Uploaded by Aslanbek Hasanov

Laboratoriya ishi Mavzu Tarmoq qurilmalarida dastlabki xavfsizl

advertisement
1 – Laboratoriya ishi
Mavzu: Tarmoq qurilmalarida dastlabki xavfsizlik sozlamalarini o’rnatish-telnet,
ssh
Ishdan maqsad : Kommutator qurilmasining tuzilishi, ishlash tamoyillari, masofadan
kirishni ta’minlash usullari hamda xavfsizlik ko’rsatkichlarini sozlash qoidalarini tadqiq qilishdan
iborat.
Nazariy ma’lumotlar
Cisco IOS qurilmalarining buyruqlar satri interfeysi (CLI- Command Line Interface) ga
kirishning bir necha yo‘llari mavjud. Quyida eng keng tarqalgan usullar keltirilgan:
– Console
– Telnet yoki SSH
– Port AUX
Console port — Konsol porti Cisco qurilmasini sozlash uchun tashqaridan kirishni
ta’minlaydigan boshqaruv portidir. Konsol portidan foydalanishning afzalligi shundan iboratki,
qurilmaga tarmoq xizmatlarini konfiguratsiya qilmasdan ham kirish mumkin, masalan, tarmoq
qurilmasining dastlabki konfiguratsiyasi holatida. Boshlang‘ich konfiguratsiya bajarilganda,
kompyuterning maxsus kabeli (RS232) yordamida qurilmaning konsol portiga ulanadi va sozlash
ishlari amalga oshiriladi.
TELNET (terminal network) — tarmoq bo‘ylab qurilmalarga murojat qilish uchun
mo‘ljallangan tarmoq protokoli. Protokolning zamonaviy standarti RFC 854 da yozilgan.
TELNET protokolining vazifasi terminal qurilmalar o‘rtasida o‘zaro ishlashni
ta’minlashdan iborat. Bu protokol terminal-terminal ko‘rinishdagi aloqada ishlatiladi.
Protokol Secureshell (SSH) — bu protokol uzoqdagi qurilmalarni boshqarish uchun
xavfsiz (shifrlangan) bog‘lanishni ta’minlaydi. Uzoqdagi qurilmalarni boshqarish uchun Telnet
protokoli o‘rniga SSH protokolini qo‘llash tavsiya etiladi. Lokal tarmoqlarda Telnet ni qisqa vaqt
uchun ishlatish mumkin. Telnet eskirgan protokol hisoblanib, qurilmalar o‘rtasida ishlashda
shifrlanmagan xavfsiz ma’lumot ko‘rinishiga o‘xshaganday identifikatsiya axborotlari
(foydalanuvchi nomi va paroli) ham ochiq uzatiladi. SSH uzoqdagi qurilmalar bilan bog‘lanishda
himoyani ta’minlaydi. Qurilmalarni autentifikatsiya (foydalanuvchi nomi va paroli)
ma’lumotlarini ishonchli shifrlaydi. Shuningdek qurilmalar o‘rtasidagi uzatilayotgan
ma’lumotlarni ham himoyalaydi. SSH TCP-port 22 ni, Telnet TCP-port 23 ni ishlatadi.
Ishni bajarish tartibi
Topologiyaga mos ravishda kabellarni ulang
Cisco Pascet Tracer dasturida kompyuter va kommutator yordamida lokal tarmoq quring. (1.1rasm). Jadvalga mos holda IP manzil beriladi
1.1-Rasm. Cisco Pascet Tracer dasturida lokal tarmoq sxemasi
1.1-Jadval. Manzillash jadvali
Qurilma
Interfeys
IP-manzil
Tarmoq maska
Asosiy shlyuz
192.168.1.1
255.255.255.0
192.168.1.1
Tarmoq adapteri 192.168.1.2
255.255.255.0
192.168.1.1
Kommutator vlan1
Admin
Kommutatorni dastlabki holatini tekshiring.
Kommutatorni dastlabki xolati: IOS ma’lumotlari, interfeys xususiyatlari, VLAN va flesh
– xotira to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tekshiramiz.
Kommutator IOS ning barcha buyruqlari imtiyoz rejimida bajarish mumkin. Imtiyoz
rejimiga kirishda begonalarni qurilmadan foydalanishini oldini olish va global konfiguratsiya
rejimiga to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘tib ketmaslik hamda ishchi ko‘rsatkichlarni sozlash uchun
ishlatiladigan buyruqlarga kirmaslik uchun parol yordamida cheklash kerak.
Kommutatorga vlan interfeysiga ip manzil bog’lash uchun CLI oynasiga buyruqlar kiritadi
(1.2-rasm):
1.2 rasm. Kommutaroga vlan interfeysiga ip manzil kiritish
Kommutatorda Telnet konfiguratsiyasini sozlash
Kommutator telnet orqali kirishga ruxsat berishi uchun, ya’ni uzoqdan boshqarish uchun
virtual bog‘lanish kanali (vty) ni sozlash kerak. Agar vty paroli qo‘yilmasa telnet orqali qurilmaga
kirib bo‘lmaydi. Kommutator CLI oynasiga quyidagi buyruqlar kiritaldi va telnet sozlanadi.
Switch(config)#line vty 0 15
Switch(config-line)#password 12345
Switch(config-line)#login
Switch(config-line)#exit
Switch(config)#enable password 12345
Switch(config)#end
Switch#
Admin kompyuteridan kommutatorga bog’lanish va masofadan boshqarish uchun
kompyuter buyruqlar satrida “telnet 192.168.1.100” teriladi. Parol kiritishimizni talab qilganda
parolni kiritamiz va Enter tugmasin bosamiz. Kommutatorga buyruq kirtishimizda ham parol
so’raydi. parolni kiritamiz va enterni bosamiz.
1.3-rasm. Admin kompyuteridan buyruqlar satri orqali kommutatorga bog’lanish
SSH konfiguratsiyasini sozlas
SSH protokolini sozlashdan oldin kommutatorda tugunning maxsus nomini va tarmoq
ulanishining mos keluvchi ko`rsatkichlarini ko‘rsatish lozim.
1 – qadam. SSH protokolini borligini tekshirish
SSH protokoli borligini bilish uchun show ip ssh buyrug‘i beriladi. Agar kommutatorda
kriptografik funksiyani qo‘llab quvvatlovchi IOS bo‘lmasa, bu buyruq ishlamaydi.
2 – qadam. IP domenni sozlash
Tarmoqning IP domenini global konfiguratsiya rejimida ip domain-name domen nomi
yordamida ko‘rsating. 1.4 – rasmda domen nomi cisco.com qilib olingan.
Switch#conf t
Enter configuration commands, one per line. End with CNTL/Z.
Switch(config)#hostname tatu_sw1
tatu_sw1(config)#ip domain name tatu
tatu_sw1(config)#crypto key generate rsa
The name for the keys will be: tatu_sw1.tatu
Choose the size of the key modulus in the range of 360 to 2048 for your
General Purpose Keys. Choosing a key modulus greater than 512 may take
a few minutes.
How many bits in the modulus [512]: 512
% Generating 512 bit RSA keys, keys will be non-exportable...[OK]
tatu_sw1(config)#ip ssh version 2
*мар 1 0:24:59.72: RSA key size needs to be at least 768 bits for ssh version 2
*мар 1 0:24:59.72: %SSH-5-ENABLED: SSH 1.5 has been enabled
Please create RSA keys (of at least 768 bits size) to enable SSH v2.
tatu_sw1(config)#line vty 0
tatu_sw1(config-line)#transport input ssh
tatu_sw1(config-line)#username admin secret 12345
tatu_sw1(config)#line vty 0
tatu_sw1(config-line)#login local
tatu_sw1(config-line)#do wr
Building configuration...
[OK]
Tarmoq bog‘lanishni tekshiring
To‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘lanishni exo so‘rov jo‘natish orqali tekshiring.
a. PC-A kompyuterdan kommutatorning SVI interfeysining administrativ manziligi exo so‘rov
jo‘nating
C:\Users\User1> ping 192.168.1.100
PC-A kompyuter S1 kommutatorning MAC manzilini ARP protokoli yordamida olishi kerak.
Birinchi paket uzatmada kutish vaqti tugashi mumkin. Lekin exo – so‘rov amalga oshmasa,
qurilmaning bazaviy sozlanishidagi nosozlikni tekshiring va sozlang.
S1 kommutatorni uzoqdan boshqarishni tekshiring.
1.5 Rasm. CMD buyruqlar oynasida ssh protocol bilan kommutatorga ulanish







Topshiriq
1.Cisco pascet tracer dasturida lokal tarmoq quring. (kompyuter, kommutator, kabel)
kommutatorning asosiy vlan interfeysi orqali ip manzil bering (bunda har bir talaba
jurnaldagi tartib raqamini ip manzil yozadi, masalan 10 tartib raqamdagi talaba ip manzilni
192.168.1.10 deb yozadi)
kompyuter uchun IP- manzilni o‘rnating. Masalan 192.168.1.20
Telnet protokoli yordamida masofadan kirishni sozlang
telnet yordamida uzoqdan boshqarishni testlang
SSH protokoli yordamida masofadan kirishni sozlang
qurilmaning konfiguratsiyasini ko‘rsating
kommutatorning hozirgi konfiguratsiyasini saqlang.
2. Bajargan ishingizni hisobotini electron faylini Hemis tizimiga yuklang
Download
Study collections