Uploaded by mirsaminovam

madinaaa

advertisement
1-MA’RUZA: DISKLARGA XIZMAT KO’RSATUVCHI DASTURLAR:
SHIKASTLANGAN FAYLLAR VA DISKLARNI TIKLASH
REJA:
1. Disklarga xizmat ko’rsatuvchi dasturlar
2. Shikastlangan fayllar va disklarni tiklash
Qattiq diskni himoya qilishning 5 ta usuli
Kompyuteringiz kerakli tarzda yuklanmayaptimi, va siz qandaydir g’alati
tovushlarni eshityapsizmi, nahotki qattiq diskda joylashgan barcha ma’lumotlar
kuyib ketgan bo’lsa? Xo’sh, siz qattiq diskni (vinchesterni) himoya qilish uchun
nima qildingiz? Endi bu haqda o’ylashga ancha kech bo’ldi.
Qattiq diskingiz ishlashiga kafolot beruvchi uni himoya qilishning 5 ta usuli bilan
tanishing.
1. O’z ma’lumotlaringizning rezerv (zahira) nusxalarini yarating.
Qattiq
diskda
ma’lumotlarni
saqlashning
eng
yaxshi
usuli
–
bu
ma’lumotlarning rezerv nusxalarini yaratishdir. Shaxsiy ma’lumotlarni boshqa
qattiq diskka ko’chirish – bu usullardan birinchisi, ammo u ancha ko’p vaqtni oladi
va hammasini qo’lda qilishga to’g’ri keladi. Yaxshisi avtomatik rezerv nusxa
ko’chiradigan dasturdan foydalangan ma’qul, u nusxa ko’chirishni rejalashtirilgan
oraliqlarda bajaradi.
Bu dasturlardan biri Windows XP Home va Professional amaliyot tizimi bilan
birga yetkazib beriladi. U Windows XP tizimi bilan avtomatik tarzda o’rnatilgan.
Agar sizda Windows XP Home Edition bo’lsa, u holda bu dasturni Windows
o’rnatish diskidagi “valueaddmsftntbackup” papkasida (jildida) topish mumkin.
Rezerv nusxa ko’chirish dasturi fayllaringizning rezerv nusxasini yaratadi. Rezerv
nusxa ko’chirish yordamida fayllarni tiklash uchun, ehtimol, Windows ni qayta
o’rnatishga to’g’ri kelishi mumkin, shu sababli o’rnatish diskini doimo qo’l
oldingizda saqlang. Agar siz baribir Windows ni takror qayta o’rnatishdan
qochmoqchi bo’lsangiz, u holda siz butun qattiq diskning tasvir “Образ” ini
yaratishingiz lozim. Buni rezerv nusxa ko’chiradigan turli dasturlar yordamida
qilsa bo’ladi. Masalan: Clonezilla, Acronis va hokozolar.
2. Parol bilan himoyalash.
Parol bilan himoyalash va ma’lumotlarni shifrlash – ular yordamida
foydalanuvchilar qattiq diskdagi ma’lumotlarni himoya qilishlari mumkin eng
sodda usullardan biridir. Windows tizimida parolni o’zgartirish uchun “Пуск”
menyusi ochiladi → “Панель управления” → “Учётные записи пользователей”
va so’ngra quyidagi qator o’zgartiriladi “Изменить мой пароль”. Endi
esa
ma’lumotlarni qanday shifrlash to’g’risida. Shuni qayd qilish kerakki, shifrlash
faqat Windows XP tizimida va NTFS fayl tizimi o’rnatilgandagina imkoniyatli
bo’ladi. Fayl yoki papkani shifrlash uchun, sichqonchaning o’ng tugmachasi
bilan o’sha faylga bosing, “Свойства” → “Дополнительно” ilovasini tanlang
va “Шифровать содержимое для защиты данных” qarshisida galochka qo’ying.
Endi sizda boshqa hech kim bu ma’lumotlarni o’qiy olmaydi. Siz menyuda yorliq
(yarlik) yaratib, shifrlash jarayonini yengillashtirishingiz mumkin. Reestrni oching
va
“HKEY_LOCAL_MACHINESOFTWARE
Microsoft
Windows
Current
Version Explorer Advanced” ni tanlang. “Изменить” → “Новый” → “DWORD
Value” ni tanlang va uni “Encryption Context Menu” deb qayta nomlang. Una ikki
marta bosing va 1 raqamini kiriting. Endi har qanday faylga ikki marta
bosilganda shifrlash va shifrlash (deshifrlash) ni bekor qilish bo’yicha vazifalar
mujassam bo’lgan menyu ochiladi.
3. Windows tizimini qayta tiklash paneli.
Tasavvur qiling, sizning amaliyot tizimingiz ishdan chiqdi va qattiq disk
yuklanmayapti. Nima hammasi yo’qqa chiqdi deb o’ylaysizmi? Albatta, yo’q!
Windows
XP
komplektiga
Windows
qayta
tiklash
paneli
(“Панель
восстановления”) deb ataladigan kuchli instrument kiradi. Bu tizimli fayllar
va papkalarni
tiklashga
imkon
beradi,
shu
tariqa siz qattiq
diskingiz
ma’lumotlarini saqlashingiz mumkin. Afsuski, tizim bo’yicha (avtomatik) bu qayta
tiklash paneli “o’chirib qo’yilgan” – ya’ni cheklangan rejimda ishlaydi.
Cheklovlarni olib tashlash uchun quyidagi harakatlarni amalga oshirish zarur:
Windows tizimida xavfsizlikning lokal sozlanmalarini oching (“Pusk ” menyusini
bosing → “Выполнить” → “secpol.msc” ni kiriting). Oching: “Параметры
настройки
безопасности”
→
“Локальные
политики”
→
“Варианты
безопасности” va “Панель восстановления” ilovasiga ikki marta bosing. Floppi –
nusxa yaratishga ruxsat berishni qo’ying va barcha disk va papkalarga ruxsatni
oching. “Позволить” ni, so’ngra esa “Ok” ni bosing. Bu siz uchun to’la ruxsatni
sozlab beradi. Endi agar qachondir Windows ishdan chiqib qolsa, u holda “Панель
восстановления” ni ishlating va AllowAllPaths=True” so’zini yozib kiriting.
“Панель восстановления” ni ishga tushirish uchun disk yurituvchiga qayta yuklash
(перезагрузка) uchun “R” ni bosgan holda Windows o’rnatish diskini kiriting.
Shundan so’ng har qanday buyruqlarni amalga oshirishingiz mumkin va kerakli
buyruqlarni bilmasangiz, kerakli buyruqlarni yuklab olish uchun “help” so’zini
yozing.
4. Defragmentatsiya uchun joy bo’shating.
Qattiq disk ma’lumotlarini saqlashning yana bitta usuli – defragmentatsiya
dasturi. Hech qachon defragmentatsiya qilinmaydigan ikkita fayl bor: bular –
“Fayllarning bosh jadvali” va “Podkachka файли”. “Fayllarning bosh jadvali”
qattiq disk ma’lumotlari to’g’risida axborotni saylaganligi uchun, u doim kengayib
boradi. Qattiq disk optimal (maqbul) tarzda ishlashi uchun unga kattaroq joy
ajratish
kerak.
Reestrni
oching
va “HKEY_LOCAL_MACHINESYSTEM
Current Control Set Contro lFilesystem” kaliti (ключи) joyini aniqlang.
“NtfsMftZoneReservation” satrlarini toping va 2, 3 yoki 4 ni kiriting. Bu sonlar
fayllarning bosh jadvali uchun tegishli tarzda: 25, 37.5 va 50 foiz ajratiladigan joyni
ko’rsatadi. “Podkachka файли” ni kengaytirish uchun 256 Mb OZU ga (operativ
xotiraga) ega ekaningizga ishonch xosil qiling, so’ngra esa “Пуск” menyusini
bosing, “Панель управления” → “Система” → “Дополнительно” →
Параметры быстродействия” tugmachasini bosing → “Дополнительно”
ilovasini tanlang, so’ngra esa “Изменить” ni bosing. “Без файла подкачки”
ni tanlang va barcha darchalarda (oynalarda) “OK ” ni bosing. Tizimni qayta
yuklang (перезагрузка) va defragmentatsiya jarayonini ishga tushiring. Shundan
so’ng yuqorida
aytilgan
qadamlarni
yana
bir
marta
qayta
takrorlang.
“Установить начальный размер” va “Максимальный размер файла подкачки”
ni (taxminan sizdagi OZU dan 2 – 4 marta ko’proqni) tanlang. Endi “Podkachka
файли” fragmentatsiya bo’lmaydi.
5. Keraksiz fayllardan xalos bo’ling.
Qattiq diskda ma’lumotlarni himoya qilishning so’nggi usuli eski keraksiz
fayllardan xalos bo’lishdir. Masalan: siz kompyuteringizning tezligi va
mahsuldorligini pasaytiradigan ishlatilmaydigan dasturlarni olib tashlashingiz
mumkin. “Панель управления “→”Добавить или удалить программы” ni
tanlab ularni deinstallatsiya qiling. Shuningdek yaxshi “anti-spyware” dasturini
o’rnatish ham foydadan xoli bo’lmaydi. “Spyware” – bu sizning harakatlaringiz
ustidan josuslik qiluvchi, zarar keltiradigan dasturiy ta’minot bo’lib, u turli keraksiz
qalqib chiquvchi darchalar va boshqa narsalarni yaratadi. Bu zararli dastur,
tizimingizning
qimmatbaho zahiralarini (resurslarini) iste’mol qiladi va ular
nomoyon bo’lgan taqdirda darhol olib tashlanishi kerak.
Siz albatta tekshirishingiz lozim bo’lgan komyuteringizning boshqa sohasi –
vaqtinchalik fayllar papkasi. Bu papka faqatgina ma’lumot doimiy emas, balki
ma’lum vaqt unda fayllarni saqlaydigan Windows amaliyot tizimi tomonidan
foydalaniladi. Agar bu fayllardan foydalanib bo’lgandan so’ng ham qolib
ketadigan bo’lsa, ular kompyuteringiz ishini sekinlashtirishi mumkin. Vaqtinchalik
fayllar papkasini quyidagicha topish mumkin: “C” disk ochiladi → “Documents
and Settings” va sizning foydalanuvchi nomingiz mavjud papka ochiladi. So’ngra
esa qaysi fayllar eskirgan va ularni olib tashlash mumkinligini aniqlash uchun sana
bo’yicha fayllar saralanadi. Kompyuterning eng muhim komponentlaridan biri –
qattiq disk. Bu yerda taqdim etilgan usullardan ko’pchiligi maqbul variantlar
bo’lib, ular alohida texnik ko’nikmalarni talab qilmaydi. Shikastlangan fayllar va
disklarni
tiklash
O’chirilgan
fayllarni
tiklovchi
dasturlar
Sizning
kompyuteringizdan fayl format orqali o’chib ketgan bo’lsa, yoki ayrim
sabablarga ko’ra o’chirilgan bo’lsa bu fayllarni tiklash yo’li oson buning uchun
maxsus dasturlar mavjud masalan: “RecoverMyFiles”, “R-Studio” “Power Date
Recover” yoki “7 Date Recover”. Bular va bundan boshqa dasturlar mavjud buni siz
internet tarmog’idan yuklab olishingiz mumkin. “RecoverMyFiles-Setup_2” ning
ishlash prinsipi bilan tanishamiz. Dasturni o’rnatganingizdan so’ng quyidagi amallar
bajariladi.
“Мастер Recover My Files” dastur oynasining ko’rinishi. “Мастер Recover
My Files” dastur oynasidan, “Полное восстановления” bo’limi orqali format
bo’lib ketgan fayllarni tiklashingiz mumkin.
“Ручная настройка” bo’limi tanlanganda “Параметры” oynasi
ochiladi.Yerda tanlash orqali faylning tipini, ya’ni faylning kengaytmasini
tanlaysiz bunda sizga kerak bo’lgan fayl kengaytmasini tanlang.
“Мастер Recover My Files” dastur oynasidan, “Полное восстановления”
bo’limini tanlang va “Старт” tugmasini bosing, Tiklash kerak bo’lgan disk (C:, D:,
G:, H: va hokozolar) ni tanlaysiz “Старт” tugmasini bosing.
“Recover My Files – Выполнение поиска” dastur oynasida, tanlangan
diskdagi o’chib ketgan fayllarni qidiradi va tiklaydi.
“Recover My Files Подождите…” dastur oynasidan, tiklangan fayllarni
tanlab “Сохранить файл” bo’limi orqali tiklangan faylni saqlang va
jarayonni tugating. Faylni tiklash 80-90 % ni tashkil qiladi.
Savol va topshiriqlar:
1. O’z ma’lumotlaringizning rezerv (zaxira) nusxalarini yaratish usuli?
2. Parol bilan himoyalash nima?
3. Windows tizimini qayta tiklash paneli haqida gapiring?
4. Defragmentatsiya uchun joy bo’shatish qanday amalga oshiriladi?
5. Keraksiz fayllardan xalos bo’lish deganda nimani tushunasiz?
Download