TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNVERSITETI BUXGALTERIYA VA AUDIT YO‘NALISHI II-KURS MBR-94 GURUH TALABASI PARDABOYEV RUSTAM ORTIQBOYEVICHNING BUXGALTERIYA XISOBI FANIDAN MUSTAQIL ISHI BUXGALTERIYA HISOBINI TARTIBGA SOLISH BO’YICHA MEYORIY HUQUQIY HUJJATLAR. Reja: • 1. O’zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini tartibga solish bo’yicha meyoriy huquqiy hujjatlar. • 2. Respublika buxgalteriyasi hisobi va hisobot tizimini takomillashtirish. • 3. Iqtisodiyot rivojiga mos buxgalteriya hisobini joriy etishning yangi usullari. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA BUXGALTERIYA HISOBINI TARTIBGA SOLISH BO’YICHA ME’YORIY HUQUQIY HUJJATLAR. “Buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni tartibga solish, buxgalteriya hisobi standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining zimmasiga yuklatiladi. Buxgalteriya hisobini yuritish qoidalari buxgalteriya hisobi standartlari, shu jumladan kichik tadbirkorlik sub’ektlari uchun soddalashtirilgan buxgalteriya hisobini yuritish standarti bilan belgilanadi. Budjet tashkilotlarining hamda davlat maqsadli jamg‘armalarining buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotini tartibga solish budjet hisobi standartlari hamda boshqa qonun hujjatlari asosida amalga oshiriladi. Banklar va boshqa kredit tashkilotlarining buxgalteriya hisobi hamda hisobotini tartibga solish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.” Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning bosh maqsadi kuchli, raqobatbardosh milliy iqtisodiyotni yaratish va shuning hisobidan aholi farovonligini muntazam oshirib borishga qaratilgan. Shu bois so‘nggi yillarda xususiy mulk va tadbirkorlikning huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga qaratilayotgan e'tibor pirovard natijada barqaror iqtisodiy taraqqiyotning muhim omiliga aylanmoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobining ahamiyati va boshqaruv qarorlarini qabul qilishdagi roli ham oshib bormoqda. Shu ma'noda 1996 yilda qabul qilingan “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni sohadagi munosabatlarni tartibga solish, biznesdagi samaradorlik va natijalarning haqiqiy ahvolini o‘z vaqtida baholab borishni ta'minlashga xizmat qilib kelmoqda. O’zbekiston Respublikasi qonuni “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”, 9-modda Biroq, o‘tgan yigirma yil mobaynida milliy iqtisodiyotimizda yuz bergan tarkibiy o‘zgarishlar, xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar turi va soni oshib borayotgani hamda sohaga joriy etilayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining jadal rivojlanishi mazkur qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni taqozo etmoqda. O’zbekistonda buxgalteriya hisobi sohasida ko’zga ko’ringan iqtisodchi olimlar tomonidan bildirilgan fikrlar Respublikamizdagi buxgalteriya hisobi tizimi bu borada Kontinental modelga asoslanishi haqiqatga yaqinroqligini ko’rsatmoqda. Ushbu modelning mohiyati shundaki, buxgalteriya hisobini tartibga solishda hukumat xal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Qat’iy qonunchilik talablari asosida va soliq siyosatiga mos holda konservativ tartibda hisob yuritiladi. Shuningdek, yagonda hisob varaqlar rejasi amal qiladi. Buxgalteriya hisobi tizimi Moliya vazirligining “Buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti Bosh boshqarmasi” tomonidan tartibga solinadi hamda Buxgalterlar va auditorlar uyushmasi, O’zbekiston buxgalterlar federatsiyasi yoki Auditorlar Palatasi kabi jamoatchilik tashkilotlari esa, buxgalteriya hisobini amaliyotga tadbiq etishda maslahatchi bo’lib xizmat qilmoqda. O’z navbatida xo’jalik subyektlari uchun yagona hisobvaraqlar rejasi ham mavjud. (21 – son BHMS “Xo’jalik yurituvchi subyektlarning buxgalteriya hisobi hisobotlar rejasi” O’z.R AV tomonidan 2002 yil 23 oktabrda 1181-son bilan ro’yxatdan o’tkazilgan). Buxgalteriya hisobi va hisobotining tartib qoidalarini ishlab chiqishda jahon mamlakatlari uchta guruhga bo’linadi: xalqaro standartlar (Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarni – MHXS, International Financial Reporting Standats – IFRS) to’g’ridan-to’g’ri qabul qilib oluvchi mamlakatlar, MHXS asosida o’z kodeksi, nizom yoki standartlarini yaratuvchi mamlakatlar hamda MHXSlarni tan olmaydigan (o’zining alohida – hisob standartlariga yoki tamoyillariga ega bo’lgan) mamlakatlar. Xususan, O’zbekiston MHXS asosida o’zining milliy standartlarini ishlab chiqaruvchi mamlakatlar qatoriga kiradi, ya’ni buxgalteriya hisobi tizimi o’z mlliy standartlariga asoslanadi(banklardan tashqari). Respublikamizda buxgalteriya hisobi va hisoboti tizimidagi amalga oshirilayotgan ishlar “bosqichma-bosqich rivojlanish” tamoyillariga asoslanib kelmoqda. birinchi bosqich: 1994 yil “Buxgalteriya hisobi va hisoboti to’g’risida”gi Nizomni ishlab chiqilishi; ikkinchi bosqich: 1996 yil “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunning qabul qilinishi; uchinchi bosqich : 1998 yil “Buxgalteriya hisobining milliy standartlari”ni yaratilishi; to’rtinchi bosqich: 2002 yil “Moliyaviy hisobotlarni takomillashtirish” bo’yicha turli me’yoriy xujjatlarning qabul qilinishi; beshinchi bosqich: 2012-2015 yillar “Tadbirkorlik subyektlarida statistic, soliq va moliyaviy hisobotlarni soddalashtirish, topshirishning elektron tizimi” ga to’la o’tkazilishi. Shuningdek, Respublikamizda buxgalteriya hisobi sohasida o’tkazilgan islohotlarga qaramay, buxgalteriya hisobiga kontinental model bo’yicha yondashish, yuqorida ta’kidlanganidek, qat’iy qonunchilikka asoslangan hisob yuritish qoidalari hamon saqlanib turibdi. Vaholanki, MHXS talablari kontinental modeldan deyarli farq qiladi: Ko’rsatkichlar Tartibga soluvchi organlar Moliyaviy hisobotni tuzish Hisobvaraqlar rejasi MHXS bo’yicha Mustaqil buxgalterlar va auditorlar uyushmalari Mustaqil buxgalterlar va auditorlarning malakaviy darajasida muhokama qilinadi O’zbekistonda Davlat organlari tomonidan tartibga solinadi Davlat tomonidan nazorat qilinadi Yagona hisobvaraqlar rejasi amal qiladi Shuningdek, 2000 yildan to shu kungacha buxgalteriya hisobini tashkil etish, yuzaga kelgan muommolarni bartaraf etish va uni takomillashtirishga oid 30 dan ortiq tarmoq xususiyatini hisobga olgan Nizomlar, yo’riqnomalar va turli tartib qoidalar qabul qilingan. Masalan, “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga “O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish, shuningdek, ayrim qonun xujjatlarini o’z kuchini yo’qotgan deb topish to’g’risida” 2013 yil 7 oktabrdagi O’zRQR-355-son Qonunga asosan 12 – moddasiga o’zgartirishlar kiritildi. Bunda qonunning 9moddasi birinchi qismi quyidagi jumla bilan to’ldirildi: “Xo’jalik yurituvchi subyektlar tomonidan savdo va servis sohasida olinadigan to’lovlar (ishlar, xizmatlar) haqqi korporativ plastik kartalardan foydalangan holda to’langanida to’lov terminallarining cheklari ham boshlang’ich hisob hujjatlari deb tan olinadi”. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yilda qabul qilingan PQ-1001, 20-son Qarori, hamda 2012 yil 16 iyuldagi PF-4453 sonli Farmoyishiga muvofiq hisobotlarni tuzish va topshirish tartibidagi so’ngi o’zgarishlarni keltirish mumkin. Jahondagi har bir mamlakat o’z milliy buxgalteriya hisobi tizimiga ega bo’lganligi yaxshi holat. O’z ijtimoiy, siyosiy iqtisodiy holati va qadriyatlariga asoslangan buxgalteriya hisobi tashkilot faoliyatini to’liq va shaffof ma’lumotlar bilan aks ettirilishini ta’minlaydi. Biroq ushbu hisobotdan tashqi foydalanuvchilarga qiyinlik tug’diradi. Hisobotdan foydalanuvchi avval ushbu mamlakatning ijtimoiy, siyosiy iqtisodiy holati, qadriyatlari va boshqa sohalarini, buxgalteriya hisobi tamoyillarini o’rganishi, hisobotini o’qiy olish, uni boshqa subyektlarning ko’rsatkichlari bilan solishtirish uchun qaytadan hisobotni moslashtirilgan holda tuzib chiqishga to’g’ri keladi. Ushbu holatda hisobotdan tashqi foydalanuvchi hisobot ma’lumotlari o’rganish va qaror qabul qilishdan oladigan nafi hisobotni tushunishga sarflanadigan vaqti va mablag’idan kam bo’lganligi sababli, hisobotdan foydalanmaslikka qaror qiladi. Bu esa o’z navbatida subyektlarning moliyaviy faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. O’zbekiston buxgalteriya hisobi va hisoboti tizimiga MHXSni qabul qilish bo’yicha tutgan o’rni ijobiy, biroq MHXS ni amaliyotda qo’llashni jadallashtirish va integratsiya jaroyonida faol ishtirok etishini maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Fikrimizni korporativ buxgalteriya hisobi va hisoboti haqida davom ettiradigan bo’lsak, buxgalteriya hisobi Moliya vazirligi tomonidan tartibga solinib kelinmoqda. O’z navbatida xo’jalik subyektlari o’rtasida raqobat va sog’lom muhitni shakllantirish, yalpi ichki mahsulotda xususiy mulk, jumladan, chet el kapitali ishtirokidagi ulushini oshirish, moliya faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish uchun ma’lum hisobotlar talab qilinadi. Ushbu hisobotlar faqatgina xo’jalik subyektining sog’lom faoliyatini nazorat qilishga yo’naltirilganligi bois, ushbu hisobotni statistik hisobot sifatida tasniflash mumkin. Huddi shu kabi Davlat Soliq Idoralariga ham soliqlarni to’g’ri hisoblanishi va o’z vaqtida to’lanilishini nazoratga olish uchun hisobotlar talab qilinadi, ushbu hisobot foydalanuvchi va foydalanish qamrovi tor doirada bo’lganligi sababli ushbu hisobotni to’la qonli moliyaviy hisobot sifatida tasniflash maqsadga muvofiq emas. Xojalik yurituvchi subyektlar tomonidan taqdim etilayotgan hisobotlar keng qamrovli bo’lib, undan foydalanuvchilar: aksiyadorlar, investorlar, xaridorlar, bank, mol yetkazib beruvchilar, mulk egalari, auditorlar va boshqa yuqori tashkilotlar, subyektning faoliyatidagi raqobatchilar va boshqa yuqori tashkilotlar, subyektning faoliyatidagi raqobatchilari va hamkorlari ushbu hisobot ma’lumotlariga tayangan holda moliyaviy, boshqaruv va boshqa sohalardagi qarorlarni qabul qiladi. Shu bois, moliyaviy hisobotlar bu subyektning yuzi va reklama vositasi hisoblanadi. Biroq hisobotda faqat yutuqlar emas, balki qaror qabul qilishda ta’sir qiladigan barcha holatlar o’z ifodasini topishi lozim. Respublika buxgalteriyasi hisobi va hisobot tizimini takomillashtirish. O‘zbekistonda buxgalteriya hisobini me‘yoriy tartibga solish tizimi va uning asosiy elementlarini to‘rt pog‘onaga bo‘lish mumkin. Asosiy element pog‘onalariga to‘xtaladigan bo‘lsak, ular bir – biriga ta‘sir qiluvchi biri ikkinchisini qamrab oluvchi tushunchalardir. Pog‘onalar: 1) O‘zbekiston Respublikasi ―Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun 2) O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standartlari 3) Buxgalteriya hisobining alohida bo‘limlari bo‘yicha hisob yuritish tartibini belgilaydigan ―Uslubiy ko‘rsatmalar, yo‘riqnomalar, tavsiyanomalar va boshqalar 4) Korxonaning hisob siyosati ya‘ni korxonaning hisob yuritish va hisobot tuzishga doir ichki tashkiliy-uslubiy hujjatlar to‘plami. Bu tizim elementlari yuqoridan pastga qarab bir –biriga asosan tuziladi. Buxgalteriya hisobining milliy standartlari, O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonunga asosan, shu qonunga zid bo‘lmagan holda tuziladi. O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining milliy standartlari esa Buxgalteriya hisobining alohida bo‘limlari bo‘yicha hisob yuritish tartibini belgilaydigan ―”Uslubiy ko‘rsatmalar, yo‘riqnomalar va boshqa hujjatlar” ishlab chiqarishning huquqiy – me‘yoriy va uslubiy asosi hisoblanadi.So‘ngra yuqoridagi uchta pog‘onaning mantiqiy davomi Korxonaning hisob siyosati ya‘ni korxonalarning hisob yuritish va hisobot tuzishga doir ichki hujjatlar to‘plami shakllantiriladi. BHMSlar quyidagi qismlardan tashkil topgan. Standart nomi, umumiy qoidalar, standartning maqsadi, amal qilish sohasi, qo‘shimcha axborot, asosiy tamoyillar, standart tarkibiga kiruvchi tushunchalar. BHMSlarning qo‘llanilishidan asosiy maqsad Buxgalteriya hisobini yuritish usullarini to‘liq va haqqoniy qo‘llanilishi va ularni yuritishda yuz beradigan kamchiliklar ichiga kirib borish, o‘z navbatida ushbu kamchiliklarni bartaraf etishdir. BHMSlar asosida olib boriladigan korxona siyosati nechog‘lik aniq va lo‘nda tuzilsagina xo‘jalik yurutuvchi sub‘ekt faoliyati ustidan nazorat o‘rnatish, shunchalik aniq bo‘ladi. BHMSning ahamiyati shundaki, buxgalteriyada sodir bo‘ladigan har bir muomala standartlardan chetda qolmaydi, bu muomalalarni hisobga olishda tegishli standartlardan foydalaniladi, qolaversa korxona faoliyatining ko‘zgusi bo‘lgan moliyaviy hisobotni tayyorlashda va uni tekshirishda tegishli xulosalar yoziladi, undagi ma‘lumotlarni tahlil qilishda foydalaniladi. Ikkinchi pog‘ona O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan buxgalteriya hisobining milliy standartlarini o‘z ichiga olib, ulardan hisob yuritishning asosiy tamoyillari va qoidalari mujassamlashgan shu vaqtgacha tasdiqlangan va amaliyotda qo‘llanilayotgan buxgalteriya hisobi standartlari 24 ta standartdan tashkil topgan. BHMSlar tegishli huquqiy maqomga ega bo‘lib, mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalarning moliyaviy hisobotiga bo‘lgan ishonchni ta‘minlovchi respublikamizdagi buxgalteriya hisobining sifati va ishonchliligini xalqaro miqyosida tan olinishining asosiy shartidir. BHMS standartlaridan 1-son Hisob siyosati va moliyaviy hisobot deb nomlanib, boshqa standartlar bilan birgalikda qo‘llaniladi. Xo‘jalik sub’yektining hisob siyosati bajarilishi lozim bo‘lgan ta‘moyil va qoidalar yig‘indisi asosida tartibga solinib turadi. Bunday tamoyil va qoidalarning mavjudligi bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobining muhimligi, korxonalarning mulkiy va moliyaviy holati haqida to‘la va haqqoniy ma‘lumotlar shakllantirilishiga qaratilishi, tadbirkorlarning o‘zaro bir – biri bilan muomala qilishi usuli bo‘lishi, makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tizimining muhim elementi bo‘lib hisoblanishi bilan izohlanadi. Shunday qilib,korporativ boshqaruv tizimini takomillashtirishning muhim shartlaridan biri moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga to‘liq o‘tish va Buxgalteriya hisobi milliy tizimini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish lozim. O‘zbekiston iqtisodiy makonida qaror topgan tushuncha va atamalariga mos malakali tarjimasi zarur.Shu bilan birga moliyaviy hisobot xalqaro standartlariga mutaxassislar tomonidan malakali sharhlar ishlab chiqilishi maqsadga muvofiq. Shunday qilib Buxgalteriya hisobi to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Qonunini 2016- yil 13 – aprelda yangi tahrirda o’zgartirishlar kritildi. № O‘RQ – 404 Qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 3-martda qabul qilingan Senat tomonidan 2016-yil 31-martda ma’qullangan IQTISODIYOT RIVOJIGA MOS BUXGALTERIYA HISOBINI JORIY ETISHNING YANGI USULLARI. Birinchi prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyotdagi rolini tubdan oshirish, investitsiya muhitini yanada yaxshilash yuzasidan amalga oshirilayotgan islohotlar samarasida mamlakatimizda barqaror o‘sish sur’atlari ta’minlanmoqda. O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 13-apreldan kuchga kirgan yangi tahrirdagi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonuni zamonaviy boshqaruvning muhim tarkibiy qismi hisoblangan ishonchli va mukammal iqtisodiy axborot va hisobotlar bilan ta’minlashning huquqiy asosiga aylandi. Mamlakatimizda iqtisodiyotni tarkibiy o‘zgartirish va modernizatsiya qilishga yo‘naltirilgan strategiya asosida yuqori texnologiyalarga asoslangan korxonalar barpo etilib, zamonaviy boshqaruv usullari joriy etilmoqda. Davlatimiz rahbari aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy boshqaruv va zamonaviy menejmentning yangi mexanizmlarini joriy etish asosida korporativ boshqaruvni yanada takomillashtirish vazifasini qo‘ydi. Ushbu vazifalarni amalga oshirish buxgalteriya hisobining mukammal yuritilishiga va ishonchli moliyaviy hisobotlarga tayanadi. 1996-yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonuni o‘z navbatida buxgalteriya hisobini sifatli va ishonchli tashkil etish bo‘yicha xalqaro talablarga javob berishi bilan bir qatorda, korxonalarning moliyaviy hisobotlariga bo‘lgan ishonchning ortishiga, bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobini rivojlantirishga huquqiy asos bo‘lib xizmat qildi. O‘tgan davrda amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar natijasida barcha sohalar singari hisob-kitob tizimida ham katta o‘zgarishlar ro‘y berdi, soha bilan bog‘liq qator yangi qonunchilik hujjatlari qabul qilindi, mavjudlari takomillashtirildi. Bu «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunni bugungi kun talablariga moslashtirishni taqozo etdi. Yuqoridagilar va sohada to‘plangan milliy va xorijiy tajriba buxgalteriya hisobini tashkil qilish, yuritish va hisobotlarni tuzish borasidagi qonunchilikni yanada mukammallashtirishni ilgari surdi. Shulardan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi qonuni ishlab chiqilib, qabul qilindi va Prezidentimiz tomonidan tasdiqlandi. 32 moddadan iborat qonunda buxgalteriya hisobining mazmuni, asosiy maqsadi va vazifalari iqtisodiyotdagi o‘zgarishlar hamda huquqni qo‘llash amaliyotiga qo‘yilayotgan yangi talablardan kelib chiqqan holda moliyaviy hisobot tuzishning xalqaro standartlariga muvofiq belgilandi. Birinchi prezidentimizning 2015-yil 24-apreldagi “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlar asosida tuzish va e’lon qilish belgilanganligi munosabati bilan ham milliy, ham xalqaro standartlarni qamrab oluvchi buxgalteriya hisobining standartlari qonun darajasida o‘rnatildi. Avvalgi qonunchilikda buxgalteriya xizmati rahbari faoliyatini tartibga solishga qaratilgan aniq me’yorlarning mavjud bo‘lmaganligi bois, qonunga buxgalteriya xizmati rahbari maqomini va unga qo‘yiladigan professional talablarni aniqlovchi yangi me’yorlar kiritildi. Mazkur qoidalarda majburiy auditorlik tekshiruvidan o‘tishi lozim bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning buxgalteriya xizmati rahbariga ma’lumoti va ish staji, shuningdek, malaka darajasini oshirish bo‘yicha yangi talablar belgilandi. Qonunga buxgalteriya hisobi subyekti rahbari bilan buxgalteriya hisobi xizmati rahbari o‘rtasidagi o‘zaro nazoratni ta’minlashga qaratilgan yangi normalar kiritildi. Shu bilan birga, boshlang‘ich hisob hujjatlari va buxgalteriya hisobi registrlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni belgilash, ichki hujjatlar aylanishini mukammallashtirish, shuningdek, zamon talablariga mos ravishda sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish maqsadida qator yangi me’yorlar ham joy oldi. Qonunda xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan buxgalteriya hisobi sohasida ichki nazoratning tashkil etilishi va amalga oshirilishi lozimligi belgilandi. Mazkur nazorat xo‘jalik operatsiyalarining to‘g‘ri va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash, aktivlar butligini saqlash, talon-taroj qilish hollari va xatoliklarni joyida aniqlash hamda ularning oldini olish bo‘yicha buxgalteriya hisobi subyekti xodimlari o‘rtasida javobgarlik va vakolatlarni samarali taqsimlash imkoniyatini ta’minlaydi. Buxgalteriya hisobi subyektlari moliyaviy hisobotni yilning har choragida taqdim etishi belgilangani holda, kichik korxonalar va mikrofirmalar uchun buxgalteriya balansi hamda moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobotdan iborat faqat yillik moliyaviy hisobot taqdim etish to‘g‘risidagi yangi norma kiritildi. Demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida belgilangan vazifalarga asosan buxgalterlar o‘z manfaatlari va huquqlarini himoya qilishga xizmat qiluvchi ixtiyoriylik asosida tashkil etiladigan nodavlat notijorat tashkiloti bo‘lgan jamoat birlashmalari tuzish huquqiga egaligi to‘g‘risidagi yangi me’yor bilan to‘ldirildi. Yuqoridagilar bilan bir qatorda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida tegishli moddalarga o‘ndan ortiq yangi norma kiritilgan. Aytish joizki, qonunning yangi tahririda buxgalteriya hisobini yuritish va tashkil qilish, moliyaviy hisobotlarni tayyorlash va taqdim etish jarayonlarida yuzaga kelayotgan yangi huquqiy munosabatlar me’yoriy tartibga solindi. Qonunga kiritilgan yangiliklar zamonaviy korporativ boshqaruvning takomillashuviga, xususan, uning iqtisodiy dastaklari va mexanizmlari mukammallashuviga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Qonunda belgilangan yangi norma va qoidalar ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda ularning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan maxsus seminarlarni tashkil etish, buxgalteriya hisobining barcha subyektlarida tadbirlar rejasi ishlab chiqib, unda xodimlarni xalqaro standartlar bo‘yicha moliyaviy hisobotni tuzish, boshlang‘ich hisob hujjatlari va buxgalteriya hisobi registrlariga qo‘yilayotgan qo‘shimcha talablar hamda ichki nazoratni tashkil qilish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim bo‘ladi. Muxtasar aytganda, O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunida ko‘zda tutilgan yangi me’yor va qoidalarning hayotga joriy etilishi buxgalteriya hisobi tizimini yanada takomillashtirish, uning ochiqligi, xo‘jalik operatsiyalarining to‘g‘ri amalga oshirilishi va ish sifatini ta’minlash, aktivlarni to‘liq saqlash, buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotlarni tuzishdagi xatoliklar va huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, oldini olish va bartaraf qilishga xizmat qiladi.