Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz Assalomu alaykum. "Dasturchi bo'lishni xohlaysizmi?" maqolalar seriyasi nafaqat dasturchi bo'lish niyatidagi yoshlar uchun, xatto malakali pedagok, psixolog, dasturchilar uchun ham juda qiziqarlidir. Maqolalar bir - biri bilan bog'liq bo'lgani uchun, maqolalarni tartib bilan o'qib chiqishingiz lozim bo'ladi. Dasturchi bo'lishni xohlaysizmi? Maqolalarni tartib bilan o'qib chiqing! MUNDARIJA 1. Dasturchi bo’lishni xohlaysizmi? . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 2. Fahriddin Azimov qanday qilib dasturlashni o’rgandi? . . . . . . . . . . . . . 3. Qudrat Abdurahimov va uning loyihalari . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 4. Dunyodagi eng boy odamlar . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 5. Ideal ish nima? . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 6. Talabalarim ishlaridan namunalar . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 7. Muvaffaqiyatga erishish sirlari . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 8. Ta’limda muvoffaqiyat . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 9. Dasturlashni o’rgandim ham deylik, buyurtma topa olamanmi? . . . . . . 10. Dasturlashni o'rganish uchun zarur bo'ladigan 7 ta narsa . . . . . . . . . . . 3 7 11 13 14 17 20 22 24 26 Bo’lajak dasturchi uchun zarur dastur va video kurslar 1. C++ da dasturlash asoslari video kursi . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 2. Pascal va Delphida dasturlash video kursi . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 3. LearnByHeart – ingliz tilini o’rgatuvchi dastur . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 4. Master of computer. Kompyuter ustasi . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 5. English for pre-intermediate . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 29 38 48 54 61 MUTLAQO BEPUL (TEKIN) o'zbek tilidagi audio va video kurslar 1. Professionallik sari dastlabki 5 qadam. (Kompyuter savodxonligi) 2. Raymond Murphy - English Grammar in use 3. English Vocabulary in Use (Elementary) 4. English Vocabulary in Use (Pre-intermediate-Intermediate) 2 61 Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz Dasturchi bo’lishni xohlaysizmi? Assalomu alaykum. Men Qudrat Abdurahimov ushbu “Dasturchi bo’lishni xohlaysizmi?” maqolalar turkumida, Dasturchi bo’lish uchun harakat qilayotgan yoshlar bilan, yani siz bilan suhbat qurmoqchiman. Sizni quyidagi savollar o’ylantirayotgan bo’lsa kerak: 1) Dasturlash bilan shug’ullanishdan oldin nimalarni bilish kerak? 2) Qaysi dasturlash tilini o’rgansam ekan? 3) Faqat Universitetda o’qigan talabalar dasturchi bo'lishadimi? 4) Dasturlashni kimdan va qayerda o’rgansa bo’ladi? 5) va boshqa savollar… Keling bu savollarga qo’ldan kelganicha javob izlaylik. 1) Dasturlash bilan shug’ullanishdan oldin nimalarni bilish kerak? Dasturlash bilan shug’ullanmoqchi bo’lgan inson matematika va mantiq (logika) fanlaridan ma’lum bir ilmga ega bolishi kerak. Chunki biror sonning foizini hisoblay olmagan, yoki chiziqli tenglamani yechishni bilmagan, kasrga maxraj tenglashni bilmagan odamdan dasturchi chiqmaydi. Bu masalaga “Siz dasturchi bo'la olasizmi?” maqolasida yana to’xtalamiz. Bundan tashqari kompyuter bilimlariga ega bo’lishi kerak. Windows, MS Office dasturlarini bilishi kerak. Chunki kompyuterda yaxshi ishlashni bilmagan inson qanday qilib kompyuter foydalanuvchilari uchun kerakli dastur tuzishi mumkin? 2) Qaysi dasturlash tilini o’rgansam ekan? Bu savolga aniq bir javob berish qiyin. Chunki talab va taklif, maqsad va imkoniyatdan kelib chiqqan holda u yoki bu dasturlash tilini tanlash mumkin. Zamonaviy dasturlash tillarining o’ziga yarasha afzallik va kamchiliklari mavjud. Agar Siz biror qurilmaga driver yozmoqchi bo’lsangiz, yoki qurilmalar bilan ishlaydigan dastur tuzmoqchi bo’lsangiz C dasturlash tilini tanlashlik tavsiya qilinadi. Web saytlar ishlab chiqish uchun PHP & MySql tavsiya etiladi. Bank tizimi kabi katta xajmdagi va yuqori hafsizlikni talab qilinadigan tizimlarda Java va Oracle tavsiya etiladi. Mobil telefonlarga dastur tuzishda ham Java yetakchilik qiladi. .NET texnologiyasi uchun dastur tuzishlikda C# tavsiya etiladi. Chunki bu dasturlash tili aynan .NET uchun ishlab chiqilgan. 3 Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz Agar Windows amaliyot tizimi uchun dastur tuzmoqchi bo’lsangiz, visual dasturlash tillaridan birini tanlashingiz kerak bo’ladi. Hozirgi kundagi eng mashhur visual dasturlash tillariga quyidagilarni kiritish mumkin: Microsoft C#, Visual C++, Visual Basic, C++ Builder, Delphi. Agar buyurtmachi biror dasturlash tilida dastur tuzishlikni talab qilmasa, Siz o’zingiz xohlagan dasturlash tilida dastur tuzishingiz mumkin. Chunki ba’zi hollarda buyurtmachini faqat natija qiziqtiradi. Siz qaysi dasturlash tilida dastur tuzishingizni buyurtmachiga umuman qizig’i yo’q. Shu o’rinda bitta hayotiy misol keltirishga ruxsat bersangiz. Super marketlar kirim – chiqimini hisoblovchi “Panda” nomli dastur Shavkat Muxammedov tomonidan 1991-1994 yillarda ishlab chiqilgan. MS-DOS amaliyot tizimida ishlaydi. Shunday bo’lishiga qaramasdan haligacha (bugungi sana 12.04.2010) Toshkent shaxridagi ko’p super marketlarda “Panda” dasturi ishlatiladi. (http://panda.uz/ saytidan ko’proq ma’lumot olishingiz mumkin.) Yoki super marketda berilgan cheklarda “Panda pos” yozuviga ko’zingiz tushgandir. Ko’p narsa dasturchining mahoratiga ham bog’liq. Dasturlash tilining zo’r bo’lishligi bilan ish bitmaydi. Ham dasturlash tili, ham dasturchi zo’r bo’lsa, shunda yaxshi natijalarga erishiladi. Qaysi dasturlash tilini tanlasangiz ham, shu tilni professional darajada o’rganing. Keyin boshqa dasturlash tillarini o’rganishingiz oson bo’ladi. Bir dasturlash tilini mukammal darajada (yetarlicha) o’rganmasdan turib boshqasiga o’tish bu adashishdir. O’rgangan tilingiz bo’yicha kamida bitta tayyor dastur tuzing. Tuzgan dasturingiz qaysidir bir sohaning muammosini hal qilsin. Hayotda kimlardir u dasturdan foydalansin. Shundagina Siz qaysidir dasturlash tilini o’rgandim, yoki bilaman deyishingiz mumkin. Keyin boshqa dasturlash tiliga o’tsangiz bo’ladi. Bir dasturlash tilini mukammal bilgan dasturchiga, boshqa bir dasturlash tilini o’rganish qiyin bo’lmaydi. Siz yashab turgan muhitda, Siz mukammal darajada o’rganishingiz mumkin bo’lgan dasturlash tilini o’rganishingiz, Siz uchun eng to’g’ri yo’l. 3) Faqat Universitetda o’qigan talabalar dasturchi bo'lishadimi? Yo’q. Dasturchi bo’lish uchun albatta Universitetda o’qish shart emas. “Nahotki?” deb xayron bo’layotgan bo’lsangiz kerak. Xayron bo’lmang. Siz kollej talabasi yoki Universitetda dasturlash yo'nalishida emas, boshqa yo'nalishda o'qiyotgan bo'lishingiz mumkin. Lekin mustaqil ravishda dasturlashni o'rganishingiz mumkin. Maqolani o'qishda davom etsangiz, qanday qilib dasturlashni mustaqil ravishda professional darajada o'rganishni bilib olasiz. 4 Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz Universitetda dasturlash yo’nalishida ta’lim olayotgan talabalardan 100 tasidan ko’pi bilan 20 - 25 ta yaxshi dasturchi chiqadi. (Maqolada faqat o’zbek guruhlari haqida gap ketadi) Buning bir necha sabablari bor. Ba'zi talabalar dasturchi bo'lishni xohlashmaydi. Diplom olish uchun o'qishayotganini aytishadi. Ba’zi talabalar universitetda o’rgatilayotgan fan va mavzular bilan chegaralanib qolishadi. Laboratoriya va mustaqil ishlarni bajarishadi. Xatto qizil diplom ham olishadi. Lekin ertaga hayotda ular o’rgangan bilimlar juda kamlik qiladi. Misol uchun o’z ko’zim bilan ko’rgan ba’zi voqealarni keltirib o’tsam. 1999 yil men va do’stlarim Ismoil, Ulug’bek Toshkent Davlat Texnika Universitetiga o’qishga kirdik. Bir kuni Nabi aka talabalariga Windowsda fayldan nusxa olishni tushuntirayotganini ko’rib qoldik. Ismoil va men xuddi osmondan tushgandek qotib qoldik. Fayldan nusxa olish jarayonida bir papkadan xujjatlar ikkinchi papkaga qarab otilardi. Biz bunaqa narsani ko’rgan emasmiz. Ko’zimiz ham, og’zimiz ham ochiq. Men Ismoilga, Ismoil esa menga qaraydi. Bir birimizga bu narsani o’rganmasak bo’lmaydi dedik. Nabi aka hozirgi kunda Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetida o’quv bo’limi boshlig’i lavozimida ishlaydilar. Nabi akani “Telematika” nomli o’quv markazi bor edi. Shu o’quv kursida Ismoil va men o’qiy boshladik. Ulug’bek esa bu narsalarni darsda o’tilsa shunda o’rganib olaman deb kursga qatnashmadi. Ismoil va men 3 oylik kursni o'qib tugatdik. Ulug’bek biz 3 oyda o’rgangan narsalarni 3 – kursda to’la o’zlashtirdi. Shunaqa kursdoshlarimiz ham bor ediki, universitetni tugatganda ham biz 3 oyda o’rgangan ba’zi narsalarni bilmasdi. Gapning qisqasi men 3 oy ustozim Nabi akadan o’rgangan narsalar 4 yil Universitetda o’rgangan narsalardan ko’p edi. Afsuzki, Nabi akaning vaqtlari kam bo'lganligi uchun "Telematika" o'quv markazi hozir ishlamayapti. Shuning uchun kompyuterdan boshlang'ich bilim olish niyatidagilarga Toshkent shaxrida boshqa yaxshi o'quv markazini tavsiya eta olmayman. Qiziqarlisi xali oldinda. Maqolani o’qishda davom eting. 4) Dasturlashni kimdan va qayerda o’rgansa bo’ladi? Bu savolga ham siz bilan birgalikda javob izlaylik. Odatdagidek Universitet domlalaridan boshlasak. Har bir Universitetda yaxshi domlalar juda ko'p. Misol uchun TATU da Qobulov Rustam aka, Milliy Universitetdan Madrahimov Shavkat aka, va hakazo... Boshqa domlalar bu bola meni yozmabdi deb hafa bo’lishmasin. 5 Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz Men faqat o’zim tanigan va haqiqatda boshqalarga o’rnak bo’ladigan domlalarni yozdim. Aynan dasturlashni o’rgatadigan va yaxshi biladigan domlalarni yozdim. Bu domlalar bilan birgalikda 1 ta, 2 ta Super domlalar ham bor. Bir kuni TATU o'qituvchisi Ma’suda Isayeva bilan Super domlalardan biri o’rtasida quyidagicha suhbat bo’lgan. Bu voqeani menga shaxsan Ma’sudaning o’zi so’zlab berdi. Ma’suda: Sizning asosiy yo’nalishingiz nima? Nimani yaxshi bilasiz? Super Domla: PhotoShop, CorelDraw, AutoCat, dasturlash… Kompyuterga tegishli hamma narsani bilaman. Ma’suda: Siz meni tushunmadingiz shekilli. Men ham dasturlashni bilaman, lekin dizayn sohasini hammasidan ko’ra yaxshiroq bilaman. Ya’ni men dasturchi emas, dizaynerman. Dizayn bo'yicha hamma ishlarni Corel Drawda qilishni yoqtiraman. Sizchi? Super Domla: Menga farqi yo’q. Men hammasini zo’r bilaman. Ma’suda: O’o’o’ zo’rku. Qanaqa dasturlar tuzgansiz? Super Domla: Bu nima deganingiz? Axir men domlaman. Biror dasturni oxirigacha tuzishim shart emas. Talabalarga dars o’tsam bo’ldi. Menimcha bu dialogni taxlil qilish shart emas. Birorta dasturni oxirigacha tuzmagan dasturchi, qanday qilib talabalarga dasturlashni o’rgatishi mumkin? Ha vaziyat shunaqa. Shunday Super domlalar borki, birorta dasturni tuzishni bilmasdan, “Dasturlash texnologiyalari” fanidan darsga kirishadi. Umrida bitta saytni tuzib Internetga joylamagan domla, veb sahifalar yaratishni o’rgatadi. Bu Super domlalar biror ishni oxiriga etkazishda sodir bo’ladigan muammolardan, vaziyatlardan mutlaqo behabar. Bechora talabalar 6 oy mobaynida nimadir o’rganish maqsadida bu domlalarning og’ziga qarashadi. Domlalar esa o’qish kitobini o’qitish uyoqda tursin, xatto alifbeni ham oxirigacha o’rgatishmaydi. Siz shu kabi Super domlalardan nimadir o'rganaman deb umidvor bo'lmang. O'zingizga yaxshi domla topishingiz kerak bo'ladi. Gapning qisqasi, kimdandir dasturlashni o’rganmoqchi bo’lsangiz, u kishidan quyidagi savollarni so’rang: 1) Siz qanday dasturlarni tuzgansiz? 2) Sizning shogirtlaringiz qanday dasturlarni tuzishgan? 3) Sizdan dasturlashni to’la o’rganganimdan so’ng, qanday dasturlarni tuza olaman? 6 Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz Yana bir narsa, dasturlashni yaxshi biladigan 5-6 ta tanishingizdan, dasturlashni qayerda o'rganganligini so'rang. Agar siz yaxshi domla topa olmasangiz, yoki universitet talabasi bo’lmasangiz dasturlashni o’rgatadigan elektron darsliklardan foydalanishingiz mumkin. O’z uyingizda, shaxsiy kompyuteringizning oldida o’tirib dasturlashni o’rganishingiz mumkin. Dasturlashni o’rgatuvchi video kurslarni dastur.uz saytidan olish mumkin. Hoziroq dastur.uz saytiga kiring va a’zo bo’ling. Kerakli ma’lumotlarni yuklab oling. Dasturlash sohasi bo’yicha o’zingizni qiziqtirgan savollarni forum.dastur.uz da so'rashingiz mumkin. Dasturchi bo’lishni xohlaysizmi? Biz bilan aloqada bo'ling. Maqolalarni o’qishda davom eting. Keyingi maqola: Fahriddin Azimov qanday qilib dasturlashni o’rgandi? Bu maqola Siz universitetda o'qimagan oddiy bola Fahriddin Azimov qanday qilib dasturlashni o’rgangani bilib olasiz. Keyingi maqolalarda esa o'ziga universitet talabalaridan nima maqsadda o'ziga shogirt izlayotgani bilan tanishasiz. 2009 yil, kuz fasli. Menga bir Fahriddin ismli bola telefon qilib qoldi. Fahriddin: Assalomu alaykum Qudrat aka. Qudrat Abdurahimov: Vaalaykum assalom. Fahriddin Azimov: Interbase ma’lumotlar bazasida ishlashni o’rganmoqchi edim. Shuni o’rgatishga sizning vaqtingiz bo’larmikan? Qudrat Abdurahimov: Bu masalani uchrashib gaplashib olishimiz kerak. Chunki, Interbase ni o’rganishdan oldin bilish kerak bo’lgan narsalar bor. Fahriddin bilan uchrashib, gaplashib oldik. Men uning bilim saviyasidan TATU ni tugatgan shekilli. Ba’zi bilmagan narsalarini mendan o’rganmoqchi deb o’yladim. Dasturlash bo’yicha tushunchasi ancha yaxshi edi. Interbaseni o’rgana oladigan darajada. Qudrat Abdurahimov: O’qishni qachon tugatding? Fahriddin Azimov: 2006 yil Toshkent aloqa kollejining radio televideniya yo’nalisi tugatdim. 7 Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz Qudrat Abdurahimov: TATU da o’qimaganmisan? Fahriddin Azimov: Yo’q. Faqat aloqa kollejida o’qiganman. Nasib qilsa keying yil harakat qilib ko’ramiz TATU ga. Qudrat Abdurahimov: Buncha narsani qayerda o’rganding? Fahriddin Azimov: Delphidan 7 oylik kursga qatnashganman. Keyin o’zim u yoqdan, bu yoqdan, internetdan 1 – 2 narsalarni o’rgandim. Anuv siz yozgan kitobcha borku, o’shani o’qib chiqqanmiz o’quv qursida. Fahriddinga o’quv qursida men yozgan “Pascalda dasturlash asoslari” ma’ruzalar matni bo’yicha dars o’tilgan ekan. Fahriddin meni oldimga kelishidan oldin ham ma’lum manoda mening shogirtim bo’lib ulgurgan ekan : ) To’g’ri, faqat ma’ruzalar matni bilan ish bitmaydi. Unga shu ma’ruzalar matni bo’yicha dars o’tgan ustozi Saidolim Djo’rayev (Milliy universitet o’qituvchisi) ham kuchli programmist. Fahriddinga Interbaseda ishlashni o’rgatdim. Keyin u bilan super marketni avtomatlashtirish dasturini tuzib chiqdik. Quyida Fahriddin tuzgan dasturlardan namunalar keltirilgan. 8 Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz “Fahriddin qanday qilib universitet talabalari bilmagan narsalarini bilishishi mumkin?” Shu savolning javobini meni juda qiziqtirar edi. Fahriddinni bilganini nafaqat TATUni tugatganlar, politexnika univsersitetni va xatto milliy univsersitetni tugatganlarning ham ko’pchiligi bilmas edi. Fahriddinning bir xususiyati bor ekan. Bu xususiyat xatto menda xam bu darajada rivojlanmagan. Fahriddin qilayotgan ishida biror narsani bilmasa, yoki tushunmasa shu narsani biladigan odam Toshkent shaxrining istalgan burchagida bo’lsa ham, uning vaqtini topib o’rganishga harakat qilardi. Yoki internetdan izlaydi. Gapning qisqasi oldidagi muammoni qanday qilib bo’lmasin hal qilishilikka harakat qiladi. Bilmagan narsasini so’rash, o’rgatishini iltimos qilish, uning uchun vaqt ajratgan odamni mehnatini qadrlash va rozi qilish uning uchun odatiy xol. Xatto u haqida ushbu maqolani yozishni boshlaganimda, 2011 yil 16 fevral kuni ertalab soat 08:15 da, menga telefonda kompyuter tarmoqlarini, protokollarni o’rgatuvchi ustoz topib berishimni iltimos qilishi buning yaqqol dalilidir. Afsuski, Fahriddin 2010 yil TATU ga o’qishga kira olmadi. To’lov shartnomasi (kontrakt) asosida ham. Buning sababi u matematika va fizika fanlaridan kuchli bilimga ega emasligida. Lekin programma tuzishni biladi. Ko’p odamlar programmist bo’lish uchun mantiq kuchli bo’lishi kerak. Algoritmni zo’r bilish kerak va xakazolarni bilish kerak deyishadi. Men ham shu fikrga qo’shilaman. Lekin har narsaning chegarasi bor. Bo’lajak programmist uchun: Mantiqiy fikrlash qay darajada bo’lishi kerak? Algoritmni qay darajada bilish kerak? Menincha matematika, fizika yoki boshqa bir tabiiy fanni yaxshi biladigan insonning mantiqiy fikrlashi programmist bo’lishga yetadi. Ba’zi birovlar “Programmist bo’lish uchun, mantiqiy fikrlash juda zo’r bo’lishi kerak” deyishadi. Nima matematikani biladigan odamning mantiqiy fikrlashi yo’q ekanmi? Yoki yetarli emas ekanmi? Nima fizikani biladigan odamning mantiqiy fikrlashi yo’q ekanmi? Yoki yetarli emas ekanmi? 9 Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz Buning hammasi bo’lmagan gap. Bu fanlarni biladigan odamlarning mantiqiy fikrlashi programmist bo’lishga yetadi. Matematikani yaxshi bilmaydigan Fahriddin programma tuzyaptiku. Demak programma tuzish uchun Fahriddin biladigan darajada matematikani, mantiqni bilish kifoya. Siz xulosa qilishiga shoshmang. Maqolalarni oxirigacha o’qing. Ba’zi narsalarni men keyingi maqolalarda yozishga majburman. Baribir xulosani o’zingiz qilasizku. Shunday ekan maqolalarni o’qishda davom eting. Algoritm masalasiga kelsak. Algoritmni ham ma’lum bir chegarasi bo’lishi kerak. Undan yuqorisini bilishlik bu fazilat, ya’ni programmistning mahorati hisoblanadi. Ba’zi kasalliklar borki, ularni faqat mohir vrachlar davolay oladi. Ba’zi kasalliklar borki, ularni barcha vrachlar davolay oladi. Ba’zi programmalar borki, ularni faqat mohir programistlar tuza oladi. Ba’zilarini esa barcha progarammistlar tuza oladi. Fahriddinning programmist bo’la olishining sabablaridan ba’zilarini sanab o’tamiz: 1) Yaxshi ustoz topa olganligi 2) To’g’ri ishlab chiqilgan o’quv dasturidan foydalanilganligi 3) Muvaffaqiyatga erishish sirlari maqolasida aytib o’tilgan manfiy tasirlarga uchramaganligi. (Bu maqola bilan pastroqda tanishamiz. Xozircha maqolalarni tartib bilan o'qib chiqing) 4) Bilmagan narsasini qanday qilib bo’lmasin o’rganishga harakat qilganidadir Yuqoridagi maqola 18 fevral 2011 yilda yozilgan edi. U vaqtda Fahriddin student emas edi. Endi Fahriddinni tabriklasak bo’ladi. Chunki u bu yil 2011 – 2012 o’quv yiliga Toshkent Davlat Texnika universitetiga o’qishga kirdi. Energetika fakulteti 53 – 11 guruh talabasi. Bugun 13.09.2011 yil 10 Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz Qudrat Abdurahimov va uning loyihalari Assalomu alaykum bo’lajak dasturchi! Men Qudrat Abdurahimov 1982 yil Xorazm viloyati Shovot tumanida tug’ilganman. Sizning qimmatli vaqtingizni bexuda yo’qotish niyatim yo’q. Har bir maqoladan albatta nimadir o’rganasiz. Xulosa qilishga shoshilmang maqolalarni hammasini tartib bilan o’qib chiqing. 1999 yil Toshkent Davlat Texnika Universitetiga o'qishga kirdim. "Kompyuter texnologiyalri" fakulteti magistraturasini 2005 yilda tugatdim. 2006 yil “Dasturchiga qo’llanma” nomli kitobim nashrdan chiqdi. 2007 yil "UZ" domeni oshilganligining 12 yilligiga bag'ishlab, UZINFOCOM kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish markazi tomonidan o'tkazilgan "Yangi g’oya" tanlovida g'olib bo'ldim. 2009 yildan buyon “Milliy Soft Master” unvoni ostida, o’zbek tilida dasturlar tuzish bilan shug’ullanib kelamiz. “Milliy Soft Master” dasturchilar guruhida hozircha 2 ta dasturchi ishlaydi. Do’stim Qudrat Eshmetov va men Qudrat Abdurahimov. Ma’suda Isayeva dizayn ishlarida qarashadi. O’z bilimiga ishongan insonlarni jon - jon deb guruhimizga qabul qilardik. Siz dasturchi bo’lishingiz shart emas. Har qanday kasb egasi bo’lishingiz mumkin. Lekin shu kasbning ustasi, masteri, shu soha bo’yicha professional bo’lishingiz kerak. Agar siz kasbingizning ustasi bo’lsangiz albatta biz bilan bog’laning. Siz bilan internetda daromad qilish sohasida hamkorlik qilishimiz mumkin. 11 Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz http://dastur.uz , yoki menga ( dasturchi@mail.ru ga) xat yozishingiz mumkin. 2009 yil menda dasturlash asoslarini o’rgatuvchi intellektual o’quv dastur ishlab chiqish ishtiyoqi tug’ildi. Bu dastur bo'lajak dasturchilarga, dasturlash mohiyatini ochib berishi kerak edi. O’rgatuvchi intellektual o’quv dasturni ishlab chiqish ishtiyoqi menga hech tinchlik bermasdi. O’tirsam, tursam, yursam, ovqatlansam xatto uxlaganda xam faqat shu haqida o’ylaydigan bo’lib qoldim. Kechalari uyqum qochib, tonggacha bu ishni qanday qilib amalga oshirish haqida o’ylab chiqardim. Men hozirgi kundagi barcha eng mashhur dasturlash tillarini o’rgatuvchi elektron darslik ishlab chiqishni oldimga maqsad qilib qo’ydim. Ular quyidagilar: 1. 2. 3. 4. 5. Delphi C++ C# PHP & MySql Java Pascal dasturlash tili boshqalariga nisbatan sodda bo’lganligi uchun birinchi o’rinda Pascalda dasturlash asoslarini o’rgatishni boshladim. Chunki, Pascal dasturlash tili, Niklaus Birt tomonidan 1970 yil universitetlarda strukturali dasturlashni talabalarga tushuntirish maqsadida ishlab chiqilgan. (Ko’proq ma’lumot olish uchun http://ru.wikipedia.org/wiki/Pascal ga murojaat qiling) Maqolani o’qishda davom eting. Bu xali hammasi emas. 2009 yil avgust oyida dastur oxiriga yetdi. Dasturlash sohasidagi ko’p yillik tajribam va pedagogika sohasidagi 5 yillik tajribam asosida “Dasturlash asoslari” nomli, o’rgatuvchi multimediali intellektual o’quv dasturni ishlab chiqdim. 2012 yil “C++ da dasturlash asoslari” nomli video kursni ishlab chiqish. Diqqat tez kunda “C++ da dasturlash asoslari” nomli video kurs chiqish arafasida. C#, Java, PHP tillari bo’yicha elektron darsliklarni ishlab chiqishni ham rejalashtirganmiz. Albatta bu darsliklar bosqichma bosqich amalga oshiriladi. Shu kunlarga hammamizni yetkazsin. Agar siz dasturlash tillaridan birortasiga qiziqsangiz albatta menga ( dasturchi@mail.ru ) xat yozing. Biror yangilik bo’lsa albatta xabar qilaman. http://dastur.uz saytida hoziroq ro’yhatdan o’ting. Yangiliklar bilan tanishib borasiz. Undan keyin “C++ da ob'ektga yo`naltirilgan dasturlash” nomli video kurs chiqariladi. 12 Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz Dasturchi bo’lishni xohlaysizmi? Biz bilan aloqada bo'ling. Maqolalarni o’qishda davom eting. Keyingi maqola: DUNYODAGI ENG BOY ODAMLAR Assalomu alaykum. Bu maqolada siz bilan dunyodagi eng boy odamlar haqida suhbatlashsak va ularning faoliyatiga ozgina nazar solsak. “Forbs” jurnali har yili dunyodagi eng boy 500 ta odamni ro’yxatini e’lon qiladi. Shularning eng boy beshtasi quyidagilar: (2009 yil) 1) Bill Geyts – Microsoft firmasining asoschisi, dunyodagi eng boy odam hisoblanadi. Uning sarmoyasi 52,8 milliard dollarni tashkil qiladi. 2) “Forbs” jurnali mashhur moliyachi va investr Uorren Baffetni, dunyodagi eng boy odamlar ro’yxatida 2 – o’rinda turishligini e’lon qildi. Uning sarmoyasi 35 milliard dollarni tashkil qiladi. 3) Uchinchi o’rinni aka – uka Karl va Teo egallaydi. Ular germaniyada arzon maxsulotlar do’konining tarmoq strukturasini ishlab chiqishgan. ( Aldi stores). 90 yil davomida aka ukalar birga yashashdi, ishlashdi. Ular hisob raqamlarini umumiy deb e’lon qilishdi. Xamma narsani birgalikda boshqarishdi. Nima uchun shunday qilayotganliklari haqida intervyu berishdan bosh tortishdi. Ular ko’p yillardan buyon bir shaxs sifatida qaraladigan bo’lishgan. Ularning sarmoyasi 26,8 milliard dollarni tashkil qiladi. 4) Microsoft firmasi asoschilaridan yana biri bo’lmish Pol Allen 4 – o’rinni egalladi. Uning sarmoyasi 25,3 milliard dollarni tashkil qiladi. 5) Beshinchi o’rinni Oracle kompamiyasi asoschisi Ellison Lourens egalladi. Ellison Lourens programma mahsulotlari bozorida Bill Geytsning asosiy raqobatchisi hisoblanadi. Uning sarmoyasi 23,5 milliard dollarni tashkil qiladi. E’tibor beradigan bo’lsak, dunyodagi eng boy 5 ta odamdan 3 tasining ish faoliyati programma va programma mahsulotlarini ishlab chiqishga bog’liq. Ular Bill Geyts, Pol Allen Microsoft firmasi asoschilari va Elloson Lourens Oracle kompamiyasi asoschisi. Xo’sh, bu shaxslarning katta boylikka erishishlarining sababi nimada? Katta boylikka ega bo’lish sirlaridan biri, bu ideal ish bilan shug’ullanishdir. Ideal ish nima ekanligi haqida keyingi maqolada gaplashamiz. 13 Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz IDEAL ISH NIMA? Assalomu alaykum bo’lajak dasturchi. Bugun siz bilan ideal ish nima ekanligi haqida suhbatlashamiz. Ideal ishga 2 xil ta’rif berish mumkin. 1 – Biror ishni shu darajada maromiga etkazib qilish kerakki, hech qanday kamchilikka yo’l qo’yilmasin. Bajarilgan ishda hech qanday kamchilik kuzatilmasin. 2 – Ideal ish shuki, bir marta qilish bilan uzoq vaqt, yillar davomida daromad olinsin. Ko’pchilik insonlar birinchi turdagi ta’rifga asosan ish qilmoqchi bo’lishadi. Ya’ni qilayotgan ishlarini hech qanday kamchiliksiz, mukammal, ideal holda bo’lishi uchun harakat qilishadi. Lekin har qanday ishni 100% mukammal, ideal holda ishlash inson bolasi qo’lidan kelmaydigan ishdir. To’g’ri, har qanday ishni imkoniyat darajasida mukammal qilishga harakat qilish kerak. Lekin bu 100% degani emas. Ishbilarmon, tadbirkor insonlar 2 – ta’rif asosida ish yuritishadi. Ishning 2 xil turi bor. Chiziqli va chiziqli bo’lmagan daromat keltiruvchi ish. Misol uchun Ne’mat, biror korxonada ishlaydi. Ma’lum miqdorda oylik oladi. Ba’zan rag’batlantirish yoki yordam puli olib turadi. Bu ish, chiziqli daromad keltiruvchi ishga misol bo’ladi. Nimadir ish qilasiz ( bir oy ishlaysiz ) – pulga ega bo’lasiz (oylik olasiz). Yana nimadir qilasiz, shu ishingizga yarasha haq olasiz. Ko’pchilik insonlar shu tarzda 14 Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz ishlashadi. Oladigan maoshi orqali kun kechirishadi. Agar ishlaridan ajrab qolishsa daromadsiz qolishadi. Ishsiz qancha yashashingiz mumkin? Boshqacha bo’lishi mumkinmi? ALBATTA. Chiziqli bo’lmagan daromad keltiruvchi ish orqali buni amalga oshirish mumkin. ISHNI BIR MARTA QILISH ORQALI UZOQ VAQT, YILLAR DAVOMIDA DAROMAD OLISHINGIZ MUMKIN! Yoki butun umr daromat olishingiz ham mumkin. Chiziqlli bo’lmagan daromad keltiruvchi ishga misol tariqasida quyidagilarni keltirish mumkin. Djoan Rouling Garry Potter romanini yozdi va butun urmlik daromadga ega bo’ldi. Bu kitob 60 dan ortiq tillarga tarjima qilindi. 250 million nusxada sotildi. Sunday Times gazetasining ma’lumotiga qaraganda, 2004 yil Djoan Rouling Buyuk Britaniyadagi eng boy ayol. Uning sarmoyasi 545 million funt sterling. Bill Geyts Windows sistemasini ishlab chiqdi va bugungacha Windows sistemasini sotish orqali daromad oladi. “Ishtaxalar karnayku, bu bolani Bill Geyts bo’lgilari kelib qolibdimi?” – deyayotgan bo’lsangiz ajab emas. Yo’q unday emas. Yer yuzida ming – minglab programmistlar bor. Ular Bill Geytsdan boy bo’lmasalarda, o’z ishlariga yarasha nasibalarini olishdi va olishmoqda. Men Bill Geyts xammaga mashhur bo’lganligi uchun misol tariqasida keltirdim. Nima ish qilish mumkinligi haqida keyinroq gaplashamiz. Eng asosiysi, siz ideal ish nimaligini tushunib oldingizmi? Bu ish shunday ishki, bir marta qilish bilan uzoq vaqt, yillar davomida daromad olishga ega bo’lasiz. YOKI BUTUN UMR DAROMAD OLISHINGIZ MUMKIN. Aynan chiziqli bo’lmagan ishga va chiziqli bo’lmagan daromadga harakat qilish kerak. Chiziqli daromat keltiradigan ishga sarf qilingan vaqtni, chiziqli bo’lmagan daromat keltiruvchi ishga sarflash orqali, chiziqli daromatdan bir necha barobar ko’p daromatga ega bo’lish mumkin. Bu KATTA BOYLIKKA ega bo’lish sirlaridan biridir. 15 Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz Men, aynan chiziqli bo’lmagan daromad keltiruvchi ish bilan shug’ullanishni sizga taklif qilaman!!! Aynan chiziqli bo’lmagan daromad keltiruvchi ish qilishni sizga o’rgatmoqchiman!!! Bu ishni hamma qilishi mumkin. Tuzgan programmangizga mualliflik huquqini ma’lumotingiz, qayerda o’qiganligingiz so’ralmaydi. olish jarayonida, sizdan Ya’ni hech qayerda o’qimagan odam xam, mustaqil dasturlashni o’rganib, tuzgan dasturiga mualliflik qilish huquqiga ega. Yana Bill Geytsdan misol olishimiz mumkin. U 1973 yil Garvard universitetiga o’qishga kiradi. 2 yildan keyin ya’ni 1975 yil universitetni tashlab ketadi va dastur ishlab chiqish bilan shug’ullana boshlaydi. Qolgan gaplar o’zingizga ma’lum. Hozirgi kunda Bill Geyts boshchiligida ishlab chiqilgan Windows amaliyot tizimi yer yuzidgi 92% shaxsiy kompyuterlarda foydalaniladi. Garvard universiteti ma’muriyati “Endi Bill Geytsga diplom bermasak uyat bo’ladi” deb hulosaga keldi shekilli. 2007 yil iyun oyidan boshlab Bill Geyts Garvard universiteti bitiruvchisi deb qarala boshlandi. Qancha – qancha professorlar, akademiklar qilmagan ishni, universitetni oxirigacha tugatmagan, dasturchi degan diplomga ham ega bo’lmagan Bill Geyts amalgam oshirdi. Siz Bill Geyts bo’lishingiz shart emas, lekin ideal ish qilishingiz mumkin. Siz qanday ideal ish qilishingiz mumkinligi haqida keyingi maqolalarda gaplashamiz. Hozircha Siz maqolalarni o'qishda davom eting. Keyingi maqolada talabalarim tuzgan kichik dasturlar bilan tanishamiz. 16 Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz Talabalarim ishlaridan namunalar Assalomu alaykum. Ba`zi yosh dasturchilar "Siz qanday dasturlar tuzgansiz?" yoki "Qanday dasturlar tuza olasiz?" dagan ma`noda savollar berishadi. (Bu savolga Qudrat Abdurahimov va uning loyihalari maqolasida qisman to’xtab o’tilgan.) Bu kabi savollar sizda ham paydo bo`lgan bo`lsa ajab emas. To`g`risini aytganda, Siz uchun men nima qila olishimdan ko`ra, sizga nimani o`rgata olishim muximroq. Shunday emasmi? Keling hozir sizga talabalarim ishlaridan namunalar keltiraman. Shular asosida o`zingiz xulosa qilib olasiz. Toshkent shaxrida 2005 yillarda X. Z. Kalanov nomli professional kollejda “Dastrulash asoslari” va “Delphi” fanidan dars berardim. Talabalarimdan biri Rasulov Azizning dasturlashga xech tobi yo`q edi. 1 – kursda o`zi tartibli, yaxshi bola bo`lgani uchun, keyingi kursda yaxshiroq o`zlashtirar deb 3 baxo qo`ygan edim. 2 – kursda xam “Dastrulash asoslari” fanini yaxshi o`zlashtira olmadi. Bir kuni unga: “Aziz, agar shu kungacha o`rganganlarimiz asosida mustaqil ravishda biror dastur ishlab ko`rsatmasang bu semestr senga baxo qo`ymayman” – dedim. “Qudrat aka, Graph moduli asosida biror rasm chizsam bo`ladimi?” – dedi. Men ruxsat berdim. 1 – 2 xafta davomida mendan tushunmagan narsalarini so`rab o`rgandi va oxirida menga Graph modulida mashina rasmini chizib berdi. Azizga shu semestrda 3 yoki 4 baxo qo`yganimni hozir eslay olmayman. Quyida esa Rasulov Aziz chizgan mashina rasmi keltirilgan. 17 Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz Siz uchun bu narsa oddiy ko`rinishi mumkin. Agar Siz dastrulash tillarida rasm chizishdan xabaringiz bo`lsa, bunday deb o`ylamaysiz. Bu ancha mehnat talab qiladigan ish. Sizga men dasturlashdan o`rta hol o`quvchim ishini taqdim etdim. “Dasturlash asoslari” video kursning demo versiyasida ba’zi talabalarim tuzgan dasturlardan namunalar keltirilgan. (shogirtlar papkasida joylashgan) Sharipov Saidazim matematika fanidan elektron darslik ishlab chiqqan. Qudratullayev Shuxrat, Xakimov Dilshod, Gulyamova Gulnoza o'zlari mustaqil ravishda o'yin dasturlarini ishlab chiqishgan. Qudratullayev Shuxrat. 15 - o'yini 18 Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz Gulyamova Gulnoza. Rang tanlash dasturi Yer yuzida millionlab o'yin dasturlari bor. Shularning qatorida talabalarim ishlab chiqqan dasturlar ham bor. Bu esa oddiy narsa emas. Xatto universiset tugatuvchilarining hammasi ham bu dasturlarni tuza olmaydi. Bu talabalar esa oddiy kollej talabalaridir. Ming marta eshitgandan bir marta ko’rgan yaxshi. Siz talabalarim tuzgan dasturlar bilan tanishib chiqing. Bu dasturlarni dastur.uz saytidan yuklab olishingiz mumkin. Bundan tashqari, universitetda o’qiydigan shogirtlarim tuzgan dasturlarning tekinlari bilan tanishishingiz mumkin. Buyurtma asosida qilingan dasturlarni saytga joylashga buyurtmachilar ruhsat bermaydi. Dasturchi bo’lishni xohlaysizmi? Biz bilan aloqada bo'ling. Maqolalarni o’qishda davom eting. Keyingi maqola “Muvaffaqiyatga erishish sirlari” 19 Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz MUVAFFAQIYATGA ERISHISH SIRLARI Assalomu alaykum bo’lajak dasturchi! Oldingi maqolalarda siz bilan dunyodagi eng boy odamlar va ularni faoliyati, ideal ish nimaligi, talabalarim tuzgan ba’zi dasturlar bilan tanishib chiqdik. Bir oldingi maqolada “Siz dasturchi bo’la olasizmi? degan savolga javob izladik. Kimdir, oldingi maqoladagi oddiy masalalarni yechishni bilishlik programmist bo’lishga kifoya qilarkanmi? desa. Biz HA deb javob beramiz. Mening uslubim bo’yicha kamida shu bilimlarni bilish kerak. Bulardan ko’proq bilish, albatta juda yaxshi. Bu maqolada siz bilan muvaffaqiyatga erishishning eng asosiy sirilari bilan tanishib chiqamiz. Insonlar bilimsizliklari yoki dangasaliklari uchun emas, balki o’z imkoniyatlarini to’g’ri baholamaganlari va manfiy fikrlar ta’siri ostida muvaffaqiyatsizlikka uchrashadi. Bu jumlalarning ma’nosini tushunish uchun sizga bir qiziq masal aytib beraman. Qurbaqalar musobaqasi haqida. Hey shoshmang – shoshmang. Maqolani oxirigacha o’qib ko’ring, keyin xulosa qilasiz. Ok. QURBAQALAR MUSOBAQASI Bir kuni qurbaqalar musobaqa o’tkazmoqchi bo’lishibdi. Hamma hayvonlarni musobaqani tomosha qilishga taklif qilishibdi. Musobaqa qatnashchilari katta bir tepalikka chiqishlari kerak edi. Ya’ni tepalikka kim birinchi bo’lib chiqsa shu qurbaqa g’olib deb e’lon qilinadi. Musobaqa boshlandi. Mingdan ortiq qurbaqalar marraga birinchi bo’lib kelish uchun harakat qilishar edi. Tomoshaga kelgan hayvonlar ot, mushuk, eshak … kimga muxlislik qilishlarini aniq bilishmasada, bor ovozda baqirishardi. Ularni kim birinchi kelishi emas, qurbaqalar bu tepalikka chiqa olishi yoki chiqa olmasliklari qiziqtirar edi. Qurbaqalar bir sakrab bir to’xtab, bir sakrab bir to’xtab musobaqani davom ettirishyapti. To’xtaganda ba’zilari og’zini ochar, ba’zilari yutinib qo’yardi. Ularning bu holatini ko’rgan muxlislar, ularga baqirisha boshlashdi: 20 Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz “Bari bir birinchi bo’lib bora olmaysan. O’zingni qiynab nima qilasan” – deya baqirdi tulki. Tulki gapini eshitgan ba’zi musobaqa qatnashchilari, o’zlaridan bir necha qadam oldindagi raqiblarining ko’pligini ko’rishib, musobaqani to’xtatishdi. Tulkining gapidan keyin qatnashchilarining 70% musobaqani to’xtatishdi. Ular charchagani uchun emas, balki tushgunlikka tushganlari uchun xam musobaqani davom ettirishdan bosh tortishdi. Har hayvon xohlagan gapni aytib baqirardi. “Voy manbuni xansirashiga, imillashiga qaranglar. Hali yo’lni yarmiga kelgani yo’g’u, yana tepalikka chiqmoqchimish” – dedi quyon. Quyonning gapidan keyin, musobaqani to’xtatishdi. qolgan musobaqa qatnashchilarining ham 50% Vaqt o’tishi bilan muxlislar qurbaqalar bu tepalikka chiqa olmaydi degan fikrga borib qolishdi. Qurbaqalarning ruhiyatini tushiradigan olqishlarni yog’dirishda davom etishdi. “Bularning ota bobolari bu tepalikka chiqqan emas. Bular chiqa olarmidi?” deya hayqirdi ot. Haqiqatda bu tepalikka hali birorta qurbaqa chiqqan emasdi. Otning gapidan keyin musobaqa qatnashchilari birin ketin musobaqani to’xtata boshlashdi. Faqat orqaroqda kelayotgan bir qurbaqa to’xtamadi. Hamma hayron. Yo’lning teng yarmi hali oldinda edi. Endi qolgan hayvonlarga qo’shilib boshqa qurbaqalar xam uning ustidan kula boshlashdi. Bir qurbaqa shaniga nimalar aytilmadi deysiz. Qurbaqaning harakati borgan sari sekinlashardi. Muxlislarning uning ruhiyatini tushuradigan baqir – chaqirlari borgan sari kuchayardi. Qurbaqa harakatdan, muxlislar esa uning ustidan kulishdan to’xtashmadi. Nihoyat qosh qorayganda qurbaqa manzilga yetib kelib xammani hayron qoldirdi. Chunki g’olib qurbaqa jismonan baquvvat emas edi. Uning muvaffaqiyat sababini o’rganib chiqishdi. G’olib qurbaqa kar ekan. Tomoshabinlarning uning ruhiyatini tushuradigan gaplarini eshitmagani uchun muvaffaqiyatga erishibdi. Insonlar bilimsizliklari yoki dangasaliklari uchun emas, balki o’z imkoniyatlarini to’g’ri baholamaganlari va manfiy fikrlar ta’siri ostida muvaffaqiyatsizlikka uchrashadi. 21 Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz Endi bu jumlalarning ma’nosini tushungandirsiz. Odatda bir ish bilan shug’ullana boshlasangiz, bu sohada muvaffaqiyatsizlikka uchraganlar sizga aql o’rgata boshlashadi. Yana men qilgan xatoni takrorlab vaqtingni bekor o’tkazma deb holis maslahat ham berishadi. Yoki, sen xech qachon bu ishni uddalay olmaysan deyishadi. Muvaffaqiyatsizlarning muvaffaqiyatsizlik sababini emas, g’oliblarning muvaffaqiyat sababini o’rganish kerak. Agar o’zingizni manfiy fikrlardan saqlay bilsangiz, muvaffaqiyatga so’zsiz erishasiz. Agar manfiy firklar ta’siriga tushib qolsangiz ushbu maqolani qayta – qayta o’qing. Forumlarga kirib musbat fikr aytuvchilar bilan suhbatlashing. Yoki dasturchi@mail.ru ga xat yozishinigiz mumkin. Ha, xech hijolat bo’lmasdan xat yozishingiz mumkin. Demak, Qudrat Abdurahimovning 2 ta oltin qoidasini unutmang: 1. Insonlar bilimsizliklari yoki dangasaliklari uchun emas, balki o’z imkoniyatlarini to’g’ri baholamaganlari va manfiy fikrlar ta’siri ostida muvaffaqiyatsizlikka uchrashadi. 2. Muvaffaqiyatsizlarning muvaffaqiyatsizlik sababini emas, g’oliblarning muvaffaqiyat sababini o’rganish kerak. To’g’ri muvaffaqiyatsizlik sabablarini ham o’rganish kerak, lekin bu narsa ikkinchi darajali masala. Birinchi o’rinda g’oliblarning muvaffaqiyat sababini o’rganish lozim. TA’LIMDA MUVOFFAQIYAT Assalomu alaykum bo’lajak dasturchi! Oldingi maqolalarda siz bilan dunyodagi eng boy odamlar va ularni faoliyati, ideal ish nimaligi va talabalarim ishlaridan namunalar bilan tanishib chiqdik. Bu maqolani o’qishdan oldin yuqorida sanab o’tilgan maqolalar bilan tanishib chiqishingiz kerak bo’ladi. Bir oldingi maqolada muvaffaqiyatga erishish sirilari bilan tanishdik. Qudrat Abdurahimovning 2 ta oltin qoidasini xam bilib oldik. 1. Insonlar bilimsizliklari yoki dangasaliklari uchun emas, balki o’z imkoniyatlarini to’g’ri baholamaganlari va manfiy fikrlar ta’siri ostida muvaffaqiyatsizlikka uchrashadi. 22 Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz 2. Muvaffaqiyatsizlarning muvaffaqiyatsizlik muvaffaqiyat sababini o’rganish kerak. sababini emas, g’oliblarning Bu maqolada siz bilan ta’limdagi muvaffaqiyat bilan tanishib chiqamiz. Bu narsa sizga yangilik emas. Shunday bo’lsa xam eslatib o’tmoqchimiz. Agar siz fizika fanini yaxshi bilsangiz, demak fizika fani o’qituvchisini yaxshi ko’rgansiz, xurmat qilgansiz. Agar biror fanni yaxshi bilmasangiz, shu fan o’qituvchisiga nisbatan muhabbatingiz, xurmatingiz bo’lmagan. Biror fanga qiziqsangiz xam o’qituvchi tufayli shu fanni yaxshi o’rgana olmagan bo’lishingiz mumkin. Biror fanni yoqtirmasangiz xam, o’qituvchingiz hurmati uchun nimadir o’qigan, o’rgangan bo’lishingiz mumkin. Biror insonga bo’lgan muhabbat, shu shaxs yoqtiradigan ishlarni qilishlik va yo’qtirmaydigan ishlarni tark etishga undaydi. Inson tabiati shunday. Biror narsani o’rganmoqchi bo’lsangiz, o’zingiz yaxshi ko’radigan, hurmat qiladigan odamdan o’rganishingiz kerak bo’ladi. Siz yoqtirmaydigan inson biror narsani 100% to’g’ri gapirsa ham, siz unga biroz shubxa bilan qaraysiz. Siz yaxshi ko’radigan inson xato gapirsa ham uning fikriga qo’shilasiz, yoki qo’shilishga majbur bo’lasiz. Bu fikrlarni hayotda sinab ham ko’rishingiz mumkin. Ustozlar xam o’zlari yaxshi ko’radigan talabasiga nimadir o’rgata oladi. Talaba qancha iqtidorli bo’lmasin, ustozining unga muhabbati tushmasa xech narsa o’rgata olmaydi. Men sizni yaxshi ko’ra olamanmi? Albatta. Chunki sizning muvaffaqiyatingiz, bu mening xam muvaffaqiyatim. Siz tuzgan dasturlarni, talabalarim tuzgan dasturlar bo’limida e’lon qilaman. Men talabalarimning ko’pligi bilan faxrlanaman! Agar siz menga ishonsangiz, men tuzgan dasturlar orqali dasturlashni o’rganishni boshlasangiz bo’ladi. 23 Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz Dasturlashni o’rgandim ham deylik, buyurtma topa olamanmi? Talab bormi o’zi? Assalomu alaykum dasturlashni o’rganib buyurtma asosida programma tuzishga qiziqayotgan bo’lajak programmist! Bu savolga javob berish bir oz qiyin, chunki savol beruvchining yuzidan menga hoziroq 100$ lik buyurtma topib berasan degan nigohni o’qib olish mumkin. Men sizga 1 – 2 ta hayotiy misol keltiraman, shundan o’zingiz xulosa chiqarib olasiz. Bu maqolada talabalarimni xijolat qilmaslik uchun ismlarini yozmayman. 2010 yil, kuz fasli. Toshkent Axborot texnologiyalari universitetida 4 – kurs talabalariga “Axborot Tizimlarini Loyihalash” fanidan dars beraman. Talabalarimdan bittasi bilan quyidagicha dialog bo’lib o’tdi: Qudrat: Programma tuzishni, mutaxassisligingni nima uchun o’rganmading? Talaba: Bilasizku Qudrat aka, programma tuzishni o’rganganim bilan talab yo’q. Qudrat: Menimcha unday emas, “Talabga javob bersang - bor”. Talaba 2 – 3 sekund o’ylanib turdida: “To’g’ri aytasiz Qudrat aka” – deb javob berdi va sekingina kulib qo’ydi. Uning yuzida tabassum va uyalish xissi bor edi. Umuman olganda, programma tuzishni o’rganmaganlar, o’zlarini aldash yoki ovuntirish uchun “Programmistlarga talab yo’q” degan fikrga o’zlarini ishontirmoqchi bo’lishadi. Yuqoridagi voqea sizga umumiy gapdek tuyulishi mumkin. Lekin siz xulosa qilishga shoshilmang. 2 – voqeani ham oxirigacha diqqan bilan o’qib chiqing. Keyin o’zingiz chiroyli bir xulosa qilasiz. Kelishdikmi? :) Sizga aytib bermoqchi bo’lganim ikkinchi voqea quyidagicha: 2010 yil, kuz fasli. TATU da 4 – kurs talabalariga “Axborot Tizimlarini Loyihalash” fanidan dars beraman. 6 – para 17:50 da tugadi. Ma’ruzadan keyin rosa charchaganman, yana gapirishlikka na kuch, na ishtiyoq bor. Hamma talabalar narsalarini yig’ishtirib uyiga ketyapti. Bitta talaba meni oldimga kelib savol beriq qoldi. Talaba: Delphini o’rgansam buyurtma topa olamanmi? Talab bormi? Bunaqa savollarga 2 og’iz gap bilan javob berib bo’lmaydi. To’g’rirog’i men javob bera olmayman. 24 Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz Qudrat: “Topa olsang, bor” – dedim. Boshqa narsa deya olmadim. Chunki men har bir talabamni ish yoki buyurtma bilan ta’minlashdan ojizman. Yaxshiroq biladigan talabalarga o’z buyurtmalarimdan ba’zilarini berdim. Buni ko’rgan boshqa talabalar ularga ham ish topib berishimni istab qolishdi. Lekin ular hali tayyor emas edi. Mashina xaydashni o’rgatgan ustoz har bir shogirdiga yo’lovchi topib berishga mas’ul emas. Kirakashlik qilib kamroq pul topgan odam yoki mijoz topa olmagan odam, mashina xaydashni o’rgatgan ustozini ayblashi to’g’ri emas. Bu narsa ham shunga o’xshash. Eng qiziq joyi bir necha kundan keyin sodir bo’ldi. Shogirdim Fahriddin Azimov telefon qilib qoldi: Fahriddin Azimov : Assalomu alaykum Qudrat aka. Yaxshimisiz? Qudrat Abdurahimov: Vaalaykum assalom. Rahmat. Fahriddin Azimov: Bir narsa so’ramoqchi edim, vaqtingiz bormi? Qudrat Abdurahimov : So’ra, bemalol. Fahriddin Azimov: Delphini ozmi – ko’pmi biladigan shogirdlaringiz yo’qmi? Ja ko’p bilishi ham shart emas. Formalar bilan, ma’lumotlar bazasi bilan ozroq ishlashni bilasa bo’ldi. Bo’ladigan bola bo’lsa, qolganini o’zim o’rgatib olaman. Lekin biror narsani 1 – 2 ko’rganda ilib oladigan bo’lishi kerak. Aytuvdimku sizga, bir ikkita buyurtmam bor deb. Kompyuter ustaxonasi, internet kartochkalar, …. Programmalarda 1 – 2 ta kamchiliklar chiqib turibdi. Odam unga bunga yugurib, borib - kelib hech ulgurmayapti. Shunga qarashgani kerak edi. Mayli, pulini ham imkoniyatga qarab kelishib ketarmiz… Yuqoridagi 2 ta voqeadan o’zingiz xulosa chiqarib olavering. TATU 4 – kurs talabasi, ertaga qo’liga dasturchi degan diplomni oladigan talaba “Dasturlashni o’rganaymi - yo’qmi? Talab bormi – yo’qmi?” deb yuribdi. 2010 yil TATUga xatto to’lov shartnomasi (kontrakt) asosida ham o’qishga kira olmagan inson, Fahriddin, dasturlashni o’rganib, buyurtma olib dastur ham tuzyapti. Xatto o’ziga shogird ham izlayapti. To’g’ri, TATU da dasturlashni Fahriddindan kuchli biladigan talabalarim bor. Ular Fahriddinga shogird bo’lishga ham, yoki u beradigan sheriklik puliga ham rozi bo’ishmaydi. Lekin bunaqalar kam. Ammo, “Dasturlashni o’rganaymi – yo’qmi” – deb yurganlar ko’p. Xatto 4 – kurs talabalari orasida ham bor. Men sizga 2010 yil dekabr oyida bo’lgan voqealarni yozdim. Xulosa qilish o’zingizga. 25 Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz Dasturlashni o'rganish uchun zarur bo'ladigan 7 ta narsa nima? Assalomu alaykum bo'lajak dasturchi. Siz bilan quyidagi bir xil ma'nodagi savollarga javob izlashga harakat qilamiz: "Siz yaxshi dasturchi bo'lishingiz uchun nima muammolar bor?" "Siz yaxshi dasturchi bo'lishingiz uchun nima kerak bo'ladi?" Siz yaxshi dasturchi bo'lishingiz uchun kerak bo'ladigan asosiy 7 ta narsa quyidagilar: 1. Boshlang'ich bilimlar (kompyuter savodxonligi, matematika va xakazo); 2. Shaxsiy kompyuter yoki kompyuterda ishlash imkoniyati; 3. Dasturlash asoslarni o'rgatuvchi kitob yoki ma'ruzalar matni; 4. Dasturlashdan masalalar to'plami; 5. Dasturlash asoslarni o'rgatuvchi video kurs; 6. Sizda paydo bo'lgan savollarga javob beruvchi shaxs yoki manba; 7. Vaqt va sabr; Keling ularga qisqacha izoh bersak. 1. Boshlang'ich bilimlar (kompyuter savodxonligi, matematika va xakazo); Agar Siz kompyuterga ishlashni yaxshi bilmasangiz yoki biror sonning 19 foizini bilmasangiz, unda oldin shu bilimlarni egallashingiz kerak bo'ladi. Keyin dasturlash bilan shug'ullanishingiz mumkin. 2. Shaxsiy kompyuter yoki kompyuterda ishlash imkoniyati; O'rgangan bilimlaringizni amalda sinab ko'rmasangiz unda yaxshi natijalarga erishishingiz qiyin bo'ladi. 3. Dasturlash asoslarni o'rgatuvchi kitob yoki ma'ruzalar matni; Bu muammo haqiqatda eng katta muammolardan biri. Rus va ingliz tillarida istalgancha ma'lumot topish mumkin. Haqiqiy dasturchi bo'laman degan inson, albatta bu tillarni bilishi shart. Kamida o'qigan narsasini tushunadigan darajada. "O'zbekcha kitob topa olmadim. Rus tilini yaxshi bilmayman, shuning uchun programma tuzishni yaxshi o'rgana olmadim." - degan bahonalarni hech kimga keragi yo'q. Na menga, na Sizga. O'zbekcha kitoblar juda ko'p bo'lmasa ham, juda yaxshi bo'lmasa ham bor. Yo'q emas. Ularning ba'zilarini men http://dastur.uz ga joylaganman. Ko'chirib foydalanishingiz mumkin. Shaxsan meni o'zim Pascal va Delphi bo'yicha o'quv qo'lanmani yozib chiqdim va saytimga joylab qo'yganman. C++ Builder va C++ da dasturlash asoslari bo'yicha 26 Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz ma'ruzalar matnini tayyorlayapman. Ularni 2012 yil Navro'z bayramidan keyin, aprel - may oylarida http://dastur.uz ga joylashni rejalashtirganman. 4. Dasturlashdan masalalar to'plami; Dasturlashdan bir nechta masalalar to'plamini http://dastur.uz ga joylaganman. Lekin to'g'risini aytsam, shaxsan mening ko'nglim to'lmagan ulardan. O'zbek tilida dasturlashdan zo'r bir masalalar to'plami kerak. Oddiydan murakkabga qarab boradigan. "Абрамян М.Э. Электронный задачник по программированию (Programming Taskbook)." ni eng yaxshi masalalar to'plamidan biri deb bilganim uchun uni tarjima qilishni boshladim. Masalalar to'plamida 1000 ta masala bor. Boshida 1000 ta masaalaning hammasin tarjima qilmoqchi edim. Bir o'zimga qiyinlik qildi. Bir tarafda ilmiy ishimni qilishim kerak, bir tarafda bitta - ikkita buyurtmalar bor. Yarimidan ko'pini tarjima qildim. Oxiri jonimga tegib ketdi. Masalaning programmasin tuzishdan ko'ra, uning tarjimasi ko'p vaqtimni olib qo'yadi. "Shart emas hammasini tarjima qilishim. Yetadi shu 500 ta misol. Xali shuni o'rganib chiqishsin bo'lajak dasturchilar" - degan xayollar o'tdi boshimdan. Juda qiynalganimda "Menga nima? Shartmi hammasini tarjima qilishim." - deya o'zimga - o'zim baqirgan vaqtlarim ham bo'ldi. Tashqariga chiqib, sal dam olib kelganimdan keyin, buyuk insonlardan birining "Boshlagan ishingni oxiriga yetkaz" degan o'gitlari esimga tushadi. O'tirib olib o'zimga o'zim- "Kel Qudrat, shu tarjimani oxiriga yetkazib qo'y, 1000 qiynalsang ham. Chunki bu ishni bir marta qilasan, undan ertaga 1000 - 1000 larcha bo'lajak dasturchilar foydalanishadi" deymanda yana tarjimani boshlayman. Gapning qisqasi tarjima oxiriga yetguncha, qiynalganimdan 1000 marta tarjimani to'xtatishga qaror bergan bo'lsam, 1000 marta oxiriga yetkazishga qaror berdim. Tarjima xali oxiriga yetmagan 2012 yil iyun oylarida oxiriga yetishi kerak. Agar meni ko'chada ko'rib qolsangiz, "Qudrat aka masalalar to'plamini oxiriga yetkazib bering" deb qo'ying. "Masalalar to'plamini bo'lajak dasturchilar kutishyapti" degan fikr menga kuch - quvvat bag'ishlaydi :) Yangiliklarda xabardor bo'lish uchun http://dastur.uz ga kirib turing. 5. Dasturlash asoslarni o'rgatuvchi video kurs; Ba'zi narsalarni o'rganishda video kurs kitobdan ko'ra yaxshiroq samara beradi, ba'zi o'rinlarda esa kitob yaxshi. Xech qachon video kurs kitobni o'rnini bosa olmaydi va kitob ham ba'zi masalalarda video kurs o'rnini bosa olmaydi. Har ikkalasining ham o'z o'rni bor. 6. Sizda paydo bo'lgan savollarga javob beruvchi shaxs yoki manba; Sizda paydo bo'lgan savollarning 99% ga GOOGLE amaki javob bera oladi. Yoki Yandex amakidan ham yordam so'rashingiz mumkin. Sizda paydo bo'lgan savolning javobni o'zingiz topishga harakat qiling. Boshida albatta qiynalasiz. Muammolarni 27 Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz google orqali hal qilishini o'rganganing. Forumlardan izlang, fikr almashing. forum.dastur.uz ga o'zingizni qiziqtirgan savollarni berishingiz mumkin. Yoki dasturlashni tushunadigan tanishingiz, do'stingiz, kursdoshingizdan ham so'rashingiz mumkin. O'zingizcha "Kelib - kelib shundan so'raymanmi?" demang. Bilmaganni so'rab o'rgangan olim, orlaning so'ramagan o'ziga zolim. So'rash bilan so'rashda ham farq borda. Siz shunday diplomatik muomala qilingki, insonlar sizga yordam bersin, bilmaganingizni o'rgantsin. "Manabuni tushuntirib yubor, aytib yuborsang nima bo'ladi. Biror joying kamayib qoladimi? yana nima balolardir" degan bilan ish bitmaydi. Undan ko'ra " 5 minut vaqting bormi o'rtoq? Yoki keyinroq kelaymi? Qachon kelsam bo'ladi? 1 ta savolim bor edi" - shaklida ishlatilsa juda zo'r bo'lardi. Bundan tashqari savol berish odoblari ham bor. Shunga amal qilinsa boshqalarni ham bezor qilib qo'ymaysiz. Oldin savolga javobni o'zingiz izlang. Keyin bu savolga javob berishi mumkin bo'lgan bir nechta odamdan so'rab o'rganing. Ularning fikrini solishtiring. Ko'p narsani biladigan insondan ixtiyoriy kitobdan topish mumkin bo'lgan, yoki ko'p inson bilishi mumkin bo'lgan narsani so'ramang. Odobsizlik hisoblanadi. U kishining vaqtini olmang. Unday insonlardan o'ziga xos qiyin masalalar so'raladi. Har xil mayda savollarni so'rayvermang. (Dars vaqtida so'rash mumkin. Darsdan tashqari xollarda vaqtini olmang) 7. Vaqt va sabr; Dasturlash asoslarini o'rganish uchun 1 yil - 2 yil vaqtingiz ketadi. Bu har kimning o'ziga bog'liq. Men yuqorida aytib o'tgan masalalarni o'rganish uchun sizning 1 yil vaqtingiz ketishi mumkin. Yoki undan ham ko'proq ketishi mumkin. Asosiysi qancha vaqtingiz ketsa ham shu masalalarni kami 80% o'zlashtirishingiz kerak bo'ladi. Bu ish oson bo'lmaydi. Birinchi marta ishlab chiqqanda 500 ta masalani o'rganishingiz mumkin. Bu yaxshi ko'rsatkich. Yana bir marta masalalarni boshidan ishlab chiqqanda Siz o'rgangan masalalar soni 600 taga yetdi. Bu ham yaxshi ko'rsatkich. Gapning qisqasi dasturlashni o'rganganda falonchi mendan oldin ketdi, men keyin qoldim degan gap shart emas. Siz o'zingizni - o'zingiz bilan solishtiring. Men oldingi oyda 200 ta masalani yechishni bilardim. Xozir 250 ta masalani yechishni bilaman. Shu tartibda Siz kamida 800 ta masalani yechishni o'rganing. Agar 1000 tasini ham yechishni o'rgansangiz juda zo'r bo'ladi. Oldidan aytib qo'yaman, vaqt ko'p ketadi, ancha qiynalasiz. Qiynalgan vaqtlaringizda qarang, Sizda atigi 400 ta masala qolibdi. 600 tani yechishni o'rganibsiz. Endi qolgan 400 tasini ham bir g'ayrat qilib o'rganib chiqing. Shu masalalarni yechishni bilishingiz, Sizning muvoffaqiyat kalitingizdir 28 Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz Siz bu 1000 ta masalani o'rganish bilan dasturlashni 1/5 qismini o'zlashtirgan bo'lasiz. Yuqoridagi tartibda Siz quyidagilarni ham o'rganib chiqishingiz kerak bo'ladi: 1) Ob'ektga yo'naltirilgan dasturlash ( Dasturlash asoslari + OOP = 1 / 3) 2) Visual programmalash (1 / 3) 3) Berilganlar (Ma'lumotlar) ba'zasi bilan ishlash (1 / 3) Men Sizni quyidagi 3 ta narsa bilan ta'minlashim mumkin. Qolganlari esa o'zingizga bog'liq. 1. Dasturlash asoslarni o'rgatuvchi kitob yoki ma'ruzalar matni; 2. Dasturlashdan masalalar to'plami; 3. Dasturlash asoslarni o'rgatuvchi video kurs; C++ DA DASTURLASH ASOSLARI VIDEO KURSI Assalomu alaykum bo’lajak dasturchi! Endi nazariy qismdan amaliy ishga o’tish vaqti keldi. Sizga "Dasturchi bo'lishni xohlaysizmi?" kitobida va'da qilganim, C++ da dasturlash asoslari video kursini taqdim qilayotganimdan xursandman. Nima uchun C++ ni o'rganishim kerak? Men Delphi, C++, C#, Java, PHP bo’yicha ham elektron darslik qilishni oldimga maqsad qilib qo’yganimni oldingi maqolalarda aytganman. Pascal va Delphi bo'yicha video kurs chiqqanidan ham xabaringiz bor. Endi navbat C++ ga keldi. Xo'sh, "Nima uchun C++ ni o'rganishim kerak?" degan savolga javob izlasak. Buning bir nechta sabablari bor. C++ tili Bern Stroustrup (Bjarne Stroustrup) tomonidan 1979 yil ishlab chiqilgan. Boshida Sraustrup yangi tilni "C with Class" deb nomladi. Keyinchalik 1983 yilda bu nom C++ ga o'zgartirildi. C++ oddiy C dasturlash tiliga yangi imkoniyatlarni, funksiyalarni, ob'ektga yo'naltirilganlik xususiyatlarini olib kirdi. C++ dasturlash tili, C dasturlash tili asosida qurilgan va uning barcha imkoniyatlarini o'zida saqlaydi. Qisqacha qilib aytadigan bo'lsak, C++ da yozilgan dastur kodida C ning kodlarini ishlatish mumkin. Djess Libertining fikricha C++ va Java dasturlash tillari bir - biriga juda o'xshash. "Bulardan birini o'rgangan dasturchi ikkinchisini 90% o'zlashtiradi." deb yozadi Liberti o'zining "C++ за 21 день" nomli kitobida (kitobning 29 - betiga qarang). Umuman olganda C++ ni o'rgangan dasturchi Java va C# dasturlash tillarini 90% o'zlashtiradi. 29 Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz C++ dasturlash tili, C dasturlash tili imkoniyatlarini oshirish maqsadida ishlab chiqilgan. Bu tillar asosan tizimli programmalashda juda qo'l keladi. Java dasturlash tili esa, C va C++ da bor bo'lgan afzalliklar va kamchiliklarni inobatga olgan xolda ishlab chiqilgan yangi til hisoblanadi. Dastlab Javada tuzilgan dastur, har qanday platpormada ishlashligi maqsad qilingan xolda ishlab chiqilgan (1991 yillarda). Internetni rivojlanishi bilan, Javani ishlab chiqaruvchilar guruhi asosiy e'tiborni webga qaratishadi. Ko'p mutaxxasislar fikricha internetning rivojlanishi bilan Javaning rivojlanishi bir vaqtga to'g'ri kelgani, Javaning muvoffaqiyatiga sabab bo'lgan. Ya'ni, Java web (tarmoq) texnologiyalarda juda keng qo'llaniladi. Keyinchalik Microsoft firmasi tomonidan Javaga raqobatchi sifatida C# dasturlash tili (2001 yil) ishlab chiqildi. C# dasturlash tili Delphi, C++ va Javada bor bo'lgan afzalliklar va kamchiliklarni inobatga olgan xolda ishlab chiqilgan. Ba'zi mutaxassislar C# kelajak texnologiyalari tili deb hisoblashadi. Shunday bo'lishiga qaramasdan, xozircha C++ va Java dasturlash tillari o'z mavqeini yo'qongani yo'q. Umuman olganda har bir dasturlash tilining o'xiga xos afzalli va kamchiliklari, ishlatiladigan o'rni bor. Men sizga C++ da dasturlash asoslarini yaxshilab o'rganishni taklif qilaman. Keyinchalik C++ni chuqur o'rganishni davom ettirasiz yoki xohlasangiz C# yoki Java dasturlash tiliga o'tib ketishingiz mumkin bo'ladi. Savol: Men Javani (C# ni) o'rganishni xohlayman. C++ ni o'rganmasdan to'g'ridan to'g'ri Javani (C# ni) o'rganishni boshlashlik afzal emasmi? Javob: Java yoki C# ni to'g'ridan - to'g'ri o'rganishni boshlashlik afzal bo'ladi, agar sizga haqiqiy ma'noda bu dasturlash tillarini o'rgata oladigan odamni topsangiz. C++ da dasturlash asoslarini o'rganib keyin boshqasiga o'tishning afzalliklari: Java yoki C# ni yaxshi o'rgatadigan domla topish juda qiyin masala; C++ ni o'rganish bilan C# ni 90% o'rgangan bo'lasiz; C++ ni o'rganish bilan Javani 90% o'rgangan bo'lasiz; C# va Javada ko'rsatkich kabi bir qator narsalar yo'q. Shuning uchun bu dasturlash tillari bilan C++ solishtirilganida, siz mutaxxasis bo'la turib mavzuning moxiyatini tushunmay qolishingiz mumkin. Xulosa qilishga shoshilmang. Ushbu sahifani oxirigacha o'qing. Atigi 10 daqiqadan keyin, ushbu maqolani o'qib bo'lib, keyin xulosa qilishingiz afzal. 30 Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz C++ video kusri quyidagilardan tashkil topgan: 1. 2. 3. 4. 5. Ma’ruzalar matni; Video ma’ruza; 1000 dan ortiq masalalar to’plami; 1000 dan ortiq masalaning yechimi; Dastur taxlili; 1) Ma'ruzalar matnini ishlab chiqish uchun bir yildan ortiq vaqt ketdi. Ba'zi tushuntirish qiyin bo'lgan mavzularni bir nechta kitobdan o'qib chiqib keyin yozishga tog'ri keldi. 1000 ta masalani yechish uchun ushbu ma'ruzalar matni kifoya qilishi kerak edi. Ba'zi masalalar uchun kerak bo'ladigan funksiyalarni tushuntirish uchun ma'ruzaga o'zgartirishlar kiritildi. Shuning uchun ma'ruzalarda qo'shilgan masalalarning sanalariga e'tibor beradigan bo'lsangiz har xil va bir - biridan juda uzoq. 2) Video ma'ruzalar ishlab chiqildi. Chunki, ba'zi narsalarni video orqali tushuntirish oson va qulay. Lekin ba'zi mavzularni, narsalarni ma'ruzalar matnidan o'qish, o'rganish qulay. Shuning uchun har ikkalasi ham tayyorlandi. Bular bir birlarining kamchiliklarini to'ldiradi. 3) Masalalar to'plami sifatida, xozirgi kunda eng mashxur bo'lgan "Электронный задачник по программированию (Programming Taskbook)" tanlandi. Muallif Abramyan Mixail Eduadovich fizika - matematika fanlari nomzodi, diskret matematika va algebra kafedrasi dotsenti. http://ptaskbook.com Dasturlashni o'rganish uchun zarur bo'ladigan 7 ta narsa maqolasida bu masalalarni qanday tarjima qilganim yozilgan : ) Bir o'zim tarjima qila olmaganimdan keyin do'stlarim Farxod Abdirimov va Dilobar Nigmanovalardan yordam so'radim. 3 kishi bir bo'lib harakat qilib tarjimani oxiriga etkazdik :) 4) 1000 ta masalani tarjima qilishning o'zi kifoya qilmaydi. Bu masalalarni orasida osoni ham bor, qiyini ham bor. Qiyin masalalarning yechimini o'rgatishga to'g'ri keladi. Lekin kimga qaysi masala qiyinlik qilishini aniqlash ham mushkul masala :) Shuning uchun hamma masalaning yechimini izohlar bilan o'rgatishga harakat qilindi. 5) Programmalarni tushinish oson bo'lishi uchun "Dastur taxlili" nomli programma ishlab chiqdim. 31 Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz Video kursda faqat C++ dasturlash tili emas. Dasturlashning mag'zi, mantig'i, asoslari o'rgatildi. Barcha dasturlash tillarida asos, mantiq, algoritm bir hil bo'ladi. Barcha dasturlash tillarini birlashtirib turuvchi asos o'rgatildi. C++da dasturlash asoslari video kursi Narxi 55$ To’lov O’zbekiston Markaziy Bankining joriy kundagi qiymati bo’yicha so’mda amalga oshiriladi. Hoziroq qo’ng’iroq qiling: + 998 90 808 37 38 (Qudrat Abdurahimov) + 998 93 798 25 95 (Qudrat Eshmetov) dasturchi@mail.ru + 998 90 995 11 55 (Sardor Dushamov) 32 Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz Video kurs narxi qimmatmi? Unda siz o’quv kurslari bilan solishtirib ko’ring. Bu yerdagi ma’lumotlarni 6 – 12 oy davomida o’quv kursida o’qitiladi deb hisoblang. Xech bir o’quv markazda C++da dasturlash asoslari video kursida o’rgatilgan bilimlar to’liq o’rgatilmaydi. Xatto ba’zi o’quv markazlarida aniq bir ishchi dasturning o’zi yo’q. Agar meni gapimga ishonmasangiz, o’quv markazlarda o’qigan yoki o’quv markazlardan xabari bor tanishlaringizdan so’rab ko’rishingiz mumkin. Xatto, video kursning asosiy qismlari bo'lgan ma'ruzalar matni va masalalar taxlilini inobatga olmasdan, faqat 1000 ta masalaning yechimini o'zini olib qaraylik, maylimi? Sizga kim 1000 ta masalaning yechimini o'rgatadi? Qanchaga o'rgatadi? Agar Siz har bir masala uchun 0,5$ berishni taklif qilsangiz, unda 1000 * 0,5$ = 500$ Siz masalalarning teng yarmi 500 tasini o'zingiz mustaqil o'rgandingiz deb hisoblasak, 500 tasini yechib berishini iltimos qilishingizga to'g'ri keladi. Demak, 500 * 0,5$ = 250$ Video kursdan C++ni o'rganish orqali qancha daromad qilganingizni o'zingiz hisoblab olavering. Sizda savol tug'ilishi mumkin: "1000 ta masalaning yechimini bilishim shartmi?" degan. Shu oddiy talabalar bilishi kerak bo'lgan 1000 ta masalaning dasturini tuzishni bilmasangiz, Sizni qaysi firma ishga oladi? Sizga qancha oylik beradi? Siz qancha so'ray olasiz? Yuqoridagi savollarga o'zingiz javob bering. Demak, Siz uchun xozirgi kundagi eng to'g'ri yo'l C++ video kursini a'lo darajada o'rganish. Hoziroq qo’ng’iroq qiling: + 998 90 808 37 38 (Qudrat Abdurahimov) 33 Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz + 998 90 995 11 55 (Sardor Dushamov) + 998 93 798 25 95 (Qudrat Eshmetov) C++ da dasturlash asoslari video kursi sizga nima bera oladi? C++ da dasturlash asoslari video kursini ko’rib chiqishni nafaqat bo’lajak dasturchilarga, balki “Dasturlash asoslari” fani o’qituvchilariga ham tavsiya etamiz. C++ da dasturlash asoslari video kursini a'lo darajada o'zlashtirgandan keyin, Siz quyidagilarni bilib olasiz: Dasturchi qanday fikrlashini. (Chunki o'zingiz haqiqiy dasturchi kabi fikrlay boshlaysiz) Dasturchilar oldidagi muammolar va ularni hal qilish usullarini O'qituvchilar "Dasturlash asoslari" fanini o'qitish texnologiyasini Masalalarni mukammallashtirishni ( optimallashtirishni ) Dastrurlash san`atini Yuqoridagilardan tashqari quyidagi imkoniyatlarga ega bo`lasiz: C# da dasturlash asoslarini 2 oyda o`rgana olasiz Javada dasturlash asoslarini 2 oyda o`rgana olasiz PHP da dasturlash asoslarini 2 oyda o`rgana olasiz Har qanday yuqori darajali dasturlash tillari asoslarini 3 oyda o`rgana olasiz Eng ko’p so’raladigan savollarga javoblar: 1 – Savol: C++ da dasturlash asoslari video kursini to’la o’rganish uchun qancha vaqt ketadi? Javob: Bu Sizning o’rganich tezligingizga va boshlang'ich bilimlaringizga bog’liq. 6 oydan 1 yilgacha vaqt oralig'ida to'la o'rganish mumkin. 2 – Savol: Qaysi qismni o’rganish qiyinroq? Javob: Har qanday ishni boshlash qiyin bo’ladi. Agar Siz “Dasturlash asoslari”ni sabr bilan mukammal o’rgansangiz, C++da ob'ektga yo'naltirilgan dasturlashni o'rganish oson bo'ladi. 34 Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz C++da dasturlash asoslarini bilmasdan turib, ob'ektga yo'naltirilgan dasturlashni o'rganishning imkoni yo'q. Mutaxassislar va talabalar tomonidan bildirilgan fikrlar: Botirxon Ziyatov "Kelajak Ovozi 2011" ko’rik tanlovi g'olibi Men akademik litseyda o’qib yurgan damlarimda matematika, fizika fanlarini yaxshi o’zlashtirib yurardim. Akademik litseyda informatika sohasida yaxshi biladigan talabalar juda sanoqli edi. Meni bir domlam shu informatika faniga qiziqtirdi va dasturlash nima ekanligidan boshlang’ich tushunchalarni berib o’tdi. Menda dasturlashga qiziqish ortib bordi va shu soxa bo’yicha Toshkent Axborot Texnologiyalari universitetiga o’qishga kirdim. 1 – kursligimdanoq dasturlashni yanada chuqoroq o’rganishni o’z oldimga maqsad qilib oldim. Bir kuni Internet kafeda intellektual.uz saytiga kirdim saytda yozilgan maqolalar bilan tanishib chiqdim va u yerdan o’zimga kerakli odamni topdim. Ishonardim albatta bu inson menga xayotda dasturlashdan yanada ko’proq bilim berishiga. Qudrat akadan men Delphi dasturlash tilini o’rgatuvchi video darsni oldim. Ushbu video darsdan ancha bilimga ega bo’ldim va o’zim mustaqil dastur tuza oladigan bo’ldim. Qudrat akadan o’rgatgan bilimlari asosida 2011 yil Kelajak Ovozi ko’rik tanlovida respublika bosqichi g’olibi bo’ldim. To’g’risini aytganda, dasturlash bo’yicha mendan kuchli bir nechta talaba bor edi. ( o’sha paytlarda, 1 – kursligimda). Ular atigi bitta xatoga yo’l qo’yishdi. O’zlariga yaxshi ustoz tanlay olishmadi. Men o’ylaymanki, Qudrat aka chiqarayotgan video darslar har qanday dasturlashni o’rganmoqchi bo’lganlar uchun juda zarur. Ayniqsa, C++ da dasturlash asoslari video kursini har bir talaba hech ikkilanmasdan 100% o’zlashtirishi shart. 35 Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz Botirxon Ziyatov "Kelajak Ovozi 2011" ko’rik tanlovi g'olibi. TATU 3 - kurs talabasi. Insonlar borki bilimlari ko'p, ammo 1) o'z bilimlarini aniq bir maqsad sari yo'naltira olishmaydi 2) xatto birorta ham programma paketini oxiriga yetkaza olishmaydi 3) yoki o'z bilimlarini mukammal tarzda o'quvchiga yetkaza olishmaydi. Respublikamizda juda ko'p programmistlar bor. Ammo ularning ba'zilari bilimlarini o'zgalardan yashiradi, ba'zilarida pedagogik mahorat kamligi sababli yosh dasturchilarga mukammal darajada programma tuzishni o'rgata olishmaydi. O'zbekiston Milliy Universitetida ham, Toshkent Axborot Texnologiyalari Universitetida ham va boshqa Universitetlarda ham Qudratdan 10 marta ko'p tajribaga ega domlalar bor. Qudratning boshqalardan ajralib turadigan asosiy 2 ta farqi bor: 1) Zamonaviy dasturlash tillarida tayyor programma paketlarini ishlab chiqqanligi 2) Talabalarga dasturlashi o'rgatishda o'ylab topilgan masalalarni emas, balki hayotiy muammolar yechimini o'rgatishida. Qudrat, Toshkentda eng mashhur bo'lgan Kalanov nomli kompyuter kollejida, ko'cha bezorilaridan iborat guruhlarda kuchli programmist shogirtlar tayyorlay oldi va Qahramon Zuparov kabi talabchan direktor nazariga tushdi. Dunyoda eng qimmat mutaxassislar: Doktorlar, yuristlar, programmistlar. Professional programmistlar bilan doimiy birga shug'ullanish hammaga nasib etmaydi, ammo Qudrat Abdurahimovning video kurslari hammisha Siz bilan birga. Babajonov Mo'minjon. Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti, Informatika kafedrasi o’qituvchisi Sizni dasturchi bo’lishingizni orqaga suradigan birorta ham sababni ko’rmayapman. Siz va Sizning yangi imkoniyatlaringiz, qiyofangiz orasi bir qadam. Dasturlashni o’rganishni orqaga surmang. Hoziroq boshlang. 36 Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz Siz tuzmoqchi bo’lgan dasturlarni qancha odam sabrsizlik bilan kutayotganini unutmang. Hoziroq ishga kirishing. “C++ da dasturlash asoslari video kursi”ga bonus sifatida quyidagilarni qo’lga kiritasiz: Learn By Heart - ingliz tilini o'rgatuvchi 15$ lik dastur 1) Mening bosh maqsadim programmistlarni tayyorlash. Hozirgi kunda har qanday dasturchi ingliz tilini o'rganishi shart. Shuning uchun man shogirtlarimga Learn By Heart dasturini sovg'a qilaman. 2) Дейтел Х. М. , Дейтел П. Дж.. Как программировать на C++; 3) Глушаков С.В., Коваль А.В., Смирнов С.В. Язык программирования С++: Учебный курс.- Харьков: Фолио; М.: ООО «Издательство АСТ», 2001.-500с. 4) http://cplusplus.com - sayti ma'lumotlarining nusxasi 5) http://programmingsimplified.com - sayti ma'lumotlarining nusxasi P.S. www.dastur.uz sayti bilan tanishib boring. Siz uchun qiziqarli elektron darslik va ma’lumotlarni berib boramiz. P.S.S. Agar Siz o’z kasbingiz ustasi (Masteri) bo’lsangiz, biz bilan bog’laning. Siz bilan hamkorlik qilishdan biz hursand bo’lamiz. P.S.S.S. Siz tuzmoqchi bo’lgan dasturlarni qancha odam sabrsizlik bilan kutayotganini unutmang. Hoziroq ishga kirishing. 37 Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz Pascal va Delphida dasturlash video kursi Assalomu alaykum bo’lajak dasturchi! Dasturlashni professional darajada o’rgatuvchi multimediali dasturlar seriyasini sizga taqdim qilayotganimdan xursandman. Bular quyidagilar: 1) Turbo Pascalda dasturlash asoslarini o’rgatuvchi multimediali intellektual o’quv dastur 2) “Delphi Expert - 1”. Delphi boshlovchilar uchun Bu dasturlar sizga nima bera oladi? Turbo Pascalda dasturlash asoslari intellektual o`quv dasturni ko’rib chiqishni nafaqat bo’lajak dasturchilarga, balki “Dasturlash asoslari” fani o’qituvchilariga ham tavsiya etamiz. 38 Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz Turbo Pascalda dasturlash asoslari intellektual o`quv dasturni a'lo darajada o'zlashtirgandan keyin, Siz quyidagilarni bilib olasiz: Dasturchi qanday fikrlashini. (Chunki o'zingiz haqiqiy dasturchi kabi fikrlay boshlaysiz) Dasturchilar oldidagi muammolar va ularni hal qilish usullarini O'qituvchilar "Dasturlash asoslari" fanini o'qitish texnologiyasini Masalalarni mukammallashtirishni ( optimallashtirishni ) Dastrurlash san`atini Yuqoridagilardan tashqari quyidagi imkoniyatlarga ega bo`lasiz: C++ da dasturlash asoslarini 3 oyda o`rgana olasiz C# da dasturlash asoslarini 3 oyda o`rgana olasiz Javada dasturlash asoslarini 3 oyda o`rgana olasiz PHP da dasturlash asoslarini 3 oyda o`rgana olasiz Har qanday yuqori darajali dasturlash tillari asoslarini 3 oyda o`rgana olasiz Nima uchun Pascal - Delphi? Men Delphi, C++, C#, Java, PHP bo’yicha ham elektron darslik qilishni oldimga maqsad qilib qo’yganimni oldingi maqolalarda aytganman. Nima uchun Pascal va Delphidan boshlaganimni ham aytib o’tgandim. Dastlab Pascal va Delphi tanlanishimning ba’zi sabablarini yana sanab o’tsak: 1. Men 1999 yildan buyon Pascal va Delphi bilan shug’ullanaman. 10 yillik tajribaga egaman. 2. Delphini o’qitish bo’yicha 5 yillik tajribaga egaman. Talabalar qachon va qanday xato qilishini bilaman. 3. Delphida dasturlashni o’rganish, boshqa dasturlash tillarini o’rganishdan ko’ra oson. Dastur kodi soddaroq ko’rinishga ega. 4. Windows tizimi uchun dastur tuzishda, Delphi eng tezkor vositadir. 39 Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz 5. Delphida dasturlashni biladigan dasturchi, qisqa vaqtda C++ Builder ga o’tishi mumkin. 6. Windows tizimi uchun Delphida har qanday dasturni tuzish mumkin. Windows tizimi uchun dastur tuzishda, Delphi eng tezkor vosita ekaniga bir dalil keltirsak. Dalilimiz asosli ekanini tasdiqlash uchun ruscha matnni o’zini keltiramiz. http://ru.wikipedia.org/wiki/RAD_(программирование) Embarcadero RAD Studio — среда быстрой разработки приложений (RAD для Microsoft Windows фирмы Embarcadero Technologies. Текущая версия Embarcadero RAD Studio 2010 объединяет Delphi 2010 и C++ Builder 2010 в единую интегрированную среду разработки. В данной версии также реализована поддержка таких технологий .NET, как WinForms, WPF, ADO.NET, ASP.NET и LINQ. Embarcadero RAD Studio – Microsoft Windows uchun tezkor dastur tuzish vositasi. Oxirgi versiyasi: Embarcadero RAD Studio 2010, Delphi 2010 va C++ Builder 2010 ni bir integrallashgan muxitda birlashtirgan. .NET, WinForms, WPF, ADO.NET, ASP.NET va LINQ teznologiyalari bilan ham ishlash mumkin. Ba’zi dasturchilar, “Delphi dasturlash tili rivojlanishdan to’xtadi” - deb bilishadi. Bunday deb o’ylashlariga sabab nimada? 2006 yil 8 fevralda Borland firmasi dasturiy vositalarni ishlab chiqarishni tugatmoqchi ekanini, bu bo’limni sotish niyatida ekanini e’lon qildi. 2006 yil noyabrda Borland firmasi dasturiy vositalar bilan ishlash bo’limlarning barchasi o’zining qaramog’idagi bo’lgan CodeGear firmasiga o’tganligini e’lon qildi. 2007 yil martda CodeGear RAD Studio 2007 chiqarildi. 2008 yil 1 iyunda CodeGear firmasi Embarcadero Technologies firmasi tomonidan sotib olindi. Delphi va C++ Builder ning keyingi versiyalari Embarcadero Technologies firmasi tomonidan ishlab chiqilmoqda. Ya’ni Delphi rivojlanishdan to’xtagani yo’q. Umuman olganda Delphi 7 ning o’zida Windows uchun har qanday dasturni tuzish mumkin. Shuning uchun Delphining keyngi versiyalarida asosiy urg’u .NET va boshqa texnologiyalarga qaratilgan. Eng asosiysi, men hozirgi kunda boshqa dasturlash tillariga nisbatan Delphini ko’proq bilaman. Shu kungacha http://dastur.uz saytida e’lon qilingan barcha dasturlar Delphida tuzilgan. Shuning uchun birinchi Pascal va Delphi bo’yicha elektron darslik qilishni tanladim. 40 Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz Dasturlash asoslari multimediali intellektual o’quv dasturi Narxi 29$ “Delphi Expert - 1”. Delphi boshlovchilar uchun Narxi 49$ O’zbekiston Markaziy Bankining joriy kundagi qiymati bo’yicha. Dasturlashni professional darajada o’rganish uchun Siz atigi: 29$ + 49$ = 78$ xarajat qilishingiz kerak bo’ladi. 41 Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz Hoziroq qo’ng’iroq qiling: + 998 90 808 37 38 (Qudrat Abdurahimov) + 998 97 798 25 95 (Adilbek Atayev) dasturchi@mail.ru + 998 95 199 33 90 (Sardor Dushamov) 78$ to’rt yillik kontrakt puli yonida xech qancha qiymatga ega emas. O’zingiz hisoblab ko’ring! 78$ ni O’zbekiston Markaziy Bankining dollarga nisbatan joriy kundagi qiymatiga ko’paytiring va solishtirib ko’ring. Yoki o’quv kurslari bilan solishtirib ko’ring. Bu yerdagi ma’lumotlarni 9 – 12 oy davomida o’quv kursida o’qitiladi deb hisoblang. Xech bir o’quv markazda “Delphi Expert” da o’rgatilgan bilimlar to’liq o’rgatilmaydi. Xatto ba’zi o’quv markazlarida aniq bir ishchi dasturning o’zi yo’q. Agar meni gapimga ishonmasangiz, o’quv markazlarda o’qigan yoki o’quv markazlardan xabari bor tanishlaringizdan so’rab ko’rishingiz mumkin. Bu narsalarni o’rganish uchun mening 10 yil umrim ketdi. Qancha asab ketdi. Ba’zi narsalarni 6 oy izlaganman. Shu 10 yilda o’rganilgan ilimlarni Siz 1 yilda o’rganishingiz mumkin. "Dasturlash asoslari" ma'ruza matnining o'zini bir yil mobaynida yozganman. Masalalarni bir necha bor tartiblaganman. "Dasturlash asoslari" ma'ruza matni 2006 yil yozib tugatilgan. 2009 yilda video ma'ruza shakliga keltirildi. “Delphi Expert” orqali dastur tuzishni o’rgandingiz ham deylik. Bu Sizga nima beradi? Siz o’z diplom loyihangizni Delphida qilishingiz, yoki kimningdir diplom ishi dasturini tuzib berishingiz haqida gaplashib o’tirmaymiz. Delphida o’zingiz tuzgan dastur orqali foyda ko’rishingiz mumkinmi? Shu haqida gaplashsak nima deysiz? Misol uchun Siz quyidagi dasturlarni tuzish orqali daromad qilishingiz mumkin. 1. Xorijiy tillarni o’rgatuvchi multimediali o’quv dasturlarini. (English, Russian, German, Spanish, Italian, French, …) 2. Har xil turdagi elektron darsliklarni 3. Buxgalteriya dasturlarini 4. Har xil lug’at dasturlarini. (English – Uzbek; Russian – Uzbek, German – Uzbek, …) 5. Savdo yoki har xil kirim – chiqimni hisoblovchi dasturlarni 6. Hakazo ... 42 Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz Keling yuqorida keltirilganlardan bittasiga to’xtalsak. Xorijiy tillarni o’rgatuvchi multimediali o’quv dasturlar. Hozirgi kunda xorijiy tillarni o’rganishga talab juda katta ekanini bilasiz. Afsuzki, hozircha o’zim tuzib chiqqan 1 – 2 dasturdan bochqa o’zbek tilida xorijiy tillarni haqiqiy ma'noda o’rgatuvchi dasturlar yo’q. ( Learn By Heart, English for pre - intermediate) O’zbek tilida, ingliz tilini o’rgatuvchi dasturlarni har xil medotlar bilan ishlab chiqish mumkin. Bu degani, bitta ingliz tilini o’rgatish uchun 10 xil yoki undan ham ko’proq dastur ishlab chiqish mumkin. Agar ingliz tilini yaxshi bilmasangiz, minglab ingliz tilini yaxshi biladigan o’qituvchilar bor. Shular bilan hamkorlik qilishingiz mumkin. Ingliz tili o’rnida boshqa ixtiyoriy til ham bo’lishi mumkin. Ingliz tilini o’rgatuvchi dasturingizni o’rtacha 5$ dan soting. Siz uchun 4$ sof foyda keltirsin. Ingliz tilini o’rganishni xohlaydigan nechta xaridor bor deb o’ylaysiz? Agar siz o’z dasturingizdan 100 nusxa sotsangiz, 400$ sof foyda qilasiz. “Delphi Expert” ni narxini olib tashlasak, 400$ - 157$ = 243$ foyda qilgan bo’lasiz. Endi Siz dasturingizni 200, 300, … nusxada sotsangiz qancha foyda qilishingizni o’zingiz hisoblab ko’ring. Hali bu bir dastur orqali ko’rgan foydangiz. Agar bir nechta dastur tuzsangiz qancha bo’lishini yana bir hisoblab ko’ringchi!? Yoki Siz buxgalteriyaga doir dastur tuzishingiz ham mumkin. Buxgalteriya sohasida albatta yangiliklar bo’lib turadi. Bu asa Sizning qo’shimcha daromad manbaingizdir! Siz hech ham buzgalteriyaga oid "1C" yoki "БЭМ" kabi professional dasturlardan cho'chimang. Chunki dastur qanchalik mukammallashsa, undan foydalanish shunchalik murakkablashadi. Siz tor doira uchun buxgalteriya dasturini tuzing. Ya'ni biror korxonani talab va taklifi asosida, aynan shu korxona uchun dastur ishlab chiqing. Shunda bu korxona har qanday professional dasturni qo'yib, o'zining ehtiyojlarini to'la qondiradigan va sodda bo'lgan Sizning dasturingizni tanlaydi. Shu dasturning o'zini yoki qisman o'zgatrirish orqali boshqa korxonaga ham taklif qilishingiz mumkin. 43 Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz Ishlab chiqarish korxonalari kirim – chiqimini hisoblovchi dasturlarni ham tuzishingiz mumkin. Tanishlaringizning qanchasi savdodagi hisob kitobini qog’oz ruchkada qiladi? Ayna qancha tanishingiz o’z super marketiga boshqalarning dasturini qo’ydi, yoki qo’yishmoqchi? Bularning hammasi Siz uchun daromad manbaiku! Eng ko’p so’raladigan savollarga javoblar: 1 – Savol: “Delphi Expert”ni to’la o’rganish uchun qancha vaqt ketadi? Javob: Bu Sizning o’rganich tezligingizga bog’liq. Dasturlash asoslarini 3 – 6 oy da o’rganish mumkin. “Delphi Expert – 1. Delphi boshlovchilar uchun” ma’lumotlarini 3 oyda. “Delphi Expert – 2. Delphi professionallar uchun” ma’lumotlarini 3 – 4 oyda. 2 – Savol: Qaysi qismni o’rganish qiyinroq? Javob: Har qanday ishni boshlash qiyin bo’ladi. Agar Siz “Dasturlash asoslari”ni sabr bilan mukammal o’rgansangiz, qolgan 2 bo’limda qiynalmaysiz. Agar “Dasturlash asoslari”ni yaxshi o’rganmasangiz qolgan qismlarni tushunmay qolishingiz mumkin. Eng katta e’tiborni “Dasturlash asoslari” ga qaratish kerak. 3 – savol: Plastik kartochka orqali pul o’tkazish mumkinmi? Javob: Mumkin va bu juda oson. To’liq ma’lumot olish uchun +998 90 808 37 38 ga qo’ng’iroq qiling. Mutaxassislar va talabalar tomonidan bildirilgan fikrlar: 1999 yil Toshkent Davlat Texnika Universiteti. Talabalarni Windows amaliyot tizimida ishlayotganini, fayllardan nusxa olayotganini ko'rgan Qudrat hayratda qotib qolgan edi. Windows va Ofis dasturlari bilan ishlashni "Telematika" kursida meni o'zimdan o'rgandi. Faqat Universitetda o'qitiladigan darslar bilan chegaralanib qolmadi. Dasturlashni yaxshi o'rganish uchun qo'shimcha kurslarga qatnashdi. Delphida dasturlashni Tohir akadan o'rgandi. 2003 yil, ya'ni 4 - kursda Delphini eng yaxshi biladigan talaba edi. Hozirgi kunda Delphini eng yaxshi o'qitadigan ustoz desam mubolag'a bo'lmaydi. Misol uchun "Dasturlash asoslari" video kursiga ozgina to'xtalsak. 44 Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz Video kurs ma'ruza matni, video ma'ruza, amaliyot qismlaridan iborat. Ma'ruza matni gipermatnlar yordamida qulay bir shaklga keltirilgan. Video ma'ruzada masalalar amaliy ishlab ko'rsatilgan. Video ma'ruzani ko'rish jarayonida inson o'zini xuddi Qudrat bilan yonma - yon o'tirib ishlayotgandek his qiladi. Amaliyot qismida 1. 2. 3. 4. 5. Mavzuga tegishli har bir masalaning qo'yilishi tushuntiriladi Kiruvchi va chiquvchi ma'lumotlar taxlil qilinadi Talaba yo'l qo'yishi mumkin bo'lgan xatoliklar sanab o'tiladi Masalaning algoritmi, blok sxemasi keltiriladi Masalaning yechimi keltiriladi Har bir masala uchun yuqoridagi narsalarni kiritish uchun insonda tog'dek sabr va kasbiga fidoyilik kerak bo'ladi. Qudrat "Dasturlash asoslari" video kursini menga ko'rsatganida, 1999 yil Qudrat Windowsda ishlayotgan talabalarni ko'rib qanday hayratda qolgan bo'lsa, men ham shunday hayratda qoldim. Bir kun kelib bu bola hech kim qilmagan ishni qiladi deb o'ylamagandim. Bo'lajak yosh dasturchilar, Siz ham bir kun kelib hech kim qilmagan ishni qilishingiz, hammani hayron qoldirishingiz mumkin. Buning uchun Siz Qudrat yurgan yo'ldan yurishingiz kerak bo'ladi. Ergashyev Abdunabi. Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti o'quv bo'limi boshlig'i. 45 Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz Men, Maxarov Qodirbek Tolkunovich, Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti, Mexanika-matematika fakulteti, “Programmalash va tarmoq texnologiyalari” kafdedrasi, “Informatika va axborot texnologiyalari” yo’nalishi, 3-kurs talabasiman. Mutaxassisligim bo’yicha men dasturchiman. Hozirgacha dasturlashning ancha qismini o’rgandim, o’z ilmiy salohiyatimni ancha oshirdim. Lekin har bir insonda o’rgangan ilmlarini, bilimlarini mukammallashtirishidan avval shu bilimlarning qandaydir asosi bo’lishi kerak. Menga mana shu asosni mening dasturlash bo’yicha birinchi ustozim Abdurahimov Qudrat aka berganlar. Men u kishidan bilmagan ilmimni o’rgandim, o’zim uchun yangi qirralarni kashf qildim. Men dasturlashning asosini aynan Qudrat akadan o’rgandim. O’quv kursiga qatnardim. Qudrat aka esa bizga dars o’tardilar. Doim yangi dastur yaratib uyga qaytardim. Bularni esa Qudrat aka tufayli qilardim, chunki ular menga doim dasturlashning yangi qirralarini o’rgatardilar, har darsda Qudrat akadan o’zim bilmagan ilmni olardim. Shunday qilib kursdagi o’qishim tugadi ham. Kursni a’lo bahoga bitirib chiqdim, universitetga hujjat topshirdim. Hozir esa universitetda o’qiyapman. Dasturlashning yanada yangi qirralarini o’rganyapman, lekin baribir menga dasturlashning asosini bergan ustozim – Qudrat akadir. Ulardan dasturlashni o’rganmaganimda, hozir ham universitetda qiyinchilik bilan o’rgangan bo’lardim. Qisqa qilib aytadigan bo’lsam, haligacha Qudrat akadek ustozni uchrata olmadim. Menga shu bilimlarni bergani uchun ularga ming marta rahmat aytsam ham kam! Bugungi kunda Qudrat akaning yutuqlarini ko’rib bevosita men ham quvonyapman. Ular chiqargan disklar, video darsliklar men kabi yana minglab bolalarga ta’lim berishini eshitib quvonyapman. O’sha minglab bolalar uchun ham Qudrat aka birinchi ustoz bo’ladi deb umid qilaman. Maxarov Qodirbek. O’zbekiston Milliy Universiteti 3 - kurs talabasi 46 Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz "Delphi Expert” O’zbekistonda dasturlashni haqiqiy ma’noda o’rgatadigan, eng birinchi multimediali dastur. To’g’ri, keyinchalik dasturlashni o’rgatuvchi bir - biridan zo’r dasturlar chiqishi mumkin. Lekin, Ular xali qachon chiqadi? Qachon Sizga yetib boradi? Qachon ularni o’rganib chiqasiz? Qachon o’z dasturingizni ishlab chiqasiz? Ularni kutgandan ko’ra “Delphi Expert”ni o’rganib chiqing va o’z dasturingizni O’zbekiston bozoriga olib chiqishadi. Hoziroq qo’ng’iroq qiling: + 998 90 808 37 38 (Qudrat Abdurahimov) + 998 97 798 25 95 (Adilbek Atayev) dasturchi@mail.ru + 998 95 199 33 90 (Sardor Dushamov) Sizni dasturchi bo’lishingizni orqaga suradigan birorta ham sababni ko’rmayapman. Siz va Sizning yangi imkoniyatlaringiz, qiyofangiz orasi bir qadam. Dasturlashni o’rganishni orqaga surmang. Hoziroq boshlang. Siz tuzmoqchi bo’lgan dasturlarni qancha odam sabrsizlik bilan kutayotganini unutmang. Hoziroq ishga kirishing. “Delphi Expert”ga bonus sifatida quyidagilarni qo’lga kiritasiz: 1) Delphi World – 5005 ta maqola 2) Delphi глазами Хакера 3) Marco Cantu – Delphi professionallar uchun. Dasturlar to’plami 4) Delphidan bir nechta eng yaxshi kitoblar P.S. www.dastur.uz sayti bilan tanishib boring. Siz uchun qiziqarli elektron darslik va ma’lumotlarni berib boramiz. P.S.S. Agar Siz o’z kasbingiz ustasi (Masteri) bo’lsangiz, biz bilan bog’laning. Siz bilan hamkorlik qilishdan biz hursand bo’lamiz. P.S.S.S. Siz tuzmoqchi bo’lgan dasturlarni qancha odam sabrsizlik bilan kutayotganini unutmang. Hoziroq ishga kirishing. 47 Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz Learn By Heart ingliz tilini o’rgatuvchi dastur Maqolada Siz kompyuter texnologiyalari yordamida so’z boyligini oshirishning eng samarali metodlaridan biri bilan tanishasiz. Ba’zi mutaxassislar ingliz tilini bilish uchun grammatikani yaxshi bilish lozimligini uqtirishsa, ba’zilari so’z boyligini oshirishni uqtirishadi. Bu ikkala fikr ham to’g’ri. Lekin, ingliz tilini bilmaydigan biror kimsa, ingliz tilida gaplashuvchi davlatga borib qolsa, nima bo’ladi? Ingliz tili grammatikasidan hech qanday dars olmasa ham, 6 oy bir yil ichida inglizcha gaplashishni o’rganib oladi. Buni hech kim inkor qila olmaydi. Shundan kelib chiqqan holda, ingliz tili bo’yicha so’z boyligining ko’p bo’lishi, grammatik qoidalarni bilishdan ko’ra muhimroq degan xulosaga kelish mumkin. To’g’ri, grammatikani umuman o’rganmang demoqchi emasmiz. Lekin, inglizlarning o’zlari ham bilmaydigan grammatik qoidalarni o’rganishni nima keragi bor!? Ingliz tilini gaplasha oladigan darajada o’rgansangiz kifoya emasmi? Ingliz tili grammatikasini o’zingiz xohlagancha o’rganing. Biz esa, ingliz tilidagi so’z boyligingizni oshirishning eng samarali metodini Sizga taqdim qilayotganimizdan hursandmiz. “Learn By Heart” dasturi - ingliz tilini o’rgatuvchi, o’zbek tilidagi ilk dasturlardan biri. Mutaxasislarning ta’kidlashicha so’zlashuvda erkin muloqatda bo’lish uchun 1500 ta, lug’atsiz gazeta o’qish uchun esa 2500 ta so’z bilish kerak. Learn By Heart dasturining lеksik zahirasi 4499 ta so’z va 50 ta mavzudan ortiq so’zlashuvga oid jumla va iboralardan tashkil topgan. Learn By Heart dasturining bosh maqsadi so’z boyligini oshirishga qaratilgan bo’lishiga qaramasdan, qisqacha grammatikaga ham to’xtalib o’tilgan. Ya’ni hamma uchun mashaqqat va zerikarli bo’lgan grammatika, yoqimli ashula shaklida o’rgatiladi. Grammatik qoidalarni o’zida aks ettirgan ashula matni juda sodda va qiziqarlidir. 48 Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz “Learn By Heart” narxi 15$ O’zbekiston Markaziy Bankining joriy kundagi qiymati bo’yicha. 15$ qimmat deb o’ylayapsizmi? Menimcha bu narx arzon. Keling yaxshisi hisoblab ko’raylik. 4499 / 15 = 299,9 50 ta mavzudan ortiq so’zlashuvga oid jumlalar va 90 ta grammatik ashulalarni hisobga olmaganda ham, Siz 1$ ga 299 ta so’z o’rganyapsiz. Hoziroq qo’ng’iroq qiling: + 998 90 808 37 38 (Qudrat Abdurahimov) + 998 97 798 25 95 (Adilbek Atayev) (Qudrat Eshmetov) + 998 93 753 55 69 Learn By Heart dasturi qanday ishlaydi? Siz qachondir “25-kadr” samarasi to’g’risida eshitganmisiz? 25-kadr effekti shundan iboratki, agar sekundiga 24 kadr tezligida 25-kadr qo`yilsa, unda u ko`z o`ngida qabul qilinmaydi, ammo ong ostida muhrlanib qoladi. 25-kadr samarasidan birinchi marta 1957 yilda AQSH da (Piknik) trillerini ko`rsatishda foydalanilgan. Film kadrlaridan tashqari tomoshabinlarga “Koka kola ishing”, “Pop korn yeng” kabi yozuvlar ko`rsatilgan. Film ko`rsatish tanafussida bufetda ushbu mahsulotlarni sotilishi 56 % ga oshgan. Ommaviy axborot vositalari ong ostiga ta`sir ko`rsatish harakatlari haqida xabar berganda, katta shov - shuvlar bo`lib ketdi. Tez orada ko`pgina mamlakatlar 49 Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz qonunchiligi reklamada 25 – kadr effektini qo`llashni man qilib qo`yishdi. AQSH da har qanday telekanal uni qo`llasa, darhol teleko`rsatuv bo`yicha litsenziyadan mahrum qilinadi. 1986 yil оliy nеrv faоliyati va nеyrоfiziоlоgiya ilmiy tekshirish instituti olimlari 25 – kadr effektidan insoniyat manfaati uchun foydalanishlik haqida bosh qotirishdi. 25 – kadr effektidan ta’limda foydalanishda, hususan til o’rganishda juda samarali metodni ishlab chiqishdi. Learn By Heart dasturi aynan shu metod asosida ishlab chiqilgan. Sizning kompyuteringizga mahsus dastur o'rnatiladi. Dasturning eslab qolish bo'limida ingliz tili so'zlari katta tezlikda namoyish etiladi. Bu so'zlarni bir qarashda o'qishning iloji yo'q. Lekin bu so'zlar ong ostida muhrlanib qoladi. Siz internetga kirib 25 kadr qanchalik mashhur ekanini aniqlashingiz mumkin. 9 may 2010 yil men quyidagicha natijalarni oldim: "25 кадр" jumlasi. Результатов: примерно 4 210 000 (0,24 сек.) "frame 25" jumlasi. Результатов: примерно 352 000 000 (0,24 сек.) "25 кадр программа" jumlasi. Результатов: примерно 526 000 (0,21 сек.) Learn By Heart dasturi esa, shu metod asosida ishlovchi o’zbek tilidagi eng birinchi dastur. Оliy nеrv faоliyati va nеyrоfiziоlоgiya instituti bеrgan хulоsalar shuni ko’rsatadiki, ushbu o’qitish mеtоdi insоnlar va shu bilan birga maktab o’quvchilari uchun ham zararsizdir. 50 Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz Quyida dasturning ba'zi oynalari keltirilgan: 51 Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz FAQ: Eng ko’p so’raladigan savollarga javoblar: 1 – savol: Dasturni kimdir harid qilsa, undan nusxa olib foydalanish mumkinmi? Javob: Dasturdan nusxa olish mumkin. Lekin foydalanib bo’lmaydi. Chunki har bir xaridorga, to’g’rirog’i har bir kompyuterga alohida dastur kaliti beriladi. Bu kalit boshqa kompyuterlarda ishlamaydi. Agar dasturni hariq qilgan odamning bir nechta kompyuteri bo’lsa, faqat bittasiga kalit beriladi. Qaysi kompyuterga dasturni o’rnatishni haridorning o’zi hal qiladi. Agar 2 ta kompyuterga ham dasturni o’rnatishni xohlasa, 2 - kompyuter uchun yana bitta dastur kalitini harid qilishi lozim. 2 – savol: Bu metodni hammaga qo’llab bo’ladimi? Javob: Bu metod hammaga bir hilda ta’sir qiladi. Chunki, inson ong osti hammaniki bir xildir. Agar Siz ingliz tilini yaxshi bilsangiz ham, so’z boyligingizni va dunyo qarashingizni kengaytirish uchun bu dasturdan foydalansangiz bo’ladi. Learn By Heart dasturidan foydalanish uchun inglizcha boshlang’ich bilimga ega bo’lish kerak. Ya’ni fonetika va boshlang’ich grammatikani bilish kerak. Ingliz tilidan boshlang’ich ma’lumotga ega bo’lmasdan dasturdan foydalanilganda natijalar bir oz o’zgaradi. 60 soatda 750 – 1500 ta so’z yod olish mumkin bo’ladi. 52 Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz Learn By Heart dasturi abituriyentlar uchun ham juda foydalidir. Learn By Heart dasturidan 14 yoshdan kattalar foydalanishi mumkin. 3 – savol. Birinchi natijalar qachon ko’rina boshlaydi? Javob: Dastur bilan 60 soat shug’ullanganingizdan keyin, natijalar bilina boshlaydi. Buning sababi, qisqa vaqtda katta xajmdagi ma’lumotlarni qabul qilganingiz bilan tushuntiriladi. 4 – savol: Plastik kartochka orqali pul o’tkazish mumkinmi? Javob: Mumkin va bu juda oson. To’liq ma’lumot olish uchun +998 90 808 37 38 ga qo’ng’iroq qiling. 5 – savol: Dasturdan foydalanish haqida to’liq ma’lumot berasizmi? Javob: Dasturdan foydalanish yo’riqnomada (help, yordam bo’limida) to’la keltirilgan. Dasturdan foydalanishni boshlashdan oldin yo’riqnomani to’liq o’qib chiqing va unga qat’iy amal qiling. Learn By Heart dasturining demo versiyasini www.dastur.uz saytidan yuklab olish mumkin. Har xil sabablar bilan dasturdan foydalanishni orqaga surmang. Chunki, ertaga Sizni nima kutayotganini hech kim bilmaydi. Bir oydan keyin qandaydir grand asosida chet elga o’qishga yoki ishga tanlov e’lon qilinishi mumkin. Shunda Sizning so’z boyligingiz pand berib qo’ymasin. 53 Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz Kompyuteringizda qiyinchilik tug’ildimi? O’zingiz hal qiling! Qanday Qilib Kompyuteringizni Аtigi 15 Daqiqa Ichida Dasturiy Ta’mirlashingiz Mumkin?! Mavzu: «MASTER of COMPUTER», 1-qism “Universal Diagnoz va Yagona Echim!” 1-2 oylik videokurs va kompyuterni dasturiy ta’mirlash uchun programmalar jamlanmasi. Qudrat Eshmetov Urganch Davlat Universiteti Dasturlash Markazi DАSTURCHISI va KOMPYUTER USTАSI Аssalomu alaykum! Ha, Men jiddiy gapiryapman, Siz haqiqatan ham O’z qo’llaringiz bilan kompyuteringizdagi har qanday muammoni XАL QILISHINGIZ MUMKIN! Chunki hozirgi kunda barcha sohada rivojlanish bo’lmoqda. Shuningdek, kompyuter programmalaridan foydalanish hamma uchun tushunarli, qulay va oson bo’lib qoldi. Masalan, Windows operatsion tizimini kompyuterga qayta o’rnatish atigi 10-15 daqiqa ichida osongina amalga oshirilmoqda! Mana 7 yildirki Men o’z soham bo’yicha ishlab kelmoqdaman. Va men Sizga Muhandis-dasturchi yoki Muhandis-elektronchi sifatida o’z Malaka va Tajribalarimdan kelib chiqib maslahat berishim mumkin! Haqiqatan ham har bir kompyuter foydalanuvchisi juda yaqin kelajakda o’z texnikasini o’zi ta’mirlay boshlaydi. Chunki ta’mirlash ishlari ham xuddi foydalanish va ishlatishdek engillashib ketmoqda. Dastlab, bu ishlarni kimdandir yoki qayerdandir o’rganishingiz lozim bo’ladi. Lekin kompyuterda nima ko’p? Programma. Yana nima ko’p? Shu programmalarning “kasalliklari”, mauammolari ko’p. Hamma narsani o’rganishning va o’sha muammolar uchun turli xil yechim topishning esa iloji yo’q deb o’ylashingiz mumkin. Ha, Siz haqsiz. Lekin universal diagnoz degan narsa ham mavjudki, bu metoddan biz kompyuter ustalari tez-tez foydalanib kelmoqdamiz. U ham bo’lsa Siz biladigan yoki eshitgan ish – Windows va kerakli programmalarni kompyuterga qayta o’rnatish! Bu esa 154 Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz 2 soat vaqtimizni oladi. Xo’sh, nima qilish kerak?! Vaqtni tejash yo’lini qilish kerak – Windows va programmalarni qayta o’rnatishni juda tez va aniq ishlaydigan usulini bilish kerak xolos!!! Buni esa Siz «MASTER of COMPUTER» videokursi orqali o’rganishingiz mumkin!!! Bunda oddiy ishni dastlab nimadan boshlash kerakligi va keyin nima qilish kerakligi, ya’ni hamma ish qadam-baqadam o’rgatilgan, ko’rsatib berilgan. Bu kursni o’tash uchun Sizga tajriba uchun yana 1 kompyuter kerak bo’ladi. Chunki birisida videodarsni ko’rsangiz, ikkinchisida shuni amalda qilib ko’rishingiz kerak. Tajriba uchun ajratilgan kompyuterda kerakli ma’lumotlarni boshqa joyga ko’chirishni unutmang! (Chunki, kompyuterning texnik ta’minoti buzilish ehtimoli kamroq, lekin tajriba uchun kompyuterdagi ma’lumotlarni yo’qotib qo’yishingiz mumkin-da.) Ushbu o’rgatuvchi kurs va kompyuteringizni dasturiy ta’mirlashda kerak bo’ladigan ko’pgina dasturlar to’plami bo’lmish «MASTER of COMPUTER» hozirgi kunda YaGONА hisoblanadi. Men esa Sizga bu disklarni qo’lga kiritishni TАVSIYA QILАMАN !!! Biz bilamizki, kompyuterlar 2 ta ta’minot asosida ishlaydi: texnik va dasturiy ta’minot. «MASTER of COMPUTER»ning birinchi qismida kompyuterning dasturiy ta’minotiga urg’u berilgan. Shuningdek, diskning keyingi seriyalarida shu ishlarning 55 Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz davomi sifatida texnik ta’minotga qaratilgan amaliy ishlar orqali bilimlar beriladi. Keling, hozir men Sizni U bilan tanishtiraman: Videokursdagi ma’lumotlarni 1-2 oy ichida o’zlashtirish mumkin va videodarslar o’zbek tilida taqdim etilgan. Videokurs maxsus dastur orqali himoyalangan va u har bir kompyuter uchun alohida kalit yordamida ochiladi. Ya’ni videokurs faqat Sizning kompyuteringizda ishlaydi. Boshqa kompyuterga nusxa ko’chirish va ishlatish esa ta’qiqlanadi. Kurs 7 ta bobga ajratilgan va o’z navbatida har bir bob o’z mavzulariga ega. Quyida esa har bir bobda nimalar o’rgatilishi berilgan. Bu mavzulardagi tushunarsiz terminlarga ahamiyat bermang. Chunki videokursda ishlar amaliy ko’rsatilganligi uchun hammasi tushunarli bo’lgan. Bu mavzular shunchaki reja uchun yozilgan, xolos. Videokurs Sizga terminlarni emas, balki kompyuteringizni qanday qilib tez dasturiy ta’minlashni o’rgatishga harakat qiladi. Аlbatta, vaqt o’tgan sari bu zamonaviy so’zlarga Siz ko’nikib borasiz va keyinchalik boshqalar bilan gaplashganda o’zingizdagi o’zgarishni seza boshlaysiz. • • • • • • • • • • • • 1-bob “BIOS. Parol o’rnatish va qurilmalar bilan ishlash” deb nomlanadi va bunda Siz quyidagi narsalarni o’rganasiz: BIOS ning nimaligi va uning turlari bilan tanishasiz; BIOS bilan ishlash uchun funktsional klaviaturalar vazifalari bilan tanishasiz; BIOSning SETUP deb nomlanuvchi dasturi bilan ishlashni o’rganasiz; Yuklanuvchi CD orqali dasturiy ta’minotlarni ishga tushirishni o’rganasiz; Oxirda esa BIOS paroli haqida gap ketadi. 2-bob. Kompyuterga Windows XP ni o’rnatish uchun tayyorlash Odatdagi rejimda kompyuterdagi ma’lumotlar bilan ishlash ko’rsatiladi; Start Windows XP menyusi bilan tanishasiz; Odatdagi rejimga kirish imkoni bo’lmay qolganda xavfsiz (bezopasnыy) rejimga kirib kompyuteringizdagi ma’lumotlarni boshqa joyga ko’chirishni o’rganasiz; Xavfsiz rejimga ham kirish imkoni bo’lmay qolganda yuklanuvchi disk – LiveCD orqali kompyuterdan foydalanish va kerakli qurilmalar drayverlarini nusxalashni o’rganasiz; 3-bob. Kompyuterga Windows XP ni o’rnatish o Windows OT versiyalari bilan tanishasiz; o Qanday texnikaga qaysi OT o’rnatishni bilib olasiz; o Windows XP ni disk yordamida o’rnatishni o’rganasiz; o Qurilmalar dispetcheri dasturidan foydalanishni ko’rasiz; o Monitor drayverini o’rnatishni o’rganasiz; o HP 1010 printeri va TV tuner qurilmalari drayverini o’rnatishni bilib olasiz; o Modem qurilmasi drayverini o’rnatishni o’rgangach Internetga ulanish bilan tanishasiz; o Kompyuterdan nusxalangan drayverlarni o’z joyiga o’rnatishni o’rganasiz; 56 Qudrat Abdurahimov o o http://dastur.uz Windows ni yangilash (obnovit) imkoniyati mavjudligini tekshirishni ko’rasiz; WindowsXP ni kompakt disk yordamisiz o’rnatishni bilib olasiz. • 4-bob. WindowsXPda dasturlarni o’rnatish va o’chirish o Dasturlarni o’rnatish va o’chirish uchun nima qilish kerakligini o’rganasiz; o Dasturlar noto’g’ri o’chirilgan hollarda Reestrni tozalash amalga oshirilishini ko’rasiz; o OT nosozligiga sabab bo’layotgan drayverni o’chirishni bilib olasiz. • 5-bob. Tizimni qayta tiklash nuqtasini yaratish va tizimni qayta tiklash o Tizimni qayta tiklash usullari bilan tanishasiz; o Qayta tiklash nuqtasini yaratish talablarini bilib olasiz; o Tizimni qayta tiklash nuqtasini yaratishni o’rganasiz; o Tizimni qayta tiklashni amalga oshirishni ko’rasiz. • 6-bob. Norton Partition Magic v8.0 – diskni bo’laklarga bo’lish va qo’shish o Norton Partition Magic v8.0 dasturini o’rnatish tartibini ko’rasiz; o Dastur oynasi bilan tanishasiz va diskni bo’laklarga bo’lishni o’rganasiz; o Partition Magic v8.0 yordamida disk bo’laklarini qo’shishni bilib olasiz; o Xotiraning ta’mirtalab qismini aniqlashni va OTdan chetlashtirishni ko’rasiz; o Windows XPda disk ustida ishlashni o’rganasiz; • 7-bob. Acronis True Image Home v.12.0 – Windowsni 15 daqiqada o’rnatish o Acronis True Image Home v.12.0 dasturini o’rnatish tartibini ko’rasiz; o Windowsdan nusxa, ya’ni obraz yaratishni bilib olasiz; o Ma’lumotlar arxivini yaratishni o’rganasiz; o • • Windowsni 10 + daqiqa ichida qayta o’rnatishni ko’rasiz: Dastlab, daqiqa ichida yuklanuvchi disk yordamida qattiq diskni formatlashni o’rganasiz; Keyin esa, 10 daqiqa ichida Acronis True Image Home v.12.0 yordamida WindowsXPni qayta o’rnatishni ko’rasiz. Bu videokursda o’rgatilgan metod yordamida kompyuterni qayta dasturiy ta’minlash 10-15 daqiqa ichida to’la amalga oshiriladi. Dunyoning ko’pgina kompyuter ustalari bir necha yildan buyon bu metoddan foydalanib kelmoqdalar. Men esa o’z shaxsiy tajriba va xulosalarimdan shuni aytishim mumkinki, bu metod 100% effektlidir. Birovlar, ayniqsa kompyuter sohasida etarli bilimga ega bo’lmaganlar yoki o’zlari hali bu ishni qilib ko’rmaganlar: “2 soatda kompyuterni dasturiy ta’minlash sifatli va puxta ish bo’ladimi yoki 10 daqiqadagisimi?!” – deb odamlarni chalg’itishi mumkin. 57 Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz Bu, albatta, kulgili holat. Аxir, bu belkurak yordamida er qazish emas-ku! Bu – texnikani dasturiy ta’minlashning eng zamonaviy usul va metodi xolos! Bu metod esa albatta o’zini oqlab kelmoqda. Kompyuterini doim menga ta’mirlatadigan mijozlarim iltimos qilib kelishsa: “Tashlab keting va 2 soatdan so’ng aylaning, tuzatib qo’yaman” deyman. Аgar uning ko’z oldida 10 daqiqa ichida ishni qilsam, u pul bermaydi: “Iya, bo’ldimi. Nima qilding. O’zi yaxshi ishlayotgan ekanmi?! Rahmat, keyingi safar rozi qilaman” – deb, qorasini ko’rsatmaydi. Аlbatta, shunisiga ham shukr. Men hozir bunday qilmayman. Tuzatib beraman-da, qo’liga disk berib: “Mana bu videodarslarni bo’sh vaqtingizda ko’ring. Endi bu yordamida o’zingiz ham 10 daqiqa ichida kompyuteringizga programmalarni o’rnatishingiz mumkin” – deyman. Yoki: “Kompyuterni keyingi safar boshqaga emas, yana menga olib kelsangiz, qisqa muddatda taxt qilib beraman” - deyman. Mening ustaxonam yo’q, shunchaki tanishlarimning iltimosini rad qila olmayman va bu ish menga zavq bag’ishlaydi. 10 daqiqa!!! “Master of Computer 1” narxi 40 000 so’m Menimcha bu narx o’rtacha qo’yilgan. Keling, yaxshisi hisoblab ko’raylik. Haftasiga 3-4 marta ishlatiladigan kompyuter o’rtacha 8-10 oydan so’ng dasturiy ta’minotga muhtojlik sezadi. Demak, taxminan har 9 oyda 7 ming so’m usta haqqiga, yo’l xarajatiga 4 ming so’m, vaqt xarajati 2 soatga 2 ming so’m desak, charchash va urinishlarni hisoblamaganda jami: 9 oyga 7+4+2=13 ming so’m bo’lar ekan. 18 oyda, ya’ni 1 yarim yilda esa 26 ming so’m xarajat qilinar ekan. Siz kursni o’zlashtirgach bu kabi ortiqcha urinish va xarajatlardan batamom qutilasiz!!! Аtigi 10-15 daqiqada ishni hal qilishni o’rganasiz. Menimcha, endi Siz bu zamonaviy bilimni egallash zarurligiga ahamiyat bermoqdasiz. Qanday yo’l bilan bo’lsa-da (bu kurs orqali bo’lishi shart emas) o’z kompyuteringizni dasturiy ta’minlashni o’rganing! 58 Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz Sizni quyida katta MUKOFOTLАR kutmoqdaaa!! Bularga esa faqat «MASTER of COMPUTER 1» VIDEOKURSini xarid qilganlar ega bo’ladi. • Windows XP professional, servise pack3. Ko’pgina programma va drayverlar joylashgan ZverDVD to’plami Windows XP professional, servise pack3. Ko’pgina programma va drayverlar joylashgan SamBuildLab CD to’plami; • • • • • • Kasperskiy antiVirus dasturi; Acronis True Image Home v.12.0 dasturi; Norton Partition Magic v8.0 dasturi; Oddiylikdan PROFESSIONАLLIK sari dastlabki 5 QАDАM. Videokurs; Oddiylikdan Professionallik sari keyingi 5 qadam!!! Bideokurs; Kompyuteringiz uchun zarur boshqa qo’shimcha programmalar majmuasi. O’z-o’zidan ko’rinib turibdiki bu videokursni o’zlashtirgach Siz quyidagi imkoniyat va foydalarga ega bo’lasiz: • • • • • • Boshqa birovga endi kompyuterimni ko’rib ber, ya’ni dasturiy ta’minlab ber demaysiz. O’z qo’llaringiz bilan kompyuteringizni dasturlay oladigan darajaga chiqishingiz mumkin. Аlbatta, buning uchun videokursni to’la o’zlashtirishdan tashqari O’zingiz salgina aql ishlatiladigan joyida “bosh qashib yuborishingiz” lozim bo’ladi. Ortiqcha pul xarajat qilmaysiz. Аgar birovga dasturiy ta’minlatgach, albatta, uni pul bilan rozi qilish yoki xizmatini qilishingiz lozim bo’ladi. Endi esa ortiqcha xarajat va urinishning keragi yo’q. Vaqtingizni tejaysiz. Hatto ko’pgina kompyuter ustalaridan ham ishni tez amalga oshira olasiz. Menga ishoning, atigi 10 - 15 daqiqa ichida kompyuteringizni dasturiy ta’minlashingiz mumkin! “O’zingda yo’q – olamda yo’q” demaysiz. Kompyuteringizni dasturiy ta’minlash uchun barcha disklarga ega bo’lasiz. Kamida yangi zamonaviy bilimga ega bo’lasiz. Yoki yangi kasb egasiga aylanasiz. Ya’ni boshqalarga yordam berishingiz, kompyuter ustasi kasbidan halol daromad qilishigiz mumkin. O’quv qo’llanmaga (Spravochnikka) ega bo’lasiz, ya’ni agar biron joyi esingizdan chiqib qolsa, darrov videodarsning shu joyini ko’rib Mening izimdan takrorlashingiz yoki o’zingiz boshqacha metod va usullarni dasturiy ta’minlashda qo’llashingiz mumkin. Yoki shunga o’xshash vaziyatlarda bu videodarslar sizga bir ko’makchi bo’la olishi mumkin. Sizga Yuqoridagi 5 ta narsadan yana boshqa nima kerak!? Bilim olish imkoniyati bo’lsa, dasturiy ta’minlash uchun ish qurollariga ega bo’lsangiz... 59 Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz Ha, 3 oylik GАRRАNTIYA!!! Kafolat muddati – 3 oy. Men videokursdagi ma’lumotlarning to’g’ri va aniqligiga 100% kafolat beraman!!! Аgar Siz bu videokursni to’la ko’rib, Mening izimdan amallarni qadam-baqadam takrorlaganingizda ko’zlangan natijaga erishmasangiz(ya’ni kompyuterni qisqa muddat ichida qayta dasturiy ta’minlash umuman, amalga oshmasa) disklarimni qaytarib olaman, ya’ni videokurs uchun menga bergan pulingizni butunligicha qaytarib beraman. Hech ikkilanmay xarid qiling, chunki, Xudo xohlasa, Siz bu disklarni qo’lga kiritgach faqat foyda qilishingiz aniq! Foyda qilishingiz Sizning tirishqoqligingizga, qiziqishingizga, qunt bilan o’zlashtirilgan mavzularni amalda qo’llab ko’rishingizga va boshqa narsalarga bog’liq. Men Sizga tavsiya qilayotgan “Master of Computer” esa bir sababchi, xolos. Qudrat Eshmetov. Endi esa foydasi yo’q narsalar haqida. • • Disklarni qo’lga kiritgach uni boshqa disklar orasiga shunchaki tashlab qo’yadigan bo’lsangiz uning Sizga foydasi yo’q. O’z kompyuteringizni dasturiy ta’minlashga qiziqishingiz bo’lmasa, bu holda Diskning Sizga foydasi yo’q. To’g’risini aytsam, kursning boshqa foydasi yo’q jihatlarini topa olmayabman. Balki keyinchalik ro’yxatga yana qo’sharman. Savollar va javoblar 1-savol: «MASTER of COMPUTER» aynan necha seriyali bo’ladi? Javob: Balki 3 seriyali, balki 5 bo’lar. To’g’risini aytsam, o’zim ham anig’ini bilmayman. Lekin o’rgatadigan mavzular juda ko’p. Bu ko’proq Siz muxlislarning talab va iltimoslaringizga bog’liq. SIZ nimani ko’p so’rasangiz oldin shu narsani taqdim qilaman. 2-savol: Bizga qanday kafolat bera olasiz? Haqiqatan ham, Men 15 daqiqa ichida shaxsiy kompyuterimga barcha programmalarni-yu katta Windows tizimini shu darajada tez – atigi 15 daqiqa ichida o’rnatish usulini o’rgana olamanmi? Аxir bu narsalar kamida 2-3 gigabayt bo’ladi-ku va ma’lumotlarni diskdan kompyuterga nusxalash uchun esa hech bo’lmaganda 25-30 daqiqa vaqt ketadi. Javob: Аgar texnikangiz normal holatda ishlayotgan bo’lsa va Siz meni ko’rsatmalarimga to’la amal qilsangiz, Men Sizga 100 emas 200% kafolat beraman. J Ya’ni, agar 15 daqiqada barcha dasturlar va Siz aytgan katta Windows tizimini o’rnatishning iloji bo’lmasa, Men sizga pulingizni to’laligicha qaytaraman. Ishni bajara olishingiz qobiliyat va tirishqoqligingizga bog’liq, albatta. 60 Qudrat Abdurahimov http://dastur.uz 3-savol: Bu kursni kimlar o’rgana oladi? Va dastlab qanday bilimlarni egallash kerak? Bu kursni 14 yoshdan kattalar o’rgana olishi mumkin. Bilim masalasiga kelsak, kompyuterdan erkin foydalana olsangiz, kursni tezroq o’zlashtirishingiz mumkin. Yoki www.dastur.uz saytidan mening “Oddiylikdan PROFESSIONАLLIK sari DАSTLАBKI 5 QАDАM” deb nomlanuvchi bepul videokursimni olib o’rganishni barchaga birdek tavsiya qilaman. U erda ham yaxshi bilimlarga ega bo’lishingiz mumkin. Xullas, “Master of Computer”ni faqat 5-6 oydan beri kompyuterdan foydalanib kelayotganlar uchungina emas, balki 5-6 yildan beri bu texnikani ishlatib yurganlar uchun ham tavsiya qilaman. Hoziroq qo’ng’iroq qiling: + 998 90 808 37 38 (Qudrat Abdurahimov) + 998 9 995 11 55 (Dushamov Sardor) + 998 93 753 55 69 (Qudrat Eshmetov) qudrat1982@mail.ru P.S. Bundan tashqari www.dastur.uz saytida Siz aziz yurtdoshlarimiz uchun yana bir nechta o’quv kurslarini elektron variantlarini tayyorlaganmiz. P.P.S. Bizni doim www.dastur.uz sayti orqali kuzatib boring va o’zingizga kerakli ma’lumotlarni kompyuteringizga yuklab oling. P.P.P.S. Zamonaviy kasb egallang va daromad qiling! Аlbatta, biz Sizga yordam qila olsak mamnun bo’lamiz. Bizni va o’zingizni mamnun qilishda davom eting! P.P.P.P.S. Fikr va muloxazalaringizni meni e-maylimga yoki SMS orqali telefonimga jo’nating. Men esa albatta Sizga javob qilaman. English for pre-intermediate dasturi haqida http://dastur.uz saytidan to’liq ma’lumot olishingiz mumkin. http://dastur.uz sayti orqali siz quyidagi MUTLAQO BEPUL (TEKIN) o'zbek tilidagi audio va video kurslarni yuklab olishingiz mumkin. 1. Professionallik sari dastlabki 5 qadam. (Muallif: Qudrat Eshmetov) 2. Ingliz tilini o'rgatuvchi MUTLAQO BEPUL (TEKIN) o'zbek tilidagi audio kurslar. (Muallif: Jumanazarov Ulug'bek. Telefon: +998 94 174 17 98) 61