Namangan davlat universiteti Matematika fakulteti Informatika kafedrasi o’qituvchisi S.Toshboyev tomonidan 2023 yil 24 yanvar kuni o`tkazilgan Namangan viloyati To’raqo’rgon tumani Informatika fani o`qituvchilari uchun To’raqo’rgon tumani 35-umumiy o`rta ta`lim maktabida pedagoglarga metodik ko`rsatmalar bo`yicha XISOBOTI Namangan davlat universiteti Matematika fakulteti Informatika kafedrasi o’qituvchilari S.Toshboyev tomonidan 2023 yil 24 yanvar kuni Namangan viloyati To’raqo’rg’on tumani 35umumiy o`rta ta`lim maktabida tumanning 24 nafar Informatika fani o`qituvchilari uchun “Contest dasturida online masalalar yechish” mavzusida metodik ko`rsatmalar bo`yicha master-klass – mashg’uloti bo`lib o`tdi. Master klass –mashg’ulotida https://acmp.ru/ saytida 1000 tagacha masalalar mavjud bo`lib, u saytda masalalar kategoriyalarini qisqacha tanishib o`tildi. Bu saytdan tashqari https://codeforces.com/, https://algo.ubtuit.ru/ va shunga o`xshash bir qator dasturlarni Pascal, C++ va Python dasturlari orqali eng optimal algoritmlarni ishlab chiqish, tadbiqlari hamda algoritmlarni baholash bo`yicha master klass tarzida dars tashkil qilindi. Har bir pedagoglardan matematik mantiq elementlari bo`yicha misollar va kompyuterda individual topshiriqlarni amaliy tarzda bajarishdi. 2022 yilning IIchorak oquv yili ta’tilida bo`lib o`tgan 10-sinflar uchun viloyat fan olimpiadasida tushgan test savollar muhokamasi bo`lib o`tdi. Master klass mashg’ulot yakunida Namangan davlat universiteti Matematika fakulteti Informatika kafedrasi o’qituvchisi S.Toshboyev Informatika fani o`qituvchilarini master klassning mashg`ulot yuzasidan o`zlari qiziqtirgan savollariga javob berishdi. To’raqo’rg’on tuman 35-maktabi direktori: Informatika kafedra mudiri: N. Egamberdiyev M. Dadaxanov