QURILISH OHAGINING XOSSALARINI ANIQLASH Kalsiy va magniyli tog’ jinslarini erigunga qadar, yuqori haroratda kuydirib va uni obdon tuyib, qurilish ohagi olinadi. Qurilish ohagi tosh yoki tuyilgan kukun holatida ishlatiladi. Ohak 3 xil bo’ladi: so’nmagan ohak (tosh yoki kukun holatida); so’ngan gidravlik ohak (mineral qo’shilmalar qo’shilgan ohak kukuni); so’nmagan ohak bilan karbonat tog’ jinslarni qo’shgan holda tuyilgan ohak kukuni. Qurilish ohagi O’zRSTda ko’rsatilgan texnik talablarni qondirishi kerak (4.1-jadval). Qurilish ohagining yaroqli ekanligini aniqlash uchun tajribaxonada uning xossalari o’rganiladi va olingan natijalar umumlashtiriladi, keyin uning sifati (navi) belgilanadi. Sinash ishlari uchun har bir vagondan (50 tonnali bo’lsa) 40 kg o’rtacha namuna olish kerak. 4.1-jadval Ko’rsatkichlar Faol moddalar miqdor (quruq holatda), % da So’nmagan ohak donalarining miqdor, (% dan kam) So’nish davri, tez so’nuvchan (minutgacha) Sekin so’nuvchan (minutdan ko’p) So’nmagan So’nmagan ohakning Gidravlik ohak ohak karbonat tog’ jinsi bilan tuyilgani 1 nav 2 nav 1 nav 2 nav 85 70 67 55 30 10 20 - 20 20 20 20 - - - 20 20 Maydalanish darajasi, elakda qolgan qoldiq, elak katagining o’lchami: 0,63mm dan kam 2 2 2 2 0,09mm dan nam 10 10 10 10 Namligi % dan kam 5 5 Xulosa: O’zRST talabiga mos keladi, mos kelmaydi (keraksizi o’chirilsin) 2 10 - 4.1. Ohakning maydalik darajasini aniqlash va namunani sinashga tayyorlash So’nmagan ohak toshini sinash uchun uni 15-20 mm yiriklikgacha maydalanadi va undan 500 g olib obdon tuyiladi. Ohakning maydalik darajasini topish uchun 4.1-rasmda ko’rsatilgan PSX-4 yuza o’lchagich asbobida yoki quyi va ustki qopqoqli 009 va 063 nomerli elaklarda elash yo’li bilan olinadi. Elaklarning 009 nomerligi ustiga 063 nomerligini o’rnatib, unga massasi 50 g ohak kukuni solinadi va ustki qopqoq yopiladi. Namuna solingan elak maxsus elash mashinasida yoki qo’lda 15 min davomida tebratiladi. Keyin quyi taglik olinib alohida qog’ozga 1 minut davomida ohak kukuni elanadi. Shunda 009 nomerli elakdan 0,1 g dan kam ohak kukuni o’tsa, elashni to’xtatish kerak. Elakda qolgan qoldiqni tortib 2ga ko’paytirsak, shu yiriklikdagi zarrachalarning ohakdagi mikdorini foizda topgan bo’lamiz. 4.1-rasm. Yuza o’lchagich: PSX-4 yuza o’lchagich: 1 - suyuqlik monometri, 2 - kran, 3 - o’zaro boglovchi naychalar, 4 - noksimon rezina, 5 - plunjer, 6 - piston, 7 - shkala 1 Shu usulda elab olingan namuna (ohak) ni tajribaxonada sinash uchun u havosi so’rib olingan maxsus shisha idishga (eksikatorga) solib qo’yiladi. So’ngan kukun ohak yoki karbonatli so’nmagan ohakni sinashga tayyorlash uchun qurilishga keltirilganidan 300 g tortib olinadi va sinashga qadar havosiz idishda saqlanadi. 4.2. Ohakdagi faol kalsiy va magniy oksidlari miqdorini aniqlash Ohakning sifatini aniqlashda undagi MgO va CaO miqdorni topish juda zarur. Agar ohak so’ngan kukun holatda bo’lsa, uning namligi ham topilishi kerak. Ushbu faol yigindida MgO 0,5% gacha bo’lsa, CaO quyidagicha topiladi. Ohakni suv bilan qorishtirganda CaO bilan MgO eriydi va Ca(OH)2 va Mg(OH)2 gidratlar hosil bo’ladi. CaO + H2O = Ca(OH)2 MgO + H2O = Mg(OH)2 Asbob-uskunalar: sopol xovoncha, analitik tarozi, tarozi toshlari, kolbalar, shisha idishlar, bir norma (1 n) eritmali HCl va fenoftalein eritmasi, sinash uchun ohak namuna. Tajriba tartibi. Sinash uchun tayyorlangan namunadan 4-5 g olib sopol xovonchada 5 minut eziladi va uni 250 ml hajmdagi konussimon shisha kolbaga solib, ustidan 150ml distillangan suv quyiladi. Kolbadagi ohak zarrachalarining joylashishini oshirish maqsadida, unga 15-20 dona shisha parchalari solinadi va 5 min isitiladi. Kolbadagi suyuqlik sovigach, unga 1% li fenoftaleinning spirtdagi eritmasidan 2-3 tomchi tomiziladi va suyuqlik tiniq bo’lgunicha 1n li sulfat kislotasi bilan titrlab chayqatib turiladi. Agar 5 minut chayqatgandan keyin suyuqlik rangli bo’lib qolsa, titrlashni to’xtatish kerak. Titrlashda kislotani asta-sekin tomizish kerak. Tosh yoki kukun holidagi so’nmagan ohak tarkibidagi faol oksidlar (CaO+MgO) mikdori foiz hisobida quyidagi formuladan topiladi: CaO+ MgO = (V∙2,804 K / m)∙100% So’ngan gidratli kukun ohaklar uchun CaO+ MgO = (V∙2,804∙K/ (m∙(100∙W)))∙100% Bunda: V - titrlash uchun ketgan 1n li sulfat kislotasi, ml; K - 1n sulfat kislotasi bilan titrlash uchun tuzatish koeffisienti 2,804 - 1 ml; m - sinash uchun olingan ohak (namuna)ning og’irligi, g; W - so’ngan gidratli ohak kukunining namligi, %. 4.3. Ohakdagi so’nmagan zarrachalar miqdorini aniqlash Tosh yoki kukun holidagi ohakni so’ndirganda uning bir qismi so’nmaydi yoki juda sekin so’nadi. Qurilishga keltirilgan ohakdagi so’nmaydigan zarrachalar miqdori darhol aniqlanishi lozim. Agap 1-navli ohakda so’nmaydigan zarrachalar miqdor 10% dan, 2-navli ohakda esa 20% dan ko’p bo’lsa, bunday ohak yaroqsiz hisoblanadi. Asbob-uskunalar: yumaloq idish, 063-nomerli elak, texnik tarozi, tarozi toshlari, termometrli quritish shkafi, shisha idish, sinash uchun so’nmagan yoki 24 soat oldin so’ndirilgan ohak bo’tqa. Tajriba tartibi. Texnik tarozida so’nmagan ohakdan 1 kg (quruq holatda hisoblaganda) tortib, ohak bo’tqasi tayyorlanadi va 24 soatdan keyin suv qo’shib ayron holiga keltiriladi. Bu ohak 063-nomerli elak va elakda qolgan so’nmagan zarrachalar toza bo’lgunga qadar yuviladi. Elakda qolgan qoldiq elak bilan birga 105-1100C haroratda turg’un massagacha quritiladi va texnik tarozida tortiladi. Umumiy massadan elak massasini ayirib, so’nmagan zarrachalar massasi topiladi. Sinash uchun olingan 1 kg quruq ohakka nisbatan % hisobida so’nmagan zarrachalar miqdori aniqlanadi. Natijalar 4.2-jadvalga yozib boriladi. 2 Ashyoning nomi _______ 4.2-jadval Namuna nomeri Sinalayotgan ohakning namligi, % 1 kg so’nmagan ohakdan chiqqan ohak bo’tqasining massasi, kg Elakning qoldiq bilan Elakning birgalikdagi massasi, massasi, g g Qoldiqning massasi g % 1 2 3 Xulosa. UzRST talabiga mos keladi, mos kelmaydi (keraksizi o’chirilsin). 4.4. Ohakning so’nish tezligini aniqlash Ohakning so’nish davrida quyidagi reaksiya ro’y beradi: CaO + H2O = Ca(OH)2 + 950 kj/kg Bir kg ohakning so’nishi natijasida 950 kj/kg issiqlik miqdori ajraladi. So’nish reaksiyasi tamom bo’lgandan so’ng ohak bo’tqasining harorati pasayadi. Asbob-uskunalar: so’nish tezligini aniqlashda ishlatiladigan asbob, 150°C gacha bo’lgan termometr, sekundomer, texnik tarozi va tarozi toshlari, millimetrli qog’oz va sinash uchun ohak namunasi. Tajriba tartibi. Ohakning so’nish tezligi stakan idishda (4.2-rasm) aniqlanadi. Oldindan tayyorlangan ohak namunasidan 10 g tortib olinadi va ohak kukuni idishga solinadi, so’ng unga 20 ml isitilgan (20°C) suv quyiladi va shu vaqt sekundomer bilan aniqlab olinadi, keyin idishning og’zi termometrli qopqoq bilan yopiladi. 4.2-rasm. Ohakning so’nish tezligini aniqlashda ishlatiladigan asbob: 1-termometr, 2-qopqoq, 3-ichki shisha idish, 4-tashqi shisha idish, 5-issiqlik izolyasiyasi qatlami, 6-namuna. Ohakka suv quyilgandan boshlab, har 30 sek da haroratning ko’tarilishi yozib boriladi. Ushbu kuzatish harorat pasayguncha davom ettiriladi. Idishdagi ohak suv bilan qorishtirilgandan keyin qorishmaning yuqori haroratga ko’tarilishi uchun ketgan vaqt (sek) ohakning so’nish tezligini bildiradi. Olingan natijalar 4.3-jadvalga yozib boriladi va shu asosda millimetrli qog’ozga vaqt bilan so’nayotgan ohak haroratining ko’tarilishi o’rtasidagi bog’lanish grafik shaklida ko’rsatiladi. 3 Ashyoning nomi _________ 4.3-jadval Sinash uchun Sinashning boshlanishi Suv olingan kukunning (ohakka suv quyilgan miqdori, ml og’irligi, g payti), soat 1 2 3 Ohakning Izoh (ohak Haroratning so’nish tezligi, sutining ko’tarilishi, 0C min zichligi) 4 5 6 Xulosa. O’zRST talabiga mos keladi, mos kelmaydi (keraksizi o’chirilsin). Nazorat uchun savollar 1. Qurilish ohagi qalay olinadi? 2. Ohakning maydalik darajasi qanday aniqlanadi? 3. Turg’un massagacha quritish necha 0C haroratda amalga oshiriladi? 4. Ohakning so’nish tezligini aniqlash qanday amalga oshiriladi? 5. Ohakning so’nish davrida qanday reaksiya ro’y beradi? 4