K I R I SH Mazkur dastur O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi “Chet tillarni o`rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-1875sonli, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 8 maydagi “Chet tillar bo`yicha ta`limning barcha bosqichlari bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasiga qo`yiladigan talablar” to`g`risidagi 124-sonli qarorlari hamda evropa Kengashining “Chet tilini egallash umumevropa kompetentsiyalari: o`rganish, o`qitish va baholash” to`g`risidagi umume`tirof etilgan xalqaro me`yorlari (CEFR – Common European Framework of Reference) ga muvofiq qayta ishlab chiqildi. Vazirlar Mahkamasining “Chet tillar bo`yicha ta`limning barcha bosqichlari bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasiga qo`yiladigan talablar” ga ko`ra oliy ta`lim muassasalarining ixtisosligi chet tili bo`lmagan fakul`tetlari bakalavriat bosqichi bitiruvchilari to`rt yillik tahsillari nihoyasida o`rgangan chet tili bo`yicha V2 darajani egallashlari lozim. “Chet tili” fanidan tuzilgan ushbu dastur asosida chet tili o`qituvchilari ixtisoslik xususiyatlarini hisobga olgan holda ishchi dastur, o`quv-metodik majmualar va o`quv qo`llanmalarni ishlab chiqishlari mumkin. Ushbu dastur “Chet tili” fanini ikki bosqichga bo`lingan holda o`qitishni nazarda tutadi: umumiy bosqich (umumiy chet tili o`rganiladi). kasbga yo`naltirilgan bosqich (chet tili maxsus maqsadlarda o`rgatiladi). Har bir kurs uchun ajratilgan o`quv soatlari teng, ya`ni 50%dan taqsimlanadi. Kurslar bir-biridan mavzusi, leksik tizimi, o`quv matnlari, nutq faoliyatlari xususiyati va mavqeiga qarab malakalarni rivojlantirish bo`yicha farqlansada, o`quv jarayoni uchun umumiy bo`lgan grammatik mavzular, o`xshash sintaktik hodisalar, nutq ko`nikma va malakalarini egallashda o`zaro uzviy bog`liq va uzluksiz holda o`rgatiladi. Chet tilini o`rgatish ixtisoslik xususiyatlaridan kelib chiqib, “Chet tili maxsus maqsadlar uchun” tamoyillariga va kommunikativ, integrativ kompetentlik yondashuvlariga asoslanadi. Kommunikativ faoliyatga yo`naltirilgan yondashuv - ta`limning rivojlantiruvchi, funktsional va kommunikativ xususiyatlariga ega bo`lib, ta`lim jarayonida bilish faolligini oshirishga ko`maklashadi. Ta`lim jarayonida mazkur yondashuv talabalarda refleksiya, o`zo`zini rivojlantirish, namoyon etishga ko`maklashadi; chet tili ta`limini madaniyatlararo muloqot sifatida tashkil etishga; dars jarayonida o`qituvchi talabalarning o`zaro teng huquqli ishtirokchi sifatida o`zini namoyon etishlarini ta`minlaydi; ta`limning interaktiv shakllarini qo`llash; talabalarda yangi til malakalari, sotsio-madaniy bilimlar, amaliy malakaviy ko`nikmalarni mustaqil egallashni rivojlantirish. Shaxsga yo`naltirilgan yondashuv - chet tilini o`qitishda nafaqat ilmiy bilimlar berish, balki ta`lim jarayonining ishtirokchilari (talabalar, o`qituvchilar, ota-onalar) munosabatlarining faol shakllariga asoslanish; talaba xarakteri va uning o`zini rivojlantirish usullarini o`rganish; individuallikni shakllantirish uchun talabaga qulay shart-sharoitlar yaratish; madaniyatimizda shakllangan shaxsning psixik rivojlantirish me`yorlari haqidagi tasavvurlarni o`zgartirish (gorizantal emas, balki vertikal, ya`ni talaba rivojlanish dinamikasini uning oldingi holati bilan taqqoslash orqali amalga oshirishni, boshqalar bilan emas, balki uni o`zi bilan taqqoslash). Integrativ yondashuv – turli fanlardan olingan bilimlar, ko`nikma, malaka va tajribani hisobga olish, tayanish, integratsiya qilish, chet tilida kommunikativ, kasbiy kommunikativ, ijtimoiy kompetentlikni baravar rivojlantirishni nazarda tutadi. Ta`limda kompetentlik yondashuv - muayyan natijalarga erishish va muhim kompetentsiyalarni egallashga qaratiladi. Kompetentsiya bo`lajak kasbiy faoliyatga qarab shakllanib boradi. Bunday sharoitda ta`lim jarayoni yangi mazmunga ega bo`ladi, u o`rganish va o`rgatish jarayoniga aylanadi, ya`ni kasbiy va ijtimoiy ahamiyatga ega kompententlikni mustaqil o`qib o`rganish, ijtimoiy-mehnat, madaniy, maishiy hamda madaniy hordiq sohalarda chet tilini qo`llashga erishiladi. Fanning maqsad va vazifalari Chet tili fanining maqsadi talabalarning ko`p madaniyatli dunyoda kasbiy, ilmiy va maishiy sohalarda faoliyat yuritishlarida kommunikativ kompetentsiya (uning tarkibiy qismlari hisoblanuvchi lingvistik, sotsio-lingvistik, pragmatik va boshqa kompetentsiyalari)ni shakllantirishdan iborat. Kompetentsiya – kommunikatsiya (muloqot) ishtirokchilari tomonidan ta`limning aniq maqsadlariga qaratilgan nutq faoliyatini rivojlantirishga imkon beradigan bilim, ko`nikma, malaka va shaxsiy fazilatlar yig`indisini ifodalaydi. Chet tili kommunikativ kompetentsiyasi – o`rganilayotgan chet tilida so`zlashuvchilar bilan muloqot qilishni amalga oshirish qobiliyati va tayyorgarligi, shuningdek, talabalarning tili o`rganilayotgan mamlakat madaniyati bilan tanishish, o`z mamlakati madaniyatini yanada yaxshiroq anglash, uni muloqot jarayonida taqdim eta olishini nazarda tutadi. Mazkur o`quv fanini o`rganishning asosiy vazifalariga talabalarda quyidagi kompetentsiyalarni rivojlantirish kiradi: Lingvistik kompetentsiya o`rganilayotgan til sohiblari bilan muloqot qilish uchun til materiallari (fonetika, leksika, grammatika)ni etarli darajada bilish va nutq faoliyati turlari (tinglab-tushunish, gapirish, o`qish va yozuv)da qo`llay bilishni nazarda tutadi. Ijtimoiy-lingvistik kompetentsiya so`zlovchining biron bir nutqiy vaziyat, kommunikativ maqsad va xohish-istagidan kelib chiqqan holda kerakli lingvistik shakl, ifoda usulini tanlash ko`nikma va malakalarni o`z ichiga oladi. Ijtimoiy-madaniy kompetentsiya autentik nutqning milliy xususiyatlarini: o`zi yashayotgan mamlakatning urf-odatlari, qadriyatlari, marosimlari va boshqa milliy-madaniy xususiyatlarini tili o`rganilayotgan mamlakat bilan taqqoslagan holda taqdim eta olish kompetentsiyasidir. Ijtimoiy kompetentsiya - ijtimoiy-lingvistik va sotsio-madaniy kompetentsiyalarni o`z ichiga oladi. U hozirgi ko`p madaniyatli dunyoda ta`lim oluvchilarda chet tilini o`rganish muhimligi tushunchasi, chet tilida muloqot qilish, o`z ustida mustaqil ishlash va ijtimoiy moslashuv vositasi sifatida foydalanish ehtiyojini shakllantirish va rivojlantirish, fuqarolik, vatanparvarlik fazilatlarini tarbiyalashda, chet tili orqali madaniyatlararo muloqotni amalga oshirish istagi va xohishida namoyon bo`ladi. Pragmatik kompetentsiya quyidagilardan iborat: Diskursiv kompetentsiya (diskurs – og`zaki yoki yozma nutq matni) matnni to`g`ri talqin qilish va tuzish, shuningdek, shunga mos nutqiy muloqot turini tanlash uchun og`zaki va yozma (stilistik hamda tarkibiy qismlarini bilib olishni nazarda tutgan) matnlar tuzish ko`nikma va malakalaridan iborat. Strategik (kompensator) kompetentsiya chet tili muhitida nutqiy hamda ijtimoiy muloqot tajribasidagi kamchilik va nuqsonlarni ayrim verbal/noverbal vositalar yordamida to`ldirish, kommunikativ vaziyatda tushunmovchiliklar paydo bo`lganda takroran so`rash, uzr so`rash va hokazolar orqali murakkab vaziyatlardan uddaburonlik bilan chiqib keta olish qobiliyatini nazarda tutadi. O`quv - bilish kompetentsiyasi ta`lim oluvchining mustaqil bilim olish faoliyatida chet tillar va madaniyatlarni o`rganishning kompetentsiyalar yig`indisi bo`lib, zamonaviy ta`lim texnologiyalaridan foydalanish bilan bog`liq bo`lgan mantiqiy, metodologik va umumta`lim vazifalarni o`z ichiga oladi. Chet tilini o`qitish didaktik, metodik, lingvistik tamoyillarni hamda zamonaviy ta`lim texnologiyalarini qo`llash asosida amalga oshiriladi. Fan bo`yicha talabalarning bilim, ko`nikma va malakalariga qo`yiladigan talablar “Chet tillar bo`yicha ta`limning barcha bosqichlari bitiruvchilarining tayyorgarlik darajasiga qo`yiladigan talablar”da oliy ta`lim muassasalarining ixtisosligi chet tili bo`lmagan fakul`tetlari bakalavriat bosqichi bitiruvchilari to`rt yillik tahsillari nihoyasida o`rgangan chet tili bo`yicha V2 darajani egallashlari shart. Unga ko`ra bitiruvchi talabalar V2 darajani ta`minlovchi quyidagi kommunikativ kompetentsiyalarni egallashlari lozim. Lingvistik kompetentsiya: Tinglab tushunish uzoq davom etgan suhbat va murakkab dalillar keltirilgan matnni tushunish va idrok etish; ma`ruza, suhbat, mukammal yo`riqnomalar, akademik va kasbiy prezentatsiyalar, savoljavoblar asosiy mazmunini tushuna olish; reklama, e`lon va ma`lumotnomalarni tushunish; murakkab autentik nutqni tanish va notanish kontekstda tushuna olish; til sohiblari suhbatlari va bahs- munozaralarini tushuna olish; radio va internet materiallari, interv`yularni (suhbat) to`liq darajada tushuna olish. Gapirish Dialog biznesdagi hamkori bilan muzokara olib borish; aniq masalalar bo`yicha axborot olish; uzoq muddatli muzokaralarda til sohibi bilan qatnashish, ularni qo`llab-quvvatlash, kerak bo`lsa muzokaralarni boshqarish; kundalik mavzularda bahs-munozara, muzokaralarda faol qatnashish; ixtisoslik (kasb) bo`yicha interv`yu, suhbatlarda qatnashish; fikrni aniqlashtirish, qaytadan tuzish va bahs- munozara rivojiga o`z hissasini qo`shish; muzokaralar olib borish jarayonida muammolarni echimini ustalik bilan hal etish; vaziyatga qarab savollar berish va javob qaytarish. Monolog alohida mavzu bo`yicha qilingan prezentatsiyalar o`tkazish; ixtisosligi bo`yicha asbob-uskunalarni aniq va ravshan tasvirlash; alohida mavzu bo`yicha og`zaki ma`ruza tuzish; maqola, ma`ruza, bahs-munozaralarni aniq va ravshan qilib umumlashtirish; aniq tizimga asoslangan holda qo`shimcha, etarli bo`lgan holda va tanish mavzu bo`yicha o`z fikrini ifoda qila olish. O`qish tanish va notanish mavzu bo`yicha tuzilgan matnlardan asosiy / kerakli bo`lgan axborotni, shaxsiy va mutaxassislik bo`yicha korrespondentsiyalarni (xat-xabarlarni) tushunish; diagramma, sxema, chizmalarni qisqacha ta`rifini tushunish; murakkab bo`lgan ma`lumotlarni idrok etish; maxsus, murakkab bo`lgan yozma yo`riqnoma va qo`llanmalarni tushunish; kasbga oid maqola va ma`ruzalardan kerakli axborotni ajratib olish; kerak yoki nokerakligini aniqlash maqsadida matnni u yoki bu qismini sinchiklab o`qish, konferentsiya dasturlarini o`qib tushunish. Yozuv. maxsus ma`lumotlarni (til yuzasidan bo`lgan xatlarni, ma`lumotlarni, elektron xatlarni) yoza olish; esse va ma`ruzalarni yoza olish; aniq mantiqqa ega bo`lgan ilmiy maqolalar va ilmiy tadqiqot ishlarni yoza olish; yozma takliflar, hisobot va rezyumelar tuza olish; bitiruv malakaviy ishlarni zarur bo`lganda yoza olish. Til kompetentsiyasi Leksik kompetentsiya kasbiy leksika va terminlarni ishlata olish; kommunikativ vaziyatlarda mavzuga oid bo`lgan leksikani ishlata olish; internatsional so`zlarni tushunish va qo`llay olish. Grammatik kompetentsiya - murakkab grammatik va sintaktik qurilmalarni kommunikativ vaziyatlarda qo`llay olish; - bog`lovchi so`zlarni to`g`ri qo`llash; - mutaxassislikka oid matnlarni uning mazmunini tushunish maqsadida matnni tahlil qilishi talab etiladi.. Fanning o`quv rejadagi boshqa fanlar bilan o`zaro bog`liqligi va uslubiy jihatdan uzviyligi Chet tili fani ijtimoiy-iqtisodiy fanlar va ixtisoslik fanlari bilan o`zaro bog`liq. Ushbu fan boshqa fanlar bilan integrallashgan holda o`rgatiladi. Fanni o`qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar “Chet tili” fanini o`qitishda ta`limning quyidagi ilg`or va zamonaviy texnologiya va metodlaridan foydalaniladi: - pedagogik mahorat texnologiyasi (Yu.N.Kulyutkin, e.B.Spasskaya); - bilimdonlar bahsi; - mavqeingizni egallang – shiorlar asosidagi bahs; - ta`limning faol uslublari: “Keys-uslubi” (Garvard universiteti biznes maktabi), ishbop o`yinlar. Ijodiy topshiriqlarni guruh bilan hal qilish uslublaridan: - del`fi uslubi – taklif qilingan echimdan statistik uslub asosida besh kamchilikni aniqlash va ulardan eng yaxshisini tanlab, baholash, kamchiliklar sababini aniqlash; - qora quti uslubi – masalani tahlil qilish, ijodiy bahs orqali kamchiliklar sababini aniqlash; - kundaliklar uslubi – guruh a`zolarining yon daftarchalaridagi yozuvlarni tahlili va ularda berilgan taklif-mulohazalarni muhokama qilish, umumiy fikr ishlab chiqish; - “To`g`ridan-to`g`ri jamoaviy aqliy hujum” (Dj.Donal`d Fillips) – 20-60 kishilik katta auditoriyada yangi fikrlarni, samaradorlikni oshirish ish yoki mashq mini-guruhlarda olib boriladi va fikrlar jamoada muhokama qilinadi; - “Aqliy hujum” – (e.A.Aleksandrov i G.Ya.Bush) – guruh qatnashchilari ijodiy g`oyalarini jamoa, g`oyalari bilan qarshi g`oyalar yordamida faollashtirish, ularni qo`llashni baholash; - senektika uslubi (U.Gordon) – muammoni ifodalashga o`rgatish, uning qismlarini aniqlash, muammoni echishdagi o`xshashliklarni topish. Kreativlikni o`stirish, oddiy hodisalarning g`ayri-tabiiy tomonlarini topish, ijodiy qobiliyatlarini aniqlash; - «ARIZ – TRIZ» (G.S.Al`tshuller va uning maktabi, TRIZ - kashfiyot topshiriklari texnologiyalarini rivojlantirish) – o`rganilayotgan tizim rivojlanishi qonuniyatlariga bo`ysundirilgan mantiqiy operatsiyalar tizimi 40 usuldan iborat: “qo`shilish”, “matryoshka”, “qarama-qarshi”, “zararni foydaga aylantirish” va boshqalar. Program on English for the 2nd year students LesSon Term III-IV Grammar and lexical materials 2 Grammar revision Grammar revision Working with words Working with words 80 hours Class Exercises Home Task 3 What is agriculture? 4 Exercises 1-3 6 2 Why we study Biology? Cattle breeding in India Ecological problems Exercises 1-3 Exercises 1-5 5 Learn all the new words from the text Good reading and translation the text Retell the text Answer the questions To learn by heart the new words 2 Working with words The Infinitive Environmental protection Ecological Balance Giving examples Exercises 1-5 2 7 Using with presentations Exercises 1-6 8 Be attention tenses Using with presentations The Problem of Environmental protection The ancient cities of Uzbekistan Science In Britain Retelling the text Translation Read and translate the text Read the text and answer questions Exercises 1-5 Retelling the text 2 Exercises 1-6 Retelling the text 2 Science opens road to Future Development of the Computers A machine which can think The source of technological progress Dubna atomic center Exercises 1-5 Translation new words Good reading and understanding Good reading and translation Good reading and understanding 2 2 Digital and electronic computers Exercises 1-4 Good reading and translation Good reading and understanding Read the text and answer the questions 1 1 2 3 4 5 6 9 10 11 12 13 14 15 16 Working with words Working with words Working with words Working with words Working with words Vocabulary work Vocabulary work Topic Exercises 1-6 Exercises 1-6 Exercises 1-4 Exercises 1-4 Exercises 1-3 Control work Hours 2 2 2 2 2 2 2 2 2 17 Vocabulary work 18 Vocabulary work Working with words Grammar analyze Working with words 19 20 21 22 23 24 25 26 27 Vocabulary Using presentations Working with words Working with words Vocabulary work Vocabulary work Students of agriculture and forestry in Britain English universities Exercises 1-3 To learn by heart the new words 2 Exercises 1-4 2 I. P. Pavlov experiments Soil and its management Students at work Exercises 1-4 Good reading and translation Make up sentences Exercises 1-3 Retelling the text 2 Exercises 1-4 Read the text and answer the questions Answer the questions on the text Good reading and translation Good reading and translation Answer the questions on the text To make up the sentences Answer the questions on the text Answer the questions on the text Answer the questions on the text. To learn by heart the new words To learn by heart the new words Answer the questions on the text To learn by heart the new words 2 Working on the words To learn by heart the new words CHECKING 2 Utilization of natural Exercises 1-3 resources Environmental Exercises 1-3 conservation Plants and Their Uses Exercises 1-2 Improvement of plants Exercises 1-3 Water is life Exercises 1-4 Text B. Energy Exercises 1-4 28 Working with new words Domestication of animals Exercises 1-3 29 Working with words Text B. Cattle breeding. Exercises 1-3 30 Vocabulary work Vocabulary work Working with words Ecosystems 31 32 33 34 35 36 37 Working with words Vocabulary work Working with words Vocabulary work Working with words Food chains Control Work Doing tasks Doing tasks Exercises 1-3 History of agriculture Exercises 1-2 and forestry machinery Climatic require Exercises 1-3 ments of plants Conversation practice Exercises 1-6 Air pollution. part 1 Exercises 1-6 Exercises 1-4 Air pollution. Part 2 Answer the questions on the text 2 2 2 2 2 2 2 2 2 2 2 2 2 2 2 2 38 39 Vocabulary work Darwin and evolution Working with words Control work Vocabulary work Grammar Revision. Testing 40 Exercises 2-6 Exercises 3-4 Exercises 1-4 In all Answer the questions on the text Answer the questions on the text Answer the questions on the text 2 2 2 80 Oliy talim muassasalarida talabalar o`zlashtirishini baholash tizimi to`grisida Baholash turlari, shakllari, mezonlari va namunaviy savollar kafedra mudiri tavsiyasi bilan oliy talim muassasasi (fakulteti)ning oquv-uslubiy kengashida muhokama qilinadi va tasdiqlanadi hamda har bir fanning ishchi o’quv dasturida mashg`ulot turlari bilan birgalikda ko`rsatiladi. Baholash turlari, shakllari, soni hamda mezonlari haqidagi ma’lumotlar talabalarga professor-o’qituvchilar tomonidan fan bo’yicha birinchi mashg`ulotda e’lon qilinadi. Talabalarning fan bo’yicha o`zlashtirishini aniqlash uchun quyidagi baholash turlari o`tkaziladi: Oraliq baholash (OB) – semestr davomida talabaning fan o’quv dasturini tegishli tugallangan bo`lim(lar)ini o`zlashtirishini baholash usuli. OB soni (bir semestrda 2 tadan oshmasligi lozim) va shakli (suhbat, yozma ish, og`zaki so`rov, test o`tkazish, kollokvium, hisob-grafika ishi, nazorat ishi, kurs ishi, kurs loyihasi, ijodiy topshiriq va hokazo) fan xususiyati va unga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi; Yakuniy baholash (YaB) – semestr yakunida talabaning muayyan fan bo’yicha nazariy bilim va amaliy ko`nikmalarni o`zlashtirishini baholash usuli. U asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan yozma ish, og`zaki so’rov, test, ijodiy ish va boshqa shakllarda o`tkaziladi. Baholashlar yozma ish shaklida o`tkazilganda, talabaning yozma ishlarini tekshirish identifikatsiya raqamlari berish orqali amalga oshiriladi. Yozma ish talaba tomanidan mustaqil ravishta yoziladi. Muallifni o`zlashtirish (plagiat)ga yo’l qo’yilmaydi. Yozma ish matnidagi o`zganing muallif ishidan olingan har qanday matnda muallif, ishning nomi va ishning boshqa rekvizitlarini ko`rsatgan holda havolalar keltirishi shart. Yozma ishni tekshirishda plagiat holatlari aniqlanishi, shunungdek ikki yoki undan ortiq yozma ishning mustaqil yozilganligiga shubha uyg`otadigan darajada uxshash bo`lishi ushbu barcha yozma ishlarga nol ball qo`yish yoki oldin qo’yilgan ballarni bekor qilishga asos bo`ladi. O`quv rejasidagi fanlar boyicha belgilangan baholash turlarini barcha talabalar topshirishlari shart. Yakuniy baholashlar jadvali fakultet dekani tomanidan tayorlanib, baholash boshlanishidan bir oy oldin oily talim muassasasi rektori (prorektori) tomanidan tasdiqlanadi. Oraliq baholash jarayoni kafedra mudiri tomanidan tuzilgan komissiya ishtirokida davriy ravishta o`rganib borilishi mumkin va uni o`tkazish tartiblari buzilgan hollarda, oraliq nazorat natijalari bekor qilinib, oraliq nazorat qayta o`tkaziladi. Oliy ta`lim muassasasi rahbarining buyrug`i bilan talim sifatini nazorat qilish bo`limi yoki o`quv-uslubiy boshqarma (bo`lim) boshlig`i rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida yakuniy nazoratni o`tkazish jarayoni davriy ravishda o`rganib boriladi va uni o`tkazish tartiblari buzilgan hollarda, yakuniy nazorat natijalari bekor qilinadi hamda yakuniy nazorat qayta o`tkaziladi. Baholash tartibi va mezonlari Talabaning fanlarni o`zlashtirishi 5 ballik tizimda baholanadi. Talabaning fan bo’yicha o`zlashtirishini baholashda quyidagi namunaviy mezonlar tavsiya etiladi: Baho Talabalarning bilim darajasi xulosa va qaror qabul qilish; ijodiy fikrlay olish; mustaqil mushohada yurita olish; 5 (A`lo) olgan bilimlarini amalda qo’llay olish; mohiyatini tushunish; bilish, aytib berish; tasavvurga ega bo`lish. mustaqil mushohada yurita olish; olgan bilimlarini amalda qo’llay olish; 4 (yaxshi) mohiyatini tushunish; bilish, aytib berish; tasavvurga ega bo`lish. mohiyatini tushunish; 3 (qoniqarli) bilish, aytib berish; tasavvurga ega bo`lish. dasturni o`zlashtirmaganlik; 2 (qoniqarsiz) fanning mohiyatini bilmaslik; aniq tassavvurga ega bo`lmaslik; mustaqil fikrlay olmaslik. Baholash turlari bo’yicha tuzilgan savollar (topshiriqlar) mazmuni (oddiydan murakkabgacha) baholash mezonlariga muvofiq talabaning o`zlashtirishini xolis (obektiv) va aniq baholash imkoniyatini berishi kerak. Buning uchun ma’suliyat fan o’qituvshisi hamda kafedra mudiriga yuklatiladi. Savollar tarkibiga fan dasturidan kelib chiqqan holda nazariy materiallar bilan birga mustaqil ish, laboratoriya va hisob-grafika ishlari, amaliy va seminar mashg`ulotlari materiallari hamda kiritiladi. Baholash natijalarini qayd qilish va tahlil etish tartibi Talabaning fan boyicha yakuniy bahosi semestrda belgilangan baholash turlari (OB, YaB) bo’yicha olingan ijobiy ballar (3,4,5) ning o`rtacha arifmetik miqdor sifatida aniqlanadi va yaxlitlanib butun sonlarda qaydnoma, sinov daftarchasi va talabalar o`zlashtirishini hisobga olish elektron tizimida shu kunning o`zida (baholash yozma ish shaklida o`tkazilgan bo’lsa, uch kun muddat ichida) qayd etiladi. Talabaning 2 (qoniqarsiz) bahosi sinov daftarchasiga qayd etilmaydi. Nazorat Nazorat shakli va bahosi (x.y.z) ON va YaN turi va baholari soni Аmaliy Amaliy 1-24 Talabalarning mashgulotlar boyicha mashg’ulotlardagi ish ishlarini faolligi, daftarining topshiriqlarini test 1-ON mustaqil o`tkazish. yurutilishi va vaqtida holati. o’z sifatli bajarilishi va a= o’zlashtirilishi. x= 25-48 y=(3,4,5) z= (3,4,5) Amaliy Amaliy Talabalarning mashgulotlar boyicha mashg’ulotlardagi og`zaki 2-ON o`tkazish. mustaqil ish so`rovlar faolligi, daftarining topshiriqlarini yurutilishi holati. va vaqtida o’z sifatli bajarilishi va b= o’zlashtirilishi. x= YaN y=(3,4,5) z= (3,4,5) Fan bo’yicha yakuniy yozma ish nazorati. c=(3,4,5) Jami: ∑=