O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI «ELEKTRONIKA VA AVTOMATIKA» FAKULTETI «ISHLAB CHIQARISH JARAYONLARINI AVTOMATLASHTIRISH» KAFEDRASI «Sohaning texnologik o‘lchashlari va asboblari» fanidan « Oqim sarflarini hisoblagichlarni tanlash usullari » mavzusida KURS ISHI Bajardi:112-18 guruh talabasi Muhammadiyev Johongir Rahbar: PhD. dots. Avazov Yu.Sh. Toshkent – 2020 MUNDARIJA Kirish …………………………………………………...…………2 NAZARIY QISM ……………………………………....………....3 1.1. Sarf haqida umumiy tushuncha…………………………………….3 1.2. Bosimlar farqi o`zgarmas sarf o’lchagichlar …………………...…5 1.3. Induksion sarf o’lchagichlar ……………………………………...10 1.4. Tezlik bosimi bo’yicha sarf o’lchagichlar ………………………..14 Xulosa.………………………………………………………..…..17 Adabiyotlar ro‘yxati..…………………………………………..…18 2 KIRISH So‘nggi paytda ishlab chiqarish, energetika, kimyo va boshqa sanoat sohalarida texnologik jarayonlarning jadal sur'atlar bilan rivojlanishini kuzatmoqdamiz. Ishlab chiqarish va issiqlik energetikasi sohasida birlamchi quvvatlarni oxirgi yillarda 1015 marta oshishi, texnologik jarayonlarni tezligini ham oshirmoqda, ulardagi o‘lchanayotgan parametrlar soni ham ortib bormoqda. Hozirgi kunda ishlab chiqarish korxonalarini zamonaviy o‘lchash vositalarisiz tasavvur qilish qiyin. O‘lchash texnologik jarayonlarni, qurulmalarni ishonchli ishlashini, ishlab chiqarish xavfsizligini, masalan, issiqlik elektr stansiyalarining ob'ektiv nazoratini ta'minlaydi. Ishlab chiqarish samaradorligi va energiya tejamkorligi, ayniqsa katta quvvatli qurilmalarning muammolarini yechishda texnologik jarayonlar nazorati muhim ahamiyatga ega. Har qanday o‘lchash natijasi, xatoligi, o‘lchash jarayonining parametrlaridan qat'iy nazar, o‘lchash vositasiga ham bevosita bog'liqdir. Issiqlik texnikasi qurilmalarining ishlashini, o‘lchashni bajarish, o‘lchash vositalari va usullarini bilmasdan turib o‘rganish mumkin emas. Turli o‘lchash vositalari mavjudligi o‘lchash texnikasini to‘g'ri tanlashni talab qiladi, u berilgan sharoitlarda nazoratni kerakli aniqligi bilan ta'minlaydi. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda o‘lchash aniqligi va o‘lchash vositalarining ishonchli ishlashi muhim ahamiyatga ega. Issiqlik va elektr energiyasini tejash masalalariga bizning davlatimizda katta ahamiyat berilayotganligi va so‘ngi paytlarda qator davlat ahamiyatiga ega qarorlar qabul qilinayotganligini inobatga olsak, ishlab chiqarish jarayonlarida ishlatilayotgan o‘lchov asboblari orasida harorat o‘lchash vositalari muhim ahamiyatga egaligini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi. “Sohaning texnologik o‘lchashlari va asboblari” fani sanoatda, jumladan barcha korxonalarimizda keng qo‘llaniladigan o‘lchov asboblari bo‘lmish harorat, bosim, sarf, sath va gaz tarkibini tahlillagich qurilmalarini tuzilishi, ishlash prinsipi, ularni o‘lchash xatoliklari to‘g'risida amaliy va nazariy ko‘nikmalar hosil qilishga yordam beradi. 3 I.BOB. NAZARIY QISM. 1.1. Sarf haqida umumiy tushuncha Sarf bu — vaqt birligi ichida oqim yoʻnalishi boʻyicha oʻtgan moddaning vazn yoki xajm miqdori. Sarfni oʻlchash tushunchasida ikki xil sarf farqini ajratib olish kerak: Xajmli sarf va vaznli sarf. Xajmli sarf oʻlchash usulida odatda suyuqliklar va gazlarning vaqti birligi ichida oʻtgan xajmi oʻlchanadi. Vaznli sarf oʻlchashda esa moddaning vaqt birligi ichida oʻtgan vazn miqdori oʻlchanadi. Oʻlchash usulini oʻzi xam ikki xil turga ega: birinchisida vaqt birligi ichida oʻtgan moddaning vazn midori yoki xajmi, yaʼni bu xolda sarf bevosita xajm yoki ogʻirlik birliklari bilan ifodalanadi; ikkinchi usulda joriy oqim tezligiga koʻra vaqt birligi ichida qancha miqdorda modda oʻtishi, yaʼni oniy (mgnovenniy) sarf oʻlchanadi. Sarf o’lchagichlarning eng ko’p tarqalgan quyidagi turlari mavjud: Bosim farqlari o‘zgaruvchan sarf o‘lchagichlar. Bosim farqlari o’zgarmas sarf o‘lchagichlar. Tezlik bosimli sarf o‘lchagichlar. O’zgaruvchan satxli sarf o‘lchagichlar. Induksion sarf o‘lchagichlar. Ultratovushli sarf o‘lchagichlar. Kalorimetrik sarf o‘lchagichlar. Ionizatsion sarf o‘lchagichlar Sarfi oʻlchanayotgan moddaning agregat xolatiga koʻra, ushbu modda uchun faqat oʻziga xos boʻlgan xususiyatlari yuzasidan korreksiya xisobi yuritib boriladi. Chunki texnologik jarayon taqozo etadigan bosim va xaroratga bogʻliq xolda oʻlchangan sarf bilan standart qabul qilingan sharoitda oʻlchanadigan sarf qiymat koʻrsatikich bir biridan katta farq qiladi. Yaʼni texnologik jarayonlarda odatda yuqori xarorat va bosim ositdagi reaksiyalar natijasidan keyingi xolat sarfi oʻlchanishi mumkin, ammo xar bir modda uchun uning solishtirma zichligi, molekulyar massasi kabi xossalari faqat oʻziga xos va takrorlanmas boʻladi. Shuningdek xar modda uchun meʼyoriy xarorat va bosim xam aloxida xisoblanishi 4 mumkin. Odatda gazlar xarorat oshgan sari xajmi ortib boradi. Bu xolatda xajmiy sarf oʻlchash jarayonida chalkashliklar kelib chiqishini oldini olish uchun shu gazning kimyoviy va fizik noyob xossalaridan kelib chiqib, uning sarf xisobini meʼyorlanadi. Yaʼni texnologik jarayondagi bosim va xaroratga koʻra oʻlchangan sarf, meʼyoriy sharoitdagi sarf xisobiga oʻgiriladi. Odatda gazlar uchun meʼyoriy sharoit deb bir atmosfera bosimi va 20S xarorat qabul qilinadi. 1.2. Bosimlar farqi o`zgarmas sarf o‘lchagichlar Bu sarf o‘lchagichlarning ishlash usuli quvurda moddaning oqim yo‘lida o‘rnatilgan qandaydir toraytirish qurilmasi yordamida hosil qilinadigan bosimlar farqini o'lchashga asoslangan bo'lib, suyuqliklar, gazlar (bug‘lar) ning sarfini o‘lchash vositasi sifatida keng tarqalgan. Toraytirgichlar sifatida asosan standart diafragmalar, soplolar hamda boshqa soplolari ishlatiladi. Bosim kamayishi o’zgarmas sarf o‘lchagichlar – rotametrlar tajriba sharoitlarida va sanoatda keng ishlatilib, toza va oz miqdorda ifloslangan bir jinsli suyuqlik va gazlarning ravon o‘zgaruvchi hajmli sarfini o‘lchashga mo‘ljallangan (Davlat standart 13045-67). Bular gaztahlillovchi va boshqa asboblarda sarf indikatori sifatida ham ishlatiladi. 5 Asbobning ishlash prinsipi o‘lchanayotgan muhit oqimining pastdan yuqoriga o‘tishida konik naycha ichiga joylashgan qalqovichning vertikal siljishiga asoslangan. Qalqovichning holati o’zgarishi bilan qalqovich va konik naychaning ichki devorlari orasidagi o‘tish kesimi o‘zgaradi, natijada o‘tish kesimidagi oqimning tezligi o’zgarmaydi. Bosimlar farqi qalqovich ko’ndalang kesimi yuzining birligidagi massaga tenglashguncha qalqovich harakatda bo’ladi. Berilgan muhitning har bir sarf kattaligiga qalqovichning muayyan holati mos keladi. Rotametrlar bosim farqi o‘zgaruvchan sarf o‘lchagichlarga nisbatan bir qator afzalliklarga ega: rotametrlarning shaklallari teng bo’linmali bo‘lib, uncha katta bo‘lmagan sarflarni o‘lchashga imkon beradi; bosimning yo‘qotilishi kichik va u sarf kattaligiga bog’liq emas, rotametrlarning o’lchash diapazoni katta: Asbobning o‘lchash qismi vertikal joylashgan konik naycha va qalqovichdan iborat. Konik naychadagi xalqaning kesim yuzi balandlikka proporsional o’zgaradi. Pastdan yuqoriga o‘tadigan suyuqlik yoki gaz oqimi qalqovichga kursatilgan kuchlar muvozanatlashguncha uni yuqori ko‘taradi. Kuchlar muvozanatlashganda qalqovich ma’lum balandlikda to‘xtaydi, bu esa sarf miqdorini ko‘rsatadi. Qalqovichning ish holatidagi, ya’ni o‘lchanayotgan muhitga batamom cho‘kkan paytdagi og‘irligi 6 bu еrda Gk-qalqovichning og‘irligi, kg; Vk– qalqovich hajmi, m3; jk– qalqovich tayyorlangan materialning solishtirma og‘irligi, kg/m3; J- o‘lchanayotgan muhitning solishtirma og‘irligi, kg/m3. Bu holda qalqovichning og‘irlik kuchi pastga qaratilgan. Qalqovichning og‘irligi yuqoriga yo‘nalgan kuch bilan muvozanatlashadi: Muhitning o‘zgarmas oqimiga mos bo‘lgan qalqovichning muvozanat holatidagi og‘irlik va itaruvchi kuchi o‘rtasidagi tenglik quyidagicha: Vq(jq-j) =(P1-P2)f0 U holda ishqalanish kuchi e’tiborga olinmaydi; tenglama asosida qalqovichdagi bosimlar farqi: ΔP – bosimlar farqi, Pa. Tepadagi tenglama bosimlar farqi qalqovichning hajmi, kesim yuzaga, qalqovich va muhitning solishtirma og‘irliklariga, ya'ni o‘lchash jarayonida o‘zgarmaydigan kattaliklarga bog‘liqligini ko’rsatadi. Demak, sarf o‘lchanayotgan bosimlar farqi o‘zgarmas. O’lnayotgan muhitning rotametr devorlari va qalqovich orasidagi o‘tish tezligi bu еrda v- o‘tish tezligi, m/s; 7 Bu ikki tenglamalarni tenglashtirsak,oraliq oqim tezligiga ega bo‘lamiz; Oqimning xalqa oralig‘idagi tezligi va uning yuzasi ma’lum bo‘lgach o‘lchanayotgan muhitning hajmiy sarfini aniqlash mumkin: bu еrda Qq – o‘lchanayotgan muhitning hajmiy sarfi, m3/soat. Α – sarf koeffitsienti, bu eksperimental kattalik bo‘lib, suyuqlikning qalqovichga ishqalanish ta’sirini muhit uyurmasi hosil bo‘lgandagi bosim sarfini nazarda tutadi. Ildiz ostidagi kattaliklar doimiy bo‘lgani uchun ularni K koeffitsient bilan almashtirish mumkin. Unda Qq=a·F ·K Bu bog‘lanish chiziqli bo‘lgani sababli rotametrning shkalasi teng bo‘linmali bo‘ladi. Rotametrlarning α sarf koeffitsienti analitik usulda aniqlash qiyin bo‘lgan bir qator kattaliklarga bog‘liq. Shuning uchun har bir rotametr eksperimental ravishda darajalanadi. Sarf tenglamasiga kirgan barcha kattaliklar darajalanish shartlariga muvofiq bo‘lgandagina shkalaning bu tarzda darajalanishi aniq bo’ladi. Qalqovichning ustki qismi qiya kesiklar tarzida ishlanadi, shu sababli qalqovich vertikal o‘q atrofida aylanadi. Qalqovich naycha ichida uning devorlariga tegmay aylanadi, bunda uning sezgirligi oshadi. 8 Shisha naychali rotametrning tuzilish sxemasi kursatilgan. Bu asbob korpus 5 ga ustunlar 4 yordamida urnatilgan konussimon naycha 2 dan iborat. Naycha ichida pastdan yuqoriga oqadigan suyuqlik yoki gaz oqimi ta’sirida vertikal harakat qiluvchi qalqovich 1 bor. Asbobning shkalasi 3 bevosita naycha ustida darajalanadi. Hisoblashlar qalqovichning ustki gorizontal tekisligi bo‟yicha olib boriladi. Shisha konik naychali rotametrlar suv bo‘yicha 3000 l/soat va havo bo‘yicha 40 m3/soat o‘lchov chegarasiga; 0,6 MPa (6 kgk/sm2) gacha ish bosimiga mo‘ljalangan. Shisha idishli rotametrning korinishi Rotametrning (bosimlar farqi o‘zgarmas sarf o‘lchagich) sxemasi keltirilgan. Asbobning o‘lchash qismi ichida qalqovich yoki porshen 2 joylahtirilgan vertical shisha trubka 1 dan iborat. Trubka orqali o‘tayotgan o‘lchanayotgan moddaning oqimi (suyuqlik yoki gaz) qalqovichni ko‘taradi. Qachonki trubka devorlari bilan qalqovich jismi orasidagi oraliq masofa ma’lum o‘lchamga etganda, qalqovichga ta’sir etuvchi kuchlar o‘zaro tenglashadi. Qalqovich esa sarf kattaligiga mos keladigan ma’lum balandlikda to‟xtaydi. Oqimda qo‘yilgan qalqovichga o'lchanayotgan mahsulotning itarish kuchi F (N) ta‘sir etib, u quyidagi formula orqali aniqlanadi: 9 bu yerda: Vq - qalqovichning hajmi, m3; yq,ys-qalqovich tayyorlangan material va o‘lchanayotgan mahsulotning solishtirma og‘irligi(N/m3); F1 kuchga qarama-qarshi yo‘nalgan, oqim harakatidan F2 kuch yuzaga keladi: bu yerda: Sq - qalqovichning istalgan joyidagi kesim yuzi, m2; ΔP - bosimlar farqi. Muhitning o‘zgarmas oqimiga mos bo‘lgan qalqovichning muvozanat holati F1 va F2 kuchlar o'zaro teng, ya'ni F1 = F2 = const bo‘lganda ta’minlanadi (bu holda ishqalanish kuchi hisobga olinmaydi). Demak, qalqovichning istalgan joyining kesim yuzi o‘zgarmas ekan, unda bosimlar farqi ham doimiy bo‘ladi. Shuning uchun ham rotometrlar bosimlar farqi o'zgarmas sarf o'lchagichlar deb nom olgan. Sarf o‘lchagich orqali oqib o‘tayotgan mahsulotning sarfi Q (m3/s) quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: bu yerda: α - mahsulotning sarf koeffitsiyenti; ST - qalqovich ko‘tarilgan ma’lum balandlikka to‘g‘ri keladigan trubkaning ko‘ndalang kesim yuzi; ρ - o'lchanayotgan moddaning zichligi, kg/m3. 1.3. Induksion sarf o‘lchagichlar Induksion sarf o‘lchagichlarning ishlash usuli tashqi magnit maydoni ta’sirida elektr o‘tkazuvchi suyuqlik oqimining induksiyalanishi natijasida hosil bo‘lgan EYUK ni o‘lchashga asoslangan.Induksion sarf o‘lchagichlarning sxemasi keltirilgan. Nomagnit materialdan tayyorlangan quvur 1 dan oqib o‘tayotgan 10 suyuqlik elektromagnit 2 tomonidan yuzaga kelgan magnit maydon kuch chiziqlarini kesib o‘tadi. Magnit maydon ta’sirida suyuqlik oqimining o‘rtacha tezligiga proporsional ravishda elektr yurituvchi kuch hosil bo‘ladi. Bu yerda suyuqlik oqayotgan quvurning kesimi o‘zgarmaydi (doimiy bo'ladi). Induksiyalangan EYUK quvurning bir xil yo‘nalishdagi ko'ndalang kesimida o'rnatilgan elektrodlar 3 yordamida qabul qilinadi, EYUK kattaligi kuchaytirilib, ikkilamchi asbob yordamida o‘lchanadi. Sarf o‘lchagichda ADS (absoblar davlat sistemasi) dagi har qanday bloklarni o‘lchash imkoniyatiga ega bo‘lib, chiqish signali 0-5 mA tok kuchiga va 0,02-0,1 MPa ga teng bo‘lgan siqilgan havo bilan ishlaydi. Induksion sarf o’lchagich. Induksion sarf o‘lchagichlar bir qator qulayliklarga ega. Sezgir elementning o‘lchanayotgan mahsulot bilan kontaktda bo'lmasligi uni mahsulot bilan yuzaga keladigan kimyoviy o‘zgarishlardan saqlaydi. Bu esa Kimyo va oziq-ovqat sanoatida muhim ahamiyatga ega. Asbob inersiyasiz hisoblanib, uni avtomatik rostlash sistemalarida qo‘llash foydalidir. Asbobning ko‘rsatishi suyuqlikning zichligiga, qovushoqligiga va oqimning xarakteriga (turg‘un, turg‘un bo'lmagan) bog‘liq emas. Induksion sarf o‘lchagichlar bir qancha Kimyo va oziq-ovqat mahsulotlarining sarfini o‘lchash uchun qo‘llaniladi. Sarf o'lchagich ichki diametri 3 dan 1000 mm gacha bo'lgan quvurlarda 12500 m3 soat sarflarni o‘lchashni ta’minlaydi, xatoligi 5 % dan oshmaydi. 11 Suyuqlik va gazsimon moddalar miqdorini o‘lchash uchun ishlatiladigan hisoblagichlar ishlash usuliga ko'ra tezlik, hajm va vazn hisoblagichlariga bo'linadi. Ishlab chiqarishda ko‘proq tezlik va hajm hisoblagichlari ishlatiladi. Gazlar miqdorini o‘lchashda esa hajmiy usuldan foydalaniladi. Induksion sarf o‘lchagichlarning ishlash prinsipi tashqi magnit maydon ta’sirida elektr tokini o‘tkazuvchi suyuqlik oqimida hosil bo‘lgan EYK ni o‘lchashga asoslangan. Magnitning N va S qutblari orasida magnit maydoni kuch chiziqlari yo‘nalishiga perpendikulyar ravishda suyuqlik oqadigan quvurdan o‘tadi. Magnit maydonidan o‘tadigan quvorning qismi nomagnit material (ftoroplast, ebonit va boshqalar) dan tayyorlanadi. Quvur devorlarida bir-biriga diametrlar qarama-qarshi yo‘nalgan o‘lchash elektrodlar o‘rnatilgan. Magnit maydoni ta’sirida suyuqlikdagi ionlar harakatga keladi va o‘z zaryadlarini o‘lchash elektrodlariga berib, ularda EYK hosil qiladi. EYK suyuqlik oqimi tezligiga proporsional EYKning miqdori, magnit maydoni doimiy bo‘lganda, elektr magnit induksiyasining asosiy tenglamasi orqali aniqlanadi. bu еrda В – magnit qutblari oralig‘ida hosil bo‟lgan elektr magnit induktsiya, ; D-quvorning ichki diametri (elektrodlar orasidagi masofa), m; vуртoqimning o‘rtacha tezligi, m/s. Tezlikni Q hajmiy sarf orqali ifodalasak, bu formuladan bir jinsli magnit maydonida EYKning miqdoriy hajmi sarfga to‘g‘ri proporsional ekanligi kelib chiqadi. Hozirgi paytda induksion sarf o‘lchagichlar elektr o‘tkazish qobiliyati 10-3…10-5 sm/m dan kam bo‘lmagan 12 suyuqliklarda ishlatiladi. Doimiy magnit maydonga ega bo‘lgan suyuqliklarda ishlatiladi. Doimiy magnit maydonga ega bo‘lgan induksion sarf o‘lchagichlarning asosiy kamchiligi – EYK elektrodlarida qutblanish va galvanik EYKning paydo bo‘lishidadir. Bu kamchiliklar harakatdagi suyuqlikda magnit maydon tomonidan induksiyalangan EYKni to‘g‘ri o‘lchashga yo‘l qo‘ymaydi yoki qiyinlashtiradi. Shuning uchun doimiy magnit maydoniga ega bo‘lgan sarf o‘lchagichlar suyuq metallar, suyuqlikning pulslanuvchi oqimi sarfini o‘lchashda va qutblanish o‘z ta’sirini ko‘rsatishga ulgurmaydigan qisqa vaqtli o‘lchovlarda ishlatiladi. Hozirgi paytda induksion sarf o‘lchagichlarning ko‘pchiligida o‘zgaruvchan magnit maydonidan foydalaniladi. Agar magnit maydon τ – vaqtda f chastota bilan o‘zgarsa, EYK quyidagi tenglama orqali aniqlanadi: bu yerda -induksiyaning amplituda qiymati. O‘zgaruvchan magnit maydonida elektr kimyoviy jarayonlar doimiy maydonga qaraganda kamroq ta’sir ko‘rsatadi. Chizmada quyidagi belgilar qabul 13 qilingan: SBEO‟ – O‘zgaruvchan magnit maydonli sarfning birlamchi elektr magnit o‘zgartkichi. Magnit maydon elektr magnmit 4 yordamida hosil bo‘ladi, OK – oraliqdagi o‘lchash kuchaytirgichi 0…5 mA doimiy tok chiqish signaliga ega bo‟lgan o‘zgartkich, Rn - tashqi yuk qarshiligi, masalan. Ikkilamchi asbob. Integrator va hakozo. R - qarshilik. Induksion sarf o‘lchagichlar bir qator afzalliklarga ega. Bu asboblar inertsion emas, bu hol tez o‘zgaruvchan sarflarni o‘lchashda va ularni avtomatik rostlash tizimlarida ishlatishda juda ahamiyatli. O‘lchash natijalariga suyuqlikdagi zarrachalar va gaz pufakchalari ta’sir qilmaydi. Sarf o‘lchagichning ko‘rsatishlari o‘lchanayotgan suyuqlik xususiyatlariga va oqim tavsifga bog‘liq emas. Materiallar muvofiq tanlanib, zanglashga qarshi qoplamalar ishlatilsa, induksion sarf o‘lchagichlar tajovuz suyuqliklar va abraziv xususiyatli suyuqlik hamda pastlar sarfini o‘lchashda ishlatilishi mumkin. Paydo bo‘lgan EYK sarfga chiziqli bog‘liq bo‘lgani sababli, ikkilamchi asbob shkalasi ham chiziqlidir. Induksion sarf o‘lchagichlar 1…2500m3/soat va undan katta diapazonda, diametri 3…1000 mm va undan katta quvurlarda, suyuqlikning chiziqli tezligi 0,6…10 m/s gacha bo‘lganda, sarf o‘lchovlarini ta’minlay oladi. Asboblarning aniqlik sinfi 0,6, 1, 1,5. 1.4. Tezlik bosimi bo‘yicha sarf o‘lchagichlar Tezlik bosimi bo‘yicha sarfni o‘lchash dinamik bosimning o‘lchanayotgan muhit oqimi tezligiga bog‘liqligiga asoslangan. Bernulli tenglamasiga muvofiq to‘liq va statik bosimlar ayirmasi 14 Bundan bu еrda v -o‘lchanayotgan muhit harakatining tezligi, m/s; RT – to‘liq bosim, Pa; РС– statik bosim, Pa; Rv - dinamik bosim, Pa; p -o‘lchanayotgan muhit zichligi, kg/m3. Shunday qilib dinamik bosimni, binobarin. Suyuqlik yoki gaz harakatining tezligini aniqlash uchun to‘liq va statik bosimlar ayirmasini o‘lchash lozim. To‘liq va statik bosimlar ayirmasini quvurga ochiq naycha 1 va difmanometrlar 2 ni ko‘rsatilganidek o‘rnatish yo‘li bilan o‘lchash mumkin. Difmanometr bilan o‘lchangan dinamik bosim bu еrda h – difmanometrdagi suyuqlik sathining farqi, m; g – og‘irlik kuchining tezlanishi, m/s2, p1- difmanometrdagi ishchi suyuqlikning zichligi, kg/m3. 15 vурт- oqimning o‘rtacha tezligi; vmax - оqimning quvur o‘qi bo‘yicha maksimal tezligi; Re – quvur diametriga oid Reynolds soni. O‘lchanayotgan muhit toza bo‘lib, uning tarkibida qattiq zarrachalar bo‘lmasligi lozim. Tezlik naychalari ishlatilganda deyarli bosim yo‘qotilishi kuzatilmaydi. Bu esa ushbu uslubning afzalligidir. 16 XULOSA Ushbu kurs ishini bajarish mobaynida, oqim sarf hisoblagichlari haqida o‘z bilimlarimni mustahkamlash bilan birgalikda, ularning ko‘pgina turlari turli maqsadlarda qo‘llanishligini bilib oldim. Sarf o‘lchagichlarning ishlash prinsiplari, tuzilishi, o‘lchash chegaralari va tarkibiy qismlariga qo‘yiladgan talablar haqida chuqurroq bilib oldim. Bu hisoblagichlarni ishlash davomiyligi, aniqlik sinflari va yo‘l qo‘yishi mumkin bo‘lgan xatoliklarini o‘rgandim. Shu bilan bir qatorda shiddat bilan rivojlanayotgan texnika va texnologiyalar zamonida sarf o‘lchagichlar ham, ishlab chiqarish sohasida munosib o‘rin egallab turganini takidlash lozim. Sarf hisoblagichlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar ko‘pgina topiladi, shular orasidan eng ishonchlisini tanlash va ishlab chiqarishda joriy etish ham bizlardan chuqur bilim talab etadi. Shu sababdan ham, bu kurs ishini bajarishda davomida olgan bilim va ko‘nikmalarim kelgusidagi o‘qish va ish faoliyatimda menga katta yordam berishiga ishonaman. 17 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. Alan S. Moris, Reza Langari. Measurement and Instrumentation. -UK: Academic Press, 2016. -697p. 2. Yusupbekov N.R., Muxamedov B.I., G‘ulomov Sh.M. Техnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish. –Тоshkent: O‘qituvchi, 2011. -576 b. 3. Юсупбеков Н.Р., Мухамедов Б.Э., Ғуломов Ш.М. Технологик жараёнларни бошқариш системалари. –Тошкент: Ўқитувчи. 1997. -704 б. 4. Зайцев С.А., Грибанов Д.Д., Толстов А.Н., Меркулов Р.В. Контрольноизмерительные приборы и инструменты. –М.: Академия, 2002. -464с. 5. Иванова Г.М., Кузнецов Н.Д., Чистяков В.С. Теплотеxнические измерения и приборы. –М.: МЭИ, 2005. -460с. 6. ГОСТ 8.563.1-1997. Измерение расхода и количества жидкостей и газов методом переменного перепада давления. М.: ИПК Издательство стандартов, 1999. Internet saytlar ro‘yxati Aim.uz Arxiv.uz Library.ziyonet.uz 18