Uploaded by Muslimbek Turgunboyev

Alifbo (Seoul)

advertisement
KOREYS TILI
KOREYS TILI
O`ZBEK TILIDA
1
KOREYS TILI
Koreys tili alifbosi - “Hangul” deb nomlanib, “Han” - Koreyscha, Koreys tili,
“gul” - harf degan ma’nolarni bildiradi.
Hangul jami 40 ta harfdan iborat bo’lib, 21 ta unli va 19 ta undosh harflardan
tashkil topgan. Koreys tili alifbosi yozilish tartibi bo`g`inlar tizimiga
asoslanganligi sababli uni o`rganish ancha oson.
Yana ma`lumot o’rnida shuni aytish mumkinki, koreyslar orasida Hangul
haqida bir mashxur gap bor “Aqlli odam Hangulni ertalabki vaqt tugagunga
qadar o’rganishga ulgursa, ahmoq odam uni 10 kun ichida o`rganadi”
Siz ham aqillilar ro’yhatiga kirasiz deb umid qilib qolamiz!
Unda boshladik!
Koreys tilida unlilar va diftonglar so`z boshida hech qachon o`zi yolg`iz kela
olmaydi. Ular doim qo`riqchi → “ㅇ” (undosh ng harfi) bilan yurishi shart.
Misol uchun: so`z “a” harfi bilan boshlansa - ㅏ
ㅇ +ㅏ =
아
shaklida emas
shaklida yoziladi
2
KOREYS TILI
Quyida esa siz o`rgangan koreys harflarini bo`g`in orqali mashq qilishingiz
mumkin. Unutmang qancha ko`p mashq qilsangiz shunchalik koreys tilida oson
o`qiy olish imkoniyatiga ega bo`lasiz!
3
KOREYS TILI
Koreys tilida “so`zlar” bo`g`inlarga bo`linib har bir bo`g`in → “blok” holida da
yoziladi. Bitta blokda har doim bir necha harflar mavjud bo`lib, bu bloklar
quyidagi usullarda beriladi: (asosan 4 usulda)
- ushbu usulda bir harf tepada - ikkinchi harf esa birinchi harf pastki
qismda joylashadi ya’ni quyidagicha: 코, 수, 루
- ushbu usulda 3ta harf pastga qarab ketma-ket joylashadi ya’ni
quyidagicha: 곰, 봄, 꿈
- ushbu usulda 2ta harf yonma yon joylashadi ya’ni quyidagicha:
- 배, 해, 새
- ushbu usulda 3ta harf bo’lib, rasmda ko`rib turgan shaklda
joylashadi (2 ta harf yonma yon, uchinchi biri esa 2ta harf pastki
qismiga joylashadi) ya’ni quyidagicha: 섬, 맛, 벌
ESLATMA: unli harflardan 아, 야, 어, 여, 이 doimo
yoniga yoziladi (pastga emas) - 가다, 여름
Lekin 우, 유, 오, 요, 으 harflari doimo pastga qarab
yoziladi ya’ni quyidagicha: 우유, 오다, 요리
4
KOREYS TILI
Yodlash uchun so`zlar.
OILA – 가족
엄마 – aya
어머니 – ona
아빠 – dada
아버지 – ota
누나 – opa (o`g`il bolalar uchun)
언니 – opa (qizlar uchun)
형 – aka (o`g`il bolalar uchun)
오빠 – aka (qizlar uchun)
동생 – uka, singil
남동생 – uka
여동생 - singil
형제 – aka-uka
자매 – opa-singil
남편 – er
아내 – xotin
부부 – er-xotin
아들 – o`g`il
딸 – qiz
삼촌 – amaki
이모 – xola
할아버지 – bobo
할머니 – buva
쌍둥이 – egizak
세 쌍둥이 – 3ta farzand
5
Download