Uploaded by Sultonmurod Eshonqulov

Qimmatbaho metallar bozori r

advertisement
DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA
INSTITUTI
TADBIRKORLIK VA BOSHQARUV FAKULTETI
BIZNESNI BOSHQARISH YO`NALISHI 4BB-22 GURUHI
TALABASI
BO’TAYEV ANVARNING
MOLIYA BOZORI FOND BIRJASI FANIDAN
QIMMATBAHO METALLAR BOZORI MAVZUSIDA
TAYYORLAGAN
MUSTAQIL ISHI
Tayyorlovchi:
A.Bo’tayev
Qabul qiluvchi:
A.Sheraliyev
Denov-2023
QIMMATBAHO METALLAR BOZORI
REJA:
Qimmatbaho metallar bozori xususiyatlari, ishtirokchilari
Qimmatbaho metallar bozori xususiyatlari, ishtirokchilari
Oltin bozori amal qilish mexanizmi
Oltin bozori amal qilish mexanizmi
Qimmatbaho metallar haqida qiziqarli faktlar
Qimmatbaho metallar haqida qiziqarli faktlar
QIMMATBAHO METALLAR BOZORI XUSUSIYATLARI
Bugungi kunda moliya bozorida qimmatbaho metallar savdosi keng doirada
kuzatiladigan amaliyotlardan biridir. Bunga har bir mamlakatda oltin-valyuta
zaxirasini muntazam oshirib borishga alohida eʼtibor qaratilishi ham bevosita taʼsir
koʻrsatmoqda. Valyutalar boʻyicha oltin standart amal qilgan vaqtda oltinga talab
keskin yuqori boʻlgan va bu oʻz navbatida qimmatbaho metallar bozorida oltinning
ulushi keskin yuqoriligiga ham xizmat qilgan. Valyutalar boʻyicha oltin standart
bekor qilingach qimmatbaho metallar bozorida oltinning ulushi nisbatan pasaygan
holda kumush, olmos, platina, palladiya va boshqa qimmatbaho metallar bozori
ham rivojlana boshladi.
Jahon bozorida qimmatbaho metallarning strategik roli yuqorida taʼkidlanganidek,
bunday aktivlarga talabning yuqori darajadaligi bilan izohlanadi.
Xususan, xalqaro darajada oltin yombilari va tangalarining yuqori likvidliligi
kapital qoʻyilmalarning asosiy uchta asosiy sohalari oʻrtasidagi tenglikka
asoslangan:
qimmatbaho metallarni qazib olish va ishlab chiqarish
zargarlik buyumlari ishlab chiqarish va ular savdosi
qimmatbaho metallardan yombilar va tangalarning moliyaviy muomalasi
Bungungi kunda jahonda qimmatbaho metallar bozori oltin bozori, kumush bozori,
platina bozori, palladiya bozori va boshqa sektorlar boʻyicha faoliyat yuritmoqda.
Qimmatbaho metallar bozorida aynan qimmatbaho metallar savdo predmeti boʻlib
xizmat qiladi.
Qimmatbaho metallar qazib oluvchi korxonalardan kelib tushadi. Ularning bozorga
taʼsir koʻrsatishi yetkazib berayotgan mahsulot hajmiga bevosita bogʻliq
hisoblanadi. Qazib olingan qimmatbaho metallar sanoat korxonalari hamda
zargarlik ustaxonalari tomonidan tayyor mahsulotga, zargarlik buyumlariga
aylantiriladi. Birjalarning qimmatbaho metallar bozorining muhim ishtirokchisi
sifatida qaralishi ayrim mamlakatlardagi birjalarda aynan qimmatbaho metallar
bilan savdo qilinuvchi seksiyalar mavjudligi bilan izohlanadi.
Investorlar ishtiroki esa bunday aktivlar orqali faoliyatni diversifikatsiyalashda
namoyon boʻlishini qayd etish mumkin. “Markaziy banklar qimmatli metallar
bozorida koʻp qirrali oʻrinni egallaydi. Ular oltin bozoridagi eng yirik operatorlar
boʻlib hisoblanadi va bir vaqtda bu oltin bilan savdo qilish qoidalarini belgilab
beradi.
Xalqaro metallar bozorida ham hosilaviy instrumentlar ham keng doirada
qoʻllaniladi. Bunda svoplar, fyucherslar, opsionlar, forvardlar qoʻllanilishi alohida
ahamiyat kasb etadi.
Xalqaro oltin bozorlari Syurix, Gonkong, London, Nyu-York, Dubay kabi
shaharlarda joylashgan. Xalqaro bozorlarning uncha koʻp boʻlmagan
ishtirokchilariga nisbatan yuqori talablar qoʻyiladi. Bunday ishtirokchilar odatda
obroʻsi yuqori va moliyaviy ahvoli yaxshi boʻlgan ixtisoslashgan kompaniyalar va
yirik banklardir. Qimmatbaho metallar bilan yirik operatsiyalar bozorlarda kunutun oʻtkaziladi, bu esa oltinga aloqasi boʻlgan keng tarmoqlangan mijozlar
tarmogʻi bilan taʼminlanadi. Operatsiyalar qatʼiy tartibga solinmagan, qoidalarni
bozor ishtirokchilarining oʻzlari belgilashadi.
Download