Uploaded by Mashhurbek Xudayberganov

2

advertisement
Relyatsion ma’lumotlar
bazasini loyixalash.
Reja

Relyatsion model

Kalitlar
Relyatsion model
Ma’lumotlarning relyatsion modeli asosida munosabat
tushunchasi yotadi. Munosabatni 2 o‘lchamli jadvallar
yordamida
tavsiflash
qulay. Relyatsion model odatda
jadvallar va ular orasidagi bog’lanishlarni anglatadi.
Relyatsion model
Relyatsion modelda ishlatiladigan atamalar ba’zan
chalkashliklarga olib keladi. Quyidagi jadvalda muqobil
atamalarni keltiramiz.
Relyatsion model
Relyatsion modelda munosabatning xususiyatlari:
1.
Jadvalni xar bir ma’lumot elementi
maydon xisoblanadi va
takrorlanuvchi guruxlar bulmaydi.
2. Barcha ustunlar bir jinslidir.
3. Xar bir ustunga nom tayinlangan
4. Jadvalda bir xil satr 2 marta uchramaydi.
5. Bunday jadvalda satr va ustunlar ixtiyoriy tartibda qaraladi va
ixtiyoriy ketma-ketlikda ishlatilishi mumkin.
Kalitlar
Aytib o’tilganidek, munosabatda takrorlanuvchi kortejlar
bo’lmasligi kerak. Shuning uchun har bir kortejni noyob
tarzda bitta yoki bir nechta atributlar yordamida
identifikatsiyalash imkoniyati bo’lishi kerak. Bu atributlar
kalit deyiladi. Amaliy ish jarayonida kortejni–yozuv, atributni
maydon deyishadi.
Birlamchi kalit– atributlar yoki ular to’plamining shunday
elementidan iboratki, u yagona tarzda bitta yozuv yoki
guruhni
belgilaydi.
Birlamchi
bo’lmagan
boshqa
atributlarning
birlashishidan
tuzilgan
kalit,
tarkibli
(birlashgan) kalit bo’ladi.
Kalitlar
Kalit MB loyihalash va uni amalga oshirish jarayonlarida
turlicha ma’no kasb etadi. Loyihalash jarayonida kalit
munosabatdagi satrni bir ma’noda tavsirlovchi bo’lib, bitta
yoki bir nechta tushuniladi. Har bir munosabat kamida bitta
kalitga ega bo’ladi, chunki har bir kortej noyob hisoblanadi.
Maksimal tarzda kalit munosabatdagi hamma domenlarning
birlashmasidan tuzilishi mumkin.
Kalitlar
Loyihani amalga oshirish jarayonida kalit atamasi
boshqacha tushuniladi. Ko’pgina relatsion MBBT kalit sifatida
ustun olinadi va shu asosda boshqarish tizimi indekslar
yaratadi. Indeks berilgan ustundagi qiymatlarni tezda
topishga imkon yaratadi. Bu kalitlarning noyob bo’lishi shart
emas, chunki ular faqatgina tezlikni oshirishga xizmat qiladi.
Download