"Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 January 2022 / Volume 3 Issue 1 Davlat maqsadli fondlari moliyaviy resurslaridan samarali foydalanish yo‘nalishlari Bobur Ruxiddin o‘g‘li Amirqulov Akbar Aqmirzaevich Shernayev Toshkent moliya instituti Annotatsiya: Budjetdan tashqari jamg‘armalarni tashkil etishning maqsadi jamiyat uchun muhim bo‘lgan xarajatlarni budjet mablag‘laridan tashqari mustaqil manbalar hisobidan ta’minlashdir. Budjetdan tashqari jamg‘armalarni tashkil etilishining muvofiqligini ta’minlovchi yana bir muhim omil - bu budjet taqchilligidir. Xarajatlarni daromaddan o‘sib ketishi kuchayishiga moliyaviy resurslarni faqat qidirib topishda emas, balki korxonalar, tashkilotlar va aholidan tushgan mablag‘larni qayta guruxlanishini xam talab etadi. Va nihoyat, xo‘jalik yuritishning va xususiylashtirishning ko‘p qirrali shakllari, budjet shakllari bilan bir qatorda jamiyatda pul mablag‘larni qayta taqsimlashni yangi usullarini qo‘llash zaruriyatini qat’iy talab etadi. Kalit so‘zlar: maqolada maqsadli fondlar, fondlari moliyaviy resurslar tizimining rivojlanishi bosqichlarining tashkiliy-iqtisodiy shart-sharoitlari tadqiq etilgan, shuningdek, davlat maqsadli fondlari moliyaviy resurslaridan samarali yangi innovatsion yo‘nalishlar, iqtisodi o‘sishga ta’siri hamda takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalar berilgan. Directions of efficient use of financial resources of state target funds Bobur Ruxiddin ugli Amirqulov Akbar Akmirzaevich Shernayev Tashkent Institute of Finance Abstract: The purpose of establishing extra-budgetary funds is to cover important expenses for the society from independent sources outside the budget. Another important factor in ensuring the adequacy of extra-budgetary funds is the budget deficit. The increase in expenditures over income requires not only the search for financial resources, but also the reclassification of funds from enterprises, organizations and the population. Finally, the multifaceted forms of management and privatization, along with the forms of budgeting, insist on the need to use new methods of redistribution of funds in society. www.openscience.uz 1048 "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 January 2022 / Volume 3 Issue 1 Keywords: the article examines the organizational and economic conditions of the stages of development of the system of financial resources of trust funds, as well as effective new innovative directions from the financial resources of state trust funds, the impact on economic growth and recommendations for improvement. KIRISH O‘zgarishga boy iqtisodiy sharoitlar ko‘pincha boshqaruv qarorlarini tez jalb qilish zarurligini belgilab qo‘yadi, shu qatorda moliyaviy resuslarni qayta taqsimlanishida hamdir. Budjet mablag‘laridan foydalanish hukumat organlari qonun asosida qa’tiy tasdiqlab bersa, budjetdan tashqari jamg‘armalar esa ijroiya organlari orqali belgilanadi. Qonun asosida tasdiqlangan budjet parlament tomonidan nazorat qilinadi, budjetdan tashqari jamg‘armalar esa qonun chiqaruvchi organlar tomonidan nazorat qilmaydi. Bu ham budjetdan tashqari jamg‘armalarni iqtisodiy sharoitiga moslashishni tezlatadi. Budjetdan tashqari jamg‘armalarni tashkil etilishining zarurligini va maqsadga muvofiqligini ta’minlovchi yana bir muhum omil - bu budjet tangligidir. Xarajatlarning daromaddan o‘sib ketishi moliyaviy resurslarni faqat qidirib topishni emas, balki korxonalar, tashkilotlar va aholidan tushgan mablag‘larni qayta guruhlanishini ham talab etadi. Mana shunday sharoitda ma’lum tarmoq va sohalarni rivojlantirishda budjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalarni roli kattadir. Iqtisodiyotni modernizatsiya va isloh etish sharoitida iqtisodiy jamg‘armalarning roli alohida ahamiyatga molikdir. ASOSIY QISM Budjetdan iqtisodiy sohaga pul ajratishdan asosiy maqsad, davlatning bu sohaga aralashuvini ta’minlab turishdir. Davlatni iqtisodiyotga aralashishi esa iqtisodiyotni o‘sishida muhim omillardan biri bo‘lib hisoblanadi. Ayniqsa, hozirgi sharoitda bizning respublikamizda bu juda muhimdir. Budjetdan tashqari fondlar iqtisodiyotni barqarorlashtirishning dastlabki belgilari desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida bu fondlarning ham ijtimoiy, ham iqtisodiy ahamiyati katta. O‘zbekiston Respublikasida davlatning maqsadli jamg‘armalarini shakllantirishda ularning tashkil qilinishi bo‘yicha jahon tajribasi o‘rganildi, mamlakatdagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar e’tiborga olindi. Albatta, bunday uy-g‘unlashtirishga erishish natijasida ijtimoiy siyosatning samara-dorligi va ta’sirchanligi oshdi. Ushbu fondlarning ba’zilari boshqa mamlakatlardagiga o‘xshash bo‘lsa, boshqalari esa o‘xshashi yo‘q, ya’ni alohida bo‘lib, bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos milliy yo‘limiz borligini tasdiqlab turibdi. Iqtisodiyot va xizmat ko‘rsatish sohasining yuqori sur’atlar bilan barqaror o‘sishi biz uchun eng muhim ustuvor yo‘nalish bo‘lgan - aholi bandligini ta’minlash, avvalambor, ishga joylashtirish uchun zarur sharoitlar yaratdi. www.openscience.uz 1049 "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 January 2022 / Volume 3 Issue 1 Davlatning budjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalar faoliyatini takomillashtirish yuzasidan quyidagi fikrlarni keltirish mumkin: ➢ Davlat maqsadli jamg‘armalari faoliyatini moliyaviy jihatdan qo‘llabquvvatlash va barqarorlashtirish maqsadlarida jamg‘armalarga kapital qo‘yilmalar va investitsiyalarni jalb etish ularning davlat budjetidan dotatsiyalar olish holatlarini qisqartiradi; ➢ O‘zbekistonda davlat maqsadli jamg‘armalarining barqaror hamda uzluksiz faoliyatini ta’minlash uchun eng muhim yo‘nalishi sifatida kichik biznes va xusu-siy tadbirkorlik, xizmat ko‘rsatish va kasanachilik sohalarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishni rag‘batlantirishdan etarli darajada mustahkam zaxiralar yaratilganligi va zarur resurslar bazasining shakllantirsh zarur; ➢ Mamlakat moliyaviy qonunlariga jamg‘armar daromadlari hajmini optimallashtirishni, moliyaviy resurslaridan foydalanish bo‘yicha javobgarlikni oshirishni ko‘zda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritish; ➢ Davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘larining aniq va maqsadli, standartlardan og‘ishmay ishlatilishi ustidan nazoratni yanada oshirish, jamg‘armalar daromadlari shakllanishi va xarajatlarining ijrosini amalga oshirishda amaldagi g‘aznachilik tizimi faoliyatini yanada mustahkamlash orqali davtlabki va joriy nazoratlar mustahkamligini ta’minlash; ➢ Budjetdan tashqari davlat maqsadli jamg‘armalardan samarali foydalanish maqsadida davlat moliyaviy siyosati bilan davlat hokimiyat organlarining moliyaviy siyosatining bir xilligini ta’minlash; ➢ Mamlakatning kelgusi davrlardagi ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarini amalga oshirishida moliya tizimi barqaror faoliyatini ta’minlovchi ijtimoiy yo‘nalishdagi maqsadli jamg‘armalarni shakllantirish. ➢ Jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti tizimini takomillashtirish va jamg‘arib boriladigan pensiyani ixtiyoriy badallar hisobiga shakllantirishni rag‘batlantirish Aholini ijtimoiy himoyalash muammolari qanchalik keng qamrab olinganligi va ilmiy jihatdan chuqur o‘rganganligiga qaramay, bu masalaning dolzarbligi saqlanib qolaveradi. Iqtisodiyot taraqqiy etgan sari mazkur fondlarning ahamiyati ham ortib boradi. Bu esa davlatning budjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalarining mohiyati va vazifasini ilmiy tarzda tushunishni, tahlil etishni, ularning faoliyatini jahon tajribasini hisobga olgan holda takomillashtirishni talab etadi. Yuqorida tahlil qilgan jahon tajribasidan ma’lum bo‘ldiki, pensiya tizimini faqat davlat tomonidan moliyalashtirish etarli samara bermaydi. Hozirgi kunda pensiya tizimini moliyalashtirishning bir vaqtning o‘zida uch yo‘nalish - minimal pensiyani kafolatlaydigan davlat pensiya tizimi, professional assotsiatsiya yordamida o‘zining ish beruvchilariga qo‘shimcha pensiyani shakllantirish, fuqarolar imkoniyat-laridan www.openscience.uz 1050 "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 January 2022 / Volume 3 Issue 1 kelib chiqqan holda alohida, xususiy pensiyani ta’minlash belgilangan. AQSh, Gollandiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Shveytsa-riya, Italiya kabi mamlakatlar shu yo‘ldan bormoqda. XULOSA Budjetdan tashqari fondlar tizimini isloh qilish, hamda uni shakllantirish va sarflash bilan bog‘liq bo‘lgan dolzarb muammolarni hal qilish maqsadida ishlab chiqilgan amaliy taklif va tavsiyalarning asosiylari quyidagilardan iboratdir: ➢ xususiy (nodavlat) nafaqa jamg‘armalarini shakllantirish lozim. Bunday jamg‘armalarni tashkil etish qoidalarini ta’minlovchi va faoliyat jarayonini boshqarib turuvchi qonunlar talab qilinadi. Ularning investitsion faoliyati esa mahsus boshqaruvchi kompaniyalar orqali amalga oshirilishi kerak. Bu esa mablag‘ quyishning samaradorligini va uning saqlanishini kafolatini ta’minlovchi asosiy shart hisoblanadi; ➢ kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish va aholi bandligini oshirish orqali Ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi jamg‘arma xarajatlarini qisqarishiga erishish; ➢ aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlarini moliyalashtirish uchun budjetdan tashqari mablag‘lar, jumladan xayriya tashkilotlari va homiylarning mablag‘larini jalb qilish, bu kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy to‘lovlar hajmi va qamrovini oshirishga imkon beradi; ➢ Ayrim nafaqa to‘lovlari va imtiyozlarni tugatish natijasida bo‘shagan mablag‘larni muhtoj oilalarga manzilli nafaqa to‘lovlarini moliyalashtirish hajmini oshirishga yo‘naltirish; ➢ Minimal ijtimoiy standartlarni, jumladan mintaqaviy xususiyatlarni hisobga olgan holda, hisob-kitob qilish usulini takomillashtirish. Ma’lum bosqichda, amaliyotga kun kechirish minimumi kattaligi ijtimoiy standartini tadbiq etish; ➢ Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun aholining ijtimoiy zaif guruhlari, avvalambor, talab qilinmagan mehnat salohiyatiga ega kam ta’minlangan oilalarni kredit resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan mikromoliyalashtirish institutlarini kengaytirish. Bu maqsadda budjetdan tashqari fondlar, xalqaro rivojlanish loyihalari va xorijiy donorlar ishtirokida ixtisoslashgan ijtimoiy investitsiyalar Fondini yaratish imkoniyati ko‘rib chiqiladi. Ushbu maqolani o‘rganish jarayonida shakllantirilgan yuqorida keltirilgan takliflar davlat maqsadli fondlari moliyaviy resurslaridan foydalanishning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi degan umiddamiz. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Shernayev A.A. Budjetdan tashqari jamg‘armalar moliyaviy resurslarini shakllantirish va taqsimlash amaliyotini takomillashtirish yo‘nalishlari // www.openscience.uz 1051 "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 January 2022 / Volume 3 Issue 1 «Студенческий вестник»: научный журнал. – № 1(99). Часть 6. Москва, Изд. «Интернаука», 2020. – с. 87-89 2. Shernayev A.A, Qalandarov Z.I. Strategik rivojlanish sharoitida mahalliy byudjetlar daromadlarini takomillashtirish yo‘nalishlari // «Студенческий вестник»: научный журнал. – № 20(165). Часть 14. Москва, Изд. «Интернаука», 2021. – с. 74-76 3. Shernayev A.A, Qalandarov Z.I. Sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirishda mahalliy byudjetlarning rolini oshirish masalalari «Интернаука»: научный журнал № 20(196). Часть 7. Москва, изд. «Интернаука», 2021. - с. 58-60 4. SHERNAEV A.A. PRINCIPLES AND METHODS OF ORGANIZATION OF THE INTERNAL TAX CONTROL SYSTEM IN JOINT STOCK COMPANY // International Journal of Economics, Business and Management Studies - ISSN:23474378 SJIF Impact Factor(2021) :7.473, Journal DOI: 10.36713/epra1013 (Volume: 8, Issue: 4, April 2021), Pages: 43-53. 5. Кобулов Х.А. Вопросы финансовой безопасности в условиях модернизации Республики Узбекистан // «Интернаука»: научный журнал - № 3(132). Часть 2. Москва, Изд. «Интернаука», 2020. - с. 14-16 6. SHERNAEV A.A. TAX ANALYSIS IN MICROLEVEL TAX PLANNING // ELECTRONIC JOURNAL OF ACTUAL PROBLEMS OF MODERN SCIENCE, EDUCATION AND TRAINING. FEBRUARY, 2021 -IV. ISSN 2181-9750, 75-82-p. 7. SHERNAEV A.A. ON THE ISSUE OF THE EFFICIENCY OF TAXATION OF JOINT STOCK COMPANIES // «ЭКОНОМИКА И БИЗНЕС: теория и практика». Международный ежемесячный научный журнал - №9-2 (67). Москва, изд. ООО «Капитал», 2020. – с. 149-152. 8. Шернаев А.А. Совершенствование налогового планирования в акционерных обществах – как механизм повышения эффективности финансового менеджмента // Экономика и общество: международный научнопрактический журнал. – Нижний Новгород: Научно-издательский центр «Открытое знание», Ноябрь-Декабрь 2020. №04 (18). с. 20-28 9. Shernaev A.A. GENERAL METHODOLOGICAL BASES OF TAX PLANNING IN ENTERPRISES // International Journal of Economics, Commerce and Management United Kingdom ISSN 2348 0386 Vol. VIII, Issue 4, April 2020 Licensed under Creative Common Page 357 10. Tohir Malikov, Khotamjon Kobulov. Models of market economy formation and Interaction of fiscal policy // International Journal of Economic Growth and Environmental Issues - ISSN: 2321-6247 SJIF Impact Factor ((2021): 8.047, Journal DOI: 10.36713 / epra0713 (Volume: 9, Issue: 2) , February 2021) www.openscience.uz 1052 "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 January 2022 / Volume 3 Issue 1 11. Шернаев А.А. Налоговое планирование в системе обеспечения финансовой безопасности в акционерных обществах // «Интернаука»: научный журнал - № 12(141). Часть 2. Москва, изд. «Интернаука», 2020. - с. 43-45 12. Маликов Т.С., Қобулов Х.А. Молиявий саводхонликни оширишга “яшил чироқ” – давр талаби // “Moliya” журнали. – 3/2020-сон, 2020. 17-23 б. 13. Nurmuxamedova B., Kabirova N. “Moliya”, O‘quv qo‘llanma. T:, Iqtisodmoliya, 2012 y. 207 bet 14. Srojiddinova Z. O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi. «infoCOM.UZ». Toshkent-2010y. 500 bet 15. Srojiddinova Z. Budjetlararo munosabatlar. «infoCOM.UZ». Toshkent-2010 y. 156 bet. 16. Qosimova G., Shaakramov K. Mahalliy budjetlar. O‘quv qo‘llanma. – T.: “Moliya”, 2012. 260 b. www.openscience.uz 1053