O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi MADANIYATSHUNOSLIK fanidan mustaqil ta’limni tashkil etish bo‘yicha (uslubiy qo‘llanma) TOSHKENT – 2022 1 2 O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi Tasdiqlayman Tarix fakulteti dekani. ______M.L.Babaxodjayeva “___” ___________2022 MADANIYATSHUNOSLIK fanidan mustaqil ta’limni tashkil etish bo‘yicha (uslubiy qo‘llanma) TOSHKENT – 2022 3 N.Z.Madaminova – pedagogika fanlari bo‛yicha PhD, dotsent v.b. Tuzuvchilar: X.B.Kadirova – sotsiologiya fanlari bo‛yicha PhD, dotsent v.b. Ya.B.Kadirova – o‘qituvchi Taqrizchilar: X.A.Axmedov – falsafa fanlari nomzodi, Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti A.T.Turgunova – pedagogika fanlaribo‘yicha PhD, O‘zXIA dotsenti v.b. Mazkur “Madaniyatshunoslik” fanidan mustaqil ta’limni tashkil qilish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining bakalavriyat yo‘nalishi barcha II bosqich talabalari uchun tayyorlandi. Uslubiy qо‘llanmaning asosiy mazmuni mustaqil ta’lim topshiriqlari, ularning mazmuni, mavzular bо‘yicha talabalar bajarishi kerak bо‘lgan mustaqil ta’lim topshiriqlar majmuasidan iborat. Shu bilan birga mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarishga qо‘yiladigan talablar haqida ma’lumotlar berilgan. Undan “Madaniyatshunoslik” fanidan mustaqil ta’limni tayyorlashlarida foydalanishlari mumkin. Uslubiy qo‛llanma “Madaniyat” kafedrasining 2022 yil ____ gi __-sonli yig‘ilishida muhokamadan o‘tgan va foydalanishga tavsiya qilgan Uslubiy qо‘llanma Nizomiy nomidagi TDPUning Tarix fakulteti Kengashining 2022 yil ˍˍˍ ˍˍˍˍˍˍˍˍˍˍˍdagi ˍˍˍˍ - sonli yig‘ilishi bayonnomasi bilan chop etishga tavsiya etilgan. SO‛Z BOSHI 4 Mazkur mustaqil ish topshiriqlari О‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi 824-son Qarori hamda Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021-yil 16-iyuldagi “Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash tо‘g‘risida”gi 311-son buyrug‘i va Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida kredit-modul tizimida talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etish va nazorat qilish bо‘yicha yо‘riqnoma asosida ishlab chiqildi. Mustaqil ish – о‘qituvchining topshirig‘i va uning rahbarligida о‘quv vazifasini hal etadigan ta’limning faol metodi. Mustaqil ish bu qо‘yilgan maqsad bilan bog‘liqlikda talabalarning aniq faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishdir. Talabaning mustaqil ishlari uning yuqori darajadagi faollik, ijodiylik, mustaqil tahlil, tashabbuskorlikka asoslangan faoliyatidir. Talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etishdan asosiy maqsad fan bо‘yicha bilimlarni о‘zlashtirish, mustahkamlash, boyitish, amaliy kо‘nikma va malakalarni takomillashtirish, axborot bilan ishlash, о‘z-о‘zini rivojlantirish, kognitiv, kreativ, hamkorlikda ishlash kompetensiyalarini tarkib toptirishdan iboratdir. Talabalarning mustaqil ta’limini tashkil etish quyidagi vazifalarni hal etadi: – talabalarda о‘z-о‘zini rivojlantirish, mustaqil bilim olish va innovatsion faoliyatni shakllantirishga imkon beruvchi kompetensiyalarni egallaydi; – bilim, kо‘nikma va malakalarni mustaqil egallash, muammoni shakllantira olish va uni hal etishning maqbul yо‘larini izlab topish kо‘nikmalarini shakllantirish; – talabalarda о‘quv dasturini о‘zlashtirishga doir motivatsiyani hosil qilish; – talabalarda bilim olishga doir mas’uliyatni oshirish; – talabalarda kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish; – talabalarda mustaqil bilim olish, о‘z-о‘zini boshqarish va о‘z-о‘zini rivojlantirish qobiliyatini shakllantirish. Talabalarning mustaqil ta’limi va fan modullarini о‘zlashtirish jarayonini sinonim deb qaralishi kerak. Ma’ruza mashg‘ulotlarida talabalar о‘rganilayotgan fandan umumiy tushunchalardan iborat bilimlar shakllantirilsa, talaba mustaqil ta’lim faoliyati natijasida fanni tо‘liq о‘zlashtiradi. Bu jarayon talabalarni kreativ fikrlashga, olgan bilimlarini ishlata olish qobiliyatini shakllantirishga va muammolarni oson yechimini topa olish qobiliyati shakllantirishga olib keladi. 5 Rivojlanish biologiyasi fanidan ishlab chiqilgan talabalarning mustaqil ta’limi uchun tavsiya etilayotgan topshiriqlarni talab darajasida bajarishi talabalarni mazkur fanni tо‘liq о‘zlashtirishi uchun kafolat bо‘ladi. Talabalarni mustaqil ishini tashkil etish va nazorat qilish bo‘yicha YO‘RIQNOMA Hozirgi davr chuqur nazariy va amaliy bilimlar bilan bir qatorda tanlangan sohasi bo‘yicha mustaqil faoliyat ko‘rsata oladigan, o‘z bilimi va malakasini mustaqil ravishda oshirib boradigan, masalaga ijodiy yondoshgan holda muammoli vaziyatlarni aniqlab, tahlil qilib, to‘g‘ri xulosa chiqara oladigan mutaxassislarni tayyorlashni asosiy vazifalardan biri sifatida belgilashni taqazo etmoqda. Ma’lumki, axborot va bilimlar doirasi tez sur’atlar bilan kengayib borayotgan hozirgi sharoitda barcha ma’lumotlarni faqat dars mashg‘ulotlari paytida talabalarga yetkazish qiyin. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, talaba mustaqil ravishda shug‘ullansa va o‘z ustida tinimsiz ishlasagina bilimlarni chuqur o‘zlashtirishi mumkin. Talabalarning asosiy bilim, ko‘nikma va malakalari mustaqil ta’lim jarayonidagina shakllanadi, mustaqil faoliyat ko‘rsatish qobiliyati rivojlanadi va ularda ijodiy ishlashga qiziqish paydo bo‘ladi. Shuning uchun talabalarning mustaqil ta’lim olishlarini rejalashtirish, tashkil qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg‘ulotlarida talabalarni o‘qitish bilan bir qatorda ularni ko‘proq o‘qishga o‘rgatish, bilim olish yo‘llarini ko‘rsatish, mustaqil ta’lim olish uchun yo‘llanma berish oliy ta’lim muassasasining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Talaba mustaqil ishi (TMI) – muayyan fandan o‘quv dasturida belgilangan bilim, ko‘nikma va malakaning ma’lum bir qismini talaba tomonidan fan o‘qituvchisi maslahati va tavsiyalari asosida auditoriya va auditoriyadan tashqarida o‘zlashtirilishiga yo‘naltirilgan tizimli faoliyatdir. O‘qishning boshlang‘ich bosqichlarida TMIni tashkil etish bir qator vazifalar bilan bog‘liq. Ayniqsa, birinchi kurs talabalari ta’limining navbatdagi turi – oliy ta’lim talabalarga ko‘nikishi qiyin kechadi. Chunki ular ta’lim olish jarayonida o‘z mustaqil faoliyatlarini tashkil qilishni deyarli bilishmaydi. Ma’lumotlarni qaysi manbadan, qanday qilib topish, ularni tahlil qilish va zarurlarini ajratib olib tartibga solish, konspektlashtirish, o‘z fikrini aniq va yorqin ifodalash, o‘z vaqtlarini to‘g‘ri taqsimlash, shuningdek, aqliy va jismoniy imkoniyatlarini to‘g‘ri baholash ular uchun katta muammo bo‘ladi. Eng asosiysi, ular mustaqil ta’lim olishga ruhan tayyor bo‘lishmaydi. 6 Shuning uchun har bir professor-o‘qituvchi dastlab talabada o‘z qobiliyati va aqliy imkoniyatlariga ishonch uyg‘otishi, ularni sabr-toqat bilan, bosqichmabosqich mustaqil bilim olishni to‘g‘ri tashkil qilishga o‘rgatib borish lozim bo‘ladi. Talabalar tomonidan mustaqil ravishda o‘zlashtiriladigan bilim va ko‘nikmalarning kursdan-kursga murakkablashib, kengayib borishini hisobga olgan holda ularning tashabbuskorligi va rolini oshirib borish zarur. Shundan mustaqil ta’limga ko‘nikma boshlagan talaba faqat o‘qituvchi tomonidan belgilab berilgan ishlarni bajaribgina qolmay, o‘zining ehtiyoji, qiziqishi va qobiliyatiga qarab, o‘zi zarur deb hisoblagan qo‘shimcha bilimlarni ham mustaqil ravishda tanlab o‘zlashtirishga o‘rganib boradi. Talabalar mustaqil ishlarining shakli va hajmini belgilashda quyidagi jihatlar e’tiborga olinishi lozim: - o‘qish; - muayyan fanning o‘ziga xos xususiyati va o‘zlashtirishdagi qiyinchilik darajasi; - talabaning qobiliyati hamda nazariy va amaliy tayyorgarlik darajasi (tayanch bilimi); - fanning axborot manbalari bilan ta’minlanganlik darajasi; - talabaning axborot manbalari bilan ishlay olish darajasi; - mustaqil ta’lim uchun beriladigan topshiriqlarning shakli va hajmi, qiyinchilik darajasi semestrdan-semestrga ko‘nikmalar hosil bo‘lishiga muvofiq ravishda o‘zgarib, oshib borishi lozim. Ya’ni, talabalarning topshiriqlarni bajarishdagi mustaqilligi darajasini asta-sekin oshirib, ularni topshiriqlarni bajarishga tizimli va ijodiy yondashishga o‘rgatib borish kerak bo‘ladi. TMTni tashkil etishda talabaning akademik o‘zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish mumkin: fanning ayrim mavzularini o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish, o‘quv manbalari bilan ishlash; amaliy, seminar va laboratoriya mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rib kelish; ma’lum mavzu bo‘yicha referat tayyorlash; kurs ishi (loyihalari)ni bajarish; bitiruv malakaviy ishi va magistrlik dissertatsiyasi uchun materiallar to‘plash; hisob-kitob va grafik ishlarini bajarish; maket, model va badiiy asarlar ustida ishlash; amaliyotdagi mavjud muammoning yechimini topish, test, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash; ilmiy maqola, tezislar va ma’ruza tayyorlash; amaliy mazmundagi nostandart masalalarni yechish va ijodiy ishlash; 7 uy vazifalarini bajarish va boshqalar; Fan xususiyatidan kelib chiqqan holda talabalarga mustaqil ish uchun boshqa shakllardagi vazifalar ham topshirilishi mumkin. Talabalarga qaysi turdagi topshiriqlarni berish lozimligi kafedra tomonidan belgilanadi. Topshiriqlar puxta o‘ylab chiqilgan va ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lib, talabalarning auditoriya mashg‘ulotlarida olgan bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish, kengaytirish va to‘ldirishga xizmat qilishi kerak. Mavzuni mustaqil o‘zlashtirish. Fannning xususiyati, talabalarning bilim darajasi va qobiliyatiga qarab ishchi o‘quv dasturiga kiritilgan alohida mavzular talabalarga mustaqil ravishda o‘zlashtirish uchun topshiriladi. Bunda mavzuning asosiy mazmunini ifodalash va ochib berishga xizmat qiladigan tayanch iboralar, mavzuni tizimli bayon qilishga xizmat qiladigan savollarga e’tibor qaratish, asosiy adabiyotlar va axborot manbalarini ko‘rsatish lozim. Topshiriqni bajarish jarayonida talabalar mustaqil ravishda o‘quv adabiyotlaridan foydalanib ushbu mavzuni konspektlashtiradilar, tayanch iboralarning mohiyatini anglagan holda mavzuga taalluqli savollarga javob tayyorlaydilar. Zarur hollarda (o‘zlashtirish qiyin bo‘lsa, savollar paydo bo‘lsa, adabiyotlar yetishmasa, mavzuni tizimli bayon eta olmasa va h.k.) o‘qituvchidan maslahatlar oladilar. Mustaqil o‘zlashtirilgan mavzu bo‘yicha tayyorlangan matn kafedrada himoya qilinadi. Referat tayyorlash. Talabaga qiyinchilik darajasi uning shaxsiy imkoniyatlari qobiliyati va bilim darajasiga muvofiq bo‘lgan biror mavzu bo‘yicha referat tayyorlash topshiriladi. Bunda talaba asosiy adabiyotlardan tashqari qo‘shimcha adabiyotlardan (monografiyalar, ilmiy, uslubiy maqolalar, internetdan olingan ma’lumotlar, elektron kutubxona materiallar va h.k.) foydalanib materiallar yig‘adi, tahlil qiladi, tizimga soladi va mavzu bo‘yicha imkon darajasida to‘liq, keng ma’lumot berishga harakat qiladi. Zurur hollarda o‘qituvchidan maslahat va ko‘rsatmalar oladi. Yakunlangan referat kafedrada ekspertlar ishtirokida himoya qilinadi. Ko‘rgazmali vositalar tayyorlash. Talabaga muayyan mavzuni bayon qilish va yaxshiroq o‘zlashtirish uchun yordam beradigan ko‘rgazmali materiallar (jadvallar, chizmalar, rasmlar, xaritalar, maketlar, modellar, grafiklar, namunalar, musiqiy asar, kichik badiiy asar, esselar va h.k.) tayyorlash topshiriladi. Mavzu o‘qituvchi tomonidan aniqlanib, talabaga ma’lum ko‘rsatmalar, yo‘l-yo‘riqlar beriladi. Ko‘rgazmali 8 vositalarning miqdori, shakli va mazmuni talaba tomonidan mustaqil tanlanadi. Bunday vazifani bir mavzu bo‘yicha bir necha talabaga topshirish ham mumkin. Talaba ko‘rgazmali materiallardan foydalanish bo‘yicha yozma ravishda tavsiyalar tayyorlaydi va kafedrada himoya qiladi. Mavzu bo‘yicha testlar, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash. Talabaga muayyan mavzu bo‘yicha testlar, qiyinchilik darajasi har xil bo‘lgan masalalar va topshiriqlar, munozaraga asos bo‘ladigan savollar tuzish topshirladi. Bunda o‘qituvchi tomonidan talabaga testga qo‘yiladigan talablar uni tuzish qonun-qoidalar, qanday maqsad ko‘zda tutilayotganligi, turli savollar tuzishda mavzuning munozarali momentlarini qanday qilish lozimligi, topshiriqlarni tuzish usullari bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar beriladi. Konsultatsiya paytlarida bajarilgan ishlarning qo‘yilganligi va talablarga javob berish darajasi nazorat qilinadi (qayta ishlanishi, aniqlashtirish yoki to‘ldirish taklif etilishi mumkin). Ilmiy maqola, tezislar va ma’ruzalar tayyorlash. Talaba biron bir mavzu bo‘yicha (mavzuni talabaning o‘zi tanlashi ham mumkin (referativ) harakterda maqola, tezis yoki ma’ruza tayyorlash topshirishi mumkin. Bunda talaba o‘quv adabiyotlari, ilmiy-tadqiqot ishlari, dissertatsiyalar, maqola va monografiyalar hamda boshqa axborot manbalardan mavzuga tegishli materiallar to‘playdi, tahlil qilishga zarurlarini ajratib olib, tartibga soladi, shaxsiy tajribasi va bilimi, ilmiy natijalariga asoslangan holda qo‘shimchalar, izohlar kiritadi, o‘z nuqtai-nazarini bayon etadi va asoslaydi. Bunda talaba o‘qituvchi bilan hamokorlikda ishlaydi. Tayyorlangan maqola, tezis yoki ma’ruza kafedrada himoya qilinadi. Amaliy mazmundagi nostandart masalalar yechish va ijodiy ishlash. Bir mavzu yoki bo‘lim bo‘yicha nostandart, alohida yondashib qilinadigan, nazariy ahamiyatga ega bo‘lgan amaliy topshiriqlarga yondashish talab qilinadigan ilmiy-ijodiy vazifalar, modellar, namunalar yaratish vazifasi topshirilishi mumkin. Amaliy topshiriqlar masalani hal qilishning optimal variantlarini izlashga va ishlashga qaratilgan bo‘lishi kerak. Talabaning qiziqish va qobiliyatiga qarab, ilmiy xarakterdagi topshiriqlar berish, o‘qituvchi bilan hamkorlik ilmiy ishlar tayyorlash va chop ettirishi mumkin. Talabalar mustaqil ishini samarali tashkil etishda: - tizimli yondashish; - barcha bosqichlarini muvofiqlashtirish va uzviylashtirish; - bajarilishi ustida qat’iy nazorat o‘rnatish; 9 - tashkil etish va nazorat qilish mexanizmlarini takomillashib borish zarur; Mustaqil ish topshiriqlari muvaffaqiyatli yakunlashi uchun quyidagi talablar bajarilish lozim: maqsad (bilimini mustahkamlash yangi bilimlar o‘zlashtirish, faollikni oshirish, amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish h.k.) aniq asoslanishi; vazifa va topshiriqlarning aniq ravshan belgilanishi; topshiriqlarni bajarish algoritmi va metodlaridan talabalarning yetarli darajada habardor bo‘lishi; maslahat va boshqa yordam turlarining to‘g‘ri belgilanishi (yo‘llanma va ko‘rsatma berish, mavzuning mazmuni va mohiyatini tushuntirish, muammoli topshiriqlarni bajarish usullari bo‘yicha tushuncha berish, ayrim muammoli momentlarni birgalikda hal qilish va h.k.); hisobot shakli va baholash mezonini aniq belgilash; nazorat vaqti, shakli va turlarini aniq belgilab olish (amaliy seminar, laboratoriya mashg‘ulotlari, konsultatsiya uchun yoki nazorat uchun maxsus ajratilgan vaqt, ma’ruza yo referat matni, bajarilgan topshiriqlar daftari, nazorat ishlari, uy vazifasi daftari, kurs ishlari, test, maqola, nostandart topshiriqlar, savollar, maqola, ko‘rgazmali jihozlar va ijodiy ishlar, savol-javob, bajarilgan ish mazmuni va mohiyatini tushuntirib berish, yozma shaklda bayon qilish va h.k.). Talabalar mustaqil ishini shartli ravishda ikkiga ajratish mumkin: Auditoriyada amalga oshiriladigan TMIlari. O‘tilgan mavzuni qayta ishlash, kengaytirish va mustahkamlashga oid topshiriqlar bajariladi. Auditoriyadan tashqari amalga oshiriladigan TMIlari. O‘quv dasturidagi ayrim mavvzularni mustaqil holda o‘zlashtirish, uyga berilgan vazifalarni bajarish, amaliy va laboratoriya ishlariga tayyorgarlik ko‘rib kelish, ijodiy va ilmiy-tadqiqot harakteridagi ishlar va h.k. Birinchi tur ishlari talabalarning nazariy va amaliy bilimlarini o‘zlashtirib borish darajasi, amaliy mashg‘ulotlarga (amaliyot, laboratoriya, seminar darslari) tayyorgarlik saviyasi va uy vazifalarining bajarilish sifatini tekshirish maqsadida, odatda, nazorat ishlari olish, savol-javob, suhbat, munozara, amaliy topshiriqlarni bajartirib ko‘rish va h.k. usullarda asosan amaliyot darslarida nazorat (joriy nazorat) qilinadi. Joriy nazoratda talabaning dars paytida o‘tilgan materiallarni o‘zlashtirish va uyga berilgan topshiriqlarni bajarishdagi faolligi, bajarish saviyasi va o‘zlashtirish darajasi e’tiborga olinadi. 10 Ikkinchi tur ishlari fanning ishchi o‘quv dasturida auditoriyadan tashqarida o‘zlashtirilishi belgilangan mavzu bo‘yicha ma’lumot va axborotlarni mustaqil ravishda izlab topish, taxlil qilish, konspektlashtirish (yoki referat tarzida rasmiylashtirish) va o‘zlashtirish, ijodiy yondashishni talab qiladigan amaliy topshiriqlarni bajarish ko‘rinishida amalga oshiriladi. Bu turdagi ishlarni bajarish jarayoni va o‘zlashtirish sifatining nazorati darsdan tashqari paytlarda, maxsus belgilangan konsultatsiya soatlarida amalga oshiriladi. Talabalar mustaqil ishini baholash. TMI natijalari amaldagi “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi to‘g‘risidagi Nizom”ga asosan baholab boriladi. 11 Mustaqil ta’limni bajarish bo‘yicha tematik rejasi № t\r Mavzular nomi Topshiriqni bajarish shakli Soatlar miqdori 1. Madaniyat va sivilizatsiya. Madaniyatning inson va jamiyat hayotida tutgan o‘rni. Individual 2 Topshiriq turlari Referat va mavzuga doir buklet tayyorlash Mavzuga oid tayanch tushunchalarni izohlash Venn diagrammasini qo‘llash Mavzuga doir test tuzish 2. Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi madaniyati. Individual 2 Taqdimot yaratish Glossari tayyorlash Klasterlar tuzish Mavzuga doir test ishlab chiqish 3. An’anaviy madaniyatning dunyo madaniyatida tutgan o‘rni. Individual 2 Esse yozish Multimediali taqdimot tayyorlash “T-jadval” texnologiyasi asosida mavzuni tahlil qilish Mavzuga doir test tuzish 4. Sharq uyg‘onish davri madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlari. Individual 2 Referat tayyorlash Test tuzish “Mantiqiy chalkash zanjir” metodi asosida ishlash Mavzuga doir test tuzish 12 5. Madaniy va ma’naviy meros. Individual 2 Doklad tayyorlash Muammoli savollar ishlab chiqish “Videotopishmoq” metodi asosida mavuga doir viderolik tayyorlash va tahlil qilish Mavzuga doir test tuzish 6. Xonliklar davrida madaniyatning ahvoli. Chor Rossiya va mustabid sho‘ro davlati davrida milliy madaniyatni ahvoli. Individual 2 Taqdimtod (rasmlardan foydalangan holda) tayyorlash Tog`ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romaini o‘qib hamda yozma bayon etish “Keys stadi” texnologiyasi asosida mavzuni tahlil qilish Mavzuga doir test tuzish 7. 8. Islomiy qadriyatlar va hozirgi zamon. O‘zbekistonda jamiyatning ma’naviy yangilanishi jarayonida madaniy merosga munosabat. Mustaqillik va madaniy taraqqiyot. O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashu vi 2 Multimediali tayyorlash taqdimot Mavzuga oid tushunchalarni jadval kо‘rinishiga keltirish “Oltinchisi ortiqcha” metodi asosida ishlash Mavzuga doir test tuzish 2 Referat tayyorlash O‘zbekistonda o‘tkaziladigan “Sharq taronalari” musiqiy festivali haqida dunyo ommasining qarashlari asosida kichik esse yozing 13 “Ko‘rgazma texnologiyasi” asosida ishlash Mavzuga doir test tuzish 16 Jami: Mustaqil ta’lim topshiriqlari 1-Mavzu: Madaniyat va sivilizatsiya. Madaniyatning inson va jamiyat hayotida tutgan o‘rni. Topshiriq maqsad: Madaniyat va sivilizatsiya. Madaniyatning inson va jamiyat hayotida tutgan o‘rni haqida bilimlarni mustahkamlash. 1-topshiriq: Referat va mavzuga doir buklet tayyorlash 2-topshiriq: Mavzuga oid tayanch tushunchalarni izohlash 3-topshiriq: Venn diagrammasi tuzish 4-topshiriq: Mavzuga doir test tuzish “VENN DIAGRAMMASI” STRATEGIYASI Strategiya o‘quvchi (talaba)larda mavzuga nisbatan tahliliy yondashuv, ayrim qismlar negizida mavzuning umumiy mohiyatini o‘zlashtirish (sintezlash) ko‘nikmalarini hosil qilishga yo‘naltiriladi. U kichik guruhlarni shakllantirish asosida aniq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi. Yozuv taxtasi o‘zaro teng to‘rt bo‘lakka ajratiladi va har bir bo‘lakka quyidagi sxema chiziladi: 2 1 3 Strategiya o‘quvchi (talaba)lar tomonidan o‘zlashtirilgan o‘zaro yaqin nazariy bilim, ma’lumot yoki dalillarni qiyosiy tahlil etishga yordam beradi. Undan muayyan bo‘lim yoki boblar bo‘yicha yakuniy darslarni tashkil etishda foydalanish yanada samaralidir. 14 Uni qo‘llash bosqichlari quyidagilardan iborat: O‘quvchi (talaba)lar to‘rt guruhga bo‘linadi Yozuv taxtasiga topshiriqni bajarish mohiyatini aks ettiruvchi sxema chiziladi Har bir guruhga o‘zlashtirilayotgan mavzu (bo‘lim, bob) yuzasidan alohida topshiriqlar beriladi Topshiriqlar bajarilgach, guruh a’zolari orasidan liderlar tanlanadi Liderlar guruh a’zolari tomonidan bildirilgan fikrlarni umumlashtirib, yozuv taxtasida aks etgan diagrammani to‘ldiradi Baholash mezoni: • mazmunning mavzuga mosligi - 1 ball; • axborotning to‘g‘ri tuzilishi - 2 ball; • taqdim etilgan ma’lumotlarning mantiqiy bog‘lanishining mavjudligi - 2 ball; • estetik dizayn, uning talablarga muvofiqligi - 2 ball; • o‘z vaqtida topshirilgan ish - 1 ball. Maksimal ball: 8. 7,5-8 ball – ”5” ballga to'g'ri keladi 6 -7 ball – “4” 4,5-5,5 ball – “3” 4,5 balldan kam – “2” 2-Mavzu: Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi madaniyati. Topshiriq maqsad: Markaziy Osiyo xalqlarining qadimgi madaniyati haqidagi bilimlarni mustahkamlash. 1-topshiriq: Taqdimot yaratish 2-topshiriq: Glossari tayyorlash 3-topshiriq: Klasterlar tuzish 4-topshiriq: Mavzuga doir test ishlab chiqish 15 “KLASTER” METODI “Klaster” (g‘uncha, to‘plam, bog‘lam) metodi puxta o‘ylangan strategiya bo‘lib, uni o‘quvchi (talaba)lar bilan yakka tartibda, guruh asosida tashkil etiladigan mashg‘ulotlarda qo‘llash mumkin. Klasterlar ilgari surilgan g‘oyalarni umumlashtirish, ular o‘rtasidagi aloqalarni topish imkoniyatini yaratadi. Metoddan foydalanishda quyidagi shartlarga rioya qilish talab etiladi: Nimani o‘ylagan bo‘lsangiz, uni qog‘ozga yozing! Fikringizning sifati haqida o‘ylab o‘tirmay, shunchaki yozib boring! Yozuvingizning orfografiyasi yoki boshqa jihatlariga e’tibor bermang! Belgilangan vaqt nihoyasiga yetmagunicha, yozishdan to‘xtamang! Agar ma’lum muddat o‘ylay olmasangiz, u holda qog‘ozga biror narsaning rasmini chiza boshlang! Bu harakatni yangi g‘oya tug‘ilguniga qadar davom ettiring! Muayyan tushuncha doirasida imkon qadar ko‘proq yangi g‘oyalarni ilgari surish, ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik, bog‘liqlikni ko‘rsating! Мetod yordamida o‘quvchi (talaba)lar topshiriq bo‘yicha fikrlarini klaster (mayda, alohida qismlar) tarzida quyidagicha ifodalaydi: Baholash mezoni: 16 • mazmunning mavzuga mosligi - 1 ball; • axborotning to‘g‘ri tuzilishi - 2 ball; • taqdim etilgan ma’lumotlarning mantiqiy bog‘lanishining mavjudligi - 2 ball; • estetik dizayn, uning talablarga muvofiqligi - 2 ball; • o‘z vaqtida topshirilgan ish - 1 ball. Maksimal ball: 8. 7,5-8 ball – ”5” ballga to'g'ri keladi 6 -7 ball – “4” 4,5-5,5 ball – “3” 4,5 balldan kam – “2” 3-Mavzu: An’anaviy madaniyatning dunyo madaniyatida tutgan o‘rni. Topshiriqning maqsad: An’anaviy madaniyatning dunyo madaniyatida tutgan o‘rni xususidagi bilimlarni boyitish va tahlil qila olish ko‘nikmasini shakllantirish. 1-topshiriq: Esse yozish 2-topshiriq: Multimediali taqdimot tayyorlash 3-topshiriq: “T-jadval” texnologiyasi asosida mavzuni tahlil qilish 4-topshiriq: Mavzuga doir test tuzish “T-JADVAL” TEXNOLOGIYASI Texnologiya tayanch tushunchalarni bir-biri bilan o‘zaro solishtirish, qiyoslash asosida o‘rganilayotgan mavzu yoki masalaning muayyan jihatini bir necha asosiy belgilarga ko‘ra batafsil yoritish maqsadida qo‘llaniladi. Ko‘p hollarda texnologiya mavzu mazmunida yoritiladigan bir necha holatlarning afzallik yoki kamchiliklarini, samaradorli yoki samarasizligini, bugungi kun va istiqbol uchun ahamiyatini taqqoslash maqsadida qo‘llaniladi. Texnologiyani qo‘llash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: O‘quvchi (talaba)lar e’tiboriga o‘rganiladigan mavzu havola etiladi 17 O‘quvchi (talaba)lar texnologiyani qo‘llash shartlari bilan tanishtiriladi Mashg‘ulotlarda “T-jadval” metodidan foydalanish uchun o‘quvchi (talaba)larning e’tiboriga quyidagi sxema taqdim etiladi: O‘rganilayotgan masala (g‘oya, omil) Afzalligi 1. Kamchiligi 1. Baholash mezoni: • mazmunning mavzuga mosligi - 1 ball; • axborotning to‘g‘ri tuzilishi - 2 ball; • taqdim etilgan ma’lumotlarning mantiqiy bog‘lanishining mavjudligi - 2 ball; • estetik dizayn, uning talablarga muvofiqligi - 2 ball; • o‘z vaqtida topshirilgan ish - 1 ball. Maksimal ball: 8. 7,5-8 ball – ”5” ballga to'g'ri keladi 6 -7 ball – “4” 4,5-5,5 ball – “3” 4,5 balldan kam – “2” 4-Mavzu: Sharq uyg‘onish davri madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlari. 18 Topshiriqning maqsad: Sharq uyg‘onish davri madaniyatining o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risidagi bilimlarni mustahkamlash va tahlil qila olish ko‘nikmasini shakllantirish. 1-topshiriq: Referat tayyorlash 2-topshiriq: Test tuzish 3-topshiriq: “Mantiqiy chalkash zanjir” metodi asosida ishlash 4-topshiriq: Mavzuga doir test tuzish “MANTIQIY CHALKASH ZANJIR” METODI Metod tushunchalar, bildirilgan fikrlar o‘rtasida bog‘liqlikni yuzaga keltirish, ularni mantiqiy jihatdan ketma-ketlikda to‘g‘ri ifodalashga yordam beradi. Uning mohiyatiga o‘qituvchi mavzuni yorituvchi ma’lumotlarni to‘g‘ri va noto‘g‘ri tartibda bayon etadi. O‘quvchi (talaba)larning vazifasi mantiqiy jihatdan noto‘g‘ri ifodalangan ma’lumotlarni to‘g‘ri dalillarga aylantirish, yuzaga kelgan mantiqiy chalkashlikni tuzatish, fikrlarni muayyan ketma-ketlikda to‘g‘ri joylashtirgan holda uzilgan zanjirni “ulash”dan iborat. Mashg‘ulotda metodni qo‘llash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: O‘qituvchi o‘quvchi (talaba)larni metodning mohiyati bilan tanishtiradi O‘quvchilar bir nechta kichik guruhlarga biriktiriladi Kichik guruhlarga chalkash ma’lumotlarni o‘zida ifodalagan tarqatmali materiallar beriladi Topshiriqlarni bajarish uchun vaqt hajmi (5 daqiqa) belgilanadi Kichik guruh tarqatmali materialda ifodalangan matndagi mantiqiy xato va chalkashliklarni aniqlab, uzilgan zanjirni “ulash”ga harakat qiladi Belgilangan vaqt yakunlangach, har bir guruhdan bir nafar vakil jamoani topshiriq mazmuni va guruhning javoblari bilan tanishtiradi Jamoada guruhlarning javoblari yuzasidan muhokama tashkil etiladi O‘qituvchi jamoaning fikriga tayanib guruhlar ishini baholaydi Baholash mezoni: 19 • mazmunning mavzuga mosligi - 1 ball; • axborotning to‘g‘ri tuzilishi - 2 ball; • taqdim etilgan ma’lumotlarning mantiqiy bog‘lanishining mavjudligi - 2 ball; • estetik dizayn, uning talablarga muvofiqligi - 2 ball; • o‘z vaqtida topshirilgan ish - 1 ball. Maksimal ball: 8. 7,5-8 ball – ”5” ballga to'g'ri keladi 6 -7 ball – “4” 4,5-5,5 ball – “3” 4,5 balldan kam – “2” 5-Mavzu: Madaniy va ma’naviy meros. Topshiriqning maqsad: Madaniy va ma’naviy meros to‘g‘risidagi bilimlarni mustahkamlash. 1-topshiriq: Doklad tayyorlash 2-topshiriq: Muammoli savollar ishlab chiqish 3-topshiriq: “Videotopishmoq” metodi asosida mavuga doir viderolik tayyorlash va tahlil qilish 4-topshiriq: Mavzuga doir test tuzish “VIDEOTOPISHMOQ” METODI So‘nggi yillarda pedagogik faoliyatda turli axborot vositalar (kompyuter, televidenie, radio, nusxa ko‘chiruvchi qurilma, slayd, video va audio magnitofonlar) yordamida ta’lim jarayoni tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘qituvchilar oldida o‘qitishda turli axborot vositalaridan o‘rinli, maqsadli, samarali foydalanish vazifasi turibdi. Metodidan foydalanishda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi: 20 O‘quvchi (talaba)larga o‘rganilayotgan mavzu mohiyatini tasviriy yoritishga yordam beruvchi izohlarsiz bir nechta videolavha namoyish qilinadi O‘quvchi (talaba)lar har bir lavhada qanday jarayon aks ettirilganligini izohlaydi O‘quvchi (talaba) video lavhalarda aks etgan jarayon, hodisa yoki voqeliklarning mohiyatini daftarlariga qayd etadi O‘quvchi (talaba)lar o‘qituvchi tomonidan berilgan savollarga javob qaytaradi Videolavhalar namoyish qilingach, o‘quvchi (talaba)lardan lavhada qanday jarayon, hodisa yoki voqelik aks etganligi, qaysi badiiy asar qahramoni yoki tarixiy shaxs ifodalanganligi yuzasidan mushohada yuritish talab qilinadi. Videotopishmoqning javobini topish orqali o‘quvchi (talaba)lar o‘rganiladigan yangi mavzu haqida tasavvurga ega bo‘ladi. Baholash mezoni: • mazmunning mavzuga mosligi - 1 ball; • axborotning to‘g‘ri tuzilishi - 2 ball; • taqdim etilgan ma’lumotlarning mantiqiy bog‘lanishining mavjudligi - 2 ball; • estetik dizayn, uning talablarga muvofiqligi - 2 ball; • o‘z vaqtida topshirilgan ish - 1 ball. Maksimal ball: 8. 7,5-8 ball – ”5” ballga to'g'ri keladi 6 -7 ball – “4” 4,5-5,5 ball – “3” 4,5 balldan kam – “2” 6-Mavzu: Xonliklar davrida madaniyatning ahvoli. Chor Rossiya va mustabid sho‘ro davlati davrida milliy madaniyatni ahvoli. Topshiriqning maqsad: Xonliklar davrida madaniyatning ahvoli. Chor Rossiya va mustabid sho‘ro davlati davrida milliy madaniyatni ahvoli haqidagi bilimlarni mustahkamlash va tahlil qilish ko‘nikmasini shakllantirish. 21 1-topshiriq: Taqdimtod (rasmlardan foydalangan holda) tayyorlash 2-topshiriq: Tog`ay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” romaini o‘qib hamda yozma bayon etish 3-topshiriq: “Keys stadi” texnologiyasi asosida mavzuni tahlilqilish 4-topshiriq: Mavzuga doir test tuzish “KEYS-STADI” TEXNOLOGIYaSI (YoKI “O‘QUV KEYSLARI” TEXNOLOGIYaSI) “Keys-stadi” (ingliz tilida “case” – metod, “study” – muammoli vaziyat; vaziyatli tahlil yoki muammoli vaziyatlarni tahlil qilish) texnologiyasi o‘quvchi (talaba)larda aniq, real yoki sun’iy yaratilgan muammoli vaziyatni tahlil qilish orqali eng maqbul variantlarini topish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. U o‘quvchi (talaba)larni bevosita har qanday mazmunga ega vaziyatni o‘rganish va tahlil qilishga o‘rgatadi. Texnologiyaning negizida muayyan muammoli vaziyatni hal qilish jarayonining umumiy mohiyatini aks ettiruvchi elementlar yotadi. Bular quyidagilardir: ta’lim shakllari, ta’lim metodlari, ta’lim vositalari, ta’lim jarayonini boshqarish usul va vositalari, muammoni hal qilish yuzasidan olib borilayotgan ilmiy izlanishning usul va vositalari, axborotlarni to‘plash, ularni o‘rganish usul va vositalari, ilmiy tahlilning usul va vositalari, o‘qituvchi va o‘quvchi (talaba) o‘rtasidagi ta’limiy aloqaning usul va vositalari, o‘quv natijalari. Mashg‘ulotlarda texnologiyani qo‘llash quyidagi bosqichlarda kechadi: O‘quv keyslari Echimni topish bo‘yicha individual ishlash Asosiy bosqichlar Samaradorlik 22 Echimni topishda jamoaviy hamkorlikka erishish Texnologiyani alohida o‘quvchiga nisbatan qo‘llash tartibi quyidagicha: O‘quvchi (talaba)ning texnologiyaning mohiyati, uni qo‘llash shartlari bilan tanishishi O‘quvchi (talaba) tomonidan taqdim etilgan muammoning o‘rganilishi Muammo bo‘yicha asosiy va 2-darajali masalalarni ajratish, shakllantirish, asoslash Tadqiqot metodlarini tanlash va vaziyatni tahlil qilish Taqdim etilgan muammoning amaliy jihatlarini o‘rganish Berilgan muammoni yechishning usul va vositalarini aniqlash Taqdim etilgan yechimni ta’lim amaliyotiga tadbiq etish chora-tadbirlarini belgilash Ta’limiy xarakterga ega muammoli vaziyat (o‘quv keysi)ni tashkil etish maqsadi mavjud imkoniyatlarni hisobga olgan holda jamoa o‘rtasida muammoli vaziyatni yaratish, uni hal qilish yechimlari to‘g‘risidagi fikrlarni jamlash, muhokama qilish orqali to‘g‘ri qarorlar qabul qilish muhitini yaratishdan iborat. Texnologiya yordamida tanlangan muammoning yechimini topishga doir muhokama quyidagi bosqichlarda tashkil qilinadi: Keys mazmuni bilan shaxsan tanishish Kichik guruhlarda muhokama qilish (“Sindikat” metodi yordamida) Jamoa o‘rtasida umumiy muhokamani tashkil etish Muammoni muhokama qilishda e’tiborni quyidagilarga qaratish zarur: O‘rganilayotgan muammoning asosiy maqsadini aniqlash Muammoli vaziyatni real holatlar bilan taqqoslashni o‘rganish Ehtimoli bo‘lgan “to‘siq”lar (2-darajali masalalarni muhokama qilish, to‘g‘ri qarorlar qabul qilish va h.k.)ni aniqlash SH Auditoriya uchun tushunarsiz ma’lumotlarni aniqlash A Muammoni yechishda muhim, ahamiyatga ega ma’lumotni aniqlash R Muammoli vaziyatni hal qilish uchun oraliq bosqichlarni ilg‘ab olish T 23 Muammoni hal etishning muqobil yo‘llarini belgilash !!! Muammoli vaziyatni muhokama qilish vaqtini aniqlashtirish Baholash mezoni: • mazmunning mavzuga mosligi - 1 ball; • axborotning to‘g‘ri tuzilishi - 2 ball; • taqdim etilgan ma’lumotlarning mantiqiy bog‘lanishining mavjudligi - 2 ball; • estetik dizayn, uning talablarga muvofiqligi - 2 ball; • o‘z vaqtida topshirilgan ish - 1 ball. Maksimal ball: 8. 7,5-8 ball – ”5” ballga to'g'ri keladi 6 -7 ball – “4” 4,5-5,5 ball – “3” 4,5 balldan kam – “2” 7-Mavzu: Islomiy qadriyatlar va hozirgi zamon. O‘zbekistonda jamiyatning ma’naviy yangilanishi jarayonida madaniy merosga munosabat. Topshiriqning maqsadi: Islomiy qadriyatlar va hozirgi zamon. O‘zbekistonda jamiyatning ma’naviy yangilanishi jarayonida madaniy merosga munosabat xususidagi bilimlarni boyitish va tahlil qila olish ko‘nikmasini shakllantirish. 1-topshiriq: Multimediali taqdimot tayyorlash 2-topshiriq: Mavzuga oid tushunchalarni jadval kо‘rinishiga keltirish. 3-topshiriq: “Oltinchisi ortiqcha” metodi asosida ishlash 4-topshiriq: Mavzuga doir test tuzish “OLTINCHISI ORTIQCHA” METODI O‘quvchi (talaba)larning mantiqiy tafakkur yuritish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlarida ushbu metod alohida ahamiyatga ega. Mavzu mohiyatini yorituvchi tushunchalar o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liqlikni ko‘rsata va asoslay olish talabalarda mustaqil fikrlash, shaxsiy yondashuvlarini 24 dalillash tengdoshlarning fikrlari va shaxsiy g‘oyalarni o‘zaro taqqoslash ko‘nikmalarini ham shakllantirishga imkon beradi. Uni qo‘llashda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi: 1) o‘rganilayotgan mavzu mohiyatini ochib berishga xizmat qiladigan tushunchalar tizimini shakllantirish; 2) hosil bo‘lgan tizimdan mavzuga taalluqli bo‘lgan to‘rtta (beshta, oltita, ... ) va taalluqli bo‘lmagan bitta tushunchaning o‘rin olishiga erishish; 3) o‘quvchi (talaba)larga mavzuga taalluqli bo‘lmagan tushunchani aniqlash va uni tizimdan chiqarish vazifasini topshirish; 4) o‘quvchi (talaba)larni o‘z harakatlari mohiyatini sharhlashga undash (mavzuni mustahkamlash maqsadida o‘quvchilardan tizimda saqlanib qolgan tushunchalarga ham izoh berib o‘tish, ular o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liqlikni asoslash talab qilinadi) Baholash mezoni: • mazmunning mavzuga mosligi - 1 ball; • axborotning to‘g‘ri tuzilishi - 2 ball; • taqdim etilgan ma’lumotlarning mantiqiy bog‘lanishining mavjudligi - 2 ball; • estetik dizayn, uning talablarga muvofiqligi - 2 ball; • o‘z vaqtida topshirilgan ish - 1 ball. Maksimal ball: 8. 7,5-8 ball – ”5” ballga to'g'ri keladi 6 -7 ball – “4” 4,5-5,5 ball – “3” 4,5 balldan kam – “2” 8-Mavzu: Mustaqillik va madaniy taraqqiyot. O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi. Topshiriqning maqsadi: Mustaqillik va madaniy taraqqiyot. O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvi xususidagi bilimlarni boyitish va tahlil qila olish ko‘nikmasini shakllantirish. 25 1-topshiriq: Referat tayyorlash 2-topshiriq: O‘zbekistonda o‘tkaziladigan “Sharq taronalari” musiqiy festivali haqida dunyo ommasining qarashlari asosida kichik esse yozing 3-topshiriq: “Ko‘rgazma texnologiyasi” asosida ishlash 4-topshiriq: Mavzuga doir test tuzish “KO‘RGAZMA” TEXNOLOGIYaSI Texnologiya o‘quvchi (talaba)larda mavzu yuzasidan o‘zlashtirilgan nazariy bilimlarni ko‘rgazmali qurollar vositasida namoyish etish ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, texnologiya o‘quvchi (talaba)larni ijodiy fikrlashga undaydi. Ko‘rgazmali qurollar (tasvir, sxema, maket va b.)ni yaratish uchun o‘quvchi (talaba)lar mavzu mohiyatini yorituvchi asosiy g‘oya, tushunchalarni ajrata olish, ular o‘rtasida o‘zaro mantiqiy bog‘liqlikni yuzaga keltirish layoqatiga ega bo‘lishlari lozim. Ta’lim-tarbiya jarayonida texnologiya asosida ishlashlari uchun o‘quvchi (talaba)larga namuna sifatida quyidagi sxema taqdim etiladi: 1-tasvir 2-tasvir 3-tasvir 4-tasvir ... Mashg‘ulotda texnologiyani qo‘llash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: O‘qituvchi tomonidan topshiriq uchun mavzu, masala yoki muammo tanlanadi O‘quvchi (talaba)larga bu haqida ma’lumot beriladi O‘quvchilar berilgan topshiriq bo‘yicha o‘zlari o‘zlashtirgan bilimlarni muayyan tartibda tizimlashtiradi, asosiy g‘oya va tushunchalarni belgilab oladi O‘quvchi (talaba)lar belgilab olingan asosiy g‘oya va tushunchalarning mazmuni, ma’nosini sharhlaydi Baholash mezoni: Sharhlar kompyuterda “Power Point” dasturi bo‘yicha slaydlarda aks ettiriladi Tayyorlangan slaydlar namoyish qilinadi O‘quvchi (talaba)lar tomonidan individual ravishda yoki guruh (juftlik) asosida tayyorlangan slaydlar muhokama qilinib, yakuniy xulosaga kelinadi O‘quvchi (talaba)larning faoliyati26o‘qituvchi tomonidan baholanadi Baholash mezoni: • mazmunning mavzuga mosligi - 1 ball; • axborotning to‘g‘ri tuzilishi - 2 ball; • taqdim etilgan ma’lumotlarning mantiqiy bog‘lanishining mavjudligi - 2 ball; • estetik dizayn, uning talablarga muvofiqligi - 2 ball; • o‘z vaqtida topshirilgan ish - 1 ball. Maksimal ball: 8. 7,5-8 ball – ”5” ballga to'g'ri keladi 6 -7 ball – “4” 4,5-5,5 ball – “3” 4,5 balldan kam – “2” 27 Asosiy adabiyotlar: 1. Акрамов Ш. ва бошқалар. Ўзбекистоннинг маданий обидалари. – Т.: Ўзбекистон, 1993 й. 2. Маданият ва маънавият муаммолари. – Т.: Мерос, 1994 й. 3.Хайруллаев М. Ўзбекистонда ижтимоий фалсафий фикрлар тарихидан.Т.: Ўзбекистон, 1995 й. 4. Маврулов А. Маданият ва тафаккур ўзгаришлари. – Т.: 2004 й. 5. Абдуллаев М. Маданиятшунослик асослари. – Т.: “Фарғона”, 1998 й. 6. Ахмедова Э, Губайдуллин Р.. Культуралогия. Мировая культура. – Т.: 2001 г. Академия художеств Узбекистана. 7. Абдуллаев М., Умаров Э., Очилдиев А. Маданиятшунослик асослари. – Т.: Турон-иқбол, 2006 й. 8. Очилдиев А. Маданият фалсафаси. – Т.: Муҳаррир, 2010й. 9. Бекмуродов М, Юсупова Н. Маданият социологияси. – Т.: Янги аср авлоди. 2010 й. 10. Холмирзаев Х.Д. Маданиятшунослик асослари. ЎзМУ, - Т.: 2012 й. Qo‘shimcha adabiyotlar 1. Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. – Т.: Ўзбекистон, 2017. 2. Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз. – Т.: “Ўзбекистон”, 2017. - 488 б. 3. Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича ҳаракатлар стратегияси тўғрисида” ги ПФ-4947-сонли фармони/ Халқ сўзи, 2017 йил 8-феврал. 4. Имом ал-Бухорий: Ал-Жамиъ ас-саҳиҳ. Масъул муҳаррир З.И.Мунавваров. – Т.: 1998. 5. Ислом (энциклопедия). Зухридднн Хуснидинов таҳрири остида. – Т.: “Ўзбекистон миллий энциклопедияси" Давлат илмий нашриёти, 2004 й. 6. Комилов Н. Тасаввуф ёки комил инсон ахлоқи. – Т.: Ёзувчи, 1996 й. 7. Туленов Ж. Қадриятлар фалсафаси. – Т..: Ўзбекистон, 1998 й. 9. Бобоев Х. ва бошқалар. Маданиятшунослик асослари. – Т.: 2001 й. 28 10. Холмирзаев Х.Д. Культурология. Методическое пособие. – Т.: ТГПУ им. Низами, 2016 г. 11. Раҳмонов Н. Руҳиятдаги нур муроди. – Т.: 2002 й. 12. Раҳмонов Н., Б.Матбобоев. Ўзбекистоннинг кўҳна туркий–рун ёзувлари. – Т..: 2006 й. Elektron ta’lim resurslari: 1. “Халқ сўзи” газетаси –www info XS.Uz. 2. “Туркистон” газетаси - www turkiston sarkor.uz. 3. “Маърифат” журнали - www ma’rifat – inform. 4. “Жамият ва бошқарув” журнали - www rzult academy freenet uz. 5. “Мозийдан садо” журнали - www moziy dostlink. Net 6. www.mfa.uz. 7. www.press-servise.uz. 8. www.literature.uz. 9. www. Ziyo net.uz. 29 30