Uploaded by Munisa Mamatova

5А320902-Yengil-sanoat-mahsulotlari-texnologiyasi-va-jihozlari-tikuv-buyumlari

advertisement
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT TO’QIMACHILIK VA YENGIL SANOAT INSTITUTI
5320900 – Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va
texnologiyasi (tikuv buyumlari) ta’lim yo’nalishi negizidagi:
5A320902- Yengil sanoat mahsulotlari texnologiyasi va jihozlari
(tikuv buyumlari)
magistratura mutaxassisliklariga kiruvchilar uchun maxsus
(ixtisoslik) fanlaridan
DASTUR
Toshkent - 2021 y.
Dastur 5A320902- Yengil sanoat mahsulotlari texnologiyasi va jihozlari
(tikuv buyumlari) magistratura mutaxassisligiga kiruvchilar uchun 5320900 –
Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi (tikuv
buyumlari) ta’lim yo’nalishining 2017/2018 o’quv yilida tasdiqlangan o’quv
rejalaridagi asosiy fanlar asosida tuzilgan.
TUZUVChILAR:
M.K. Rasulova
- TTYESI, «Tikuv buyumlarini konstruksiyalash
texnologiyasi» kafedrasi mudiri, t.f.n., dotsent.
M.A.Bobojonova
- TTYESI, «Tikuv buyumlarini
konstruksiyalash va
texnologiyasi» kafedrasi dotsenti, t.f.n.
va
Dastur “Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn” fakultetining
2021 yil ___ iyundagi № __ son Kengashi yig’ilishida muhokama qilingan va
tasdiqlashga tavsiya etilgan.
2
KIRISH
5320900 – Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va
texnologiyasi (tikuv buyumlari) bakalavriat ta’lim yo’nalishi – fan va texnika,
samarali ishlab chiqarish jarayonlari, tikuv buyumlari texnologiyasi bo’yicha
ishlab chiqarish, qayta ishlash, tadqiq qilishga yo’naltirilgan vositalar, usullari,
yuqori unumli namunaviy texnologiyalar va texnikaviy jihozlar, ulardan
foydalanish va texnologik xizmat ko’rsatish hamda boshqarishga yo’naltirilgan
metodlar va vositalar majmuasini qamrab oladi.
Ta’lim yo’nalishi negizidagi mutaxassisliklarning vazifasi - talabalar
bilimlarini chuqurlashtirish tikuv buyumlarni ishlab chiqarish texnologik
jarayonlarini tuzish, ishlab chiqarish bazasida chiqindilarning miqdorini
kamaytirishni intensifikasiyalash, ishlab chiqarishning qisqa jarayonlar
texnologiyasi, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishni nazarga olgan holda
EHM uskunalaridan ratsional foydalangan holda bilimlarini oshirish va ko’nikma
hosil qilishdan iboratdir.
5320900 – Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va
texnologiyasi (tikuv buyumlari) ta’lim yo’nalishi negizidagi 5A320902- Yengil
sanoat mahsulotlari texnologiyasi va jihozlari (tikuv buyumlari) magistratura
mutaxassisligiga kiruvchi talabalar uchun ta’lim yo’nalishi o’quv rejasiga asosan 3
ta ixtisoslik fanlari bo’yicha: “Tikuv buyumlarini konstruksiyalash”, “Tikuv
buyumlari texnologiyasi”, “Texnologik jarayonlarni loyihalash” test savollari
shakllantirilgan. Bu fanlar o’z negizida qamrab olingan ma’lumotlar quyida
batafsil keltirilgan.
TIKUV BUYUMLARINI KONSTRUKSIYALASH fani bo’yicha:
Kiyim to’g’risida asosiy tushunchalar. Kiyim funksiyasi. Zamonaviy kiyim
assortimenti va tasnifi. Mahsulot klassifikatorida tikuv buyumlarining tasnifi va
kodlanishi. Sanoat manekenlari nomenklaturasi. Figura maketi va kiyim
manekenini loyihalash usullari. Kiyim tashqi shakli; sifat ko’rsatkichlari va
kiyimga qo’yiladigan talablar.
Sifat ko’rsatkichlari haqida tushuncha. Iste’molchi va texnik – iqtisodiy
ko’rsatkichlar.
Tananing o’lcham belgilarini olish uslubiyati. O’lchamlar xili va dasturi.
O’lchash usullari. Odam tanasining o’lchamli tavsifi. Yetakchi razmer o’lchovlari.
Farqsizlik intervali. Zamonaviy razmerli tipologiya va katta yoshdagi aholiga
mansub razmerli standartlar. Tipaviy qomatlar tizimini tuzish asoslari. Kiyim
razmerlarini belgilash. Bolalar razmerli tipologiyasini tuzilish xususiyatlari.
Kiyim asosiy siluet va bichimlari. Kiyim yuzasining tipaviy bo’laklanishi.
Kiyim bichimi. Kiyim konstruksiyasini aniqlovchi asosiy belgilar.
“Odam - kiyim - muhit” sistemasi haqida tushuncha. Kiyimning shakli va
ichki razmerlari. Kiyimning ichki razmerlari va odam tanasi tashqi razmerlari
orasidagi mutanosiblik. Kiyim shaklini hosil qilish vositalari. Kiyimda
qo’shimchalar. Bemalollik qo’shimchalari. Tana o’lchamlarining dinamikada
3
o’zgarishini e’tiborga olgan holda minimal kerak bo’lgan qo’shimchalarni
hisoblash prinsiplari. Kiyim paketiga, material qalinligiga qo’shimchalar.
Kompozision qo’shimchalar. Kiyim loyihalash usullarining sinflanishi.
Kiyimlarni konstruksiyalash usullarining sinflanishi va ularning
xarakteristikasi. Bazis to’ri tushunchasi. Turli kiyimlar uchun asos konstruksiyalar,
ularni hisoblash usullari. YeMKO bo’yicha kiyimlarni konstruksiyalash
xususiyatlari. Turli bichimdagi kiyimlarni konstruksiyalash (reglan, yaxlit). Kiyim
balansi. Turli yoqalarning konstruksiyasini tuzish xususiyatlari. Yoqa va kiyim
konstruktiv parametrlari o’rtasidagi bog’lanish. O’tkazma yenglarning shakli,
konstruksiyasi va konstrkusiyalash usullari xarakteristikasi. O’tkazma yeng
parametrlarini aniqlash. Bir va ikki chokli yenglarni konstruksiyalash.
Bel kiyimlariga qo’yiladigan talablar. Bel kiyimlari uchun bazis to’rini
qurish. To’g’ri yubka konstruksiyasini qurish. Konus shaklli yubkalar. Shim
konstruksiyalashga qo’yiladigan talablar. Shim bo’laklari konstruksiyasini qurish
usullari.
Kiyim nuqsonlarining sinflanishi. Konstruktiv nuqsonlar. Modellashdagi
texnologik nuqsonlar. Konstruktiv nuqsonlarning paydo bo’lish sabablari.
Konstruktiv nuqsonlarni tuzatish usullari.
Konstruktiv modellash (KM) uchun daslabki ma’lumotlarni tayyorlash.
Bazali konstruksiyani tanlash mezonlari. Bazaviy konstruksiya (BK) dan
foydalanib KM ning 4 xil asosiy turlari.
BK ni shaklini o’zgartirmay yubka va shimni KM: vitochka ko’chirish,
taxlama va taqilmalar, cho’ntak, lifni qo’shimcha bo’laklash. Yelkali kiyimlarni
KM elementlari.
Detallarni konus va parallel kengaytirish, turli shakldagi yubkalarni
modellash.
O’tkazma yenglarni KM, yeng uchi kengligini o’zgartirish, yengni konus va
parallel kengaytirish. Vitochkani qayta modellash. Yelka qismini va yeng o’mizini
modellash; kengaytirish; turli shakldagi yeng o’mizlarini (chuqur, tor, kengaygan,
tirqishsimon kvadrat) modellash.
Turli shakldagi o’tkazma yenglarni modellash va uni modellashtirilgan
o’miz bilan muvofiqlash.
Yoqalarga qo’yiladigan talablar. Yoqalarning sinflanishi. Tik yoqa turlarini
konstruksiyalash. Qaytarma yoqalarni qurish va KM. Ochiq bo’yin o’mizi uchun
pidjak, shol va boshqa tipdagi yoqalarni qurish. Bo’yin o’mizini bezash
elementlarini (kokilye, jabo, pelerina va h.k.) KM. Kapyushonni kostruksiyalash
va modellash.
Reglan va yaxlit bichilgan yenglar xarakteristikasi. Reglan bichimli, turli xil
yaxlit bichilgan yenglar konstruksiyasini o’tqazma yengli BK asosida konstruktiv
modellash. Kiyim shakliga qarab uni KM parametrlarini aniqlash. Mayin (keng)
hajm-yelkali kiyimlarini o’tkazma BK dan foydalanib modellash.
4
TIKUV BUYUMLARI TEXNOLOGIYASI fani bo’yicha:
Kiyim modellarini ishlab chiqarishga tayyorlash. Tajriba sex vazifalari.
Materiallardan tejamli foydalanish to’g’risida umumiy ma’lumot. Andaza
yoymalarida andazalarni joylashtirish tartibi. Gazlamalarining sarf normasi.
Andazalar sathini aniqlash usullari. Andazalar turi. Tajriba sexining texnologik
guruhi. Modellarni ishlab chiqarishga tushirishni takomillashtirish yo’llari.
Gazlamalarni bichishga tayyorlash. Tayyorlov bo’limining vazifalari.
Gazlamalarni qabul qilish. Gazlamalarni sifatini tekshirish va o’lchash.
Gazlamalarni to’shamaga mo’ljallab xillash. Konfeksionlash. Gazlamalardan
tejamli foydalanish.
Bichish sexining vazifalari. Gazlamaning to’shashga qo’yiladigan talablar.
Gazlamalarni to’shash usullari. Gazlama to’shashda qo’llaniladigan asbobuskunalar. Buyum detallarini bichish. Detallarni komplektlash va nomerlash.
Bichish sexining yakunlovchi operasiyalari. Gazlamalarni to’shash va bichishning
takomillashtirish yo’llari.
Kiyim detallarini biriktirish usullari. Kiyim detallarini ip bilan biriktirish
usuli. Qaviqlar, bahya va bahyaqatorlar to’g’risida umumiy ma’lumot, qaviq turlari
va ularni hosil qilish usullari. Bahyaqator turlari, ularni bajarish texnik shartlari va
qo’llash jarayoni. Ipli birikmalar klassifikatsiyasi.
Kiyim detallarini yelimlab biriktirish. Yelimlab biriktirish jarayonining
mohiyati, yelimlab biriktirishni afzalligi va kamchiligi. Turli yelimlarning tasnifi.
Yelim material turlari va ularni qo’llash jarayoni. Yelim bilan biriktirish usulini ip
bilan biriktirish usuli bilan taqqoslash va uning samaradorligi.
Tikuv buyum detallarini payvandlash. Termoplastik materiallarni
payvandlash jarayoni va uning mohiyati. Termoplastik materiallarni payvandlash
usullari va ularni qo’llash jarayoni, qo’llaniladigan asbob-uskunalar. Detallarni
payvandlash usulini ip bilan biriktirish usuli bilan taqqoslash.
Tikuv buyumlariga namlab-isitib ishlov berish. Namlab isitib ishlov (NII)
berishni vazifasi va mohiyati. NII berish jarayoniga ta’sir etuvchi omillar va ularni
o’zaro bog’liqligi. NII berishning parametrlari. NII berishning operasiyalari,
ularning mohiyati va qo’llash jarayoni. NII berish asbob-uskunalari.
Ustki kiyim detallari va uzellariga ishlov berish usullari. Detallarga
dastlabki ishlov berish operatsiyalari. Mayda detallarga ishlov berish. Detal
qirqimlariga ishlov berish usullari va qo’llaniladigan asbob-uskunalar. Asosiy
detallarga qotirma yopishtirish. Vitochka, kesim, koketkalarga ishlov berish.
Detallarga dastlabki ishlov berishni takomillashtirish yo’llari.
Cho’ntak tikish. Ustki kiyimning asosiy cho’ntak turlari.
Qirqma cho’ntaklarga ishlov berish texnologiyasi. Qopqoqli qirqma
cho’ntaklarga ishlov berish texnologiyasi. Ramkali qirqma cho’ntaklarga ishlov
berish texnologiyasi. Listochkali yon qirqma cho’ntaklarga ishlov berish
texnologiyasi. Listochkali ko’krak cho’ntagiga ishlov berish texnologiyasi.
Chok davomida joylashgan cho’ntaklarga ishlov berish. Chok davomida
joylashgan listochkali va listochkasiz cho’ntaklar. Murakkab chok davomida
5
joylashgan cho’ntaklarga ishlov berish.
Qoplama cho’ntaklarga ishlov berish texnologiyasi. Qoplama cho’ntak
yuqori qirqimlariga ishlov berish. Qoplama cho’ntaklarni asosiy detalga biriktirish
usullari.
Ichki cho’ntaklarga ishlov berish texnologiyasi. Listochkali ichki
cho’ntaklarga ishlov berish texnologiyasi. Mag’izli ichki cho’ntaklarga ishlov
berish texnologiyasi. Adip tilida joylashgan ichki cho’ntakka ishlov berish.
Shim cho’ntaklariga ishlov berish texnologiyasi. Shim old bo’lagida
joylashgan cho’ntaklarga ishlov berish texnologiyasi. Shim ort bo’lagida
joylashgan cho’ntaklarga ishlov berish.
Ustki kiyim cho’ntaklariga ishlov berish usullarini takomillashtirish yo’llari.
Bortga ishlov berish bosqichlari. Bort qotirmasiga ishlov berish va old
bo’lakka ulash usullari. Bortlarni yig’ish. Yashirin taqilmali bortga ishlov berish
usullari. Bortga ishlov berish usullarini takomillashtirish.
Yoqalar konstruksiyasini tasnifi. Paltobop yoqalarga ishlov berish va yoqani
yoqa o’miziga o’tqazish usullari. Erkaklar pidjagida yoqaga ishlov berish va
yoqani yoqa o’miziga o’tqazish usullari. Yoqalarga ishlov berish usullarini
takomillashtirish.
Yenglarning konstruksiyasi tasnifi. Ikki chokli yengga ishlov berish
texnologiyasi. Yeng uchiga kesim va manjet bilan ishlov berish usullari. Yenglarni
yeng o’miziga o’tqazish. Yengga ishlov berishning takomillashtirish yo’llari.
Astarning vazifasi. Astarga ishlov berish usullari. Yelka tagliklarni
tayyorlash. Astarni avraga biriktirish usullari. Isituvchi qatlamli astarga ishlov
berish va avra bilan biriktirish.
Shimga ishlov berish bosqichlari. Shim detallariga dastlabki ishlov berish.
Shim taqilmasiga ishlov berish usullari va ularni takomillashtirish yo’llari. Shim
yuqori qirqimiga ishlov berish usullari. Manjetli va manjetsiz shim pochasiga
ishlov berish usullari. Shim uzellariga ishlov berish zamonaviy texnologiyasi va
asbob-uskunalari.
Yubkaga ishlov berish bosqichlari. Yubka taqilmasiga ishlov berish usullari.
Belbog’li va belbog’siz yubka yuqori qirqimiga ishlov berish. Yubka etagiga
ishlov berish usullari. Yubka uzellariga ishlov berishni takomillashtirish yo’llari.
Erkaklar va ayollar ko’ylagida qo’llaniladigan cho’ntak turlari va ularga
ishlov berish usullari. Taqilma turlari va ularni qo’llash jarayoni. Yoqa turlari va
ularga ishlov berish usullari. Yoqasiz ko’ylaklarda yoqa o’miziga ishlov berish
usullari. Ko’ylakda qo’llaniladigan yeng turlari va ularga ishlov berish usullari.
Ko’ylak uzellariga ishlov berishni takomillashtirish yo’llari.
Trikotaj polotnosidan tikiladigan kiyim detallari va uzellariga ishlov berish
usullari. Trikotaj polotnosidan tikilgan kiyim detallarini biriktirishda
qo’llaniladigan asbob-uskunalar. Cho’ntak turlari va ularga ishlov berish. Yoqa
turlari va ularga ishlov berish. Yeng turlari va ularga ishlov berish usullari.
6
TEXNOLOGIK JARAYONLARINI LOYIHALASH fani bo’yicha:
Asosiy va yordamchi ishlab chiqarish sexlarini vazifalari.
Quvvati, ixtisoslanishi, kooperasiyalashtirish va ishlab chiqarish jarayoni
sxemasi bo’yicha korxonalarning klassifikasiyasi.
Tikuv buyumlarni yakka, seriyali, ommaviy ishlab chiqarish turlari.
Ularning afzalligi va kamchiligi.
Tikuv buyumlarini ishlab chiqarish texnologik tartibi asosida detallarni
o’zaro bog’lanish matrisasi va texnologik jarayon grafini tuzish.
Tikuv buyumlarni ishlab chiqarish jarayonlari, ularni tuzish asosiy
prinsiplari va klassifikasiyasi.
Tasmali va aylanma trayektoriyali qurilmalar. Ochiq egri chiziqli oqimlar.
Moslanuvchan tashkiliy-texnologik tizimlar. Erkin va qat’iy ma’romli
oqimlar.
Texnologik jarayonlarni loyihalshga qo’yiladigan umumiy talablar. Tikuv
buyumlarni ishlab chiqaradigan texnologik jarayonni loyihalash bosqichlari.
Ishlab chiqarish oqimida modellarni ishlab chiqarishga qo’yiladigan talablar.
Buyum modeliga moslab gazlamani tanlash. Asbob-uskuna va tikish usullarini
tanlash.
Oqimni quvvati, ishchilar soni, ma’romi, oqim uzunligi va sex planini
hisoblash.
Ishlab chiqarish oqimini asosiy va qo’shimcha hisob shartlarini aniqlash.
Buyum tikish texnologik tartibini tashkiliy operatsiyalarga ajratish. Bir
modelli oqimlar uchun texnologik sxema jadvalini tuzish. Ko’p modelli oqimlar
uchun tashkiliy-texnologik sxemani tuzish. Ishlab chiqarish normasi va ish haqini
aniqlash.
Moslik koeffisiyentini hisoblash va tahlil qilish. Tartib va moslik grafiklarini
tuzish va tahlil qilish.
Mehnat predmetlarini uzatish uchun transport vositalarini tanlash.
Uzatmasiz transport vositalar. Osma konveyerlar, aravachalar turi va ularni
qo’llash. Assortiment turiga qarab transport vositalarini tanlash.
Ishchi kuchi to’plama jadvalini va asbob-uskuna to’plama jadvallarini tuzish.
Texnika-iqtisodiy ko’rsatkichlarni tahlil qilish.
Oqim turiga qarab ish o’rinlarini joylashtirish.
Sex planini tuzishda qo’yiladigan talablar. Asosiy va qo’shimcha o’tish
yo’llarini belgilash.
Qo’shimcha assortiment tanlash va asosiy parametrlarini hisoblash.
Texnologik jarayonlarni loyihalashning avtomatlashtirilgan tizimi.
Tajriba sexi vazifasi. Tajriba sexini loyihalash. Yangi modellarni ishlab
chiqarishga konstruktiv va texnologik tayyorlash. Andazalarni joylashtirish.
Modellarni konstruktiv va texnologik tayyorlashni avtomatlashtirish. Norma va
hisob seriyasini aniqlash. Bichiq kartasini tuzish.
Tayyorlov sexlarida ishlab chiqarishni tashkil qilish. Tayyorlov sex
vazifalari. Tayyorlov sexini loyihalash bosqichlari. Gazlamalar sifatini va
o’lchamlarini aniqlash. Gazlamalarni saqlash usullari. Gazlamalarni qoldiqsiz
7
hisoblash. Konfeksion kartasini tuzish. Gazlamalarni to’shamalarga mo’ljallab
xillash va bichuv sexiga uzatish.
Bichuv sexini vazifasi. Gazlamani
to’shash usullari va uskunalari.
Gazlamalarni bichish texnologiyasi va uskunalari. Detallarni komplektlash,
nomerlash, marshrut varaqasini to’ldirish. Bichuv sexining yakunlovchi ishlari.
Magistraturaga kirishda o’tkaziladigan sinov fanlari bo’yicha kiruvchilar
bilimini baholash
MEZONLARI
О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida” gi qonuni va boshqa
meyoriy huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish, yuqori
malakali yetuk mutaxassislarga bо‘lgan ehtiyojni qondirish maqsadida,
magistraturaga qabul О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2021/2022 о‘quv
yilida О‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga о‘qishga qabul
qilishning davlat buyurtmasi parametrlari tо‘g‘risida” 2021 yil 22 iyundagi PQ5157-son qarori asosida amalga oshiriladi.
«Maxsus fanlar»dan magistraturaga kirish sinovlarini baholash quyidagi
tartibda amalga oshiriladi:
1. Kirish sinovlari Oliy ta’lim muassasasi rektori tomonidan tasdiqlangan maxsus
komissiya a’zolari ishtirokida o’tkaziladi.
2. Kirish sinovlari uchun 2 soat vaqt ajratiladi va belgilangan vaqtda tegishli
xonalarda o’tqaziladi.
3. Magistratura mutaxassisliklarining kirish sinovlari tarkibiga kiritilgan
mutaxassislik fani uchun 100 ball ajratilgan.
4. Magistraturaga kiruvchilar bilimi 0 balldan 100 ballgacha bo’lgan ballar
oralig’ida baholanadi.
5. Sinov maxsus test ravishda kiruvchining tanlangan mutaxassisligi bo’yicha
nazariy bilimi aniqlanadi.
6. Variantlardagi test savollar mutaxassislik fanlari bo’yicha O’zbekiston
Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tegishli bakalavriat
yo’nalishi uchun tasdiqlangan dastur asosida tuziladi.
7. Javoblar quyidagi tartibda baholanadi:
har bir test varianti jami 50 ta savollardan tashkil topib, har bir to’g’ri javob
2,0 ball bilan baholanadi.
Qo’yilgan ballardan norozi bo’lgan bakalavr sinov natijalari e’lon qilingan
vaqtdan boshlab 24 soat davomida qabul komissiyasining raisiga yoki apellyasiya
(adolat) komisssiyasi raisi nomiga ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
Apellyasiya haqidagi arizani ko’rib chiqish muddati ikki kundan oshmasligi kerak.
8
ADABIYOTLAR RO’YXATI
1. Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан
бирга қурамиз. Тошкент, “Ўзбекистон”, 2017 йил, 488 бет.
2. Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини
биргаликда барпо этамиз. Тошкент, “Ўзбекистон”, 2016 йил,
56 бет.
3. Мирзиёев Ш.М. Қонун устуворлиги ва инсон манфаатларини таъминлаш
- юрт тараққиёти ва халқ фаравонлигининг гарови. Тошкент, “Ўзбекистон”,
2017 йил, 48 бет.
4. 2017-2021 йилларда Ўзбекистон Республикасини ривожлантиришнинг
бешта устувор йўналиши бўйича Ҳаракатлар стратегияси. Ўзбекистон
Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги ПФ-4947 сонли
Фармони.
5. "Кадрлар тайёрлаш миллий дастури", Шарк, Тошкент, 1997. 280 б.
6.
Garment Manufacturing Technology. Edited by Rajkishore Nayak and
Rajiv Padhye. 2015 Elsevier Ltd.
7.
Technology of Clothing Manufacture. Four Edition. Revised by David
J.Tyler. Blackwell Publishing. 2008.
8.
Кокеткин П.П., Одежда: Технология-техника, процессы-качество,
Справочник.-М:. Изд. МГУДТ, 2001г.-560с.
9.
Першина Л.Ф., Петрова С,В. Технология швейного производства.
Учебник.-М.:Легпромиздат,1991г.-416с.
10.
M.K.Rasulova “Tikuv buyumlari texnologiyasi” Darslik, Adabiyot
uchqunlari 2018-228b.
11. M.K.Rasulova, B.G.Isroilova, M.A.Asadullayeva. Kiyim ishlab chiqarish
texnologiyasi, O’quv qo’llanma. Т.: TTYESI, 2014.-366 b.
12. Kamilova X.X. Xamrayeva N.K. «Tikuv buyumlarini konstruksiyalash».
Darslik. – T.: «Cho’lpon », 2011 y. – 400 b.
13. Х.Х.Комилова, Н.К.Хамраева. Тикув буюмларини конструкциялаш.
Дарслик. – “Молия”, 2003 й. – 350 б.
14. Янчевская Е.А. Аёллар уст кийимини конструкциялаш. Т.: «Ўқитувчи»
1998 йил. – 320 б.
15. Коблякова Е.Б. Конструирование одежды с элементами САПР.
Учебник.- М., «Легпромбытиздат», 1988 г. – 464 с.
16. Мартынова А.И., Андреева Е.Г., «Конструктивное моделирование
одежды» . М., 2002 – 310 с.
17. Коблякова Е.Б. Лабораторный практикум по конструированию одежды
с элементами САПР. – Москва, “Легпромбытиздат”, 1992 г. – 320 с.
18. Kim Kyong. Pattern Making For Women’s Clothes. “Anjungki, Korea
publication”. 2016y. P-367.
9
19. Sh.G.Madjidova, M.K.Rasulova. Texnologik jarayonlarni loyihalash. Darslik.
TTYESI, 2011.-177b.
20. Самарходжаев Х.Х. Тикув корхоналари ускуналари, Ўқув қўлланма.-Т.:
«Ўзбекистон»,2001 й.-127бет.
21. Голубкова В.Т., Филимоненкова Р.Н. и др. Подготовительно-раскройное
производство., Учебное пособие.-Минск.:Высшейшая школа, 2002г.-206с.
22. Internet ma’lumotlari
10
Download