O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI Kafedra Kompyuter tizimlari Fan Amaliy dasturiy paketlar Laboratoriya ishi №3 Mavzu: Matlab tizimida ikki va uch o’lchovli grafiklar yaratish va rasmiylashtirish. Ta’lim yo’nalishi: Kompyuter injiniringi Guruh: ASP001-L1 Bajardi: Maxammadjonov Xumoyun Tekshirdi: Yusupov Rustam Toshkent – 2022 3-Laboratoriya mashg’uloti Mavzu: Matlab tizimida ikki va uch o’lchovli grafiklar yaratish va rasmiylashtirish. Ishdan maqsad: Matlab tizimida ikki va uch o’lchovli grafiklar yaratish va rasmiylashtirish ishlarini olib borish. Nazariy ma’lumot Matlab tizimi ma’lumotlarni grafik tarzda ifodalashi borasida katta imkoniyatlarga ega: -mazkur tizimning grafik imkoniyatlari analitik vektor ko‘rinishda berilgan ikki va uch o‘lchovli funksiyalar grafigini chizish; -bir grafik oynada bir nechta funksiyalar grafigini yaratish; grafiklarni turli koordinata tizimlarida turli ranglar, nuqtalar va chiziqlar orqali ifodalash imkonini beradi; -ikki o‘lchovli grafika tekislikda bir o‘zgaruvchining funksiyasi y=f(x) grafiklarini yaratish imkonini beradi. Matlab muhitida berilgan y=f(x) funksiyasining grafigini chizishda quyidagi umumiy funksiya va operatorlardan foydalaniladi: figure – grafik chizish uchun oyna yaratish; plot() – 2 o’lchovli grafik yaratish; subplot() – bitta oynada bir nechta funksiya grafigini chizish; hold on – bitta grafik oynasida bir nechta grafiklarni chizish; hold off – joriy oynada barcha avvalgi grafiklarni o’chirish; title – grafik nomini belgilash; xlabel, ylabel – grafik koordinatalarini nomlash; grid on – grafik fonida grid hosil qilish. Topshiriq 1. Ikki o’lchamli grafiklar. I. Bitta koordinata tizimida funksiyalar grafiklarini hosil qiling, ularni grafik xususiyatlari oynasi yordamida namunaga muvofiq formatlang: 1) f=sin(X).^2-cos(X); x[-4; 4], qadam 0,4; Matlabda kiritilishi: X=[-4:0.4:4]; f=sin(X).^2-cos(X); y=X.^2-3; >> plot(X,y,":*r"); >> grid Natijasi: II. Berilgan parametrlar bo‘yicha funksiyalarning grafiklarini hosil qiling (bir o'q bo'ylab - x (t), ikkinchi o'q bo'ylab - y (t)): 1) x(t)=t∙cost, y(t)=t∙sint, t[0; 10π], qadam π/10; Matlabda kiritilishi: >> t=[0:pi./10:10*pi]; >> X1=t.*cos(t); >> Y1=t.*sin(t); >> plot3(t,X1,Y1) Natijasi: 2. Uch o‘lchamli grafiklar I. Berilgan kesmalarda z=2xsinx+3ycosy funksiyaning rangli sirtlarni hosil qiling va ularni quyidagicha formatlang: 1) [–2; 2] kesmada, 0,2 qadam bilan; Matlabda kiritilishi: >> [X,Y] = meshgrid(-2:0.2:2) >> Z=2*X.*sin(X)+3*Y.*cos(Y); >> surf(X,Y,Z) Natijasi: