7-mavzu. Tarixiy jarayonda jamiyatning madaniy va ma’naviy qadriyatlari. Jamiyat va tarix falsafasi. Reja: 1. Jamiyat va tarixning o’zgaruvchanligining falsafiy jihatlari. 2. Tarix falsafasining tuzilishi va funksiyalari.Demokratik davlat va fuqarolik jamiyatida nodavlat tashkilotlarning tutgan o’rni. 3. Sivilizasiya tushunchasining tahlili va turli yondashuvlar tasnifi. 4. Qadriyat tushunchasining tavsifi va mohiyati.Qadrlilik va qadrsizlanish ,ularning ijtimoiy xarakteri . Inson va insoniyat borlig’i o’ziga xos betakrordir. Bu borliqning hamma odamlarga xos tomonlari bor. Inson borliq sifatida tabiat bilan uzviy bog’liq. Chunki inson kosmosning (koinotning) faol qismi sifatida u bilan bog’liq holda yashaydi, mavjud bo’ladi. Inson tabiat evolyusiyasining ajralmas qismi sifatida o’ziga xos ijtimoiy evolyusiyani tashkil etadi. Insonlar esa o’zaro birlikda jamiyatni tashkil etadi. Ijtimoiy falsafa jamiyatning mohiyati va uning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganadi. Biz falsafa tarixiga nazar solsak jamiyat sirlarini ochish uchun harakat qilmagan falsafiy yo’nalishni ko’rmaymiz. Platon o’zining «Davlat» nomli asarida jamiyat to’g’risidagi ta’limotni g’oyalar dunyosining sir-asrori bilan bog’liq holda o’rgandgan. Abu Nasr Forobiy «Fozil odamlar shaxri» asarida insonlar o’rtasidagi munosabat, birgalikda yashash, tinch-totuv bo’lish to’g’risida «hamkorlik, moddiy va ma’naviy totuvlik jamiyatning asosini tashkil etadi»,- deb ta’kidlaydi. O’rta asr g’arb falsafasida jamiyat to’g’risidagi qarashlarda teosentrik nazariya ustuvor bo’lgan. Yangi zamon falsafaning vakillari, Gobbs va Lokklar davlatning shartnoma konsepsiyasini va shu asosda ijtimoiy shartnoma konsepsiyasini ishlab chiqdilar. Falsafa kursida ijtimoiy shartnoma bo’lishi va uning huquqiy, dunyoqarash ahamiyati bayon etila bordi. Gegel jamiyat, madaniyat sohalarning ilmiy-falsafiy asoslarini maydonga tashladi. Ijtimoiy hayot ham tabiat singari obyektiv qonunlarga ega. Bu qonunlar inson irodasiga, xohishiga bog’liq bo’lmagan holda mavjud deb ko’rsatdi. Marks jamiyatni ijtimoiy munosabatlar yig’indisidan iborat deb aytdi. Biroq Gegel ham, Marks ham jamiyatdagi qonunlarni mavhum, konkret shaxs faoliyatidan ajralgan holda o’rgandi. Pozitivizm (Kont, Spenser) tabiat fanlaridan maxsus ijtimoiy fanlarni ajratdi va jamiyat uning o’ziga xos xususiyatlari o’rganuvchi – sosiologiyaga asos soldi. Hayot falsafasi va fenomologiya (Gusserl, Shyus) kundalik hayot ijtimoiyogiyasini o’rgandi. Hozirgi zamon ijtimoiy falsafasining o’ziga xos tomoni nimada? Bunda gap ijtimoiy jarayonlarga falsafiy yondoshish xaqida ketadi. Afsuski, uzoq vaqt davomida-sho’rolar hukmron bo’lgan davrda jamiyat to’g’risidagi ta’limotda markscha – lenincha qarashlar hukmron edi. Bugungi kunda ham bu qarash ijtimoiy hayotni yangicha tahlil qilishga halaqit bermoqda. Zamonaviy ijtimoiy falsafada jamiyat ma’naviy birlik, inson faoliyati, inson mahsuldorligi hamda mantiqiylik nuqtai nazarda tahlil qilinmoqda. Insonning «Tabiatdan jamiyatga» konsepsiyasi falsafada jamiyatni naturalistik tushunish deb ataladi. Bu konsepsiyada jamiyatning rivojlanishida geografik va demografik omillarning o’rni qaraladi asosiy deb. Odamning paydo bo’lishi Darvin ta’limoti asosida tushuntiriladi. ijtimoiy borliqqa biolog – tabiatshunos ko’zi bilan qaraladi. Psixologizm konsepsiyasi. Bunda ijtimoiy hodisani insonning murakkab ruhiyati bilan bog’laydilar. Ularning fikricha, ijtimoiy hayot ruhiy – fiziologik holat bilan belgilanadi. Biroq madaniyat, inson amaliy faoliyatini ruhiy – fiziologik nuqtai nazardan to’la – butkul izohlab bo’lmaydi. Hozirgi kunda ijtimoiy hayotni tekshirishda ruhiy tahlil nazariyasi o’stivorlik qilmoqda. Ruhiy tahlil asoschisi Freyd jamiyatni inson ruhiy dunyosidagi instinkt bilan izohlaydi. Uning fikricha, ikki instinkt inson hayotida eng muhim ahamiyatga ega. Gap hayot instinkti eros va o’lish instinkti tanatos haqida boradi. Insonning jinsiy moyilligi negizidagi ikki instinkt kurashi ijtimoiy borliqning asosida turadi. (1) Freyd. Din, axloq, ijtimoiy hissiyotlar tajovuzkorlik instinktini bo’shashtiradi. ijtimoiy va axloqiy qoidalar insonning ongsiz faoliyatiga zid kelganligi uchun muayyan sivilizasiya taqiqlagan, ongdan ustun turgan normalarni inson ba’zan buzadi. Ruhiy tahlil falsafasining vakili Fromm insonning ma’naviy hayotini ijtimoiy munosabatlar va inson xarakteri nuqtai nazaridan izohlaydi. Inson xarakteri ijod qiluvchi, yaratuvchilikka qaratilgan bo’lib, inson o’z borlig’ini, insoniyligini namoyon qilib yashaydi. Inson ana shunday faoliyatini namoyon qilishi uchun ijtimoiy sharoit bo’lishi kerak. (2) Fromm. XX asr falsafasidagi ijtimoiy psixologik oqim o’z qarashlarini ijtimoiy amaliy ta’sir konsepsiyasida (M. Veber, G. Parsons) davom ettirdi. Ular harakatdagi shaxsning boshqa odamlarga, boshqa obyektga ta’siri haqida fikr yuritadilar. Har bir individ (yakka shaxs) ijtimoiy normalarni o’zicha «dasturlantiradi» va ijtimoiy hayotni o’zining ana shu mustaqil nuqtai nazaridan baholaydi, masalalarni hal qilish bo’yicha qaror qabul qiladi va shu asosda faoliyatda bo’lib, u yoki bu vazifalarni bajaradi. Butun jamiat ijtimoiy amaliy ta’sir tizimi sifatida namoyon bo’ladi. Bu konsepsiya ko’pincha ijtimoiy aloqa tizimida shaxsni mutlaqlashtirishni qoralaydi. Bunga javoban simvolik interaksionizm o’zaro talab javobini beradi (J. Mid). Midning fikricha, o’zaro ta’sir (interaksiya) simvolik ta’sir bo’lishi mumkin. Ta’sir etuvchi shaxs, albatta, boshqa odam ta’siriga javob beradi. Faoliyatda bo’lgan har bir obyekt o’zi bajarayotgan jarayon uchun simvolik bo’lib xizmat qiladi. Har bir odam o’z rolini o’ynaydi; shifokor, olim, talaba va hokazo kim bo’lmasin, baribir hammalarining o’z roli bor. ... dunyo – teatr, Bunda ayollar, erkaklarning har biri artistdir, Ularning sahnaga chiqishi, ketishi bor, Har biri o’z rolini boshqacha o’ynaydi. U.Shekspir «Men» – ijtimoiy tajriba belgilagan rolni o’ynayman. Individ ijtimoiy munosabatlar asosida shakllanib boradi. Uning ijtimoiylashishi ana shu tarzda namoyon bo’ladi. Inson predmet ta’sirida emas, balki ijtimoiy omillar ta’sir shakllanib boradi, deb ta’kidlaydi Marks. XX asrdagi ijtimoiy konsepsiyalardan biri «Lingvistik tub o’zgarish» deb ataladi. Ularning fikricha, til insonning eng muhim belgisi, shu bois u jamiyatning qiyofasini belgilaydi. Yu. Xabermas odamlar orasidagi munozara ma’lum qoidalarga asoslanadiki, shu asosda munosabatlar shakllanadi, birgalikda faoliyatda bo’lish tamoyillari ishlab chiqiladi, deb yozadi. Jamiyat kommunikativ – diskurtiv (birgalikda dunyoni tushunish) bir butunlik asosida tashkil topadi. Bunda oshkoralik, demoqratiya, tanqidiylik hukmron bo’ladi. Biz yuqorida ijtimoiy falsafaning turli konsepsiyalarini ko’rib chiqdik. Ayrim shaxs faoliyati asosida butun bir xalq, millat haqida hulosa chiqarish mumkinmi? Bu savolga ijtimoiy falsafa hozircha «yo’q» deb javob bermoqda. Jamiyat shunday tashkil qilingan tizimki, unda alohida shaxsdan tashqari ma’naviy hayot, inson simvolik (ramziy) dunyosi va shu faoliyatning natijasi ham mavjuddir. Demak, jamiyat insonlarning tizimli tashkil qilingan birgalikdagi hayotiy faoliyatidan iborat. ijtimoiylik – jamiyatga tizimli tavsif berish demakdir. ijtimoiylik (ijtimoiyllik) deganda insonlarning birgalikda mavjud bo’lishini xarakterlaydigan hamma hodisalar tushuniladi, bu tabiiy – fiziologik – biologik jihatdan farq qiladigan tomonidir. ijtimoiy yoki ijtimoiylik odamlar o’rtasidagi bevosita yoki bilvosita munosabatlarning o’zaro ta’siri natijasida jamiyatning turli qatlamlarga bo’linishidir. Insonlar munosabatisiz ijtimoiylik mavjud bo’lmaydi. Uning tashuvchisi inson va mahsulotlar yaratishdagi insonning faoliyatidir. Ijtimoiylik (ijtimoiylik) har qanday shaxsga xos xususiyat. Insonning ijtimoiylashuv jarayonini o’rganish alohida shaxs ongining ijtimoiy tomonini o’rganishdan boshlanadi. Alohida odam ijtimoiylikdan tashqarida qaraladigan bo’lsa, faqat uning ongi ruhiy, neyrofiziologik jihatdan qatnashganligi o’rganiladi, xolos. Ijtimoiylik boshqa odamning ta’siri, unga bo’lgan munosabatda paydo bo’ladi. Natijada insonning ruhiy dunyosi yangi ijtimoiy darajaga ko’tariladi. Jamiyat o’ziga xos eng ko’zga ko’rinmas munosabatlar asosida yakka shaxslar o’rtasidagi o’zaro munosabatning natijasi sifatida namoyon bo’ladi. Demak, ular o’rtasida ma’lum aloqalar mavjud bo’ladi. Jamiyat makrostrukturasi jihatdan odamlar, mutaxassislik, demografik, iqtisodiy - siyosiy dunyoqarash mazmuniga ko’ra, o’zaro turli xil aloqada bo’ladilar. Bu aloqalar kichik guruhlardan tortib xalq, millatqacha bo’lgan munosabatlarni o’z ichiga oladi. ijtimoiy tuzilishni o’rganganda jamiyatning makrostrukturasini aniqlash juda murakkab masala. Ularda umumiy o’zak, umumiy jismoniy birlik yo’q. Lekin ma’naviy birlik, fikrlash birligi, umumiy ong – ijtimoiy ong mavjud. Jamiyatning makrotuzilishi tizimli (sistemali) xarakterga ega. Uning sistemaliligi bir butun jamiyatni tashkil etadi. Jamiyatning bir butun tizimliligi bir makonda bo’laklarning birgalikda faoliyatda bo’lishini, jamiyatning birgalikda ishlashini ta’minlaydi. Alohida shaxslar ruhiyati – ongi asosida ijtimoiy ong vujudga keladi. Jamiyatning makrotuzilishga ega bo’lgan ijtimoiy hayoti bir butun ong va ruhiyatni tashkil qilishining sababi uning bir butun tizimli tuzilishga ega bo’lishidadir. Til, madaniyat, amaliyot, san’at, fan, axloqlarning ma’lum tizimga tushganligini hamma biladi. Biz tizim nuqtai nazardan qaraydigan bo’lsak, shaxsning ichki o’zgarish jarayonining ham bir butun sistemadan iborat ekaniligini ko’ramiz. Uning ongi, hissiyoti, tili va madaniyati, dunyoqarashi kabilar bir butun tizimga ega ekaniligini ko’rsatadi. Tizim oz sonli odamlardan, millat va xalqlardan ularning his tuyg’ulari, fikrlari, dunyoqarashining o’zaro birligi asosida tashkil topishi mumkin. Tizimda tartibsizlik (xaos) tartibga aylanib boradi. Ana shu tartib asosida madaniyat, san’at, axloq, til normalari vujudga keladi. Xalq, millatning ko’pchiligi unga amal qiladi. Ma’lum tizimdagi odamlarning juda ko’p umumiy tomonlari bor (urf – odat, an’ana, fikrlash stili va boshqalar). Biroq ularning o’ziga xos tomoni ham bor. Demak, ijtimoiylik tizimlilik ta’siri asosida umumiylik va o’ziga xoslikni o’z ichiga oladi. Jamiyat taraqqiyotida rasionallikning ahamiyati Falsafa fanni tahlil qilar ekan, uning asosiy xususiyatlari, bir butun umumiy yo’nalishlariga ahamiyat beradi. Ijtimoiy taraqqiyotning umumiy yo’nalishini harakatga keltiruvchi kuch nima? Falsafa bu savolga javob beradi. Ijtimoiy hayotni ilmiy tahlil qiladigan falsafa bormi? Ba’zi faylasuflar bu savolga salbiy javob beradilar. Chunki tabiatda zaruriyat, qonuniyat hukmron bo’lsa, jamiyatda erkinlik mavjud, shuning uchun inson irodasi, erkin tafakkurni qonunlashtirib bo’lmaydi, deydilar ular. Gegel va Markslar ijtimoiy hayotning o’z qonunlari bor va bu qonunlar inson ongidan tashqarida, uning ongiga, irodasiga bog’liq bo’lmagan holda mavjud, deb aytdilar. Marks ijtimoiy - iqtisodiy formasiya haqida o’z ta’limotini yaratdi. Bu konsepsiyaga ko’ra, jamiyat boshlang’ich jamoa tuzumidan qulchilikka, qulchilikdan feodalizmga, feodalizmdan kapitalizmga va undan kommunizmga muqarrar o’tadi. Bu Marks ta’limoti chiziqli, bir yoqlama tafakkurga asoslanganligidan dalolat beradi. Ikkinchidan, Gegel ham, Marks ham ijtimsoiy qonunlarni shaxs faoliyatidan ajratib qo’yganlar. Ular individning jamiyatdagi betakror o’rni va rolini inobatga olmaganlar. Strukturalistlar esa jamiyatning insondan tashqarida inson irodasiga bog’liq bo’lmagan tuzilishi haqida fikr yuritadilar. Ular jamiyat ma’lum qonuniyatlar asosida rivojlanadi, deb ko’rsatadilar va inson faoliyatiga e’tibor berish masalasida kamchilikka yo’l qo’yadilar. XX asrning ikkinchi yarmida falsafada "lingvistik" tub o’zgarish yuz berdi. Mantiqiy pozitivizm, analitik falsafa tarafdorlari, keyinchalik Vitgenshteyn kabi olimlar falsafada burilish yasadilar. Ular jamiyat to’g’risidagi fanni ma’lum fikrlarni ifoda etish bilan bog’ladilar. 1942 yilda Gempel ijtimoiy fan soha vakillariga mulohaza orqali deduktiv xulosa chiqarish modeliga o’tishni taklif qiladi. Biroq bu maktabning ayrim vakillari, jumladan, Vitgenshteyn Gempel mantig’i tor doirada ekanligini, tilning imkoniyati keng ekanligini, bitta sxema doirasida ish ko’rish mumkin emasligini ta’kidladilar. Bir necha bor munozaradan so’ng ijtimoiy qonunlar tabiat qonunlaridan farq qilishini tan olishdi. Biroq munozara hamon davom etmoqda. Tajribalar, eksperimentlar ijtimoiy hodisalarga ham tatbiq etildi. Natijada jamiyat o’rganish bo’yicha empirik sosiologiya kabi fanlar paydo bo’ldi. Neopozitivizm va postpozitivizmning fan dasturi ijtimoiy hayotga ham tatbiq etildi. ijtimoiy sohalar matematik model bilan o’rganilib, ma’lum muvaffaqiyatlarga erishildi. Nima uchun matematik formulalar, o’zining aniqligi bilan ajralib tursa-da, ijtimoiy sohada fizik formulalardan ustun tura olmadi? Matematik modelning iqtisodiyot sohasida qo’llanilishi juda katta natija bergan bo’lsa-da, tabiatdagi (oniy) lahza-tezlik, iqtisoddagi qiymat ko’rinishi fizikaviy model bilan hal qilindi. Zarrachalarning holati xuddi insonlar faoliyatidagidek erkin, oldindan bilib bo’lmas darajada ekan. Fizik-tadqiqotchi katta miqdordagi zarrachalarning holatini aniqlash uchun statistik qonunlarni ishlatadi. Alohida, yakka zarrachaning holati uchun esa ehtimollik nazariyasini qo’llaydi. Shunga o’xshash ijtimoiy hodisalarda ham alohida olingan odam faoliyatini ehtimollik nazariyasi asosida qayd qilinsa, ko’pchilikning faoliyati esa statistik qonun asosida yoziladi. Demak, jamiyat qonunlari o’ziga xos xarakterga ega bo’lish bilan birga tabiat qonunlari bilan o’xshashligi ham bor. Germenevtik metod esa ijtimoiy hodisalarning o’ziga xos tomonini talqin qiladi. (M.Veber, G.Parsons). Tabiat bizga begona... jamiyat esa-bizning dunyo (3) V.Diltey Biroq tabiat haqidagi ta’limot ham inson faoliyatining shaklidir. Ularni tushunish, anglash eng muhim masalalardan biridir. Jamiyat to’g’risidagi fan bormi? Albatta bor. Ma’lum faktlar, tajribalar asosida jamiyatni ilmiy o’rganishga kirishiladi. Inson o’zining bilimlari asosida jamiyatning rivojlanish yo’llarini, umumiy tendensiyalarini topadi. Bu esa fan yo’lidir. Jamiyatning inson o’rganmagan biror sohasi yo’q. Insonning qalbi kabi hodisalar borki, ular ham ilmiy tahlil qilinadi. Fan hamma vaqt haqiqatni ochishga intiladi. Fan uchun aqllilik eng asosiy o’rinni egallaydi. Demak, ijtimoiy hayot aqliy metod orqali, jamiyatning rivojlanishi esa uning normalari, usullari orqali esa o’rganiladi. Fan inson hayotining ichki, murakkab tomonlarini o’rganadi. Buni kundalik ong bilan hal qilib bo’lmaydi. Ilmiy tahlil, oldindan bilish ijtimoiy hayotga ham tegishli. Bu ilmiy-rasional metod orqali amalga oshadi. Bu yuksak tipdagi (rasionalllikdir) aqllilikdir. Rasionallik insonning ongli, maqsadga qaratilgan faoliyati sifatida qaraladi. Veber insonda to’rtta ijtimoiy ta’sir mavjudligini aytadi ko’rsatadi. Ular qattiq hayajon, an’anaviylik, rasional qadriyatlar uva rasionallikdir. Uning fikricha, eng asosiysi qattiq hayajondir. Bunda inson o’z xohishini qondirishga intiladi. Individ ana shu ustunlik asosida ish tutadi. qattiq hayajon hamma vaqt ham natija beravermaydi. Chunki u hamma vaqt ham o’ylangan, atroflicha fikrlangan bo’lmaydi. Bunda an’anaviy ta’sir, qoida va qonunlar ish beradi. O’tmishga tahlid qilish an’ana va odatlarga asoslangan bo’ladi. Bular qat’iy xulosalar bo’lib, odatda tanqid qilinmaydi. Rasional qadriyatlar ma’lum mustaqil harakatga ma’lum dastur asosida faoliyatda bo’ladi. Nihoyat maqsadli-rasional faoliyat. Bunda subyekt aniq dastur asosida maqsadga qaratilgan bo’ladi. Bu ijtimoiy hayotni o’rganishdagi rasional (aqliy) momentning o’sib borishidir. Faoliyatni o’rganishning rasional modeli maqsadli aqllilikni tashkil etadi. Jamiyat haqidagi fan avvalo maqsadli rasional-aqliy faoliyat bo’lib, bunda pragmatik metod ustun turadi. Tabiat fanlari esa pragmatik metodga emas, balki gipotetik-deduktiv metodga asoslanadi. Gipotetik-deduktiv metod fanda ish qanday holatda bo’ladi, degan savolga javob bersa, pragmatik metod o’ylangan maqsadga erishish uchun nima qilish kerak, degan savolga javob beradi. ijtimoiy falsafa Falsafa tarixida Qadimgi falsafada O’rta asrlarda Jamiyat nima? Jamiyatning mohiyati, xususiyati U yoki bu darajada muvaffaqiyatli, birligidan iborat. Jamiyatda adolatning adolatsizlik ustidan g’alabasi (Avesto) Dunyoviy haqiqatdan ilohiy haqiqatga intilish. Foniy dunyodan boqiy dunyoga tayyorgarlik. Yashashdan murod ezgulik (Ibn Sino). Jamiyat – insonlikdir. Insonlik mohiyati haqiqiy baxt saodatga erishuv ekan, inson bu maqsadni Yangi zamonda XX asrda o’zining oliy g’oyasi va istagiga aylantirib, bu yo’lda barcha imkoniyatlardan foydalansa, u baxt–saodatga erishadi (Forobiy) Insonlik tuzilgan ijtimoiy shartnoma asosida birgalikda yashashdir. (Lokk, Russo) Insonlarning birgalikda mehnat qilishi jarayonidagi o’zaro munosabat. Insonlarning ijtimoiy ta’siri tizimi bo’lib, u qadriyatlarni yaratish bilan belgilanadi (Veber, Parsons, Sorokin va boshqalar) Insonlarning yaxshi tashkil qilingan munozara normalari asosi yangi kommunikasiya aloqalaridir (Xabermas va boshqalar) Jamiyat taraqqiyotining asosi uni muqarrar halokatdan qutqarib qoladigan yagona kuch-ma’rifatdir (I. Karimov) Tarix yunoncha historia so’zidan olingan bo’lib, o’tmish voqyealar haqida hikoya, bo’lgan hodisalar degan ma’noni anglatadi. qadimgi dunyodayoq tarixga universal bilish sifatida qarab kelingan. O’tmishning bugun va kelajak bilan aloqadaligini tarix ko’rsatadi. O’tmishni qanday bilish mumkin? O’tmish bugungi kun bilan, kelajak bilan qanday aloqada bo’ladi? U yoki bu xalq tarixining bir butun universal ma’nosi bormi? Bu va shu kabi savolllarga tarix faldsafasi javob beradi. Demak, tarix falsafasini yaratish uchun bir butun inson evolyusiyasini, uning ma’no va mazmunini tahlil qilish kerak. Tarix falsafasi tarixni anglash, uning orqaga qaytmas jarayonini tushunib olishdir. Tarixning dramatik jarayonlarida insonning ishtiroki qanday? Bu savol ham bugungi kunda eng muhim masala bo’lib qoldi. Chunki har bir shaxs o’z o’tmishini va undagi ishtirok etgan avlodlarni bilishga qiziqadi, tarixiy jarayonda o’zining o’rnini belgilab olishga harakat qiladi. Demak, inson o’zining shu jarayondagi o’rnini, o’z ishtirokini, o’zining qadr - qiymatini bilishni istaydi. Inson tarixiy mavjudot sifatida vaqtning davomiyligini his qilib, unda o’z zimmasiga nimalar yuklanishini tushunib yashashga intiladi. Inson hayotning ma’nosini anglar ekan, u nafaqat bugungi kun tashvishi bilan yashaydi, balki o’tmish va kelajak haqida fikr yuritib, o’ylab, iztiroob chekib, quyinib, mamnun bo’lib yashaydi. Bu esa tarixni keng ma’noda tushunish demakdir. Yunonlar tarixga dunyoni estetik anglash, kosmosning garmoniyasi va undagi davriylikning yakuni sifatida qaraganlar. Kosmosda ham, inson hayotida ham uzluksiz almashish, aylanish yuz berishini qayd etdilar. Tabiatda issiqning - sovuq, yozning – kuz, qishning - bahor almashinuvi, ijtimoiy hayotda esa yaxshining - yomon, yovuzlikning - ezgulik bilan almashinuvi aylanma shaklda borayotganini ko’rdilar. Bu doira shakli abadiylik va o’tkinchilikning geometrik ramzini anglatadi, (doira boshlanishi ham, oxiri ham yo’q) degan fikrga keldilar. Bobokalon allomalarimiz dunyoni charxpalak shaklida ifodalashgan. Inson o’z tarixini o’zi yaratadi, undagi muammolarni keltirib chiqaruvchi ham, hal qiluvchisi ham insonning o’zidir. qadimgi falsafa tarixi, A.F.Losevning fikricha, abadiy tashkil topuvchi, abadiy qaytish, davriy bo’ladigan dunyo ongini (Geraklit) ruhning davomiyligi va ruhiyatning namoyon bo’lishi (Platon) shaklida ifodalagan. Yunonlar tarixning davomiyligini bilib, fojiali hollarni ham ko’rsatishgan. Tarixning fojiasi universal xarakterga ega emas. Tarixning oxiri yo’q. Biroq, qadimgi yahudiylar ta’limotiga ko’ra, tarix tugaydi, uning oxiri bor deyilgan. Tarixning oxiri borligi to’g’risidagi ta’limot esxologiya deb ataladi. Barcha dinlarda inson olloh tomondan yaratilgani va insoniyat tarixi ilohiy ifodaning sistematik reallashuvi ekanligi aytiladi (Avgustin). Esxologiya konsepsiyasi providensial (taqdir, ilohiy reja demakdir) ta’limot bilan uyg’unlashtiriladi. Bu konsepsiyaga Gegelning tarix falsafasi ham mos keladi. Gegel, yuqorida aytilganidek, tarixni tasodifiy, tartibsiz hodisa emas, balki ichki qonuniyat asosida rivojlanuvchi jarayon, deb qaradi. Biroq u tarixni bir chiziqda, bir yo’nalishda olg’a qarab ketuvchi jarayon, deb tushundi. Uningcha, tarixiy taraqqiyot o’zining olg’a qarab taraqqiy etishini ta’minlaydi. Natijada o’zining oxirgi maqsadiga erishadi. Fojialar, tarixiy iztiroblar, o’lish va adoyilikdagi azoblar, urushlar va shu kabi dramatik, tragedik hodisalar, Gegel fikriga ko’ra, tarixiy taqdirning reallashuv taraqqiyoti bo’lib, uning umumiy yo’nalishini, kelajagini o’zgartirmaydi. Taqdir konsepsiyasiga ko’ra, dunyo tarixi turli egri bugri yo’llar bilan olg’a qarab ketadi. Marksizm ham ana shu g’oyadan kelib chiqib, tarixni olg’a qarab boradi va oxirgi sinfsiz, har qanday muammolar hal qilingan kommunizmga o’tiladi, deb ko’rsatadi. Jamiyat XX asr falsafasida bunday qarashlarga qarshi ta’limotlar vujudga keldi. XX asr falsafasi kelajak ravnaqiga qarshi emas, kelajakka umidsizlik bilan qarashni ham targ’ib etmaydi. aksincha XIX asrda yaratilgan progress tushunchasining kamchiliklarini tushuntirib, kelajak to’g’risida kafolatli, tarixning mazmuni va mohiyatini ifodalovchi konsepsiyani yaratishga intildi. Gegel va Marks konsepsiyalarining asosiy xatosi shundaki, ular kelajakni ilohiylashtirib, uning ahamiyatini o’tmish va bugungi kunga past nazar bilan qarash hisobiga ko’tarmoqchi bo’ldilar, noaniq kelajakni o’tmish va bugungi hayotdan, ustun qo’yadilar. Butun o’tmish, bugungi hayot kelajak uchun qurbon qilinadi. Marks esa butun insoniyat tarixi adashuvlardan iborat, haqiqiy tarix kommunizmdan boshlanadi, deb aytgan edi. Kelajak albatta yaxshi bo’ladi, undan g’am qilmasa ham bo’ladi, deb insonlarni mas’uliyatsiz bo’lishga chorlaydi. Kelajak to’g’risida konkret tizimni emas mavhumlikni maydonga tashlaydi. Bu nazariya xatosi kelajak muqarrar, u inson irodasi, xohishidan qat’iy nazar, obyektiv vujudga keladi deb, inson subyekti va inson faoliyatining hal qiluvchilik ahamiyatini tushunib yetmadi, tan olganda ham, ikkinchi darajali ahamiyatga ega, deb ko’rsatdi. XX asr falsafasi insonlar kelajak to’g’risida o’ylar ekanlar, mavhum, odamlarga va’da beradigan jamiyat to’g’risida emas, balki kelajakning abadiyligi to’g’risida, tarixiy taraqqiyotning doimiyligi kafolatlangan taraqqiyot to’g’risida fikr yuritishlari kerak, deb o’rgatadi. Bu falsafaga, inson faoliyatimiz ana shu abadiylikning lahzasi sifatida tarixning taqdiriga ta’sir etishini tushunish asosida borishi kerak. Bizning xatti-harakatimiz mahsuli kelajak uchun, kelajak qadriyatlari uchun qanday bo’ladi. degan masala to’g’risida hukm chiqarish bizning ishimiz emas, zero biz har daqiqada tarixiy taqdirga, abadiy olamga o’z munosabatimizni bildirib yashashimiz kerak. (4) N.Berdyayev Boshqacha qilib aytganda, kelajakda uchun maxsus yashash shart emas. Ammo inson o’zining faoliyat yo’nalishda qadriyatlar, burch, insonning qadr-qimmati kabi universal xarakterdagi masalalarga o’tkinchi deb emas, balki abadiy insoniy munosabatlar deb, tarixning ma’nosi sifatida qarashi kerak. Tarixning ma’nosi nima? Tarixning ma’nosi shundan iboratki, u muammosiz, yomonliksiz yashamaydi. Bir muammo hal qilinsa, ikkinchi muammo kelib chiqaveradi. Inson o’z muammolarini keltirib chiqarish bilan birga uni hal qilishga ham qodir. Mana shu asosiy, hal qilish kerak bo’lgan masalalarni yechish va yangi muammolarga tayyor turish, uni maydonga tashlash tarixning ma’nosini tashkil etadi. Bularning barchasi inson faoliyati orqali amalga oshadi. Demak, inson butun tarixning yo’nalishiga o’ta mas’uldir. Insonning amaliy faoliyatiga baho bermaslik, «hamma narsa o’tib ketadi», deb beparvo bo’lish o’z uyini buzishga olib kelishi mumkin. O’z Vatanini himoya qilmaslik, o’z uyida tartib o’rnatmaslik, inson faoliyatini tuzishga emas, aksincha, buzishga qaratish butun insoniyatni halokat yoqasiga olib keladi. Tarixning mohiyati. Tarix mohiyatini tushunish dunyoqarash ahamiyatiga ega. Bu, o’z navbatida, inson faoliyati qachon va qanday sharoitlarda buzish, yo’q qilish va o’ldirishga qaratilgan bo’ladi; qaysi vaziyatda o’z-o’zini rivojlantiruvchi, yaratuvchanlik va bunyodkorlik faoliyatida bo’ladi; tarixning sog’lom rivojlanishiga kafolat berad, kabi masalalarni oydinlashtirishni taqozo etadi. Bu falsafa tilida tarixning mohiyati deb ataladi. Biz tarix mohiyatini aniqlash bilan tarixning mavjud bo’lishi chegarasini aniqlaymiz. Tarix mavzusida bo’lishi uchun o’zining yo’qotgan qadriyatlarini tiklashi, buzmasdan, to’siq bo’lmasdan harakat qilishi, rivojlanishi kerak. Zamonaviy mutaffakkirlar ta’limotiga ko’ra tarixning olg’a ketishi progressga kafolat bermasa-da, uning mavjud bo’lishiga, abadiyligiga kafolat beradi. XX asr falsafasi XIX asr falsafasidan farqli o’laroq o’tmishning bugun va kelajak bilan aloqasi asosida kafolatli taraqqiyotni ko’rsatib berdi. Buning eng asosiylari quyidagicha: Birinchidan, hozirgi zamon tarix falsafasi ijtimoiy amneziya (xotiraning yo’qolishi) ga alohida e’tibor bermoqda. X1X asr falsafasi shu narsani aniqladiki, xalq, millat o’z tarixini esdan chiqarishi hollari yuz berishi mumkin ekan. Bunday jarayon alohida shaxslarda ham uchrashi mumkin. Bunda shaxs o’z o’tmishin esdan chiqarsa, amneziya kasalligi deb ataladi. ijtimoiy bu ma’noda u yoki bu xalqning tarixini butunlay yoki uning bir qismini unutishini anglatadi. Bunda xalqning o’tmishi bilan bugungi kun o’rtasida izchil aloqa yo’qoladi yoki kamayadi. Bu nafaqat tarixiy jarayonlarda, balki biror bir davrning tarixiy shaxslari bilan ham yuz beradi. Masalan, sho’rolar davrida o’zbek xalqning bir qator ziyoli farzandlari «xalq dushmanlari» timg’asi ostida qatag’on qilindilar… Bu ularning halqimiz xotirasidan o’chirilishlariga, keyingi avlodda ular tug’risida yomon taassurot qilishiga olib keldi. Ikkinchidan, tarixni buzishga, yo’q qilishga qaratilgan kuchlar haqida gapirar ekanmiz, XX asrda bo’lgan ikkita jahon urushlarini tilga olishga to’g’ri keladi. Bu urushlar shunday oqibatlarga olib keldiki, sivilizasiyani vayron qilib, uni halokat yoqasiga keltirib qo’ydi qoldi. Ilgarigi zamonlarda harbiy to’qnashishlar jahonshumul ahamiyatga ega emas edi. Gegelning «urushlar tarixiy jarayonlarni o’zgartishi mumkin emas», degan fikri hozirgi sharoitda to’g’ri kelmay qoldi. Shu ma’noda shaxsning tarix oldida o’ta mas’uliyati tarixning kafolatli davom etishida asosiy kuchga aylanib qoldi. Uchinchidan, insonlar faoliyatida yuz berayotgan g’ayri insoniy xattiharakatlar jamiyatning o’zini o’zi yo’q qilishiga olib keldi. Jahonda yadro, ekologik, demografik fojialar va shu kabi global muammolar paydo bo’ldi. Olimlar, faylasuflar, tarixchilar jamiyatning kafolatli taraqqiyoti bo’yicha inson faoliyatining dasturini ishlab chiqdilar. Dasturda tarixiy vorislikni ishga tushirish, insoniyat tarixini saqlab qolish mumkin deb ko’rsatildi. Buning uchun odamlar real hayotni to’g’ri tushunishlari, tarixni saqlab qolish va kafolatli taraqqiyot mohiyatini chuqur anglashi kerak. Har bir shaxs o’zining qobiliyati va iste’dodini reallashtirib, namoyon qilib, ishonch, e’tiqod, sevish bilan odamgarchilikni birinchi o’ringa qo’yib yashashi kerak. Bugungi kunda har bir shaxs, millat, xalq butun tarixiy jarayonlarni o’zida namoyon qilib, o’ziga xos, o’ziga mos yo’lni topib yashashni ta’minlamasa, dunyo tarixi quruq bir sxemaga aylanib qoladi. Har bir shaxs, millat, xalq hayot betakror ekanligi hisobga olinishi zarur, aks holda tarix oddiy andozadan iborat bo’lib qoladi. Tarixning mazmuni ana shular bilan to’ldiriladi XX asr falsafasi «o’tmish bilan bugungi kun va kelajak bir butun jarayonni tashkil etar ekan, bu jarayon alohida shaxsda qanday yuz beradi?» degan savolga javob beradi. Demak, tarixiylik shaxs va har bir avlod taqdirini tarix taqdiri bilan uzviy bog’liqlikda olib qaraydi. Bular avlodlar bilan jonli munosabat, ularning o’zaro bog’liqligi, ma’naviy muloqotda bo’lishi tarixning kafolatli abadiy yashashini ta’minlaydi. Bu dunyodagi barcha odamlarning bir-birlari bilan o’zaro hamkorlikda bo’lishi, o’zaro bir-birini tushunishi, o’zaro ishonch asosida boradi. qayerda shaxs taqdiri har bir avlod taqdiri bilan bog’liq holda o’zaro munosabatda bo’lsa, o’sha yerda tarixning taraqqiyot kafolati ta’minlanadi. Tarixning mohiyati har bir insonning tarix jarayonlari bilan turlicha munosabatda bo’lishi orqali belgilanadi. XX asr falsafasida tarixning mohiyati har bir shaxs uchun tarixiy davrning uch o’lchovi bilan belgilanadigan tushunchalar orqali ochib beriladi. Bu uch o’lchov shaxsning o’tmish, bugungi kun va kelajakka bo’lgan munosabatini ta’minlaydi. Mana shu o’tmish, bugungi kun va kelajak tarix jarayonida shaxsning vaqtga bo’lgan munosabatini ifoda etadi. Bu o’lchov ma’lum tarixiy davrda avlodlarning o’zaro ma’naviy munosabatini ta’minlaydi. Birinchidan, tarixda ma’naviy farzandlik tushunchasi amal qiladi. Inson dunyoda yashar ekan, o’tmish avlodning farzandi sifatida yuzaga keladi, yashaydi. Biroq u butun yumushni boshidan boshlamaydi, ajdodlar yaratgan moddiy va ma’naviy madaniyatning davomchisi, o’zi yashayotgan jamiyat, vaqt nuqtai nazaridan baholovchi, bajaruvchi sifatida mavjud bo’ladi. Chunki ota-onadan qolgan moddiy va ma’naviy boylikning egasidek, shu jarayonni davom ettiruvchi farzand sifatida yashaydi. Ma’naviy farzandlik shaxsning ma’naviy dunyosining tarkibiy qismidir. Ayni bir vaqtda u tarixning vorisi sifatida namoyon bo’ladi. Tarix, bu jihatiga ko’ra, avlodlarning almashuv jarayonidagi munosabatni anglab yetishdir. Ma’naviy farzandlik ma’nosini tushunmaslik avlodlar qadriga yetmaslikdir. Bunda shaxs ajdodlarini tanimaydigan mavjudotga aylanib qoladi. Ma’naviyatning tiklanishi, tug’ilib o’sgan yurtda o’zini boshqalardan kam sezmay, boshini baland ko’tarib yurishi uchun insonga albatta tarixiy xotira kerak. Har qaysi inson «men shu millat farzandi ekanman, mening ajdodlarim kimlar bo’lgan, millatning ibtidosi qayda, uning ayoqqa turishi, tiklanish jarayoni qanday kechgan?» degan savollarni o’ziga berishi tabiiy... Tarixiy xotirasi bor inson – irodali inson. Inson uchun tarixdan judo bo’lish – hayotdan judo bo’lish demakdir, (5) I. Karimov Tarixni bilmaslik o’z ajdodini bilmaslikdir, demak, ma’naviy farzandlikdan mahrum bo’lish demakdir. Bundan shunday hulosa kelib chiqadiki, har bir inson o’tmish ota - bobolari yaratgan bilimlardan, madaniyat va qadriyatlardan foydalanar ekan, u o’z davrining farzandi sifatida yashaydi. Inson o’z davrininggina emas, o’z tarixi, o’z avlodining farzandidir. Bizdagi g’urur, iftixor, insoniylik o’tmish avloddan meros bo’lib qolgan. Shuning uchun o’zini ajdodlarining ma’naviy vorisi sifatida tasavvur qilmagan odam, to’la ma’noda shaxs bo’lib yetisha olmaydi. Odamlarning ming yillar davomida shakllangan va mentalitetiga aylangan, ayni vaqtda shu xalq, shu millatning kelajagini ko’zlagan va uning dunyodagi o’rnini aniq - ravshan belgilab berishga xizmat qiladigan, kechagi va ertangi kun o’rtasidagi o’ziga xos ko’prik bo’lishga qodir g’oyani men jamiyat mafkurasi deb bilaman, I.Karimov Ikkinchidan, bugungi kun tarix falsafasi ma’naviy birodarlik tushunchasini maydonga tashladi. Biz shunday tarixiy davrda yashamoqdamizki, har bir shaxsning dunyo oldidagi mas’ulligini anglab yetishi masalasi asosiy o’ringa chiqib qoldi. Dunyodagi ziddiyatlar, muammolarni hal qilish uchun odamlar bir – birlari bilan do’st – birodar bo’lib yashashi eng muhim masalaga aylanib qoldi. Dunyodagi urushlar, o’ldirishlar odamlar o’rtasidagi dushmanlik tuyg’usi asosida paydo bo’ladi. Insonlarning bir-biri bilan do’st bo’lishini ta’minlash insoniy xislatlarni namoyon qilish demakdir. Shu vaqtgacha bu tushunchaga unchalik etibor berilmagan edi. Do’stlik, birodarlik juda deganda yaxshilik deb qaralgan edi. Endilikda real hayot, bir sayyorada, bir yer sharida yashaydigan odamlarning hamkorligi muqaddas qat’iy qoidalarga aylanishini taqozo qilmoqda. Chunki sayyoramiz, ayrimlar o’ylagandek, juda mustahkam emas ekan. Mana shu umumiy uyimizni avaylab saqlab qolish uchun faqat hamkorlikda yashash kerak. Yadro fojialarini, ekologik buhronlarni birodarlik bilangina hal qilish mumkin. Barcha insonlar, ijtimoiy ahvoli, boy – kambag’alligidan qat’iy nazar Yerda hayotni saqlab qolishga, butun insoniyat taqdiriga mas’ul ekan, birgalikda hamkor bo’lib yashashning hayot tarziga aylanib borishidan – bu davra bugungi kun talabidir. Ma’naviy birodarlik ziddiyatli masalalarni tinch va osoyishta hal qilishni ko’zda tutadi. Inson o’zligini, o’z qadr - qimmatini anglab yetishi va shu qadr qimmatni ruyobga chiqarishga o’ta ma’sul ekanligini his qilishi o’ta dolzarb masalaga aylandi. O’zbekiston XXI asrga qadam qo’yar ekan, tinchlik, birodarlik, millatlararo va fuqarolararo totuvlikni, barqarorlikni ta’minlash g’oyasi bilan jahon hamjamiyatiga kirib bormoqda. Bu g’oya tarixiy taraqqiyotning mohiyatini belgilaydi. Chunki odamlar o’rtasidagi urushlar, bir- biriga tajovuz qilish, insonga qarshi g’ayriinsoniy faoliyatda bo’lish g’oyasi XX asrda qolib ketgani yaxshi. XX1 asr insoniylik asri bo’lishi, insonlar o’z hayotlari ro’yobga chiqarishlari uchun to’liq imkoniyat yaratilishi kerak. Jamiyatimizdagi tinchlik, osoyishtalik, birodarlik, o’zaro hamkorlikning samarasi ham shunda. Yurtboshimiz bu tamoyil nafaqat alohida olingan millat va, xalqning, balki dunyo xalqlarining ma’naviy birodarlik tamoyiligiga aylanishi kerakligini nazarda tutadi. Bizning jamiyatimiz boshqa xalqlar, mamlakatlar bilan birodarlik murosa qilish konsepsiyasi asosida ish ko’radi. Uchinchidan, tarix falsafasi kelajak haqida fikr byuritar ekan, ma’naviy otalik g’oyasini maydonga tashladi. Otalik mas’uliyati kelajak oldida mas’uliyat yukini ko’tarish demakdir. Kelajak avlod bugungi avlodni, ya’ni bizni o’z taqdirini hal qilishga qaratilgan namuna sifatida baholaydi. Boshqacha qilib aytganda, biz otabobolarimiz ishini davom ettirib, kelgusiga zamin yaratdik. Demak, biz boshlagan ishni kelgusi avlod davom ettiradi va qanday baholaydi. Biz kelgusi avlodga nisbatan boshlovchi sifatida ish qilmoqdamiz. Biz o’z hayot tarzimizni tanlash bilan kelgusiy avlod taqdirini hal qilishning turli vositalarini ham tanlab olamiz. Biz bugungi faoliyatimiz bilan kelajakka zamin tayyorlaymiz, kelgusi avlodni davom ettirishning asosini yaratamiz Xush, shunday ekan, biz kelgusi avlodga yuksak ma’naviyat, ozod, obod Vatanni qodiramizmi yoki uni buzib, otalik burchimizni bajarolmaymizmi? Bunday savollarga har bir inson, yashayotgan avlod javob berishi kerak. O’tmishda ham, bugun ham, kelajakda ham biz kabi insonlar yashashini unutmaslik kerak. Tarixning ma’nosi. «Tarixning olg’a qarab borishi (progress) konsepsiyasiga ko’ra, jamiyat borgan sari yaxshilanib, rivojlanib boradi. Shuning uchun ko’p qayg’uurishning hojati yo’q. Tarix muqarrar ravishda, ertami – kechmi, mukammallashgan, har tomonlama rivojlangan jamiyatga keladi. Odamlar hyech qanday muammosiz farovon hayotga yetib keladi»,-deb fikrlangan yaqin o’tmishimizda. Bunda tarixning asl ma’nosi ikkinchi o’ringa surib qo’yilgan edi. Biroq tarixiy taraqqiyot jarayoni shuni ko’rsatdiki, tarixning olg’a qarab borishi ta’minlanmadi va kafolatlanmadi. XX asrdagi jahon urushlari ko’p vayronagarchilikka olib keldi. Millionlab qurbonlar, rahmsiz diktatorlik, totalitarizm, ommaviy genosid (u yoki bu xalqni yo’q qilib tashlash) odamlarning ommaviy qashshoqlashuvi kabi hodisalar asr fojiasi bo’ldi. Jahon urushlari, vayronagarchiliklar, insoniyatning yer yuzidan yo’qolib ketishi mumkinligi kabi masalalar jamiyatning olg’a qarab ketishiga kafolat bermas edi. Jamiyatning bir butun taraqqiyoti masalasiga ham shubha bilan qaraydigan bo’ldilar. Haqiqatdan ham odamlar mehnat qildilar, o’z asrining fidoiysi sifatida, jismoniy va aqliy faoliyatda bo’ldilar. Yangi texnika, yangi moddiy ne’matlar yaratdilar. Biroq odamlar ahvoli, avlodlari hayoti yaxshilanmoqdami? degan savol maydonga endi tashlandi. Keyingi uch yuz yil ichida odamlarning moddiy ahvoli o’ttiz martta oshishi uchun imkoniyat tug’ildi, hamma narsa o’zgardi, faqat insonning o’zida o’zgarish bo’lmadi, K. Yaspers Hayotda yomonlik borgan sari ortib bordi. Adolatsizlik, ma’naviy qashshoqlik ham avjiga chiqdi. Ana shunday sharoitda odamlarning baxtli hayot kechirishi mumkinmi, degan savolni maydonga tashladi nemis faylasufi K Yaspers. Shuning uchun faylasuflar o’z nigohlarini tarixning mavjudligini, uning abadiyligini kafolantiradigan zamonga qaratdilar. Bu tarixning ma’nosini anglash zarurati edi. Biroq tarixning ma’nosini aniqlash juda mushkul masala. Faylasuflar yech qachon oson yo’ldan bormagan. Hozirgi zamon falsafasi X1X asr falsafasidan farqli o’laroq ijtimoiy hayot, tarix murakkab, ko’p qirrali jarayon bo’lib, uning yo’nalishini oldindan bilish qiyin ekanligini anglab yetdi. Faylasuflarning ko’pchiligi tarixning taqdirini shaxs taqdiri bilan bog’liq holda o’rgandilar. Uni turli tomondan tekshirishda N. Berdyayev, K. Yaspers, J. Maritiyen va boshqalarning xizmatlari katta. Dastavval, ijtimoiy tarix insonlar tarixidan iborat ekanligini tan olish kerak. X1X asr falsafasida tarix obyektiv, insondan tashqaridagi jarayon sifatida o’rganilib shaxs bu jarayondan chiqarib tashlangan edi. Tarix esa konkret odamlarsiz yuz bermaydi. Chunki tarixda inson o’z mehnati, faoliyati, kurashi, sevishi, azoblanishi, o’y-fikrlari bilan ishtirok etadi. Har bir odam tarixiy jarayonda ishtirok etar ekan, u yoki bu darajada iz qoldiradi. Ammo tarixiy burilishlar, ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy, madaniy-ma’rifiy o’zgarishlar to’g’risida fikr yuritilganda, asosiy shu jarayon va o’zgarishlarga xazmati singan ayrim birok tarixiy shahslar va mutafakirlarda. Har bir inson betakror, uning qilgan faoliyati ham jozibador. Hamma odamlar fan bilan shug’ullanib, tarixiy subyekt sifatida namoyon bo’lavermaydi, biroq tarixda hamma vaqt konkret shaxs sifatida ishtirok etadi, muammolarni hal qilishda u yoki bu darajada ishtirok etib, o’zi qanday bo’lsa, shunday namoyon qiladi. Har bir shaxs, yuqorida aytganimizdek kabi tarixiy tajribalardan foydalanib, tarixda ishtirok etadi va kelajakka zamin tayyorlaydi. Biroq ularni o’z dunyoqarashdan kelib chiqib qabul qiladi, amalga oshiradi. Tarixiy jarayonlarni payqash hammaga ham nasib bo’lavermaydi. Ko’plar bu jarayonlarni payqamaydilar ham. Buyuk shaxslar, salohiyatli insonlar bu jarayonni ilmiy amaliy tahlil qilish qudratiga egadirlar. Inson o’tmish bilan munosabatda bo’lar ekan, bu inson yashashining umumiy shartidir. Agar insonni o’tmishdan mahrum qilinsa, bu uni o’ziga xos yo’ldan, o’z qadriyatidan mahrum qilishdir. O’tmishga faqat obyekt sifatida qaray olmaymiz. O’tmish borlig’imizning, qadriyatlarimizning tarkibiy qismidir. U o’zligimizni anglashning, mustaqil fikrlashimizning zaminidir. O’tmish ajdodlarimiz o’zi xohlaganicha, mustaqil qadriyat sifatida yashagan. Biz ulardan tamomila boshqacha emasmiz. Ularning vorislarimiz. Demak, tarix har bir shaxsning o’tmishga munosabatda bo’lishi, tarixiy jarayonda ishtirok etishining betakrorligini ifodalaydi. Tarixga har bir shaxs o’z fikri, e’tiqodi, dunyoqarashi bilan mustaqil munosabatda bo’ladi. Bu esa shaxsning umumiy tarixiy jarayonlarda ishtiroki mazmunini tashkil etadi. Shundan ko’rinadiki, umumiy jarayonlar sifatida tarix shaxsning qadr-qimmatining o’ziga xosligini namoyon qilish asosida boradi. Bugungi dunyoda haxsning qadr-qimmatini namoyon qilishiga to’sqinlik qiluvchi omillar juda ko’p. Boylik orqasidan quvish, amalga intilish, shonshuhratga berilish, nopoklik va boshqalar qadr-qimmatni oshirish emas, aksincha, shaxsning o’zi o’zini pastga urishi ekanligini hamma vaqt ham payqamaydilar. «Oddiy» odamga e’tibor bermaslik, «yuqoriga» qarab «pastni» ko’ra bilmaslik shaxsning qadr-qimmatini pastga uradi. Hozirgi zamon gumanizmi har bir shaxsning qadr-qimmatini oshirishga, uning borlig’ini, yashashini qolishi, tarixiy jarayonda faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan. Milliy ma’naviyatimiz, milliy g’oyamiz ana shularni ifoda etadi. O’zbekiston Konstitusiyasi xalqaro huquq normalariga amal qilgan holda inson erkinligi va huquqlariga kafolat beradi. Xalqimizning bugungi kunda millatga, jamiyatga, o’zo’ziga, boshqa xalqlar qadriyatlariga bo’lgan munosabati tarixga bo’lgan munosabat mezoni bilan o’lchanadi. Tarixning ma’nosi umuminsoniy ma’no bo’lib, hamma vaqt konkret shaxs bilan bog’langan holda namoyon bo’ladi. Tarixning ma’nosi deganda sof obyektiv yoki sof subyektiv deb qaramaslik kerak. «Ma’no» tushunchasi (kimgadir, nimagadir) insonga bo’lgan munosabatni ko’zda tutadi. «Ma’no» inson borligi jarayonida ijod qilishi, dunyoni bilib borishi, payqashi kabilar bilan birgalikda namoyon bo’ladi. Inson o’z ijodiy faoliyatida insoniylikni namoyon qiladi. Shu asosda tarixning ma’nosini kashf qiladi. Tarixning ma’nosiga tashqi jarayon sifatida emas, balki insonning ichki ma’naviy dunyosi sifatida, hamma jarayonlarning inson ko’zgusidan o’tishi nuqtai nazaridan qarash kerak. Tarixning ma’nosi - meniki, men uchun, deb qarashni, butun tarixiy borliq men uchun daxldor deb, qarashni ko’zda tutadi. Tarixga ijodiy munosabatda bo’lish, uni yaratish va uni anglab yetishmuhim masala. Biror narsaga ma’no berar ekanman, men o’z yashashimning bir qismidan ajralaman (vaqtim, umrim ketadi), biroq qashshoqlashib, kuchsizlashib qolmayman, aksincha, ma’naviy boyib boraman. Yangi bilimlarga ega bo’laman, dunyoni chuqurroq anglayman. Ana shuning uchun, yuqorida aytilganidek, «tarix – meniki, men uchun» Kimki o’tmishni ardoqlar ekan, tarixiy xotira bilan yashar ekan, tarixning betakrorligi, uning qadr-qimmatini va shu bilan birga o’z qadr-qimmatini anglab yetadi, shakllantiradi. Shaxsning o’ziga xos faoliyati tarixning ichki rivojlanish jarayoniga aylanadi. Demak, tarixning universal ma’nosi shaxsning o’z qadriyatlarini namoyon qilishi, bilishi, o’tmishga bo’lgan munosabati orqali uyg’unlashib boradi. Shaxs qadr-qimmati inson faoliyatining bunyodkorligi, insonga, tarixga bo’lgan munosabati, insoniy (odamiy) xislatlarining ro’yobga chiqishi asosida namoyon bo’ladi. Biroq inson hech qachon maqsadlarning amalga oshish vositasi bo’lmasligi kerak, deb yozadi I.Kant. Inson uchun qoidalar, tartib qoidalar, axloqiy prinsiplar umumiy, biroq inson maqsadlarini amalga oshirish qurboniga aylanmasligi kerak. Bugungi kunda xalqimizning abadiyligini, mustaqilligimizning orqaga qaytmasligini anglab yashash tarixni har bir shaxs hayotining mazmuniga aylantirib bormoqda. Abadiylik-bu insonlarning yaxlitligidir. Abadiylik uchun yashash-bu o’tmish, bugungi kun va kelajak avlodlar bilan yashash demakdir.