5.4. Testlar 1. Kompyuter lingvistikasining van sifatida vujudga kelish davri qaysi javobda to‘g‘ri berilgan? A) XX asrning 50-yillarida; B) XX asrning 20-yillarida; C) XIX asrning 50-yillarida; D) XIX asrning 30-yillarida. 2. “U matematikaning tabiiy tillar bilan ba’zi jihatdan o‘xshash bo‘lgan mavhum strukturalarini o‘rganuvchi bir bo‘limi bo‘lib, tabiiy tillarni tadqiq etishda matematik usullardan foydalanadi”. Gap qaysi fan haqida ketyapti? A) amaliy lingvistika; B) kompyuter lingvistikasi; C) glossematika; D) semiotika. 3. Kompyuter lingvistikasi quyidagi uch xil metoddan foydalanadi: A) ehtimollik-statistik, substitute-algoritmik, najariy-informatsion usullar; B) mantiqiy-matematik, differensial-statistik, najariy-informatsion usullar; C) mantiqiy-matematik, najariy-informatsion, ehtimollik-statistik usullar; D) mantiqiy-matematik, differensial-statistik, substitute-algoritmik usullar. 4. Kompyuter lingvistikasi fanining asoschilari? A) L. Yelmslev; B) N. Xomskiy; C) K. Shenon; D) barcha javoblar to‘g‘ri. 5. Har qanday fan sohasi u bilan bog‘liq bo‘lgandagina yuksak natijalarga erisha oladi. U qanday fan? A) matematika; B) fizika; C) kimyo; D) biologiya. 6. Kompyuter lingvistikasi tilshunoslikning bir bo‘limi sifatida: A) lingvistik modellarning eng umumiy xossalarini tadqiq etadi; B) tabiiy til hodisalarini mavhumiy-semiotik modellashtirish bilan shug‘ullanadi; C) lingvistik modellarning tuzilish usullarini o‘rganadi; D) barcha javoblar to‘g‘ri. 7. Lingvistik semiotikaning yuzaga kelishi va rivojlanishi uchun o‘z ilmiy ishlari bilan xizmat ko‘rsatgan olimlar? A) A.N.Xomskiy, L.L.Nelyubin, Y.N.Marchuk; B) J.K.Shennon, A.N.Xomskiy, I.A.Melchuk; C) Ch.S.Pirs, F. De Sossyur, Ch.U.Morris; D) I.A.Melchuk, L.N.Belyayeva, G.G.Belonogov. 8. Kompyuter lingvistikasining asosiy vazifalari? A) tabiiy til hodisalarini matematik parametrlarda baholash va tahlil qilish; B) tabiiy tilning aksiomatik nazariyasini ishlab chiqish va formal grammatikani yaratish; C) lingvistik muammmolarni optimal hal qiluvchi kompyuter dasturlarini yaratish; D) barcha javoblar to‘g‘ri. 9. Kompyuter lingvistikasiga oid dastlabki tadqiqotlar qachon va qayerda boshlangan? A) 1954-yil AQShda; B) 1951-yil Rossiyada; C) 1954-yil Niderlandiyada; D) 1950-yil Fransiyada. 10. Tabiiy tilning matematik modelini yaratish, qayta ishlash va lingvistik muammolarni hal etishga oid kompyuter dasturlarini ishlab chiqishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan fan ... A) kompyuter lingvistikasi; B) sun’iy intellekt; C) ekspert sistema; D) matematik mantiq. 11. AQShda COLING konferensiyasi qancha vaqtda o‘tkazilib turadi? A) har ikki yilda bir marta; B) har yili; C) har besh yilda bir marta; D) har yili ikki marta. 12. Kompyuter lingvistikasi kursining asosiy vazifalaridan biri ... A) aniq bir tabiiy tilning formal, aksomatik va matematik modellarini ishlab chiqish; B) aniq bir tabiiy tilning faqat formal modelini ishlab chiqish; C) aniq bir tabiiy tilning faqat aksomatik modelini ishlab chiqish; D) aniq bir tabiiy tilning faqat matematik modelini ishlab chiqish. 13. Kompyuter lingvistikasi fanining asosiy maqsadi nimadan iborat? A) tabiiy tillarning matematik modelini ishlab chiqish B) umumiy lingvistikaning formal nazariyasini ishlab chiqish C) umumiy lingvistikaning aksiomatik nazariyasini ishlab chiqish D) sun’iy tillarning matematik modelini ishlab chiqish 14. Matnning zarur bo‘lgan joyida boshqa hujjatlar bilan bog‘lanish imkoniga ega bo‘lgan HTML formatidagi matnli hujjat nima deb ataladi? A) HyperText B) HyperLink C) HTML D) HTTP 15. Sun’iy intellekt atamasi fanga birinchi bo‘lib kim tomonidan va qachon kiritilgan? A) Jon Makkarti, 1956-yilda B) Lyapunov, 1954-yilda C) N.Xomskiy, 1950-yilda D) L.Nelyubin, 1956-yida 16. Sun’iy intellekt fanining eng asosiy muammolaridan bittasi – bu, ... A) tabiiy tilni kompyuterli tushunish 158 B) tasvirni o‘qiy oladigan yangi dasturlarni ishlab chiqish C) turli simvollarni tushunadigan dasturlarni ishlab chiqish D) kompyuterni faqat ovozli boshqarish 17. Niderlandiyada chop etiladigan jurnal nomi? A) Artificial Intelligence B) Computational Linguistics C) Mathematical linguistics D) Expert system 18. Sun’iy intellekt metodlari asosida yaratilgan sistemalar ... deb ataladi? A) intellektual sistemalar B) amaliy dasturlar C) predmet soha D) bilimlar bazasi 19. Intellektual sistemalar qo‘llanadigan inson faoliyatining ma’lum sohalari ... deb ataladi? A) predmet soha B) axborot texnologiyalari sohasi C) bilimlar bazasi D) ekspert sistemalar 20. Intellektual sistemalar ishlashi uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar va qaror qabul qilishda ishlatiladigan qoidalar yig‘indisi nima deb yuritiladi? A) bilimlar bazasi B) ekspert sistemalar C) predmet soha D) evristik qoidalar 21. Ma’lum muammo sohasidagi masalalarni yechishga mo‘ljallab yaratilgan intellektual sistemalar nima deb ataladi? A) ekspert sistemalar B) predmet soha C) amaliy dasturlar D) sun’iy intellect 22. Berilgan aksiomalar sistemasi negizida qurilgan, shu aksiomalar sistemasiga tayanib isbotlanuvchi barcha teoremalar yig‘indisi nima deb ataladi? A) aksiomatik nazariya B) aksiomatik konversiya C) aksiomatik distributsiya D) aksiomatik divergensiya 23. Nazariyada gap qurilishi bo‘yicha boshlang‘ich va mutlaqo to‘g‘ri deb hisoblangan formulalar nima deb ataladi? A) nazariya aksiomalari B) nazariya qoidalari C) nazariya teoremalari D) nazariya simvollari 24. Nazariyada gap qurilishi bo‘yicha aksiomalardan “keltirib chiqarish qoidalari” qo‘llanilib hosil qilingan formulalar nima deb ataladi? 159 A) nazariya teoremalari B) nazariya aksiomalari C) nazariya qoidalari D) nazariya formulalari 25. “Ingliz tilida berilgan G darak gapdagi kesim yordamchi yoki modal fe’lini eganing oldiga ko‘chirish yo‘li bilan umumiy so‘roq gap hosil qilinadi”. Bu jumlani aksioma sifatida qabul qilish mumkinmi? A) mumkin B) mumkin emas C) bu isbot talab qiluvchi teoremadir D) jumla noto‘g‘ri ifodalangan. 26. “Berilgan G darak gapdagi egani who, what so‘zlariga almashtirish orqali maxsus so‘roq ma’noli gap hosil qilinadi”. Bu jumlani aksioma sifatida qabul qilish mumkinmi? A) mumkin B) mumkin emas C) bu isbot talab qiluvchi teoremadir D) jumla noto‘g‘ri ifodalangan. 27. Ingliz tilida ushbu "so‘z=so‘z+(e)s" formulasi ot uchun qanday xizmat qiladi? A) otning ko‘plik shakli hamda yangi so‘z yasalishi uchun B) faqat otning ko‘plik shaklini hosil qilish uchun C) faqat yangi mustaqil so‘z hosil qilish uchun D) otga "-ning" qo‘shimchasini qo‘shish uchun 28. Ingliz tilida ushbu "yasama fe’l=tub fe’l+qo‘shimcha" formulasi qanday fe’llarga talluqli? A) faqat to‘g‘ri fe’llarga taalluqli B) faqat noto‘g‘ri fe’llarga taalluqli C) to‘g‘ri fe’llarga ham, noto‘g‘ri fe’llarga ham taalluqli D) to‘g‘ri fe’llarga ham, noto‘g‘ri fe’llarga ham taalluqli emas 29. Tilshunoslikda original model asosan nimani o‘rganadi? A) obyektning tuzilishini o‘rganadi B) modelning qanday ishlashini o‘rganadi C) funksional modelning xususiyatlarini o‘rganadi D) struktur model ishini o‘rganadi 30. Tilshunoslikda funksional model nimani o‘rganadi? A) original modelning qanday ishlashini o‘rganadi B) funksional modelning xususiyatlarini o‘rganadi C) obyektning tuzilishini o‘rganadi D) struktur model ishini o‘rganadi 31. Tilshunoslikda struktur modellar asosan nimani o‘rganadi? A) original va funksional modellarning xususiyatlarini o‘rganadi B) original modelning qanday ishlashini o‘rganadi C) obyektning tuzilishini o‘rganadi D) funksional model ishini o‘rganadi 160 32. “U tabiiy obyektning aynan nusxasi bo‘lishi kerak va o‘zida elementlarning murakkab tuzilishini namoyon eta olishi kerak”. Bu talab qaysi modelga qo‘yilgan? A) original modelga B) funksional modelga C) struktur modelga D) bu talab 3 ta modelga ham tegishli 33. Lingvistik modelning formal bo‘lishi deganda nima tushuniladi? A) mantiqan davomiy, bir ma’noli, aniqlikka ega bo‘lishi B) mantiqiy davomiylikka ega bo‘lishi C) mantiqiy bir ma’noli bo‘lishi D) mantiqiy aniqlikka ega bo‘lishi 34. Lingvistik model orqali obyektning qaysi jihatlari o‘rganiladi? A) faqat funksional B) faqat biologic C) funksional va biologic D) obyektning barcha tomonlari 35. To‘plamga kirgan har bir obyekt uning ... deyiladi: A) elementi B) quvvati C) distributsiyasi D) munosabati 36. "A to‘plamning hamma elementlari B to‘plamda mavjud va aksincha, B to‘plamning hamma elementlari A to‘plamda mavjud". Bu munosabat quyidagilardan qaysi birini ifodalaydi? A) A va B to‘plamlar teng B) A to‘plam B to‘plamning qism to‘plami C) A to‘plam B to‘plamning xos qism to‘plami D) A to‘plam B to‘plamning xosmas qism to‘plami 37. "A to‘plamning hamma elementlari B to‘plamda mavjud". Bu munosabat quyidagilardan qaysi birini ifodalaydi? A) A to‘plam B to‘plamning qism to‘plami B) A to‘plam B to‘plamning xosmas qism to‘plami C) A to‘plam B to‘plamning xos qism to‘plami D) A va B to‘plamlar teng 38. "A to‘plamning hamma elementlari B to‘plamda mavjud va shu bilan birga B to‘plamda A to‘plamga qarashli bo‘lmagan yana boshqa elementlar ham bor". Bu munosabat quyidagilardan qaysi birini ifodalaydi? A) A to‘plam B to‘plamning xos qism to‘plami B) A to‘plam B to‘plamning qism to‘plami C) A va B to‘plamlar teng D) A to‘plam B to‘plamning xosmas qism to‘plami 39. "Bo‘sh to‘plam har qanday bo‘sh bo‘lmagan A to‘plamning ...". Nuqtalar o‘rniga to‘g‘ri javobni qo‘ying: A) xosmas qism to‘plami B) qism to‘plami 161 C) xos qism to‘plami D) o‘ziga teng 40. "A va B to‘plamning ikkalasida ham mavjud bo‘lgan element bu to‘plamlarning ... deyiladi". Nuqtalar o‘rniga to‘g‘ri javobni qo‘ying: A) umumiy elementi B) yig‘indi elementi C) qism elementi D) xos qism elementi 41. "A va B to‘plamlarning hamma umumiy elementlaridan tuzilgan to‘plam ularning ... deyiladi". Nuqtalar o‘rniga to‘g‘ri javobni qo‘ying: A) kesishmasi B) yig‘indisi C) ayirmasi D) qismi 42. "A va B to‘plamlarning hamma elementlaridan tuzilgan to‘plam ularning ... deyiladi". Nuqtalar o‘rniga to‘g‘ri javobni qo‘ying: A) yig‘indisi B) ayirmasi C) qismi D) kesishmasi 43. A to‘plamning B to‘plamda mavjud bo‘lmagan hamma elementlaridan tuzilgan to‘plam qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) A – B B) A + B C) A * B D) A = B 44. Tilshunoslikda to‘plam nazariyasi metodidan qanday maqsadda foydalanish mumkin? A) ko‘p ma’noli so‘zlarni tahlil qilishda B) antonim so‘zlarni tahlil qilishda C) bir ma’noli so‘zlarni tahlil qilishda D) sinonim so‘zlarni tahlil qilishda 45. "Tilshunoslikda qo‘llaniladigan transformatsion metodda ...". Nuqtalar o‘rniga to‘g‘ri javobni qo‘ying: A) gapning mazmuni emas, balki shakli o‘zgartirilib o‘rganiladi B) gapning shakli emas, balki mazmuni o‘zgartirilib o‘rganiladi C) gap ham shaklan, ham mazmunan o‘zgartirilib o‘rganiladi D) gapdagi so‘z shakllarining ishlatilish chastotasi o‘rganiladi 46. "Tilshunoslikda qo‘llaniladigan statistik metodda ...". Nuqtalar o‘rniga to‘g‘ri javobni qo‘ying: A) gapdagi so‘z shakllarining ishlatilish chastotasi o‘rganiladi B) gapning mazmuni emas, balki shakli o‘zgartirilib o‘rganiladi C) gap ham shaklan, ham mazmunan o‘zgartirilib o‘rganiladi D) gapning shakli emas, balki mazmuni o‘zgartirilib o‘rganiladi 47. "Muhokama yuritishning qonun-qoidalari, usullari va formalari haqidagi fan ... deb ataladi". Nuqtalar o‘rniga to‘g‘ri javobni qo‘ying: A) mantiq B) sun’iy intellect C) lingvistika D) ekspert sistemalar 48. Mantiq fanining asoschisi … A) Aristotel B) Leybnis C) Aflotun D) Forobiy 49. Mantiq fanida mulohaza – bu: A) ma’no jihatdan chin yoki yolg‘on darak gap B) ma’no jihatdan to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri istalgan gap C) ma’no jihatdan chin yoki yolg‘on so‘roq gap D) ma’no jihatdan chin yoki yolg‘on buyruq gap 50. Mantiq fanida mulohaza nechta qiymatga ega bo‘ladi? A) 2 ta mantiqiy qiymat B) 1 ta son qiymat C) 4 ta mantiqiy qiymat D) 3 ta son qiymat 51. "a mulohaza chin bo‘lganda yolg‘on, a mulohaza yolg‘on bo‘lganda chin qiymat qabul qiluvchi b mulohazaga a mulohazaning ... deyiladi". Nuqtalar o‘rnini to‘ldiring: A) inkori B) konyunksiyasi C) dizyunksiyasi D) implikatsiyasi 52. "a va b mulohazalar faqat chin qiymatga ega bo‘lgandagina chin qiymat qabul qiluvchi c mulohazaga a va b mulohazalarning ... deyiladi". Nuqtalar o‘rnini to‘ldiring: A) konyunksiyasi B) implikatsiyasi C) inkori D) dizyunksiyasi 53. "a va b mulohazalar faqat yolg‘on qiymatga ega bo‘lgandagina yolg‘on qiymat qabul qiluvchi c mulohazaga a va b mulohazalarning ... deyiladi". Nuqtalar o‘rnini to‘ldiring: A) dizyunksiyasi B) konyunksiyasi C) implikatsiyasi D) inkori 54. "a mulohaza chin va b muloha yolg‘on bo‘lgandagina yolg‘on, qolgan hollarda chin qiymat qabul qiluvchi c mulohazaga a va b mulohazalarning ... deyiladi". Nuqtalar o‘rnini to‘ldiring: A) implikatsiyasi B) dizyunksiyasi C) inkori 163 D) konyunksiyasi 55. "a va b mulohazalar bir xil qiymatga ega bo‘lganda chin qiymatni, har xil qiymatga ega bo‘lganda yolg‘on qiymatni qabul qiluvchi c mulohazaga a va b mulohazalarning ... deyiladi". Nuqtalar o‘rnini to‘ldiring: A) ekvivalentligi B) dizyunksiyasi C) implikatsiyasi D) konyunksiyasi 56. "O‘zgaruvchi mulohazalarni mantiqiy amallar vositasi bilan birlashtirib hosil qilingan murakkab mulohazaga ... deyiladi". Nuqtalar o‘rnini to‘ldiring: A) formula B) murakkab gap C) mantiqiy mulohaza D) mantiqiy gap 57. Formuladagi amallarni bajarish tartibi qavslar yordami bilan ko‘rsatilmagan bo‘lsa, amallar qanday tartibda bajariladi? A) inkor, konyunksiya, dizyunksiya, implikatsiya, ekvivalentlik B) inkor, implikatsiya, konyunksiya, dizyunksiya, ekvivalentlik C) inkor, dizyunksiya, konyunksiya, ekvivalentlik, implikatsiya D) konyunksiya, dizyunksiya, implikatsiya, ekvivalentlik, inkor 58. "O‘g‘ilning bolasi yoki qizning bolasi = nevara" semantik munosabatida qaysi amal ro‘yobga chiqmoqda? A) dizyunksiya B) ekvivalentlik C) implikatsiya D) konyunksiya 59. "Katta amma va kichik amma = amma" semantik munosabatida qaysi amal ro‘yobga chiqmoqda? A) konyunksiya B) dizyunksiya C) ekvivalentlik D) implikatsiya 60. Qaysi qatorda konyunksiya mantiqiy amaliga mos keluvchi bog‘lovchilar to‘g‘ri yozilgan? A) va, ham B) ammo, lekin C) yo, yoki D) agar bo‘lsa 61. Qaysi qatorda dizyunksiya mantiqiy amaliga mos keluvchi bog‘lovchilar to‘g‘ri yozilgan? A) yo, yoki B) va, ham C) ammo, lekin D) agar bo‘lsa, u holda 164 62. Qaysi qatorda implikatsiya mantiqiy amaliga mos keluvchi bog‘lovchilar to‘g‘ri yozilgan? A) agar bo‘lsa, u holda B) yo, yoki C) ammo, lekin D) va, ham 63. O‘zbek tilining axborot-kompyuter uslubini yaratishdagi asosiy mezonlardan biri qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan? A) aniqlik, qisqalik va bir qiymatlilik B) umumiy va ko‘p qiymatli C) bir ma’noli hamda murakkab formula ko‘rinishida bo‘lishi D) barcha uchun birdek tushunarli bo‘lishi 64. Kompyuter uchun mo‘ljallangan tovush, video va turli animatsiya effektlari jamlanmasidan iborat texnik yoki dasturiy majmua nima deb ataladi? A) Multimedia B) Media C) AudioRecorder D) GifAnimator 65. Kompyuter vositasida o‘quv kursini yoki uning bitta katta bo‘limini o‘qituvchi yordamida yoki mustaqil o‘zlashtirishni ta’minlovchi dasturiy metodik majmua … A) elektron multemedia darsligi B) elektron virtual kutubxona C) elektron ensiklopediya D) o‘rgatuvchi audio dasturlar 66. O‘zbek tilining axborot-kompyuter uslubini yaratishda va shu orqali tilni o‘rgatishni avtomatlashtirishda eng avvalo zarur bo‘ladigan asosiy vositalar qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan? A) multimedia hamda Unicode sistemasini qo‘llab-quvvatlovchi vizual dasturlash tizimlari B) istalgan dasturlash tizimlari C) Internet va kommunikatsiya tizimlari D) til o‘rgatuvchi mavjud dasturlar va taqdimot texnologiyalari 67. Odatdagi lug‘atlar asosida turli yo‘nalishlarda tuzilgan, multimedia vositalari bilan boyitilgan dastur nima deb ataladi? A) elektron lug‘at B) elektron multimedia darsligi C) elektron ensiklopediya D) o‘rgatuvchi audio dastur 68. Tilni o‘rgatishga yo‘naltirilgan dasturlar nomi qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan? A) Lean Words, Lex, BX language acquisition, Teacher-translator B) Teacher-translator, MS Word, Socrat C) Promt, MS PowerPoint, Pragma D) QDictionary, .Teach English, MS InfoPath 69. Bir alifbodagi matnni boshqa bir alifbodagi matnga harfma-harf o‘girib beruvchi dasturlar nima deb ataladi? 165 A) matn transliteratsiyasi B) avtomatik tarjima dasturlari C) elektron lug‘at dasturlar D) elektron ensiklopediya 70. Bir tildagi matnni boshqa bir tildagi matnga o‘girib beruvchi dasturlar nima deb ataladi? A) avtomatik tarjima tizimlari B) matn transliteratsiyasi C) elektron ensiklopediya D) elektron lug‘at 71. Avtomatik tarjima bo‘yicha dastlabki g‘oyalar kim tomonidan va qachon ilgari surilgan edi? A) Ch.Bebbij tomonidan 1836-1848 yillarda B) G.Belogonov tomonidan 1960-yillarda C) N.Nelyubin tomonidan 1950-yillarda D) Y.Marchuk tomonidan 1954-yillarda 72. Dunyoda birinchi marta avtomatik tarjima bo‘yicha tajriba qachon va qayerda o‘tkazilgan? A) 1954-yili, AQSHda B) 1956-yili, Niderlandiyada C) 1960-yil, Moskvada D) 1945-yil, Germaniyada 73. Ingliz tilidagi leksik qisqartmalarda akronimlar deganda nima tushuniladi? A) so‘zlarning dastlabki bir yoki ikkita harfidan tuzilgan leksik birlik B) og‘zaki nutqda harfning alifbodagi nomi bo‘yicha talaffuz qilinadigan qisqartma so‘zlar C) faqat yozma nutqda foydalaniladigan qisqartma so‘zlar D) tovush-harfli abbreviaturalar 74. Ingliz tilidagi leksik qisqartmalarda tovush-harfli abbreviaturalar deganda nima tushuniladi? A) og‘zaki nutqda harfning alifbodagi nomi bo‘yicha talaffuz qilinadigan qisqartma so‘zlar B) faqat yozma nutqda foydalaniladigan qisqartma so‘zlar C) so‘zlarning dastlabki bir yoki ikkita harfidan tuzilgan leksik birlik D) murakkab qisqartirilgan so‘zlar 75. Qaysi qatorda faqat tarjima tizimlarining nomi keltirilgan? A) Socrat, Promt, Pragma, Magic Goody B) Babylon, QDictionary, MultiLex, GoldenDict C) Socrat, QDictionary, MultiLex, Promt D) MultiLex, Promt, GoldenDict, Magic Goody 76. Qaysi qatorda faqat elektron lug‘at dasturlarning nomi keltirilgan? A) Babylon, QDictionary, MultiLex, GoldenDict B) Socrat, Promt, Pragma, Magic Goody C) Socrat, QDictionary, MultiLex, Promt D) MultiLex, Promt, GoldenDict, Magic Goody 166 77. Kompyuter yordamida lug‘atshunoslik ishlari bilan shug‘ullanish, ya’ni elektron lug‘at yaratish jarayoni bilan bog‘liq soha nima deb yuritiladi? A) kompyuter leksikografiyasi B) leksikografiya C) leksikologiya D) semasiologiya 78. O‘zbekiston Respublikasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy qilish to‘g‘risida”gi Qonuni qachon e’lon qilindi? A) 1993-yil 2-sentabr B) 1995-yil 24-avgust C) 1992-yil 2-sentabr D) 1994-yil 1-oktabr 79. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qarori qachon qabul qilingan? A) 1995-yil 24-avgust B) 1993-yil 2-avgust C) 1993-yil 2-sentabr D) 1995-yil 2-avgust 80. MS Word matn muharririda yozish jarayonida orfografik xatolikka yo‘l qo‘yilsa, matn ostida qanday chiziq hosil bo‘ladi? A) qizil to‘lqin chiziq B) yashil to‘lqin chiziq C) qizil tekis chiziq D) chiziq hosil bo‘lmaydi. 81. MS Word matn muharririda yozish jarayonida grammatik xatolikka yo‘l qo‘yilsa, matn ostida qanday chiziq hosil bo‘ladi? A) yashil to‘lqin chiziq B) qizil to‘lqin chiziq C) chiziq hosil bo‘lmaydi D) qizil tekis chiziq 82. ANSI kodlar sistemasi nechta simvol va ularning mos kodlarini o‘z ichiga oladi? A) 256 ta B) 255 ta C) 32767 ta D) 65535 ta 83. Unicode sistemasining 1-versiyasi nechta simvol va ularning mos kodlarini o‘z ichiga oladi? A) 65536 ta B) 32768 ta C) 256 ta D) 255 ta 84. Visual Basicning MS Office amaliy dasturlari bilan birga o‘rnatiladigan versiyasi nima deb ataladi? A) VBA B) VB Office 167 C) VB Office Org D) Open Office 85. VBA dasturida ma’lumotlar ustida bajariladigan standart amallar nechta guruhga ajratiladi? A) 3 ta B) 5 ta C) 2 ta D) 6 ta 86. VBA dasturida ma’lumotlar ustida bajariladigan matematik amallar qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan? A) qo‘shish, ayirish, qoldiqni aniqlash, darajaga ko‘tarish B) qo‘shish, teng, qoldiqni aniqlash, kichik C) qo‘shish, ko‘paytirish, inkor, kichik yoki teng D) ayirish, qoldiqni aniqlash, istisno, teng emas 87. VBA dasturida ma’lumotlar ustida bajariladigan munosabat amallari qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan? A) katta, teng emas, teng, kichik yoki teng B) qo‘shish, teng, qoldiqni aniqlash, kichik C) qo‘shish, ayirish, qoldiqni aniqlash, darajaga ko‘tarish D) ayirish, qoldiqni aniqlash, istisno, teng emas 88. VBA da ikkita satrli ifodani qo‘shish uchun qaysi belgi ishlatiladi? A) & belgisi B) % belgisi C) @ belgisi D) # belgisi 89. Muayyan masalani yechish uchun kompyuter tushunadigan tilda ma’lum qoidalar asosida berilgan buyruqlar va ko‘rsatmalarning chekli ketma-ketligi nima deb ataladi? A) dastur B) algoritm C) buyruq D) operator 90. VBA dasturlash tilida funksiyalar nechta kategoriyaga ajratib o‘rganiladi? A) 12 ta B) 15 ta C) 3 ta D) 6 ta 91. VBA dasturlash tilida operator qanday tushunchani anglatadi? A) ma’lum bir ishni o‘zgaruvchilar ustida bajarish buyrug‘idir B) muayyan kod fragmentini o‘z ichiga olgan maxsus dasturiy tuzilma C) qiymatlarni aks ettiruvchi buyruq D) dastur matnini kompyuterga kirituvchi kishi 92. VBA dasturlash tilida funksiya qanday tushunchani anglatadi? A) qiymatlarni aks ettiruvchi buyruq B) o‘zgaruvchilarni e’lon qilish buyrug‘idir 168 C) o‘zgaruvchilarning tipi D) matematik amallar to‘plami 93. VBA dasturlash tilida protsedura qanday tushunchani anglatadi? A) muayyan kod fragmentini o‘z ichiga olgan maxsus dasturiy tuzilma B) ma’lum bir ishni o‘zgaruvchilar ustida bajarish buyrug‘idir C) ifodalarning yozilish sintaksisi D) dasturda satrlar bilan ishlovchi buyruqlar 94. VBA da berilgan satrning ko‘rsatilgan nomerdagi belgisidan boshlab ko‘rsatilgan sondagi qismini ajratib olish operatori qaysi qatorda to‘g‘ri berilgan? A) Mid B) LTrim C) RTrim D) Len 95. VBA da Asc(String) yoki AscW(String) yozuvi nimani bildiradi? A) 1-holdagisi birinchi turgan belgining ANSI kodini beradi, 2-si esa UNICODE ga tegishli kodini aniqlab beradi B) ikkalasi ham birinchi turgan belgining ANSI kodini beradi C) ikkalasi ham birinchi turgan belgining UNICODE ga tegishli kodini aniqlab beradi D) satrdagi barcha harflarning UNICODE ga tegishli kodini aniqlab beradi 96. VBA da Chr(number) yoki ChrW(number) yozuvi nimani bildiradi? A) 1-holdagisi ANSI kod bilan ifodalanuvchi belgini, 2-holdagisi esa UNICODE ga tegishli kod bilan ifodalanuvchi belgini aniqlab beradi B) Ikkalasi ham ANSI kod bilan ifodalanuvchi belgini aniqlab beradi C) Ikkalasi ham UNICODE ga tegishli kod bilan ifodalanuvchi belgini aniqlab beradi D) 1-holdagisi ANSI kod bilan ifodalanuvchi belgini, 2-holdagisi esa UNICODE ga tegishli kod bilan ifodalanuvchi satrni aniqlab beradi 97. VBA dastur kodini yozish va qayta ishlashga mo‘ljallangan asosiy ishchi soha nima deb ataladi? A) kod muharriri oynasi B) xossalar oynasi C) loyiha oynasi D) menyu satri 98. Xuddi bitta buyruq kabi bajarilish xususiyatiga ega bo‘lgan bir nechta buyruq va ko‘rsatmalar majmui nima deb ataladi? A) makros B) dastur C) menyu D) protsedura 99. MS Word da makroslarga nisbatan necha xil himoya rejimi mavjud va ular qanday nomlanadi? A) 4 xil: “Очень высокая”; “Высокая” “Средняя” “Низкая” B) 3 xil: “Высокая” “Средняя” “Низкая” C) 2 xil: “Высокая”, “Низкая” 169 D) 1 xil: “Очень высокая” 100. MS Word uchun yozilgan makros-fayllar qanday kengaytmaga ega bo‘ladi? A) .dot B) .xla C) .ppa D) .docm