Uploaded by davronovazuhra58

dav (1)

advertisement
Mavzu : VEB-SAYT PROTOTIPINI
ISHLAB CHIQISH
Prototip tushunchasi
Prototip mahsulotning arzon namunasi bo‘lib,
u mahsulot nuqsonlarini aniqlash,
xususiyatlarini sinab ko‘rish va
takomillashtirishga yordam beradi.
Prototiplar mahsulot haqida manfaatdor
tomon, sherik yoki mijozlar qimmatli
fikrlarini to‘plash imkoniyatini beradi.
So‘ngra olingan ma‘lumotlardan ularning
talablariga javob beruvchi mahsulotni ishlab
chiqishda foydalaniladi.
Prototip ishlab chiqishning afzalliklari:
• foydalanuvchi/manfaatdor tomonlarning mahsulot namunasi haqidagi
fikrlarini to‘playdi va ulardan mahsulot funksionalligini oshirishda
foydalaniladi;
• omma e’tiboriga havola qilishdan oldin kamchilik va muammolarini aniqlash
hamda yaxshilanishi kerak bo‘lgan qismlarni to‘g‘rilash orqali keraksiz
xarajatlarni kamaytirishga yordam beradi;
• jamoa hamkorligi va ish samaradorligini oshiradi;
• foydalanuvchiga mahsulot ishchi modeli bilan muloqot qilish imkoni
beriladi;
• mavhum g‘oyani moddiy mahsulotga aylantirishga yordam beradi;
• mahsulot g‘oyasi zaif ekanligi va uni ishlab chiqish qimmatga tushishini
aniqlaydi.
PROTOTIP TURLARI
prototiplar yakuniy mahsulotning
oddiy va to‘liq bo‘lmagan
namunasini ifodalaydi. Bunda
barcha vizual xususiyatlar hamda
kontent elementlari berilmaydi.
Yuqori aniqlikdagi
prototiplar
Hikoyalar taxtasi
Past aniqlikdagi prototiplar
mahsulotni hikoya shaklida tasvirlaydi hamda undan
foydalanish, foydalanuvchi mahsulot bilan qanday
munosabatda bo‘lishini tasavvur qilishga yordam
beradi.
Diagrammalar
Eskizlar
veb-sayt yoki veb-ilova asosiy tuzilishi
(skeleti)ni ifodalash uchun ishlatiladi. U
dizayn g‘oyasi, sxemasi, shakli,
arxitekturasi, ketma-ketligi kabi
jihatlarini qamrab oluvchi rasm yoki
sxemalar ko‘rinishida tasvirlanadi.
interfaol va yuqori funksionallikka
ega bo‘lib, ishlab chiqilgan dizayn
elementlarining aksariyati haqiqiy
mahsulotga yaqinroq bo‘ladi.
bir nechta kichik qismlar yordamida
mahsulot turli jihatlarini tasavvur qilishga,
prototipni optimallashtirishga yordam
beradi. Prototipning bu turida mind map
asosida g‘oyani rivojlantirish va mahsulot
turli elementlarini aniqlash mumkin.
Interfaol
interfeysli
maketlar
Animatsiya
mahsulot qanday ishlashini tasavvur qilish uchun
chizilgan hamda ketma-ketlikda joylashtirilgan
tasvirlar majmui. Agar mahsulot mobil ilova bo‘lsa,
foydalanuvchining bir ekrandan ikkinchisiga qanday
o‘tishini jonlantirish mumkin. Bu manfaatdor tomon
yoki foydalanuvchilarga mahsulotning funksional
imkoniyatlari haqida tasavvurga ega bo‘lishda yordam
beradi.
eskizlarning to‘liqroq ko‘rinishi bo‘lib,
o‘zida mahsulot uchun tanlangan
ranglar sxemasi, tipografiya va boshqa
vizual elementlarni aks ettiradi. Ular
maxsus onlayn xizmatlar yordamida
ishlab chiqiladi
Download