Web brauzerlar Web brauzer butunjahon to’rida joylashgan sahifani yuklash, tahlil qilish va uni ko’rsatish, sahifalararo o’tishlarni amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Server so’ralgan ma'lumotni qidirib topadi va web brauzerga jo’natadi. Web brauzer qabul qilib olingan ma'lumotlarni kompyuter ekranida tasvirlaydi. “Web” so’zi esa “World Wide Web”(butunjahon to’ri WWW) ning qisqa ma’nodagi ko’rinishi. Internetning WWW xizmatidan foydalanish uchun ham maxsus dasturlar ishlab chiqilgan. Ular webbrauzerlar (Browser) deb ataladi. Browser inglizcha so’z bo’lib, ko’rishni tominlash, ko’rsatish ma'nosini anglatadi. Birinchi Web-brauzer 1990-yil CERN (Yevropa Yadroviy Tadqiqotlar Kengashi) xodimi Tim Berners-Ii tomonidan ishlab chiqilgan. • Web brouzer biror sahifani yuklash va sahifaga ma’lumotlar yuborish uchun HTTP(Huper Text Trasport Protokol) gipermatnni transportirovka qilish protokolidan foydalanadi. Ko’pchilik brouzerlar FTP (File Transfer Protokol) fayllar uzatish protokoli bo’yicha ham ishlashadi: fayllar ro’yxatini sahifa ko’rinishida chop etadi. • Web brouzer web-sahifani(butunjahon to’rida joylashgan sahifa) siz uchun qulay ko’rinishda chop etadi ma’lum qoidalar bo’yicha rasmlarni, matnlarni(ularning ko’rinishi, rangi, kattaligi va h.k.), ovoz yoki video ma’lumotlarini, turli animatsiyalarni mos ravishda joylashtirib chiqadi. Bundan tashqari, sahifadagi siz kiritgan ma’lumotlarni kerak joyga jo’natish, boshqa sahifaga o’tish, JavsScript kodlarini ishlatish kabi vazifalarni ham bajaradi. • Web brouzerlarning qisqacha tarixi. Birinchi eng keng tarqalagan brauzer Mosaic bo’lgan. Undan so‘ng Netscape Navigator browseri yetakchilik qildi. 1995-yili Microsoft kompaniyasi Windows 95 tarkibida Internet Explorer browserini chiqarish orqali Netscape Navigatorning yetakchiligiga katta xavf sola boshladi va bir necha yillardan so‘ng Netscape Navigator browseri deyarli foydalanishdan chiqib ketdi. Internet Explorer esa 95% ulush bilan dunyoning eng keng tarqalgan browseriga aylandi. Netscape Navigator kodini ommaga havola qilingandan so‘ng, u asosida Mozilla va Mozilla Firefox browserlari yaratildi. Hozirda foydalanuvchilar uchun juda ko‘p alternativ browserlar mavjud. Brouzer tushunchasi va ularning vazifasi Brouzer – bu Internet resurslari va ma’lumotlaridan foydalanishni ta’minlovchi dastur bo`lib, uning quyidagi turlari mavjud: Internet Explorer Opera Mozilla Firefox Jahon boʻyicha eng yetakchi brauzerlar Internet Explorer haligacha yetakchilikni qo'ldan boy berganicha yo'q, lekin ulushi asta- sekin kamayib bormoqda. Net Applications ma'lumotlariga ko'ra, brauzerlarning ulushi 2016 yil avgust oyiga nisbatan quyidagicha: • Microsoft Internet Explorer 72,15%; • Mozilla Firefox 19,73% • ;Safari 6,37%; • Opera 0,74%; • Netscape 0,72%; • Mozilla 0,10%; • … Internet Explorer Internet Explorer brauzeri Windows operatsion tizimida ishlaydi. Ushbu brauzer to'liq yetakchilik qilgan davrda ko'p veb-saytlar shu brauzerda ishlagan. Hozirda boshqa brauzerlarning biror qo'shimcha yutug'i to'g'risida gap ketganda, Internet Explorerda yo'qlari haqida gapiriladi. Microsot kompaniyasi Internet Explorer brauzerini ishlab chiqishda asosiy maqsad Netscape Navigator brauzeriga zarba berish bo'lganligi uchun uning turli nostandart imkoniyatlari va kamchiliklari yaqqol ko'zga tashlanadi. • Oddiy foydalanuvchilar uchun ushbu brauzerning kamchiliklari deyarli ko'rinmaydi, chunki, ular uchun dasturchilar Internet Explorer kamchiliklarini yopishadi. Dasturchilar ushbu brauzerni eng nostandart brauzer deb atashadi. Buning quyidagicha sabablari mavjud: • 1.InternetExplorer 7-versiyasidan eskilari, shaffof fonli PNG rasmlarni qo'llay olmaydi: • 2.shaffof fon o'rniga alohida boshqa rang berib qo'yadi; 3.Turli xildagi HTML, CSS, JavaScript standartlariga javob bermasligi; • 4.Ko'pchilik boshqa brauzerlarda mavjud qo'shimcha imkoniyatlarning yo'qligi; • 5.Xavfsizlik tomonidan nisbatan kuchsizligi. Internet Explorer 8 • Hozirda Microsoft tomonidan Internet Explorer 8 ishlab chiqildi. Microsoft ushbu brauzer barcha standartlarga javob berishini takidlamoqda. Mozilla Firefox • Intenet Explorerdan keyingi yetakchi o'rinni Mozilla Firefox brauzer egallagan. Ko'pchilik dasturchilar, ilmiy xodimlar va Internet Explorerni yomon ko'ruvchilarning brauzeri. Ushbu brauzer ochiq kodli bolib, xohlagan dasturchi kodini olib o'zgartirishi mumkin. Internet Explorer uchun asosiy raqobatchi hisoblanadi. Windows, Linux, Mac OS tizimlarida ishlaydi. Brauzer o'zining keng imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Bundan tashqari, unga juda ko'p kengaytmalar(plugin, ing.) yozilgan bo'lib, ular orqali Firefox ni imkoniyatlarini yanada boyitish mumkin So'nggi versiyasi 3, 2-versiyasidagi katta xatolik operativ xotirani ko'p talab qilishi ushbu versiyada tuzatilgan. • Imkoniyatlari: • Bir necha sahifani bir oynada ochish; • Veb manzil maydonining mukammallashgan varianti; • Sahifani qulay Bookmark(xatcho'p) qilish; • Brauzer korinishi uchun andozalar; • ushbu andozalar orqali brauzerni tanib bolmas darajaga olib kelish mumkin; • Juda keng imkoniyatlarga ega bo'lgan kengaytmalar Opera • Opera brauzeri Norvegiya dasturchilari tomonidan yaratilgan. Boshqa brauzerlar kabi standartlarga javob beradi. Ancha tez brauzer hisoblanadi. Firefox kabi kengaytmalarga ega bo'lmasada, turli andozalar mavjud. Bundan tashqari, turli xildagi qo'shimcha vidjet(widget) larni yuklab olish mumkin. Windows, Mac OS, Linux versiyalari mavjud. • E-mail mijoz( e-maillarni kompyuterga yuklab olish va ularni Internet yo'q paytda ham o'qish imkoniyati), torrent tarmoqlaridan fayllar ko'chirish va chat mijozlari mavjud. • Boshqa brauzerlarda mavjud bo'lmagan tez chaqirish imkoniyati siz ko'p tashrif buyuradigan saytlar, sahifalarni tez yuklashni amalga oshiradi.