Uploaded by xurshid karimqulov

11221Muzapparov AzamatQurilish mexanikasi.12variant

advertisement
Mavzu:STATIK ANIQ TEKIS FERMALARNI HARAKATLANUVCHI YUKLAR
TA’SIRIGA HISOBLASH
Reja:
1. Fermalarda ta’sir chiziqlar chizish to‘g‘risida tushunchalar.
2. Ferma sterjenlaridagi zo‘riqishlarning ta’sir chiziqlarini chizish.
1. Fermalarda ta’sir chiziqlar chizish to‘g‘risida tushunchalar.
Ba’zi hollarda tekis fermalarga doimiy yuklardan tashqari harakatdagi yuklar ham ta’sir etadi. Ma’lumki, qo‘zg‘almas tashqi
yuklar fermaning sharnirli tugunlariga qo‘yiladi deb qaralganligi sababli harakatdagi ko‘chma yuk ham fermani sharnirli
tugunlariga ketma-ket qo‘yib qaraladi. Harakatdagi yuk ta’siridan ferma sterjenlaridagi zo‘riqishlar miqdori o‘zgarib boradi.
Zo‘riqishlarning o‘zgarishini tasvirlash uchun ta’sir chiziqlari chiziladi.
Harakatdagi yukning ferma tugunlariga qo‘yib qaralishi balkaga yuklarni tugunlar orqali uzatishga aynan o‘xshashdir. Shu
sababli ferma elementlaridagi zo‘riqishlarning ta’sir chiziqlarini chizishda yuklarning tugun orqali asosiy balkaga uzatishdagi ta’sir
chiziqlar chizish qoidalari qo‘llaniladi.
2. Ferma sterjenlaridagi zo‘riqishlarning tasir chiziqlarini chizish.
Ferma elementlarida ta’sir chizig‘ini chizish tartibini quyidagi misolda ko‘ramiz.
Misol. 9.1-rasmda tasvirlangan poligonal ferma elementlaridagi zo‘riqishlarning ta’sir chizig‘ini chizish talab qilinsin.
h = 2 m; d = 1 m.
Echish: P = 1 yuk fermaning pastki belbog‘i bo‘ylab harakatlansin.
a ). Ferma tayanch reaksiyalarining ta’sir chiziqlarini chizish.
Ferma tayanch reaksiyalarining ta’sir chiziqlari oddiy balka tayanch reaksiyalar ta’sir chiziqlariga aynan o‘xshash bo‘ladi.
b). Fermaning pastki belbog‘i sterjeni zo‘riqishining ta’sir chizig‘ini chizish.
Pastki belbog‘ning 3-5 elementidagi U3-5 zo‘riqishining ta’sir chizig‘ini chizish uchun fermani I-I kesim bo‘yicha kesib,
ko‘chma birlik yukning ikki holatini tekshiramiz.
XULOSA
XULOSA
Ushbu mustaqil ta’lim mavzusi yuzasidan o’zim uchun kerakli bo’lgan ma’lumotlarni bilib
oldim. Fermalarning ta’sir chiziq;lari to’g’risidagi tushunchalar, sterjen zo’riqishlarining
ta’sir chiziqlari va ularni chizish ‘ statik aniq fermalarni harakatlanuvchi yuklar ta’siriga
hisoblash ko’nikmalarini egalladim.
Download