Uploaded by Miss Dilya

Monopolistik faoliyatni amalga oshirishning oqibatlari va monopo

advertisement
Monopolistik faoliyatni amalga oshirishning oqibatlari va
monopolistik faoliyat uchun javobgarlik
Biz bilamizki monopoliya har qanday davlat da va iqtisodiyotning har qanday
ko`rinishida jamiyat va davlat iqtisodiyotiga katta zarar beradi. Shu sababdan
O`zbekiston resbublikasida ham manopoliyani cheklashga qaratilgan qonun
hujjatlari mavjud bo`lib bulardan ba`zilarini keltirib o`taman. Bu sohada bizda
asosan O`zbekiston resbublikasining raqobat to`g`risidagi qonuni amal qilmoqda
undan avval ishlab chiqilgan qonunlarning aksariyati o`z kuchini yo`qotgan
RAQOBAT TO‘G‘RISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2011-yil 14-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2011-yil 5-dekabrda ma’qullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi tovar va moliya bozorlaridagi raqobat sohasidagi
munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan
iboratdir.
Agar
O‘zbekiston
Respublikasining
xalqaro
shartnomasida
O‘zbekiston
Respublikasining raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan
boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
3-modda. Ushbu Qonunning qo‘llanilish sohasi
Ushbu Qonun xo‘jalik yurituvchi subyektlar, jismoniy shaxslar, davlat boshqaruvi
organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining O‘zbekiston Respublikasi
hududida
va
(yoki)
undan
tashqarida
sodir
etiladigan,
O‘zbekiston
Respublikasidagi tovar va moliya bozorlarida raqobatning cheklanishiga olib
keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlariga nisbatan tatbiq etiladi.
Ushbu Qonun intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan mutlaq huquqlar bilan bog‘liq
munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi, bundan ushbu Qonunning 13moddasida nazarda tutilgan harakatlar mustasno.
Ushbu Qonunning qoidalari tabiiy monopoliyalar subyektlariga nisbatan bu
qoidalarning qo‘llanilishi mazkur subyektlarning o‘ziga xos vazifalari bajarilishini
cheklab qo‘ymaydigan holatlarda tatbiq etiladi.
4-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
bir-birining o‘rnini bosadigan tovarlar — o‘zining belgilangan vazifasi, qo‘llanilishi,
sifat va texnik xususiyatlari, narxi hamda boshqa parametrlari bo‘yicha
taqqoslanishi mumkin bo‘lgan shunday tovarlarki, ularni oluvchi iste’mol qilish
chog‘ida bir tovarni boshqasiga haqiqatan ham almashtiradi yoki almashtirishga
tayyor bo‘ladi;
insofsiz raqobat — xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining
iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishda afzalliklarga ega bo‘lishga qaratilgan, qonun
hujjatlariga, ish muomalasi odatlariga zid bo‘lgan hamda boshqa xo‘jalik yurituvchi
subyektlarga (raqobatchilarga) zarar yetkazadigan yoki zarar yetkazishi mumkin
bo‘lgan yoxud ularning ishchanlik obro‘siga putur yetkazadigan yoki putur
yetkazishi mumkin bo‘lgan harakatlari;
iqtisodiy konsentratsiya — xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining
ustunligiga olib keladigan, tovar yoki moliya bozoridagi raqobatning holatiga ta’sir
ko‘rsatadigan bitimlar tuzish va (yoki) boshqa harakatlarni sodir etish;
iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish — xo‘jalik yurituvchi subyektlar harakatlarini
bunday xo‘jalik yurituvchi subyektlardan birortasi bilan ham bir shaxslar guruhiga
kirmaydigan yuridik yoki jismoniy shaxs bilan kelishib olish;
kamsituvchi shartlar (sharoitlar) — tovar yoki moliya bozoriga kirish, tovarni ishlab
chiqarish, iste’mol qilish, olish, realizatsiya qilish, o‘zgacha tarzda boshqa shaxsga
o‘tkazish shartlari (sharoitlari) bo‘lib, ular boshqa teng shartlarda (sharoitlarda)
bitta yoki bir nechta xo‘jalik yurituvchi subyektni o‘zga xo‘jalik yurituvchi subyekt
(raqobatchi) bilan taqqoslaganda teng bo‘lmagan holatga solib qo‘yadi;
kelishib olingan harakatlar — tovar yoki moliya bozorida ikki yoki undan ortiq
xo‘jalik yurituvchi subyektning bozorning mazkur ishtirokchilaridan har birining
manfaatlarini qanoatlantiradigan va ulardan har biriga oldindan ma’lum bo‘lgan,
raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlari;
Oldingi tahrirga qarang.
kelishuv — ikki va undan ortiq taraflarning raqobatni cheklashga olib keladigan
yoki olib kelishi mumkin bo‘lgan, hujjatda yoki bir nechta hujjatda aks etgan
yozma shakldagi shartlashuvi, shuningdek og‘zaki shakldagi shartlashuvi;
(4-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli
Qonuniga asosan sakkizinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
moliya bozori — banklar hamda boshqa kredit, sug‘urta va o‘zga moliya
tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan moliyaviy xizmatning, shuningdek qimmatli
qog‘ozlar
bozori
professional
ishtirokchilari
xizmatlarining
O‘zbekiston
Respublikasi hududidagi yoki uning bir qismidagi muomala doirasi bo‘lib, u
O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy bo‘linishiga mos kelmasligi
mumkin va mazkur muomala doirasi chegaralarida bunday xizmatni ko‘rsatish
imkoniyati mavjud bo‘ladi;
noto‘g‘ri taqqoslash — raqobatchilar yoki boshqa shaxslar tomonidan
tarqatiladigan, tovar yoki moliya bozorida ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektga
afzalliklar yaratadigan yoxud xo‘jalik yurituvchi subyektni (raqobatchini) yoki
raqobatchi ishlab chiqargan tovarni yomonlovchi yolg‘on, noaniq yoki buzib
taqqoslash;
raqobat — xo‘jalik yurituvchi subyektlarning (raqobatchilarning) musobaqalashuvi
bo‘lib, bunda ularning mustaqil harakatlari ulardan har birining tovar yoki moliya
bozoridagi tovar muomalasining umumiy shart-sharoitlariga bir tomonlama
tartibda ta’sir ko‘rsatish imkoniyatini istisno etadi yoki cheklaydi;
raqobatga qarshi harakatlar — raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida xo‘jalik
yurituvchi subyektlar uchun man etilgan harakatlar, shuningdek davlat boshqaruvi
organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda ular mansabdor
shaxslarining raqobatni cheklashga qaratilgan harakatlari (harakatsizligi);
tovar — faoliyatning olish va realizatsiya qilish uchun mo‘ljallangan mahsuli, shu
jumladan ishlar va xizmatlar;
tovar bozori — tovarning (shu jumladan bir-birining o‘rnini bosadigan tovarning)
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi yoki uning bir qismidagi muomala doirasi
bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy bo‘linishiga mos
kelmasligi mumkin va mazkur muomala doirasi chegaralarida tovarni olish yoki
realizatsiya qilish imkoniyati mavjud bo‘ladi;
xo‘jalik yurituvchi subyekt — tovarlarni ishlab chiqarish, olish va realizatsiya qilish
faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik shaxs, shu jumladan chet ellik yuridik shaxs,
xo‘jalik boshqaruvi organi, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkor.
5-modda. Shaxslar guruhi
Yagona (umumiy) iqtisodiy manfaatga ega bo‘lgan shaxslar yig‘indisi shaxslar
guruhi deb e’tirof etilib, ularga tatbiqan quyidagi bir yoki bir nechta shart
bajariladi:
ikki va undan ortiq yuridik shaxsning biri bevosita yoki bilvosita, shuningdek o‘zga
shaxslardan olgan vakolatlariga muvofiq boshqa yuridik shaxs ustav fondining
(ustav kapitalining) ellik foizidan ortig‘iga egalik qiladi;
ikki va undan ortiq yuridik shaxsda ayni bir jismoniy shaxs, shuningdek uning eri
(xotini), ota-onasi (farzandlikka oluvchilari), bolalari (farzandlikka olingan bolalari),
tug‘ishgan va o‘gay aka-ukalari hamda opa-singillari (bundan buyon matnda yaqin
qarindoshlari deb yuritiladi) ushbu yuridik shaxslardagi ishtiroki tufayli yoxud
boshqa shaxslardan olgan vakolatlariga muvofiq mazkur yuridik shaxslardan har
birining ustav fondining (ustav kapitalining) ellik foizidan ortig‘iga ega bo‘ladi;
ikki va undan ortiq yuridik shaxsda ayni bir yuridik shaxs ushbu yuridik shaxslarda
o‘zining ishtiroki tufayli yoxud boshqa shaxslardan olgan vakolatlariga muvofiq
mazkur yuridik shaxslardan har birining ustav fondining (ustav kapitalining) ellik
foizidan ortig‘iga ega bo‘ladi;
ikki va undan ortiq yuridik shaxsning ijro etuvchi organi tarkibiga ayni bir jismoniy
shaxslar va ularning yaqin qarindoshlari kiradi;
ikki va undan ortiq yuridik shaxsning kollegial ijro etuvchi organi va (yoki) kuzatuv
kengashi son tarkibining ellik foizidan ortig‘ini ayni bir jismoniy shaxslar va
ularning yaqin qarindoshlari tashkil etadi;
ikki va undan ortiq yuridik shaxslardan biri qonun hujjatlariga yoki ushbu yuridik
shaxslarning ta’sis hujjatlariga yoxud ular o‘rtasida tuzilgan shartnomalarga
asosan ushbu yuridik shaxslarga ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar
berishga haqli bo‘ladi;
ikki va undan ortiq yuridik shaxsda ayni bir jismoniy shaxs yoki ayni bir yuridik
shaxs qonun hujjatlariga va ushbu yuridik shaxslarning ta’sis hujjatlariga yoxud
ular bilan tuzilgan shartnomalarga asosan ularga ijro etilishi majburiy bo‘lgan
ko‘rsatmalar berishga haqli bo‘ladi.
Ushbu Qonunda shaxslar guruhiga tovar yoki moliya bozorining yagona subyekti
sifatida qaraladi.
6-modda. Ustun mavqe
Ustun mavqe tovar yoki moliya bozorida xo‘jalik yurituvchi subyektning yoxud
shaxslar guruhining raqobatlashuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarga bog‘liq
bo‘lmagan holda unga o‘z faoliyatini amalga oshirish va raqobatning holatiga hal
qiluvchi ta’sir ko‘rsatish, tegishli bozorga boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning
kirishini qiyinlashtirish yoxud ularning iqtisodiy faoliyat erkinligini boshqacha
tarzda cheklash imkoniyatini beradigan holatidir.
Tovar bozorida qaysi xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi tovarining
ulushi:
1) ellik va undan ortiq foizni tashkil etsa;
2) o‘ttiz besh foizdan ellik foizgacha hajmda bo‘lib, bunda quyidagi shartlar:
xo‘jalik yurituvchi subyektning tovar bozoridagi ulushi kamida bir yil mobaynida
barqaror bo‘lib turishi;
tovar bozorida boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarga (raqobatchilarga) tegishli
ulushlarning nisbiy miqdorda bo‘lib turishi;
ushbu bozorga yangi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning (raqobatchilarning)
kirishiga imkoniyat bo‘lishi shartlari belgilangan bo‘lsa, shu xo‘jalik yurituvchi
subyektning yoki shaxslar guruhining mavqeyi ustun mavqe deb e’tirof etiladi.
Moliya bozorida xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun
mavqeyini e’tirof etish tartibi va shartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
7-modda. Tovarning monopol yuqori narxi
Tovarning tovar bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi subyekt
tomonidan belgilanadigan narxi, agar ushbu narx:
bunday tovarni ishlab chiqarish va realizatsiya qilish uchun zarur bo‘lgan xarajatlar
hamda foyda summasidan yuqori bo‘lsa;
asossiz xarajatlarning o‘rnini qoplashga yoki tovarning sifatini pasaytirish
natijasida qo‘shimcha foyda olishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, monopol yuqori narxdir.
Tovarning narxi birja savdolari yakunlariga ko‘ra shakllangan taqdirda, u monopol
yuqori narx deb e’tirof etilmaydi.
Tovarning moliya bozoridagi monopol yuqori narxi O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda aniqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 20-avgustdagi 230-son qarori bilan
tasdiqlangan “Xizmatlarning moliya bozorida monopol yuqori va monopol past
narxlarni aniqlash tartibi to‘g‘risida nizom”ning II bobi, Vazirlar Mahkamasining
2018-yil 30-martdagi 249-son qarori bilan tasdiqlangan “Tovar bozorida
sotiladigan tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) monopol yuqori va monopol past
narxlarini aniqlash tartibi to‘g‘risida nizom”.
8-modda. Tovarning monopol past narxi
Tovar bozorida sotuvchi yoki sotib oluvchi sifatida ustun mavqeni egallab turgan
xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan tovarning tannarxidan past darajada va
ushbu tovarni sotishdan zarar keltiradigan darajada belgilanadigan, natijada
raqobatning cheklanishiga olib keladigan narx tovarning monopol past narxidir.
Tovarning moliya bozoridagi monopol past narxi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda aniqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 20-avgustdagi 230-son qarori bilan
tasdiqlangan “Xizmatlarning moliya bozorida monopol yuqori va monopol past
narxlarni aniqlash tartibi to‘g‘risida nizom”ning II bobi, Vazirlar Mahkamasining
2018-yil 30-martdagi 249-son qarori bilan tasdiqlangan “Tovar bozorida
sotiladigan tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) monopol yuqori va monopol past
narxlarini aniqlash tartibi to‘g‘risida nizom”.
9-modda. Tovar va moliya bozorlaridagi raqobat sohasidagi vakolatli organ
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va
raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda uning hududiy organlari (bundan
buyon matnda monopoliyaga qarshi organ deb yuritiladi) tovar va moliya
bozorlaridagi raqobat sohasidagi vakolatli organdir.
(9-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvardagi
O‘RQ-456-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son)
Monopoliyaga qarshi organ tovar va moliya bozorlaridagi raqobat sohasidagi,
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning raqobatga qarshi harakatlarini, insofsiz
raqobatini cheklash va ularning oldini olishga hamda davlat boshqaruvi organlari
va mahalliy davlat hokimiyati organlarining g‘ayriqonuniy harakatlariga yo‘l
qo‘ymaslikka qaratilgan davlat siyosatini amalga oshiradi.
2-bob. Raqobatga qarshi harakatlar
10-modda. Ustun mavqeni suiiste’mol qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Xo‘jalik yurituvchi subyektning pirovard natijada raqobatni cheklashga va (yoki)
iste’molchilarning, boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning huquqlari va
manfaatlarini kamsitishga olib keladigan taqiqlangan harakatlari, shu jumladan
quyidagi harakatlari:
(10-moddaning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari
milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
muomalada bo‘lgan tovarlarning hajmini tovar yoki moliya bozorida taqchillikni
keltirib chiqarish yoki saqlab turish maqsadida narxlarning oshishiga olib keladigan
tarzda qisqartirishi;
tovarning monopol yuqori yoki monopol past narxlarini belgilashi;
shartnoma predmetiga taalluqli bo‘lmagan shartlarni, shu jumladan moliyaviy
mablag‘larni, boshqa mol-mulkni, mulkiy huquqlarni o‘zga shaxsga o‘tkazishga
doir asossiz talablarni, shuningdek raqobatning cheklanishiga olib keladigan yoki
olib kelishi mumkin bo‘lgan boshqa harakatlarni sodir etish talablarini majburan
qabul qildirishi;
shartnomaga kamsituvchi shartlarni kiritishi, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning
boshqa
xo‘jalik
yurituvchi
subyektlar
(raqobatchilar)
tomonidan
ishlab
chiqariladigan tovarlarni olishini yoki realizatsiya qilishini taqiqlashi yoxud
cheklashi;
kontragent tomonidan boshqa tovarlarni olish yoki realizatsiya qilish yoxud
kontragentning tovarlarni o‘zga xo‘jalik yurituvchi subyektlardan olishdan yoki
boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarga realizatsiya qilishdan o‘zini tiyishi sharti
bilangina shartnoma tuzishga rozilik berishi;
tegishli tovarni ishlab chiqarish yoki realizatsiya qilish imkoniyati bo‘la turib,
shartnoma tuzishdan asossiz ravishda bosh tortishi;
tovar yoki moliya bozoriga boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning kirishiga
to‘siqlar qo‘yishi tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni suiiste’mol qilish deb
e’tirof etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
11-modda. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning raqobatni cheklaydigan kelishib
olingan harakatlari va kelishuvlarini taqiqlash
(11-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Tovar yoki moliya bozorida o‘zaro raqobatlashayotgan xo‘jalik yurituvchi
subyektlar, shu jumladan potensial raqobatchilar bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi
subyektlar o‘rtasidagi kelishib olingan harakatlar va kelishuvlar, agar bunday
kelishib olingan harakatlar va kelishuvlar:
(11-moddaning birinchi qismi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining
2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
sun’iy ravishda narxlar, tariflar, chegirmalar, ustamalar, qo‘shimcha to‘lovlarni
yoki ustama narxlarni belgilashga yoki saqlab turishga;
narxlarni sun’iy ravishda oshirgan yoki pasaytirgan holda erkin bozor narxlarining
qaror topishiga to‘sqinlik qilishga;
ishlab chiqarish ustidan, mahsulot sotish bozorlari va kapital qo‘yilmalar ustidan
nazorat o‘rnatishga;
taklif hajmini sun’iy ravishda o‘zgartirish maqsadida ishlab chiqarish hajmlarini
kelishib olishga;
shartnoma predmetiga taalluqli bo‘lmagan shartlarni, shu jumladan moliyaviy
mablag‘larni, boshqa mol-mulkni, mulkiy huquqlarni o‘zga shaxsga o‘tkazishga
doir asossiz talablarni, shuningdek raqobatni cheklovchi boshqa harakatlarni sodir
etish talablarini majburan qabul qildirishga;
auksionlarda, birjalarda va boshqa savdolarda narxlarni oshirishga, pasaytirishga
yoki saqlab turishga;
shartnomaga kamsituvchi shartlarni kiritishga;
tegishli bozorni hududiy prinsip bo‘yicha, realizatsiya qilish yoki xaridlar hajmi
bo‘yicha, tovarlarning xillari bo‘yicha yoxud tovarlarni sotuvchilar yoki sotib
oluvchilar, tovar buyurtmachilari doirasi bo‘yicha bo‘lib olishga;
Oldingi tahrirga qarang.
boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tegishli tovarlarni sotuvchilar yoki sotib
oluvchilar, tovar buyurtmachilari sifatida bozorga kirishini cheklashga yoki ularni
bozordan chetlashtirishga yoxud xo‘jalik yurituvchi subyektlarni muayyan tovarlar
bozoriga qo‘ymaslikka;
(11-moddaning birinchi qismi o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining
2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Oldingi tahrirga qarang.
tovarlarni ishlab chiqarishni iqtisodiy yoki texnologik jihatdan asossiz ravishda
kamaytirishga va (yoki) to‘xtatishga;
muayyan sotuvchilar yoki xaridorlar (buyurtmachilar) bilan shartnomalar
tuzishdan asossiz ravishda bosh tortishga olib kelsa yoki olib kelishi mumkin
bo‘lsa, taqiqlanadi.
(11-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi
O‘RQ-459-sonli Qonuniga asosan o‘n birinchi va o‘n ikkinchi xatboshilar bilan
to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y.,
03/18/459/0536-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Biri tovar bozorida ustun mavqeni egallab turgan, boshqasi esa sotuvchi yoki sotib
oluvchi bo‘lgan, o‘zaro raqobatlashmayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning
kelishib olingan harakatlari va kelishuvlariga, agar bunday kelishib olingan
harakatlar va kelishuvlar pirovard natijada raqobatni cheklab qo‘ysa yoxud
cheklab qo‘yishi mumkin bo‘lsa, shu jumladan:
(11-moddaning ikkinchi qismi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining
2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
sotuvchining yoki sotib oluvchining hududni yoki sotib oluvchilar doirasini tovarni
keyinchalik qayta sotish maqsadida mustaqil belgilashini cheklaydigan;
tovarlarni qayta sotish uchun narxlarga cheklovlar belgilaydigan;
Oldingi tahrirga qarang.
xo‘jalik yurituvchi subyektlarga boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan
ishlab chiqariladigan tovarlarni realizatsiya qilishni taqiqlaydigan kelishib olingan
harakatlari va kelishuvlariga yo‘l qo‘yilmaydi. Ushbu taqiq tovarlarni tovar belgisi,
firma nomi va sotuvchining intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan boshqa mutlaq
huquqlari orqali realizatsiya qilishni sotib oluvchi tomonidan tashkil etish
to‘g‘risidagi kelishuvlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(11-moddaning ikkinchi qismi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining
2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Yuridik va jismoniy shaxslarning xo‘jalik yurituvchi subyektlar iqtisodiy faoliyatini
muvofiqlashtirishi, agar bunday muvofiqlashtirish ushbu moddaning birinchi va
ikkinchi qismlarida ko‘rsatilgan oqibatlarga olib kelsa yoki olib kelishi mumkin
bo‘lsa, taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ushbu moddada ko‘rsatilgan taqiqlar:
tovar bozorida umumiy ulushi o‘ttiz besh foizdan oshmaydigan xo‘jalik yurituvchi
subyektlarning kelishilgan harakatlari va kelishuvlariga yoki davlat-xususiy
sheriklik shartnomalari bo‘lgan kelishuvlarga;
shaxslarning bir guruhiga kiradigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi
kelishuvlarga;
agar kelishuvlar ishlab chiqarishni takomillashtirishga, ishlab chiqarish hajmlarini
va tovarlarni realizatsiya qilishni ko‘paytirishga yoki texnikaviy, iqtisodiy o‘sishni
rag‘batlantirishga yoxud tovarlarning jahon tovar bozoridagi raqobatbardoshligini
oshirishga qaratilgan bo‘lsa, mazkur kelishuvlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(11-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli
Qonuniga asosan to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari
milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Raqobatni cheklaydigan kelishib olingan harakatlar va kelishuvlarni aniqlash tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(11-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari
milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
12-modda. Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va
yuridik shaxslar birlashmalarining raqobatni cheklaydigan hujjatlari hamda
harakatlarini taqiqlash
Davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining:
faoliyatning biror bir sohasida yangi xo‘jalik yurituvchi subyektlarni tashkil etishga
cheklovlar joriy etishi, shuningdek faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirishni
yoki muayyan tovarlar ishlab chiqarishni man etishi, bundan qonun hujjatlarida
belgilangan hollar mustasno;
shartnomalar tuzishda ustunlik berish, sotib oluvchilarning muayyan doirasiga
tovarlarni birinchi navbatda realizatsiya qilish, moliyaviy mablag‘larning
manbalarini tanlash va ulardan foydalanish yo‘nalishlarining afzalligi to‘g‘risida
xo‘jalik yurituvchi subyektga ko‘rsatmalar berishi, bundan qonun hujjatlarida
belgilangan hollar mustasno;
ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlarga ularni tovar yoki moliya bozorida faoliyat
ko‘rsatayotgan boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan afzal holatga
qo‘yadigan imtiyozlar, preferensiyalar va yengilliklarni asossiz ravishda berishi;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni
(ulushlarni) olishi, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno;
xo‘jalik yurituvchi
subyektlarning iqtisodiy
faoliyatiga oqibatda raqobat
cheklanishi mumkin bo‘lgan tarzda aralashishi;
o‘z vazifalarini xo‘jalik yurituvchi subyektlarning vazifalari bilan qo‘shib bajarishi;
ayrim xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyati uchun boshqa kamsituvchi yoki
imtiyozli shartlar (sharoitlar) belgilashi taqiqlanadi.
Alohida hollarda, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati
organlari
tabiiy
ofatlar,
halokatlarning
oqibatlarini
tugatish
hamda
epidemiyalarning oldini olish maqsadida ushbu moddaning birinchi qismida
belgilangan hujjatlar qabul qilishi va harakatlarni amalga oshirishi mumkin.
Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va yuridik
shaxslar birlashmalarining tovar yoki moliya bozorining normal faoliyat
ko‘rsatishiga,
raqobatni
rivojlantirishga
to‘sqinlik
qiluvchi
hamda
iste’molchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsituvchi harakatlariga,
shu jumladan:
narxlarni yoki tariflarni oshirishga, pasaytirishga, saqlab turishga;
tegishli bozorni hududiy prinsip bo‘yicha, realizatsiya qilish yoki xaridlar hajmi
bo‘yicha, tovarlarning xillari bo‘yicha yoxud tovarlarni sotuvchilar yoki sotib
oluvchilar, tovar buyurtmachilari doirasi bo‘yicha bo‘lib olishga;
Oldingi tahrirga qarang.
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bozorga kirishini cheklashga yoki ularni
bozordan chetlatishga olib keladigan kelishib olingan harakatlari va kelishuvlariga
yo‘l qo‘yilmaydi.
(12-moddaning uchinchi qismi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining
2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Yuridik shaxslar birlashmalarining xo‘jalik yurituvchi subyektlar iqtisodiy
faoliyatiga pirovard natijada raqobatni cheklab qo‘yadigan yoki cheklab qo‘yishi
mumkin bo‘lgan tarzda aralashishi taqiqlanadi.
13-modda. Insofsiz raqobatni taqiqlash
Insofsiz raqobat, shu jumladan:
Oldingi tahrirga qarang.
boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektga zarar keltirishi yoki uning ishchanlik obro‘siga
putur yetkazishi mumkin bo‘lgan noto‘g‘ri taqqoslashlar. Bunda xo‘jalik yurituvchi
subyektning tovarini xolisona tasdiqqa ega bo‘lgan tavsiflarni yoki taqqoslash
parametrlarini ko‘rsatmagan holda tovarning ustunligi haqida taassurot hosil
qiluvchi so‘zlardan yoki belgilardan foydalanish orqali boshqa xo‘jalik yurituvchi
subyektning (raqobatchining) o‘zga tovari bilan taqqoslash yoxud ko‘rsatilgan
so‘zlarni yoki belgilarni o‘z ichiga olgan tasdiqlar yolg‘on, noaniq bo‘lgan yoki
buzib ko‘rsatilgan hollar noto‘g‘ri taqqoslashdir;
yuridik shaxsning intellektual faoliyati natijalaridan va ularga tenglashtirilgan
individuallashtirish
vositalaridan,
tovarni
individuallashtirish
vositalaridan
qonunga xilof ravishda foydalanilgan holda tovarni realizatsiya qilish, shu
jumladan tovarni xo‘jalik yurituvchi subyektning (raqobatchining) tovar belgisiga,
firma nomiga o‘xshash bo‘lgan yoxud adashtirib yuborish darajasida u bilan
o‘xshash bo‘lgan belgidan uni tovarlarda, etiketkalarda, o‘rovlarda joylashtirish
yo‘li bilan yoki sotilayotgan yoxud fuqarolik muomalasiga o‘zgacha tarzda
kiritilayotgan tovarlarga nisbatan tovar belgisidan boshqacha tarzda foydalanish
yo‘li bilan, shuningdek ushbu belgidan domen nomida foydalanish orqali qonunga
xilof ravishda foydalanilgan holda realizatsiya qilish;
tovarning xususiyati, ishlab chiqarilish usuli va joyi, iste’mol xossalari, narxi, sifati,
ishlab
chiqaruvchining
(bajaruvchining)
kafolat
majburiyatlari
xususida
iste’molchilarni chalg‘itish, xo‘jalik yurituvchi subyekt (raqobatchi) tomonidan
fuqarolik muomalasiga kiritiladigan tovarni uning tashqi bezatilishi va shaklini,
nomini, tamg‘alanishini, etiketkasini, o‘rovini, ranglar uyg‘unligini, tovar belgisini
takrorlash,
reklama materiallaridan yoki
xo‘jalik yurituvchi
subyektning
(raqobatchining) tovarini individuallashtiruvchi boshqa elementlardan nusxa
ko‘chirish orqali qalbakilashtirish;
(13-moddaning birinchi qismi ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari
O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi O‘RQ-429-sonli Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 16-son, 265-modda)
fan-texnikaga, ishlab chiqarishga yoki savdoga oid axborotni, shu jumladan tijorat
sirini egasining roziligisiz olish, undan foydalanish, uni oshkor etish;
tovar yoki moliya bozoriga boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektning kirishiga to‘siq
qo‘yish taqiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxsni individuallashtirish vositalariga, tovarni individuallashtirish
vositalariga bo‘lgan mutlaq huquqni olish, shuningdek xo‘jalik yurituvchi subyekt
(raqobatchi) tomonidan avval fuqarolik muomalasiga kiritilgan tovarga nisbatan
belgi bilan aynan o‘xshash yoki adashtirib yuborish darajasida o‘xshash bo‘lgan
tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq insofsiz raqobatga yo‘l
qo‘yilmaydi.
(13-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi
O‘RQ-429-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 16-son, 265-modda)
Monopoliyaga qarshi organning ushbu modda ikkinchi qismining tovar belgisiga
bo‘lgan mutlaq huquqni olish xususidagi qoidalari buzilganligini e’tirof etish
to‘g‘risida chiqargan qarori tovar belgisiga huquqiy muhofaza berish haqidagi
guvohnomani haqiqiy emas deb topish uchun manfaatdor shaxs tomonidan
intellektual mulk bo‘yicha vakolatli organga yoki sudga yuboriladi.
3-bob. Savdolarni va iqtisodiy konsentratsiyani monopoliyaga qarshi tarzda
tartibga solish
14-modda. Tanlov (tender) savdolariga doir monopoliyaga qarshi talablar
Tanlov (tender) savdolarini o‘tkazishda raqobatni cheklashga olib keladigan yoki
olib kelishi mumkin bo‘lgan harakatlar, shu jumladan quyidagilar taqiqlanadi:
savdolar o‘tkazishning qonun hujjatlarida belgilangan tartibini buzish;
savdolarning tashkilotchilari va (yoki) buyurtmachilari tomonidan savdolar
ishtirokchilarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
xo‘jalik yurituvchi subyektlardan savdolarda qatnashish uchun hujjatlarni qabul
qilishni asossiz ravishda rad etish;
savdolar ishtirokchilarini asossiz ravishda chetlashtirish;
savdolarning bitta yoki bir nechta ishtirokchisiga savdolarda qatnashish uchun
imtiyozli shart-sharoitlar yaratib berish, shu jumladan axborotdan foydalanish
orqali imtiyozli shart-sharoitlar yaratib berish, bundan qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan hollar mustasno;
Oldingi tahrirga qarang.
lotlar tarkibiga savdolarning predmetiga texnologik va funksional jihatdan bog‘liq
bo‘lmagan qo‘shimcha tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) kiritish;
(14-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi
O‘RQ-459-sonli Qonuniga asosan yettinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun
hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
tovarning aniq ishlab chiqaruvchisini ko‘rsatish, bundan tovarlarning mos
kelmasligi va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollar mustasno.
Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan monopoliyaga qarshi talablarning
buzilishi tanlov (tender) savdolarining qarorlarini va shu savdolar natijalari
bo‘yicha tuzilgan shartnomalarni haqiqiy emas deb topish uchun asos bo‘ladi.
15-modda. Birja savdolariga doir monopoliyaga qarshi talablar
Birja savdolarini o‘tkazishda raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi
mumkin bo‘lgan harakatlar, shu jumladan:
birja savdolarini o‘tkazish jarayoniga ta’sir ko‘rsatadigan harakatlar, bundan
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno;
birja savdolari ishtirokchilarining kelishib olingan harakatlari natijasida joriy birja
narxlarining keskin ko‘tarilishiga yoki qat’iy belgilanishiga olib keladigan
harakatlar;
birja savdolarida talabning o‘zgarishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan yolg‘on
ma’lumotlarni tarqatish bilan bog‘liq harakatlar taqiqlanadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida belgilangan monopoliyaga qarshi talablarning
buzilishi birja savdolari natijalari bo‘yicha tuzilgan bitimlarni haqiqiy emas deb
topish uchun asos bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
16-modda. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olishga doir
monopoliyaga qarshi talablar
Monopoliyaga qarshi organ xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va
qo‘shib olish bo‘yicha bitimga oldindan rozilik beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Agar tegishli bitimda ishtirok etayotgan shaxslar aktivlarining jami balans qiymati
yoki oxirgi kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan jami tushumi
bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravari miqdoridan ortiq bo‘lsa yoxud
ulardan biri tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik
yurituvchi subyekt bo‘lsa, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va
qo‘shib olish bo‘yicha bitimlar uchun monopoliyaga qarshi organning oldindan
roziligini olish zarur.
(16-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi
O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Ushbu moddaning talablari xo‘jalik yurituvchi subyektlarning O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga
ko‘ra qo‘shib yuborilishi va qo‘shib olinishi hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish va qo‘shib olishga oldindan rozilik
berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(16-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli
Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y.,
03/18/459/0536-son)
Oldingi tahrirga qarang.
17-modda. Aksiyalarni (ulushlarni) olishda monopoliyaga qarshi talablar
Monopoliyaga qarshi organ shaxs va shaxslar guruhi tomonidan xo‘jalik yurituvchi
subyektning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish
bo‘yicha bitimlarga oldindan rozilik beradi.
Quyidagi hollarda monopoliyaga qarshi organning shaxs yoki shaxslar guruhi
tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyekt ustav fondidagi (ustav kapitalidagi)
aksiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha bitimlarga oldindan roziligini olish zarur
bo‘ladi, agar:
bunday shaxs yoki shaxslar guruhi ko‘rsatilgan aksiyalarning (ulushlarning) ellik
foizidan ortig‘ini tasarruf etish huquqini olsa;
Oldingi tahrirga qarang.
bitimda ishtirok etayotgan shaxslar aktivlarining jami balans qiymati yoki oxirgi
kalendar yilda tovarlarni realizatsiya qilishdan olingan jami tushum bazaviy
hisoblash miqdorining yuz ming baravari miqdoridan ortiq bo‘lsa yoxud bitim
ishtirokchilaridan biri tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan
xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘lsa.
(17-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining
2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Ushbu moddaning talablari quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:
xo‘jalik yurituvchi subyektni tashkil etish chog‘ida uning muassislariga;
xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan o‘z aksiyalarini olishga doir bitimlarga;
aksiyadorlik jamiyati o‘z ustav fondining (ustav kapitalining) miqdorini saqlab
qolgan taqdirda, boshqa tashkiliy-huquqiy shaklga o‘zgartirilganda;
ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalar (ulushlar) ishonchli boshqaruvga
berilganda, shuningdek aksiyalar (ulushlar) keyinchalik qayta sotish maqsadida
investitsiya vositachilari tomonidan olinganda;
ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalar (ulushlar) xo‘jalik yurituvchi subyekt
tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq olinishiga doir bitimlarga;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalari
(ulushlari) davlat xususiylashtirish dasturlari doirasida olinishiga doir bitimlarga;
ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalar (ulushlar) jismoniy shaxs tomonidan
olinishiga doir bitimlarga, agar ariza bilan murojaat etilgan paytda bunday
jismoniy shaxs biror-bir xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav fondidagi (ustav
kapitalidagi) aksiyalarning (ulushlarning) ellik foizidan ortig‘ini tasarruf etmagan
bo‘lsa.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni
(ulushlarni) olishga doir bitimlarni ko‘rib chiqish hamda bunday bitimlarni tuzish
uchun oldindan rozilik olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan belgilanadi.
(17-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli
Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y.,
03/18/459/0536-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 20-avgustdagi 230-son qarori bilan
tasdiqlangan
“Xo‘jalik
yurituvchi
subyektlarning
ustav
fondidagi
(ustav
kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) va boshqa mulkiy huquqlarini olishga doir
bitimlarni ko‘rib chiqish hamda bunday bitimlarni tuzish uchun oldindan rozilik
olish tartibi to‘g‘risida nizom”.
18-modda. Oldindan rozilik olish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborishga, qo‘shib olishga doir
harakatlarni amalga oshirishda va ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni
(ulushlarni) olish bo‘yicha bitimlar tuzishda shaxslar yoki shaxslar guruhlari bu
harakatlar sodir etilguniga (bitimlar tuzilguniga) qadar Davlat xizmatlari
markazlariga:
(18-moddaning birinchi qismi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining
2018-yil 23-iyuldagi O‘RQ-486-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son)
harakatlarni sodir etishga (bitimlar tuzishga) oldindan rozilik berish to‘g‘risidagi
arizani;
Oldingi tahrirga qarang.
jismoniy shaxs uchun — arizachining pasportiga oid ma’lumotlarni (hujjatning
seriyasi va raqami, berilgan sanasi va joyi, hujjatni bergan organ);
(18-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining
2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 33son, 439-modda)
arizachi ariza bergan kundan oldingi ikki yil mobaynida yoxud agar faoliyat ikki
yildan kamroq muddatni tashkil etsa, faoliyat amalga oshirilgan muddat
mobaynida olib borgan faoliyat turlari, ishlab chiqargan va realizatsiya qilgan
tovar turlarining nomlari hamda ularning hajmlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;
o‘tgan ikki kalendar yilga doir moliyaviy va statistika hisobotini;
shaxslar guruhining tarkibi to‘g‘risidagi, bu shaxslarning ushbu guruhga kirish
asoslari ko‘rsatilgan ma’lumotlarni va ustav fondidagi (ustav kapitalidagi)
aksiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha ko‘rib chiqilayotgan bitimlarga taalluqli
boshqa axborotni taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Monopoliyaga qarshi organ zarur hujjatlar va ma’lumotlar olingan paytdan
e’tiboran o‘n kalendar kundan kechiktirmay arizachiga qabul qilingan qaror
to‘g‘risida yozma shaklda xabar qiladi. Aksiyalarning (ulushlarning) ayni bir
turkumini olishga oldindan rozilik olish uchun shaxslar yoki shaxslar guruhlari bir
vaqtning o‘zida murojaat etgan taqdirda monopoliyaga qarshi organning qarori
arizachilarga ayni bir kunda yetkaziladi. Zarur hollarda, agar monopoliyaga qarshi
organda harakat (bitim) raqobatning cheklanishiga olib keladi yoki olib kelishi
mumkin, shu jumladan tovar yoki moliya bozorida ustun mavqening vujudga
kelishi yoxud kuchayishi orqali raqobatning cheklanishiga olib keladi yoki olib
kelishi mumkin deb taxmin qilish uchun asoslar paydo bo‘lsa, arizani ko‘rib chiqish
muddati bozorni tegishli tarzda o‘rganish uchun bir oydan ko‘p bo‘lmagan
muddatga uzaytirilishi mumkin.
(18-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi
O‘RQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Monopoliyaga qarshi organ, agar:
harakatlarni sodir etishga (bitimlar tuzishga) oldindan rozilik berish to‘g‘risidagi
arizaning qanoatlantirilishi tovar yoki moliya bozorida tegishli xo‘jalik yurituvchi
subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyi yuzaga kelishiga yoki
kuchayishiga va (yoki) raqobatning cheklanishiga olib kelishi mumkin bo‘lsa;
taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqishda ularda bayon etilgan axborotning
ishonchsizligi yoki yolg‘onligi aniqlansa, arizachiga oldindan rozilik berishni rad
etishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Monopoliyaga qarshi organ harakatlarni sodir etishga (bitimlar tuzishga) oldindan
rozilik berishga va buni raqobatni ta’minlashga qaratilgan talablarni bajarishga
bog‘liq qilib qo‘yishga haqli. Bunda mazkur talablar, shuningdek ularni bajarish
muddatlari monopoliyaga qarshi organning xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib
yuborish, qo‘shib olish hamda ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni
(ulushlarni) olish bo‘yicha bitimlar tuzishga oldindan rozilik berish to‘g‘risidagi
qarorida ko‘rsatilishi kerak. Mazkur harakatlarning sodir etilishi (bitimlar tuzilishi)
tovar yoki moliya bozorida tegishli xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar
guruhining ustun mavqeyi yuzaga kelishiga yoki kuchayishiga va (yoki)
raqobatning cheklanishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan taqdirda, bu harakatlarni
sodir etish (bitimlar tuzish) to‘g‘risida qaror qabul qilgan yuridik va (yoki) jismoniy
shaxslar monopoliyaga qarshi organning talabiga ko‘ra raqobatning zarur shartsharoitlarini tiklash chora-tadbirlarini ko‘rishi shart.
(18-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari
milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Monopoliyaga qarshi organ tovar yoki moliya bozorida hatto xo‘jalik yurituvchi
subyektning yoki shaxslar guruhining ustun mavqeyi yuzaga kelishi yoki kuchayishi
va (yoki) raqobatning cheklanishi, noxush oqibatlar yuz berishi mumkin bo‘lgan
taqdirda ham, agar xo‘jalik yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborish, qo‘shib olish
va ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha
bitimlar tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilgan yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar o‘z
harakatlari (bitimlari) iste’molchilarga sezilarli darajada naf keltirishini isbotlab
bersa, harakatlarni sodir etish (bitimlar tuzish) uchun oldindan rozilik berish
haqidagi arizani qanoatlantirishga haqli.
(18-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9yanvardagi O‘RQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari
milliy bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Monopoliyaga qarshi organning oldindan berilgan roziligisiz sodir etilgan, tovar
yoki moliya bozorida xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ustun
mavqeyi yuzaga kelishiga yoki kuchayishiga va (yoki) raqobatning cheklanishiga
olib keladigan harakatlar (tuzilgan bitimlar) sud tomonidan haqiqiy emas deb
topilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
(19-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli
Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy
bazasi, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
20-modda. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni majburiy tarzda bo‘lish yoki ajratib
chiqarish
Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqega ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi
subyektga nisbatan raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishini bartaraf etish
yuzasidan ilgari qo‘llanilgan choralar samarasiz bo‘lgan taqdirda, monopoliyaga
qarshi organ xo‘jalik yurituvchi subyektni majburiy tarzda bo‘lish yoki ajratib
chiqarish haqidagi da’vo bilan sudga murojaat etadi, bo‘lish yoki ajratib chiqarish
xo‘jalik yurituvchi subyekt negizida ikki yoxud bir nechta alohida xo‘jalik yurituvchi
subyektni tashkil etish orqali amalga oshiriladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektni majburiy tarzda bo‘lish yoki ajratib chiqarish quyidagi
shartlarning barchasi jam bo‘lganda amalga oshirilishi mumkin:
bo‘linayotgan yoki ajratib chiqarilayotgan tarkibiy bo‘linmalarning tashkiliy va
hududiy jihatdan ajralib chiqish imkoniyati mavjud bo‘lganda;
uning tarkibiy bo‘linmalari o‘rtasida o‘zaro uzviy texnologik bog‘lanish mavjud
bo‘lmaganda;
bo‘lish yoki ajratib chiqarish natijasida tashkil topgan tarkibiy bo‘linmalarning
tovar yoki moliya bozorida mustaqil faoliyat ko‘rsatish imkoniyati mavjud
bo‘lganda.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 20-avgustdagi
230-son qarori bilan tasdiqlangan “Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni majburiy tarzda
bo‘lish yoki ajratib chiqarish masalalarini ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risida”gi nizom.
4-bob. Monopoliyaga qarshi organ
21-modda. Monopoliyaga qarshi organning vakolatlari
Monopoliyaga qarshi organ:
tovar va moliya bozorlaridagi raqobat sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni
ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi;
xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining tovar yoki moliya bozorida
ustun mavqeyi mavjudligini aniqlaydi;
Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo‘jalik yurituvchi
subyektlarning davlat reyestrini yuritadi;
raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan, shu jumladan tanlov
(tender) va birja savdolarini o‘tkazishda qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan
nazoratni amalga oshiradi;
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining
buzilishlarini aniqlaydi, ular bo‘yicha ishlar qo‘zg‘atadi va ularni ko‘rib chiqadi;
Oldingi tahrirga qarang.
raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik haqidagi ish yuzasidan, shu
jumladan xo‘jalik yurituvchi subyektlardan raqobatga qarshi harakatlar natijasida
asossiz ravishda olingan daromadni (foydani) olib qo‘yish haqida qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda qaror qabul qiladi;
(21-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining
2019-yil 8-yanvardagi O‘RQ-512-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi, 09.01.2019-y., 03/19/512/2435-son)
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga, davlat
boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, shuningdek
ularning mansabdor shaxslariga raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish
hollarini bartaraf etish to‘g‘risida ijro etilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar beradi;
raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun xo‘jalik yurituvchi
subyektlarni, davlat boshqaruvi organlarini, mahalliy davlat hokimiyati organlarini,
ularning mansabdor shaxslarini va boshqa jismoniy shaxslarni tegishli
javobgarlikka tortadi;
litsenziyalashni joriy etish yoki bekor qilish to‘g‘risida, bojxona tariflarini
o‘zgartirish to‘g‘risida, kvotalarni joriy etish yoki bekor qilish haqida, shuningdek
soliq hamda boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha imtiyozlar berish,
imtiyozli kreditlar berish va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning boshqa
turlarini tatbiq etish yoxud ularni bekor qilish to‘g‘risida tegishli davlat organlariga
takliflar kiritadi;
raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi bilan bog‘liq jinoyat alomatlari
bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atish haqidagi masalani hal qilish uchun materiallarni
tegishli organlarga yuboradi;
raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining qo‘llanilishi va buzilishi bilan bog‘liq
ishlarning sudda ko‘rib chiqilishida ishtirok etadi;
xo‘jalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat
hokimiyati organlari tomonidan raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya
etilishi yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshirishlar o‘tkazadi;
raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar,
davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining reyestrini
yuritadi va e’lon qiladi;
raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining qo‘llanilishi masalalari yuzasidan o‘z
vakolatlari doirasida tushuntirishlar beradi.
Monopoliyaga qarshi organ raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi
haqidagi, shu jumladan:
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va yuridik
shaxslar birlashmalarining raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga butunlay yoki
qisman muvofiq bo‘lmagan hujjatlarini va harakatlarini haqiqiy emas deb topish
haqidagi;
raqobat
to‘g‘risidagi
qonun
hujjatlariga
muvofiq
bo‘lmagan
bitimlarni
bo‘lmagan
bitimlarni
(shartnomalarni) o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi;
raqobat
to‘g‘risidagi
qonun
hujjatlariga
muvofiq
(shartnomalarni) butunlay yoki qisman haqiqiy emas deb topish haqidagi;
raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi natijasida olingan daromadni
(foydani) belgilangan tartibda undirish haqidagi;
ushbu Qonunning 14 va 15-moddalarida nazarda tutilgan asoslarga ko‘ra
savdolarni va mazkur savdolar natijasida tuzilgan bitimlarni (shartnomalarni)
haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarni majburiy tarzda bo‘lish yoki ajratib chiqarish
to‘g‘risidagi;
raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishiga yo‘l qo‘ygan shaxslarga nisbatan
huquqiy ta’sir ko‘rsatish choralarini qo‘llash haqidagi arizalar bilan sudga murojaat
qiladi.
Monopoliyaga qarshi organ qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham
amalga oshirishi mumkin.
22-modda. Axborot olish huquqi
Monopoliyaga qarshi organning mansabdor shaxslari raqobat to‘g‘risidagi qonun
hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, raqobat to‘g‘risidagi
qonun hujjatlari buzilganligi haqidagi arizalar va ishlarni ko‘rib chiqish, shuningdek
raqobatning holatini aniqlash uchun belgilangan tartibda xo‘jalik yurituvchi
subyektning hujjatlarini, axborotini olish va uning hududiga kirish huquqiga ega.
23-modda. Monopoliyaga qarshi organga axborot taqdim etish
Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xo‘jalik
yurituvchi subyektlar va ularning mansabdor shaxslari monopoliyaga qarshi
organning talabiga ko‘ra unga zarur hujjatlarni va axborotni belgilangan tartibda
tekin taqdim etishi shart.
24-modda. Tijorat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil
etuvchi ma’lumotlarning monopoliyaga qarshi organ tomonidan oshkor etilishini
taqiqlash
Monopoliyaga qarshi organ ushbu Qonunga muvofiq o‘ziga berilgan vakolatlarni
amalga oshirishi munosabati bilan ma’lum bo‘lib qolgan tijorat sirini yoki qonun
bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarni oshkor qilishga
haqli emas.
Monopoliyaga qarshi organning xodimlari tijorat sirini yoki qonun bilan
qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarning oshkor etilishi
natijasida yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘ladi. Xo‘jalik yurituvchi subyektga
yetkazilgan zararning o‘rni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishi
kerak.
5-bob. Raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish
25-modda. Raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish oqibatlari
Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda xo‘jalik
yurituvchi subyektlar raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzgan taqdirda:
monopoliyaga qarshi organning raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishlarini
bartaraf etish haqidagi ko‘rsatmasini belgilangan muddatda bajarishi;
yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashi;
Oldingi tahrirga qarang.
(25-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7oktabrdagi O‘RQ-355-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2013-y., 41son, 543-modda)
26-modda. Etkazilgan zararning o‘rnini qoplash
Davlat boshqaruvi organi, mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan raqobat
to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzuvchi hujjat qabul qilinganligi natijasida xo‘jalik
yurituvchi subyektga yoxud boshqa shaxsga yetkazilgan zararning o‘rni qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishi kerak.
Agar davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va ular
mansabdor shaxslarining raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzuvchi harakati
(harakatsizligi) tufayli xo‘jalik yurituvchi subyektga yoxud boshqa shaxsga zarar
yetkazilgan bo‘lsa, u holda mazkur zararning o‘rni qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda qoplanishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
27-modda. Raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxslarning mansabdor shaxslari, yakka tartibdagi tadbirkorlar xo‘jalik
yurituvchi subyektlarning raqobatni cheklashga olib keladigan yoki olib kelishi
mumkin bo‘lgan kelishib olingan harakatlari va kelishuvlari uchun, shuningdek
tovar yoki moliya bozoridagi ustun mavqeyini suiiste’mol qilganlik, xo‘jalik
yurituvchi subyektlarni qo‘shib yuborishda, qo‘shib olishda va ustav fondidagi
(ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) olish bo‘yicha bitimlar tuzishda raqobat
to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik, raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini
buzish hollarini tugatish haqidagi, dastlabki holatni tiklash to‘g‘risidagi
ko‘rsatmalarni bajarishdan bo‘yin tovlaganlik yoki o‘z vaqtida bajarmaganlik,
monopoliyaga qarshi organga axborotni taqdim etmaganlik yoki o‘z vaqtida
taqdim etmaganlik, noto‘g‘ri yoki yolg‘on ma’lumotlar taqdim etganlik, tanlov
(tender) yoki birja savdolariga doir monopoliyaga qarshi talablarni buzganlik
uchun ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
(27-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi
O‘RQ-459-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son)
Ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganligi xo‘jalik yurituvchi subyektni monopoliyaga
qarshi organning qarorini (ko‘rsatmasini) bajarish yoki raqobat to‘g‘risidagi qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa harakatlarni amalga oshirish majburiyatidan
ozod etmaydi.
Raqobatni cheklovchi va raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq yo‘l
qo‘yib bo‘lmaydigan bitimlar tuzganligi hamda kelishib olingan harakatlar sodir
etganligi haqida monopoliyaga qarshi organga birinchi bo‘lib ixtiyoriy ravishda
ma’lum qilgan shaxs ma’muriy javobgarlikdan ozod qilinadi.
(27-modda O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli
Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(28-modda O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli
Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
6-bob. Raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik haqidagi ishlarni
qo‘zg‘atish va ko‘rib chiqish. Monopoliyaga qarshi organning qarori va
ko‘rsatmasini ijro etish hamda bunday qaror va ko‘rsatma ustidan shikoyat berish
29-modda. Raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik haqidagi ishlarni
qo‘zg‘atish va ko‘rib chiqish
Raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik haqidagi ishlarni qo‘zg‘atish va
ko‘rib chiqish monopoliyaga qarshi organ tomonidan amalga oshiriladi.
Raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik haqidagi ishlarni qo‘zg‘atish va
ko‘rib chiqish uchun monopoliyaga qarshi organning o‘z tekshiruvlari,
o‘rganishlari, yuridik va jismoniy shaxslarning, davlat boshqaruvi organlarining,
mahalliy davlat hokimiyati organlarining arizalari hamda tegishli organlarning
taqdimnomalari asos bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat boshqaruvi organlarining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining va
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mansabdor shaxslari tomonidan raqobat
to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi haqidagi ishlarni tegishli sudlar
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga muvofiq
ko‘rib chiqadi.
(29-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 8-yanvardagi
O‘RQ-512-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
09.01.2019-y., 03/19/512/2435-son)
30-modda. Raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik haqidagi ishda
ishtirok etuvchi shaxslar
Raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik haqidagi ishda ishtirok etuvchi
shaxslar quyidagilardir:
o‘ziga nisbatan raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik haqida ish
yuritilayotgan shaxs;
yuridik va (yoki) jismoniy shaxslarning vakili;
guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va boshqa manfaatdor shaxslar.
Raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik haqidagi ishda ishtirok etuvchi
shaxslar ish qo‘zg‘atish to‘g‘risida ajrim chiqarilgan kundan e’tiboran ish
materiallari bilan tanishib chiqishga, bundan davlat sirlari va qonun bilan
qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlar mustasno, ulardan
ko‘chirmalar olishga, og‘zaki va yozma tushuntirishlar berishga, dalillar taqdim
etishga va ularning tekshirilishida ishtirok etishga, ishda ishtirok etayotgan boshqa
shaxslarga savollar berishga, iltimosnomalar kiritishga hamda ishda ishtirok
etayotgan boshqa shaxslarning iltimosnomalari va vajlariga qarshi e’tirozlar
bildirishga haqli.
31-modda. Raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik haqidagi ishlarni
qo‘zg‘atish va ko‘rib chiqish tartibi
Raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik haqidagi ish qo‘zg‘atilgan
kundan e’tiboran bir oylik muddat ichida ko‘rib chiqiladi. Alohida hollarda, ishning
murakkabligiga qarab, mazkur muddat ko‘pi bilan bir oyga uzaytirilishi mumkin.
Raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik haqidagi ishni ko‘rib chiqish
keyinga qoldirilishi yoki to‘xtatib turilishi mumkin. Ishni ko‘rib chiqishni keyinga
qoldirish, to‘xtatib turish va tiklash to‘g‘risida monopoliyaga qarshi organ tegishli
ajrim chiqaradi, mazkur ajrimning ko‘chirma nusxasi ishda ishtirok etuvchi
shaxslarga yuboriladi.
Raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik haqidagi ishlarni qo‘zg‘atish va
ko‘rib chiqish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 12-oktabrdagi
225-sonli
qarori
bilan
tasdiqlangan
“Raqobat,
tabiiy
monopoliyalar,
iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama to‘g‘risidagi qonun
hujjatlarini buzganlik uchun ish qo‘zg‘atish va ularni ko‘rib chiqish tartibi
to‘g‘risida”gi nizom.
32-modda. Raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik haqidagi ish
yuzasidan monopoliyaga qarshi organning qarori
Monopoliyaga qarshi organ raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik
haqidagi ishni mohiyatan ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha:
raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining buzilganligi fakti aniqlanishi va tegishli
huquqiy ta’sir choralarini ko‘rilishi haqida;
ish yuritishni tugatish haqida qaror qabul qiladi.
Monopoliyaga qarshi organ:
raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilganligi faktlari tasdiqlanmagan taqdirda;
o‘ziga nisbatan ish yuritilayotgan yuridik shaxs tugatilgan yoki jismoniy shaxs vafot
etgan taqdirda;
monopoliyaga qarshi organ ko‘rib chiqayotgan raqobat to‘g‘risidagi qonun
hujjatlarini buzganlik haqidagi ish yuzasidan sud tomonidan qaror qabul qilingan
taqdirda, raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik haqidagi ishni yuritishni
tugatadi.
Monopoliyaga qarshi organning raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik
haqidagi ish yuzasidan qarori darhol e’lon qilinishi lozim.
Monopoliyaga qarshi organning raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik
haqidagi ish yuzasidan qaroriga asosan, o‘ziga nisbatan qaror qabul qilingan
shaxsga ko‘rsatma beriladi.
33-modda. Monopoliyaga qarshi organning ko‘rsatmasini ijro etish
Monopoliyaga qarshi organning ko‘rsatmasi unda belgilangan muddatda ijro
etilishi lozim. Ko‘rsatmani muddatida ijro etmaganlik ushbu Qonun va boshqa
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Monopoliyaga qarshi organning ko‘rsatmasini unda belgilangan muddatda ijro
etmaganlik deganda ko‘rsatmani ijro etishni rad qilish yoki qisman ijro etish yoxud
o‘z vaqtida ijro etmaslik tushuniladi.
Monopoliyaga qarshi organ tomonidan ko‘rsatma berilgan shaxslar ko‘rsatmani
ijro etish muddatini uzaytirish to‘g‘risida iltimosnoma berishi mumkin.
Iltimosnomada ko‘rsatilgan holat uzrli deb topilgan taqdirda, monopoliyaga qarshi
organ ko‘rsatmani ijro etish muddatini uzaytirishga haqli.
Monopoliyaga qarshi organ o‘z ko‘rsatmalari ijro etilishi ustidan nazoratni amalga
oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
34-modda. Monopoliyaga qarshi organning qarori (ko‘rsatmasi) ustidan shikoyat
qilish
Raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik haqidagi ishda ishtirok etuvchi
shaxslar monopoliyaga qarshi organning qarori (ko‘rsatmasi) ustidan bevosita
sudga yoki bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga
shikoyat qilishga haqli.
Monopoliyaga qarshi organning qarorlari (ko‘rsatmalari) ustidan bo‘ysunuv
tartibida yuqori turuvchi organga yoxud mansabdor shaxsga shikoyat qilinishi
sudga shikoyat qilish huquqini istisno etmaydi.
Monopoliyaga qarshi organning qarorlari (ko‘rsatmalari) ustidan sudga shikoyat
qilinishi ularning ijro etilishini sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirguniga
qadar to‘xtatib turadi, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda
aholining hayoti va sog‘lig‘iga boshqa haqiqiy xavf yuzaga kelishining oldini olish
bilan bog‘liq bo‘lgan qarorlar (ko‘rsatmalar) mustasno.
(34-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 9-yanvardagi O‘RQ-459-sonli
Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.01.2018-y.,
03/18/459/0536-son)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Plenumining 2019-yil 24-dekabrdagi 24-son “Ma’muriy organlar va ular
mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat
qilish to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha sud amaliyoti haqida”gi qarori 16bandi.
35-modda. Raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan
jamoatchilik nazorati
O‘z
ustavlariga
muvofiq
raqobatni
rivojlantirishga
ko‘maklashish
va
iste’molchilarning manfaatlarini raqobatga qarshi harakatlardan himoya qilish
maqsadiga ega bo‘lgan jamoat birlashmalari raqobat to‘g‘risidagi qonun
hujjatlariga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga haqli.
36-modda. Nizolarni hal etish
Tovar va moliya bozorlaridagi raqobat sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda hal etiladi.
37-modda. Raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Raqobat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan
tartibda javobgar bo‘ladi.
7-bob. Yakunlovchi qoidalar
38-modda. Ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish
Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:
1) O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan “Tovar
bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida”gi 355-I-sonli
Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2,
54-modda);
2) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 27-dekabrda qabul qilingan
“Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasining Qonunini amalga kiritish tartibi haqida”gi 356-I-sonli
Qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2,
55-modda);
3) O‘zbekiston Respublikasining 1999-yil 20-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston
Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish
to‘g‘risida”gi 832-I-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Axborotnomasi, 1999-yil, № 9, 229-modda) XIX bo‘limi;
4) O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston
Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish,
shuningdek ayrimlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi 175-II-sonli
Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 12, 23-modda) I bo‘limining 18-bandi;
5) O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrda qabul qilingan “Tadbirkorlik
subyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi takomillashtirilganligi hamda ularning
moliyaviy
javobgarligi
erkinlashtirilganligi
munosabati
bilan
O‘zbekiston
Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish
to‘g‘risida”gi O‘RQ-59-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi
palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 10, 536-modda) 15-moddasi.
39-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy
hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
40-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Ushbu Qonun “Xalq so‘zi” gazetasining 2012-yil 7-yanvardagi 5 (5425)-sonida
e’lon qilingan
Download