Uploaded by Ilhom Uzb (I.R)

BUXGALTERIYA HISOBINING

advertisement
1) BUXGALTERIYA HISOBINING MAQSADI VA VAZIFALARI
O‘zbekiston Respublikasida davlat mustaqilligi qo‘lga kiritilgandan buyon buxgalteriya
hisobi tizimini bozor iqtisodiyoti va moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari
talablariga muvofiqlashtirish maqsadida bosqichma-bosqich isloh qilinmoqda.
Buxgalteriya hisobini isloh qilish bozor iqtisodiyoti tizimi tamoyillari bo‘yicha
o‘tkaziladigan iqtisodiy islohotlarning asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Bozor
iqtisodi sharoitida buxgalteriya hisobi faqat hisob-kitob va statistik vazifalarni bajaribgina
qolmay manfaatdor tomonlar obyektiv va asoslangan qaror qabul qila olishi uchun
xo‘jalikni boshqaruvchi subyektning faoliyati haqida axborot oluvchi, ularni qayta ishlab
beruvchi sohaga aylanadi.
Buxgalteriya hisobi tizimini huquqiy boshqarish – muomalada qatnashuvchilarning
buxgalteriya hisobi sohasida qonunchilik me’yorlarida ko‘zda tutilgan huquq va
majburiyatlari bo‘lib talab majburiyat, ruxsat etilgan huquq tarzidagi boshqaruv
formasidir. Buxgalteriya hisobi tizimidagi huquqiy boshqarish tarkibiga huquq me’yorlari,
huquqiy munosabatlar, yuridik
javobgarlik kabi qator elementlar kiradi. O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobi ti
zimlari uchun «Buxgalteriya hisobi haqida»gi qonun asosiy huquqiy baza hisoblanadi. Qo
nunda buxgalteriya xizmati mutaxassislari soha bo‘yicha korxonalar rahbarlarining huquq
va majburiyatlari buxgalteriya hisobi tizimining asosiy maqsadlari, vazifalari va tamoyilla
ri, buxgalteriya faoliyatini tashkil qilish, asosiy yo‘nalishlari va hisobot tayyorlash kabilar
belgilab qo‘yilgan. Mavjud xalqaro amaliyot buxgalteriya hisobini to‘rt darajali me’yoriy b
oshqarish tizimini ko‘zda tutadi. Birinchi daraja – qonunchilik aktlari, masalan «Buxgalteri
ya
hisobi haqida»gi qonun. Ikkinchi daraja – asosiy qoidalar yig‘indisi, ya’ni buxgalteriya sta
ndartlari. Bu darajada buxgalteriya hisobi bilan bog‘liq
shaxslar bir xilda faoliyat yuritishlari uchun asosiy buxgalteriya tushunchalari va tamoyill
ari (qoidalari) belgilanadi. Dunyo amalliyotida hozircha 30 dan ortiq standartlar belgilang
an. Uchinchi daraja – mamlakat bo‘yicha turli muassasalardagi har xil tarmoqlarda buxga
lteriya hisobini yuritish borasida ishlab chiqilgan turlicha uslubiy ko‘rsatma va tavsiyanom
alar. To‘rtinchi daraja – hisob ishlarini olib boradigan korxonalarda nashr etiladigan ichki
ish hujjatlari va qo‘llaniladigan hujjatlarni yuritish. Birinchi darajaga Respublikamizda 199
6-yil 30yanvarda qabul qilingan «Buxgalteriya hisobi haqida»gi qonun mansub bo‘lishi mumkin.
Ikkinchi darajaga hozircha ishlab chiqilayotgan buxgalteriya standartlarini kiritishimiz
mumkin. Hozirgi paytda buxgalteriya
hisobi milliy standarti (BHMS) tasdiqlangan. Uchinchi darajaga O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi va tarmoqning o‘ziga xos xususiyatlariga muvofiq hisob standartlarini ani
qlashtiruvchi boshqa idoralarining uslubiy tavsiyalari (ko‘rsatmalari) instruktsiyalar sharhl
arini kiritsa bo‘ladi. To‘rtinchi daraja har bitta korxonada mavjud. Korxonaning
o‘z ishchi hujjatlari buxgalteriya hisobini tashkil qilish xususiyatlarini va uni yuritishni belg
ilaydi. Buxgalteriya hisobi yig‘im (tushum) tizimini tartibga solish mumkin; ro‘yxatdan o‘t
kazish va pul shaklidagi ma’lumotlarni
umumlashtirish xo‘jaliklar operatsiyalarida tashkilotlarning majburiyatlarini va ularning ya
xlit, uzluksiz, hujjatli hisob olib borishlarini aks ettiradi.
Hozirgi zamon iqtisodiy sharoitida buxgalteriya hisobining roli o‘zgardi. Agar avvallari his
obning maqsadi nazorat qilish vazifasidan iborat bo‘lgan bo‘lsa, endilikda xalqaro milliy st
andartlarga ko‘ra, buxgalteriya hisobi va uning asosida tuzilgan moliyaviy hisobotning m
aqsadi undan foydalanuvchilarga to‘liq va ishonchli ma’lumot taqdim etishdir. Buxgalteriy
a ma’lumotlaridan foydalanuvchilarni uchta guruhga bo‘lish mumkin.
1. Tashkilot ma’muriyati – direktorlar kengashi, yuqori boshqarmalar xodimlari, menejerl
ar, bo‘linmalarning rahbarlari va mutaxassislari.
2. To‘g‘ridan to‘g‘ri moliyaviy qiziqish bilan ma’lumotlardan egri foydalanuvchilar, bugung
i va potensial investorlar, banklar, asosiy mablag‘ va ishlab chiqarish zaxiralari bilan ta’mi
nlovchilar, boshqa kreditorlar.
3. Ma’lumotlardan qisman moliyaviy qiziqish tufayli egri foydalanuvchilar: soliq idoralari
moliya muassasalari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining nazorat taftish boshqa
rmasi, auditorlik firmalari, Davlat Statistika qo‘mitasi, mahalliy hokimiyat idoralari va bos
hqa foydalanuvchilar.
BUXGALTERIYA HISOBINING ASOSIY VAZIFALARI
Buxgalteriya hisobi quyidagi asosiy vazifalardan iborat:
- buxgalteriya hisobi schyotlarida aktivlarning ahvoli va harakati, mulkiy huquq va
majburiyatlarning ahvoli haqida to‘liq va ishonchli ma’lumotlarni
tuzish;
- samarali boshqarish maqsadida buxgalteriya hisobidagi ma’lumotlarni umumlashtirish;
- moliyaviy, soliq va boshqa hisoblarni tuzish.
Hozirgi zamon hisob adabiyotlarida buxgalteriya hisobining vazifasi quyidagicha bo‘linadi:
- rejali;
- nazoratli;
- ma’lumotli;
- tahliliy (baho);
- hisobli.
O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan, xususiy shakldan qat’i nazar, yuridik
shaxslar, davlat tashkilotlari va boshqarmalari, ularning Respublikamizda va undan
tashqarida joylashgan tarmoq korxonalari, filiallari va boshqa shu’ba bo‘linmalari
buxgalteriya hisobining subyektlari bo‘la oladi. Buxgalteriya hisobining obyektlari asosiy
va joriy aktiv, majburiyat, xususiy kapital, zaxiralar, daromad va xarajat (chiqim)lar,
foydalar, ularning harakatlari bilan bog‘liq xo‘jalik operatsiyalari bo‘ladi.
Hisob siyosati deganda xo‘jalik subyektlari rahbarlarining buxgalteriya hisobini yuritish va
moliyaviy hisobotlarni tuzish uchun qo‘llagan usullarning yig‘indisi tushuniladi.
Tashkilotning hisob siyosati buxgalteriya hisobining quyidagi asosiy tamoyillariga mos
kelishi lozim:
- uzluksiz;
- xo‘jalik operatsiyalari, aktiv va passivlarning pullik bahosi;
- ishonchlilik;
- qo‘shib yozish usullari;
- ko‘rsatkichlarni solishtirish (taqqoslash);
-moliyaviy hisobotning xolisligi;
-hisobot davri tushum va chiqimlarining mos kelishi;
- mulkiy ajratilganlik;
- aktiv va majburiyatlarning aniq bahosi;
- formadan mazmunning ustunligi;
- ratsionallik (muvofiqlik);
-qarama-qarshilikning yo‘qligi;
- aniqlik;
- ma’nodorlik;
- jiddiylik;
- haqqoniylik va moliyaviy hisobotni xolis (beg‘araz) ko‘rsatish;
- tugallanganlik;
- izchillik;
- o‘z vaqtida;
- obyektivlik.
BUXGALTERIYA HISOBINING PREDMETI
Buxgalteriya hisobining predmeti umumlashgan holdagi aniq buxgalteriya obyektlaridan
tashkil topgan (yig‘ilgan) tashkilot faoliyatidir. Unga:
- korxonaning mulki (asosiy mablag‘lar va nomoddiy aktivlar, natural va pul ko‘rinishidagi
KTB (kam baholi va tez eskiruvchan buyumlar va pul mablag‘lari);
-bu mulkning paydo bo‘lish omillari;
- korxonaning xo‘jalik operatsiyalarida aks etadigan faoliyatlari jarayoni kiradi.Mulk
deganda moddiy va pul boyliklarining qo‘shilishi shuningdek, boshqa tashkilot va shaxslar bilan yuridik aloqalar tushuniladi (majburiyat).
Xo‘jalik operatsiyalari alohida xo‘jalik harakatlari bilan tasniflanadi va tarkibda o‘zgarish keltirib chiqaradi, mulk va uni paydo qiluvchi omillarning
joylashuvi. Shu bilan birga xo‘jalik operatsiyalari quyidagilarga ta’sir qilishi mumkin:
- faqat tashkilotning mulkiga;
- faqat uning paydo bo‘lish omillariga;
- bir vaqtning o‘zida mulk va uning omiliga.
Hamma mulklar ikki guruhga bo‘linadi:
- aylanmadan tashqari aktivlar;
- aylanmadagi aktivlar.
Korxona mulklarining tasnifi.
Asosiy fondlar quiyidagi xususiyatlar bilan xarakterlanadi:
1-uzoq muddat davomida xizmat qiladi (bir yildan ortiq);
2- bir necha yil davomida asta-sekin ishdan chiqib boradi va o‘zining balans qiymatini
amortizatsiya orqali ishlab chiqariladigan qiymatga o‘tkazadi;
Asosiy fondlardan farqli ravishda aylanma aktivlar doimiy aylanmada bo‘ladilar. Qoida
bo‘yicha ular:
- faqat bir ishlab chiqarish aylanmada xizmat qiladilar;
- o‘zlarining natural formalarini yo‘qotadilar;
- tayyor mahsulotga o‘z qiymatlarini birinchi ishlab chiqarish davridayoq o‘tkazadilar. Biri
nchi bosqichda korxona mulklarining paydo bo‘lish omili Nizom kapitalining (fondining) s
hakllanishi yoki:
-ustav kapitalga muassislik pul badallari;
- korxona tashkil etishda davlat tomonidan qo‘yilgan mablag‘;
- mulklar, qimmatbaho qog‘ozlar, nomoddiy aktivlar kabi ko‘rinishdagi muassislik
badallari ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Keyingi bosqichlarda korxona mulkining mablag‘lari
paydon bo‘lishi quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha kengayishi mumkin:
- turlicha shakllangan fondlar hisobiga (zaxira kapital, qo‘shilgan kapital, korxonaning
rivojlanish fondi) soliqlar to‘langandan keyin korxona ixtiyorida qolgan, hosil bo‘lgan
tushumlar hisobiga;
- zayomlar va kredit pul resurslari hisobiga;
- ustav fondini ko‘paytirish uchun aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishida dividendlar
hisobidan ajratilgan pul;
- maqsadli moliyalashtirish;
- boshqa majburiyatlar.
Shunday qilib, korxona mulkining shakllanish omillari o‘zining xususiy mablag‘lari hamda
kreditorlar tomonidan olingan majburiyatlar bo‘ladi.
Buxgalteriya hisobi uslublari o‘z ichiga qator elementlarini olgan buxgalteriya hisobini
o‘rganish usullaridir. Ular quyidagicha:
1-hujjatlashtirish;
2- inventarizatsiya;
3-baholash;
4- mahsulot, ish, xizmatni hisoblab chiqish (kalkulyatsiya);
5- schyotlar tizimi;
6- ikkiyoqlama yozuv;
7- balans;
8-moliyaviy hisobot;
9-offsetting (moddalarning o‘zaro sinovlari).
Hujjatlashtirish – buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga yuridik kuch beruvchi amalga oshiril
gan xo‘jalik operatsiyalaridir. Dastlabki hujjatlashtirish buxgalteriya hisobini korxonaning
xo‘jalik faoliyatini yaxlit va uzluksiz aks ettirishini ta’minlaydi. Hisobga faqat to‘g‘ri rasmiy
lashtirilgan hujjatlar, aynan texnik standartlarda qo‘llanishi ko‘zda tutilishi belgilab qo‘yilg
an
hamma rekvizitlar qabul qilinadi.
Inventarizatsiya – natura holida mavjud bo‘lgan moddiy boyliklarni, pul mablag‘lari va
moliyaviy majburiyatlarni korxonadagi haqiqiy ahvolini tekshirish imkonini beruvchi
buxgalteriya hisobi elementlaridan biri. Inventarizatsiya buxgalteriya hisobi
ma’lumotlarini tasdiqlash yoki hisobga olinmagan boyliklarni, yo‘l qo‘yilgan yo‘qotishlar,
talon-tarojliklar va kamomadlarni tasdiqlaydi.
Baholash – xo‘jalik tannarxini pul shaklida aniqlash usuli. Kalkulyatsiyalash – yagona
mahsulot ishlab chiqarish uchun ketgan ish va xizmat, mahsulot ishlab chiqarish hamda
sotish uchun sarflangan xarajatlarning jamlanma hisob-kitob obyekti tannarxini hisoblash
usuli.
Schyotlar tizimi – guruhlashtirilgan obyektlarni iqtisodiy belgilari (21-sonli BHMS)
bo‘yicha buxgalteriya hisobiga asoslanadi. Hisobni ikkiyoqlama yozuv bo‘yicha yuritish
(17-sonli BHMS) deganda xo‘jalikni yuritayotgan subyekt buxgalteriya operatsiyalari qayd
qilishini ikkiyoqlama yozuv tizimi asosida olib borish tushuniladi.
Buxgalteriya provodkasi – amalga oshirilgan xo‘jalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobi
bo‘yicha rasmiylashtirish usuli. Buxgalteriya balansi – korxonaning aniq sana bo‘yicha
moliyaviy ahvolini, mablag‘lar paydo bo‘lishi va ularning joylashtirish omillarini
tasniflovchi moliyaviy hisobotning asosiy shakllaridan biri. Offsetting (moddalarning
o‘zaro sinovi) (1-sonli BHMS) –boshqa BHMS larda ko‘zda tutilgan istisno qilgan holda
aktiv va passivlar o‘rtasida o‘zaro sinovning bo‘lmasligi.
Moliyaviy hisobot — buxgalteriya hisobi ma’lumotlar asosida tuziladi. Uning maqsadi xo‘jalik subyektining moliyaviy
ahvolini, faoliyatini va undagi o‘zgarishlarni ko‘rsatishdir.
Ko‘rsatib o‘tilgan buxgalteriya hisobining har bir elementi qonunchilik tartibida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan ko‘rsatmalariga mosdir.
2) O‘zbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalar jalb qilish uchun muayyan sharoit yaratish, jumladan,
vatanimiz iqtisodiy sub’ektlari faoliyatining shaffofligi va aniqligiga erishish zarur. Bu masalani
amalga oshirish moliyaviy hisobotlarning umumqabul qilingan jahon standartlarini – moliyaviy
hisobotning xalqaro standartlarini qo‘llash bilan bog‘liq. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach,
bozor iqtisodiyoti tomon harakatiga tushdi. Bu jarayonda sovetlarning buxgalteriya uslublaridan
voz kechildi va moliyaviy hisobotlar jahonda qabul qilingan tamoyillarga o‘ta boshladi. Jumladan,
qonun bilan quvvatlangan turli milliy buxgalteriya standartlari ishlab chiqildi, buxgalterlar
uyushmalari qoshida xalqaro buxgalteriya amaliyotlarini o‘rgatish va buxgalterlarni sertifikatlash
tizimlari shakllandi
3) O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-apreldan kuchga kirgan yangi tahrirdagi
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonuni zamonaviy boshqaruvning muhim
tarkibiy qismi hisoblangan ishonchli va mukammal iqtisodiy axborot va hisobotlar
bilan ta’minlashning huquqiy asosiga aylandi.
4) Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida iqtisodiyot tarmoqlarini
modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning
iqtisodiyotdagi rolini tubdan oshirish, investitsiya muhitini yanada yaxshilash
yuzasidan amalga oshirilayotgan islohotlar samarasida mamlakatimizda barqaror
o‘sish sur’atlari ta’minlanmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 14-apreldan kuchga kirgan yangi tahrirdagi
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonuni zamonaviy boshqaruvning muhim tarkibiy
qismi hisoblangan ishonchli va mukammal iqtisodiy axborot va hisobotlar bilan
ta’minlashning huquqiy asosiga aylandi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Abdurashid
To‘xtaboyev ushbu qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida O‘zA muxbiriga
quyidagilarni so‘zlab berdi:
– Mamlakatimizda iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish va modernizatsiya qilishga
yo‘naltirilgan strategiya asosida yuqori texnologiyalarga asoslangan korxonalar barpo
etilib, zamonaviy boshqaruv usullari joriy etilmoqda. Davlatimiz rahbari aksiyadorlik
jamiyatlarida moliyaviy boshqaruv va zamonaviy menejmentning yangi mexanizmlarini
joriy etish asosida korporativ boshqaruvni yanada takomillashtirish vazifasini qo‘ydi.
Ushbu vazifalarni amalga oshirish buxgalteriya hisobining mukammal yuritilishiga va
ishonchli moliyaviy hisobotlarga tayanadi.
1996-yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi
to‘g‘risida»gi qonuni o‘z navbatida buxgalteriya hisobini sifatli va ishonchli tashkil etish
bo‘yicha xalqaro talablarga javob berishi bilan bir qatorda, korxonalarning moliyaviy
hisobotlariga bo‘lgan ishonchning ortishiga, bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya
hisobini rivojlantirishga huquqiy asos bo‘lib xizmat qildi.
O‘tgan davrda amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar natijasida barcha sohalar singari
hisob-kitob tizimida ham katta o‘zgarishlar ro‘y berdi, soha bilan bog‘liq qator yangi
qonunchilik hujjatlari qabul qilindi, mavjudlari takomillashtirildi. Bu «Buxgalteriya
hisobi to‘g‘risida»gi qonunni bugungi kun talablariga moslashtirishni taqozo etdi.
Yuqoridagilar va sohada to‘plangan milliy va xorijiy tajriba buxgalteriya hisobini tashkil
qilish, yuritish va hisobotlarni tuzish borasidagi qonunchilikni yanada
mukammallashtirishni ilgari surdi. Shulardan kelib chiqqan holda O‘zbekiston
Respublikasining yangi tahrirdagi “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonuni ishlab
chiqilib, qabul qilindi va Prezidentimiz tomonidan tasdiqlandi.
32 moddadan iborat qonunda buxgalteriya hisobining mazmuni, asosiy maqsadi va
vazifalari iqtisodiyotdagi o‘zgarishlar hamda huquqni qo‘llash amaliyotiga qo‘yilayotgan
yangi talablardan kelib chiqqan holda moliyaviy hisobot tuzishning xalqaro standartlariga
muvofiq belgilandi.
Davlatimiz rahbarining 2015-yil 24-apreldagi “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy
korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida
moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar asosida tuzish va e’lon qilish belgilanganligi
munosabati bilan ham milliy, ham xalqaro standartlarni qamrab oluvchi buxgalteriya
hisobining standartlari qonun darajasida o‘rnatildi.
Avvalgi qonunchilikda buxgalteriya xizmati rahbari faoliyatini tartibga solishga
qaratilgan aniq me’yorlarning mavjud bo‘lmaganligi bois, qonunga buxgalteriya xizmati
rahbari maqomini va unga qo‘yiladigan professional talablarni aniqlovchi yangi
me’yorlar kiritildi. Mazkur qoidalarda majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi lozim
bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning buxgalteriya xizmati rahbariga ma’lumoti va
ish staji, shuningdek, malaka darajasini oshirish bo‘yicha yangi talablar belgilandi.
Qonunga buxgalteriya hisobi subyekti rahbari bilan buxgalteriya hisobi xizmati rahbari
o‘rtasidagi o‘zaro nazoratni ta’minlashga qaratilgan yangi normalar kiritildi. Shu bilan
birga, boshlang‘ich hisob hujjatlari va buxgalteriya hisobi registrlari o‘rtasidagi
bog‘liqlikni belgilash, ichki hujjatlar aylanishini mukammallashtirish, shuningdek,
zamon talablariga mos ravishda sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy
etish maqsadida qator yangi me’yorlar ham joy oldi.
Qonunda xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan buxgalteriya hisobi sohasida ichki
nazoratning tashkil etilishi va amalga oshirilishi lozimligi belgilandi. Mazkur nazorat
xo‘jalik operatsiyalarining to‘g‘ri va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash, aktivlar
butligini saqlash, talon-taroj qilish hollari va xatoliklarni joyida aniqlash hamda ularning
oldini olish bo‘yicha buxgalteriya hisobi subyekti xodimlari o‘rtasida javobgarlik va
vakolatlarni samarali taqsimlash imkoniyatini ta’minlaydi.
Buxgalteriya hisobi subyektlari moliyaviy hisobotni yilning har choragida taqdim etishi
belgilangani holda, kichik korxonalar va mikrofirmalar uchun buxgalteriya balansi
hamda moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotdan iborat faqat yillik moliyaviy hisobot
taqdim etish to‘g‘risidagi yangi norma kiritildi.
Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish
konsepsiyasida belgilangan vazifalarga asosan buxgalterlar o‘z manfaatlari va
huquqlarini himoya qilishga xizmat qiluvchi ixtiyoriylik asosida tashkil etiladigan
nodavlat notijorat tashkiloti bo‘lgan jamoat birlashmalari tuzish huquqiga egaligi
to‘g‘risidagi yangi me’yor bilan to‘ldirildi.
Yuqoridagilar bilan bir qatorda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga qo‘shimcha qulayliklar
yaratish maqsadida tegishli moddalarga o‘ndan ortiq yangi norma kiritilgan.
Aytish joizki, qonunning yangi tahririda buxgalteriya hisobini yuritish va tashkil qilish,
moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va taqdim etish jarayonlarida yuzaga kelayotgan yangi
huquqiy munosabatlar me’yoriy tartibga solindi. Qonunga kiritilgan yangiliklar
zamonaviy korporativ boshqaruvning takomillashuviga, xususan, uning iqtisodiy
dastaklari va mexanizmlari mukammallashuviga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Qonunda belgilangan yangi norma va qoidalar ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda
ularning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan maxsus seminarlarni tashkil etish,
buxgalteriya hisobining barcha subyektlarida tadbirlar rejasi ishlab chiqib, unda
xodimlarni xalqaro standartlar bo‘yicha moliyaviy hisobotni tuzish, boshlang‘ich hisob
hujjatlari va buxgalteriya hisobi registrlariga qo‘yilayotgan qo‘shimcha talablar hamda
ichki nazoratni tashkil qilish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim
bo‘ladi.
Muxtasar aytganda, O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi «Buxgalteriya hisobi
to‘g‘risida»gi qonunida ko‘zda tutilgan yangi me’yor va qoidalarning hayotga joriy
etilishi buxgalteriya hisobi tizimini yanada takomillashtirish, uning ochiqligi, xo‘jalik
operatsiyalarining to‘g‘ri amalga oshirilishi va ish sifatini ta’minlash, aktivlarni to‘liq
5)
saqlash, buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotlarni tuzishdagi xatoliklar va
huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, oldini olish va bartaraf qilishga xizmat qiladi.
O‘zbekiston iqtisodiyotini yanada diversifikatsiya qilish hamda uning
raqobatbordoshligini mustahkamlash yo‘llari va choralari
21/11/2017 - 17:03 26852
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mita va komissiyalarining 2017-yilga
belgilangan ish rejasiga muvofiq Byudjet va iqtisodiy islohiotlar masalalari qo‘mitasi
tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va
raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining majlislar zalida 2017-yilning 27-oktyabr kuni
“O‘zbekiston
iqtisodiyotini
yanada
diversifikatsiya
qilish
hamda
uning
raqobatbardoshligini mustahkamlash yo‘llari va choralari” mavzusida o‘tkazilgan davra
suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Yuqori texnologik tarmoqlar
sanoatini rivojlantirish dasturlari bosh boshqarmasi boshlig‘i O.Sharipovning ma'ruzasi.
Davlatimiz rahbari tomonidan tanlab olingan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi
dasturida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash,
ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib
borish hamda yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xom
ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor
mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirish belgilab olingan.
Yurtimizning mustaqillik yillaridagi taraqqiyoti davrida to‘plagan tajribasi shuni
ko‘rsatmoqdaki, har qanday davlatda iqtisodiyotning asosi hisoblangan sanoat sohasi faol
integratsiya asosida rivojlanishi lozim.
Iqtisodiyotimizda amalga oshirilgan ijobiy o‘zgarishlar natijasida uning tuzilmasini sezilarli
darajada diversifikatsiya qilishga erishildi. Neft-gaz, kimyo mashinasozligi,
avtomobilsozlik, zamonaviy qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, qurilish materiallari sanoati,
temir yo‘l mashinasozligi, maishiy elektronika asboblari ishlab chiqarish, farmatsevtika,
oziq-ovqat, to‘qimachilik, charm-poyabzali sanoati hamda boshqa bir qator mutlaqo yangi
tarmoqlarning yo‘lga qo‘yilishi bunga zamin yaratdi.
Buning natijasida esa, mustaqillik yillarda sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish 4,6
barobarga oshdi, so‘nggi 10 yilda esa sanoat tarmog‘ining o‘rtacha yillik o‘sish sur'ati,
umumiy yalpi ichki mahsulot o‘sish sur'ati ko‘rsatkichidan yuqori bo‘lgan holda, 8,9 foizni
tashkil etdi.
Ma'lumot o‘rnida: 90-yillarida mamlakat yalpi ichki mahsulotining qariyb 33 foizi qishloq
xo‘jaligi ulushiga to‘g‘ri kelgan va o‘z navbatida sanoat mahsulotlari esa 14
foizdan oshmagan. Shuningdek, sanoat mahsulotlarining asosini paxta tozalash va
qishloq xo‘jaligi mashinasozlik mahsulotlarini ishlab chiqarish tashkil etgan.
Bugungi kunda esa, amalga oshirilgan islohatlar natijasida yalpi ichki mahsulot
tarkibida sanoatning ulushi 32,9 foizga yetdi, o‘z navbatida qishloq ho‘jaligi sohasi yuqori
sur'atlarda o‘sishiga qaramasdan yalpi ichki mahsulotdagi ulushi esa 17,6 foizni tashkil
etdi va hizmat ko‘rsatish sohasinng ulushi 49,5 foizga yetgan.
Asosiy vazifa esa, davlatimiz rahbari ta'kidlaganlaridek, iqtisodiyotda tub tarkibiy
o‘zgarishlarni amalga oshirish hisobidan sanoatni jadal rivojlantirish va yalpi ichki
mahsulotda uning ulushini 2030-yilda 40 foizga yetkazish, energiyani tejamkor zamonaviy
texnologiyalarni keng joriy etish evaziga yalpi ichki mahsulot uchun sarflanadigan
energiya hajmini taxminan 2 barobar qisqartirishga erishishdir.
Buning uchun sanoat sohasini modernizatsiya qilish va tarkibiy o‘zgartirishlar orqali
rivojlantirishni ta'minlovchi quyidagi dasturlar ijrosi amalga oshirilishi zarur.
Jumladan 2017-2020-yillarda mineral xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlashga
asoslangan 11 ta tarmoq dasturlari ishlab chiqilgan bo‘lib, dastur doirasida 42
mlrd.dollar qiymatidagi 800 ta investitsiya loyihalari amalga oshirilishi belgilangan.
Shu o‘rinda, tayyor mahsulotni ishlab chiqarishda mahalliylashtirish iqtisodiyotni yanada
barqaror va izchil rivojlanishida, uning tashqi omillarga tobeligini pasaytirishda, ishlab
chiqirish jarayonlariga yangi samarali texnologiyalarning tatbiq etilishini jadallashtirishda
muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidlash joiz.
Aynan shuning uchun ham O‘zbekistonda mahalliylashtirish sanoatni rivojlantirishning
asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu mahalliy xom ashyo va ishlab chiqarish
zaxilaridan keng foydalanish, shu asnoda import o‘rnini bosuvchi, zamonaviy va
raqobatbardosh mahsulot chiqarishni ta'minlaydi.
Mahalliylashtirish dasturi doirasida 2010-2016-yillarda 1 948 ta loyihalar amalga oshirildi
va buning natijasida ushbu yillar davomida umumiy import o‘rnini bosish samaradorligi
7,6 mlrd. dollarini tashkil etdi.
Ma'lumot o‘rnida: O‘z navbatida, so‘nggi uch yil ichida ishlab chiqarishni
mahalliylashtirish hisobiga 106 ta guruh tovarlarning importi butunlay to‘xtatilgan,
shuningdek, 356 turdagi mahsulotni chetdan keltirish ikki barobardan ziyodga kamaygan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-sentabrdagi PF-5177sonli “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar
to‘g‘risida” Farmoning qabul qilinishi tashqi savdo faoliyati sohasini takomillashtirish,
mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, eksport salohiyatini oshirish,
zamonaviy, eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishlarni hamda kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik sub'yektlarini barqaror rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Shu bilan birga, yuqori texnologiyali yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish,
hududlarni raqobatdosh va eksportga yo‘naltirilgan zamonaviy sanoat mahsulotlari ishlab
chiqarishni o‘zlashtirishga yanada faol jalb qilish, ishlab chiqarish, muhandislikkommunikatsiya, yo‘l-transport, ijtimoiy infratuzilma va logistika xizmatlarini jadal
rivojlantirishni ta'minlash uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishni
kengaytirish maqsadida respublikada 14 ta erkin iqtisodiy zonalar va 96 ta kichik sanoat
zonalari tashkil etilgan.
Ma'lumot o‘rnida: Bugungi kunda erkin iqtisodiy zonalarning 3 tasida umumiy
qiymati 486 mln.dollarlik 62 ta loyihalar amalga oshirilgan, 4,6 mingdan ortiq yangi ish
o‘rinlari yaratilgan.
Shu bilan birga, tashkil etilgan kichik sanoat zonalarida 731,6 mlrd.so‘mlik 1 201
investitsiya loyihalri amalga oshirilgan, 11 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilgan.
Bugungi kunda, respublikamizda mavjud tabiiy xom ashyo resurslaridan maksimal
darajada foydalanish orqali kelgusida iqtisodiyot va sanoat tarmog‘ini diversifikatsiya va
isloh qilish borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirish zarur:
Birinchidan - O‘zbekiston iqtisodiyotini yanada diversifikatsiya qilish hamda uning
raqobatbardoshligini mustahkamlash;
Ikkinchidan - sanoatda sohasida yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng
avvalo, mahalliy xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shilgan
qiymatga ega tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan yangi
bosqichga o‘tish;
Uchinchidan - ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni va import o‘rnini bosishni
rag‘batlantirish siyosatini davob ettirish, avvalam bor iste'mol tovarlari va butlovchi
qismlar, tarmoqlararo sanoat kooperatsiya aloqalarini kengaytirish;
To‘rtinchidan - tashqi bozorlarda xaridorgir, yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan
zamonaviy tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish va yangi bosqichga ko‘tarish
evaziga tayyor mahsulotlar eksportini yuqori o‘sish sur'atlariga erishish;
Beshinchidan - sanoatda energiya va xom ashyo sarfini qisqartirish, mahsulot ishlab
chiqarishda energiya tejamkor texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanuvchan
energiya manbaalaridan foydalanishni kengaytirish va sanoat tarmoqlarida mehnat
unimdorligini oshirish;
Ma'lumot o‘rnida: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 22-dekabrdagi PQ2692-sonli qaroriga asosan 2017-yilda sanoatning tarmoq korxonalarida ishlab chiqarish
tannarxini 8%ga pasaytirish va 2 350 ta 200,1 mln.dollar qiymatidagi jismoniy va ma'nan
eskirgan asbob-uskunalarni almashtirilishi belgilangan.
Oltinchidan - yangi erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar, kichik sanoat zonalarini tashkil
etish va samaradorligini oshirish ushbu maqsadda qilinayotgan asosiy yo‘nalishlar
hisoblanadi.
Ma'lumot o‘rnida: Erkin iqtisodiy zonalarda qo‘shimcha ravishda 1 mlrd.dollarlik 134 ta
loyihalar amalga oshirilmoqda va unda 12,3 mingta yangi ish o‘rinlari tashkil etilishi
rejalashtirilgan.
Kichik sanoat zonalari sonini 116 taga yetkazish va qo‘shimcha 1,2 trln.so‘mlik 248 ta
loyihalar ishga tushirilishi va 11,5 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan.
Shuni to‘la ishonch bilan aytish mumkinki, iqtisodiyotimizda, avvalambor, sanoat
sohasida tub tarkibiy o‘zgarishlar, ya'ni ishlab chiqarishni texnik va texnologik jihatdan
uzluksiz yangilab borish, doimiy ravishda ichki imkoniyat va zaxiralarni izlab topish,
iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, sanoatni modernizatsiya va
diversifikatsiya qilishni izchil davom ettirish natijasida keyingi yillarga mo‘ljallangan
iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlarini so‘zsiz ta'minlash imkoniyatiga
egamiz.
6) Axborot Ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun korxona haqida to'liq va ishonchIi axborot bilan
ta'minlashni bildiradi. Bu funksiya qo'yilgan maqsadlarni amalga oshirish uchun korxona 6
rahbari, tashqi investorlar va foydalanuvchilarga asosan moliyaviy axborotga asoslanadigan
sarnara1i axborot tizimi zarurligi natijasida kelib chiqadi.
7)
Download