Uploaded by Ubaydulo Shukurullayev

TA’LIM OLISH QOBILIYATI O’QUV FAOLIYATI SUBYEKTLARINING XARAKTERISTIKASI SIFATID

advertisement
OLISH QOBILIYATI O’QUV
FAOLIYATI SUBYEKTLARINING
XARAKTERISTIKASI SIFATIDA
 MAVZU:TA’LIM
 Reja:
 1.Psixologiyada subyekt
tushunchasi.
 2.Ta’lim jarayoni subyektlarining maxsus
xususiyatlari.
3.Ta’limni va bilimlarni o’zlashtirishni boshqarish muammolari
hamda imkoniyatlari.
 4.Boshqarishning
metodologik va nazariy asoslari.
Psixologiada subyekt tushunchasi
Ta’lim - juda keng ma’noga ega bo’lib, u bilim, ko’nikma va malakalarni
o’zlashtirish, o’rganish, o’rgatish jarayonidir. Bu ta’rif hozirgi zamon ta’limi uchun
yetarli emas. Chunki hozir mustaqillik davrida ta’lim o’zining mazmuni bilan
o’quvchilarga bilim, ko’nikma va malakalar berish bilan birga, o’quvchilarni hozirgi
zamon ruxida milliy kadrlar, jaxon madaniyati va maorifining ilgor goyalaridan
okilona foydalanib tarbiya beruvchi, bola shaxsini rivojlantiruvchi, uni mustaqil
fikrlashga o’rgatuvchi, ilmiy tushuncha va izlanishlarga layoqatli qiluvchi ta’lim
hamdir. Demak, ta’lim jarayoni o’rganish va o’rgatish, o’rganib olish va uni hayotga
tadbik etish xususiyati bilan izoxlanadi.O’rganish (o’qitish) - bu ukutuvchining
o’quvchilarga bilim, ko’nikma va malakalar berish, ularda yangi xakikatni ochishga
kodir bo’lgan ijodiy, mantikiy tafakkurni tarbiyalashdir.O’rganish - bu
o’quvchilarning o’qituvchi tamonidan berilgan bilimlarni, qabul qilishlari jarayoni,
o’zlarida bilish qobiliyatlarini, fikrlash operasiyalari va harakatlarni tarkib toptirish
jarayonidir
Bu passiv mushohada jarayoni emas, balki o’qituvchi tomonidan
o’quvchilarga beriladigan bilim va malakalarni faol ravishda kayta ishlash
jarayonidir.O’rganishning asosiy mohiyati shundaki, bunda - o’qish jarayonida
o’quvchilar mustaqil ravishda bilim ola bilish va bu bilimlardan foydalana olish
ko’nikmasini uz ichiga oluvchi akliy va jismoniy mehnat elementlarini o’ziga
sindiradi. Ta’limning muvaffaqiyati o’quv materiallarning mazmunigagina,
ta’lim usullarigagina emas, balki u ko’p jihatdan o’quvchining qanday
o’qiyotganligini bilishga, ya’ni o’quvchining yosh xususiyatlariga, aqliy
taraqqiyoti va faolligiga muvofiq malakalarni o’zlashtirish jarayonining
psixologik asoslarini bilishga ham bog’liqdir.
O’qish jarayoni - o’quvchining o’ziga xos xususiyatlariga ham, uning
psixik rivojlanishining (aqliy, emosional, irodaviy jihatdan) individual
tavsifnomasiga, unda o’qishga nisbatan karor topgan munosabatlariga, uning
qiziqish-xavaslariga bog’liqdir. Boshqacha qilib aytganda, ta’lim jarayoni
o’quvchiga nimani va qanday qilib o’zlashtirishning oddiy bir xil natijasi emas,
ya’ni sirtdan ta’sir kiladigan shart-sharoitlarning
okibati emas, balki
o’quvchining individual-psixolok xususiyatlariga bog’liq ravishda amalga
oshiriladi.
O’rganish - yul-yulakay, tasodifiy va rejali bo’lishi mumkin. Yul- yulakay
o’rganish - turli material va informasiyalarni turli sharoitda o’rganishdir.
Bunda o’quvchi materialni izlanishlar, ko’p kitoblarni mutolaa kilish orqali
o’rganadi. Bunday o’rganish inson hayotining turli faoliyatlari davomida ruy
beradi.
Rejali o’rganish esa materiallarni muntazam ravishda reja asosida,
maqsadga karatilgan faoliyat orqali o’rganish demakdir. Shuning uchun ham
o’rganish – faoliyat hisoblanadi, o’rganish bu stixiyali jarayon emas, balki u
maqsadga qaratilgan, rejalashtirilgan jarayondir, o’rganish - materialni
o’zlashtirish – bu ongli jarayondir. Shuning uchun u faol jarayon hamdir.
Chunki o’quvchi o’qituvchi tomonidan idrok qilingan materialni o’zining
tajribasiga, hayotga bog’lash bilan voqyelikka ongli munosabatda bo’ladi.
O’rganish jarayoni o’qituvchi shaxsiga, uning pedagogik faoliyatga qanday
tayyorgarligiga, o’z bilimlarini o’quvchilar ongiga yetkazib berishiga unda
o’quvchilarning xususiyatlarining hisobga olishga, ta’limni hayotga va bolalar
tarbiyasiga bog’lab olib borishga bog’liqdir. Demak, o’rganishning xar ikkala
tomonlama jarayon ekanligi, u o’quvchi va o’qituvchi faoliyatini
boshqarilishini talab qiladi.
Ko’pchilik psixologlar ta’lim jarayonini, ya’ni o’quvchilarning bilish
faoliyatini boshqarish kiyin deb ta’kidlaydilar. Lekin uni butunlay boshqarib
bo’lmaydigan jarayon deyish noto’g’ridir. Chunki bu aniq maqsad ko’zlab
ta’lim berish g’oyasiga ziddir. Birok, o’qituvchi ta’limni tashkil etadi, unga
rahbarlik qiladi, uni amalga oshiradi deyish ham uni boshqariladi degan
ma’noni bermaydi. Chunki biz boshqariladigan ta’lim deb shunday ta’limni
aytamizki, bunda har bir bolaning harakatlari nazorat qilinishi, o’qituvchi
ta’limning har bir bosqichida o’quvchilarni bilimlarni o’zlashtirishi yoki
muayyan ko’nikma va malakalarni hosil kilish haqida uzluksiz axborot olib va
yangi materiallarni hamda o’tilgan materiallarni o’zlashtirilganligi xarakteriga
qarab taqdim qilinishi lozim. O’qituvchi ta’lim jarayonida o’quvchilaring
bilimlarni o’zlashtirish jarayonini va aqliy rivojlanishning borishini hamma vaqt
ham nazorat qila olmaydi. Bu hozirgi ta’lim jarayoning jiddiy kamchiligidir. Bu
nazariyaga muvofik, odamning ontogenetik rivojlanishidagi harakatlar
interiorizasiyasi degan jarayonlar, ya’ni tashqi harakatlarning asta-sekin ichki
aqliy harakatlarga aylanishi jarayonlari ruy beradi. Dastavval o’quvchilar tashqi
moddiy harakat bilan ish ko’radi. Aqliy harakatlarni bosqichma-bosqich tarkib
toptirish shu jarayon kaysi shart va usullar yordamida tarkib topgan bo’lsa, ana
shu shart va usullar tizimi tomonidan determinlashtirilgan ekan, bu ularni
egallash, boshqarishi mumkin ekanligini anglatadi.
Kishining faoliyat jarayoni odamning o’zini o’rab olgan obyektiv dunyoga
faol munosabatda bo’lishining eng muhim shakllaridan biridir. Shu faoliyat
tufayli odam bilan tashqi dunyo o’rtasida real bog’lanish amalga oshadi.
Pedagogik psixologiya o’quv xolatlaring asosiy shakllarini uyin, taqlid
qilish, mehnat, takrorlash va yod olish, sinab ko’rish va xatolarni aniqlash,
mashqlanish va o’quv vazifalarini hal qilish, mustaqil fikrlash, shuningdek hissiy
aloqa qilish, narsalarni qo’l bilan harakatga keltirish rolli uyinlar, o’quv
professional faoliyat kabilar bilan belgilaydi. Bularning hammasi ta’limni
muvaffaqiyatli o’zlashtirishga, o’rganish faoliyatini yengillashtirishga, yangi
bilimlar haqida chuqur tasavvurlar qoldirishga, ularni xotirada uzoq vaqt saqlab
turish va kerak vaqtda esga tushirishga yordam berish asosiy omillardan
hisoblanadi. Uyin bolalarning ijodiy faoliyati bo’lib, atrof hayotdagi voqyelikni
aynan o’zidagidek emas, balki uni o’zicha aks ettirish, ba’zi narsalarni
o’zlashtirish, o’ziga uylab chiqarish jarayonidir. Bolalar uyinlarda xayol kiladi,
ijod kilish elementlari ko’rinadi, fikr yuritadi, ularni o’z nutqida bayon etish
orqali rivojlanadi. Mehnat faoliyati o’quvchi shaxsiga har tomonlama ta’sir
qiladi. Har tomonlama rivojlanish shaxsni tarbiyalashning asosiy sharti,
shaxsning ongli faolligidir. Mehnatda o’quvchi shaxsining xarakteri va irodasi
tarbiyalanadi, kuzatuvchanligi, diqqati rivojlanadi.
Mehnat faoliyati o’quvchilarda narsalarning o’zini va ularning shakllarini,
harakatlarini masofani va boshqalarni esda qoldirish bilan bog’liqdir. Odamning
ongli va maqsadga qaratilgan mehnat faoliyati har vaqt ma’lum motivlarning
bo’lishini taqozo qiladi. Mehnat faoliyatida motivlar odam ehtiyojlari sababli
paydo bo’ladi. O’quvchilarning o’quv faoliyatiga qiziqishlari u yoki bu fanning
o’zlashtirishga intilishi, bilimlarini kengaytirish ham ma’lum motivlar asosida
bo’ladi.
O’qish faoliyati jarayonida o’qish, o’rganish motivi o’zgaradi va tarkib
topadi. O’qish faoliyati dastlabki yillarda o’quvchi uyda uni urishmasliklari
uchun, yaxshi baho olish maqsadida o’qishi mumkin. O’rta maktab yillarida
o’quv predmetlariga differensial qiziqish paydo bo’ladi va shu asosda fan
muammolariga qiziqish yuzaga keladi va natijada o’smirlarda bilimga bo’lgan
qiziqishlarini qondirishga qaratilgan bilimlarni egallash motivlari paydo bo’ladi.
Ma’lumki 1997 yil 25 avgustda «Ta’lim to’g’risidagi qonun» qabul qilindi.
Uning II bobida ta’lim tizimi va uning turlari aniq ko’rsatib berildi. Unga
muvofik, ta’lim o’z Davlat tili, dasturi va ta’lim muassasalarni bilan belgilanib, u
yagona va uzluksiz ta’lim tizimidir.
Hayotning ijtimoiy zarurati, ta’limni boshqarishning nazariy va metodologik
jihatlarini maxsus ilmiy yo`nalish sifatida qabul qilib, o`quv-tarbiya jarayonini
boshqarishning ilmiy asoslangan metodlarini ishlab chiqishni taqozo ztadi.
Ta`lim boshqaruvining asosiy jihatlarini nazariy va tadqiqot-tajriba nuktai
nazaridan asoslash rahbarlarni maxsus ilm va malaka bilan qurollantirish
uchun kerak. Bu ularga boshqaruv jarayonida vujudga keladigan aniq
muammolarni to`g`ri hal etish, ta’limga oid jumboqlarni holisona yechishga
yordam beradi.Shu jihatdan ta`limning jiddiy nuksoni-ta`lim boshqaruviga oid
tajribalarning deyarli utkazilmayotganligini diqqatdan chetda qoldirib
bulmaydi. Chunki, bugungi kundagi eng asosiy muammo - boshqaruv tizimi
sifatini tubdan o`zgartirishdan iborat. Buning uchun boshqaruv tizimini
soddalashtirish, uning turdosh to`zilmalarini birlashtirish, oraliqdagi o`rinsiz
bo`g`inlarni, har bir tizim darajasidagi vazifalar mohiyatidan imkon qadar
oqilona foydalanish eng asosiy vazifalardandir. Ta`lim tizimini ilmiy jihatdan
boshqarishninng o`ziga xos xususiyatlari quyidagilar xisoblanadi: boshqaruv
mazmunida o`z aksini topgan davlat va ijtimoiy ta’lim manfaatlarining
dialektik birligi; hozirgi zamon maktabi oldida turgan murakkab vazifalar bilan
bog`liq bo`lgan boshqaruv qirralarining kengayishi.
Hozirgi paytda boshqaruv jarayonini belgalashda turli harakterdaga yondoshuvlar
mavjud. Boshqaruv rahbarlik qarorlarini qabul qilish va uni tadbiq etish, yoki
ta’lim jarayoni sifatida, boshqa xilda ifodalaganda boshqaruv jarayonida
ma’lumotlarning doimiy harakati, to`g`ridan-to`g`ri yoki uning aks sadosi natijasi
sifatida talkin etilmokda.
Boshqaruv - ma’lum sharoitda har bir xodim, guruh yoki tashkilot faoliyatiga
bevosita ta’sir etuvchi, imkoni boricha yuqori, yaxshi natijalarga erishishga
qaratilgan jarayon hisoblanadi. Boshqaruv jarayonining yana bir, nisbatan to`g`ri
yo`nalish i - tizimli boshqaruv hisoblanadi, chunki uni faqat aniq; tizim orqali
boshqarib bo`ladi. haqiqatda ham "boshqaruv" atamasi izohining ko`pchiligi
boshqaruvga tizim shaklida yondoshish orqalidir. "Tizim" tushunchasi pedagogik
amaliyotda tez-tez uchrab tursada, aslida biz tizim mohiyati va o`rnini hamisha
ham darrov idrok qilaolmaymiz. Tizim maqsad yagonaligi, mazmun, prinsip,
vazifalar, shakl, boshqaruv metodi va yo`li bo`lib, ob`ektiv o`rganish va idrok etish
hamda uni takomillashtirishga ta’sir etadi. Ta`limni boshqarish tizimi tashqi muhit
bilan bog`liqligi tufayli ochiq tizim. Mazkur tizimning vazifasi bevosita o`qitish,
tarbiyalash va rivojlantirish maqsadiga buysunadi. Boshqaruv jarayoni aslida
barcha murakkab tizimlar qatoridan o`rin olganligi bois, bir butun tizim sifatida
qarashga asos bo`ladi.
«Ta’lim to’g’risidagi qonun»ga binoan, bolalar yoshligidan boshlab to
ishlab chiqarish jarayonida ham ta’lim olish huquqiga haqlidirlar. Umrining
oxirigacha ham inson voqyelikni tinmay o’rganib boradi. Ta’lim turlari
maktabgacha ta’lim, umumiy va o’rta ta’lim, o’rta maxsus ta’lim, oliy ta’lim,
oliy o’quv yurtlaridan keyingi ta’lim, malaka oshirish, maktabdan tashqari
ta’lim, oiladagi ta’lim tizimi bilan izohlanadi.
Bu ta’lim tizimi yoshlarga bilim, ko’nikma va malaka berish bilan
kifoyalanmay, balki ularning komil inson qilib yetishtirish kabi buyuk
vazifalarni bajaradi. O’quvchilar bilimi hayot tajribalari bilan bog’langan
bo’lishi lozim. Fan asoslarini hayot bilan, mustaqil rivojlanish amaliyoti bilan
mustahkam bog’lab o’rganish, uni ishlab chiqish mehnati bilan ko’shib olib
borish talab etiladi. Shundagina o’quvchilar bilimlarini oshishi va boyishi uchun,
o’quvchi shaxsning tarkib topishi uchun katta imkoniyatlar vujudga keladi.
O’quv amallari va o’rgatuvchi amallar o’quvchini nazariy olgan bilimlarini
amalga tatbiq qilishda, bevosita ishlab chiqarish (zavod, fabrika, qurilish va
hokazo)bilan bog’liq bo’lishda katta ahamiyat kasb etadi va bolani kelgusi
hayotga, faoliyatga, kasbga tayyorlaydi.
Ta’lim jarayonini muvaffaqiyatli tashkil etish unga ta’sir etuvchi omillarga
ham bog’liqdir. Bu omillar ichki va tashqi omillardir.
Ichki omillarga –diqqat va ustanovkalar kiradi. Ya’ni ta’lim jarayonida
o’qituvchining o’quvchilar diqqatini tashkil kilishi, ularni turli xolatlarida
turlicha diqqat xususiyatlaridan foydalana olish, diqqatning barqarorlik va
ixtiyoriylik xususiyatini shakllantirishdagi usullardan foydalanib o’quvchi
diqqatini rivojlantirib borishdir. Shuningdek, o’quvchilarning ham o’ziga jalb
qilish, o’zlashtirishga qiynaladigan, diqqati tarqoq o’quvchilar bilan uzaro
munosabatlar o’rnatish ta’lim muvaffakiyatini belgilaydi.
Bola har qanday ta’lim jarayonida ham, u bolani qiziqtiradimi, zeriktiradimi
undan kat’iy nazar, dastur mazmunini egallashga tayyor turishlari ko’p jihatdan
o’qituvchi shaxsiga bog’liqdir.
Shuningdek, ichki omillarga o’quvchining dangasaligi, ishyoqmasligi, uz
irodasini tashkil qila olmasligi, layoqatining pastligi ham kiradi. Ta’lim
mazmunini to’la va chuqur o’zlashtirishda takrorlash muhim ahamiyatga ega.
Buning uchun takrorlash aniq bir maqsadga qaratilgan bo’lishi, u ongli ya’ni
anglangan bo’lishi, takrorlash materialni esdan chiqarmasdan oldin bo’lishi,
takrorlashda assosiasiya qonunlariga rioya qilib, materialni bir-biriga bog’lab
takrorlanishi, qiyin materiallarni eng muhim xususiyatlarini ajratib, uni yon
daftarga yozib yoki tagini chizib takrorlash muhimdir. Eng asosiy takrorlangan
materialni ongda qayta jamlab chiqishdir. Bunda o’qib o’rganilgan material
yotish oldidan yoki boshqa mashg’ulotlar bilan shug’ullanish jarayonida uni
ichida takrorlab chiqilsa o’zlashtirilgan va o’zlashtirilmagan material aniq
bilib qoladi va o’quvchi o’zlashtirmagan materialni kitobni ochib o’qib olsa u
material uning bilim boyligiga aylanadi. Takrorlashda yod olishni tashkil qilish
ham ahamiyatlidir. Yod olish xronologik raqamlarni, formula va qoidalarni
bilishda bo’lishi mumkin. Lekin materialni yod olishda uning mazmuniga
alohida e’tibor berish lozim. Agar yod olinayotgan materialni mazmuniga
tushunib, uni bir-biriga bog’lab o’qib olishga e’tibor berilmasa, unday holda
quruq yod olingan material tezlik bilan unutiladi yoki u o’quvchidan baho
olgunga qadar yetadi va keyin esidan chiqadi. O’qituvchi o’quvchilarni o’quv
materiallarni o’zlashtirishlarida bunga albatta e’tibor berishlari lozim.
Shuningdek, ta’lim jarayonida o’qituvchi bergan yangi bilim va
informasiyalarni o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilganliklarini bilishda
ta’limdagi qaytarma aloqa muhimdir.
Ma’lumki odam shaxs sifatida muntazam qandaydir faoliyatda tarkib topib
boradi, rivojlanadi, uning faolligi namoyon bo’ladi. Agarda hayvonlar tevarakatrofdagi tashqi muhitga passiv moslashib, hayot faoliyatlarida tabiatdagi, ya’ni
tashqi muhitdagi tayyor narsalardan foydalansalar, odam esa tevarak-atrofidagi
tashqi muhitga faol ta’sir ko’rsatib, uni o’z irodasiga bo’ysundiradi, hamda
o’zgartirib, o’z ehtiyojlarini qondirishga xizmat qildiradi.
Kuzatishlar jarayonida shu narsa ma’lum bo’ldi-ki, odamdagi tug’ma, irsiy
mexanizmlari uning, psixik rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi-yu, biroq uning
mazmunini ham, shaxsiy fazilatlarini ham belgilab Bera olmaydi. Ta’kidlash
zarurki, muhit ham bola psixikasini rivojlantirishda muayyan rol o’ynaydi. Faqat
buning uchun bolani o’qitayotgan kishilarning ta’siri natijasida bola anna shu
muhitni faol ravishda o’rganib olishi, tabiiydir. Bilimlarni o’zlashtirish,
tushunchalar hosil kilish jarayoni bu bilan tugallanmaydi. O’quvchilar bilimlarni
to’g’ri o’zlashtirganliklarini, ular olgan bilimlarni yangi voqyealarni bilib
olishga qanday tadbiq eta olishlarini, yangi fakt va misollarni tushuntirishga,
yangi obyektlarining ma’lum hossalarini topishga, amaliy vazifalarni hal etishga
qanchalik tadbiq eta olishlarini aniqlash yuli bilan tekshirish talab qilinadi.
Asosiy adabiyotlar
1.Айсмонтас Б.Б. Педагогическая психология: Схемы и тесты. – М.: Изд-во ВЛАДОСПРЕСС, 2012. – 208 с.
2.Бадмаев Б.С. Методика преподавания психологии. – М., 2014.
3.Бадалев А.А. Общая психодиагностика. Санкт-Петербург 2000 й
4.Зимняя И.А. Педагогическая психология: Учеб. пособие. - Ростов Н/Д, 2007.
5.Ismoilova N., Abdullayeva D. Ijtimoiy psixologiya.T,2013 O'zb.fay.mil.jam.nashr.
6.Карандашев В.Н. Методика преподавания психологии. - СПб, 2015.
7.Ляудис В.Я. Методика преподавания психологии. - М., 2012.
8.Марсинковская Т.Д.. История психология. М. 2001
E’TIBORINGIZ UCHUN
RAHMAT
Download