O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI Ro‘yxatga olindi: № 2022-yil « » “TASDIQLAYMAN” O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari D.K. Yakubjanova “ ” 2022-yil «TARMOQ XAVFSIZLIGI» (Sirtqi) FANINING ISHCHI O‘QUV DASTURI Bilim sohasi: Ta’lim sohasi: 300000 330000 - Ishlab chiqarish va texnik soha - Kompyuter texnologiyalari va informatika Ta’lim yo‘nalishi: Ta’lim yo‘nalishi: 5330500 - Kompyuter injiniringi (Kompyuter injiniringi) -Telekommunikatsiya texnologiyalari (Telekommunikatsiyalar) 5330100 Umumiy o‘quv soati – 180 soat (6 kredit) Shu jumladan: Ma’ruza – 6 soat (7–semestr) Amaliy mashg‘ulotlar – yo‘q Laboratoriya mashg‘ulotlari –12 soat (7-semestr) Mustaqil ta’lim soati – 162 soat (7–semestr) S A MA RQ AN D – 2022 Fan dasturi Oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi yo’nalishlari bo’yicha o’quvuslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengashning 2022 yil 19-fevraldagi 1sonli bayonnomasi bilan ma’qullangan. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2022 yil 17martdagi 106-sonli buyrug’i bilan maqullangan fan dasturini tayanch oliy ta’lim muassasasi tomonidan tasdiqlashga rozilik berilgan. Tuzuvchilar: Zaynalov N.R. Rahmatullayev I.R Umurzaqov O.SH. Taqrizchilar: Bekmurodov Q.A Boynazarov I.M. –TATU SF, «Axborot xavfsizligi» kafedrasi mudiri, dotsent, f.-m.f.n. –TATU SF, «Axborot xavfsizligi» kafedrasi katta o’qituvchisi –TATU SF, «Axborot xavfsizligi» kafedrasi assistenti –TATU SF, «Kompyuter tizimlari» kafedrasi mudiri, dotsent –TATU SF, «Dasturiy injiniringi» kafedrasi mudiri, dotsent TTKT fakultet dekani: 2022 yil “_____”______________________ ____________ Narzullayev U.X. (imzo) “Axborot xavfsizligini” kafedrasi mudiri: 2022 yil “_____”______________________ ____________ Zaynalov N.R. (imzo) O‘UB boshlig‘i 2022 yil “_____”______________________ ____________ AxmedjanovA.R. (imzo) 1. O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar. Fanni o’qitishdan maqsad – talabalarga tarmoq xavfsizligini ta’minlash sohasidagi xalqaro va milliy meyoriy, nazariy va amaliy izlanishlar natijalari bilan tanishtirish bilan bir qatorda tarmoq xavfsizligini ta’minlashda foydalaniladigan usullar, apparat va dasturiy vositalar va ulardan foydalanish, tarmoq xavfsizligini ta’minlashda himoya qurilmalari va vositalarini qo’llashga doir bilimlar va o’quvlar hosil qilishdan iborat Fanning vazifasi – talabalarga nazariy bilimlar, amaliy ko’nikmalar berish, hamda tarmoq xavfsizligiga zamonaviy tahdidlar, tarmoq xavfsizligi standartlari, tarmoq xavfsizligini ta’minlashda foydalaniladigan vositalarning ahamiyatini ochib berish. Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga quyidagi talablar qo’yiladi. Talaba: Tarmoq klassifikasiyasi asosiy tushunchalari to`g`risida tasavvurga ega bo`lishi kerak; Tarmoqda ma’lumotlar uzatish pratakollari; Tarmoq asosiy standartlarini o’rganish; Simsiz tarmoqning asosiy tahdidlari; Xavfsizlik siyosati; – Tarmoq holatini tadqiq qilish vositalarini o’rganish haqida tasavvurga ega bo‘lishi; Himoya nuqtasiga kirish,nazorat ro’yhatiga kirish; Tarmoqni loyihalashtirishda olingan bilimlarni qo’llashni bilish kerak; Ma’lumotlarni uzatishda tarmoq himoyalanganligini darajasini baholashni bilish; Tarmoq xavfsizligi zaifliklarini bartaraf etish; Tarmoqda uzatilayotgan ma’lumotlarni mahfiyligi, butunligi va foydanuvchanligining buzilish usullarini tahlil qilish; Tarmoqni himoyalash usullari va vositalarini qo’llash; Tarmoqni himoyalashning choralari va vositalari, axborotni himoyalashning kriptografik usullarini qo’llash ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak. 2. Ma’ruza mashg’ulotlari Ma’ruzalar mavzulari № Dars soatlari hajmi 6 semestr uchun Tarmoq xavfsizligi tushunchasi va uning mohiyati. Tarmoq xavfsizligi faniga kirish, kompyuter tarmoqlarida xavfsizlik tushunchasi, tarmoqda axborot xavfsizligini ta’minlash asoslari, tarmoq xavfsizligiga qo’yiladigan talablar. Tarmoq xavfsizligiga zamonaviy tahdidlar Tarmoq tahdidlarining zamonaviy shakllari va ulardan himoyalanish usullari, tarmoq xavfsizligi tahdidlari klassifikatsiyasi va ularni kamaytirish usllari Kompyuter tizimlari va tarmoqlarida xavfsizlik siyosati va modellari. Kompyuter tizimlari va tarmoqlarida xavfsizlik siyosati va modellari tushunchasi.Xavfsizlik monitori(yadro) va xavfsizlik siyosatining asosiy turlari. 1. 2. 3. Jami 2 2 2 6 Ma’ruza mashg’ulotlari multimedia qurulmalari bilan jihozlangan auditoriyada akademik guruhlar oqimi uchun o’tiladi. 2. Amaliy mashg‘ulotlar O`quv rejada fan bo`yicha amaliyot mashg`ulotlari rejalashtirilmagan. 3. Laboratoriya mashg‘ulotlari Laboratoriya mashg`ulotlaridan maqsad- talabalarda tarmoq xavfsizligini ta`minlash vositalari bilan ishlash, Tarmoqlararo ekran dasturiy ta`minotini o`rnatish va sozlash, himoyalangan virtual tarmoqni qurish, tarmoq tuzilmasini xavfsizlik jihatdan monitoringlari uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi. № 1 2 3 4 5 6 Laboratoriya mashg‘ulotlar mavzulari 6-semestr Tarmoq qurilmalarida dastlabki xavfsizlik sozlamalarini o`rnatish-telnet, ssh. Kommutatorlarda port xavfsizligi(port Securty)ni sozlash. Tarmoq qurilamlari xavfsizligining tahlili. DHCP Snooping-xavfsizlik texnologiyasi. Korxona va tashkilot axborot kommunikatsiya tizimlarida VPN tarmoq qurish. Firewall dasturiy vositasini o`rnatish va sozlash. Jami : . Dars soatlari hajmi 2 2 2 2 2 2 12 soat 4. Mustaqil ishni bajarish bo‘yicha talablar Talabaga berilgan mustaqil ishning asosiy maqadi- o`qituvchi raxbarligi va nazoratida muayyan o`quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun bilim va ko`nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish. Mustaqil ishlar har bir talaba tomonidan mustaqil ravishda bajariladi. O‘quv kursi davomida ma’ruzada darsida talabalar tomonidan 1 ta mustaqil ish topshiriladi. Har bir berilgan mustaqil ishni bajarish uchun yetarlicha muddat beriladi. Mavjud mustaqil ishlar kundalik rejaga muofiq o‘quv semsestri davomida topshiriladi. Mustaqil ta'lim va mustaqil ishlar Mustaqil ish uchun tavsiya etiladigan faollik. 1. Baholanmaydigan: a. ma'ruzaga konspekt tayyorlash; b. qo‘shimcha o‘qish. 2. Baholanadigan: a. laboratoriya ishi; b. obzor xarakteridagi esse; s. analitik xarakteridagi esse. Mustaqil ishlarning bajarilishi kalendar vaqti bo‘yicha quyidagilarga bo‘linadi: - uy vazifasi ( ikki haftagacha); mini – loyixa ( ikki haftadan to‘rt haftagacha); loyiha ishi (to‘rt haftadan ko‘proq). Talabalarning mustaqil ishlarini bajarishi o‘qitish natijalariga erishishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak, shu bilan birga, mustaqil ish elementlari yozma nutq, adabiyotlar bilan ishlash va shunga o‘xshash, umumiy topshiriqlarni bajarish ko‘nikmalarini rivojlantirish kerak. Mustaqil ish uchun topshiriqlar hajmi va murakkabligi o‘quv rejasida mustaqil ish uchun ajratilgan vaqtda mo‘ljallanishi kerak. Mustaqil ta'lim uchun tavsiya etiladigan mavzular: № 1 2 3 4 5 6 7 8 9 Mavzu nomi Tarmoq xavfsizligiga oid standartlar (O‘z DSt ISO/IEC 27033). Etti sathli OSI modeli. Ilova va taqdimot sathkarida axborotni himoyalash infratuzilmasi. Kanal va senas sathlarida axborotni himoyalash infratuzilmasi. Transport sathida ma`lumotlarni himoyalash. Tarmoq sathida ma`lumotlarni himoyalash. Fizik sathida ma`lumotlarni himoyalash. Kompyuter tarmoqlarida masofaviy hujumlar. Himoyalangan virtual tarmoq texnologiyalari Soati 4 4 4 4 4 4 4 4 4 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 asoslari. Tarmoqlararo Ekran texnologiyalari Hujumlarni aniqlash va bartaraf etish. “Bulutli” hisoblash tizimlarida axborot xavfsizligi. Tarmoqlararo ekranlarning qo`shimcha imkoniyatlari. Himoyalangan masofaviy foydalanshlarni tashkil etish. Taqdimot sathida himoyalash vositalari. Virtual hususiy tarmoqlarni qo‘llagan xolda tarmoqlararo xavfsizlikni ta’minlash uchun kommunikatsiyalar. OSI modelining imkoniyatlari va pratakollari. Tarmoq arxitekturasi va standartlashtirish. Tarmoq skanerini tadqiq qilish. Tarmoq inventarizatsiyasida dasturiy ta’minotdan foydalanish. Keng polosali foydalanish texnologiyasi. Simsiz tarmoq arxitekturasi. Tarmoqda axborot xavfsizligi muammolari va ularning yechimlari Simsiz tarmoq infrastrukturasi. Tarmoq xavfsizligi standartlari Simsiz lokal tarmoq arxitekturasi va komponentlari. WiMAX texnologiyasi. Tarmoqdagi asosiy tahdidlar. Asosiy tarmoq hujumlari. Simsiz tarmoqlar xavfsizligi protokollari. Tarmoq identifikatsiyasi va autentifikatsiyasi protokollari. Simsiz tarmoqdan foydalanuvchilarga bo‘ladigan hujumlar. Ilova sathi pratakollarining xavfsizlik muammolari Identifikatsiya vafoydalanishlarni boshqarish. Himoyalangan masofaviy foydalanshlarni tashkil etish. Kanal sathida himoyalangan kanallarni shakllantirish pratakollari. OSI modelining transport sathi imkoniyatlari va xususiyatlari. Transport sathi xavfsizlik pratakollari. 4 4 4 4 4 4 4 4 4 4 4 4 4 4 2 4 4 4 4 4 4 4 4 4 4 4 4 4 39 40 41 IPSec xavfsizlik vositasi arxitekturasi Hujumlarni aniqlash tizimi. IDS/IPS texnologiyalari. IPS arxitekturasi. IPSni qo`llash. Jami 4 4 4 162 soat Berilgan mustaqil ishni bajarishda talabalar tomonidan ko‘chirmachilikka yo‘l qo‘yilmaydi. Agar mustaqil ishni bajarishda ko‘chirmachilik holatlari kuzatilsa, talaba ushbu ish uchun ajratilgan foizdan mahrum bo‘lmaydi. Mustaqil ishni bajarishda talabalarni mustaqil fikrlash qobilyatiga egaligi, ishni to‘liq va ravon bajarganiga alohida e’tibor beriladi. Talabalar tomonidan bajarilgan mustaqil ishlar hemis.samtuit.uz tizimiga elektron ravishda yuboriladi va talabalardan himoya qilish talab etilmaydi. 5. Fan bo‘yicha talabalar bilimini baholash va nazorat qilish me’zonlari « Tarmoq xavfsizligi » fanidan talabalar bilimini baholash mezoni Fanlar bo‘yicha reyting jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga ajratilgan maksimal ball, shuningdek oraliq va yakuniy nazoratlarining saralash ballari haqidagi ma’lumotlar fan bo‘yicha birinchi mashg‘ulotda talabalarga e’lon qilinadi. Fan bo‘yicha talabalarning bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasining Davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlari o‘tkaziladi: Oraliq nazorat (ON) va Yakuniy nazorat (YaN). Oraliq nazorat (ON) - semestr davomida o‘quv dasturining tegishli (fanlarning bir necha mavzularini o‘z ichiga olgan) bo‘limi tugallangandan keyin talabaning nazariy bilim, amaliy ko‘nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazorat soni 6 kreditgacha bo‘lgan fanga bir marta, undan yuqori fanga ikki marta o‘tkaziladi va shakli (yozma, ogzaki, test va hokazo) o‘quv faniga ajratilgan umumiy kreditlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Yakuniy nazorat (YAN) - semestr yakunida muayyan fan bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarni talabalar tomonidan o‘zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan “Yozma ish” shaklida o‘tkaziladi. ON o‘tkazish jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida muntazam ravishda o‘rganib boriladi va uni o‘tkazish tartiblari buzilgan xollarda, ON natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda ON qayta o‘tkaziladi. Oliy ta’lim muassasasi raxbarining buyrug’i bilan ichki nazorat va monitoring bo’limi raxbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida YAN ni o‘tkazish jarayoni muntazam ravishda o‘rganib boriladi va uni o‘tkazish tartiblari buzilgan hollarda, YAN natijalari bekor qilinishi mumkin. Bunday hollarda YAN qayta o‘tkaziladi. Talabaning bilim saviyasi, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilishning kredit tizimi asosida talabaning fan bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi ballar orqali ifodalanadi. Fan bo‘yicha talabalarning semestr davomidagi o’zlashtirish ko‘rsatkichi 100 ballik tizimda baholanadi. Kurs davomida o‘zlashtirilishi kerak bo‘lgan kredit foizlarining bajariladigan ishlar kesimidagi ko‘rinishi quyidagicha: Bajariladigan ishlar Oraliq nazorat jami Mustaqil ta’lim ishlari (1 ta) Amaliy ishlar (4 ta) Oraliq nazorat Yakuniy nazorat jami Jami % 50 % 20 % 20 % 10 % 50 % 100 % Mustaqil ta’lim ishi uchun ajratilgan kredit foizi bitta yoki ikkita ishga teng ravishda taqsimlanadi. Har bir mustaqil ish uchun ajratilgan kredit miqdori 100 foiz holatda olinib, quyidagi omillar bo‘yicha baholanadi: 1. Berilgan topshiriq uchun aniq, yakuniy yechimning mavjudligi: 40 %. 2. Olingan yechimni batafsil tushuntirilganligi: 20%. 3. Yechimni olishda foydalanilgan usul yoki yondashuvning samaradorligi: 20%. 4. Yechimni olishda qo‘shimcha adabiyotlardan foydalanilganligi: 20%. To‘plangan foizning 1\5 qismi mustaqil ta’lim kredit foizini bildiradi. Amaliy ishlar uchun ajratilgan umumiy 20 foiz kredit miqdori har bir amaliy ishga quyidagicha taqsimlangan: 1. Birinchi amaliy ishlar uchun – 5%. 2. Ikkinchi amaliy ishlar uchun – 5%. 3. Uchinchi amaliy ishlar uchun – 5%. 4. To‘rtinchi amaliy ishlar uchun – 5%. Har bir amaliy ish uchun ajratilgan kredit miqdori quyidagi omillar bo‘yicha baholanadi: Omillar a’lo yaxshi qoniqarli qoniqarsiz 1. Auditoriyada berilgan amaliy mashg‘ulot topshirig‘ini to‘liq bajarilganligi. 5 4 3 2 2. Uyga berilgan topshiriqni to‘liq va mustaqil bajarilganligi. 3. Har bir amaliy ish bo‘yicha yakuniy savollarga to‘liq javob berilganligi. O‘quv kursi davomida 1 marta oraliq nazorat olinadi va ajratilgan kredit miqdori ularga teng taqsimlanadi. Ko‘chirmachilikka yo‘l qo‘yilgan ishlarga ajratilgan kredit foizi berilmaydi. Fan bo‘yicha saralash bali 60 ballni tashkil etadi. Talabaning saralash balidan past bo‘lgan o’zlashtirishi (elektron) reyting daftarchasida qayd etilmaydi. Talabalarning o‘quv fani bo‘yicha mustaqil ishi oraliq nazoratlar jarayonida tegishli topshiriqlarni bajarishi va unga ajratilgan ballardan kelib chiqqan holda baholanadi. Talabaning semestrda ON turlari bo‘yicha to‘plagan ballari ushbu nazorat turlari umumiy balining 60 foizidan kam bo‘lsa yoki semestr yakuniy oraliq va yakuniy nazorat turlari bo‘yicha to‘plagan ballari yig‘indisi 60 baldan kam bo‘lsa, u akademik qarzdor deb hisoblanadi. Baholashning o‘rnatilgan talablar asosida belgilangan muddatlarda o‘tkazilishi, hamda rasmiylashtirilishi fakultet dekani, kafedra mudiri, o‘quv-uslubiy boshqarma, hamda ichki nazorat va monitoring bo‘limi tomonidan nazorat qilinadi. Yakuniy nazorat “Yozma ish” shaklida belgilangan bo‘lsa, u holda yakuniy nazorat 50 ballik “Yozma ish” variantlari asosida o‘tkaziladi. Yakuniy nazoratda “Yozma ish”larni baholash mezoni Yakuniy nazorat “Yozma ish” shaklida amalga oshirilganda, sinov ko‘p variantli usulda o‘tkaziladi. Har bir variant 3 ta nazariy va amaliy savoldan iborat bo‘ladi. Nazariy savollar fan bo‘yicha tayanch so‘z va iboralar asosida tuzilgan bo‘lib, fanning barcha mavzularini o‘z ichiga qamrab olgan. Har bir nazariy savolga yozilgan javoblar bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 0-20 (015 yoki 0-10 yoki 0-5) ball oralig‘ida baholanadi. Bunda imloviy xatoliklar va husnixat inobatga olish nazarda tutiladi. Talaba maksimal 50 ball to‘plashi mumkin. 3 ta nazariy savoldan iborat variant namunasi quyidagi shaklda taklif etiladi: Namuna TATU Samarqand filiali TTKT fakulteti Axborot xavfsizligi kafedrasi “Kriptografiya 1” fanidan Yakuniy nazorat savollari Variant №1 № Savol Tayanch so‘zlar Maksimal ball 1 AXBT (axborot xavfsizligini Jarayonli yondashuv; 15 boshqarish tizimi) da PDCA modeli; muvofiqlikni baholash standartdlari va ularni qo‘llanishi 2 Tarmoqlararo ekranlarning FireWall; 15 ishlash xususiyatlari. Asosiy funksional imkoniyatlari; 3 Elektron raqamli imzoni Elektron raqamli imzoni; 15 shakllantirish va tekshirishda Diffi-Xelman asimmetrik shifrlashning algoritmlari; algoritmlari 4 Imloviy jihatlari Imloviy xatoliklar; 5 Husnixat; Kafedra mudiri: Zaynalov N.R. Yozma sinov bo‘yicha umumiy o‘zlashtirish ko‘rsatkichini aniqlash uchun variantda berilgan savollarning har biri uchun yozilgan javoblarga qo‘yilgan o‘zlashtirish ballari qo‘shiladi va yig‘indi talabaning yakuniy nazorat bo‘yicha o‘zlashtirish bali hisoblanadi. Talaba baholash natijasidan norozi bo‘lgan taqdirda , baholash natijasi e’lon qilingan vaqtdan boshlab 24 soat davomida apellyatsiya komissiyasiga ariza bilan murojaat qilishi mumkin. Baholah tartibi va mezonlari Talabaning fan bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi 5 baholik tizimda amalga oshiriladi. Talabaning fan bo‘yicha o‘zlashtirishi ballik tizim asosida butun sonlar bilan baholanadi hamda yakunda ballar ta’limning kredit tizimi asosida 5 baholik tizimga konvertatsiya qilinadi, ya’ni 1-jadval. 5 baholik tizimga konvertatsiya qilish. Ballar Baho 90-100 5 80-89 4 60-79 3 0-59 2 Qayta o‘qishni tashkil etish O‘quv mashg‘ulotlariga uzrli sabablarga ko‘ra ishtirok etmagan hamda shu sababli topshiriqlarni belgilangan muddatga topshirmagan talabaga bir oylik muddatga qayta o‘qish uchun ruxsat beriladi. Yakuniy nazoratda ishtirok etmagan yoki o‘tmagan talabalarga qayta o‘qish jarayoni tugaganidan so‘ng yakuniy nazoratni topshirishga ruxsat beriladi. Talaba quyidagi holatlarda akademk qarzdor hisoblanadi: -agar talabaning semestrda to‘plagan ballari ushbu nazorat turlari umumiy balining 60 foizidan kam bo‘lsa; -agar talabaning yakuniy nazorat bo‘yicha to‘plagan ballari ushbu nazorat turi umumiy balining 60 foizidan kam bo‘lsa; -fandan 5 auditoriya mashg‘ulotini (10 soat) sababsiz qoldirgan bo‘lsa, talaba yakuniy nazoratga kiritilmaydi; Talaba akademk qarzdorligi bo‘lgan fanidan qayta ta’lim olish uchun ta’til vaqtida o‘z hisobidan qayta o‘qish huqugiga ega. 6. Asosiy va qo‘shimcha o‘quv adabiyotlar hamda axborot manbaalari Asosiy adabiyotlar 1. William Stallings, Network Security Essentials: Applications and Standards, 6th Edition, 2017. 2. Olifer V.G., Olifer N.A. “Bezopasnost kompyuternыx setey” 2017 3. Olkov Yevgeniy - Prakticheskaya bezopasnost setey - 2017 g. 4. Olkov Yevgeniy - Arxitektura korporativnыx setey - 2014 g. 5. Ganiev Salim Karimovich, Kuchkarov Taxir Anvarovich, Bezopasnost setey, 2019. s. 148 6. Ganiev Salim Karimovich, Kuchkarov Taxir Anvarovich, Tarmoq xavfsizligi, 2019. s. 139 7. N.V.Maksimov, I.I.Popov "Kompyuternыe seti". Uchebnoe posobie. Moskva "Forum" 2018 g. str. 454 8. Biryukov A.A. Informatsionnaya bezopasnost: zaщita i napadenie. Vtoroe izdanie. 2017 9. Shangin V.F. «Informatsionnaya bezopasnost i zaщita informatsii», Uchebnoe posobie. M.: 2017 g. 10. G‘aniev S. K., Karimov M. M., Tashev K. A. “Axborot xavfsizligi”, “Fan va texnologiyalar” nashriyoti, Toshkent 2016 Qo‘shimcha adabiyotlar 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida» gi Farmoni. 2. Mirziyoev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. 2017. 3. Tim Boyles. CCNA Security Study Guide. Copyright © 2010 by Wiley Publishing, Inc., Indianapolis, Indiana. Published simultaneously in Canada ISBN: 978-0-47052767-2 4. Mark Ciampa. Security+.Guide to Network Security Fundamentals. Fifth Edition. Printed in the United States of America Print Number: 01 Print Year: 2014 5. Emad S. Hassan. Security and Data Reliability in Cooperative Wireless Networks. © 2018 by Taylor & Francis Group, LLC 6. William Stallings. Cryptography and network security principles and practice. Fifth edition. Copyright © 2011, 2006 Pearson Education, Inc., publishing as Prentice Hall. 7. Joseph Migga Kizza. Computer Network Security and Cyber Ethics. Fourth edition. McFarland & Company, Inc., Publishers Jefferson, North Carolina © 2014. 8. Zaynalov N.R. “Kredit tizimida talabalarning mustaqil ta’lim ishini tashkillashtirish va tayyorlash” uslubiy ko’rsatma. Samarqand 2019 y. Internet saytlari 6. 1. http://www.ziyonet.uz 2. http://www.nasa.gov\statistics\ 3. http://www.security.uz 4. http://www.cert.uz 5. http://www.uzinfocom.uz www.library.tuit.uz – informatsionnыy portal TUIT