O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI "RAQAMLI QURILMALARNI LOYIHALASHGA KIRISH” fanidan Bajardi: Narzullayev J. Qabul qildi: Abraqulova N. SAMARQAND – 2022 TRIGGERLAR, XISOBLAGICHLAR VA SUMMATORLAR ISHINI O’RGANISH. Trigger – ikkita turg‘un muvozanat holatiga ega bо‘lgan qurilma bо‘lib, ikkilik sanoq sistemasida ifodalangan informatsiyani ishlash, xotirlash uchun mо‘ljallangan. Triggerlar – aktiv xotira elementi bо‘lib, unda mantiqiy о‘zgaruvchini ifodalash uchun ikkita kuchlanish sathi ishlatiladi. Umumiy holda trigger xotirlovchi element (triggerning о‘zi) hamda boshqarish sxemasi birikmasidan iborat bо‘lib, bir necha mantiqiy elementlarni о‘z ichiga olishi mumkin. Kodlash prinsipi bо‘yicha triggerlar ikki keng guruhga – statik va dinamik triggerlarga bо‘linadi: 1) statik triggerlarda sxema turg‘un holatlarining har bir tok kuchining va kuchlanish sathlarining tafovuti bilan xarakterlansa; 2) dinamik triggerlarda sxema holatlari ma’lum amplitudaga davomiylikka ega bо‘lgan chiqish yо‘li impulslari borligi yoki yо‘qligi bilan xarakterlanadi. Informatsiyani kiritish (yozish) usuli bо‘yicha triggerlar asinxron va sinxron (taktlanuvchi) triggerlarga bо‘linadi. - Asinxron triggerlarda har qanday vaqtda kirish yо‘lidagi axborot xabarlar triggerning tegishli («1 » yoki «0 ») holatini bir ma’noda aniqlaydi, ya’ni kirish yо‘lidagi axborotning о‘zgarishi trigger holatini darhol (о‘tish jarayoni tugashi bilan) о‘zgarishiga olib keladi. - Sinxron (taktlovchi) triggerlar qо‘shimcha kirish yо‘liga ega bо‘lib, bu yо‘ldan sinxronlovchi (taktlovchi) impulslar beriladi. Sinxron triggerlarga informatsiya faqat navbatdagi sinxronimpuls berilishi bilan kiritiladi. Trigger xolatining о‘zgarishiga sinxronimpulsning qaysi qismi sabab bо‘lishiga qarab sinxronimpuls sathi orqali boshqariluvchi va sinxronimpuls fronta orqali boshqariluvchi triggerlarni farqlaydi. Sinxronimpuls sathi orqali boshqariluvchi triggerlarda axborot sinxronimpuls davomiyligi mobaynida ta’sir etadi. Mana shuncha vaqt ichida axborot xabarlarni о‘zgarishi trigger holatining о‘zgarishiga olib keladi. Bunday triggerlarda sinxronimpuls davomiyligi triggerning bir holatdan ikkinchi holatga о‘tish vaqtidan kichik bо‘lishi shart. Ishlatiladigan turli sinxroipmulslar soniga qarab bir taktli va kо‘p taktli triggerlarni ajratish mumkin. Boshqarish sxemasi bajaradigan mantiqiy funksiyaga nisbatan integral triggerning keng tarqalgan turlari quyidagicha: — RS-trigger; — D-trigger; — T-trigger; — DV, TV-trigger; — JK-trigger ; — Murakkab mantiqli triggerlar. RS — trigger Asinxron RS-trigger deb ikkita S va R informatsion kirish yо‘liga ega bо‘lgan ikki turg‘un muvozanat holati qurilmasiga aytiladi. S triggerni birlik holatiga о‘tkazuvchi kirish yо‘li, R esa, triggerning tо‘liq holatiga о‘tkazuvchi kirish yо‘li. Asinxron RS — triggerining о‘tish jadvali (ishlash jadvali). S R Qn Qn+1 0 0 0 0 S,R — triggerning kirish yо‘llari; 0 0 1 1 Qn — triggerning oldingi holati; 0 1 0 0 Qn+1 — triggerning keyingi holati; 0 1 1 0 x — noaniqlik shartli belgisi; 1 0 0 1 1 0 1 1 1 1 0 x 1 1 1 x T S R RS — triggerining belgilanishi D trigger xabarni qisqa vaqt (1taktga) saqlab turish triggeri D Qn Qn+1 0 0 0 0 1 0 1 0 1 1 1 1 T D D — triggerining belgilanishi T-trigger — bir xonali sanagich. Har bir xabarga о‘z holatini о‘zgartiradi. T Qn Qn+1 0 0 0 0 1 1 1 0 1 1 1 0 T Т T — triggerining belgilanishi DV, TV triggerlarning D va T — triggerlaridan farqi qо‘shimcha ruxsat beruvchi (boshqarish) V kirish yо‘lining mavjudligi. Arap V=0 bо‘lsa, DV, TV triggerlar ishlaydi, ya’ni oldingi holatini saqlab turadi. V=1 bо‘lsa, DV trigger D trigger singari, TV— trigger esa T — trigger singari ishlaydi. D T Ǫ Ǭ V T T Ǫ Ǭ V DV va TV — triggerlarining belgilanishi JK – trigger – universal trigger J K Qn Qn+1 0 0 0 0 0 0 1 1 0 1 0 0 0 1 1 0 1 0 0 1 1 0 1 1 1 1 0 1 1 1 1 0 J K T Ǫ Ǭ S J R K T Ǫ T Ǭ T J Ǫ D Ǭ K T J Ǫ Ǭ K Murakkab mantiqli triggerlar S S ТT J & ТT J С С K & R K R S S R C R T S C R T Ǫ Ǭ C Ikki pog‘onali sinxron RS-trigger Triggerlar – sifat jihatidan raqamli texnikaning yangi tarkibiy elementidir. Uni mantiqiy element deb qarab bо‘lmaydi, chunki u yangi sinf elementidir. Trigger bu yakunlangan qurilma bо‘lib, u faqat bitta turg‘un holatda bо‘la oladi. Umuman olganda mantiqiy elementlarning kirishlari ham kuchsiz trigger effektini bera oladi. Mantiqiy nolni ifodalaydigan va mantiqiy birni ifodalaydigan kuchlanishlar о‘rtasida har doim oraliq diapazon mavjud bо‘ladi. Bu diapazon mantiqiy noaniqlik deb ataladi. Agar mantiqiy kirishda kuchlanish shu diapazonga tushib qolgan bо‘lsa, natija qanday bо‘linishi aytib bо‘lmaydi. Bir qancha jarayonlar hattoki chiziqli rejimga ham о‘tib qolishi mumkin. Bunday holatlarni oldini olish uchun Shmitt trigeridan foydalaniladi. Bu trigger ikkita aniq chegaraga ega bо‘lib, kirish kuchlanishi (signali) ushbu chegaralar orqali triggerdan о‘tganda ikki holatdan aniq bir turg‘un holatga keladi. Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar: RS Trigger, JK Trigger, D-Trigger. RS Trigger “Sources” bo’limidagi bizga +Vcc Voltage Source piktogrammasi kerak bo’ladi. Basic bo’limidan Switch piktogrammasini ham ishchi maydonga joylashtiramiz.Switch piktogrammasi kalit vazifasini bajaradi. RS Trigger ishlashi uchun kerak bo’ladigan barcha elementlarni yig’ib olganimizdan so’ng, quyida jadvaldagi ko’rinish yuzaga keladi. JK Trigger “ Digital ” bo’limidagi “ Flip-Flops “ elementidan bizga kerak bo’lgan “ 74112 “ piktogrammasini ishchi maydonga qo’yamiz. JK Trigger yasash uchun kerak bo’ladigan boshqa piktogrammalarni ham ishchi maydonga joylashtiramiz. JK Trigger ishlashi uchun kerak bo’ladigan barcha elementlarni yig’ib olganimizdan so’ng, quyida jadvaldagi ko’rinish yuzaga keladi. JK Trigger elementini ishga tushirish uchun “Activate Simulation” piktogrammasini bosamiz.Natijalar kalitlar ya’ni uzib-ulagichlar yordamida olamiz. D-Trigger “ Digital ” bo’limidagi “D Flip-Flops “ elementini ishchi maydonga qo’yamiz. D trigger yasash uchun kerak bo’ladigan boshqa piktogrammalarni ham ishchi maydonga joylashtiramiz. D-Trigger ishlashi uchun kerak bo’ladigan barcha elementlarni yig’ib olganimizdan so’ng, quyida jadvaldagi ko’rinish yuzaga keladi. D-Trigger elementini ishga tushirish uchun “Activate Simulation” piktogrammasini bosamiz.Natijalar kalitlar ya’ni uzib-ulagichlar yordamida olamiz. Endi D triggerning ishlash prinsipini analitik taxlil etamiz: 1) D=1 va S=1 bog’lganda triggerga «1» yoziladi (Q=1) 2) D=0 va S=1 bog’lganda triggerga «0» yoziladi (Q=0)