I-mavzu. Ilmiy tadqiqot ishlari va uning mazmun-mohiyati 1. “Ilmiy tadqiqot asoslari” fanining maqsad va vazifalari 2. Ilmiy ijodiyot – muammo sifatida 3. Ilmiy ijodiyotning ijtimoiyligi 4. Ilmiy tadqiqot faoliyati jarayoni va taraqqiyoti omillari 5. Ilmiy muammo va uning dolzarbligi 6. Ilmiy tadqiqot jarayoni bosqichlari 1.1. “Ilmiy tadqiqot asoslari” fanining maqsad va vazifalari Tayanch iboralar va atamalar: “Uchar gilam”, “Oynai jahon”, fan, texnika, texnologiya, ilm-fan, axborotlashtirilgan asr, ta’lim, tarbiya, aqliy faoliyat, ilmiy tadqiqot, muammo, maqsad, vazifa, bo’lajak mutaxassislar, zamonaviy axborot tizimlari, ratsional usullar, interaktiv, avtomatlashtirish, kompьyuterda modellashtirish, dissertatsiya, optimal yechimlar. Mavzuning matni: Ilmiy tadqiqot asoslari fanining maqsad va vazifalari. Kishilik jamiyati taraqqiyoti bosqichlariga bir nazar tashlaylik. Dastlab olovning paydo bo’lishi, toshlardan ish qurollarining yasalishi, metallarning paydo qilinishi orqali metallarga ishlov berish texnologiyasining yaratilishi, yozuvning paydo bo’lishi orqali kitobning vujudga kelishini, bu orqali esa ma’lumotlarni axborotlarga aylantirish muammosining hal bo’lishi, shuningdek, elektrning bir turdan ikkinchi turga aylanish muammosining ilmiy asoslanishi, “Uchar gilam” (aviatsiya) va “Oynai jahon” (televidenie) larning kishilarning turmush zaruriyati uchun foydalanishga keng yo’l ochilishi, nisbiylik nazariyasining yaratilishi va h.k. Umuman olganda “XXI asr – intellektual asr” ya’ni “Aql – zakovat asri” yoki “Axborotlashgan jamiyat sari asri” ning yuzaga kelishlarining barchasi, kishilik jamiyati taraqqiyotiga mos, unda yashovchi ilg’or ijodkor insonlar aqliy – ijodiy faoliyati natijasi tufayli yuzaga chiqqanligi guvohi bo’lamiz. Bugungi kunda jamiyatimizda har bir odam, alohida olinganda fan va texnika yutuqlarining tobora rivojlanib borayotgani ta’siri ostida yashamoqda. Bu yana shunisi bilan ham xarakterliki, unda texnika va texnologiyalar kun sayin, soat sayin takomillashib, rivojlanib bormoqda va natijada shunga mos yetuk mutaxassislar tayyorlash zarurati ham tug’ilmoqda. Bunda ilm-fan, umuman olganda ijodiyot, ilmiy tadqiqot ishlarining tadqiqiy va texnikaviy yechimlaridan boshlab, olingan natijalarni amaliyotda (ishlab chiqarishda, ta’limda, tarbiyada, san’atda va h.k.) qo’llashgacha bo’lgan barcha bosqichlarni samarali amalga oshirishga erishsa, o’z vazifasini muvafaqqiyatli bajargan bo’ladi. Axborotlashtirilgan asrda axborotlar oqimi muntazam ravishda ortib boradi va tabiiy ularga mos muammo hamda ularning yechimlari ham tez o’zgarib boradi. Demak, ushbu jamiyatga mos va unda faol qatnashuvchi bo’laman degan, xodim (a’zo, shaxs) ya’ni mutaxassis ham ilmiy axborotlarni izlash, to’plash va undan foydalanish uchun olingan axborotlarni tizimlarga ajratish, muammoga xos fikr va texnikaviy (texnologik) yechimlarning optimal variantlarini tanlash usullarini bilishlari zarur. Ma’lumki, bunday aqliy faoliyat bevosita ijod bilan bog’liq bo’lib, u insonning yangi moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish faoliyatidir. O’z navbatida tadqiqot va ijodiy mulohazalar ham zamonaviy mutaxassisdan ilm-fan yutuqlaridan ijodiy foydalanish orqali istiqbolli yangi vazifalarni mustaqil qo’yish, uni optimal yechimini tanlay bilish va o’zining amaliy faoliyatida turli ko’rinishlardagi tadqiqotlar va tajriba – sinov ishlarini o’tkazishini talab qiladi. Ana shunday zamonaviy mutaxassislar tayyorlash davr talabi ekanligini e’tiborga olib “Ilmiy tadqiqot asoslari” fanini o’rganishga quyidagi maqsadni qo’ydik: MAQSAD: Oliy o’quv yurtlarida magistraturani bitirib chiqayotgan mutaxassisni zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan, o’quv-tarbiya ishlarining interaktiv usullaridan foydalana oladigan qilib hamda o’zidagi pedagogik faoliyat mahoratini va ko’nikmalarini yanada takomillashtirish, rivojlantirish ustidagi faoliyatni ilmiy tashkil qilaoladigan qilib shuningdek, ularni mustaqil ilmiy – tadqiqot, ilmiy – pedagogik va kasbga doir boshqaruv faoliyatiga tayyorlash. Bunday muhim muammoni (maqsadni) – amalga oshirish uchun mazkur fanni o’qitish davomida quyidagi VAZIFALAR yechimlari izlanadi: bo’lajak mutaxassislarni ilm-fanning mohiyati, uni tashkil qilish va ularning jamiyatdagi o’rni bilan tanishtirish; bo’lajak mutaxassislarga ilmiy xodim va ilmiy tadqiqot hamda ularning mazmun – mohiyati haqida tushuncha berish; ilmiy tadqiqot ishlarini rivojlantirish, o’tkazish va ularning tajriba – sinov ishlari hamda ularning tahlili haqida tushuncha berish; bo’lajak mutaxassislarni tanlangan mutaxassisligi bo’yicha ilmiy tadqiqot ishlarnini bajarishga, shuningdek, fan – texnika va texnologiyaning zamonaviy yutuqlarini amaliyotda joriy etishga yo’naltirilgan kasb tayyorgarligiga ega qilish; bo’lajak mutaxassislarning kasb vazifalarini avtomatlashtirish va kompьyuterda modellashtirish metodlarini, optimal yechimlar topishning ratsional usullarini topishni o’rgatish; ilmiy tadqiqot ishlari olib borishda zamonaviy axborot tizimlaridan foydalanadigan innovatsion ta’lim texnologiyalar va interaktiv ta’lim usullaridan foydalanishni o’rgatish; dissertatsiya tayyorlash va uni rasmiylashtirish hamda himoya qilish haqidagi ma’lumotlarni yetkazish. Mavzuni o’zlashtirishni ta’minlashga oid savollar: kishilik jamiyati taraqqiyoti bosqichlari haqida nimani bilasiz? taraqqiyot bosqichlarida ilm-fan va texnika-texnologiyalarning ahamiyati nimada deb o’ylaysiz? aqliy faoliyat deganda qanday jarayonni tushunasiz? “Ilmiy tadqiqot asoslari” fanining asosiy maqsadini aytib bering. “Ilmiy tadqiqot asoslari” fanining vazifalarini sanab o’ting. Mavzu bo’yicha mustahkam esda saqlab qolishga oid ma’lumotlar: “Ilmiy tadqiqot asoslari” fanining maqsadi: Oliy o’quv yurtlarida magistraturani bitirib chiqayotgan mutaxassisni zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan, o’quv – tarbiya ishlarining interaktiv usullaridan foydalana oladigan qilib hamda o’zidagi pedagogik faoliyat mahoratini va ko’nikmalarini yanada takomillashtirish, rivojlantirish ustidagi faoliyatini ilmiy tashkil qila oladigan, shuningdek, ularni mustaqil ilmiy – tadqiqot, ilmiy – pedagogik va kasbga doir boshqaruv faoliyatiga tayyorlash; “Ilmiy tadqiqot asoslari” fanining vazifalari: bo’lajak mutaxassislarni ilm-fanning mohiyati, uni tashkil etish asoslari va ularning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati bilan qurollantirish asosida ularga ilmiy xodim, ilmiy tadqiqot va ular faoliyati mazmun – mohiyati haqida tushuncha berish; Ilmiy tadqiqot ishlari (ITI)ni rivojlantirish, tashkil etish, uyushtirish va ularning tajriba-sinov ishlari hamda ularning tahlili haqida tushuncha berish; bo’lajak mutaxassislarni tanlangan mutaxassisligi bo’yicha ITI ni bajarishga, shuningdek, ilm-fan va texnika-texnologiyalarning zamonaviy yutuqlarini amaliyotda joriy etishga yo’naltirilgan kasb tayyorgarligiga ega qilish; bo’lajak mutaxassislarning kasb vazifalarini avtomatlashtirish va kompьyuterda modellashtirish metodlarini, optimal yechimlar topishning ratsional usullarini topishni o’rgatish; ITI olib borishda zamonaviy axborot tizimlaridan foydalaniladigan innovatsion ta’lim texnologiyalari va interaktiv ta’lim usullaridan foydalanishga o’rgatish; dissertatsiya tayyorlash va uni rasmiylashtirish hamda himoya qilish haqidagi ma’lumotlarni yetkazish. Mavzu bo’yicha muammoli savollar va topshiriqlar: “Axborot inqiloblari”, deganda nimani tushunasiz? “TSivilizatsiya” ning mazmun – mohiyatini o’z intellektual salohiyatingiz doirasida ta’riflab bering? “Axborotlashtirilgan asr”, degan terminga ta’rif bering? Sizningcha ITI kerakmi? Kerak bo’lsa nima uchun? ITI natijasining ayrim kishiga, jamoaga, jamiyatga va davlatga ijobiy ta’sirini qanday tushunasiz? Ularning salbiy ta’sirini – chi? Tadqiqotchiga mavzu materiallaridan ijodiy faoliyatda foydalanishga tavsiyalar: tadqiqotchi ITI ni boshlash va uni olib borish davomida yuqoridagi ifoda qilingan kurs maqsadidan foydalanish mumkin. Bu yerda umumiy maqsad qo’yilgan. Bunda tadqiqotchi o’z oldiga qo’yilgan muammoga qarab uning ma’lum (kerakli) qismidan foydalanish mumkin; tadqiqotchi qo’yilgan muammo bo’yicha bajariladigan ishlar ketma-ketligi, algortmik tizimi, ya’ni ITI vazifalarini belgilab olishda yuqorida keltirilgan fanning vazifalarini asos qilib olishi mumkin va hattoki ushbu qismga tegishli innovatsion yondashuv qilishga ham harakat qilinsa yaxshi bo’lar edi. Mavzuni o’rganishda foydalanish mumkin bo’lgan adabiyotlar ro’yxati: To’raqulov X.A. Ilmiy ijodiyot metodologiyasi. – T.: Fan, 2007. – 252 b. To’raqulov X.A. Pedagogik tadqiqotlarda axborot tizimlari va texnologiyalari. – T.: Fan, 2006. – 248 b. 1.2. Ilmiy ijodiyot – muammo sifatida Tayanch iboralar va atamalar: Ijod, ilmiy ishlanmalar, izlanishlar, qurilma, mexanizm, mashina, metod, metodologiya, texnologiya, algoritm, model, ilmiy ijod, badiiy ijod, kontseptsiya, dissertatsiya, avtoreferat, refarat, tezis, maqola, kitob, aql, fikr, ong, ilm, bilim, xotira, reproduktiv va produktiv, verbal va noverbal, mantiqiy, mexanik, tasavvur, diqqat, iroda, idrok, iste’dod, tajriba, eksperiment, tabiiy usul, dunyoqarash, fundamental, raqobatbardosh, kompьyuterli savodxonlik, intellektual. Mavzuning matni : Ilmiy ijodiyot – muammo sifatida. «Ijod – insonning yangi moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish faoliyati» [3]. «Ijod (arabcha) – kishining yaratuvchilik mahorati: badiiy, ilmiy asar yoki moddiy boylik yaratish, vujudga keltirish; yaratuvchilik, ijodiyot» [1]. Demak, ijod – aqliy faoliyat bo’lib, u insonni fikri, bilimi, g’oyasi, qarashlari, ya’ni tafakkurini ishga solib yaratuvchilik faoliyatini shakllantiradi. Bunda insonning tafakkuri, xotirasi, tasavvuri, diqqat–e’tibori, irodasi muhim rol o’ynaydi va bu jarayonda insonni bilimliligi, tajribaliligi, iste’dodliligi va xullas ijodkorligi namoyon bo’ladi. Ijod dastavval inson tasavvurida fikr shaklida yuzaga keladi, keyin ular rivojlanib, takomillashib g’oya, qarash ko’rinishiga o’tadi va ularga taalluqli masalalar yuzasidan izlanishlar boshlanadi. Izlanishlar olib borishda o’rganilayotgan tadqiqot ishigacha bo’lgan ishlanmalar (predmet, buyum, qurilma, mexanizm, mashina, metod, metodologiya, texnologiya, algoritm, modelь va h.k.) tahliliy ko’rib chiqiladi, ya’ni tahlil va sintez, umumlashtirish va xulosalash, tajribada sinab ko’rish, kuzatishlar o’tkazish, mantiqiy xulosalar chiqarish, ichki farazlarni ifodalab olish kabi ishlarni amalga oshiradi. Natijada izlanish davomida noto’g’ri bo’lib qolgan ishlanmalar muammo maqsadiga mos qilib to’g’rilanadi yoki yangisi ishlab chiqiladi. Ma’lumki, izlanish, ijodiy faoliyat yuritish natijasida biror yangilikka erishish demakdir. Natijalar ijod xususiyatiga qarab turli shakllarda bo’lishi mumkin, ya’ni referat, tezis, maqola, kitob, avtoreferat, dissertatsiya, monografiya yoki shakllangan fikr, g’oya, qarashlar (kontseptsiya), ta’limot yoki qurilma, mexanizm, mashina, ixtiro, patent, kashfiyot yoki modelь, algoritm, tamoyil, mezon va h.k. Demak, ijod, ilm -fan, texnika – texnologiya, madaniyat va shu kabilarni rivojlantirib, ularning hozirgi holatini yangi sifat bosqichiga ko’taradi. «Ijodni shartli ravishda 2ga: ilmiy ijod va badiiy ijodga bo’lish mumkin. Olimlar faoliyati ilmiy ijodga, san’atkorlar, yozuvchilar faoliyati badiiy ijodga qaratilgan. Ba’zi kishilarda har ikki ijod rivojlangan bo’lishi mumkin. Ilmiy ijodda tabiat va jamiyat hayotining ob’ektiv qonuniyatlari aks etsa, badiiy ijodda ma’naviy hayot muammolariga san’atkorning sub’ektiv, o’ziga xos qarashlari, his-tuyg’ulari aks etadi» [4]. Yuqoridagi ijod tushunchasiga berilgan ikkala ta’rifda ham yaratuvchilik faoliyati, ya’ni yangi moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratilishining qayd etilishi, ushbu faoliyatning (jarayonning) muammo yechimlarini izlashlik xususiyati bilan chambarchas bog’liqligini ko’rsatadi. Demak, ijodning o’zi ham qator muammolar yechimini izlovchi bosh muammolardan hisoblanar ekan. Kishi ijod qilishi uchun, unda quyidagi ko’rsatkichlar (omillar) shakllangan bo’lishi kerak: aql, ong, fikr, ilm, bilim, xotira, tasavvur, diqqat, eksperiment, tajriba, dunyoqarash, tasavvur, iroda, idrok, iste’dod va h.k. Endi ularning qisqacha mazmunini qayd etib o’tamiz. AQL – inson miyasining dunyoni aks ettirish va shaxsning voqeylikka bo’lgan munosabatlarini boshqarib turadigan faoliyati. ONG – kishining fikrlash qobiliyati yoki insonning ijtimoiy hayotni tushunishi, sezishi va unga bo’lgan shaxsiy munosabati. Ong– tafakkur markazi, unda fikr va ma’lumotlar jamlanadi. Ongda qalbdagi e’tiqod asosida dunyoqarash shakllanadi. FIKR – bu narsa, hodisa yoki jarayon to’g’risidagi insonning o’yi yoki xayoli. ILM – insonning o’qish, o’rganish va shaxsiy hayotidagi tajribalar, kuzatishlar natijasida shakllangan bilim va malakalar majmuasi. Inson kamolatidagi ilm egallash qobiliyati, uning ulkan fazilatlardan biri hisoblanadi. CHunki, inson ilm bilan shon- sharafga erishadi –shuhrat qozonadi. BILIM – kishining tabiat va jamiyat hodisalari asosida shakllangan axborotlari majmui. XOTIRA – atrof-muhitdagi voqelikni bevosita va bilvosita, ixtiyorsiz va ixtiyoriy ravishda, passiv va aktiv holda, reproduktiv va produktiv tarzda, verbal va noverbal shaklda, mantiqiy va mexanik yo’l bilan aks ettiruvchi esda olib qolish, esga tushirish, unitish hamda tanish, eslashdan iborat ruhiy jarayon, alohida va umumiylik namoyon qiluvchi ijtimoiy hodisa, barcha ta’sirlarni ijodiy qayta ishlashga yo’naltirilgan mnemik xotira, faoliyat. Xotirani 5 ta muhim mezonga muvofiq ravishda turlarga (ko’rinishlarga) ajratish mumkin: Ruhiy faoliyatning faolligiga ko’ra xotira quyidagi tarlarga bo’linadi: a)harakat va motor harakatli xotira; b) obrazli xotira; v) his-tuyg’u yoki hissiyot xotirasi; g) so’z-mantiq xotirasi. Ruhiy faoliyatning maqsadiga binoan: a) ixtiyorsiz, ixtiyoriy, mexanik. Ruhiy faoliyatning davomiy-ligiga ko’ra: a) qisqa muddatli; b) uzoq muddatli; v) operativ. Ruhiy faoliyat qo’zg’atuvchisining sifatiga qarab: musiqiy eshitish. Ruhiy faoliyatning inson yo’nalishiga e’tiboran: fenomenal kasbiy [3]. TASAVVUR – idrok qilingan, his etilgan narsa, hodisa va jarayonning kishi ongida paydo bo’lishi hamda ular to’g’risidagi ta’surotlarning gavdalanishi. DIQQAT–falsafa, ruhshunoslik tushunchasi; inson faoliyatining barcha turlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish va samaradorligini ta’minlovchi muhim omillardan biri. SHaxs faoliyati qanchalik murakkab, mashaqqatli, mas’uliyatli bo’lsa, u diqqatga shunchalik yuksak talablar qo’yadi. Insonning ziyrakligi, sezgirligi, farosatliligi, sinchkovligi, dilkash-ligi, hozirjavobligi uchun turmush sharoiti va shaxslararo munosabatida muhim omil bo’lib xizmat qiladi. Diqqat aqliy faoliyatning barcha turlarida ishtirok etadi, insonning hatti - harakatlari ham uning ishtirokida sodir bo’ladi. Ongni muayyan bir nuqtaga to’plab, muayyan bir ob’ektga faol qaratilishidan iborat bo’lgan psixik faoliyatga diqqat deyiladi [3]. IRODA – insonning bir maqsad sari ongli intilishi, boshlangan ishni oxiriga yetkazish qobiliyati – bilimlar, tajribalar, kuzatishlar, tarbiya va o’z-o’zini boshqarishning natijasidir. IDROK – insonning bilish, tushinish qobiliyati va zehni hamda fahm-farosati. ISTE’DOD - insonning ma’naviy-marifiy, madaniy va shu kabi jihatlar asosidagi kamol topishidagi darajasi. TAJRIBA – voqelikni amaliy jihatdan hissiy-empirik bilish jarayoni. Tajriba keng ma’noda – o’quv, malaka va bilimning birligidan iborat. SHuningdek, falsafada bilishning empirik usullaridan biri – ekperiment usuli ham tajriba deb ataladi. Tajriba qadimdan falsafa tarixida muhim tadqiqot ob’ekti bo’lib kelgan. SHarq falsafasida biror narsadagi muayyan xossa yoki xususiyatni tekshirib ko’rish maqsadida o’tkaziladigan sinov ham tajriba deb ataladi. Abu Rayhon Beruniy tajribani eksperiment va kuzatish bilan bog’lab tushuntirish tarafdori bo’lgan. U Ibn Sino bilan munozarada fikran faraz qilib ko’rishga nisbatan amaliy eksperiment ishonchliroq ma’lumot berishini ta’kidlab, fikriy mulohazalar og’izdan-og’izga o’tish bilan o’zgarib borishi va asl ma’nosini yuqotishi mumkin deb amaliy tajribaning ahamiyatini yuqori qo’ygan [5]. EKSPEREMENT – fan va bilish sohasida favqulodda holatdan chiqish, muammoli vaziyatni hal qilish jarayonlari, shaxsning his-tuyg’ulari, xarakteri, qobiliyati, aql zakovatini o’rganishda qo’llaniladigan usul. Eksperiment tabiiy va laboratoriya usullariga ajratiladi. Tabiiy usul psixologik-pedagogik masalalarni hal qilishda qo’llaniladi. Bu usulning ilmiy asoslarini A.F.Lazurskiy ta’riflab bergan. Tabiiy sharoitda inson psixikasini o’rganishda sinaluvchilarning o’zlari bexabar bo’lishi, ta’lim jarayonida berilayotgan bilimlar tadqiqot maqsadiga muvofiqlashtirilishi, katta yoshdagi odamlarga tarbiyaviy ta’sir o’tkazish kundalik mehnat tarzi doirasida amalga oshirilishi, zavod va fabrikada esa moddiy mahsulot ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilishi lozim. Laboratoriya usuli yordami bilan diqqatning sifatlari, sezgi, idrok, xotira va tafakkurning xususiyatlari, emotsional, irodaviy hamda aqliy zo’riqish singari psixik holatlar tekshiriladi. Ko’pincha laboratoriya sharoitida kishilar (o’quvchi, haydovchi, operator, elektronchilar) va kutilmagan tasodifiy vaziyatlar (halokat, portlash, izdan chiqishi, shovqin ko’tarilishi)ning modellari yaratiladi. Eksperiment aniqlovchi, tarkib toptiruvchi (tarbiyalovchi) va nazorat (tekshirish) qismlariga bo’linadi [3]. DUNYOQARASH – falsafa fanining eng muhim kategoriyalaridan biri. Falsafaning asosini tashkil qiladi, olam va odam haqida bir butun qarashlar, g’oyalar tizimini yaratadi. Eng muhimi insonning olamga munosabati, dunyodagi o’rni, mohiyati, hayotiy yo’nalishi, o’zligini anglash kabi savollarga javob beradi. Zeroki, falsafaning asosi ham sog’lom aql tafakkuri va uning rivojiga mos keladigan dunyoqarashni yaratishdir. Buning uchun inson, eng avvalo, mukammal bilimga ega bo’lishi lozim [3]. Mazkur darslikda biz ko’proq ilmiy ijod to’g’risida fikr yuritamiz. Ilmiy ijod o’z navbatida qator muammolarni yechimini izlash imkoniyatini beradi. Ular: - insonlarni ilmli va bilimli bo’lishidagi faoliyatni samarali bo’lishini ta’minlaydi; - kishilarni ilmiy ish bilan shug’ullanishda asosiy poydevor bo’lib xizmat qiladi; - ilmiy daraja va unvonlarni qo’lga kiritishga sharoit yaratish, shuningdek, ilmiy xodim bo’lib faoliyat ko’rsatish imkonini beradi; - ilmiy muassasa va tashkilotlar hamda markazlar ochishga asos bo’ladi; -tabiat va jamiyatdagi hodisa va jarayonlarni o’rganish, rivojlantirishga shart-sharoitlar yaratadi va h.k. Demak, ilmiy ijodiyotning MAQSADI davlat, jamiyat, tashkilot, muassasa, jamoa, oila va insonlarning zamonaviy hayotiy ehtiyojlarini qondirib borish borasidagi yangi moddiy va ma’naviy ne’matlarni muntazam ravishda yaratib borishdan iborat. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarga doimo e’tibor berib borish kerak. 1. Insoniyat hayotiy ehtiyoji uchun zarur narsa yoki predmetlarni (amaliy faoliyatda foydalanishga qulayligini o’ylagan holda) takomillashtirib, ular qatoriga yangilarini qo’shib borish. 2. Insonlar turmush tarzini yuksaltirib borish borasidagi zamonaviy ijodiy ishlar ko’lamini kengaytirib borib, jismoniy ishlarni ko’proq aqliy mehnat faoliyati jarayoni bilan almashtirishga erishish. 3. Jamiyat intellektual salohiyatini yuksaltiruvchi ijodiy ishlar ko’lamini kengaytirib borib «XXI asr – intelektual asr»ning faol ishtirokchilarini tayyorlashga erisha borish, ya’ni har qanday zamonaviy texnika va texnologiya bilan «tillasha» oladigan mutaxassislar tayyorlashga erishish. 4. Sohalar bo’yicha (qishloq xo’jaligi, qurilish, sanoat, san’at, tibbiyot, maorif va h.k.) ijodiy ishlarni samarali yo’llarini izlash va ularga mos ilmiy xodimlar hamda yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashning yangi texnologiyalarini yaratish. 5. Fundamental tadqiqotlarga keng o’rin berish va ularning amaliy ahamiyatiga e’tibor berishda Vatanimiz ravnaqi va taraqqiyotini o’ylash. 6. Raqobatbardosh zamonaviy ilmiy-pedagogik xodimlar tayyorlashning istiqbolli texnologiyalarini yaratish. 7. Yoshlarimizni milliy istiqlol mafkurasi ruhida tarbiyalashning istiqbolli va axborot texnologiyali metodologiyasini yaratishga keng e’tibor berish. 8. Jamiyatni axborotlashtirish sari borayotgan bir paytda mutaxassislarimizning kompьyuterli savodxonligini oshirishni ta’minlashning optimal yo’llarini yaratish va ulardan amaliy faoliyatda muntazam foydalanishga erishish. Mavzuni o’zlashtirishni ta’minlashga oid savollar: ijod qanday faoliyat va uning ta’rifini ayting? izlanish qanday jarayon? aqliy faoliyat kategoriyalari deganda nimalarni tushunasiz? ilm bilan bilimning farqi nimada? tajriba bilan eksperimentning farqi nimada? ilmiy ijodiyot muammolari haqidagi fikringiz. ilmiy ijodiyotning vazifalari nimalardan iborat? dunyoqarash va uning tadqiqotchining ITI dagi ahamiyat nimada deb o’ylaysiz? Mavzu bo’yicha mustahkam esda saqlab qolishga oid ma’lumotlar: ijod – insonning yangi moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish faoliyati; izlanish – bu ijodiy faoliyat yuritish natijasida biror yangilikka erishish jarayoni; aql – inson miyasining dunyoni aks ettirish va shaxsning voqeylikka bo’lgan munosabatlarini boshqarib turadigan faoliyati; ong – kishining fikrlash qobiliyati yoki insonning ijtimoiy hayotini tushinishi, sezishi va unga bo’lgan shaxsiy munosabati; fikr – bu narsa, hodisa yoki jarayon to’g’risidagi insonning o’yi yoki xayoli; ilm – insonning o’qish, o’rganish va shaxsiy hayotidagi tajribalar, kuzatishlar natijasida shakllangan bilim va malakalar majmuasi; bilim – kishining tabiat va jamiyat hodisalari asosida shakllangan axborotlar majmuasi; xotira – atrof-muhitdagi voqg’likni bevosita va bilvosita, ixtiyorsiz va ixtiyoriy ravishda, passiv va aktiv holda, reproduktiv va produktiv tarzda, verbal va noverbal shaklda, mantiqiy va mexanik yo’l bilan aks ettiruvchi esda olib qolish, esga tushirish, unitish hamda tanish, eslashdan iborat ruhiy jarayon, alohida va umumiylik namoyon qiluvchi ijtimoiy hodisa, barcha ta’sirlarni ijodiy qayta ishlashga yo’naltirilgan mnematik xotira, faoliyat; tasavvur – idrok qilingan, his etilgan narsa, hodisa va jarayonning kishi ongidapaydo bo’lishi hamda ular to’g’risidagi ta’surotlarning gavdalanishi; diqqat – falsafa, ruhshunoslik tushunchasi: inson faoliyatining barcha turlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish va samaradorligini ta’minlovchi muhim omillardan biri; idrok – insonning bilish, tushunish qobiliyati va zehni hamda fahm-farosati; iroda – bu insonning bir maqsad sari ongli intilishi, boshlangan ishni oxiriga yetkazish qobiliyati - bilimlar, tajribalar, kuzatishlar, tarbiya va o’z-o’zini boshqarishning natijasidir; iste’dod – insonning ma’naviy-ma’rifiy, ma’daniy va shu kabi jihatlar asosidagi kamol topishidagi darajsidir; tajriba – voqelikni amaliy jihatdan hissiy – empirik bilish jarayoni; eksperiment – bu fan va bilish sohasida favqulotda holatdan chiqish, muammoli vaziyatni hal qilish jarayonlari, shaxsning xis-tuyg’ulari, xarakteri, qobiliyati, aql zakovatini o’rganishda qo’llaniladigan usul. Mavzu bo’yicha muammoli savollar va topshiriqlar: ijodiy faoliyat deganda nimani tushunasiz? U sizda bor deb o’ylaysizmi? izlanish olib borishni zaruriy holat, deb o’ylaysizmi va u Sizning kasbiy faoliyatingizni yuksaltirishga yordam beradimi? magistrlik dissertatsiyaning yo’nalishi ilmiy ijodga to’g’ri keladimi yoki badiiy ijodgami? kishining ilmiy ish qilishida asosiy poydevor nimadan iborat, deb o’ylaysiz? aynan bir mavzu bo’yicha ITI ni olib borishga harakat qiling va buning uchun atama va terminlar mazmun-mohiyatini yorituvchi yon daftar yuriting va undan muntazam ravishda foydalanishga erishishga harakat qiling. Tadqiqotchiga mavzu materiallaridan ijodiy faoliyatda foydalanishga tavsiyalar: ilmiy ijodiyotni olib borishda zamonaviy hayotiy ehtiyojlarni qondirib borish borasidagi ITI ga harakat qiling; qilayotgan ishingiz mavjudlarini to’ldirsin, to’liq yangi fikr yoki qarashni hal qilsangiz yanayam yaxshi bo’ladi va bunda tadqiqotning induktsiya metodidan foydalansangiz adashmaysiz; shug’ullanayotgan ITIgiz avvalo magistrlik dissertatsiyasiga, qolaversa Vatanimizning ma’naviy-ma’rifiy va ijtimoiy-iqtisodiy ravnaqiga mos tushsin. Mavzuni o’rganishda foydalanish mumkin bo’lgan dabiyotlar ro’yxati: 1.Abdurahmonov A.Saodatga eltuvchi bilim. – T.: Movarounnahr, 2002. – 712 b. 2.To’raqulov X.A. Ilmiy ijodiyot metodologiyasi. – T.: Fan, 2007. – 252 b. 3.Falsafa: Qomusiy lug’at. – T.: SHarq, 2004. – 496 b. 4.O’zbekiston milliy entsiklopediyasi. – 4 j. – T.: O’ME Davlat ilmiy nashriyoti, 2002. – 704 b. 5.O’zbekiston milliy entsiklopediyasi. – 8 j. – T.: O’ME Davlat ilmiy nashriyoti, 2004. – 704 b. Ilmiy ijodiyotning ijtimoiyligi Tayanch iboralar va atamalar: ijtimoiy maqsad, omillar, intellektual salohiyat, bug’ dvigateli, elektr, ichki yonuv dvigateli, algoritm, uchinchi darajali tenglamalar, “Al-jabr valmuqobola”, Algebra, Arifmetika, tafakkur, mafkura, urf-odat, irq, din, til, millat, kasb-kor, kitob bosish. Mavzuning matni: Ilmiy ijodiyotning ijtimoiyligi. Kishilik jamiyati paydo bo’lishi bilan undagi ongli odamlar tabiat va jamiyat hodisalarining sir-sinoatlarini bilishga qiziqib keladi. Insondagi aql, ongning rivojlanib borishi natijasida tabiat va jamiyatdagi hodisa va jarayonlar kechishini o’rganishga, ularni imkon bo’lganda boshqarishga bo’lgan qiziqish, intilish hamma vaqt ham dolzarb muammo bo’lib kelgan. Eng asosiysi bular masofa ham, irq ham, millat ham tanlamadi. Umuman olganda, ijtimoiy maqsad ko’pchilik, ya’ni jamoatchilikning orzu-intilishlarini ifoda etadi. Bu borada shaxsiy fikrning ijtimoiy maqsadga aylanishida hayot, voqelik muhim o’rin tutadi. Bunga insoniyat taraqqiyoti bosqichlaridan xohlagancha misol keltirish mumkin, ya’ni insoniyat kashf etgan g’ildirak, olov, metallarga ishlov berish, «Uchar gilam», «Oynai jahon», yozuv, kitob, bug’ va ichki yonuv dvigatellari, elektr, atom, elektronika, kompьyuterlar va shu kabilarning paydo bo’lishi (yaratilishi) insonlar orzu-istaklari ro’yobidir. Bular insoniyatning o’zaro yaqinlashuvini ta’minlaydi, desak xato bo’lmaydi. Demak, dunyo sirlarini yoki umumiy dunyoni insonlar aql, ong, ilm, bilim bilan fan orqali bilishga harakat qiladi va kamolotga erishadi. Bunday kishilar olimlardir. SHu sababli ham mafkurani va taraqqiyot bosqichlari saviyasini olimlar (komil insonlar) rivojlantiradilar va ularni hayotga tadbiq etadilar. Olimlarning vazifasi ilm mag’zini chaqib, uni odamlar qalbiga joylashtirishdan iboratdir. Demak, ongli inson paydo bo’libdiki, fikr, g’oya, qarash, mafkura, ilm, fan, texnika va texnologiya tadrijiy (evalyutsion) tarzda rivojlanib kelmoqda va takomillashib boraveradi. Intellektual salohiyatning tarixiy – tadrijiy rivojlanishida Yaqin va O’rta SHarq mamlakatlarining faylasuf olimlari, shoirlari: Farobiy, Ibn Bojja, Ibn Rusha, Abu Ali ibn Sino, Jaloliddin Rumiy, Alisher Navoiy, Abu Yusuf Ya’kub ibn Ishoq va boshqalar o’z asarlaridagi qarashlarida va tadqiqodlarida munosib hissalarini qo’shganlar. Ayniqsa, ushbu fikrni, uning qamrovini kengaytirib dunyo bo’yicha olimlarning ishlariga e’tibor bersak, Platon (Aflotun), Suqrotning shogirdi Aristotel (Arsatu),Aflotunning eng yaqin shogirdi Gerodot (Xerodat), Sokrat (Suqrot, uning shogirdlari Platon, Antisfen, Aristenn, Evklid), Evklid (Uklidus), Arximed, Aristinn, Gippokrat (Bukrot, tibbiyotning otasi), Galen (Jolinus), Ptolemey (Al-Majistiy), Pifagor, Demokrit, Fales , Geraklit (Gippokratning otasi), Levkipp, AlXorazmiy, Al-Farg’oniy, Abu Mansur, Marvaziy, Al-Javhariy, Musa ibn SHokir, Sag’oniy, Marvarudiy, Abu Nasr Farobiy, Al- Kindiy, Al-Kuhiy, Kozizoda Rumiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon al-Beruniy, Mirzo Ulug’bek, Jamshid Koshiy, Ismoil Jurjoniy, Marg’inoniy, Zamaxshariy, Mahmud Qoshg’ariy, Ali Qushchi, Umar Hayyom, Leonardo do Vinchi, Yan Gveley, Nikolo Konernik, Galileo Galiley, Jordano Bruno, Rene Dekart, G.V.Leybnits, Isak N’yuton, Jeymis Uatt, Maykl Faradey, Leonard Eyler, Karl Fridrix Gaus, Veyershtras, M. Kolmogorov, M.Kelьdesh, M.Korolev, T. A. Sarimsokov, S. A. Sirojiddinov, M. Salohiddinov, M. O’razboev, H. A. Abdullaev, V. K.Qobulov, O. Sodiqov, Q.N.Niyoziy va bir qancha olimlarning ishlari o’rganilganda, yuqoridagi fikrimiz o’z tasdig’ini topganligining guvohi bo’lamiz. Ushbu soha yana shunisi bilan qiziqki, garchi biz « XX1 asr - intellektual asr»da yashayotgan bo’lsakda, olovni, g’ildirakni, metalga ishlov berishni, yozuvni, qog’ozni va h.k.larni kim yaratganini bilmasaqda, udan irqi, millati, elati, mansabi, masxabi, mafkurasi, yozuv, tili, etnik kelib chiqishi kim bo’lishidan qat’i nazar insonlar ulardan bab-baravar foydalanmokdalar. O’tmishda olimlar ilm - fanning turli turlari (sohalari, yo’nalishlari) bilan shug’illanganlar va natijada kishilik jamiyati taraqqiyotiga katta hissa qo’shganlar. Jumladan, kitob bosishni (I.Gutenburg), bug’ dvigatelini (J.Uatt), elektrni (M.Faradey), ichki yonuv dvigatelini (G.Daymler, K.Bents), algoritmni (Al-Xorazmiy), uchunchi darajali tenglamalar yechimini (Umar Hayyom) kashf etgan bo’lsalarda, ulardan ham Yer yuzidagi barcha xalqlar o’z ehtiyojlarini qondirishda foydalanmoqdalar. Bu bilan olimlar o’zlaridan keyingi keladigan avlodga munosib meros qoldirgan. Bu yo’nalishni davom ettirib, hozirgi kunda ham ilm-fan, adabiyot, falsafa va boshqa sohalarda ijod qilganlarni nomlarini yo’qlash, qilgan ishlaridan foydalanish ilm-fan taraqqiyotiga munosib hissa bo’lib qo’shiladi, chunki ular fanlarning maxfiy sirlarini ochish uchun o’z bo’yinlariga olgan qiyinchiliklar va mehnatlarini sharafli ish, deb biladilar. Xulosa o’rnida quyidagi ma’lumotni keltirishni lozim topdik. Al-Xorazmiy o’zining «Al-jabr val–muqobola» risolasida olimlarni, ularning ishlari xarakteri bo’yicha 3 guruhga bo’lgan: 1. Ulardan birlari o’zlarigacha qilingan ishlarni qilib, uni kelajak avlodga qoldirib. o’zgalardan o’zib ketadilar. 2. O’zgalar o’tmishdoshlari mehnatlarini sharhlab beradilar va bu bilan qiyinchiliklarni yengillashtiradilar, qulflarni ochadilar, yo’llarni yoritadilar, bu esa tushunishni osonlashtiradi. 3. Bu odam ba’zi kitoblardagi nuqsonlarni topadi va uzilganlarni ulaydi. SHu sinflash bo’yicha Xorazmiy o’zini «Algebra»ning muallifi sifatida birinchi guruhga, «Arifmetika»si bilan ikkinchi guruhga kiritilishi mumkin. Demak, yer yuzida yashayotgan odamlar tashqi qiyofasi jihatidan ham, yashash tarzi bo’yicha ham, tafakkuri ham, mafkurasi, urf - odati, irqi, dini, tili, millati, kasb-kori, milliy qadriyatlari va boshqa xislatlari bilan bir-biridan sezilarli fprqlanib turadi va ongli omma (olimlar) tomonidan yaratilib bizga qoldirilgan ilmiy merosdan, ya’ni intelektual mulkdan ular bab-baravar o’z hayotiy ehtiyojlarini qondirishda foydalanaveradilar. Ana shu sababli ham ilm-fan xalqlarni biror maqsad atrofida birlashtiradi va jipslashtiradi. Ilmiy ijodiyotning ijtimoiyligi ham ana shundadir. Mavzuni o’zlashtirishni ta’minlashga oid savollar: ijtimoiy maqsad deganda nimani tushunasiz? insonlarning o’zaro yaqinlashtiruvchi ilmiy qadriyatlar deganda nimani tushunasiz? olimlar deganda nimani tushunasiz va ularning vazifalari nimalardan iborat? Intellektual salohiyatning asoschilari haqidagi fikringizni yozib chiqing. Al-Xorazmiyning olimlarni guruhga ajratishini aytib bering. Mavzu bo’yicha mustahkam esda saqlab qolishga oid ma’lumotlar: ijtimoiy maqsad ko’pchilik, ya’ni jamoatchilikning orzu-intilishlarini ifoda etadi; dunyo sirlarini yoki umumiy dunyoni ninsonlar aql, ong, ilm, bilim bilan fan orqali bilishga harakat qiladi va kamolotga erishadi. Bunday kishilar olimlardir; olimlarning vazifasi ilm mag’zini chaqib, uni odamlar qalbiga joylashtirishdan iboratdir; Al-Xorazmiy o’zining “Al-jabr val-muqobola” risolasida olimlarni ularning ishlari xarakteri bo’yicha 3 guruhga bo’lgan: Ulardan birlari o’zlarigacha qilingan ishlarni qilib, uni kelajak avlodga qoldirib, o’zgalardan o’zib ketadilar. O’zgalar o’tmishdoshlari mehnatlarini sharhlab beradilar va bu bilan qiyinchiliklarni yengillashtiradilar, qulflarni ochadilar, yo’llarni yoritadilar, bu esa tushunishni osonlashtiradi. Bu odam ba’zi kitoblardagi nuqsonlarni topadi va uzilganlarni ulaydi. SHu sinflash bo’yicha Xorazmiy o’zini “Algebra” ning muallifi sifatida birinchi guruhga, “Arifmetika” si bilan ikkinchi guruhga kiritilishi mumkin. Mavzu bo’yicha muammoli savollar va topshiriqlar: ilmiy qadriyatlar zamonaviy ilmiy ijodiyotda qanday ahamiyat kasb etadi? jamiyat taraqqiyotida olimlar ishtiroki haqida qanday fikrlarni bildira olasiz? siz tanigan olimlarni Al-Xorazmiyning tasniflashi bo’yicha qaysi guruhga kiritsa bo’ladi? Tadqiqotchiga mavzu materiallaridan ijodiy faoliyatda foydalanishga tavsiyalar: bo’lajak mutaxassislarni ijodiy faoliyatga tayyorlashda ilmiy qadriyatlardan foydalanish pedagogik ITI ning samarasini yanada oshiradi; ilmiy ijodiyotning evalyutsion tarzdagi rivojlanishi bo’lajak ITIni tayyorlashni evalyutsion tarzda olib borishga imkoniyat yaratadi; pedagogik ITI ni olib borishda ushbu paragrafdagi ma’lumotlardan foydalanish innovatsion tadqiqotlar olib borishda qo’l keladi. Mavzuni o’rganishda foydalanish mumkin bo’lgan adabiyotlar ro’yxati: 1. To’raqulov X.A. Ilmiy ijodiyot metodologiyasi. – T.: Fan, 2007. – 252 b. 2. To’raqulov X.A. Pedagogik tadqiqotlarda axborot tizimlari va texnologiyalari. – T.: Fan, 2006. – 248 b. 1.4. Ilmiy tadqiqot faoliyati jarayoni va taraqqiyoti omillari Tayanch iboralar va atamalar: tabiiy fanlar, ijtimoiy-gumanitar fanlar, ilmiy faoliyat, omillar, maqsad va vazifalar, rejalashtirilgan natija, ilmiy ishlanmalar, nazariyani rivojlantirish, yangi texnika va texnologiyalarni ishlab chiqish, texnologiya, metod, metodologiya, fundamental ilmiy tadqiqotlar, ITI ning ko’lami, ilmiy-nazariy, ilmiy-tajribaviy, nazariy-amaliy, ilmiy bilimlar. Mavzuning matni: Ilmiy tadqiqot faoliyati jarayoni va taraqqiyoti omillari. Jamiyatimiz XXI asrga qadam qo’ydi. Yangi asr, o’z navbatida zimmamizga muhim vazifalarni qo’ymoqda. Bu esa mazkur asrning faol ishtirokchisidan jahon andozalari talablari bo’yicha axborot ma’lumotlari bilan ishlash yo’nalishidagi savodxonligini oshirish muammosini qo’ymoqda. Bugungi kunda hech kimga sir emaski, har qanday hodisa va jarayonni o’rganish yoki boshqarishga ijodiy yondashilmas ekan ko’zlangan maqsadga erishishning optimal variantini har doim ham tanlay olish kafolatlanmaydi. Bu esa inson tafakkuri maxsuli bo’lgan zamonaviy bilimlar bilan bog’liqdir. Ilm-fanning rivojlanishi insoniyat ilmiy, ijodiy faoliyati mahsuli bo’lganligi sababli ham mazkur faoliyat orqali kishilar ilmiy bilimlarni topadi, o’zlashtiradi, tizimlashtiradi va keyingi faoliyatda ulardan foydalanadi. Ushbu jarayonlarni hisobga olib ilmiy bilimlarni shartli ravishda quyidagicha tuzilmaga (tashkil etuvchilarga) ega deb atashimiz mumkin: - bilim sohalari bo’yicha: tabiiy fanlar; ijtimoiy-gumanitar fanlar; matematika va h.k.; - ilmiy faoliyat natijasi bo’yicha: referat, annotatsiya, tezis, maqola va h.k. Ma’lumki, ilmiy faoliyat bilim olish va ularning tahlili hamda sintezi, undan ilmiy ijodiyotning keyingi bosqichini takomillashtirishida foydalanishi kabi jarayonlarga yo’naltirilgan bo’ladi. Ilmiy faoliyat taraqqiyoti quyidagi omillar orqali baholanadi: ilmiy natijani qo’lga kiritishda tadqiqotchining zamonaviy fan-texnika va ta’lim texnologiyalaridan og’ishmay foydalana olishlik, ya’ni bilim, ko’nikma va malakaga egaligi; qo’lga kiritilgan natija (ishlanma, metod, metodologiya, texnologiya, texnika va h.k.)ning yangiligi; ilmiy bilimning o’ziga xosligi, ya’ni zamonaviy fan–texnika va qolaversa jamiyat taraqqiyotiga hissa qo’shishining qanday sifat darajasiga egaligi; olingan ilmiy bilimning noyobligi, oldingi mavjud bilimlardan mukammaligi va iste’mol uchun foydalana olish mumkinligi; ilmiy bilimni egallash jarayonini aniq algoritmik tizimga ega bo’lishligi va rejalashtirilgan natijaga erishishning kafolatlanganligi; qo’lga kiritilgan ilmiy ishlanmalar amaliy faoliyatda foydalanishga uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqa olishligi; ilmiy natijalarning nazariy va amaliy ahamiyatini har qanday sharoitda tadqiqotchining tasavvur eta olishligi va shu kabilar. Mavzuni o’zlashtirishni ta’minlashga oid savollar: ilmiy bilimlar qanday tuzilmaga ega? ilmiy faoliyat qanday omillar bilan baholanadi? ilmiy faoliyatning maqsad va vazifalarini gapirib bering? ITI jarayonini ilmiy tahlil qiling? Mavzu bo’yicha mustahkam esda saqlab qolishga oid ma’lumotlar: ilmiy bilimlar tuzilmasi quyidagi ketma-ketlikda bo’ladi: 1.Bilimlar sohasi bo’yicha: tabiiy fanlar; ijtimoiy-gumanitar fanlar; matematika va h.k.; 2.Ilmiy faoliyat natijasi bo’yicha: referat; annotatsiya, tezis; maqola va h.k. ilmiy faoliyat taraqqiyoti omillari quyidagilardan iborat: ilmiy natijani qo’lga kiritishda tadqiqotchining zamonaviy fan-texnika va ta’lim texnoldogiyalaridan og’ishmay foydalana olishlik, ya’ni, bilim, ko’nikma va malaka egaligi; qo’lga kiritilgan natija (ishlanma, metod, metodologiya, texnika, texnologiya va h.k.) ning yangiligi; ilmiy bilimning o’ziga xosligi, ya’ni zamonaviy fantexnika va qolaversa jamiyat taraqqiyotiga hissa qo’shishining qanday sifat darajasiga egaligi; olingan ilmiy bilimning noyobligi, oldingi mavjud bilimlardan mukammalligi va iste’mol uchun foydalana olish mumkinligi; ilmiy bilimni egallash jarayonini aniq algoritmik tizimga ega bo’lishligi va rejalashtirilgan natijaga erishishning kafolatlanganligi; qo’lga kiritilgan ilmiy ishlanmalar amaliy faoliyatda foydalanishga uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqa olishligi; ilmiy natajalarning nazariy va amaliy ahamiyatini har qanday sharoitda tadqiqotchining tasavvur eta olishligi va shu kabilar. 1.4.1- shakl. Ilmiy tadqiqot ishi jarayoni Mavzu bo’yicha muammoli savollar va topshiriqlar: ilmiy faoliyat haqidagi fikringiz qanday va o’z kasbiy faoliyatingiz bo’yicha qanday muammolar bilan shug’ullanish deb o’ylaysiz. Ular mavzulari va qisqacha mazmunini yozib keling; ITI ning qanday ko’lami bo’yicha mavzu tanlagansiz va dastlabki natijalaringiz haqida yozma hisobot tayyorlab ko’ring; ITI ning tadqiqotchi ilmiy saviyasini oshirishdagi ahamiyatini qanday omillardan izlaysiz? Tadqiqotchiga mavzu materiallaridan ijodiy faoliyatda foydalanishga tavsiyalar: magistrlik yoki nomzodlik dissertatsiyalarini tayyorlashning dastlabki bosqichidayoq ITI ning ko’rinishlari, turlari, ko’lami va metodologikasoslariga e’tiborni qaratish lozim hamda ular tarkiblariga e’tibor berilsa ijodiy faoliyatning optimal varianti kafolatlanadi; ITI ning rejasini algoritmik tizim ko’rinishida ifodalab olishga harakat qiling. SHundagshina ijodiy faoliyatda tizimlilik, izchilllik va uzviylik tamoyilllariga amal qilishlik ta’minlanadi; ITI ning har bir qadamiga e’tiborni qaratish kerak (ITI da e’tiborsiz narsaning o’zi qo’y), aks holda tadqiqot jarayonidagi ozgina e’tiborsizlik, uning pirovardida katta (qo’pol) xatolikka olib kelishi mumkin. Mavzuni o’rganishda foydalanish mumkin bo’lgan adabiyotlar ro’yxati: 1. To’raqulov X.A. Ilmiy ijodiyot metodologiyasi. – T.: Fan, 2007. – 252 b. 2.To’raqulov X.A. Pedagogik tadqiqotlarda axborot tizimlari va texnologiyalari. – T.: Fan, 2006. – 248 b. 1.5. Ilmiy muammo va uning dolzarbligi Tayanch iboralar va atamalar: mavzu, otash arava, ilmiy muammo, ijodiy jarayon, demografik va siyosiy sohalar, ilmiy izlanishlar, komil inson tarbiyasi, muammo dolzarbligi, ob’ektiv dunyo, ilmiy fikrning teranligi, tanqidiyligi, uyg’unligi, kengligi va tezligi. Mavzuning matni: Ilmiy muammo va uning dolzarbligi. Avvalo mavzu o’zi nima? Mavzu (arabchada – joylashtirilgan, qo’yilgan, degan ma’noni anglatadi) – muhokama, ma’ruza, suhbat, dars, ilmiy asar va boshqalarning asosiy mazmunini hzida o’iso’a va ixcham ifoda etgan nomlanish. Mavzu, odatda ijodkor tomonidan tanlanadi va asoslanadi. Mavzu ijodiy faoliyat jarayonining g’oyasini ifodalaydi va uni tanlashda muallifning g’oyaviy (fikr, g’oya, qarash va h.k.) mavqei va ijodiy kamolati darajasi katta ahamiyat kasb etadi. Ulardan tashqari muammo qo’yilishi va uni hal qilishdagi vazifalar ko’lamiga qarab mavzu va mavzuchalar tanlanishi mumkin hamda bularning har biri muammo yechimining biror tomonini ifodalaydi. Muammo, odatda kishilik jamiyati oldiga qo’yilgan insonlarning orzu-istagi sifatida paydo bo’ladi. Masalan « Uchar gilam»(Samalyotlar), «Oynai jahon» (Televideniya), «Otash arava» (Poezdlar) va h.k. Yozma manbalardagi yoki xalq og’zaki ijodidagi kishilarning bunday orzu –istagini ilm-fan yuzaga chiqaradi va natijada odamlarni qiynab yotgan og’ir jismoniy mehnatlar aqliy mehnatga almashtirilib tabiat va jamiyatdagi muammoli vaziyatlar asta – sekin barham topadi. Bu esa ilmning xosiyati bo’lib, u kishilarning intellektual salohiyatga bog’liq. Endi ilmiy muammo haqida qisqacha tushuncha beraylik. Mazkur darslikning «Kirish» qismida «Ilm»ning qichqacha ta’rifini keltirgan edik. Ma’lumki, ilmiy muammo bevosita «Ilm» bilan bog’liq. SHu sababli ham ilmiy muammoni quyidagicha ifodalasak, maqsadga muvofiq bo’ladi: Ilmiy muammo – bu tabiat va jamiyatning ayni paytida noma’lum, ammo kelajakda yuzaga kelishi yoki o’rganilishi mumkin bo’lgan voqea va hodisalarni, jarayon va predmetlar (qurilma, mexanizm, mashina, metod, metodologiya, texnologiya va h.k.)ni ilmiy qonuniyatlar asosida ochib berish. Ilmiy muammo ijodiy jarayon bo’lib, uning yordamida tabiat va jamiyat taraqqiyotining ob’ektiv qonunlari yaratiladi va natijalar ilm – fanning tegishli sohalarida o’z o’rnini topadi. Ilmiy muammo yechimiga voqeylik haqida yo’llangan bilim va tajribalarga (ilm-fan yutuqlariga), voqeylikning o’zgarish va rivojlanish qonuniyatlariga tayangan holda chiqariladigan, ilmiy jihatdan asoslangan xulosalar asosida erishiladi. Ilmiy muammo o’z mohiyatiga ko’ra quyidagicha ko’rinishlarda uchrashi mumkin: - ijtimoiy hodisalarning rivojlanish qonuniyatlariga tayanib jamiyat taraqqiyotining dolzarb masalalarini hal etish; - jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi dinamik va statistik qonuniyatlarni yaratish; - jamiyat taraqqiyotiga va insoniyat manfaatlariga xizmat qiluvchi iqtisodiy masalalarni hal etish metodologiyasini yaratish; -demografik va siyosiy sohalardagi davlat boshqaruvining demokratik tomoyillarini yaratishga qaratilgan ilmiy izlanishlar; - komil inson tarbiyasi va uning jamiyat taraqqiyotidagi roli va o’rnini ijtimoiy jihatlarini ilmiy asoslash va h.k. Har qanday turdagi muammo va uning yechimidan davlat, jamiyat, jamoa, odam va shu kabilar albatta samara (foyda) ko’rish, ya’ni ilgarigi mavjud daraja yangi sifat darajasiga o’tish kerak, chunki insonning muammo va uning yechimini topishi ijodkorlikdir. Ma’lumki, ijodkorlik– yangilik uchun kurashish demakdir. Bunda ilm–fan va texnika-texnologiyaning eng so’ngi yutuqlarini tahlil qila bilish va undan o’zining ilmiy faoliyatida oqilona foydalanishga erishish, doimo o’z ustida ishlash orqali erishiladi. Demak, har qanday ilmiy muammoni hal qilishda uning yangiligiga, yaratuvchiligiga, rivojlantiruvchiligiga va shu kabilarga e’tibor berish kerak bo’lib, u muammo dolzarbligini baholash jarayonida kerakli ko’rsatkichlardir. Umuman olganda, muammo dolzarbligini aniqlashda quyidagilarga e’tibor berilsa maqsadga muvofiq bo’ladi: - shakllantirilayotgan (rejalashtirilayotgan) muammo tegishli soha (yo’nalish) va uning jamiyat hamda davlat oldidagi istiqbolini bilish; - rejalashtirilayotgan muammoga tegishli soha (yo’nalish) bo’yicha ilm-fan va texnikatexnologiyalarning eng so’ngi yutuqlaridan habardorlik; - tanlanayotgan muammoning unga tegishli bo’lgan soha (yo’nalish)dagi o’rnining aniqlanganligi; - tanlanayotgan muammoning yechimini topish natijasida tegishli soha (yo’nalish)dagi rivojlanish, yaratuvchanlik haqidagi ishchi farazning mavjudligi; - tanlangan mavzu yoki unga yaqin boshqa mavzularning ishlanganlik darajasi va ular erishgan yutuqlarning amaliy hayotdagi va ayniqsa rejalashtirilayotgan tadqiqotni olib borish jarayonidagi ahamiyatini hamda unga nisbatan yangiligi haqidagi bilim va tasavvurlarga egalik; -tanlangan muammoning ilm–fan yoki texnika-texnologiyani rivojlantirish uchun xizmat qila olishligi haqidagi fikrning shakllanganligi va uning nechog’lik mustahkam ifodalanganligi va h.k. Demak, ilmiy muammo dolzarbligini to’g’ri ifodalash, ob’ektiv dunyo narsa–hodisalarning muhim qonuniy aloqadorliklarini (munosabatlarini) aks ettirish va shu asosda voqeylikni ijodiy o’zgartirish haqidagi tasavvurni shakllantirish imkonini beradi. Bunda ilmiy fikrning teranligi, tanqidiyligi, uyg’unligi, kengligi va tezligi muammo dolzarbligini baholashda eng muhim sifatlar bo’lib hisoblanadi. Mavzuni o’zlashtirishni ta’minlashga oid savollar: mavzu, deganda nimani tushunasiz? ilmiy muammo ta’rifini ochib bering? ilmiy muammoning mohiyatiga ko’ra ko’rinishlarini aytib bering? muammo dolzarbligini aniqlashda nimalarga e’tibor berish kerak deb o’ylaysiz? Mavzu bo’yicha mustahkam esda saqlab qolishga oid ma’lumotlar: mavzu – bu muhokoma, ma’ruza, suhbat, dars, ilmiy asar va boshqalarning asosiy mazmunini o’zida qisqa va ixcham ifoda etgan nomlanish; ilmiy muammo – bu tabiat va jamiyatning ayni paytida noma’lum, ammo kelajakda yuzaga kelishi yoki o’rganilishi mumkin bo’lgan voqg’a va hodisalarni, jaryon va predmetlar (qurilma, mexanizm, mashina, metod, metodologiya, texnologiya va h.k.) ni ilmiy qonuniyatlar asosida ochib berish. Mavzu bo’yicha muammoli savollar va topshiriqlar: mavzuni tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak, deb o’ylaysiz? ilmiy qadriyatlar ilmiy muammolarning yuzaga kelishiga sababchi bo’lgan ijodiy faoliyatini sanab o’ting va siz ularning qaysilarida o’z izlanishlaringiz bilan qatnashish salohiyatiga egaman, deb o’ylaysiz. Bular to’g’risida yozma axborot tayyorlang. ilmiy faoliyat jamiyat taraqqiyotiga sezilarli ta’sir qilishi ma’lum. Siz shug’ullanmoqchi bo’lgan ilmiy muammongiz bu borada qanday ahamiyatga ega. Yozma axborot tayyorlang. Tadqiqotchilarga mavzu materiallaridan ijodiy faoliyatda foydalanishga tavsiyalar: pedagogika nazariyasidan innovatsion ta’lim texnologiyalarini yaratish borasidagi ijodiy ishlaringshizda barkamol avlodni shakllantirishning metodologik asoslariga ko’proq e’tibor bering; tanlagan mavzungiz tegishli yo’nalish bo’yicha ilm-fan va texnika-texnologiyalarning eng so’ngi yutuqlarini hisobga olinishiga imkoniyat yarata oladigan bo’lsin; tanlangan mavzu ilm-fan va texnika-texnologiyalarni rivojlantirish uchun xizmat qila oladigan bo’lsin. Mavzuni o’rganishda foydalanish mumkin bo’lgan adabiyotlar ro’yxati: O’zbekiston Milliy Entsiklopediyasi. – 5 j. – T.: O’ME Davlat ilmiy nashriyoti, 2003. – 707 b. To’raqulov X.A. Ilmiy ijodiyot metodologiyasi. – T.: Fan, 2007. – 252 b. 1.6. Ilmiy tadqiqot jarayoni bosqichlari Tayanch iboralar va atamalar: mavzuni tanlash va asoslash, muammoning qo’yilishi, dastlabki faraz, ishchi faraz, nazariy bilimlar, anketa savollari, suhbatlar, mutaxassis olimlar maslahatlari, mavzuga mos metodologik asoslar, ob’ekt, nazariy tadqiqot, modellar, algoritmlar, metodlar, ilmiy-nazariy ishlanmalar, texnologiyalar, mezonlar, tamoyillar, yechimlar (natijalar), amaliy tadqiqot natijalari, tasdiqlovchi eksperiment o’tkazish, xulosalar, uslubiy tavsiyalar va ko’rsatmalar. Mavzuning matni: Ilmiy tadqiqot jarayoni bosqichlari. Ma’lumki, ilm-fan ijtimoiy ong shakllaridan biri, ularni turli holatlarda uchratish mumkin. Odatda, ular tabiat va jamiyatdagi qonuniyatlarni qondirish jarayoni sifatida qaraladi va qonuniyatlar ulardagi barcha bog’lanishlar (aloqadorliklar)ni o’rganishga yaroqli bo’lmog’i lozim. Ilm-fanning bilish jarayonining asosi ekanligi ham ushbu xususiyat bilan belgilanadi. SHu sababli ham ilm-fan tabiat va jamiyatdagi jarayonlarni o’rganish hamda ular natijalari tahlili asosidagi bilimlarni hosil qilishni hal etadi va bunga ilmiy tadqiqot jarayoni, deb qaraladi. Albatta, har bir jarayon kechishi va hodisa ro’y berishi ma’lum ketma-ketlik asosida bo’ladi, ya’ni ularni shartli ravishda algoritmik tarzda ifodalash mumkin. Demak, tabiiyki, ularni aks ettiradigan (o’rganadigan va tahlil qiladigan) ilmiy tadqiqot jarayoni ham algoritmik tarzda shakllanadi. Bunda aniqlash, o’rganish, yaratish natijasi, tahlil qilish, sintezlash, xulosalash va tavsiya berish borasidagi ishlarida ilm-fan imkoniyatlari cheksizligi haqidagi tushunchani tadqiqotchining bilishligi nihoyatda muhim. SHuning uchun, tadqiqotchining bilish jarayoni mazmuni va shaxsiy ko’nikmalaridan qat’iy nazar, ilmiy tadqiqotlar jarayoni hamma vaqt ma’lum bir bosqichlar ketma-ketligi bo’yicha olib boriladi. Ma’lumki, ilmiy tadqiqot bu ob’ektiv borliqni, qonuniylikni va dunyo barqarorligi hodisalari aloqadorligini o’rganadigan jarayondir. Bilish inson ongining va fikrining ilmiy tadqiqot yordamida boshqariladigan noaniqlikdan aniqlikka yoki oddiydan murakkabga yoki to’liqmaslikdan to’liqlikka yo’naltirilgan murakkab jarayon. Demak, bu jarayonni murakkab ya’ni ko’p qirrali va ko’p variantli dinamik tizim sifatida qarash mumkin bo’ladi. SHu sababli ham uni boshqarish ham o’ziga xos innovatsion yondashuvni talab etadi va ular mazkur jarayonni boshqarishning optimal variantlarini yaratish imkonini beradi. Ularni shartli ravishda quyidagi tartibda ifodalashni lozim topdik (1.6.1-shakl). Endi ushbu jarayonning har bir bosqichiga qichqacha ma’lumot berib o’tamiz. I. Mavzuni tanlash va dolzarbligini asoslash. Mavzuni tanlash va asoslash jarayoni ilmiy tadqiqot ishini dastlabki bosqichi hisoblanadi. Bunda asosan soha, yo’nalish va undagi mavzuni tanlash amalga oshiriladi. Mavzu tanlashda tadqiqotchining sohaga, yo’nalishga qiziqishi va bu boradagi ilmiy salohiyati e’tiborga olinadi. Bunda tadqiqotchining o’zi shug’illanmoqchi bo’lgan sohaning yutuq va kamchiliklarini mustaqil o’rganish orqali mavzuni tanlash imkoniyatiga ega bo’ladi. Mavzu tanlanayotganda shug’ullanishi kerak bo’lgan sohaning yirik – istiqbolli mutaxassislari maslahatiga amal qilinsa ham yaxshi samaralar beradi. Mavzuni asoslashda esa tanlangan mavzu bo’yicha qilingan ishlar atroflicha o’rganiladi, tahlil qilinadi, soha bo’yicha yutuq va kamchiliklar tahlil qilinadi va muammoning qo’yilishiga zamin tayyorlanadi. II. Muammoni qo’yilishi. Muammoning qo’yilishi bevosita mavzuni dolzarbligini asoslashning davomi hisoblanadi va u soha bo’yicha yutuq, kamchiliklar tahlili natijasi asosida ifodalanadi. Bu tadqiq qilinishi kerak bo’lgan muammoni izlash bilan bog’liq bo’lib qolmasdan, ilmiy tadqiqotning vazifalarini (hal qilinadigan masalalarni) aniq va ravon ifodalanishini ham o’z ichisha oladi. 1.6.1-shakl. Ilmiy tadqiqot ishi jarayoni bosqichlari Muammoning qo’yilishida ma’lumot yig’ish va ularni qayta ishlashga katta e’tibor beriladi. Undagi nazariy usullar va texnik yechimlar, o’xshash muammolarini yechimini topish vositalari, tadqiqotga yaqin sohadagi tadqiqotlar natijalari haqidagi ma’lumotlar va boshqa maxsus ma’lumotlar yig’ish tadqiqot boshlangunga qadar emas, balki butun tadqiqot davomida amalga oshiriladi. III. Dastlabki faraz Dastlabki faraz, ya’ni ishchi faraz aniq ifodalangan tadqiqot muammosiga va yig’ilgan dastlabki materialning tanqidiy tahlili natijasiga tayangan holda shakllantiriladi. U bir necha variantda ifodalanadi va ularning ichidan muammo qo’yilishiga mosi tanlab olinadi. Ishchi farazni ifodalashning turli usullari bor. Ular, asosan tadqiqot muammosini aniqlashda va mavzu dolzarbligini asoslashda nazariy ma’lumotlarga asoslanadi va tadqiqot manbasini chuqurroq o’rganish imkonini beradi. Ishchi farazni shakllantirishda anketa so’rovlari, suhbatlari, mutaxassisolimlar bilan maslahatlar va ayrim hollarda dastlabki tajriba-sinov ishlari ham o’tkaziladi. IV. Nazariy tadqiqot (o’rganilayotgan jarayon va hodisaning, ya’ni muammoning nazariy jihatdan yechimini topishga bag’ishlangan ilmiy faoliyat jarayoni). Nazariy tadqiqotda tadqiqot manbaini o’rganishning ilmiy-nazariy asoslari qaraladi va ilmfanning tadqiqot manbaiga qo’llaniladigan tadqiqot usullari va vositalari yordamida olingan yangi, ya’ni hali ma’lum bo’lmagan qonuniyatlarini tahlil va sintez qilinadi. Nazariy tadqiqotning maqsadi o’rganilayotgan manbani, ularning turli aloqalarini to’liqroq, chuqurroq umumlashtirish ishchi farazga iloji boricha ko’proq bog’lanishdan iboratdir. Bunda ishchi faraz yanada takomillashtiriladi va tekshirilayotgan ma’lumot nazariyasini ishlab chiqishga imkon yaratiladi, ya’ni o’rganilayotgan muammoni yechimlarini topish tizimini yaratish imkoni topiladi. Bularning ichidan eng samarali yechimni topish esa tadqiqotchining ilmiy salohiyatiga bog’liq bo’ladi. V. Amaliy tadqiqot (dastlabki aprior va asosiy tajribani o’tkazish). Amaliy tadqiqot ilmiy tadqiqotning eng ko’p mehnat talab qilinadigan qismi bo’lib, u tadqiqotning xususiyati va bajarilish ketma-ketligi bilan uzviy bog’liqdir. Bu holda tajriba, tajribasinov ishlari nazariy tadqiqot natijalarini tasdiqlamog’i yoki rad qilmog’i lozim. Agarda o’tkazilgan tadqiqot natijalari ishchi farazni va rejalashtirilgan muammo yechimini rad qilsa, u holda tadqiqot olib borish tartibi o’zgartiriladi. Bunda natijalarni tahlil qilish (nazariy va tajribaviy tadqiqotlar natijalarini tahlil qilish ham) qaraladi. Natijalarni tahlil qilishda asosan nazariy jihatdan ilmiy asoslangan tadqiqot usullarini qo’llash natijasida olib borilgan uslubiyat hamda ularning amaliyotda joriy etishda qo’lga kiritilgan natijalarning tadqiqot maqsadi va ishchi farazga mosligi tahlil qilinadi, shuningdek, nazariy va amaliy tadqiqot natijalarining to’g’ri kelishligini baholash imkonini yaratadi. VI. Natijalarning amaliy faoliyat bilan mosligini solishtirish, ya’ni natijaning tadqiqot manbaiga nisbatan adekvatligini solishtirish, ilmiy tahlil qilish va umumlashtirish. Natijalarni solishtirishda tadqiqot maqsadi, vazifalari va ishchi farazlarini e’tiborga olgan holda nazariy jihatdan qo’lga kiritilgan yutuqlar (usul, uslubiyat, texnika, texnologiya va h.k.) natijasining amaliy tadqiqot natijasiga mosligi o’rganiladi va shu asosda tadqiqotning keyingi bosqichini davom ettirishga ko’rsatma beriladi. VII. Qo’lga kiritilgan natija asosida shakllangan xulosalar. Xulosalash ilmiy tadqiqot ishining muhim bosqichi bo’lib, bunda tadqiqot oxirgi bosqichidagi natijalar asosida umumlashtirishlar olib boriladi va unda olingan natijalarning muammo qo’yilishi bilan mosligi ham ifodalanadi. Nazariy tadqiqot uchun bu so’nggi bosqich bo’ladi va natijalarni o’zlashtirishga kirishiladi. Natijalarni o’zlashtirish – bu olingan natijalarni amaliy o’zlashtirilishiga tayyorlash, ya’ni iste’mol uchun tayyorlash. Bunda tadqiqotchi ishtiroki muhim rolь o’ynaydi, chunki kerak bo’lganda ayrim tuzatishlar kiiritish har kimning ham qo’lidan kelavermaydi. VIII. Natijalarni amaliy faoliyatda joriy etishga uslubiy tavsiyalar va ko’rsatmalar tayyorlash. Uslubiy tavsiya va ko’rsatmalar berish, bevosita ilmiy tadqiqot ishi natijalari va ularning tadqiqot manbaiga hamda muammo qo’yilishiga mosligi asosida tayyorlanadi va ishlanmadan amaliyotda foydalanish yo’l-yo’riqlari ifodalanadi. Uslubiy tavsiyalar shunga o’xshash ilmiy tadqiqot ishlarini bajarishga ham qaratilgan bo’lishi mumkin. Demak, yuqorida keltirilgan ITIning har bir bosqichi ham o’ziga xos xususiyatga ega ekan va bu jarayonlarni bosib o’tishda alohida talablar qo’yiladi. Mavzuni o’zlashtirishni ta’minlashga oid savollar: mavzuni tanlash va asoslashda tadqiqotchi intellektual salohiyatining ahamiyati nimada deb o’ylaysiz? ITI jarayoni bosqichlarini sanab bering? muammoning qo’yilishi nimalarga bog’liq? dastlabki ishchi faraz qanday shakllantiriladi? nazariy va amaliy tadqiqotlardagi umumiylik va xususiylik nimada, deb o’ylaysiz? ITI natijalarini sinflab bering? Mavzu bo’yicha mustahkam esda saqlab qolishga oid holatlar: mavzuni tanlash va asoslash jarayoni ITI ning dastlabki bosqichi hisoblanadi; muammoning qo’yilishi bevosita mavzuning dolzarbligini asoslashning davomi hisoblanadi va u soha bo’yicha yutuq, kamchiliklar tahlili natijasi asosida ifodalanadi; dastlabki faraz, ya’ni ishchi faraz aniq ifodalangan tadqiqot muammosiga va yig’ilgan dastlabki materialning tanqidiy tahlili natijasiga tayangan holda shakllantiriladi; nazariy tadqiqotda tadqiqot manbaini o’rganishning ilmiy-nazariy asoslari qaraladi va ilmfanning tadqiqot manbaiga qo’llaniladigan tadqiqot usullari va vositalari yordamida olingan yangi, ya’ni hali ma’lum bo’lmagan qonuniyatlarini tahlil va sintez qilinadi; amaliy tadqiqot – bu ITI ning eng ko’p mehnat talab qilinadigan qismi bo’lib, u tadqiqotning xususiyati va bajarilish ketma-ketligi bilan uzviy bog’liq bo’lgan ijodiy faoliyat jarayonidir; natijalarni o’zlashtirish – bu olingan natijalarni amaliy o’zlashtirilishiga tayyorlash, ya’ni iste’mol uchun tayyorlash jarayonidir. Mavzu bo’yicha muammoli savollar va topshiriqlar: muammoning qo’yilishiga zamin tayyorlash deganda nimani tushunasiz va o’z ilmiy ishingizda tadqiqot maqsadi aniqlanganmi? ishchi farazni shakllantirishda mutaxassis olimlar bilan suhbat qay tarzda olib boriladi. Tadqiqot yo’nalishiga qarab ular qaysi yo’nalishlarda olib borilishi mumkin; nazariy va amaliy tadqiqot uyg’unligini ITI ning qaysi asoslari bo’yicha hal qilish mumkin? amaliy tadqiqot natijalaridan amaliyotda foydalanishda xulosalar, uslubiy tavsiya va ko’rsatmalar qanday ifoda etiladi. Buni o’z ilmiy ishlaringiz asosida o’ylab ko’ring va shu asosida yozma ravishda ma’lumotnoma tayyorlang. Tadqiqotchiga mavzu materiallaridan ijodiy faoliyatda foydalanishga tavsiyalar: ITI ni olib borishda uni olib borishning bosqichlariga amal qilishning algoritmik tizimini ishlab chiqish kerak va shu asosda ma’lumotlarni to’plab, ularni tadqiqot maqsadiga mos tizimlashtirish lozim; ITI bo’yicha olingan natijalarning amaliy ahamiyatini yanada oshirish bo’yicha ulardan foydalanishga oid uslubiy tavsiyalar va ko’rsatmalar tayyorlash kerak va bu natijalardan qo’yilgan muammodan tashqari boshqa shunga o’xshash muammolarni hal qilishda ham foydalanish mumkinligiga alohida e’tibor qaratish kerak. Mavzuni o’rganishda foydalanish mumkin bo’lgan adabiyotlar ro’yxati: 1. To’raqulov X.A. Ilmiy ijodiyot metodologiyasi. – T.: Fan, 2007. – 252 b. 2.To’raqulov X.A. Pedagogik tadqiqotlarda axborot tizimlari va texnologiyalari. – T.: Fan, 2006. – 248 b.