Uploaded by Jeyms Smith

Dorilarning o‘zaro ta’siri

advertisement
Dorilarning o‘zaro ta’siri
Reja:
1. Dorilarning farmatsevtik o‘zaro ta’siri
2. Dorilarning farmakokinetik fazasidagi uzaro ta’siri
3. Tarqalish fazasida dorilarning o‘zaro ta’siri
4. Dori moddalarning biotransformatsiya jarayonidagi o‘zaro ta’siri
5. Dorilarniig chiqib ketish davrida o‘zaro ta’siri
6. Dorilarning farmakodinamik o‘zaro ta’siri
Dorilarni qo‘shib ishlatilganda biror dorining farmakologik ta’siri o‘zgaradi.
Buning asosida sinergizm yoki antagonizm hodisasi yotadi.
Sinergizm — dorilarni bir yo‘nalishdagi ta’siri bo‘lib, kombinatsiyaning
farmakologik ta’siri kombinatsiya tarkibiga kirgan alohidaalohida moddalar
ta’siridan
kuchli
bo‘ladi.
Bu
hodisa
o‘tkazilayotgan
farmakoterapiyani
kuchaytirishga va dorilarning salbiy ta’siri kamayishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Dorilar orasidagi antagonizm xodisasi natijasida kombinatsiya tarkibiga
kirgan bir dori ta’siri ikkinchi bir dori ta’siridan susayadi yoki butunlay yo‘qqa
chiqadi. Bu hodisa ba’zi klinik holatlarda foydali hisoblanadi. Masalan,
betaadrenoblokatorlar, vazodilyatatorlar chaqiradigan taxikardiyani to‘xtatadi.
Dorilar orasidagi sinergizm hodisasi quyidagi ko‘rinishlarda yuz berishi
mumkin: sentizatsiya, dorilar ta’siri qo‘shilishi (summatsiya), o‘zaro birbiri
ta’sirini o‘zgartirmasligi (additiv), ta’sirning kuchayishi (potensirlash).
Qombinatsiya tarkibiga kirgan dori moddalari bir yo‘nalishda ta’sir qilsa,
bunday xodisalar sinergizm deb ataladi (grekchasyn—birgalikda, ergo—
ishlayapman degan so‘zlardan olingan). Qombinatsiya tarkibiga kirgan ayrim dori
moddalariniig ta’sir kuchi birga qo‘shiladigan bo‘lsa, bunday hodisani additiv
ta’sir deyiladi, bordiyu, aralashma ta’siri kombinatsiya tarkibiga kirgan dorilar
ta’siri
yig‘indisidan
(jamidan)
yuqori
bo‘lsa,
bu
hodisani
kuchaytirish
(potensirlash) deb yuritiladi. Kombinatsiya tarkibnga kirgan dori moddalari
birbiriga aks ta’sir ko‘rsatadigan bo‘lsa, bu hodisani antagonizm (grekcha anti—
qarshi, agon—ko‘rsatish degan so‘zlardan olingan). Aralashma tarkibiga kirgan
dori moddalarining kimyoviy yo‘l bilan neytrallash xodisasiga antidotizm deyiladi.
Masalan, glukoza bilan birga kiritilgan insulin kaliy ionlarining hujayraga
kirishini yaxshilashi, temir preparatlari bilan birga yuborilgan svitamini temirning
qondagi miqdorini ko‘paytirishi (sinergizm hodisasi): furosemid va tiazid
unumlarini nitroglitserin va betaadrenoblokatorlarni, betaadrenopozitiv va
teofillinni birga ishlatilganda additiv hodisa ro‘y beradi: prednizolon va
eufillinning bronxlar astmasi xurujida ishlatilishi, betaadrenoblokatorlar va kalsiy
blokatorlarning qo‘shib ishlatilishi (ibs kasalligida) potensirlash hodisasiga
asoslangan.
Dorilarning quyidagi o‘zaro ta’siri farqlanadi:
Dorilar yuborilganga qadar shpritsdagi yoki tomizgichlardagi o‘zaro ta’siri
farmatsevtik ta’siri;
dorilar yuborilgandan so‘ng organizmdagi harakati vaqtidagi (so‘rilishi,
biotransformatsiyasi, oqsil bilan bog‘lanishi, tarqalishi) o‘zaro ta’siri —
farmakokinetik ta’siri;
— dorilarning retseptor qurshshalari bilan bog‘lanish jarayoni davomidagi
o‘zaro
ta’siri
(retseptor
qurilmalari
uchun
raqobatda
bo‘lishi)
va
neyromediatorlarga ta’siri, retseptor qurilmalarining doriga sezuvchanligining
o‘zgarishi — farmakodinamik ta’siri deyiladi.
Dorilarning farmatsevtik o‘zaro ta’siri
Birbiriga znd bo‘lgai dorilar (masalan, ishqor va kislotalar, boshlovchi
moddalar va yurak glikozidlari, alkaloidlar va ishqorlar)ni qo‘shib ishlatilganda
o‘zaro fizik va kimyoviy reaksiyaga kirishib, birbirining farmakologik ta’sirini
yo‘qotadi.
Buning natijasida dori cho‘kmaga tushib qolishi, eruvchanligi, ranggi, hidi,
eng muhimi uning farmakodinamik samaradorligi o‘zgarishi mumkin. Ko‘proq zid
hodisalar miksturalar, poroshok (kukun)lar, venaga yuboriladigan eritmalar
tayyorlash jarayonida uchrashi mumkin.
Farmatsevtik zid hodisalar dorilarning oshqozonichak tizilmasidan so‘rilishi
buzilishiga sababchi bo‘lishi mumkin. Masalan, gidroxlorid va magniy trisilikat
(almagel), digoksin, aminazinning so‘rilishini buzishi mumkin. Xolestiramin
ta’sirida qalqonsimon
Bez gormonlari (triyodtironin) so‘rilishining buzilishi, bu dorilarni olayotgan
bemorlarda gipotireoidizm kelib chiqishi mumkin.
Dorilarning farmakokinetik fazasidagi uzaro ta’siri
Dorilarning so‘rilish, tarqalish, bitransformatsiya, chiqib ketish jarayonida bir
dori tomonidan ikkinchi dorining qondagi miqdori o‘zgarishi natijasida
farmakokinetik o‘zaro ta’siri kuzatiladi. Buning natijasida dorining maxsus
qurilmalar bilan bog‘lanib, farmakologik ta’sir chaqiradigan sof holdagi qismi
kamayadi.
Dorilarning so‘rilishi jarayonidagi o‘zaro ta’siri oshkozonichak tizilmasining
hamma qismlarida yuz berishi mumkin. Qlinik nuqtai nazardan dorilarning
so‘rilish tezligi va to‘liqligining o‘zgarishi ahamiyatga ega.
Oshqozon va ichak muhitining o‘zgarishi dorilar molekulasining ionlanish
qobiliyatini, ularning moylarda eruvchanligini o‘zgartirib, so‘rilishni buzishi
mumkin. Shu sababli antatsid moddalar, oshqozon shirasi rn ini ko‘paytirib,
kislotali muhitga (antikoagulyantlar, ba’zi bir sulfanilamidlar, salitsilatlar,
butadion) ega bo‘lgan dori moddalarining ionlanishini ko‘paytirib, ularning
so‘rilishini kamaytiradi.
Bundan tashqari, antatsidlar oshqozon motorikasini susaytiradi, ko‘p dorilar
bilan birikma hosil qilib, ularning so‘rilishini buzadi, ya’ni boshqa dorilar bilan
o‘zaro ta’sirini oldindan aytish mushkul masala
Bo‘lib qoladi.
Oshqozon motorikasini sekinlashtiruvchi moddalar ular bilan bir vaqtda
ishlatilgan dorilar so‘rilishini buzadi. Xolinblokatorlar, tritsiklik antidepressantlar,
opiatlar oshqozonichak motorikasini o‘zgartiradi. Narkotik og‘riq qoldiruvchilar
bilan birga ichishga berilgan antiaritmik dorilar so‘rilishini sekinlashtiradi.
Fenobarbitalgrizeofulvin va dikumarin so‘rilishini kamaytiradi: kontratseptik
steroidlar s vitaminning qondagi miqdorini ko‘paytiradi, folat kislota so‘rilishini
buzadi. Pask — rifampitsin, metotreksat so‘rilishini kamaytiradi. Oshqozonichak
tizilmasida
qon
aylanishining
kamayishi
(o‘tkir
yetishmovchiligida) dorilar so‘rilishini kamaytiradi.
va
surunkali
yurak
Ichak florasining o‘zgarishi ham dorilar so‘rilishiga ta’sir qilishi mumkin.
Masalan, antibakterial moddalar ta’sirida ichak mikroblarining buzilishi k vitamini
sintezini buzadi, bu esa o‘z navbatida bilvosita ta’sir qiluvchi qon suyultiruvchi
dorilar (antikoagulyantlar) ta’sirini kuchaytirishi mumkin.
Ovqat moddalari ham dorilar so‘rilishiga va biologik o‘zlashtirilishiga ta’sir
qilishi mumkin. Ovqat moddasi kaptopril, aspirin so‘rilishini kamaytirsa, aksincha
gidrolazin, labetolol, propranalol, spirolaktonlar so‘rilishini kuchaytiradi.
Tarqalish fazasida dorilarning o‘zaro ta’siri
A’zo va to‘qimalar qon aylanishiga ta’sir qiladigan dori moddalari birga
ishlatilayotgan dorilarning tarqalishiga ta’sir qilishi mumkin. Masalan, yurak
yetishmovchiligi bor bemorlarda buyraklar qon aylanishi kamayishi va buyrak
koptokchalari filtratsiyasi buzilganligi sababli siydik haydovchi moddalarning
ta’siri ancha sust kechadi. Bemorlarga kiritilgan qon tomirlarini kengaytiruvchi va
yurak qisqarish qobiliyatini oshiruvchi dorilar diuretiklar ta’sirini kuchaytiradi.
Qonning reologik xususiyatlarini yaxshilovchi moddalar (trental, dipiridamol,
reopoliglyukin) preparatlarning mayda qon tomirlarda tarqalishini yaxshilaydi.
Intal, glyukokortikoidlar olayotgan bronxlar obstruksiyasi bor bemorga bir
vaqtda bronxlarni kengaytiruvchi dorilar (simpatomimetiklar) yuborilsa, yuqorida
aytilgan preparatlarning bronxlarning kerakli joyiga tarqalishini yaxshilaydi.
Dorilarning oqsil bilan bog‘lanish fazasidagi o‘zaro ta’siri
Dorilar kombinatsiyasidagi oqsil bilan bog‘lanish qobiliyati yuqori bo‘lgan
dorilar oqsil bilan bog‘langan boshqa dorilarni siqib chiqarish, ularning qon
plazmasidagi sof miqdorini oshirish hisobiga ularning farmakoterapevtik
samarasini va salbiy ta’sirini kuchaytirishi mumkin. Yuqoridagi qonuniyat qon
plazmasi oqsili bilan 85 foizdan ko‘p bog‘langan dorilar uchun (masalan, oqsil
bilan bog‘langan digitoksinning 98 foizdan 96 foizga kamayishi uning qondagi sof
holdagi miqdorini 2 martaga oshyradi), bu esa bemor uchun xavflidir. Bu hodisa
digitoksin bilan klofibrat bir vaqtda ishlatilganda kuzatilishi mumkin. Salitsilatlar,
butadion, klofibrat bilvosita ta’sir qiluvchi konni suyultiruvchi moddalarni
ko‘paytiradi, bular o‘z navbatida lidokain, propranalol, xinidin, veropamil,
digitoksinni oqsildan siqib chiqaradi.
Dori moddalarning biotransformatsiya
Jarayonidagi o‘zaro ta’siri
Dorilar biotransformatsiyasi asosai jigarda mikrosomal fermentlar ta’sirida
kechadi, ko‘p dorilar bu jarayonni tezlashtirishi yoki sekinlashtirishi aniqlangan. \
Bu jarayonni tezlashtiruvchi dorilarni induktorlar (barbituratlar, ddt,
geksaxloran, alkogol, kofe), o‘z metabolizmini kuchaytiruvchilarni (fenobarbital,
butadion, nitratlar) autoinduktorlar deb yuritiladi. Induktorlar bilan birga
yuborilayotgan
dorilar
miqdorini
ko‘paytirish
kerak
(masalan,
bilvosita
antikoagulyantlar). Induktorlarni kiritish to‘xtatilganda u bilan yuboriladigan dori
miqdorini kamaytirish tavsiya qilinadi, aks holda dorining salbiy ta’siri kuzatilishi
mumkin.
Mikrosomal ferment tizilmasi faolligini susaytiruvchi moddalar (narkotik,
og‘riq qoldiruvchi, aktinomitsin, antidepressantlar, simetidin va boshqalar)
ingibitorlar deb ataladi, bular bilan bir vaqtda kiritilayotgan dorining jigarda
metabolizmi susayishi hisobiga ularning qondagi miqdori oshib ketadi va salbiy
ta’sir qilish xavfi kuchayadi. Masalan, simetidin bilvosita ta’sir qiluvchi qonni
suyultiruvchi dorilarni jigardagi metabolizmini susaytirib, qon oqish xavfini
kuchaytiradi.
Levomitsetin — tolbutamid, difenilgidantoin va neodikumarinni jigardagi
metabolizmini susaytiradi, natijada (levomitsetin va tolbutamid bir vaqtda
ishlatilganda) gipoglikemik komaga sabab bo‘lishi mumkin.
Bir dorining ikkinchi bir dori metabolizmini buzishidan amaliyotda
foydalaniladi.
Masalan,
alkogolizmni
davolash
maqsadida
teturamdan
foydalaniladi, chunki teturam alkogol metabolizmini atsetilaldegid bosqichida
falajlaydi, atsetilaldegidning to‘planishi insonda noxushlik keltirib chiqarishi aniq.
Kigar qon aylanishini youzuvchi dorilar, jigarday birinchi bor o‘tishda
metabolizmga uchrovchi (propranolol, verapamil) larning qondagi miqdori
ko‘payishiga olib keladi, chuiki ularning jigardagi metabolizmi jigardan o‘tayotgan
qon miqdoriga bog‘liq bo‘ladi.
Dorilarniig chiqib ketish davrida o‘zaro ta’siri
Dori va dori metabolitlari (faol metabolitlar ham) organizmdap buyraklar,
safro (o‘t) suyuqligi, o‘pkalar hamda so‘lak, sut bilan chiqib ketadi. Dori va
ularning metabolitlarini ajratib chiqaradigan asosiy a’zo buyraklar hisoblanadi.
Dorilarning buyraklardagi o‘zaro ta’sir mexanizmi asosida kuchsiz kislota va
ishqorlarning buyrak kanalchalaridagi faol transport uchun kurashi yotadi. Siydik
muhitini (rn) o‘zgartiruvchi modda ikkinchi bir dori yoki uning metabolitiiing
ajralib chiqishini o‘zgartirishi mumkin (masalan, natriy bikarbonat rn ni
kuchaytirishi, yoki askorbin kislotasi — rn ni susaytirishi). Dorilarning buyraklar
orqali chiqishini sezilarli o‘zgartirishi mumkin. Siydik ishqoriy muhitida
«kislotali» xossaga ega bo‘lgan dorilar (butadion, barbituratlar, sulfanilamidlar,
salitsilat kislota) klirensini oshiradi. Aksincha, kodein, morfin, novokainning
buyraklar orqali chiqishi siydikning kislotali muhitida ko‘payadi. Bu hodisa,
masalan, barbituratlardan zaharlanganda yoki dorilarning salbiy ta’sirining oldini
olish maqsadida (masalan, sulfanilamidlarni ishqoriy muhitli suyuqliklar bilan
tavsiya etish) ishlatiladi.
Nefrondagi sekretsiya yordamida chiqib ketishga raqobat natijasida ba’zi
dorilarning buyrak klirensini kamaytirib, ularning organizmdagi miqdori
ko‘payishiga olib keladi. Shu yo‘l bilan digoksin sekretsiyasispironolakton,
penitsillinlar, indometatsin, butadion, aspirin ajralib chiqishiga ta’sir qiladi, ya’ni
ularning to‘planishiga olib keladi.
Furosemid
—
aminoglikozidlar,
ampitsillin
va
sefalosporinlarning
to‘planishiga va ularning salbiy ta’siriga sabab bo‘ladi [ularning sekretsiyasini
bloklash (to‘xtatish) natijasida].
Xinidin digoksinning ajralib chiqishini kamaytirishi natijasida uning qondagi
miqdorini 2 marta oshirishi mumkin.
Glykokbrtykoydlar
—
salysylat
syokretsiyasymy
tyozlashtiradi,
glyukokortikoidlarni t}gxtatish salitsilatlardan zaharlanishga olib kelishi mumkin.
Demak, dorilarning farmakokinetik fazasida o‘zaro ta’siri dorilarning
so‘rilishi, tarqalishi, metabolizmi va ajralib chiqishi, oqsil bilan bog‘lanishi davrida
yuz berishi mumkin, bu o‘z navbatida dorining qoidagi miqdori o‘zgarishiga olib
keladi. Farmakokinetik fazada dorilarning o‘zaro ta’sirini oldindan aytish qiyin
masala hisoblanadi.
Dorilarning farmakodinamik o‘zaro ta’siri
Ta’sir qilish joyiga qarab farmakodinamik ta’sirlar shartli ravishda spetsifik
qurilmalarga (sezuvchan qurilmalar uchun kurash, ta’sir qilish joyida dorilar
kinetikasining
o‘zgarishi,
mediatorlarga
ta’siri,
maxsus
qurilmalar
sezuvchanligining o‘zgarishi) ta’siri, yoki organizm fiziologik boshqaruv
tizilmalariga ta’siri ko‘rinishida yuz berishi mumkin.
Retseptor uchun kurashda bir tomonlama (agonistlar) yoki qaramaqarshi
yo‘nalishda
(antagonistlar)
ta’sir
qiladigan
dori
moddalari
bir
vaqtda
yuborilgandagi ta’siri misol bo‘lishi mumkin. Alfaadrenoretseptorlarni fentolamin
falajlashi natijasida adrenalin past qon bosimini ko‘taruvchi ta’sir qilishi yoki,
aksincha, qon bosimini pasaytirishi mumkin.
Yurak ishemik kasalligi va bronxospazm bor bemorlarga bir vaqtning o‘zida
betaadrenoqurilmalarni falajlovchi va faollovchi moddalar yuborilganda dorilar
ta’sirining butunlay kamayishi kuzatilmaydi, chunki yuborilgan dorilar turli tipdagi
(ko‘rinishdagi) betaadrenoqurilmalarga ta’sir qiladi hamda betaadrenofalajlovchi
moddalar betaadrenoqurilmalar bilan kuchli bog‘langanligi sabab bo‘ladi.
Doriga sezuvchan qurilmalarda bir vaqtda yuborilgan ikki yoki undan ortiq
dorilar biri ikkinchisini faol bo‘lmagan qismi bilan bog‘lanishiga (kinetikasiga)
ta’sir qilishi mumkin. Tritsiklik antidepressantlar tomonidan guanetidinning
gipotenziv ta’sirini susaytirishi bunga misol bo‘lishi mumkin.
Dorilarning mediator atrofidagi o‘zaro ta’siri. Qo‘zg‘atuvchi mediatorga
ta’siriga qarab dorilarni bunday o‘zaro ta’siri 3 xil ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.
Virinchi ko‘rinishi. Viror dori ykkynchy dori ta’sirida ishtirok etadigan
mediatorning tarqalishini, transportini, metabolizmini yoki uning bog‘lanishini
buzishi
mumkin. Masalan, bir vaqtda rezerpin
va monoaminooksidaza
falajlovchilarini yuborish. Rezerpin mao buzadigan katexolaminlar ajralib
chiqishini osonlashtiradi, ularning zahirasini kamaytiradi. Mao falajlovchilari
katexolaminlarni buzilishdan saqlab, ularning miqdorini ko‘paytiradi, bu esa qon
bosimining ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin.
Ikkinchi ko‘rinishi biror dori mediatorni uning maxsus sezuvchi mos
kelmagan qurilma bilan o‘zaro ta’sirini buzishi mumkin. Qalsiy ionlari uchun
o‘tkazuvchanlikni buzuvchi aritmiyaga qarshi dorilar — lidokain va verapamil
orasidagi o‘zaro ta’sir bunga misol bo‘ladi.
Uchinchi qo‘rinishida dori moddasi organizmdagi fizologik jarayonni
birinketin falajlaydi. Masalan, simpatik asab tizilmasining turli qismlarining
faolligiga ta’sir qiluvchi klonidin va ganglioblokatorlarni bir vaqtda ishlatish.
Maxsus sezuvchi qurilmalarning o‘zgarishi ikki turda bo‘lishi mumkin: dori
effektor
hujayra
yoki
a’zolarda
joylashgan
ikkinchi
bir
dori
uchun
nishonhujayralarga ta’sir qilib, ularning sezuvchanligini o‘zgartirishi mumkin.
Masalan, ftorotan yoki siklopropan narkozi vaqtida yurak mushagining adrenalinga
sezuvchanligining
ortishi,
diuretiklar
(gipokaliyemiya)
natijasida
yurak
kiritilganda
mushaklarining
ionlarning
yurak
kamayishi
glikozidlariga
sezuvchanligining o‘zgarishi.
Sezuvchi qurilmalarning ikkinchi tur o‘zgarishi (masalan, yurak glikozidlari
va rezerpin ishlatilganda yurak urishlari sonining kamayib ketishi bilan namoyon
bo‘lishi mumkin).
Dorilarning organizm fiziologik nazorat mexanizmining turli pog‘onalaridagi
uzaro ta’siri
Fiziologik nazorat tizilmaning turli pog‘onalarini tashkil qilgan to‘qima va
a’zolarga turli guruhdagi dorilarning birbiriga aloqador bo‘lmagan o‘zaro ta’siri.
Masalan, yurak yetishmovchiligi bor bemorga qon aylanishi tizilmasining turli
qismlariga
ta’sir
qilish
maqsadida
yurak
glikozidlari,
qon
tomirlarini
kengaytiruvchi va siydik haydovchi dorilarni bir vaqtda yuborish.
Bunday o‘zaro ta’sir va yuqorida ko‘rib o‘tilgan dorilarning o‘zaro ta’siri
natijasida dorilarning organizmga salbiy ta’siri, ayniqsa suvtuz muvozanati
buzilgan holatlarda bu xavf yanada ortadi. Masalan, siydik haydovchi dorilar
chaqirgan gipokaliyemiya yurak glikozidlarining salbiy (zaharlovchi) ta’sirini
kuchaytirady.
Dorilarning bemor laboratoriya ko‘rsatkichlariga ta’siri ham kuzatiladi.
Masalan, propranolol qoida tiroksin (t4) miqdorini oshirishi, glukozani zsa
kamaytirishi va insulin paydo qilgan gipoglikemiyani uzaytirishi mumkin.
Metildofa, xinin, nikotin kislotasi, riboflavin, tetrasiklinlar katta miqdorlarda
kiritilganda siydikda katexolaminlar miqdorini oshiradi, ularning siydik bilan
ajralib chiqishi vazodilyatatorlar (nitroglitserin, kalsiy antagonistlari, gidrolazin)
ta’sirida kuchayadi.
Dorilarni kombinatsiya qilishning asosiy maksadi dorilar samaradorligini
oshirishdan va xavfsizligini kamaytirishdan iborat bo‘lib, farmakoterapiyaning bu
bosh maqsadiga vrach faqat fiziologiya, kasallik patogenezi, dorilarning
farmakokinetik va farmakodinamik ko‘rsatkichlarini yaxshi bilganidagina erishishi
mumkin.
Download