Shodlikov

5-mavzu Doston

advertisement
1
Angliyaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo'nalishlari
2
Fransiyaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish xususiyatlari
3
Germaniyaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo'nalishlari
SANOAT TO'NTARILISHI OQIBATLARI.
XIX asrning 30-yillariga kelib Angliyada sanoat to'ntarilishi yakunlandi. Yirik mashinalashgan ishlab
chiqarish past mehnat unumdorligi va qo'l mehnatiga asos- langan hunarmandchilik va manufaktura ustidan
g'alaba qozondi. Mamlakatda muhim ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar yuz berdi. XIX asr o'rtalariga kelib
Angliya shaharlar va ishchilar shaharchalari mamlakatiga aylandi, ularda aholining 86% istiqomat qilar edi.
Qurilish va sanoatda band bo'lganlar ulushi 50%gacha ko'tarildi, qishloq xo'jaligida esa 15%ga pasaydi.
Paxtani qayta ishlash sanoati.
Industrial taraqqiyot yetakchisi bo'lib paxtani qayta ishlash sanoati saqlanib qoldi. To'qish sta- noklari bilan
jihozlangan fabrikalar soni ko'paydi. 1800-1870 yy.da paxta matosini ishlab chiqarish 19 martaga, paxta
iste'moli 1000 martaga o'sdi. XIX asr o'rtasiga kelib tekstil va to'qimachilik sanoatida ish kuchining 1/3
qismi band edi.
Og`ir sanoat.
og'ir sanoat ham sekin-asta rivojlana boshlandi. Mamlakatda 600ta domna pechlari ishlab turardi
1800-1870 yy.da ko'mir qazib olish 11 marotaba va metallni qayta ishlash mahsulotlari 28 marotaba o'sdi 72
dunyo bo'yicha cho'yan ishlab chiqarishning yarmi, toshko'mir qazib olishning yarmidan ortig'i Angliyaga
to'g'ri kelardi
mamlakatning og'ir sanoat mahsuloti AQSh, Germaniya va Fransiyani mahsulotlaridan 4-5 barobar ortiq edi.
Jahondagi sanoat yetakchiligini yo'qotilishi
XIX asrning 70-yillariga kelib Angliya o'z yetakchilik
mavqei- ni yo'qota boshladi.
Mamlakatning jahon sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi
1870 yildagi 32%dan XX asr boshiga kelib 18%ga tushib
qoldi.
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish sur'atlari qisqardi.
An'anaviy tarmoqlar ham (tekstil, metallurgiya, ko'mir) nisbatan tushkunlik holatiga tushdi.
XIX asrda shakllangan ularning texnik asosi eskirgan bo'lib,
yangi texnikani ishlab chiqarish yo'lga qo'yilmagan edi.
Ingliz monopoliyalari. XIX asrning 80-90 yy.da birinchi
ingliz monopoliyalari tashkil topdi. Yirik monopolistik
birlashmalar sanoatning quyidagi tarmoqlarida vujudga keldi
- elektrotexnika, quvur ishlab chiqarish, kimyo, harbiy va
boshqalar.
Ularga misol: ingliz-german portlovchi moddalar tresti
(Dina- mit-Nobel, 1886 y.), kimyo tresti (Yunayted Alkali,
1890 y.). Morgan moliyaviy guruhi qudratli ingliz-amerika
kemasozlik trestini yaratdi.
Bug' dvigatellari. Industrial taraqqiyotning yutuqlari
asosan bug' dvigatellarini joriy etilishi bilan bog'liq.
Bu bug' transportini rivojlanishiga ham olib keldi.
Mamlakatning orolda joylashgan- ligi kemasozlik
rivojini taqazo etdi. 1811 yilda Angliyada paroxod
transporti rivojlana boshlandi, 40-50-yy.dan boshlab
yirik okean kemalari qurila boshlandi.
Mustamlakalar. XIX asr o'rtalariga kelib Angliya
qudratli ish- lab-chiqarish texnik bazadan
tashqari katta mustamlaka yerlariga egalikni
qo'lga kiritdi. Mamlakatning qudrati deyarli
qaram hududlarni ekspluatatsiyasi evaziga
ta'minlanar edi. Mahalliy aholini talon-taroj
qilish, noekvivalent ayirboshlov, ko'psonli soliq
to'lovlari keng tarqalgan edi.
Mustamlakalardagi yerosti va yer usti boyliklari
talon-taroj qilindi.
Savdo siyosati.
industirlashtirish jarayoni sanoatni qudratini
oshirib Angli- yani "dunyoning fabrikasi"ga
aylantirdi va tashqi savdo siyosatin- ing
yo'nalishlarini o'zgartirdi
Angliya sanoat rivoji bo'yicha boshqa
mamlakatlarni o'zib o'tib raqobatdan
cho'chimas edi.
Napoleonning iqtisodiy siyosati. Fransiyada XVIII asr oxiridagi inqilob mag'lubiyatga
uchragandan so'ng 1799 yil 9-10 noyabrda davlat to'ntarishini amalga oshirib
hukumatga general Napoleon Bonapart keldi. U yirik burjuaziyani holatini
mustahkamladi va 1804 yilda o'zini imperator deb e'lon qildi.
Napoleon davrida:
* xususiy mulk muqaddas deb e'lon qildindi;
* sanoat rivojlandi;
* 1800 yilda uning qo'llab-quvvatlashi natijasida Fransuz banki tashkil etildi;
* ushbu bank 30 millionli kapitalga ega bo'lib burjuaziyaning bosh moliyaviy asosiga
aylandi. U poytaxt va boshqa hududlarda boshqa banklarni tashkil etishga asos soldi;
* Napoleon tomonidan bosib olingan yerlarda hamda Yevropaga fransuz eksportini
*
kengayib borishi evaziga katta mablag'lar oqib kela boshladi;
* Napoleonning mamlakatlarni bosib olish siyosati harbiy so- haga xarajatlarni keskin
ravishda oshishiga olib keldi.
Sanoat to'ntarilishi. Fransiyada sanoat to'ntarilishi Angliyadan
kechroq amalga oshdi. U past sur'atlar bilan amalga oshdi. Buni
mamlakatning tarixiy rivojlanish xususiyatlari, mayda hunarmandchilikning ustuvorlikka egaligi, proletarlashtirish jarayonining
sustligi, sanoat kapitalini emas bank-savdo kapitalini
rivojlanganligi taqazo qilar edi.
Shunday bo'lsa ham:
* manufaktura
va fabrikalarni rivojlantirishga sharoit vujudga
keldi;
* sex tizimi yo'q qilindi;
* fabrika sanoati uchun
muhim hisoblangan ish kuchi bozori
tashkil topdi;
* Fransiyada
sanoat inqilobi XIX asrning birinchi yarmida yuz
berdi;
* tekstil
sanoati, ayniqsa paxtani qayta ishlash sanoatida katta
ahamiyatga ega ixtirolar qilindi;
* metallurgiyani
sust rivojlanishiga xom ashyo (temir rudasi va
ko'mir)ni yetishmasligi sababchi edi.
Qishloq xo'jaligi.
O'sha davrda Fransiya baribir agrar mam- lakat edi. Mamlakatning 8.7 mlrd.fr.li
milliy daromadidan 5 mlrd. fr. agrar sektorga to'g'ri kelardi.
*
*
*
*
*
qishloq xo'jaligida 40% aholi band edi, aholining 56% qishloq joylarda yashar edi.
feodal-qaram dehqonlar erkin yer egalariga aylandi. Qishloq xo'jaligi ishlab
chiqarishi o'sdi. Ekin maydonlari kengaydi. Agrotexnika va mehnatni
mexanizatsiyalashtirish yaxshilandi. Yirik qoramolning boshi 1.5 barobar ko'paydi.
yirik yer egalari va dehqonlarning boy qatlamlarining holat- lari yaxshilanib bordi.
bug'doy, qandlavlagi, ipak qurti, uzum yetishtirish o'sdi.
chorvachilik qishloq xo'jaligining yetakchi sohasiga aylandi.
Savdo va moliya. XIX asr o'rtalariga kelib Fransiyada savdo-
*
*
*
*
moliya sohasida muhim voqealar sodir bo'ldi.
bojxona siyosatidagi o'zgarishlar - ingliz uskunalari, metall va ko'miriga bojlar
bekor qilindi.
kapital ishlab chiqarish sohasidan kredit sohasiga oqib o'tdi.
natijada ommaviy ravishda banklar tashkil bo'ldi: yer banki, savdo va sanoat
banklari
IQTISODIY QOLOQLIK SABABLARI
XIX asr boshiga kelib Germaniya hanuzgacha iqtisodiy qoloq- likdan
chiqish bo'yicha asosiy muammolarni yechmagan edi. Bun- ing asosiy
sabablaridan biri mamlakatning siyosiy tarqoqligidadir. Faqatgina 1815
yilga kelib Vena kongressi qaroriga binoan 34 ta monarxiya va 4 ta
erkin shaharlarni birlashtiruvchi Germaniya itti- foqi tuzildi. Shu
davrda ham yagona pul tizimi, o'lchov birligi yo'q edi. Mamlakat
ichidagi bojxonalar iqtisodiy, savdo va transport aloqalarining
imkoniyatlarini chegaralar edi.
Nemis hunarmandchilik tovarlari rivojlangan mamlakatlarning
fabrikalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlari bilan raqobat qila olmasdi. O'tgan asrning oxirida paydo bo'lgan nemis manufaktur- asi hali
ancha kuchsiz edi. Nemis savdogarlari, ustalar va boshqa boy
shaharliklar yirik manufaktura ishlab chiqarishini tashkil etish bo'yicha
yetarli mablag' to'plamagan edilar.
AGRAR INQILOBINING PRUSSCHA YO'LI
1850 yilning martida Prussiyada dehqonlarning qaramlig- ini bekor
qiluvchi, lekin yirik yunkerlik yerga egalik qilishni va ko'pchilik
feodal sarqitlarini saqlab qoluvchi qonun qabul qilindi. Asta-sekin
agrar islohotlar boshqa nemis yerlarini qamrab oldi: Bavariya, Nassay,
Vyurtenberg, Gessen-Darmshtadt, Baden va boshqalar. Bunday holatni
olimlar qishloq xo'jaligida kapitalistik evolutsiyaning prusscha yo'li
deb nomlagan edi. Shimoli-g'arbiy yerlarda va Bavariyada
grossbauerlarning xo'jaliklari shakllandi. Janubi-g'arbda mayda
dehqon xo'jaliklari ko'p edi.
Qishloq xo'jaligi ixtisoslashuvining o'sishi va "savdo" hudud- larining
ko'tarilishi iqtisodiyotdagi progressiv tendensiyalarni aks ettirdi.
Germaniya kartoshka va lavlagi yetishtirish bo'yicha jahonda birinchi
o'ringa chiqdi. Nemis qishloq xo'jaligi mahsuloti va oziq-ovqat sanoati
mahsulotlari nemis eksportining asosiy qis- mini tashkil etardi.
MONOPOLIYALAR
XIX asrning oxirgi 30 yilligida ishlab chiqarish va kapitalning
konsentratsiyalashuvi monopolizatsiyaning kuchayishiga olib keldi. Qazib
olish va u bilan bog'liq og'ir sanoat tarmoqlarida kartel va sindikatlar
ko'pchilikni tashkil etardi. Bu turdagi birlashma- lar faqatgina mahsulot
sotilish sohasini monopollashtirgan edi. Texnik-iqtisodiy va tashkiliy
jihatdan korxonalar erkinlikni saqlab qolishgan edi.
Tog', metallurgiya, mashinasozlik va qurilish tarmoqlarida yirik
monopoliyalar shakllandi. XIX asrning 80-90-yy. ichida mingta ishchisi bor
korxonalar soni to'rt barobar ko'paydi. Reyn-Vestfal toshko'mir sindikati
tashkil etildi. U o'ziga Rur basseynida ko'mir qazib olishni 95%ni
bo'ysundirdi va mamlakatda ko'mir qazib ol- ishni 40%ga egalik qildi.
Sanoatning elektrotexnika (AEG-Umumiy elektr jamiyati va "Simens"),
po'lat quyish va harbiy sanoat ("Krupp" firmasi), kimyo (G.Farbenindustri),
kemasozlik (Shimoliy-German Lloyd va Gamburg-Amerika kompaniyasi)
tarmoqlarida yirik monopolistik birlashmalar shakllandi. Kartel va
sindikatlar soni 50 barobarga ko'paydi, ya'ni 1870 y.da 6 tadan 1900 y.dagi
300 tagacha. Nemis monopoliyalarining o'ziga xos xususiyati - ular o'nlab va
yuzlab korxonalarni birlashtirar edi.
GERMAN IMPERIALIZMINING EKSPANSIYASI
asr oxirida Germaniya imperialistik g'oyalarni targ'ibotini kuchaytirdi, va uni xom
ashyo yetishmovchiligi va o'z mahsulot- larini sotish bozorlari cheklanganligi bilan
asosladi. Mamlakat iqtisodiyoti ichki bozor chegarasidan chiqib ketdi, lekin arzon
narxlardagi xom ashyo keladigan va o'zida ishlab chiqarilgan tovarlarni bojlarsiz
sotish imkoni bo'lgan mustamlakalarga ega emas edi.
Milliy chegaralarni kengaytirish g'oyasi Pangerman ittifoqi- ni (1891 y.) yaratishda,
yangi hududlarni bosib olish zaruratida namoyon bo'ldi. Togo, Kamerun, ShimoliG'arbiy Afrika, Karolina, Marian va Marshallov orollari bosib olindi. Lekin baribir
Germaniya mustamlakalari Angliya mustamlakalariga nisbatan hudud bo'yicha 11
marotaba va aholisi bo'yicha 32 marotaba kichik edi.
Germaniyada qudratli harbiy-sanoat kompleksi shakllanib, unga mamlakatning
butun industriyasi ishlar edi. Armiya va flot- ga xarajatlar sezilarli oshdi.
Quruqlikdagi qo'shinlarning qurol- yarog'lari takomillashdi. Yirik harbiy-dengiz
floti shakllandi. Mamlakat jahonni qayta taqsimlashda qatnashish uchun urushga
tayyorlandi.
ETIBORINGIZ UCHUN
RAHMAT !
Download