Uploaded by Dilshodabonu Sayfiddinovna

Kurs ishi ko'rsatma TO`MA 2-kurs

advertisement
OʼZBEKISTON RESPUBLIKАSI
OLIY VА OʼRTА –MАXSUS TАʹLIM VАZIRLIGI
NАVOIY DАVLАT PEDАGOGIKА INSTITUTI
INGLIZ TILI VA ADABIYOTI KAFEDRASI
TILI O`RGANILAYOTGAN MAMLAKATLAR ADABIYOTI
fanidan
KURS ISHINI BAJARISH BOʼYICHA
USLUBIY KO’RSATMA
Bilim sohasi:
Ta'lim sohasi:
100000 – Ta’lim
110000 – Ta’lim
Ta'lim yo‘nalishi:
60111800– Xotijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
NАVOIY-2022
Navoiy davlat pedagogika instituti tomonidan
ishlab chiqilgan va tasdiqlangan.
Ushbu uslubiy ko’rsatma Oʼzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi Vazirligining 2008
yil 7 martdagi 61-sonli buyrugʼi asosidagi Oliy taʼlim muassasalarida kurs ishini
bajarish tartibi haqidagi Nizom asosida tayyorlandi.
Uslubiy ko’rsatmani tuzuvchi:
D.Sh.Kodirova - NDPI, Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi katta o’qituvchisi
Z.F.Tuychiyeva – NDPI, Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi o’qituvchi
Taqrizchilar:
Q.D.To`xtayeva - NDPI, Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti, f.f.n.
G.X.Nurmatova - PROFI universiteti Navoiy filiali
Tillar kafedrasi mudiri PhD, dots.
Kurs ishini bajarish bo’yicha o’quv uslubiy ko’rsatma “Ingliz tili va
adabiyoti” kafedrasining 2022 yil
___ dekabrdagi 5-son yig`ilishida
muhokamadan o`tgan va institut kengashida tasdiqlash uchun tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri ____________
(imzo)
D.Sh.Kodirova
(Ismi. Familiyasi)
Ushbu uslubiy ko’rsatma Navoiy davlat pedagogika institut Kengashining
202__-yil __ ________dagi
-sonli yig`ilishi qarori bilan tasdiqlangan.
1. Kurs ishining maqsad va vazifalari:
Oliy taʼlimning xorijiy tillarni oʼqitish yoʼnalishlari talabalariga pedagogik va
ilmiy masalalarning yechimini topish imkonini berishda hamda ularda chuqur
bilim va koʼnikmalarni shakllantirishda kurs kurs ishilarining ahamiyati nihoyatda
kattadir. Kurs ishini bajarish jarayonida talaba egallagan nazariy va amaliy
bilimlari vositasida mavjud ilmiy - uslubiy manbalar, meʼyoriy hujjatlar,
maʼlumotnomalar va zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda
xorijiy tillarni oʼqitishdagi , tilshunoslikdagi va adabiyotshunoslikdagi
muammolarni va dolzarb masalalarning yechimini topish hamda oʼz gʼoya va
xulosalarini jamoada himoya qilish koʼnikmasini egallaydi.
Kurs ishini bajarishdan maqsad – oʼquv rejasida koʼzda tutilgan muayyan fan
boʼyicha maʼruza, tajriba va amaliy mashgʼulotlarda olgan nazariy va amaliy
bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish, umumlashtirish va mazkur bilimlarni
xorijiy tillarni oʼqitish, tilshunoslik va adabiyotshunoslik sohasidagi dolzarb
masalalarni zamon talablari asosida yechishda qoʼllashdir.
Kurs ishlarini bajarish orqali talabalar keyingi yanada jiddiyroq ilmiy - pedagogik
muammolar bilan shugʼullanishga - malakaviy bitiruv ishlarni , magistrlik
dissertatsiyalarini bajarishga tayorlanadi. Shu bilan bir qatorda kurs ishi
talabalarda davlat taʼlim standartlari, soha boʼyicha meʼyoriy hujjatlar,
maʼlumotnomalar, respublikamizda olib borilayotgan ilmiy tadqiqot yo’nalishlari,
yoʼriqnomalar va muqaddam egallangan tajribalardan va ilmiy manbalardan
foydalanish koʼnikmasini shakllantiradi. Shuningdek, kurs ishi talabalarda mustaqil
fikrlashga oʼrgatish, mustaqil ijodiy ishlash, ilmiy manbalarni izlash , mavzuga
doir materiallar yigʼish, qayta ishlash va saqlash uchun zamonaviy kompyuter va
axborot texnologiyalaridan foydalana olish va kurs ishlarini rasmiylashtirish
koʼnikmalarini shakllantiradi.
Demak, kurs ishlari ilmiy tadqiqot ishlarining birinchi qadami, yaʼni debochasidir.
Kurs ishining asosiy vazifalari:
• talabalarning maʼruza va amaliy mashgʼulotlarda, mustaqil faoliyatda olingan
nazariy bilimlari va amaliy koʼnikmalarini kurs ishilarni bajarishda qoʼllay olishini
namoyish etish;
• talabalarda meʼyoriy, maʼlumotnoma va boshqa adabiyotlardan foydalanish
koʼnikmalarini hosil qilish;
• mustaqil fikrlash va eng munosib pedagogik va ilmiy tadqiqot yechimlarini qabul
qilishga oʼrgatish;
• axborot texnologiyalar vositasida oʼz kurs ishisining taqdimotini - himoyasini
oʼtkazish, unda kurs ishini bajarish jarayonida egallangan natijalarni ishonchli
dalillar bilan asoslash, turli texnik vositalar va ularning dasturlaridan foydalana
olish qobiliyatini koʼrsatish;
• oʼquv jarayonida shakllangan kommunikativ koʼnikmalarni namoyish etish, oʼz
nuqtai nazarini himoya qila olish , kurs ishi boʼyicha savollarga asosli javob berish;
• talabalarda guruh bilan ishlash koʼnikmalarini faollashtirish, oldinga qoʼyilgan
maqsadni bajarish boʼyicha tashabbus koʼrsatish qobiliyatini kengaytirish;
• kurs ishilarni tayyorlash, gʼoyalarni tavsiya eta olish va qarorlarni qabul
qilishning nostandart usullarini topishni namoyish etish;
• mustaqil ijodiy ishlash, maʼlumotlarni izlash, yigʼish, qayta ishlash va mavzuga
doir maʼlumotlar boʼyicha ish olib borish uchun zamonaviy kompyuter va axborot
texnologiyalaridan foydalana olish.
Kurs ishida quyidagi masalalar yechimi koʼrsatilishi lozim:
• bajarilayotgan ishning maqsadi va vazifalarini aniq ifoda etish;
• muammo obʼekti va predmetini aniqlash;
• kurs ishida qoʼllanilgan uslublarni asoslash;
• boshlangʼich maʼlumotlarni asoslash;
• qabul qilingan muammo yechimlarini ilmiy pedagogik va ilmiy tadqiqot nuqtai
nazardan tahlil qilish;
• xorijiy tillarni oʼqitish yo’nalishi talablarini izohlash, qoʼyilgan masala yuzasidan
yechimning mumkin boʼlgan muqobillarini tahlil qilish va ulardan eng maqbulini
tanlash.
Kurs ishining mavzulari:
Kurs ishini bajarishdagi eng muhim masalalardan biri uning mavzusini toʼgʼri
aniqlashdir.
Kurs ishining mavzulari mazkur fanning oʼquv vazifasiga javob berishi bilan bir
qatorda umumtaʼlim maktablari, litsey va kasb-hunar kollejlari oʼquv dasturlari
hamda ilm-fanning dolzarb muammolari bilan bogʼliq boʼlishi lozim. Kurs ishi
mavzulari avvalambor ilmiy va zamonaviy boʼlishi hamda talabalarda mustaqil
ijodiy ishga koʼnikmani shakllantirishga yoʼnaltirilmogʼi lozimdir. Kurs ishi
topshiriqlarida xorijiy tillarni oʼqitish jarayonida texnologik yangiliklarning
qoʼllanishi koʼzda tutilishi muhimdir.
Topshiriqlarning takroriyligi, yildan-yilga bir xil mavzularning takrorlanishi kurs
ishlarini ham oʼquv, ham amaliy ahamiyatini kamaytiradi. Kurs ishining
topshiriqlari rasmiylashtirilgan boʼlib, umumiy talablar pasaytirilmagan holda
talabalarning qiziqishi va qobiliyatlari bilan bogʼlangan boʼlishi lozim.
Kurs ishining mavzusiga boʼlgan asosiy talablardan biri bu uning yaxlit majmuali
boʼlishidir, yaʼni bir qator oʼzaro bogʼliq boʼlgan masalalarni birgalikda yechishga
bagʼishlanganligidadir.
Kurs ishlari mavzularining tarkibi xorijiy tillarni oʼqitish tizimiining amaliy
masalalari,
talabalar
malakaviy amaliyotlarining
natijalari,
talabalar
toʼgaraklarining ilmiy ishlari , yurtimizdagi va xorijiy mamlakatlardagi ilm-fan va
texnika yutuqlarini aks ettirgan adabiyotlar asosida tuzilishi lozim.
Talabalarga kurs ishlarining mavzularini tanlash huquqi beriladi. Bitiruv kursida
bajariladigan kurs ishlari bitiruv malakaviy ishi mavzusi bilan bogʼlangan boʼlishi,
kurs ishi malakaviy (bitiruv oldi) amaliyotida qoʼllangan maʼlumotlar asosida
bajarilishi lozim.
Kurs ishida ishning nomi, uning hajmi va mazmunini ifodalovchi tafsilotlar yaqqol
belgilanishi lozim.
Har bir topshiriq ilmiy va uslubiy jihatdan sinchkovlik bilan ishlab chiqilgan
boʼlib, talabaning tayyorgarlik darajasiga va kurs ishini tuzatish uchun ajratilgan
vaqtga muvofiq kelishi lozim.
Topshiriq maxsus blankalarda rasmiylashtirilishi va maʼlumotnoma
boshlangʼich maʼlumotlar bilan taʼminlanishi lozim. (1- ilova)
va
3. Kurs ishining tarkibiy tuzilishi
Kurs ishi:
1.Mundarija
2.Kirish
3.Аsosiy qism
4.Xulosa
5.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
dan iborat boʼlishi lozim. Kurs ishi rejasi kurs ishida oʼrganilayotgan muammo
xususiyatlarini qamrab olishi lozim.
Talabalar tahlil qilinayotgan muammo yuzasidan turli adabiyot va manbalardan
foydalanadi. Ishda talabalar professional etika qoidalarini buzilishiga (plagiat,
maʼlumotlarni sohtalashtirish hamda yolgʼon sitata keltirish) yoʼl qoʼymasliklari
lozim.
Kurs ishi standart varaqda 1,5 qator oraligʼida yozilishi lozim, har bir bet
hoshiyasi: yuqoridan, pastdan va oʼngdan 2 sm, chapdan 3 sm boʼlishi, xatboshi 5
belgiga teng va bir xilda boʼladi.
Kurs ishi matnini kompyuter vositasida bosib chiqarishda “Times New Roman” 14
oʼlchamli shriftni qoʼllagan holda Microsoft Word matn redaktoridan foydalanish
tavsiya qilinadi.
Kurs ishida iqtiboslar (Ссылка) 2 xil koʼrinishda berilishi mumkin Вставка –
Ссылка – Сноска, yaʼni, quyidagicha1 yoki kvadrat qavslardagi raqamlar
yordamida beriladi , masalan : [8, 62] shaklida
Ishning hajmi titul varaq, mundarija, adabiyotlar roʼyxatidan tashqari 25-30 betdan
iborat boʼlishi kerak.
4. Kurs ishisini tashkillashtirish va boshqarish.
Filologiya va chet tillarni oʼqitish sohasidagi OTMlar oʼquv rejalarida kurs ishi
soni quyidagicha belgilanadi:
Bakalavriat yo’nalishida asosiy oʼrganilayotgan til (fani) dan 1 ta va tili
oʼrganilayotgan mamlakatlar adabiyoti fanidan 1 ta kurs ishi; magistratura
yo’nalishida mutaxassislik fanlaridan 2 ta kurs ishi yozish koʼzda tutilgan. Kurs
ishiga rahbarlik qilish odatda, tegishli kafedralarning pedagogik va ilmiy tajribaga
ega boʼlgan yuqori malakali professor-oʼqituvchilariga topshiriladi.
Kurs ishlarida qoʼyilgan oʼquv maqsadlarini amaliyot bilan uzviylashtirish
maqsadida, shuningdek OTMning kurs ishlari borasida oʼzaro tajriba almashish
maqsadida, rahbarlik uchun bitiruvchilar ishga kirayotgan tashkilotlarda (maktab,
litsey, kollej) bevosita ishlayotgan mutaxassislar jalb etilishi maqsadga muvofiqdir.
Kurs ishiga rahbarlik kurs ishiga topshiriq berishdan boshlanadi.
Kurs ishi topshirigʼini berishda asosiy bosqichlarni bajarish vaqtlari ko’rsatilgan
grafik tavsiya qilinadi. Kurs ishlarini taqdim etish muddatlari OTM rahbariyati
tomonidan mazkur yoʼnalish oʼquv rejasiga mos holda belgilanadi.
Kurs ishi topshirigʼi ish rahbari imzosi bilan beriladi.
Kurs ishining ahamiyati, unga qoʼyiladigan talablar, ishning tarkibi va kurs ishini
rasmiylashtirish, topshiriqni bajarish boʼyicha umumiy topshiriqlar, uning hajmiga
1
Бўронов Ж.Б. Инглиз ва ўзбек тиллари қиесий грамматикаси . – Т.: Ўқитувчи, 1973. –Б.75. 6
boʼlgan talablar haqidagi maʼlumotlar mazkur fan boʼyicha mashgʼulot
oʼtkazilganda tushuntiriladi.
Kurs ishini bajarish uchun talabaning mustaqil ishi sifatida vaqt ajratiladi va
jadvalda koʼrsatilgan vaqtlarda oʼqituvchi maslahati tashkil etiladi. Talaba ishni
bajarishi jarayonida kurs ishi rahbari uning ijodiy bilimini rivojlantirishga harakat
qilishi kerak.
Kurs ishisini bajarish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi, birinchi bosqichni
bajargandan soʼng keyingi bosqichni bajarishga ruxsat etiladi.
Talabalar tomonidan kurs ishining bajarilish jarayoni kafedra mudiri tomonidan
muntazam ravishda nazorat qilinib, kafedra majlislarida muhokama etib boriladi.
Kurs ishi talaba tomonidan bajariladi va qoʼyilgan talablarga javob beradigan kurs
ishi esa rahbar tomonidan imzolanadi va hayʼatda himoya qilish uchun tavsiya
etiladi.
5. Kurs ishining himoyasi
Kurs ishining sifati va uni bajarish jarayonidagi talabaning faolligi, bilimi va
koʼnikmalarini baholashning oʼziga xos shakllaridan biri ish himoyasidir. Talabada
bajargan ishining mohiyatini chuqur tushunish, taklif etilgan muammo
yechimlarini har tomonlama asoslab berish qobiliyatini shakllantirishda kurs
ishining himoyasi muhim oʼrin tutadi. Kurs ishi himoyasi kafedra tomonidan
belgilangan 2-3 oʼqituvchidan tashkil etilgan hayʼatda, kurs ishi rahbari va guruh
talabalari qatnashuvida tashkil qilinadi. Ochiq himoya guruh talabalariga shu guruh
talabalari tomonidan bajarilgan ishlar bilan tanishish imkoniyatini berishi bilan bir
vaqtda, ish rahbarlarini himoya qilinayotgan ishlarga nisbatan bir xil talab bilan
yondashishga olib keladi.
Himoya talaba tomonidan bajarilgan kurs ishi boʼyicha 8-10 minutli maʼruza va
savol - javobdan iborat boʼladi. Maʼruzada ishning mohiyatini talaba har
tomonlama yoritib berishi kerak. Savollar himoyada qatnashayogan professoroʼqituvchilar tomonidan beriladi.
Kurs ishi 100 ballik tizimda baholanadi. Oʼrnatilgan grafik boʼyicha bajarilgan va
talablar boʼyicha sifatli rasmiylashtirilgan kurs ishiga eng koʼpi bilan 40 ball,
himoya vaqtidagi maʼruza uchun 30 ball va berilgan savollar uchun javoblarga 30
ball beriladi.
Himoya vaqtidagi qaydnoma ikki nusxada toʼldiriladi. Qaydnomalardan biri
kafedrada, ikkinchisi dekanatda saqlanadi. Kurs ishini bajarish va himoya qilish
natijasida 55 oʼtish ballini toʼplagan talabani reyting daftarchasiga ish rahbari
tomonidan reyting ball qoʼyiladi.
Topshiriqda koʼrsatilgan muddatda kurs ishini himoyaga taqdim etmagan va
sababsiz himoyaga kelmagan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.
Аkademik guruh talabalarining kurs ishlari himoyasi yakunlangandan soʼng ishni
bajarish jarayonida yoʼl qoʼyilgan turdosh kamchiliklar, eng yaxshi hamda sifatsiz
kurs ishlari rahbar tomonidan tahlil qilinib suhbat oʼtkaziladi.
Аmaliy va nazariy ahamiyatga ega boʼlgan kurs ishlari talabalar ilmiy jamiyati
(TIJ) tanlovlariga taqdim etiladi va rektorning buyrugʼi bilan ragʼbatlantiriladi va
amaliyotga joriy etish uchun taqdim etilishi mumkin.
1-ilova
Tasdiqlayman:
Kafedra mudiri___________
“______”____________________202_
Kafedra: Ingliz tili va adabiyoti
KURS ISHI
O’rganilayotgan til nazariy aspektlari fani bo’yicha
Guruh___________ Talaba________________ Rahbar__________________
T O P SH I R I Q
1.Ish mavzusi _____________________________________________________
_________________________________________________________________
_________________________________________________________________
2.Boshlangʼich maʼlumotlar: _________________________________________
_________________________________________________________________
_________________________________________________________________
_________________________________________________________________
3.Qoʼllanmalar:_____________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
4.Аsosiy qismning tuzilishi, reja: _____________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
5.Qoʼshimcha topshiriq va koʼrsatmalar: _________________________________
__________________________________________________________________
Kurs ishini topshirish davri: Reja____________ Аmalda_
1
2
Bosqichlar
3
Himoya
4
5
Rahbar: __________________________________________
(Quyida ingliz tilida bajarilgan Соurse Paper – Kurs ishining Сontent (mundarija) ,
Introduction (Kirish) va Conclusion (Xulosa) qislari ilova qilinmoqda:
THE MINISTRY OF HIGHER AND SECONDARY SPECIAL
EDUCATION OF UZBEKISTAN
NAVOIY STATE PEDAGOGICAL INSTITUTE
THE FACULTY OF THE ENGLISH LANGUAGE AND LITERATURE
THE DEPARTMENT OF THE ENGLISH LANGUAGE AND
LITERATURE
Course paper
THEME: THE ROLE OF THE WOMAN IMAGE IN THE WORKS OF JANE
AUSTEN (IN “PRIDE AND PREJUDICE”)
SUBJECT:
THE HISTORY OF THE ENGLISH LITERATURE
RESEARCHER: Ravshanova I. ____ (signature)
Group 4A
SCIENTIFIC ADVISER: _______
The work is defended on “__” ________(date)
and is assessed at “___” scores
Navoi – 2022
CONTENTS
INTRODUCTION……………………………………………………………….3
CHAPTER I. DEPICTION OF THE WOMEN IMAGES IN JANE
AUSTEN’S
WORKS…………………………………………………………………………….
1.1. “Woman’s Place” in Jane Austen’s England………………………………......
1.2. The role of women in the society depicted by Jane Austen in Pride and
Prejudice…………………………………………………………………………....
1.3. The women perception of Jane Austen delivered in "Pride and Prejudice" ........
1.4. Feminism in Jane Austen’s Pride and Prejudice: the novel and the movie
CONCLUSION
…………………………………………………………………
THE LIST OF THE USED LITERATURE ……………………………………..
INTRODUCTION
Throughout the history of humankind, women have been one of the most
controversial themes. From the first’s orthopraxis such as Judaism, women could
not have a leading role. In the old Greek civilization, where we can read about
Pandora, who represented perdition of humanity because of her box. The same as
Eve, who after eating the apple, became the symbol of human ruin on the Christian
ideology. Nowadays we can find a similar discourse in the Muslim community:
women being harassed due to a political and, therefore, interested lecture of the
fountains of knowledge, that end up being unknown. But, can this behaviour find
support in the scriptural sources? Islamic way of life granted women rights they
could not have thought of before the revelation. It conceded her the right to vote, to
have her own money, not depending only on her father, brother… to marry and
stop “being married” to a man thanks to her own will, etc… In this paper I have
undertaken to bring forth some feminist characteristics in the works of one of the
foremost novelist of England Jane Austen with special emphasis on one of her
most renowned works, The feminist movement with emphasis on the concept of
gynocriticism (by the American feminist Elaine Showalter) is summarized to put
Jane Austen as an important writer of feelings and conditions of women. The aim
of the paper is to present some of what it is possible to discover about the actual
status of women during Jane Austen’s time and to consider how these data
correspond to Jane Austen’s representation of “woman’s place.” We intend to
analyze the common features that tend to convey when defining the feminine
personae in different contexts. The actuality of the theme. We have chosen Jane
Austen’s Pride and Prejudice because it can demonstrate that all societies
experience the same, or similar, progresses. Trying to demonstrate that women
character is continuously being influenced by male’s (and unfortunately female’s)
judgments and social 12 coactions. We will see that the ideal of liberty and
freedom is illusionary and disappears when it matches stronger interests. Women
were used, and are still being used, as a product or adjunct to confirm male’s
reputation. Nowadays, our societies tend to draw their attention outside their
frontiers, with the resulting damage of women’s rights and fear treatment.
The tasks of the work.
We put the following tasks forward:
- To bring forth feminist characteristics in the works of Jane Austen;
- To analyse the common features of women in her works;
- To demonstrate the factors influencing on women character;
The theoretical value of the work. The materials collected in the intention of
describing women images in Jane Austen’s work “Pride and Prejuidice” can be
applied by those who are interested in English literature or who study the women
role in the society. The practical value of the work. The information brought into
forth in the work are very useful for the students who study in English language
and literature departments. Moreover, the analyses given in the work are practical
for discourse analyses of the women character. The structure of the work. Hereby
work consists of introduction, main chapter with 4 parts, conclusion and the list of
the used literature.
CONCLUSION
We have to remark that the way Austen complains about women’s situation had
to be fulfilled anonymously although her books tend to be fashionable. This may
be due to the fact that she was reporting real situations and people, especially
women, could identify their situation with that of the novel. What can give us an
idea about the restrictions a liberal society applied. Male and female characters
seem to be destabilized by the other’s presence and try to camouflage their fears.
The author is inviting us all to recognize this fear and to act consequently. What
corresponds then is a movement from the “other’s behaviour” to our own and
personal contribution and being. This A vision of women through Jane Austen’s
Pride and Prejudice approximation is furthermore adding impact to our presence
making it worthy and not dependent on other’s appreciation or lack of recognition.
The accent should once again be put on oneself rather than on the others. If men
and women started to do so, they would not need to disapprove the other sex in
order to fully being but would learn to enjoy a being together in the process of
knowing oneself. Nowadays women suffer the same oppression because of this
lack of self-knowledge on part of all of us. And men suffer their part too. We
would share brief manifestation of this need of self-knowledge that is manifested
through the word of Mr. Collins. We can appreciate weakness, pusillanimity and
an intended superiority in his speech, but this is just because he feels inferior to a
different being and because of that she destabilizes him: "When I do myself the
honour of speaking to you next on this subject I shall hope to receive a more
favourable answer than you have now given me; though I am far from accusing
you of cruelty at present, because I know it to be the established custom of your
sex to reject a man on the first application, and perhaps you have even now said as
much to encourage my suit as would be consistent with the true delicacy of the
female character."
THE LIST OF THE USED LITERATURE
1. Austen Jane. Pride and Prejudice. Rupa Publication 1999. New Delhi. Print
2. Marshal Christine. "Dull Elves" and Feminists: A Summary of Feminist
Criticism of Jane Austen.www.jasna.org.Arizona.Web.1992.
3. http://www.jasna.org/persuasions/printed/number14/marshall.pdf
4. Krishnaswamy N, Varghese John, Mishra Sunita. Contemporary Literary
Theory.Mcamillan Publication 2013.Haryana.Print.
5. Cuddon J.A. Dictionary of Literary Terms and Literary Theory. Penguin
Publication1999. England. Print.
6. Anonymous. Feminism in Jane Austen’s Pride and Prejudice English Literature
Essay.www.ukessays.com.n.d.Web.n.d.
7.
http://www.ukessays.com/essays/english-literature/feminism-in-janeaustens-
pride-and-prejudice-english-literature-essay.php
8.
Anonymous.
Feminism/
Pride
And
Prejudice
paper.www.customessay.com.n.d.Web.n.d.
9. http://www.customessaymeister.com/customessays/Feminism/11134.htm
term
Download