Uploaded by Abdumannof Ermetov

SAMIRA[Replica]

advertisement
2237-Guruh talabasi
Sayfullayeva Samira .
Topshiriqlar :
1. G'azalning muallifi va nomi :
Alisher Navoiy " YO'Q " radifli g'azali
Yordin ayru ko'ngul - mulkudurur , sultoni yo'q
Mulkkim , sultoni yo'q , jismedururkim , joni yo'q
Jimdin jonsiz ne hosil , ey musulmonlarkim , ul
Bir qaro tufrog'dekdurkim , gul-u rayhoni yo'q.
Ul qorong'u kechakim , yo'qtur Mahi tabon anga
Zulmatedurkim , aning sarchashmayi hayvoni yo'q.
Zulmatekim , chashmayi hayvoni oning bo'lmag'ay
Do'zaxedurkim , yonida ravzayi rizvoni yo'q.
Do'zaxekim , ravzayi rizvondin o'lg'ay noumid ,
Bir xumoreduki , anda mastlig' imkoni yo'q.
Ey Navoiy , bor anga mundoq uqubatlarki , bor
Hajrdin dardi-yu lekin vasldin darmoni yo'q.
«G'aroyib us-sig'ar» ning 310-g'azali.
2 . G'azalni janri va vazni :
Baytlardagi mantiqiy bog'liqlik nuqtayi nazaridan bu g'azal ham «Jong'a chun
derman : «Ne erdi o'lmakim kayfiyati?...» g'azaliga o'xshaydi.
G'azal ramali musammani mahfuz (yoki maqsur) , ya'ni foilotun - foilotun - foilotun foilun (yoki foilon) vaznida bitilgan
Uning taqte'si quyidagicha bo'ladi : - V - - / - V - - / - V - - / -V - (yoki - V ~).
3. Gazalning mavzusi va g'oyasi :
M a t l a ' ning o'zidayoq muallif avval yordan ayri ko'ngilni sultoni yo'q mamlakatga ,
keyin esa sultoni yo'q mamlakatni joni yo'q jismga o'xshatadi.
I k k i n c h i b a y tda mulohaza shu tarzda davom etadi : « Ey musulmonlar , jonsiz
jismdan qanday hosil unadi , u gul-u rayhoni yo'q bir qora tuproqning o'zginasi-ku».
U c h i n c h i b a y t da aytiladiki : « Agar gul-u rayhoni yo'q bir qora tuproq bo'lsa , u
bir porlab turgan Oyi yo'q qorong'i kecha ekan-da ».
T o' r t i n c h i b a y t da aynan shu qorong'i kecha ta'rifi ketadi : « Porlab turgan Oyi
yo'q qorong'i kecha bo'lsa , u hayot sarchashmasi yo'q zulmat ekan-da ».
B e s h i n c h i b a y t da aynan ana shu hayot sarchashmasi yo'q zulmat lirik
qahramoni do'zaxiy kimsaning jannatdan noumidligi haqida so'zlashga undaydi ,
do'zax esa shunday bir xumordirki unda mastlikning imkoni yo'q . ( Mastlik deganda
shoir ishqni , ya'ni Yaratganga intilishni ko'zga tutgan.)
M a q t a 'da lirik qahramon Navoiyga murojat qilib : « Unga shunday uqubatlar
yuborilganki , hajridan dardi , lekin vaslidan darmoni yo'q » , - deydi.
Download