Uploaded by Sabohat Khabibullayeva

Afg oniston, Afg oniston Islom Amirligi

advertisement
Afgʻoniston
Afgʻoniston, Afgʻoniston Islom Amirligi (2021-yilning 15-avgustigacha Afgʻoniston islom
respublikasi) — janubi-gʻarbiy Osiyoning eng chekka sharqiy qismida joylashgan mamlakat.
Geografik oʻrniga binoan Yaqin Sharq mamlakatlari qatoriga ham kiritiladi. Maydoni 652,2 ming
km2. Aholisi 32 mln 225 ming 560 kishi (2019). Poytaxti — Kobul shahri Afgʻoniston maʼmuriyhududiy tuzilishiga koʻra 34 viloyatga boʻlinadi. Eron, Pokiston, Xitoy, Tojikiston, Turkmaniston,
Oʻzbekiston bilan chegaradosh. Afgʻoniston bilan Oʻzbekiston oʻrtasidagi chegaraning uzunligi —
137 km.
Etnik xarita
Shimoliy Afgʻonistonda baʼzi viloyatlarda oʻzbeklar keng tarqalgan boʻlib ular hozirgacha
oʻzbek tilida gaplashishadi. Bunday shahar va viloyatlarga misol:





Samangan,
Shibirgʻon,
Mozori-Sharif
Maymana
Qunduz
Afgʻoniston — koʻp millatli mamlakat. Unda turli til guruhiga kiradigan 30 dan ortiq xalq
yashaydi. Aholining deyarli yarmi afgʻon (pushtun) lar (8 mln.dan ortiq kishi). Tojiklar (4,5
mln.), oʻzbeklar (3 mln.ga yaqin), hazoralar (1,5 mln.dan ortiq), turkmanlar, qirgʻizlar,
choraymoqlar, balujlar ham bor. Oʻzbeklar asosan Juzjon, Balx, Foryob, Qunduz, Taxor,
Samangon, Hirot va qisman Bagʻlon viloyatlarida istiqomat qiladi. Shaharlarda kam
joylashgan. Mozori Sharif, Shibirgʻon, Maymana, Oybak, Toluqon, Qunduz va Toshqoʻrgʻon
shahrilarida aholining koʻpchiligini tashkil etadi. Aholining oʻrtacha zichligi — 1 km2 da
salkam 30 kishi. Davlat tili pushtu va dariyil Aholining 85 % islom dinining sunniylik va 15 %
shialik yoʻnalishlariga mansub. Aholiningʻ 18 % shaharlarda yashaydi. Yirik
shaharlari: Qobul, Mozori Sharif, Qandahor, Hirot, Jalolobod, Qunduz, Bag`lon[3].
Poytaxt
Kobul (shahar)
Eng katta shahar
Kobul (shahar), Qandahor (shahar)
Rasmiy til(lar)
dariy, pushtu 9 viloyatda rasmiy o'zbek tili
Hukumat
Amirlik
Islomiy davlatlar
• Prezident
Haybatulloh Oxundzoda
• Vitse prezident
Muhammad Yoqub
Mustaqillik (- Birinchi Afgʻon Davlati
1747-yil oktabrda
- Mustaqil
(Birlashgan Qirollikdan)
1919-yil 19-avgustda)
Maydon
• Butun
652,864[1] km2 km2 (41-oʻrin)
• Suv (%)
Aholi
• 2019-yilgi roʻyxat
ahamiyatsiz
• Zichlik
46/km2/km2
YIM (XQT)
2018-yil roʻyxati
• Butun
$72,911 milliard (96-oʻrin)
• Jon boshiga
$2,024
32,225,560[2] (43-oʻrin)
Pul birligi
afgʻoni (AFN)
Vaqt mintaqasi
UTC+4:30 D†)
• Yoz (DST)
UTC+6
Qisqartma
AF
Telefon prefiksi
93
Internet domeni
.af
Tabiati
Fayl:Afg`oniston tabiati ko`rinishi.jpg
Afgʻoniston tabiati koʻrinishi

Afgʻoniston hududining 4/5 qismini togʻlar va yassitogʻliklar egallagan. Shim.-gʻarbida
Paropamiz, Safedkoʻh, Bandi Turkiston, Shimoli-sharqida Hindikush togʻi tizmalari asosan
kenglik boʻylab yoʻnalgan. Markazining asosiy qismini Hazorajat va Gʻazni-Qandahor
yassitogʻliklari egallagan boʻlib, ularga gʻarb. va janubiy tomonlardan boshqa togʻliklarning
tizmalari qoʻshilib ketgan (Bandi Bayon, Chixilabadalon, Zang tizmasi, Koʻhi Xurd, Mazor va
boshqa). Mamlakat hududining janubiy va janubi-gʻarbiy qismlari baland tekisliklardan iborat
boʻlib, ularda Registon va Garmsir qumli hamda tosh va gilli Dashti Morgʻo choʻllari
joylashgan. Botiqlarda koʻllar va shoʻrxoklar mavjud (Sabari, Puzak, Gaudi-Zira va
boshqalar). Afgʻonistonning janubi-sharqiy chegarasi boʻylab Sulaymon togʻlarining gʻarbiy
tizmalari choʻzilgan. Afgʻonistonda foydali kazilmalar kam oʻrganilganiga qaramay, u yerda
toshkoʻmir (Ish pushta, Kar kar, Darayi-Soʻf, Karux va boshqakonlar), tabiiy gaz (Xoʻja
gugurtak), temir rudasi (Palangsor), xrom rudasi (Shadal ketkay), oltin (Argandab, Sanglech,
Nuraba), berilliy (Darayi-Pech, Darayi-Nur), qoʻrgʻoshin-rux (Farinjol, Mirzaka), mis rudasi
(Jigdalay), osh va tosh tuzlari, oltingugurt hamda qimmatbaho tosh konlari mavjud. Hirot va
Bomiyon viloyatlarida maʼdanli suv buloqlari ochilgan. Afgʻoniston hududining katta qismi
quruq subtropik iqlim mintaqasida joylashgan boʻlib, iqlimi kontinental. Yozi issiq va quruq
(iyulning oʻrtacha temperaturasi tekisliklarda 32—35 °C, togʻlarda 10— 14 °C), kishi iliq,
togʻlarda sovuq (yanvarning oʻrtacha temperaturasi tekisliklarda 0ye dan 8 °C gacha; — 30 °C
sovuqlar ham kuzatiladi, togʻlarda 0 °C dan past, ayozli kunlar koʻp boʻladi). Yillik yogʻin
miqdori shimoliy hududlarda 170 – 280 mm, choʻl hududlarida 40 – 50 mm, togʻ yon
bagʻirlarida 800 mm gacha boradi. Yirik daryolari — Amudaryo va uning irmogʻi — Panj
hamda Hilmand, Farrohrud, Herirud, Murgʻob va boshqa Qobul daryosi Hind okeani
havzasiga quyiladi. Daryolarning suvlaridan sunʼiy sugʻorishda hamda elektr energiya hosil
qilishda foydalaniladi. Mamlakat sugʻorma dehqonchilik hududlarida boʻz va toʻq boʻz tuproq
hamda sur-koʻngʻir tuproklar tarqalgan. Katta qismini qumli tuproq egallagan. Asosan choʻl
va dasht oʻsimliklari oʻsadi. Shimoli-sharqiy va sharqiy qismlaridagi togʻlarda keng bargli
(2000–2400 (tel:2000%E2%80% 932400)
m li balandlikda) hamda ignabargli (3300 – 3400
m gacha boʻlgan balandlikda) oʻrmonlar mavjud. Afgʻonistonda yovvoyi hayvonlardan boʻri,
sirtlon, tulki, qoplon, ayiq, jayron va boshqalar uchraydi.
Shimoliy Afgʻonistonda baʼzi viloyatlarda oʻzbeklar keng tarqalgan boʻlib ular hozirgacha oʻzbek
tilida gaplashishadi. Bunday shahar va viloyatlarga misol:
Samangan,
Shibirgʻon,
Mozori-Sharif
Maymana
Qunduz
Afgʻoniston — koʻp millatli mamlakat. Unda turli til guruhiga kiradigan 30 dan ortiq xalq yashaydi.
Aholining deyarli yarmi afgʻon (pushtun) lar (8 mln.dan ortiq kishi). Tojiklar (4,5 mln.), oʻzbeklar (3
mln.ga yaqin), hazoralar (1,5 mln.dan ortiq), turkmanlar, qirgʻizlar, choraymoqlar, balujlar ham bor.
Oʻzbeklar asosan Juzjon, Balx, Foryob, Qunduz, Taxor, Samangon, Hirot va qisman Bagʻlon
viloyatlarida istiqomat qiladi. Shaharlarda kam joylashgan. Mozori Sharif, Shibirgʻon, Maymana,
Oybak, Toluqon, Qunduz va Toshqoʻrgʻon shahrilarida aholining koʻpchiligini tashkil etadi.
Aholining oʻrtacha zichligi — 1 km2 da salkam 30 kishi. Davlat tili pushtu va dariyil Aholining 85 %
islom dinining sunniylik va 15 % shialik yoʻnalishlariga mansub. Aholiningʻ 18 % shaharlarda
yashaydi. Yirik shaharlari: Qobul, Mozori Sharif, Qandahor, Hirot, Jalolobod, Qunduz, Bag`lon[3].
Tarixi
Hozirgi Afgʻoniston hududida miloddan avvalgi 1-mingʻ yillikda bir qancha mayda davlatlar boʻlgan.
Baqtriya ularning eng kuchlisi edi. Ular uzoq asrlar davomida Axomaniylar, Salavkiylar, Arab
xalifaligi, G`aznaviylar, Moʻgʻullar, Temuriylar, Boburiylar, Safaviylar hukmronligi ostida boʻlgan.
1747-yilda Ahmadshoh Durroniy Xuroson, Seiston, Sind, Balujiston, Panjob, Kashmir va Balxni,
shuningdek Amudaryoning soʻl sohilidagi ayrim hududlarni egallab, birinchi bor mustaqil Afgʻoniston
davlatiga asos soldi. Lekin u 1818-yilda bir qator xonliklar (Kobul, Qandahor, Hirot va Peshovar)ga
boʻlinib ketdi. 1825-yilda Kobul hokimi Doʻstmuhammad afgʻon yerlarini bir butun davlat qilib
birlashtirishga harakat qildi, lekin bunga Angliyaning bosqinchilik urushlari toʻsqinlik qildi (1838 —
42, 1878 — 80 yillardagi urushlar). Angliya Afgʻonistonni oʻz mustamlakasiga aylantira olmadi, lekin
1879-yilda tashqi siyosat uning nazorati ostiga oʻtdi. 19-asr oxiri — 20 — asr boshlarida
Afgʻonistonda markazlashgan davlatni shakllantirish jarayoni yakunlandi. Birinchi Jahon urushida
Afgʻoniston oʻzini betaraf deb eʼlon qildi. Qulay xalqaro sharoitning vujudga kelishi Afgʻoniston
amiri Omonulloxonga 1919-yil 28-fevralda Afgʻonistonni mustaqil deb eʼlon qilishga imkon berdi.
1919 — 28 yillarda Omonulloxon mamlakatda qoloqlikni bartaraf qilish va ishlab chiqarish
munosabatlarini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan bir qancha islohotlarni amalga oshirdi. 1923-yilda
Afgʻonistonning birinchi konstitutsiyasi eʼlon qilindi. 1929-yilda Angliya tomonidan uyushtirilgan
isyon natijasida Omonulloxon taxtdan ketdi. Hokimiyatni muxolifat kuchlari rahbarlaridan biri, Bachai
Saqo (amir Habibullo nomi bilan) egalladi va u barcha islohotlarni bekor qildi. Lekin shu yilning
oʻzida Bachai Saqo hokimiyati agʻdarib tashlandi. Taxtga oʻtirgan Nodirshoh hukumati mamlakatni
jadal rivojlantirish yoʻlini davom ettirdi. 1933-yil taxtga uning oʻgʻli Muhammad Zohirshoh oʻtirdi. 2
- Jahon urushi davrida Afgʻoniston betaraflikni saqlab qoldi. Urushdan keyingi yillarda davlat tizimini
demokratlashtirish, mamlakat iqtisodiy taraqqiyotini jadallashtirish uchun muxolifat harakati kuchaydi
(1947, 1950 — 51 yillardagi chiqishlar, 1965 — 66 yil Kobul shahridagi namoyishlar). 1973-yil 17iyuldagi qon toʻkilmay oʻtkazilgan davlat toʻntarishi natijasida monarxiya tugatildi va mamlakat
respublika deb eʼlon qilindi. Chuqur islohotlarni oʻtkazishga soʻz bergan Muhammad Dovud hukumati
oʻz vaʼdasini bajarmadi. Mana shunday sharoitda 1978-yilning 27-aprelda yana davlat toʻntarishi
amalga oshirildi. Hokimiyatga Afgʻoniston Xalq demokratik partiyasining rahbari Nurmuhammad
Taraqqiy boshchiligidagi kuchlar keldi va mamlakat Afgʻoniston Demokratik Respublikasi, 1987yildan Afgʻoniston Respublikasi nomini oldi. N. Taraqqiy hokimiyati salkam bir yarim yildan keyin
H. Amin tomonidan agʻdarildi, uning oʻzi oʻldirildi. Mamlakatda qirgʻinbarot boshlandi. Lekin H.
Amin hokimiyati ham uzoqqa bormadi. U 1979-yil 27-dekabrda agʻdarildi hamda hokimiyat avval B.
Karmal, 1986-yildan Najibullo rahbarligidagi Afgʻoniston Xalq demokratik partiyasi va Inqilobiy
kengash qoʻliga oʻtdi. 1978yil aprel toʻntarishidan keyin Afgʻoniston Xalq demokratik partiyasi
mavjud sharoitni hisobga olmasdan amalga oshira boshlagan islohotlar afgʻonlarning asrlar davomida
shakllangan anʼanalari va urf-odatlariga zid edi. Bu, ayniqsa, yerga egalik qilishda va undan
foydalanishda, taʼlim tizimida hamda ayollarning jamiyatda tutgan oʻrnida yaqqol koʻzga tashlanar
edi. Shuning uchun ham islohotlarning aksariyati xalqqa chuqur norozilik tugʻdira boshladi. Bu esa
mamlakatdagi hamda Pokiston va Erondan boshpana toptan afgʻon muxolifat kuchlariga qoʻl keldi.
Keyinchalik Afgʻoniston Xalq demokratik partiyasi yuqoridagi xatoliklarini tuzatishga harakat qildi.
Lekin vaqt qoʻldan boy berilgan, mamlakat ichidagi nizolar chuqurlashgan edi. Mana shunday
sharoitda Afgʻoniston hukumatini qoʻllab kelayotgan, shuningdek oʻz tashqi siyosatini kommunistik
mafkurani dunyo boʻylab yoyish orqali taʼsir doirasini kengaytirish asosida qurgan SSSR
qoʻshinlarining 1979-yil 25-dekabrda. Afgʻoniston ga kiritilishi dunyodagi barcha taraqqiyparvar
xalqlar tomonidan keskin qoralandi. Koʻp yillik urush mamlakatga 20 mlrd. dollar zarar yetkazdi. 1
mln. afgʻon halok boʻldi, 4 mln. kishi chet ellarga bosh olib ketdi. 1989-y, fevralda sobiq sovet
qoʻshinlari Afgʻonistondan olib chiqib ketildi. 1992-yil aprelda Najibullo hokimiyati agʻdarildi.
Islomiy kuchlar hokimiyatni qoʻlga oldi. Shu yildan mamlakat Afgʻoniston Islom Davlati deb atala
boshladi. Sobiq sovet qoʻshinlari Afgʻonistondan chiqib ketgandan keyin ham mamlakat juda muhtoj
boʻlib turgan siyosiy tinchlik va iqtisodiy qayta qurish davriga oʻta olmadi. Mamlakatda ichki
fuqarolar urushi boshlanib, u sovet bosqinchilaridan koʻra kattaroq vayronagarchilik olib keldi.
„Tolibon“ harakatining oʻzaro kurashga qoʻshilishi Afgʻonistonda yangi vaziyatni vujudga keltirdi. Bu
harakatning harbiy kuchlari 1994-yil kuzida dastlabki muvaffaqiyatga erishdi. 1996-yil 27sentabrda
ular Kobulni ishgʻol qilib, prezident B. Rabboniy va G. Hikmatyor hukumati agʻdarib tashlanganini,
mamlakatda shariat qonun-qoidalariga asoslangan „chin islom boshqaruvi“ joriy etilganini bildirdi. B.
Rabboniy bilan Hikmatyor hukumati Mozori Sharifga borib oʻrnashdi. 1996-yil 27-sentabr kuni
Afgʻonistonning sobiq prezidenta M. Najibullo sud qilinmay qatl etildi. 1996-yil 10-oktabrda
mamlakat shimolida toliblarga qarshi koalitsiya tuzildi. Xinjon shahrida harbiy rahbarlar —
Afgʻoniston R. Doʻstum, Afgʻoniston Sh. Masʼud, Afgʻoniston K. Xaliliy harbiy ittifoq haqida bitam
imzoladilar va Oliy mudofaa kengashi (OMK) tuzdilar. OMK shimolidagi 9 viloyatning oʻziga xos
hukumati boʻlib, uning qarorgohi Mozori Sharif edi. Bu hukumat avvalgi barcha davlat tuzilmalari
ishlay berishini, chet ellardagi diplomatiya va konsullik vakolatxonalari Afgʻoniston manfaatlarini
himoya qilishini maʼlum qildi. 1997-yil iyunida OMK tarqatilib, uning oʻrniga Afgʻoniston Birlashgan
islom najot fronti tuzildi. Front toliblar bilan muzokara oʻtkazishga tayyor ekanini bildirdi. 1997-yil
oktabrda „Tolibon“ harakati mamlakatning nomi Afgʻoniston amirligi deb oʻzgartirilganini rasmiy
eʼlon qildi. 1999-yil oxirida toliblar mamlakat hududining 80 % dan ortigʻini nazorat qilar edi.
Toliblar maʼmuriyatini 3 davlat: Pokiston, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari tan
olgan. Jahon hamjamiyati prezident B. Rabboniy boshchiligidagi Afgʻoniston hokimiyatini hamon
birdan-bir qonuniy hukumat deb tan oladi. BMT da ham B. Rabboniy hukumatidan vakil qatnashadi.
Iqtisodiy raqobatchilik va etnik kelishmovchilik kabi omillar ham Afgʻonistondagi har xil jamoa va
qabilalar oʻrtasidagi qarama-qarshiliklarni chuqurlashtirdi. Soʻnggi 20 yil ichida boʻlib oʻtgan voqealar
Afgʻonistonda kuch bilan hech nimaga erishib boʻlmasligini, faqat oʻzaro kelishuv natijasida
tinchlikka erishish va mamlakatdagi barcha siyosiy kuchlarni qanoatlantiruvchi hokimiyat oʻrnatish
mumkinligini koʻrsatdi[4].
Afgʻonistonning yaqin qoʻshnilaridan boʻlmish Oʻzbekiston ana shularni eʼtiborga olib, Afgʻoniston
muammosini tinch bartaraf etishga intilib keldi. Oʻzbekiston Respublikasi prezidenta I. Karimov 1993yil BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida bu mamlakatdagi chigal ahvolga jahon
jamoatchiligining eʼtiborini qaratdi, 1995-yil 50-sessiyada bu muammoni bartaraf qilish xususidagi
takliflarini bayon etdi. 1997-yil Oʻzbekiston Respublikasi prezidenta Afgʻonistonga chegaradosh 6
mamlakat hamda AQSH va Rossiya ishtirokida muloqot oʻtkazish tashabbusi bilan chikdi. Shu
tashabbus amalga oshib, „6+2“ guruhi tashkil etildi.
Uning birinchi uchrashuvi oʻsha yil 16-oktabr da Nyu-Yorkda boʻldi. Nihoyat, 1999-yil 19-iyulda
Toshkentda shu guruhning navbatdagi uchrashuvi oʻtkazildi. Unda Eron, Xitoy, Pokiston, Tojikiston,
Turkmaniston, Oʻzbekiston, shuningdek AQSh va Rossiya vakillari qatnashdi, BMT shafelik qildi.
Unda Afgʻonistondagi nizolashayotgan tomonlar: „Tolibon“ harakati va Afgʻoniston Birlashgan fronti
moʻtabar namoyandalari ishtirok etishi katta voqea boʻldi. Anjuman nihoyasida „Afgʻonistondagi
mojaroni tinch yoʻl bilan bartaraf etishning asosiy tamoyillari toʻgʻrisida“ Toshkent Deklaratsiyasi
imzolandi. Deklaratsiya „Tolibon“ bilan Birlashgan front oʻrtasida va ular b-i „6+2“ guruhi aʼzolari
oʻrtasida bevosita muloqatni yoʻlga qoʻyishga asos boʻldi. BMT Xavfsizlik Kengashi „6+2“
guruhining Toshkent uchrashuvi yakunlarini yuqori baholadi. Qabul qilingan Toshkent deklaratsiyasi
BMT hujjati maqomini olgan. Afgʻoniston— 1946-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi
bilan Afgʻoniston oʻrtasida diplomatiya munosabatlari 1992-yil oktabrda oʻrnatilgan.
Asosiy siyosiy partiya va tashkilotlari. Afgʻoniston islom jamiyati (Rahbari — Burhoniddin
Rabboniy);
Afgʻoniston islom partiyasi (Rahbari — Gulbiddin Hikmatyor);
„Tolibon“ harakati (Rahbari — Mulla Muhammad Umar);
Afgʻoniston Milliy islom harakati (Rahbari — Abdul Rashid Do`stum);
Afgʻoniston milliy najot jabhasi (Rahbari — Sibg`atulloh Mujaddadiy);
Afgʻoniston ozodlik islom harakati (Rahbari — Abdu Rasul Sayyof);
Afgʻoniston milliy islom jabhasi (Rahbari — Sayid Ahmad Giyloniy); Afgʻoniston
islom birligi partiyasi (Rahbari — Muhammad Haliliy).
Ammo hozirgi kunda zikr etilgan partayalarning aksariyati Pokiston hududida joylashgan boʻlib,
Afgʻoniston hududida esa „Tolibon“ harakati bilan Shimoliy Ittifoq qolgan. Shimoliy Ittifoq tarkibiga
„Afgʻoniston islom jamiyati“, „Afgʻoniston islom birligi partiyasi“, „Afgʻoniston ozodlik ittifoqi
harakati partiyasi“, „Afgʻoniston milliy islom harakati“ siyosiy partiyalari va ularga qarashli kuchlar
kirgan.
Xoʻjaligi
Afgʻoniston — Agrar mamlakat. Uning xoʻjaligi koʻp ukladli. Mamlakatning shimoliy viloyatlarida,
Kobul atroflarida hamda Qandahor va Hirot viloyatlarida kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari
bir oz rivojlangan. Afgʻoniston iqtisodiy jihatdan dunyoda eng qoloq va kambagʻal mamlakatlarning
biridir. Yalpi milliy mahsulotning 4/5 qismi qishloq xoʻjaligida yaratiladi. Afgʻoniston
iqtisodiyotining asosini sugʻorma dehqonchilik va yaylov chorvachiligi tashkil etadi. Sugʻorma
dehqonchilik Qunduz, Ko`kcha, Balx, Daryoyi-Safed, Murg`ob daryolarining vodiylarida rivojlangan
boʻlib, u yerlarda bugʻdoy, arpa, sholi, joʻxori, paxta, kunjut, qand lavlagi yetishtiriladi. Nangarhar
viloyatida sholi, joʻxori bilan bir qatorda shakarqamish, sitrus mevalari ham yetishtiriladi. Bogʻ va
tokzorlarning asosiy qismi Qobul, Hirot, Argandab hamda shimoliy va gʻarbiy viloyatlardagi daryo
vodiylariga toʻgʻri keladi. Sabzavotchilik va polizchilik keng tarqalgan. Mamlakatda qishloq
xoʻjaligiga yaroqli 17 mln. gektar yer boʻlib, uning 8 mln. gektari haydaladigan yerlardir. Sugorma
yerlar 2,5 mln. gektarni tashkil etadi. Gʻallaning yalpi hosili 4 — 5 mln. tonna boʻlib, uning deyarli
yarmi bugʻdoy, 1/6 qismi — arpa. Paxta (yiliga 200 ming t), sabzavot va poliz ekinlari (yiliga 200
ming t), uzum (yiliga 500 ming t), meva, zaytun (yiliga 150 ming t) yetishtiriladi. Chorvachilikda
qoʻychilik asosiy oʻrin egallaydi. Qoʻylarning 1/4 qismi qorakoʻl qoʻylaridan iborat. Echkichilik,
yilqichilik, tuyachilik ham rivojlangan. Parrandachilik xam mavjud. Sugorma dehqonchilik
hududlarida pillachilik rivojlangan. Mamlakatda 3 mln.ga yaqin kishi koʻchmanchilik bilan turmush
kechiradi.
Sanoat asosan mahalliy xom ashyoga asoslangan boʻlib, aholining kundalik ehtiyojlarini qondirishga
yoʻnaltirilgan yengil va oziq-ovqat sanoati barpo qilingan. Elektr energiyasi Mozori Sharifdagi quvvati
36 ming kVt li, Kobul, Gulbahor, Qandahor, Hirot va Bagʻlondagi quvvati 2 ming kVt li issiklik elektr
stansiyalarda hosil qilinadi. Kobul daryosida GES kaskadi (har biri 100 ming kVt li uchta va 15 ming
kVt li bitta) mavjud, janubida Hilmand daryosida (100 ming kVt gacha boʻlgan), uning irmogʻi
Argandabda 15 ming kVt li, Qunduz daryosida 15 ming kVtli „Puli-Xumri“ elektr stansiyalar barpo
etilgan. Shim.dagi sanoat (gaz, neft, koʻmir, tosh tuzi va boshqalar) korxonalari 1997-yilning
oʻrtalarigacha mahsulot ishlab chiqardi. Kobulda metallsozlik, yogʻochni qayta ishlash, qurilish materiallari, ip gazlama, charm poyabzal korxonalari, Mozori Sharifda azot oʻgʻitlari zavodi, toʻqimachilik
korxonasi, PuliXumrida sement zavodi, toʻqimachilik korxonasi, Jalolobod, Balx, Qandahorda jun
gazlama fabrikasi, Aqcha-da charm poyabzal korxonasi mavjud. Oziq-ovqat sanoati korxonalari
deyarli barcha shaharlarda joylashgan. Sanoat markazlari — Kobul, Mozori Sharif, Qandahor, Hirot.
Afgʻonistonda gilamdoʻzlik yaxshi rivojlangan. Balx, Jauzjon, Faryob, Badxiz, Hirot, Farroh
viloyatlirida qoʻlda gilam toʻqiladi. Afgʻoniston chetga hoʻl va quruq mevalar, teri va charm, qorakoʻl,
paxta, jun, gilam, moyli urugʻlar, shifobaxsh oʻtlar, tabiiy gaz chiqaradi. Chetdan turli mashina va
jihozlar, neft mahsulotlari, shinalar, toʻqimachilik mollari, dori-darmon, tamaki, qand, choy, bugʻdoy,
tayyor kiyimlar oladi.
Temir yoʻl transporti rivojlanmagan (bundan uzunligi 11 km boʻlgan Kushka-Torgundi temir yoʻl
istisno). Asosiy transport turi —avtomobil transporta. Avtomobil yoʻllarining umumiy uzunligi 20
ming km boʻlib, uning 3 ming km asfaltlangan. Transport vositasi sifatida oteshak hamda tuyalardan
keng foydalaniladi. Kobul va Qandahor shaharlarida xalqaro aeroportlar mavjud. Pul birligi —
Afg`oni.
Maorif, matbuot, tibbiy xizmat va ichki hayotga tegashli boshqa sohalarga soʻnggi yillardagi urush
sezilarli taʼsir koʻrsatgan. Shu bois hozirgi kunda bu sohalarga oid biron bir maʼlumot mavjud emas.
Adabiyoti
Mazori Sharifdagi masjid
Afgʻoniston adabiyotining rivojida pushtu va fors-kobuliy tilidagi xalq ogʻzaki ijodining taʼsiri katta.
10 — 15 — asrlar mumtoz adabiyotining namoyandalari Rudakiy, Firdavsiy, Saʼdiy va boshqa
shoirlar ijodiyotini Eron, A, Tojikiston xalqlari oʻzlarining umumiy adabiy merosi deb hisoblaydilar.
15-asrda yashab ijod etgan Boyazid Ansoriy saj (qofiyali nasr) uslubidagi asarlarida diniy-falsafiy,
ijtimoiy fikrlarini bayon etdi. Uning izdoshlari, „ravshaniy shoirlar“ nomi bilan mashhur boʻlgan
Davlat Lohoniy, Mulla Arzoniy, Mirzaxon Ansoriylar 17-asrda Afgʻoniston adabiyotida ijtimoiy va
demokratik mayllarni targʻib qildilar. 17 — 18-asrlarda
Xushholxon Hattak, Abdurahmon Rahmonbobo, Abdulhamid, Abdulqodirxon Hattak, Kozimxon
Shaydo, Pirmuhammad Kokar, Ahmadshoh Durroniy kabi zabardast shoirlar yetishib chiqdi va
Afgʻoniston adabiyoti rivojida sermahsul davr boshlandi. Afgʻoniston adabiyotaga fors-tojik va oʻzbek
adiblaridan Umar Xayyom, Hofiz, Jomiy, Xisrav Dehlaviy, Alisher Navoiy, Bedil ijodi barakali taʼsir
oʻtkazdi. 19-asrda afgʻonlarning ingliz bosqinchilariga qarshi qahramonona kurashi Hyp Sohib,
Nuriddin, Hamid Kashmiriy kabi yozuvchilar ijodida aks ettirildi. Mahmud Tarziy 20-asr boshlarida
taniqli maʼrifatparvar boʻlgan. Oʻsha paytda Solih Muhammad, Gʻulom Muhiddin Afgʻoniy va boshqa
muhim ijtimoiy muammolar xaqida yozdilar. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida Peshovarda nasrchilik
rivojlana boshladi. Mavlaviy Axmad afgʻon adabiyotida hikoyanavislikka asos solganlardan biri
boʻladi. U pushtu tilida „Odamxon va Durxoniy“ ertagi asosida qissa va „Afgʻon ganjinasi“ hikoyalar
toʻplamini yezdi. Ahmadshoh Rizvoniy sheʼr va hikoyalar ijod etdi. Afgʻoniston mustaqillika
erishgach (1919), adabiyotda maʼrifatparvarlik mavzui ustun boʻldi, vatanparvarlik ruhidagi asarlar
dunyoga keldi. Turli adabiy uslub va yoʻnalishlar bir-biri bilan qoʻshila bordi. 1937-yilda Kobuldagi
„Anjumane adabiy“, Qandahordagi „Pushtu“ jamiyatlari birlashuvi natijasida „Pashtu tolina“ (Afgʻon
akademiyasi) tashkil topdi. Akademiya olimlari pushtu tilidagi adabiyot va sanʼatni rivojlantirish bilan
shugʻullandilar. Ikkinchi jahon urushidan keyin tuzilgan „Bedor yoshlar“ tashkiloti aʼzolari matbuotda
va adabiy asarlarda jamiyatda jiddiy oʻzgarishlar qilish va mamlakatni ogʻir iqtisodiy ahvoldan
qugkarish talablarini ilgari surdilar. Aning mashhur yozuvchilari: Abdurauf Benavo, Gul Pocho Ulfat,
Nurmuhammad Taraqqiy, Gʻulom Hasan Sofiy, Qiyomiddin Xodim, Sadikulla Rishgin, Abdulhaq
Betob, Xalilulla Xaliliyil
Meʼmorligi va tasviriy sanʼati
Afgʻoniston hududida miloddan avvalgi 4 — 3 ming yillarda barpo etilgan Mundigak manzilgohi
qoldiqlari saqlanib qolgan. Yunon-Baqtriya podshohligi davri meʼmorligi va sanʼatida ellinizm taʼsiri
seziladi. Baqtra yaqinida, Bomiyon daryosi vodiysida 1 — 8- asrlarga mansub budda ibodatxonalari,
ehrom va haykallari saqlanib qolgan. Bomiyon majmuining eng eʼtiborli qismi Buddaning qoyaga
ishlangan bahaybat haykalidir. Bu davrda zargarlik, shisha va metalldan badiiy buyumlar yasash ham
rivojlandi. Afgʻoniston oʻrta asrlar meʼmorligi va sanʼatida Eron hamda Turkiston meʼmorligi va
sanʼati bilan oʻxshashligi koʻp. Gʻaznaviylar davri (977— 1186)dagi mahobatli binolarda ayvonlar,
peshtoqlar paydo boʻldi. Istyohkom shaharlar, hashamatli saroylar, masjidlar, makbaralar qurildi. 12asr meʼmoriy obidalaridan Gʻazna atrofidagi minoralar alohida ahamiyatga ega. Jom qishlogʻi
yaqinidagi minoraning ulugʻvorligi, mutanosibligi, undagi nafis naqshni meʼmorlik durdonasi desa
boʻladi. Temuriylar hukmronligi davrida qurilish ishlari avj oldi. Shaharlar qurish doirasining kengligi,
binolarning dabdabali shakllari, ularning bezaqdorligi — bu davr meʼmorligi va sanʼatining asosiy
xususiyatidir. Hirotda katta qurilish ishlari olib borildi. Jome masjidi tiklandi, shahar atrofida bogʻlar,
saroylar qurildi. Masjid, Madrasa, maqbara, minora va boshqalardan iborat kurkam Musallo majmuasi
tashkil topdi. Balxdagi Xoʻja Abu Nasr Porso maq-barasi (15-asr) mashhur. 11 — 15-asrlarda amaliybadiiy bezak sanʼati ravnaq toddi. Metall, yogʻoch oʻymakorligi, kulolchilik, gilam toʻqish keng
rivojlandi. Hirot, Qandahorda ishlangan patnis, latan, koʻza, shamdon, qalamdon, qurol-aslaxa, egarjabduklar kurkam va nafis. Hirotning gilamlari oʻzining koʻp rangli geometrik va oʻsimliksimon
naqshlari bilan mashhur. Bu yerda miniatyura sanʼati juda rivojlandi. Shoxrux va uning oʻgʻli
Boysungʻur homiyligidagi kutubxonada Firdavsiyning „Shohnoma“, Nizomiyning „Xamsa“,
Saʼdiyning „Boʻston“ kabi mumtoz asarlarini Turkiston va Erondan keltirilgan xattotlar koʻchirdi,
musavvirlar bezadi. Hirot miniatyura maktabi rasmlari koʻrkamligi, nafisligi, rangdorligi va mohirona
tuzilgan kompozitsion qurilishi bilan ajralib turadi. Hirotda Mirak Naqqosh (Behzodning ustozi),
Behzod kabi mashhur musavvirlar ijod qildilar. 16- asr obidalari orasida Bobur maqbarasi diqqatga
sazovor. 18- asr obidalaridan Ahmadshoh Durroniy maqbarasi mashhur. Milliy sanʼatning
rivojlanishida 1921-yilda Kobulda tashkil etilgan tasviriy, amaliy sanʼat va hunar maktabi katta rol
oʻynadi. Abdulgʻofur Breshna va uning shogirdlari, Gʻavsiddin, Xayr Muxammad, Vafo va boshqa
ijodida manzara, maxalliy ozodlik kurashi tarixidan olingan voqealar, xalq hayotini koʻrsatuvchi
lavhalar katta oʻrin egallaydi. Portretchi rassom Humoyun E`timodiy ijodida koʻproq oʻrta asr
miniatyurachiligi oʻrin olgan. Afgʻon xalqi amaliy sanʼatining anʼanalari xam saqlanib kelmoqda.
Teatri
Qobul
10 — 12-asrlarda Gʻaznaviy shohlar saroyida ommaviy tomoshalar qoʻyish rasm boʻlgan edi. Xalq
orasida ayiqboz, maymunboz va qoʻgʻirchokbozlar tomosha koʻrsatib kelishgan.
Afgʻoniston mustaqillikka erishgach, xavaskorlik teatr truppalari paydo boʻldi, keyinroq Kobulda
Yevropa tipidagi birinchi teatr ochildi. Ichki siyosiy ziddiyat kuchayishi natijasida 20yillar oxirida
teatr yopildi. 1941-yil xalq tomoshalari bosh-qarmasi tashkil etildi. Kuchma truppalar asosida „Poxini
nindore“ (40-yillarning oʻrtalarida) va „Di Kobul nindore“ (1947) maydonga keldi. Kobul teatrlari
tarixiy mavzuda Afgʻoniston Karimiyning „Vatanga sadoqat“,
Y. Koʻhzodaning „Ahmadshoh bobo“, zamonaviy mavzuda Afgʻoniston Breshnaning „Soliqchi“, G.
M. Ayyubiyning „Nomaʼlum odat qurbonlari“, Afgʻoniston Benovaning „Maktabdosh doʻstlar“.
Afgʻoniston Ixlosning „Akramxon va Laʼlixon“, R. Latifiyning „Kumush shamdonlar“ asarlarini
sahnalashtirdi. Afgʻon xalqi orasidan M. Afgʻoniston Ravnaq, Besad, Isir, Mash`al,
Habiba, Jayla, Raʼno singari aktyorlar yetishib chiqdi. 1956-yil Qobulda teatr maktabi ochilgan.
Musiqasi
Afgʻoniston musiqasi rang-barang taronalarga boyil Xalq musiqasida bir ovozli, bayt qoʻshiqlar keng
tarqalgan; chorbayt, gʻazal kabi anʼanaviy va yangi shakldagi janrlar mavjud. Afgʻon va qashqar
ruboblari, dilrabo, dilnavoz va tanbur kabi torli sozlar koʻp. Sanʼat arboblaridan — sozanda-xonanda
Usto Gʻulom Husayn va Usto Mamad Umar, shoir, xonandabastakor Hofizulla Hiyol va Jamil Zalond,
Salim Sarmast va Faqir Nangolay kabi bastakormehtarlar, Xadicha Parvin, Hamida Ruxshona, Qubra
Jilo, Abduraim Sarbon, Abduvahob Mamadiy, Sora Zalond singari xonandalarning nomi koʻp
mamlakatlarda maʼlum. 1965-yil mamlakatda birinchi musiqa maktabi ochildi. Kobuldagi Akademiya
birinchi afgʻon qoʻshiqlari toʻplami („Pashtani san-diri“)ni nashr etdi. Oʻzbekiston sanʼatkorlari
Afgʻonistonda, afgʻon artistlari (Usto Gʻulom Husayn, Hofizulla Hiyol) Oʻzbekistonda koʻp marta
gastrollarda boʻlishgan. Mamlakatning taniqli musiqachilari orasida Qosim Afgʻon, Muhammadin
Zayxeya va boshqa bor[5]. 2021-yil mart oyida Afgʻoniston taʼlim vazirligi tomonidan 12 yoshdan
katta boʻlgan qizlarga erkaklar oldida qoʻshiq kuylash taqiqlandi[6].
Download