I. AUTOCAD DASTURIDA CHIZMA CHIZISHGA DOIR MA’LUMOTLAR. 1-mavzu: Kirish. AutoCAD dasturi haqida, dasturning interfeys (muloqot oyna)lari haqida umumiy ma’lumotlar. Reja: 1.AutoCAD dasturi haqida 2.Dasturning muloqot oynalari Tayanch so`z va iboralar: AutoCAD, model, chizma, лист, VESLIN muloqat oyna, 3D Studio, parametrlar, границы, экран, рамка, лист, масштаб, печати, просмотр, model maydon, rang. Avtomatlashtirilgan loyihalash vositalari- Kompyuterda turli qurilmalar, mexanizmlar va binolarning loyihalarini yaratishga xizmat qiluvchi vositalardir. Hozirgi vaqtda uch o‘lchamli kompyuterli modellashtirish vositalari foydalanuvchilarning e'tiborida bo‘layapti va bu tasodifiy emas albatta. Ulardan foydalanish konstruktorlik-loyihalash ishlarining sifatli bajarilishi hamda foydalanuvchiga chizmalarni tez, sifatli, yuqori aniqlikda bajarish va qog‘ozga chiqarish imkonini beradi. Ushbu qo‘llanmada kompyuterli modellashtirishni loyihalashtirishning universal grafik sistemasi muhitidan iborat bo‘lgan AutoCAD dan foydalanish uslubi taklif etilgan. Bu AutoCAD tizimi Autodesk kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, loyihalash jarayonida ko‘p sonli foydalanuvchilar qulay holda ishlatishlari ko‘zda tutilgan. Hozirgi davrda AutoCAD ning dasturiy ta'minoti kompaniyani eng yaxshi mahsuloti bo‘lib, shaxsiy kompyuterlarning eng keng tarqalgan avtomatik loyihalash tizimi paketi hisoblanadi. Hozirgi davrda har qanday dastur ta'minotining eng muhim xarakteristkasi buni boshqa dasturlar bilan birgalikda ishlata bilish xususiyatidir. Shu sababli AutoCAD tizimi katta imkoniyatlarga ega bo‘lib, o‘z mahsulotini 3D Studio tizimiga eksport qilgan holda uch o‘lchovli modellarni animatsiya qilish imkoniyatini beradi. AutoCAD tizimida ishlab chiqilgan файлlar Microsoft Office dasturining har qanday mahsulotlari bilan mos keladi . Ushbu qo‘llanmada AutoCAD ning siqiq holdagi ruscha versiyasining o‘zbek tiliga o‘girilgan varianti berilgan. AutoCAD dasturi avtonom rejimida yoki lokal tarmoqda ham ishlashi mumkin. AutoCAD dasturining yaxshi ishlashi uchun quyidagi manbaalar zarur bo‘ladi: • Pentium 133 protsessori • 32 Mbaytli operativ xotira • Qattiq diskda 400-750 Mbaytli xotira • 640 ga 480 VGA – displeyi 1-rasmda AutoCADning ish stoli tasvirlangan. Ish stoliga quyidagilar kiritilgan: • TUSHUVCHI MENYU QATORI –menyuning eng yuqori qatori; • ASBOBLAR PANELI –yuqorida, ish stolining o‘ng va chap tomonida. Keyingi ishlarda foydalaniladigan asosiy asboblar paneli: 1) «Standart asboblar» paneli; 2) «Obyekt xossasi» paneli; 3) «Chizish» paneli; 4) «O‘zgartirish» paneli; 5) «O‘lchamlar» paneli; 6) «Obyektni bog‘lash» paneli. Tushuvchi menyu qatori Asboblar paneli Model maydoni Dialog oyna Boshqarish tugmachalari 1) 2) AutoCADning ish stoli ASBOBLAR PANELINI SOZLASH ALGORITMI. sichqon klavishi o‘ng tomonini asboblar panelining ixtiyoriy birortasini ko‘rsatib, bosamiz. ochilgan ro‘yxatdan kerakli asboblar panelini belgilaymiz. • GRAFIK MAYDON (Model maydoni) –ish stolining o‘rta maydonini egallagan bo‘lib, modellar chizmasini yaratish uc hun mo‘ljallangan. Model maydoni parametrlarini qo‘llovchi o‘ziga mos qulay ravishda o‘zgartirishi mumkin. MODEL MAYDONINI SOZLASH ALGORITMI. 1) Sichqon klavishining o‘ng tomonini grafik maydonning ixtiyoriy joyiga bosamiz, Опции punktini belgilaymiz. 2) Ochilgan «Parametrlar» dialog oynasida quyidagi sozlashlarni amalga oshirish mumkin. A) Oyna elementlari ish stoli ko‘rinishini sozlash, ya'ni; 1) Rang tugmachasi yordamida model maydoni rangini tanlash mumkin; 2) Dialog oynasiga chaqiriladigan shrift turini Shrift tugmachasi orqali sozlash mumkin. B) Format elementlari maydoniga Varaq maydoni M2 umumiy ko‘rinishini sozlash mumkin. V) “Aks ettirishni kengaytirish qobiliyati” maydonida obyektlarning tasviri sifatini sozlash mumkin, ya'ni yoylar va aylanalar egri chiziqlarda segmentlar soni va h.k. G) Aks ettirish maydoniga uch o‘lchovli rang berilgan (3D) obyektlarni aks ettirish sifatini sozlash mumkin. • DIALOGLI OYNA yordamida dastur bilan muloqot amalga oshiriladi. Bu oyna bir necha qatordan iborat bo‘lib, ularda foydalanuvchi chiqaradigan ta'sir algoritmi aks etgan bo‘ladi. Ko‘pincha, dastlabki asboblar to‘g‘risida kerakli axborotni o‘z ichiga oladi. Muloqot oynasida kamida uchta qator qoldirilishi tavsiya etiladi. Sozlashni qo‘lda, ya'ni sichqonning kursorini muloqot oynasining yuqori qismiga olib borib, uni siqib (cho‘zib) yoki past (baland) ga surib amalga oshiriladi. • QATOR HOLATI (boshqarish tugmasi) –chizmachilik rejimlari, ya'ni qo‘shish/o‘chirishni o‘z ichiga oladi va ish stolining eng pastki qismida joylashgan. O‘z ichiga quyidagi elementlar (tugmalar)ni olgan: A) QADAM (Шаг) (Snap) –sichqonning ma'lum qadam bilan harakatini ta'minlaydi. Sozlash bajariladi: Asboblar/Chizmachilik parametrlari qo‘shimcha “Bog‘lash va setka”. Qadam rejimini qo‘shish (o‘chirish) F9 funktsional klavishi orqali yoki ShAG (Qadam) knopkasini sichqon bilan bosish orqali amalga oshiriladi. B) TO‘R (Grid) - rasmni aniq chiqarish, va ishni yengillashtirgan holda, ortogonal setkasining bog‘larini ekranda olish imkoniyatini beradi. Sozlash bajariladi: Asboblar Chizmachilik parametrlari qo‘shimcha “Bog‘lash va to‘r”. Setka rejimini qo‘shish (o‘chirish) F7 funksional klavishi yoki sichqon bilan SETKA tugmasini bosib amalga oshiriladi. V) ORTO (Ortho) – chiziq chizish ortogonal rejimini qo‘shadi (o‘chiradi). G) POLYАR (Polar) –chizishning polyar rejimini qo‘shadi (o‘chiradi), ya'ni dastur avtomatik ravishda trassirovkali turlar holida obyektlar chizmasi yo‘nalishni va burchagini ko‘rsatib beradi. Sozlash bajariladi: Asboblar/Chizmachilik parametrlari qo‘shimcha “Bog‘lash va setka”. Polyarnaya trassirovka rejimini qo‘shish (o‘chirish) F10 funksional klavishi yoki sichqonni POLYAR tugmasiga bosish orqali bajariladi. D) VO‘RV (Osnap) – obyektli bog‘lash (obyektlarni tekislash), ayrim nuqtalarni ko‘rsatish imkonini (ya'ni masalan, kesma va yoy o‘rtasi, aylana markazi va aylana va yoy kesishish nuqtasi) beradi. Sozlash bajariladi: Asboblar/Chizmachilik parametrlari qo‘shimcha “Bog‘lash va setka”. Привязка объекта (Obyektni bog‘lash) rejimini qo‘shish (o‘chirish) F3 funksional klavishi orqali yoki sichqonning VO‘RV tugmasini bosish orqali bajariladi. E) СЛЕД (Object Snap Tracking) –Osnap dagi nuqtani boshqarish imkonini beradi, kursor harakatlanganda vektor trassirovkasi hosil bo‘ladi. Sozlash bajariladi: Asboblar/Chizmachilik parametrlari qo‘shimcha “Bog‘lash va setka”. След rejimini qo‘shish (o‘chirish) F11 funksional klavishsi yoki СЛЕД tugmani sichqon bilan bosish orqali bajariladi. . J) VESLIN –obyektlar chiziqlari qalinligini aks ettirishni qo‘shadi (o‘chiradi). Z) MODEL –model maydonidan varaq maydoniga o‘tish imkonini beradi. IZOH. Aniq asboblarning vazifasi keng holda quyida keltiriladi. Nazorat uchun savollar va topshiriqlar 1.AutoCAD dasturi qaysi sohalarda ishlatiladi? 2.AutoCAD dasturining yaxshi ishlashi uchun kompyuterda qanday manbaalar zarur bo‘ladi? 3.AutoCADning ish stolida nimalar tasvirlangan? 2-mavzu: AutoCAD dasturi. Kompyuterda chizma chizishga doir ma’lumotlar. Qog‘oz formatini tanlash va burchak shtampini chizish Reja: 1. Qog‘oz formatini tanlash 2. Burchak shtampini chizish Tayanch so`z va iboralar: AutoCAD, model, chizma, лист, chop etish, chiziq, chegara, muloqat oyna, Диспетчер параметры листов, формат листа, qog‘oz, parametrlar, границы, экран, рамка, лист, масштаб, печати, просмотр, kesma, burchak Odatda chizma AutoCAD ning Model qati oynasida chiziladi. Chizmani chop etishga taxlash esa Лист (Layouts) qati oynasida bajariladi. Лист qatiga birinchi marta o‘tilar ekan Modelda chizilgan barcha chizma bitta Ko‘rinish oynasi (Видовый экран) da joylashadi (1-rasm). Punktir chiziq chop etish qurilmasining chop etish sohasini bildiradi, ya’ni punktir chiziqdan tashqarida joylashgan chizma chop etilmaydi. Chop etish chizig‘ining chegara chizig‘i tanlangan printer va plotterga bog‘liq. Lazer printerlari uchun 5-6 mm tashkil qilsa, purkagichli printerlar uchun uch tarafdan 5-6 mm va chop etishni tugash tomonidan esa 12-20 mm tashkil qiladi. Ko’rinish oynasi chegarasi chop etish qurilmasining chegara chizig’i Qog’oz chegarasi 1-rasm. Model qatidan birinchi marta Лист qatiga o‘tilayotganda qog‘oz o‘lchamlari va chop etish qurilmasini va usullarini tanlash uchun Параметры листа muloqat oynasi chiqadi. (2-rasm). Bu muloqat oynasini Файл menyusining Диспетчер параметры листов bo‘limi orqali ham chaqirsa bo‘ladi. Bu muloqat oynasining ayrim bo‘limlari bilan tanishaylik: - Принтеры/плоттеры bo‘limining Имя darchasidan chop etish qurilmasi tanlanadi. Qurilma xossalarini Свойства tugmasidan o‘zgartirish mumkin. - Формат листа bo‘limida chop etish qurilmasiga mos standart o‘lchamlar tanlanadi. Agar chop etish qurilmasi tanlanmagan bo‘lsa, unda ixtiyoriy standart qog‘oz o‘lchamini tanlash mumkin. Qog‘oz parametrlarini chop etish paytida ham tanlash yoki o‘zgartirish imkoni bor. - Ориентация чертежа bo‘limida tanlangan qog‘ozning vertikal (Книжная) yoki gorizontal (Альбомная) holatida joylashishi tanlanadi. Повернуть bayroqchasi qo‘yish bilan chizmani chop etish oxiridan boshlanadi. 2-rasm - Печатаемая область bo‘limida chop etish uchun soha tanlanadi. U yerda 4 holdan biri tanlanadi (3-rasm). Границы – chop etish qurilmasi ruxsat etgan chegara bo‘yicha listdagi barcha ob’yektlar chizmasini chop etadi. Экран – chizmaning ekranda ko‘ringan qismini chop etadi. Рамка – bu usul tanlanganda sichqoncha bilan ekranda chop etiladigan to‘rtburchak soha ko‘rstilishi talab qilinadi. Soha diagonal bo‘yicha ikki chekka nuqtalarini ko‘rsatish orqali tanlanadi. Ko‘rsatilgan soha chop etiladi. Лист – listda joylashgan barcha chizma chop etiladi. Модель qatidan chop etish paytida List o‘rniga Limit (chizishi chegarasi) 3-rasm da joylashgan barcha chizma chop etiladi. - Смещение от начало bo‘limida (2-rasm) qog‘oz pastki chap burchagidan tanlangan sohani X va Y yo‘nalishi bo‘yicha necha mm ga siljitib chop qilish ko‘rsatiladi. Центрировать tanlansa, chizmani qog‘oz o‘rtasiga joylashtirib beradi. - Масштаб печати bo‘limida chop etiladigan sohani qog‘ozga joylashtirish uchun masshtab tanlanadi. Вписать belgilansa chizma ko‘rinishiga masshtabni AutoCAD o‘zi tanlab, to‘lasincha tanlangan qog‘oz formatiga joylab beradi. U tanlagan masshtab standartga mos kelmaydi. Масштаб degan joydan esa foydalanuvchi o‘zi standart kattalashtirish yoki kichiklashtirish masshtabini tanlaydi. Odatda chizma ko‘rinishi Лист qatida chop etishga tayyorlangach, masshtabi 1:1 tanlab chop etiladi. Chizmaning o‘ziga esa Listdagi ko‘rinish oynalarida (model muhitida) aniq masshtab tanlanadi (4-rasm). Масштабировать вес линий orqali chiziq yo‘g‘onliklarini masshtabga qarab mos ravishda o‘zgartirish yoki o‘z yo‘g‘onligida qoldirish ko‘rsatiladi. - Просмотр… tugmasi orqali chop etiladigan chizma qog‘ozda qanday joylashishini ekranda ko‘rish mumkin. Agar qog‘ozda joylashishi ma’qul bo‘lmasa, yana Параметры листов oynasiga qaytib qog‘oz parametrlari o‘zgartiriladi. Chop etish qurilmasi tanlanmagan bo‘lsa, pechat qilish va oldindan ekranda ko‘rish (Просмотр) imkoni bo‘lmaydi. Ko‘rinish oynasining chegara chiziqlari qog‘ozga chiqmasligi uchun uni chop etilmaydigan (Defpoints) qatga o‘tkazish kerak. Ko‘rinish oynasi uchun chizma masshtabini tanlash: 1 2 3 4 5 6 1. Ko’rinish oynasi yaratish uchun dialog oyna chaqiradi; 2. Diagonal bo’yicha ikki nuqta ko’rsatib to’rtburchakli Ko’rinish oynasi yaratish; 3. Bir necha nuqtalar ko’rsatib ko’pburchakli Ko’rinish oynasi yaratish; 4. Chizilgan yopiq konturli figurani Ko’rinish oynasiga aylantirish; 5. Ko’rinish oynasini chegaralarini qirqish orqali yangicha ko’rinishga o’tkazish; 6. Aktiv Ko’rinish oynasidagi chizmaga masshtab tanlash; 4-rasm. 185 5-rasm Chop etish uchun qog‘ozning barcha parametrlari tanlangach, ko‘rinayotgan puntir chizig‘i yaqinroq ichki tomonlari bilan qog‘oz uchun ramka chizig‘i va chap burchakda shtamp chiziladi. Ramka va burchak shtampi kesma chizish buyrug‘idan foydalanib chiziladi. Burchak shampining o‘lchami 5-rasmda keltirilgan. Nazorat uchun savollar va topshiriqlar 1. Odatda chizma Auto Cadning qaysi oynasida chiziladi ? 2. Qog‘oz formati qanday tanlanadi? 3. Burchak shtampini chizish qanday amalga oshiriladi ? Adabiyotlar: 1. M.Aripov, A.Haydarov : Informatika asoslari. 2. A.Sattorov : Informatika va axborot texnologiyalari. 3. T.X.Xolmatov, N.I.Tayloqov, U.A.Nazarov: Informatika va hisoblash texnikasi 3-mavzu: Chiziq turlari va shrift (yozuv)ni chizmada qo‘llash Reja: 1. Chiziq turlari 2. Shrift (yozuv)ni chizmada qo‘llash Tayanch so`z va iboralar: AutoCAD, model, chizma, лист, chop etish, chiziq, chegara, muloqat oyna, формат листа, qog‘oz, parametrlar, границы, экран, рамка, лист, масштаб, печати, просмотр, kesma, burchak, shtrix, chiziq yo‘g‘onligini, vektorli shriftlar, tekst, o‘lcham qo‘yish, chiziqli va parallel razmer, yoy uzunligi, radius, diametr, qo‘yim (допуск) o‘lchamlari. Chizma uchun kerak bo‘ladigin chiziq turlari Linetype buyrug‘i bilan yoki Формат menyusidagi Типи линий… bo‘limi orqali ochiladigan muloqat oynadan tanlanadi (6rasm). Bu muloqat oynadi faqat bir xil chiziq turi mavjud. Boshqa chiziq turlarini tanlash uchun muloqat oynasining Загрузить tugmasi bosiladi va barcha chiziqlar ro‘yxatining oynasi chaqirilib (7-a,rasm), u yerdan ketma-ket chizmada ishlatiladigan bir necha chiziq turi o‘rnatiladi. O‘rnatilgan chiziq turlaridan chizmada foydalanish imkoni bo‘ladi (7b,rasm). 6-rasm а) б) 7-rasm Tanlangan shtrix chiziqlar turi chizma masshtabiga to‘g‘ri kelmasa, shtrix chiziqlar uzun yoki qisqa bo‘lib ko‘rinadi, hatto to‘g‘ri chiziq bo‘lib ko‘rinadi. Unda chiziqlar masshtabini o‘zgartirish kerak. Chiziq uchun masshtab koeffisiyenti Глобальный масштаб yoki Текуший масштаб bo‘limidan tanlanadi (6-rasm). Gobalnыy masshtab – barcha chiziqlarga ta’sir etadi, Tekushiy masshtab – yangi chizilayotgan chiziqqa turiga tegishli bo‘ladi. Umumiy masshtab har ikkala masshtab koeffisiyentlarining ko‘paytmasiga teng. O‘rnatilgan chiziq turini jihozlar panelidagi «tipi liniy» tugmasini bosib olishimiz mumkin (7-b, rasm). Xuddi shu yerdan Другой bo‘limidan yana chiziq tanlash uchun 7a,rasmdagi oynani chaqirib olishimiz ham mumkin. Chiziq yo‘g‘onligini tanlash Chizmada chiziqlarga turlicha yo‘g‘onlik tanlashga to‘g‘ri keladi. Chiziq yo‘g‘onliklari Формат menyusining Веса линий bo‘limidan chaqiriladigan Параметры веса линий muloqat oynasidan o‘rnatiladi (8-a,rasm). Bu oynani AutoCAD oynasining holat qatoridagi ВЕС tugmasiga «sichqoncha»ning o‘ng tugmasi orqali ham chaqirib olish mumkin. Odatda chiziq yo‘g‘onligi По слою, ya’ni chizilayotgan qat uchun o‘rnatiladi va uning yo‘g‘onligi По умолчанию bo‘limida tanlanadi. Jihozlar panelidagi Вес линий tugmasidan ham chiziq yo‘g‘onligini tanlash mumkin (8-b,rasm). Tanlangan chiziq yo‘g‘onligi belgilangan ob’ktlar uchun taalluqli bo‘ladi. Agar birorta ob’yekt belgilanmagan bo‘lsa keyingi chizilayotgan elementlar tanlangan yo‘g‘onlik bilan chiziladi. Chiziq yo‘g‘onligi ekranda ko‘rinishi uchun holat qatoridagi ВЕС tugmasi bosilgan bo‘lishi kerak. Chiziq yo‘g‘onligi ekranda ko‘rinmas holatida turgan bo‘lsada, qog‘ozga chop etganda o‘z yo‘g‘onliklari bilan chop etiladi. Chiziq yo‘g‘onligini qog‘oz masshtabiga bog‘liq bo‘lmagan holda o‘z yo‘g‘onligi bilan chop etish yoki qog‘oz masshtabini hisobga olib ham chop etish imkoni bor. Bu parametr chop etish paytida tanlanadi (2rasmga qarang). Nazorat uchun savollar 1. Chiziq turlari haqida gapiring 2. Shrift (yozuv)ni chizmada qanday qo`llash mumkin Adabiyotlar: 1. M.Aripov, A.Haydarov : Informatika asoslari. 2. A.Sattorov : Informatika va axborot texnologiyalari. 3. T.X.Xolmatov, N.I.Tayloqov, U.A.Nazarov: Informatika va hisoblash texnikasi а) b) 8-rasm 4-Mavzu: Tekst yozish va uni tahrirlash Reja: 1. Tekst yozish. 2. Bir qtorli va ko`p qatorli tekstlar Tayanch so`z va iboralar: Веса линий, По умолчанию bo‘limi, ob’yekt, chiziq, Параметры веса линий muloqat oynasi, masshtab, qog‘oz, tekst yozish, jihozlar paneli, Текстовые стилы… bo‘limi, tekstni tahrirlash, o‘lcham, Размеры jihozlar paneli, o‘lcham stili, element. Tekst uchun AutoCADning vektorli shriftlardan yoki Windows tizimidagi bor standart shriftlardan foydalanish mumkin. Vektorli shriftlarning tipi *.shx ko‘rinishida bo‘ladi (10-rasmga qarang). Vektorli shriftlarga yo‘g‘onlik xuddi chiziqqa qo‘llangandek qo‘llaniladi. Windows shriftlari uchun chiziq yo‘g‘onligini tanlab bo‘lmaydi. Tekst bir qatorli Однострочный yoki ko‘p qatorli Многострочный bo‘lishi mumkin. Tekst kiritish va kiritilgan tekstni tahrirlash uchun jihozlar panelidagi tugmalardan foydalaniladi. Quyida tekstni kiritish va tahrirlash uchun ishlatiladigan tugmalarning ayrimlari keltirilgan: - ko‘p qatorli Многострочный tekst yozish buyrug‘ini chaqiradi; yozish sohasi (chegarasi) ko‘rsatilgach 9-rasmdagi oynani ochib beradi. - bir qatorli Однострочный tekst yozish buyrug‘ini chaqiradi. - ko‘rsatilgan tekstni tahrirlash imkonini beradi; agar ko‘p qatorli tekst bo‘lsa, 9-rasmdagi tahrirlash oynasi ochiladi, bir qatorli tekst esa joyida o‘zgartiriladi. - tekst stilini yaratish uchun muloqat oynasini chaqiradi (10-rasm) - belgilangan tekstni balandligini tayanch nuqtasiga nisbatan yangi qiymat berib o‘zgartirish Bir qatorli tekst yozish uchun chizmada boshlang‘ich nuqta sichqoncha yordamida ko‘rsatiladi, so‘ngra shrift balandligi va yo‘nalish qiyaligi navbatma-navbat kiritiladi. So‘ngra tekst matni yoziladi. Yangi qatorga Enter bilan o‘tiladi. Enter ketma-ket bosilsa, tekst yozish tugatilati. Ko‘p qatorli tekst joylanishi uchun to‘rtburchak soha qarama-qarshi ikki nuqtasi orqali ko‘rsatiladi. Ekranda tekst kiritish uchun muloqat oynasi paydo bo‘ladi (9-rasm). Bu muloqat oynasida oldindan yaratilgan tekst stillaridan foydalanish; shrift turini va balandligini tanlash; tekstga rang berish; tekstni to‘rburchak sohaning chap, o‘ng yuqori, past, o‘rtasiga joylash; qatorlar orasi intervalini o‘zgartirish; qiya yozish; harflar oralig‘i masofalarini va enini o‘zgartirish; simvollar kiritish va boshqa imkoniyatlari mavjud. Bu o‘zgartirishlar tekstning belgilangan qismiga ta’sir etadi. Tekstni biror fayldan import qilib olish ham mumkin. Muloqot oynaning lineykasi yordamida abzas chegaralarini va tekst yozilgan to‘rtburchak sohaning o‘lchamini o‘zgartiriladi. Undan tashqari tekst sohasiga rang berish, chizmadagi fon ustiga yozish va bu fonning tekstga nisbatan ko‘rinish darachasini foizlarda tanlash mumkin. Buyruqlarni muloqat oynasidagi (9-rasm) tugmachalar (piktogrammalar) yordamida yoki tekst yozilayotgan sohaga «sichqoncha»ning o‘ng tugmasini bosib chaqirilayotgan menyudan bajarish mumkin. 9-rasm Chizmada ko‘p qo‘llaniladigan ayrim belgilar quyidagicha tanlanadi: - diametr belgisi %%s orqali, - gradus belgisi %%d orqali va - plyus-minus belgisi %%p orqali yoziladi (bu yerda s, d, p harflari lotin tilida yozilishi kerak) . Формат menyusining Текстовые стилы… bo‘limi orqali yangi stillar (namuna) yaratish yoki yaratilgan stillarni o‘zgartirish uchun muloqat oynasi chaqiriladi (10-rasm). Odatda Стандартный stili o‘rnatilgan bo‘ladi. Yaratilayotgan stillarga nom berib saqlab qo‘yiladi. Keyinchalik teks yozish va tahrirlash paytida bu stillardan foydalanish imkoni paydo bo‘ladi. Bundan tashqari stilga biror o‘zgartirish kiritilsa, chizmada shu stil bilan yozilgan barcha tekst o‘z-o‘zidan mos ravishda o‘zgaradi. Tekstni tahrirlash uchun tekst ustiga sichqonchani ikki marta chertib olish kerak yoki - tugmadan foydalanish kerak. 10-rasm. Bir qatorli tekstni tahrirlashning yana bir qulay usuli tekstni belgilab Свойства oynasidan foydalanishdir (Свойства oynasini Ctrl+1 tugmasi bilan tezda chaqirib olsa bo‘ladi). Nazorat uchun savollar va topshiriqlar 1. Chiziq yo‘g‘onligi qanday tanlanadi? 2. Ko‘p qatorli Многострочный tekst yozish buyrug‘ini qaysi belgi orqali chaqiradi? 3. Bir qatorli Однострочный tekst yozish buyrug‘ini qaysi belgi orqali chaqiradi? 4. Belgilangan tekstni balandligini tayanch nuqtasiga nisbatan yangi qiymat berib o‘zgartirish uchun qanday belgidan foydalanamiz? Adabiyotlar: 1. M.Aripov, A.Haydarov : Informatika asoslari. 2. A.Sattorov : Informatika va axborot texnologiyalari. 3. T.X.Xolmatov, N.I.Tayloqov, U.A.Nazarov: Informatika va hisoblash texnikasi 4. Qulnazarov B.B. Ibragimov X.M. Chizmachilik va kompyuter grafikasi asoslari (o‘quv qo‘llanma). Samarqand, 2006 y. - 256 bet. 5. Ibragimov X.M. Kompyuter grafikasi asoslari (ma’ruzalar matni). Samarqand, 2008 y. -105 bet. 5-Mavzu: O‘lcham qo‘yishga doir misollar Tayanch so`z va iboralar: Веса линий, По умолчанию bo‘limi, ob’yekt, chiziq, Параметры веса линий muloqat oynasi, masshtab, qog‘oz, tekst yozish, jihozlar paneli, Текстовые стилы… bo‘limi, tekstni tahrirlash, o‘lcham, Размеры jihozlar paneli, o‘lcham stili, element. Olmani chizmaga qo‘yish juda ham qulay bajariladi, chunki chizmani chizish paytidayoq o‘lchamlari berib chizilgan bo‘ladi. Chiziqli va parallel razmer qo‘yish tartibi quyidagicha: buyruq berilgach o‘lcham qo‘yiladigan ikki nuqta ketma-ket «sichqoncha» bilan ko‘rsatiladi, so‘ngra o‘lchamning detal kontur chizig‘idan uzoqlik masofasi ko‘rsatiladi. Yoy uzunligi, radius va diametr o‘lchamini qo‘yish uchun buyruq berilgach ob’yekt ko‘rsatiladi so‘ngra ob’yektdan o‘lchamgacha (yoy uchun) yoki o‘lchamning joylashish o‘rni (radius va diametr uchun) ko‘rsatiladi. Burchak o‘lchami qo‘yish uchun avval kesishuvchi ikki chiziq ko‘rsatiladi so‘ngra burchakdan o‘lchamning uzoqligi ko‘rsatiladi. Chizmaga qo‘yiladigan o‘lchamlarning asosiy turlari 11-rasmda keltirilgan. burchak o’lchami bazoviy o’lcham radius chiziqli o’lcham yoy o’lchami diametr parallel o’lcham zanjirli o’lcham 11-rasm. Chizmaga o‘lchamni Размеры jihozlar paneli orqali qo‘yish juda qulay. U yerda har bir o‘lcham turi uchun o‘z piktogrammasi (tugmachasi) mavjud. Quyida shu piktogrammalar rasmi va ularning qisqacha vazifasi keltirilgan. TugVazifasi ma chiziqli o‘lcham, ko‘rsatilgan ikki nuqta orasiga koordinata o‘qlariga parallel bo‘lgan o‘lcham qo‘yadi. Ya’ni chiziq proyeksiyalarining o‘lchami; parallel o‘lcham, ko‘rsatilgan ikki nuqta orasiga chiziqqa parallel o‘lcham qo‘yadi; yoy o‘lchami, ko‘rsatilgan yoy uzunligining o‘lchamini qo‘yadi. O‘lcham qiymati oldiga belgisini qo‘yadi; ordinata, ko‘rsatilgan nuqta uchun x yoki u o‘qiga nisbatan koordinatani ko‘rsatadi; radius, yoy yoki aylanani ko‘rsatish orqali o‘lchami qo‘yiladi, o‘lcham oldida R belgisi yoziladi. O‘lchamning o‘rnini foydalanuvchi o‘zi tanlaydi; TugVazifasi ma siniq radius, yoy yoki aylanani va uning mavhum markazini ko‘rsatish orqali o‘lchami qo‘yiladi, o‘lcham oldida R belgisi yoziladi. Agar haqiqiy markaz ko‘rsatilsa oddiy radius o‘lchamini ko‘yadi; diametr, yoy yoki aylanani ko‘rsatish orqali o‘lchami qo‘yiladi, o‘lcham oldida belgisi yoziladi; burchak, ko‘rsatilgan ikki chiziq orasidagi burchak o‘lchamini ko‘rsatadi, o‘lcham birligi gradus belgisi qo‘yiladi. tez o‘lcham, bir necha ob’yektlarlarni belgilab bir yo‘la o‘lchamlarini qo‘yish. Belgilanadigan ob’yektlar bir tipda bo‘lgani ma’qul bazoviy o‘lcham, ko‘rsatilgan nuqtalar o‘lchamini birinchi nuqtaga nisbatan tagma-tag qo‘yib beradi; zanjirli, ko‘rsatilgan nuqtalar orasidagi o‘lchamni yonma-yon qo‘yib beradi; chiqaruv yozuvi, chiqaruv chizig‘i chiziladi so‘ngra chiziq yoniga yozuvi yoziladi; dopusk belgilari va qiymatlari tanlab qo‘yiladi; marker, aylana markaziga markaz belgisi (kesishuvchi chiziq) qo‘yadi; o‘lcham yozuvini ma’lum burchakka burash yoki o‘lcham chiqaruv chiziqlarini siljitish; o‘lcham yozuvining o‘rnini o‘zgartirish; qo‘yilgan o‘lcham qiymatlarini yangilab olish; o‘lcham stili, yaratilgan stilni o‘lchamga qo‘llash; o‘lcham stilini o‘zgartirish yoki yangi stillar yaratish; Qo‘yim (допуск) o‘lchamlarini qo‘yishda muloqat oynasi chiqadi. Oynadan kerakli qo‘yim belgilari tanlanib, qiymatlari yoziladi (12-a, rasm). So‘ngra chizmada ko‘rsatilgan joyga tanlangan qiymatlar qo‘yiladi (12-b, rasm). а) b) 12-rasm O‘lcham stili. AutoCAD da o‘lchamlar uchun standart ISO-25 stili yaratilgan. Bu stil hamma vaqt ham foydalanuvchini qanoatlantirmaydi, ya’ni strelka turi, o‘lcham masshtabi tekst balandligi va hakozalar chizma masshtabiga to‘g‘ri kelmaydi. O‘lcham elementlarini (chiqaruv chiziqlari, strelkalar ko‘rinishini, tekst balandligi, o‘lcham masshtabi, aniqligi va hokazo) o‘zgartirish uchun Формат menyusining Размерные стилы bo‘limidan yangi stil yaratish va borini o‘zgartirish uchun muloqat oynasi chaqiriladi (14-rasm). Bu muloqat oynasi Новый… tugmasi yordamida yangi stilga nom berib yaratiladi yoki Izmenit… tugmasi bilan tanlangan stil uchun o‘lchamning har bir elementlari o‘zgartiriladi. (13-rasm). Bir chizmada bir nechtalab o‘lcham stillarini yaratish mumkin. 13-rasm Odatda o‘lchamning har bir elementining kattaliklari o‘zgartirilmay balki Размерные стилы muloqat oynasining Размешение bo‘limiga kirilib Глобалний масштаб bandiga kerakli masshtab koeffisiyenti kiritiladi (15-rasm). O‘lchamdagi yozuvlarni o‘zgartirish xuddi oddiy tekstni o‘zgartirish kabi o‘zgartiriladi, ya’ni - tugmadan foydalanish kerak. 14-rasm 15-rasm Nazorat uchun savollar va topshiriqlar 1. O‘lcham qo‘yishga doir misollar keltiring Adabiyotlar: M.Aripov, A.Haydarov : Informatika asoslari. A.Sattorov : Informatika va axborot texnologiyalari. T.X.Xolmatov, N.I.Tayloqov, U.A.Nazarov: Informatika va hisoblash texnikasi Qulnazarov B.B. Ibragimov X.M. Chizmachilik va kompyuter grafikasi asoslari (o‘quv qo‘llanma). Samarqand, 2006 y. - 256 bet. 5. Ibragimov X.M. Kompyuter grafikasi asoslari (ma’ruzalar matni). Samarqand, 2008 y. -105 bet. 1. 2. 3. 4. 6-mavzu: Kompyuterda geometrik yasashlar. Aylanani teng bo‘laklarga bo‘lish Reja: 1. Kompyuterda geometrik yasashlar. 2. Aylanani teng bo‘laklarga bo‘lish Tayanch so`z va iboralar: AutoCAD, model, chizma, aylana, bo`laklar, ko`pburchak, tutashma, radius, лист, chop etish, chiziq, chegara, muloqat oyna, qog‘oz, parametrlar, границы, экран, рамка, лист, масштаб, печати, просмотр, kesma, burchak, shtrix, chiziq yo‘g‘onligini, vektorli shriftlar, tekst, o‘lcham qo‘yish, chiziqli va parallel razmer, yoy uzunligi, radius, diametr, qo‘yim (допуск) o‘lchamlari Quyida keltirilgan shakllarni yasash ketma-ketligini keltiramiz. Bu shakllarni har bir foydalanuvchi o‘ziga ma’qul bo‘lgan usullardan foydalanib chizib olishi mumkin. 16-rasmdagi shaklni chizish ketma-ketligi: a) круг (aylana) chizish tugmasi bosilib ekranda sichqoncha bilan biror nuqta (aylana markazi)ga bosiladi. 16-rasm b) Klaviaturadan aylananing radiusi kiritilib (masalan 50 raqami) Enter bosilgach ekranda aylana rasmi hosil bo‘ladi (17–rasm, a); v) - mnogougolnik (ko‘pburchak) tugmasi tanlanadi va so‘rovga 3 raqami yozib Enter bosilgach, sichqoncha bilan aylanaga yaqinlashsak, uning markazini bildiruvchi + belgisi paydo bo‘ladi (17–rasm, b). Shu belgiga yaqinlashganda Центр yozuvi chiqqach (17– rasm, v) sichqonchaning chap tugmasi bosiladi; а) b) g) d) v) е) 17-rasm g) Sichqonchaning o‘ng tugmasi bosilib chaquruv menyusidan Вписанный (ichki chizilgan) bandi tanlanadi; d) Sichqoncha bilan aylananing yuqori qismi (квадрант) ko‘rsatiladi (17–rasm, g); g) Shtrixlash uchun tugma bosiladi. Chiqqan muloqat oynasining Образец bo‘limidan ANSI37 tanlanib, Enter bosiladi va aylana bilan uchburchak oralig‘idagi maydonlar ketma-ket ko‘rsatiladi. Ikki marta Enter bosilib ish tugatiladi (17–rasm, d). Bu chizmani boshqa usul bilan ham qurish mumkin (18-rasm). a) Aylana chizilgach, Рисования menyusining Точка bandidagi Поделить buyrug‘i tanlanadi. Sichqancha bilan aylana chertilgach bo‘laklash soni 3 raqami yozilib, Enter bosiladi. Bu bilan aylananing uch yeriga nuqta belgisi qo‘yiladi. b) Формат menyusining Отражения точек bandidan nuqta uchun biror ko‘rinish tanlanadi. Qo‘yilgan nuqtalar ekranda ko‘rinish tanlangan ko‘rinishni oladi. v) tugmasi tanlanib, aylana ustidagi nuqtalarni ketma-ket chertish bilan uchta kesma chiziladi. 18-rasm g) Chizmaning barchasi belgilanib povernut (burash) tugmasi bosiladi va aylana markaziga sichqonchaning chap tugmasini chertib, -30 raqami yozib Enter bosiladi. Bu bilan chizma soat strelgasi bo‘yicha 300 ga buriladi. Topshiriq. Yuqorida keltirilgan usullardan foydalanib quyida keltirilgan shakllarni mustaqil chizib oling (19-rasm). 19-rasm Nazorat uchun savollar va topshiriqlar 1. Mavzuga doir misollar keltiring Adabiyotlar: M.Aripov, A.Haydarov : Informatika asoslari. A.Sattorov : Informatika va axborot texnologiyalari. T.X.Xolmatov, N.I.Tayloqov, U.A.Nazarov: Informatika va hisoblash texnikasi Qulnazarov B.B. Ibragimov X.M. Chizmachilik va kompyuter grafikasi asoslari (o‘quv qo‘llanma). Samarqand, 2006 y. - 256 bet. 5. Ibragimov X.M. Kompyuter grafikasi asoslari (ma’ruzalar matni). Samarqand, 2008 y. -105 bet. 1. 2. 3. 4. 7-Mavzu: Yuzani bir xil shakllar bilan to‘ldirish Reja: 1. Yuzani bir xil shakllar bilan to‘ldirish Tayanch so`z va iboralar: AutoCAD, model, chizma, aylana, bo`laklar, ko`pburchak, tutashma, radius, лист, chop etish, chiziq, chegara, muloqat oyna, qog‘oz, parametrlar, границы, экран, рамка, лист, масштаб, печати, просмотр, kesma, burchak, shtrix, chiziq yo‘g‘onligini, vektorli shriftlar, tekst, o‘lcham qo‘yish, chiziqli va parallel razmer, yoy uzunligi, radius, diametr, qo‘yim (допуск) o‘lchamlari - массив buyrug‘i bilan belgilangan ob’yektlarning nusxalarini to‘rtburchak (Прямоугольный массив) yoki yoy bo‘yicha (Круговой массив) joylashtirib olsa bo‘ladi. Massiv buyrug‘ining muloqat oynasi 20-21 rasmlarda keltirilgan. To‘rtburchak massiv tanlangan bo‘lsa qatorlar va ustunlar soni, va ularning oraliq masofalari hamda to‘rtburchak to‘rning buralish burchagi qiymatlarini kiritish kerak (20rasm). Массив oraliq masofalariga musbat qiymat kiritilsa asl nusxasiga nisbatan yuqoriga va o‘ngga qarab ko‘payadi, manfiy qiymat kiritib ko‘payish yo‘nalishini o‘zgartirish mumkin. Aylana massivi tanlangan bo‘lsa kuyidagi parametrlar: markaz atrofida ko‘payish uchun markaz koordinatasi, ko‘payish soni (massiv soni), to‘ldirilish burchagi (360 gradus tanlansa to‘la aylana bo‘yicha ko‘payadi), massiv elementining o‘z o‘qi atrofida buralishi kabilar kiritiladi (21-rasm). Muloqat oynasida qiymatlar ma’lum bo‘lsa kiritiladi, nomalum bo‘lganda esa, tugmasi bosilib chizmaga qaytish va chizmada nishon bilan ko‘rsatiladi. 22-a,rasmda aylana bo‘yicha massivning ko‘payishi ko‘rsatilgan, bunda massiv soni 60 ta, to‘lish burchagi 360 gradus va massiv elementi ko‘payish vaqtida buralishga ruxsat berilgan. 46-b,rasmda turtburchakli massiv ko‘rsatilgan, bunda massiv soni qator bo‘yicha 3 ta va ustun bo‘yicha 4 ta va buralish burchagi 0 qabul qilingan. Qator soni qatorlar orasidagi masofa ustunlar orasidagi masofa Ustun soni obyekt ko’rsatish uchun chizmaga qaytish tugmasi buralish burchagi masivni ko’rish uchun chizmaga qaytish 20-rasm. aylanish markazining koordinatasi markaz koordinatasini chizmada ko’rsatish uchun tugma obyekt ko’rsatish uchun chizmaga qaytish tugmasi elementning ko’payish soni to’lish burchagi to'ldirish burchagini ikki nuqta bilan chizmada ko’rsatish elementning buralish yoki buralmasligini tanlash 21-rasm б) а) qatotlar oralig’i Massiv elementi ustunlar oralig’i Massiv elementi Markaziy nuqta ko’paygan elementlar 22-rasm Misol tariqasida 23,a-rasmda ko‘rsatilgan chizmani chizish ketma-ketligini keltiramiz. Avval radiusi 26, 25, 5 va 3 ga teng bo‘lgan aylanalar chizib olinadi. So‘ngra radiusi 3 ga teng bo‘lgan aylana katta aylana markaziga nisbatan ko‘paytirish orqali teng taqsimlanib 8 ta aylana chizib olinadi. Bu ketma-ketlikni batafisilroq keltirib o‘tamiz. 1. - Круг (aylana) buyrug‘i tanlanib ekranning ixtiyoriy yeriga sichqonchani bosib aylana markazini ko‘rsatiladi va klaviaturadan aylana radiusi 26 raqami kiritilib Enter bosilagach, radiusi 26 ga teng bo‘lgan aylana chiziladi. 2. Radiusi 25 ga teng bo‘lgan aylanani chizish uchun aylana chizish buyrug‘i takror tanlanadi va sichqoncha bilan radiusi 26 ga teng bo‘lgan aylanaga yaqin boriladi. Shunda aylananing markazini ko‘rsatuvchi sariq marker paydo bo‘ladi (23,a-rasm). Bu markerga yaqinlashganda Центр yozuvi paydo bo‘lgach, sichqoncha chap tugmasi chertiladi va klaviaturadan aylana radiusi 25 raqami kiritiladi. 3. Xuddi shu usulda radiusi 5 ga teng aylana ham chiziladi. 4. Markazdan 20 birlik masofada bo‘lgan radiusi 3 ga teng bo‘lgan aylanani chizish uchun aylana buyrig‘i tanlanadi va sichqoncha bilan aylana markaziga yaqin boriladi. Nishon yonida Центр yozuvi paydo bo‘lgach, u yerda bir oz to‘xtab olamiz va chapga tomon yura boshlaymiz. Nishon yonida yurayotgan yo‘nalish bo‘yicha cheksiz nuqtali chiziq va yurilgan masofa ko‘rinadi (23,b-rasm). Shunda klaviaturadan 20 raqami kiritilib, Enter tugmasi bosiladi (bu bilan aylana markazi topiladi) va yana 3 raqami ya’ni aylana radiusi kiritilib Enter bosiladi. а) b) г) v) д) 23-rasm 5. Radiusi 3 ga teng bo‘lgan aylanani katta aylana markazi atrofida 8 joyga teng tarqatib jaylashtirish kerak. Buning uchun Массив tugmasi bosiladi, chiqqan muloqat oynasida Круговой массив belgilanadi. Aylanish markazini ko‘rsatish uchun Центр bo‘limida tugmasi bosilib chizmaga qaytiladi va katta aylana markaziga yaqinlashib nishon bilan markazi ko‘rsatiladi. Ko‘rsatilgan markaz koordinatalarining qiymati X va Y bo‘yicha muloqat oynasida ko‘rinadi. Число элементов bo‘limiga 8 raqami va Угол заполнени bo‘limiga 360 raqami kiritiladi. OK tugmasi bosilgach massiv buyrug‘i o‘z ishini bajarib 23,g –rasmdagi chizma hosil bo‘ladi. Topshiriq. Yuqorida olingan ko‘nikmalardan foydalanib 24-rasmda ko‘rsatilgan uy rasmidagi deraza rasmini hamda aylanalar rasmini massiv buyrug‘idan foydalanib mustaqil qurib ko‘ring. а) b) 24-rasm Eslatma. chizmadagi pastgi chap deraza chizilib belgilanadi va прямоугольный массив танланади tanlanadi. Число рядов 2 число столбцов 5, между рядами 120, между столбцами 100 raqamlari kiritiladi. Aylanalar rasmini chizish uchun bitta aylana chiziladi, aylana belgilanib krugovoy massiv tanlanadi va ko‘payish markazi qilib aylana chakkasi (kvadrant) tanlanadi. Aylanalar soni 10 ta va aylanish burchagi 3600 kiritiladi. Nazorat uchun savollar va topshiriqlar 1. Mavzuga doir misollar keltiring 1. 2. 3. 4. 5. Adabiyotlar: M.Aripov, A.Haydarov : Informatika asoslari. A.Sattorov : Informatika va axborot texnologiyalari. T.X.Xolmatov, N.I.Tayloqov, U.A.Nazarov: Informatika va hisoblash texnikasi Qulnazarov B.B. Ibragimov X.M. Chizmachilik va kompyuter grafikasi asoslari (o‘quv qo‘llanma). Samarqand, 2006 y. - 256 bet. Ibragimov X.M. Kompyuter grafikasi asoslari (ma’ruzalar matni). Samarqand, 2008 y. -105 bet. 8-Mavzu: Tutashmalar yasash Reja: 1. Tutashmalar yasash Tayanch so`z va iboralar: Tutashma, kesma, nur, poliliniya, yoy, aylana, chiziq, ob’yekt, radius, полилиния bo‘limi, Без обрезки bo‘limi, отрезок (kesma) tugmasi, Сопряжение (tutashma), Обрезать buyrug‘i Tutashmalarni kesma, nur, poliliniya, yoy, aylanalarga qo‘llab, ularni o‘zoro berilgan radiusli yoy bilan tutashtirish mumkin. Tutashmalar - Fillet (сопряжение) tugmasi yordamida amalga oshiriladi. Tutashma radiusini tanlash uchun buyruqdan keyin chizma oynasida sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib, chiqqan chaqiruv menyusidan Радиус bo‘limini tanlash va klaviaturadan radius qiymatini kiritib Enter bosish kerak. Shundan so‘ng tutashma hosil qilish uchun tutashtirilmoqchi bo‘lgan ob’yektlarni sichqoncha nishoni bilan ko‘rsatish kerak. Agar tutashtiriluvchi chiziqlar kesishuv nuqtasigacha yetmagan yoki kesishish chizig‘idan o‘tib ketgan bo‘lsa ham ular berilgan radius bilan tutashtiriladi (25-v,g, rasm). Rasmdagi belgi sichqoncha bilan chiziq ustida ko‘rsatish joyini bildiradi Agar tutashtirilayotgan chiziqlar yo‘g‘onligi turlicha bo‘lsa, unda tutashma ikkinchi ko‘rsatilgan chiziq yo‘g‘onligini oladi. Agar rangi turlicha bo‘lsa, tutashma joriy qat (слой) ning rangini oladi. Quyidagi hollarda tutashma amalga oshmaydi: - berilayotgan tutashma radiusi tutashtirilayotgan kesmadan uzunroq bo‘lsa; - tutashtirilayotgan ikki aylana orasidagi masofa tutashma yoyi radiusdan katta bo‘lsa. а) b) 1 2 1 полилиния v) 1 g) 1 2 е) d) 1 2 2 2 1 j) 1 z) 1 2 i) 2 r=0 1 2 25-rasm Bez obrezki holati Tutashmalarda quyidagi xususiy hollar bo‘lishi mumkin: - tutashtiriluvchi chiziqlar parallel bo‘lsa tutashtirish radiusiga qanday qiymat berilishidan qat’iy nazar parallel chiziqlar orasidagi masofaning yarimiga teng radiusli yoy bilan tutashtiriladi (25-j, rasm); - tutashtirish radiusiga nol qiymat berilsa, kesishuvchi chiziqlar o‘zaro tutashtirilib burchak yasaladi 25-z, rasm). - tutashma radiusi berilgan bo‘lsa ham, tutashma hosil qilish paytida Shift tugmasi bosib turilsa, kesishuvchi chiziqlar o‘zaro tutashtirilib burchak yasaladi. Agar tutashma uchun tanlanayotgan ob’yekt poliliniya, to‘rtburchak yoki ko‘pburchakdan iborat bo‘lsa va birdaniga hamma qirralarini yoy shaklida tutashtirish kerak bo‘lganda sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib полилиния bo‘limi tanlanib, so‘ngra poliliniya ob’yekti ko‘rsatiladi. (25-b, rasm). Odatda o‘zaro kesishgan ikki chiziqni ma’lum radius bilan tutashtirilgach, chiziqlarning ortiqcha qismi qirqiladi. Agar tutashma hosil bo‘lib va chiziqlarning dovomi ya’ni o‘zaro tushashish tuqtasigacha bo‘lgan qismini saqlab qolish lozim bo‘lsa, tutashuvchi chiziqlarni ko‘rsatishdan oldin sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib Обрезка bo‘limini tanlab va yana bir karra sichqoncha o‘ng tugmasini bosib Без обрезки bo‘limini tanlash kerak. 25-i,rasm). Misol. 26-rasmda ko‘rsatilgan chizmani chizish paytida tutashmalardan foydalanish ketma-ketligini keltirib o‘tamiz. Avval markazlari orasidagi masofasi 70 ga va radislari 10, 20, 8 3 ga teng bo‘lgan aylanalar chizib olinadi. Buning uchun Круг buyrug‘i tanlanib ekranda ixtiyoriy bir 26-rasm nuqta (aylana markazi) sichqoncha bilan ko‘rsatiladi va klaviaturadan 10 raqamini kiritib Enter bosiladi. Enter bosilib aylana chizish buyrug‘i qayta chaqiriladi va sichqoncha bilan chizilgan aylanaga yaqinroq boriladi, aylana markazini ko‘rsatuvchi marker paydo bo‘lgach, shu marker ustiga nishonni oborib bir oz kutub turiladi. Центр yozuvi paydo bo‘lgach nishon o‘ng tomonga qarab yurgiziladi (27-rasm,a). Ekranda cheksiz davom etuvchi chiziq paydo bo‘ladi va nishon ostida yurilgan masofani ko‘rsatuvchi yozuv o‘zgarib turadi. Nishonni shu holatda saqlagan holda klaviaturadan 70 kiritib Enter bosiladi (ikkinchi aylana markazi topiladi) so‘ngra aylana radiusi 20 raqami kiritilib Enter bosiladi. Enter yoki пробел bosilib aylana chizish buyrug‘i qayta chaqiriladi. Birinchi aylana markaziga yaqinlashganda sentr yozuvi chiqqach sichqonchaning chap tugmasi bosilib aylana radiusi 3 kiritiladi. Xuddi shu usul bilan radiusi 8 ga teng bo‘lgan aylana chiziladi (27rasm,b). а) b) g) v) d) е) 27-rasm отрезок (kesma) tugmasini sichqoncha bilan bosib ko‘rsatamiz. Sichqoncha bilan birinchi aylanaga yaqinroq boriladi. Aylana chakkasini ko‘rsatuvchi marker (квадрант) paydo bo‘lgach, shu marker ustiga nishonni bosib kesmaning birinchi nuqtsi ko‘rsatiladi va o‘ng tamonga qarab gorizontal ixtiyoriy masofaga yurilib sichqoncha chap tugmasi bosiladi. Enter bosib kesma chizish to‘xtatiladi. Enter bosib yana kesma buyrug‘i qaytariladi va xuddi yuqoridagi kabi pastki gorizontal chiziq chiziladi (27-rasm,v). Sichqonchaning o‘ng tugmasini chizma sohasida bosib, chiqqan ro‘yxatdan Описанный круг окружности (tashqi chizilgan) tanlanadi. So‘ngra yuqoriga – aylana chakkasiga qarab yura boshlaymiz. Aylana chakkasida belgisi va nishon tagida Квадрант yozuvi chiqqach sichqonchani shu joyga bosib olamiz. Shu yo‘l bilan aylana tashqi muntazam olti tomonli ko‘pburchak chiziladi (27-rasm,g). Endi chiziq katta aylanani radiusi 40 bo‘lgan yoy bilan tutashtirish lozim. Сопряжение (tutashma) buyrug‘ini sichqoncha bilan ko‘rsatamiz so‘ngra sichqonchaning o‘ng tugmasini chizmaning ixtiyoriy sohasida bosib, chiqqan ro‘yxatdan Радиус bo‘limini tanlaymiz (27-rasm,g) va klaviaturadan 40 raqamini terib Enter tugmasini bosamiz. Sichqoncha bilan katta aylananing 4-chorakda joylashgan yoyini so‘nga yuqoridagi gorizontal chiziq ko‘rsatilsa talab qilingan tutashma hosil bo‘ladi. So‘ngra Enter yoki пробел bosilib tutushma buyrug‘i qayta chaqiriladi va katta alananing 3-choragi va pastki chiziq sichqoncha bilan ko‘rsatilib yana bir tutashma hosil qilinadi. (27-rasm,d). Chizmadagi ortiqcha chiziqlarni kesib tashlash uchun sichqoncha bilan Обрезать buyrug‘i tanlanadi va klaviaturadan Enter yoki пробел bosiladi (sichqonchaning o‘ng tugmasini bir bosib olsa ham bo‘ladi) so‘ngra kesmoqchi bo‘lgan chiziqlar ustiga ketma-ket sichqoncha chap tugmasi bosiladi. Chizmaga kerakli o‘lchamlar qo‘yib chiqiladi. (27-rasm, e). Topshiriq. Yuqorida olingan ko‘nikmalardan foydalanib 28-rasmda ko‘rsatilgan shakllarni tutashmalarni qo‘llab mustaqil bajarib ko‘ring. 28-rasm 1. 2. 3. 4. Nazorat uchun savollar va topshiriqlar Aylanani teng bo‘laklarga bo‘lish uchun qanday amallar bajariladi? Shtrixlash uchun qanday tugma bosiladi? Yuzani bir xil shakllar bilan to‘ldirish qanday amalga oshiriladi? Tutashmalar yasashni ko`rsatib bering. Adabiyotlar: 1. M.Aripov, A.Haydarov : Informatika asoslari. 2. A.Sattorov : Informatika va axborot texnologiyalari. 3. T.X.Xolmatov, N.I.Tayloqov, U.A.Nazarov: Informatika va hisoblash texnikasi 4. Qulnazarov B.B. Ibragimov X.M. Chizmachilik va kompyuter grafikasi asoslari (o‘quv qo‘llanma). Samarqand, 2006 y. - 256 bet. 5. Ibragimov X.M. Kompyuter grafikasi asoslari (ma’ruzalar matni). Samarqand, 2008 y. -105 bet. 9-mavzu: Tekislikni uchta tekislikka proyeksiyalash Reja: 1. Berilgan koopdinata tekisliklari orqali ABC tekislikning uchta tekislikdagi proyeksiyalarini qurish Tayanch so`z va iboralar: AutoCAD, model, chizma, aylana, bo`laklar, ko`pburchak, tutashma, radius, лист, chop etish, chiziq, chegara, muloqat oyna, qog‘oz, parametrlar, границы, экран, рамка, лист, масштаб, печати, просмотр, kesma, burchak, shtrix, chiziq yo‘g‘onligini, vektorli shriftlar, tekst, o‘lcham qo‘yish, chiziqli va parallel razmer, yoy uzunligi, radius, diametr, qo‘yim (допуск) o‘lchamlari Misol. ABC tekislikning uchta tekislikdagi proyeksiyalarini qurish talab qilinadi. Tekislik koordinatalari A(80,10,40), B(50,40,80) va C(10,30,80) uchta nuqta orqali berilgan. AutoCAD ishga tushirilgach, Model qatidan Лист qatiga o‘tiladi. Лист qatida bitta Ko‘rinish oynasi paydo bo‘ladi. Ko‘rinish oynasini model muhitiga o‘tkazamiz (ko‘rinish oyna ichida sichqonchani ikki marta bosib olish orqali). Tekislikni chizish uchun uning uchlarining koordinatalarini kiritish kerak. – 3М гран tugmasi bosiladi va buyruq qatoriga birinchi nuqta koordinatalari 80,10,40 raqamlari kiritilib Enter bosiladi, ikkinchi nuqta koordinatalari 50,40,80 raqamlari kiritilib Enter bosiladi va nihoyat uchinchi nuqta koordinatalari 10,30,80 raqamlari kiritilib Enter bosiladi. Yana ikki marta Enter bosish orqali tekislikni qurish tugatiladi. Moдель muhitidan Лист muhitiga o‘tib ko‘rinish oynasini belgilab Delete tugmasi bilan yo‘q qilamiz. Ekranda toza List qoladi. Видовый экран panellar jihozidagi - Диалоговое окно видовых экранов yordamida tugmasi bosiladi va chiqqan muloqat oynasidan Четыре: равномерно ko‘rinishi tanlanadi va OK tugmasi bosiladi. Ekranda qog‘ozda diagonali bo‘yicha ikki chekka nuqta ko‘rsatilsa, Лист qatida to‘rtta Видовий экран ya’ni ko‘rinish oynalari paydo bo‘ladi va har bir ko‘rinish oynasida aynan bir xil chizilgan tekislikning yuqoridan ko‘rinishi paydo bo‘ladi (29-rasm). 29-rasm Endi har bir ko‘rinish oynasi uchun tekislikni proyeksiyalarini tanlash lozim. Buning uchun sichqoncha bilan ko‘rinish oynasidan birinchisi ko‘rsatiladi (aktivlanadi). Aktivlangan ko‘rinish oynasi atrofi qalin chiziq bilan ajralib ko‘rinadi. Birinchi ko‘rinish oynasiga olddan ko‘rinish - вид спереди tugmasi yordamida tanlanadi. So‘ngra ikkinchi pastki ko‘rinish oynasi aktivlashtirilib unga yuqoridan ko‘rinish - вид сверху, uchunchi ko‘rinish oynasi aktivlashtirilib chapdan ko‘rinish – вид слева beriladi. Va nihoyat to‘rtinchi ko‘rinish oynasi aktivlashtirilib unga - изометрия ko‘rinishi beriladi. Har bir ko‘rinish ko‘rinish oynalarini to‘ldirib turli xil masshtab olib joylashadi. Vidovыy ekran panellar jihozidagi - масштаб tugmasi yordamida har bir ko‘rinish oynasini ketma-ket aktivlashtirib har biri uchun 1:1 masshtab tanlab chiqamiz (30-rasm). Ko‘rinish oynalaridan birida chizmani belgilab uning chizig‘iga 1 mm qalinlik beriladi. 30-rasm Лист muhitiga o‘tib, tekislik uchi belgilarini yozib va ularni kesmalar orqali o‘zaro tutashtirib chiqiladi. (31-rasm) 31-rasm Nazorat uchun savollar va topshiriqlar 1. ABC tekislikning uchta tekislikdagi proyeksiyalarini qurish talab qilinadi. Tekislik koordinatalari A(80,10,40), B(50,40,80) va C(10,30,80) uchta nuqta orqali berilgan. 2. Yuqorida olingan ko‘nikmalardan foydalanib, koordinatalari A(80,10,30), V(60,40,10) va S(10,40,50) nuqtalar orqali berilgan tekisliklarni chizing va uning uch proyeksiyasini quring. Adabiyotlar: 1. M.Aripov, A.Haydarov : Informatika asoslari. 2. A.Sattorov : Informatika va axborot texnologiyalari. 3. T.X.Xolmatov, N.I.Tayloqov, U.A.Nazarov: Informatika va hisoblash texnikasi 4. Qulnazarov B.B. Ibragimov X.M. Chizmachilik va kompyuter grafikasi asoslari (o‘quv qo‘llanma). Samarqand, 2006 y. - 256 bet. 5. Ibragimov X.M. Kompyuter grafikasi asoslari (ma’ruzalar matni). Samarqand, 2008 y. -105 bet. 10-mavzu: Geometrik jismlar yaqqol tasviri asosida ularning ortogonal proyeksiyasini yasash Reja: 1. Geometrik jismlar yaqqol tasviri asosida ularning ortogonal proyeksiyasini yasash Tayanch so`z va iboralar: AutoCAD, model, chizma, aylana, konus, bo`laklar, ko`pburchak, tutashma, radius, лист, chop etish, chiziq, chegara, muloqat oyna, qog‘oz, parametrlar, границы, экран, рамка, лист, масштаб, печати, просмотр, kesma, burchak, shtrix, chiziq yo‘g‘onligini, vektorli shriftlar, tekst, o‘lcham qo‘yish, chiziqli va parallel razmer, yoy uzunligi, radius, diametr, qo‘yim (допуск) o‘lchamlari Misol. Asosining radiusi R=60 va balandligi h=110 bo‘lgan konusning uchta tekislikdagi proyeksiyalarini yasash talab qilinadi. AutoCAD ishga tushirilgach Model qatidan konus chizamiz. Konus chizish uchun asos markazining koordinatasini, asos radiusini va konus balandligini kiritish kerak. – Конус tugmasi orqali konus chizish buyrug‘i beriladi. Chizish sohasining ixtiyoriy joyiga sichqoncha bosish orqali konus markazining koordinatasi kiritilgan bo‘ladi. So‘ngra klaviaturadan 60 raqamini terib Enter bosib konus radiusi kiritiladi va 110 raqamini yozib Enter bosib konus balandligi kiritiladi. Konusning ko‘rinishlarini hosil qilish uchun keyingi bajariladigan ishlar ya’ni list qatiga o‘tish va hokazo bosqichlar 3.1 mavzuda keltirilgandek bajariladi. Konusning har bir ko‘rinish ko‘rinish oynalarini to‘ldirib turli xil masshtab olib joylashadi. Vidovыy ekran panellar jihozidagi - масштаб tugmasi yordamida har bir ko‘rinish oynasini ketma-ket aktivlashtirib har biri uchun 1:2 masshtab tanlab chiqamiz (32-chasm). Ko‘rinish oynalaridan birida chizmani belgilab uning chizig‘iga 1 mm qalinlik beriladi. 32-rasm Nazorat uchun savollar va topshiriqlar 1. Asosining radiusi R=60 va balandligi h=110 bo‘lgan konusning uchta tekislikdagi proyeksiyalarini yasash talab qilinadi. 2. Yuqorida olingan ko‘nikmalardan foydalanib: 1) asosining radiusi 40 va balandligi 80 bo‘lgan silindrning, 2) Radiusi 50 ga teng bo‘lgan sharning uchta proyeksiyasi va umumiy ko‘rinishi chizing. Adabiyotlar: 1. M.Aripov, A.Haydarov : Informatika asoslari. 2. A.Sattorov : Informatika va axborot texnologiyalari. 3. T.X.Xolmatov, N.I.Tayloqov, U.A.Nazarov: Informatika va hisoblash texnikasi 4. Qulnazarov B.B. Ibragimov X.M. Chizmachilik va kompyuter grafikasi asoslari (o‘quv qo‘llanma). Samarqand, 2006 y. - 256 bet. 5. Ibragimov X.M. Kompyuter grafikasi asoslari (ma’ruzalar matni). Samarqand, 2008 y. -105 bet. 11-mavzu: Geometrik jismlarning tekisliklar bilan kesishishi. Geometrik jismlarning o‘zaro kesishuvini yasash Reja: 1. Geometrik jismlarning tekisliklar bilan kesishishi. 2. Geometrik jismlarning o‘zaro kesishuvini yasash Tayanch so`z va iboralar: AutoCAD, model, chizma, aylana, radius, konus, bo`laklar, ko`pburchak, tutashma, radius, лист, chop etish, chiziq, chegara, muloqat oyna, qog‘oz, parametrlar, границы, экран, рамка, лист, масштаб, печати, просмотр, kesma, burchak, shtrix, chiziq yo‘g‘onligini, vektorli shriftlar, tekst, o‘lcham qo‘yish, chiziqli va parallel razmer, yoy uzunligi, radius, diametr, qo‘yim (допуск) o‘lchamlari Misol. Radiusi 30 va balandligi 70 bo‘lgan konusning asos tekisligiga 450 gradus og‘ma tekislik bilan kesishishidan hosil bo‘lgan shakl chizilsin (33-rasm). Hosil bo‘lgan shakl uch proyeksiyada ko‘rsatilsin. - разрез (qirqim) tugmasi bilan ixtiyoriy jismga qirqim beriladi. Buyuruq quyidagi muloqat bilan ketma-ket bajariladi. Выберите объекты: - Obektni tanlang: obekt sichqoncha bilan tanlanadi. Probel bosib tanlash to‘xtatiladi. Первая точка на режущей плоскости [Объект/Zось/Вид/XY/YZ/ZX/ 3точки] <3точки>: - Kesuvchi tekislikni berish usullari taklif qilinadi. Bu yerda: 33-rasm Объект – aylana, ellips, 2M poliliniya, 2M splayn kesuvchi tekislik sifatida tanlash imkonini beradi; Zos – Z o‘qini biror burchak bilan kesib o‘tuvchi tekislikni tanlash imkonini beradi; Вид – ko‘rinish tekisligiga parallel tekislik tanlanadi; XY/YZ/ZX - mos ravishda XY, YZ va ZX tekisliklariga parallel kesuvchi tekislik tanlanadi; 3 точки – ob’yektning o‘zida uch nuqtani ko‘rsatish yoki nuqta koordinatalarini klaviaturadan kiritish orqali kesuvchi tekislik tanlanadi. Kesuvchi tekislik tanlangach tanlangan tekislikning qaysi tarafidagi qirqilayotgan qismi qolishi sichqoncha bilan ko‘rsatiladi. Chizma модель qatida bajariladi. - конус tugmasini sichqoncha bilan bosiladi. Buyruq qatoriga klaviaturadan konusning markazi ya’ni 0,0,0 raqamlari yozilib Enter tugmasi bosiladi. So‘ngra konus asosining radiusi 30 raqami yozilib Enter bosiladi va so‘ngida balandligi 70 raqami yozilib Enter bosilgach, ekranda konusning yuqoridan ko‘rinishi baydo bo‘ladi (34-rasm, a). вид слева tugmasi bilan chizilgan konusni chap tarafdan ko‘rsatamiz (39-rasm, b). - разрез (qirqim) tugmasi bosiladi. Выберите объекты: - so‘roviga sichqoncha bilan konus ko‘rsatiladi va Пробел bosib tanlash to‘xtatiladi. So‘ngra sichqonchaning o‘ng tugmasi bosilib kesuvchi tekislikni ko‘rsatish usuli tanlanadi Bizning holda Zos usili tanlanadi. So‘ngra sichqoncha bilan konus asosining markaziga yaqin boriladi va sichqonchani bosmasdan Z o‘qi bo‘yicha yuqoriga qarab tekis yuriladi (yurilgan masofa nishon yonida yozilib turiladi). Tekis yurilgani yurish yo‘nalishi bo‘yicha cheksiz nuqtali chiziq paydo bo‘lganidan bilsa bo‘ladi. Klaviaturadan 50 raqami kiritilib Enter bosiladi, ya’ni nishon konus asosidan 50 birlik masofaga o‘tadi (34-rasm, v). Sichqoncha chapga qarab taxminan 450 burchak ostida yuriladi. (Aniq 450 gradus bo‘lganini nishon yonidagi 2250 yozuvidan hamda cheksiz davom etuvchi nuqtali chiziqdan bilsa bo‘ladi). Ixtiyoriy masofaga yurilgach sichqonchaning chap tugmasi bosiladi. Bu bilan kesuvchi tekislik yasalgan bo‘ladi (34-rasm, g). а) g) b) v) d) 34-rasm Endi konusning paski tomoniga sichqonchani bosib kesuvchi tekislikning pastki tarafidagi qirqilayotgan qismi qolishi ko‘rsatiladi. (34-rasm, d). Rasmda ko‘rinib turibdiki kesuvchi tekislik ko‘rsatilgan tekislikka perpendikulyar bo‘lar ekan. Kesik konusning turli ko‘rinishlarini hosil qilish uchun keyingi bajariladigan bosqichlar ya’ni list qatiga o‘tish va hokazolar 3.1 mavzudagidek olib boriladi. 35-rasm Har bir ko‘rinish ko‘rinish oynalarini to‘ldirib turli xil masshtab olib joylashadi. Vidovыy ekran panellar jihozidagi - масштаб tugmasi yordamida har bir ko‘rinish oynasini ketma-ket aktivlashtirib har biri uchun 1:1 masshtab tanlab chiqamiz (35-rasm). Ko‘rinish oynalaridan birida chizmani belgilab uning chizig‘iga 1 mm qalinlik beriladi. Chizmaning yaqqol ko‘rinishi uchun bu ko‘rinish oynasidagi tasvirga линии tugmasi orqali orqa chiziqlarisiz ko‘rsatiladi. - скрытие Topshiriq. Yuqorida olingan ko‘nikmalardan foydalanib: 1) asosining radiusi 40 va balandligi 80 bo‘lgan silindrni asosi bilan 300 burchak hosil qiluvchi tekislik bilan, 2) Radiusi 60 ga teng bo‘lgan sharni markazidan 20 birlik yuqoridan o‘tuvchi XY tekisligiga parallel tekislik bilan kesishishidan hosil bo‘lgan shaklning uchta proyeksiyasi va umumiy ko‘rinishi chizing. Nazorat uchun savollar va topshiriqlar 1. Mavzuga doir misollar keltiring 1. 2. 3. 4. 5. Adabiyotlar: M.Aripov, A.Haydarov : Informatika asoslari. A.Sattorov : Informatika va axborot texnologiyalari. T.X.Xolmatov, N.I.Tayloqov, U.A.Nazarov: Informatika va hisoblash texnikasi Qulnazarov B.B. Ibragimov X.M. Chizmachilik va kompyuter grafikasi asoslari (o‘quv qo‘llanma). Samarqand, 2006 y. - 256 bet. Ibragimov X.M. Kompyuter grafikasi asoslari (ma’ruzalar matni). Samarqand, 2008 y. -105 bet. 12-Geometrik jismlarning o‘zaro kesishuvini yasash Misol. Rasmda ko‘rsatilgan piramida va prizmaning kesishuvini hosil qilish talab qilinsin. Piramidaning asosi tomoni 60 ga teng bo‘lgan kvadrat, balandligi 80. Prizmaning asosi radiusi 25 ga teng bo‘lgan aylanaga ichki chizilgan muntazam ko‘pburchak, balandligi 60 ga teng. Dastlab piramidaning asosini, ya’ni tomoni 60 ga teng bo‘lgan kvadrat tekislikda chizib olinadi. - полилиния buyrug‘i tanlanadi. Ekranda ixtiyoriy nuqta sichqoncha bilan ko‘rsatilib, vertikal yo‘nalish tanlanadi va klaviaturadan 60 raqami yozilib Enter bosiladi. So‘ngra sichqancha bilan gorizontal yo‘nalish ko‘rsatilib yana 60 raqami klaviaturadan kiritiladi. Xuddi shunday kvadratning uchunchi tomoni chiziladi. To‘rtinchi tomonni chizish uchun sichqonchaning o‘ng tugmasini chizma ustida bosib, chiqqan buyruqlar ro‘yxatidan Замкнуть tanlanadi. - круг (aylana) buyrug‘i bilan markazi kvadratning markazida joylashgan radiusi 25 ga teng bo‘lgan aylana chiziladi. Aylana markazini sichqoncha bilan topish uchun kvadrat tomonlarining o‘rtasiga sichqoncha bilan yaqinlashamiz, Середина markeri paydo bo‘lgach markazga qarab yura boshlaymiz. Shunda 36–rasm,a da ko‘rsatilgan kvadrat tomonlari o‘rtasining kesishuviga sichqonchani bosib aylana markazi topiladi. So‘ngra klaviaturadan aylana radiusi 25 raqami yozilib Enter bosiladi. - многоугольник (ko‘pburchak) tugmasi tanlanadi. Buyruq qatoridagi Число сторон (tomonlar soni) so‘rog‘iga 6 raqami yozib Enter bosiladi. Укажите центр многоугольника (ko‘pburchak markazini ko‘rsating) so‘rog‘iga esa sichqoncha bilan aylanaga yaqinlashamiz so‘ngra uning markaziga yaqin borib Центр markeri paydo bo‘lgach, (36-rasm,b) sichqoncha tugmasi bosiladi. Yana bir marta Enter tugmasini bosilib, ko‘pburchak aylanaga ichki (вписанный) chizilishi tasdiqlanadi. Sichqoncha bilan aylana chizig‘iga qarab yuriladi, aylana chekkasi (kvadrant) markeri (41-rasm,v) topilgach sichqoncha tugmasi bosiladi. а) b) v) 36-rasm Endi bu tekis shakllarni ko‘tarish (o‘stirish) orqali fazoviy shakllarni yasaymiz. Dastlab kvadratni berilgan balandlikka biror burchak ostida torayish asosida o‘stirish orqali piramida chiziladi. - выдавить (o‘stirish) buyrug‘i tanlanadi. Kvadrat ustiga sichqonchaning chap tugmasi bosib belgilanadi. Enter yoki пробел bosilib belgilash to‘xtatiladi. Buyruqlar qatoridagi Глубина выдавливания (o‘stirish balandligi) so‘rog‘iga 80 raqami yozilib Enter bosiladi, so‘ngra Угол сужения для выдавливания (ustirishdagi torayish burchagi) so‘rog‘iga 20,55605 raqami yozilib Enter bosiladi. (tg=30/80) Endi ko‘pburchakni o‘stirish orqali prizma hosil qilinadi. - выдавить (o‘stirish) buyrug‘i tanlanadi. Ko‘pburchak ustiga sichqoncha tugmasi bosib belgilanadi. Enter yoki пробел bosilib belgilash to‘xtatiladi. Buyruqlar qatoridagi Глубина выдавливания (o‘stirish balandligi) so‘rog‘iga 60 raqami yozilib Enter bosiladi, so‘ngra Угол сужения для выдавливания (o‘stirishdagi torayish burchagi) so‘rog‘iga 0 raqami yozilib Enter bosiladi. Chizmada ortiqcha bo‘lgan aylana sichqoncha bilan ajratiladi va klaviaturadagi Delete tugmasi bilan yo‘q qilinadi. Лист qatiga o‘tiladi. Лист qatida bitta Ko‘rinish oynasi paydo bo‘ladi. Ko‘rinish oynasini to‘ldirib chizilgan shakllarning yuqoridan ko‘rinishi paydo bo‘ladi. Ko‘rinish oynasini belgilab Delete tugmasi bilan yo‘q qilamiz. Ekranda toza Лист qoladi. а) b) v) 37-rasm Xuddi yuqorida keltirilgan misoldagi kabi Listda to‘rtta ko‘rinish oynasi hosil qilinadi, har bir ko‘rinish oynasi uchun proyeksiyalash tekisligi va har ko‘rinish oynalariga 1:1 masshtab tanlanadi (37-rasm,a). - скрытие линии (orqa chiziqlarni yashirish) orqali har bir ko‘rinish oynalari uchun ketma-ket orqa chiziqlarini ko‘rinmas qilib olamiz (37-rasm,b). - объединение (birlashtirish) tugmasi bilan ikki ob’yekt bir-biriga bog‘lanib bir ob’yektga aylantiriladi (37-rasm, v). Topshiriq. Yuqorida olingan ko‘nikmalardan foydalanib: 1) asosining radiusi 25 va balandligi 100 bo‘lgan konus bilan radiusi 25 ga teng bo‘lgan sharning kesushuvini yasang. Shar markazi konus asosidan 50 masofada joylashgan (38rasm,a), 2) radiusi 25 ga va balandligi 80 ga teng bo‘lgan silindr bilan asosining radiusi 25 va balandligi 100 ga teng bo‘lgan konus kesishuvini yasang. Silindrning yon sirti konus asosiga urunib o‘tadi (38-rasm,b). 3. Silindr radiusi 50 va balandligi 20, konus asosining radiusi 30 va balandligi 100, o‘lchamlari 20, 70, 80 (mos ravishda eni, bo‘yi, balandligi) prizmadan tashkil topgan uch shakilning kesishuvini yasang. Uchala shakl asoslari bir tekislikda joylashgan. (38rasm,v). 1) 2) 3) 38-rasm Nazorat uchun savollar va topshiriqlar 1. Geometrik jismlarning tekisliklar bilan kesishishi. 2. Geometrik jismlarning o‘zaro kesishuvini yasang 3. Asosining radiusi 25 va balandligi 100 bo‘lgan konus bilan radiusi 25 ga teng bo‘lgan sharning kesushuvini yasang. Shar markazi konus asosidan 50 masofada joylashgan (38-rasm,a), 4. Radiusi 25 ga va balandligi 80 ga teng bo‘lgan silindr bilan asosining radiusi 25 va balandligi 100 ga teng bo‘lgan konus kesishuvini yasang. Silindrning yon sirti konus asosiga urunib o‘tadi (38-rasm,b). 5. Silindr radiusi 50 va balandligi 20, konus asosining radiusi 30 va balandligi 100, o‘lchamlari 20, 70, 80 (mos ravishda eni, bo‘yi, balandligi) prizmadan tashkil topgan uch shakilning kesishuvini yasang. Uchala shakl asoslari bir tekislikda joylashgan. (38rasm,v). Adabiyotlar: 1. M.Aripov, A.Haydarov : Informatika asoslari. 2. A.Sattorov : Informatika va axborot texnologiyalari. 3. T.X.Xolmatov, N.I.Tayloqov, U.A.Nazarov: Informatika va hisoblash texnikasi 4. Qulnazarov B.B. Ibragimov X.M. Chizmachilik va kompyuter grafikasi asoslari (o‘quv qo‘llanma). Samarqand, 2006 y. - 256 bet. 5. Ibragimov X.M. Kompyuter grafikasi asoslari (ma’ruzalar matni). Samarqand, 2008 y. -105 bet. 13-mavzu: Aylanma jismlar hosil qilish Reja: 1. Aylanma jismlar hosil qilish Tayanch so`z va iboralar: Chizma, fazoviy shakl, o‘q atrofi, hajmiy shakl, полилиния buyrug`i, tutashma, radius, отрезок buyrug‘i, o‘q chiziq, вращать (aylantirish), burchak. Misol 39-rasmda ko‘rsatilgan fazoviy shaklni berilgan o‘lchamlari bo‘yicha chizish talab etilsin. Avval fazoviy shaklning qirqimi chizilib va uni o‘q atrofida aylantirish orqali hajmiy shakli hosil qilinadi. 39-rasm - полилиния buyrug‘i tanlanadi. Ekranda ixtiyoriy nuqta sichqoncha bilan ko‘rsatilib, yo‘nalish hamda masofa ko‘rsatish orqali 40-rasm,a da ko‘rsatilgan shakl chizib olinadi (chizmaga o‘lchamlar qo‘yilmaydi). Shaklning qirralarini silliq qilib tutashtirish uchun - сопряжение (tutashma) tugmasi bosiladi. Chizma ustiga sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib, chiqqan buyruqlar ro‘yxatidan полилиния tanlanadi va yana bir karra sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib ro‘yxatdan радиус buyrug‘i tanlanadi. Buyruqlar qatoriga radius qiymati 5 kiritilib Enter bosiladi va chizmaning biror chizig‘i sichqonchaning chap tugmasi bilan ko‘rsatiladi. Shunda barcha qirralar radiusi 5 ga teng tutashma bilan silliqlanadi (tutashtiriladi) (40-rasm,b). - отрезок buyrug‘i bilan chizmadan 5 birlik uzoqlikda turgan o‘q chiziq chizib olinadi а) b) v) 40-rasm Buyruqlar qatoriga ISOLINES buyrug‘i yozilib Enter bosiladi va yangi qiymat 32 kiritiladi. Bu buyruq bilan yasaladigan shakl to‘rining zichligi oshiriladi. - вращать (aylantirish) tugmasi bosiladi. Sichqonchaning chap tugmasi bilan chizilgan shakl belgilanadi va Enter yoki пробел bosib belgilash to‘xtatiladi. Buyruqlar qatoridagi Начальная точка оси вращения so‘rog‘iga javoban sichqoncha bilan o‘qning yuqorigi nuqtasiga yaqinlashib chap tugmasi bosiladi. Конечная точка оси so‘rog‘iga javoban esa sichqoncha bilan o‘qning pastki nuqtasi ko‘rsatiladi. Угол вращения <360>: so‘rog‘iga javoban 360 – burilish burchagi kiritiladi. Va ekranda fazoviy aylanma shakl old tomondan ko‘rinishi hosil bo‘ladi (40-rasm,v). - СЗ изометрия tugmasi bilan shaklning izometrik ko‘rinishiga o‘tiladi. - скрытие линии (orqa chiziqlarni yashirish) orqali orqa chiziqlari ko‘rinmas qilinadi. (39-rasm,a). 41-rasm Nazorat uchun savollar va topshiriqlar 1. 39-rasmda ko‘rsatilgan fazoviy shaklni berilgan o‘lchamlari bo‘yicha chizish talab etilsin. 2. 41-rasmdagi shakllarni ko‘rsatilgan o‘qlar atrofida mos ravishda 270, 90 va 360 gradusga aylantirib fazoviy shakllar yasang. Adabiyotlar: 1. M.Aripov, A.Haydarov : Informatika asoslari. 2. A.Sattorov : Informatika va axborot texnologiyalari. 3. T.X.Xolmatov, N.I.Tayloqov, U.A.Nazarov: Informatika va hisoblash texnikasi 4. Qulnazarov B.B. Ibragimov X.M. Chizmachilik va kompyuter grafikasi asoslari (o‘quv qo‘llanma). Samarqand, 2006 y. - 256 bet. 5. Ibragimov X.M. Kompyuter grafikasi asoslari (ma’ruzalar matni). Samarqand, 2008 y. -105 bet. 14-mavzu: Proyeksion chizmachilik. Uch o‘lchamli shakllar yasash Reja: 1. Proyeksion chizmachilik. 2. Uch o‘lchamli shakllar yasash Tayanch so`z va iboralar: Uch o‘lchamli shakllar, detal, fazoviy, спереди tugmasi, kesma, yoy, отрезок tugmasi, сопряжение tugmasi, atrof chiziqlar, круг buyrug‘i, область buyrug‘i, выдавить (o‘stirish) buyrug‘i, скрытие liniye tugmasi, гуро tugmasi, яшик tugmasi,qirqim, вычитание tugmasi, kub, сечение tugmasi, вид спереди tugmasi 1. Uch o‘lchamli shakllar yasash 42-rasmda ko‘rsatilgan detalning fazoviy ko‘rinishini chizish usulini keltiramiz. 1. Bunday detalni chizish uchun avval uning old ko‘rinishini chizib olish kerak. Buning uchun - Спереди tugmasi yordamida chizish maydoni frontal tekislika o‘tkaziladi. 2. Detalning old ko‘rinishida ikki xil oddiy elementlar – 11 ta kesma va 1 ta yoydan tashkil topgan. Avval kesmalarni 42-rasm 43-rasm so‘ngra yoyni chizib olamiz. - отрезок tugmasi yordamida sichqoncha bilan ekranning ixtiyoriy joyida kesmaning birinchi nuqtasi (1) ko‘rsatiladi, vertikal yo‘nalish bo‘yicha pastga qarab sichqoncha yurgizilib klaviaturadan kesma uzunligi 30 raqamini yozib Enter bosiladi. Bu bilan sichqoncha (2) nuqtaga o‘tib oladi, ya’ni 1-2 nuqtalar orasidagi kesma chiziladi. Sichqoncha bilan chapga tomon yuriladi, gorizontal yo‘nalish topilgach klaviaturadan kesma uzunligi 20 raqami kiritilib, Enter bosiladi (2-3 kesma chiziladi). So‘ngra sichqoncha bilan pastga qarab vertikal yo‘nalish tanlanib kesma uzunligi 15 raqami kiritilib 3-4 nuqtalar orasidagi kesma chizib olinadi. Va hokazo ketma-ket sichqoncha yordamida kesma yo‘nalishi va klaviaturadan uning uzunligi kiritilib qolgan kesmalar ham chizib olinadi. 3. Detalning yoy qismini chizish uchun - Сопряжение tugmasidan foydalanish qulay. Buyruq tanlangach chizmadagi 1-2 va 11-12 kesmalarning yuqori qismlari ketma ket sichqoncha bilan ko‘rsatilgach ular o‘zaro yoy bilan tutashadi. Shu bilan detalning old ko‘rinishining atrof chiziqlari butkul hosil bo‘ladi. Bu usul bilan chizilgan chizma 11 ta alohida-alohida kesma va 1 ta yoydan iborat bo‘ladi. Eslatma. Detalning old ko‘rinishini bir yo‘la - полилиния buyrug‘i bilan ham chizib olish mumkin. Yuqorida keltirilgan usul singari 1 nuqtadan 12 nuqtagacha ketmaket yo‘nalish sichqoncha bilan ko‘rsatilib va kesma uzunligi klaviaturadan kiritilib kesmalar chizib olinadi. So‘ngra sichqonchaning o‘ng tugmasi bosilib, paydo bo‘lgan chaqiruv oynasida Дуга bo‘limi tanlanadi va sichqoncha bilan 1 nuqtaga bosilib 12-1 nuqtalarni tutashtiruvchi yoy chiziladi. Enter tugmasi bosilib poliliniya chizish tugatiladi. 4. Aylana chizish uchun Круг buyrug‘i tanlanadi. Aylananing markazini ko‘rsatish uchun chizmadagi yoyga sichqoncha bilan yaqinlashib borsak, markazni ko‘rsatuvchi + markeri paydo bo‘ladi. Shu markerga (markazga) sichqoncha ko‘rsatkichi bosiladi va klaviaturadan aylana radiusi yozilib Enter bosiladi. 5. Chizmaga hajm berish uchun uni uchinchi yo‘nalish bo‘yicha 40 birlikka o‘stirish kerak. O‘stirish buyrug‘ini faqat bitta elementdan tashkil topgan yopiq konturli ob’yektga ko‘llash mumkin. Chizilgan chizma konturi bir nechta alohida oddiy elementlardan (kesmalardan va yoydan) tashkil topgan. Bu kesmalar Область buyrug‘i bilan bir butun sohaga aylantiriladi. - область buyrug‘i bosilgach sichqancha ko‘rsatkichi to‘rtburchak belgini oladi. Chizmaning barcha elementi ko‘rsatilib, Enter bosiladi. Chizma ikkita alohida yopiq konturli shaklga aylanadi (atrof chiziqlari va aylana). Eslatma. Agar chizma konturi poliliniya buyrug‘i bilan chizilgan bo‘lsa, Oblast buyrug‘ini tanlash shart emas. 6. - Выдавить (o‘stirish) buyrug‘i berilgach, sichqoncha bilan chizmadagi atrof chizig‘i hamda aylana ko‘rsatiladi va Enter bosiladi. So‘ngra o‘stirish balandligi 40 raqami klaviaturadan yozilib Enter va yana bir marta Enter bosiladi. Bu bilan detalimiz uchinchi yo‘nalish Z o‘qi bo‘yicha 40 birlikka o‘sadi, lekin detal o‘sganligi bizga ko‘rinmaydi. Uchunchi yo‘nalishni ham ko‘rish uchun - tugma bilan shaglimiz izzometriya ko‘rinishiga o‘tkaziladi (44-rasm,a). - Скрытие liniye tugmasini bosib, detalning orqa chiziqlarini ko‘rinmas qilish (44-rasm,b) yoki raskrashivaniye panelidagi Гуро tugmasi bilan detalni rangli (to‘la) holatda ko‘rish mumkin (44-rasm, v) 7. Detaldagi o‘yiqni hosil qilish uchun uning o‘rtasiga prizma chizib, detaldan prizmani ajratib olish kerak. Prizma chizish uchun - Яшик tugmasi bosiladi va prizmanining birinchi uchini ko‘rsatish uchun 2 nuqtaga sichqoncha bilan yaqinlashib boramiz (44-rasm,a). 2 nuqtada bog‘lanish markeri (sariq rangli belgi) ko‘ringanda, sichqoncha tugmasini bosmagan holda Z o‘qi bo‘yicha 2 niqtadan 2' nuqtaga qarab sichqonchani yurgizib boramiz. 2-2' yo‘nalish to‘g‘ri ko‘rsatilganiga ishonch hosil qilgach, klaviaturadan 12 raqamini terib Enter bosiladi. а) b) v) 44-rasm So‘ngra sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib chiqqan ro‘yxatdan Длина bandini tanlaymiz va klaviaturadan 40 sonini ya’ni prizmaning uzunligi kiritilib Enter bosiladi. Shunda prizmaning enini (Ширина) kiritishni taklif qiladi. 50 soni kiritilib Enter bosiladi va nihoyat prizmaning balandligi (Высота) so‘ralganda, -16 manfiy raqami kiritib Enter bosiladi. Natijada 45,a-rasmda ko‘rsatilgandek chizayotgan detalimiz o‘rtasiga prizma o‘rnatiladi. Endi prizmani tetaldan 10 birlik yuqoriga qarab ko‘tarish lozim. Prizmaning ustiga sichqonchani bosib belgilaymiz, uning biror burchagiga, masalan A burchagiga borib (45-rasm,b) sichqoncha tugmasini bosib olamiz, burchakdagi marker qizil rangga bo‘yaladi. Sichqonchani vertikal no‘nalishda yuqoriga qarab Y o‘qi bo‘yicha siljita boramiz va klaviaturadan 10 raqamini kiritib Enter bosamiz. a) А b) А v) 2' 2 45-rasm Detaldan prizma va silindrni sug‘irib olish uchun - vыchitaniya tugmasini bosamiz. Detalning Enter yoki Пробел tugmasi bosiladi, so‘ngra prizma va silindr ketma-ket belgilanib Enter bosiladi. Shu bilan detalning fazoviy shakli chizib tugallanadi. (32-rasm,v). Topshiriq. Yuqorida olingan ko‘nikmalardan foydalanib 33-rasmda ko‘rsatilgan shakllarning fazoviy ko‘rinishini mustaqil bajarib ko‘ring. 46-rasm Nazorat uchun savollar va topshiriqlar 1. Mavzuga doir misollar keltirish Adabiyotlar: M.Aripov, A.Haydarov : Informatika asoslari. A.Sattorov : Informatika va axborot texnologiyalari. T.X.Xolmatov, N.I.Tayloqov, U.A.Nazarov: Informatika va hisoblash texnikasi Qulnazarov B.B. Ibragimov X.M. Chizmachilik va kompyuter grafikasi asoslari (o‘quv qo‘llanma). Samarqand, 2006 y. - 256 bet. 5. Ibragimov X.M. Kompyuter grafikasi asoslari (ma’ruzalar matni). Samarqand, 2008 y. -105 bet. 1. 2. 3. 4. 15-mavzu: Detallarga qirqim berish. Yaqqol tasviri bo‘yicha uch ko‘rinishini yasash Reja: 1. 2. Detallarga qirqim berish. Yaqqol tasviri bo‘yicha uch ko‘rinishini yasash Tayanch so`z va iboralar: Detal, tasvir, СЗ изометрия tugmasi, яшик tugmasi, Центр Yozuvi, вычитание tugmasi, СВ изометрия tugmasi, сечение tugmasi, вид спереди Rasmda ko‘rsatilgandek detalga qirqim berish quyidagi bosqichlarda bajariladi. 47-rasm Detalning yaqqol tasviri berilgan o‘lchamlari bo‘yicha 4.1-bo‘limda ko‘rsatilgan usullar bilan chizib olinadi. Chorak qirqim berish uchun detalning aksonometrik ko‘rinishi СЗ изометрия tugmasi bilan tanlab olinadi (48-rasm, a). - яшик tugmasi bosiladi va sichqoncha bilan kesik konusning yuqorigi aylana markaziga yaqinlashib boriladi. Центр yozuvi paydo bo‘lgach (48-rasm, a) sichqoncha tugmasi bosilib, chiziladigan yashikning birinchi uchi ko‘rsatiladi. Sichqonchaning o‘ng tugmasi bosilib, chiqqan ro‘yxatdan куб bo‘limi tanlanadi va klaviaturadan -70 raqami (- ishora kub qirrasining o‘lchami pastga qarab yo‘nalganini bildiradi) kiritilib Enter bosiladi (48-rasm, b). вычитание tugmasi bosilib detal chizmada sichqoncha bilan belgilanadi, Пробел bosib tanlash to‘xtatiladi va sichqoncha bilan kub ustiga bosiladi. Kub detalda egallagan qismi bilan ajratib tashlanadi. СВ изометрия tugmasi bosilib kerakli ko‘rinish beriladi (48-rasm, v). а) b) v) g) 3 2 1 48 rasm 48-rasm davomi сечение tugmasi bosilib 48-rasm, g da ko‘rsatilgan 3 ta nuqtadan o‘tuvchi kesuvchi tekislik nuqtalar orqali ko‘rsatiladi. Hosil bo‘lgan qirqimni chetga olib unga ishlov beriladi. - вид спереди tugmasi bilan oldindan ko‘rinish holatiga o‘tiladi. Yetishmagan chiziqlar chiziladi, chiziq turlari va qalinliklari beriladi, qirqimga tushgan soha shtrixlanadi va o‘lchamlari qo‘yiladi. Nazorat uchun savollar va topshiriqlar 1. Detallarga qirqim berish. Yaqqol tasviri bo‘yicha uch ko‘rinishini yasash 2. Yuqorida olingan ko‘nikmalardan foydalanib 33-rasmda ko‘rsatilgan shakllarning fazoviy ko‘rinishini mustaqil bajarib ko‘ring. Adabiyotlar: 1. M.Aripov, A.Haydarov : Informatika asoslari. 2. A.Sattorov : Informatika va axborot texnologiyalari. 3. T.X.Xolmatov, N.I.Tayloqov, U.A.Nazarov: Informatika va hisoblash texnikasi 4. Qulnazarov B.B. Ibragimov X.M. Chizmachilik va kompyuter grafikasi asoslari (o‘quv qo‘llanma). Samarqand, 2006 y. - 256 bet. 5. Ibragimov X.M. Kompyuter grafikasi asoslari (ma’ruzalar matni). Samarqand, 2008 y. -105 bet. 16-mavzu: Fazoviy sirt va yopilmalarni loyihalash. Ikki yo‘naltiruvchi ob’yektni chiziqlar bilan tutashtirib sirt yasash Reja: 1. Fazoviy sirt va yopilmalarni loyihalash. 2. Ikki yo‘naltiruvchi ob’yektni chiziqlar bilan tutashtirib sirt yasash Tayanch so`z va iboralar: Sirtlarni chizish, рисование, поверхности, rulesurf, ob’yekt, kesma, poliliniya, splayn, aylana, ellips, nuqta, tekislik, fazo, chiziq, sirt, tutashtiruvchi chiziq, tabsurf, revsurf, yoy,halqa, to‘rtburchak, ko‘pburchak, splaynlar aylanuvchi Sirtlarni chizish uchun Рисование menyusining Поверхности bo‘limidan yoki Поверхности nomli jihozlar panelidan foydalaniladi (49-rasm). tekis sirtlar turli usul bilan fazoviy sirtlar yasash standart fazoviy sirtlar 49-rasm Rulesurf (П-соединения). Ikki ob’yektni to‘g‘ri chiziqlar bilan tutashtirib sirt yasaydi (50-rasm). Yo‘naltiruvchi ob’yektlar sifatida tekislikda yoki fazoda joylashgan kesma, poliliniya, splayn, aylana, ellips, nuqta bo‘lishi mumkin. Yo‘naltiruvchilardan biri yopiq konturli bo‘lsa ikkinchisi ham yopiq bo‘lishi kerak. Ya’ni yoy bilan aylanani chiziqlar bilan tutashtirib sirt yasab bo‘lmaydi. yo’naltiruvchilar sirt yasovchi chiziqlar yo’naltiruvchilar 1 2 2 1 nuqta ko’rsatish natija nuqta ko’rsatish natija 50-rasm Yopiq bo‘lmagan yo‘naltiruvchi ob’yektlarni ko‘rsatishda nuqtani yo‘naltiruvchining qaysi qismidan qo‘rsatish rol o‘ynaydi. Ya’ni ko‘rsatilgan nuqtalardan boshlab sirt yasovchi chiziqlar chizilib sirt yasaladi (51-rasm). Yopiq konturli ob’ktlar uchun nuqtani ob’yektning qaysi qismida qo‘rsatish rol o‘ynamaydi. 2 1 2 nuqtani bir tomondan ko’rsatish 51-rasm 1 natija nuqtani qaramaqarshi ko’rsatish natija Tutashtiruvchi chiziqlar zichligi (soni) sirt yasash oldidan SURFTAB1 buyrug‘i bilan tanlanishi kerak. Nazorat uchun savollar va topshiriqlar 1. Mavzuga doir chizmalar chizish 1. 2. 3. 4. 5. Adabiyotlar: M.Aripov, A.Haydarov : Informatika asoslari. A.Sattorov : Informatika va axborot texnologiyalari. T.X.Xolmatov, N.I.Tayloqov, U.A.Nazarov: Informatika va hisoblash texnikasi Qulnazarov B.B. Ibragimov X.M. Chizmachilik va kompyuter grafikasi asoslari (o‘quv qo‘llanma). Samarqand, 2006 y. - 256 bet. Ibragimov X.M. Kompyuter grafikasi asoslari (ma’ruzalar matni). Samarqand, 2008 y. -105 bet. 17-Mavzu: Siljitish orqali sirt yasash. Aylantirish usuli bilan sirt yasash Reja: 1. Siljitish orqali sirt yasash. 2. Aylantirish usuli bilan sirt yasash Tayanch so`z va iboralar: Tabsurf (П-сдвиг). Aniqlovchi chiziq ustida yo‘naluvchi vektorni siljitish orqali sirt yasaladi. Aniqlovchi sfatida kesma, yoy, aylana, ellips, poliliniya, 3M poliliniya va splayn ishtirok etishi mumkin. Yo‘naluvchi vektor esa kesma bo‘lishi kerak. Sirt yasovchi chiziqlar Sirt yasovchi 2 1 yo’nalti ruvchi 1 2 yo’nalti ruvchi 2 1 nuqta ko’rsatish natija nuqta ko’rsatish natija 52-rasm Revsurf (П-вращ). O‘q atrofida boshqa bir ob’yektni aylantirish orqali sirt yasaladi (53-rasm). Kesma, aylana, yoy, poliliniya, halqa, to‘rtburchak, ko‘pburchak, splaynlar aylanuvchi ob’yekt bo‘la oladi. Buyruqning muloqati quyidagicha: Команда: _revsurf Текущая плотность каркаса: SURFTAB1=20 SURFTAB2=6 – to‘r zichligi vertikal bo‘yicha 20 va gorizont bo‘yicha 6 ga tengligi bildirilayapdi Выберите объект для вращения: - aylanuvchi ob’yektni belgilang (1- nuqta) Выберите объект, определяющий ось вращения: - aylanish o‘qini belgilang (2- nuqta) Начальный угол <0>: - aylanish boshlanadigan burchak qiymati 0 taklif qilinmoqda. Bashqa qiymat kiritish mumkin. Центральный угол (+=против чс, -=по чс) <360>: - aylanish burchagi 360 gradus, ya’ni to‘la aylanish taklif qilinmoqda. (Soat strelkasiga teskari aylanish musbat). aylanuvchi poliliniya aylanuvchi poliliniya simmetriya o’qi simmetriya o’qi simmetriya o’qi aylanuvchi poliliniya 2 1 53-rasm obyektlarni ko’rsatish natija Nazorat uchun savollar va topshiriqlar 1. Ikki yo‘naltiruvchi ob’yektni chiziqlar tutashtirib sirt yasash. . 2. Aylantirish usuli bilan sirt yasash. 3. Siljitish orqali sirt yasash. 4. Siljitish orqali sirt yasash bilan Adabiyotlar: 1. M.Aripov, A.Haydarov : Informatika asoslari. 2. A.Sattorov : Informatika va axborot texnologiyalari. 3. T.X.Xolmatov, N.I.Tayloqov, U.A.Nazarov: Informatika va hisoblash texnikasi 4. Qulnazarov B.B. Ibragimov X.M. Chizmachilik va kompyuter grafikasi asoslari (o‘quv qo‘llanma). Samarqand, 2006 y. - 256 bet. 5. Ibragimov X.M. Kompyuter grafikasi asoslari (ma’ruzalar matni). Samarqand, 2008 y. -105 bet. 18-mavzu: Berilgan tomonlar orqali to‘rli sirt hosil qilish. Sirtlarni tahrirlash Reja: 1. Berilgan tomonlar orqali to‘rli sirt hosil qilish. 2. Sirtlarni tahrirlash Tayanch so`z va iboralar: Edgesurf, ketma-ket, tomon, chiziq, splayn, poliliniya, yoy, kesma, elliptik yoy, to‘rt qirra, fazoviy, shakl, tahrirlash, массив, зеркало, поворот tayanch o‘qlar, aylana (krug) buyrug‘i, многоугольник (ko‘pburchak) tugmasi, отрезок tugmasi, поверхность Кунса tugmasi, to‘rt qirraga орбита tugmasi Edgesurf (П-Кунса). Berilgan to‘rtta tomonni ketma-ket ko‘rsatish orqali sirt hosil qilinadi. Tomon chiziqlari splayn, poliliniya, yoy, kesma va elliptik yoy bo‘lishi va ular uchlari bilan uchrashgan (kesishgan) bo‘lishi kerak. Sirtni tashkil qiluvchilari M va N yo‘nalishlar bo‘yicha bikubik egri chiziqlardan, ya’ni to‘rt qirraga tortilgan fazoviy egri chiziqlardan tashkil topgan (54-rasm). Tomonlarning chiziqlari fazoviy bo‘lmaganda hosil qilingan shakl fazoviy bo‘lib ko‘rinsada, undagi barcha to‘r nuqtalari tekislikda joylashgan bo‘ldi. Bunga shaklni orbita atrofida aylantirganda iqror bo‘lish mumkin. kesma splayn 4 2 3 1 splayn to’rt tomonni ko’rsatish 54-rasm. М N natija 19-mavzu: Sirtlarni tahrirlash Sirtlarni tahrirlash uchun imkoniyatlar cheklangan. Tahrirlash uchun quyidagi buyruqlar majud: 3M массив – bir sirtni uch yo‘nalish bo‘yicha ko‘paytirish yoki biror o‘q atrofida aylantirib ko‘paytirish; 3M зеркало – sirtning aksini biror o‘qqa nisbatan qurish; 3M поворот – tayanch nuqtasi yoki tayanch o‘qlar atrofida sirtni biror burchakka burash. Ma’lumki sirtlar to‘r shaklida quriladi va har bir to‘rning koordinatalari mavjud. To‘r koordinatalarining qiymatini o‘zgartirish orqali sirt ham o‘zgartiriladi. Misol. Rasmda ko‘rsatilgan giperboloik paroboloid (gipar) fazoviy sirtni chizish talab etilsin. Gipar uchlarining koordinatalari aniq bo‘lmagani uchun avval bitta giparni tekislikdagi proyeksiyasini chizib olish kerak. aylana (krug) buyrug‘i yordamida aylana markazi sichqoncha bilan ekranda ko‘rsatilib va radiusi klaviaturadan 25 raqami kiritilib chiziladi. - многоугольник (ko‘pburchak) tugmasi yordamida aylana atrofiga tomonlar soni 4 ga teng bo‘lgan ikkita aylana chiziladi (55-rasm,a) - отрезок tugmasi yordamida aylana markazini D va B nuqtalar bilan tutashtiruvchi chiziqlar chizib olinadi (55-rasm,b). So‘ngra Delete tugmasi va bilan keraksiz chiziqlar belgilanib yo‘q qilinadi. - отрезать tugmasi bilan esa otriqcha chiziqlar qirqib tashlanadi ya’ni chizmada faqat giparga taalluqli bo‘lgan chiziqlar qoldiriladi (55rasm,v). Bu chiziqlar bir tekislikda yotadi ya’ni. a) 55-rasm b) v) Chiziqlarning A va C uchlari koordinatalarini Z o‘qi bo‘yicha o‘zgartirish lozim. AD kesma belgilanadi va Свойства oynasida Конец Z yozuvi zonasiga 15 raqami kiritiladi; AB kesma belgilanib Начало Z yozuvi xonasiga ham 15 raqami kiritiladi; DC va BC kesmalar belgilanib Начало Z xonasiga 20 raqami kiritiladi. Belgilangan kemalarning qaysi uchi ko‘tarilishini ko‘rish uchun tugmasi bilan izometriya ko‘rinishiga o‘tkazib ishonch hosil qilish mumkin (57-rasm, a). - поверхность Кунса tugmasi sichqoncha yordamida bosiladi va chizilgan chiziqlar ustiga sichqonchaning chap tugmasi bilan ketma-ket bosib chiqiladi. To‘rt qirraga tortilgan fazoviy egri chiziqlardan tashkil topgan sirt hosil bo‘ladi (57-rasm, b). 56-расм a) g) 57-rasm b) v) d) To‘rli segmentni belgilab - массив tugmasi yordamida uni S nuqta atrofida aylantiriladi. (20-rasmga qarang). Elementning ko‘payish soni 8 to‘lish burchagiga esa 360 kiritiladi, markaz koordinatasi esa chizmadan S nuqtani ko‘rsatib tanlanadi. Natijada qurilmoqchi bo‘lgan fazoviy sirtning yuqoridan ko‘rinishi hosil bo‘ladi (57-rasm, v). - 3M орбита tugmasi bilan shaklga fazoviy ko‘rinish tanlanadi. - Гурро tugmasi bilan giparning to‘ri sirt bilan qoplangan ko‘rinish beriladi (57-rasm, g,d). Topshiriq. Yuqorida olingan ko‘nikmalardan foydalanib 58-a, rasmda ko‘rsatilgan konoid fazoviy sirtni chizishni mustaqil bajarib ko‘ring. Eslatma: Konoid sirtni hosil qilish uchun 58-b, rasmda ko‘rsatilgandek aylana va ikita aylanaga ichki chizilgan muntazam ko‘pburchak va bitta yoy chiziladi. Kichik ko‘pburchak Z o‘qi buyicha yuqoriga ko‘tariladi, yoy esa 90 gradus ga buraladi. 58-расм Nazorat uchun savollar va topshiriqlar 1. Berilgan tomonlar orqali to‘rli sirt hosil qilish. 2. Sirtlarni tahrirlash 3. Rasmda ko‘rsatilgan giperboloik paroboloid (gipar) fazoviy sirtni chizish talab etilsin. Adabiyotlar: 1. M.Aripov, A.Haydarov : Informatika asoslari. 2. A.Sattorov : Informatika va axborot texnologiyalari. 3. T.X.Xolmatov, N.I.Tayloqov, U.A.Nazarov: Informatika va hisoblash texnikasi 4. Qulnazarov B.B. Ibragimov X.M. Chizmachilik va kompyuter grafikasi asoslari (o‘quv qo‘llanma). Samarqand, 2006 y. - 256 bet. 5. Ibragimov X.M. Kompyuter grafikasi asoslari (ma’ruzalar matni). Samarqand, 2008 y. -105 bet.