Uploaded by Jeyms Smith

Dorilarning salbiy ta’sirlari

advertisement
Dorilarning salbiy ta’sirlari
Reja:
1. Asosiy fashakologik ta’siri bilan birga
2. Kechadigan salbiy ta’sirlari
3. Dorilarning zaharli ta’siri
4. Dorilarga allergik reaksiyalar
5. Dorilarga urganib solish (qaramlik)
6. «to‘xtatish» sindromi
7. «ug‘irlash» sindromi
Jsst ma’lumotlariga ko‘ra, dorilarni davolash, tashxis qo‘yish va
kasalliklarning oldini olish maqsadida ishlatish jarayonida kuzatiladigan organizm
uchun zararli ta’siri dorilarning salbiy ta’siri deb hisoblanadi.
Dorilarning salbiy ta’siri patogeneziga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1. Asosiy farmakologik ta’siri bilan birga kechadigan salbiy ta’sirlar.
2. Zaharli ta’siri.
3. Allergik ta’siri.
4. Dorilarga o‘rganib qolish.
Aniq klinik holatlarda davolash maqsadida yuborilgan dori moddalari bir
vaqtning o‘zida turli ko‘rinishdagi sezuvchan qurilmalarga ta’sir qilishi natijasida
kuzatiladigan va davolash maqsadlariga javob bermaydigan ta’sirlarga salbiy ta’sir
deyiladi. Masalan, yurak glikozidlari terapevtik miqdorda miofibrillalardagi q +,
na+ atfazani falajlab yurak mushagi qisqarishini kuchaytiradi, bir vaqtning o‘zida
tomirlardagi k+ na+, atfazani falajlash hisobiga periferik qon tomirlar qarshiligiii
kuchaytirishi mumkin. Bu holatda yurak glikozidlarining keyingi ta’siri salbiy
ta’sir hisoblanadi.
Antianginal,
gipotenziv
maqsadlarda
yuborilgan
kalsiy
nasosini
falajlovchilar, oshqozonichak tizilgisi tomonidan ich qotishiga sabab bo‘lishi
mumkin, bularning keyingi ta’siri ularning salbiy (noxush) ta’siri hisoblanadi.
Yallig‘laiishga yoki allergiyaga qarshi ishlatiladigan glyukokortikoidlar
qandli diabet, podagra, oshqozonichak tizilmasida eroziv yaralar chaqirishi
mumkin, ularning keyingi ta’siri salbiy (noxush) ta’sir hisoblanady.
Spazmolitik maqsadlarida yuborilgan atropin sulfat chaqirgan og‘iz qurishi,
yurak urishlar sonynyng haddan tashqari ortishi ham uning salbiy ta’sirlari
hisoblanadi.
Ba’zi dorilarning salbiy ta’siri ularning terapevtik ta’siri natijasida ham kelib
chiqishi mumkin. Masalan, ta’sir doirasi keng antibiotiklar chaqiradigan ich ketish
ularga chidamli stafilokokklar o‘sishi yoki ular chaqiradigan disbakterioz
natijasida kelib chiqishi mumkin. Dorilariing salbiy ta’siri ularning miqdoriga
bog‘liq bo‘lmaydi.
Dorilarning zaharli ta’siri
Dorilarning zaharli ta’siri, dorining qon plazmasidagi miqdori ortib ketishi,
yoki to‘qima qurilmalarining doriga sezuvchanligi ortib ketishi natijasida kelib
chiqishi mumkin. Birinchi holatda dorining zaharli ta’siri bemor uchun adekvat
miqdor yuborilganda yoki dorilar farmakokinetikasi o‘zgargan holatlarda (ularning
qon plazmasi oqsillari bilan bog‘lanishi kamayganda va uning sof ko‘rinishdagi
miqdori ortib ketganda, dorilar biotransformatsiyasi sekinlashganda, buyraklar
bilan chiqib ketishi susayganda) yuz berishi mumkin.
Dorilar kinetik ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi bir vaqtda ishlatilgan
dorilarning o‘zaro ta’siri hamda dorilar kinetikasida ishtirok etuvchi ferment
tizilmalari faoliyatining buzilishi bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Dorilarning zaharli ta’sirining ikkinchi sababi to‘qima qurilmalarining
doriga sezuvchanligi ortib ketishi — idiosinkraziya hisoblanadi va tug‘ma (genetik
determinatsiyalangan) yoki turli kasalliklar natijasida orttirilgan bo‘lishi mumkin.
Dorilarga sezuvchanlikning ortib ketishi dorilar biotransformatsiyasi
bosqichida uchrab, dorilarning turli biologyk reatyontlar bilan o‘zaro ta’syry
natyjasida yuz beradi.
Buning asosiy sabablaridan biri dori biotransformatsiyasida qatnashadigan
fermentlarning yo‘qligi yoki ular faolligining susayishidir. Masalan, salitsilatlar,
sulfanilamidlar
va
nitrofuranlar
keltirib
chiqaradigan
gemoliz
ko‘proq
glukoza6fosfatdegidrogenazalar yetishmasligi natijasida kelib chiqadi.
Dorilarning zaharli ta’siri mahalliy (terining qitiqlanishi natijasida turli teri
toshmalari, nekroz, tromboflebit) yoki umumiy (gipoglikemiya — antidiabetik
dorilar,
gipotenziya
qon
bosimini
tushiruvchi
dorilar,
depressiya
—
antidepressantlar, markaziy simpatolitiklar) ko‘rinishida uchrashi mumkin.
Dorilarning zaharli ta’siri ko‘proq terapevtik diapazoni kam bo‘lgan,
ayniqsa, organizmda to‘planish xususiyati yuqori bo‘lgan dorilar (antiaritmik,
aminoglikozidlar, sitostatiklar) ishlatilganda uchraydi.
Buyraklar orqali o‘zgarmagan holda ajraladigan dorilar (yurak glikozidlari)
yoki jigarda metabolizmga uchraydigan dorilar (antiaritmik, trankvilizatorlar)ning
qondagi miqdori bu a’zolar faoliyati buzilganda ortib ketishiga va salbiy ta’sirlari
paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Dorilarning jigar biotraisformatsiyasida ishtirok etuvchi fermentlar tizilmasi
ishining falajlanishi dorining qondagi miqdori ortib ketishining asosida yotadi.
Ferment tizilmasining falajlanishi qaytar yoki qaytmas darajada bo‘lishi mumkin.
Dorining
to‘qima
qurilmalari
bilan
bog‘lanishi
(kovalent,
elektrostatik
bog‘lanishlar) dorilardan qaytmas zaharlanishlarga sabab bo‘ladi.
Dorilardan zaharlanishning umumiy qonunlarini kuzatib, hayot uchun zarur
a’zolar faoliyati buzilgan hollarda o‘ziga xos kechishini esda tutish kerak. Jigar
gepatotsitlari qobig‘i jarohatlanganda, yuqori reaksiyali tabiatga ega bo‘lgan
(peroksidlar va gidroperoksidlar) sof radikallar hosil bo‘ladi. Dori moddalari
o‘zaro ta’sirga kirishib bu qurilmalar yuzasida o‘ziga xos o‘zgarishlar yuz berishi
mumkin, bu o‘zgarishlar hujayra butunligi buzilishiga olib kelishi mumkin.
Masalan, metgemoglobin hosil qiluvchi dori moddalari gemoglobinning kislorod
tashish faolligi falajlanishiga olib kelishi mumkin. Ba’zi guruhdagi dorilar
eritrotsitlarni buzib gemolizga sabab bo‘lishi mumkin. Organizmda pirouzum, sut
kislota, mayda molekulali
Moy kiblogalary miqdbrynyng ortyshi, koayetishmyychiligi, elektr va
kislotaishqor muvozanatining buzilishi, k+, na+ atfaza faolligining susayishi,
membranalar o‘tkazuvchanligining ortishi dorilarning zaharly ta’siri yuzaga
chiqish patogenezida katta o‘rin tutishy mumkyn.
Ba’zi dorilarning birlamchi zaharli ta’siri natijasida antigenlar hosil bo‘lib,
antitela biosinteziga va organizm sezuvchanlygining ortib kyotishyga sabab
bo‘lishi mumkin. Shu sababli ba’zi vaqtlarda d,orilarning zaharli ta’sirini bir
vaqtning o‘zida allergik ta’sir deb qarash xam mumkin. (masalan, layel sindromi,
toksikodermiya).
Dorilarning zaharli ta’siri ularning ko‘proq ayrim a’zolarga tanlab ta’sir
qilishiga bog‘liq bo‘ladi (jigar, buyraklar, o‘rta quloq, markaziy asab tizilmasiga
tanlab ta’siri).
Dorilar erkak va ayol jinsiy hujayralarining takomillanishiga ta’sir qilib,
xromosomalar aberratsiyasi va mutatsiyasiga ta’sir qilishi mumkin.
Dorilarga allergik reaksiyalar
Allergik reaksiyalar ko‘p dorilarga xos bo‘lib, organizmni oldindan. Doriga
sezuvchanligi oshgan bemorlarda uchraydi.
Dorilarga allergiya ularning miqdoriga bog‘liq bo‘lmagan holda uchraydi.
Allergik reaksiyalarning kuchi dorining xossalari, kiritish yo‘li, bemorning
individual va spetsifik sezuvchanligi bilan belgilanadi.
Dorilarga allergiya asosida mayda molekulali dori moddalarining qon
plazmasi proteinlari bilan birikib antigen xususiyatli birikmalar—«gaptenlar» hosil
qilishi yoki oqsillarning atsetillanishi ularga antigenlik tabiatini berishi yotadi.
To‘qimalarning allergiyalanishi 4 xil ko‘rinishda yuz berishi mumkin.
Birinchi
tipdagi
allergik
reaksiyalar
benzilpenitsillin,
streptomitsin,
novokain, v vitamini, turli vaksina va zardoblar qayta yuborilganda uchraydi va
anafidaktik shok, bronxlar spazmi yoki eshakem kabi klinik belgilar bilan
namoyon bo‘ladi.
Dorilarga anafilaksiya immunologik jarayon bo‘lib, semiz hujayralar va
bazofillarda uchraydigan ige antigeni ishtirokida kechadi (semiz hujayra va bazofil
Larning buzilyshi ko‘p miqdordagi allergiya myodiatorlari gistamin,
bradikinin, serotonin), sekinlik bilan reaksiyaga kirishuvchi a substansiya hosil
bo‘lishi bilan kechadi.
Birinchi tipdagi allergik reaksiyalar ichida bemor hayoti uchun eng xavflisi
anafilaktik shok bo‘lib, allergiya mediatorlari ta’sirida periferik mayda qon
tomirlar o‘tkazuvchanligining ortishi, qon bosimining tushib ketishi, trombotsitlar
yopishqoqlik xususiyatining kuchayib ketishi kabi klinik belgilar bilan kechadi.
Xinidin,
fenatsetin,
salitsilatlar,
sulfanilamidlar,
penitsillinlar,
sefalosporinlar, metildofa va boshqa qator dorilar periferik qon shaklli elementlari
yuzasidagi oqsillar bilan birikib sitotoksik ta’sir qiluvchi antigen kompleksini hosil
qiladi. Bu antigen kompleksi gumoral antitelalar hosil bo‘lishini kuchaytiradi, hosil
bo‘lgan
antitelalar
qon
shaklli
elementlari
yuzasiga
so‘rilib,
ularniing
buzilishigatsitotoksik immun jarayonga sabab bo‘ladi (ikkinchi tipdagi reaksiya).
Bu jarayonning rivojlanishida faollovchi antitelalar kompleksi hosil bo‘lishi
asosiy o‘rin tutadi. Sitotoksik ta’sir etuvchi bu moddalar — anemiya,
trombotsitopeniya va agranulotsitozga sabab bo‘ladi.
Uchinchi tipdagi allergik reaksiyalar igm, igg immunoglobulinlarni
biriktiruvchi zaharli immunkomplekslar hosil bo‘lishi bilan bog‘liq. Bu
komplekslar qon tomirlari bazal membranasida va ularni o‘rab turgan to‘qimalarda
topilgan. Hosil bo‘lgan komplekslar gistaminni, kinin tizilmasini faollashtiradi va
trombotsitlar yopishqoqligini oshirib, mikrotromblar paydo bo‘lishini va qon
tomirlarni toraytiruvchi aminlar hosil bo‘lishini ko‘paytiradi.
Allergik zararlanish rivojlangan joyga qarab vaskulit, dermatit, nefrit,
alveolitlar ko‘rinishida namoyon bo‘lishi mumkin.
Komplementning ortiqcha faollashuvi natijasida kininlar, serotonin,
gistaminning ortishi natijasida anafilaktik shok rivojlanishi mumkin.
Bu tipdagi (iv tip) allergik reaksiya zardob kasalligi kelib chiqishida asosiy
o‘rin tutadi. Penitsillinlar, sulfanilamidlar va qator boshqa dori moddalari
yuborilgach 8—10 kundan keyin zardob kasalligiga o‘xshash simptomlar (teri
toshmalari,
teri
qichishi,
tana
haroratining
ko‘tarshshshi,
artralgiya
va
limfoadenopatiya) yuzaga kelishi mumkin.
Iv tipdagi allergik reaksiyalar ko‘proq dori yuborilgandan so‘ng 24—48
soatdan keyin astasekinlik bilan rivoj topadigan (tuberkulin tipida) allergik
reaksiya bilan xarakterlanib, hujayra immuniteti ko‘rinishida kechadi.
Bu tipdagi allergik reaksiyalarning asosiy mediatori limfokininlar (yuqori
molekulali
polipeptid,
oqsil
yoki
glikoproteid
tabiatli)
bo‘lib,
sensibilizatsiyalangan tlimfotsitlarning allergenlar bilan o‘zaro ta’siri natijasida
hosil bo‘ladi. Bu tipdagi allergik reaksiyalar dermatit hamda ko‘chirib o‘tkazilgan
a’zolar (buyrak, jigar)ning organizm tomonidan qabul qilinmasligi ko‘rinishida
bo‘lib, allergenlar transdermal yo‘l bilan tushganda uchraydi.
Dorilarga nisbatan paydo bo‘ladigan reaksiyalarning klinik belgilari
rivojlanish tezligiga qarab 3 turga (tipga) bo‘linishi mumkin.
Birinchi turdagi reaksiyalarrga: eshakem, bronxial astma, gemolitik
anemiya, anafilaktik shok kirib, bu reaksiyalar dori yuborilgach o‘tkir, ba’zan bir
necha daqiqalar yoki bir soat davomida kelib chiqadi.
Dori kiritilgach bir necha soat yoki kunlardan keyin kelib chiqadigan
reaksiyalar o‘rtacha tezlikda yoki sekinlik bilan rivojlanadi va shilliq parda yoki
teri tomonidan (eshakem, dermatit, angionevrotik shish, eksfoliativ dermatit,
nekrotik epidermoliz, kon’nyuktivit), kollagenozlar (periartriit, teri sili, artralgiya),
qonning zararlanishi (agranulotsitopeniya, aplastik anemiya, trombotsitopeniya),
tana haroratining ko‘tarilishi, rinit, bronxial astma, buyraklar, jigar, yurakqon
tizilmasi faoliyatining buzilishi ko‘rinishida kechishi mumkin.
Dori moddalari salbiy ta’sirlarining klinik kechishini og‘irengilligiga qarab
quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin;
o‘lim bilan tugaydigan (fetal ko‘rinishi) anafilaktik shok;
og‘ir (morganyiadamsstoks sindromi), layel sindromi bilan kechadigan
salbiy ta’sirlar;
dori berish to‘xtatilgach kelib chiqqan noxush ta’sirlarda davo talab
qiladigan o‘rtacha og‘irlikda kechadigan salbiy ta’sirlar;
dori berishni to‘xtatish yoki miqdorini kamaytirish, maxsus davo talab
qilmaydigan va dori berish to‘xtatilishi bilan o‘tib ketadigan yengil salbiy ta’sirlar.
Dorilar chaqiradigan salbiy ta’sir xavfini to‘g‘ri aniqlash uchun dorilardan
kelib chiqadigan salbiy ta’sirlarning kelib chiqishini ko‘paytiradigan va ularning
kechishini og‘irlashtiradigan omillarni hisobga olish kerak:
— dori moddalari ta’sir qiladigan a’zo va tizilmalarning funksional holatini;
— dori to‘g‘ridanto‘g‘ri ta’sir qiladigan a’zolarning yashirin yoki aniq
kasallik holati, jigar, buyraklar faoliyatining buzilishi natijasida dorilar
biotransformatsiyasi klinik kechishining og‘irengilligi,u yoki bu tizilmaning
zararlanish tabiati va og‘irengilligi bilan belgilanadi.
Dorilarning so‘rilishi va biotransformatsiyasida oshqozonichak tizilmasi
katta o‘rin tutadi. Shu sababli oshqozonichak tizilmasi tomonidan kelib chiqadigan
dorilarning salbiy ta’siri patogenetik kelib chiqish mexanizmiga qarab turlicha
bo‘lishi mumkin.
Oshqozonichak tizilmasi tomonidan uchraydigan salbiy ta’sirlar kelib
chiqishi dori moddalarining bu tizilmadan to‘g‘ridanto‘rri ta’sirlanishi yoki
dorilarning jigar va ichakdagi biotransformatsiyasining izdan chiqishidan vujudga
kelishi mumkin. Bunda dori yoki uning metabolitlarining bu a’zolar bilan
ta’sirining davomiyligi va tabiati katta o‘rin tutadi.
Oshqozonichak tizilmasi tomonidan dorilar chaqiradigan allergik reaksiyalar
tez yoki astasekinlik bilan rivojlanishi mumkin. Ular klinik belgilariga qarab,
turlituman bo‘ladi va dorilar chaqiradigan kasalliklar ichida katta guruhni tashkil
qiladi va oshqozonichak tizilmasida yaralar paydo bo‘lishi, gastrit, enterit,
gepatitlar ko‘rinishida kechadi.
Dorilarga allergik reaksiya natijasida jigar kam zararlanadi va bu zararlanish
jigar parenximasining yallig‘lanishi natijasida kelib chiqadigan tiqilib qolish
sariqligi ko‘rinishida kechadi. Masalan, izoniazid jigar parenximasini zararlasa,
fenotiazinlar — tiqilib qolish sariqligini vujudga keltiradi.
Siydik ajratuvchi a’zolarning dorilarni organizmdan ajralib chiqish o‘rnining
o‘ziga xosligi tufayli ular dorilarning salbiy ta’siriga ko‘proq uchraydi.
Buyrak tizilmasida va buyraklar limfa bo‘shliqlarida qonga nisbatan dorilar
miqdori yuqori bo‘lishi hamda buyraklar qon aylanishining yuqoriligi, buyrak
Larning dori biotransformatsiyasi va eliminatsiyasidagi o‘rni, buyraklar
to‘qimasining dorilar bilan uzoq vaqt to‘qnashuvi ularning salbiy ta’sir qilishi
uchun qulay imkoniyat yaratadi. Dorilarning eng xavfli salbiy ta’siri nefrit va
nekronefroz hisoblanadi.
Buyraklar to‘qimasi zararlanishining patogenetik mexanizmida ko‘proq
buyrak to‘qimasining dorilardan to‘g‘ridanto‘g‘ri zaharlanishi yotadi.
Ba’zan nefronning zararlanish asosini immun javobning buzilishi tashkil
qilib, bunda ko‘proq nefron qurilmalari, asosan bazal membrana oqsil
denaturatsiyasi yotadi. Aitibiotiklar, sitostatiklar proksimal kanalchalar va genli
halqasi fermentlari tizilmasi ingibitorlari bo‘lib, ularda qaytmas o‘zgarishlarga
sabab bo‘lib, faoliyatining buzilishiga olib keladi. Ba’zi hollarda dorilar va
ularning metabolitlari nefron strukturalari bazal membranasi, kanalchalar, tomirlar
atrofida va interstitsiyda to‘planib qolishi ham mumkin. Ularning buyrak
jomchalarida to‘planib qolishi buyraktosh kasalligiga olib kelishi mumkin. Bunga
sulfanilamidlar misol bo‘la oladi.
Dorilar
chaqiradigan
nefropatiyalar
simob,
oltin,
sulfanilamidlar,
antibiotiklar, analgetiklar ishlatilganda ko‘proq uchraydi. Nefropatiya simptomlari,
laboratoriya o‘zgarishlariga qarab buyrakning qaysi k%ismi, ya’ni buyrak
jomchalari yoki kanalchalari va interstitsiyning ko‘proq zararlanganligini farqlash
uni davolashda vrach taktikasini tanlashga yordam beradi.
Yurak qon tomirlarining dorilardan zararlanishi fleboskleroz, flebit,
vaskulitlar ko‘rinishida kechishi mumkin. Sulfanilamidlar, dikumarinlar, rezerpin
preparatlari miokardit, perikarditga sabab bo‘lishi mumkin.
Dorilar nafas yo‘llari orqali kiritilganda yuqori nafas yo‘llarining qitiqlanish
belgilari (tumov, hiqildiq shishi, traxeobronxit) yuzaga kelishi mumkin.
Qon hosil qiluvchi a’zolar va periferik qon tomonidan dorilar: dvs sindromi,
pansitopeniya, agranulotsitoz belgilarini chaqirishi mumkin.
Keyingi yillarda dorilarga ruhiy va jismoniy o‘rganib qolishga qarshi
kurashga katta e’tibor berilmoqda.
Dorilarga urganib solish (qaramlik)
Dorilarga o‘rganib qolish inson ruhiy va jismoniy vujudida ma’lum
o‘zgarishlar bilan kechadigan holat bo‘lib, ma’lum guruhdagi dorilarni inson ruhiy
va jismoniy kayfiyatida yengillik sezish uchun ichadi, o‘rganib qolgan dorilarni
kiritish to‘xtatilganda ruhiy va jismoniy jihatdan og‘ir iztirobga tushadi.
Dorilarga o‘rganib qolish (qaramlik) ma’lum shartli reflektor aloqalar yoki
dorilarning markaziy asab tizilmasida kechayotgan ba’zi neyromediator va
biokimyoviy jarayonlarga ta’siri bilan bog‘liq. Opiy guruhiga kiruvchi og‘riq
qoldiruvchi dorilarga qaramlik ularning opiat qurshshalari yoki endogen ligandlari
(endorfin va enkefalinlar) ta’siridan bo‘lsa kerak degan taxminlar bor.
Dorilarga ruhiy qaramlik markaziy asab sistemasiga ta’sir qiluvchi dorilarga
patologik talpinish bo‘lib, bu dorilar to‘xtatilganda inson ruhiy kayfiyatida
abstinensiya (kayf) ko‘rinishida kechadigan diskomfort yuzaga keladi.
Dorilarga jismoniy qaramlik o‘rganib qolingan dorilarni organizmga kiritish
to‘xtatilganda abstinensiya (kayf) hodisasi bilan tavsiflanadigan holat hisoblanadi
(opiy guruhidagi dorilar). Hozirgi kunda bunday holatlarning oldini olish va
davolash bilan narkologik markazlar shug‘ullanadi.
«To‘xtatish» sindromi
Iste’mol qilib yurilgan ba’zi dorilarni kiritish to‘xtatilganda kelib chiqadigan
organizm holati bo‘lib, bunda kasallikning qaytalanishi kuzatiladi. Masalan,
klofelin berish to‘xtatilganda gipertoniya (xafaqon) xuruji, xinidin to‘xtatilganda
yurak ritmi buzilishining kuchayishi, antianginal dorilar to‘xtatilganda yurak
sohasidagi og‘riqning kuchayishi kuzatilishi mumkin.
«Ug‘irlash» sindromi
Ba’zi bir dorilar ayrim a’zo yoki uning ma’lum sohasi faoliyatini yaxshilash
hisobiga a’zoking qolgan qismi faoliyatining buzilishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Masalan, kuchli vazodilyatatorni ishlatish qon tomirlari normal a’zo yoki tizilmalar
faoliyatini yaxshilash hisobiga qon tomirlari sklerozga uchragan a’zo (yurak) yoki
uning biror qismiga qon kelishini kamaytirib, ishemiyaga olib kelishi mumkin.
Masalai, stenokardiya og‘irlashishi mumkin.
Doriga chidamlilik, dori samarasizligi dori miqdorini ko‘paytirish hisobiga
qoplanadi, bu esa o‘z navbatida dorining zaharli (salbiy) ta’sirini keltirib chiqaradi.
Bu hodisa asosida ko‘proq doriga individual sezuvchanlikning kamayishi yotadi.
Download