O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI MATEMATIKA-INFORMATIKA FAKULTETI AMALIY MATEMATIKA YO’NALISHI 20.07- guruh talabasi Javohir Shokirovning ”Kompyuter tarmoqlari” fanidan ” Xisoblash tarmoqlarining rivojlanish tarixi. Kompyuter tarmoqlari klassifikasiyasi” mavzusiga oid yozgan MUSTAQIL ISHI Farg’ona 2023-yil Kompyuter tarmoqlariningtarixi. Reja: 1. Kompyuter tarmoqlarining tarixi. 2. Kompyuter tarmoqlarining protokollari, ilovalar va texnologiyalar haqida umumiy tushunchalar. Kompyuter tarmoqlarining tarixi Hisoblash texnikasi va telekommunikatsiyalari Ushbu kursda o’rganiladigan kompyuter tarmoqlari, insoniyat sivilizatsiyasi tomonidan yaratilgan yagona tarmoq emas. Hatto Qadimgi Rimning suv quvurlari ham katta hududlarni qamrab oladigan va ko'plab mijozlarga xizmat ko'rsatadigan eng qadimiy tarmoqlardan biri sifatida qaralishi mumkin. Boshqa, yana ham ekzotikmisol – elektr tarmoqlari. Ularda har qanday hududiy kompyuter tarmog'ining tarkibiy qismlarining o'xshashliklarini topish oson: elektrstantsiyalari ma'lumot manbalariga, yuqori voltli elektr uzatish liniyalari -magistrallarga, transformator podstansiyalariga –ulanish tarmoqlariga, yorug'lik va maishiy elektr jihozlari –mijoz terminallariga mos keladi. Kompyuter tarmoqlari, shuningdek ma’lumot uzatish tarmoqlari deb ham nomlanadi, zamonaviy sivilizatsiyaning ikki muhim ilmiy va texnik sohasi– hisoblash texnikalari va telekommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishining mantiqiy natijasidir. Bir tomondan, kompyuter tarmoqlari – bu o'zaro bog'liq bo'lgan vazifalar to'plamini doimiy ravishda hal qiladigan, avtomatik rejimda ma'lumot almashadigan kompyuterlar guruhidir. Boshqatomondan, kompyuter tarmoqlarini uzoq masofalarga ma'lumot uzatish vositasi sifatida ko'rib chiqish mumkin, ular uchun turli xil telekommunikatsiya tizimlarida ishlab chiqilgan ma'lumotlarni kodlash va multipleksatsiya qilish usullari qo'llaniladi (1.1-rasm). Paketni qayta ishlash tizimlari Avvalo kompyuter tarmoqlarining kompyuter ildiziga murojaat qilaylik. 1950-yillarning dastlabki kompyuterlari - katta, qo’pol va qimmat bo’lib, juda kam sonli foydalanuvchilar uchun mo'ljallangan edi. Ko'pincha buqurilmalar butun binolarni egallab olishgan. Bunday kompyuterlar foydalanuvchilarning interfaol ishlashi uchun mo'ljallanmagan, paketlarni qayta ishlash rejimida ishlatilgan. Paketni qayta ishlash tizimlari odatda – kuchli va ishonchli meynfreymlar asosida qurilgan. Foydalanuvchilar ma’lumotlar va dastur buyruqlaridan tarkib topgan perfokartalarni tayyorlashgan va ularni hisoblash markaziga yuborishgan (1.2-rasm). Bir nechta foydalanuvchilarning vazifalari bajarishga qabul qilingan paketga guruhlangan. Meynfreym operatori maksimal ish faoliyatini bajarish uchun protsessor va kiritish-chiqarish qurilmalarini vazifalar o’rtasida taqsimlashni optimallashtirib, ishlarni ko'p dasturiy rejimda qayta ishlaydigan kompyuterga paket kartalarini joylashtirgan. Foydalanuvchilar odatda chop etilgan natijalarni faqat keying kun olishgan. Shu bilan birgalikda, bitta noto’g’ri to’dirilgan karta kamida sutkalik kechikishga olib kelagan. Albatta, foydalanuvchilar uchun o’zlarining ma’lumotlarini qayta ishlash jarayonini terminal orqali tezkorlik bilan boshqarish mumkin bo’lgan interaktiv rejim qulay bo’lgan. Ammo hisoblash tizimlari rivojlanishining dastlabki bosqichlarida foydalanuvchilarning manfaatlariga katta e'tibor berilmadi. Asosiy e'tibor hisoblash mashinasining eng qimmat qurilmasi – protsessorning samaradorligiga qaratildi, hattoki undan foydalanadigan mutaxassislar ishining samaradorligiga zarar yetkazsa ham. 1.2-rasm. Meynfreymga asoslangan markazlashgan tizim. Ko’p terminalli tizimlar – tarmoq prototipi Protsessorlarning narxi 60-yillarning boshlarida pasayishi bilan hisoblash jarayonini tashkil qilishning yangi usullari paydo bo'ldi, bu foydalanuvchilarning manfaatlarini hisobga olishga imkon berdi. Vaqtni taqsimlashning interfaol terminallari ishlab chiqila boshladi (1.3-rasm). Bunday tizimlarda har bir foydalanuvchi kompyuter bilan muloqot qila oladigan o'z terminaliga ega bo'ldi. Kompyuter bilan bir vaqtning o'zida ishlaydigan foydalanuvchilar soni uning quvvati bilan aniqlandi: hisoblash tizimining reaksiya vaqti yetarlicha kichik bo'lishi kerak edi, shunda foydalanuvchi boshqa foydalanuvchilarning kompyuter bilan parallel ishlashi juda sezgir bo'lmas edi. 1.3-rasm. Ko’p terminally tizim – hisoblash tarmog’ining prototipi. Terminallar hisoblash markazidan tortib, butun tashkilot bo’ylab taqsimlangan. Hisoblash quvvati to’liqligicha markazlashgan holda qildi, ma’lumotlarni kiritish va chiqarish kabi ba’zi funksiyalar taqsimlangan ravishda bo’ldi. Bunday ko’p terminally markazlashgan tizimlar tashqi ko’rinishdan mahalliy hisoblash tarmoqlariga juda o’xshash edi. Haqiqatdan ham, oddiy foydalanuvchilar meynfreym terminalini hozirgi kunda Internet tarnog’iga ulangan shaxsiy kompyuterda ishlash kabi qabul qilishgan. Foydalanuvchi umumiy fayllarga va pereferiya qurilmalaridan foydalana olgan, bunday holda foydalanuvchi o’ziga kerakli bo’lgan istalgan dasturni yuklayotganligi va deyarli darhol natija olganligi uchun unda kompyuterga to’liq egalik qilayaotgandek tasavvur paydo bo’lgan. (Ba’zi hisoblash texnikasidan yiroq bo’lgan foydalanuvchilar barcha hisoblashlar ularning displeylari ichida bo’layotganiga ishonishgan). Vaqt bo’yicha ajratish rejimida ishlovchi ko’p terminally tizimlar local hisoblash tarmoqlarining namunasi bo’lgan. Kompyuter tarmoqlarining protokollari, ilovalar va texnologiyalari haqida umumiy tushunchalar Kompyuter tarmoqlarida xabarlar almashinuvi jarayonida foydalanuvchilarning ikkita kompyuteri qatnashadi, demak, turli kompyuterlarda ishlaydigan ikki apparat-dasturiy vositalarning o’zaro aloqa tizimlarining ishlashini ta’minlash zarur. Bunday aloqalarni moslashgan bajarilishi uchun uzatiladigan ma’lumotlar o’lchami, ularning formati, nazorat qilish usullari bo’yicha moslashtirilgan standartlar qabul qilinishi kerak. 1.4-rasmda o’zaro ishlashning uchta pog’onasi keltirilgan bo’lib, ulardan har biri ikki turdagi: o’z kompyuteridagi past va qo’shni yuqori pog’onalar bilan o’zaro ishlashni hamda boshqa kompyuterning o’xshash pog’onalari bilan o’zaro ishlash interfeyslarini ko’zda tutadi. Bu ikki tushuncha mos ravishda protokol va interfeys deyiladi. Boshqacha aytganda, protokollar tarmoqning turli bog’lamalarida (kompyuterlarida) bir pog’onadagi modullarning o’zaro ishlash qoidalarini, interfeyslar esa - bitta bog’lamadan bo’lgan qo’shni pog’onalarning qoidalarini belgilaydi. Абоғлама Вбоғлама 3А-3В protokol 3А 3В 2А-3А 2В-3В interfeys interfeys 2А-2В protokol 2А 2В interfeys 1А-2А 1В-2В interfeys 1А 1А-1В protokol 1В 1.4-rasm. Bog’lamalaro’rtasidao’zaroaloqatartibi Shunday qilib, tarmoq arxitekturasida muhim elementlardan biri kommunikasion protokol - tarmoq bog’lamalarining o’zaro ishlash qoidalarining rasmiylashtirilgan to’plami hisoblanadi. Protokol doimo bir rangdagi (pog’onadagi) bog’lamalar orasida o’zaro ishlash qoidasi hisoblanadi. Iyerarxik tashkil etishga mos ravishda turli pog’onalar uchun tarmoq bog’lamalarining o’zaro ishlashini ta’minlaydigan protokollar to’plami protokollar steki deyiladi. Iyerarxiyaning past pog’onalari protokollari ko’pincha dasturiy va apparatdasturiy vositalarning birligida ishlatiladi. Tarmoq bog’lamalarining o’zaro samarador ishlashiga stekni tashkil etadigan barcha protokollarning sifati, ya’ni turli pog’onalar protokollari orasida vazifalar qay darajada rasional taqsimlanganligi va ular orasidan interfeyslarning qanday ishlashi ta’sir etadi. Pog’onalararo almashadigan xabarlar sarlavha va ma’lumotlar maydonidan iborat. Har bir pog’ona modulining vazifasi sarlavha tarkibining harakatlarini boshqarish hisoblanadi. Kompyuter tarmoqlari va hisoblash tarmoqlarining klassifikatsiyasi Hisoblash texnikasi vositalarining rivojlanishi, ayniqsa shaxsiy kompyuterlarning paydo bo`lishi mahalliy hisoblash tarmog`i (MHT) deb nomlanadigan yangi tipdagi axborot-hisoblash tizimlarining yaratilishiga olib keldi. MHT ishlab chiqarishni avtomatlashtirilgan loyihalash va texnologik tayyorlash tizimlari, ishlab chiqarish va texnologik majmualarni boshqarish tizimlari, idora tizimlari, port boshqaruvi tizimlari va boshqalarda keng qo`llanilmoqda. MHT turli ishlab chiqarish bo`linmalarini boshqarishning murakkab tizimlarini qurishda samarali usul hisoblanadi. MHT tibbiyot, qishloq xo`jaligi, ta`lim, fan va boshqa sohalarda jadal joriy etilmoqda. Umuman olganda, tarmoq - kompyuterlar, terminallar va boshqa qurilmalarning ma`lumot almashishni ta`minlaydigan aloqa kanallari bilan o`zaro bog`langan majmui. Kompyuterlararo ma`lumotlarni almashishni ta`minlab beruvchi bunday tarmoqlar kompyuter tarmoqlari deb ataladi. Mahalliy tarmoq (LAN - Local Area Network), ushbu nom nisbatan katta bo`lmagan hudud (bir korxona, ofis, bir xona) da joylashgan kompyuterlarning birlashuviga mos keladi. MHT - kompyuterlar, boshqa periferiya qurilmalari (printerlar, disk kontrollerlari va boshqalar) ning bog`lanishini ta`minlaydigan va ularga umumiy disk xotirasidan, periferiya qurilmalaridan birgalikda foydalanishga, ma`lumotlar bilan almashishga imkon beradigan apparat vositalari va algoritmlar to`plamidir. [Tanenbaum] Kompyuter texnologiyalari boshqa sanoat tarmoqlari (masalan, avtomobil va aviatsiya) nisbatan hali yosh bo`lsada, kompyuterlar qisqa vaqt ichida ajoyib taraqqiyotga erishdi. Kompyuter va kommunikatsiyaning birlashishi kompyuter tizimlarini tashkil etiladi. Tashkilotda hisoblash ishlarini bajarish uchun o`zaro bog`langan kompyuterlar tizimlariga kompyuter tarmoqlari deyiladi. Ikkita kompyuter bir-biri bilan axborot almashish uchun mis sim orqali ulanishi shart emas, balki, tolali optik, mikroto`lqinlar, infraqizil va kommunikattsiya yo`ldoshlar orqali ham foydalanish mumkin. Misol sifatida biror kompaniyaoladigan bo`lsak uning xodim va mijozlari kompyuter tarmoqlari orqali ma`lumotlar almashadi. Ma`lumot almashish loal, mintaqaviy yoki global tarmoqlar oraqali amalga oshiriladi. Tarmoqning afzalligi shundaki, masalan, biror bir xonadagi printerga boshqa xonadagi, bo`limdagi, qavatdagi yoki boshqa binolardagi ishchi xodimlar tarmoq orqali buyruq berishlari mumkin bo`ladi, ya`ni umumiy printerga ega bo`lishadi. Ishchi xodimlar xuddi shunday ma`lumotlarni ham almashish imkoniyatlariga ega. Kompaniya mijozlar bilan moliyaviy hisobotlarni, soliq to`lov va boshqa ma`lumotlarni onlayn orqali amalga oshiradi. Tarmoqdagi kompyuter va foydalanuvchilarni server boshqaradi, nazorat qiladi, javob beradi va ma`lumotlarni saqlaydi. Ma`lumotlar ombori server deb nomlanuvchi kuchli kompyuter. Ko`pincha bu markazda joylashgan va tizim ma`muri deb ham atashimiz mumkin. Mijoz deb -tarmoqda kompyuter va foydalanuvchi masofadan turib server bilan bo`glanishi, ma`lumot almashishiga aytiladi. Ikki mijoz va server bir tarmoq orqali bog`lanishi quyidagi 1-rasmda ko`rsatilgan. 1-rasm. Ikki mijoz va server bir tarmoq orqali bog`lanishi. Bu ma`lumot almashish kelishuviga mijoz-server modeli deyiladi. Bu keng tushuncha bo`lib, ma`lumotlar omboriga asoslangan veb ilovalarni ma`lumotlarini mijozlar server orqali yangilashga erishadi. Server bir vaqtning o`zida internet tarmog`idagi veb ilovalar orqali minglab mijozlarning so`rovlariga javob beradi. Mijoz-server modeliga talabalarni fanlardan onlayn test nazorat o`tkazishini misol qilib, ular orasidagi munosabatlarni quyidagi 2-rasmda ko`rsatilgan. 2-rasm. Mijoz-server modelidagi so`rovlar va javoblar Mijoz-server modelini kengroq yoritadigan bo`lsak eletron hukumat, e-hujjat, ekommunal, e-tijorat, onlayn ro`yxatdan o`tishni, onlayn buyurtmalar va boshqalarni 3-rasmda ko`rishimiz mumkin. 3-rasm. Mijozlarni serverdagi ilovalarga murojati Mobil foydalanuvchilar. Bunday noutbuk va portativ kompyuterlar kabi mobil kompyuterlar, kompyuter sanoati eng tez o`sayotgan segmentlari biri hisoblanadi. Mobil kompyuterlar 802.11 standarti asosida tarmoqqa simsiz ulanadi. Odamlar kafe, mehmonxona, aeroport, maktablar, poezd va samolyotlarda simsiz tarmoqdan mobil foydalanuvchilar tobora ortib bormoqda. Mashhur Samsung, iPhone kabi cmart telefonlar mobil telefonlar va mobil kompyuter 3G, 4G va 5G mobil tarmoqlari vositasida ular internetga ulanadi. Shaxsiy tarmoq maydoni. Shaxsiy tarmoq qurilma va shaxs o`rtasida muloqot o`rnatadi. Bunga umumiy misol qilib atrof-muhit bilan kompyuterni bog`lovchi simsiz tarmoqni olish kifoya. Bluetooth deb nomlangan qisqa masofali simsiz tarmoq yordamida har bir kompyuterga monitor, klaviatura, sichqoncha, va printerni simsiz ulash quyidagi 4-rasmda ko`rsatilgan. 4-rasm. Bluetooth PAN Mahalliy va mintaqa tarmoqlari. Mahalliy tarmoq - (LAN - Local Area Network), ushbu nom nisbatan katta bo`lmagan hudud (bir korxona, ofis, bir xona) da joylashgan kompyuterlarning birlashuviga mos keladi. MHT uchun mavjud standartlar (tegishlicha Ethernet va ARCNET) 2,5 km dan 6 km gacha bo`lgan masofadagi kompyuterlar orasida aloqani ta`minlaydi. MHT - kompyuterlar, boshqa periferiya qurilmalari (printerlar, disk kontrollerlari va boshqalar) ning bog`lanishini ta`minlaydigan va ularga umumiy disk xotirasidan, periferiya qurilmalaridan birgalikda foydalanishga, ma`lumotlar bilan almashishga imkon beradigan apparat vositalari va algoritmlar to`plamidir. Hozirgi vaqtda axborot-hisoblash tizimlarini 3 ta asosiy tipga bo`lish qabul qilingan (5- rasm): 5-rasm. Kompyuter hisoblash tarmoqlari 1. LAN (Losal Area Network) - korxona, muassasa, bir tashkilot doirasidagi mahalliy tarmoq; 2. MAN (Metropolitan Area Network) - shahar yoki mintaqaviy tarmoq, ya`ni shahar, viloyat va shu kabilar doirasidagi tarmoq (7-rasm); 3. WAN (Wide Area Network) - mamlakat, qit`a, butun dunyo abonentlarini bog`lovchi global tarmoq (8-rasm). Juda keng tarqalgan Wi-Fi deb nomlanuvchi IEEE 802.11 deb nomlangan simsiz tarmoq standarti mavjud. Lokal tarmoqni simsiz va simli ko`rinishi quyidagi 6-rasmda ko`rsatilgan. 6-rasm. Simsiz va simli lokal tarmoq 7-rasm. Mintaqaviy tarmoq 8-rasm. Global tarmoq 9-rasm. Virtual xususiy tarmoq foydalanayotgan WAN. 10-расм. ISP tarmoq foydalanayotgan WAN.