5 – LABORATORIYA ISHI Maxsus dasturiy vositalardan foydalanish Matlab-Simulink dasturiy paketi vositasida asinxron elektr motorini modellash 5.1. Ishni bajarishdan maqsad Matlab dasturi yordamida motor va generator rejimlarida ishlaydigan asinxron elektr motorini modellashni o’rganish. 1. Matlab-Simulink dasturi yordamida modelashtirishni metodikasi bilan tanishish. 2. Modelni kiritish rejimini o’rganish. 3. Asinxron motorni to’g’ridan to’g’ri ishga tushirish va keyin unga yuklama berishni taqikotlash. 4. Matlab dasturini boshqa imkoniyatlarini mustaqil o’rganish. 5.2. Ishga oid nazariy tushunchalar Simulink — dinamik sistemalarni modellashtirish, imitatsiya va tahlil qilish uchun interaktiv vositadir. U grafik blok-diagrammalarni qurish dinamik tizimlarni imitatsiya qilish, tizimlarning ishlashini tekshirish va loyihalarni mukammallashtirish imkoniyatlarini beradi. Simulink MATLAB bilan to’la integrallashgan. Asinxron motor (Asynchronous Machine) Piktogrammasi: 5.1-rasm. Motorning almashtirish sxemasi Vazifasi: Motor va generator rejimlarida ishlaydigan asinxron elektr motorini modellaydi. Motorning ishlash rejimi elektromagnit momentning ishorasiga asosan aniqlanadi. Modelning A, B va S portlari mashina stator cho’lg’amining chiqishlari, a, b va s portlari esa rotor cho’lg’amining chiqishlari bo’lib hisoblanadi. Modelning Tm porti harakatlanishga qarshilik momentini boshqarish uchun xizmat qiladi. Modelning m chiqish portida 21 elementdan iborat vektor signal shakllanadi. Ular quyidagilar: harakatlanmaydigan va aylanuvchi koordinatalar sistemalarida rotor va statorning toklari, magnit oqimlari va kuchlanishlari, elektromagnit moment, valning aylanish tezligi va uning burchak xolati. Vektordan o’zgaruvchilarni ajratib olishni qulaylashtirish uchun SimPowerSystems kutubxonasida MachinesMeasurement Demux bloki mavjud. Asinxron motorning modeli elektr va mexanik qismlardan iborat. Elektr qismi to’rtinchi tartibli va mexanik qismi ikkinchi tartibli xolatlar fazosining modelidan iborat. Hamma elektr o’zgaruvchilar va motorning parametrlari motorning stator tomoniga keltirilgan. Motor elektr qismining boshlang’ich tenglamalari ikki fazali (dq-o’qlar) koordinatalar sistemasi uchun yozilgan. Motorning almashtirish sxemasi 5.1-rasmda keltirilgan. 5.2-rasm. Asinxron motorning almashtirish sxemasi Asinxron motori modelining Simulink prototipi bilan :toolbox\powersys\powersys papkasidagi powerlib_models.mdl kutubxonasini ochib tanishish mumkin. Parametrlarini o’rnatish oynasi: 5.3-rasm. Blok parametrlarini sozlash Blokning parametrlari: Rotor type: [Rotorning turi]. Parametrning qiymati quyidagi ro’yxatdan tanlanadi: · Squirrel-Cage –qisqa tutashtirilgan rotor; · Wound – fazali rotor; Reference frame: [Koordinatalar sistemasi]. Parametrning qiymati quyidagi ro’yxatdan tanlanadi: · Rotor – rotorga nisbatan siljimaydigan; · Stationary - statorga nisbatan siljimaydigan; · Synchronous – maydon bilan birga aylanadigan. Nom. power, L-L volt. and frequency[Pn(VA), Un(V), fn(Hz)]: [Nominal quvvat Pn (VA), ta’sir etuvchi liniya kuchlanishi Un (V) va nominal chastota fn (Gs)]. Stator [Rs(Ohm) Lls(H)]: [Statorning qarshiligi Rs (Om) va induktivligi Ls (Gn)]. Rotor [Rr(Ohm) Llr’(H)]: [Rotorning qarshiligi Rs (Om) va induktivligi Ls (Gn)]. Mutual inductance Lm(H): [O’zaro induktivlik (Gn)]. Inertia, friction factor and pairs ofpoles [J(kg*m^2) F(N*m*s) p]: [Inersiya momenti J (kg*m^2), ishqalanish koeffitsienti F(N*m*s) va qutb juftliklari soni p]. Initial conditions [ s th(deg)isa,isb,isc(A) phA,phB,phC(deg)]: [Boshlang’ich shartlar]. Parametr har bir elementi quyidagi qiymatlarga ega bo’lgan vektor ko’rinishida beriladi: s – sirpanish; th - faza (grad.); isa, isb, isc – stator tokining boshlang’ich qiymatlari (A); phA, phB, phC - stator tokining boshlang’ich fazalari (grad.)]. Mashinaning boshlang’ich shartlari Powergui bloki yordamida hisoblanishi mumkin. Asinxron motor parametrlarini hisoblash uchun boshlang’ich ma’lumotlar quyidagilardir: PH - nominal quvvat [Vt]; U H - nominal liniya kuchlanishi [V]; f1 - tarmoqning chastotasi [Gs]; nH - valning nominal aylanish tezligi [ayl/s] ; p – qutb juftliklarining soni; - foydali ish koeffitsienti [n.b.]; cos - quvvat koeffitsienti [n.b.] ; IH- statorning nominal toki [A]; k I - yurgizish tokining karraliligi [n.b.]; mП - yurgizish momentining karraliligi [n.b.]; mmax - maksimal momentning karraliligi [n.b.]; J - inersiya momenti [kg*m^2]. Asinxron motorning parametrlarini quyidagi ifodalarga asosan hisoblash mumkin: - nominal faza kuchlanishi[V]; - magnit maydonining aylanish tezligi (sinxron tezlik) [ayl/s]; - nominal sirpanish [n.b.]; - kritik sirpanish [n.b.]; - magnit maydonining aylanish tezligi (sinxron tezlik) [ - val aylanishining nominal burchak tezligi [ ]; ]; - nominal moment [Nm]; - maksimal moment [Nm]; - yurgizish momenti [Nm]; - mexanik isroflar [Vt]; - keltirish koeffitsienti (katta quvvatli mashinalar uchun kichik qiymatlar olinadi); - rotorning keltirilgan aktiv qarshiligi [Om]; - statorning aktiv qarshiligi[Om]; - stator va rotorning keltirilgan sochilish induktivligi [Gn]; - statorning induktivligi [Gn]; - magnitlash zanjirining induktivligi [Gn] . Hisoblashlar tugagandan keyin keltirish koeffitsienti aniqlanadi va u avval qabul qilingan S koeffitsient bilan taqqoslanadi. Farq katta bo’lsa hisoblashlar qaytariladi. Misol: Asinxron motorni to’g’ridan to’g’ri ishga tushirish va keyin unga yuklama berish sxemasi 5.2-rasmda ko’rsatilgan. Bundan tashqari rasmda valning burchak tezligi va motor elektromagnit momentining grafiklari ham keltirilgan. 5.4-rasm. Asinxron dvigatelni to’g’ridan to’g’ri ishga tushirish va keyin unga yuklama berish 5.3. Ishni bajarish tartibi 1. Matlabning Simulink dasturi va SimPowerSystems kutubxonasi yordamida modelni kiritish rejimi bilan tanishish. 2. Simulinkda asinxron motorini ishga tushirish sxemasini tuzish. 3. Modelni ishga tushirish. 4. Motor valining burchak tezligi va elektromagnit momentining grafiklarini ossillograf (Scope) yordamida ekranga chiqarish. 5. Model bajarilishini to’xtatib, motorga yuklama berib, uni qayta ishga tushirish. 6. Grafiklarni ekranga chiqarib, ularni o’qlaridagi ko’rsatgichlarni sozlash va grafiklarga nom berish. 7. Olingan natijalarni tahlil qilish va SimPowerSystems kutubxonasi boshqa elementlari bilan tanishish. Nazorat savollari: 1. Similink dasturida yangi blok elementini qanday qo’shish mumkin? 2. Similink dasturida modelni ishga tushirish qanday amalga oshiriladi? 3. Similinkda kerakli grafiklarni chiqarish qanday amalga oshiriladi?