Bitiruv malakaviy ishni bajarish— oliy o‘quv yurti bakalavriatida talabalarni o‘qitishning yakuniy bosqichidir. Bitiruv malakaviy ishi talabaning oliy o’quv yurtini muvaffaqiyatli bitirib,belgilangan bilimlarni to’liq egallab ishni yozish orqali malakali kadr bo’lib shakllanganligini ko’rsatuvchi hujjatdir. Malakaviy ishni bajarish maqsadi: Talim bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash va kengaytirish, olingan bilimlarni muayyan ilmiy, ishlab chiqarish, madaniy vazifalarni hal etishda qo‘llash; Ijodiy ishlash, ishlab chiqilayotgan masalaning (muammoning) qo‘yilish jarayonidan boshlab, uni to‘la nihoyasiga yetkazish bo‘yicha qaror qabul qilishda bo‘lgan masuliyatni his etishga o‘rgatish; Bitiruv malakaviy ishlarning mavzusi Malakaviy ishlar mavzusi muammoning zamonaviy holatini fan, talim va madaniyatning istiqboliy rivojlanishini aks ettirishi kerak. Malakaviy ishlar mavzusi mutaxassis chiqaruvchi kafedra tomonidan belgilanadi va oliy o‘quv yurti yoki fakultetning ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlanadi hamda uch yilda bir martadan ortiq qayta ko‘rib chiqilmaydi. Malakaviy ishlar mavzusining yillik ro‘yxati bitiruv amaliyoti boshlanishiga qadar yoki bitiruv kursining boshida elon qilinadi. Talabalarga (reytinglari bo‘yicha kamayish tartibida) malakaviy ishlarning mavzularini tanlash huquqi beriladi. Talaba yoki talabaning o‘qishi uchun to‘lovkontrakt mablag‘ini to‘lovchi buyurtmachi zaruriy asoslar bilan malakaviy ishlar mavzusi bo‘yicha o‘z variantlarini taklif etishlari mumkin. Malakaviy ish mavzusi va rahbarni talabaga biriktirish kafedraning taqdimnomasi bo‘yicha rektorning buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi . Ish rahbari, malakaviy ishning mavzusiga muvofiq talabaga malakaviy ishga tegishli materiallarni to‘plash bo‘yicha (jumladan, malakaviy amaliyot o‘tkazish davrida ham) topshiriq beradi. Topshiriqning shakli oliy o‘quv yurtining o‘quv bo‘limi tomonidan belgilanadi. Topshiriq malakaviy ish bilan birgaliqda Davlat attestatsiya komissiyasiga taqdim etiladi. Bitiruv malakaviy ishini yozish va himoyaga tayyorlanish quyidagi bog’liq bosqichlaridan iborat. 1. Davlat tomonidan olimlarga ijtimoiy buyurtma qilib qo’yilgan va yechimini kutib turgan masalalar orasida tadqiqot mavzusini tanlash va adabiyotlar bilan dastlabki tanishish. 2. Adabiyotlar bilan ishlash va mavjud birlamchi materiallar bilan tanishish, Bitiruv malakaviy ishini yozish muddatini belgilash. 3. Tuzilgan reja bo’yicha birlamchi materiallarni to’plash va maxsus adabiyotlarni tahlil qilish. 4. Yig’ilgan materillarni qayta ishlash, ularni tahlilini o’tkazish va Bitiruv malakaviy ishini yozib ilmiy rahbarga taqdim etish. 5. Bitiruv malakaviy ishiga tuzatishlar kiritish va unga taalluqli chizma model yoki buyumni tayyorlash. 6. Tuzatishlardan keyin ishni ilmiy rahbarga ko’rsatib uning roziligini olish va ishni himoyaga tayyorlash. Himoya va uning tantanasini o’tkazish .Bitiruv malakaviy ishini bosqichma bosqich amalga oshirish muddatlari jadval shaklida tuzilib uch nusaxada tayyorlanadi va kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi.