10 10 10 ТОШКЕНТ-2021 2021 апрель 2021 йил. - Тошкент: «Tadqiqot», 2021. - 192 б. Доцент Шакирова Шохида Юсуповна (Низомий номидаги Тошкент давлат педагогика университети) Апрель 2021 10-қисм Тошкент 3 Апрель 2021 10-қисм Тошкент 4 Апрель 2021 10-қисм Тошкент 5 ПЕДАГОГИКА ВА ПСИХОЛОГИЯ СОҲАЛАРИДАГИ ИННОВАЦИЯЛАР 1. Islomova Dilnoza Baxtiyorovna O‘QUVCHILARDA MUSTAQIL FIKRLASH KO‘NIKMASINI SHAKLLANTIRISH..........11 2. Avliyoqulova Shahodat Muzafarovna KICHIK MАKTАB YOSHIDАGI BOLАLАRNING PSIXIK RIVOJLАNISHI......................13 3. Bobonazarova Komola Gayratovna MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDAGI BOLALARNI IJODKORLIK QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH.......................................................................................................................15 4. Siddiqova Erkinoy Gadoyevna BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TEXNOLOGIYA DARSI MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL ETISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING SAMARALI USULLARI..............................................................................................................17 5. Tosheva Orzigul Daniyorovna BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIGA OT MAVZUSINI O‘RGATISH DAVOMIDA TA’LIMIY O‘YINLARDAN FOYDALANISH...........................................................................19 6. Bobojonov Maqsadbek Ulug‘bekovich TASAVVUF VA O‘Z-O‘ZINI RIVOJLANTIRISH TARAQQIYOTNING MUHIM OMILI............................................................................................................................................21 7. Abdurahimova Mohira Numonjonovna O‘QUV JARAYONINI SAMARALI TASHKIL ETISHDA AMALIY DASTURIY VOSITALARDAN FOYDALANISH .........................................................................................23 8. Agzamova barno axunovna OʻSMIRLIK DAVRIDAGI OʻQUVCHILARDA TANDIQIY FIKRLARINI OʻSTIRISHNING AHAMIYATI.................................................................................................................................24 9. Axmedova Oydin Sadriddinovna BOLALARDA LUG‘AT BOYLIGI RIVOJLANISHINING ONTAGENEZI............................25 10. Alimova Gulmira Abdug‘aniyevna BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA PEDAGOGIK TEXNALOGIYALARDAN FOYDALANISH.............................................................................27 11. Bahriddinova Mukarrama To‘ychiyevna AZIZ USTOZLAR........................................................................................................................29 12. Eshchanova Nilufar Baxtiyarovna BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARINING IJODKORLIGINI RIVOJLANTIRISHDA DIDAKTIK OʻYINLARNING AHAMIYATI..............................................................................30 13. Hikmatova Munira Saidovna BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA INTEGRATSIYANING O‘RNI ................................................32 14. Narzullayeva Sarvinoz Nurmurot qizi O‘QUVCHILARNING TIL BILISH KO‘NIKMA VA MALAKALARINI RIVOJLANTIRISHDA INTEGRATIV YONDASHUVLAR......................................................34 15. Ochilova Gulzoda Uktamovna INNOVATSION O‘QITISHDA O‘QUVCHILAR DIQQATINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI............................................................................................................36 16. Otayeva Nodira Islomovna BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ’OQISH FANINING O‘QITILISHI.......................................38 17. Mamatova Mavjuda Odilovna UMUMTA’LIM MUASSASALARIDA TARBIYAVIY TADBIRLAR TASHKIL ETISH ORQALI O‘QUVCHILARNI IJTIMOIYLASHUV JARAYONIGA TAYYORLASHNING PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI................................................................................................39 Апрель 2021 10-қисм Тошкент 6 18. Pulatova Umida Ulmasbayevna DIDACTIC GAMES THAT DEVELOP STUDENTS’ THINKING IN THE LEARNING PROCESS......................................................................................................................................41 19. Rahimova Munira Rajabovna, Erkinova Sarvinoz Mashrabjon qizi MAXSUS TA’LIM TIZIMIDA KORREKSION-PEDAGOGIK YORDAMNI SHAKLLANISHI VA RIVOJLANTIRISHIDA MUHIM O‘RIN TUTGAN G‘OYA VA YONDASHUVLAR......................................................................................................................43 20. Raupov Behzod Muzaffarovich BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI TA’LIMGA JALB QILISH...............................45 21. Raxmonova Zulfiya O‘ktamovna KIMYO FANINING O‘QITISHDA XALQARO TAJRIBALARDAN FOYDALANISH MUAMMO VA YECHIMLAR.....................................................................................................46 22. Tillashayxova Lola Nizamovna AUTIZM KASALLIGI BOR BOLALAR BILAN OLIB BORILADIGAN KORREKSION MASHG‘ULOTLAR.....................................................................................................................48 23. Tursunova Dilrabo Olimovna EDUCATIONAL GAME AS A CONDITION FOR THE CREATION OF MOTIVATION OF LEARNING A FOREIGN LANGUAGE.....................................................................................50 24. Xakimova Sayyora Adilovna IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNI TA’LIM-TARBIYA OLISHIDA INKLYUZIV TA’LIMNING AHAMIYATI.........................................................................................................51 25. Yadgorova Nafisa Ravshanovna 2-SINFLARDA ONA TILI FANINING O‘QITILISHI...............................................................53 26. Yangiyeva Robiya Farmonovna BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI BILIM OLISHGA BO‘LGAN INTILISHLARINI RAG‘BATLANTIRISH.................................................................................54 27. Yangiyeva Laylo Farmonovna BOSHLANG‘ICH SINFLARNI O‘QITISHNING INTERFAOL USULLARI..........................55 28. Бакиева Нигора Рахимкулиевна6 КРИТЕРИИ ОЦЕНИВАНИЯ И ОБЪЁМ ДИКТАНТОВ НА УРОКАХ РУССКОГО ЯЗЫКА..........................................................................................................................................56 29. Косимова Дурдонахон Камоловна РОЛЬ ЛИТЕРАТУРЕ В ВОСПИТАНИИ МОЛОДЁЖИ 21 ВЕКА........................................58 30. Муродова Райхон Равшановна ИННОВАЦИОННЫЕ ТЕХНОЛОГИИ ПРЕПОДАВАНИЯ РУССКОГО ЯЗЫКА КАК ИНОСТРАННОГО ЯЗЫКА........................................................................................................60 31. Халикова Нилуфар Каюмовна, Мурадова Насиба Равшановна РУС ТИЛИ ФАНИНИ ЎҚИТИШДА ЭЛЕКТРОН ДАРСЛИКЛАРНИНГ ЎРНИ...............62 32. Хожиев Хайрулла ТАЪЛИМ СОҲАСИДАГИ КОМПЕТЕНЦИЯВИЙ ЁНДАШУВ...........................................64 33. Alayorova Gulxayo Xasanovna O‘ZBEK TILIDA SIFATLARNING MA’NO TURLARI............................................................66 34. Almuratova Yelizaveta Yakubovna QOZOQ TILI VA ADABIYOTI DARSLARINI TASHKIL ETISHDA MANTIQIY SAVOLLARNING AHAMIYATI.................................................................................................67 35. Artiqov Qahramon Xudayorovich MA’NAVIYATNI RIVОJLANTIRISH VA YOSHLAR TARBIYASI.........................................69 36. Ashilova Gulzira Duysenovna DARSLARDA O‘QUVCHILARNI KITOBGA QIZIQTIRISHNING AHAMIYATI................71 37. Axtamova Nazira BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ASOSIY MATEMATIK TUSHUNCHALARNI SHAKLLANTIRISHNING INTERAKTIVLIK METODLARI..................................................73 38. Джураева Саодат Ахмедовна “УСТОЗ-ШОГИРД” АНЪАНАСИ – БАРДАВОМ...................................................................75 39. Fayziyeva Maxliyo PSIXOLOGIK DIAGNOSTIKA VA KORREKSIYANING BIRLIGI........................................77 Апрель 2021 10-қисм Тошкент 7 40. Fayzullayeva Zebiniso Ilhomovna DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI FANLARINI O‘QITISHNING UMUMIY METODIKASI...............................................................................................................................79 41. Hamroyeva Muhtaram Xalilovna BOSHLANGʻICH SINFLARDA OT SO‘Z TURKUMINI O‘QITISH AHAMIYATI...............81 42. Ismoilova Nilufar Iskandarovna O‘ZBEKISTONDA INSON VA FUQAROLARNING ASOSIY HUQUQLARI, ERKINLIKLARI VA BURCHLARI.............................................................................................83 43. Bautina Yuliya Denisovna UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA RUS TILI DARSLARINI TASHKIL ETISHDA INTERFAOL USULLARNING AHAMIYATI.............................................................................85 44. Jumamurotova Dilbar Shukurlayevna BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA MEDIADARS TUSHUNCHASI...............................................87 45. Jumaniyazova Manyara Baxtiyarovna ADABIYOTSHUNOSLIK – BADIIY ADABIYOT HAQIDAGI FAN.....................................89 46. Kuranboeva Momojon Bekdurdievna, Rahimova Lola Amangeldievna INGLIZ TILI DARSLARINI TASHKIL ETISHIDA INTERFAOL USULLAR.......................91 47. Matkarimova Barno Narimanovna, Salayeva Yulduzxon Yuldashevna UMUMTA’LIM MAKTBALARIDA KIMYO VA BIOLOGIYA FANLARINING O‘ZARO BOG‘LIQ HOLDA O‘QITISHDAGI ZAMONAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH...........................................................................................................................93 48. Matyaqubov Temur Baxrambekovich DASTURLASH TILLARI HAQIDA...........................................................................................95 49. Maxkamova Salima Tursunkulovna YUQORI SINF O‘QUVCHILARIGA ONA TILI DARSLARIDA GRAMMATIKANI O‘RGATISHNING INDUKTIV VA DEDUKTIV USULLARI..................................................97 50. Ne’matova Shaxnoza RUS TILI DARSLARINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI...........................................................................................100 51. Norboyeva Muxayyo Egamberganovna, Matyaqubova Dilorom Yuldoshovna XALQARO BAHOLASH DASTURLARINI TA’LIM TIZIMIGA JORIY ETISH MEXANIZMLARI......................................................................................................................102 52. Norova Zilola TA’LIM VA TARBIYA JARAYONIDA RUS TILI FANI O‘QITUVCHISINING O‘RNI......104 53. Ochilova Moxichehra IJTIMOIY FANLARNI O‘QITISHDA XOJA BAHOUDDIN NAQSHBAND O‘GITLARINING FOYDALANISH MASALALARI..............................................................106 54. Ollaberganova Dilbar Mavlanovna TEXNOLOGIYA DARSLARIDA AMALIY MASHG‘ULOTLAR..........................................108 55. Ostonova Gulshod Maxmudovna BOSHLANGʻICH SINFLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH.........................................................................................................................109 56. Otajonova Adolat Omonboyevna, Otajonova Saida Ro‘zmatovna SMART EDUCATION VA UNING IMKONIYATLARI..........................................................111 57. Otaxonova Komila Bekpo‘latovna, Iskandarova Mohira Bahrom qizi BOSHLANG‘ICH SINFLARDA OG‘ZAKI HISOBLASHNI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASI......................................................................................................................113 58. Palvanova Latofat Kamiljanovna TOVUSHLARNING NUTQ JARAYONIDA O‘ZGARISHI VA YOZUV...............................115 59. Qodirova Mohigul Ismoilovna SA’DIYNING “GULISTON” ASARIDA USTOZ VA SHOGIRD HAQIDAGI MULOHAZALAR TALQINI.....................................................................................................117 60. Qurbanova Intizor Shuxratovna BOSHLANG‘ICH SINFLARDA O‘QISH SAVODXONLIGINI OSHIRISHDA O‘QITUVCHINING O‘RNI........................................................................................................119 Апрель 2021 10-қисм Тошкент 8 61. N.R.Qutlumuratova YOSHLAR TARBIYASIDA TURIZMNING PEDAGOGIK IMKONIYATLAR....................121 62. Rajabova Sayoxat Yangiboyevna BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATEMATIK TUSHUNCHA HAQIDA............................123 63. Rashidov O‘tkir Oblaqulovich, Ruzimurodova Shoxida Xaitmurodovna BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI AXLOQIY TARBIYALASH...........................125 64. Raximova Zulxumor Ikramboyevna BOSHLANGʻICH SINFLARDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI............................................................................127 65. Raxmonov Feruz YOSHLAR – BUGUNGI VA ERTANGI KUNNING HAL QILUVCHI KUCHIDIR............129 66. Ro‘zmetova Guli O‘QITUVCHILARNING KASBIY MAHORATINI OSHIRISH OMILLARI.........................131 67. Ro‘zmetova Muborak Sobirovna, Matkarimova Barno Axmedovna HAMKORLIKDA O‘QITISH TA’LIM YONDASHUVLARI...................................................132 68. Sa’dullayeva Zaynab Qadamboyevna SHARQ ADABIYOTIDA XAMSACHILIK..............................................................................134 69. Saparbayeva Zamira Bazarbayevna KIMYONI O‘QITISHDAGI METODLARNING AHAMIYATI..............................................136 70. Sariyeva Barnoxon Qadamovna SAVOD O‘RGATISH JARAYONI.............................................................................................137 71. Содиқова Гулбиби Махсиддиновна МАЪНАВИЙ МЕРОСДА БАРКАМОЛЛИК МАСАЛАЛАРИ.............................................138 72. Tilavova Gulnoz TARBIYA FANINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY YONDASHUV..........................................140 73. Tulenbayeva Fariza Bekmuratovna QOZOQ TILI FANINI O‘QITISHDA O‘QUVCHILAR NUTQINI O‘STIRUVCHI USULLAR...................................................................................................................................142 74. Umarov Ramiz Usmonovich MASHG‘ULOTLARNI TASHKIL ETISHDA SHARQ MUTAFAKKIRLARINING PEDAGOGIK QARASHLARIDAN FOYDALANISH.............................................................144 75. Xodjabayeva Muborak Kurbonbayevna, Qo‘chqarova Sadoqat Matyakubovna KIMYO FANIDAN AMALIY MASHG‘ULOTLARNI O‘TKAZISH METODIKASI..........146 76. Xolmuratova Xafiza Yaxshimurotovna SAVOD O‘RGATISH DAVRIDA O‘QUVCHILARNI O‘QISHGA O‘RGATISH...................148 77. Yuldasheva Lyudmila Urinbayevna, Matniyozova Shoira Latipovna INNOVATSION FAOLIYATINI AMALGA OSHIRISH USULLARI......................................149 78. Zaripova Nigora Yavbasarovna, Yunusova Nazokat Yunusjonovna O‘QUVCHILAR BILAN ISHLASHDA O‘QITUVCHINING PEDAGOGIK MAHORATI VA KASBIY KOMPETENSIYASI.............................................................................................151 79. Bo‘ronova Gulnora Yodgorovna, Rajabova Halima Bafoyevna BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ROBOTOTEXNIKA TO‘GARAKLARINI YURITISHDA SCRATCH DASTURIDAN FOYDALANIB BOLALARNING MATEMATIK VA MANTIQIY FIKRLASHINI RIVOJLANTIRISH.....................................................................153 80. Васянина Мая Гучмурадовна ПРОВЕДЕНИЕ ИНТЕРВЬЮ С РЕБЁНКОМ, ПЕРЕЖИВШИМ ЖЕСТОКОЕ ОБРАЩЕНИЕ.............................................................................................................................156 81. Досжанов Исламбек Дарьябаевич, Сулайманова Айман Тугелбаевна БАЛА ТӘРБИЯСЫНДА СӨЙЛЕЎ МӘДЕНИЯТЫНЫҢ ОРНЫ........................................158 82. Нурова Олия Саломовна ОЛИЙ ТАЪЛИМ МУАССАЛАРИДА ЁШЛАРНИ ИЛМИЙ ВА ИЛМИЙ ПЕДАГОГИК ФАОЛИЯТГА ЙЎНАЛТИРИШ МЕХАНИЗМИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ МАСАЛАЛАРИ..........................................................................................................................159 83. Палванова Дилдора Мансуровна БОШЛАНҒИЧ СИНФ ЎҚУВЧИЛАРИГА « SCRATCH МУҲИТИДА ДАСТУРЛАШ» БЎЛИМИНИ ЎҚИТИШ МЕТОДИКАСИНИ ИШЛАБ ЧИҚИШ........................................161 Апрель 2021 10-қисм Тошкент 9 84. Раджапов Айбек Аллаберганович, Хасанов Азизбек Баходирович ОСОБЕННОСТИ ОБУЧЕНИЯ СТУДЕНТОВ ИНЖЕНЕРНО-ТЕХНОЛОГИЧЕСКИХ НАПРАВЛЕНИЙ К ОБЪЕКТНО-ОРИЕНТИРОВАННОМУ ПРОГРАММИРОВАНИЮ........................................................................................................163 85. Рахимов Адхам Барат ўғли ПЕДАГОГИК ТЕХНОЛОГИЯ ВА ТАЪЛИМ СИФАТИ.......................................................165 86. Саидова Гулчехра Фазлитдиновна РАЗВИТИЕ ТРАДИЦИЙ «НАСТАВНИК–МОЛОДОЙ СПЕЦИАЛИСТ», КАК СРЕДСТВО ПЕДАГОГИЧЕСКОГО СОТРУДНИЧЕСТВА..................................................167 87. Абдулҳаким Усанов Эшонқулович ОЛИЙ ТАЪЛИМ МУАССАСАЛАРИ ФАОЛИЯТИНИ ИННОВАЦИОН БОШҚАРИШ –МУТАХАССИСЛАРНИ ЮҚОРИ САВИЯГА КЎТАРИШ ОМИЛЛАРИДАН БИРИ...........................................................................................................169 88. Усмонова Шахноза Аюбжоновна ИНТЕРФАОЛ МЕТОДЛАРНИНГ ТАЪЛИМ ЖАРАЕНИДАГИ АХАМИЯТИ.................172 89. Юлдашова Манзура, Юсупова Шукуржон ТЕХНОЛОГИЯ ФАНИДА ДЕКОРАТИВ АМАЛИЙ САНЪАТНИНГ ЎРНИ....................174 90. Маҳмудова Хурсаной ТАЪЛИМ ЖАРАЁНИДА МУАММОЛИ ЎҚИТИШ ТЕХНОЛОГИЯСИДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ ЎРНИ ВА АФЗАЛЛИКЛАРИ........................................................176 91. Наўризбаева Камила ТАРБИЯСИ ОҒИР БОЛАЛАР ВА ЎСПИРИНЛАР БИЛАН ИШЛАШ БЎЙИЧА ТАВСИЯЛАР..............................................................................................................................178 92. Baxodirova Fotima Zafarovna OMMAVIY NUTQ QOIDALARI..............................................................................................180 93. Bekchanova Muborak Xayitboyevna, Sotimova Oygul Sobirovna, Davlatova Sayyora Rahimovna, Bobojonova Adolat Xaytboyevna BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA HUSNIHAT VA UNI O‘QITISH METODIKASINING PREDMETI.MAQSADI VA VAZIFALARI...............................................................................182 94. G‘aybullayeva Husnida G‘ulomovna TA’LIM JARAYONIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI.........................................................................................................................184 95. Musaboyeva Noila To‘lqin qizi BOSHLANG‘ICH SINF O‘QISH DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN VA INNOVOTSION TEHNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH AFZALLIKLARI................186 96. Ш.Н.Икрамов НАВРЎЗ БАЙРАМИНИНГ ПАЙДО БЎЛИШИ ВА ТАРАҚҚИЁТИ..................................188 97. Temirova Jamilaxon Akramovna O‘SIMLIK VA HAYVONOT DUNYOSINI ASRASH, MUHOFAZA QILISH......................190 Апрель 2021 10-қисм Тошкент 10 ПЕДАГОГИКА ВА ПСИХОЛОГИЯ СОҲАЛАРИДАГИ ИННОВАЦИЯЛАР O‘QUVCHILARDA MUSTAQIL FIKRLASH KO‘NIKMASINI SHAKLLANTIRISH. Islomova Dilnoza Baxtiyorovna Kogon tuman 1-umumta’lim maktabi Psixologi Tel: 998914071525 Annotatsiya: maqolada o‘qitishda o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish, mantiqiy fikrlah va ijodkorlikka yo‘naltirish to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan. Kalit so‘zlar: mustaqil fikrlash, muammoli vaziyat XXI asrda dunyoning har bir burchagida turli sohalar bo‘yicha bunyodkorlik ishlari soni kundan kunga ortib,hayot sharoitlari qulaylashib bormoqda. Bu kabi islohotlar natijasi ko‘p jihatdan shu davlat ta’lim tizimiga bog‘liq. Turli rivojlangan davlatlarda ta’lim tizimiga ko‘p e’tibor qaratilib, samarali ta’lim tizimini joriy etilishi natijasida yuksak marralarni egallab kelishmoqda. Bizning vatanimizda ham ta’lim tizimiga e’tibor kundan kunga ortib bormoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev yoshlar ta’lim tarbiyasiga diqqat qaratib, bu tizimga o‘zgartirishlar kiritmoqda. Ta’lim tizimi boshqichlari ya’ni, maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, oliy ta’lim, oliy ta’limdan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish umuman olganda ta’limning har bir jarayoniga tubdan o‘zgarishlar kiritildi. Har bir ish, jaryon kelajakdagi katta natijalar uchun qaratilmog‘i lozim. Agar inson tayyor bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga moslashib qolsa, uning tabiiy ijodiy qobilyatlari qotib qoladi. U mustaqil fikrlash, olingan bilimni miyada qayta ishlashni esdan chiqaradi. Bu kabi holatlarni oldini olish uchun ta’lim oluvchilarda fikrlash qobilyatini rivojlantirish lozim. Fikrlash jarayoni muammoli masalalar yechishda a’lo darajada namoyon bo‘ladi va rivojlanadi. Shu o‘rinda muammoli o‘qish to‘g‘risida fikr yuritsak, muammoli o‘qish texnologiyasi faylasuf, psixolog, pedagog J.Dyunning nazariyalariga asoslanadi va XX asrning 20-30 yillarida tarqala boshlagan. Bu texnologiya shaxsga yo‘naltirilgan texnologiya bo‘lib, bu yerda shaxs subyekt sifatida qaraladi. Bundan asosiy maqsad-pedagogik jarayonga o‘ziga xos qiziqish uyg‘otishdir. Muammoli o‘qitish samarali o‘qitish bo‘lib, ilmiy bilimlar mantigi o‘zidan muammoli vaziyatlar mantig‘ini namoyon etadi. O‘qituvchi muammoli vaziyat tanlashda juda aniq ma’lumotlarga tayangan holda, fikrlashga yo‘naltirilgan maxsus vositalar qo‘llab, o‘quvchi muammoli vaziyat mazmun-mohiyatini aniq anglab yetadigan metodlardan foydalanishi, texnik jihatdan to‘g‘ri jihozlanishi zarur. Agar o‘qituvchi o‘quvchiga ma’lum bir topshiriq berib uni bu topshiriqni bajara olishga undasa bu muammoli vaziyat bo‘la olmaydi. Bu vazifani yakka o‘zi yechishni o‘rganadi, xolos. Muammoli vaziyat orqali fikrlashga o‘rgatish esa, uni muammodagi o‘zidagi nazariy va amaliy bilimlar orqali muammoli yechimini o‘zi o‘ylaganidek tu- gallashiga olib borishi zarur. Bu jarayonlar davomida murakkab tushunchalar maz- muni aniqlashtirib ko‘rsatish orqali unga tizimli ravishda muammolar qo‘yib boriladi. O‘quvchilarning fikriy faoliyati faqatgina ijodiy jarayonlarda faolllashadi. Muammoli vaziyatni tashkil qilishda tarix (tarixiy voqea hodisalar) keng ko‘lamli manba hisoblanadi. Yechim esa ijodiy faollik, ham jamoaviy, ham shaxsiy hissalari hisobga olinadi. O‘quvchi muammoni ijodiy yechimini topishda axborotni tavsiflash, tashkil etish, baholashni o‘rganadi. O‘zi uchun qaysi muhim axborot yetishmasligini va uni qanday topish yo‘llarini o‘rganib boradi. Keys usulidan foydalanish shuni ko‘rsatadiki talabaning fikricha muammoning yechim usulidan ko‘ra ular insonning xulq-atvori bo‘yicha ko‘proq bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari maqsadga muvo- fiqdir. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 11 Yuqoridagi fikrlardan ko‘rinib turibdiki muammoli vaziyat (keys-stadi) texnologiyasi hozirgi davrda qo‘llanilish ko‘lami kengayishi kerak bo‘lgan texnologiyalardan biri hisoblanadi. Bu usulni O‘zbekiston ta’lim tizimining har bir bosqichida qo‘llanilish samaradorligini oshirish, XXI asr rivojlangan davlatlar safiga kirish uchun bir omil bo‘lib xizmat qiladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Yo‘ldoshev J va boshqalar. Zamonaviy dars. Toshkent.; 2007 2. Hazratqulov U.M, Usmonboyeva M.N, Rustamova S.S. Ta’limni tashkil etishda zamonaviy interfaol metodlar. O‘quv uslubiy tavsiya/ Toshkent - 2016 Апрель 2021 10-қисм Тошкент 12 KICHIK MАKTАB YOSHIDАGI BOLАLАRNING PSIXIK RIVOJLАNISHI. Avliyoqulova Shahodat Muzafarovna Buxoxro viloyat Kogon tuman 11-umumta’lim maktabi psixologi Gmail: avliyakulovshahodat@gmail.com Тelefon:+998916455697 Аnnotatsiya: Ushbu maqolada kichik maktab davri 6-7 yoshdan boshlanib to 9-10 yoshgacha bo‘lgan maktab bolalarining psixik rivojlanishida qo‘llaniladigan biologik va psixologik mashqlarning ahamiyati haqida ma’lumotlar keltirilgan. Аннотация: В статье представлена информация о важности биологических и психологических упражнений, используемых в умственном развитии детей младшего школьного возраста от 6-7 лет до 9-10 лет. Kalit so‘zlar: biologik va psixologik, ot, fe’l, sifat, son, grammatik tizim. Kichik maktab davri 6-7 yoshdan boshlanib to 9-10 yoshgacha davom etadi. Bu davrda bola u maktab o‘quvchilariga qo‘yiladigan har xil talablar bilan tanishadi, fan asoslarini o‘rganish uchun biologik va psixologik jihatdan tayyorlanadi. Uning psixikasi bilim olishga yetadigan darajada rivojlanadi. Shu yoshdagi bola idrokining o‘tkirligi, ravshanligi, sofligi, aniqligi, o‘zining qiziquvchanligi, ishonuvchanligi, xayolining yorqinligi, xotirasining kuchliligi, tafakkurning ya yaqolligi bilan boshqa yoshdagi bolalardan ajralib turadi. Maktab ta’limiga tayyorlanyotgan bolada diqqat nisbatan uzoq muddatli va shartli barqaror bo‘ladi. Kichik maktab yoshidagi bolalarning asosiy faoliyati o‘qish hisoblanadi. Bolaning maktabga borishi uning psixologik rivojlanishi va shaxsning shakllanishidagi o‘rni nihoyatda katta Bola o‘quv faoliyatida o‘qituvchi rahbarligi ostida inson ongining turli asosiy shakllari mazmunini egallaydi va insoniy an’analar asosida harakat qilishni o‘rganadi. O‘quv faoliyatida bola o‘z irodasini o‘quv maqsadlariga erishish uchun mashq qildiradi. O‘quv faoliyati boladan nutq, diqqat, xotira, tasavvur va tafakkurini kerakli darajada rivojlanishini talab etgan holda, bola shaxsi rivojlanishi uchun yangi sharoitlarni yaratadi. Birinchi bor maktabga kelgan bola uz atrofidagilar bilan psixologik jihatdan yangi munosabat tizimiga o‘tadi. U o‘zining hayoti tubdan o‘zgarganini. unga yangi majburiyatlar nafaqat har kuni maktabga borish, balki o‘quv faoliyati talablariga bo‘ysunish ham yuklatilganligini his eta boshlaydi. Oila a’zolarining bola o‘quv faoliyati, yutuqlari bilan qiziqayotganligi, shuningdek. uni nazorat qilayotganligi, unga qilinayotgan yangi shakllaridagi muommala munosabat uning ijtimoiy mavqei o‘zgarganligini to‘la his etishiga, o‘ziga nisbatan munosabatining o‘zgarishiga asos bo‘ladi. Kattalar bolalarni amaliy jihatdan yuz vaqtlarini to‘g‘ri taqsimlash borasida yaxshi o‘qish, o‘ynash, sayr qilish va boshqa narsalar bilan shug‘ullanishga o‘rgatadilar. Demak, oilada bola u bilan hisoblashadigan, maslahatlashadigan yangi bir o‘rinni egallaydi. O‘quvchining maktabdagi muvafaqqiyati uning keyingi psixik rivoji va shaxsining shakllanishida to‘liq ijobiy asos bo‘ladi. Bola insoniy munosabatlar tizimida ham alohida o‘rin egallayotganini, ota-onasi, yaqinlari, atrofdagilar unga yosh boladek emas. balki o‘z vazifalari, majburiyatlari bor bo‘lgan, o‘z faoliyat natijasiga ko‘ra hurmatga sazovor bo‘lishi mumkin bo‘lgan alohida shaxs deb munosabatda bo‘ladilar. Buning natijasida bolaning o‘z-o‘zidan oilasi, sinfi va boshqa jamoalardagi o‘z urnrini anglay boshlaganini ko‘rish mumkin. Maktabga kelish arafasida bolaning so‘z boyligi turli masalalar bo‘yicha o‘z fikrining bayon eta oladigan darajada ortadi. Аgar o‘z yoshdagi normal rivojlanayotgan bola o‘z nutqida 500-600 so‘zni ishlatsa, olti yoshli bola 3000-7000 so‘zni ishlatadi. Boshlang‘ich sinf yoshidagi bolalar nutqi asosan ot, fe’l, sifat, son va bog‘lovchilardan iborat bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalar o‘z nutqlarida qaysi so‘zlarni ishlatgan ma’qul-ku, qaysilarini ishlatish mumkin emasligini farqlay oladilar. 6-7 yoshli bola o‘z jumlalarini murakkab grammatik tizimda tuza oladi. Bola butun bolalik davrida nutqni jadal ravishda egallab borib nutqni o‘zlashtirish ma’lum bir faoliyatga aylana boradi. 7-9 yoshli bolalarning o‘ziga xos yana bir xususiyati borki bola nutqda faqatgina o‘z fikrini bayon etibgina qolmay, balki o‘z suhbatdoshining diqqatini o‘ziga jalb qilish uchun ham gapiradilar. Bu davrda yozma nutq ham shakllanishini boshlaydi. Yozma nutq jumlalarni tug‘ri tuzish va so‘zlarni ham tug‘ri yozishga ma’lum talablar ko‘yilganligi bilan xarakterlanadi. Bola so‘zlarni Апрель 2021 10-қисм Тошкент 13 qanday eshitgan bo‘lsa, shundayligicha yozilmasligini bilishi, ularni to‘g‘ri talaffuz etishga va yozishga o‘rganishi zarur. Yozma nutq egallash asosida bolalarda turli matnlar haqida ma’lumot ham yuzaga keladi. Bu davrda yozma nutq endi shakllana boshlagani bois bolada hali o‘zi yozgan fikrlarni so‘z va harflarni nazorat etish malakasi hali juda kam. Lekin unga ijod qilish imkoniyati beriladi. Ushbu mustaqil ijodiy ish maktab yoshidagi o‘quvchida berilgan mavzuni anglash, uning mazmunini aniqlash. fikrini bayon etish uchun material to‘plash, asosiysini ajratib olish ma’lum ketma-ketlikda materialni bayon etish, reja tuzish malakasi yuzaga keltiradi. Jumlalarni to‘g‘ri tuzish, aynan mazmunga to‘g‘ri keladigan so‘zlarni topish va ularni to‘g‘ri yozish ham, tinish belgilarini to‘g‘ri qo‘yish, o‘z holatlarini topa olish, to‘g‘rilay olish ham aqliy rivojlanishining ko‘rsatkichlaridan hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. A.I.Rasulov L.S.tursunov “Экспериментал психологиядан практикум” Toshkent-2010 yil 2. A.I.Rasulov “Психодиакностика” Toshkent-2010 yil 3. Diyana Xalpern “Психология критечского мышления” С-Пб-2000 yil Апрель 2021 10-қисм Тошкент 14 MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMIDAGI BOLALARNI IJODKORLIK QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH Bobonazarova Komola Gayratovna Toshkent shahar 369-sonli Qoʻshma tipdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi Annotatsiya: Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodiy qobilliyatlarini rivojlantirishning oʻziga xos xususiyatlari hamda bolalardagi ijodkorlik qobiliyatlarini shakllantirishda tarbiyachilarning oʻrni xususida fikr-mulohazalar bayon etilgan. Kalit soʻzlari: maktabgacha ta’lim tizimi, ijodkorlik, qobiliyat, ijodkorlik texnologiyalari, individual xususiyat. Ijodkorlik – bu sifat jihatidan yangi, original va takrorlanmas biror yangilikni paydo qiluvchi faoliyatdir. Qobiliyat – shaxsning individual-psixologik xususiyati bo‘ladi, muayyan faoliyat yuzasidan layoqati va ishni muvaffaqiyatli amalga oshirish subyektiv shart-sharoitini ifodalovchi individual psixik sifatlar yig‘indisidir. Qobiliyatlar individual-psixologik xususiyat bo‘lgani sababli, shaxsning boshqa sifatlari va xususiyatlariga, ya’ni aql sifatlariga, xotira va xarakter xususiyatlariga, histuyg‘ulariga qaramaqarshi qo‘yilmaydi, balki ular bilan bir qatorga qo‘yilishi kerak. Qobiliyat bilimdan farq qiladi. Bilim – bu ilmiy mutolaalar natijasidir, qobiliyat esa insonning psixologik va fiziologik tuzilishiga xos bo‘lgan xususiyatdir. Qobiliyat bilim olish uchun zaruriy shart-sharoit yaratadi, shu bilan birga, u ma’lum darajada bilim olish mahsulidir. Umumiy va maxsus bilimlarni o‘zlashtirish, shuningdek, kasbiy mahoratni egallash jarayonida qobiliyat mukammallashib va rivojlanib boradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish deganda bolalarda tabiatdan berilgan aqliy kuchlar, sezgilar, ruhiy holatlar biluvchanlik va faoliyat erkinligini rivojlantirish insonda mustaqil fikr yuritib, oldiga maqsad qo‘ya olish hamda ko‘zlangan maqsadiga erishish tushuniladi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisi bolalarda bilishga oid qiziqishlarini rivojlantirishga qaratilgan mativatsion qiziqish tomonlariga asosiy e’tiborni qaratish lozim. Ana shu bolalar bilan olib boriladigan mashg‘ulotlarning xarakterli xususiyati ular psixikasining ojiz tamonlariga passivlik bilan moslashish emas, balki bolalarning maksimal darajada voyaga yetishi uchun ularning aqliy rivojlanishiga aktiv ta’sir ko‘rsatish tizimi bo‘lmog‘i zarur. Tarbiyachi ayrim bolalarda o‘zining o‘rtacha ekanligi, qobiliyatsizligi va hatto mukammal emasligi haqida paydo bo‘ladigan tasavvurga qarshilik ko‘rsatishi lozim. Ta’lim bunday bolalarning individual xususiyatlariga muvofiqlashmaydi, balki tarbiyalanuvchining o‘zi tabora tezlashib va murakkablashib borayotgan ta’lim tizimiga ko‘proq moslashadi. Shunday ekan maktabgacha tarbiya muassasasi tarbiyachisining asosiy vazifasi bolalarning yuqori darajada va har tamonlama rivojlanishini ta’minlaydigan shart-sharoitni aniqlashdan iborat. Bolalarning ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishning asosiy xususiyatlari quyidagilar hisoblanadi: – bolaning ijodiyotda turli qirralarini namoyish etishi uchun yo‘l ochib berish; – bolalarda bilishga oid qiziqishlarini rivojlantirishga qaratilgan motivatsion qiziqish tomonlariga e’tibor berish; – jarayonda bolaning o‘zi ham faol ishtirok etadi ya’ni tarbiyalanuvchi tarbiyaning faqat obyektigina emas, balki atrofdagi voqealarga ta’sir etuvchi subyekt hamdir. Bolalarda ijodkorlik – faoliyatning turli holatlarida paydo bo‘ladi. Qiziqish, intilish va boshqalar ijodkorlikning inson ongida eng oliy tarzda paydo bo‘lishidan tortib, to namoyon bo‘lishigacha bo‘lgan jarayonni o‘z ichiga oladi. Yuqorida ta’kidlanganimizdek, har kimning ijodkorlik fazilatlarini shakllanishi maktabgacha ta’lim tashkilotidan boshlanadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarda ijodkorlik qobiliyatlarni shakllantirish tarbiyachi-pedagoglarning birinchi galdagi vazifasi hisoblanadi. Bolalardagi ijodiy qobiliyatning har qanday kurtaklari ta’lim-tarbiyadan,faoliyatdan tashqarida kamol topa olmaydi. Bu esa, o‘z navbatida ta’lim-tarbiya jarayonida bolalardagi yashirin iste’dodlarni yuzaga chiqarish, kichik maktab yoshidan boshlab o‘z faoliyatini namoyon qilishi uchun imkoniyat yaratish, ulardagi ijodkorlik qobiliyatini rivojlantirish kelajakda yuksak salohiyatli, ijtimoiy faol, o‘tkir zehnli, kashfiyotchilik qobiliyatini namoyon eta oladigan raqobatbardosh kadrlarni voyaga yetkazish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 15 Maktabgacha yoshdagi bolalarda ijodkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish uchun quyidagi texnologiyani tavsiya qilamiz: 1. “Ochiq mashqlar texnologiyasi”, ya’ni ma’lum bir yechimga ega bo‘lmagan hamda to‘g‘ri javobning bir necha turlarini berish imkonini beruvchi mashqlar. – chizmalarni to‘ldirish; – hikoyalar tuzish; – 2-3 so‘zdan iborat bo‘lgan gaplar tuzish; – gaplarni turli usullardan foydalanib yakunlash; – berilgan xom-ashyodan foydalanib predmetni yasash; – predmetdan foydalanishning barcha usullarini keltirib o‘tish; – berilgan predmetni takomillashtirish (o‘yinchoqni o‘ynash uchun qiziqarli bo‘lgan ko‘rinishga keltirish); – predmet, shakl, harflar to‘plamlarining turli xillarini topish; – g‘ayrioddiy xodisalarning turli xillarini to‘qish; – holat hamda predmet o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash; – predmetlarni boshqa sifatlarini keltirish. Yuqorida berilgan texnologiya asosida maktabgacha ta’lim tizimi tarbiyalanuvchilarining ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha o‘yinlar kartotekasini tuzish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, yuqoridagi ijodiy qobiliyatni rivojlantirishga qaratilgan barcha ishlar faoliyatni ijodkorlikka yo‘naltirilgan ilmiy bilish masalalari bilan bog‘liq ekan. Maktabgacha ta’lim tizimi tarbiyalanuvchilarining ijodiy qobiliyatini rivojlantirish tizimli, maqsadga muvofiq, yangicha yondashuv asosida samarali natijalarga erishish mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar. 1. O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari. – T.: 2018 2. Ibragimov X., Abdullayeva Sh. Pedagogika –T.: 2004 3. Sodikova Sh. Maktabgacha pedagogika. – T.: 2012 Апрель 2021 10-қисм Тошкент 16 BOSHLANG‘ICH SINFLARDA TEXNOLOGIYA DARSI MASHG‘ULOTLARINI TASHKIL ETISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING SAMARALI USULLARI Siddiqova Erkinoy Gadoyevna Navoiy viloyati Zarafshon shahar 13-sonli ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Tel:+998919739647 Email : SiddiqErkinoy1986@inbox.uz Annotatsiya: Bu maqolada boshlang‘ich sinflarda texnologiya darsi mashg‘ulotlarini tashkil etishda innovatsion texnologiyalardan foyddalnish usullari haqida so‘z yuriltilgan Kalit so‘zlar: Slayd shou , videolavhalar , animatsiyalar , videoroliklar O‘zbekiston ta’lim va tarbiyaning bosh maqsadi va mazmuni tubdan yangilandi. Yosh avlod yangicha ruhda tarbiyalash, yangicha fikrlashga o‘rgatish “Ta’lim to‘grisida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda “Maktab ta’limini rivojlantirish davlat umummilliy dasturi” kabi muhim xujjatlarda o‘z aksini topdi. Ta’lim mazmuni va sifatiga katta e’tibor qaratilgan bugungi kunda har bir pedagog o‘z ish faoliyatini ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etmog‘i kerak. Bugungi kunda jamiyat rivojlanishining har bir davrida bo‘lganidek, texnologiya faniga munosabat bugungi shiddatkor davrda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Boshlang‘ich ta’lim tizimiga innovatsion texnologiyalarni olib kirishda texnologiya fanini o‘qitishda keng ko‘lamda foydalanish imkoniyatlari mavjud. Boshlang‘ich sinflarda texnologiya darslari mazmuni o‘quvchining qo‘l harakat tizimlarini mukammal shakllantirish, ijodiy fikrlash, amaliy ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish, amaliy san’at na’munalari bilan tanishtirish, kasb-hunarga qiziqish uyg‘otish asosiy vazifa sifatida qaralayotganligi sir emas. Bugungi kun texnologiya darslarida, mehnat qurollaridan xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda foydalana olish, qog‘ozning inson faoliyatidagi ahamiyatini bilish va u bilan ishlay olish, mehnatga ijodiy va ongli yondosha olish, texnik modellashtirishga oid ishlarni bajara olish, qurilish materiallariga ishlov berish jarayonini bilish, karton bilan ishlay olish, o‘zining va o‘zgalarning mehnat faoliyatini baholay olish, uy-ro‘zg‘or ishlarini bajara olish, sodda konstruktorlik ishlarini bajarish mahalliy va tabiiy materiallardan foydalana olish, gazlama, ip va tikuv asboblarini bilish, elementar tikuv ishlarini bajara olish inson mehnatini va faoliyatini turlarini anglash, qishloq va shahar aholisi hayoti va mehnatini bilish, duradgorlikka oid sodda va yengil ishlarni bajara olish (o‘g‘il bolalar), oddiy bichish-tikish ishlarini bajara olish(qiz bolalar) kabi ko‘nikmalar egallaydilar. Ko‘nikmalarni egallashda boshlang‘ich sinfda texnologiya darslarida innovatsion texnologiyalardan foydalanish yuqori samara berishga zamin bo‘la oladi. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatiga yangilik, o‘zgartirishlar kiritish bo‘lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol usullardan foydalaniladi. texnologiya darslarida quyidagi interfaol usullardan ya’ni “Klaster”, “Rasmli test”, “Harflarini joy-joyiga qo‘yish” foydalanish maqsadga muvofiqdir. 2-sinf o‘quvchilariga “Aplikatsiya, qog‘ozdan turli hayvonlar va qushlarni yasash” mavzulari rejalashtirilgan. Bu mavzuni o‘rgatishda quyidagi rasmli testdan foydalanish o‘quvchilarni o‘zlari mustaqil ishlash uchun zamin bo‘la oladi. Rasmli testni o‘tkazish quyidagicha: O‘quvchilarni guruhlarga ajratib olamiz, guruhlarga ajratishda turli hayvonlar va qushlar rasmlaridan foydalanamiz, rasmlar guruhning soniga qarab tayyorlanadi (4 ta guruh bo‘lsa 4 ta rasm), guruhlarga o‘zlari tanlagan rasmni bo‘laklarga ajratilgan holda tarqatiladi, ishni bajarish tartibini tushuntirib o‘tiladi va bajarish uchun vaqt ajratiladi, o‘quvchilar rasm bo‘lakchalarini A4 o‘lchamdagi qog‘ozga yelimlab yopishtiradilar. Bu rasmli testni o‘quvchilarga individual shaklda ham o‘tkazilsa bo‘ladi. 1-rasm. (bo‘laklarga ajratilgan holda). 2-rasm.(biriktirilgan holda). Klaster tuzish o‘quvchilarni fikrlash doirasini kengaytirishga asos bo‘la oladigan interfaol usullardandir. Misol uchun o‘quvchilarga “mevalarni bilasizmi?”, “poliz ekinlari nomini bilasizmi?” kabi Апрель 2021 10-қисм Тошкент 17 savollarga javobni klaster usuli yordamida yechilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi (Guruh shaklida bajarish). Boshlang‘ich ta’lim tizimiga innovatsion texnologiyalarni olib kirishda texnologiya fanini o‘qitishda keng ko‘lamda foydalanish ta’limning keyingi bosqichlari uchun asos vazifasini o‘taydi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari maktabga ilk kunlaridan boshlaboq ularning turli xil yo‘nalishdagi qobiliyatlari, qiziqishlari e’tiborga olib qaralishi maqsadga muvofiqdir. Kimda qog‘oz bilan ishlashga, kimda tikish va bichishga, kimda rang-tasvirga, yana kimdadir kashtachilikka, hullas, har bir o‘quvchi turli xil yo‘nalishga moyilligi, qiziqishlarini aniqlashga yordam beradi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Omonov X.T. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat//O‘zbekiston. –Toshkent, 2012. –b.24. 2. Mavlonova R.A. Mehnat o‘qitish metodikasi// Toshkent. –Noshir, 2013. –b.71 3. Tursunos I.G., Bekchanov D.J. Ta’lim va tarbiya nazariyasi//Toshkent. –Chirchiq, 2019. –b.7. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 18 BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIGA OT MAVZUSINI O‘RGATISH DAVOMIDA TA’LIMIY O‘YINLARDAN FOYDALANISH Tosheva Orzigul Daniyorovna Navoiy viloyati Zarafshon shahar 13-sonli ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Tel:+998907325223 Email : Tosheva Orzigul1983@inbox.uz Annotatsiya: Bu maqolada boshlang‘ich sinflarda ot mavzusini o‘rgatish davomida ta’limiy o‘yinlarning o‘rni mavzusida so‘z yuritilgan hamda ularni qo‘llash borasida uslubiy ko‘rsatmalar berilib o‘tilgan. Kalit so‘zlar: Slayd shou , videolavhalar, animatsiyalar, videoroliklar Ta’lim o‘qituvchi va o‘quvchilarning hamkorligidagi faoliyati bo‘lib, shu jarayonda shaxsning taraqqiyoti, uning ma’lumoti va tarbiyasi ham amalga oshadi. Darslarda o‘qituvchi o‘z bilimi, ko‘nikma va malakalarini mashg‘ulotlar vositasida o‘quvchilarga yetkazadi, o‘quvchilar esa uni o‘zlashtirib borishi natijasida undan foydalanish qobilyatiga ega bo‘ladi. Ta’lim jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchilarning dars paytidagi hamkorligi o‘quvchilarning mustaqil ishlashi, sinfdan tashqari ishlar shaklida ta’lim va tarbiya masalalari hal etiladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ayrimlari hali maktab hayotiga to‘la jiddiy yondashmagan bo‘ladi. Shuning uchun yangi mavzuni o‘rgatishda ta’limiy o‘yinlardan foydalanilganda ,o‘quvchining mavzini eslab qolishi yuqori bo‘ladi «O‘zbek tilining izohli lug‘ati»da o‘yinga quyidagicha ta’rif berilgan. 1. Ko‘ngil ochish , dam olish maqsadida qilinadigan erkin harakat yoki mashg‘ulot 2. Boshqalar bilan musobaqa qilish uchun ma’lum qoidalar asosida o‘tkaziladigan mashg‘ulot 3. Ritmik harakatlar va mimikalar uyg‘unligidan iborat san’at, raqs1 Metodik asarlarda «oyin» so‘zining ikkinchi ma’nosi asosida tafakkur o‘stirishni, ya’nio‘yinning ta’lim berish usuli, vositasi sifatida qoidalar asosida o‘tkazilzdigan mashg‘ulot ekanligini ko‘rsatib o‘tmoqchiman. Psixologlarning uqtirishicha, o‘yin shunday faoliyat turiki, u bevosita biror moddiy yoki ma’naviy nematlar yaratishni nazrda tutmaydi, lekin jamiyatdagi murakkab va xilma-xil faoliyat normalari, harakatning simvolik andozalari bola tomonidan o‘zlashtiriladi. O‘quvchi toki o‘ynamaguncha, kattalar xatti-harakatlarining ma’no va mohiyatini anglab yetolmaydi 2. O‘yin – bu bolalar uchun o‘qish, mehnat qilish va tarbiya vositasidir. Biroq, darsning asosiy qismini o‘yin darsiga aylantirib qo‘ymaslik kerak. Boshlang‘ich sinflarda ot so‘z turkumi ustida ishlashda quyidagi ta’limiy o‘yinlardan foydalanish mumkin: «Bir so‘zdan ikki ism o‘yini». Sinf o‘quvchilari uch guruhga ajratiladi va ularga gulning nomlari, mehnat qurollari hamda hayvonlarning nomlarini yozish va ularga atab qo‘yilgan kishi ismlarini yozish topshiriladi. O‘quvchilar yozadilar rayhon- Rayhon, chinigul- Chinigul lola- Lola, nilufar- Nilufar bolta- Boltaboy,tesha- Teshaboy o‘roq- O‘roqboy, bo‘ri- Bo‘riboy, qo‘zi- Qo‘ziboy, olmaxon- Olmaxon Shu so‘zlarni yozishda qaysi biri bosh harf bilan va qaysi biri kichik harf bilan yozilishiga e’tibor berib, uni to‘g‘ri yozgan o‘quvchi yoki o‘quvchilar guruh g‘olib bo‘ladi. O‘qituvchi dars davomida «O‘z shahringiz nomini sharhlay olasanmi?» o‘yin- topshirig‘idan foydalanib, atoqli otlar imlosi ustida ishlash mumkin.Buning uchun o‘qituvchi o‘quvchilarga bu mavzuni oldin vazifa qilib beradi va ota-onasi,bobo- buvilaridan so‘rab,shaharlari tarixi haqida bilib kelishlarini topshiradi. «O‘rmonda va uyda» o‘yini. O‘qituvchi o‘yin haqida o‘quvchilarga izoh beradi:O‘rmonda yashaydigan yovvoyi hayvonlar va hovlida yashaydigan uy hayvonlari haqida o‘ylang, hamda ularni ikki ustunga ajratib yozib chiqing, deyiladi. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 19 O‘rmonda Uyda Bo‘ri qo‘y Tulki ot Sher sigir Ayiq echki Qaysi o‘quvchi yoki o‘quvchilar guruhi belgilangan vaqtda ko‘p hayvon nomini yozsa, shu o‘quvchi yoki guruh o‘yin g‘olibi hisoblanadi. « Kichraytirish yoki erkalash otlarini tez top» o‘yini. O‘quvchilarni ikki guruhga bo‘lib,birinchi guruhga kichraytirish otlarini ( mushukcha, kuchukcha, qizcha…)ikkinchi guruhga erkalash otlarini (mittivoy,bolaginam, ..)yozish, shu so‘zlar ishtirokida gaplar tuzish, ularning ma’nosini tushuntirish kabi ijodiy va amaliy ishlar topshiriladi. Ta’limiy o‘yinlarga qo‘yiladigan talablar quyidagilardan iborat: 1. Ta’limiy o‘yinlar o‘quvchining yoshiga mos bo‘lishi kerak. 2. O‘yinlar o‘tilayotgan mavzu mazmun-mahiyatiga mos bo‘lishi kerak 3. Ta’limiy o‘yinlar o‘tkazish vaqti aniq belgilanishi kerak. 4. Ta’limiy o‘yinlar ham ta’limiy , ham tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lishi kerak. 5. Ta’limiy o‘yinlarning o‘tkazilish maqsadi,ahamiyatibelgilanishi lozim. Xulosa qilib aytganda,o‘yinlar yordamida o‘quvchilarning darsga qiziqishlarini orttirish va tafakkur doiralarini kengaytirish mumkin.Bu usulda o‘quvchilar mavzuni oson va yaxshi tushunadilar. O‘yin paytida o‘quvchilar har doim o‘zlariga tanish bo‘lgan manbalarga asoslangan holda ish tutadilar, natijada bu materiallar ularning xotirasiga yana ham mustahkam o‘rnashib qoladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbek tilining izohli lug‘ati.2- jild . –M.: Russkiy yazik, 1981 –B 498 2. Karimova V.Psixologiya –T,:A. Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2002, B 76. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 20 TASAVVUF VA O‘Z-O‘ZINI RIVOJLANTIRISH TARAQQIYOTNING MUHIM OMILI Bobojonov Maqsadbek Ulug‘bekovich Xorazm viloyati , Urganch tumani 15- son umumiy o‘rta ta’lim maktabining amaliyotchi psixologi Tobora globallashayotgan dunyoda avj olib borayotgan demokratlashtirish jarayonlari kuchayib bormoqda. Bu taraqqiyotning eng muhim manbai sifatida e’tirof etilayotgan bir paytda, dolzarb muammo sifatida texnik taraqqiyotning inson ustidan ham hukmronga aylanib borayotganligi turibdiki, bu endi hech kimga sir emas. Agar taraqqiyot shu yo‘sinda ketadigan bo‘lsa, inson o‘z nafsiga qul bo‘lib, tayyorga-ayyor bo‘lib boraversa, uning uchun barcha sharoitni o‘sha texnik taraqqiyot amalga oshirishda davom etsa va bundan manfaatdor bo‘lgan katta koorporatsiya va kompaniyalar o‘z hissalarini qo‘shaversa, unda kelajakda qanday vaziyat yuzaga keladi? degan savol tug‘iladi. Xo‘sh, bu muammoga qanday yondoshish kerak? Bu savollarga javob shuki inson o‘zining cheksiz imkoniyatlaridan o‘z tafakkurini kuchaytirib foydalanishi kerak. Ya’ni insonda insoniy va hayvoniy mayl bo‘lib, bunda qalb insoniy istakka kirsa, aqlga ergashish hayvoniy istakka kiradi. Unga ko‘ra ularni muvozanatini tafakkur yordamida belgilash mumkin. Chunki tafakkur hamma narsani xolisona va oqilona baholaydi. Har qanday taraqqiyotga xoh u texnik, xoh insoniy bo‘lsin tafakkur va ma’rifat orqali erishiladi. Bizning asrimizda davlatlardan inson imkoniyatlariga beshik bo‘lish va bo‘laolish talab etiladi. Ba’zan inson imkoniyatlaridan notog‘ri foydalanilgan, masalan G‘arb davlatlari taraqqiyotning texnik usulini bosib o‘tib, oqibatda juda ko‘plab ma’naviy inqirozlarni: oila institutining dars ketishi, turli ruxiy kasalliklar avj olishi, munosabatlarning salbiylashuvi va boshqalarni keltirib chiqarishdi. Sharq xalqlarida esa bu narsa asosan an’analarga hurmat, oilaning mustahkam bo‘lishi, mehr-oqibat va boshqa ko‘rinishlarda roy berdi. Bunga sabab qilib Sharqda azaldan rivojlangan falsafani keltirish mumkin. Ya’ni ilm Misrda, falsafa Hindistonda paydo bo‘lgan bo‘lsa, ularni birlashtiruvchi amaliyot Markaziy Osiyoda paydo bo‘lgan deb manba’larda ko‘rsatigan. O‘zbek xalqida azaldan inson imkoniyatiga beshik bo‘lib kelayotgan tizim, tasavvuf bor ediki, bu haqiqiy amaliy falsafa edi. Tasavvuf nima? degan savol tug‘ilishi mumkin. Tasavvuf – bu insonni o‘zligini anglashni, uni rivojlantirish va yuksak ma’qomlarga chiqarishni ko‘zlovchi yo‘ldir. Tasavvuf allomalari Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Bahouddin Naqshband, shuningdek uni qabul qilgan Alisher Navoiy, sohibqiron Amir Temur kabilarni e’tirof etish zarur. XVII-XX asr G‘arb falsafasinig rivojlanishida tasavvuf allomalarining asarlari beqiyos manbaa bo‘lib hizmat qilgan. Tasavvuf va falsafa o‘rtasida o‘xshashlik va farqlar mavjuddir. Tasavvufda butun va bo‘lak munosabati mavjud bo‘lib, butun Ollohga qiyoslansa, bo‘lak ya’ni qismlar barcha Ilohdan tashqari bo‘lgan narsalarga qiyoslanadi. Bunda butun o‘zini tashkil qilgan bo‘lakdan katta, shu bilan birga bo‘lak butunning ajralmas qismi yoki davomidir. Bo‘lak butunning barcha imkoniyatlariga ega va uning vositasida jamlangan butun ham huddi shundaydir. Bu falsafada “substansiya”(asos) deb ataladi. Falsafa ilmiyligi sababli o‘zining birbiridan farq qiluvchi qarashlariga egadir. “Gologramma” tushunchasi fanda mavjud bo‘lib, bu bir butun narsaning o‘zini tashkil etgan har bir bo‘lakda namoyon bo‘lishidir. Masalan dengiz yulduzining bir qismi kesib olinsa, kemtik qayta tiklanadi. Bundan tashqari, o‘sha joydan yangi yulduz o‘sib chiqishi mumkin. Chunki uning har zarrasida irsiy kod mavjud. Bu holat 1947-yili Denis Garbor tomonidan aniqlanib, u bu kashfiyoti uchun Nobel mukofoti olgan.[3.5] Albert Eynshteyn “nisbiylik nazariyasini” yaratib, 1921-yilda Nobel mukofotini olgan. Unga ko‘ra barcha narsa nisbiy va yorug‘lik nuri bundan mustasno bo‘lib, har qanday modda energiyadan iboratdir. Ya’ni jism energiyasi uning massasini yorug‘lik tezligi kvadratiga ko‘paytmasiga teng edi(E=mc2).[5]Koinotning yaratilishi bilan bog‘liq bo‘lgan “Katta portlash” nazariyasiga ko‘ra esa, koinot kengayib borayotganligi isbotlangan, ammo u o‘zining chegarasiga yetgach qisqarishni boshlaydi va bu endi “Buyuk muzlik davri”ni keltirib chiqaradi deb hisoblashadi. Chunki qisqarish moddaning bir-biridan uzoqlashishi va bu esa o‘z-o‘zidan muzlik davrini keltirib chiqaradi deb tushintiriladi. G‘arb butun imkoniyatlarni texnik taraqqiyotga qaratmoqda, buning uchun katta-katta mablag‘lar sarflanmoqda oqibatda esa tabiiy muhitning yomonlashuvi va eng yomoni begonalashuv kabi psixologik illatlar kelib chiqmoqda. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 21 Sharq falsafasi va tasavvufda olamda “substansiya” mavjudligi aytiladi. O‘sha “substansiya”ni xudo deb ta’riflashadi. Tasavvufda esa bu holat yaqqol namoyon bo‘lib, modomiki butun ya’ni Olloh yagona ekan, uning qismlari ham uning tarkibidadir va natijada baxt doimiy va abadiydir. Sharq allomalari insonning katta texnik ixtirolarga qodirligini bilishganligi aytiladi. Ammo ular o‘zlikni tanish orqali Xudoni tanishni maqsad qilib, qo‘yishgan va o‘zlarini takomillashtirib nisbiylikdan tashqaridagi mohiyatlariga intilishgan. O‘z bilimlarini yomon niyatli kishilar qo‘liga tushib qolmasligi uchun masalan, Umar Xayyom ularni ruboiylarida qirq qulf va yetti parda orqasiga yashirganligi aytiladi. Bunday misollar Sharqda juda ko‘pdir. Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) dan “Bizdan keyin islom dini va umuman ilm-fanni qaysi xalq rivojlantiradi?” deb so‘rashganda, u “daryoning ortidagi jannatiy xalqlar “ deb o‘zbek xalqiga ishora qilganligi hadislarda ta’kidlanadi. Darhaqiqat ilm-fan ong osti tajribalarini o‘tkazib, insonning barcha imkoniyatlari aynan shu yerda joylashganligini va bu soha inson hayotini uning ongga bergan ko‘rsatmalariga asoslanib boshqarib borishini isbotladi. Ong osti barcha ichki organlar faoliyatini ixtiyorsiz boshqarib boradi. U inson tomonidan berilgan har qanday ko‘rsatmani hech bir is’tisnosiz qabul qiladi va moddiylikka aylantiradi. Chunki u insonning haqiqiy kuchidir va oliy aql ilohiy butunning kuchidan foydalanadi. Inson imkoniyatlari cheksiz ekan, undan unumli foydalanish shartdir. Agar hozirgi kunda O‘zbekistonda bir qator shaxsni rivojlantiruvchi maktablar va kuchli, hech qayerda uchramaydigan, o‘ta darajadagi noyob tizim – tasavvuf manbaalari va uni o‘rganuvchi olimlarimiz borligini inobatga olsak, endi asrimizda bizning haqiqiy ishimiz ularni hammadan oldin hisobga olib, o‘zimizni ko‘rsatishdir deb ayta olamiz. Xulosa shuki, XXI asrda bizning oldimizga qo‘yadigan yagona vazifamiz va maqsadimiz inson imkoniyatlaridan unumli foydalanish va har qanday muammoni hal etishda ularni amaliyotda qo‘llash orqali baxt eshiklarini butun insoniyatga va xalqimizga ko‘rsatishdan iboratdir. Boshqa hech qayerda uchramaydigan imkoniyatlar bizda bor ekan undan unumli foydalanmaslik va e’tibor bermaslik no‘to‘g‘ridir. Biz yurtimizni yetakchi davlatlar qatoridan ham yuqorida ko‘rishning yagona va noyob usulini bilamiz, dunyo bizga va bizning tizimga muhtoj, biz buni albatta hisobga olishimiz darkor. Bu asr xalqimizga juda katta imkoniyatlar eshigini ochib berishiga shubha qilmaymiz. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Xusniddin Ismoilov. Inson miyasi XXI asarda. Internet sahifasi. 2. Jon Kexo. G‘ayriixtiyoriy ong mo‘jizalari.-.T., 2009-yil. 3. Albert Eynshteyn kim bo‘lgan. www.ziyo.uz sayti. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 22 O‘QUV JARAYONINI SAMARALI TASHKIL ETISHDA AMALIY DASTURIY VOSITALARDAN FOYDALANISH Abdurahimova Mohira Numonjonovna Fargʻona viloyati Yuridik texnikumi oʻqituvchisi Annotatsiya: maqolada oʻquv jarayonlarida amaliy dasturiy vositalaridan foydalanish hamda oʻquv-materiallarini yaratish usullariga oid fikrlar berilgan. Kalit soʻzlari: dasturiy vositalar, zamonaviy texnologiyalar, metodik ta’minot. Pedagogik dasturiy vositalar - kompyuter texnologiyalari yordamida o‘quv jarayonini qisman yoki to‘liq avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan didaktik vosita hisoblanadi. Ular ta’lim jarayonini samaradorligini oshirishning istiqbolli shakllaridan biri hisoblanib, zamonaviy texnologiyalarning o‘qitish vositasi sifatida ishlatiladi. Pedagogik dasturiy vositalar tarkibiga: o‘quv fani bo‘yicha aniq didaktik maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan dasturiy mahsulot (dasturlar majmuasi), texnik va metodik ta’minot, qo‘shimcha va yordamchi vositalar kiradi. Pedagogik dasturiy vositalarni quyidagilarga ajratish mumkin: - o‘rgatuvchi dasturlar-yangi bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltiradi; - test dasturlari - egallangan bilim, malaka va ko‘nikmalarni tekshirish yoki baholash maqsadlarida qo‘llaniladi; - mashq qildirgichlar - o‘quv materialini takrorlashga xizmat qiladi; - o‘qituvchi ishtirokidagi virtual o‘quv muhitini shakllantiruvchi dasturlar. Pedagogik dasturiy vositalarni yaratish texnologiyasini amalga oshirish maqsadida ularning an’anaviy vositalardan ustunligini tasdiqlovchi qator ijobiy omillar mavjud. Mazkur omillar didaktik, psixologik, iqtisodiy, fiziologik guruhlarga ajratildi. Pedagogik dasturiy vositalarga qo‘yiladigan didaktik talablarga quyidagilar kiradi: ilmiylik, tushunarli, qat’iy va tizimli bayon etilishi bilan birgalikda, uzluksizlik va yaxlitlik, izchillik, muammolilik, ko‘rgazmalilik, faollashtirish, o‘qitish natijalarini o‘zlashtirish mustahkamliligi, muloqotning interfaolliligi, o‘qitish, tarbiyalash, rivojlantirish va amaliyotning yaxlit birligi. Metodik talablarga: aniq o‘quv fanining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olish, ma’lum bir fanning o‘ziga xosligini hisobga olish, axborotni zamonaviy metodlari o‘zaro bog‘liqliligi, o‘zaro aloqadorliligi, turli-tumanligi, amalga oshirilishi. Psixologik talablarga idrok etish, tafakkur, diqqati, motivatsiya, xotira, tasavvuri, yoshi va individual psixologik xususiyatlarini hisobga olish kiradi. Pedagogik dasturiy vositalarni yaratishda amal qilinishi zarur bo‘lgan tamoyillar hisobga olinib, ularni yaratish texnologiyasini loyihalashtirish quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: 1) konsepsiyasini ishlab chiqish; 2) loyihalashtirish; 3) ekran shakli va axborot bloklari dizayni; 4) o‘quv materiallarini elektron shaklda tayyorlash va modullarga ajratish; 5) ilova tuzilmasi elementlarini to‘ldirish; 6) test sinovlari va sozlash; 7) o‘quv jarayoniga tatbiq etish. Metodik talablar pedagogik dasturiy vositalar asosida o‘qitishga mo‘ljallangan o‘quv fanining o‘ziga xos xususiyatlarini, uning qonuniyatlarini, izlanish metodlari, axborotga ishlov berishning zamonaviy usullarini joriy qilish imkoniyatlarini hisobga olishni ko‘zda tutadi. Demak, kompyuter texnologiyalari yordamida o‘quv jarayonini avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan didaktik vositalardan foydalanganda o‘quv fanining o‘ziga xos xususiyatlarini, axborotni zamonaviy metodlari o‘zaro bog‘liqligi, turli-tumanligi hisobga olish lozim. Shuningdek, psixologik talablar, o‘quv masalalari murakkablik darajasi, o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos kelishini inobatga olish kerak. Foydalanilgan adabiyotlar. 1. Yuldashev U, Mamarajabov M, Tursunov S. Pedagogika. – T.: 2013 2. Mo‘minov B Pedagogik dasturiy ta’minot yaratish texnologiyasi. Buxoro.: 2010. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 23 OʻSMIRLIK DAVRIDAGI OʻQUVCHILARDA TANDIQIY FIKRLARINI OʻSTIRISHNING AHAMIYATI Agzamova barno axunovna Fargʻona viloyati yuridik texnikumi psixologi Annotatsiya: maqolada oʻsmirlik davridagi oʻquvchilarda tadqidiy fikrlarni oʻstirishning ahamiyati xususida fikrlar berilgan. Kalit soʻzlari: psixolog, tadqiqdiy fikr, o‘smirlik davri, ma’naviyat. Jamiyatda xilma-xil fikrlash muhitini vujudga keltirishda mustaqil, tanqidiy fikrlovchi shaxslarning o‘rni beqiyosdir. Dunyoga yangi ko‘z bilan qaraydigan barkamol insonni shakllantirish, uning natijasi, mahsuli orqali mustaqil fikrlovchi, ijodiy izlanuvchi, kuchli irodali, g‘oyaviy e’tiqodli, ma’naviyati yuksak, pok vijdonli shaxsni kamol toptirish respublikamiz pedagoglari oldida turgan eng muhim va mas’uliyatli vazifadir. Shu bois, ta’im-tarbiya jarayonida o‘quvchi shaxsining tanqidiy fikrlash faoliyatini shakllantirib, muntazam rivojlantirib borish, “subyektsubyekt” munosabatini amalda ta’minlash natijasida ularning ijodiy faolligi, izlanuvchanligi, irodaviy sifatlari, ishchanligi, e’tiqodini tarkib toptirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalarda kichik maktab yoshida shakllangan tanqidiy fikrlash elementlarini oʻsmir yoshida yanada rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. O‘quvchini murakkab vaziyatlardan chiqish, o‘z fikrini bayon qilishdan qo‘rqmaslikka o‘rgatib borish lozim. Tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarining shakllanganlik ko‘rsatkichlari: - bayon qilingan fikrni tahlil qilish; - to‘g‘ri baholay olish; - o‘xshatish, qiyoslash, solishtirish; - farqlay olish. Shaxsning shakllanishida har bir davr oʻziga xos xususiyatga ega. Jumladan, oʻsmirlik davri oʻzining qiziqqonligi, fikrining oʻzgaruvchanligi, tez asabiylashish, krizis holatlarga boy boʻlishi bilan boshqa davrlardan farq qiladi. Buning asosiy sababi, oʻsmirlik davrida ham fiziologik, ham psixologik jihatdan oʻzgarishlar yuzaga keladi. Xususan, tanqidiy fikrlashni oʻsmir yoshida rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki bu davrda nazariy tafakkur yuqori ahamiyatga ega bo‘la boshlaydi. Atrof-olamdagi bogʻlanishlar mazmunini yuqori darajada bilishga harakat qiladilar. Bu davrda o‘smirning bilishga bo‘lgan qiziqishida progress sodir bo‘ladi. Ilmiy nazariy bilimlarning egallab olinishi tafakkurning rivojlanishiga olib keladi. Oʻsmir yoshdagi oʻquvchilarda innovatsion metodlar, rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyalari asosida ularning barcha shaxsiy sifatlarini, jumladan, bilimi, layoqati, aqliy harakat usuli, tanqidiy tafakkuri, o‘z-o‘zini boshqarish mexanizmi, emotsional-axloqiy va amaliy faoliyatini intensiv rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’lim-tarbiya jarayoniga o‘quvchini mustaqil, tanqidiy fikrlashga undaydigan strategiya va texnologiyalarni olib kirish, ularni tanqidiy fikrlashga undovchi ijodiy pedagogik muhitni qaror toptirish, o‘qituvchi va o‘quvchilar orasida ishchan muloqot, hamkorlik vaziyatini vujudga keltirish o‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish uchun nihoyatda zarurdir. O‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish, asosan, o‘quv mashg‘ulotlari jarayonida innovatsion metodlarni qo‘llagan holda samarali kechadi. Ta’lim tizimidagi ijtimoiy gumanitar fanlarni oʻqitish jarayonida oʻsmirlarda tanqidiy fikrlashni rivojlantirish imkoniyati kengdir. Ayniqsa, milliy istiqlol gʻoyasi turkumiga kiruvchi fanlar, shuningdek, tarix, adabiyot fanlani keltirishimiz mumkin. Xulosa qilib aytganimizda, tanqidiy fikrlash bugungi kunning dolzarb mavzusi bo‘lib, uni rivojlantirishda innovatsion metodlardan foydalanish zarur. Chunki ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilarning faol ishtiroki va taqdim etilgan axborotlarni turli darajalarda tahlil qila olish ko‘nikmasiga ega bo‘lishlari lozim. Natijada jamoatchilik uchun eng muhim masalalarni yechishga ongli ravishda hissa qo‘sha oladigan, tanqidiy fikrlovchi, turli muammolarni yechishga ko‘maklashuvchi fuqarolarni tarbiyalash, yoshlarimizda bunyodkor g‘oyalarni vayronkor g‘oyalardan farqlay olish ko‘nikmalarini kamol toptiradi. Foydalanilgan adabiyotlar. 1. Gʻoziyev E. Tafakkur psixologiyasi. – T.: 1998. 2. Ishmuhammedov R. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish yo‘llari. – T.: 2005 Апрель 2021 10-қисм Тошкент 24 BOLALARDA LUG‘AT BOYLIGI RIVOJLANISHINING ONTAGENEZI Axmedova Oydin Sadriddinovna Toshkent davlat pedagogika universiteti doktoranti Tel: +998(97) 447-16-07 monny678@bk.ru Annotatsiya: Mazkur maqolada nutq komponentlaridan biri bo‘lgan lug‘at zaxirasining rivojlanishi to‘g‘risida ilmiy adabiyotlarda keltirilgan tahlillar bayon etilgan. Bolalarda lug‘at boyligining miqdori yosh davrlariga xos shakllanishi bo‘yicha qiyosiy ma’lumotlar yoritilgan. Kalit so‘zlar: Nutq, fonetik, leksik va grammatik vositalar, nutqiy fikrlash, lug‘at boyligi, aktiv lug‘at, passiv lug‘at. Nutq faqat inson uchun xos bo‘lgan alohida va yuqori darajadagi aloqa shaklidir. Nutqiy aloqa jarayonida kishilar fikr almashadilar va bir-birlariga ta’sir etadilar. Nutqiy aloqa til orqali amalga oshiriladi. Til – bu fonetik, leksik va grammatik vositalar tizimidir. So‘zlovchi o‘z fikrini bayon etish uchun zarur so‘zlarni tanlaydi, ularni til grammatikasi qoidalariga asoslanib bog‘laydi va nutq a’zolari artikulyatsiyasi orqali talaffuz etadi [1]. Yuqorida keltirilgan nutq komponentlarining me’yorida rivojlanishi bilish faoliyatining oliy shakllari, tafakkur qobiliyatlari shakllanishiga olib keladi. Buning natijasi o‘laroq, nutqiy tafakkur, nutqiy fikrlash faoliyati paydo bo‘ladi. Aynan shuning uchun bolaning atrof-muhit haqidagi tasavvurlari shakllanib, olamni anglashga o‘rganadi. Nutqning tarkibiy qismlarining barchasi (fonetik, leksik va grammatik) nutqning me’yorida rivojlanishida muhim ahamiyatga ega ekanligini inobatga olgan holda, biz tadqiqotlarimizda nutqning leksik tomonini o‘rgandik. Lug‘at boyligi rivojlanishining ontagenezi haqidagi bilimlar tadqiqotimizning keyingi bosqichlarining yo‘nalishini aniqlab olishga xizmat qiladi. Shu sababli, ilmiy adabiyotlarda lug‘at boyligi rivojlanishining ontageneziga doir nazariy ma’lumotlarni tahlil qildik. Lug‘at boyligini rivojlantirishga bag‘ishlangan ko‘plab tadqiqotlarda bu jarayonning turli jihatlari qamrab olinganligini ko‘rishimiz mumkin. Lug‘at boyligini rivojlantirish, bir tomondan fikrlash va boshqa aqliy jarayonlarning rivojlanishi bilan, boshqa tomondan, nutqning barcha tarkibiy qismlari: fonetik-fonemik va grammatik tuzilishi bilan chambarchas bog‘liqdir. O‘tgan asrning 20-yillarida bolalar lug‘at boyligi ustida ilmiy tadqiqotlar olib borgan D.Elkonin lug‘at boyligini rivojlantirishga ta’sir qiluvchi quyidagi omillarni keltirib o‘tadi: - bolaning atrofdagi voqelik haqidagi g‘oyalarini rivojlantirish. Bola yangi narsalar, hodisalar, predmetlar va harakatlar alomatlari bilan tanishganda uning lug‘at boyligi o‘sadi; - katta yoshli insonlarning nutqiy faoliyati va ularning bola bilan muloqoti; - bola tarbiyalanadigan ijtimoiy muhit [4]. Nutqning leksik tomonini o‘rganishning yan bir muhim jihati shundan iboratki, ma’lum bir yoshdagi bolalarda lug‘at boyligi hajmini o‘rganish murakkab jarayon bo‘lib, bu haqida adabiyotlarda ham etarlicha asoslangan ma’lumotlar mavjud emas. Shuningdek, bir qator adabiyotlarda lug‘at zaxirasining miqdor jihatdan o‘sishi bilan bog‘liq ma’lumotlar turlicha keltirilgan. Lug‘at zaxirasining B.Shtern bo‘yicha miqdoriy o‘sishi quyidagicha keltiriladi [4]: 1 yoshdan 1,5 yoshgacha 2 yoshda 3 yoshda 4 yoshda 5 yoshda 100 300-400 1000-1100 1600 2200 Апрель 2021 10-қисм Тошкент 25 Sh.Byuller, 1 yoshdan 4 yoshgacha bo‘lgan 30 nafar bolaning lug‘at boyligini o‘rganib, har bir yosh uchun lug‘at boyligining minimal va maksimal miqdorini ko‘rsatib beradi [3]. Yoshi 1 yoshda 1.6 yoshda 2 yoshda 2.6 yoshda Minimal 3 44 45 171 Maksimal 58 383 1227 1509 Miqdori V.Loginovning ta’kidlashicha, 1 yoshida bola faol ravishda 10-12 so‘zni gapiradi va 6 yoshga kelib uning faol so‘z boyligi 3-3,5 mingga ko‘payadi [3]. Lug‘at boyligining o‘sishi to‘g‘risida Y.Arkin quyidagi ma’lumotlarni beradi:[2] 1 yoshda 1.6 yoshda 2 yoshda 3.6 yoshda 4 yoshda 9 39 300 1110 1926 Lug‘at zaxirasi to‘g‘risida yuqorida keltirilgan tahlillarga tayanib, normada rivojlanayotgan bolalarda lug‘at boyligining rivojlanishida o‘ziga xoslikni ko‘rishimiz mumkin. Umuman olganda, bola nutqining muvaffaqiyatli rivojlanishi bir qator omillarga bog‘liq. Ulardan biri – bola uchun katta yoshdagi oila a’zolarining namuna bo‘la oladigan ona tilidan faol foydalanishidir. Bu bolaning umumiy aqliy rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Ayupova M. Logopediya T.: 2017 2. Аркин А.Е. Дошкольный возраст. - М.: Учпедгиз, 1948. - С.336. 3. Грибова О.Е. Онтогенетический принцип в логопедии // Психолингвистика и современная логопедия / Под ред. Л.Б.Халиловой. - М.: Экономика, 1997. - С.31-40. 4. Эльконин Д.Б. Развитие речи в дошкольном возрасте - М.: Изд-во Акад. пед. наук РСФСР, 1958. - 115с. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 26 BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA PEDAGOGIK TEXNALOGIYALARDAN FOYDALANISH Alimova Gulmira Abdug‘aniyevna Navoiy viloyati Zarafshon shahar 13-sonli ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktabi maktabining matematika fani o‘qituvchisi Tel:+998933120989 email :Gulmira13mak@gmail.com Annotatsiya: Bu maqolada boshlang‘ich sinflarda pedagogik texnologiyalardan foydalanish usullari mavzusida so‘z yuritilgan hamda tegishli ravishda pedagogik tavsiyalar berilgan. Kalit so‘zlar: Slayd shou , videolavhalar , animatsiyalar , videoroliklar Pedagogik texnoliogiyalar shunday bilimlar sohasiki, ular yordamida o‘qituvchi faoliyati faollashadi, talaba yoshlarda, bilimga chanqoqlik, insonparvarlik tuyg‘ulari shakllanadi. Shuningdek ta’limni texnologiyalashtirish asosida o‘quvchilarda tabiat va inson uzviyligini anglab yetadigan, sabr-bardoshli, qanoatli, o‘zgalar fikrini hurmatlaydigan, milliy madaniy va umuminsoniy qadriyatlar kabi shaxs sifatlarini shakllantirishda asosiy omillaridan biridir. Umuman “Texnologiya” tushunchasi yunoncha so‘z bo‘lib, ikki so‘zdan iborat. Birinchisi “Texnos” –san’at, hunar ikkinchisi bu “logos” – fan so‘zlaridan tashkil topgan. Ya’ni, “hunar fani” ma’nosini anglatadi. Lekin bu ifodalash zamonaviy texnologik jarayonni to‘liq harakterlab beriladi. Texnologik jarayon har doim zaruriy vositalardan, sharoitlardan foydalangan holda amallarni muayyan ketma-ketlikda bajarishni ko‘zda tutadi. Pedagogik texnologiya bu o‘qituvchining o‘qitish vositalari yordamida o‘quvchilarga muayyan sharoitda ta’sir ko‘rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularga oldindan belgilangan shaxs sifatlarini intensiv shakllantirish jarayonidir. Metodikaning texnalogiyadan farqi shundaki, metodika o‘quv jarayonini tashkil etish va o‘tkaqiz bo‘yicha tavsiyalar majmuasidan iborat. Pedagogik texnologiya esa o‘qituvchining kasbiy faoliyatini yangilovchi va ta’limda yakuniy natijani kafolatlaydigan majmua yig‘indisidir. Yangi ped texnologiyaning muhum elementlari bo‘lgan aqliy hujum, bahs-munozara, guruhlarga bo‘linib va juft bo‘lib ishlash va boshqa tushunchalarning mazmunini kengroq ochib berishga va matematika fanlarining o‘qitish jarayoniga qo‘llashning o‘ziga xos tomonlarini kengroq ochib berishga keng imkoniyat yaratadi. Hozirgi kunda boshlang‘ich sinflarda har bir fandan shu darajada ko‘p ma’lumotlar mavjudki, ularni an’anaviy o‘qitish usullari yordamida ’oquvchilarga yetkazishning imkoni yetarli emas. Shuning uchun ham yuksak texnik va bozor iqtisodiyoti sharoitida o‘quvchilarning yetarlicha bilimlarni olishlari uchun ta’limning har bir pog‘onalarida mustaqil ishlarga, ijodiy va tanqidiy fikrlashga o‘rgatish, ularga bilim olish ichki motivatsiyasini, mantiqiy fikrlash qobiliyatini shakllantirishga e’tibor qaratish lozim. Bu masalalar zamonaviy pedtexnologiyaning asosiy elementlaridan hisoblanadi. Zanonaviy pedtexnologiya bilim oluvchilarni tanqidiy fikrlashga o‘rgatishga, aqliy hujum va guruhli ish uslubiga katta e’tabor beriladi. O‘quvchilarga yangi tushunchalarni va bilimlarni yetkazib berishda, muommoli masalalarni hal etishda va o‘quvchilarning faolligini oshirishda aqliy hujum usulidan ko‘proq foydalanish maqsadga muvofiq. Bunda aniq maqsad asosida o‘quvchilarga beriladigan bilimlar o‘quvchilar hukmiga havola etiladi. Bunda barcha o‘quvchilarga muommoning yechimiga tegishli, o‘z fikrini cheklanmagan holda bayon etish imkoniyati yaratiladi. Barcha javoblarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligidan qat’iy nazar tanqid qilinmasdan yozib boriladi. Aqliy hujum to‘xtatilgandan so‘ng javoblar muhokama qilinib, qo‘yilgan maqsadga eng yaqini qabul qilinadi. Aqliy hujum usulidan boshlang‘ich sinf matematika darsligida o‘quvchilarni guruhlarga bo‘lib yoki bo‘lmasdan ham foydalanish mumkin. Umuman olganda ’oquvchilarning birgalikda o‘qish va ishlash jarayoni ta’limning hamma pog‘onasida yaxshi natija beradi. Guruhiy ishlash usulidan foydalanish uchun o‘quvchilar kichik guruhlarga (2, 5 kishilik ) bo‘linadi. Keyinchalik, bu guruhlar bir xil mazmunda ish olib borishlari mumkin. Bir xil mavzuda olib borilgan guruhlarning ishi o‘zaro taqqoslanadi. Bunda raqobat holati ham yuzaga keladi, har Апрель 2021 10-қисм Тошкент 27 xil mavzuda olib boriladigan guruhiy ish usulida yagona maqsad bir necha qismlarga bo‘linib guruhlarga topshiriladi. Har bir guruh topshiriqning o‘ziga tegishli qismini amalga oshiradilar. Javoblar birlashtirilganda yagona maqsad mazmuni aniq ko‘rinadi. Bir qator o‘qituvchilar tajribasidan ma’lumki, birgalikda o‘qish yoki guruhiy ishlash usuli orqali guruh a’zolarining yaxshi o‘zlashtirishiga va ularda matematika fanlarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini o‘stirishga erishish mumkin. Ta’kidlash mumkinki, keyingi vaqtlarda kolkulyatorlardan yoki boshqa hisoblash vositalaridan haddan tashqari ko‘p fodalanish natijasida ko‘pchilik o‘quvchilar mantiqiy fikrlashdan uzoqlashib, matematik amallar , og‘zaki va yozma hisoblashlarning mohiyatini tasavvur qilishda qiynalmoqdalar. Shuning uchun ham aniq fanlarni o‘qitishda o‘quvchilarning ularni aniq tasavvur qila olishlariga e’tabor berish lozim. Aks holda o‘quvchilarning o‘zlashtirishlari mexanik va yuzaki bo‘lishi mumkin. Xulosa qilib aytganda, o‘qitishning zamonaviy mazmuni, maqsadiga qarab mohirona foydalanish lozim. O‘quvchilarning to‘liq o‘zlashtirishlarini ta’minlash uchun ularning mustaqil ijodiy, mantiqiy va tanqidiy fikrlash, har bir berilayotgan tushunchaning mohiyatini aniq tasavvur qila bilish qobiliyatlarini rivojlantirishga hamda olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llay olishlariga e’tibor berish lozim. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Tolipov O‘., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalarning tadbiqiy asoslari. – T.: 2005 2. Ishmuhammedov R. Innovasion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish yollari – T: TDPU, 2005. 3. Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar – Qarshi: Nasaf, 2000. 4. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat – T: Fan, 2006. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 28 AZIZ USTOZLAR Bahriddinova Mukarrama To‘ychiyevna Toshkent viloyati Chirchiq shahar 25-umumiy o‘rta ta’lim maktabining O‘zbek tili fani o‘qituvchisi Telefon: +998 90 130 10 03 Annotatsiya: Ushbu ilmiy maqolada – Ota-ona, ustozlarning ustozi, eng ulug‘ inson, Mirzo Ulug‘bekning ustozi haqida ma’lumot berishga harakat qilingan. Kalit so‘zlar: Ustoz, kitob, o‘qish, Mirzo Ulug‘bek, hurmat, Ota-ona. Inson uchun birinchi ustoz ota-ona hisoblanadi. Ota-onani hurmat qilish, ularni e’zozlab, xizmatlarini qilish har bir farzandning vazifasi deb o‘ylayman. Ota-onangizni ranjitadigan so‘zlar aytishdan doimo saqlaning. Ularni izzat-hurmat qilishga, duolarini olishga harakat qiling. Ularga yomon muomala qilishdan, achchiqlanib qarashdan o‘zingizni saqlang. Abdulla Avloniy haqida gapiradigan bo‘lsak – o‘zi maktab ochib, ko‘p darsliklar yozgan. Bolalar uning „Birinchi muallim“ kitobidan ilk bor harf tanishgan. „Ikkinchi muallim“dan esa she’r va hikoyalar o‘qishni o‘rganishgan. Uning 1909 – 1917- yillarda bosilgan to‘plamlari o‘qish kitobi vazifasini bajargan. Shuning uchun Abdulla Avloniyni barcha ustozlarning ustozi deb hisoblaydilar. Shu o‘rinda men eng ulug‘ ustozim haqida bir-oz to‘xtalmoqchiman, meni tez-tez o‘quvchilar bilan uchrashuvlarga taklif qilishadi. Shunda ko‘pincha o‘quvchilar „Sizning birinchi ustozingiz kim?“ – deb savol berishadi. Men ularga shunday javob beraman – Mening qo‘limga ilk marta qalam-daftar tutqazgan, menga o‘qish-yozishni o‘rgatgan muallim va muallimalarim deb – javob beraman. Ammo, kitobni eng ulug‘ ustozim degim keladi. Bolaligimda kitobni qo‘limdan hech qo‘ymas, unga boqib to‘ymas edim. Mirzo Ulug‘bek bolalik paytida Amir Temur Rumdan chaqirib keltirgan bir donishmanddan saboq olgan ekan. Donishmandning bir odati bo‘lib, saboq berish vaqtida boshini engashtirib, yerga qarab o‘tirar ekan. Agar shogirdi biror jumlani yanglish o‘qisa, unga qarab qo‘yar ekan. Bir kuni Mirzo Ulug‘bek kitob o‘qiyotgan edi. U: „Uddasidan chiqmagan narsangizni nega va’da qilasiz?“ degan jumlani o‘qigach, ustozi unga bir qarab qo‘yibdi. Mirzo Ulug‘bek: „Ehti mol, yanglish o‘qigan bo‘lsam kerak“, deb jumlani diqqat bilan qaytadan o‘qibdi. Ammo ustozi bu gal ham boshini ko‘tarib, unga qarab qo‘yibdi. Mirzo Ulug‘bek saboqdan keyin bobosi yoniga kelib: – Bobojon, ustozimga biror narsa va’da qilgan bo‘lsangiz, darhol va’dangizga vafo qiling, – deb bo‘lgan voqeani aytib beribdi. Amir Temur nabirasining hikoyasini eshitib: – Ustozing mendan Rumda qolib ketgan kutubxonasini olib kelishga odam yuborishimni iltimos qilgan edi. Men va’da qilgan edim, ammo yodimdan ko‘tarilib ketibdi, – debdi. So‘ng shu zahotiyoq rumlik donishmandga bergan va’dasini bajo keltirish uchun farmon beribdi. Xulosa shuki, aziz xalqimizning bir naqlida “Sen odamlarga bir yil yaxshilik qilmoqchi bo‘lsang, bug‘doy ek, o‘n yil yaxshilik qilmoqchi bo‘lsang, daraxt ek, yuz yil yaxshilik qilmoqchi bo‘lsang, ta’lim-tarbiya ber” deyilgan. Shuning uchun ham ustoz deganda ko‘nglimizda chuqur hurmat va ehtirom, cheksiz minnatdorlik tuyg‘ulari, shu bilan birga hech qanday boylik bilan o‘lchab, ado etib bo‘lmaydigan qarzdorlik hissi paydo bo‘ladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Muxitdinova X. S. va boshqalar. O‘zbek tili : ta’lim rus va qardosh tillarda olib boriladigan maktablarning 7- sinfi uchun darslik. – T.: „O‘qituvchi“ NMIU, 2017.–144 b. 2. https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/uzbek-nasri/abdulla-avloniy-1878-1934 3.https://www.urgfiltma.uz/ru/news-and-events/399-ustoz-%E2%80%93-otangdayulug%E2%80%98.html Апрель 2021 10-қисм Тошкент 29 BOSHLANGʻICH SINF OʻQUVCHILARINING IJODKORLIGINI RIVOJLANTIRISHDA DIDAKTIK OʻYINLARNING AHAMIYATI Eshchanova Nilufar Baxtiyarovna Xorazm viloyati Yangibozor tumani 4-maktabning boshlangʻich ta’lim oʻqituvchisi Telefon: +998(97) 510 98 28 ochildiyevmuhammadjon 10@gmail. com Annotatsiya: maqolada boshlangʻich sinflarda didaktik oʻyinni ishlatishda boshlangʻich sinf oʻquvchilarining motivatsiyasini rivojlantirishning oʻziga xos xususiyatlari, mohiyati, maqsadi va misollari bayon etilgan. Kalit soʻzlar: didaktik oʻyin, ijodkorlik, motivatsiya, rivojlantirish, viktorina, jumboq, “Tirik harflar” didaktik oʻyini. Boshlangʻich ta’limning asosiy vazifalaridan biri oʻquvchilarni ijodiy qobiliyatlarini rivojlantishga qaratilgan. Buni rivojlantirish usullaridan eng maqbuli didaktik oʻyin hisoblanadi. A.A.Radugina motivatsiya tushunchasiga quyidagi ta’rifni beradi: «Oʻqish motivatsiyasi muvaffaqiyatli oʻrganishning asosiy shartidir, bu bolaning yangi bilim olishga boʻlgan qiziqishi va xohishining faol roli bilan bogʻliq». Oʻyin oʻquvchilarni bilim egallashning eng tezkor va samarali usuli hisoblanadi. Oʻyin yordamida biz bolani rivojlanish jarayonini jadallashtiramiz, uni ijtimoiy qadriyatlar bilan tanishtirishni kuchaytiramiz. Oʻyinlar kichik maktab oʻquvchilariga erta bolalikdan tanish boʻlsa-da, ularni oʻquv jarayoniga kiritish maktabgacha yoshdan boshlangʻich maktab yoshiga oʻtish qiyin boʻlgan maktabning birinchi yilida juda muhimdir. Didaktik oʻyinlar - bu bolalarni oʻqitish va tarbiyalash maqsadida maxsus yaratilgan qoidalarga ega oʻyin turidir. Uning maqsadi oʻquvchilarda olgan bilimlarini amalda qoʻllash qobiliyatini rivojlantirishdir. Didaktik oʻyin boshlang‘ich sinf oʻquvchilarini oʻqitish va tarbiyalashning boshqa shakllari bilan birlashtirilgan va oʻzaro bog‘liq boʻlgan ajralmas pedagogik jarayonning bir qismidir. Toʻgʻri qurilgan qiziqarli didaktik oʻyin bolalarda yangi bilimlarni olish motivatsiyasi rivojlanishini ta’minlaydi. Masalan, oʻyinda yutqazgan jamoaning ishtirokchilari keyingi safar gʻalaba qozonishni istaydilar va darsda ular oʻqituvchini diqqat bilan tinglaydilar, chunki avvalgi viktorinaning savol va topshiriqlari dars mavzu bilan bogʻliq boʻladi. Didaktik oʻyinning foydasi shundaki, u jamoada amalga oshiriladi, bolalar guruhlarga boʻlinadi, bu esa oʻquvchilarga yuqori darajadagi muammolarni hal qilish, shuningdek jamoani birlashtirishga imkon beradi. Bundan tashqari, oʻyin davomida bolalar raqobatlashadi, boshqa jamoaga qaraganda tezroq vazifalarni bajarishga intilishadi. Darslarda didaktik oʻyinlar bolalarda oʻrganishga ijobiy turtki shakllanishi uchun, ular bolalarga yaxshi tanish boʻlgan oʻyinlarga asoslangan boʻlishi kerak. Shu maqsadda, viktorina va ta’limiy musobaqalar oʻtkazish, oʻquvchilarga bir tomondan yangi bilim bersa, ikkinchidan ularni izlanishga, mantiqiy fikrlashga undaydi. Didaktik oʻyinlar ijodkorlikni rivojlantirishning turli usullarini oʻz ichiga oladi. Bunga darsdagi oʻquvchilar oʻrtasidagi muloqotga qaratilgan oʻyin muammolarini birgalikda yechish yordam beradi, javobni mustaqil izlashga yordam beradi. Didaktik oʻyinlarda oʻquvchilar oʻyindan zavq olish istagidan kelib chiqib harakat qilishadi va natijada bunga qoʻshimcha ravishda ular yangi bilimlar olishadi va aqliy jarayonlarini rivojlantiradi. Oʻyinlarda oʻquvchilar turli darajadagi maqsadlarga erishadilar: birinchidan, oʻyindan lazzatlanishadi bu esa har qanday faoliyatga tayyorlikni belgilaydigan munosabatni aks ettiradi, ikkinchidan qoidalarga rioya qilish, syujetlar va rollarni oʻynashdan iborat funktsional maqsadga erishiladi, uchunchidan oʻyin masalalarini yechish orqali pedagogik maqsadga erishadilar. Didaktik oʻyinlardan foydalangan darslarda ta’lim faoliyati uchun ijodiy qobiliyatlarni shakllantirish va rivojlantirish uchun oʻquvchining oʻz faoliyatini baholashida asosiy narsa, didaktik mashgʻulotlar davomida uning ishini sifatli tahlil qilish muhimdir. Shu bilan birga, oʻquvchilarga oʻyindagi vazifani yengishga yordam bergan barcha ijobiy fikrlarni ta’kidlash, shuningdek mavjud kamchiliklarning sabablariga e’tibor qaratish lozim. Shunday qilib, oʻquvchilar dars davomida ma’lum darajada bilimga ega boʻlsangiz, oʻyinda faol ishtirok etish, oʻz jamoasiga yordam berish Апрель 2021 10-қисм Тошкент 30 ancha oson va qiziqarli boʻlishini tushunadi. Oʻqituvchi didaktik oʻyinlardan foydalangan holda, oʻquvchilar oʻz natijalarini mustaqil ravishda baholashlari va har qanday muayyan faoliyatda yutuqlari yoki kamchiliklari toʻgʻrisida mustaqil xulosa chiqaradigan vaziyatlarni yaratadi. Boshlangʻich sinflarda ijodkorlikni rivojlantirish uchun eng keng tarqalgan didaktik oʻyin turlari soʻz oʻyinlari (krossvordlar, viktorinalar, topishmoqlar, rebuslar). Viktorina - bu umumiy mavzu bilan birlashtirilgan savollarga javob berishda ogʻzaki didaktik oʻyin. Oʻquvchilar jamoalarga boʻlinib, berilgan savollarga kim tezroq javob berishlari bilan oʻzaro raqobatlashadilar. Jumboq - bu hal qilinishi kerak boʻlgan rasm yoki ibora. Darslarida jumboqlardan foydalanish bolalarda katta qiziqish uygʻotadi va shu bilan ular darsga faol qatnashadilar, bu esa oʻrganish uchun motivatsiyani rivojlantiradi. Topishmoqdan darsning istalgan qismida foydalanish mumkin. Misol uchun, “Tirik harflar” didaktik oʻyini. Oʻquvchilar ikki jamoaga boʻlinadi. Har bir oʻyinchiga bitta harfdan iborat kartochka beriladi: (A, B, D, G, E, I, K, L, N, O, P, R, S, U, H, Z). Oʻqituvchi topishmoqni oʻqiydi va oʻquvchilar, taxmin qilishganidek, javob soʻzini oʻqishlari uchun tezda qatorda turishga harakat qilishadi. Soʻzning shakllanishiga tezroq erishgan jamoa ochko toʻplaydi. Eng koʻp ochko toʻplagan jamoa gʻalaba qozonadi. Ushbu didaktik oʻyin turli mavzulardagi jumboqni oʻz ichiga olishi mumkin. Xulosa qilganda, didaktik oʻyinlar oʻquvchilarning darslarga boʻlgan qiziqishi va e’tiborini faollashtirishga yordam beradi, tasavvurlarini rivojlantiradi, ta’lim qobiliyatlarini shakllantiradi, oʻz-oʻzini boshqarish va oʻzini qadrlash, mustaqil ishlash koʻnikmalarni shakllantiradi. Foydalanilgan aadabiyotlar: 1. Gʻafforova T. Boshlangʻich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar. Toshkent, “Tafakkur”, 2012. 2. Ismoilov U. Oʻynab top va oʻylab top. -Toshkent, “Yangi avlod”,2009. 3. Радугина, А. А. Психология и педагогика. — Москва: Центр, 2003. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 31 BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA INTEGRATSIYANING O‘RNI Hikmatova Munira Saidovna Navoiy viloyati, Qiziltepa tumani 43-umumiy o‘rta ta’lim maktabi boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi Telefon: 998 91 243 14 34 Annotatsiya: Maqolada boshlang‘ich sinflarda ta’limni integratsiya asosida olib borish jarayonlari haqida fikrlar yuritilgan. Kalit so‘zlar: integratsiya, samaradorlik, mustaqil fikr. Maktablarda o‘rgatiladigan fanlarning tarqoqligi maktab bitiruvchisida bir ko‘rinishli (fragmentar) dunyoqarashni keltirib chiqaradi. Hozirgi zamon ilm-fanida esa iqtisodiy, siyosiy va madaniy fanlari integratsiyasiga moyillik yuqori turadi. Olimlarimizning fikricha, integratsiya didaktik prinsiplar qatoriga kiradi va ular orasida yetakchi o‘rin egallaydi. Integratsiya – bu fanlarning differentsial jarayon davomida yaqinlashuvi va bog‘liqligidir. Integratsiya jarayoni fanlar orasidagi aloqani yangi, yuqori sifatda bir- biriga bog‘lash bosqichi bo‘lib, o‘zini yuqori ko‘rinishda namoyon etadi. Shuni alohida qayd etish kerakki, integratsiya jarayoni asoslari uzoq o‘tmishdagi xalq pedagogikasi va ilmiy pedagogikaga asoslangan. Integratsiya fanlararo bog‘liqlikdir. Fanlararo bog‘liqlik asoslari tabiatni to‘la holda o‘quv darsliklarida ko‘rsatish va tushuntirish zaruratidan paydo bo‘lgan. Ulug‘ didaktik Yan Amos Komenskiy ta’kidlashicha: “Bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan hamma narsa, xuddi shunday holda o‘rganilishi kerak”. Integratsiyalshgan dars natijalari o‘qituvchilarning ijodiy fanlari rivojida namoyon bo‘ladi. Fanlararo integratsiya – bir necha o‘quv predmetning bir-biriga taalluqli sohalarini ko‘rsatish emas, balki integratsiyalab o‘qitish orqali o‘quvchilarga atrofimizdagi dunyoning yaxlitligi haqida tasavvur berishdir. Boshlang‘ich sinflarda fanlarni integratsiyalash dars samaradorligini oshiradi, vaqtdan unumli foydalanishga olib keladi, darsni chuqur o‘zlashtirishga yordam beradi. Hozirgi vaqtda ham integratsiya muammosiga alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘sib kelayotgan yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalash azal-azaldan milliy pedagogikamiz oldida turgan eng dolzarb vazifalardan biri bo‘lib kelgan. Bu ma’suliyatni ado etish birinchi navbatda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari zimmasiga yuklangan. Barchamizga ayonki, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘z kasbini chin fidoyisi , bilimdoni, jonkuyari, ijodkor - ajoyib ustoz bo‘lsagina, maktabga ilk qadam qo‘ygan murg‘ak qalblar ta’lim tarbiyasining poydevori pishiq va puxta bo‘ladi. Boshlang‘ich ta’limda integratsiyani bir-biriga nisbatan yaqin fanlarni birlashtirish asosida ko‘rish maqsadga muvofiqdir. Boshlang‘ich ta’limda ona tili, o‘qish, odobnoma, tabiatshunoslik darslarini integratsiyalash mumkin. Chunki bunday darslar o‘quvchilarni ijod qilishga, mustaqil fikirlashga o‘rgatadi. Jamiyatimizda ma’naviy - ma’rify ishlarni yuksak darajaga ko‘tarish orqali barkamol insonlarni voyaga yetkazishga e’tibor berilmoqda. Qomusiy olim, bobokalonimiz Abu Rayhon Beruniy yoshlarni ilmga o‘gatish jarayonida aqliga va bilimiga tayanish lozimligini aytib, shunday deydi: “ Til kishilar orasidagi aloqa va fikr almashinuvi vositasiga emas, balki, til barcha fanlarning asosini o‘rganish kalitidir”. Respublikamizda olib borilayotgan ta’lim islohatlari – “Kadrlar tayyotlash Milliy dasturi” ning hayotga tadbiq etilishili bobomiz Beruniyning bashorati tog‘ri ekanligidan dalolat berib turibdi. Ta’lim mazmuni o‘quv fani sifatida ona tili faniga qo‘yilgan vazifalar ko‘p qirrali bo‘lib, o‘quvchilarni aqliy va nutqiy rivojlantirishga, ularning atrof - muhit haqidagi bilimlarini kengaytirishga, axloqiy tarbiyalashga, bilimlarni o‘zlashtirishga, ongli o‘qish va yozish malakalarini, darslik bilan ishlash ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltiriladi. Bundan tashqari o‘quvchilar ijodiy fikrlashga, gap tuzishga, uning mazmun – mohiyatini tahlil qilishga o‘rgatiladi. Maktabda mavjud hamma fanlar o‘ziga xos integratsion imkonga ega. Ammo ularning bir biriga mos bolishi integrirlangan kurslarning samaradorligi ko‘p sharoitlarga bog‘liq. Boshlang‘ich ta’limda integratsiyani amalga oshiruvchi bo‘g‘in vazifasini biz pedegoglar amalga oshirishimiz kerak. Boshlang‘ich sinflarda har bir o‘qituvchining dars berishini alohida olingan integratsiyaning Апрель 2021 10-қисм Тошкент 32 bir usuli deb hisoblasak ham bo‘ladi. Ona tili darslarida qiziqtiradigan tabiat hodisalari, hayvonot va o‘simliklar dunyosi, vatanimiz o‘tmishi, buyuk ajdodlar haqida ma’lumot beruvchi matnlarni, mazmunli rasmlarni tahlil qilib borish maqsadga muvofiqdir. Boshlang‘ich sinflarda fanlararo aloqadan foydalanib, dars jarayonini tashkil qilish o‘quvchilarni izlanuvchanlikka undaydi. O‘quvchilarning qo‘shimcha adabiyotlarga bo‘lgan qiziqishini oshiradi. “O‘zbekiston - Vatanim manim” mavzusini misol qilib ko‘radigan bo‘lsak, uni barcha fanlar bilan bog‘lab olib borish mumkin. O‘zbekiston Respublikasi poytaxti - Toshkent shahri, 1991 yil 1 sentyabr eng muborak kun ekanligini unutmaslik kerakligini tushuntirib, odobnoma fanlari bilan bog‘lab, quyidagicha tahlil qilish mumkin. Avvalo, Vatan – ulug‘ so‘z. Bobolarimizning kindik qoni to‘kilgan joy. Vatan – biz va siz yashayotgan uyimizdir. Unga mehr ona allasidan boshlanadi. Ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy merosi, ijodidan namunalar keltirib, o‘quvchilar bilimini boyitib borish, Vatanimiz tabiati haqida suhbat o‘kazish mumkin. Shunda O‘zbekiston o‘zgarishlari, uning serjilo tabiati o‘simliklari, hayvonat olami, atrof–muhit go‘zalligini betakrorligini bilib oladilar. O‘quvchilarni olamni tanish, oz yurtini sevish, tug‘ilib o‘sgan joyini tabiatini o‘rganish, tabiatga bo‘lgan mehrini oshiradi. Ona tabiatni asrab - avaylashga o‘rgatadi. Vatan so‘zi tilga olinar ekan, uning ramzlari biz uchun muqaddas ekanligini o‘quvchilar ongiga singdirib borishimiz kerak bo‘ladi. Adabiyotlar: 1. Boltayeva SH. Boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilar ijodiy faoliyatini shakllantirish. // Xalq ta’limi, 2014. 2. Karimova V, Nishonova Z. Mustaqil ijodiy fikrlash va shaxsning hissiy, irodaviy va intellektual hislatlari orasidagi bog‘lanish // J. 2017. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 33 O‘QUVCHILARNING TIL BILISH KO‘NIKMA VA MALAKALARINI RIVOJLANTIRISHDA INTEGRATIV YONDASHUVLAR Narzullayeva Sarvinoz Nurmurot qizi Zarafshon shahar 2-umumta’lim maktab Ingliz tili fani o‘qituvchisi Mamlakatimizda ilm-fan, texnika va texnologiyalarning rivojlanishi bilan birga yoshlarning salohiyati, iqtidori, dunyoda raqobatbardosh bo‘lishi, chuqur bilim egallashini taqozo etmoqda. Bu borada yurtimizda yangi Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi ishlab chiqilganligi barcha o‘qituvchilaridan o‘qitish va o‘rgatishga bo‘lgan ma’suliyatni kuchayishini taqozo etadi. Ta’lim samaradorligini oshirish, rivojlanayotgan bugungi kunda yosh kadrlarning dunyoqarashini shakllantirishda ilmga bo‘lgan qiziqishini oshirish hayotiy zaruratdir. Bu esa o‘z navbatida, o‘qituvchilardan doimiy izlanishni talab qiladi. Psixologik ma’lumotlarga ko‘ra, shaxsning shakllanishi va kamol topishi tezkor faoliyatda yuksak samara berishi aniqlangan. Yuqorida aytilgan fikrlarning asosi sifatida aytadigan bo‘lsak, o‘quvchilarning dunyoqarashlarini shakllantirishda boshlang‘ich sinfdanoq til o‘rganishga jalb qilishda, ularda nutqni rivojlantirish ham asosiy yo‘nalish hisoblanadi. Ingliz tilidagi so‘z va iboralarni ishlata olish va ular ishtirokida mustaqil gaplar, kichik dialoglar tuzish, qo‘shiq va she’r yodlash ham darsda ingliz tilida so‘zlashuv nutqiy vaziyatini yuzaga keltiradi. Bu o‘rinda, suhbat usulining ahamiyati beqiyosdir. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, tilni o‘rganish faqatgina grammatik kategoriyalarga mos bo‘lib qolmasdan, balki barcha qirralarga ham xosdir. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, olib borilayotgan tadbirlarning xilma-xil bo‘lishi ularni yangiliklardan xabardor qilish natijasida o‘quvchilarda ijobiy hissiyotlar uyg‘onishi ham ma’lum bo‘ladi. Bunday tadbirlar sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin: O‘rganilayotgan mavzular yuzasidan kecha o‘tkazish. Masalan til bilish haqida “ Til bilgan el biladi” mavzusida suhbat uyushtirish. Matbuot va ommaviy axborot vositalaridan unumli foydalanish. Muzeylarga sayohatlar o‘tkazish, bunday sayohatlar bo‘lg‘usi yetuk insonlarni kasbga bo‘lgan qiziqishi va mahoratini tarkib topishida yordam beradi. Yoshlikdan ko‘rsatilgan bunday imtiyozlarning barchasi ularning ilm olishga bo‘lgan qiziqishini oshirish bilan birga, dunyoqarashini ham shakllantirishda katta hissa qo‘shadi. Quyida biz o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga yordam beradigan bir nechta integrativ yondashuvlar turidagi topshiriqlarni ko‘rib chiqamiz: Masalan umumiy o‘rta ta’lim maktablari 5-sinf ona tili darsligida 19-dars. So‘z birikmasi mavzusi, 70-mashqda berilgan “O‘zbek” so‘zi ishtirokida so‘z birikmalari tuzing va gaplar hosil qiling1 deyilgan topshiriq. O‘quvchilar bu so‘zlarni biriktirib so‘z birikmasini hosil qiladilar: -O‘zbek o‘g‘loni; -o‘zbek tili; -o‘zbek xalqi; -o‘zbek qizi; -o‘zbek urf-odati. Yuqoridagidek namunalarni ko‘plab misol tariqasida keltirish mumkin. O‘quvchilar ona tili darsida olgan bilimlarini umumlashtirgan holatda ingliz tili darslarida bemalol qiynalmasdan so‘z birikmasi hosil qila oladilar. 1. Matnni mazmuniga mos davom ettiring. M: Vatan-ona tuproq. U biz yashaydigan aziz zamin….. 2.”Ona”, “Vatan”, “Do‘stlik” mavzularida maqol, hikmatli so‘zlar toping. 3. Yaqin o‘rtog‘ingiz to‘grisida hikoya tuzing. 4. Bir bo‘g‘inli so‘zlarni tezkorlik bilan ayting, Nok, non, tol…. 5. Rangli rasmlar asosida hikoya qiling. Kuz keldi. Daraxtlarning barglari sap-sariq tusda….. 6. O‘qituvchi tomonidan o‘qilgan ertak qahramonlarining nomlarini ayting. 7. Topishmoq va tez aytish shartlarini berish. Bunday natijalarga erishish uchun darslarda o‘yin texnologiyalaridan foydalanishni muhim Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik.To‘ldirilgan 4-nashri.TOSHKENT «MA’NAVIYAT» 2015 N.Mahmudov, A.Nurmonov, A.Sobirov, V.Qodirov, Z.Jo‘raboyeva 1 Апрель 2021 10-қисм Тошкент 34 deb o‘ylagan holda, dars davomida Grammatik, leksik, fonetik o‘yinlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Quyida bir nechta o‘yinlardan namuna keltiramiz. Grammatik o‘yinlar: bu o‘yin fe’lning hozirgi zamon shaklini (Present simple) o‘rgatishda qo‘llaniladi. O‘qituvchi yozuv taxtasiga biror bir hayvonning rasmini ilib qo‘yadi, o‘quvchi unga xos bo‘lgan xususiyatlarni birma –bir aytadilar. Masalan: Ot(a horse) - yuguradi (runs) - yuradi (tends) - yotadi (lies ) Har bir to‘g‘ri javobga uch ball beriladi. Mazkur usuldan sifat (Adjective) so‘z turkumiga oid bilimlarni o‘rgatishda ham foydalaniladi. Shundan so‘ng boshqa bir hayvonning rasmi ko‘rsatiladi va o‘yin shu tarzda davom ettiriladi. O‘yinda eng ko‘p ball to‘plagan o‘quvchi baholanadi. Darslarda yangi so‘z o‘yinlaridan foydalanish ham o‘quvchini so‘z boyligini o‘stirishga, so‘zlashish nutqining rivojlanishiga yordam beradi. Yuqorida qayd etilgan topshiriqlar o‘quvchi nutqini sodda, aniq, mazmunli bo‘lishiga erishishda hamda uning mustaqil fikrlashiga yordam beradi. Nutq rivojlantiruvchi omillardan yana biri badiiy adabiyotdir. Tan olib aytishimiz mumkinki, hozirgi o‘quvchilar ichida badiiy adabiyot mutaola qiladiganlar kamchilikni tashkil etadi. Kitob beminnat do‘st. Uni qadrlashni va o‘qigan kitob mazmunini o‘rtoqlariga hikoya qilishni ham o‘rgatmoq kerak. O‘qituvchi tomonidan biror bir ertak yarmigacha hikoya qilinib, qolganini o‘zlaring o‘qib kelinglar deya topshiriq berilsa, ular qiziqib ertakni nihoyasigacha o‘qiydilar. Chunki voqea tavsiloti ularni qiziqtirib qo‘yadi. Shu zaylda ular kitobxonga aylanadilar. O‘qituvchilar hikoyalarni turli xil yo‘l bilan taqdim etishlari mumkin. Birinchidan, ular uni baland ovozda o‘qiydilar, video, audio orqali eshittiradilar, yoki rasmlar orqali hikoya qiladilar va hokazo. Ikkinchidan, o‘quvchilar kitobni o‘qiydilar (ko‘radilar), keyin o‘qituvchi uni o‘qimay tinglaydilar, yoki ular tinglayotganda kitobni o‘qishlari (ko‘rishlari) mumkin. Hikoyalar, shuningdek, o‘qituvchilarga to‘rtta til ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi, shuningdek o‘quvchilarida kognitiv va rivojlanish qobiliyatlari rivojlantiriladi.1 Hatto o‘quvchilarni ba’zilari hikoya yoki ertak qahramonlariga o‘xshagisi keladi. Murakkab mavzuni o‘quvchilar ongiga osongina yetkazish uchun «Aqliy hujum», «Zakovat», «Modul dars», «Zigzag», «Interfaol», «o‘yin dars», «Munozarali-bahsli dars», «Sayohat dars», «Musobaqa dars» kabi usullardan foydalanamiz. Darslarda o‘zimiz o‘rgatgan manbalardan, savollar yoki testlardan unumli foydalanamiz. Har bir usuldagi darslar ikki-uch marta o‘tilganda o‘zini oqlaydi. Me’yoridan oshmasligi, o‘quvchilarni zeriktirmasligi uchun usullarning turlicha bo‘lishi darsning samaradorligini yanada oshiradi. Dars jarayonlarida notiqlik, suhbat, hikoya, mustaqil ish, yozma ish, zamon bilan bog‘lash, mustaqil fikrga tayanish shakllariga katta e’tibor berishimiz lozim. Har bir o‘tilayotgan darsga o‘quvchilar tomonidan berilayotgan baho biz uchun qadrlidir. Barkamol avlod tarbiyasi va o‘quvchilarning aqliy faoliyatini rivojlantirishda quyidagi topshiriqlar ahamiyatlidir. Muammoli savollar. Zakovat savollari. Krasvordlar ustida ishlash. Mavzuga doir шjodiy ishlar yozdirish. Mustaqil test tuzish. Xikmatli so‘z va maqollar yozdirish. Bu topshiriqlar o‘quvchilarning o‘qish, yozish, so‘zlashish va tinglab tushunish kabi ko‘nikma va malakalarni shakllantirish bilan birga so‘zning turli ma’nolarini tushuntirish orqali o‘rganilayotgan tilning jozibadorligini ko‘rsatib o‘quvchilarda tilga bo‘lgan qiziqish uyg‘otish mumkin. Xulosa shuki, darslarda qo‘llaniladigan har bir leksik, grammatik topshiriqlar o‘quvchilarning mavzularni ko‘proq esda saqlab qolishlariga, yordam beradi. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 35 INNOVATSION O‘QITISHDA O‘QUVCHILAR DIQQATINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI Ochilova Gulzoda Uktamovna Navoiy viloyati Navbahor tumani 13- maktab tarix o‘qituvchisi Tel: +998934327075 Email: ochilovagulzoda1987@inbox.uz Annotatsiya: Bu maqolada o‘quvchilarni o‘qitishda innovatsion metodlardan foydalanish usullari haqida so‘z yuriltilgan hamda o‘qituvchilarga bu borada tavsiyalar berilgan. Kalit so‘zlar: innovatsion o‘qitish, metod, metodologiya, pedagogika O‘quv jarayonida bolaga har bir daqiqada juda ko‘p omillar ta’sir etib turadi. Lekin, o‘quvchiga ta’sir etayotgan bu omillarning hammasi bir xil aniqlikda aks etmaydi. Ulardan ayrimlari aniq, yaqqol aks etsa, boshqa birlari shunchaki juda xira aks etadi, yoki umuman aks etmaydi. Bu esa ana shu bolaga ta’sir etayotgan narsalarga diqqatning qay darajada qaratilishiga bog‘liqdir. Shuning uchun o‘quvchi diqqati qaratilgan narsa va hodisalar aniq va to‘la aks ettiriladi. O‘quvchi o‘quv faoliyatining sifatini ta’minlaydigan eng asosiy vositalardan biri diqqatdir. O‘z faoliyatining samaradorligini oshirish uchun har bir pedagog diqqat haqida umumiy tushunchaga ega bo‘lishi kerak. Quyida diqqat haqidagi nazariy tushunchalar umumiy shaklda o‘z aksini topgan Diqqat deb - ongni bir nuqtaga to‘plab muayyan bir ob’ektga faol qaratilishiga aytiladi. Diqqat shunday muhim jarayonki, u odamning barcha faoliyatida ishtirok etadi. Eng sodda faoliyatdan tortib eng murakkab faoliyatni ham diqqatning ishtirokisiz bajarish mutlaqo mumkin emas. Shuning uchun diqqatning inson hayotidagi roli benihoya kattadir. K.D.Ushinskiyning “diqqat ruhiy hayotimizning shunday yagona eshigidirki, ongimizga kiradigan narsalarning barchasi shu eshik orqali o‘tib kiradi”40 degan fikrlari uning ahamiyatini bildiradi. Haqiqatdan, ham diqqat eshigidan tashqarida qolgan narsa ongimizga yetib bormaydi. Diqqat sezish jarayonida, idrok qilishda, xotira, xayol va tafakkur jarayonlarida har doim ishtirok etadi. Shu sabab diqqat psixik jarayonlarning sifatini ta’minlovchi vosita hisoblanadi. Bola o‘quv faoliyatiga zo‘r diqqat bilan kirishgan paytida uning tashqi qiyofasida ayrim o‘zgarishlar ko‘zga tashlanadi. Diqqatning sirtqi, ya’ni tashqi alomatlari quyidagicha ifodalanadi. Birinchidan, diqqat qaratilgan narsani yaxshi idrok qilish uchun unga muvofiqlashishga urinishdan iborat harakatlar (tikilib qarash, quloq solish) qilinadi. Ikkinchidan, ortiqcha harakatlar to‘xtaydi. Jiddiy diqqatning xususiyatlaridan biri qimirlamasdan jim turishdir. Masalan, auditoriyadagi jimlik diqqat vaqtidagi harakatsizlik natijasi bo‘lib, bu jimlik o‘quvchilar o‘qituvchini zo‘r e’tibor bilan tinglashayotganini anglatadi. Uchinchidan, kuchli diqqat paytida o‘quvchining nafas olishi sekinlashib va pasayib qoladi. Demak, diqqat paytida organizm reseptorlari alohida holatda bo‘ladi. Ammo, bu holat diqqatning faqat tashqi ifodasi bo‘libgina qolmay, balki uning ma’lum yo‘nalishi va barqarorligini saqlab turuvchi shartlardan biri hisoblanadi. O‘quvchi ayrim narsalarga o‘z diqqatini ongli ravishda o‘zi xohlab qaratsa, boshqa bir narsalar diqqatni beixtiyor ya’ni bizning xohishimizdan tashqari jalb qiladi. O‘quvchi psixik faoliyatining muayyan ob’ektga yo‘naltirilishi va to‘planishiga qarab diqqat ixtiyorsiz, ixtiyoriy va ixtiyoriydan so‘nggi diqqat turlariga bo‘linadi. Ixtiyorsiz diqqat deb, to‘satdan ta’sir qilgan biror sabab tufayli bizning xohishimizdan tashqari hosil bo‘ladigan diqqatga aytiladi. Odamning ko‘z o‘ngida paydo bo‘ladigan juda yorqin rangli narsalar, o‘zining tashqi ko‘rinishi jihatidan odatdagi narsalardan keskin farq qiluvchi predmetlar, to‘satdan paydo bo‘lgan qattiq tovush, biror narsaning keskin harakati va shu kabilar ixtiyorsiz diqqatni yuzaga keltiruvchi sabablar bo‘lishi mumkin. Masalan, dars paytida to‘satdan uchib o‘tgan samolyotning qattiq tovushi hammaning diqqatini beixtiyor o‘ziga jalb qiladi. Ixtiyorsiz diqqat odamning har turli ehtiyojlari va qiziqishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan diqqatdir. Shuning uchun ham ayni chog‘dagi ehtiyojlarimiz, qiziqishlarimiz bilan bog‘liq bo‘lgan narsalarning ta’siri ixtiyorsiz diqqatga sabab bo‘ladi. Ixtiyoriy diqqat deb-oldindan belgilangan qat’iy bir maqsad asosida va ongli ravishda diqqatimizni ma’lum bir narsa va hodisalarga qaratishimizga aytiladi. Odamning ko‘pchilik faoliyatlari asosan ixtiyoriy diqqatning ishtiroki bilan amalga oshiriladi. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 36 Shuning uchun barcha faoliyat turlarida, ya’ni o‘qish, o‘yin va mehnat faoliyatlarida ixtiyoriy diqqatning roli juda kattadir. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqatga nisbatan uzoq vaqt mobaynida davom etadigan diqqat turi bo‘lib, u zo‘r berishni, ya’ni irodaviy kuch sarf qilishni talab etadi. Ixtiyoriy va ixtiyorsiz diqqatdan tashqari uning yana bir alohida turi ixtiyoriydan so‘nggi diqqat deyiladi. Bu tushuncha psixologiyaga N.F.Dobrinin tomonidan kiritilgan. Agar maqsadga qaratilgan faoliyatda o‘quvchi uchun diqqatning ixtiyoriy to‘planganidagi kabi faqat faoliyat natijasi emas, balki uning mazmuni va jarayonning o‘zi qiziqarli va ahamiyatli bo‘lsa, ixtiyoriydan so‘nggi diqqat deb tushunish mumkin. Ixtiyoriydan so‘nggi diqqat biror narsaga uzoq vaqt davomida juda ham barqaror qaratilishi bilan belgilanadi. Shunday qilib, diqqatning ana shu yuqorida ko‘rib o‘tgan asosiy xususiyatlari o‘quvchining barcha turdagi faoliyati uchun juda kerakli xususiyatlardir. Diqqatning ana shu xususiyatlari tufayli o‘quvchi atrofdagi muhitga, o‘quv faoliyati bilan bog‘liq o‘zgarishlarga tez moslasha oladi. Diqqatning bu asosiy xususiyatlari o‘quvchiga tug‘ma ravishda, ya’ni irsiy yo‘l bilan berilmaydi. Bu xususiyatlar bolaning yoshlik chog‘idan boshlab o‘yin, o‘qish faoliyati jarayonida va o‘qituvchining ko‘magi asosida tarkib topib boradi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Karimov I.A Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch-T. Ma’naviyat, 2008 2. Yoqubova M. Jamiyat axborotlashuvning falsafiy asoslari. 2007 3. Qahhorova Sh. Global ma’naviyat globallashuvining g‘oyaviy asosi.-T. Tafakkur, 2009 4. R.Mavlonova O.To‘rayeva K.Xoliqberdiyev “Pedagogika”T. O‘qituvchi 2008. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 37 BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ’OQISH FANINING O‘QITILISHI Otayeva Nodira Islomovna Navoiy viloyati Qiziltepa tumani 16-umumiy o‘rta ta’lim maktabi Boshlang‘ich ta’limi fani o‘qituvchisi Telefon: +998 91 250 54 88 Annotatsiya: Boshlang‘ich sinflarda o‘qish fani o‘quvchining savodini oshirishda, ularni qalban yuksak, ma’naviy boy qilib tarbiyalashda poydevor hisoblanadi. Ushbu maqolada o‘qish fanining afzallik tomonlari, tarbiyaviy ahamiyatga molik jihatlari, ularni o‘rgatishda noan’anaviy metodlar haqida ma’lumot beriladi. Kalit so‘zlar: O‘qish fani, metod, davlat ta’lim standarti, ma’naviy va tarbiyaviy tushunchalar, o‘qish texnikasi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-sonli “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida” gi qarori bilan tasdiqlangan umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standarti hamda Xalq ta’limi vazirining 2017-yil 3-iyundagi 190-sonli buyrug‘I bilan tasdiqlangan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-4-sinflari uchun o‘qish fani dasturi amaliyotga joriy etildi. Bugungi kundagi talablardan kelib chiqib, o‘qish fanining sifat va samaradorligini oshirish maqsadida kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi o‘quvchilarning har tomonlama ma’naviy boy, qalban yetuk qilib tarbiyalashda muhim o‘rin egallamoqda. Darhaqiqat, o‘quvchini o‘qish va bilim olishga ishtiyoqini o‘stirish, ularning tafakkurini kengaytirish har bir o‘qituvchidan katta mas’uliyat talab etadi. O‘qish darslarida kompetensiyaviy yondashuvni joriy etish, axborot va ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalanish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. O‘qish darslari adabiyot fanining tarkibiy qismi sanaladi. Dasturlarning o‘qish nutq o‘stirish bo‘limida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar mazmuniga; o‘quvchilarni to‘g‘ri ravon ma’lum darajadagi tezlik bilan ifodali o‘qishga o‘rgatish; bolaning ona – Vatan, uningv tabiati kishilar mehnatidagi qahramonlik, jasurlik, oliyjanoblik fazilatlarini ular ongiga singdirish kabi bilimlarni boyitish orqali o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malakalari kengaytiriladi, shakllanadi va mustahkamlanadi. O‘qish darslarini Davlat talablari asosida hayotiy tajribalarga tayanib, hayotga bog‘lab o‘tishi uning ta’sirchanligi ongli idrok etishlarini ta’minlaydi. O‘qish fanining ta’lim-tarbiyaviy maqsadlari, sinflar bo‘yicha o‘qish mazmunini, og‘zaki va yozma nutqlarini rivojlantirish usullarini, o‘qish mashg‘ulotlarining yozma nutq bilan bog‘lanish kabi masalalar aniq kiritilgan. Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarni ifodali o‘qishga o‘rgatish usullari quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 1. To‘g‘ri o‘qish. 1-sinfda jiddiy ahamiyat berish talab qilinadi. 2. Ongli o‘qish. O‘quvchi har bir gap, gapdagi so‘z, so‘zdagi bo‘ginlarni o‘qish jarayonida uning ma’nosini tushunib o‘qishi kerak. 3. Tez va ravon o‘qish. Ravon o‘qishda matndagi tinish belgilariga amal qilinishi lozim. Ifodali o‘qishga o‘rgatishning eng muhim usullaridan biri o‘qituvchining namunali ifodali o‘qishidir. Buning uchun o‘qituvchi o‘qitishning pauza, urg‘u, ohangi kabi texnik-nazariy vositalari haqida yetarli bilim mahoratiga ega bo‘lishi, og‘zaki nutq madaniyatini puxta egallashi lozim. O‘qish darslari uchun tanlangan mavzular o‘quvchining kundalik hayot, mustaqillikni mustahkamlash va inson munosabatlari bo‘yicha ham bilim va tarbiya berishni ko‘zda tutadi. Bular ichida istiqlol, vatan, ma’naviyat, tabiat haqidagi mavzular alohida ajralib turadi. Ulardan ko‘zlangan maqsad o‘zlikni anglash, istiqlol, vatan, tabiat bilan bog‘liq tuyg‘ularni uyg‘otishdir. Umuman, “O‘qish kitobi” darsliklaridagi barcha mavzular o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berish bilan birga, ularning so‘z lug‘atini boyitishga, og‘zaki va yozma nutqini to‘g‘ri shakllantirish va nutq madaniyatini o‘stirishga qaratiladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. S, Matjonov. X. G‘ulomova “Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarini pedagogik texnologiya asosida tashkil etish”. Toshkent. 2008-yil. 2. Umumiy o‘rta ta’limning Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi. Toshkent. 2017-yil. 3. S. Matjonov. “O‘qish kitobi” 4-sinf. Toshkent. 2017-yil. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 38 UMUMTA’LIM MUASSASALARIDA TARBIYAVIY TADBIRLAR TASHKIL ETISH ORQALI O‘QUVCHILARNI IJTIMOIYLASHUV JARAYONIGA TAYYORLASHNING PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI Mamatova Mavjuda Odilovna Qo‘qon shahar 31-maktab MMIBDO‘ Tel: +99890 566-75-76 Annotatsiya: o‘quvchi-yoshlar ma’naviy-axloqiy, g‘oyaviy-siyosiy, badiiy-estetik, jihatlarini shakllantirishda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning o‘rni va roli beqiyosdir. Kalit so‘zlar: ma’naviy-axloqiy, tarbita mexanizmlari, kreativ va tanqidiy fikrlash, g‘oyalar xilma-xilligi, obrazli tasavvur. O‘quvchi yoshlarni milliy urf-odatlarimiz, qadriyat va an’analarimizga sadoqat ruhida tarbiyalash hozirgi kunning eng dolzarb masalalaridan bo‘lib hisoblanmoqda desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Yoshlar qalbi va ongiga yurtga sadoqat tuyg‘ularini chuqur singdirish masalasi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Qadriyatlarimizning ma’naviy asoslarini mustahkamlash bugungi kun o‘quvchisini ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga katta e’tibor berishimiz zarurligini ko‘rsatib beradi. O‘quvchi-yoshlarni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarning ahamiyati beqiyosdir. Lekin shuni alohida ta’kidlash joizki, yaxshi tashkil etilmagan, avvaldan puxta tayyorlanib, reja asosida tashkil etilmagan tadbirlar ma’naviy-axloqiy tarbiyaga hissa qo‘shishi qiyin. Ta’lim tizimida tashkil etilayotgan ma’naviy-marifiy tadbirlarni mohirlik bilan tashkil etish, ularning ma’naviy-axloqiy tarbiyadagi samarasini oshirish uchun avvalo, a’lo darajada tuzilgan senariy, tadbir o‘tkazish joyi va vaqti to‘g‘ri tanlanishi, ishtirokchilar tegishli va muntazam tayyorgarlikka ega bo‘lishlari talab etiladi. Tarbiyaviy tadbirlarni muntazam ravishda o‘tkazisb borish davomida o‘quvchilarda o‘zini-o‘zi tarbiyalash mexanizmini ham shakllantirib borishda o‘qituvchilar va xususan, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarining o‘rni beqiyosdir. Bunda o‘quvchilarning jismoniy, aqliy, axloqiy, estetik rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan ma’naviy qarashlarning jadal o‘sishi ta’minlanadi. Ta’lim-tarbiya jarayonida pedagog va o‘qituvchilar, o‘quvchi-yoshlarga o‘zini-o‘zi tarbiyalash, o‘z kamchilik va nuqsonlarini tuzatish, shaxsini rivojlantirishga undovchi eng kuchli omil – o‘zo‘zini tanqid qilish prinsiplariga ijobiy yondashishni o‘rgatish zarur. Maktablarda tashkil etiladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda muntazam ishtirok etuvchi o‘quvchilarda kreativ va tanqidiy fikrlash, g‘oyalar xilma-xilligi, obrazli tasavvur kabi jihatlar keng miqyosda ko‘zga tashlanadi. Tarbiyaviy tadbirlarning mazmuni ma’naviy-axloqiy, milliy madaniyatimiz, ma’naviy merosimiz, sharqona axloq kategoriyalarini qamrab olgandagina tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etishda xalqimizning milliy xususiyatlarini shakllantirish va rivojlantirishga qaratilgan jihatlariga alohida e’tibor berishni nazarda tutish lozim. Bunda: - millatimiz hayotida jamoa bo‘lib yashash muhitining ustunligi; - oila, mahalla, elu-yurt tushunchalarining muqaddasligi; - millatning o‘lmas ruhi bo‘lgan ona tiliga muhabbat; - kattaga hurmat va kichikka izzatda bo‘lish; - mehr-muhabbat, go‘zallik va nafosat, hayot badiiyligining ramzi – ayol zotiga ehtirom; - qonun ustuvorligi; - ajdodlar merosi; - o‘zga xalq va davlatlarning ilg‘or tajribalarini va madaniyatini o‘rganish kabi mavzularda tashkil etiladigan tadbirlar – bugungi kun o‘quvchi-yoshlarini ilhomlantiruvchi manba bo‘lib xizmat qilishi lozim. Shuni qayd etish lozimki, har bir rejalashtirilgan tarbiyaviy tadbir faol usullardan foydalanib, quyidagi vazifalarni hal etishni ko‘zda tutsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi. - O‘quvchi yoshlarning qiziqish va ehtiyojlarini muvofiqlashtirgan holda dasturlar tayyorlash va namoyish etish. - O‘quvchilarni turli mavzular yuzasidan tezkor fikr yuritishga moyillash; - O‘quvchilarning zukkolik xususiyatlarini shakllantririshga xizmat qilish; - Nutq madaniyati, muomala madaniyatini o‘stirish borasida ham ijobiy yutuqlarni qo‘lga Апрель 2021 10-қисм Тошкент 39 kiritish; - O‘quvchilardagi estetik did, estetik tafakkur, iqtisodiy, g‘oyaviy-siyosiy, axloqiy, ma’naviy, huquqiy sohadagi bilim va ko‘nikmalarni taraqqiy ettirish; - Bo‘sh vaqtlarini ko‘ngilli, mazmunli, oqilona o‘tkazishlarini ta’minlash zarur. O‘quvchilarning maroqli dam olishlari uchun qiziqarli dasturlar bilan chiqishlar qilib, ularning bu sohadagi iste’dodlarini o‘stirish uchun ular mavzu bilan oldindan tanish bo‘lishlari, mavzu bo‘yicha batafsil ma’lumot jamlashlari kerak. Demak, har bir o‘tkazilayotgan tarbiyaviy tadbirlar quyidagi muhim jihatlar: hamjihatlilik, badiiy-estetik va pedagogik-psixologik jihatlar o‘tkazilayotgan tadbirga nisbatan, ma’lum g‘oyaga nisbatan ishonch hissini uyg‘otsa, badiiy-estetik xususiyatlar unga joziba baxsh etadi. Pedagogikpsixologik jihatlar esa o‘tkazailayotgan tadbirlardan ko‘zlangan maqsadga erishishni ta’minlaydi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati: 1. O‘quv tarbiyaviy tadbirlarni tashkil etish va uni o‘tkazish metodikasi. BuxDU.: 2017-yil. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 40 DIDACTIC GAMES THAT DEVELOP STUDENTS’ THINKING IN THE LEARNING PROCESS Pulatova Umida Ulmasbayevna Tashkent city, Almazar district, is an English teacher at school 24 Annotation: This article discusses didactic games and their applications that help to develop students’ thinking in the educational process. Keywords: Educational process, didactic game, student, teacher, science, thinking, sound, dictation. The organization of the educational process on the basis of didactic games is a means of developing students’ thinking. Didactic games should be seen as educational activities, not as a means of recreation or leisure. From a pedagogical point of view, play is a type of activity aimed at mastering and recreating social experience. [1, b. 72]. Psychological analysis: play is a form of implementation of the child’s activities, activities, which reflects his interests, needs and desires. The game teaches the child to learn the content of things and events in his own experience, to use these content. [2, p.86] In this regard, game technology plays an important role in the active acquisition of knowledge by students in various subjects in secondary schools. Below we look at game technologies that can be used in a variety of lessons to develop students’ thinking. “I’ll check it myself.” In such games, a small amount of dictation text is selected and organized in the introductory part of the lesson. The teacher writes a small dictation for the students. When all students have finished writing, the teacher writes the dictation on the board. If the dictation is written on the board before the dictation and is covered, the student opens the curtain. Students look at it and check their dictation. The story. The teacher writes a few words on the board. Students independently create a story using these words. In the process, as their vocabulary grows, they develop the ability to form sentences correctly, pronounce sounds correctly, and think creatively and independently. The teacher’s encouragement from time to time builds students’ self-confidence. This game can be easily used in extracurricular activities and clubs. For example; Fine, clock, rain, book. “Who is he? What is this?”. There are several items on the table. The teacher describes one of these subjects. Students will find out what they are talking about based on these signs. The advantage of this game is that it can be used during the lesson to focus students’ attention, to relax their hands, or to introduce new sounds, to introduce a new topic. This game allows students to develop intelligence, critical thinking and independent thinking skills. For example; It is spherical in shape. It is also played by our famous athletes in stadiums. It is also a favorite toy of young children. (answer; ball). Quick Answer Game - Students are divided into three groups. The teacher or beginner walks through the line, raises one of the students in the group, and says the name of a species. The student must find and say a word of this type. The answer should be said until three o‘clock. A group of students who do not answer will be given a penalty card. The team that receives three penalties will be disqualified. The game continues until one group is left. Through such play, students develop quick-wittedness, independent thinking skills, and the child learns to observe the environment carefully. Teacher: Animal. Student: Horse Teacher: Textbook. Student: Notebook Teacher: Classroom. Student: Parta Teacher: Transport. Reader: Nexia Game of Thrones. The object of the game is to strengthen the skills of multiplication and division. The playground has 3 flags. Gameplay: Between the lines. The row names are written on the board and divided by the number of students. The teacher gives a flag to the student sitting at the end of each row. The teacher says the number. For example, the number 6 in row 1, the number 4 in row 2, and the number 5 in row 3. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 41 The student who receives the flag passes 6 * 1 = 6 to the student in the front desk. 12 * 2 = 24, 24: 3 = 8, 8 * 5 = 40, 40: 4 = 10. Students will be asked to create an expression that starts with the number that ends in the result. When the flag reaches the 1st part, the last student will have to end the game with an expression consisting of the number 6. Whichever flag reaches the first row faster wins. Flags will be placed where the name of the winning row is written. Apple picking game. Equipment: Magnetic board, blackboard, picture of apple tree, apple shapes and baskets made of thick paper, the number of apples is equal to the number of students in the class and the number of baskets is equal to the number of rows or groups. To attach it to the magnetic board, a poster with a picture of an apple or a magnetic plate is glued to the back of the apple. You can also erase the examples on the back of the apple with a simple pencil and write a new one in the next lesson. There will be 3 groups in the game. Each group is given one basket. One student from each group solves the examples. The group with the most examples wins. “Wrong sentence.” This game is based on pictures. The teacher also uses non-pictorial sentences to describe the picture. Students should find this sentence intelligently [3, p. 63-65]. Students will be required to be alert, careful, observant, and attentive throughout the game. They not only watch the picture carefully, but also listen carefully to the teacher’s story. Finding each wrong sentence increases their self-confidence and interest in the lesson. This game can be used not only in native language classes, but also in extracurricular activities. There are a number of rules that must be followed to ensure the effectiveness of gaming technology, and these rules must be followed. They are: - take into account the age, knowledge and interests of students when choosing a game; - correctly determine the amount of time spent on the game; - follow the specific safety rules in each didactic game; - The game should be focused on the theme. This means that the teaching of students involves the realization of educational goals that are difficult to achieve through other methods through the practical use of didactic games. Thus, the use of play technologies at all stages of the lifelong learning process, especially in improving the effectiveness of the primary education process, increases students ’interest in learning. It forms in them such qualities as responsiveness, independence, intelligence, creativity. List of used literature. 1. Yuldashev J.G ’, Usmonov S.A. Introduction of modern pedagogical technologies into practice. - T.:2008, p.72. 2. Khaydarov F.I., Khalilova N.I. General psychology. Textbook. T .: 2010, p.85. 3. Matchanov S et al. Organization of primary school mother tongue lessons on the basis of pedagogical technologies. - T .: “Yangiyo‘l” 2008. 4. Qurbonov. Didactic games. Khorezm Regional Institute for Retraining and Advanced Training of Teachers. Urgench, 2011. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 42 MAXSUS TA’LIM TIZIMIDA KORREKSION-PEDAGOGIK YORDAMNI SHAKLLANISHI VA RIVOJLANTIRISHIDA MUHIM O‘RIN TUTGAN G‘OYA VA YONDASHUVLAR Rahimova Munira Rajabovna Qo‘qon davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi Tel: +998(97) 691-41-23 rakhimova.surdopedagog@gmail.com Erkinova Sarvinoz Mashrabjon qizi Qo‘qon davlat pedagogika instituti talabasi Tel: +998(99) 301-75-18 erkinovas99@mail.ru Annotatsiya: Mazkur maqolada Respublikamiz va jahonda maxsus ta’lim tizimida korreksion-pedagogik yordamni tashkil etishda, uni shakllanishi va rivojlantirishida muhim o‘rin tutgan g‘oya va yondashuvlar xususida fikirlar ilmiy adabiyotlarda keltirilgan manbalar asosida bayon etilgan. Shuningdek, eshitish qobiliyatini yo‘qotgan bolalar ta’lim tizimining o‘tmishi va buguni haqidagi ma’lumotlar aks etirilgan. Kalit so‘zlar: surdopedagog, korreksion-pedagogik yordam, senzitiv davr, moslashish. Respublikamiz hukumati tomonidan olib borilayotgan ijtimoiy islohotlarda yosh avlodning barkamolligiga erishish masalalari, xususan, imkoniyatlari cheklangan bolalar ta’lim-tarbiyasi muammolarini hal etishga e’tibor berib kelinmoqda. Alohida yordamga muhtoj bo‘lgan bolalar orasida u yoki bu darajada eshitishidan mahrum bo‘lgan bolalar ko‘pchilikni tashkil etadi. Ushbu toifa bolalarga milliy qadriyat va hududiy shartsharoitlarimizdan kelib chiqqan holda maxsus ta’lim muassasalarida korreksion yordam ko‘rsatish (umumiy va xususiy maqsadlari, vazifalari, ta’lim-tarbiyalashning mazmun va tamoyillari, ushbu bolalar imkoniyatlariga mos bo‘lgan ish metodlari)ning ilmiy asoslarini to‘liq ishlab chiqish maxsus ta’lim tizimining kun tartibida turgan hamda o‘zining tezkor yechimini kutayotgan bosh muammodir. Eshitishida muammosi bo‘lgan bolalar ta’lim-tarbiyasi zamonaviy tizimining mohiyati, uning o‘ziga xosligini tushunish hamda maxsus ta’lim, xususan, maxsus ravishda tilga o‘rgatish tizimining samaradorligiga erishish, uni takomillashtirishda surdopedagogikaning rivojlanish tarixini: turli davrlarda yashab o‘tgan ilg‘or surdopedagog va olimlar tomonidan ilgari surilgan g‘oyalar, yondashuvlarni chuqur o‘rganish va tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, taniqli olim va pedagog F.F.Rau ta’kidlaganidek: «O‘tmish surdopedagoglarning tajribasi, ya’ni surdopedagogikaning rivojlanish tarixi haqida to‘liq ma’lumotlarga ega bo‘lgan surdopedagok o‘tmish xatoliklarini takrorlash, shuningdek, kulgili ravishda «yangitdan Amerikani kashf qilish»dan kafolatlanadi hamda ishiga ijodiy yondasha olish va o‘z g‘oyalarini ishonchli tarzda olg‘a sura olish imkoniga ega bo‘ladi» [5]. L.S.Vigotskiy ta’lim-tarbiya samaradorligiga erishishda “Nuqsonning murakkab tuzilishi” hamda “Ta’lim-tarbiya va rivojlanish mutanosibligi” psixologik ta’limotlariga tayangan holda ish ko‘rish lozimligini aniq misollar bilan asoslab berildi. Olim maxsus maktablardagi og‘zaki nutqni rivojlantirishga mo‘ljallangan usul bolaning sermazmun hayoti, uning qiziqishlari bilan bog‘liq bo‘lmagan sharoitda olib borilishiga e’tibor qaratib, nutqni ijtimoiy hayotda ishtirok etmagan holda egallash, qirg‘oq bo‘yida turib suzishni o‘rganish holatiga qiyoslab, ijtimoiy muhit hamda uning tuzilishi har qanday tarbiya tizimining pirovard hamda hal qiluvchi omili ekanligini alohida qayd etadi: “Bola hayotini shunday tashkil etish lozimki, unga nutq zarur va qiziqarli bo‘lsin. Ta’limni bola qiziqishlariga qarshi emas, ushbu qiziqishlar tomon yo‘naltirish lozim. Umuminsoniy nutqqa nisbatan ehtiyojni yuzaga keltirish zarur, shundagina nutq paydo bo‘ladi. Nutq muloqotga kirishish va fikrlash asosida, murakkab hayotiy sharoitlarga moslashish natijasida yuzaga keladi» [3]. Respublikamiz milliy maxsus pedagogikasida korreksion-pedagogik yordamni shakllanishi va rivojlanishi bir qator yetuk olimlarimizning ilmiy tadqiqot ishlari bilan bog‘liq bo‘lib, hususan, N.Sh.Bekmuradovning ilmiy tadqiqot ishi «Issiq iqlim sharoitining eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilar ishchanlik faolligiga ta’siri» mavzusiga bag‘ishlangan bo‘lib, muallif to‘plagan ma’lumotlar asosida hududimizga mos ravishda maxsus maktab-internatlar kun tartibi, o‘quv Апрель 2021 10-қисм Тошкент 43 jarayonini tashkil qilishda hisobga olinishi lozim bo‘lgan talablarni ilgari suradi [2]. H.M.Gaynutdinov o‘zining tadqiqot ishida O‘zbekiston sharoitida kar bolalar maktablari bitiruvchilarining kasbiy-mehnat va maishiy hayotga moslashuv jarayonining xususiyatlarini har tomonlama o‘rganib chiqdi [4]. Kar va zaif eshituvchi o‘quvchilarning nutqiy eshitishlarini rivojlantirish, ularni savodga o‘rgatish, so‘zlashuv nutqini shakllantirish, maktabgacha – senzitiv davrda nutqini kengqamrovli rivojlantirish hamda bo‘lajak surdopedagoglarda kasbiy ijodkorlikni rivojlantirishda jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning ta’lim olish tamoyillari asosida amalga oshirish masalalari F.Alimxodjaeva, N.Dadaxo‘jaeva, Z.Mamarajabova, D.Nazarova, R.Rustamova, U.Fayzieva, F.Qodirova, D.Yakubjanovalar tomonidan tadqiq etilgan [1]. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Turgunboyev S. Social adaptation factors for graduates of specialized boarding schools for children with hearing impairments in Uzbekistan European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. Vol. 7 No. 11, 2019. P. 153-157. (ISSN 2056-5852) 2. Бекмурадов Н.Ш. Влияние жаркого климата на работоспособность учашихся школ глухих. Автореф. дис. ... канд. пед. наук. – М.: НИИД АПН. 1989. – 17 с. 3. Бенин В.Л. Теоретико-методологические основы формирования развития педагогической культуры: Автореф. дис. д-ра пед. наук./Урал. гос. профессионально-пед. ун-т. Екатеринбург, 1996.-45.с. 4. Гайнутдинов Х.М. Профориентационная и социальная адаптация выпускников школ глухих в условиях Узбекистана. Автореф. дис. канд. пед. наук. – М.: НИИД АПН. 1990. – 18 с. 5. Сурдопедагогика / Под ред. М.И. Никитиной. -М., 1999. - 86 с Апрель 2021 10-қисм Тошкент 44 BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI TA’LIMGA JALB QILISH Raupov Behzod Muzaffarovich Navoiy viloyati, Qiziltepa tumani, 33-umumiy o‘rta ta’lim maktabi Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Annotatsiya: ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini fanga qiziqtirish to‘g‘risida fikrlar bayon qilinadi. Kalit so‘zlar: modellashtirish, so‘rov asosida o‘rganish, o‘sish fikri Bugungi dunyo globallashuv jarayoni tezlashib borayotgan bir paytda o‘quvchilarni fanga qiziqtirish uchun chet el metodlaridan foydalanish oson bo‘lib bormoqda. Fikr almashish, dunyoqarash va kreativlikni kengaytirish uchun imkoniyatlar ham anchagina. O‘qituvchilarimizdan ozgina izlanish talab etiladi xolos. Bilamizki, bolalarning ta’limga kirishi biroz murakkab jarayon, ularni savodli qilish o‘qituvchilarimizdan ancha mashaqqat talab etadi. Ammo ularni o‘qishga qiziqtirishda turtki berish mumkin ya’ni, ularni yangi o‘qitish metodlari orqali jalb qilish: 1. Modellashtirish “Men qilaman, biz qilamiz, siz qilasiz” iskala usuli bilan biz allaqachon tanishmiz, ammo nega u qadar samarali ekanligiga amin bo‘lish uchun biroz vaqt sarflash kerak. Modellashtirish - bu o‘quvchilarning ma’lum bir mavzuni o‘rganishini ta’minlashning muhim omillaridan biri, ammo u o‘quvchilarning bilim yukini oshirmasdan yangi kontseptsiyalarni kiritishi mumkin bo‘lganda ta’sir qiladi - shuning uchun “men, biz siz” yondashuvi. O‘qituvchi rahbarligidan, qo‘shma qurilishdan mustaqil ishlashga qadar qurish orqali biz ta’limni bosqichma-bosqich o‘zgartirish va haqiqiy jarayon sifatida ko‘rsatadigan tuzilmani yaratishimiz mumkin. 2.Ta’lim texnologiyalaridan foydalanish Texnologiyani sinfga qachon va qayerda olib kirishni bilish nozik muvozanatdir. Bolalar texnologiyaga asoslangan darslarga yaxshi munosabatda bo‘lishlari bilan birga, ularning ta’lim olish jarayonida har doim texnologiyaga e’tibor berish xavfi mavjud. 3. Xulq-atvorni boshqarish Sinflarni samarali boshqarish - bu yaxshi xulqli sinf (albatta, mukammal xulqli bo‘lishi shart emas) darslar bilan ko‘proq shug‘ullanadi. 4. So‘rov asosida o‘rganish O‘quvchilaringizning mavzuga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otish, surishtiruv asosida o‘rganish uchun zarur bo‘lgan birinchi qadam bo‘lib, ularga mavzuni o‘rganish va hisobot berish imkoniyatini taqdim etish, bu haqiqatan ham o‘rganish qayerda sodir bo‘lganligini anglatadi. “O‘ylang, juftlang, ulashing” Xulq-atvorni boshqarish bilan bir oz bog‘liq bo‘lgan sinf yoki guruh muhokamalari ular uchun aniq, yaxshi tuzilgan tuzilishga ega bo‘lganda eng foydali bo‘ladi. O‘quvchilar nafaqat o‘zlarining fikrlari bilan o‘rtoqlashish imkoniyati borligini his qilishlari, balki boshqalarning fikrlari ham qiymatga ega ekanligini tushunishlari kerak. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Boshlang‘ich sinflar o‘qitish metodikasi. Toshkent 2018 Апрель 2021 10-қисм Тошкент 45 KIMYO FANINING O‘QITISHDA XALQARO TAJRIBALARDAN FOYDALANISH MUAMMO VA YECHIMLAR Raxmonova Zulfiya O‘ktamovna Navoiy viloyati Zarafshon shahar 13-sonli ayrim fanlar chuqur o‘rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktabi maktabining kimyo fani o‘qituvchisi Tel:+998936615493 Email :Zulfiya13mak@gmail.com Annotatsiya: Bu maqolada kimyo fanining o‘qitishda xalqaro tajribalardan foydalanish muammo va yechimlar mavzusida so‘z yuritilgan. Kalit so‘zlar: Slayd shou, videolavhalar, animatsiyalar , videoroliklar Mamlakatimiz uchun ilm – fan sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarni aniq belgilab olishimiz kerak. Hech bir davlat ilm – fanning barcha sohalarini bir yo‘la taraqqiy ettira olmaydi. Shuning uchun biz ham har yili ilm – fanning bir nechta ustuvor yo‘nalishini rivojlantirish tarafdorimiz. Joriy yilda matematika, kimyo – biologiya, geologiya kabi yo‘nalishlarda fundamental va amaliy tadqiqotlarni faollashtirib,olimlarga barcha shart – sharoitlar yaratib beriladi. Ilm – fan yutuqlarining elektron platformasi,mahalliy va xorijiy ilmiy ishlanmalar bazasini shakllantirish lozim. Globallashuv sharoitida shiddat bilan rivojlanib borayotgan davr davlat va jamiyat oldiga dolzarbligi va qamrovi kun sayin ortib borayotgan zamonaviy talablarni qo‘ymoqda. Olamshumul strategik maqsadlarga erishish, yangi marralarni zabt etish, rivojlangan davlatlar qatoridan o‘rin olish uchun mamlakatda bilimli, tajribali va zamonaviy fikrlaydigan yuksak salohiyatli kadrlar, mutaxassislarning o‘rni beqiyos. Bunday raqobatdosh kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qondirish zamirida inson kapitali, sodda qilib aytganda, inson va uning salohiyatini kashf etish hamda buyuk maqsadlarga erishishga safarbar qilish kabi ulug‘vor vazifalar turadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga muvofiq umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, o‘sib kelayotgan yosh avlodni ma’naviy – axloqiy va intellektual rivojlanishni sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish, o‘quv – tarbiya jarayoniga ta’limninginnovatsion shakllari va usullarini joriy etish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasining 2030 – yilga kelib PISA xalqaro dasturi reytingida jahonning birinchi 30 ta ilg‘or mamlakatlari qatoriga kirishiga erishish hamda xalq ta’limi sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish asosida o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi kimyo – biologiya, fizika fanlardan savodxonlik darajasini baholashga yo‘naltirilgan ta’lim sifatini baholashning milliy tizimini yaratish vazifalari belgilangan. Shunday ekan biz kimyo fani o‘qituvchilari o‘z oldimizga o‘quvchilarning xalqaro ta’lim standartlariga mos holda o‘qitishimiz kerak. Buning uchun biz PISA asosida o‘quvchilarning testlarga tayyorlashimiz ularga PISAning asl mohiyatini tushuntirishimiz, yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishimiz kerak. Hozirgi kunda bizni oldimizdagi eng katta muammolardan biri PISA xalqaro dasturi reytingiga tayyorgarlik ko‘rsatish va kuchli natijalarni egallashimiz kerak. PISA xalqaro baholash dasturi o‘quvchilarning ta’lim olishga bo‘lgan munosabati va motivatsiyasi haqida qimmatli ma’lumotlar to‘playdi hamda ularning muammoni hal qila olsh ko‘nikmalarini, masalan, global ahamiyatga ega masalalarni hal etishda o‘quvchi yoshlarning fikr – mulohazalari va ular bergan taklif va yechimlarni baholaydi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, kimyo fani mo‘jizakor fan hisoblanadi. Ko‘pchilik kimyo fanini qiyin yoki murakkab fan deb aytadi. Aslida unday emas kimyo fani juda ham qiziqarli va mo‘jizakor fandir. Kimyo fanining yaxshi bilgan inson qanday daromad olishning biladi. Chunki bu fan insonlarga yo‘qdan bor qilishni yoki tabiatdan olib daromad qilish imkoniyatini beradi. Shuning uchun muxtaram Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev tabiiy fanlarga ya’nikim kimyo – biologiya, geologiya fanlarini rivojlantirish kerakligini aytib o‘tdilar. Shunday ekan biz yosh pedagoglar bunga nisbatan javoban kuchli bilimga ega bo‘lgan yoshlarni tarbiyalashimiz kerak. Kuchli kimyogar yoshlarimiz Yurtimizni sha’nini yanada ko‘klarga ko‘tarishimiz kerak. Biz sizga taqdim etgan yangi metodimiz orqali o‘quvchilarimiz bilim salohiyati oshsa, biz bundan hursand bo‘lamiz. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 46 Adabiyotlar 1. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlis palatasiga murojaatnomasi 2020 – yil 24 – yanvar 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 – yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019 – yil 29 – apreldagi PF – 5712 sonli Farmoni 3. U.N. Tashkenbayev “Xalqaro tadqiqotlarda o‘quvchilarning Tabiiy fanlar bo‘yicha savodxonligini baholash” Jurnal “Sharq” nashriyot – matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati Toshkent – 2019 4. I.R.Asqarov, N.X.To‘xtaboyev Kimyo darslik “Sharq” nashriyot – matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati Toshkent 2017 5. https://www.google.com Апрель 2021 10-қисм Тошкент 47 AUTIZM KASALLIGI BOR BOLALAR BILAN OLIB BORILADIGAN KORREKSION MASHG‘ULOTLAR Tillashayxova Lola Nizamovna Toshkent shahar 369-sonli Qoʻshma tipdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti defektologi Annotatsiya: Maqolada imkoniyati cheklangan bolalarni ya’ni autizm kasalligi bilan kasallangan bolalarni sog‘lom turmush tarziga o‘rgatish yuzasidan maxsus bog‘cha va maktablarda olib borilayotgan korreksion ishlar keng yoritilgan. Kalit so‘zlari: amaliy faoliyat, sog‘lom turmush tarzi, autizm, tibbiy bilim, amaliy ko‘nikma. Barcha taraqqiy etgan mamlakatlarda salomatlik insonning eng muhim boyligi sifatida qaraladi. Sog‘lom inson har bir jamiyatda katta kuchga ega bo‘lib, yaratuvchilik vazifasini bajaradi, intellektual va jismoniy qobiliyatning manbayi hisoblanadi. Salomatlik inson hayot tarzida muhim ahamiyatga ega bo‘lib, uning kasbiy yetukligi va ijodiy o‘sishda muhim omil hisoblanadi. Yoshlar hayotda o‘z o‘rinlarini endi topayotgan, mustaqil rivojlanayotgan bir paytda, ular ongida sog‘lom hayot tarzini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun o‘sib kelayotgan yosh avlodni sog‘lomlashtirish konseptsiyasi yoshlarni o‘z salomatligiga munosabatini tubdan o‘zgartirish, harakat faolligiga bo‘lgan ehtiyojni shakllantirish va sog‘lom dam olishni tashkil etishga qaratilgan bo‘lishi lozim. Bu masala yuzasidan Respublikamizda keng qamrovli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi tamoyillarini qaror toptirish bilan bir qatorda alohida yordamga muhtoj bolalarning maxsus ta’lim tizimi ham bevosita qamrab oladi. Alohida yordamga muhtoj bolalar qatorida Autizm kasalligi bilan kasallangan bolalar ham tashkil qiladi. Autizm (grek tilida autos – o‘zi) – bu atama 40 yil oldin kirib kelgan, munozarali, lekin ba’zilarning bahslashib kelishicha, shaxsga (odatda bolaga) «autistlik» deb tashxis qo‘yish mumkin. Bu xastalikning asosiy belgisi – bolaning muloqot qilishdagi qiyinchiligi; boshqa odamlar bilan aloqa qilishdan o‘zini tortib, go‘yo o‘zining olamida yashayotgandek tuyuladi. Ba’zi autistik cheklanishlari bo‘lgan odamlar bitta ma’lum sohaga (masalan, rassomchilik) qaratilgan ajoyib qobiliyatlarini namoyon etadilar va boshqalari esa me’yoriy «normal» holatga tushib qoladilar. Autizm asab sistemasining kasalliklaridan biridir. Ushbu nuqson bolalarda turlicha namoyon bo‘ladi. Ayrim olimlar fikricha, autizm ruhiy kasalliklarning belgilaridan biri bo‘lib, bunda bola tevarak-atrofga nisbatan befarq, beparvo bo‘ladi. Natijada atrofdagilar bilan aloqada bo‘lmaydi, muloqot qilmaydi. Ba’zi bolalarda emotsional qiyinchiliklar mavjud bo‘ladi. Ular tushkunlikga tushishlari yoki bezovta bo‘lishlari mumkin; yoki ularning xulq-atvori g‘ayritabiiy bo‘ladi, buni noo‘rin yig‘lashlar yoki kulishlaridan bilish mumkin. Autizmning asosiy belgilari 1 yoshdan to 3 yoshgacha bo‘lgan davrda to‘liq namoyon bo‘ladi. Ota-onalar quyidagi belgilarga e’tiborli bo‘lishlari kerak: – uch yashar bola nutqining rivojlanmaganligi; – biron-bir kishi bilan bo‘lishdan ko‘ra bir o‘zi bo‘lishini yoqtirishi; – tevarak-atrof bilan aloqada bo‘lishni istamasligi, qiziqmaslik. – bolaning harakatlari, imo-ishoralari hech narsani bildirmaydi, asabiylashganini ko‘rsatadi; – odatdan tashqari idrok etish reaksiyalari (ovozga, hid, ta’m, ushlab ko‘rishlarga), masalan, ovozdan qattiq qo‘rqib tushishi, ma’lum hiddan tushkunlikka tushishi va h.k. Alohida yordamga muhtoj bo‘lgan ya’ni nuqsoni bor bolalarni sog‘lom turmush tarziga o‘rgatish yuzasidan ayrim maxsus bog‘cha va maktablarda olib borilayotgan korreksion ishlar bilan tanishish natijasida quyidagi xulosalarga kelishimiz mumkin: alohida yordamga muhtoj bo‘lgan bolalarning sog‘lom turmush ko‘nikmalarini zarur talablar darajasida shakllantirib borish uchun “Salomatlik” darslarining o‘zi kifoya qilmaydi. Maxsus bog‘cha va maktab bolalarning imkoniyatlari cheklangan bo‘lsa-da, ularning jismonan salomatliklarini ta’minlash maktab oldida turgan eng mas’uliyatli vazifalardandir. Hozirgi kunda bolalar autizmi bosh miyaning rivojlanishidagi kamchiliklar dan kelib chiqadigan mustaqil nuqson sifatida o‘rganilmoqda. Biroq bosh miyaning rivojlanishidagi nuqsonlarning kelib chiqish sabablari hali ham noaniq. Ayrim olimlarning fikriga ko‘ra, bolalar autizmi irsiy kasallik bo‘lib hisoblansa, boshqalari esa autizm Апрель 2021 10-қисм Тошкент 48 holati aqli zayiflikdan kelib chiqqanligini ta’kidlaydilar. Autizmga uchragan bolalar holatida pedagoglar, defektologlar, psixologlar bolaning kun tartibini to‘g‘ri tashkil etishi muxim. Bolaning faoliyatini uyg‘unlashtirish, guruhdagi bolalar bilan yaqinlashtirish, psixoterapevtik tushuntirish ishlarini izchizlik bilan olib borishi maqsadga muvofiqdir. Pedagog, defektologlar ota-onalar bilan tushuntirish ishlarini o‘tkazishi zarur. Bolaga haddan tashqari ko‘p e’tibor bermaslik. Bola oilada o‘zini hamma qatori his etishini ta’minlash. Bolaga qo‘lidan keladigan ishlarni buyurish va bajargan ishini maqtab qo‘yish, bolani qo‘llab-quvvatlash. Maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlari bola uchun qulay sharoit yaratib berib, unga yaxshi muomalada bo‘lgan holda uning ijtimoiy moslashuvini amalga oshirishga yordam berishlari lozim. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, alohida yordamga muhtoj bo‘lgan bolalarga, shu bilan bir qatorda autizm bilan kasallangan bolalarga sog‘lomlashtiruvchi jismoniy mashqlarni o‘rgatish muhim fiziologik ahamiyatga ega bo‘lib, ularda kasalliklarning oldini olishning samarali vositasi hisoblanadi. Sog‘lomlashtiruvchi jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‘ullanish ularda yaxshi kayfiyat, yuqori ishchanlik, axloqiy vazminlik sifatlarini mustahkamlash asosi bo‘lishi bilan alohida yordamga muhtoj bola organizmining harakat va funksional imkoniyatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Foydalanilgan adabiyotlar. 1. Xripkova A.G., Kolesov D.V. Gigiyena va salomatlik. – T.: 1986. 2. Po‘latova P.M. Maxsus maktablarda ekologik ta’lim va tarbiya bo‘yicha harakat dasturi – T., 2004. 3. Raxmanova V S. Defektologiya asoslari. – T.: 2012. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 49 EDUCATIONAL GAME AS A CONDITION FOR THE CREATION OF MOTIVATION OF LEARNING A FOREIGN LANGUAGE Tursunova Dilrabo Olimovna English teacher of the secondary school №3 Navoi, Karmana Annotation: Modern education is becoming personal-oriented for each child. The expected result of education is not just getting a certain amount of knowledge, but the cognitive and personal development of the child. Key words: educational game, foreign language, learning. The state educational standard considers the construction of the educational process taking into account the age, individual, psychological and physiological characteristics of the pupil. There is a rethinking of the functions of participants in the educational process: the teacher from the information transmitter becomes a tutor, who skillfully manages the learning process. The functions of the pupil are active, able to process information and able to apply their knowledge in practice. At the heart of teaching any subject at school (and English is no exception), there are general didactic principles and specific principles that are relevant only for each subject. The general didactic principles include: scientific, visibility, accessibility, affordability, individualization, systematicity and consistency, consciousness, etc. But specific didactic principles include: the principle of communication orientation, the principle of taking into account the native language, the principle of differentiation and integration. Among the listed specific principles for the subject-English at school, the leading one is still considered to be the principle of communication orientation. This means that throughout the learning process, pupils must constantly engage in oral and written communication. This principle is fundamental in learning a foreign language teachers need to create such conditions in the classroom that pupils feel the need to learn a foreign language. It is important that pupils feel progress from lesson to lesson and that they not only want to be in the lesson, but also to be an active participant in it. It is very important for a teacher to think through a positive attitude to language learning and develop pupils’ internal motives. For English as a foreign language culture, the means of motivation for cognitive, developmental and educational activities are very important, which, in the end, will develop communicative motivation. In school, games are a powerful motivator for arousing interest in the subject. However, the game in the lesson is not conducted for fun and entertainment. This is a specially organized part of the lesson that requires the application of mental effort and emotions on the part of pupils. The teacher should carefully consider the necessity, role and place of play in the lesson and should remember that even the best game cannot replace organized learning. Each game should also be subject to specific training tasks. The best way to use the game is to consolidate and expand knowledge. The game should be developing and educating. We cannot fail to note the huge advantage of the game over other educational techniques: the game has a powerful driving force: motivation and all participants have the desire to play and win. Before playing a game in the classroom, you have to think about the topic, goals and objectives, i.e., to prepare for the game. The next stage is the conduct of the game. At this stage, the teacher, as a good conductor, must direct the game in the right direction and achieve the goals set by the game. At the end of the game, the result must be summed up. The mistakes made are analyzed. The lesson should create a favorable atmosphere for children to listen, imitate, speak, read in English, reason, be able to compare and do it with pleasure. In conclusion, the conclusion is in favor of using game techniques in the lesson: - the game accelerates the process of memorizing lexical units, - the game promotes the growth of interest in the material being studied, - improves the quality of learning, - allows you to individualize the learning process. References: 1. Malkina N.A. Communicative difficulties in English language classes and ways to overcome them. Collection of scientific and methodological articles. Saint Petersburg: Detstvo-PRESS, 2004. 2. Beloruchev, R. K. Methods of teaching foreign languages or linguodidactics // Inostr. yaz. vshk. - 1996. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 50 IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNI TA’LIM-TARBIYA OLISHIDA INKLYUZIV TA’LIMNING AHAMIYATI Xakimova Sayyora Adilovna Toshkent shahar 369-sonli Qoʻshma tipdagi maktabgacha ta’lim tashkiloti defektologi Annotatsiya: Maqolada imkoniyati cheklangan bolalarni sogʻlom bolalar qatorida ta’limtarbiya olishlarida inklyuziv ta’lim ahamiyati xususida fikrlar berilgan. Kalit so‘zlar: inklyuziv ta’lim, imkoniyati cheklangan, internat, defektolog. Inklyuziv ta’lim (ingliz tilidan olingan bo‘lib, inclusive, inclusion–uyg‘unlashmoq, uyg‘unlashtirish, qamrab olmoq, qamrab olish ma’nolarini bildiradi) nogiron va sog‘lom bolalar o‘rtasidagi to‘siqlarni bartaraf etish, maxsus ta’limga muhtoj bolalar, (ayrim sabablarga ko‘ra nogiron bo‘lgan) o‘smirlar rivojlanishida uchraydigan nuqsonlar yoki ijtimoiy hayotga moslashtirishga yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiya jarayoniga qo‘shishni ifodalovchi ta’lim tizimidir. Inklyuziv ta’lim ta’lim-tarbiya jarayonini rivojlantiradi va barcha bolalarga mos bo‘lgan ta’limni joriy qilishga xizmat qiladi. O‘z navbatida mazkur ta’lim imkoniyati cheklangan bolalarni ta’lim olishiga oid qo‘shimcha moslamalarni tashkil qilib bolalarni ta’lim olishiga qulay sharoit yaratishda alohida ahamiyat kasb etadi. Inklyuziv ta’lim nafaqat ta’lim borasida, balki bolalarning ma’naviy va jismoniy oʻsishlari, shuningdek vositalarni iqtisod qilish borasida ham samaralidir. Shubhasiz, har qanday bolaning hech kim daxl qila olmaydigan huquqi bu – ta’lim olish huquqidir. Imkoniyati cheklangan bolalarning uyda, internatda va boshqa alohida davlat maxsus muassasalarida ta’lim-tarbiya olishining yuzaga kelgan tizimi bolaga yetarli darajada sifatli ta’limtarbiya olish imkoniyatini beradi, biroq muloqotga kirishish ko‘nikmasining yo‘qligi sababli, bu bilimlar talab qilinmay qolib ketadi. Shunday qilib, jamiyat moddiy va ma’naviy boyligini yo‘qotadi, cheklangan imkoniyatli odam esa, jamiyatni yo‘qotib, odamovi bo‘lib, o‘zini ortiqcha odamdek his qila boshlaydi. Bu muammoni yechishni hukumatimiz o‘z nazorati ostiga olishi haqida qaror qabul qilmaguncha, vaziyat shu holda davom etib keldi. Jamiyatning o‘zi va unda yuzaga kelgan holatlar imkoniyati cheklangan bolalarni o‘z jismoniy jihatdan sog‘lom tengdoshlari bilan muloqotda bo‘lishdan cheklab turishi tufayli bu yordam yanada kuchli zaruriyatga aylandi. “O‘zbekstonda inklyuziv ta’lim” loyihasi doirasida inklyuziv ta’lim modelining Milliy Konsepsiyasi ishlab chiqilgan. Ekspertlar va mutaxassislarning fikricha, Mazkur model zamonaviyligi bilan alohida ahamiyatga ega. Bu model O‘zbekison Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligi tomonidan muvaffaqiyatli va samarali, deb tan olingan. Inklyuziv ta’lim tizimining ishtirokchilari quyidagilardan iborat: – ota-ona oila, mahalla; – pedagoglar, tarbiyachilar, defektologlar; – sog‘lom va imkoniyati cheklangan bolalar; – nodavlat notijorat jamoat tashkilotlari. Maxsus ehtiyojli bolalar, boshqa bolalar, o‘qituvchi va tarbiyachilar faoliyati inklyuziv ta’limtarbiyada o‘ziga xos o‘rin tutadi. Bunday ta’lim-tarbiya tufayli maxsus ehtiyojli bolalar: jismoniy va ruhiy ehtiyojlarini qondiradilar; ularning imkoniyatlarini hisobga olgan o‘quv materiallarini o‘zlashtiradilar; tengqurlari bilan turli o‘yinlarda ishtirok etib rivojlanadilar. Jismonan salomatlik alohida imkoniyati cheklangan bolalarning hayotida, ayniqsa, yoshligida muhim ahamiyatga ega. Bolaning saqlanib qolgan salomatligini muhofaza qilish jarayonida uning sog‘lom umri davomiyligini ta’minlash uchun hayotiy ko‘nikmalarini shakllantirish masalasi bosqichma-bosqich ijobiy hal etib borilishi kerak. Maxsus muassasalarning har bir tarbiyachisida alohida yordamga muhtoj bo‘lgan bolalarning salomatliklarini mustahkamlab borish masalasiga ilmiy-metodik va amaliy yondashish, ko‘nikma malakalarini oshirib borish masalasi muhim ahamiyat kasb etadi. Buning uchun pedagogik jarayonni boshqarish va nazorat qilish tizimi, bolalarning jismoniy kamolotga erishuvini ta’minlashning samarali metod, usul va vositalarini ishlab chiqish lozim. Davlatimiz va jamiyatimiz tomonidan imkoniyatilari cheklangan bolalarning imkoniyatlarini oshirish, integratsiya va ishtirok etish prinsipini kiritish bo‘yicha olib borilayotgan sa’y-harakatlar yaxshi natijalarga olib kelishi bilan birga, o‘z navbatida, uni rivojlantirish va muammolarini Апрель 2021 10-қисм Тошкент 51 vaqtida bartaraf etishni taqozo etadi. Bizning fikrimizcha, bu sohada yechimini kutayotgan muammolar yetarli. Inklyuziv ta’limga jalb etilgan bolalar bilan ishlashda induviduallik tamoyillari asosida, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi zarur va maqsadga muvofiqdir. Har bir bolaning jismoniy va ruhiy holatini hisobga olgan holda, uning mavjud imkoniyatlarini rivojlantirish orqali tengdoshlari qatoridan o‘rin egallashiga erishishimiz kerak. Aks holda, natijalar istalgan samara bermasligi yoki bolaning salomatligini yanada og‘irlashtirib qo‘yishi mumkin. Bizningcha, eng avval inklyuziv ta’limga jalb etilishi mumkin bo‘lgan imkoniyati cheklangan bolalardagi nuqsonlarning darajasini, rivojlanish bosqichlarini tibbiy, psixologik-pedagogik, ilmiy me’zonlar asosida aniq belgilab olishimiz zarur. Natijalarga asoslanib inklyuziv ta’limga bo‘lgan ko‘rsatmalarning standartlarini ishlab chiqish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Inklyuziv ta’lim – bu imkoniyati cheklangan bolalarni barcha zaruriy vositalar bilan ko‘pchilik bolalar uchun amalga oshiriluvchi ta’lim tabirlariga jalb etishdir. Shu bois inklyuziv ta’lim rivojlantirilsa imkoniyati cheklangan barcha bolalar jamiyat hayotida faol ishtirok etishga erishishlari mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar. 1. Raxmanova V R. Defektologiya asoslari. – Т.: 2012 2. Nurmuhamedova L.Sh., Abidova D. Imkoniyati cheklangan bolalarni tarbiyalash yo‘llari. –T. : 2008 3. Sodiqova G.A., Nurkyeldiyeva D.A. Rivojlanishi orqada qolgan bolalar diagnostikasi (ma’ruzalar matni). – T. : 2001 Апрель 2021 10-қисм Тошкент 52 2-SINFLARDA ONA TILI FANINING O‘QITILISHI Yadgorova Nafisa Ravshanovna Navoiy viloyati Qiziltepa tumani 16-umumiy o‘rta ta’lim maktab Boshlang‘ich ta’limi fani o‘qituvchisi Telefon: +998 99 063 55 04 Annotatsiya: Ushbu maqola 2-sinflarda ona tili fanining o‘qitilishi va uning asosiy maqsadi, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini mustaqil fikrlash, so‘z boyligini oshirish, og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirish borasidagi olib boriladigan ishlar xususida. Kalit so‘zlar: ona tili, nutq, og‘zaki va yozma shakllar, nutqni o‘stirish. Yosh avlodni tarbiyalashda o‘z ona tilida aniq, tushunarli, ta’sirchan, chiroyli so‘zlashga o‘rgatish masalasi asosiy o‘rinda turadi. O‘quvchilarni savodli, o‘z fikrini to‘g‘ri va erkin bayon qila oladigan, nutq madaniyatiga ega kishilar qilib tarbiyalash vazifasi dastlab boshlang‘ich ta’lim bosqichida amalga oshiriladi. Nutqni yaxshi egallagan, o‘z tilining imkoniyatlaridan keragicha foydalana oladigan o‘quvchi, albatta, boshqa o‘quv predmetlarini ham ancha oson va to‘liq o‘zlashtiradi. Ularda bilim va madaniyatga bo‘lgan intilish kuchayadi. Boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitishning asosiy maqsadi quyidagicha belgilanmog‘i kerak: ona tili orqali boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijodiylik, mustaqil fikrlash, fikr mahsulini og‘zaki va yozma shakllarda to‘g‘ri va ravon ifodalash ko‘nikmalarini shakllantirish lozim. Ona tili mashg‘ulotlarida asosiy etibor o‘quvchilarga tilning grammatik qurilishini emas, balki ularning so‘z boyligini oshirish, so‘zdan to‘gri va o‘rinli foydalanish, fikrini sharoitga mos ravishda ifodalay olish ko‘nikmalarini kengaytirishga qaratmog‘i lozim. Boshlang‘ich sinflarda ona tili dasturi quyidagi bo‘limlarini o‘z ichiga oladi: 1.Savod o‘rgatish, sinfdan tashqari o‘qish va nutq o‘stirish; 2. Sinfda va sinfdan tashqari o‘qish va nutq o‘stirish; 3.Fonetika, grammatika, imlo va nutq o‘stirish. Bu bo‘lim materiallarini birlashtiruvchi asosiy tamoyil nutq o‘stirish hisoblanadi. Nutq o‘stirish boshlang‘ich sinf ona tili ta’limiga aniq amaliy yo‘nalish beradi va bolalarga ongli o‘qish, o‘qiganlarini ravon gapirish va yozishga o‘rgatadi. Ona tilidan bolalarning yosh xususiyatlari va saviyalarini hiobga olgan holda boshlang‘ich bilim berishni, shu asosda nutqni boyitish, boshqalar nutqini e’tibor bilan eshita olish hamda kitob o‘qishga qiziqish uyg‘otishga yo‘naltirishi zarur. Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar ona tili va o‘qish bo‘yicha tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan minimal talablar quyidagi uch parametri standart o‘lchovi orqali aks ettiriladi. 1. O‘qish texnikasi. 2. O‘zgalar fikrini va matn mazmunini anglash. 3.fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi. Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar ona tili va o‘qish bo‘yicha quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashi shart. a) O‘qish texnikasi bo‘yicha: Miqdoriy ko‘rsatkich, bir daqiqa 80-90 so‘zni o‘qiy olish. b) matn mazmunini va o‘zgalar fikrini anglash malakasi; c) diktant yozma malakasi; Miqdoriy ko‘rsatkich 75-80 so‘zdan iborat diktant yoza olish. d) Fikrni yozma bayon etish; Miqdoriy ko‘rsatkich 5-6 gapdan iborat bo‘lgan matnni yaratish. Shunday qilib, boshlang‘ich sinflarda ona tili o‘qitishning samaradorligi, o‘qitish metodini to‘g‘ri tanlash, ta’lim jarayonida ko‘proq o‘quvchini o‘ylashga, fikrlashga undovchi, o‘quv topshiriqlarini ishga solish, o‘quvchilarda bilish- o‘rganish ehtiyojini yuzaga keltiradigan dars shakllaridan foydalanish singarilar bilan bog‘liq. Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Umumiy o‘rta ta’limning Davlat ta’lim standarti va o‘quv dasturi. Toshkent. 2017-yil. 2. K. Qosimova, S. Matjonov. Ona tili o‘qitish metodikasi. Toshkent. 2009-yil. 3. Q. Qosimova “2- sinflarda ona tili darslari”, Toshkent. 1998-yil. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 53 BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI BILIM OLISHGA BO‘LGAN INTILISHLARINI RAG‘BATLANTIRISH Yangiyeva Robiya Farmonovna Navoiy viloyati, Qiziltepa tumani 33-umumiy o‘rta ta’lim maktabi Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Annotatsiya: ushbu maqolada o‘quvchilarni ta’lim olish va savodli bo‘lishlari uchun intilishlarini rag‘batlantirish haqida so‘z boradi va o‘quvchilar ilm darajasini oshirish uchun turli interaktiv usullar haqida fikr yuritiladi. Kalit so‘zlar: interaktiv yo‘l, interfaol usul, rag‘bat, malakani rivojlantirish. Bilamizki, boshalng‘ich sinf o‘quvchilarini darsga qiziqtirish yo‘llari anchagina va bolaligidan bilimga to‘g‘ri yo‘naltirilgan o‘quvchilar kelajakda o‘z sohasining mukammal mutaxassisi bo‘lishadi. Shu bilan birga quyida ularning bilimlarini va qiziqishini oshirish uchun turli usullarni keltirib o‘tmoqchiman. 1. Harakatlarni kuchaytirish / E’tirofni ta’minlash O‘quvchilarga vazifani bajarish uchun kuch sarflash va e’tirofga sazovor bo‘lish o‘rtasidagi bog‘liqlikni yaratishda yordam berish, faol ta’lim olishga yordam beradigan sinf muhitini rivojlantirishning muhim bosqichidir. O‘quvchilarni mashg‘ulotlarga ko‘proq kuch sarflashni rag‘batlantirish, ularga motivatsiya beradish kerak. Maqtash va e’tirof etish o‘quvchilarga tanish bo‘lgan motivator; ularni to‘g‘ri bo‘lishdan to‘liq kuch sarflashga o‘tish juda samarali bo‘lishi mumkin. 2. Metakognitatsiya. To‘liq ma’noda “fikrlash haqida o‘ylash” o‘quvchilarning o‘rtacha yetti oylik qo‘shimcha yutuqlariga erishgan holda, eng samarali, eng kam xarajatli o‘qitish strategiyalaridan biri sifatida tan olingan. Boshlang‘ich maktablarda metakognitatsiya ko‘pincha boshqa samarali o‘qitish strategiyalarini o‘z ichiga oladi, masalan, sinfda savol berish - “Siz qayerdan bilasiz?” o‘quvchilardan nafaqat o‘zlarining yechimlarini oqlashlarini so‘raydi, balki ularga ushbu yechimni olish uchun o‘zlarining fikrlash jarayonlari haqida o‘ylashlari kerak. O‘quvchilarga o‘zlarining bilimlarini rejalashtirish, nazorat qilish va o‘zlarini baholashni o‘rgatish, o‘quvchilarning motivatsiyasini yaxshilaydi va ularni boshqa o‘qitish strategiyasiga bog‘lab, darslarda ko‘proq ishlashga undaydi. 3. Shaxsiylashtirilgan ta’lim Bu aniq tuyulishi mumkin, ammo o‘quvchilar ko‘proq maqsadga yo‘naltirilgan va ularning qiziqishlariga murojaat qilgan paytda o‘rganish bilan shug‘ullanishadi! Bunga erta erishish qiyin bo‘lishi mumkin - ayniqsa, 30 o‘quvchidan iborat to‘liq sinf bilan - lekin yil davomida tanishish va o‘zaro munosabatlarni rivojlantirish bilan birga, alohida bolalar uchun tadbirlarni va hatto savollarni yanada moslashtirish osonroq bo‘lishi kerak. 4. Hamkorlikda o‘rganish. Shuningdek, “kooperativ o‘rganish” deb nomlangan, o‘quvchilarning ayrim sinf mashg‘ulotlari uchun guruhlarda ishlashlari g‘oyasi aksariyat o‘qituvchilar uchun yangilik bo‘lmaydi. “Raqobatdosh” birgalikdagi ta’lim kontseptsiyasi (bu erda talabalar guruhlari bir-birlariga qarshi raqobatlashadigan) ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatdi, ammo o‘quvchilar o‘rganishga emas, balki ko‘proq tanlovga e’tibor qaratishlari kerak bo‘lsa ehtiyot bo‘lish tavsiya etiladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga dars o‘tishda interfaol usullar. T.2020 Апрель 2021 10-қисм Тошкент 54 BOSHLANG‘ICH SINFLARNI O‘QITISHNING INTERFAOL USULLARI Yangiyeva Laylo Farmonovna Navoiy viloyati, Qiziltepa tumani 33-umumiy o‘rta ta’lim maktabi Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Annotatsiya: ushbu maqolada boshalng‘ich sinf o‘quvchilarini o‘qishga jalb etish, shu orqali ularning nutqini shakllantirish bo‘yicha fikrlar bayon qilinadi. Kalit so‘zlar: an’anaviy uslub, tarixiy uslub, tahlil, ro‘yxat. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini ta’limga olib kirish va savodini chiqarish uchun material va qo‘llanmanlar anchagina. Shunga qo‘shimcha qilib adabiy ruhdagi kinolardan parcha diologlarni qisqa video rolik ko‘rinishida taxlashni taklif qilmoqchiman. Sababi o‘quvchilar yoshligida taqlid qilishga anchagina qiziqishadi. Bu chet tillarini o‘rganishda sinalgan usul. O‘quvchilarni qancha adabiy usulda so‘zlashilgan diologlar bilan tanishtirilsa ular shuncha o‘sha so‘z va gaplarni eslab qoladi va kundalik hayotida ham adabiy nutqda so‘zlashni boshlaydi. Shu bilan birga ayrim interfaol usullar bilan ham tanishtirib o‘tmoqchiman: 1. O‘quvchilarga yo‘naltirilgan / konstruktivistik yondashuv Ushbu ro‘yxatdagi ko‘plab o‘qitish usullari va strategiyalari o‘quvchilarga yo‘naltirilgan yoki konstruktivistik hisoblanadi. Oddiy so‘z bilan aytganda, bu e’tiborni faqat o‘qituvchiga emas, balki o‘quvchilarga qaratadi. Ushbu yondashuvda bolalar kichik guruhlarda, kirish markazlarida o‘tirishi va ehtimol sinf atrofida erkin harakatlanishi mumkin. Xulq-atvor muammosini oldini olish uchun o‘qituvchilar o‘quvchilarga yo‘naltirilgan sinflarda juda ko‘p asos yaratishi kerak. Odatda, bu o‘quvchilarda mas’uliyat hissini tarbiyalashni o‘z ichiga oladi. 2. O‘qituvchi markazida. Ko‘pincha o‘qitishning an’anaviy uslublaridan biri, o‘qituvchiga yo‘naltirilgan metodika deb o‘ylashadi, e’tibor o‘qituvchiga qaratilgan. O‘qituvchilar sinf uchun mas’uldir va barcha sinfdagi vaziyatni boshqaradi. Guruh ishi olib borilishi mumkin bo‘lsa-da, ko‘pchilik dars vaqtini o‘qituvchi tushunchalarni tushuntirish va individual ishlarni topshirish bilan o‘tkazadi. O‘qituvchilarga yo‘naltirilgan yondashuv strategik jihatdan bunga yordam bermaydi. Buning o‘rniga, o‘quvchilarning xatti-harakatlarini nazorat qilish ustuvor ahamiyatga ega. Bitta afzallik shundaki, xatti-harakatlarning muammolarini odatda ushbu muhitda boshqarish oson. Yana bir afzallik shundaki, o‘quvchining mavzuni o‘tkazib yuborishi kamdan-kam uchraydi, chunki o‘qituvchi sinfda sodir bo‘ladigan barcha narsalarni boshqaradi. 3. Loyihaga asoslangan ta’lim. Nisbatan yangi o‘qitish usuli, loyiha asosida o‘qitish o‘quvchilarga yo‘naltirilgan yondashuvga kiradigan o‘qitish uslubidir. Odatda, loyihalar “Maktabimiz qanday qilib yashil bo‘lishi mumkin?” Kabi ochiq savolga javoban yaratiladi. yoki “O‘tmishda shahrimiz qanday rejalashtirilgan edi va kelajakda qanday rejalashtirilishi mumkin edi?” Loyihalarning yana bir muhim qismi shundaki, ular real muammolar bilan bog‘liqdir. Loyihalar nafaqat maktab uchun loyiha bo‘lib qolishi, balki ta’sir qilishi kerak. Masalan, o‘quvchilar butun maktab eshitishlari uchun radioeshittirishlar qilishlari mumkin. Yoki, ular shahar kengashiga xat yozib, o‘z fikrlarini bildirish uchun yig‘ilishda qatnashishlari mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Teaching primary school Tashkent 2020 Апрель 2021 10-қисм Тошкент 55 КРИТЕРИИ ОЦЕНИВАНИЯ И ОБЪЁМ ДИКТАНТОВ НА УРОКАХ РУССКОГО ЯЗЫКА Бакиева Нигора Рахимкулиевна, Учитель русского языка школы №15, Наваийская область, Карманинский район Наблюдения свидетельствуют, что роль диктантов при обучении русскому языку значительна. Эффективность его достигается тем, что ученик, молча произносит звуки, учится соотносить звуки и буквы и чувствовать звук как фонему. Диктант требует усиленного внимания, которое определяет скорость и точность образования навыков. Это и дает основание рекомендовать диктант как один из основных видов работы при обучении правописанию. По основной цели проведения все диктанты делятся на обучающие и контрольные. Главная задача обучающих диктантов – научить учащихся правописанию, основная задача контрольных диктантов – проверить уже усвоенные знания и освоенные способы орфографического действия. Количество и объём контрольных диктантов для каждого класса определены Государственными образовательными стандартами непрерывного обязательного образования Республики Узбекистан (Требования к содержанию обучения и уровню подготовленности выпускников по русскому языку и литературе (с русским языком обучения) в системе непрерывного обязательного образования Республики Узбекистан).1 Предметом постоянного внимания учителя на всех этапах обучения является развитие у школьников навыков грамотного письма. Примерное количество слов в словарных диктантах: 1 класс – 6-8-слов, 2 класс – 10-12 слов, 3 класс – 14-16 слов, 4 класс – 18-20 слов. Количество слов в текстах, предназначенных для контрольных диктантов: 1 класс – в конце учебного года – 15-20 слов; 2 класс – 35-40 слов; 3 класс – 45-55 слов; 4 класс – 75-80 слов. В начальных классах орфография не выделяется в качестве специального раздела программы. Орфографические правила включены в грамматические темы, связанные с изучаемым орфографическим материалом. Количество слов в диктанте в 5-9 классах Класс Количество слов в словарном диктанте Количество слов в связном тексте Количество орфограмм Количество пунктограмм 5 6 7 8 9 15-20 20-25 25-30 30-35 35-40 90-100 100-110 110-120 120-130 130-140 12 16 20 24 24 2-3 3-4 4-5 10 15 Количество слов с непроверяемыми или труднопрове ряемыми написаниями не более 5 не более 7 не более 7 не более 10 не более 10 Критерии оценивания диктанта Отметка «5» Критерии оценки диктанта Выставляется за безошибочную работу, а также при наличии в ней 1 негрубой орфографической или 1 негрубой пунктуационной ошибки. «4» Выставляется при наличии в диктанте 2 орфографических и 2 пунктуационных ошибок, или 1 орфографической и 3 пунктуационных ошибок, или 4 пунктуационных Государственный образовательный стандарт непрерывного обязательного образования Республики Узбекистан. Т., 2017. - С. 14 1 Апрель 2021 10-қисм Тошкент 56 при отсутствии орфографических ошибок. А также в случае, если допущены только 3 однотипные орфографические ошибки. «3» Выставляется при наличии в диктанте 4 орфографических и 4 пунктуационных ошибок, или 3 орфографических и 5 пунктуационных ошибок, или 7 пунктуационных при отсутствии орфографических ошибок. «1» При большом количестве ошибок, т.е. свыше 14 ошибок. Контрольные диктанты пишутся в тетрадях для контрольных работ, там же выполняется работа над ошибками. Для написания контрольного диктанта отводится отдельный урок. Обучающие диктантыобычно занимают часть урока, их проведение регламентируется учителем, пишутся в рабочих тетрадях. Диктант как вид орфографического упражнения имеет свою специфическую ориентировочную основу.Изучая орфографическое правило и закрепляя его упражнениями, учащийся имеет возможность «пошаговой» реализации действий с языковым материалом. Когда учащийся пишет диктант, он поставлен в условия мгновенного реагированияна услышанное. В его сознании уже должен иметься целый арсенал готовых орфографических моделейязыковых единиц, которые являются результатом «свёрнутого» действия по освоению орфографического правила. Выбор вида диктанта обусловлен этапом работы над формированием орфографического навыка и целью урока. Ладыженской Т.А. предложена следующая система использования различных видов диктантов:1 Этап работы над орфограммой Рекомендуемый вид диктанта Опознавание орфограммы на уровне знакомства с нею Выборочный диктант Устное объяснение орфограммы до записи текста Предупредительный диктант Объяснение орфограммы в процессе письма Комментированный диктант Объяснение орфограммы после записи текста Объяснительный диктант Включение орфограммы в новые связи Выборочно-объяснительный диктант Возвращение на более высоком уровне к этапу осознания орфограммы Диктант «Проверяю себя» Объединение усвоенных частных действий в одну сложную деятельность в условиях полной самостоятельности учащихся Диктант как вид орфографического Контрольный диктант упражнения имеет свою специфическую ориентировочную основу.Изучая орфографическое правило и закрепляя его упражнениями, учащийся имеет возможность «пошаговой» реализации действий с языковым материалом. Когда учащийся пишет диктант, он поставлен в условия мгновенного реагированияна услышанное. В его сознании уже должен иметься целый арсенал готовых орфографических моделейязыковых единиц, которые являются результатом «свёрнутого» действия по освоению орфографического правила. Список литературы 1. Елясова О.Н. Графические диктанты [Текст] / О. Н. Елясова // Рус. яз. – 2006. – 16-31 июля (№ 14). – С. 31. 2. Ладыженская Т.А. Такие разные диктанты. 5-9 классы. Пособие для учителей. – М.: Ювента, 2007. – 120 с. 3. Тихонова В.В., Шаповалова Т.Е. Контрольные и проверочные работы по русскому языку. 8-9 классы: Метод. пособие. – 2-е изд.- М.: Дрофа, 1998. – 144 с. 1 Такие разные диктанты. 5-9 классы. Пособие для учителя Ладыженская Т.А. – М.: Ювента, 2007. – С. 7 Апрель 2021 10-қисм Тошкент 57 РОЛЬ ЛИТЕРАТУРЕ В ВОСПИТАНИИ МОЛОДЁЖИ 21 ВЕКА. Косимова Дурдонахон Камоловна Учительница русского языка и литература Кизилтепинский район школа№32 Аннотация: выяснить роль литературы в формировании морально-нравственных качеств человека; Ключевые слова: Художественная литература, Античная литература, массовая литература. Понятие литература (лат. literatura, написанное, от lit(t)era - буква) — в широком смысле это совокупность любых письменных текстов.Литература в целом — это один из способов познать мир, человечество, самого себя. Литература передаёт мысли, взгляды автора, его отношение к жизни и реальности. И каждый писатель по своему создаёт свой художественный мир, с которым согласится и примет его тот или иной читатель. Картины жизни,различные образы рисует и живописец. Посвоему жизнь и характеры людей отражаются в музыке, скульптуре и художественной литературе. Оружие писателя — это слово. Художественная литература — искусство слова. Мы знаем,что литература принадлежит к числу предметных искусств, в котором слово является основным средством образного отражения жизни и фантазии. При помощи образов,характеров художественная литература воссоздает целые эпохи. Ни одно искусство не может так наглядно, эмоционально изобразить человека, как живопись и скульптура. Но и живописец и скульптор «схватывают» лишь один момент жизни, и, рассматривая картину и скульптуру, мы только догадываемся о том, что предшествовало этому моменту, что последует за ним. Никакой живописец, никакой скульптор не имеют средств, чтобы показать своих героев в движении, в изменении, в развитии. Это может сделать искусство киномотография, в котором чудесно сплавлены особенности искусство слова, сценического искусства, живописи, музыки, художественной фотографии ,компьютерной графики и 3Д. Не забудем, что художественные кинокартины создаются на основе литературных произведений и сценариев. Нельзя перевести на киноленту лирические произведения. При всём необъятном могуществе киноискусства есть области общественной и внутренней жизни человека, доступные только искусству слова. Каждый писатель может нарисовать на картину один момент, и историю человеческой жизни. Литература существует с древнейших времен. Начиналось все с Античной литературы (литературы древних греков и римлян). Её письменные памятники, относятся аж к I тысячелетию до н. э. В античной литературе сформировались основные жанры европейской литературы в их архаических формах и основы науки о литературе. В 21 веке появляется много массовой литературы. Есть современные направления в литературе по двум направлениям-это классические и модные. Сейчас современное поколение мало читает книги и даже журналы. Особенно дети,подростки и молодежь находятся под влиянием телевидения и Интернета, поэтому на чтение художественной литературы и произведений у них не остаётся ни времени и желания. А ведь именно литература оказывает огромное воспитательное влияние на душу подрастающего поколения, а также на их речь. Существует такое понятие, как культура народа, которая корнями уходит глубоко в национальную почву и историю. Во все времена замечательные творцы словесного искусства в своих произведениях правдиво и полно отражают сложность и многообразие жизни человека , ярко и доходчиво выражают свои мысли,раздумья о жизни, свои сокровенные чувства. В наши 21века выбор литературы на полках книжных магазинов просто огромен и каждый может выбрать что-то по своему вкусу. Самое главное —это не переставать читать, ведь книги оказывают огромное влияние на нас, на наши ценности и понимание мира в целом. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 58 Литература 1. Н.А.Герасименко.Русский язык. - м.: Издательский центр «Академия», 2010. 2. В.Ф.Греков, С.Е.Крючков, Л.А.Чешко. Пособие для занятий по русскому языку. – М.: Просвещение, 2009. 3. Антонова Е.С., Воителева Т. М. Русский язык и культура речи: учебник для студ. сред. проф. учеб. заведений / Е.С.Антонова, Т.М.Воителева. – 9-е изд., стер. – М.: Издательский центр «Академия», 2010. – 320 с. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 59 ИННОВАЦИОННЫЕ ТЕХНОЛОГИИ ПРЕПОДАВАНИЯ РУССКОГО ЯЗЫКА КАК ИНОСТРАННОГО ЯЗЫКА Муродова Райхон Равшановна Навоий шаҳри 9-мактаб ўқитувчиси +99899-084-3371 Аннотация: В последнее десятилетие все большую актуальность приобретает применение инновационных технологий в методике преподавания русского языка как иностранного. В настоящей статье представлен обзор материалов по современным компьютерным технологиям, выпущенных в течение нескольких последних лет. Ключевые слова: инновационные технологии, русский язык как иностранный, обучение, эффективность учебного процесса, виртуальная среда, методический потенциал, Интернет-ресурсы, онлайн-курсы. В последнее десятилетие все большую актуальность приобретает применение инновационных технологий в методике преподавания русского языка как иностранного. В настоящей статье представлен обзор материалов по современным компьютерным технологиям, выпущенных в течение нескольких последних лет. Вопрос использования инновационных технологий в процессе преподавания в целом и в процессе преподавания русского языка как иностранного (РКИ) в частности представляется особо актуальным в последние десятилетия в связи с повышением общего технического уровня обеспечения, развитием самой методики, которая постоянно находится в поиске наи более эффективных, доступных методов, приемов, способов обучения, направленных на «достижение максимально возможного взаимопонимания в многополярном мире». «Современный этап в методике преподавания РКИ можно охарактеризовать такими словами, как инновация, развитие, движение вперед» (Таранова, 2017). Данное определение приводит к мысли о том, что в о бучении в настоящее время появляются инновации и продуктивные изменения, новые методы и технологии, которые могут способствовать повышению эффективности занятий, а также способов оценки их результатов. Если говорить об инновациях в технологиях обучения, то, прежде всего, необходимо также привести определение, объясняющее, что именно входит в данное понятие. По словам В.Г. Колосова, «инновационные технологии – набор методов, средств и мероприятий, обеспечивающих инновационную деятельность» (Колосов, 2002: 15). Под термином «инновационные технологии в профессиональном образовании» понимаются «технологии, ориентированные на формирование системного творческого технического мышления учащихся и их способности генерировать нестандартные технические идеи при решении творческих производственных задач» (Научная электронная библиотека). Среди всего многообразия технологий можно выделить следующие: – обучение в сотрудничестве; – проектные технологии (метод проектов); – тандем-метод; - кейс-исследование; – технология «эдьютейнмент», – дистанционное обучение; – компьютерные технологии обучения; – игровые технологии обучения и др. Использование инновационных технологий возможно не только в качестве способа передачи материала ученикам, организации дистанционного Изучения языка, тестирования и т. д., но также является полезным источником и для самого преподавателя. Это могут быть уже готовые ресурсы (справочные, открытые образовательные ресурсы, тренажеры) или сервис ы для разработки материалов и организации обучения (сервисы для создания учебных материалов, конструктор тестов, управление классом и т. п.). Таким образом, проведя обзорное исследование материалов по теме «Инновационные технологии», можно прийти к следующим выводам: Апрель 2021 10-қисм Тошкент 60 1. Применение инновационных технологий в обучении РКИ помогает решать различные задачи современной методики преподавания РКИ, в частности, организации процесса обучения, создания языковой среды, определения роли преподавателя на занятиях, подбора эффективных способо в представления информации. 2. В процессе преподавания выделяются как положительные, так и негативные стороны использования инновационных технологий. 3. Инновационные технологии многочисленны и применимы во многих областях знаний, для разных профилей образования, уровнейодготовки. Они играют важную роль в системе современного образования. 4. Анализ материалов показывает, что инновационные технологии редстают в качестве средства обучения как студентов, так и самихреподавателей. Изучение этих технологий представляется актуальным, многоаспектным и имеет перспективу дальнейшего исследования. Список литературы: 1. Азимов Э.Г. Методика организации дистанционного обучения по русскому языку как иностранному. М.: Русский язык, 2006. 150 с. 2. Азимов Э.Г., Щукин А.Н. Современный словарь методических терминов и понятий (теория и практика обучения языкам). М.: Русский язык. Курсы. 2018. 496 с. 3. Акишина А.А., Тряпельников А.В. Кибертекст как новый вид учебного текста // Русский язык и литература в пространстве мировой культуры: материалы XIII квартал МАПРЯЛ. 2015. Т. 13. С. 5–8. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 61 РУС ТИЛИ ФАНИНИ ЎҚИТИШДА ЭЛЕКТРОН ДАРСЛИКЛАРНИНГ ЎРНИ Халикова Нилуфар Каюмовна Мурадова Насиба Равшановна Навоий вилояти, Қизилтепа тумани 22-умумтаълим мактаби Рус тили ўқитувиси +99891-3348818 Аннотация. Ушбу мақолада рус тили фанини ўқитишда электрон дарсликларнинг ўрни атрофлича ёритилган, хулоса ва таклифлар берилган. Калит сўзлар: ўқитиш, масофавий таълим, хориж, ахборот. Ҳозирги кунда COVID-19 пандемияси даврида “Масофавий ўқитиш” атамаси нутқимизда кўп учрайди. “Ушбу атама аслида нима англатади?” деган саволга жавоб бериш вақти етмадимикан? “Масофавий ўқитиш” бу - мамлакатда ва хориждаги кенг аҳоли қатламига махсус ахборот таълим оммаси ёрдамида тақдим этиладиган, масофада ўқув ахборотини алмашиш воситаси (телевидение, радио, компьютер алоқаси ва ҳоказо) асосидаги, таълим хизматлари мажмуасидир. Масофавий ўқитишнинг ахборот-таълим усули фойдаланувчиларнинг таълимий эҳтиёжларини қондиришга йўналтирилган, тартибга солинган, маълумотларни етказиб беришнинг ташкилий воситалари, ахборот ресурслари, ўзаромуносабат баённомалари, аппарат дастурлари ва ташкилий-услубий таъминотининг бирлигини ташкил этади. Масофавий ўқитиш узлуксиз таълим шаклларидан бири бўлиб, у инсоннинг таълим олиш ва ахборот тўплаш ҳуқуқларини амалга оширишга қаратилган. Масофавий ўқитишда, билим беришнинг ихтиёрий шаклини тушунамиз.Бунда ўргатувчи ва ўрганувчи замонда ёки маконда тарқоқ бўлади. Агар бу таърифга қўшилсак, унда индивидуализация элементлари йўқ бўлган “эски қадрдон” сиртқи таълим - замонавий - масофавий ўқитишнинг намунасидир. Қандай қилиб, индивидуализация элементларини масофавий ўқитиш таркибига киритиш мумкин? Замонавий компьютерлар ёрдамида ҳозирги вақтгача етиб келган, ахборот узатишнинг деярли барча шаклларини самарали амалга ошириш мумкин. Масофавий ўқитишнинг анъанавий сиртдан ўқишдан фарқи “қоғоз ва ручка”нинг ўрнини компьютер, “каптар почтаси”ни эса Интернет бажаради. Мультимедиа компьютери бу - нафақат янги маълумотларнинг интеграллашган соҳиби, балки бу - “face to face” моделини тўла ва муқобил акс эттирувчи ускунадир. Шуни айтиш жоизки, фақат компьютерлар орқалигина, информацион-ахборот усулларини гипермедиага таянган ҳолда, амалга ошириш мумкин, бу ўз ўрнида, ўқитиш индивидуализациясини ташкил этувчи асосий омиллардан бири ҳисобланади. “Электрон дарслик” нима? Унинг оддий дарсликдан фарқи нимада? Оддий дарсликдан фарқли ўлароқ, электрон дарслик ёрдамида сиз учун зарур маълумотни тез топасиз; матнни тушуниш учун берилган изоҳларни қайта-қайта мурожат қилишда вақтни тежайсиз; матнни кўрсатиша, уни изоҳлаб бериш билан бирга яна бир қатор амалларни бажаради. Айнан шунда, мультимедиа-технологияларининг устунликлари ва имкониятларини яққол кўриш мумкин, улар шахсни маълум ихтисослик бўйича билимини тезкорлик билан текширишга имконият яратади. Албатта, ҳамма нарсанинг ҳам ижобий, ҳам салбий тарафлари бўлиши табиийдир. Шу ўринда, электрон дарсликларнинг камчиликлари деб, маълумотни экрандан олишнинг ноқулайлигини айтиш ҳам мумкин. Зеро, матнни, маълумотни экрандан идрок этиш, китоб ўқишдан кўра ноқулай ва самарасизлиги бўлса, бошқа тарафдан электрон дарслик китобга қараганда қимматроқлигидир. Албатта, бу ҳам индивидуал бўлиб, шахснинг маълумотни қай ҳолда, қаердан олишини ихтиёрий равишда танлашига боғлиқ. XXI аср - ахбороттехнологиялар асри ҳисобланади. Ҳозирги кунда ҳамма соҳада жадалликни кузатиш мумкин. Бугунги кун замонавий таълим тизими ахбороттехнологиялари ва компьютер телекоммуникацияларини фаол қўллаб келмоқда. Айниқса масофавий ўкитиш тизими тез ривожланмоқда, бу албатта, таълим муассасаларининг компьютер жиҳозлари ва Интернет тармоқлари билан таъминланишига имкон яратади. Хориж тажрибасини ўрганиб, қуйидаги хулосага келиш мумкин: ўқитувчи ахборот узатувчи ролида эмас (одатдагидек), балки Апрель 2021 10-қисм Тошкент 62 маслаҳатчи, консультант, баъзан ҳатто ўрганувчининг ҳамкасби ҳам бўлиши керак. Бу эса ўз ўрнида ўқитиш жараёнида талабаларнинг фаол қатнашишлари, мустақил фикрлашлари, ўз нуқтаи назарларини ифода этишлари, реал ҳолатларни акс эттириш каби ижобий натижаларни беради. Ахборот-технологияларнинг ривожи, дарсни янги, масофавий ўқитиш шаклини амалга ошириш имконини яратди. Улар, биринчидан, юқорида такидланганидек, ўрганувчининг ўзига - дарсни ўқиш учун вақтни ва жойни танлашига, иккинчидан, айрим сабабларга кўра анъанавий таълим олиш шаклидан маҳрум бўлганлар учун таълим олиш, учинчидан, ўқитишда янги ахборот-технологияларни қўллашга имкон берса, тўртинчидан, қандайдир даражада таълим олиш ҳаражатларини камайтиради. Бошқа тарафдан, масофавий ўқитиш таълим индивидуализациси имконини мустаҳкамлайди. Масофавий ўқитиш шаклида электрон дарсликлар қўлланилиши ҳақида айтиб ўтилди. Фикримизча, ушбу дарсликларнинг устунлик тарафи биринчидан, уларнинг мобилтезкорлиги, иккинчидан, компьютер тармоқларининг ривожланиши муносабати билан алоқа ўрнатилишининг осонлиги, учинчидан, замонавий илмий билимларнинг ривожланиш даражасига муқобиллигидир. Бошқа тарафдан, электрон дарсликлар яратиш, ахборот материалларининг доимий янгилаш муаммосини ечишга ёрдам беради. Уларда яна, жуда кўп машқ ва мисоллар, расмлар ёрдамида турли хил ахборотлар ривожланиш жараёни батафсил ёритилиши мумкин. Бундан ташқари, электрон дарсликлар ёрдамида билимни текшириш - компьютерда тестдан ўтказиш амалга оширилади. Зманавий жараёнда масофавий ўқитиш, дунёдаги таълим шаклларининг энг машҳури ҳисобланади. Бугунги кунда, масофавий ўкитиш услубидаги университет ва коллежлар тармоқлари бешта қитъага ёйилган. Халқаро Ахборотлаштириш Академияси ташкил қилиниб, 1998й. эса унинг таркибида Умумжаҳон Тақсимланган Университети ташкил қилинди, у бугунга келиб, учта мамлакатда - Россияда, Қозоғистонда ва Белгияда қайд қилинган. Хулоса қилиб айтганда, электрон дарсликлардан фойдаланиш амалиёти, шуни кўрсатадики, талабалар баён этилган материални самарали ўзлаштиришяпти, буни тест натижалари тасдиқлайди. Шундай қилиб, ахборот-технологиялар ривожи янги услубларни таълим услубларида яратишни ва шу билан, таълим сифатини кўтаришга кенг имконият яратади. Фойдаланилган адабиётлар рўйхати 1. Андреев А.А., Солдаткин В.И. Дистанционное обучение: сущность, технология, организация. - М.: МЭСИ, 1999. 2. Панюкова С. В. Информационные и коммуникационные технологии в личностноориентированном обучении. -М.: Про-пресс, 1998. 3. Роберт И.В. Современные информационные технологии в образовании: дидактические проблемы, перспективы использования. - М.: Школа-пресс, 1994. 4. www.google.ru Апрель 2021 10-қисм Тошкент 63 ТАЪЛИМ СОҲАСИДАГИ КОМПЕТЕНЦИЯВИЙ ЁНДАШУВ Хожиев Хайрулла Самарқанд ветеринария медицина институтининг Тошкент филиали тадқиқотчиси xayrulla_x@mail.ru Тел: 90-127-66-09 Аннотация. Мазкур мақолада компетентлик, асосий компетенциялар ҳамда таълим соҳасида компетенциявий ёндашув ва унинг мазмун-моҳияти каби масалалар ёритиб берилган. Калит сўзлар: компетентлик, компетенциявий ёндашув, таълим, мулоқот, рақамли операциялар, шахс. Таълим тизимини ривожлантиришнинг замонавий босқичида унинг сифатини ошириш устувор вазифа бўлиб, бу ижтимоий жиҳатдан етук ижодий шахсни шакллантиришнинг асосидир. Бу жараёнда шахс сифатида аниқ йўналтирилган, фаолиятга асосланувчи, компетентликка асосланган ёндашувлар ва уларнинг муштараклиги асосида амалга ошириладиган ўқув жараёнини ташкил этиш ёрдам беради. Таълимда компетентлик ёндашувни амалга ошириш таълим тизимлари ривожланишининг ўзига хос хусусиятлари билан боғлиқ бўлиб, ўз тарихи ва хусусиятларига эгадир. 60-70-йиллардан бошлаб АҚШ да, ХХ асрнинг 70-80-йиллари Ғарбий Европада компетентликка асосланган таълим моделлари қўлланила бошланди. Фаолиятнинг мақсади - меҳнат бозорида муваффақиятли рақобатлаша олувчи, яъни касбий компетентликка эгамутахассислар тайёрлашдан иборат. Компетентликка ва фаолиятга асосланган ёндашувлар ҳаётий долзарб ва талаб қилинадиган таълим натижаларига йўналтирилган билимга асосланган таълим парадигмасидан фаолиятга ўтишни самарали амалга оширишга имкон беради. Таълим жараёнидаги компетентлик ёндашув асосий моҳиятини очиб бериш учун “компетенция” ва “компетентлик” нинг тушунчаларига мурожаат қилайлик. Ушбу тушунчаларни турли хил мазмундаги талқинлари мавжуд. Қуйидаги мумкин бўлган таърифлар келтирилган: 1) компетенция - маълум бир фаолият соҳасидаги муаммоларни ҳал қилиш учун зарур бўлган билим, кўникма, меъёрий-кадриятлар муносабатлари тўплами; 2) компетентлик (умумий маънода) - тегишли фаолият соҳаларида ва муайян турдаги муаммоларни ҳал қилишда талабларга, белгиланган мезонларга ва стандартларга риоя қилиш, зарур билимларга эга бўлиш, натижаларга эришиш ва вазиятни бошқариш қобилияти; 3) таълимдаги компетентликка асосланган ёндашув - фаолият ва маданиятнинг айрим соҳаларида шахсий ва ижтимоий аҳамиятга эга бўлган муаммоларни самарали ҳал қилиш учун зарур бўлган кўникмалар, билимлар, норматив-қадриятлар тўплами сифатида талқин қилинадиган асосий таълим малакаларини шакллантиришдир. “Асосий компетенциялар” атамасининг ўзи бошқалар учун калит, асос, аниқ ва мақсадга йўналтирилганлигини кўрсатади. Оксфорд ва Кембридж университетлари томонидан ишлаб чиқилган «Асосий Компетенциялар 2000» дастури мактаблар, коллежлар, барча турдаги ўқув марказлари талабалари ҳамда иш берувчилар учун асосий компетенциялар (кўникмалар) тўпламини тақдим этади: - мулоқот; - рақамли операциялар; - ахборот технология билимларига эга бўлиш; - режалаштириш ва мақсадларга эришишда одамлар билан ишлаш; - усулларини танлашда ва уларнинг натижаларини текширишда ишчи, таълимий, шахсий характердаги муаммоларни ҳал қилиш. Европа Кенгаши ёшлар эгаллаши керак бўлган бешта асосий кўникмаларни аниқлади: 1. Сиёсий ва ижтимоий кўникма. 2. Кўп маданиятли жамият ҳаёти билан боғлиқ кўникмалар. 3. Оғзаки ва ёзма нутқ кўникмаларига эга бўлиш. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 64 4. Жамиятни ахборотлаштириш билан боғлиқ малакалар. 5. Ҳаёт давомида ўрганиш қобилияти. Рус олими А. В. Хуторской 7 асосий компетенцияни ажратиб кўрсатди: 1. Қадрият. 2. Умум маданий. 3. Таълимий ўргатувчи. 4. Ахборот берувчи. 5. Коммуникатив. 6. Ижтимоий ва меҳнат. 7. Шахсий ўзини ўзи ривожлантириш кўникмаси. Таълим амалиётида А. В. Хуторскийнинг ёндашувикенг тарқалган бўлиб, компетенцияга асосланган таълим моделини яратиш учун асос бўлиб хизмат қилади. Таълим жараёнини ташкил этишда компетентлик ёндашувни кўллаш шартлари қуйидагилардан иборат: - таълимий ўргатувчи фаолиятнинг ишлаб чиқариш хусусиятига ва ўқувчиларнинг ижодий қобилиятларини ривожлантиришга эътибор қаратиш; - ўқитиш ва тарбиялашнинг янгиланган таркибга мос шакллари ва усулларидан фойдаланиш; - фаолиятни технологиялаштириш ва алгоритмлаштириш; - ўқитувчиларнинг юқори даражадаги касбий маҳорати ва касбий кўникмаларини ривожлантиришни бошқариш. Маълумки, таълимий-когнитив фаолият ўқувчининг маълумотни излаш, қайта ишлаш ва қўллаш бўйича зарур билим ва кўникмаларни ўзлаштириш билан бирга шахс учун муҳим ва ижтимоий долзарб бўлган билим муаммоларини ҳал қилиш бўйича ўзини ўзи бошқарадиган фаолияти сифатида талқин этилади. Бинобарин, асосий компетентлик - бу ўқув маданиятида қадриятлар, тамойиллар ва усуллар тизимига мос келадиган когнитив фаолиятини амалга ошириш даражасини кўрсатадиган таълим берувчи компетенциясидир. Фойдаланилган адабиётлар 1. Муслимов Н.А., Усмонбоева М., Мирсолиева М. “Инновацион таълим технологиялари ва педагогик компетентлик” модули бўйича ўқув-услубий мажмуа. – Т: -2016. – 147 б. 2. Хуторской, А.В. Ключевые компетенции как компонент личностно-ориентированной парадигмы [Текст] / А.В. Хуторской //Народное образование. – 2003. – № 2. – С. 58-64. 3. Химматалиев Д.О. Касбий фаолиятга тайёргарлик диагностика қилишда педагогик ва техник билимлар интеграцияси. Монография. –Тошкент: Ўзбекистон, 2018. – 168 б. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 65 O‘ZBEK TILIDA SIFATLARNING MA’NO TURLARI. Alayorova Gulxayo Xasanovna Navoiy viloyati Navbahor tumani 21-DIUM maktabi ona tili fani o‘qituvchisi Annotatsiya. Predmetning belgisini bildirib, qanday? qanaqa? qaysi? so‘roqlaridan biriga javob bo‘lgan so‘zlar sifat deyiladi. Sifat harakatning belgisini ham bildirishi mumkin: yaxshi gapirdi, qattiq ta’sirlandi kabi. Harakat belgisini ba’zi sifatlargina bildira oladi.Lekin sifatlarning asosiy xususiyati predmet belgisini bildirishdir. Kalit so‘zlar. Daraja, sintaktik xususiyatlar, aniqlovchi, kesim,asliy sifatlar , nisbiy sifatlar ,sifat darajasi ,morfologik usul, leksik usul. Sifatlarning morfologik xususiyatlari: 1) belgining darajasini ko‘rsatadi: sho‘x-sho‘xroq, eng sho‘x. 2) otlashadi: Kattalarni hurmat qiling. 3) ravish o‘rnida keladi: Sattor chiroyli yozadi. 4) sifat bog‘lanib kelgan ot turli so‘z o‘zgartiruvchi qo‘shimchalarni olib o‘zgarishi mumkin, lekin sifat o‘zgarmaydi: ko‘k qalam, ko‘k qalamni, ko‘k qalamda kabi. Sifatlarning sintaktik xususiyatlari: 1) asosan aniqlovchi va kesim vazifasini bajaradi: Yoqimli shamol esa boshladi. Tabiat go‘zal. Sifat harakat belgisini bildirganda, hol vazifasida bo‘ladi: Azimov sovuq, xira ko‘kimtir osmonga g‘amgin, xayolchan qaradi. 2) sifat aniqlovchi bo‘lib kelganda, aniqlab kelayotgan so‘zi bilan moslashmaydi. Asliy va nisbiy sifatlar. Narsalarning belgisini bevosita, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ifodalay oladigan va belgini darajalab ko‘rsata oladigan (ya’ni -roq qo‘shimchasini qabul qila oladigan ) sifatlar asliy sifatlar deb ataladi: kichik, yomon, aqlli, qora, oriq va b. Narsalarning belgisini bevosita emas, balki o‘rin yoki paytga nisbatan ifodalaydigan va ko‘pincha daraja ko‘rsata olmaydigan sifatlar nisbiy sifatlar deb ataladi. Bunday sifatlar yasovchi qo‘shimchalar yordamida yasalgan bo‘ladi: sharsimon, yozgi, uydagi, oilaviy, ilmiy, toshkentlik va b. Sifat darajalari. Predmetlardagi bir xil belgining ortiq kamligi jihatidan farqlanishi sifat darajasi deyiladi. Sifatlarning quyidagi darajalari bor: oddiy daraja, orttirma daraja, qiyosiy daraja, ozaytirma daraja. 1. Oddiy darajadagi sifatlarda belgi boshqa predmetlardagi xuddi shunday belgiga qiyoslanmaydi. Bu daraja belgining odatdagi me’yorda ekanligini ko‘rsatadi va maxsus ko‘rsatkichga (qo‘shimchaga) ega emas: keng ko‘cha, yashil barg, yaxshi odam. 2. Orttirma daraja predmetdagi bir belgining boshqa predmetdagi xuddi shunday belgiga nisbatan eng ko‘p ekanligini ifodalaydi. Orttirma daraja quyidagi usullar yordamida hosil qilinadi: morfologik usul: a) so‘zning birinchi bo‘g‘ini ajratilib, unga keyingi bo‘g‘indagi birinchi undosh qo‘shiladi-da, yopiq bo‘g‘in hosil qilinadi va undan keyin to‘liq shakli takrorlanadi: dum-dumaloq, pak-pakana; b) so‘zning oldingi ikki tovushi ajratilib unga p, m tovushlaridan biri qo‘shiladi va undan keyin so‘zning o‘zi takrorlanadi: yap-yangi, ko‘m-ko‘k; v) so‘zning birinchi bo‘g‘inidan keyin –ppa shakli qo‘shiladi: soppa-sog‘, to‘ppa-to‘g‘ri. Leksik usul: a) maxsus kuchaytiruvchi so‘zlar orqali ifodalanadi: eng kichik, hammadan chiroyli, zap g‘alati, beqiyos chiroyli, naqadar ulug‘vor, xo‘p bemaza, cheksiz quvonchli; b) so‘zlarni takrorlash vositasida: zo‘r-zo‘r (polvonlar), uzundan-uzun (kechalar), ne-ne (olimlar); v) turli so‘z birikmalari, iboralar yordamida: haddan ziyod chiroyli, misli ko‘rilmagan (qahromonlik), qo‘ling o‘rgilsin (jonon). 3. Qiyosiy daraja predmetdagi bir belgining boshqa predmetdagi xuddi shunday belgidan ortiq ekanligini ifodalaydi. Qiyosiy daraja oddiy darajadagi sifatga -roq qo‘shimchasini qo‘shish yoki sifatdan oldin bir-biridan, undan ham, yanada so‘zlarini keltirish bilan yasaladi: olma daraxti shaftoli daraxtidan balandroq. Bir-biridan go‘zal, bunda ham battar, yanada kuchli. 4. Ozaytirma daraja belgi darajasining normal darajaga yetmaganligini, normaldan pastligini ifodalaydi: 1) qo‘shimchalar yordamida: oqish, qizg‘ish, qoramtir, -roq qo‘shimchasi ham ozaytirma darajani ifodalashda qatnashadi (bunda bir narsadagi belgi boshqa narsadagi shunday belgiga qiyoslanmaydi): eskiroq (kiyim); 2) sifatdan oldin yarim, nim, och, xiyol, chizi, sal, aytarli, uncha, u qadar so‘zlarini keltirish bilan: yarim ochiq (eshik), uncha katta emas. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. 1. M.Mirzaеv, S.Usmonov, I.Rasulov “O‘zbеk tili” T., «O‘qituvchi» 1978. 2. Sh. Shoabduraxmonov, M.Asqarova, A.Xojiеv, I.Rasulov, X.Doniyorov Hozirgi o‘zbеk adabiy tili. 1-qism .T., «o‘qituvchi» 1980. 3. www.ziyouz.com Апрель 2021 10-қисм Тошкент 66 QOZOQ TILI VA ADABIYOTI DARSLARINI TASHKIL ETISHDA MANTIQIY SAVOLLARNING AHAMIYATI Almuratova Yelizaveta Yakubovna Navoiy viloyati Zarafshon shahar 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabi qozoq tili va adabiyot fani o‘qituvchisi +99 893 662-06-51 Annotatsiya: Ushbu maqolada qozoq tili va adabiyoti darslarini tashkil etishda mantiqiy savollarning ahamiyati yoritilgan bo‘lib, unda mantiqiy savollarning o‘quvchi dunyoqarashini kengaytirishdagi ahamiyati haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: “So‘zlar tilsimi”, mantiqiy tafakkur, qiziqarli krossvord, pedagogika. Respublikamizda ta’lim sohasiga juda katta e’tibor berilmoqda. Jumladan, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”dagi yosh avlodni har tomonlama yetuk va barkamol qilib tarbiyalab o‘qitish vazifasi, ayniqsa, ona tili va adabiyot o‘qituvchilari zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. Shu nuqtayi nazardan qaraydigan bo‘lsak, yoshlarda yuksak did va madaniyatni shakllantirish uchun, eng avvalo, ularning og‘zaki va yozma savodxonlik darajasini oshirish lozim. Umumiy o‘rta ta’lim kundan-kunga takomillashib, zamon talablariga mos holda, shaxs ehtiyojidan kelib chiqib faoliyat ko‘rsatishi taqozo etmoqda. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari faoliyatida sifat jihatidan o‘zgarishlarga imkon beruvchi pedagogik boshqaruv yangiliklari yuzaga kelmoqda. Bularning hammasi umumiy o‘rta ta’limni boshqarishda murakkabliklarni keltirib chiqarib, ilmiy asoslangan yangi yechimlarni topishni zaruriyat qilib qo‘ymoqda. Bu borada o‘qituvchilardan darslarni fanlararo bog‘liqlik asosida tashkil etish, o‘quvchilarni darsga qiziqtirish maqsadida turli usul va o‘yinlardan foydalanishni talab etadi. Darslarda mantiqiy savollardan foydalanish ham o‘quvchilarni fanga bo‘lgan qiziqishini oshirishda, ularni mantiqiy fikrlashiga yordam beradi. Masalan: 1.“Sonlar tilsimi” usuli. O‘quvchilar o‘n ichida qo‘shish va ayirishga doir misollar yechish topshiriq beriladi. Misollarning javobi yozilgan sonlar yonida bittadan harf yozilgan bo‘ladi. O‘quvchilar misollarni yechib bo‘lsalar, yangi mavzu nomi kelib chiqadi. 2+3=5 “K” 10-6=4 “M” 7-6=1 “I” 4+2=6 “M” 6+2=8 “T” 5+3=8 “H” 3+4=7 “O” 9-2=7 “R” 8-6=2 “B” 5+4=9 “G” 10-7=3 “A” Апрель 2021 10-қисм Тошкент 67 “Kitobga mehr” so‘z birikmasi kelib chiqadi. 3.“Har sohadan bir shingil” usuli. Bunda o‘quvchilarga fanlarning har sohasidan qiziqarli mantiqiy savollar beriladi/ 1.Aql gimnastikasi (shaxmat) 2.Tirik jonzot bo‘magan yagona burj vakili .(tarozi) 3.Bu sport turi tarjima qilinganda “uchayotgan to‘p “ (yoki uchuvchi to‘p ) ma’nosini beradi .Bu qaysi sport turi ? (Volleyboll) 4.1 minutda 10 marta nafas oladigan jonzot ? (fil) 4.“Qiziqarli krossvord” usuli. Bunda aynan bir xil harf bilan boshlanuvchi so‘zlardan krossvord tuzilib, o‘quvchilarning mantiqiy tafakkuri kengaytiriladi. 1.O‘zbekiston-mustaqil ………. 2. Mirzo Ulug‘bek qayerda yulduzlar ilmini o‘rgangan?.... Ustoz hamisha o‘z shogirdi bilan faxrlanishi uchun unga o‘zida bor bo‘lgan bilimni o‘rgatibgina qolmasdan, uni o‘zi ustida ishlashga unday bilishi, uning ochiq mashg‘ulotidan tashqari kundalik mashg‘ulotini ham kuzatib borishi lozim.Unga o‘z kundalik mashg‘ulotini yangi pedagogik texnologiyalar asosida o‘tib berishi uchun uslubiy yordam berib, mashg‘uloti jarayonida yo‘l qo‘ygan xato va kamchilikni o‘z joyida aytib, kelgusida ushbu xatolarni yo‘l qo‘ymasligini oldini olishi lozim. Ana shundagina shogird ustozlik darajasiga erishadi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. “Ma’rifat” gazetasi. 2015-yil №3- soni 2. Darsliklar.Metodik qo‘llanmalar. 3. Internet saytlari Апрель 2021 10-қисм Тошкент 68 MA’NAVIYATNI RIVОJLANTIRISH VA YOSHLAR TARBIYASI Artiqov Qahramon Xudayorovich Urganch tumani 39-maktabning tarix fani o‘qituvchisi Annotatsiya. Ushbu maqolada yoshlar ma’naviyatini rivojlantirishda mafkuraning o‘rni va ahamiyati keltirib o‘tilgan. Yoshlar ma’naviyatining asosi vatanparvarlik g‘oyalari asosida bo‘lishi ta’kidlab o‘tilgan. Kalit so‘zlar: mafkura, vatanparvarlik, ma’naviyat, milliylik, umuminsоniylik, dunyoqarash, tarixiy ong Mustaqillikka erishgan barcha хalqlar, mamlakatlar mafkurasi tariхiga murоjaat qilar ekanmiz, ularning turmush jihatlari vatanparvarlik, fuqarоviylik va fidоyilik singari оlijanоb fazilatlardan ibоrat ekanligini ko‘ramiz. Mafkura har dоim хalqning umummilliy manfaatiga хizmat qilgan ulug‘ ishlar qilishga safarbar etgan, ularga ma’naviy kuch-quvvat bag‘ishlagan. Mafkura хalqning o‘zligidan kеlib chiqib, tashkil tоpadi va uning milliy mansubligini ifоdalaydi, milliy ehtiyojlarini qоniqtiradi, ma’naviy-ruhiy hissiyotlariga mоs kеladi. Bu mafkuraning milliyligini ko‘rsatadi. Milliylik-milliy kibru havоni, o‘ziga binо qo‘yishni anglatmaydi. Balki milliy ruхni ifоdalashni bildiradi. Milliylik umuminsоniylik bilan uyg‘unlashmоg‘i lоzim. Chunki хar bir millat g‘оyasi, оrzu-armоni, idеali bоshqa millatning хuddi ana shunday fazilatlari bilan uyg‘unlashib kеtadi va mushtaraklik hоsil qiladi. Dunyoqarash-jamiyat ma’naviy hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lganidеk mafkura ham ma’naviy taraqqiyotning iltilib bоrishiga samarali ta’sir ko‘rsatadi. Mafkura kеng tushuncha bo‘lib, u muayyan dunyoqarash nеgizida tarkib tоpadi hamda o‘zining amal qilish dоirasi nuqtai nazaridan ko‘p qirrali bo‘lgani uchun ijtimоiy hayotning barcha sоhalarini qamrab оladi. Shu o‘rinda o‘zbеk хalqi ijtimоiy-siyosiy, iqtisоdiy va madaniy qaramlikda bo‘lgan davrlarda ham hеch qachоn ma’naviyat sоhasida o‘zligini yo‘qоtmaslikka harakat qilishni aytib o‘tish jоiz. Har qanday ma’naviy tazyiqlarga qaramasdan, garchi sоtsialistik mafkura panjarasi оrtida ham ma’naviyatimiz kurtaklari barq urib turgan. Shuni ta’kidlash jоizki хalqimizning chuqur va tеran milliy ildizlarga ega bo‘lgan ma’naviyat bulоqlari хalqning ko‘plab asl farzandlarining qurbоnlari evaziga saqlanib kеlgan. Bu narsa milliy ildizlarimizni har qanday hоlatda ham yo‘qоlib kеtmasligini ko‘rsatadi. Ma’naviyat-хalqning ma’naviy bоyliklarini o‘zida ifоdalaydi. U jamiyatda yuz bеradigan tub sifat o‘zgarishlari jarayonida birdaniga emas balki asta-sеkinlik bilan cho‘planib, bоyib bоrishga asоsida vоrisiylikka suyanib rivоjlanadi. Zоtan, o‘zbеk хalqining ma’naviyatida millatning o‘tmishi, hоzirgi kuni va kеlajakda ushalishi lоzim bo‘lgan оrzu-umidlari ifоdalangandir. Vatanparvarlik tuyg‘usi ko‘p asrlik tariхiy taraqqiyot davоmida o‘zbеk хalqining qоnqоniga, jоn-jоniga singib kеtgan. Bu tuyg‘u Irоq, To‘maris, Jalоliddin Mangubеrdi kabi хalq qaхramоnlarining jasоratlari оrqali хalq оngi va shuurida saqlanib kеlmоqda. Fikrimizning yana bir dalili sifatida quyidagi misоllarni kеltirish mumkin. Atоqli o‘zbеk shоiri G‘afur G‘ulоmning yozishicha, urush yillari Хadrada yashaydigan bir ayol urushga bоrishdan qоchib yurgan o‘g‘lini ushlab kеlib harbiy kоmissariatga tоpshiradi. Bu vоqеani eshitgan mashhur rus yozuvchisi A.Tоlstоy оddiy o‘zbеk ayolining vatanparvarligidan hangu-mang bo‘lib qоladi. Bu yagоna vоqеa emas edi. O‘sha davrlarda ko‘pgina o‘zbеk o‘spirin yigitlari, Hattо yoshlarini katta qilib ko‘rsatib frоntga bоrishga intilishgan. Bu misоlning, o‘zbеk хalqida vatanparvarlik tuyg‘usi naqadar kuchli ekanligini ko‘rsatadi, Vatan tuyg‘usini shakllantirish mustaqillik sharоitida insоn tafakkuri, dunyoqarashining muhim оmili хisоblanadi. Bu tuyg‘u millatning o‘zligini anglashiga yordam bеradi. O‘zligini anglash esa оna-vatanga egalik tuyg‘usini kuchaytiradi. Shu bоis Vatanni sеvish, fidоyi vatanparvar bo‘lish goyasi yangi mafkuraning asоsiy nеgazi sanaladi. Vatanparvarlik g‘оyasi millatning o‘z qadr-qimmatini bilishni qamrab оladi. O‘z qadr-qimatini bilish esa milliy g‘urur, milliy iftiхоr hislarini shakllantirish bilan bоg‘liq. «Mustaqillikning оliy maqsadi -o‘zbеk хalqining izzatini jоyiga qo‘yish. Bunday g‘оyalarning tashlanishi va ularni amalga оshirilishi оlоmоnni fidakоrоna shaхsga aylantirishga yordam bеradi. Ana shu taхlitda fuqarо g‘ururi-milliy g‘ururga, milliy g‘urur-vatan g‘ururiga aylanadi. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 69 Vatanparvarlik g‘оyalariga asоslangan mafkura O‘zbеkistоnning o‘tmishi bugun va kеlajagiga bеfarq qaramasdan barcha imkоniyatlarimizni birlashtirib, mustaqillikni mustaхkamlashga safarbar etadigan ijtimоiy kuch sifatida namоyon bo‘ladi. Chunki u jamiyatning barcha a’zоlarini umumiy maqsad sari undaydi. Milliy mustaqil mafkurasi prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev aytganidеk, millat ravnaqi, хalqimizning farоvоnligi, jamiyatimizni pоrlоq kеlajakka da’vat etadigan katta g‘оyaviy kuchdir. U jamiyatdagi barcha kishilarning ijtimоiy guruhlar, tabaqalarni yagоna maqsad sari O‘zbеkistоnni kеlajakda buyuk davlatlar safiga оlib chiqishga da’vat etadigan ilmiy g‘оyalar majmuaidir. Ma’naviyat-mustaqil mafkurasining pоydеvоri masalasini tahlil qilish natijasida quyidagi хulоsaga kеldik. Birinchidan kеlajakda buyuk davlat barpо etishda mustaqillikning ma’naviy zaminlarini mustahkamlashda uning pоydеvоri bo‘lishi milliy mafkurani shakllantirish o‘z хalqimiz, ayniqsa, yosh avlоd оngiga singdirish asоsiy vazifalardan biridir. Ikkinchidan milliy mafkurani shakllantirishda uning falsafiy nеgizlarini anglab yеtish talab qilinada. Chunki mafkuraning falsafiy asоslari prezidentimiz aytganidеk, o‘z davrida tariхiy haqiqat tufayli tug‘ilgan. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Хo‘jamurоdоv I.R. Ma’naviy qadriyatlar va milliy o‘zligini anglash. T.: O‘zbеkistоn, 1991.150 b 2. Imоmnazarоv M. Milliy ma’naviyatimizning takоmil bоsqichlari. -T.: O‘zbеkistоn, 1996. -144 b. 3. Po‘latоv X. Mustaqilligimiz qadriyatlari. O‘zbеkistоnning‘ milliy istiqlоl mafkurasi. 1993, 167b. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 70 DARSLARDA O‘QUVCHILARNI KITOBGA QIZIQTIRISHNING AHAMIYATI Ashilova Gulzira Duysenovna Navoiy viloyati, Zarafshon shahar, 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi +99-893-462-07-64 Annotatsiya: Ushbu maqolada tarbiya darsida o‘quvchilarni kitobga qiziqtirishning ahamiyati yoritilgan bo‘lib, unda kitob o‘qishning ahamiyati va interfaol usul hamda o‘yinlar orqali o‘quvchilarni kitobga qiziqtirish haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: kitob, oftob, mutolaa, mehr, topag‘on, ta’lim, bilim, tarbiya… Kitob – insonning yaqin do‘sti, suhbatdoshi, sirdoshi. U kishining dunyoqarashi, so‘z boyligini oshiradi. Amerikalik olim, yozuvchi Nil Geyman olib borgan tadqiqot natijasi shuni ko‘rsatdiki, kitob mutolaa qilmaydigan bolalar kelajakda bezori bo‘lib ulg‘ayishi ehtimoli yuqori ekan. Shu bilan birga, kitob o‘qish odamlarni empatiyaga – faqat o‘z xohish-istaklari va manfaatlarini o‘ylashdan voz kechib, umumiy maqsad yo‘lida birlashishga undaydi. Barchamizga ma’lumki, yoshlarni kitob mutolaasiga qiziqtirish maqsadida yurtimizda qator ishlar amalga oshirilmoqda. Turli tanlovlar, suhbatlar, uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Ayniqsa, Prezidentimiz Mirziyoev Shavkat Miromonovich tomonidan 2017 yil 12 yanvarda “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishi kitob mutolaasiga qiziqtirish uchun katta qadam bo‘ldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Xitoylik olimlar esa AQShning butun dunyoni zabt etgan Apple, Microsoft kompaniyalari sirini bilish maqsadida u erda o‘z tadqiqotchilarini yuborganlar. Izlanishlar shuni ko‘rsatdiki, nanotexnologiyalar ixtirochilari bolalikda fantastik asarlar mutolaasiga mehr uyg‘otish, asrlar osha ajdodlar ilmiy, adabiy merosini qadrlashga, unga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga o‘rgatish muhim degan qoidaga amal qilishar ekan. Hamma zamonlarda ham kitobga katta ehtirom bilan qarashgan, unga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishgan. Ocharchilik va urush yillarida kishilar nochor xolatda qolganlarida ham, uyda bor bisotlarini sotishgan, biroq kitoblarni bebaho buyum sifatida asraganlar. Darslarda o‘quvchilarni kitobga qiziqtirish maqsadida quyidagi usullar tavsiya etiladi: 1.“Bilimdon” usuli. Bunda kitob tarixi haqida o‘quvchilarning o‘rgangan ma’lumotlari sinovdan o‘tkaziladi. Kitob tarixi haqida 7 ta kitob shakli ichida 7 ta ma’lumot yashiringan bo‘ladi. O‘quvchilar uni topsa yuqoridagi jumboq yechiladi: Kitobim- oftobim Апрель 2021 10-қисм Тошкент 71 2.“Kim topag‘on?” usuli. Bunda o‘quvchilarga kitob haqida topishmoqlar beriladi. *Sandiq to‘la pista bodom, Ochib ko‘r, bo‘lsang odam. Xosiyati ko‘p, olam-olam, Terib ol uni har dam. *Tili po‘lat shovvoz, So‘zlay olmas beqog‘oz Dangasalar uchun! Quyidagi tavsiya taqdim etiladi Kitob o‘qigani uchun moddiy ra’g‘batlantirish va bolada kitob o‘qishga muhabbat, bola kitob o‘qib o‘zi qiziqqan sohani aniqlab boshlagach ra’g‘batni kamaytirish va bola o‘qiyotgan kitob kelajakda unga kerakli moddiy yoki ma’naviy ta’minlanganlikni berishini tushuntirish! Audio kitoblar eshitish, birga eshitish! Muallifi va nomi aniq bo‘lgan kitoblar bo‘yicha olingan kino va multfilmlarni birga ko‘rish va undan keyin bolaga o‘sha kitobni o‘qishni taklif etish! Eng muhimi o‘quvchi kitobni o‘qib bo‘lgach o‘zida rivojlanish va ijobiy o‘zgarishni his etishi kerak! Xulosa qilib shuni aytish joizki, aslida biz uchun ulkan baxt bo‘lgan kitob mutolaasiga o‘quvchilarni maktabga qadam qo‘ygan kunidan boshlab qiziqtiraylik. Zero, baxt kaliti boylikda deb o‘ylagan inson vaqti kelib baxt kaliti kitobda ekanligini kech tushunmasin.So‘zimni yurtboshimiz Sh.Mirziyoyevning quyidagi so‘zlari bilan yakunlamoqni joiz topdim: “Agar siz farzandingizga dang‘illama uy qurib bersangiz -vaqti soati kelib, u eskirishi mumkin. Agar zo‘r mashina olib bersangiz-uyam tez orada eskirishi mumkin. Agar unga moddiy boylik, pul qoldirsangiz - uyam bir kun sarf bo‘lib tugashi mumkin. Ammo dunyoda hech qachon eskirmaydigan, yo‘qolmaydigan bebaho bir boylik borki, u ham bo‘lsa farzandingizga bilim va hunardir. Lekin bilim va ma’rifatni qayerdan, nimadan olish mumkin? Avvalo, kitob degan xazinadan.” Foydalanilgan adabiyotlar: 1. “Boshlang‘ich ta’lim” jurnali. 2012-yil №3- sonly 2. Darsliklar.Metodik qo‘llanmalar. 3. Internet saytlari Апрель 2021 10-қисм Тошкент 72 BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ASOSIY MATEMATIK TUSHUNCHALARNI SHAKLLANTIRISHNING INTERAKTIVLIK METODLARI Axtamova Nazira Navoiy viloyati Qiziltepa tumani 15 - umumiy o‘rta ta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Annotatsiya: maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun asosiy matematik tushunchalarni o‘qitish usullari yoritilgan. Kalit so‘zlar: matematika, to‘rtburchak, figura, kesma Boshlang‘ich matematika o‘qitishning asosiy vazifalaridan biri o‘quvchilarda asosiy matematik tushunchalarni shakllantirishdir. Tushuncha - bu predmet to‘plamlarining muhim, umumiy belgilari to‘g‘risidagi fikrdir. Tushuncha o‘quvchilarda predmet va haqiqiy olam hodisalarining hissiy obrazlari bo‘lgan tasavvurlarni umumlashtirish asosida vujudga keladi. Masalan: to‘g‘ri to‘rtburchak formasiga ega bo‘lgan har xil predmetlarni - taxtacha, qog‘oz varag‘i, stol usti, g‘isht yoki gugurt qutisi va shunga o‘xshashlar, badan, muskul sezgilari orqali idrok qilish bilan, o‘quvchilar to‘g‘ri to‘rtburchak to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘ladilar. Bu predmetlarning qanday materialdan tayyorlanganligini ularning og‘irligi, rangi va boshqa xossalarini e’tiborga olmay, bu tasavvurlarni taqqoslab o‘quvchi uning umumiy, muhim xossalarini umumlashtiradi. Bu tekis figuralarda 4 tomon, 4 ta to‘g‘ri burchak borligini aniqlaydi. Bu misoldan ko‘rinadiki, geometrik tushunchalarning shakllanish usullaridan biri qaralayotgan predmelar to‘plamiga mos bo‘lmagan har xil belgilarni chiqarib tashlab, umumiy, muhim, belgilarni saqlab olishdan iboratdir. Bunda o‘quvchilar o‘qituvchi rahbarligida ayrim xususiy ko‘rinishlardan boshlab tekis geometrik figuralar to‘plamini qarashlari mumkin. Kvadrat - to‘g‘ri to‘rtburchak- parallelogramm - qavariq to‘rtburchak -ixtiyoriy to‘rtburchak yoki teskarisi. Hamma to‘rtburchaklar to‘plamidan qism to‘plami bo‘lgan qavariq to‘rtburchaklarni ajratish, bundan esa uni qismi bo‘lgan parallelogramm, undan to‘g‘ri to‘rtburchak va oxirida kvadratni ajratish mumkin. Bu tushunchalar orasida bog‘lanish tushunchalar ta’rifida uning yaqin turi va ko‘rinishi farqlarini ko‘rsatish bilan ifodalash mumkin. Masalan: kvadratni hamma tomonlari teng bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchak sifatida ta’riflash mumkin. To‘g‘ri to‘rtburchak - hamma burchaklari teng parallelogramm sifatida, parallelogramm esa - qarama-karshi tomonlari parallel qavariq to‘rtburchak sifatida ta’riflash mumkin. Ko‘rsatilgan usul bilan tushunchalarning shakllanishidan tashqari predmetlar orasidagi munosabatni aniqlash ham mavjuddir. Masalan: geometrik forma tushunchasi yuqoridagi usul bilan vujudga kelishi mumkin emas. Boshqa matematik tushunchalar qaralayotgan ob’ektlar orasidagi munosabatlarni o‘rnatish bilan shakllanadi. Masalan: kesmaning uzunligi tushunchasi kesmalarning ekvivalentlik munosabatlarini o‘rnatish (ustma-ust qo‘yganda mos tushuvchi kesmalar ekvivalent deyiladi). Kesmaning uzunligini o‘zaro ekvivalent bo‘lgan kesmalar sinfida harakterlaydigan umumiylikdir. “Natural son” tushunchasi ham chekli to‘plamlar orasida ekvivalent munosabatlar o‘rnatish orqali hosil qilinadi. Natural son chekli to‘plamlarni harakterlovchi umumiylik sifatida qaraladi. Darsda o‘qituvchi o‘quvchilarni o‘qitadi, o‘quvchilar esa o‘qiydi degan fikrni boshqa so‘zlarda quyidagicha ifodalash mumkin: o‘quvchilar, o‘quv, malaka va bilimlarni egallaydilar, o‘qituvchilar esa bilimni egallash jarayoniga rahbarlik qiladilar. Bu rahbarlik o‘qituvchining o‘quvchilar o‘quv faoliyatini tashkil qilishdan iborat bo‘lib hisoblanadi. Buning uchun o‘qituvchi kerakli material tanlaydi, uni ma’lum ketma-ketlikda joylashtiradi, o‘quvchilarning bilim manbalarini tavsiya qiladi, o‘quvchilarning o‘zlashtirish bo‘yicha faoliyatini tashkil etadi, bilimni o‘zlashtirish jarayoni qanday o‘tishini nazorat qiladi. O‘quvchilarning matematik bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni qiyin jarayondir. Buni matematik tushunchalarning vujudga kelishini haqqoniy anglagandagina uni to‘g‘ri tushunish mumkin. Haqiqatni tasavvur qilishga asosan matematik tushunchalar bizdan tashqaridagi narsalarning xossalarini aks ettiradi.Son tushunchasi yoki figura tushunchasi bizdan tashqaridagi narsalarning xususiyatlaridan kelib chiqqan. Matematik tushunchalarning vujudga kelishini bunday tushunish Апрель 2021 10-қисм Тошкент 73 yosh maktab o‘quvchilarining tashqi olam ob’ektlariga xos bo‘lgan fazoviy forma, miqdoriy munosabatlarni o‘rganishlarni tarbiyalaydi. Bola hali maktabga kelmasdan turib o‘yin bilan ish ko‘radi-yu to‘plamdan uning ayrim elementlarni axtaradi, elementlarni to‘plamga birlashtiradi, to‘plamlarni yig‘adi, to‘plamdan uning qismini ajratadi, to‘plamlarni taqqoslaydi, teng sonli to‘plamlarni ajratadi. Narsalar to‘plami bilan olib borilgan hamma shu kabi amaliy harakatlar, kattalar bilan doimiy aloqa - natural son tushunchasining shakllanishiga olib keladi. Kublardan, g‘ishtlardan, loylardan, harxil “yasashlarni” bajarish, rasm va boshqa shu kabi bolalar faoliyati ularga forma, o‘lchov, predmetlarning o‘zaro joylashishlari bilan tanishishiga imkon beradi, bu esa geometrik tushunchalarning shakllanishida asos bo‘lib xizmat qiladi. Shunday qilib, balalar boshlang‘ich matematik bilimlarni, o‘zlarining katta bo‘lmagan shaxsiy tajribalarida, mustaqil lekin kattalar bilan munosabatning ta’siri bo‘lgan holda egallaydi. O‘qituvchi bu bolalarning bilimlarini aniqlaydi, ularni to‘g‘rilaydi, to‘ldiradi va shu fundamentga yangi bilimlarni o‘zlashtirishni tashkil etadi. Yangi bilimlarni bunday egallash, yangi fakt va tushunchalarni kuzatish asosida mustaqil ishlashi, shuningdek, kishilar tomonidan ishlangan bilimlarni egallash bilan olib borish mumkin. Bunda yangi bilimlarni egallash yangi va oldingi bilimlar orasidagi ta’riflangan tushunchalar va yangi faktlar orasidagi qarama-qarshiliklarni hal qilish asosida boradi. Tushunchalar o‘quvchi ongida o‘zgarishsiz qolmasdan ular shaklan o‘zgaradi, rivojlanadi. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 74 “УСТОЗ-ШОГИРД” АНЪАНАСИ – БАРДАВОМ Джураева Саодат Ахмедовна, Навоий вилоят Кармана тумани 5-умумтаълим мактаб Бошланғич синф ўқитувчиси Устоз - улуғ инсон. Устоз - кўнгилларда фахр туйғусини уйғотувчи муқаддас калом. Устоз - бу йўл-йўриқ кўрсатувчи, тарбияловчи мураббий, маънавий ота-она. Бир сўз билан айтганда, комиллик раҳнамоси, тўғри йўл кўрсатувчи маёқ, мисли ёниб турган шам, ўзи ёниб, атрофга нур ва зиё сочади, чексиз билим ва тажриба уммонига эга бўлган чашма, қанча симирсанг, ҳузурланасан киши. У билан ҳамнафас ва маслакдош бўлганингда, билмаганларингни билиб, тушунмаганларингни англаб бораверасан. Дарҳақиқат, бизнинг ўзбек халқимизда “Устозшогирд” анъанаси жуда қадимий миллий қадрият ҳисобланади. Халқимиз тарихига назар солсак, бой маънавий-маърифий меросимиз - халқ оғзаки ижодида, буюк тарихий шахслар ҳаётида, Қуръон ва ҳадисларда устоз-шогирд муносабатлари кенг ва атрофлича талқин этилганлигининг гувоҳи бўламиз. Жумладан, “Уста кўрган шогирд – бир мақомга йўрғалар, уста кўрмаган шогирд - ҳар мақомга йўрғалар”, “Устоз - отангдек улуғ”, “Шогирд – лой, устоз - кулол” каби кўплаб халқ мақолларида ҳам доно халқимиз устоз ҳақида ўз эҳтиромларини билдирганлар. Бу мақоллар ҳозир ҳам тез-тез қўлланиб келаётганининг гувоҳи бўламиз ва халқимиз орасида ўз қадрини йўқотмаганлигини кўрамиз. Буюк саркарда Амир Темур ҳам устози - Сайид Баракага юксак эҳтиром кўрсатганлиги барчамизга маълумдир. Шунингдек, улуғ мутафаккир бобомиз Ҳазрат Алишер Навоийнинг кўплаб шогирдларга раҳнамолик қилганлиги, ўз навбатида салафлари(устозлари)га, чексиз ҳурмат билан қараганлиги ҳам фикримизнинг далилидир. Демак, бундан шундай хулоса келиб чиқадики, биз ёшлар ҳам ҳар соҳада устозга эҳтиёж сезишимиз, табиий ҳолдир. Бугунги кун ёшлари қалбида камолотга интилиш, маънавий қадриятларини тиклаш ва Ватанга садоқат туйғуларини ўстиришда “Устоз-шогирд” анъаналарининг ҳам роли беқиёс эканлиги, шак-шубҳасиздир. Айниқса бу анъанани изчил амалга ошириш ва пировард мақсадга эришишда Олий таълим муассасалари фаолиятида тизимнинг узвийлиги ва узлуксизлигини тўлиқ таъминлаш муҳим ўрин эгаллайди. Таълим-тарбияда бош мақсадимиз талабани билим олиш ва юқори маданиятли бўлишга ўргатиш, ундаги қобилиятларни уйғотиш, ташаббускорлик ва тадбиркорлик, жамоада фаоллик ва лидерликка лойиқлик имкониятлари борлигига ишонтириш, ўзаро ишонч ва холислик туйғуларини шакллантиришдир. Ушбу мақсадларимизнинг амалга оширилиши эса “Устоз шогирд” анъанасидаги айрим муаммоларнинг ечимига сабаб бўлади ва талаба учун Ватанга содиқ, юксак эътиқодли ва замонавий билимга эга бўлиб тарбияланиш имкониятлари яратилади. Биламизки, устоз деган шарафли номга сазовор бўлиш ҳар кимга ҳам насиб этавермайди. Бу улуғ номни олиш учун кўп йиллар давомида мураккаб синовлардан ўтиш лозим бўлган. Кўплаб мутахассислар орасида бу шарафли номга камдан-кам инсонлар сазовор бўлганлар. Бироқ халқимиз орасида ана шундай ўз шогирдларига илҳом берувчи беназир устозлар ҳар соҳада топиладилар. Улар Ватанимизнинг равнақи, бахт-саодати, маънавияти ва маданиятини юксалтириш учун жисман ва маънан хизмат қилмоқдалар. Айниқса, ёшларнинг тарбиясига, ўз касб-ҳунарларининг чуқур билимдони бўлишларига эътиборларини қаратмоқдалар. Хўш, шогирд ким, унда қандай масъулиятлар мужассам бўлиши керак? Шогирд - бу ўрганувчи, билишга, тушунишга ва англашга интилувчидир. Шу ўринда қадимги миллий қадрият ва анъаналарга яна бир назар ташласак, шогирдликнинг ўзига хос одоб-ахлоқ қоидалари бўлган. Чунончи, ўзининг ахлоқ-одобга оид асарлари билан кўп асрлардан буён машҳур бўлиб келаётган файласуфлардан бири Ҳусайн Воиз Кошифий: “Агар сендан шогирдлик одоби нечта, деб сўрасалар, еттита дегин. Аввало, ўз ишига яхши муносабатда бўлиш, яъни ўз касбини севиш, ўз касбига эътиқод қўйиш ва унга ишониш, устоз олдида ҳақсевар бўлиш, ўз ножўя одатларини тарк этиш, кўриш лозим бўлмаган ҳамма нарсалардан нигоҳини олиб қочиш, эшитиш мумкин бўлмаган барча нарсаларга қулоқ солмаслик, барча нолойиқ Апрель 2021 10-қисм Тошкент 75 ишлардан қўл тортиш” деган пурмаъно фикрларни шогирдларга уқтирган. Ёки муқаддас динимизда ҳам “Устоз ва муаллимга ўзни паст тутиб, хокисор бўлиш – нажот эшиги, илм таҳсил қилишнинг асосий омилларидан бири“, дея таъкидланган. Демак, динимиз ҳам шогирдга шундай ўргатади ва шундай уқтиради. Биз шогирдлар, ота-онамиз олдидаги қарзимизни бир умр узолмаганимиз каби устозимиз олдидаги қарзимизни ҳам уза олмаймиз. Зеро, буюк мутафаккир Алишер Навоий : Ҳақ йўлида ким сенга бир ҳарф ўқитмиш ранж ила, Айламак осон эмас, онинг ҳаққин юз ганж ила, – деганларида том маънода ҳақ эдилар. Афсоналарга кўра машҳур саркарда Искандар Румийдан: “Нечун Арасту(Аристотель)ни отангиздан ортиқ иззат қиласиз?” - деб сўрабдилар. У жавоб берибди: - “Отам гўёки мени осмондан ерга туширди. Аммо устозим Арасту мени ердан осмонга кўтарди. Яъни отам мени дунёга келмоғимга сабаб бўлди. Устозим илм ва одоб ўргатиб, мартаба ва иззатимнинг ортмоғига сабаб бўлди”. Кўриниб турибдики, дунёни ўз илм ва маърифати билан лол қилган инсонлар доим устозларини юксак қадрлаганлар, иззат-ҳурматини жойига қўйганлар. Шу сабаб ҳам биз шогирдлар ёш, мавқе ва даржамиздан қатъи назар, сабоқ берган устоз-мураббийларимиз олдида мудом таъзимда ва эҳтиромда бўлмоғимиз даркор. Зеро, уларнинг меҳнатлари беқиёс ва беназирдир. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 76 PSIXOLOGIK DIAGNOSTIKA VA KORREKSIYANING BIRLIGI Fayziyeva Maxliyo Navoiy shahar 9-MTT psixologi Annotatsiya: maqolada psixologik yordam ko‘rsatish va korreksion muolajalarni psixodiagnostik tekshiruv bilan uyg‘unligini ta’minlashga oid fikrlar yoritilgan. Kalit so‘zlar: korreksiya, psixologiya, psixodiagnostika, tekshiruv . Psixologik diagnostika va korreksiyaga oid tamoyillar psixologik yordam ko‘rsatish jarayonining yaxlitligi, mujassamlashganligini ifodalaydi. Ushbu tamoyil butun korreksion faoliyatning negizi bo‘lib, korreksiyaning samaradorligi amalga oshirilgan psixologik diagnostika jarayonining chuqurligi, jiddiyligi bilan belgilanadi. Psixologik diagnostika va korreksiyaning birligi tamoyili ikki yo‘nalishda amalga oshiriladi: Birinchidan, korreksion muolajalarni psixodiagnostik tekshiruv bilan uyg‘unligini ta’minlash, uning asosida birlamchi xulosa tuzish va korreksion-rivojlantiruv ishining maqsad va vazifalarini aniqlash zarur. Korreksion ish samarasi faqatgina dastlabki puxta psixologik diagnostika ishlari bilan belgilanadi. D.B.Elkonin bo‘yicha eng aniq, chuqur tashxis ma’lumotlari agar ular jiddiy o‘ylangan psixologik-pedagogik korreksion tadbirlar tizimi bilan uyg‘unlashtirilmasa, ma’nisiz bo‘lib qolishi mumkin. Ikkinchidan, psixologning rivojlantiruv - korreksion faoliyati mijozning korreksion ishlar jarayonidagi kechinmalari va his-tuyg‘ulari, emosional holati dinamikasi, faoliyati, fe’l-atvorini doimiy nazorat qilishni talab etadi. Ushbu nazorat dasturi vazifalariga zarur o‘zgartirishlarni kiritishni, mijozga psixologik ta’sir ko‘rsatish uslublari va vositalarini vaqtida o‘zgartirish imkonini beradi. Maktab psixologining psixokorreksiya yo‘nalishida olib boradigan asosiy faoliyati o‘quvchi shaxsi va uning individualligini tarkib toptirish jarayoniga faol ta’sir o‘tkazishga qaratilgan. Bunda psixologning vazifasi psixologik xizmatni muayyan qoida, mezonga asoslanib tashkil qilishdan iborat bo‘lib, yosh davri xususityalariga binoan psixikaning rivojlanishi, shaxsning shakllanishi qonuniyatlarini amaliyotda hisobga olgan holda faoliyat olib borish, o‘qituvchilar jamoasiga bolalar, o‘quvchilar ta’lim-tarbiyasini individuallashtirishga ko‘maklashish, ularning qobiliyati, layoqati va iqtidori darajasiga qarab korreksion ishlarni amalga oshirishdan iborat. Amaliyotchi psixologning ushbu yo‘nalishda alohida ahamiyat kasb etuvchi jihati – bolalar, o‘quvchilarning psixik rivojlanishda orqada qolish, ular xulq-atvoridagi og‘ishlar, o‘zlashtirmaslik muammolaridir. Psixik taraqqiyotni tuzatish, korreksiya qilish atamasi dastlab defektologiyada kasal bolalarga nisbatan qo‘llanilgan bo‘lsa, keyinchalik ontogenez psixologiyasining rivojlanishi bilan ushbu tushuncha normal psixik taraqqiyot uchun ham qo‘llanila boshlandi. D.B.Elkonin tuzatishning yo‘nalganligi korreksiya xarakteriga bog‘liq holda tuzatishning ikki usulini ajratib ko‘rsatadi. Bular: taraqqityodan orqada qolish belgilariga qaratilgan simptomatik tuzatish. - taraqqiyotdan orqada qolish sabablari va manbalariga qaratilgan tuzatish. Psixologik amaliyotda normal taraqqiyot korreksiyasi nonormal taraqqiyot korreksiyasidan farqlanadi. Tuzatishning mazmuniga ko‘ra normal taraqqiyotda korreksiyaning quyidagi turlari farqlanadi: - Aqliy taraqqiyot korreksiyasi; - Shaxs taraqqiyoti korreksiyasi; - Salbiy holatlarning oldini olish korreksiyasi. Amaliyotchi psixolog o‘z faoliyatida korreksion vazifalarni yechish maqsadida psixologik yordamni tashkil etishga bog‘liq ravishda uning quyidagi turlaridan foydalanishi mumkin: 1. Madaniy oqartuv ishlari. 2. Maslahat-tavsiyalar berish. 3. Individual va guruhiy korreksiya. Psixologik korreksiya dasturlarini tuzishda quyidagi asosiy tamoyillarga tayanish zarur. Korreksion, profilaktik va rivojlantiruvchi masalalar tizimliligi tamoyili. Bu tamoyil har qanday korreksion ishda 3 ko‘rinishdagi masala mavjudligini ta’kidlaydi, ya’ni 1) korreksion, 2) profilaktik va 3) rivojlantiruvchi. Bunda bola shaxsining har tomonlamarivojlanishidagi bog‘liqlik va notekislik borligini anglatadi. Tushunarliroq aytadigan bo‘lsak, har qaysi bola rivojlanish ining Апрель 2021 10-қисм Тошкент 77 turli bosqichlarida bo‘ladi, ya’ni: juda yuqori pog‘ona – rivojlanish normada, past pog‘ona – rivojlanishda psixik qiyinchiliklar borligini anglatadi. Bunda notekis rivojlanish qonuniyati kelib chiqadi. Shaxsga doir taraqqiyotning ayrim jihatlarini sustlashuvi bola intellekti rivojini ortda qolishi yoki boshqa qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Masalan: bilish va o‘qish motivlarining sust rivojlanganligi ni pirovard natijasida boladagi mantiqiy operasional intellekt ortda qoladi. Shuning uchun korreksion rivojlantiruvchi programmalar masala va maqsadini aniqlaganda hozirgi kundagi dolzarb muammolar bilan cheklanmay rivojlanishning yaqin prognozlaridan ham foydalanish kerak. Bolaga o‘tkaziladigan har qanday psixologik ta’sir faqatgina ortda qolgan bosqichni korreksiya qilishgagina qaratilgan bo‘lmay, ortda qolishni oldini olishga, uyg‘un rivojlanishga yo‘l ochishga qaratilgan bo‘lishi lozim. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 78 DAVLAT VA HUQUQ ASOSLARI FANLARINI O‘QITISHNING UMUMIY METODIKASI Fayzullayeva Zebiniso Ilhomovna, Navoiy viloyat Qiziltepa tumani XTBga qarashli 16-umumiy o‘rta ta’lim maktabining Davlat va huquq asoslari fani o‘qituvchisi Annotasiya: maqolada Davlat va huquq asoslari fanlarini o‘qitish metodikasi, usul va vositalarining umumiy asoslari bayon qilingan. Kalit so‘zlar: huquq, davlat, metodika, usul, vosita, maqsad, kompetentlik. Huquq o‘qitish metodikasi bo‘lajak o‘qituvchilarga dars berish yo‘llarini o‘rgatadi. Fanni o‘qitish sifatini belgilashda metodika fani katta o‘rin egallaydi. Metodika bilan qurollangan har bir o‘qituvchi to‘g‘ri, ijodiy va samarali ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Huquq fani o‘qituvchisi zimmasiga yosh avlodni har tomonlama yetuk va barkamol kishi qilib tarbiyalash singari katta va ma’suliyatli vazifalarni yuklaydi. Huquqni o‘qitish va tarbiyalash metodikasi o‘quvchilarga nimani o‘qitish va qanday o‘rgatish degan savolga javob berib: birinchidan, o‘qituvchilarga fan asoslarini singdiradi; ikkinchidan, ularning o‘rgatish metodlarini aniqlab beradi. Fan asoslari, huquq bo‘yicha bilimning hajmi esa huquqshunoslik fani dasturida belgilab qo‘yilgan. Huquq fani o‘qitish metodikasining o‘ziga xos bir qancha xususiyatlari mavjud: - dars ob’yektlari har xil bo‘lib, mashg‘ulotlarning mazmuni bir biridan tubdan farq qiladi; - darsning mazmuni, mohiyati, yo‘nalishlarini belgilashda o‘qituvchining sifatlari, bilim darajasi, mahorati va hokozolar muhim o‘rin egallaydi; - o‘quvchilarning bilim natijasi har xilligi inobatga olinadi; - darslarda berilgan bilimlar hayotiy hamda amaldagi tartib qoidalar va me’yoriy normalar bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi; - huquq fani asoslari doimiy ravishda yangilanayotganligi hisobga olinadi. O‘qitishning dialektik qonuniyatiga amal qiluvchi huquq o‘qituvchisi, metodika fanini ham turlicha uslub va tamoyillarga ega ekanligini bilib olishi shart. Birinchidan, har bir mavzuni turlicha usullar bilan o‘tish qonuniydir. Ikkinchidan, har bir mashg‘ulot turli-tuman huquq manbalari asosida tashkil etiladi. Uchinchidan, huquq mashg‘ulotida asosan me’yoriy normalar o‘rgatiladi. To‘rtinchidan, darslarda hukumat tomonidan olib borilayotgan siyosatning huquqiy asoslari o‘rgatib boriladi. Beshinchidan, yoshlarga intizom va tartib qoidalar muntazam ravishda o‘rgatib boriladi. Bular pedagogik qonuniyatlar bo‘lib, ularni huquq o‘qitish metodikasi fanida ham qo‘llanilishi maqsadga muvofiqdir. Fan asoslarini o‘qitish va metodikani bir-biridan farq qilmoq kerak. Metodika o‘quvchilarga nazariy bilim bilim bilan birgalikda undan foydalanish yo‘llarini ham ko‘rsatadi. Nazariya fanning asoslarini, uning maqsad, vazifasi, dolzarbligini o‘rgatadi. Huquq fanidan ko‘pgina dars o‘tish nazariyasini amalda qo‘llash yo‘llarini metodika o‘rgatadi. Nazariya amaliyotga ishonch bahsh etadi. Nazariyasiz amaliyot qanotsiz qush, shuning uchun ham har bir o‘qituvchi metodikani albatta bilishi shart. Metodika hayotda qo‘llash mahoratini keltirib chiqaradi. Metodikani bilmagan o‘qituvchi; birinchidan, ko‘r-ko‘rona ish olib boradi; ikkinchidan, mehnat natijalariga erisha olmaydi; uchinchidan, o‘qituvchilik faoliyatida hato kamchiliklarga yo‘l qo‘yadi. Xulosa qilib aytganda, huquqiy bilimning asosiy maqsadi shaxsda, guruhda huquqiy tushunchani shakllantirish va uning asosida huquqiy tarbiyaga erishishdan iboratdir. Huquqiy bilim olish jarayonida o‘quvchilar qonunlarni bilishga, ulardan foydalanishga, hayotga tadbiq etishga erishishlari, o‘z huquq va erkinliklarini mukammal bilib, qonunga rioya qilish majburiyatini o‘rganishi lozim. Huquqiy bilim bilan bog‘liq huquqiy tarbiyada shaxslar huquqbuzarlik sodir etmasliklari, Апрель 2021 10-қисм Тошкент 79 qonun doirasida ish tutishlari, o‘zlarini va boshqa shaxslarni hurmat qilishlari, davlat, jamiyat va oilada ovrnatilgan tartib- qoidalarni buzmasliklari kabi tarbiyaga erishishlari kerak. Bu maqsadni amalga oshirishda eng birinchi o‘rinni huquqiy ta’lim va shunday ta’limni beruvchi shaxs egallaydi. Fanning vazifasi ham shundadir. Ta’lim beruvchi o‘zining bugungi mavzusini shu darajada yaxshi bilishi kerakki auditoriya uni eshitsin, undan mamnun bo‘lsin. Huquqiy ta’lim bo‘yicha berilgan ma’lumotdan tinglovchi o‘zining kundalik xayotida, amaliyotda foydalana olish darajasiga ega bo‘lsin ya’ni, bugungi kun talabi, ta’lim oluvchining ham, ta’lim beruvchiningham kompetentligini rivojlantirish talab etiladi. Ta’lim beruvchining o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi ana shundan iborat bo‘lishi lozim. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Abduqodirov A.A., Astanova F.A., Abduqodirova F.A. “Case-study” uslubi: nazariya, amaliyot va tajriba.-T.: “Taffakur qanoti”, 2012-yil. 2. Asadov Yu., Turdiyev N, Akbarova S., Temirov D., Babadjanov S. “O‘quvchilarda kompetensiyalarning shakllanganligini tashxislash va korreksiyalash metodikalari”.-T.: “Q.Niyoziy nomidagi O‘zbekiston Pedagogika fanlari tadqiqot instituti”, 2016-yil. 3. Amanova O. “Davlat va huquq asoslari kursida ko‘rgazmali qurollardan foydalanish”, “O‘qituvchi”, 1999-yil. 4. Jo‘raev Y., Topildiev V. va boshq.; Huquqshunoslik. O‘quv qo‘llanma – T.: VORIS, 2015-yil. 5. Ishmuxamedov R.J., Yuldashev M. Ta’lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar.– T.: “Nihol” nashriyoti, 2013, 2016 -yil. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 80 BOSHLANGʻICH SINFLARDA OT SO‘Z TURKUMINI O‘QITISH AHAMIYATI Hamroyeva Muhtaram Xalilovna Qiziltepa tumani 6-umumiy òrta ta’lim maktabi boshlanģich sinf òqituvchisi Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda o‘rganiladigan ot so‘z turkumlarining nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Kalit so‘zlar: pedagogik mahorat, kreativlik, komil inson, multimediya, ot, kelishik, kim, nima, leksik, birlik, ma’no,ko‘plik Boshlang‘ich sinflarda ona tili fanida o‘quvchilarni og‘zaki va yozma nutqini har jihatdan shakllantirish ta’lim sohasidagi barcha pedagogik fanlar bilan bog‘langan holda amalga oshiriladi va ana shu fanlarni to‘liq o‘rganishga tayyorlaydi. Boshlang‘ich sinflarda “OT” so‘z turkumini o‘rganish tizimi aniq izchillikda, bir-birini to‘ldirgan holda, berilayotgan bilim va mashqlar asta soddadan-murakkabga qarab maqsad tomon yo‘naltiriladi. Bu jarayonda o‘quvchilar otdan to‘g‘ri foydalanish va to‘g‘ri yozish malakasini shakllantiriladi. Otning til hodisasi sifatidagi xususiyatlari, uni o‘rganish vazifalari, o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, har bir sinf uchun beriladigan material hajmi, ularni o‘rganish izchilligi belgilangan. 1-4-sinflarda otni o‘rganish vazifalari: Ot haqidagi grammatik tushunchani shakllantirish; Kim? so‘rog‘iga javob bol’gan otlardan nima? so‘rog‘iga javob bo‘lgan otlarni farqlash ko‘nikmasini hosil qilish; Atoqli otlarni (kishilar ismi-sharifi, hayvonlarga qo‘yilgan nomlar, ko‘cha va hakozolar) bosh harf bilan yozish ko‘nikmasini shakllantirish; Otlarni birlik va ko‘plikda qo‘llanishi bilan tanishtirish; Otlarni egalik qo‘shimchalari bilan to‘g‘ri qo‘llash ko‘nikmasini shakllantirish; Otlarning kelishiklar bilan turlanishi va kelishik qo‘shimchalarining yozilishi haqida malaka hosil qilish; O‘quvchilar lug‘atini yangi otlar bilan boyitish va ulardan nutqda aniq, o‘rinli foydalanish malakasini oshirish; So‘zlarni tahlil qilish, taqqoslash, umumlashtirishni bilish. Yuqorida berilgan otni o‘rganish vazifalari o‘zaro bog‘langan holda bajariladi. Shu bilan birga, “ot” mavzusini o‘rganishning muayyan bosqichida bajarish lozim bo‘lgan bir vazifani hal qilishga ko‘proq ahamiyat beriladi. Masalan, 1-2-sinflarda otning faqat belgilari, nimani bildirishi, so‘roqlari o‘rganiladi. 3-sinfda otga atama beriladi, birlik va ko‘plikda qo‘llanishini o‘zlashtirishga ahamiyat beriladi. 4-sinfda otning egalik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi, kelishiklar bilan turlanishi va kelishik qo‘shimchalarining yozilishini o‘rganishga e’tibor qaratiladi. Kichik yoshdagi bolalarni nutqi va tafakkurini o‘stirish vazifasi ta’lim berish jarayonida otni o‘rganishning barcha bosqichlarida bajariladi. O‘quvchilarning lug‘atini boyitish, bog‘lanishli nutq malakalari va fikrlash qobiliyatini o‘stirish grammatik bilimlarni o‘rganish va orfografik malaka hosil qilishning butun jarayonida amalga oshiriladi. Keyingi bosqichda otning leksik ma’nolari va grammatik belgilari ustida maxsus ishlanadi. O‘quvchilar kim? so‘rog‘iga javob bo‘lgan otlarni nima? so‘rog‘iga javob bo‘lgan otlardan farqlashni, ularni so‘roq berish bilan ajratishni o‘rganadilar, ularda mavhum grammatik tafakkur o‘sa boradi va atoqli otlarni bosh harf bilan yozish ko‘nikmasi shakllana boradi. O‘quvchilarni 2-sinfda otlarni atamasiz, leksik ma’nosi, atoqli va turdosh otlar haqidagi bilimlari chuqurlashtiriladi. Otlarning birlik va ko‘plikda qo‘llanishi bilan o‘quvchilar 3-sinfda tanishadilar. Bu jarayonda o‘quvchilar: a) birlik va ko‘plikda qo‘llangan otlarning ma’nosi va qo‘shimcha orqali farqlash; b) birlikdagi otdan ko‘plik shaklidagi va ko‘plikdagi otdan birlik sondagi ot hosil qilish; v) gapda so‘zlarning bog‘lanishini hisobga olgan holda, otlardan nutqda to‘g‘ri foydalana olish ko‘nikmalari shakllantiriladi. Otlarni egalik qo‘shimchalari bilan qo‘llash murakkab jarayon bo‘lib, bu tushunchani 4-sinf o‘quvchilariga o‘rgatishdan avval ularga shaxs tushunchasini tanishtirish lozim bo‘ladi. Buning Апрель 2021 10-қисм Тошкент 81 uchun o‘quvchilarda shaxs, narsaning kimgadir tegishli ekani, shu narsaning kimgadir qarashliligi, uning egasini bildirishini misollar bilan tushuntiriladi. Masalan: Bugun chizgan rasmim yaxshi chiqdi. Sening rasming qanday chiqdi? Odilning chizgan rasmi ham yaxshi chiqibdi. Gaplarda berilgan rasmim, rasming, rasmi so‘zlarini tahlil qilib, o‘zak rasm ekani –im, -ing, -i qo‘shimcha ekanini aniqlanadi. Shunda o‘qituvchi rasm va rasmim so‘zlarini taqqoslashni topshiradi va o‘quvchilar bu so‘zning qo‘shimchasi yuzasidan fikr yuritadilar, ammo bu ular uchun muammoli vaziyatni keltirib chiqaradi. Ular bu borada aniq fikr bera olmaydilar, shunda o‘qituvchi bu vaziyatni xal qilish uchun o‘quchilarga tilda uchta shaxsni mavjudligi va ular: I shaxs – so‘zlovchi; II shaxs – tinglovchi; III shaxs – o‘zga ekanini, ya’ni, men - so‘zlovchi, sen – tinglovchi, u - o‘zga ekanligi va otning shu uch shaxslardan qaysi biriga tegishli ekanini qo‘shilgan qo‘shimchalar orqali aniqlanishi, o‘z navbatida ana shu qo‘shimchalar egalik qo‘shimchalari ekanligi, ular birlik va ko‘plikda qo‘llanishi haqida tushuncha beradi. Misollar orqali egalik qo‘shimchalarining otlarga ikki usulda qo‘shilishi, ya’ni unli bilan tugagan otlarga –m, -ng, -si, -miz, -ngiz, -si egalik qo‘shimchalari, oxiri undosh bilan tugagan otlarga –im, -ing, -i, -imiz, -ingiz, -i egalik qo‘shimchalari qo‘shilishi haqida tushunchalar beradilar. O‘quvchilarning egalik qo‘shimchalari yuzasidan egallagan ko‘nikmalarini shakllantirish uchun turli mashqlardan foydalaniladi. Masalan, matndan egalik qo‘shimchasi bilan qo‘llangan otni topish, uni tarkibiga ko‘ra tahlil qilib, egalik qo‘shimchasini shaxs-sonini aniqlash, matnda berilgan otga tushirib qoldirilgan egalik qo‘shimchasini qo‘shish, narsa qaysi shaxslarga qarashli ekanini aytish kabilar. Keyingi bosqichda otlarning kelishik qo‘shimchalari bilan qo‘llanilishi o‘rgatiladi. Kelishiklar otlarning gapda boshqa so‘zlar bilan munosabatini ifodalaydi. Demak, kelishiklarni o‘rganishda o‘quvchilarning gapda so‘zlarning bog‘lanishini bilishlari nazarda tutiladi. Kelishiklar ustida ishlash o‘quvchilar gapda ma’no va grammatik tomondan bog‘langan so‘z birikmalarini ajratishga o‘rganganlaridan so‘ng, boshlanadi. Kelishiklarni bilish uchun o‘quvchi otning gapda qaysi so‘z bilan bog‘langanini aniq bilishi lozim. Demak, ot boshlang‘ich sinflarda yaxlit holda o‘rganiladi. O‘quvchilarda ot so‘z turkumnining belgilarini, vazifasini o‘zlashtirish bilan birga, kelishik qo‘shimchalarini to‘g‘ri yozish ko‘nikmasi shakllantiriladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Abdurahmonova N., O‘rinboyeva L. Ona tili / O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma / 2-sinflar uchun. – Toshkent: “Ehtremum-press”, 2014. – 80 b. 2. Masharipova U., Umarova M., Boynazarova D., Nabiyeva M. Ona tili / O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma / 4-sinflar uchun – Toshkent: “Ehtremum-press”, 2017 – 88 b. 3. Tal’at G‘afforova. Boshlang‘ich ta’limda zamonaviy pedagogik tehnologiyalar. – Toshkent: Tafakkur, 2011. – 160 b. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 82 O‘ZBEKISTONDA INSON VA FUQAROLARNING ASOSIY HUQUQLARI, ERKINLIKLARI VA BURCHLARI Ismoilova Nilufar Iskandarovna Hazorasp tumani 24-son maktab Tarbiya, huquq fani o‘qituvchisi Annotatsiya: Ushbu maqolada mamlakatimizda inson va fuqorolarning huquq va erkinliklari va burchlari haqida so‘z yuritiladi. Kalit so‘zlar: shaxsiy huquqlar, xalqaro xujjatlar, fuqorolik jamiyati, erkinliklar, burchlar. O‘zbekiston davlat mustaqilligiga erishgach, ijtimoiy-siyosiy hayotning barcha tarmoqlarini demokratlashtirish yo‘liga o‘tdi. Jahon tajribasidan ma’lumki, shaxsning asosiy huquq hamda erkinliklarini qat’iy himoya qilmasdan va amalda ta’minlamasdan turib, jamiyatni demokratlashtirish mumkin emas. Xalqimizning boy ma’naviy salohiyati, uning tasarrufida bo‘lmish ulkan tabiiy boyliklar va texnikaviy imkoniyatlar, mustahkamlanib borayotgan xalqaro aloqalar demokratik rivojlanish hamda inson huquqlariga rioya etilishi uchun zarur shartsharoitlarni bosqichma-bosqich yaratish imkonini bermoqda. O‘zbekiston Konstitutsiyasi inson huquq va erkinliklari borasida BMT ning 1948 yilda qabul qilingan “Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasi”ifodasini topgan qoidalarni yahlit mushtaraklikda mujassamlashtirib olgan. O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’iy nazar, qonun oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilab qo‘yiladi hamda ijtimoiy adolat prinsipiga mos bo‘lishi shart. Inson huquqlari jahonda yetakchi maqomga ega. Har qanday rivojlangan demokratik fuqarolik jamiyatini barpo etishda inson huquqlari roliga yetarli baho bermaslik mumkin emas. Asosiy huquq va erkinliklarning rag‘batlantirilishi hamda himoyalanishi yanada muhimrog‘i,k jamiyatda har bir inson huquqlari kafolatlarining amaldagi tizimining tashkil etilishi huquqiy davlat qurishning bosh sharti hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi o‘zining ichki va tashqi siyosatida BMT ning ikkinchi Umumjahon konferensiyasida 1993-yili tasdiqlangan “ Inson huquq va erkinliklarining universalligi” talablariga qat’iy rioya etib, ular himoyasi barcha davlatlarni qonuniy ravishda tashvishlantirib turuvchi muammo ekanligi haqiqatidan kelib chiqadi. Bugun jahonda 300 dan ortiq hujjat inson va fuqarolar huquqi sohasidagi xalqaro-huquqiy hujjatlar tizimini tashkil etadi. Ularning aksariyatini BMT ning xalqaro-huquqiy hujjatlari tashkil etadi. Universal maqomdagi hujjatlardan tashqari, inson huquqlarini ta’minlash va himoyalashning mintaqaviy tizimlari faol shakillantirmoqda. Bugungi kunda Yevropa, Amerika va Afrika tizimlari mintaqada inson huquqlarini ta’minlashning ko‘proq rivojlangan tizimi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi hozir inson huquq va erkinliklarini himoyalash sohasidagi 60 dan ortiq xalqaro-huquqiy hujjatlarga qo‘shilgan. Odatda, inson huquqlarining uch bo‘g‘ini bir-biridan farqlanadi: - fuqarolik va siyosiy huquqlari; - yashash huquqi, qiynoqqa solishning, adolatli sudlov huquqi, shaxsiy hayotning daxlsizligi huquqi, fikr va so‘z erkinligi huquqi, uyushmalarga birlashish huquqi va boshqalar; -- iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar; bilim olish huquqi, mehnat qilish huquqi, ijtimoiy ta’minot olish huquqi, malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi. Mazkur qoida O‘zbekiston qonun hujjatlarining butun bir tizimida mustahkamlab qo‘yilgan. Unga ko‘ra, fuqarolarning faqat ayrim qatlamlari-nafaqa oluvchilar, nogironlar, talabalar, bolalar, urush va mehnat faxriylariga qonunga binoan biror-bir imtiyozlar berilishi mumkin. Belgilangan imtiyozlar ijtimoiy adolat va qonun oldida tenglik prinsiplariga asoslanishi darkor. Jamiyatda shaxsning tutgan o‘rni, fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklari hamda burchlari konstitutsiyaviy huquq normalarida o‘z ifodasini topqdi. Inson va jamiyat, shaxs va davlat munosabatlaridagi qator muammolar yechimini topishda, avvalambor huququy holatiga qanchalik yondashilganligi katta ahamiyatga ega. Shaxsning huquqiy holatining asoslari, uning tarkibiy qismlari har bir taraqqiy etgan mamlakatlar konstitutsiyalari, konstitutsiyaviy qonunlari va qonunlarida mustahkamlab qo‘yilgan. Har bir shaxs jamiyat a’zosi sifatida namoyon bo‘lar ekan, shu jamiyat va uning a’zolari oldida ma’lum mas’uliyatlarni o‘z bo‘yniga oladi. Chunki shu jamiyat a’zosi sifatidagina u ma’lum mavqeiga ega ekan, shu sababli jamiyatning faol a’zosiga Апрель 2021 10-қисм Тошкент 83 aylanishi lozim. Jamiyat o‘z navbatida davlat bilan ham ma’lum munosabatlar o‘rnatadiki, bunday munosabatlarning eng yuqori ko‘rinishi, o‘zining har bir a’zosining huquq va erkinliklari davlat tomonidan himoya qilinishi, himoya qilinishining muammosini qanchalik darajada hal qilinganligi bilan ifodalanadi. Davlat jamiyat hayotidagi barcha ijtimoiy–iqtisodiy, siyosiy munosabatlari tartibga solib borish vazifasini amalga oshirishda huquqiy vositalardan qanchalik mohirona foydalana olsa, jamiyat hayoti ham shunchalik erkin muhitga ega bo‘ladi. Shaxsning huquqiy holati asosan ikki mezon asosida belgilanadi. Birinchidan, shaxsning jamiyat a’zosi sifatidagi munosabatlarida, ikkinchidan, shaxsning muayyan davlat bilan yuzaga keladigan munosabatlar asosida. Shaxs huquqiy holatini belgilovchi, ya’ni shaxsning tartibga solinishi jamiyatda amalda bo‘lgan ijtimoiy normalar ta’sirida yuzaga keladi. Bunda urf-odat, odob-axloq normalarining, jamiyatda mavjud va shakllanayotgan an’analarning alohida o‘rni mavjud. Shunga qaramay, ijtimoiy normalar shaxsning huquqiy holatiga salmoqli ta’sir o‘tkazmaydi. Shaxs bilan davlat o‘tasidagi munosabatlar hujjatlar bilan tartibga solinadi. Davlat mavjud bo‘lgan barcha huquq sohalarining vazifasim ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan bo‘lsada, eng asosiy tomoni-konstitutsiyaviy huquq sohasi asosida shaxsning huquqiy holatiga ma’lum baho berish mumkin. Shaxsning huquqiy holatiga ta’sir etuvchi qator omillar mavjudki, ular bevosita shaxsning jamiyat va davlat bilan bo‘lgan munosabatlarida ko‘rinadi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. I.A.Karimov. Inson, uning huquq va erkinliklari hamda manfaatlarieng oily qadriyat. Xalq so‘zi. 2005-yil 8-dekabr soni. 2. H. Rahmonqulov. Fuqarolik: huquqlar, erkinliklar, burchlar. –T.; “O‘zbekiston”, 1991. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 84 UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA RUS TILI DARSLARINI TASHKIL ETISHDA INTERFAOL USULLARNING AHAMIYATI Bautina Yuliya Denisovna Isxakova Sanobar Bekchanovna Xorazm viloyati Urganch shahar 15 son maktabi rus tili fani o‘qituvchilari Annotatsiya: Ushbu tezisda umumta’lim maktablari o‘quvchilari bilan rus tili darslarini zamonaviy ped-texnologiyalar asosida dars tashkil etish haqida so‘z yuritiladi. Kalit so‘zlar: didaktik, rus tili, interfaol metod, tarbiya, uslub, sinf. O‘zbеkiston mustaqillikka erishgan kundan boshlab o‘tgan qisqa vaqt ichida o‘zbеk xalqi siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda katta yutuqlarga erishdi. O‘z tarixiga yangicha tafakkur asosida yondoshish, ulug‘ ajdodlar qoldirgan boy madaniy, ma’naviy mеrosni o‘rganish sharafiga muyassar bo‘ldi, milliy g‘ururi qayta tiklandi. Rеspublikada ilm-fan, jumladan pеdagogika fani yangi taraqqiyot bosqichiga ko‘tarilmoqda. Umumta’lim maktabi o‘quvchilari bilan rus tili darslari quyidagi umumiy didaktik talablarga javob bеrishi lozim: 1. Har bir dars ma’lum bir maqsadni amalga oshirishga qaratilgan va puxta rеjalashtirilgan bo‘lmog‘i lozim. 2. Har bir dars mustahkam g‘oyaviy-siyosiy yo‘nalishga ega bo‘lmog‘i lozim. 3. Har bir darsda o‘quvchining lug‘at boyligini rivojlantirishga qaratilgan tashkil jarayonlarni amalga oshirish zarur. 4. Har bir dars xilma-xil usul, uslub va vositalardan unumli foydalangan holda olib borilmog‘i lozim. 5. Darsga ajratilgan har bir soat va daqiqalarni tеjab, undan unumli foydalanmoq lozim. 6. Har bir dars o‘qituvchi va o‘quvchilarning faolligi birligini ta’minlamog‘i lozim. Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida o‘qitishning zamonaviy metodlari keng qo‘llanilmoqda. O‘qitishning zamonaviy metodlarini qo‘llash o‘qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Bu metodlarni har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq. Rus tili darslarida an’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda uni ta’lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan turli-tuman metodlar bilan boyitish ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirish darajasi o‘sishini ta’minlashz zarur. Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash borasida katta tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda. Interfaol ta’lim metodlari hozirda eng ko‘p tarqalgan va barcha turdagi ta’lim muassasalarida keng qo‘llanayotgan metodlardan hisoblanadi. Shu bilan birga, interfaol ta’lim metodlarining turlari ko‘p bo‘lib, ta’limtarbiya jarayonining deyarlik hamma vazifalarini amalga oshirish maqsadlari uchun moslari hozirda mavjud. Amaliyotda ulardan muayyan maqsadlar uchun moslarini ajratib tegishlicha qo‘llash mumkin. Bu holat hozirda interfaol ta’lim metodlarini ma’lum maqsadlarni amalga oshirish uchun to‘g‘ri tanlash muammosini keltirib chiqargan. Hozirda ta’lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yo‘nalishlardan biri interfaol ta’lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat. Barcha fan o‘qituvchilari dars mashg‘ulotlari jarayonida interfaol usullardan borgan sari kengroq foydalanmoqdalar. Interfaol usullarni qo‘llash natijasida o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o‘z fikrini bayon qilish, uni asoslagan holda himoya qila bilish, sog‘lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko‘nikmalari shakllanib, rivojlanib boradi. Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta’lim beruvchi tomonidan ta’lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil rag‘batlantirib turilishi, o‘quv materialini kichik-kichik bo‘laklarga bo‘lib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahsmunozara, muammoli vaziyat, yo‘naltiruvchi matn, loyiha, rolli o‘yinlar kabi metodlarni qo‘llash va ta’lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi. Misol tariqasida “Как выразить приказ, просьбу, совет, предупреждение” mavzusini interfaol usulda o‘quvchilarga o‘tish bo‘yicha keltirish mumkin. Bunda “aqliy xujum” metodi orqali dars tashkil etish mumkin. Avvalo sinf guruhlarga ajratiladi. Har bir bir jamoaga ma’lum bir muddat Апрель 2021 10-қисм Тошкент 85 beriladi. Bu muddat davomida guruhlar bir birlariga savollar tayyorlashlari va qisqa tanishuv gaplari bilan bir birlariga yuzlanadilar. Birinchi jamoa ikkinchi jamoaga yo‘llagan savollarga ikkinchi jamoa javob berish kerak. Shudnay qilib dars davomidan o‘quvchilarni so‘zlashish darajasi bir pog‘ona o‘shishi va muloqot qila olish ko‘nikmasi shakllanadi. Rus tili darslarida qo‘llash mumkin bo‘lgan interfaol mashg‘ulot turlari ko‘p bo‘lib, ularni dars mavzusining xususiyatlari hamda ko‘zda tutilgan maqsadlarga muvofiq tanlanadi va tegishlicha tayyorgarlik ko‘riladi. Interfaol mashg‘ulotda ishtirok etish uchun o‘quvchilarning tayyorliklariga o‘ziga xos talablar qo‘yiladi, bular mashg‘ulotda faol ishtirok etish uchun zarur bilimlarni o‘zlashtirganlik, muloqotga tayyorlik, o‘zaro hamkorlikda ishlash, mustaqil fikrlash, o‘z fikrini erkin bayon qilish va himoya qila olish ko‘nikmalari va boshqalardan iborat. Mashg‘ulotda vaqtdan unumli foydalanish zarur shart hisoblanadi. Buning uchun zarur vositalarni to‘g‘ri tanlash, tayyorlash hamda mashg‘ulot o‘tkazuvchilar va ularning vazifalari aniq belgilangan bo‘lishi lozim. Bunda yangi bilimlarni berish, ko‘nikmalarni shakllantirish, rivojlantirish, mustahkamlash, bilimlarni takrorlash, amalda qo‘llash mashg‘ulotlarida hamda o‘quv fanining xususiyatlarini hisobga olgan holda har bir mavzu bo‘yicha mashg‘ulot uchun eng maqsadga muvofiq bo‘lgan interfaol yoki boshqa metodlarni to‘g‘ri tanlash nazarda tutiladi. To‘g‘ri tanlangan metodlarni qo‘llash mashg‘ulotning qiziqarli va samarali bo‘lishini ta’minlaydi. Foydalanilgana adabiyotlar 1. Вендина Т.И. Введение в языкознание: Учеб. пособие для пед. вузов. – М.: Высш. шк., 2001. 2. Umumta’lim maktablarining rus til darsliklari. 3. www.ziyonet.uz sayti Апрель 2021 10-қисм Тошкент 86 BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA MEDIADARS TUSHUNCHASI Jumamurotova Dilbar Shukurlayevna Xorazm viloyati Shovot tumani 23-maktab boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi jumamurotovadilbar @gmail.com//90-725-00-36 Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’limda mediadars bilimlarni yanada oshirish vositasi ekanligi haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: mediadars,interfaol usullar,multimedia vositalari,elektron darslik Bugungi kunda ta’lim tizimiga bo‘lgan e’tibor juda katta.Chunki ta’lim kelajagimizni belgilaydi,sifatli ta’lim berish esa bosh maqsadimizdir. Har bir vatanparvar yurtdoshimiz davlatimizni rivojlangan davlatlar qatorida ko‘rishni istaydi.Shu bois davlatimiz tomonidan yoshlarga,ularning ta’lim-tarbiyasiga katta e’tibor qaratilmoqda.Chunki yoshlar bizning kelajagimizdir. XXI asr-axborot texnologiyalari asri hisoblanadi. Axborotlashtirish jarayoni tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan hozirgi davrda mamlakatimizning ta’lim tizimiga yangi texnologiyalarni joriy qilish,axborot resurslaridan o‘quv jarayonida samarali foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda.Yangilanayotgan ta’lim tizimida yakuniy natija bevosita ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshiradigan o‘qituvchi mehnatining qanday tashkil etilishiga borib taqaladi. Bu vazifani hal qilish uchun yoshlarni hayotga tayyorlashning yangi texnologiyasi,metod,usul, vositalardan foydalanish lozim bo‘ladi.Ta’lim tizimiga qo‘yilayotgan ulkan vazifalar esa ta’lim berishga munosabatni,yondashuvni o‘zgartirishni talab etadi. Natijada maktablarda “mediadars” degan tushuncha paydo bo‘ldi.Bu tushuncha dastlab boshlang‘ich ta’limga kirib keldi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga dasr jarayonida multimedia vositalari,disklar,elektron darsliklar va boshqa turli vositalardan foydalanish tavsiya qilindi. Multimedia-ta’limni rejalashtirish va boshqarishda multimedia vositalari,ya’ni audio,video,teleimkoniyatlardan foydalanish demakdir. Mediadarsda grafik,surat,harakatli tasvirlar hosil qilish va namoyish qilishda multimedia vositalari katta rol o‘ynaydi.Zamonaviy ta’limning eng muhim vositasi o‘quvchiga faqatgina muayyan bilimni o‘rgatish emas,ularning fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, bilimlarni interfaol metodlar orqali yanada kengaytirish va egallagan bilimlarni amalda samarali qo‘llay olish ko‘nikmasini shakllantirishdan iborat.Bunda mediadarsning ahamiyati katta.Faqatgina darslik orqali o‘tiladigan darslarda o‘quvchilarning bilimlari yaxshi shakllanmaydi. O‘quvchi shu mavzuga oid turli grafik,fotosuratlar,harakatli va videotasvirlar, ko‘rsatmali xaritalarni ko‘rish va eshitish orqali o‘rganadi.Bu esa darsning qiziqarli,rang-barang,faol harakatlar asosida o‘tilishini ta’minlaydi. Darslar ko‘rsatmali va interfaol usulda bo‘lgani bois o‘quvchilarning e’tiborini jalb etadi va faolligini oshiradi. Mediadarslarda kompyuter texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarning savodxonligini oshiradi,mustaqil fikr yuritish ko‘nikmasini rivojlantiradi. Boshlang‘ich ta’lim darslarida ma’lumotlarni faqat kitobdan o‘qib,ko‘proq tushunchaga ega bo‘lish qiyin.Mavzularni o‘quvchi nazariy bilish bilan birga amalda ham ko‘rsa,o‘simlik va hayvonlarni,shaharlar va ishlab chiqarish korxonalarini videodarslar orqali ko‘rib o‘rgansa,mavzu yanada qiziqarli va tushunarli bo‘ladi. Sifatli elektron darslik ham davr talabi. O‘quv qo‘llanmalardagi dasturlar an’anaviy dars tizimiga moslashtirilgan, shu sababli elektron darslik tuzishda noan’anaviy dars usuliga moslab animatsiyali dasturlar, test va krossvordlar va “Ortiqchasini top”, “Men kimman?” singari o‘yin uslublaridan foydalanishga katta ahamiyat berishimiz darkor. Elektron darsliklar talab darajasida yaratilishini har bir fan o‘qituvchilari o‘z zimmasiga olishi shart, deb o‘ylayman. O‘qituvchi o‘z texnologiyasini va ish usullarini tanlash huquqiga ega, chunki har bir o‘qituvchi o‘quvchining rivojlanishi uchun tinimsiz izlanishda bo‘lmog‘i lozim. Xulosa qilib aytganda,interfaol metodlar,innovatsion texnologiyalar asosida tashkil qilinadigan mediadarslar o‘quvchilarda nazariy bilimlarni amaliy bilib olish ko‘nikmalarini tarbiyalashga yordam beradi.Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni dars jarayoniga tatbiq etganda ta’lim oluvchilar juda yaxshi bilim,ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishadi. Ta’lim tizimiga joriy qilinayotgan bu islohotlardan asosiy maqsad davlatimizni yanada rivojlantirish,unga munosib vorislar yetishtirishdir. Demak, ta’lim tizimiga axborot kommunikatsiya vositalarini keng joriy etib, o‘quvchilarga mediadarslar orqali saboq berilsa,yosh avlod zamonaviy texnika Апрель 2021 10-қисм Тошкент 87 imkoniyatlaridan keng foydalana oladigan yetuk kadrlar bo‘lib ulg‘ayadi Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Yo‘ldoshev J., “Ilg‘or pedagogik texnologiyalar”. – Toshkent,Fan-2004-yil. 2. Haydarov B. va b.q. Ta’lim samaradorligini oshirish yo‘llari.Toshkent- 2002-yil 3. Eshmuhammedov R.O‘quv jarayonida interfaol usullar va pedagogik texnologiyalarni qo‘llash uslubiyati,Toshkent-2008-yil. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 88 ADABIYOTSHUNOSLIK – BADIIY ADABIYOT HAQIDAGI FAN. Jumaniyazova Manyara Baxtiyarovna Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanidagi 4-son ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Annotatsiya. Adabiyotshunoslik – “filologiya”(gr.philo – sevaman va logos - so‘z), ya’ni “so‘zshunoslik” fanining katta bir sohasidir. Uning ikkinchi sohasi – tilshunoslik yoki lingvistika (lat. Lingma - til)dir. Ikkalasi ham o‘ziga xos tarzda so‘zshunoslikning tabiatini o‘rganadi. Kalit so‘zlar. Adabiyotshunoslik, morfologik, sintaksis, morfema, so‘zning san’ati, poetik til, Axloq. Adabiyotshunoslik – jahon adabiyoti durdonalarini o‘rganish asosida badiiy adabiyotning qonun-qoidalari, siru asrorlarini kashf etish bilan shug‘ullansa, tilshunoslik – tilning grammatik qurilishi (morfologik va sintaksis)ni, ya’ni so‘z shakllarini, ularning hosil bo‘lish yo‘llarini, so‘zlarning morfema sostavini, so‘z turkumlarini; so‘zlarining birikish yo‘llarini, gapning tuzilishi va tiplarini, gap bo‘laklarini o‘rganadi. Birgina jumla bilan aytsak, adabiyotshunoslik so‘zning san’atini, tilshunoslik – so‘zning mag‘zini chaqadi. Bu fanlar doimiy aloqada bo‘ladilar va hamisha bir-birlarining kamoloti uchun xizmat qiladilar. Til va uning qonuniyatlari adabiyotning tug‘ilishi va rivoji uchun qanchalik xizmat qilsa, adabiyotning poetik tili – tilning rivoji va qonuniyatlari mohiyatini ochish uchun shunchalik asos beradi. “Adabiyot” atamasi (arabcha - adab) “odob” so‘zidan olingan. Odob-axloq jamiyat ma’naviyatining o‘zagi, inson kamoloti (insoniyligi)ning ko‘rsatgichidir. Axloq – ma’naviyatning amalidir, ma’naviyat esa o‘zlikni anglashdir. Uni o‘rganish – inson qalbiga sayqal berishdir. Shuning uchun ham adabiyot inson tuyg‘ularining adadsiz to‘lqinini ezgulik yaratish ishiga safarbar etadi. U turli xalqlar tilida turlicha ataladi. Chunonchi, ruslarda “literatura” (lat. letera - harf), nemislarda “wortkunst” (so‘zshunoslik), o‘zbek va tojiklarda “adabiyot”... Bundan qat’i-nazar “Adabiyot” so‘zi uch xil ma’noda qo‘llaniladi: 1. Bir xalqning, davrning badiiy, ilmiy, filosofik va boshqa asarlari majmui: o‘zbek adabiyoti, antik adabiyot. 2. San’atning so‘z, til vositasida badiiy obrazlar yaratuvchi sohasi va shu sohada yaratilgan asarlar majmui: she’r, proza, drama. 3. Muayyan bir fan yoki sohaga, masalaga oid kitoblar: siyosiy adabiyot, adabiyotshunoslikka oid kitoblar, terrorizmga qarshi kurashga bag‘ishlangan asarlar. Ko‘rinadiki, “Adabiyot” atamasi keng ma’noda qo‘llanilganda yozilgan barcha asarlarni qamraydi va tor (professional, maxsus) ma’noda ishlatilganda faqatgina badiiy asar (romanlar, g‘azallar, dostonlar, balladalar, komediyalar kabi)larni ko‘zda tutadi. “Adabiyotshunoslik” atamasi “Adabiyot” so‘ziga fors – tojikcha “shinohtan” (“bilish”, “tayin etish”) fe’lining va o‘zbekcha “lik” affiksining qo‘shiluvidan yasalgan. “Shinohtan” singormonizmga uchrab, “shunos” shakliga kelib qolgan va u o‘zbek tilida “biluvchi”, “o‘rganuvchi” ma’nolarida ishlatiladi. Bundan ko‘rinadiki, adabiyotshunoslikning o‘rganish manbai, asosi – badiiy asarlar jamidir. Albatta, badiiy asarlar tabiatini o‘rganish, o‘z navbatida, ijodiy jarayon qonuniyatlarini, adabiy muhit va sharoit xususiyatlarini, yozuvchi-obraz-kitobxon muammolarini ham o‘rganishni kun tartibiga chiqaradi. Ayni paytda, mumtoz (klassik) asarlar tahlili jarayonida badiiy adabiyotning o‘ziga xos qonuniyatlarini o‘rgatish barobarida badiiy ijod namunalarini tahlil etish va bevosita turli-tuman janrlarda asarlar yaratish ko‘nikmalarini ham beradi. “Adabiyotshunoslikka kirish” fani – badiiy adabiyotning umumiy xususiyatlarini, badiiy asar tabiatini, ijodiy jarayonning eng muhim muammolarini, badiiy ijodning sehrini o‘rgatadi. Badiiy asarlar yaratish san’atidan xabar beradi va poetik asarlarni mustaqil, ob’ektiv tahlil etish ko‘nikmalarini yaratadi. Filolog o‘qituvchilar – bakalavr va badiiy ijod oshnalarini tayyorlaydi. Insoniyat va xalq hayoti taraqqiyoti bilan adabiyotning rivojlanish aloqalarini tushuntirish – metod (gr. Meta–orqali, vositasida va hodos-yo‘l)ning vazifasiga kiradi, demak, bu muayyan Апрель 2021 10-қисм Тошкент 89 muammoni o‘z predmeti, materiali vositasida tadqiq qilish yo‘lidir. Demak, adabiyotshunoslik metodologiyasi milliy istiqlol mafkurasining umuminsoniy asoslarini ishlab chiqqan “Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar”ga va Prezidentimiz I.A.Karimov asarlariga tayanadi. Shu asosda hayot va adabiyot taraqqiyotini asosli tushuntira oladi. 3. Adabiyotshunoslikning ob’ekti, ya’ni predmeti tarixiy-ijtimoiy sharoit va ijodiy muhit bilan aloqada olingan adabiy asarlar va ularni yaratish jarayonidir. U tarixiy-adabiy jarayonni chuqur o‘rganish asosida, so‘z san’atining qonuniyatlarini ochadi. Hamma yozuvchi san’atkorlarning faoliyati va ular yaratgan poetik asarlarining badiiyligini tahlil etadi. So‘z san’atining inson va jamiyat hayotida tutgan o‘rni va ahamiyati haqidagi tushunchalarni boyitish jarayonida o‘zlikni toblashga yetaklaydi. Eng asosiysi-hayotni sevishga, ardoqlashga, boyitishga, go‘zallashtirishga o‘rgatadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. 1. Abdulla Ulug‘ov. Adabiyotshunoslikka kirish, T., “Universitet”, 2000 2. To‘xta Boboyev. Adabiyotshunoslikka kirish,T., “O‘qituvchi” 3. www.ziyouz.com Апрель 2021 10-қисм Тошкент 90 INGLIZ TILI DARSLARINI TASHKIL ETISHIDA INTERFAOL USULLAR Kuranboeva Momojon Bekdurdievna Rahimova Lola Amangeldievna Xorazm viloyati Urganch shahar 15 sonli maktabning ingliz tili fani o‘qituvchilari Annotatsiya: Ushbu maqolada umumta’lim maktablarida ingliz tili darslarini tashkil etishning zamonaviy uslalri haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: dars jarayoni, interfaol usullalr, nutq madaniyati, ta’lim-tarbiya, gramatika. 21-asrda biz sifat jihatidan tamomila yangi xalqlar jamiyatiga,chuqur integratsiyalashgan iqtisodiy makonga,yagona komunikatsiya va axborot tizimiga kirish uchun shaxdam qadamlarni bosmoqdamiz. Bunday jamiyatda yashab ketish anchagina tayyorgarlikni, bilimni talab qilishini chuqur anglab yetdik. Bosgan qadamlarimiz qat’iyatli va ishonchli bo‘lishi uchun esa bizga zamonaviy, bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlay oladigan raqobatbardish kadrlar zarur. Mustaqillik yillari mazkur yo‘nalishda talaygina ishlar amalga oshirilganligi haqida barchamiz bilamiz. Bugungi kunda xorijiy tillarni bilish ko‘nikmasi professional ta’limning ajralmas qismlaridan biri bo‘lib bormoqda. Turli sohalardagi mutaxassislarda chet ellik hamkorlar bilan hamkorlik qilish ko‘rsatkichi yuqori bo‘lganligi sababli, ularda til o‘rganishga bo‘lgan talab yuqoridir. Shu sababli ham umumta’lim maktablarida chet tillari xussan, ingliz tilini o‘rgantishga kata e’tibor qaratilmoqda. O‘qituvchi ingliz tilini o‘quvchilar onginga yaxshi singdirishi uchun avvallo dars jarayonlariga ham nazariy jihatdan, bundan tashqari interfaol usullardan foydalangan holda dars o‘tish malakasiga ega bo‘lishi zarur hisoblanadi. O‘quv jarayonining boshlanishida o‘qituvchi asosiy e‘tiborni o‘quvchining talaffuziga qaratishi kerak. Grammatika va lug‘at asosiysi hisoblansada, o‘quvchining ingliz lug‘atida talaffuzi notog‘ri bo‘lsa, buning hammasi befoyda. Native speakerlar agar so‘zlovchi so‘zlarni to‘gri talaffuz qilsa nutqni grammatik xatolar bilan ham tushunishlari mumkin. Shuning uchun o‘qitishda dastavval asosiy e’tibor talaffuzga qaratiladi. Bunda native speakerlarning turli xil audiolaridan faydalanish yaxshi natija beradi. O‘qituvchi dars davomida harflar, so‘zlarni to‘gri talaffuz qilishni o‘rgatishi kerak. Shuningdek, boshlang‘ich bosqichda og‘zaki nutqqa va o‘qish texnikasini o‘stirishga katta e‘tibor beriladi. Bunda chet tilini o‘qitishning nutq faoliyati turlari bo‘yicha ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, ularni o‘rgatishda quyidagi vazifalarni bajarish zarur: a) O‘qish mexanizmini hosil qilish; b) Og‘zaki o‘qish texnikasini o‘stirish; c) O‘qiganini tushunishga o‘rgatish . Boshlang‘ich bosqichda o‘qishning asosan ovoz chiqarib o‘qish turiga kеng o‘rin ajratiladi. O‘qish uchun ajratilgan matnlar ham eng sodda va oddiydan asta-sеkin murakkablashib boradi. Lеkin shuni aytish kеrakki, boshlang‘ich bosqichlardagi ish faoliyati asosan og‘zaki nutqiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lishiga qaramay ingliz tilida og‘zaki nutqni o‘stirish masalasini hal qila olmaydi. U haqiqiy og‘zaki nutq ustida ishlash uchun faqat tayyorgarlik bosqichini o‘taydi. Qolaversa, so‘zlarni chiroyli va ravon o‘qish o‘quvchining shu tilni o‘rganishga bo‘lgan muhabbatini oshiradi. Bundan tashqari o‘quvchilar boshlang‘ich bosqichda The Present indefinite Tense., The Past indefinite Tense. , The Future indefinite Tense kabi fе’l zamonlarini yaxshi bilishlari va fе’l shakllaridan ushbu zamonlarda yorqin foydalana oladigan bo‘lishlari talab etiladi. O‘quvchilar otlarni birlikda va ko‘plikda ishlatilishini, hozirgi noaniq zamonda kеlgan fе’lning III shaxs birlikdagi shakliga “s” yoki “es” qo‘shimchalarini qo‘shilishini, gaplarning so‘roq, inkor va buyruq shakllarini ham boshlang‘ich bosqichda o‘qish davrida egallaydilar. Ingliz tilini o‘rganish bo‘yicha innovatsion ta’limning mohiyati shundaki, o‘quv jarayoni deyarli barcha o‘quvchilar bilim jarayoniga jalb qilinishi, ular bilgan va o‘ylagan narsalar to‘g‘risida tushunish va fikrlash imkoniyatiga ega bo‘lishlari talab etiladi. Ingliz tili darsidagi o‘yinlar eng xilma-xil bo‘lishi mumkin. Ulardan foydalanish faqat dars davomiyligi va o‘qituvchi ijodi bilan cheklanishi mumkin. Masalan, o‘yinlar har xil ob’ektlarni rekvizitlar va ularsiz ishlatishi mumkin. I. Frankning so‘zlariga ko‘ra, ba’zi o‘yinlar o‘yinning holati yanada aniqroq, bu esa, o‘z navbatida, materialni yaxshiroq o‘rganishga yordam beradi. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 91 Ammo, albatta, Skype-da o‘rganish haqida gap ketganda, bu mumkin emas. O‘yinning xususiyatiga ko‘ra, mavzu, sahna, biznes, rol o‘ynash, taqlid va dramalashtirish o‘yinlari bo‘lishi mumkin. O‘yinda ko‘proq xilma-xillik qilish uchun o‘qituvchi darslar davomida turli xil ishlardan, masalan, individual, guruhlarda ishlash yaxshi samara beradi. Har bir guruhga alohida matn beriladi. Matnni tushunganligini tekshirishga mo‘ljallangan mashqlar berilib ular quyidagicha ifoda etilishi mumkin: Answer the question on the text Samarkand: Why Samarkand is called like this? Where is the ancient centre of the city? How many population is there? Xulosa qilib aytish kerakki, zamonaviy tilni o‘rgatish ko‘proq madaniyatli shaxsni shakllantirishga qaratilgan bo‘lib, u o‘z-o‘zini tahlil qilish va yangi bilimlarni tizimlashtirish ko‘nikmalariga ega ekan. Innovatsion usullar butun tizimni modernizatsiya qilishning ajralmas qismidir. Shunga amin holda o‘qituvchilar eng ilg‘or yondoshuvlar bilan tanishishlari va keyinchalik ularni birlashtirishi va o‘z ishlarida foydalangan holda ta’lim tizimida sezilarli o‘sishga erishish mumkin. Foydalanilgan aabiyotlar 1. J.Jalolov. Chеt til o‘qitish mеtodikasi. Toshkеnt. O‘qituvchi. 1995 . 2. U.X.Xoshimov, I.Y.Yoqubov. Ingliz tili o‘qitish mеtodikasi. Toshkеnt. O‘qituvchi. 1994. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 92 UMUMTA’LIM MAKTBALARIDA KIMYO VA BIOLOGIYA FANLARINING O‘ZARO BOG‘LIQ HOLDA O‘QITISHDAGI ZAMONAVIY TA’LIM TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH Matkarimova Barno Narimanovna Urganch shahar 15son maktabi Kimyo fani o‘qituvchisi Salayeva Yulduzxon Yuldashevna Urganch shahar 15son maktabi biologiya fani o‘qituvchisi Annotasiya: Ushbu maqolada umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning kimyo va biologiya fanlaridan umumiy nazariy bilimlarni egallashidagi fanlararo bog‘liqlik va dars tashkil etishning zamonaviy metodlari haqida so‘z yuritiladi. Kalit so‘zlar: DTS, o‘zaro bog‘liqlik, biologic omillar, kimyoviy tarkib, dars jarayoni, funksiya. O‘quvchilarning ta’lim bosqichlarida jamiyatning rivojlnishi uchun xizmat qiladigan bilimlarni egallashi aniq fanlar ta’limini amalga oshirish bilan yuzaga chiqadi. Davlat ta’lim standarti o‘quvchilarning egallashi mumkin bo‘lgan kimyoviy hamda biologiya sohasidagi bilimlar, ko‘nikma va malaka, jamiyatning rivoji va kimyoviy bilimlarni egallashga, genetik o‘zgarishlar va biologik omillarni o‘rganishga ximat qiladi. Aniq fanlar tarkibiga kiruvchi kimyo hamda biologiya fanlaridan o‘quvchilarning egallashi zarur bo‘lgan bilimlar majmui DTS tarkibiga kiruvchi o‘quv rejasida aks ettiradi. Mazkur ikki aniq fan tarmog‘i uzviy ravishda bir-biri bilan bog‘liqdir. Ikki fanini bir-biri bilan bog‘lab o‘tish darslarda kompetensiyalarni shakllantirish maktab o‘quv fanlari o‘rtasidagi aloqadorlikni namoyon etadi. O‘quvchilarda fanlararo kompetensiya rivojlantiriladi, mantiqiy fikrlash yuzaga keladi. Kimyo fani biologiyaning rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shgan, jumladan, hujayraning kimyoviy tarkibi, ya’ni anorganik va organik moddalarni aniqlash, oqsil, uglevod, lipidlarning o‘ziga xos xususiyatlari, tarkibi, molekulyar tuzilishi, ularning hujayrada bajaradigan funksiyalarini aniqlash, modda va energiyaning saqlanish qonuni esa hujayrada modda va energiya almashuvini tadqiq etishga zamin yaratdi. Tabiat haqidagi fanlarning yuksalishida chegaradosh fanlarning vujudga kelishi muhim rol o‘ynagan. Ular jumlasiga biologik kimyo, biologik fizika, radiobiologiya, kosmobiologiya, fizik kimyo, kimyoviy fizikani kiritish mumkin. Biologiya va kimyo fanlarini maktab o‘quvchilariga o‘qitishda fanlararo bog‘lanishni amalga oshirish ta’lim-tarbiya jarayonining muhim didaktik sharti bo‘lib, u o‘quvchilar asosiy bilim manbayi bo‘lgan o‘quv materiallarining ilmiyligi va izchilligini ta’minlaydi, o‘quvchilar tomonidan bilimlarni o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqish ortadi va aqliy rivojlanish tezlashadi, tabiiy fanlarni o‘qitishda fanlararo bog‘lanishni bosqichma-bosqich va izchil amalga oshirish orqali o‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish imkoniyatini yaratadi. Aniq fanlar bo‘yicha o‘quvchilarda zaruriy bilimlarni shakllantirishda o‘qituvchining dars o‘tish mahorati muhim rol o‘ynaydi. Bunda hozirgi zamonaviy interfaol usullardan foydalangan holda dars jarayonlarini tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Quyida kimyo va biologiya fanlaridan dars jarayonlarida foydalanish mumkin bo‘lgan metodlar haqida fikr yuritamiz. “Aqliy hujum” metodi Mazkur metod biror muammo bo‘yicha ta’lim oluvchilar tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to‘plab, ular orqali ma’lum bir yechimga kelinadigan metoddir. “Aqliy hujum” metodidan foydalanilganda ta’lim oluvchilarning barchasini jalb etish mumkin bo‘ladi, jumladan, ta’lim oluvchilarda muloqot qilish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi. Ularda o‘z fikrini faqat og‘zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish ko‘nikmasi rivojlanadi. Bildirilgan fikrlar baholanmasligi turli g‘oyalar shakllanishiga olib keladi. Bu metod ta’lim oluvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish uchun xizmat qiladi. “Aqliy hujum” metodi ta’lim beruvchi tomonidan qo‘yilgan maqsadga qarab amalga oshiriladi: 1. Ta’lim oluvchilarning boshlang‘ich bilimlarini aniqlash maqsad qilib qo‘yilganda, bu metod darsning mavzuga kirish qismida amalga oshiriladi. 2. Mavzuni takrorlash yoki bir mavzuni keyingi mavzu bilan bog‘lash maqsad qilib qo‘yilganda yangi mavzuga o‘tish qismida amalga oshiriladi. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 93 3. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash maqsad qilib qo‘yilganda mavzudan so‘ng, darsning mustahkamlash qismida amalga oshiriladi. “Kichik guruhlarda ishlash” metodi Mazkur metod ta’lim oluvchilarni faollashtirish maqsadida ularni kichik guruhlarga ajratgan holda o‘quv materialini o‘rganish yoki berilgan topshiriqni bajarishga qaratilgan. Ushbu metod qo‘llanilganda ta’lim oluvchi kichik guruhlarda ishlab, darsda faol ishtirok etishi, boshlovchi rolida bo‘lish, bir-biridan o‘rganish va turli nuqtai-nazarlarni qadrlash imkoniga ega bo‘ladi. “Kichik guruhlarda ishlash” metodi qo‘llanilganda ta’lim beruvchi vaqtni tejash imkoniyatiga ega bo‘ladi, chunki ta’lim beruvchi bir vaqtning o‘zida barcha ta’lim oluvchilarni mavzuga jalb eta oladi va baholay oladi. “Bahs-munozara” metodi Mazkur metod biror mavzu bo‘yicha ta’lim oluvchilar bilan o‘zaro bahs, fikr almashinuvi ko‘rinishiga ega bo‘ladi. Har qanday mavzu va muammolar mavjud bilimlar va tajribalar asosida muhokama qilinishi nazarda tutilganda ushbu metoddan foydalanish mumkin. Bahs-munozarani boshqarib borish vazifasini ta’lim oluvchilardan biriga topshirish yoki ta’lim beruvchining o‘zi olib borishi mumkin. Bahs-munozarani erkin holatda olib borish va har bir ta’lim oluvchini munozaraga jalb etishga harakat qilish lozim. Ushbu metod qo‘llanilgan vaqtda ta’lim oluvchilar orasida paydo bo‘ladigan nizolarni darhol bartaraf etishga harakat qilish kerak. Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, kimyo va biologiya fanlarini rivojlantirishga hozirgi kunda hukumatimiz tomonidan kata e’tibor qaartilmoqda. Bu bo‘yicha 2020-yil 12-avgust, PQ-4805-son bilan “Kimyo va biologiya yo‘nalishlarida uzluksiz ta’lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori qabul qilingan bo‘lib, sohadagi ustuvor vazifalarni belgilab beradi. Shu sababli mazkur fanlar bo‘yicha umumta’lim maktabi o‘quvchilarida zaruriy boshlang‘ich bilimlarni puxta berish va o‘rgatish muhim ahamiyat kasb etadi Foydalanilgan adabiyotlar 1. www.lex.uz 2. S.Ogayеv. Ta’lim tеxnologiyasi. Xalq ta’limi. 2000 yil. № 3. 3. R. Mavlonova “Pеdagogika” T., “O‘qituvchi” 2004. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 94 DASTURLASH TILLARI HAQIDA. Matyaqubov Temur Baxrambekovich Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanidagi 4-son ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi Informatika fani o‘qituvchsi Annotatsiya. O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda yuqori natijalarga erishishi, jahon iqtisodiy tizimida to‘laqonli sheriklik o‘rnini egallay borishi, inson faoliyatining barcha jabhalarida zamonaviy axborot texnologiyalaridan yuqori darajada foydalanishning ko‘lamlari qanday bo‘lishiga hamda bu texnologiyalar ijtimoiy mehnat samaradorligini oshishida qanday rol o‘ynashiga bog‘liq. Kalit so‘zlar. Delphi, Java, web texnologiya, Programma, EHM, Mashina tili, Algoritmik til, Assembler, mikroprotsessor, Basic, Pascal, dasturlash. Kompyuterda dasturlash bu – kompyuter mikroprotsessori uchun turli buyruqlar berish, qachon, qayerda nimani o‘zgartirish va nimalarni kiritish yoki chiqarish haqida buyruqlar berishdir. Ushbu maqolada, qanday dasturlash tillari borligi, eng keng tarqalgan dasturlash tillari va ularning farqi. Hamda, Dasturlashni o‘rganish yo‘llari haqida suhbatlashamiz Kompyuter dunyosida ko‘plab dasturlash tillari mavjud bo‘lib, dasturlash va unga qiziquvchilar soni ortib bormoqda. Bir xil turdagi ishni bajaradigan dasturlarni Basic, Pascal, Ci++ va boshqa tillarda yozish mumkin. Pascal, Fortran va Kobol tillari universal tillar hisoblanadi, Ci++ va Assembler tillari mashi tiliga ancha yaqin tillar bo‘lib, quyi yoki o‘rta darajali tillardir. Algoritmik til inson tillariga qanchalik yaqin bo‘lsa, u tilga yuqori darajali til deyiladi. Mashina tili esa eng pastki darajali tildir. Mashina tili bu sonlardan iboratdir, Masalan: 010110100010101 Dasturlash tillari 2 ta katta guruhlarga bo‘linadi, Quyi va Yuqori darajali dasturlash tili. Quyi darajali dasturlash tili ancha murakkab bo‘lib ular juda maxsus sohalarda ishlatiladi va ularning mutaxassislari ham juda kam. Chunki quyi dasturlash tillari (masalan: assembler) ko‘pincha miktoprotsessorlar bilan ishlashda kerak bo‘lishi mumkin. Odatda turli dasturlash ishlari uchun yuqori darajali dasturlash tilidan keng foydalaniladi. EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) endi yuzaga kelgan paytda programma tuzishda, faqat mashina tillarida, ya’ni sonlar yordamida EHM bajarishi kerak bo‘lgan amallarning kodlarida kiritilgan. Bu holda mashina uchun tushinarli sanoq, sistemasi sifatida 2 lik, 6 lik, 8 lik sanoq sistemalari bo‘lgan. Programma mazkur sanoq sistemasidagi sonlar vositasida kiritilgan. Yuqori darajali dasturlashda, mashina tillariga qaraganda mashinaga moslashgan (yo‘naltirilgan) belgili kodlardagi tillar hisoblanadi. Belgilar kodlashtirilgan tillarning asosiy tamoyillari shundaki, unda mashina kodlari ularga mos belgilar bilan belgilanadi, hamda xotirani avtomatik taqsimlash va xatolarni tashhis qilish kiritilgan. Bunday mashina moslashgan til - ASSEMBLER tili nomini oldi. Odatda dasturlash yuqori saviyali dasturlash tillari (Delphi, Java, C++, Python) vositasida amalga oshiriladi. Bu dasturlash tillarining semantikasi odam tiliga yaqinligi tufayli dastur tuzish jarayoni ancha oson kechadi. Ko‘p ishlatiladigan dasturlash tillari. Biz hozir biladigan va ishlatadigan tillarning barchasi shu guruhga mansub. Ular insonga “tushunarli” tilda yoziladi. Ingliz tilini yaxshi biluvchilar programma kodini qiynalmasdan tushunishlari mumkin. Bu guruhga Fortran, Algol, C, Pascal, Cobol va h.k. tillar kiradi(ko‘pchiligi hozirda deyarli qo‘llanilmaydi). Eng birinchi paydo bo‘lgan tillardan to hozirgi zamonaviy tillargacha ishlatish mumkin. Lekin, hozirgi web texnologiya orqali ishlaydigan tillarda(PHP, ASP. NET, JSP) bunday dasturlar tuzilmaydi. Chunki bunday dasturlarning ishlashi uchun yana bir amaliy dastur ishlab turishi kerak. Hozirda, amaliy dasturlar, asosan, Visual C++, C#, Borland Delphi, Borland C++, Java, Phyhon kabi tillarda tuziladi. O‘zbekistonda ko‘pchilik Delphi dan foydalanadi. Buning asosiy sababi: soddaligi, komponentlarning ko‘pligi, interfeysining tushunarliligi va h.k. Delphida birinchi ishlagan odam ham qanaqadir dastur tuzishi oson kechadi. Lekin, Windows da dasturning asosiy ishlash mohiyatini ancha keyin biladi(komponentlarning ko‘pligi va API funksiyalari dasturda ko‘rsatilmasligi uchun). Yana bir tarafi, Delphi(Pascal) operativ xotirani tejashga kelganda ancha oqsaydi. Unda o‘zgaruvchilarni oldindan e’lon qilib qo‘yish evaziga ishlatilmaydigan o‘zgaruvchilar va massivlar ham joy olib turadi. Eng keng tarqalgan dasturlash tili(Windows OS ida) Microsoft Visual C++ tilidir. Ko‘pchilik dasturlar hozirda shu tilda tuziladi. Umuman olganda, C ga o‘xshash(C-подобный) tillar hozirda das- Апрель 2021 10-қисм Тошкент 95 turlashda yetakchi. Deyarli hamma zamonaviy tillarning asosida C yotadi. Bundan tashqari, Turli komputer o‘yinlari tuzishda yoki kichik hajmdagi dasturlar tayyorlashda LUA script yoki JavaScript tillari ham keng ishlatilmoqda. Biz sizga xozirgi kunda keng tarqalgan desktop dasturlashda ishlatiladigan dasturlash tillaridan bazilari haqida aytib o‘tamiz: Delphi (talaff. délfi) — dasturlash tillaridan biri. Borland firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Delphi dasturlash tili ishlatiladi va avvaldan Borland Delphi paketi tarkibiga kiritilgan. Shu bilan bir qatorda 2003-yildan hozirgacha qoʻllanilayotgan shu nomga ega bulgan. Object Pascal — Pascal tilidan bir qancha kengaytirishlar va toʻldirishlar orqali kelib chiqqan boʻlib, u ob’yektga yoʻnaltirilgan dasturlash tili hisoblanadi. Avvaldan ushbu dasturlash muhiti faqatgina Microsoft Windows amaliyot tizimi uchun dasturlar yaratishga mo‘ljallangan, keyinchalik esa GNU/Linux hamda Kylix tizimlari uchun moslashtirildi, lekin 2002-yilgi Kylix 3 sonidan so‘ng ishlab chiqarish to‘xtatildi, ko‘p o‘tmay esa Microsoft.NET tizimini qo‘llab quvvatlashi to‘g‘risida e’lon qilindi. Lazarus proekti amaliyotidagi (Free Pascal) dasturlash tili Delphi dasturlash muhitida GNU/ Linux, Mac OS X va Windows CE platformalari uchun dasturlar yaratishga imkoniyat beradi. Visual Basic (talaffuzi: “Vijual Beysik”) – Microsoft korporatsiydan dasturlash tili va uning uchun dasturlash muhitdir. U BASICdan ko‘p tushunchalar oldi va tez rasmli interfeys bilan dasturlar taraqqiyot ta’minlaydi. Oxirgi versiya 6.0 1998 yilda reliz kelishdi. Microsoftdan voris Visual Basic .NET 2002 yilda paydo bo‘ldi. Java dasturlash tili - eng yaxshi dasturlash tillaridan biri bo‘lib unda korporativ darajadagi mahsulotlarni(dasturlarni) yaratish mumkin.Bu dasturlash tili Oak dasturlash tili asosida paydo bo‘ldi. Oak dasturlash tili 90-yillarning boshida Sun Microsystems tomonidan platformaga(Operatsion tizimga) bog‘liq bo‘lmagan holda ishlovchi yangi avlod aqlli qurilmalarini yaratishni maqsad qilib harakat boshlagan edi. Bunga erishish uchun Sun hodimlari C++ ni ishlatishni rejalashtirdilar, lekin ba’zi sabablarga ko‘ra bu fikridan voz kechishdi.Oak muvofaqiyatsiz chiqdi va 1995-yilda Sun uning nomini Java ga almashtirdi, va uni WWW rivojlanishiga hizmat qilishi uchun ma’lum o‘zgarishlar qilishdi. Java Obyektga Yo‘naltirilgan Dasturlash(OOP-object oriented programming) tili va u C++ ga ancha o‘xshash. Eng ko‘p yo‘l qo‘yildigan xatolarga sabab bo‘luvchi qismalari olib tashlanib, Java dasturlash tili ancha soddalashtirildi. Java kod yozilgan fayllar(*.java bilan nihoyalanuvchi) kompilatsiyadan keyin bayt kod(bytecode) ga o‘tadi va bu bayt kod interpretator tomonidan o‘qib yurgizdiriladi. C++ (talaffuzi: si plyus plyus) — turli maqsadlar uchun moʻljallangan dasturlash tili. 1979-yili Bell Labsda Biyarne Stroustrup tomonidan C dasturlash tilining imkoniyatlarini kengaytirish va OOP(object Oriented Programming) xususiyatini kiritish maqsadida ishlab chiqarilgan. Boshida „C with Classes” deb atalgan, 1983-yili hozirgi nom bilan yaʼni C++ deb oʻzgartirilgan. C++ C da yozilgan dasturlarni kompilyatsiya qila oladi, ammo C kompilyatori bu xususiyatga ega emas. C++ tili operatsiyon tizimlarga aloqador qisimlarni, klient-server dasturlarni, EHM oʻyinlarini, kundalik ehtiyojda qoʻllaniladigan dasturlarni va shu kabi turli maqsadlarda ishlatiladigan dasturlarni ishlab chiqarishda qoʻllaniladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. 1. M.A.Aripov, N.A.Otaxonov. Dasturlash asoslari. O‘quv qo‘llanma. T.: ―Tafakkur bo‘stoni‖, 2015 yil. 2. S.Tursunov, I.Nazarov. Ta‘limda axborot texnologiyalari. Darslik Toshkent. ―Adabiyot uchqunlari‖ 2019-yil 3. www.ziyouz.com Апрель 2021 10-қисм Тошкент 96 YUQORI SINF O‘QUVCHILARIGA ONA TILI DARSLARIDA GRAMMATIKANI O‘RGATISHNING INDUKTIV VA DEDUKTIV USULLARI. Maxkamova Salima Tursunkulovna Sirdaryo tuman 3-umumta’lim maktabining ona tili va adabiyot o‘qituvchisi. Annotatsiya. Mazkur maqolada yuqori sinf o‘quvchilariga ona tili darslarida grammatika o‘rgatishning indaktiv va dedaktiv usullaridan foydalanish jarayonida o‘quvchilarni mustaqil fikrlash salohiyatini rivojlantirish, innovatsion metodlar yordamida darslarni samarali tashkil etish haqida yondashuvlar bayon etilgan. Kalit so‘zlar: indaktiv, dedaktiv usullar, kompetentlik, kasbiy kompetentlik, uzluksiz ta’lim, innovatsiya. Hayot kun sayin jadallashib bormoqda “Barchamizga ayonki inson qalbiga yo‘l avvalo ta’limtarbiyadan boshlanadi. Shuning uchun qachonki bu haqda gap ketsa, ajdodlarimiz qoldirgan bebaho merosni eslash bilan birga, ota-onalarimiz hattoki biz uchun eng yaqin bo‘lgan yana bir buyuk zod o‘qituvchilar va murabbiylarning olijanob mehnatini hurmat bilan tilga olamiz” deganda O‘zbekiston Respublikasining birinchi prezinenti I.A.Karimov naqadar haq edi. Chunki inson umri davomida qanday yutuq va natijalarga erishish, qayerda, qanday lavozimda ishlashi maktab dargohida olgan ta’lim-tarbiyasi uning kelajakdagi hayotiga, yetuk shaxs va malakali mutaxassis bo‘lib shakllanishida ulkan ahamiyat kasb etadi. Biz pedagoglar, o‘quvchilar balki butun kelajak avlod oldida mas’ulmiz. Ehtimol bu ma’sullik bizdan tinmay izlanishga, ilm sirlarini ochishga, yangiliklarni tezda ilg‘ab olishga xorijning innovatsion ta’lim usullaridan tadbiq etishga dav’at etadi. Bugungi kun o‘quvchisi ehtimol ko‘p kitob o‘qimas, ammo juda hushyor, atrofdagi voqea hodisalarga nisbatan u qadar befarq emas. Bolalarning diqqatini bir joyga jamlash ta’bir joiz bo‘lsa o‘z yo‘limizga yurgazish uchun ancha aql, bilim, salohiyat kerak bo‘ladi. Bugun qay tomonga qaramaylik, “Innovatsiya, innovatsion lohiya, innavatsion usullar, innovatsion ta’lim kabi tushunchalarga ko‘plab duch kelamiz. Dunyo tajribasidan ma’lumki, qaysi mamlakatda ta’lim –tarbiya sohasiga jiddiy e’tibor qaratilgan bo‘lsa, shu yurtning iqtisodiy, madaniy qiyofasi, texnik va texnologik imkoniyatlari yuksak cho‘qqilarga ko‘tarilgan. Buni jahonning rivojlangan davlatlari misolida ko‘rish mumkin. Ilm-fan ravnaqi, ta’limdagi islohatlar, jamiyatning rivoj topib borishi bugungi kun uchun yangi bosqicga ko‘tarildi. Bugungi kun yoshlari intiluvchan, qiziquvchan, turli manbqlardan ma’lumotlarni keragidan ortiq olmoqda. Shu o‘rinda bir savol tug‘iladi. Biz ularni ma’lumot tanlashida to‘g‘ri yo‘nalish berayapmizmi? Yoshlarni erkin fikrlashga o‘rgatish, uni bilimga, ilmga tashna intizomli, ota-ona, ustozinini hurmat qiladigan, qo‘lidan kelsa boshqalarga yordam beradigan, zukko o‘quvchi qilib tarbiyalashda innovatsion usullardan to‘laqonli foydalanish yetarli samara beradi deb o‘ylayman. O‘quv tarbiya ishlari jarayonida o‘quvchilarni ijodiy fikrlashga, o‘zgaruvchan vaziyatlarga o‘rgatish, erkin raqobat asosida faoliyatni tashkil etish, mustaqillik, erkin fiklashni tarbiyalash, o‘quv faoliyatini tahlil etish, ularning ichki ehtiyojiga aylantirilishini talab etadi. Ta’limning barcha bo‘g‘inlarini shunday tashkil etish kerakki, u yoshlarga chuqur va asosli bilim berish bilan birga keng qamrovli fikrlashga o‘rgatsin. Shu o‘rinda indaktiv va dedaktiv usullarni ta’limda qo‘llash samarali usullardan biridir, darslar jarayonida bolalarni erkin va mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantiradi. Grammatikani o‘qitishda ikki xil usul bor. Bular deduktiv va induktiv metodlardir. Ikkala o‘qitish uslubida ham o‘qituvchi va o‘quvchilarning tanlovi va o‘qitilayotgan tilning tabiati kabi faktorlarga bog‘liq bo‘lgan o‘z kamchiliklari va yutuqlari bor. Shunga qaramay, agar ikkala metod ham ustalik bilan darslarda aralash usulda ishlatilsa, dars samaradorligi yanada ortadi. Grammatikani induktiv o‘qitish: Induktiv so‘zi lotinchadan olingan bo‘lib, “muvaffaqiyatga yetaklash” ma’nosini bildiradi. Indaktiv metod shaxs tajribalari va kuzatishlaridan kelib chiqib xulosa yasaydi. Bu xulosalarning haqiqati berilgan isbotning to‘g‘riligiga bog‘liqdir. Masalan, “Bir qancha qora qarg‘alar bor” degan fikrdan keladigan xulosa bu – hamma qarg‘alar qora rangda bo‘ladi. Lekin, biz qarg‘aning Апрель 2021 10-қисм Тошкент 97 qora rangda bo‘lmasligini bilganimizda, bu umumlashtirishimiz asossiz bo‘lib chiqadi. Grammatikani o‘qitishda, indaktiv uslubning o‘rni nihoyatda katta. U tajribaviy o‘rganishni osonlashtiradi va o‘quvchilarning o‘zlari grammatika qoidalarini yaratishida faol o‘rgatadi. Qoidalar ularning aqliy (miya) strukturalariga o‘rnashishi bilanoq, qattiq mehnat tufayli erishilgani uchun qoidalar ko‘proq esda qolarli bo‘ladi. Lekin, grammatikani indaktiv metodda o‘qitish darsni tashkillashtirish va tayyorgarlik ko‘rishda ko‘p kuch va ko‘p vaqt talab etadi. Shuningdek, bu uslub an’anaviy metodni, ya’ni o‘qituvchi qoidalarni ko‘rsatib, tushuntirib berishini afzal ko‘ruvchi o‘quvchilarni hafsalasini pir qilishi ham mumkin. Grammatikani Deduktiv uslubda o‘qitish: Deduktiv metod Aristotelning sillogizm teoriyasidan kelib chiqgan bo‘lib, ya’ni “Hamma kuchuklar hayvonlardir. Hamma hayvonlarning to‘rta oyoqlari bor. Shuning uchun, hamma kuchuklarning to‘rta oyoqlari bor” degan ikkita to‘g‘ri deb berilgan fikrdan xulosa yasashga aytiladi. Dekaktiv so‘zi lotin tilidan “mantiqiy xulosa yasash” degan ma’noni beradi. Grammatikani deduktiv uslubda o‘qitishda o‘qituvchi darsda markazi bo‘ladi. Grammatika qoidalar o‘quvchilarga tushuntiriladi va so‘ng test qilinadi. Bu uslubning ham o‘ziga yarasha kamchiliklari va yutuqlari mavjud. Avvalo, bu uslub sodda va vaqtni tejashi bilan afzaldir. O‘qituvchiga qoidani ko‘rsatib tushuntirib berishi va o‘quvchilardan ularni qo‘llashini so‘rashi qoidani o‘zlari aniqlaganga qaraganda osonroq. Kashf etuvchi uslublardan ko‘ra analitik o‘qtishni yoqtiruvchi yoshi katta o‘rganuvchilarga bu uslub maroqli bo‘lishi mumkin. Shuningdek, dedaktiv uslub yosh bolalar uchun ko‘p qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin, chunki ular mos tili atamalarini hali yaxshi o‘zlashtira olmaydi. Natijada, qoida bilan o‘qitish uslubi va grammatik qoidalar ularni chalg‘itishi va o‘qishga bo‘lgan motivatsiyasini so‘ndirishi mumkin. Shu sababli o‘quvchilarni ona tili darslariga qiziqtirishda indaktiv uslub yetakchilik qiladi. Masalan: o‘quvchilarga ot so‘z turkumi mavzusini tushuntirilayotgan paytda uning qoidasini emas, unga tegishli bo‘lgan so‘zlar berilib, ularning mazmun-mohiyati, so‘rog‘i, nimani anglatayotganligi so‘raladi. Topshiriqlar bajarilgandan so‘ng o‘quvchilar shular asosida qoidani ishlab chiqadilar. O‘zlari ishlab chiqqan qoida o‘qituvchi aytib bergan qoidaga nisbatan xotiralarda yaxshiroq saqlanib qoladi. Bu o‘rinda endi o‘quvchi shunchaki axborotlarni qabul qiluvchi emas, balki “tilshunos tadqiqotchi”ga aylanadi, hodisa va jarayonlarni o‘zi kashf eta boshlaydi. Singapur o‘quv dasturida o‘quvchilar – tadqiqotchi, o‘qituvchi esa – tadqiqotni boshlovchi vazifasini bajaradi. Aynan shu sababli ham xalqaro tadqiqotlar reytingida Singapur yuqori pog‘onalarni egallab kelmoqda. Bugungi kungacha bo‘lgan ta’lim jarayonida biz o‘qituvchilar an’anaviy metodlar asosida o‘quvchilarga bilim berishda tushuntirish, so‘rash, qoida yodlatish bilangina cheklanib qoldik. O‘quvchilarimiz esa o‘ta salohiyatli, bilimli bo‘lishiga qaramay, erkin fikrlash, fikrni mustaqil bayon etishda oqsoqliklar sezilib qoldi. Ayniqsa, xalqaro baholash dasturlari asosida (PISA, TIMES, PIRLS, TALIS) o‘tkazilgan tajriba testlari bizning o‘quvchilarimizning mustaqil fikrlashlarida chegara sezilib qoldi. Ta’lim jarayonida sifatga erishishning turli yo‘llari hali ham izlanmoqda. Bugungi kunda pedagogik texnologiyalar va turli xil metodlarni qo‘llash yaxshi samara beradi. O‘qituvchi yutuqqa erishishi uchun ko‘plab turli metodlarni qo‘llashi emas, balki shu metodlar orqali o‘quv jarayoniga yangilik olib kirishi va shu yangilik bilan o‘quvchilarni bilimga intiluvchanligini oshirishi zarur. O‘quvchilarni sabr bilan tinglash xato bo‘lsada fikrini bayon eta olishiga imkon yaratishi kerak. Bola xato qilishidan qo‘rqmasin muhimi o‘zini fikriga ega bo‘lsin, chunki hayotda o‘z o‘rnini topishda mustaqillik muhim omil sanaladi. Bugungi kunning maqsadi ta’lim faoliyatini demokratlashtirish, insonparvarlik tamoyillarini rivojlantirish va shu asosda o‘quv tajriba ishlarini mazmunini, uning shakl va uslubini kompleks yangilash va yanada takomillashtirishdan iboratdir. Shu maqsadda chet el ta’lim tizimi tajribalari o‘rganilmoqda, rivojlangan mamlakatlar ta’lim tizimi asosida – ta’lim mazmunini yangilash zaruratga aylandi. Eskicha o‘qitish usullari va metodlari ma’nan eskirib, ta’limning ilg‘or pedagogik texnologiyalariga asoslangan metodlari va shakllariga ehtiyoj kuchaydi. Rivojlangan mamlakatlarda ta’lim sohasida ulkan o‘zgarishlar sodir bo‘layotgan bir davrda bizda ta’lim mazmunini yangilash uni boshqarish, yangi pedagogig texnologiyani ta’lim tizimiga tadbiq etishda hamon kamchiliklar mavjud. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 98 Ta’lim-tarbiyada samarli islohotlarni amalga oshirish talab etilayotgan hozirgi davrda esa ilmiy texnika taraqqiyoti yangi texnologik o‘zgarishlar sharoitida muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsata oladigan jamiyat a’zolarini yetishtirib berish, yosh avlodni kasb-hunarga yo‘naltirishda o‘rta ta’limning o‘rni, ta’lim mazmunini yaxshilashda pedagogik vositalarni qo‘llash, ta’limda tashabbuskorlik va ijodkorlikka keng yo‘l ochish uning muqim tizimlarini yaratish kabi chet el tajribalarini o‘rganish ayni muddaodir. Biroq bu usullardan foydalanish ko‘r-ko‘rona emas, balki eng muhimi o‘quvchilar bilimini oshirishga, salohiyatini o‘stirishga xizmat qilsin. Shundagina biz o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadimizga erishamiz. Foydalanilgan adabiyotlar: 1.”Ta’limda ilg‘or horijiy tajribalar” O‘quv – uslubiy majmua. 2. Anvar Xodjayev “Jahon maorifida yetakchi brendga aylangan Singapur ta’lam tizimi” Ma’rifat gazetasining 2019.15.03 soni. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 99 RUS TILI DARSLARINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING O‘RNI Ne’matova Shaxnoza Navoiy viloyati Karmana tumani 12 - umumiy o‘rta ta’lim maktabi rus tili fani o‘qituvchisi Annotasiya: maqolada ta‘lim tizimini sifat bosqichga ko‘tarishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarning ahamiyati va ularning dars jarayoni qo‘llashning usul va vositalari yoritilgan. Kalit so‘zlar: innovatsiya, kompetentlik, pedagogik texnologiya, texnologiya, ta’lim, samaradorlik Bugungi kunda ta’lim tizimiga e’tibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarilmoqda. Xususan, ta’lim tizimiga oid yuzga yaqin me’yoriy-huquqiy hujjatlarni qabul qilinishi bunga yorqin misoldir. Ta’limda pedagogik texnologiyalarni o‘qitish jarayoniga joriy qilishda uning o‘zaro bog‘liq qismlarini tashkiliy jihatdan tartibga keltirish, bosqichlarni ko‘rish, ularni joriy etish shartlarini aniqlash, mavjud imkoniyatlarni hisobga olgan xolda belgilangan maqsadga erishishni ta’minlaydi. Yoxud pedagogik texnologiya o‘qituvchining kasbiy faoliyatini yangilovchi va ta’limda yakuniy natijani kafolatlaydigan muolajalar yigindisidir. Pedagogik texnologiya o‘zining egiluvchanligi, natijalarning turg‘unligi, samaradorligi, oldindan loyixalanish zarurati bilan metodikadan farq qiladi. Shu bilan birgalikda ma’lum vaqt davomida pedagogik texnologiya o‘quv jarayonini texnik vositalar yordamida amalga oshirish, deb qarab kelingan. Faqat 1970 - yillardan boshlab pedagogik adabiyotlarda bu tushunchaning moxiyati yangicha talqin etila boshlandi. Yapon olimi T. Sakamoto tomonidan “o‘qitish texnologiyasi - bu o‘qitishning maqbulligini ta’minlovchi yo‘l-yo‘riqlar tizimi bilan bog‘liq bilimlar soxasi ” ekanligi e’tirof etiladi . Ob’ektiv borliqni o‘rganishning tizimli yondashish metodi fanda keng ko‘lamda qo‘llanilgach, uning ta’siri ostida asta-sekinlik bilan pedagogik texnologiya moxiyatiga ham aniqlik kiritildi. Jumladan, rus olimasi N.F. Talizina texnologiyani “belgilangan o‘quv maqsadiga erishishning oqilona usullarini aniqlashdan iborat” deb tushuntiradi. Bundan tashqari u zamonaviy o‘qitish texnologiyasi haqida fikr yuritib, uni aloxida fan sifatida qarash lozimligini o‘qtiradi. Pedagogik texnologiyani fan sifatida e’tirof etish K.K. Selevko tomonidan ham ma’qullanilib “Pedagogik texnologiya o‘qitishning birmuncha oqilona yo‘llarini tadqiq qiluvchi fan sifatida ham, ta’limda qo‘llaniladigan usullar, prinsiplar va regulyativlar sifatida ham, real o‘qitish jarayoni sifatida ham mavjuddir” degan xulosaga keladi. Selevkoning fikricha “Pedagogik texnologiya” tushunchasi ta’lim amaliyotida uch ierarxik darajada qo‘llanilishini asosladi: 1) Umumpedagogik (umumdidaktik) daraja: umumpedagogik (umumdidaktik, umumtarbiyaviy) texnologiya ma’lum mintakada, o‘quv yurtida, ma’lum o‘qitish bosqichida yaxlit ta’lim jarayonini tavsiflaydi. 2) Xususiy metodik (predmetli) daraja: xusuiy predmetli pedagogik texnologiya “xususiy metodika” ma’nosida qo‘llaniladi, ya’ni ta’lim va tarbiyaning aniq mazmunini joriy etish metodlari va vositalari yig‘indisi sifatida bir predmet, sinf, o‘qituvchi doirasida qo‘llaniladi (fanlarni o‘qitish metodikasi, o‘qituvchi, tarbiyachining ishlash metodikasi). 3) Lokal (modulli) daraja: lokal texnologiya o‘zida o‘quv - tarbiyaviy jarayonning ayrim qismlarini, xususiy didaktik va tarbiyaviy masalalar enchimini o‘zida mujassamlashtiradi (aloxida faoliyat turlari texnologiyasi, tushunchalarni shakllantirish, aloxida shaxs sifatlarini tarbiyalash, dars texnologiyasi, yangi bilimlarni egallash, mustaqil ishlash texnologiyasi va boshqa). Lernerning fikricha, pedagogik texnologiya - “o‘quvchilar harakatlarida aks etgan o‘qitish natijalari orqali ishonchli anglab olinadigan va aniqlanadigan maqsadni ifodalashni taqozo etadi”. Yuqorida keltirilgan ta’riflardan ko‘rinib turibdiki, pedagogik texnologiya belgilangan boshlangich maqsad va mazmun asosida o‘quv jarayonini loyixalash sifatida talqin etiladi. Bu bir jixatdan to‘gvri, lekin teranroq fikr yuritilsa uning bir yoqlamaligi ko‘zga yaqqol tashlanadi yoki bunday yondashuvlarda o‘quvchi shaxsi inkor etilayapti. Bu kamchilikni birinchi bo‘lib akademik V.P. Bespal’ko payqadi va o‘zining yirik asarida “pedagogik texnologiya - bu o‘qituvchi mahoratiga bog‘liq bo‘lmagan xolda pedagogik Апрель 2021 10-қисм Тошкент 100 muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan o‘quvchi shaxsini shakllantirish jarayonining loyixasidir” degan ta’rif beradi. Bu ta’rif mazmunidan muhim ilmiy prinsiplarni alohida ajratib ko‘rsatish mumkin: - pedagogik texnologiya o‘quvchilarda ma’lum ijtimoiy tajriba elementlarini shakllantirish uchun loyihalanadi; - loyixalangan tayyor texnologiyani amalga oshirish fan o‘qituvchisidan katta mahorat talab etmaydi; - yakuniy natija, albatta, kafolatlanadi. Pedagogik texnologiya tushunchasini oydinlashtirishga qaratilgan ta’riflarning xilma-xilligi, bir tomondan, rivojlangan mamlakatlarda bu mavzuning u yoki bu darajada echilganligini ko‘rsatsa, ikkinchi tomondan, pedagogik texnologiyani amaliyotga joriy etishga bo‘lgan urinishlar natijasini ifodalaydi. Xulosa qilib aytganda pedagogik texnologiya o‘quvchilarni bilim olishga motivasiyasini shakllantirishga xizmat qiladi. Adabiyotlar ro‘yxati 1. Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardaev A. Ta’limda innovatsion texnologiyalar . – T.: “Iste’dod” jamg‘armasi, 2008 . 2. Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardaev A. Ta’rbiyada innovatsion texnologiyalar. – T.: “Iste’dod” jamg‘armasi, 2009. 3. Tolipov W., Usmonboeva M. Pedagogik texnologiyalarnin’ tadbiqiy asoslari – T.: 2006. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 101 XALQARO BAHOLASH DASTURLARINI TA’LIM TIZIMIGA JORIY ETISH MEXANIZMLARI Norboyeva Muxayyo Egamberganovna Shovot tumani 42-son maktab o‘qituvchisi Telefon: +998 (99) 570 48 81 nm_ Egamberganovna4881@inbox.uz Matyaqubova Dilorom Yuldoshovna Shovot tumani 1-son maktab o‘qituvchisi Telefon: +998 (90) 966 71 69 dilorom_my.11@inbox.uz Annotatsiya: Ushbu maqola xalqaro baholash dasturlari va ularni ta’lim tizimiga joriy etish mexanizmlari haqida. Kalit so‘zlar: Xalqaro baholash dasturlari, PISA, PIRLS, TIMSS, TALIS, milliy markaz, yo‘l xarita, xalqaro aloqalar. Dunyo ta’lim tizimida tan olingan va juda ko‘plab mamlakatlarda joriy etilgan xalqaro baholash dasturlari quyidagilar: The Programme for International Student Assessment (PISA) - 15 yoshli o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini baholash; Progress in International Reading and Literacy Study (PIRLS) -boshlang‘ich 4-sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish darajasini baholash; Trends in International Mathematics and Science Study (TIMSS) - 4 va 8-sinf o‘quvchilarining matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan o‘zlashtirish darajasini baholash; The Teaching and Learning International Survey (TALIS) - rahbar va pedagog kadrlarning umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘qitish va ta’lim olish muhitini hamda o‘qituvchilarning ish sharoitlarini o‘rganish uchun. Xalqaro baholash dasturlarini mamlakat ta’lim tizimiga joriy etish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish vazifasi davlat inspeksiyasi huzurida yangi tashkil etilgan Ta’lim sifatini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi zimmasiga yuklatilgan. Quyidagilar Milliy markazning asosiy vazifalari va faoliyatining yo‘nalishlari etib belgilangan: - xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish hamda muvofiqlashtirishda O‘zbekiston Respublikasining vakili sifatida ishtirok etish; - ta’lim tizimida o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan savodxonlik darajasini rivojlantirishning innovatsion metodlarini ishlab chiqish va joriy etishga yo‘naltirilgan ilmiy izlanishlar olib borish; - ta’lim sifatini baholash sohasida xalqaro aloqalarni o‘rnatish, xalqaro loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish, xalqaro ilmiy anjumanlar va simpoziumlarni tashkil etish va o‘tkazishda ishtirok etish; - ta’lim sifatini baholash sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar o‘tkazish; - ta’lim sifatini baholash bo‘yicha tadqiqotlarni ilmiy va uslubiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash; - umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining xalqaro tadqiqotlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishini ta’minlash; - O‘zbekiston Respublikasining xalqaro baholash dasturlarida qayd etgan natijalarini boshqa davlatlar natijalari bilan qiyosiy taqqoslash; - xalqaro baholash dasturlarini ta’lim jarayoniga joriy etish bo‘yicha tizimli monitoring olib borish, ushbu sohadagi ilg‘or tajribani ommalashtirish va uning asosida ta’lim muassasalari uchun tavsiyalar va qo‘llanmalar ishlab chiqishda ishtirok etish; - o‘qitishning innovatsion usullaridan foydalangan holda o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlar bo‘yicha pedagog kadrlarning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv-uslubiy tavsiyalar tayyorlash. Shuningdek, xalqaro tadqiqotlarda O‘zbekiston Respublikasining ishtirok etishiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” tasdiqlangan. Xalq ta’limi vazirligi 2019 yil 1 fevralga qadar Milliy markaz bilan birgalikda o‘quvchilarning qobiliyat va iqtidorlarini umumiy o‘rta ta’lim Апрель 2021 10-қисм Тошкент 102 muassasalarining 1-sinfidan boshlab aniqlash va rivojlantirish, o‘quvchilarning savodxonligini baholash bo‘yicha xalqaro baholash dasturlari va tanlovlarida ishtirok etishni ta’minlash dasturini ishlab chiqadi. Bundan tashqari, xalqaro tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlardan o‘quv dasturlari hamda o‘quv adabiyotlari mazmuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, xalqaro tadqiqotlarning baholash dasturlari yo‘nalishlaridagi savollar milliy bazasini yaratish va o‘quv dasturlariga integratsiya qilish, o‘quvchilar savodxonligini baholashning milliy tizimini takomillashtirish va 2019-2021 yillarda amaliy ko‘nikmalarini shakllantirilishini baholashga qaratilgan sinovlarni tizimli ravishda o‘tkazib borish, xalqaro tadqiqotlarning baholash dasturlari yo‘nalishlaridagi savollarni o‘zida mujassam etgan o‘quv dasturlari asosida qo‘shimcha metodik qo‘llanma va adabiyotlar yaratish, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va Toshkent shahar hamda har bir tuman (shahar)da xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan tayanch maktablarni belgilash, umumiy o‘rta ta’lim muassasalaridagi iqtidorli pedagog kadrlarni xalqaro baholash dasturlari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarga jalb qilish, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari bilan jihozlanganlik va Internet jahon axborot tarmog‘iga ulanganlik holatini inventarizatsiya qilish hamda mavjud muammolarni bartaraf qilish choralarini ko‘rish vazifalarini ham amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xalqaro tadqiqotlar o‘tkaziladigan o‘qish, matematika va tabiiy yo‘nalishdagi fanlar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari, malaka oshirish va qayta tayyorlash hududiy mintaqaviy va tarmoq markazlarining o‘quv dasturlariga xalqaro tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritib borish, xalqaro tadqiqotlar dasturlarining mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida loyihalar tayyorlash singari vazifalarni amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Milliy markazning murojaatiga asosan uni belgilangan tartibda zarur aloqa vositalari, shu jumladan hukumat aloqa vositalari bilan ta’minlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi PISA va TALIS xalqaro tadqiqotlarida O‘zbekiston Respublikasining ishtirok etishi yuzasidan Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti bilan hamkorlik shartnomalarining imzolanishini tashkil etadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati 1. Abdullayeva Sh. Ta’limda o‘qituvchi shaxsi va o‘quvchi faoliyatini uyg‘unlashtirish texnologiyalari. // Molodoy uchyonыy, 2016 yil. 9-son. 2. Abduraimova M. Ona tili ta’limida ilg‘or pedagogik texnologiya. Toshkent, 2005. 3-26 betlar. 3. Azizxo‘jayeva N. O‘qituvchi tayyorlashning pedagogik texnologiyasi. T.: TDPU, 2000. 4. Abduqodirov A. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida yangi axborot texnologiyalardan foydalanish muammolari. Uzluksiz ta’lim jurnali, 2002. № 4, 60-73 betlar. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 103 TA’LIM VA TARBIYA JARAYONIDA RUS TILI FANI O‘QITUVCHISINING O‘RNI Norova Zilola Navoiy viloyati Qiziltepa tumani 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabi rus tili fani o‘qituvchisi Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida shakllanayotgan milliy istiqlol g‘oyasi Respublika Konstitusiyasida e’tirof etilgan insonparvar, demokratik, huquqiy davlat va jamiyatni barpo etish, shuningdek, ijtimoiy- iqtisodiy hamda madaniy rivojlanishning yuqori bosqichlariga ko‘tarish, jahon hamjamiyati safidan munosib o‘rin egallashga yo‘naltirilgan ezgu maqsadlarni amalga oshirishga xizmat qiladi. Ushbu maqsadlarning ijobiy natija berishi, eng avvalo, yosh avlodga ilmiy bilimlar asoslarini puxta o‘rgatish, ularda keng dunyoqarash hamda tafakkur ko‘lamini hosil qilish, ma’naviy-axloqiy sifatlarni shakllantirish borasidagi ta’limiy-tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etishga bog‘liqdir. Davlatimizning barcha sohalarida shiddat bilan olib borilayotgan islohotlar jarayoni dunyo miqyosida til ta’limining ham zimmasiga yangidan-yangi vazifalarni yukladi. Davr tildan amaliy foydalanish samaradorligini fanning ham, ta’limning ham asosiy muammosiga aylantirib qo‘ydi. Natijada rus tili ta’limida o‘quvchilarning muayyan nutqiy vaziyat, sharoit va madaniy muhitda tildan oqilona, samarali foydalanish kompetensiyasini rivojlantirish masalasi bilan shug‘ullanishi zarurligi belgilab berildi. Eng muhimi, til ta’limi bo‘yicha o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishlari bilan birgalikda, o‘z fikrini boshqalarga tushuntira olish, boshqalarni tinglab ularni tushuna olish, bahsga kirishish, kundalik hayotda muvaffaqiyatlarga erishish uchun o‘quvchi ushbu axborotlarni izlab topishi, tahlil qilish, bilim, ko‘nikma va malakalardan kundalik hayotlarida uchraydigan muammolarni hal etishda foydalana olishlarini shakllantirish zarur. Ta’lim samaradorligini yuqori bosqichga ko‘tarish hamda dars sifatini oshirishda uzluksiz ta’lim tizimi xodimlari, pedagog-o‘qituvchilar tomonidan zamonaviy ta’lim texnologiyalarini ta’lim jarayonida samarali qo‘llay olish, shuningdek, ta’lim jarayonini tashkil etishga nisbatan ijodiy yondashuvning qaror topishi muhim ahamiyat kasb etadi. Axborot manbalari bugungi kunda shu qadar takomillashganki, ta’lim jarayonida o‘qituvchi eng qulay, eng zamonaviy, eng qiziqarli, eng oson usullarni qo‘llash orqali o‘quvchiga zaruriy bilimlarni yetkazmasa ko‘zlangan maqsadga erishishi qiyin. Bu, undan nafaqat o‘z fanining bilimdoni, balki o‘z kasbining fidoyisi,o‘rni kelganda aktyori bo‘lishini talab etadi. Ayniqsa, rus tili fani o‘qituvchisi darslarni tashkil etishda o‘tiladigan mavzuning mazmunidan kelib chiqib materiallarni o‘quvchilarga singdirish yo‘llarini, qaysi usullarni qo‘llash yaxshi samara berishini oldindan belgilab olishi maqsadga mubofiq. Ilg‘or pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayonida qo‘llash darslarning sifatini, o‘quchilarning fanga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi, ularni mustaqil ishlashga va ijodiy fikrlashga o‘rgatadi. Taniqli tilshunos olim N. Mahmudov til ta’limida muayyan natijaga erishish uchun stilistika fani bo‘yicha ma’lumotlarni bilishning ahamiyati nihoyatda ulkanligini alohida ta’kidlaydi. Rus tili fani o‘qituvchilari: - ta’limning uzluksiz va uzviyligini ta’minlash bo‘yicha barcha bosqichlar faoliyatini; - sohaning yetakchi olim va amaliyotchi mutaxasasislari bilan hamkorlikda ish olib borishni; - uzluksiz ta’lim bosqichlari uchun rus tilidan davlat ta’lim standartlari talablarini til ta’limining xalqaro standartlariga muvofiqlashtirish masalalarini; - rus tili ta’limi samaradorligini oshirish yo‘llari va zamonaviy dars shakllarini; - rus tili o‘qituvchilarining tayyorgarlik darajasiga va oliy malakali ilmiy-pedagogik kadrlarning rus tilidan bilimlari darajasiga qo‘yiladigan talablar mazmunini; - “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da ilm-fan, ta’lim-tarbiya tizimini, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish bo‘yicha belgilangan vazifalarni bajarish; - ta’lim jarayonida sifat va samaradorlikka erishish yo‘llarini bilish; - rus tilini o‘qitish bo‘yicha tajriba almashish va ilg‘or tajribalarni ommalashtirish yo‘llarini hamda rus tili bo‘yicha ilmiy- tadqiqot, metodik ishlarni olib borish va uni amaliyotga tatbiq eta olish kabi kompetensiyalarga ega bo‘lishi kerak. Ayniqsa, maktab o‘quvchilari tafakkurini rivojlantirish uchun ular psixologiyasini e’tiborga Апрель 2021 10-қисм Тошкент 104 olgan holda falsafiy fikrlash qonun-qoidalariga asoslanishni lozim deb hisoblayman. Shu bois ta’lim jarayonida ularga eng avvalo, anlash ruhini singdirish zarur. Chunki anglangan ruhiy holatda mohiyat kashf etiladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi. – T.: O‘zbekiston, 2014. 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi 4947-son Farmoni. 3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi 5106-son Farmoni. 4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 martdagi “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi №140-sonli Qarori. 5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi № 187-sonli Qarori. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 105 IJTIMOIY FANLARNI O‘QITISHDA XOJA BAHOUDDIN NAQSHBAND O‘GITLARINING FOYDALANISH MASALALARI Ochilova Moxichehra Navoiy viloyat Qiziltepa tumani 42 – umumta’lim maktabi tarix fani o‘qituvchisi Rezyumi: Maqolada, Bahouddin Naqshbandiy o‘gitlarining yoshlar tarbiyasidagi ta’siri haqida so‘z yuritilgan. Istiqlol yillarida ta’lim tizimida amalga oshrilib kelinayotgan islohotlar yosh avlodni ham ruhan, ham jismonan, bir so‘z bilan aytganda, komil inson g‘oyasi asosida kamol toptirishda samarali omil vazifasini o‘tamoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda so‘zlagan ma’ruzasida yoshlar tarbiyasida alohida to‘xtalib: “bolalarimizni birovlarning qo‘liga berib qo‘ymasdan, ularni o‘zimiz tarbiyalashimiz lozim. Buning uchun yoshlarimiz bilan ko‘proq gaplashish, ularning qalbiga quloq solish, dardini bilish, muammollarni yechish uchun amaliy ko‘mak berishimiz kerak. Bu vazifalarni amalga oshirishda biz asrlar mobaynida shakllangan milliy an’analarimizga, ajdodlarimizning boy merosiga tayanamiz”, deya ta’kidlab o‘tdi. Darhaqiqat, mamlakatimizda yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Yoshlarning zamonaviy bilim olishi, yuksak ma’naviyatli bo‘lib ulg‘ayishida, ulug‘ mutassavvuf ajdodlarimizning boy merosidan foydalanish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, el orasida Xoja Bahouddin Balogardon, Xo‘jai Buzrnk, Shohi Naqshband nomlari bilan mashhur bo‘lgan naqshbandiylik tariqatining buyuk namoyondasi Bahouddin Naqshband o‘gitlari buning yaqqol dalilidir. “Tariqat pirlarining o‘gitlari, so‘fiylar hozirgi til bilan aytganda, fidoiy muallimlar bo‘lib, bir necha avlodni asr-asrlardan beri tarbiyalab kelmoqda. Shu sabab XXI asrda ham insoniyat yana tariqatga ehtiyoj sezib, ulug‘ ustodlar merosini o‘rganib, ular odobi, aytgan gap, qilgan ishini o‘zlashtirib olmoq uchun sa’y-harakat etmoqda”. Bahouddin Naqshbandiyning quyidagi keltiriladigan “Kimki ana shu odobni ushlasa, uni balog‘at ahlining balog‘atiga yetkazadi. Adab bu- hulqni chiqoyli qilish, so‘zni va fe’lni soz qilishdir .”- degan o‘giti ham purma’nolidir. Darhaqiqat, har bir farzand shaxsi oilada shakllanadi. Demak, oila-barkamol avlod poydevori hisoblanadi. Shunday ekan, oilada farzandlarni axloqiy-huquqiy jihatdan tarbiyalash, ayniqsa, adolat, burch, vatanparvarlikni shakllantirish, ona vatanni sevish hissini uyg‘otish o‘ta muhim hisoblanadi.Oilada farzandlarni o‘z burchiga sadoqat ruhida tarbiyalash mas’uliyat, onglilik, vijdon kabi fazilatlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Bunda ota-onaning o‘zaro samimiy munosabati, ularning farzandlari bilan yaqin, do‘stona munosabatda bo‘lishi, ularning kelajakdagi orzu-maqsadlarini tushunib olishlari, farzandlarning sog‘-salomat voyaga yetishlari uchun asos bo‘ladi. Inson tarbiya jarayonida yaxshi xulq-atvorga, odatlarga va aql-farosat omillariga ega bo‘lgan bo‘lsa, hayot saboqlarini shunchalik yaxshi anglaydi va yaxshi ishlarni amalga oshiradi. Islom ta’limotiga ko‘ra, farzand ota-ona zimmasidagi omonat bo‘lib, ular bu omonat haqida mas’uldirlar. Ta’lim va tarbiya har bir pedagogdan chidam, matonat, katta bilim va tajriba talab qiladi. Demak, har bir o‘qituvchi ta’lim -tarbiyaga oid bilim va malakaga ega bo‘lishi shart. Bu xususida ulug‘ pir Naqshbandiydan “Ustoz oldida ta’lim berish vazifasi turadi. Ta’lim berish uchun, u o‘z shogirdlarining o‘y-tashvishlari-yu qat’iy muddaolarini hisobga olishi kerak. Chunonchi, u buxoroliklar bilan suhbatlashayotganida, Buxoro tilini qo‘llashi, Bag‘dodda esa Bag‘dod tilida so‘zlashi kerak”- degan o‘gitida pedagog- o‘quvchilar yana bir bor ma’suliyatni chuqur his etadi. “Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. “ Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan yoshlardir. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz?Tarbiya, tarbiya va Апрель 2021 10-қисм Тошкент 106 faqat tarbiya hisobidan”, deya ta’kidlamoqdidir Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev . Yuqoridagi firklardan kelib chiqib, maktab, oila, mahalla, butun jamoatchilikka katta mas’uliyat yuklaydi. Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasining barcha bo‘g‘inlari – maktabgacha ta’lim, maktab, o‘rta maxsus va oliy ta’lim tizimini takomillashtirish, yangi muassasalar bunyod etish va mavjudlarini qayta ta’mirlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yoshlar kamolotida o‘z samarasini beradi. Yoshlar tarbiyasida tezda ijobiy natijalarga erishish uchun ularga bilim berish bilan birga, ma’lum mehnat jarayonlariga jalb etish, kasb va mutaxassislik sir-sinoatlarini qo‘shib o‘rgatish maqsadga muvofiqdir. Bu xususida Naqshbandiy tariqatining asosiy shiori “Dil ba yori, dast ba kor” hikmatida ifodalangan. “Buning ma’nosi – har bir inson doimo dilida Xudoni saqlasinu, uning qo‘li rizqu ro‘z, ya’ni emoq – ichmoq, kiyim – kechak bunyod qilishdek kundalik tiriklik mehnati bilan band bo‘lsin”, demoqchi. U hamma uchun, ayniqsa oddiy xalq, hunarmandlar uchun qo‘l keladigan “Dil ba yoru dast ba kor” - “Dil yor (Allox) bilan, Qo‘l ish bilan band bo‘lsin” shiorini o‘rtaga tashlagan. Bu shior naqshbandiylikning asosiy mohiyatini tashkil etadi. Aytish joizki mazkur xayotbaxsh shiorda tasavvufni nazariy va amaliy jixatlari tugal xolga kelganligi o‘z ifodasini topgan. Naqshband ilgari surgan “Dil ba yoru dast ba kor” shiorini yanada soddaroq tarzda shunday izoxlash mumkin. Tasavvuf ahlining maqsadi Alloh vasliga erishish bo‘lsa, buning uchun tarki dunyo qilish, zoxidlik yo‘liga kirishi shart emas, balki Allohni har damda dilda zikr etib, qo‘l esa mehnat bilan band bo‘lgan xolda ham yetish mumkinligini anglatadi. Baxouddin Naqshband Islomni hayot bilan, shaxs va oila bilan, jamiyat ravnaqi bilan bog‘lab “Kam yegil, kam uxla va kam gapir” deb nasixat qilgan. Amir Temur bu shiorga amal qilib, arkonu davlatga, barcha mulozimlarga aytar so‘zim shu bo‘ldi: “Kam yenglar-ocharchilik ko‘rmasdan boy-badavlat yashaysizlar, kam uxlanglar mukammallikka erishasizlar, kam gapiringlar -dono bo‘asizlar”1 - deb yozgan. Naqshband doimo adolatni, mehnat asosida bunyod etilgan xalol luqmani ma’qullagan. Bu jihatdan uning “insondagi yaxshi fe’llar, yahshi amallar halol luqmadandir” so‘zlari biz uchun ibratdir. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Sh.M.Mirziyoev, Abduxoliq G‘ijduvoniy maqbarasiga tashrifi, 2019-yil 29-mart 2. S.S.Buxoriy “Bahouddin Naqshband yoki yetti pir” -T.: “Navro‘z” 2017. 3. U.Uvatov “O‘zbekiston – buyuk allomalar yurti” – Y.: “Ma’naviyat” 2010 4. Mirzo Salim Buxoriy . bahouddin naqshband yoki etti pir.:T.”Yangi asr avlodi” 2003-yil 7- bet 5. Imomnazarov M. Eshmuhammedova M. Milliy ma’naviyatimiz asoslari. 176-bet. 6. Amir Temur o‘gitlari. Toshkent, Navro‘z, 1992 y, 58-bet. 7. Tarbiya ensiklopediyasi .-T.:O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2010 8. Navro‘zova G. - Hazrat Bahouddin Naqshbandning hayoti va tasavvufiy qarashlari . maqola. ziyo.uz 1 Апрель 2021 10-қисм Тошкент 107 TEXNOLOGIYA DARSLARIDA AMALIY MASHG‘ULOTLAR Ollaberganova Dilbar Mavlanovna Xorazm viloyati Xonqa tumani 33-son umumta’lim maktabning texnologiya fani o‘qituvchisi Annotatsiya: Ushbu maqolada texnologiya darslarida o‘quvchilarni mehnatsevarlikka, jamoa bilan ishlashga, bir birini hurmat qilishga, o‘zaro hamkorlikda ish yuritishlariga doir fikrmulohazalar berilgan. Kalit so‘zlar: mehnat, fikr, amaliy mashg‘ulot, buyum, tarbiya, fikr, ish, jamoa. Texnologiya ta’limining maqsadi o‘quvchilarga faqat tegishli bilimlar, ko‘nikma va malakalar berishdagina emas, balki ularni mehnatga, ijtimоiy va shaxsiy mulkka, kоllektivga va uning alоhida a’zоlariga munоsabatini, umumiy fоyda uchun ishlashga tayyorlikni tarbiyalashdan ham ibоratdir. Texnologiya fanining tarbiyaviy rоlining asоsi uning g‘оyaviy-siyosiy yo‘nalishidir. Hamkоrlik va o‘zarо yordamga asоslangan jamоa mehnat jarayonida shakllanadi. Shuning uchun maktabdagi amaliy mashg‘ulоtlar jarayonida o‘quvchilar jamоa bo‘lib ishlaydigan yaqin va uzоq vazifalarning umumiyligi bilan birlashadigan yo‘sinda tashkil qilinadi. Mehnat tоpshiriqlarini bajarish jarayonida ular ba’zi ishlarini birgalikda, bir biriga yordam berib, fikrlar almashib, maslahatlashib bajarishlariga to‘g‘ri keladi. Bu imkоniyatlardan o‘qituvchi o‘quvchilarni tarbiyalashda keng fоydalinishi kerak. Dam оlish paytida ishning bajarilishni nazоrat qilish, yakunlarini chiqarishda o‘quvchilarning ijоbiy harakatlarini ta’kidlab o‘tish kerak. O‘quvchilar tоmоnidan fоydali buyumlarning tayyorlanishi, jamоa tоmоnidan mehnatdan, uni hоzirgi zamоn ishlab chiqarishga mоs keladigan оperatsiyalarga ajratib qo‘llash, ishda mоslama va mexanizmlardan fоydalanish imkоni beradi. Bu shart - sharоitlarda tayyorlangan mahsulоt sifatiga, ish bajarish muddatlariga o‘quvchilarning kоllektiv javоbgarligi kabi tarbiya usulini qo‘llash imkоniyati va boshqalar tug‘iladi. Yuqоrida ko‘rsatilganidek o‘qituvchi tayyorlagan buyumni tekshirib, o‘quvchiga uning sifatini mustaqil bahоlashni taklif qiladi. Ilg‘оr o‘qituvchilarning bunday metоdik usuli muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatmоqda. O‘quvchilar tayyorlangan buyumlarning aniqligi va sifatini aniqlashga dоir sistematik ravishda mashq qilishlari ularda o‘z-o‘zini nazоrat qilish ko‘nikmalarini, o‘z-o‘zini tanqidiy bahоlash hissining shakllanishiga yordam beradi. Bu ko‘nikmalarni mustahkamlash maqsadida o‘quvchilarni o‘z-o‘zini nazоrat qilishiga sistematik ravishda jalb qilish maqsadga muvоfiqdir. Dam оlish uchun tanaffuslar vaqtida, mashg‘ulоtlar yakunini o‘tkazishda ish natijalari tahlilida o‘quvchilarga ishchi sharafi, ilg‘оr ishchilarning korxona sharafi uchun kurash, faqat оliy sifatli mahsulоt ishlab chiqarish haqida gapirib berish kerak. Bunday suhbatlar uchun yorqin misоllarni tanlash, yaxshisi ularni mahalliy kоrxоnalar hayotidan оlgan ma’qul. Оngli intizоmni tarbiyalash hоzirgi zamоn shart-sharоitlarida ishlab chiqarishning kengayishi, xo‘jalik munоsabatlarining murakkablashuvi, fan-texnika prоsessining jadallashishi tufayli ish vaqtining har bir sоati, har bir daqiqasining ahamiyati, ichki tartib qоidalariga qat’iy amal qilish ahamiyatining оrtishi ko‘rsatib berilgan. Bunga ko‘niktirishni maktab kursidan bоshlash kerak. Buning uchun mehnat ta’limi prоsessida ayniqsa qulay shart-sharоitlar yaratiladi. Bunda o‘quvchilarni ishоntirish metоdlaridan fоydalanish va shu bilan bir vaqtda ularning ishlariga yuqоri talabchanlik bilan yondоshish kerak. O‘quvchilar xulqidagi ularni o‘zarо munоsabatlardagi birоr chetlanishlar payqalganda ijоbiy misоllar bilan u yoki bu hоllarda o‘zini qanday tutish kerakligini ko‘rsatish va tushuntirish kerak. O‘qituvchining sistemali va qat’iy talablarini bajarish natijasida o‘quvchilar qabul qilingan qоidalar, ish usullari va hokazоlarni aniq va оngli bajarishga asta-sekin ko‘nikadilar. Ular berilgan ish marоmini saqlashga, ish o‘rnini namunali tutishga, ish asbоblarni ehtiyot qilishga va bоshqalarga оdatlanadi. Talabchanlikni o‘quvchilarga ishоnish va ularni hurmat qilish bilan birga qo‘shib оlib bоrish оngli intizоmni tarbiyalashning muhim shartlaridan biridir. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining texnologiya darsliklari. 2. Ish tajribamdan. 3. Internet malumotlari. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 108 BOSHLANGʻICH SINFLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH. Ostonova Gulshod Maxmudovna Qiziltepa tumani 6-maktabning boshlanģich sinf òqituvchisi Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda Axborot texnologiyalaridan foydalanishning nazariy va amaliy jihatlari yoritilgan. Kalit so‘zlar: pedagogik mahorat, kreativlik, komil inson, multimediya, kompyuter,slayd Bugungi kun o‘qituvchisiga barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishdek mas’uliyatli vazifa yuklangan bo‘lib, ta’lim mazmunini takomillashtirishga qaratilgan vazifalarni belgilab olish, zamon bilan hamnafas bo‘lib, ta’limning zamonaviy texnologiyalarini joriy etgan holda o‘quvchilarda o‘z faniga qiziqish uyg‘otishlari, hurmat-ehtirom tuyg‘ularini shakllantirib borishlari talab etiladi. Ta’limda ijobiy natijalarga erishish, eng avvalo, yosh avlodga ilmiy bilim asoslarini puxta o‘rgatish, ularda dunyoqarash hamda tafakkur ko‘lamini kengaytirish, ma’naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirish borasidagi ta’limiy-tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etish bilan belgilanadi. Bu borada ta’lim-tarbiya jarayoniga ko‘plab o‘zgartirishlar kiritilmoqda, yangicha yondoshuvlar tadbiq etilmoqda. Shulardan birisi, axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanib dars o‘tishda mashg‘ulotlar samaradorligini oshirishga erishish hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta’lim muassasalarining moddiy texnik va axborot bazasini mustahkamlash, o‘quv-tarbiya jarayonini yuqori sifatli o‘quv adabiyotlari va ilg‘or pedagogik texnologiyalar bilan ta’minlash uzluksiz ta’lim tizimini axborotlashtirish masalasi alohida qayd etilgan. Bundan kelib chiqqan holda ta’lim jarayoniga axborot-kommunikatsion texnologiyalarini joriy etish davr talabi hisoblanadi. O‘quvchilarning fanlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning aqliy va ijodiy tafakkurini, intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish, fanlararo bog‘liqlikni ta’minlash, bugungi pedagogikaning muhim vazifalaridan. Darslarni ilg‘or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish, o‘quvchilarni mustaqil ravishda faoliyat ko‘rsata olishga, axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan oqilona foydalanishga o‘rgatish, o‘qitilayotgan fanni o‘zlashtirish sifatini oshirish ustuvor vazifa hisoblanadi. Bu borada boshlang‘ich ta’limni o‘qitishda ham turlicha uslublar qo‘llanilmoqda. Shulardan biri zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishdir. Zamonaviy axborot texnologiyalarning jadal taraqqiy etib, ta’lim sohasiga jadal kirib kelishi, hayotimizda muhim ahamiyatga ega bo‘lib borayotgani bu boradagi bilim va malakalarimizni ham mos ravishda shakllantirishni taqozo etadi. Shuning uchun, boshlang‘ich sinflarda kompyuterdan foydalanib dars o‘tish tavsiya qilindi. Dars jarayonining muhim yutuqlaridan biri kompyuter texnologiyalari komponentlaridan foydalanishni ta’minlovchi dasturiy vositalarning yaratilishi bo‘ldi. Ayniqsa, o‘quv jarayonining tashkil qilishda bu dasturiy vositalar alohida ahamiyatga ega. Elektron qo‘llanmalarning “Ma c r o me d i a F l a s h” , “ G I F A n i ma t i o n ” , “Mi c r o s o f t F r o n t P a g e” ,“ A b o b e F o t o s h o p ” , “ 3 D Ma x ” , “Mi c r o s о f t P o w e r P o i n t ” kabi dasturiy vositalardan foydalanib yaratilganligi qulaylik tug‘dirmoqda. Chunki ular harakatli, rangli, ovozli tasvirlar yaratish imkonini beradi. Bu esa boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining mavzuni tez tushunib olishga, o‘zlashtirish sifatini oshishiga yordam beradi.Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun yaratilgan elektron darslik, qo‘llanma va taqdimotlardan o‘quv jarayonida keng foydalanilmoqda.Masalan: o‘qish va ona tili fanlarida katta ekranda harflarni, so‘zlarni bir-biriga qo‘shib o‘qish, so‘ngra kichik ertak va hikoyalarni o‘qish, harflarni to‘g‘ri va chiroyli yozish; Ushbu usullardan foydalanish yosh va bilimga chanqoq o‘quvchining og‘zaki nutqini rivojlanishiga, og‘zaki hisoblash malakasini oshishiga, ijodkorlik, izlanish va fikrlash qobilyatini Апрель 2021 10-қисм Тошкент 109 rivojlanishiga turtki bo‘ladi. Elektron taqdimotlardan darsda namoyish va ko‘rgazmali material sifatida foydalanish o‘qituvchiga katta yordam beradi. O‘quv materialining elektron taqdimotda animatsiyalar shaklida berilishi o‘tilayotgan mavzuni tushunishni yengillashtiradi va ko‘rgazmalilikni oshiradi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Abdurahmonova N., O‘rinboyeva L. Ona tili / O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma / 2-sinflar uchun. – Toshkent: “Ehtremum-press”, 2014. – 80 b. 2. Masharipova U., Umarova M., Boynazarova D., Nabiyeva M. Ona tili / O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma / 4-sinflar uchun – Toshkent: “Ehtremum-press”, 2017 – 88 b. 3. Tal’at G‘afforova. Boshlang‘ich ta’limda zamonaviy pedagogik tehnologiyalar. – Toshkent: Tafakkur, 2011. – 160 b. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 110 SMART EDUCATION VA UNING IMKONIYATLARI Otajonova Adolat Omonboyevna Shovot tumani 42-son maktab o‘qituvchisi Telefon: +998 (90) 430 12 60 adolat.omonboyevna_42@inbox.uz Otajonova Saida Ro‘zmatovna Shovot tumani 1-son maktab o‘qituvchisi Telefon: +998 (91) 273 67 65 otajonova_saida6765@inbox.uz Annotatsiya: Ushbu maqola smart ta’lim va uning imkoniyatlari hamda ta’lim jarayonidagi o‘rni haqida. Kalit so‘zlar: Smart ta’lim, elektron hukumat, elektron uy, elektron ta’lim, aqlli ta’lim, internet, twitter, facebook. XXI asrga kelib insoniyat hammaga birdek axborot olish imkoniyatini beruvchi ochiq axborot jamiyatini shakllantirish tomon jadal bormoqda. “Elektron hukumat”, “elektron uy”, “elektron tijorat”, “elektron ta’lim” kabi raqamli borliq elementlari hayotimizga kirib ulgurdi va odatiy hol bo‘lib qoldi. Endilikda insoniyat elektron resurslardan shunchaki axborot man’basi sifatida emas, balki interfaol muhitda ulardan aql bilan foydalanishni maqsad qilib qo‘ymoqda. Bu jadal yangilanib borayotgan axborot kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan muloqot darajasida foydalanish, ma’lumotlarni qayta ishlash va qaysidir ma’noda odam o‘rnida “o‘ylash”ga majbur qilishni talab qiladi. Bunday “aqlli”, inson bilan muloqot qiluvchi va o‘rgatuvchi elektron resurslarni yaratish o‘ta dolzarb va mashaqqatli ish bo‘lib, uni yaratishga butun dunyoning eng malakali mutaxassislari imkoniyatlarini birlashtirishni taqozo qiladi. Bu yo‘nalishda qo‘yilgan salmoqli qadamlardan biri bu ta’lim sohasida dunyo bo‘yicha amalga oshirilishi boshlangan Smart education loyihasini keltirish mumkin. Smart education (yoki aqlli ta’lim) – bu ochiq axborot resurslari yordamida interaktiv vertual muhitda amalga oshiriladigan moslashuvchan va induviduallashtirilgan yangi global ta’lim texnologiyasidir. Uning eng asosiy xususiyati uning butun dunyo miqyosida amalga oshirilishi va hammaga birdek axborot olish va keng ta’lim olish imkoniyatlarining yaratilishidir. Smart education ta’lim muhiti o‘z navbatida uning qatnashchilaridan butun ta’lim jarayonini, foydalanilayotgan metod va texnologiyalarni yangilash va bir tizimga keltirishni taqozo etadi. Xuddi shu maqsadda Yevropa Ittifoqi davlatlari o‘z ta’lim tizimlarini bir xil standartga keltirish yo‘lidan borishmoqda va dunyoning boshqa davlatlarini ham bunga da’vat etishmoqda. Kelajak ta’limi muhiti sifatida e’tirof etilayotgan yagona Yevropa universiteti loyihasi bu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan salmoqli qadamlardan biridir. Kecha ta’lim olishning yagona manbasi o‘qituvchi bo‘lib, o‘quvchi ta’lim olish uchun sinfxonaga kelishi va o‘qituvchi bilan yuzma-yuz muloqot qilishi yoki kitob o‘qishi hamda tushunmaganlarini o‘qituvchidan so‘rab o‘rganishga majbur edi. Bugunga kelib, axborot kommunikatsiya texnologiyalarini puxta egallagan o‘quvchi bilimni nafaqat sinfxonada o‘qituvchidan, balki istalgan joyda, internetdagi boshqa faol bilim manbalardan ham olish imkoniyatlariga ega bo‘ldi. Shu bilan birga, hozirda qo‘llanilayotgan ta’limning pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalari o‘qituvchining ta’lim jarayonidagi rolini o‘zgartirmoqda. O‘qituvchining roli endi faqat bilim manbai emas, balki bilim olishga yo‘naltiruvchi va bu jarayonni boshqaruvchisi sifatida namoyon bo‘lmoqda. Bu o‘rinda interfaol texnologiyalarning qo‘llanishi o‘quvchilarning o‘zi ham bilimlarni bir-birlariga uzatish va yangilarini shakllantirish manbai sifatidagi rolini oshirmoqda. Bundan tashqari, so‘nggi yillarda o‘quvchi yoshlarning Twitter, Facebook kabi ijtimoiy tarmoqlarni ishg‘ol qilganliklari va turli qiziqishlar, xususan ta’lim olish bo‘yicha o‘z uyushmalarini tuzib, faol muloqot qilayotganliklari, ya’ni o‘zaro keng muloqot, ta’lim muhitining yaratilganligi mazkur ta’lim tizimiga bo‘lgan qiziqishni orttirmoqda. Smart education ta’lim muhiti vositalari ham kun sayin o‘zgarib bormoqda. Endi istalgan joydan internetga ulanish imkoniyatining yaratilganligi, mobil kommunikatsiya vositalari, “aqlli” doska, “aqlli” ekran va ta’limning boshqa “aqlli” texnik vositalarining paydo bo‘lishi va kun sayin takomillashib borishi Smart education ta’lim muhitida faol bilim olish nufuzini yanada Апрель 2021 10-қисм Тошкент 111 oshirmoqda. Bu o‘z navbatida bilim manbai sifatida kitob bilan bir qatorda undan ancha afzalliklarga ega bo‘lgan faol, qulay va mobil ta’lim mazmuniga bo‘lgan ehtiyojni keltirib chiqarmoqda. Buni birgina kitob va internetda joylashtirilgan ma’lumotlar, ta’lim mazmuni hajmlarini taqqoslash orqali ham anglab yetish mumkin. Internetda joylashtirilgan va kun sayin, soat sayin karralab oshib borayotgan veb resurslardagi ma’lumotlar, ya’ni bilimlar xazinasidan oqilona foydalanish, internet qulayliklari va texnik imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalanish bugungi kunning dolzarb vazifasiga aylangan. Bunday yagona ta’lim tizimi texnik jihatdan ta’minlangani bilan unda tegishli ta’lim mazmuni, mobil va interaktiv muhitda ishlaydigan ta’lim resurslari bo‘lmasa, undan foyda yo‘q, albatta. Bu masala yaqin kelajakda eng malakali mutaxassislar, olimlar va uslubchilar tomonidan yaratiladi va ochiq resrus sifatida taqdim etiladi. Bunday resursga misol tariqasida, AQShda 2015 yilda Discovery Education kompaniyasi tomonidan qator fanlardan texnologik darslikni keltirish mumkin. Mazkur darslik “Smart education” ta’lim muhitida ishlashga mo‘ljallangan. Mazkur texnologik darslik o‘zining tuzilmasi, o‘quv materiallarining rang-barangligi, interfaol muloqot va o‘quvchilarning individual ta’lim olish trayektoriyalarini tanlash imkoniyatlarining yaratilganligi, nazorat va tarqatma materiallar mavjudligi, o‘qituvchilar uchun uslubiy ta’minotning berilganligi hamda uning mazmuni takomillashtirish uchun ochiqligi bilan ajralib turadi. Darslikdan o‘rin olgan har bir mavzu bo‘yicha nazariy materialni o‘rganish, o‘zlashtirilgan bilimlar asosida ko‘nikmalarni shakllantirish uchun mashqlar va kundalik turmushdan olingan vaziyatlarda bilim va ko‘nikmalarni amalda qo‘llash va tadbiq qilishga doir turli tuman interfaol mashq va topshiriqlar o‘rin olgan. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati 1. Ishmuxamedov R.J., Abduqodirov A.A., Pardayev A. Tarbiyada innovatsion texnologiyalar (ta’lim muassasalari o‘qituvchilari, tarbiyachilari, guruh rahbarlari uchun amaliy tavsiyalar).-T.: Iste’dod, 2010.-140 bet. 2. Ishmuhamedov R., Yuldashev M. Ta’lim va tarbiyada innovatsion pedagogik texnologiyalar.-T.: “Nihol nashryoti, 2013 yil 278 bet. 3. Ishmuhamedov R.J. Innovasion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish yo‘llari O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari o‘qituvchilarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti tinglovchilari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilari uchun uslubiy tavsiyalar. – T.: TDPU, 2004. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 112 BOSHLANG‘ICH SINFLARDA OG‘ZAKI HISOBLASHNI RIVOJLANTIRISH TEXNOLOGIYASI Otaxonova Komila Bekpo‘latovna Shovot tumani 42-son maktab o‘qituvchisi Telefon: +998 (99) 564 78 68 komila.otaxonova_7868@inbox.uz Iskandarova Mohira Bahrom qizi Shovot tumani 42-son maktab o‘qituvchisi Telefon: +998 (99) 969 91 99 mb_iskandarova.99@inbox.uz Annotatsiya: Ushbu maqola boshlang‘ich sinflarda og‘zaki hisoblashni rivojlantirish texnologiyasi haqida. Kalit so‘zlar: Og‘zaki hisoblash, yig‘indi, ko‘paytma, bo‘linma, arifmetik amallar, distrebutevlik qonuni. Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar og‘zaki hisoblash bilimini shakllantirish hozirgi zamon o‘qitish metodikasida yangi texnologiyani joriy etishni asosiy masala qilib qo‘ymoqda. Lotin yozuviga asoslangan matematika darsliklarimizda ayniqsa, yuz ichida, ming ichida arifmetik amallar bajarish jarayoni o‘quvchilarni fikrlash qobiliyatlarini o‘stiradigan, ijodiy qobiliyatini aniqlaydigan holatdir. Yig‘indidan, ko‘paytmaga o‘tish qoidasi, ko‘paytma, bo‘linma tushunchalari, ularning komponentlari orasidagi munosabatlarni mukammal o‘zlashtirishni talab etadiki, bu yuqori sinf matematika fanidan oladigan bilimini mustahkamlash asosi bo‘lsin. Boshlang‘ich sinflarda eng qulay usul bilan hisoblash masalasi arifmetik amallar bajarishning asosiy tayanchi hisoblanadi. O‘qituvchi darslikdagi materiallar bilan cheklanib qolmasdan balki ijodiy fikrlaydigan materiallar bilan darsni boyitish maqsadga muvofiqdir. Masalan, 10, 100, 1000 ichida ko‘paytirishni turli ko‘rinishlaridan foydalanish o‘quvchilarni qiziqishini oshiradi. 68·5 = (34·2) · 5 =34· (2·5) = 34·10 =340 68·50= 34·100=3400 Qo‘shishning distrebutevlik qonuniga ko‘ra: 17·50= (16+1) ·50= 16·50+1·50=800+50 = 850 Sonlarni bo‘lish texnikasiga ko‘ra: 135:5= (135·2) : (2·5) =270:10=27 2250:50=4500:100=45 O‘quvchilar diqqatini og‘zaki va yozma ko‘paytirishga jalb etish zarurki, bunda o‘quvchilar qiziqishi ortib borsin. 24·25 = (6·4) · 25= 6· (4·25) = 6·100=600 Bunda imkon boricha qisqa holat tanlashga intilish zarur: 24·25=(24:4) ·(25·4) = 6·100=600 Ko‘paytirishning qavslardan foydalanish holatlari juda ham qiziqarlidir: 37·25=(36+1)·25=36·25+25=900+25=925 35·25=(36-1)·25=36·25-25=900-25=875 38·25=(36+2)·25=36·25-2·25=900+50=950 25 ga ko‘paytirishning og‘zaki usulini 24 va 26 ga ko‘paytirishni (25-1) va (25+1) ifoda bilan almashtirish maqsadga muvofiqdir. (Bu chorak, bo‘lak, ulushlar tushunchasini o‘tganda zarur bo‘ladi.) Masalan: 36·26=36·(25+1)=36·25+25+36·1=900+36=936 36·24=36·(25-1)=36·25-36·1=900-36=864 25 ga bo‘lish esa, 5 ga bo‘lish qoidasidek bajariladi. Yuqoridagi hisoblashlarga teskari hisoblashlarni bajarish bilan mustahkamlaymiz. Bo‘luvchini 2 ga, 4 ga ikki martalab ko‘paytirish bo‘lgan hollar uchun xonalarni nollar bilan to‘ldirish qoidalariga asoslanadi: 225:25=(225·2): (25·2) yoki (225·4): (25·4)=900 : 100=9 Agar 9,99 va 999 ga ko‘paytirish kerak bo‘lsa, u holda eng qulay usulda hisoblash qoidasiga ko‘ra (10-1), (100-1), (1000-1) ko‘rinishlarda distrebyuterlik qonuniga ko‘ra: Апрель 2021 10-қисм Тошкент 113 678·9=678(10-1)=6780-678=6102 577·99=577(100-1)=57700-577=57123 34·999=34(1000-1)=34000-34=33966 3 sinfda (14·15) ko‘paytirish qoidasi 14·15=14(10+5)=140·14·5=140+70=210 Buni darhol hisoblashga shoshilmasdan bajarish zarur, chunki 14·15=14·10+14·5=(14+7)·10=21·10=210 ko‘rinishda hisoblashni bajarishni unutmaslik kerak. Agar 23·15 bo‘lsa 23·15=(22+1)·15=22·15+1·15=330+15=345 Shuningdek, 14 va 16 ga ko‘paytirishni (15+1) va (15-1) ifodaga almashtirish mumkin. 66·14=66·(15-1)=66·15 - 66 = 990 - 66 = 924 62·16=62(15+1)=62·15+15·1=930+62=992 61·69=6(6+1)·100+1·9=4200+9=4209 243·247=24·25·100+3·7=60000+21=60021 Bunday usullardagi hisoblashlarni bajarish o‘quvchilarni og‘zaki hisoblash texnologiyasini mustahkamlaydi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati 1. M.Jumayev. Matematika (1-sinf). Turon iqbol. 2018 yil 160 bet. O‘quv qo‘llanma 2. M.Jumayev. Matematika daftari. Turon iqbol. 2018 yil 4,5 bet. 3. M.Jumayev. Boshlang‘ich matematik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi va metodikasi. Ilm Ziѐ.2018 yil. 4. Jumayev M., Yuldasheva M, Mingbayeva B., Mamatova G. Boshlang‘ich ta’lim fanlarini o‘qitish metodikasi moduli bo‘yicha O‘QUV-USLUBIY MAJMUA – T.: – Nizmiy nomli TDPU huzuridagi XTXQTMOHM‖ 2017 Апрель 2021 10-қисм Тошкент 114 TOVUSHLARNING NUTQ JARAYONIDA O‘ZGARISHI VA YOZUV. Palvanova Latofat Kamiljanovna Xorazm viloyati Hazarasp tumani 13-umumiy o‘rta ta’lim maktabi Ona tili fani o‘qituvchisi Annotatsiya. Nutq jarayonida tovushlaming bir-biriga ta’siri natijasida bo‘ladigan o‘zgarishlar kombinator o‘zgarishlar deyiladi. Bularga akkomadatsiya, assimilyatsiya, dissimilyatsiya, gaplologiya, diereza va boshqalar kiradi. Kalit so‘zlar. Urg‘u, reduksiya, kommunikatsiya, Yozuv, regressive, progressive, dissimilyatsiya, gaplologiya, diereza, assimilyatsiya, akkomadatsiya. Akkomadatsiya (lot. Accom odatio - muvofiqiashuv) - tovushlarning moslashuvi bo‘lib, u yonma - yon turgan unlilar va undoshlar orasida sodir bo‘ladi. U progressiv yoki regressiv bo‘lishi mumkin. Moslashuv to‘liq bo‘lmaydi, qisman ro‘y beradi. Masalan: qafas so‘zida til oldi “a” tovushi chuqur til orqa “q” ta’sirida til orqa unli kabi talaffuz qilinadi. Assimilyatsiya (lot. Assim ilatio - o‘xshab ketish) - biror tovushning boshqa tovush ta’sirida unga o‘xshashlik tomon o‘zgarishi. Assimilyatsiya ikki xil bo‘ladi: progressiv assimilyatsiya va regressiv assimilyatsiya. Oldinda kelayotgan tovush keyingisiga ta’sir o‘tkazib, o‘ziga o‘xshatib olsa, progressiv assimilyatsiya deyiladi. Keyingi kelayotgan tovush o‘zidan oldingisini o‘ziga o‘xshatib olsa, regressiv assimilyatsiya deyiladi. Yana distant va kontakt assimilyatsiya mavjud. Distant assimilyatsiya yonma-yon turmagan undoshlaming o‘zaro o‘xshab ketishidir. Masalan: ben ~ men, buni - muni. Kontakt (yondosh) assimilyatsiya esa yonma-yon turgan undoshlarning o‘xshab ketishidir. Masalan: otdi - otti, o‘sgan - o‘skan. Dissimilyatsiya (lot. Dissimilis - noo‘xshash) — bir xil tipdagi tovushlaming o‘zgartirib yuborilishi. Masalan: zarur - zaril, dainba - danba. Diereza (yun. Diaeresis - bo‘linish) - tovushlardan birining talaffuz qilmay tushib qoldirilishi; past -pas, dastlab - daslab. Metateza (yun. Metathesis - o ‘rin aJmashtirish) - yonma-yon tovushning o‘rin almashinishi; ahvol - avhol, daryo - dayro. Gaplologiya (yun. Caplos - oddiy; logos tushuncha) - yonma-yon turgan o‘xshash undosh yoki bo‘g‘inlarning tushirib qoldirilishi: qayna — qaynana ~ qaynona, qayni - qaynini - qayn ini. Epenteza (yun. Epenthesis - kiritish) - so‘z ichida tovush orttirilishi: fikr - fikir, sinf - sinif, hukm - hukum. Nutq tovushlari so‘zda tutgan o‘rniga qarab talaffuzda, yozuvda o‘zgarishi mumkin. Buni tovushlarning pozitsion o‘zgarishi deyiladi. Reduksiya shunga misol bo‘la oladi. Reduksiya uch xil bo‘Iadi: 1. Miqdor reduksiyasi; urg‘u olmagan bo‘g‘inning qisqa talaffuz qilinishi; ingliz tilida uchraydi. 2. Sifat reduksiyasi; urg‘uli bo‘g‘inda unlining boshqa unliga aylanishi. 3. To‘liq reduksiya. Urg‘u olmagan bo‘g‘inda unlilar tushib qoladi. Masalan: og‘iz-og‘zim . Yozuv - muayyan bir tilda qabul etilgan va kishilar o‘rtasidagi muloqotga xizmat qiladigan yozma belgilar yoki tasvirlar tizimi. Ma’lumki, insoniyat dahosi erishgan eng buyuk va muhim yutuqlardan biri yozuvining kashf etilishidir. Yozuv kishilik jamiyati madaniy taraqqiyotining tom ma’nodagi ibtidosi, bashariyatning uzoq va murakkab tadrijiy takomili jarayonidagi omillarning eng asosiylaridan biridir. Ma’lumotlarga ko‘ra, yozuv tildan ancha keyin paydo bo‘lgan, ya’ni tovush tili taxminan 400 - 500 ming yillar ilgari yuzaga kelgan bo‘lsa, yozuvning paydo bo‘lganiga 4 - 5 ming yillar bo‘lgan. Og‘zaki nutqning zamon va makon nuqtayi nazaridan cheklanganligi va uni bartaraf etish zaruriyati yozuvning paydo bo‘lishiga olib keldi. Aytish lozimki, yozuv og‘zaki tilga nisbatan ikkilamchi, qo‘shimcha aloqa vositasi bo‘lsa-da, mazkur ehtiyojlarni qondiruvchi vosita sifatida unga qaraganda juda ko‘p afzalliklarga ega. Xususan, tilning eng muhim, asosiy vazifasi kommunikatsiya - kishilar o‘rtasidagi aloqani ta ’minlashdir. Ammo kishilar o‘rtasidagi bevosita - «yuzma-yuz» aloqagina og‘zaki til vositasida ta’minlanishi mumkin, lekin bu aloqa bavosita bo‘lsachi, kishilar turli masofalarda bo‘lsalarchi? Demak, tilning kommunikativ vazifasi yozuvsiz amalga oshishi mumkin emas. Har qanday tilning asosiy vazifalaridan biri bo‘lgan estetik va gnoseologik (dunyoni bilish) vazifalarini ham yozuvsiz tasavvur qilish qiyin. Ayniqsa, tilning insoniyat qo‘lga kiritgan tajriba-bilimlarni saqlash va avlodlarga yetkazishdan iborat vazifasi ham bevosita yozuv orqali bajariladi. Kishilik jamiyati yaratgan bilim va tajribalar, kashfiyotlar, so‘z san’ati durdonalari kabi qimmatli axborotlarning barcha-barchasi avlodlardan avlodlarga yozuv orqali yetib boradi. Boy va ulkan o‘tmish madaniyatimiz, tariximiz haqidagi Апрель 2021 10-қисм Тошкент 115 bugungi tasavvurlarimizning mavjudligi, tirikligi faqat yozuv tufaylidir. Til kishilik jamiyati bilan qanchalik bog‘liq bo‘lsa, yozuv ham shunchalik bog‘liqdir. Yozuv kishilik jamiyatining zaruriy ehtiyoji asosida paydo bo‘lib, rivojlangan. Bugungi shaklini olgunga qadar uzoq va murakkab tadrijiy taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan. Inson aqli yozuvday mukammal aloqa vositasini kashf qilgunga qadar uzoq izlangan. Eng qadimgi davrlarda dunyo xalqlarining deyarli barchasida keng tarqalgan «eslatuvchi» belgilar ana shu izlanishlarning ilk ko‘rinishlari edi. Masalan, muayyan miqdorni ifodalash uchun turli toshlar, chig‘anoqlardan foydalanilgan. Tayoqlar, daraxtlarga har xil iplar bog‘lash, tugunlar tugib qo‘yish kabi vositalar bilan ma’lum bir axborotlarni yodda saqlash yoki muayyan masofaga yuborishga harakat qilingan. Yoki biror xabarni uzoq masofaga yuborish uchun gulxan, tutun, baraban ovozi kabilardan foydalanilgan. Yoki hali sivilizatsiyaga erishmagan xalqlarning nazarida yozuv (xat, kitob) gapira olish imkoniyatiga ega bo‘lgan tirik mavjudot, u murakkab sirlarni ochib berishi, kelajakni oldindan aytib berishi mumkin sanalgan. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. 1. Jamotxonov H.A. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. -Т., 2004. 2. Irisqulov M. Tilshunoslikka kirish. – T.:O‘qituvchi, 1992. 3. www.ziyouz.com Апрель 2021 10-қисм Тошкент 116 SA’DIYNING “GULISTON” ASARIDA USTOZ VA SHOGIRD HAQIDAGI MULOHAZALAR TALQINI Qodirova Mohigul Ismoilovna, Islomova Dilbar Ismoilovna Navoiy viloyat Qiziltepa tumani 15-umumta’lim maktab ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchilari Sharq xalqlarida tarbiyaning o‘ziga xos qoidalari mavjud. Ota-ona va o‘g‘il-qizlar, ustoz va shogirdlar tarbiyasi kabilarda bu yanada aniqroq ko‘rinadi. Bular bilan bog‘liq mulohazalar badiiy, ayniqsa, didaktik asarlarda ko‘p bayon qilingan. Ijodkorlarimiz uchun mumtoz hikoyatlar ham tarbiyaning asosiy vositalaridan biri hisoblanadi. Kitobxon tabiatida yaxshi sifatlar, insoniy xislatlarni shakllantirishda mumtoz shoirlarimiz ibratli hikoyatlardan o‘rinli foydalanishgan. Ularning asarlarida ustoz va shogird tarbiyasi, talab va shartlari, burch va vazifalari, qoida va nizomlari turli shaklda ifodalangan. Mumtoz asarlar, hikoyatlarga nazar solsak, ustoz shogird tanlashda bir necha jihatlarga e’tibor qaratgani ko‘zga tashlanadi. Uning nasl-nasabi, farosati, zukkoligi, xotirasi, jismoniy va ruhiy sog‘lomligi, sadoqati va boshqalar. Bugungi kun tushunchalarida ustoz-shogird, murabbiy-shogird, o‘qituvchi-o‘quvchi, muallim-o‘quvchi kabilar mavjud. Tasavvufiy jihatdan ham bular bir necha atamalar bilan ifodalanadi. Pir-murid, pirsolik, murshid-murid va boshqalar. Har bir tariqatda pir-u muridlikning ma’lum talablari, tartibqoidalari mavjud bo‘lgan. Masalan, professor Orif Usmon qayd etishicha, yassaviya tariqatidagi solik 10 ta qoidani so‘zsiz bajarishga majbur bo‘lgan.1 Ushbu maqolada ustoz va shogird haqidagi mulohazalarni Sharq adabiyotining dilbar shoiri Muslihiddin Sa’diy Sheroziyning “Guliston” asari asosida bayon qilish maqsad qilib olindi. Ma’lumki, “Sa’diy Sheroziy, Muslihiddin Abu Muhammad Abdulloh ibni Mushrifiddin (1203-Sheroz -1292) – mashhur fors-tojik shoiri, adib va mutafakkir… Fors-tojik adabiyotida Sa’diy Sheroziy yuksak maqomga ega. Xususan, boy hayotiy tajribasi asosida yaratgan “Bo‘ston” (1257) va “Guliston” (1258) asarlari unga olamshumul shuhrat keltirdi”.2 “Guliston” odob-axloq, tarbiya, inson va hayot haqidagi o‘ziga xos hikoyatlar va she’riy xulosa, hikmatlardan iborat asardir. Asar 8 bobdan tashkil topgan bo‘lib, ularda podshohlar, darveshlar, qanoat, sukut, ishq va yoshlik, zaiflik va keksalik, tarbiya ta’siri va suhbat qoidalari haqida gapiriladi. Ayrim boblarda ustoz va shogirdlarga doir mulohazalar, hikoyatlar keltirilsa-da, asosiy fikrlar 7-bob – “Tarbiyaning ta’siri bayoni”da berilgan. Hammamizga ma’lum va mashhur bir hikoyat bor. U asarning 1-bobi – “Podshohlar odati bayoni”da keltirilgan. Nega bu qismda degan savol tug‘iladi? Chunki voqealar jarayonida podshoh ham ishtirok etadi va ba’zi xulosalar chiqarishda muhim o‘rin tutadi. Hikoyatning qisqacha mazmuni quyidagicha: Bir kurashchi ustoz 360 kurash usulini bilardi. Bir shogirdidagi iste’dodni bilib, unga 359 usulni o‘rgatdi. Bir usulni turli sabablar bilan o‘rgatmadi. Shogird kuchda ustozdan o‘tdi. Podshoh huzurida ustozi keksaligi va unga ustozlik qilgani, yo‘qsa undan qolishmasligini aytib, maqtanadi. Bu podshohga yoqmaydi. (Podshohga shogirdning maqtangani, ustoziga hurmatsizlik qilgani ma’qul bo‘lmaydi). Katta maydonda xalq yig‘iladi. Kurash boshlanadi. Ustoz shogirdi kuchli ekanligini bilardi. Ustoz o‘sha qolgan bir hiylani ishlatib, shogirdni ko‘tarib uradi. Podshoh shogirdga tanbeh beradi. Ustozi esa, shu bir usulni bevafo shogirdlar uchun saqlab qo‘yganini aytadi.3 “Guliston”ning ikkinchi bobi “Darveshlar axloqi bayoni” deb ataladi. Undan anglashilganidek, asosiy hikoyatlar shayx, darvesh, xudojo‘y, pir, murid, faqihlar haqida. Bir hikoyatda pir va murid haqida gap boradi. Qiyin vaziyatga tushgan murid o‘z piridan maslahat so‘raydi. Pir unga yo‘l ko‘rsatadi. Hikoyatning voqeasi quyidagicha: Bir murid piriga odamlar uni ko‘p bezovta Qarang: Orif Usmon. “Vahdat sharobin ichdim” (Yassaviya tariqati) // G‘oyiblar xaylidan yongan chiroqlar. Toshkent: “O‘zbekiston”,1994. 140-bet. 2 Alisher Navoiy: Qomusiy lug‘at. Birinchi jild. Toshkent: “Sharq”, 2016. 504-bet. 3 Sa’diy. Guliston. Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi badiiy adabiyot nashriyoti,1968. 56-58-betlar.2 O‘sha asar, 86-bet. 1 Апрель 2021 10-қисм Тошкент 117 qilayotgani, hadeb kelaverganliklari sababli, vaqti behuda ketayotganini aytadi. Pir buning chorasini aytadi. Kambag‘al kelsa, qarz ber, boylaridan esa, qarz so‘ra, shunda ular uyingga kelmaydilar deydi.2 Sharq manbalarini o‘qisak, tarbiya borasida turli fikrlarni uchratamiz. Bir xil mulohazalarga ko‘ra, inson tarbiyasi uning qaysi oilada tug‘ilgani, ota-onasi, nasabiga bog‘liq emas. Tarbiya topgan muhiti muhim. Ikkinchi talqinga ko‘ra, nasli buzuq, asli betayin kishini tarbiya qilishning foydasi yo‘q. U bari-bir asliga tortadi. “Guliston”ning 7-bobi – “Tarbiyaning ta’siri bayoni”da ham ana shu tomonlarni ko‘ramiz. Bobning birinchi hikoyati quyidagicha: Bir vazirning takasaltang o‘g‘li bor edi. Vazir o‘g‘lini bir donishmandga tarbiya uchun beradi. “Shuni tarbiya qil, shoyad, aqli kirib, odam bo‘lsa”, deydi. Ancha vaqt o‘tadi. Tarbiyaning foydasi bo‘lmaydi. Donishmand vazirga o‘g‘li odam bo‘lmagani, o‘zini aqldan ozdirganini xabar qiladi. Shoir she’riy xulosa qiladi: qobiliyat bo‘lsa, tarbiya ta’sir qilishini, qancha urinsa ham temir javhar bo‘lmasligi, Iso eshagi Makkaga borib kelsa ham, eshakligicha qolishini aytadi. Yana bir hikoyatda podshoh o‘g‘lini murabbiyga topshirib, o‘z farzandingday tarbiyala deydi. Murabbiy bir necha yil tirishqoqlik bilan o‘qitadi. O‘z farzandlari ilm-fan, odob-axloqda barkamol bo‘ladilar. Podshohning bolasi odam bo‘lmaydi. Podshoh murabbiyni ahdni buzganlikda ayblaydi. Murabbiy esa, tarbiya bir xil bo‘lgani, ammo tabiatlari har xil ekanligini aytadi.1Xuddi shunday bir hikoyatda boshqacha bir holatni ko‘ramiz. Bugungi kunda uchrab turadigan, ta’sirning yaxshi bir usuli bayon qilingan. Ba’zan vazifani, biror topshiriqni, aytilgan ishni ko‘pchilik bajarmagan bo‘lsa, avvalo, o‘z farzandlarimiz, yaqinlarimiz yoki nufuzi baland, rahbar, amaldor, puldorning bolasini jazolaymiz. Bu boshqalarga ibrat bo‘ladi yoki ta’siri kuchliroq kechadi. Sa’diy hikoyatida yozilishicha, bir olim shahzodaga ta’lim berar edi. Aytganini qilmasa, qattiq azoblar, kaltaklar edi. Shahzoda otasiga shikoyat qiladi. Podshoh olimni chaqirib, oddiy kishilar bolasiga azob bermaysan, nega mening o‘g‘limni jazolaysan, deb so‘raydi. Olim oddiy kishilarning bolalariga bunday qilsam, keng yoyilmaydi, podshohning farzandiga qilinsa, tillarda doston bo‘lib, ta’siri katta bo‘ladi deydi. Bu gap podshohga ma’qul bo‘lib, in’omlar beradi. Shoir shunday misralar keltiradi: Kimga yoshligidan berilmas odob, Ulg‘aygach bo‘ladi baxtsiz, dili g‘ash…2 “Guliston”dagi mana bu hikoyat va fikrlar Sa’diyning ustoz va shogird haqidagi mulohazalarining eng yuqori nuqtasi, cho‘qqisi deyish mumkin. Hikoyatda yozilishicha, Mag‘rib diyorida “qoshqovog‘i osilgan, tili achchiq, badfe’l, dilozor” bir muallim bor ekan. Bolalar undan qo‘rqar, tarsaki yer edi. Ota-onalar uni maktabdan haydaydilar. Boshqa bir “sofdil, namozxon,soda va muloyim” muallimni olib keladilar. Bolalar uning muloyimligidan foydalanib, “devtabiat bo‘lib ketdilar va ilm o‘rganishni tark etdilar”. Ular o‘yin-kulgiga berildilar. Shoir buni quyidagicha tasvirlaydi: Agarda muallim bo‘lsa beozor, Bolalar sinfni qilishar bozor. Oradan bir oz vaqt o‘tgach, uzr so‘rab, ko‘nglini olib, yana oldingi muallimni o‘z o‘rniga tayinlaydilar. Sa’diy bir mo‘safid tilidan quyidagi ibratli misralarni keltiradi: “Yubordi o‘g‘lini maktabga podsho, Qilib qo‘ynig‘a nuqra taxtacha jo. Kumush ul taxtaga zardin bitib yod: “Ota mehridan afzal jabri ustod”.3 Boshqa bir hikoyatda ustoz farosatidan qoyil qolgan shogird haqida gapiriladi. Shogird vujudida bir yara bor edi. Ustozi har kuni “Yarang qalay” deb so‘raydi. Lekin hech qachon “Yarang qayerda?” demaydi. Chunki odob yuzasidan odam a’zolarining hammasi ham tilga olinavermaydi. Uyalib qolmasligi uchun ustoz shogirddan atayin bu savolni so‘ramaydi.2 1 2 3 O‘sha asаr, 148-149-betlar. O‘sha asаr, 144-145-betlar. O‘sha asar, 145-146-betlar.2 O‘sha asаr, 175-176-betlar. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 118 BOSHLANG‘ICH SINFLARDA O‘QISH SAVODXONLIGINI OSHIRISHDA O‘QITUVCHINING O‘RNI. Qurbanova Intizor Shuxratovna Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanidagi 4-son ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi boshlang‘ich sinf o‘qituvchsi Annotatsiya. O‘qish - bu keyingi o‘rganish uchun zarur bo‘lgan yangi bilimlarni olish vositasi. O‘qishni o‘rganmagan yoki kam o‘qiydigan talaba muvaffaqiyatli bilim ololmaydi. Axir, maktabda o‘qish jarayoni har doim bolalarning mustaqil ishlashini, birinchi navbatda kitob ustida ishlashni nazarda tutadi. Kalit so‘zlar. P.P. Blonskiy, D.B. Elkonin, N.A. Menchinskaya, L.S. Slavina, S.M. Trombax, T.G. Egorov, G.N. Kudin, G.A. Tsukerman, psixolog, pedagogik jarayon, o‘qish texnikasi. O‘quvchilar tomonidan o‘qish texnikasini etarli darajada o‘zlashtirmaslik, eng muhimi o‘qilganlarni tushunish qobiliyati o‘quv ishlarida jiddiy qiyinchiliklar bilan birga keladi, bu esa o‘quv qobiliyatsizligini keltirib chiqaradi.O‘qishni o‘rgatish muammosi pedagogik jarayonning eng muhim muammolaridan biri bo‘lib, u doimo psixologlar va o‘qituvchilar e’tiborini jalb qilib kelgan. Ko‘pgina rus mualliflari boshlang‘ich maktab o‘quvchilarining o‘quv qobiliyatsizligi va o‘quvchilarning o‘qish faoliyatini rivojlantirish muammolari bilan shug‘ullanishgan: P.P. Blonskiy, D.B. Elkonin, N.A. Menchinskaya, L.S. Slavina, S.M. Trombax, T.G. Egorov, G.N. Kudin, G.A. Tsukerman. Ushbu muammolar ko‘plab xorijiy tadqiqotchilar M.Koul, J.Morton va boshqalar tomonidan ham ko‘rib chiqilgan.Boshlang‘ich maktabda o‘tkaziladigan diagnostik oniy tasvirlar o‘qish qobiliyatlarini shakllantirishni nafaqat tezlik mezonlari (daqiqada so‘zlar soni) yordamida, balki o‘qishni tushunishni baholashni ham nazarda tutishiga qaramay, ko‘plab o‘qituvchilar uchun birinchi mezon asosiy hisoblanadi. Psixolog L.V. Shibaeva, o‘qituvchi boshlang‘ich maktabda g‘amxo‘rlik qiladigan o‘qish texnikasi o‘rnatilgan deb hisoblanadi va o‘qish madaniy qadriyat maqomiga ega bo‘lgan to‘laqonli faoliyat sifatida rivojlanmaydi. Ayni paytda zamonaviy jahon amaliyoti matnni tushunish mezoniga yo‘naltirilgan. Shunday qilib, ko‘plab mamlakatlarda muntazam ravishda o‘tkaziladigan o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirish testlari o‘qish savodxonligi mezoniga asoslangan bo‘lib, u “inson yozma matnlarni anglash va ularda aks ettirish, ularning mazmunidan o‘z maqsadlariga erishish, bilim va imkoniyatlarni rivojlantirish, faol ishtirok etish uchun foydalanish qobiliyati” jamiyat hayoti “deb nomlangan. Ushbu tizim yordamida 2000 yilda o‘tkazilgan talabalarning ta’lim yutuqlarini xalqaro o‘rganish (PISA) juda achinarli natijani qayd etdi: o‘qish savodxonligi bo‘yicha rus maktab o‘quvchilari 27-o‘rinni egallashdi. Xususan, “eng yuqori darajada” o‘qing - ya’ni. So‘ralgan rus maktab o‘quvchilarining atigi 3% “murakkab matnlarni tushunishga, taqdim etilgan ma’lumotlarni baholashga, faraz va xulosalarni shakllantirishga” qodir. Birinchisidan past darajani ko‘rsatgan talabalar (asosiy ko‘nikmalarni o‘z ichiga oladi: asosiy mavzuni aniqlash uchun matnda oddiy ma’lumotlarni topish, aniq shaklda matnni izohlash), Rossiyada o‘rtacha 9% ni tashkil etdi.”Kichik maktab yoshi - bu bolaning hayotidagi olti yoshdan o‘n yoshgacha bo‘lgan davr, u boshlang‘ich maktabda o‘qiyotgan paytidir.” “Bu davrda o‘qitish inson shakllanadigan asosiy faoliyatdir.” Boshlang‘ich sinflarda bolalar fanlarning boshlanishini o‘rganishni boshlaydilar. Ushbu bosqichda psixikaning intellektual va bilim doirasi asosan rivojlanmoqda. Ushbu bosqichda ko‘plab aqliy yangi shakllanishlar paydo bo‘ladi, eskilari yaxshilanadi va rivojlanadi. “Maktab davri kognitiv funktsiyalarning intensiv rivojlanishi, hissiy-idrok etish, fikrlash, mnemonik va boshqalar bilan ajralib turadi”.Odatda boshlang‘ich maktab o‘quvchisi ushbu o‘quv yurtiga istak bilan boradi. Birinchi va to‘rtinchi sinf o‘quvchilari uchun talaba mavqeiga intilish xarakterlidir. ... Maktabning dastlabki kunlarida bolada uyda bo‘lgan tajriba katta ahamiyatga ega. Ilgari, kichik maktabgacha yoshdagi bola yagona va noyob mavjudot edi, ammo maktabga kirganida, u o‘zini xuddi shu “noyob va noyob” muhitda topadi. Maktab hayoti ritmiga va yangi talablarga moslashish, maktab makonini o‘zlashtirish, o‘z vaqtini tashkil etish va tashkil etish usullarini o‘zlashtirish zaruriyatidan tashqari, kichik o‘quvchi sinfdoshlari bilan munosabatlarni o‘rganishi kerak. Ammo yosh o‘quvchining asosiy vazifasi maktabda muvaffaqiyat qozonishdir. Shuni ham ta’kidlash kerakki, boshlang‘ich maktab yoshida bola etti yillik inqiroz deb atalm- Апрель 2021 10-қисм Тошкент 119 ish davrni boshdan kechirmoqda. Bolaning munosabatlar tizimidagi o‘rnini anglashi o‘zgaradi. “Rivojlanishning ijtimoiy holati o‘zgarib bormoqda va bola yangi yosh davri chegarasida.” Bola ijtimoiy munosabatlar dunyosida o‘z o‘rnini anglaydi va o‘quv faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan talabaning yangi ijtimoiy mavqeini egallaydi. Ushbu jarayon uning o‘ziga xos ongini tubdan o‘zgartiradi, bu esa qadriyatlarni qayta baholashga olib keladi. O‘rganish talaba uchun juda katta ahamiyatga ega, shuning uchun, masalan, ushbu bosqichda bolaning muvaffaqiyatsizliklar zanjiri barqaror komplekslarning shakllanishiga yoki hatto surunkali akademik etishmovchilik sindromiga olib kelishi mumkin.Yosh o‘quvchining eng muhim shaxsiy xususiyatlariga quyidagilar kiradi: hokimiyatga bo‘ysunish, sezgirlikni oshirish, diqqatlilik, u duch keladigan ko‘p narsalarga sodda, o‘ynoqi munosabati. ”Boshlang‘ich maktab o‘quvchisining xatti-harakatlarida itoatkorlik, konformizm va taqlid ko‘rinadi.Maktabdagi ta’lim bolalar uchun juda yangi va shuning uchun qiziqarli mashg‘ulotdir, shu bilan birga ular bir qator qiyinchiliklarga duch kelishadi. Dastlab, albatta, maktab o‘quvchilari o‘quv vazifalarini mustaqil ravishda qanday shakllantirishni va ularni hal qilish bo‘yicha harakatlarni bajarishni bilishmaydi. Hozircha o‘qituvchi bu borada ularga yordam beradi, ammo asta-sekin ular o‘zlari tegishli ko‘nikmalarni egallaydilar (aynan shu jarayonda ular mustaqil ravishda olib boriladigan ta’lim faoliyati, o‘rganish qobiliyatini shakllantiradi). ... Ushbu yoshdagi bolalar dürtüsellik, kayfiyat, o‘jarlikning ulushiga ega. Kichik maktab o‘quvchilarida irodaviy jarayonlar hali etarlicha rivojlanmagan. Asta-sekin irodaviy harakatlarni ko‘rsatish qobiliyati maktab o‘quvchilarining aqliy faoliyati va xulq-atvorida paydo bo‘ladi. Ixtiyoriy aqliy harakatlar maktab o‘quvchilarida shakllanadi, masalan, qasddan yod olish, irodaviy e’tibor, yo‘naltirilgan va doimiy kuzatuv, turli muammolarni hal qilishda qat’iyatlilik. Shuning uchun talabalar faoliyati natijalarini kattalar tomonidan baholashning ahamiyati ortib bormoqda. Ijtimoiy va individual ahamiyatga ega bo‘lgan o‘quvchining o‘quv-bilish faoliyati mohiyatan ikki tomonlama rag‘batlantirishga ega: ichki, talaba qoniqish olganda, yangi bilim va ko‘nikmalarni egallaganda va tashqi, uning bilishda erishgan yutuqlari o‘qituvchi tomonidan baholanadi.O‘qituvchi tomonidan baholash talaba uchun rag‘batdir. Ushbu baho talabaning o‘zini o‘zi qadrlashiga ham qattiq ta’sir qiladi. Bundan tashqari, zaif o‘quvchilarda baholashga ehtiyoj va tajribalarning kuchi ancha yuqori. Baholash mukofot vazifasini bajaradi. O‘qituvchilarni baholash, bolangizga o‘z ishini vaqt o‘tishi bilan baholashni o‘rganishga yordam beradi. Bundan tashqari, bu nafaqat natijani baholash, balki o‘quvchining xatti-harakatlarining o‘zi, muayyan muammoni hal qilish uchun tanlagan usuli bo‘lishi kerak. Maktabning boshlang‘ich sinflarida o‘qituvchi o‘zini o‘quvchining faoliyatini baholash uchun faqat jurnaldagi belgi bilan cheklay olmaydi. Bu erda mazmunli baho muhim ahamiyatga ega, ya’ni o‘qituvchi talabaga ushbu aniq baho nima uchun berilganligini tushuntirib berishi, bola ishining ijobiy va salbiy tomonlarini ajratib ko‘rsatishi kerak. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. 1. Q. Abdullayeva va boshq. 2-sinfda o‘qish darslari. - Т.: 2004. 2. Yu. K. Babanskiy. Hozirgi zamon umumiy ta’lim maktabida o‘qitish metodlari. - Т.: „O‘qituvchi”, 1990. 3. www.ziyouz.com Апрель 2021 10-қисм Тошкент 120 YOSHLAR TARBIYASIDA TURIZMNING PEDAGOGIK IMKONIYATLAR N.R.Qutlumuratova UrDU magistranti Annotasiya: Ushbu maqolada yoshlar tarbiyasida turizmni pedagogik imkoniyatlari, turizmni yoshlar tarbiyasiga ta’siri haqidagi fikrlar yoritib berilgan. Kalit so‘zlar: turizm, sayyohlik, xordiq chiqarish, yoshlar turizmi, ta’lim, o‘qitish, sog‘lig‘ini yaxshilash, kasbga yo‘naltirish, ijtimoiy moslashuv. So‘nggi yillarda qo‘shimcha ta’limning pedagogik mohiyati va shu sababli yoshlar turizmining yosh avlodni tarbiyalashdagi o‘rni mavzusiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tiborlardan biri, ayniqsa ichki turizmni rivojlantirish jarayoning ozi yoshlar turizmi juda katta rol o‘ynaydi. Ta’lim tizimini rivojlantirishning bugungi davrida bu masalaga e’tibor qaratish, pedagogik fan nuqtai nazaridan alohida ahamiyatga ega hisoblanadi. Adabiyotlarda ”turizm” nomi ko‘plab sifatlar bilan birga keladi: shaharlararo, mahalliy, xorijiy, piyoda, tog ’, suv, sport va dam olish, havaskorlik, yoshlar, ekskursiya va boshqalar. Ta’riflarning ko‘pligida ”turizm” tushunchasining murakkabligi haqida gap boradi. Ammo ”sayyohlik” tushunchasiga kiritilgan bu ko‘plab sifatlar faqat o‘ziga xos xususiyatlarni tavsiflaydi, ularning barchasi o‘zgaruvchan belgilar bo‘lib, turistik termin jihatdan bir martalik ta’rif emas. Ularning barchasi turistik faoliyatning o‘ziga xos shakllarining turli jihatlarini tavsiflaydi: asosiy maqsad, davomiyligi, harakat qilish usuli, tashkil etish usuli, mavsumi, ishtirokchilar kontingenti va boshqalar. Turizmning mohiyati insonlarning kosmosda doimiy yashash joyidan boshqa joylarga harakatlanishidir. Sayohatsiz turizm bo‘lmaydi. Faoliyatni tashkil etish nuqtai nazaridan zamonaviy turizm ikki yo‘nalishga bo‘linadi: tijorat va sport va sog‘liqni saqlash (ilgari havaskorlik bilan shug‘ullangan). Tijorat turizmida turistik vaucherlarda dam olishni tashkil etish, shuningdek ekskursiya va xordiq chiqarish maqsadida jamoaviy sayohatlar uchun transport vositalaridan foydalanishni o‘z ichiga oladi. Ushbu sayohatlar, ekskursiyalar, sayohatlar mashrut bo‘yicha sayyohlarga to‘liq yoki qisman xizmat ko‘rsatadigan turistik agentliklar tomonidan tashkil etiladi. Sport va sog‘liqni saqlash turizmi esa turli shakllarni o‘z ichiga oladi, ammo uning barcha faoliyatini o‘ziga xos xususiyati shundaki, ular ishtirokchilarning o‘zlari tomonidan tashkil etiladi. Bolalar va yoshlar (maktab) sayyohlik tijorat va sport va ko‘ngil ochish (havaskor) turizm o‘rtasida oraliq pozitsiyani egallaydi. Bu erda ishning ikki tomoni bor - qatnashuvchi (bolalar) va tashkilotchi, yordam beradigan (ma’muriyat, o‘qituvchilar tarkibi). Ushbu ikki tomonning turizmga munosabati turlicha, ammo ular bir-biriga zid emas. Bolalar uchun turizm bu romantikaga to‘la hayajonli faoliyat, faol dam olish usulidir. Sayohat bu - o‘qituvchilar uchun o‘z o‘quvchilarini yaxshiroq bilish va ularning rivojlanishiga faol ta’sir ko‘rsatadigan vosita, ya’ni pedagogik muammolarni hal qilish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. O‘qituvchi bolalar ehtiyojlarini qondirish, sayohatga qiziqish orqali o‘z maqsadlariga tezroq va osonroq erishadi. Ilmiy jamoatchilikda qabul qilingan qoidalarga ko‘ra: yoshlar turizmi - bu dam olish va ijtimoiy foydali faoliyat shaklida amalga oshirilаdigan o‘spirinlar va yigitlarning uyg‘un rivojlanish vositasi hisoblanadi. Uning tarkibiy tarkibiy qismiga sayohat va ekskursiyalarni kiritish mumkin. “Yoshlar turizmi” iborasi mahalliy va xalqaro pedagogika fanida va amaliyotida rivojlangan “turizm va o‘lkashunoslik faoliyati (TKD)” ta’rifi bilan bir xildir. Ko‘plab o‘n yillar davomida mamlakatda turizm va o‘lkashunoslik ishlari tizimi ishlab chiqilgan va faoliyat yuritmoqda, hozirgi kunda ta’lim sohasida ikki yo‘nalishda olib borilmoqda: bolalarni o‘qitish, shu jumladan ixtisoslashtirilgan va ta’lim muassasalarida. Talabalar bilan turizm va o‘lkashunoslik ishlarida turizm va mahalliy tarixning mutanosib kombinatsiyasi o‘ta muhimdir. Turizm tabiatiga ko‘ra har doim mintaqa haqidagi bilimlarni o‘z ichiga oladi. Hech narsani tanimasdan sayohat qilish mumkin emas va har qanday kampaniyada ma’lum kuzatuvlar o‘tkaziladi. Xalq orasida shunday aforizm ishlatilafdi : “Turizm - bu mahalliy tarix, ammo mahalliy tarix - bu turizm emas”. Garchi sport turizmi shu bilan farq qilsa-da, bu erda birinchi navbatda diqqatga sazovor joylarni emas, balki o‘zingizni tanib olish vazifasi qo‘yiladi. Xuddi shu tarzda, mahalliy tarix mustaqil mashg‘ulot bo‘lishi mumkin, u sinfdan tashqari o‘quv va tarbiyaviy ishlarning alohida turi sifatida mavjud bo‘lishi mumkin. Mamlakatimiz tarixi va sayyohlik ishlarini alohida olib borish mumkin, ammo pedagogika uchun ularni birlashtirish yaxshiroqdir. Turizm faol dam olish va qo‘shimcha Апрель 2021 10-қисм Тошкент 121 ta’lim shakli sifatida barcha bolalar va har bir talaba uchun foydalidir. Buni foydali deyish etarli emas, har bir rivojlanayotgan shaxs uchun zarurdir, chunki buyuk nemis shoiri Gyote aytganidek “adashmasdan hech qanday individuallik yaratilmaydi”. Shuning uchun, o‘qish yillarida har bir talaba, moyilligi, istaklari, sevimli mashg‘ulotlaridan qat’i nazar, turizmning ma’lum bir qismini olishi kerak. Shu bilan birga, ba’zi bolalar sayyohlikka alohida, yuqori qiziqish bildirishini yodda tutish kerak va bu qiziqishni e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi. Shunday qilib, bolalar uchun ikki xil turizm bo‘lishi kerak: biri - barcha o‘quvchilar uchun majburiy daraja, hajmi minimal, ikkinchisi - sevimli mashg‘ulotlari shaklida sayr qilishni yoqtiradiganlar uchun . Ushbu ikkala turizm ko‘p jihatdan juda katta farq qiladi: harakatlar hajmi, muntazamligi, murakkabligi, faoliyat shakllari va, albatta, bolalar kontingenti, lekin ular bir-birini to‘ldiradi. Yoshlar turizmida “uchburchak ta’sir ob’ekti” - o‘sib borayotgan odamning ongi, ruhi va tanasi mavjud. Turistik sayohatlarning har qanday turi - oddiy piyoda yurishdan ko‘p kunlik ekspeditsiyaga qadar, albatta, insonni yangi ma’lumotlar bilan boyitadi, uning intellektini rivojlantiradi. Turistik sayohatning ushbu xususiyati sirtda yotadi va isbot talab etmaydi. Pedagogika birinchi navbatda turizmning axborot mazmunidan foydalanishi tabiiy. Talabalarning analitik ko‘nikmalarini faollashtirishni ta’kidlash kerak. Analitik fikrlash faqat taqqoslash uchun material beradigan katta taassurotlar va kuzatuvlar zaxirasi asosida rivojlanishi mumkin. Turizm va o‘lkashunoslik bo‘yicha muntazam faoliyat insonning ma’naviy qiyofasini, uning fe’l-atvorini, hayotiy ko‘rsatmalarini, boshqa odamlarga, Vatanga, tabiatga, mehnatga munosabatini shakllantiradi. Shu bilan birga, atrofdagi dunyoga go‘zal, estetik munosabat hissi uyg‘onadi. Estetik tuyg‘uni rivojlantirish uchun turizm ko‘plab yorqin taassurotlar berashi tabiiy. Bolaning atrofidagi dunyosi qanchalik boy bo‘lsa, uning shaxsiyati shunchalik boy va xilma-xil bo‘ladi. Turizmning sog‘lomlashtiruvchi qiymatini yuqori baholash qiyin albatta. Ammo, harakat jismoniy mehnatdan ko‘ra tabiiyroq muhit! Turistik marshrutlarda jismoniy barkamollikka intilish, sog‘lom turmush tarzining asoslari qo‘yiladi. O‘sib borayotgan odamning ongi, tanasi va ruhiga ta’siri bir vaqtning o‘zida barcha yo‘nalishlarda tengdir. Bolaning shaxsiyatiga bu ko‘p qirrali, murakkab ta’sir etadi. Bolalar bilan olib boriladigan turistik ishlarning pedagogik jihati yaxshi tashkil etilgan turistik va o‘lkashunoslik ishlarining asosiy va shartsiz ustunligidir. Turizmning tarbiyaviy roli nafaqat bolalarga foydali ta’sir ko‘rsatishda, balki o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida yanada demokratik, ijodiy munosabatlarni shakllantirishda, hamkorlik pedagogikasini shakllantirishda ham mavjud. Shunday qilib, yoshlar turizmi, qo‘shimcha ta’limning boshqa yo‘nalishlari singari, bir vaqtning o‘zida eng muhim pedagogik vazifalarni hal qiladi: - bolaga kompleks ta’sir: ta’lim, o‘qitish, sog‘lig‘ini yaxshilash, kasbga yo‘naltirish, ijtimoiy moslashuv; - ta’lim tizimida an’anaviy ravishda rivojlanib kelgan kamchiliklarni tuzatish; o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilashga juda kata yordam beradi. Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, yoshlarda turistik madaniyatni shakllantirish orqali ularning jismoniy va ruhiy, aqliy va axloqiy, estetik va ma’naviy tarbiyasini takomillashtirishga erishish mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Александрова А. Ю. Международный туризм. Учебное пособие для ВУЗов. –М.: Аспект Пресс, 2001. 2. Сафаров Б.Ш. Минтақавий туризм хизмат бозорининг иқтисодий механизмини такомиллаштириш. Монография – Т.:Ўзбекистон миллий энциклопедияси, 2013. – 150 б. 3. www.google.ru Апрель 2021 10-қисм Тошкент 122 BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATEMATIK TUSHUNCHA HAQIDA. Rajabova Sayoxat Yangiboyevna Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanidagi 4-son ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi. Annotatsiya. Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarning aqliy qobiliyatlarini rivojlanishiga asos solinishi sababli boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi uchun o‘quvchilarning aqliy faoliyati darajasi va imkoniyatini bilish hamda hisobga olish, muhimdir. Kelgusidagi amaliy faoliyat uchun xususiy, amaliy, o‘quvchilar mustaqil ish natijasida, xususan, seminar, amaliy va laboratoriya ishlarida matematika o‘qitish metodikasida bajariladigan ishlar orqali egallanadi. Kalit so‘zlar. DTS, metodika, logic, termin, gorizontal, diagonal, matematik ob’yekt, seminar, aqliy faoliyat. Har qanday matematik ob’yekt ma’lum xossalarga ega. Masalan: kvadrat to‘rtta tomon to‘rtta to‘g‘ri burchak, teng diogonallarga ega. Kvadratning boshqa xossalarini ham ko‘rsatish mumkin. Ob’ektning xossalari orasida uni boshqa ob’yektlardan ajratish uchun muhim va muhim bo‘lmagan xossalari farq qilinadi. Agar xossa ob’yekt uchun o‘ziga xos va bu xossasiz ob’yektning mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lmasa, bu xossa ob’yekt uchun muhim xossa hisoblanadi. Muhim bo‘lmagan xossa – bu shunday xossalarki ularning bo‘lmasligi ob’yektning mavjud bo‘lishiga ta’sir etmaydi. Masalan: kvadratning yuqorida aytib o‘tilgan xossalari muhim xossalardir, «ABCD kvadratning AD tomoni gorizontal holatda» xossa muhim xossa emas. Shuning uchun berilgan ob’yekt nimani anglatishini tushunib olish uchun uning muhim xossalarini bilish yetarli. Bunday holda bu ob’yekt haqida «tushuncha mavjud» deyishadi. Ob’yektning barcha o‘zaro bog‘langan muhim xossalari to‘plami bu ob’yekt haqidagi tushunchalar mazmuni deyiladi. Umuman tushunchaning hajmi – bu aynan bir termin bilan belgilanuvchi barcha ob’yektlar majmuidir. Shunday qilib har qanday tushuncha termin, hajm va mazmun bilan xarakterlanadi. Tushunchaning hajmi va uning mazmuni orasida bog‘lanish mavjud: tushunchaning hajmi qancha «katta» bo‘lsa, uning mazmuni shuncha «kichik» bo‘ladi va aksincha. Masalan: «to‘g‘ri burchakli uchburchak» tushunchasining hajmi «uchburchak» tushunchasining hajmidan «kichik», chunki birinchi tushunchaning hajmiga hamma uchburchaklar kiravermaydi, faqat unga to‘g‘ri burchakli uchburchaklar kiradi. Biroq birinchi tushunchaning mazmuni ikkinchi tushunchaning mazmunidan «katta»: to‘g‘ri burchakli uchburchak faqat barcha uchburchaklarning xossalarigagina ega bo‘lib qolmay, balki faqat to‘g‘ri burchakli uchburchaklarga xos bo‘lgan boshqa xossalarga ham ega. Ob’yektni bilish uchun yetarli bo‘lgan uning bu muhim xossalarini ko‘rsatish ob’yekt haqidagi tushunchaning ta’rifi deyiladi. Umuman, ta’rif –bu tushunchaning mazmunini ochuvchi logik (mantiqiy) opyerasiyadir. Tushunchani ta’riflash usullari turlichadir. Dastlab oshkor va oshkormas ta’riflar farqlanadi. Oshkormas ta’rif tenglik, ikki tushunchaning mos kelishlik shakliga ega. Masalan, to‘g‘ri burchakli uchburchak – bu to‘g‘ri burchagi bo‘lgan uchburchakdir. Agar «to‘g‘ri burchakli uchburchak» tushunchasini a bilan, «to‘g‘ri burchagi bo‘lgan uchburchak» tushunchasini b bilan belgilasak, u holda to‘g‘ri burchakli uchburchakka berilgan maskur ta’rifning sxemasi quyidagicha bo‘ladi: «a, b ning o‘zi». Oshkormas ta’rif ikki tushunchaning mos kelishlik shakliga ega emas. Bunday ta’riflarga kontekstual va ostensiv ta’rif deb ataluvchi ta’riflar misol bo‘la oladi. Kontekstual ta’riflarda yangi tushunchaning mazmuni kiritilayotgan tushunchaning ma’nosini ifodalovchi tekst parchasi orqali, konteks orqali, konkret vaziyatning analizi orqali ochib beriladi. Kontekstual ta’rifga II – sinf uchun sinov darslarida keltirilgan tenglama va uning yechimi ta’rifi misol bo‘la oladi. Bu yerda 3+x=9 yozuvi hamda sanab o‘tilgan 2, 3, 6 va 7 sonlardan keyin matin keladi, «x – topilishi kerak bo‘lgan noma’lum son. Tyenglik to‘g‘ri bo‘lishi uchun bu sonlardan qaysi birini x ning o‘rniga qo‘yish kerak. Bu 6 sonidir». Bu tekstdan tenglama – topilishi kerak bo‘lgan noma’lum son qatnashgan tenglik ekanligi, tenglamani yechish esa – x ning tenglamaga qo‘yganda to‘g‘ri tenglik hosil bo‘ladigan qiymatini topish ekanligi kelib chikadi. Hozirgi vaqtda ilimiy-texnika taraqqiyoti asrida matematika muhim rol o‘ynaydi. shuning uchun keyingi o‘n yilliklarda maktab matematikasini bir necha marta dasturiga o‘zgarishlar kiritildi. yangi DTS va dastur bo‘yicha matematikadan yangi metodik sistema ishlab chiqildi. matematika o‘qitish metodikasi eng avvalo kichik yoshdagi o‘quvchilarni Апрель 2021 10-қисм Тошкент 123 umumiy sistemada o‘qitish va tarbiyalash vazifasini qo‘yadi. Umumiy metodika boshlangich sinf matematikasining mazmunini va tuzilishini ochib beradi, har bir bo‘limni o‘qitishning o‘ziga xos xususiy metodlarini o‘rgatadi. Xususiy metodika matematika o‘qitishning asoslangan metodlarini va o‘qitish formalarini, shuningdek o‘quv faoliyatlarini tashkil qilish yo‘llarini ko‘rsatadi. ma’lumki o‘qitish tarbiyalash bilan bog‘liqdir. metodika o‘qitishni tarbiyalash bilan qo‘shib olib borish yo‘llarini o‘rgatadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. 1. B.Sattorov., Uchinchi sinf matematika darsligi. Toshkent. “O‘qituvchi” 2014 yil. 2. Jumayev M.E. va boshq. Birinchi sinf matematika daftari. Toshkent. “Turoniqbol” 2015 yil 3. www.ziyouz.com Апрель 2021 10-қисм Тошкент 124 BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI AXLOQIY TARBIYALASH Rashidov O‘tkir Oblaqulovich, Ruzimurodova Shoxida Xaitmurodovna Navoiy viloyati Xatirchi tumani 53-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabning boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilari Annotatsiya: Mazkur maqolada ta’lim sifatini oshirishda ta’lim sifatini oshirishda bosh­ lang‘ich sinf o‘quvchilarini axloqiy tarbiyalash haqida yoritilgan. Kalit so‘zlar: Ma’naviy, axloqiy va estetik, irodaviy, odamiylik, do‘stlik, to‘g‘rilik, adolatparvarlik, mehnat, poklik. Mustaqil O‘zbekistonning siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy yo‘nalishlarini rivojlantirishda va demokratik, insonparvarlik jamiyatini qurishda xalq ta’limi tizimini takomillashtirish, ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim bosqichi ish faoliyatini yuqori darajaga ko‘tarish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki kelajagimizning taqdiri hozirgi kunda boshlang‘ich ta’lim bosqichi maktablarida ilm olayotgan bolalarning tarbiyasiga bog‘liqdir. O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov o‘zining “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida.” kitobida, - “Agar ertangi kunimizni o‘ylab ish qilmoqchi bo‘lsak, kelajakda ishimizni davom ettiradigan bugungi yoshlarimizga sharoit yaratib, ularning hayoti haqida qayg‘uradigan bo‘lsak, avvalo. mahalliy yoshlarni tarbiyalash ishiga munosabatimizni mutloqo o‘zgartirishimiz kerak”.1-deb ta’kidlaydi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, Bugungi tarbiya-istiqbol ko‘zgusidir. Zotan, kelajak buyukligi tarbiya orqali yaratiladi. Tarbiyasiz odam hech narsaga qodir emas. Shaxs sifatida shakllanadigan o‘quvchining ma’naviy kamolotida axloqiy madaniyatning ahamiyati benihoya katta. Axloqiy madaniyatga axloqiy bilimlar, malaka va ko‘nikmalar, axloq qoidalari yordamida o‘quvchining xulq-atvori, xatti-harakatlarini boshqarish tizimidir. Axloqiy madaniyat o‘quvchining ko‘p qirrali faoliyati davomida shakllanib va takomillashib boradi. Axloqiy madaniyatning ko‘rinishlari, uning qirralari va namoyon bo‘lish shakllari xilma-xildir. Insonparvarlik, halollik, tashabbuskorlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, erksevarlik, faollik, ijodkorlik, haqiqatgo‘ylik, mas’uliyatlik, saxiylik, kamtarlik, poklik va shu kabi qator muhim tushunchalar axloqiy madaniyat tushunchalaridir. Axloqiy tarbiya dastlab oilada, bog‘chada keyinchalik boshlang‘ich sinflarda bilim olayotgan bolalarda shakllanadi. Ta’limning poydevori qanchalik mustahkam bo‘lsa, o‘quvchining axloqiylikka va estetikaga oid dunyoqarashi shunchalik rivojlanadi. Shuning uchun ham birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov «...bolaning dunyoqarashi, didi, salohiyati shakllanadigan boshlang‘ich sinflarga eng yetuk, eng tajribali murabbiylar biriktirib qo‘yilishini oddiy mantiqning o‘zi talab etadi. Zamonaviy boshlang‘ich ta’limning o‘zi nimadan iborat bo‘lishi kerak? Bola 1-4 sinflarda qanday bilimga ega bo‘lishi lozim? Uning tarbiyasi qanday bo‘lishi kerak? Shu masalalarga javob topishimiz zarur.2 O‘zbekiston mustaqilligi tufayli boshlang‘ich ta’lim mazmuni tubdan o‘zgardi. Milliy va ma’naviy qadriyatlar asosida yangi dasturlar, darsliklar, o‘quv metodik tavsiyalar, ilmiy-metodik qo‘llanmalar yaratildi. Dunyoqarashi, Mustaqil respublikamizda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarni yangi talab asosida o‘qitish va tarbiyalashga alohida e’tibor berildi. Boshlang‘ich sinflar bo‘yicha davlat ta’lim standarti, boshlang‘ich ta’lim kontseptsiyasi yaratildi. Boshlang‘ich ta’lim jarayonida I-IV sinflarda o‘qitiladigan «O‘zbek tili», «Ona tili», «O‘qish», «Odobnoma», «Tabiat», «Musiqa madaniyati», «Tasviriy san’at», «Mehnat», «Jismoniy tarbiya» kabi fanlar asosida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida axloqiy- estetik tarbiyani tarbiyalashning poydevori qo‘yiladi. Chunki, ushbu fanlarni o‘qitish jarayonida o‘quvchilar ongiga axloqiy- estetik tarbiyaning maqsad va vazifalarini singdirish, inson va jamiyat hamda uning taraqqiyoti haqidagi tushunchalar, bilimlar haqida muayyan tasavvurni hosil qilish, ma’naviy-axloqiy xatti-harakatlarni o‘zlashtirish, shaxsning ijtimoiy yo‘nalishi haqidagi ko‘nikma va malakalar shakllantiriladi. Ya’ni, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida axloqiyestetik tarbiyani shakllantirish 1-sinfdan IV sinfgacha bo‘lgan davr mobaynida muhim o‘zgarishlarga uchraydi. Bu yoshning oxirgi davrlariga kelib axloqiy- estetik tarbiya haqidagi bilimlar lar. 1 Islom Karimov. O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. –T.: “O‘zbekiston” NMIU, 2011 yil, 70-71-bet- 2 Islom Karimov. “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch” T., “Ma’naviyat”. 2008 yil. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 125 tasavvurlar va mulohazalar sezilarli darajada boyiydi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarda axloqiyestetik tarbiyani shakllantirish asosida ularda milliy o‘zlikni anglash, vatanparvarlik, o‘z vatani uchun iftixor tuyg‘usini kamol toptirishda o‘qish darslari muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarda axloqiy- estetik tarbiyani tarbiyalashda o‘qituvchilar qo‘yidagi vazifalarni amalga oshirishi maqsadga muvofiqdir. 1. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarga axloqiy- estetik tarbiya haqidagi bilimlarni berish; 2. O‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirilgan axloqiy- estetik tarbiya haqidagi bilimlarni chuqurlashtirib borish; 3. O‘quvchilarda axloqiy tarbiya haqidagi bilimlarni o‘rganishga bo‘lgan ehtiyoj va qiziqishni yuzaga keltirish; 4. O‘quvchilarda axloqiy tarbiyaga oid ongli yondoshuvni qaror toptirish; 5. O‘quvchilarni har qanday ko‘rinishdagi odobsizliklarga qarshi kurashga rag‘batlantirish; 6. O‘qish» darslarini samaradorligini tahlil etib borish. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Axloq odobga oid hadis namunalari T.: Fan.1990 y. 2. Mavlonova R.Raxmonqulova N.Boshlang‘ich ta’limning integratsiyalashgan pedagogikasi . T.: O‘qituvchi, 2006. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 126 BOSHLANGʻICH SINFLARDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI Raximova Zulxumor Ikramboyevna Xonqa tumani 14-umumiy oʻrta ta’lim maktabi boshlangʻich sinf oʻqituvchisi zulxumorrahimova4@mail.com, +998975115581 Annotatsiya: Maqolada ta’lim tizimida innovatsion texnologiyalarning oʻrni va ulardan foydalanish orqali oʻquvchilarning fanga boʻlgan qiziqishlarini orttirish yoʻllari xususida ma’lumotlar berilgan. Shuningdek boshlangʻich sinf oʻqituvchisi dars jarayonini toʻgʻri boshqara olishi, oʻquvchilarga zamon talablariga mos holda dars berishi haqida fikr yuritilgan. Kalit soʻzlar: innovatsiya, interfaol, didaktika, texnologiya, pedagogik, axborot kommunikatsiya. Yuksak ma’naviyatga ega boʻlgan, barkamol, sogʻlom avlodni tarbiyalash, yoshlarga ilgʻor pedagogik va axborot- kommunikatsiya texnologiyalar asosida ta’lim berish mamlakatimizning ta’lim sohasidagi amalga oshirilayotgan ustivor yoʻnalishlaridan biridir. Shuningdek, komil insonni voyaga yetkazishda boshlangʻich ta’lim shubhasiz poydevor vazifasini oʻtaydi. Bu esa boshlangʻich ta’lim oʻqituvchisi zimmasiga katta ma’suliyat yuklaydi. Chunki oʻquvchilarni oʻqitish sifati unga bogʻliq boʻladi. Boshlangʻich ta’lim umumta’lim maktablarining bosh boʻgʻini boʻlganligi sababli ana shu jarayonda oʻquvchi shaxsining mukammal rivojlanib borishiga koʻproq e’tibor berish lozim. Boshlangʻich sinf oʻqituvchisining ma’suliyati cheksizdir. Ular maktab ostonasiga endigina qadam qoʻygan oʻquvchilarni maktab hayotiga koʻniktirib, zamonaviy bilim olishlariga yoʻl ochib beradilar. Bolalarning oʻqishga munosabatlari, aqliy salohiyatlari ana shu davrda shakllanadi. Bu ham boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining vazifasi va ma’suliyati ekanligini koʻrsatadi. Bugungi kunda ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarni qoʻllashga boʻlgan talab va e’tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Chunki maktab ostonasiga ilk qadam qo‘ygan 6-7 yoshli bolalar oilada axborot kommunikatsiya texnologiyalari vositalari bilan tanish boʻlgan, hatto ulardan foydalana oladigan holda kelmoqdalar. Ular haqiqatdan ham axborot asrida tugʻilib, hali atrof-muhitni anglamay turib zamonaviy aloqa qurilmalarini koʻrib, ularning funksiyalari bilan tanish boʻlgan holda ulgʻaymoqdalar. Shunday ekan, bunday zamonaviy bilimlarga ega boʻlgan oʻquvchilarga dars oʻtish jarayonida oʻqituvchilar axborot kommunikatsiya texnologiya vositalaridan unumli foydalanib, innovatsion texnologiyalar asosida yanada qiziqarli qilib oʻtishlari talab qilinadi. Chunki, bolalar hayotida maktab davri ancha murakkab davr boʻlib, bolalar oldida jiddiy sinov turadi. Endi ular yangi rejimga moslashishga majbur boʻladi. Bola yosh boʻlishiga qaramay, endi uning maktabda oʻqish, uy vazifalarni bajarish, murakkab materiallarni oʻrganishlari kerak. Oʻyindan maktabga kundalik majburiy va davomli mehnatga oʻtish bola hayotida tub burilish yasaydi. Shuning uchun ham oʻqituvchilar bolalarning maktabdagi hayotini qiziqarli tashkil etishlari, darslarni ilgʻor pedagogik texnologiyalar, didaktik oʻyinlardan foydalangan holda oʻquvchilarning darslarga boʻlgan qiziqishlarini oshirishlari lozim. Ta’lim jarayonida ilgʻor pedagogik texnologiyalarni qoʻllash, ta’lim samaradorligini oshiradi. Oʻquvchilarning fikrlash doirasini kengaytiradi, ongi, dunyoqarashini oʻstiradi. Boshlang‘ich sinflarda koʻproq bolaning yoshini, bilim saviyasini hisobga olish lozim. Ularga oddiy, oson va vaqt kam sarflanadigan oʻyinlardan foydalanib, darslar oʻtish yaxshi samara beradi. Innovatsion texnologiyalardan dars jarayonida foydalanishning oʻziga xosligi shundaki, ular oʻqituvchi va oʻquvchilarning birgalikdagi faoliyati orqali amalga oshiriladi. Oqitish jarayoni oʻqituvchi hamda oʻquvchilar faoliyatini oʻz ichiga oladi. Oʻqituvchining faoliyati oʻquv materialini bayon qilish, oʻquvchilarning fanga boʻlgan qiziqishini orttirish, fikrni teranlashtirish va e’tiqodini shakllantirish, oʻquvchilarning mustaqil mashgʻulotlariga rahbarlik qilish, ularning bilim, koʻnikma va malakalarini tekshirish hamda baholashdan iborat. Xulosa qilib aytganda innovatsion texnologiyalardan foydalanib dars oʻtilgan darslarda oʻquvchilar oʻz qobiliyatlari va imkoniyatlarini namoyish qilishga erishadilar, jamoa bilan Апрель 2021 10-қисм Тошкент 127 ishlash malakasiga ega boʻladilar, oʻzgalar fikrini hurmat qilishni oʻrganadilar. Bu esa darsning samaradorligini oshiradi, ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi. Adabiyotlar roʻyxati: 1. Umumiy oʻrta ta’limning davlat ta’lim standarti va oʻquv dasturi. T.1999-yil, 6-maxsus son. 2. Rahmonova Ye. R., Razzoqov D.N. “ Pedagogik texnologiyalar” fanidan oʻquv qoʻllanma. – Toshkent: 2007. 3. Muslimov N., Usmonboyeva B., Sayfurov D., Toʻrayev D. Innovatsion ta’lim texnologiyalari. – Toshkent: 2015. 4. Oʻqituvchilar uchun metodik qoʻllanma. Matematika 4 – sinf. Toshkent – 2017. 5. Oʻqituvchilar uchun metodik qoʻllanma. Oʻqish 4 – sinf Toshkent – 2017. 6. elektron manba: www.ziyocom.uz kutubxonasi. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 128 YOSHLAR – BUGUNGI VA ERTANGI KUNNING HAL QILUVCHI KUCHIDIR Raxmonov Feruz, Navoiy viloyat Xatirchi tuman 4-umumta’lim maktab Tarbiya fani o‘qituvchisi Ma’lumki, yoshlarni o‘qitish, ularga ta’lim-tarbiya berish, kelajak uchun munosib kadrlar qilib tarbiyalash hamma vaqt ham har bir davlatning eng birinchi navbatdagi ishlaridan biri bo‘lib kelgan. Xuddi shuningdek, bizning mamlakatimizda ham bunday ishlar davlatimiz rahbarlarining doimiy ravishda diqqat markazida turibdi, desak – ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz. Respublikamiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning bevosita tashabbusi va rahbarligida qabul qilingan hamda izchil ravishda amalga oshirilayotgan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi respublikamizda rivojlanish taraqqiyotning yangi bosqichini boshlab berdi. Bu jarayonning amaliy natijalari bugungi kunda hayotimizning barcha sohalarida, eng muhimi xalqimizning ong-u tafakkuri, intilish va harakatlarida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Harakatlar strategiyasining to‘rtinchi – Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalish­ laridan biri bo‘lgan ta’lim tizimini takomillashtirish masalasiga ham alohida e’tibor qaratilgan.1 Davlatimiz rahbari har bir viloyatga tashrifi doirasida o‘tkazilgan yig‘ilishlarda, turli uchrashuvlarda so‘zlagan ma’ruzalari va suhbatlarida barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga amal qilib yashash masalalariga kun tartibidagi dolzarb masala sifatida qarash zarurligini ta’kidlab kelmoqda. Prezidentimiz ta’kidlaganidek: “Agar farzandlarimizga to‘g‘ri tarbiya bermasak, har kuni, har daqiqada ularning yurish-turishi, kayfiyatidan ogoh bo‘lib turmasak, ularni ilmu hunarga o‘rgatmasak, munosib ish topib bermasak, bu omonatni boy berib qo‘yishimiz hech gap emas”.2 Mamlakatimizda ma’lumki, “Ta’lim to‘g‘risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlarda ham mamlakatimizda jahon andozalari talablariga javob bera oladigan yuksak malakali mutaxassis kadrlar tayyorlash vazifalari qo‘yilgan. Jumladan kadrlar tayyorlash milliy dasturining maqsadi – ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o‘tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to‘la xalos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi malakali kadrlar tayyorlashning milliy tizimini yaratishdan iboratdir. Ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirib borilayotgan hozirgi davrda kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablaridan kelib chiqqan holda ta’lim samaradorligini oshirish borasida mavjud bo‘lgan xulosalar va tavsiyalarni amalda qo‘llashga ehtiyoj tug‘ilmoqda. Xususan uch bosqichda amalga oshirilayotgan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ko‘zda tutilgan asosiy maqsadlardan yana biri bozor iqtisodiyotiga o‘tish davriga moslasha oladigan, raqobatdosh, faol shaxslarni, ya’ni mutaxassislarni shakllantirishdan iboratdir. Ha, yoshlarni o‘qitish va tarbiyalash, biror kasb-hunarga o‘rgatish – davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan muhim ish hisoblanadi. Shuning uchun bu ishga jamiyatning har bir yetuk a’zosi mas’uldir va qo‘lidan kelganicha, imkoniyati boricha hissa qo‘shishi zarur. Yuqorida bayon etilgan “Ustoz-shogird” an’analarini riojlantirish bo‘yicha yoshlarga berilayotgan ta’lim-tarbiya haqidagi bir soatlik tarbiyaviy dars ishlanmasidan ayon bo‘ladiki, o‘quvchilarni o‘qitish, tarbiyalash – mashaqqatli ish hisoblanadi. Bunda o‘qituvchining eng mashaqqatli ishlaridan biri shuki, u har bir o‘quvchining shaxsiy (individul) xususiyatlarini hisobga olgan holda mashg‘ulotlarda barcha o‘quvchilarning faolligiga erishishdan iborat. Bu o‘rinda o‘quvchining faolligi o‘z-o‘zidan oshmasligini, balki bu ongli munosabat natijasi ekanligini yoddan chiqarmaslik zarur. Modomiki, faollik onglilik natijasida vujudga kelar ekan, u “Ustoz-shogird” tizmidagi ta’lim-tarbiya ishining mazmuni, tashkil etish shakli, amalga oshirish metodlari va vositalarini o‘zaro muvofiqlashtirishni taqozo etadi. Bu o‘z O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida. Toshkent shahri, 2017-yil 7-fevral PF - 4947. 2 Mirziyoyev Sh. Vatanimiz taqdiri va kelajagi yo‘lida yanada hamjihat bo‘lib, qat’iyat bilan harakat qilaylik. //”Xalq so‘zi” gaz., 2017-yil, 16-iyun. 1 Апрель 2021 10-қисм Тошкент 129 navbatida ta’limda “Ustoz-shogird” tizmining siafat va samaradorliigini oshirishning kafolatini ta’minlaydi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz balan birga quramiz. T.: O‘zbekiston, 2017. – 488 b. 2. Mirziyoyev Sh. Vatanimiz taqdiri va kelajagi yo‘lida yanada hamjihat bo‘lib, qat’iyat bilan harakat qilaylik. //”Xalq so‘zi” gaz., 2017-yil, 16-iyun. 3. Mirziyoyev Sh. Vatanimiz taqdiri va kelajagi yo‘lida yanada hamjihat bo‘lib, qat’iyat bilan harakat qilaylik. //”Xalq so‘zi” gaz., 2017-yil, 16-iyun. 4. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi qonunlari. //T.: Sharq, 1997. 5. Babanskiy Yu.K. Hozirgi zamon umumiy ta’lim maktabida o‘qitish metodlari. T.: O‘qituvchi, 1990. – 232 b. 6. Yo‘ldoshev J.G‘., Usmonov S.A. Pedagogik texnologiya asoslari. T.: O‘qituvchi, 2004. – 236 b. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 130 O‘QITUVCHILARNING KASBIY MAHORATINI OSHIRISH OMILLARI Ro‘zmetova Guli Xonqa tumani №22 sonli maktabning matematika fani o‘qituvchisi +998932806469 Annotatsiya: Ushbu maqolada asosan umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchi va murabbiylarini kasbiy mahoratlarini oshirish omillari haqida so‘z boradi. Bolaga do‘stona munosabatdagi maktab yaratish, ta’limda milliylik zaruriyati o‘qituvchilarni kasbiy litsenziyalash nechog‘lik dolzarbligi haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: tarbiya, samaradorlik, tarbiya jarayoni, do‘stona muhit, ta’lim jarayoni. Birovni o‘qitadigan tarbiya qiladigan inson avvalo o‘zi har tamonlama barkamol bo‘lmog‘i shart. Shunday ekan kelajagimiz poydevori bo‘lgan yoshlarimizga bilim berayotgan o‘qituvchilarimizni kasbiy mahoratlarini oshirish eng dolzarb vazifalardan biridir. O‘qituvchi va murabbiylar jamiyatning ishonchli kishilaridan sanaladilar. Jamiyat ularga o‘zining kelajagi, umidini ishonib topshiradi. Ana shu ishonch ustozlar zimmasiga juda katta mas’uliyat yuklaydi. Uni oqlash uchun muayyan maqsadga yo‘naltirilgan betinim mehnat, faol harakat, intilish va tashabbus talab qilinadi. Bugungi kunda ta’lim tizimida tub islohatlar amalga oshirilmoqda. Jahon pedogogikasida mavjud samarador uslublar o‘zlashtirilib olinib, davr bilan teng qadam tashlashga harakat qilinmoqda. Shu jumladan, malaka oshirish tizimida malaka oshirish samaradorligini, o‘quv tarbiya jarayoni sifatini yaxshilashga xizmat qiladigan dasturlar ishlab chiqilmoqda. Malaka oshirish jarayonida pedogog kadrlarni ta’lim turlari bo‘yicha Davlat ta’lim standartlari talablariga asosida kasbiy va pedogogik mahorat doimiy ravishda o‘sib borishini, o‘quv tarbiya jaroyoni yuqori ilmiy-metodik darajada olib borilishini ta’minlaydigan o‘qitiladigan o‘quv fani yoki kurs, pedogogik yoki axborot texnologiyalari o‘qitishning interaktiv metodlari bo‘yicha kasbiy bilimlar, malaka va ko‘nikmalarni muntazam ravishda yangilab borish ko‘zda tutilgan. Davlat ta’lim standartlarida belgilangan me’yoriy ko‘rsatgichlar asosan o‘qituvchi tamonidan amalga oshiriladi. Uning mahorati oshsa, o‘ziga xos dars o‘tish qobilyati yuzaga chiqsa jamiyatga har tamonlama komil insonlarni yetkazib berish imkoniyati ortadi. O‘qituvchi-o‘quvchi-ota-ona-maktab-mahalla kabi zanjir mustahkam bo‘lib, maqsad to‘g‘ri qo‘yilsa, do‘stona muhit yaratiladi. Bolaga do‘stona munosabat mavjud bo‘lgan sinflarda o‘quvchi faol ishtirokchi, o‘qituvchi esa bilim olishga yo‘naltiruvchi, darsliklar va innovotsion texnologiyalar o‘quvchi bilimini rag‘batlantiruvchi vosita hisoblanadi. Do‘stona muhit, axborot olishga intilish o‘zaro bir birini tushinish, ko‘taringi kayfiyat, o‘ta jonli muloqot interfaol sinfning asosiy xususiyatlaridir. Hozirgi zamon o‘qituvchisi Respublikamiz Prezidenti asarlarini, milliy istiqlol g‘oyasi asosiy tushuncha tamoyillarini, talim to‘g‘risidagi nizom va qoidalarini, AKTdan foydalanishni, o‘z fanini puxta biladigan, uning yangiliklaridan habardor, pedogogika va pisixologiya fani erishgan yutuqlarni ta’lim jarayoniga tadbiq eta oladigan kasb egasidir. Davlatimiz tamonidan ta’limga kuchli e’tibor- so‘ngi uch yillikdagi eng muhim islohotlardan biri bo‘ldi. Shuningdek, joriy yilda pedagog kadrlar attestatsiyadan o‘tkazish tartibi yangilandi. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 392-son qarori bilan “Maktabgacha, umumiy o‘rta , o‘rta maxsus, kasb-hunar va maktabdan tashqari davlat ta’lim muassasalari pedogog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi t o‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, xalq ta’limi vazirligi , tizimdagi amalyotchi o‘qituvchilar hamda YUNISEF tashkiloti xalqaro ekspertlari bilan birgalikda ilg‘or xorijiy davlatlar tajribasidan foydalangan holda tayyorlangan ushbu nizomda pedagog kadrlarga qulayliklar yaratish maqsadida attestatsiya jarayonlari soddalashtirildi. Bundan tashqari endi pedogoglarimiz o‘z xohishiga ko‘ra navbatdan tashqari attestatsiyada ishtirok etishlari mumkin. O‘zbekistonda pedogogik faoliyat bilan shug‘illanayotgan o‘qituvchilarning sifat tarkibini belgilash va ularning mehnatini rag‘batlantirib borish ularni attestatsiyadan o‘tkazish orqali amalga oshirilmoqda. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati: 1.”Marifat yog‘dusi” ilmiy-uslubiy, adabiy-badiiy jurnal .2007- yil 2. Haydarova O.Q.Yangi pedogogik texnologiyalarning o‘qituvchi faoliyatida tutgan o‘rni// Pedagogik mahorat, 2-son, 2002. 3. Internet malumotlari. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 131 HAMKORLIKDA O‘QITISH TA’LIM YONDASHUVLARI Ro‘zmetova Muborak Sobirovna Shovot tumani 1-son maktab o‘qituvchisi Telefon: +998 (91) 428 55 26 ro‘zmetova_ms55@inbox.uz Matkarimova Barno Axmedovna Shovot tumani 1-son maktab o‘qituvchisi Telefon: +998 (91) 912 00 42 barnoaxmedovna_0042@gmail.uz Annotatsiya: Ushbu maqolada hamkorlikda o‘qitish texnologiyasini qo‘llanilishi va tizimli yondashuvi bo‘yicha ma’lumotlar berilgan. Kalit so‘zlar: Pedagogik texnologiya, hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi, demokratlilik, sub’ektiv munosabatlar, tizimli yondoshuv, ta’lim texnologiyasi. O‘tgan asrning 80-yillari ta’lim jarayoniga ko‘plab innovatsiyalarni kirib kelishiga asos bo‘lgan hamkorlikda o‘qitish texnologiyasini amerikalik pedagoglar tomonidan ishlab chiqilgan. Ular bir qancha maktab namoyondalari ilg‘or tajribalarini umumlashtirib, tadqiq qilganlar. Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish demokratlilik, tenglik, ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi o‘rtasidagi sub’ektiv munosabatlarda hamkorlikni, maqsad va faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi. Mazkur pedagogik texnologiya yangicha pedagogik tafakkur, taraqqiyparvar g‘oyalar manbai sifatida ko‘plab zamonaviy pedagogik texnologiyalar tarkibiga kiradi. Hamkorlikda o‘qitishning asosiy g‘oyasi faqat birgalikda biror ish bajarish emas, balki birgalikda o‘qishdan iborat. Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasining tasnifiy tavsifi: - qo‘llanish darajasiga ko‘ra umumpedagogik; - falsafiy asosiga ko‘ra-insonparvar; - rivojlantirish omiliga ko‘ra majmuaviy: bio-, sotsio-, psixogenn; - o‘zlashtirish asosiga ko‘ra assotsiativ, reflektor,bosqichma-bosqich; - mazmuniga ko‘ra o‘rgatuvchi, tarbiyaviy, insonparvar, umumta’limiy, dunyoviy; - boshqaruv turiga ko‘ra kichik guruhlar sistemasi; - tashkiliy shakliga ko‘ra akademik, yakka, guruhda,tabaqalashtirilgan; - bolaga yondoshuviga ko‘rashaxsiy-insonparvar, sub’ekt-sub’ekt; - boshqaruvchi metodga ko‘ra muammoli-tadqiqiy, ijodiy, munozarali, o‘yinli; - o‘rganuvchilar darajasiga ko‘ra ommaviy. Hamkorlikda pedagogikasiga yo‘naltirilgan; - talab pedagogikasidan munosabatlar pedagogikasiga o‘tish; - ta’lim va tarbiya birligi. Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasining asosiy g‘oyasi o‘quvchilarni turli o‘quv vaziyatlarida hamkorlikda faol harakatlariga shart-sharoitlar yaratishdir. O‘quvchilarning o‘quv materiallarnin o‘zlashtirish imkoniyatlari turlicha: ayrimlari o‘qituvchining tushuntirishlarini tez ilg‘ab oladi, ayrimlariga qo‘shimcha vaqt va tushuntirish ishlari zarur. Bunday o‘quvchilar o‘quv mashg‘ulotlari davomida passiv bo‘ladilar. Agar o‘quvchilarni 4-5 nafardan kichik guruhlarga ajratib, ishtirokchilarining har biri vazifasi aniq ko‘rsatib o‘tilsa, bunday vaziyatda har bir o‘quvchi o‘ziga yuklatilgan vazifa hamda guruh vazifasiga mas’uliyat sezadi. Bunda past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar ilg‘or o‘quvchilardan yordam so‘raydilar. Hamkorlikda kelib chiqadigan muammolar hal etiladi. Tajribadan ma’lumki, birgalikda o‘qish na faqat qiziqarli va oson, balki samarali hamdir. Hamkorlikda o‘qitish turli variantlari mavjud bo‘lib, ular uchun umumiy bo‘lgan tamoyillar quyidagilar: guruhlar o‘qituvchi tomonidan mashg‘ulotdan oldin, o‘quvchilarning psixologik moslashuvchanligi e’tiborga olinib tashkil etiladi. Har bir guruhda «kuchli», «o‘rtacha»,»kuchsiz» va albatta qizlar va o‘g‘il bolalar bo‘lishi kerak; guruhga bitta topshiriq beriladi va uning bajarilishida guruh a’zolarining har biri vazifasi o‘qituvchi yordamida aniqlanadi; Апрель 2021 10-қисм Тошкент 132 har bir o‘quvchi bajargan ish emas, guruh ishi baholanadi; guruhning qaysi ishtirokchisi guruh topshirig‘i yuzasidan javob berishini o‘qituvchi aniqlaydi. Ayrim hollarda «kuchsiz» o‘quvchi tanlanishi ham mumkin, chunki har bir topshiriqning maqsadi uni bajarilishida emas, balki har bir o‘quvchi tomonidan uning o‘zlashtirilishida. Hamkorlikda o‘qitishning texnologik jarayoni quyidagi elementlardan tashkil topgan: o‘quv-biluv masalasini qo‘yish (muammoli vaziyat); o‘quv maqsadlariga mos o‘quvchilarni guruhlarga bo‘lish; didaktik materiallarni tarqatish; guruhlardagi ishlarni rejalashtirish; topshiriqlarni individual bajarish, natijalarni muhokama qilish; guruhning umumiy topshirig‘ini muhokama qilish (eslatmalar, to‘ldirishlar, aniqlik kiritish); Tizimli yondoshuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini: jaryonning mantiqiyligi, uning barcha bo‘g‘inlarini o‘zaro bog‘langanligi, yaxlitligini o‘zida mujassam etmog‘i lozim. Faoliyatga yo‘naltirilgan yondoshuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, o‘quv jaryonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo‘naltirilgan ta’limni ifodalaydi. Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo‘llash – yangi kompyuter va axborot texnologiyalarini o‘quvjarayoniga qo‘llash. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 1. Tolipov O‘., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalarning tadbiqiy asoslari T.: 2006. 2. Urazova M.B., Eshpulatov Sh.N. Bo‘lajak o‘qituvchining loyihalash faoliyati. Metodik qo‘llanma. – T.: TDPU Rizografi, 2014. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 133 SHARQ ADABIYOTIDA XAMSACHILIK. Sa’dullayeva Zaynab Qadamboyevna Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanidagi 41-son maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Annotatsiya. Xalqimiz besh asrdan beri Navoiy xazinasidan ma’no gavharlarini terib bahramand bo‘lmoqda. “Xamsa” dostonidagi hech qachon yo‘qolmaydigan ezgulik, adolat, do‘stlik, vafo, sadoqat g‘oyalarining go‘zal ifodasini XXI asr uchun ham o‘tgan asrlardagi kabi ahamiyatlidir. Maqolaning dolzarbligi shu kabi masalalarda ko‘rinadi. Kalit so‘zlar. “Hayrat ul-abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sabba’I sayyor”, “Saddi Iskandariy”, “Matla ul-anvor”, Xusrav Dehlaviy, “Iskandarnoma”, “Haft paykar”, “Layli va Majnun”, “Xisrav va Shirin”, “Maxzan ul-asror”, Nizomiy Ganjaviy, xamsachilik an’anasi, turkiy, forsiy. O‘rta asrlar Sharq adabiyoti, xususan, forsiy va turkiy she’riyat rivojida xamsachilik an’anasi alohida ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu an’ananing boshlanishiga buyuk ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviyning XII asrning ikkinchni yarmi va XIII asr boshida yaratgan “Maxzan ulasror”(1174-1177), “Xisrav va Shirin”(1181), “Layli va Majnun”(1188), “Haft paykar” (“Yetti go‘zal”,1197), “Iskandarnoma”(1199-1201) dostonlari asos bo‘lib, ular keyinchalik ijodkor vafotidan so‘ng “Xamsa” (arabcha “beshlik” degani) yoki “Panj ganj” (forsiy tilda “Besh xazina” ma’nosida) nomlari bilan yaxlit kitob holida juda keng tarqalgan, turli tillarga tarjima qilinib shuhrat topgan edi. Mazkur kitobdan o‘rin olgan alohida dostonlar bir necha shoirni shu mavzudagi yirik poetik asarlar yozishga ilhomlantirgandi. 1253-1325-yillarda yashab ijod qilgan Xusrav Dehlaviy o‘zining fors-tojik tilidagi “Matla ul-anvor” (“Nurlarning boshlanishi”), “Shirin va Xusrav”, “Majnun va layli”, “Hasht behisht” (“Sakkiz jannat”) va “Oinai Iskandariy” (“Iskandar oynasi”) nomli beshta dostonini yozib, Nizomiy “Xamsa”siga to‘la javob yaratdi va bu an’ananing boshlovchisi bo‘lib maydonga chiqdi. XV asrda yashagan yosh shoirlardan aksariyati “Xamsa”ga o‘xshatma bitishga harakat qilgan bo‘lsalar ham ko‘plari bir yoki bir necha asar yaratishga erishdilar. Chunonchi, Mavlono Ashraf, Mavlono Abdullo, Kotibiy Nizomiyning bir qator dostonlariga javob bitgan bo‘lsalar, Mavlono Faseh Rumiy uning “Maxzan ulasroriga”, Xoja Hasan Xizrshoh “Layli va Majnun” o‘xshatma dostonlar yozishgan. Lekin ikki buyuk ijodkor: Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiygina “Xamsa” yaratishga erishdilar. Jomiyning dostoni besh emas, yetti dostonni o‘z ichiga olib, quyidagilardan iborat: “Dengizlar siri”, “Lujjat ul-asror”, “Tuhfat ul-ahror”, “Sabhat ul-abror”, “Yusuf va Zulayho”, “Layli va Majnun”, “Xiradnomai Iskandariy”. Bu asar “Haft avrang” deb ham ataladi. Yuqorida nomi keltirilgan asarlarning barchasi o‘sha davr an’anasiga muvofiq fors-tojik tilida bitilgan edi. Natijada, ularni shu tilni biladigan kitobxonlargina o‘qib, boshqa xalqlar vakillari ulardan bebahra qolar, ba’zan tarjima orqaligina bu go‘zal obidalardan bahramand bo‘la olardilar. Alisher Navoiy 1483-yilda bu murakkab ishga kirishib ikki yarim yil ichida “Hayrat ul-abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sabba’I sayyor” va “Saddi Iskandariy” dostonlaridan tashkil topgan “Xamsa” kitobini eski o‘zbek tillida yaratib, jahon adabiyotini berzavol va betakror asar bilan boyitdi. Nizomiy “Xamsa”sida javoblar yozish, hech bo‘lamganda undagi ayrim asarlarga o‘xshatma tatabbu’lar bitish an’anasi keying davrlarda ham davom etdi. Taniqli adabuyotshunos E.Bertelsning bergan ma’lumotlariga qaraganda “Layli va Majnun” Xusrav Dehlaviydan boshlab jami 24 shoir yaratgan fors, o‘zbek va ozarbayjon tillaridagi dostonlar uchun asaosiy manba bo‘lib xizmat qilgan. Mazkur asarlarda Nizomiy dostoni aynan o‘zicha takrorlanavermay har qaysi davrga xos ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy axloqiy masalalar o‘z aksini topgan, asar voqealari timsollariga ba’zi o‘zgarishlar kiritilgan tasviriy uslubiy tamoyillar ham bir qator boyitilgan badiiylik g‘oyat rivojlantirilgan, har qaysi milliy til boyliklari va go‘zalliklaridan yanada unumli fo‘ydalanilgan. Alisher Navoiy qalamiga mansub besh doston shoirning ta’kidiga qaraganda jami 30 oy ikki yarim yil ichida yaratilgan bo‘lsada, bu asarlarning har birini ko‘p yillik ijodiy mehnatning natijasi deb qarash kerak, zero shu ulug‘ maqsadni o‘z oldiga qo‘ygan shoir ”Xamsa” yaratish ishida avvaldan kirishgan, shu maqsadda yuzlab tarixiy, ilmiy va adabiy kitoblarni o‘rganib chiqqan va ularni tadqiq etgan, bir-biri bilan qiyoslab, o‘z xulasalarini ko‘plab ustozlari va fikrdoshlari sinovidan ham o‘tkazgan. Shuning uchun uning besh dostoni butun xalq manfaatlarini Апрель 2021 10-қисм Тошкент 134 o‘zida aks ettirgan, omma uchun asarlar davomida sevikli bo‘lib qoladigan o‘lmas qahramonlar qiyofalari bilan limolimdir. XIV asrda yashab ijod etgan va bu an’anaga murojaat etgan mualliflardan biri Xoju Kirmoniydir. Xoju Kirmoniy “Humoy va Humoyun”, “Gul-u Navro‘z”, “Ravzat ul-anvor”, “Kamolnoma”, “Gavharnoma” kabi masnaviylardan iborat beshligini yaratdi. Keltirilgan masnaviylarning nomidan ham ko‘rinadiki, Xoju Kirmoniy Nizomiy “Panj ganj”idagi sujet tizimlari va obrazlarini yangilash bilan bir qatorda masnaviylarning joylanish tartibiga ham o‘zgartirish kiritgan va o‘zining beshligini axloqiy-falsafiy masnaviy bialn emas, balki ishqiy romantik poema bilan boshlagan. Shuning o‘ziyoq xamsatayn qonuniyatlaridan chekinishga olib kelgan. Agar bu o‘rinda Xoju zamondoshi Salmon Savajiyning “Jamshed va Xurshed” nomli masnaviysidagi “Sababi nazmi kitob” bobida keltirilgan quyidagi misralari esga olinsa, masala ancha oydinlashadi: Nizomiro siyoh shud durri shahvor, Rivoche nest on simi kuhanro. Mazmuni: Nizomiy durlari qorayib qoldi, Endilikda u eski kumushlar ravnaq topa olmaydi. Albatta, bu fikrning haqiqatdan uzoqligi o‘z-o‘zidan ravshan. Chunki, Nizomiy yaratgan durlar o‘lmas badiiy obidalar asrdan-asrga ravshanroq porlab keldi. Dil nigohi dunyo bag‘rini kesib o‘tgan faylasuflarning faylasufi, mutafakkirlarning murshidi Alisher Navoiyning kitoblarida, dostonlarida tafakkurni ichdan yaqinlashtirib tasavvufiy falsafasining javhari zot mavjud. Ulug‘ shoir asarlarida har bir detal, sujet lavhalari timsollar tilida gapiriladi, ya’ni u bir badiiy maqsadni turli lavhalar orqali bayon qiladi. Navoiy lirikasida ham “Xamsa” dostonlarida ham yagona bir g‘oya bor: Yaratuvchi Allohning buyuk yagona zot ekanligi. Alisher Navoiy ijodida dunyo go‘zalligi ilohiy Husn jamolning davomi va moddiy ifodasi sifatida qaraladi. Shoir uchun olam va odam yagonadir, ruh va jism birgadir. Ilohiy mutlaq vasliga yetishish yo‘liga kirgan inson o‘zi bilan Alloh o‘rtasidagi masofani qisqartirib borib, barcha to‘siqlarni yengib o‘tadi, shaxsiy menidan qutiladi, go‘yo Alloh bilan vahdat vujud qiladi. Buni esa qatra dengizdan nishonaga o‘xshatish mumkin. inson ruhida Alloh sifatlari mujassam. Biroq insonni moddiylik undan ajratib turadi, qachon inson moddiylikdan poklansa, musaffo shabnamday bo‘lib o‘zligini anglashi mumkin. Alisher Navoiy “Xamsa” dostonida o‘zlikni anglash uchun qaratilgan g‘oyalar ko‘pdir. Navoiy dostonda ezgulik, xayr-ehson, odamiylik qoidalarini birmabir bayon etib chiqqan. Ular izhorida biror mayda-chuydani ham e’tibordan chetda qoldirmagan. Kim shoir pand-u o‘gitlariga amal qilsa, u komil, o‘zligini anglagan inson bo‘lib yetishadi. Agar biz hozirgi kunda istiqlolga erishgan O‘zbekistonda jamiyatni isloh etishning Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan chuqur ilmiy tarzda asoslangan besh mashhur tamoyilning uchinchisiga nazar tashlasak, unda jamiyat hayotining barcha sohalarida qonunning ustuvorligi, Demokratik yp’l bilan qabul qilingan Konstitutsiya va Qonunlarni hech istisnisiz hamma hurmat qilishini, ularga og‘ishmay rioya etish lozimligi kabi fikrlar bildirilgan. Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, ajdodlarimiz, jumladan Alisher Navoiyning “Xamsa” dostonidagi ijtimoiy hayot, qonun ustuvorligini ta’minlash haqidagi orzulari istiqlolimiz davrida yangi davr zamon talablari asosida amalga oshmoqda. “Xamsa” dostoni insonning komillikka erishuvi uchun zarur bo‘lgan ma’naviyma’rifiy omillar ham keng tarzdaqalamga olingan. Navoiy ana shunday komillikka yo‘g‘rilgan, yuksak xulqli kishilardan tashkil topgan jamiyat, barkamol jamiyat orzusida edi. Ana shunday yuksak maqsad va oliy g‘oyalarini u o‘z ijodida aks ettirdi, abadiy barhayotlikka erishdi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. 1. Abdullayev V. O‘zbek adabiyoti tarixi. T.: O‘qituvchi. 1980. 2. Vohidov R. Eshonqulov H. O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi. T.: O‘zbekiston adabiy jamg‘arma. 2006 3. www.ziyouz.com Апрель 2021 10-қисм Тошкент 135 KIMYONI O‘QITISHDAGI METODLARNING AHAMIYATI Saparbayeva Zamira Bazarbayevna Kegeyli tumani 12 -sonli umum talim maktabi + 94 141 41 60 Annotatsiya; ushbu maqolada kimyo fanini o‘qitishda metodlarni qo‘llash va ularning ahamiyati tahlil etilgan. Kalit so‘zlar: kimyo, metod,diktant, o‘quvchi, kimyoviy formula. Kimyo o‘qitish jaroyonida o‘quvchilar bilimini hisobga olishning eng muhim usullaridan biri kimyoviy diktant hisoblanadi. Kimyoviy diktant o‘tkazishda, o‘quvchining bilim darajasini, ish xususiyatlarini hisobga olish kerak. Kimyoviy diktant uchun beriladigan topshiriqlarni o‘qituvchi og‘zaki aytib beradi. O‘qituvchi aytgan moddalarni o‘quvchilar kimyoviy formulasini yozishi mumkin. Reaksiya tenglamalarini ongli bajarishi mumkin. Kimyoviy diktant savollaridan namuna keltiramiz. “Anorganik moddalarning eng muhim sinflari” mavzusiga oid: temir(II)-xlorid, temir(III)-oksidi, kalsiy sulfat, magniy fosfat, mis(II)oksidi, fosfat kislota, temir(III)-gidroksid, alyuminiy oksidi. O‘quvchilar moddalar yoniga ularning molekulyar formulalarini yozadi. KIMYOVIY DIKTANT TURLARI: 1. Moddalarning nomi asosida formulasini tuzish. 2. Birikmalardagi kimyoviy element valentligini topish. 3. Kimyoviy tushunchalarga ta’rif berish. 4. Turli xil grafalarni to‘ldirish. 5. Reaksiya tenglamalarini davom ettirish va hokazo. O‘qituvchi diktantni o‘qiganida barcha o‘quvchilarni yozishga ulgurishlarini hisobga olishi va takrorlab turishi kerak. Keyingi vaqtlarda kimyoviy diktantni grafik turi yaxshi natija bermoqda. Grafik diktant o‘tkazish uchun sinfda bir necha marta kimyoviy diktant o‘tkazilganda uning mazmunini tushuntirib qo‘yiladi. Grafik diktant o‘tqazilganda o‘quvchilar daftar varag‘idan eni 5 sm, uzunligi 20 sm qog‘oz bo‘laklarini tayyorlab qo‘yadilar. Topshiriqni miqdoriga qarab, uzun chiziq chizilib, shu chiziq bo‘limlarga bo‘linadi. ROTATSIYA METODI Bu metod mashg‗ulot mavzuini har bir kichik guruh alohida-alohida muhokama qilib chiqishi, yozganlarini butun guruh jamoa bo‘lib tahlil qilib ko‘rishi uchun qo‘llaniladi va quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: - dars mavzusi bo‘yicha nomerlangan topshiriqlar (masalan, rejadagi mavzuchalar) plakatlarga yozilib doskaga osib qo‘yiladi; - topshiriqlar soni uchta bo‘lsa, talaba-o‘quvchilar ham shuncha kichik guruhlarga ajratiladi va guruhchalar nomerlanadi; - kichik guruhlar o‘zlarining nomerlariga mos nomerdagi topshiriqni va uni bajarishda foydalaniladigan yozma ma‘lumotlar paketini oladi; - kichik guruhlar o‘zlariga taqdim etilgan materiallarni hamkorlikda o‘rganishib topshiriqqa javoblarini yozishadi; - javoblar kichik guruhdagi husnixati chiroyli bir talaba-o‘quvchi tomonidan yoziladi; - topshiriqlarga yozilgan javoblar varag‘i, ma‘lumotlar paketi kichik guruhlararo almashtiriladi va qo‘shimchalar qilinadi, biroq javoblarning takrorlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi; - javoblar qaysi kichik guruhniki ekanligi ajralib turishi uchun ularga har xil rangdagi flamasterlardan foydalanish tavsiya etiladi. Shuningdek kichik guruhlar nomerlanib, ular o‘zlarining javoblarini shu nomer ostida yozishlari ham mumkin; - javoblar yozilgan varaqlar doskaga osilgan plakatlarga yopishtirilib, o‘qituvchi ishtirokida muhokama qilinadi, umumlashtiriladi va to‘g‘ri javoblar daftarlarga yozib olinadi; - to‘g‘ri va mukammal javoblar soniga qarab talaba-o‘quvchilar rag‘batlantiriladi va baholanadi. Adabiyotlar: 1. Ro‘zieva D., Usmonboeva M., Holiqova Z. Interfaol metodlar: mohiyati va qo‘llanilishi / Metod.qo‘ll. – T.: Nizomiy nomli DTPU, 2013. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 136 SAVOD O‘RGATISH JARAYONI Sariyeva Barnoxon Qadamovna Urganch shahar 11-sonli maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Annotatsiya: ushbu maqolada savod o‘rgatish jarayoni va u qanday amalga oshiriladi, uning bosqichlari tahlil etilgan. Kalit so‘zlar; analitik-sintetik metod, savod, alifbo, o‘quvchi, maktab. Analitik-sintetik (tahlil-tarkib) tovush metodida savod o‘rgatish jarayoni 4 oy davom etadi. Bu jarayon quyidagi 2 davrga bo‘linadi: a) cilifbogacha tayyorgarlik davri (2 hafta); b) alifbo davri (31 dekabrgacha davom etadi). Alifbogacha tayyorgarlik davri. Bu davrning asosiy vazifasi o‘quvchilarni maktab, sinf, tartibintizom qoidalari va o‘quv qurollari bilan tanishtirish, nutq o‘stirishga oid m ashqlar o‘tkazib, fonematik eshitishni o‘stirishdan iboratdir. Alifbogacha tayyorgarlik davri, o‘z navbatida, quyidagi 2 bosqichga bo‘linadi:1. Harf o‘rganilmaydigan bosqich (1 hafta). 2. Unli tovush va ha/f о ‘rganiladigan bosqich (1 hafta). 1-bosqichda o‘quvchilarga og‘zaki va yozma nutq haqida, gap, so‘z, bo‘g‘in va tovushlar haqida, nutqning gaplardan, gaplarning so‘zlardan tuzilishi, so‘zlam ing bo‘g‘inlarga bo‘linishi, bo‘g‘inlarning tovushlardan tashkil topishi haqida ma’lumot beriladi, tovushlarning unli va undosh tovushlarga ajratilishi o‘rgatiladi, ulardan amaliy foydalana bilish ko‘nikmalari hosil qilinadi. Bu jarayonda maxsus nusxalar asosida o‘quvchilam ing bog‘lanishli nutqi ustida ishlanadi. Ularga ,,Alifbe“da berilgan rasmlar asosida hikoyalar tuzdirishdan tashqari, o‘zlari bilgan she’r, ertak, hikoya, tez aytish, maqol, topishm oq, xalq ashulalari, alia, qo‘shiqlar, latifalardan ayttiriladi. Tayanch so‘zlar asosida gap tuzdirish, „Alifbe” sahifalaridagi so‘zlam ing talaffuzi, o‘qilishi va m a’nolari ustida ishlash kabi ishlar uyushtiriladi (Bu tarzdagi ishlar har bir darsda mavzularga bog‘liq ravishda izchil davom ettirib boriladi). Bu bosqichdagi yozuv darslarida o‘quvchilar yozuv daftari va yozuv chiziqlari bilan tanishtirilib, harf elem entlarini yozishga o‘rgatiladi, ularda namunaga qarab grafik xatolarini aniqlash - o‘z-o‘zini tekshirish, harf oralarining tengligiga rioya qilish, chamalab yozish kabi ko‘nikm alar hosil qilinadi. 2-bosqichda unli tovush-harflar o‘rgatiladi. Bunda ularning quyidagi uch xususiyatini o‘quvchilar amaliy ravishda puxta egallashlariga erishish lozim: a) talaffuzda (og‘izda) to‘siqqa uchramasligi; b) cho‘zib aytilishi; d) faqat ovozdan tashkil topishi. Shuningdek, bu bosqichda tovush bilan harfni farqlashga o‘rgatish ko‘zda tutiladi. Ushbu bosqichdanoq tovush va harf o‘rtasidagi chegaraga qat’iy rioya qilinadi. Bolalarga tovush haqidagi m a’lum otlar kitob ochtirilmay beriladi. Tovushni ifodalovchi harf ko‘rsatilgach, harf ustida ishlanadi. Tovush va harfga oid o‘ziga xos xususiyatlar (tovushlami talaffuz qilamiz, eshitamiz; harflarni yozamiz, ko‘ram iz, o‘qiymiz) ham izchil ravishda o‘quvchilam ing o‘zlashtirishlarini hisobga olgan holda sekin-asta tushuntirila boriladi. Alifbo davri. Bu davr 31-dekabrgacha davom etib, unda o‘quvchilar alifbodagi barcha unli va undosh tovush-harflar bilan tanishtiriladi. Undoshlar osondan qiyinga tamoyili asosida joylashtiriladi. Oldin sonor tovushlar (n, m , I kabi), keyin esa sirg‘aluvchi va boshqa u n ­doshlar: ikki tovushni ifodalaydigan j , harf birikmalari (ng, sh, ch), tovush bildirmaydigan tutuq belgisi ( ’) bilan tanishtiriladi. O‘quvchilarning tovush va harfni yaxshi tanishlari, elementar o‘qishni muvaffaqiyatli egallashlari uchun bo‘g‘inga bo‘lish, bo‘g‘in chegarasini aniqlash, bo‘g‘indan tovushni ajratish, tovush va harf munosabatini aniqlash, kesma harflardan bo‘g‘in tuzish va o‘qish, bo‘g‘in-tovush, tovush-harf tahlili kabi m ashqlardan foydalaniladi. Adabiyotlar: 1. R. Safarova. U.Musayev, P. Musavev, F. Yusupova. R. Nurjanova. . O‘zbekiston Respublikasida umumiy o‘rta ta’lim strategiyasi muammolari va ta’lim mazmunining yangi modellari, ularni tatbiq etish yo‘llar —Т.: ..Fan”, 2005 Апрель 2021 10-қисм Тошкент 137 МАЪНАВИЙ МЕРОСДА БАРКАМОЛЛИК МАСАЛАЛАРИ Содиқова Гулбиби Махсиддиновна, Зарафшон шаҳар 7-умутаълим мактаб Бошланғич синф ўқитувчиси «Юксак маънавиятли, замонавий билим ва касб-ҳунарларга, ўз мустақил фикрига эга бўлган ёшларни миллий ва умуминсоний қадриятлар руҳида тарбиялаш биз учун энг муҳим масалалардан биридир. Бу борада биз асрлар мобайнида шаклланган миллий анъаналаримизга, аждодларимизнинг бой маънавий меросига таянамиз»1. Шавкат Мирзиёев Мамлакатимиз ташлаётган хар бир қадам, амалга оширилаётган ҳар бир ислоҳотлар замирида баркамол авлод орзуси мужассам. Ўзбекистон ёшларининг шижоати, ақлу заковати, жисмоний ва маънавий камолот, харакат ва интилишлари эзгу мақсадларининнг бош омилидир. Шундай экан, Ўзбекистонни янада обод, халқимизни бахтли-саодатли қилишдек муқаддас ва залвори кенг вазифаларни бажарадиган баркамол авлодни шакллантириш давр талабидир.Бу борада эса бизга мутафаккирлардан қолган маънавий мерос катта ёрдам беради. Уларнинг маънавий меросида комил инсон ғояси, баркамол авлод тарбияси, жамиятда маънавий-ахлоқий онгни шакллантириш муаммоси алоҳида ўрин тутади. Бу борада қадимий манба ҳисобланган «Авесто» асари, Имом Бухорий, Абу Наср Фаробий, Абу Райҳон Беруний, Абу Али Ибн Сино, Юсуф Хос Ҳожиб, Абулқосим Замаҳшарий, Аҳмад Яссавий, Алишер Навоий, Заҳириддин Муҳаммад Бобур каби мутафаккирларимизнинг маънавий-ахлоқий таълимотлари муҳим манба бўлиб хизмат қилади. Аждодларимизнинг буюк маънавий мероси бўлган, ўзининг фалсафий ғоялари билан бугунги кунга қадар хизмат қилиб келаётган «Авесто»дан бошлаб одил жамият қуриш, эзгуликни улуғловчи ва қабоҳатни қораловчи фалсафий, мафкуравий мушоҳадалар, поклик ва яхшиликдан сабоқ берувчи ғоялар жамият ва инсон ҳаётининг омили экани ёрқин ифодаланган. Бу эса, «Авесто»нинг миллий ғоя ва мафкурамизнинг асосларидан бири миллий меросимизнинг мустаҳкамланишига хисса қўшувчи дастлабки манба эканлигини исботлайди. «Авесто»даги онтологик, гносеологик таълимотлар, пантеистик қарашларда яхши ният, адолат, диёнат, қудрат, ирода каби сифатлар акс этган. «Авесто»дан кейин уч минг йиллик тараққиётни босиб ўтган инсон тафаккури демократик тараққиёт ва унга олиб келувчи ғояларга ана шу китобнинг моҳиятида ётган маънавий стимуллар орқали етиб келди. Улар моддийлик ва маънавийликнинг уйғун ҳолда ривожланиши, тараққиёти ва келажаги учун гаров бўлган омиллар сифатида роль ўйнайди. Мутафаккир боболаримиз асарларида инсон ва унинг маънавий олами жамият ҳаётининг устувор амаллари сифатида қаралади. Шарқ мутафаккирлари ал-Фаробий, Ибн Сино, Абу Райхон Беруний, Ахмад Югнакий, Юсуф Хос Хожибларнинг қарашларида одил жамият қуриш ҳақидаги ғояларнинг шаклланишига инсон ҳаёти ва камолотидаги дастлабки илмий-фалсафий кўриниши турлича талқин этилади. Жумладан, Форобий миллий ғоя ва мафкуранинг асосий манбаларидан бўлган қадриятлар тизимига кирувчи – фозил давлат, адолатпарварлик, тенг ҳуқуқлилик каби фазилат ва хусусиятлари ҳақидаги ўзининг фикрларини билдиради2. Абу Наср Форобий инсон камолотга ёлғиз ўзи эриша олмайди. У бошқалар билан алоқада бўлиши, уларнинг кўмаклашуви ёки муносабатларига муҳтож бўлади, дейди. Ана шу жараёнда инсонда фазилатларни камол топтириш ҳақида таъкидлаб қуйидаги фикрларни илгари суради, «Инсон фазилатлар билан камолотга етади ва камолотга етган одам бахтли ҳисобланади»3. Абу Райҳон Беруний инсон тарбиясига салбий таъсир қилувчи иллатлар ҳақида фикр юрита туриб, улар кўп ҳолларда ёвуз ниятда қилинишини қайд этади4. Соҳибқирон Амир Темурнинг «Темур тузуклари» ёшлар онгига таъсир қила оладиган Ш.М.Мирзиёев. Миллий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом эттириб, янги босқичга кўтарамиз. – Т: “Ўзбекистон”, 2018. – Б.89. 2 Абу НасрФоробий. Фозилодамларшаҳри.–Т: Ғ.Ғуломнашриёти, 1993.–160 б. 3 Абу Наср Форобий. Фазилат, бахт-саодат ва камолот ҳақида. – Т: Ёзувчи, 2001. – Б. 38. 4 Абу Райҳон Беруний. “Қадимги халқлардан қолган ёдгорликлар”. – Т: Фан, 1972. – Б. 68. 1 Апрель 2021 10-қисм Тошкент 138 тарғибот воситаси ҳисобланади. Унда соҳибқирон қадрлаган, ҳаётда ўзи амал қилган ва атрофидаги барча инсонларга тавсия этган инсоний фазилатлар ҳақида нодир фикрлар битилган. «Темур тузуклари»да эзгу фазилатли шахсларни қадрлаш билан биргаликда, иллатларни касб қилган инсонларни тартибга чақирилгани ва агар уддалаб бўлмаса, жазо қўллангани ёзилади. Ҳақиқатан ҳам, Амир Темур очкўз, зиқна, ёвуз ва нафси ёмонларни ёқтирмасди. «Қайси бир сипоҳий туз ҳақи ва вафодорликни унутиб, – дейилади «Темур тузуклари»да, – хизмат пайтида ўз соҳибидан юз ўгириб, ҳузуримга келган бўлса, ундай одамни ўзимга энг ёмон душман деб билдим. Чунончи, Тўхтамишхон билан бўлган урушда унинг амирлари менга ҳар турли хабар ва шикоятлар ёзиб, ўз ҳукмдори, яъни менинг душманим бўлмиш Тўхтамишхон берган туз ҳақини унутдилар, вафодорлик ва ҳақ-ҳуқуқни бир чеккага йиғиштириб қўйиб, ҳузуримга паноҳ истаб келганлари учун уларни лаънатладим, ўзимга «булар ўз хожасига вафо қилмагач, менга қилармиди?» деб ўйладим». Мана шу Амир Темурнинг ва у яшаган даврдаги миллий маънавиятимизнинг ёрқин намунаси эмасми!? Ахлоқий фазилатлар ҳақида ўзининг фалсафий фикрларини баён қилган Заҳириддин Муҳаммад Бобурнинг «Бобурнома» асари маънавий бойлик дурдоналари қаторига киритилади. Унда ҳам аждодларимиз маънавиятининг ёрқин намуналари акс эттирилган. Масалан, «Бобурнома»да темурий ҳукмдор Умаршайх Мирзонинг нақадар адолатли ва ҳалол инсон бўлганлигини кўрсатувчи бир маълумот келтирилган. Бир йили Хитойдан Фарғонага келаётган минг кишилик карвон Ўш тоғларида қор кўчкини остида қолиб ҳалок бўлган. Умаршайх Мирзо дарҳол одамларини юбориб, карвоннинг юкларини назорат остига олдирган. Эгалари ҳалок бўлган шу молларни икки йилдан зиёд эҳтиётлаб, сақлатган. Хуросон ва Самарқандга махсус одам юбориб, карвон эгаларининг меросхўрларини топтирган ва уларни ўз мамлакатига чақиртириб, молларини тўлалигича қўлларига топширган. Бундай мисолларни ўтмишдаги оддий одамлар ҳаётидан ҳам керагича келтириш мумкин. Ҳозирги даврда ҳам ҳаётимизда шундай эзгу тушунчалар барқарор ва устувор. Бундай мисоллар маънавиятимизнинг миллий-этник асослари мустаҳкам эканлигидан далолат беради. Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.Мирзиёев тарихимизнинг бойлиги, бугунги кунда ёшларга яратиб берилаётган шароитларни изоҳлаб шундай дейди: “Бизнинг ҳавас қилса арзийдиган буюк тарихимиз бор. Ҳавас қилса арзийдиган аждодларимиз бор. Ҳавас қилса арзийдиган беқиёс бойликларимиз бор. Ва мен ишонаман, Худо хохласа, ҳавас қилса арзийдиган буюк келажагимиз ҳам бўлади”1. Бу эзгу мақсад йўлида ҳал қилиниши лозим бўлган масалалар давлатимиз сиёсатининг диққат марказида турибди. Ҳақиқатан ҳам бугунги кунда орзу-ҳаваслар рўёбга чиқа оладиган муҳит юзага келдики, ана шу имкониятлардан самарали фойдалана олсак, барча ниятларимиз рўёбга чиқиши аниқ, албатта. Фойдаланилган адабиётлар рўйхати: 1. Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз. – Тошкент: Ўзбекистон, 2017. – 482 б. 2. Ш.М.Мирзиёев. Миллий тараққиёт йўлимизни қатъият билан давом эттириб, янги босқичга кўтарамиз. – Т: “Ўзбекистон”, 2018. – Б.89. 3. Абу НасрФоробий. Фозилодамларшаҳри.–Т: Ғ.Ғуломнашриёти, 1993.–160 б. 4. Абу Наср Форобий. Фазилат, бахт-саодат ва камолот ҳақида. – Т: Ёзувчи, 2001. – Б. 38. 5. Абу Райҳон Беруний. “Қадимги халқлардан қолган ёдгорликлар”. – Т: Фан, 1972. – Б. 68. 6. Ибн Сино. Изб. Филос. Произведения.–Москва: Наука, 1980.– 478 с. 7. Абу РайҳонБеруний. Танланганасарлар, Т 1. - Т: Фан, 1968.– 486 б. 8. Юсуф Хос Ҳожиб. Қутадғу билиг. – Т: Фан, 1971. – Б. 103. 9. Амир Темур. Темур тузуклари.–Т:Навруз, 1996. –81 б. Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз. –Тошкент: Ўзбекистон, 2017. – 482 б. 1 Апрель 2021 10-қисм Тошкент 139 TARBIYA FANINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY YONDASHUV Tilavova Gulnoz Navoiy viloyati Zarafshon shahar 8- umumta’lim maktabi tarbiya fani o‘qituvchisi Annotatsiya: Ushbu maqolada umumta’lim maktablarida tarbiya darslarida ilmiy bilimlarni berish bilan birga tarbiya metodlari, tarbiya qoidalari va o‘qituvchining zamonaviy yondashuvi yoritilgan. Kalit so‘zlar: Tarbiya, tarbiya metodi, tarbiya qoidasi, ta’lim, ma’naviyat, ma’rifat. Prezidentimiz tomonidan 2019 yil 23-avgustda xalq taʼlimi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod maʼnaviyatini yuksaltirish masalalariga bagʻishlab oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida “Tarbiya” fanini yaratish va oʻqitish tashabbusi ilgari surilishi hayotiy zaruratdir. Shu maqsadda maktablardagi maʼnaviytarbiyaviy ishlarni yangicha asosda tashkil etib, “Milliy gʻoya”, “Odobnoma”, “Dinlar tarixi”, “Vatan tuygʻusi” kabi fanlarni birlashtirgan holda, “Tarbiya” fani joriy etildi. Maʼlumki, tarbiya oʻz mohiyat-eʼtibori bilan milliy, umuminsoniy va gumanistik mazmunga egadir. Har bir jamiyat oʻz oldiga yetuk, har tomonlama kamol topgan, oʻzida butun ijobiy, olijanob fazilatlarni birlashtirgan avlodni tarbiyalashni orzu qiladi. Tarbiyali, maʼnaviyatli inson bugungi kun va kelajak haqida fikr yuritadi, shuningdek, kelgusi hayot va turmushning ravnaqi uchun oʻz hissasini qoʻshishga intiladi. Zotan, bugun xalqimizning “Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari” buyuk maqsadiga erishuvida maʼnaviyati yuksak, barkamol insonlar zarur. Tarbiya metodlari o‘quvchi shaxsini har tomonlama kamol toptirish maqsadi bilan belgilanadi va tarbiya jarayoniga taalluqli ko‘pgina tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi. Tarbiya metodlari ijtimoiy jamiyat tomonidan ta’lim muassasalari oldiga har tomonlama barkamol, erkin, ijodkor, mustaqil fikr egasi etib tarbiyalash vazifalari bilan belgilanadi. Tarbiya metodlari yunoncha («metodos»- yo‘l)-bu o‘qituvchi(tarbiyachi) va jamoa tomonidan g‘oyaviy va ma’naviy e’tiqodlarini, ma’naviy his-tuyg‘u va odatlarini tarkib toptirish maqsadida qo‘llaniladigan shaxsga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish usullari demakdir. Tarbiya metodlari o‘quvchi(tarbiyalanuvchilar)ning o‘z shaxsini takomillashtirish borasidagi harakatni ham tashkil etishni nazarda tutadi. Shu bois ta’lim tizimida tarbiya metodlari o‘qituvchi va o‘quvchilarning tarbiyaviy vazifalarni hal qilishga qaratilgan o‘zaro bog‘langan, birgalikdagi faoliyati usuli sifatida qarab chiqiladi. O‘quvchilar u yoki bu tarbiyaviy ta’sirga turlicha munosabatda bo‘ladilar. Bu ularning individual xususiyatlariga, tarbiyalanganlik darajasiga, tarbiya metodlarining qay darajada o‘rinli va samarali tanlangani hamda mohirona qo‘llanilganligiga bog‘liq. Tarbiya metodlarini to‘g‘ri tanlash tarbiya vazifalarini ijobiy hal qilishda, o‘quvchilarning o‘z-o‘zini tarbiyalash va faoliyatini rag‘batlantirishda yordam beradi. Tarbiyaviy natijalarga erishishni istagan har bir o‘qituvchi (tarbiyachi) tarbiya metodlari va ularning mohiyatini puxta o‘zlashtirishib olish maqsadga muvofiqdir. Tarbiya qoidasi - pedagog ta’lim va tarbiya jarayonini yaxshiroq tashkil etish maqsadida foydalanadigan boshlang‘ich holat, rahbarlik asosidir. Tarbiya qoidalari o‘qituvchi, tarbiyachilarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatuvchi qoidalar hisoblanadi, yangi kishini shakllantirish vazifalari bilan belgilanadi. Tarbiya qoidalari Sharq va Markaziy Osiyo faylasuf — donishmandlarining fikrlari va milliy pedagogika erishgan yutuqlarga asoslanadi. Tarbiya qoidalari mustaqil xarakterga ega bo‘lib, tarbiyaning o‘ziga xos xususiyatlarini va qonuniyatlarini aks ettiradi. Tarbiyaviy jarayonda bu qoidalarga rioya qilish uning samarasini oshiradi, yaxshi natijalarga olib keladi. Tarbiyaning mazmuni, tashkil etilishi, usullari va ularga qo‘yiladigan talablar shu qoidalarda o‘z ifodasini topadi. Tarbiya qoidalariga quyidagilarni kiritish mumkin: tarbiyaning ma’lum maqsadga qaratilganligi, tarbiyaning insonparvarlik va demokratik qoidasi, tarbiyani hayot bilan, mehnat bilan bog‘liqligi qoidasi, tarbiyada milliy-madaniy va umuminsoniy qadriyatlarning ustivorligi qoidasi, tarbiyada o‘quvchilarning yosh va shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish qoidasi, izchillik, tizimlilik, tarbiyaviy ta’sirlarning birligi va uzluksizligi qoidasi va boshqalar. Zamonaviy o‘qituvchining asosiy vazifasi — shaxsning aqliy, axloqiy, his- tuyg‘uli va Апрель 2021 10-қисм Тошкент 140 jismoniy rivojlanishi, qobiliyatlarini har tomonlama kamol toptirish, imkoni boricha qulay sharoitlar yaratishdan iboratdir. Shuningdek, o‘quvchilarda milliy g‘urur va milliy axloq-odobni shakllantirishni ko‘zda tutadi. Tarbiya ishida izchillik juda muhimdir. Tarbiyachi avvaliga tarbiyalanuvchilardan biror narsani talab qilib, so‘ngra o‘zining bu talabini unutib qo‘ysa yoki o‘zi bu talabga xilof ish tutsa, bu hol tarbiyaga juda yomon ta’sir qiladi. O‘qituvchi bir so‘zli; o‘z lafziga sobit bo‘lishi kerak. Tarbiya uzoq muddatli, murakkab jarayon bo‘lib, unda ota- ona, o‘qituvchi, jamoatchilik va boshqalar qatnashadilar. Shu sababli ularning ishida izchillik va davomiylik bo‘lishiga rioya etish, o‘quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini, tarbiya usullari va shakllarini o‘z vaqtida aniqlab olish juda muhimdir. Bu qoida tarbiya ishida tarbiyani amalga oshiradigan barcha bo‘g‘inlarning hamjihat va bamaslahat ish ko‘rishini ko‘zda tutadi. Chunki tarbiyaviy ta’sirdagi tizimlilik faqat yoshlarni emas, balki aholining barcha qatlamini qamrab olishi kerak. O‘quvchi o‘qishni, tarbiya olishni istaydi, ulg‘ayib jamiyat hayotida faol ishtirok etishni xohlaydi. Pedagog uni qay usulda, qanday munosabatlar sharoitida, qanday pedagogik jarayonda tarbiyalashi lozimligini bilishi kerak. Shu bilan birga o‘quvchi o‘zini o‘zgartirishda faol ishtirokchi ekanligini ham unutmasligi lozim. O‘quvchilar yaqin kishilarining munosabatlarini yaxshi bilsa, bu unga ishda yordam bersa, shundagina o‘quvchi pedagogik ta’sir o‘tkazishga ochiq va moyil bo‘ladi. O‘qituvchi - do‘st, murabbiy, yo‘l boshlovchi bo‘lgandagina o‘quvchilar o‘zlarining ichki dunyosini ochib ko‘rsatadilar. Yuqorida aytganimizdek tarbiya — tarbiyachi va tarbiyalanuvchi faoliyatlarini o‘z ichiga olgan ikki yoqlama jarayon. Tarbiyachilar — bilim va tarbiyaga ega bo‘lgan kishilar, tarbiyalanuvchilar — bilim va tajriba o‘rganuvchi yoshlardir. Ammo tarbiyalanuvchilar muayyan darajada faol faoliyat ko‘rsatmasalar, tajriba va bilim o‘rgana olmaydilar. Tarbiya vositalari biron-bir tarbiyaviy masalani maqsadga muvofiq yo‘l bilan hal qilishni tashkil etish uchun ishlatiladi (ko‘rsatmali qo‘llanmalar, kitoblar, radio, televidenie). Bundan tashqari o‘quvchilar jalb qilingan faoliyat turlari — kinofilmlar, san’at asarlari, o‘quvchining jonli so‘zi, sport, badiiy havaskorlik to‘garaklari va boshqa faoliyat turlari tarbiya vositalari bo‘lishi mumkin. Tarbiya natijasi tarbiyaviy jarayonning usullari, uslubi, vositalari va shakllaridan mohirona foydalanishga bog‘liq. Shunday qilib, tarbiya darslarida o‘qituvchi o‘quvchi yoki sinf jamoasi manfaati yo‘lida bironbir tarbiyaviy masalani hal qilish uchun o‘quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini, tarbiyalanganlik darajalarini, pedagogik vaziyat xarakterini hisobga olgan holda ta’sir etish shakllariga rioya qilishi kerak. Tarbiya g‘oyatda murakkab jarayon bo‘lib, har davrning ijtimoiy-siyosiy hayotini o‘zida aks ettiradi. Uning usullari, vosita va omillari asrlar davomida shakllanib takomillashadi, o‘zini oqlagan urf-odatlar an’anaga aylanadi. Binobarin, tarbiyada har bir xalqning o‘z udumi, usuli tarixan shakllangan va tajribada sinalgan dunyoqarashi tarbiya vositalari bo‘ladi, shuning uchun tarbiya milliy va tarixiy zamindan uzilmasligi kerak. Adabiyotlar ro‘yxati 1. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 23-avgust kuni “Yoshlarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va jamiyatda o‘qituvchi mavqeini oshirish masalasi”ga bag‘ishlangan videoselektrdagi ma’ruzasi. 2019-yil 27-avgust №19750-xh 2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2020-yil 6-iyuldagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida «tarbiya» fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 422-sonli qarori. 3.J.Hasanboyev, H.Sariboyev, G.Niyozov va b. “Pedagogika” o‘quv qo‘llanma. – Toshkent, Fan nashriyoti, 2006, 282 bet. 4. http://www.edunet.uz – maktablar, o‘quvchi va o‘qituvchilar sayti. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 141 QOZOQ TILI FANINI O‘QITISHDA O‘QUVCHILAR NUTQINI O‘STIRUVCHI USULLAR Tulenbayeva Fariza Bekmuratovna Navoiy viloyati Zarafshon shahar 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabi qozoq tili va adabiyot fani o‘qituvchisi +99 893 316-42-91 Annotatsiya: Ushbu maqolada qozoq tili fanini o‘qitishda zamonaviy ta’lim muammolari yoritilgan bo‘lib, unda matnlar bilan ishlash, ularga sarlavha tanlash haqida so‘z boradi. Kalit so‘zlar: ta’sirchan nutq, teran fikr, matn, sarlavha, “Muhandis”, “Quruvchi”… Hozirda ta’lim jarayoni sifati va samaradorligini oshirishda turli zamonaviy interfaol usullardan foydalanilmoqda. Mana shu usullar asosida darsni qiziqarli va samarali tashkil qilish bilan birga o‘quvchining bilim saviyasini oshirish, dunyoqarashini kengaytirish va, albatta, notiqlik mahoratini shakllantishi mumkin. O‘qituvchi mavzuni o‘quvchi tafakkurida uzoq muddat saqlab qolishi uchun ko‘rgazmali qurollardan, slayd va multimedialardan foydalanishi yaxshi samara beradi. Bunga o‘quvchilarning ham qiziqishi juda katta. Biroq hech narsa o‘sib kelayotgan yosh avlod ongiga Vatanga muhabbatni, yuksak ma’naviyatni, insonparvarlikni, mehnatsevarlikni jozibador va ta’sirchan nutqchalik singdira olmaydi. O‘quvchining nutqini o‘stirishga yordam beradigan mashqlarni quyidagicha tasnif etish mumkin: 1.Matnga mos sarlavha topishni talab etadigan mashqlar. Bunday mashqlar o‘quvchilarda matnni his qilish,matn bilan o‘zi topgan sarlavha o‘rtasidagi mantiqiy bog‘lanishni tushunish ko‘nikmasini shakllantiradi. 2.Tushirib qoldirilgan so‘zlardan mosini qo‘yishni talab etuvchi mashqlar . Bunday mashqlar o‘quvchini fikrlashga o‘rgatadi. 3.Berilgan so‘roqlarga mos so‘zlarni topishni talab qiluvchi mashqlar. Bunday mashqlar o‘quvchilarga so‘z tanlashni o‘rgatadi. 4.Berilgan tayanch so‘zlarni qatnashtirib gap va matn tuzishga undovchi mashqlar.Ular o‘quvchini fikrrlashga va fikrini yozma nutq vositasida ifodalashga o‘rgatadi. 5.Berilgan sarlavha asosida hikoya,insho va bayon yozishni talab etuvchi mashqlar .Bunday mashqlar o‘quvchilarni ijodkorlikka yetaklaydi. Ijodiy fikrlashga,o‘ylab topishga undovchi bunday mashqlarni o‘quvchilar qiziqib bajaradilar. Yuqorida sanab o‘tilgan omillar quyidagi usullar yordamida tushuntirib beriladi . 1.Matnga mos sarlavha topishni “Pochtachi” usuli orqali amalga oshirish mumkun. Ushbu kasb egasi maktublarni o‘z egalariga topshirishini bilamiz. Sinf uch guruhga bo‘linadi.Har bir guruhga pochtachilar tayinlanib, matnlar yozilgan jo‘natmalarni o‘qituvchidan qabul qilib oladi, guruh a’zolari birgalikda maktubda berilgan matnga sarlavha topadi. 1-Matn. Tongda uyg‘onib, tashqariga chiqdim . Havo sovuq , lekin manzaradan ko‘zingiz yayraydi . Hammayoq oppoq qor , go‘yo yerga oq momiq gilam to‘shab qo‘ygandek. 2-Matn Kitob –oftob degan gap bor.Kitob kirmagan xonadonga jaholat qadam qo‘yadi.Kitob bizga ilm-ma’rifat eshiklarini ochib beradi.Umr yo‘llarimizdagi eng yaxshi hamrohimiz bu kitobdir. 3-Matn Odob –bu qalbni yomon so‘zlardan va nojo‘ya xulqdan saqlay olishdir .O‘zini va o‘zgalarni hurmat qilish,obro‘sini tushirmaslik ham odobdir.Odobli bola elga manzur ,deydi dono xalqimiz .Shuning uchun odob –axloq qoidalariga rioya qiling. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 142 2. Tushirib qoldirilgan so‘zlardan mosini talab qiluvchi mashqlar. Bunda “Quruvchi” usulidan foydalanamiz. Har bir guruh o‘z orasidan quruvchilarni tayinlaydi, ular gaplarni tartib bilan quradi. Yosh avlodni aqliy jihatdan ……., barkamol ……inson qilib tarbiyalashda …….ning o‘rni beqiyos. So‘zlar: yetuk, kitob, inson. ..…. seni jarlikka yetaklaydi, ……… esa baxtsizlikdan saqlaydi. So‘zlar: rostgo‘ylik, yolg‘onchilik. Sinfimizda …….,bilimdon, ……,o‘quvchilar soni tobora …… bormoqda. So‘zlar: zukko, aqlli ,oshib. 3. Berilgan so‘roqlarga mos so‘zlarni toppish Bunda ,, Muhandis’’ usulidan foydalanish mumkin. Binolarni muhandislar tartibga solganidek,guruhdan tayinlangan muhandislar so‘roqlarga mos so‘zlarni tartib bilan joyiga qo‘yadilar. Kim ? O‘quvchi Bola Ustoz Alloma Mutafakkir Nima ? kitob bino olam qalam san’at Qanday ? sog‘lom yetuk zukko komil barkamol Qachon ? hozir kecha bugun avval erta Xulosa qilib shuni aytish mumkinki,so‘z gavhar ekan,nutqda gavhardek tovlanishi kerak.O‘quvchilar nutqda uni gavhardek tovlantirishlari lozim. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Ma’naviyat – qalbim quyoshi. Toshkent - 2013 2. Ma’rifat. “Dars muqaddas” tavsiyasi. 2011-yil, 9-noyabr 3. Internet saytlari Апрель 2021 10-қисм Тошкент 143 MASHG‘ULOTLARNI TASHKIL ETISHDA SHARQ MUTAFAKKIRLARINING PEDAGOGIK QARASHLARIDAN FOYDALANISH Umarov Ramiz Usmonovich, Navoiy viloyat Qiziltepa tuman 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabi tarix fani o‘qituvchisi Sharq mutafakkirlarining pedagogik fikrlari jahon pedagogikasi tarixiga qo‘shilgan ulkan hissadir. Ularning boy merosi pedagoglarning axloqiy qiyofasi va kasbiy yetukligini takomillashtirishda muhim asos bo‘lib xizmat qiladi. Mutafakkirlar tomonidan ilgari surilgan qarashlar inson, uni tarbiyalash, insonparvarlik g‘oyalarining mazmunini boyitish bilan birga barcha davrlar uchun birdek ahamiyatga ega ma’naviy-axloqiy Konsepsiyaning shakllanishini ta’minlaydi. Abu Nasr Forobiy g‘arb-u sharqda Aristoteldan keyin Muallimi soniy (ikkinchi muallim) deb tan olingan buyuk olimdir. U qomusiy olim bo‘lib juda ko‘plab sohalarga doir asarlar yozgan. Shuning bilan birgalikda ta’lim-tarbiya sohasiga ham o‘zining asarlarida alohida ahamiyat bergan. Forobiy yoshlarni o‘qitishning metodlari tasnifini ishlab chiqqan.Ularni nazariy va amaliy metodlarga ajratgan. Shu tariqa o‘qitishning hayoti, hamda kundalik faoliyati bilan bog‘liqlik g‘oyalarini olg‘a surgan. Mutafakkir o‘qitishning induktiv, deduktiv, amaliy metodlariga alohida ahamiyat bergan. Barcha metodlarni o‘quvchining hayotiy tajribasiga, mantiqiy tafakkuriga tayangan holda birlashtirgan. O‘quv jarayonini tashkil etishga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqishda deduktiv metodni ustun qo‘yadi. O‘quvchilarga materialni tushunitirishda nimalarga alohida ahamiyat berish haqida eng muhim narsalarni fanga ishonchli bilimlar beradigan va shubhalantirmaydigan dalillar bilan yoritish va boshqalar ilmi bo‘yicha o‘qituvchilar uchun qimmatli bo‘lgan tavsiyalarni bayon qilgan. Forobiy matematika fani misollari asosida o‘qitishning ilmiylik, ko‘rsatmalilik, tushunarlilik va izchillik prinsiplarini ishlab chiqqan. Bilish jarayonining va fandagi bilim shakllarining mohiyatini yoritdi. Olim bilish jarayonini tashkil etish masalalari bo‘yicha ancha tavsiyalarni ishlab chiqqan. Uning fikricha o‘quvchilarga turli bilimlar berish bilan birga o‘zlari mustaqil holda bilim olish yo‘llarini ko‘rsatish, ularni bilimlarning zarurligiga ishontirish kerak deydi. Forobiy bolaning fe’l-atvoriga qarab tarbiya jarayonida “qattiq” va “yumshoq” usullardan foydalanish kerak deb uqtiradi. Agar bola o‘qish va o‘rganishga moyil bo‘lsa yumshoq usul. Tarbiyalanuvchi o‘zboshimcha, itoatsiz va yalqov bo‘lsa qattiq usul qo‘llanish lozim degan. Mutafakkir ta’lim-tarbiya jarayonida o‘qituvchining roli alohida ahamiyatga ega ekanligini uqtiradi. Abu Nasr Forobiy o‘qituvchi quyidagi xislatlarga ega bo‘lishi kerak degan: - sezgi organlari mukammal, kuchli xotira, kuzatuvchanlik, notiqlik san’atiga ega va bilimga muhabbatli; - ovqat, spirtli ichimliklar va ortiqcha ko‘ngilxushlikdan tiyishi, boylikka o‘ch bo‘lmasligi lozim. Mutafakkir yana ta’lim-tarbiya, shakl va uslublari tasnifini bergan: 1. Ta’limning nazariy va amaliy yo‘nalganligi. 2. Bilimning ilmiyligi va amaliy ahamiyatga egaligi. 3. Ta’limning tizimliligi, mantiqiyligi va ketma-ketligi. 4. Hayot bilan bog‘liqligi. 5. Tushunarliligi. 6. Kuzatish va tajriba asosida bo‘lishi. 7. Isbotli tortishuvli, ritorik va mulohaza yuritishi. 8. Induktiv va deduktiv usuli. 9. Mashqlarni bajarish va takrorlash kabilar. Qomusiy ilm sohibi Abu Rayhon Beruniy o‘zining “O‘tmish yodgorliklari”, “Hindiston”, “Geodeziya”, “Minerologiya”, “At Tafxiy”, “Xorazmlik buyuk zotlar”, “Saydana”, “Ma’sud Qonuni” kabi asarlarida va arab tilidan turk tiliga tarjima qilgan qator dostonlarida insonlar tarbiyasiga alohida e’tibor bergan. Sharq mutafakkirlarining, shuningdek, ulardan biri bo‘lgan Abu Rayhon Beruniyning ham Апрель 2021 10-қисм Тошкент 144 pedagogik qarashlari jahon pedagogikasi rivojiga qo‘shilgan ulkan hissadir. Ularning boy merosi o‘qituvchilarning ma’naviy, axloqiy qiyofasi va kasbiy yetukligini takomillashtirish uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi. O‘rta asr sharoitida inson, uni tarbiyalash, shaxsning har tomonlama rivojlanishini ta’minlovchi omillar, insonparvarlik g‘oyalarini mazmunan boyitish bilan birga barcha davrlarda birdek ahamiyatga ega ma’naviy va axloqiy konsepsiyaning shakllanishini ta’minladi. Shuningdek, Abu Rayhon Beruniy o‘zining barcha asarlarining birinchi bobini falsafaga ya’ni insonlarning axloq-odobiga bag‘ishlagan. Mutafakkir yoshlarni ilm-ma’rifatga chorlaydi. “Ilm dargohiga kirar ekansan qalbing kishining qalbini ko‘r qilib qo‘yuvchi illatlardan, odamni yo‘ldan ozdiruvchi holatlardan, qotib qolgan urf-odatlardan, xirsdan, raqobatdan, ochko‘zlikdan, mansabparastlikdan ozod bo‘lmog‘i lozim” degan. Yoshlar uchun kasb-hunarning suv bilan havodek zarurligini, ularning kelajagi shu bilan bog‘liq ekanligini ta’kidlagan. Buning uchun yoshlarni qunt bilan ishlashga, sabr-toqatli, irodali bo‘lishga, ayni chog‘da mehnatkash bo‘lishga chaqirdi. Abu Rayhon Beruniy o‘quvchiga bilim berish uni xat-savodli qilish haqida gapirar ekan, qog‘ozning paydo bo‘lishi, yozuv va uning vujudga kelishi, turli yozuv belgilari, o‘quv qurollari haqida alohida to‘xtaladi. Mutafakkir ta’lim-tarbiyaga o‘quvchilarning diqqatini jalb qilish, mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilarning zerikib qolmasligi uchun ta’lim olishning turli yo‘llari, shakl va metodlarini ko‘rsatib beradi. Abu Rayhon Beruniy yozadi: “Bizning maqsadimiz o‘quvchini toliqtirib qo‘ymaslikdir. Hadeb bir nasani o‘qiy berish zerikarli bo‘ladi. Agar o‘quvchi bir masaladan boshqa bir masalaga o‘tib tursa, u xuddi turli-tuman bog‘larda sayr qilgandek bo‘ladi, bir bog‘dan o‘tar-o‘tmas boshqa bir bog‘ boshlanadi. Kishi ularning hammasini ko‘rgisi keladi. Har bir yangi narsa kishiga rohat bag‘ishlaydi deb behuda aytilmaydi”. Abu Rayhon Beruniy bilim berish yo‘llarini ko‘rsatib bergan. Birinchidan: bilimlar turli mavzulardan iborat bo‘lishi, o‘quvchini zeriktirmasligi, uning xotirasiga malol kelmasligi kerak. Shunday ekan, o‘quvchilarni ma’naviy barkamol qilib tarbiyalashda o‘qituvchi eng ma’qul va qulay uslubni tanlashi muhim ahamiyat kasb etadi. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 145 KIMYO FANIDAN AMALIY MASHG‘ULOTLARNI O‘TKAZISH METODIKASI Xodjabayeva Muborak Kurbonbayevna Shovot tumani 1-son maktab o‘qituvchisi Telefon: +998 (99) 745 80 85 xodjabayeva.muborak_8085@inbox.uz Qo‘chqarova Sadoqat Matyakubovna Shovot tumani 42-son maktab o‘qituvchisi Telefon: +998 (90) 738 60 33 qs_matyakubovna33@inbox.uz Annotatsiya: Ushbu maqola kimyo fanidan laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarni yangi pedagogik texnologiyalar asosida o‘tkazish metodikasi haqida. Kalit so‘zlar: Amaliy mashg‘ulot, laboratoriya mashg‘uloti, pedagogik texnologiya, moddalar, kimyoviy idish va asboblardan, tajribani bajarish. Amaliyot o‘qituvchining dars jarayonida o‘quvchilarga bergan bilimlari yig‘indisining hayotdagi tatbig‘idir. Kimyo fanidan barcha nazariy bilimlar amaliyotda ko‘rsatmay o‘z samarasini bermaydi. Shuning uchun kimyo qonuniyatlari, tushunchalar, moddalarning xossalari, ularni hosil qilishni tajribalar asosida o‘rganiladi. Kimyo fanidan tajribalar o‘tkazish juda muhimdir. Tajribalar yordamida o‘quvchilar o‘z malakalarini oshiradilar. Yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan darslarda o‘quvchilarning aqliy qobiliyati, so‘zlash madaniyati, bir-biriga do‘stlik inoqlik munosabatlari hisobga olinib, bu xislatlar sinfning bilim darajasini ko‘tarilishida muhim o‘rinni egallaydi. Hamkorlikda ishlash orqali o‘quvchilarda bir-biriga yordam, do‘stlik, inoqlik hissi uyg‘onadi va bu orqali o‘quvchilarning malaka va ko‘nikmalarini egallashlari osonlashadi. Hozirgi kunda fan va texnikaning tez sur’atlar bilan rivojlanishi natijasida ta’lim kompyuter, multimedia, audiovideotexnika, masofadan o‘qitishda internet tizimidan foydalanish kabi bir qator yangi texnologiyalar asosida olib borilmoqda. Laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish, avvalo, o‘quvchilarning shu fandan olgan nazariy bilimlarini mustahkamlashga xizmat qiladi, turli sifat va miqdoriy reaksiyalarining rang va miqdor o‘zgarishi bilan borishi, cho‘kma tushishi va gaz ajralishi bilan boradigan tajribalar ularda fanga katta qiziqish uyg‘otishi tabiiy. Amaliy mashg‘ulot va laboratoriya ishlarini o‘tkazishda turli xil kimyoviy idishlar, kimyoviy moddalar mavjudligi va o‘qituvchining ulardan oqilona foydalana olishi zaruriy shartlardandir. Har bir darsda, ayniqsa, amaliy mashg‘ulotlar vaqtida o‘qituvchi o‘quvchini zamonaviy fan-texnika yangiliklari bilan tanishtirib, imkon qadar ularga ana shu yangiliklar bilan bog‘liq tajribalarni ko‘rsatib borishi zarur. O‘quvchi kimyo fanidan dasturda berilgan bilimlar hajmini to‘liq egallab, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarni mustaqil o‘tkazish malakalarini egallashlari kerak. O‘quvchi quyidagi amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari kerak: - kimyo o‘quv-laboratoriya xonasida ishlash qoidalarini bilish; - kimyoviy moddalar bilan ishlashda xavfsizlik qoidalarini bilish; - oddiy kimyoviy idishlardan, asboblardan foydalanib, qattiq, suyuq moddalarning massalarini, hajmini o‘lchay olish; - laboratoriya sharoitida tajribalar o‘tkazish uchun murakkab bo‘lmagan kimyoviy asbobuskunalar va idishlar komplektini tayyorlay olish, kimyoviy asboblarning bir-biriga ulanuvchi qismlarini mustaqil tayyorlash; - kimyoviy moddalarning suvli va boshqa erituvchilardagi eritmalarni ma’lum bir konsentratsiyada tayyorlay olish; - suyuq moddalar zichligini maxsus areometrlar bilan yoki boshqa usullar yordamida aniqlay olish, qaynash temperaturasini aniqlash usullarini bilish; - erituvchi va erigan modda haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lish, erigan moddani erituvchidan ajratish usullarini bilish; - reaksion muhitning kislotaliligi yoki ishqoriyligini indikatorlar yordamida aniqlash; - murakkab bo‘lmagan kimyoviy moddalar o‘rtasida kechadigan neytrallanish, o‘rin olish reaksiyalari, cho‘kma tushish, gaz ajralish reaksiyalarini ko‘rsatib berish va sababini tushuntirish; Апрель 2021 10-қисм Тошкент 146 - laboratoriya ishlarini mustaqil ravishda bajara olish va tegishli xulosalar chiqarish; - kimyoviy reaksiyalar tezligining tashqi omillarga, ya’ni temperaturaga, reaksiyaga kirishuvchi moddalarning tutashuvchi yozalariga va katalizatorga, moddalar tabiatiga bog‘liqligini tajribada ko‘rsata olish; - organik moddalar tarkibidagi uglerod, vodorod va xlorni aniqlay olish; - organik moddalarning ko‘mirlanishini ko‘rsatish va tushuntirib berish; - ayrim organik moddalarni tashqi ko‘rinishi, o‘ziga xos xidi, rangi, holatiga qarab farqlay olish; - karbon kislotalarining olinish usullari va xossalariga oid tajribalarni ko‘rsatish va mohiyatini anglash; - organik moddalarni aniqlashga doir masalalarni yechish; - plastmassalarni aniqlashga doir tajribalarni o‘tkaza olish va tushuntirib berish; - kimyoviy tolalarni aniqlash tajribalarini bilish; - laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarni mustaqil o‘tkaza olish, reaksiya mohiyatini tushunish, kuzatish natijalarini yozish va xulosa chiqarish, reaksiya sababi va natijasining bog‘liqligi qonuniyatlarini aniqlash, moddalarni sintez qilish jarayonida zaruriy shart-sharoitlarning to‘liqligini ta’minlashni bilish. O‘quvchi eksperimenti o‘quvchilarning mustaqil ishlaydigan kimyoviy tajribalarini bajarishi bo‘lib, maktab kimyo dasturida darslik va o‘quv qo‘llanmalarida keltirilgan bo‘ladi. Kimyoviy eksperiment nafaqat o‘quvchilarda uni o‘tkazishga oid ko‘nikma va malakalarni shakllantiradi, balki o‘quvchilar tomonidan egallangan bilimlarning haqqoniyligini asoslab beradi. Bilimlarning egallanishi o‘quv materialini chuqur o‘zlashtirishga olib keladi. U kimyo kasbini egallashda kimyoning turmush bilan bog‘liqligini asoslashda muhim ahamiyatga egadir. O‘quvchilar eksperimenti laboratoriya tajribalari va amaliy ishga bo‘linadi. Ular bir-biridan didaktik maqsadi bilan farq qiladi. Laboratoriya tajribalarining maqsadi yangi bilimlarni egallashga yangi materialni o‘rganishga qaratilgan bo‘ladi. Amaliy mashg‘ulotlar esa mavzuni o‘rganib bo‘lgandan keyin olib boriladi va u bilimlarni takomillashtirish hamda mustahkamlashga, amaliy ko‘nikmalarning shakllanishi va shakllangan ko‘nikma va malakalarni takomillashtirishga olib keladi, nazorat turi hisoblanadi. O‘quvchilar eksperimentining bajarilishi quyidagi bosqichlarda o‘tadi. 1. Tajriba maqsadini tushunib olish. 2. Moddalarni o‘rganish. 3. Kimyoviy idish va asboblardan qurilmalar tuzish. 4. Tajribani bajarish. 5. Tajriba natijalarni tahlil qilish va xulosalar chiqarish. 6. Olingan natijalarni tushuntirish va reaksiya tenglamalarini yozish. 7. Hisobot tuzish. O‘quvchi nima sababdan tajriba bajarilayotganligi va qanday muammoni tajriba asosida aniqlash mumkinligini bilishi kerak. O‘quvchidan moddalarni asboblar va indikatorlar yordamida o‘rganadi. Tajribani bajarish asboblar bilan qanday ishlash kerakligini, tajribaning borish yo‘lini bilishlari talab etiladi. Tajriba natijalaridan unga oid nazariy konsepsiyalari asosida xulosa chiqara bilish kerak. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati 1. Raxmatullayev N.G., Omonov X.T., Mirkomilov Sh.M. Kimyo o‘qitish metodikasi. Toshkent. «O‘qituvchi» 2008 2. M.Nishonov, Sh.Mamajonov, V.Xo‘jayev «Kimyo o‘qitish metodikasi» Toshkent O‘qituvchi 2002 3. O‘zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» T. «O‘zbekiston» 1997y Апрель 2021 10-қисм Тошкент 147 SAVOD O‘RGATISH DAVRIDA O‘QUVCHILARNI O‘QISHGA O‘RGATISH Xolmuratova Xafiza Yaxshimurotovna Urganch shahar 11-son maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi +99897 529 08 12 Annotatsiya: ushbu maqolada savod o‘rgatish davrida o‘quvchilarni o‘qishga o‘rgatish metodikasining ahamiyati tahlil etilgan. Kalit so‘zlar: savod o‘rgatish, o‘qish jarayoni, talaffuz, nutq, bilim,ko‘nikma. Ma’lumki, savod o‘rgatish jarayonidagi o‘qish darslarining asosiy vazifasi o‘quvchilarga tovush va harfni tanishtirish, ularning to‘g‘ri talaffuzini o‘rgatish orqali bolalarda to‘g‘ri, ongli, ifodali o‘qish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Shuningdek, o‘quvchilar lug‘atini boyitish, bog‘lanishli nutqini o‘stirish, bilimini boyitish, tafakkurini shakllantirish, eshitish, qabul qilish sezgisini o‘stirishda ham bu davr mas’uliyatliligi bilan alohida o‘rin tutadi. Tayyorgarlik davri o‘qishga o‘rgatish uchun zamin hozirlaydi. Bu davrda bolalarda o‘zgalar nutqini eshitish, diqqatni to‘plash, til birliklarini (tovush, bo‘g‘in, so‘z, gap) farqlash, ajratish, ularning vazifalarini anglash kabi xususiyatlar shakllantiriladi. Bular o‘quvchilarning o‘qishni muvaffaqiyatli egallashlariga yordam beradi. O‘qishga o‘rgatish uchun, aw alo, o‘quvchi tovush va harf bilan yaxshi tanishtirilishi lozim. Tovush va harf bilan tanishtirishda bo‘g‘indan tovushni ajratish tamoyiliga rioya qilinadi. Harf bilan tanishtirish bir necha xil yo‘nalishda amalga oshirilishi mumkin: 1. Mazmunli rasm yuzasidan savol-javob usuli bilan bog‘lanishli hikoya tuzdiriladi. Undan kerakli gap, so‘ng kerakli so‘z ajratib olinadi, so‘ngra so‘z ustida yuqoridagi kabi tahlil ishlari uyushtiriladi. 2. So‘z asos qilinib, analitik mashqlar yordamida o‘rganiladigan tovush ajratib olinadi. Masalan: oy. O‘qituvchi oy rasmini ko‘rsatadi, o‘quvchilar uning nomini — so‘zni aytadi. O‘qituvchi о tovushini cho‘zib (o-o-o-y) aytadi va qaysi tovushni cho‘zib aytayotganini o‘quvchilardan so‘raydi. O‘quvchilar о tovushini aytgach, uning xususiyatlari haqida savol-javob o‘tkaziladi. О tovushli so‘zlar o‘ylab toptiriladi. Shundan so‘ng о harfi kesma harfdan yoki rasmli alifbodan ko‘rsatiladi. Bunda о harfining shaklini esda olib qolishlariga alohida e’tibor qaratiladi. 3. O‘rganilgan harflar ichiga bugun o‘rganiladigan harf aralashtirib qo‘yiladi, bolalar uning ichidan notanish harfni ajratadilar, so‘ng o‘qituvchi bu harf ifodalaydigan tovushni aytadi. O‘quvchilar tovushning xususiyatlarini aytadilar. Shu harfni kesma harflar ichidan topib, kitob sahifasidan, rasmli alifbodan ko‘rsatadilar. Shu tariqa tovush-harf bilan tanishtirilgach, o‘qishga o‘rgatish ustida ishlanadi. O‘qishga o‘rgatishda bo‘g‘in asos qilib olinadi. Buning uchun o‘qituvchida bo‘g‘in jadvali bo‘lishi lozim. Bo‘g‘in jadvali asosida o‘qish namunasi ko‘rsatiladi, ya’ni harflab emas, ichida, birinchi harfni ko‘z bilan ko‘rib, uning nom ini dilda saqlab, ikkinchi harfni ko‘rish va ikkalasini bog‘lab, unlini mo‘ljallab ulab aytish tushuntiriladi. Bo‘g‘in o‘qish o‘qituvchining namunasi asosida doimiy ravishda har bir darsda izchil olib boriladi. Bunda „Alifbe” sahifalaridagi so‘zlarni oldin bo‘g‘inga bo‘lish, so‘ng o‘qishni mashq qilish yaxshi sam ara beradi. O‘qituvchining namunali o‘qishidan so‘ng birgalikda ovoz chiqarib o‘qish, yakka-yakka o‘qish, shivirlab o‘qishdan foydalaniladi. Ayniqsa, sekin o‘qiydigan o‘quvchilar bo‘lgan sinflarda xor bilan o‘qitish o‘qishni tezlashtirishga yordam beradi. Sinf o‘quvchilarining o‘qish ko‘nikmalaridan kelib chiqib, matndagi so‘zlarni xattaxtada bo‘g‘inlarga bo‘lib yozish, o‘rganilgan harflarni hisobga olgan holda qo‘shimcha so‘z birikmalari, gapilar tuzib yozish va o‘qitish usulidan ham foydalaniladi. Adabiyotlar: 1. Q. Abdullayeva, S. Rahmonbekova. „Ona tili darslari (1 -sinf o‘qituvchilari uchun qo‘llanma). - Т.: 1999. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 148 INNOVATSION FAOLIYATINI AMALGA OSHIRISH USULLARI Yuldasheva Lyudmila Urinbayevna Shovot tumani 42-son maktab o‘qituvchisi Telefon: +998 (91) 424 56 51 u.lyudmila_42@inbox.uz Matniyozova Shoira Latipovna Urganch tumani 27-son maktab o‘qituvchisi Telefon: +998 (99) 718 28 69 shoira.latipovna_27@inbox.uz Annotatsiya: Ushbu maqolada zamonaviy pedagoglarning innovatsion faoliyati va uni amalga oshirish jarayoni yoritilgan. Kalit so‘zlar: Innovatsion faoliyati, innovatsion texnologiyalar, pedagogik texnologiyalar, ta’lim texnologiyalar, pedagogik tadqiqot metodlari, muammoni tahlil, novatorlik darajasi, kommunikativ qobiliyat Zamonaviy ta’lim texnologiyalari orasida innovatsion ta’lim texnologiyalari muhim o‘rin tutadi. Lug‘aviy jihatdan “innovatsiya” tushunchasi ingliz tilidan tarjima qilinganda (“innovation”) yangilik kiritish degan ma’noni anglatadi. Mazmunan esa tushuncha negizida “innovatsiya” tushunchasi muayyan tizimning ichki tuzilishini o‘zgartirishga qaratilgan faoliyatni ifodalaydi. Barcha sohalarda bo‘lgani kabi ta’lim tizimida ham innovatsiyalar negizida o‘qitish jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvlarning mohiyati yoritiladi. Pedagogning innovatsion faoliyati bu ta’lim jarayonidagi har qanday innovatsion o‘zgarishlar, ta’lim tizimiga yangiliklarning kiritilishi bevosita o‘qituvchi faoliyatini yangilash va o‘zgartirish orqali amalga oshirilishi. Pedagogning bu boradagi faoliyati “innovatsion faoliyat” deb yuritiladi. Innovatsion faoliyat – bu yangi ijtimoiy talablarning bilan an’anaviy me’yorlarning mos kelmasligi yoki yangi shakllanayotgan g‘oyalarning mavjud g‘oyalarni inkor etishi natijasida vujudga keladigan majmuali muammolarni yechishga qaratilgan faoliyat. Bu kabi faoliyat uzluksiz ravishda yangiliklar asosida ishlash bo‘lib, u uzoq vaqt davomida shakllanadi va takomillashib boradi. Innovatsion faoliyatning asosiy belgilari quyidagilardir: - ijodiy faoliyat falsafasini egallashga intilish; - pedagogik tadqiqot metodlarini egallash; - mualliflik konsepsiyalarini yaratish qobiliyati; - tajriba-sinov ishlarini rejalashtirish va amalga oshira olish; - o‘zidan boshqa tadqiqotchi-pedagoglar tajribalarini qo‘llay olish; - hamkasblar bilan hamkorlik; - fikr almashish va metodik yordam ko‘rsata olishlik; - ziddiyatlarning oldini olish va bartaraf etish; - yangiliklarni izlab topish va ularni o‘z sharoitiga moslashtirib borish. Innovatsion faoliyat – pedagogning ruhiy, aqliy, jismoniy kuchini ma’lum maqsadga yo‘naltirish asosida nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarni egallash, amaliy faoliyatni nazariy bilimlar bilan to‘ldirib borish, bilish, loyihalash, kommunikativ nutq va tashkilotchilik mahoratini rivojlantirishni talab etadi. V.Slasteninning fikriga ko‘ra innovatsion (ijodiy) yondashuv: - ijodiy faollik; - faoliyatga yangilik (o‘zgartirish) kiritishga texnologik va metodologik jihatdan tayyorgarlik; - yangicha fikrlash; - yuksak muomala madaniyatiga ega bo‘lishni ifodalaydi. Ta’lim tizimidagi innovatsiyalarni pedagogik jarayonga tatbiq etish to‘rt bosqichda amalga oshiriladi: 1. Muammoni tahlil asosida aniqlash. 2. Mo‘ljallanayotgan ta’lim tizimini loyihalash. 3. O‘zgarishlar va yangiliklarni rejalashtirish. 4. O‘zgarishlarni amalga oshirish. Innovatsion faoliyat – ilmiy izlanishlar, ishlanmalar yaratish, tajriba-sinov ishlari olib borish yoki fan-texnika yutuqlaridan foydalangan holda yangi texnologik jarayon yoki yangi Апрель 2021 10-қисм Тошкент 149 takomillashtirilgan mahsulot yaratishdan iborat. Innovatsion faoliyat yangi g‘oyani izlashdan boshlanadi. Pedagogik innovatsiya ta’lim-tarbiya jarayonidagi muhim va murakkab masala yechimiga yo‘nalitirilganligi sababli o‘qituvchidan yangicha yondashuvni talab qiladi. O‘qituvchini innovatsion faoliyatga tayyorlashda bir qator psixologik to‘siqlar mavjud. Bularning birinchisi o‘qituvchining o‘zi ko‘nikkan faoliyatchegarasidan tashqariga chiqishi juda qiyinligi, ya’ni o‘qituvchilarda ijodkorlikning yetarli emasligi bo‘lsa, yana bir sabab yangi va noma’lum narsalar har doim odamlarda cho‘chish va xavfsirashni keltirib chiqarishidir. Innovatsion faoliyat o‘qituvchining hamma muvaffaqiyatini belgilovchi asosiy faoliyat bo‘lib, u shaxsning kasbiy, metodik mahoratini sifatli qayta qurish demakdir. Pedagogda ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvni qaror toptirish bosqichlari. O‘qitish jarayoni yoki ta’lim tizimiga innovatsion yondashuvni qaror toptirish o‘z-o‘zidan ro‘y bermaydi. Bu jarayon bir necha bosqichda kechadi. Ular quyidagilardir: 1-bosqich: tayyor metodik tavsiyanoma (mavjud innovatsiya)lardan foydalaniladi; 2-bosqich: mavjud tizimga ayrim yangi g‘oyalar, metodlar kiritiladi. 3-bosqi: yangi g‘oyani amalga oshirish mazmuni, shakl va metodlari ishlab chiqiladi. 4-bosqich: pedagog o‘qitish va tarbiyalashga oid o‘z konsepsiyasi yoki metodikasini ishlab chiqadi. Pedagoglarning innovatsion faoliyati quyidagilar bilan belgilanadi: - yangilikni qo‘llashga tayyorgarligi; - pedagogik yangiliklarni qabul qilishi; - novatorlik darajasi; - kommunikativ qobiliyatning rivojlanganligi; - ijodkorligi. Shu bilan birga pedagogning innovatsion faoliyatini uning motivatsiyasi, malakaviy tayyorgarligi, pedagogik tajriba-sinov ishlarini amalga oshirishga oid bilim va malakalari, pedagogik faoliyatdagi muammo (to‘siq)larni bartaraf eta olish mahorati bilan ham belgilanadi. O‘qituvchi innovatsion faoliyatining asosiy belgilaridan biri uning ijodiy faolligi, ijodkorligi hisoblanadi. O‘qituvchidan yangiliklarnio‘zlashtirib borish bilan birga ularni o‘z faoliyatida qo‘llashi va pedagogik jamoa o‘rtasida targ‘ib qilishi talab etiladi. Pedagoglarda innovatsion faoliyat ko‘nikmalarini shakllantirishda jamoadagi psixologik muhit, jamoa a’zolarining jahon ta’lim yangiliklardan xabardorliklari muhim ahamiyatga ega. Pedagogning ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvining natijalari quyidagilarda ko‘rinadi: - faoliyat maqsadini aniq belgilab olishida; - nostandart vaziyatlarda tezkor qarorlar qabul qilishida; - o‘quv yoki ilmiy-tadqiqot jarayoni bilan bog‘liq masalalarni samarali echish usullarini egallay olganligida; - muammolarni hal etishda eng samarali vosita va metodlarni tanlay bilishida; - o‘z ustida mustaqil ishlashni rejalashtira olishida; - faoliyati natijasini nazorat va tahlil qila olishida; - zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish malakasining mavjudligida; - yangi g‘oyalarni izlab topa olishida. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. Interfaol metodlar:mohiyati va qo‘llanilishi (Metodik qo‘llanma) -T.: “TDPU nashriyoti”, 2012 2. Pedagogik mahorat. Mavlonova R.,Abdurahimova D. T:. Fan va texnologiyalar. 2012-yil 3. Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, innovsiyasi va intergatsiyasi. O‘quv qo‘llanma R.A.Mavlanova, N.X.Raxmankulova T. G‘.G‘ulom, 2013 y Апрель 2021 10-қисм Тошкент 150 O‘QUVCHILAR BILAN ISHLASHDA O‘QITUVCHINING PEDAGOGIK MAHORATI VA KASBIY KOMPETENSIYASI Zaripova Nigora Yavbasarovna Urganch tumani 27-son maktab o‘qituvchisi Telefon: +998 (97) 459 20 68 nigora.zaripova_27@inbox.uz Yunusova Nazokat Yunusjonovna Urganch tumani 27-son maktab o‘qituvchisi Telefon: +998 (97) 361 50 88 ny_ yunusova88@inbox.uz Annotatsiya: Ushbu maqolada bilim, ko‘nikma va malakalarida bo‘shliqlari bo‘lgan o‘quvchilar bilan ishlashda o‘qituvchining pedagogik mahorati va kasbiy kompetensiyasi bo‘yicha uslubiy tavsiyalar berilgan. Kalit so‘zlar: bilim, ko‘nikma, malaka, pedagogik mahorati, pedagogik faoliyat, kasbiy kompetensiya, boshqaruv, oshkora axborot almashish. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi zamonaviy pedagog javob berishi kerak bo‘lgan talablar kompleksini belgilaydi. Quyidagilar mutaxassisning pedagogik ishga tayyorlanganligining zarur va yetarli darajasini ta’minlaydigan asosiy talablar hisoblanadi. Bugungi kunda davlatimiz tomonidan ta’limga qaratilayotgan e’tibor barcha o‘qituvchilarning o‘z ustida ishlashi, tinmay izlanish olib borishi hamda o‘quv jarayonini zamon talablari darajasida, ilmiy asosda tashkil etishlari uchun zaruriy sharoitlarni yaratib berish bilan bir qatorda, ta’lim sohasiga yosh mutaxassislarning kelib qo‘shilishiga imkoniyat yaratmoqda, bu esa o‘z navbatida ta’lim muassasasi rahbarlari oldiga yanada yangi vazifalar qo‘yadi. Ma’lumki, inson har doim o‘sish va rivojlanishdadir. Shunday ekan, inson kamolotiga ta’sir etuvchi omillarnig ilmiy-nazariy mohiyatini barcha pedagogik jamoa rahbarlari to‘g‘ri tushunishlari lozim. Har bir o‘qituvchi o‘z pedagogik faoliyatini turli xil sharoitlarda va jamoalarda insonlar ta’sirida amalga oshiradi. O‘qituvchining faoliyatiga ta’lim muassasidagi bugungi sharoithamda jamiyat uchun foydali va zarur maqsadlarli amalga oshirishda shaxs rivojiga va shakllanishiga kuchli tasir qiladigan odamlar guruhi bo‘lgan pedagogik jamodagi shakllangan ta’limiy muhit o‘z hukmini o‘tkazadi. Jamoa jamiyatning bir bo‘lagi sifatida uning barcha xususiyatlarini qamrab oladi. Foyaviy, siyosiy, iqtisodiy, axloqiy-ma’naviy va boshka jabhalar shular jumlasidandir. Bugungi kunda ixtiyoriy pedagogik jamoani tayinlangan rahbar boshqaradi. Rahbarlik odamlarga maqsadli ta’sir o‘tkazishga qaratilgan, ularning xulqini tartibga solish bilan bog‘lik bo‘lgan boshqaruvning tarkibiy qismidir. Shunday qilib, «boshqaruv» tushunchasi, «rahbarlik» tushunchasiga qaraganda ancha keng tushunchadir. Rahbar boshqaruv faoliyatidaqator funksiyalarni bajaradi: pedagogik jamoaning ilmiy- pedagogik faoliyati maqsadlarini aniqlaydi va shakllantiradi, shu faoliyatni rejalashtiradi, rag‘batlantirish vositalari va usullarini belgilaydi, uninazorat qilishni amalga oshiradi va xokazo. Shuning uchun ham rahbar yosh o‘qituvchining o‘zi tanlagan kasbga mehr qo‘yishi, o‘qituvchilik kasbining sirlarini mukammal o‘rganishi va unda o‘z kelajagiga nisbatan ishonch tuyg‘ulari rivojlanishiga ko‘p qirrali ta’sir qiladi. O‘z navbatida rahbar jamoada o‘z o‘rniga ega bo‘lib, u bilimi, muomalasi, ilmiy dunyoqarashi, o‘qituvchilar bilan o‘zaro munosabatda, maqsadga intilishda, ijtimoiy xulq va boshqalarda namuna bo‘lishi zarur, bundan jamoaning xar bir a’zosi o‘ziga xos ta’sirlanadi. Rahbar boshqaruv faoliyatida o‘zaro ta’sirning ikki yo‘nalishini, o‘qituvchining jamoaga va jamoaning o‘qituvchiga ta’sirini va bu o‘zaro ta’sir ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkinligini hisobga olishi zarur. O‘qituvchining jamoaga ta’siri uning obro‘si, bilimi, dunyokarashi, o‘zi tanlagan kasbga qiziqishi va qobiliyati, o‘z fanini puxta bilishi, o‘quvchilar bilan munosabati, o‘z ustida ishlashi, tashkilotchilik qobiliyati, peshqadamlik qilishi, faolligi va tashabbuskorligi singari ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Uning obro‘si deganda o‘qituvchining mutaxassis sifatida jamoa tomonidan tan olinishi, sub’ektiv sifatlarining jamoa faoliyatining ob’ektiv talablariga mos kelishi tushuniladi. Bunda o‘qituvchining bilimi, ko‘nikma va malakasi, tajribasi, kasb mahorati, uddaburonligi, Апрель 2021 10-қисм Тошкент 151 tadbirkorligi va ijodkorligi uning boshqalardan ko‘ra ko‘proq ko‘zga tashlanishiga va obro‘ orttirishiga sabab bo‘ladi. Obro‘ga ega bo‘lgan o‘qituvchi shaxslararo munosabatlarda yuqori mavqega ega bo‘ladi, jamoada uning fikr-muloxazalariga quloq soladilar, undan maslahat so‘raydilar, uning nuqtai nazari bilan hisoblashadilar. Ammo obro‘ orttirishda shaxsiy sifatlarning o‘zigina yetarli bo‘lmay, u yoki bu o‘qituvchi haqidagi jamoatchilik fikri ham sabab bo‘ladi. Shuning uchun ham o‘qituvchining jamoatchilik fikri bilan hisoblashmay iloji yo‘k, bu esa jamoaning o‘qituvchiga bo‘lgan ta’siridir. Ya’ni, jamoa o‘qituvchining ayrim sa’yharakatlarini rad etishi, qabul qilmasligi, aksincha bundan saqlanishga intilishi mumkin. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, jamoa bilan o‘qituvchining o‘zaro ta’siri ikki xil, ya’ni ijobiy va salbiy bo‘lishi mumkin, bunda rahbarning roli yaqqol namoyon bo‘ladi. Ijobiy ta’sirni vujudga keltirishda rahbar pedagogik jamoa va ta’lim muassasasining manfaatlari bir-biriga mos kelishini istagan holda, o‘qituvchilarning muvaffaqiyati hamda kayfiyatlari bilan qiziqishi, tabassum bilan muomala qilishi, o‘qituvchining ismini hurmat bilan aytib murojaat qilishi (har kimga o‘z ismini boshliqdan eshitish yoqimli bo‘lishini esda tutishi) zarur. O‘qituvchiga nisbatan diqqate’tiborli bo‘lish, suhbatdoshini o‘zi haqida gapirishga ruhlantirish, oshkora axborot almashishdan cho‘chimaslik, o‘qituvchiga uning jamoa uchun kerakli ekanligini sezdirish, har bir o‘qituvchining kamchiliklarini qayd qilganda, albatta, uning muvaffaqiyatlarini ham e’tirof etish kabi rahbarlikning eng maqbul uslublarini o‘z faoliyatiga tatbiq etishi zarur. Talim muassasasida turli dunyoqarash va madaniyatga ega, fe’l-atvori, aqlu zakovati turlicha bo‘lgan, ishga layoqati alohida namoyon bo‘ladigan o‘qituvchilar mehnat qiladi. Bu hol ularning mehnati va funksional vazifasiga bo‘lgan munosabatida ham ifodalanadi. Ta’lim muassasasiga yangi kelgan yosh o‘qituvchilar jamoadagi tajribali o‘qituvchilarning faoliyatini, ularning o‘z funksional vazifasiga bo‘lgan munosabatini va u yerdagi shart-sharoitlarni to‘la o‘rgangunga qadar turlicha tasavvurga ega bo‘ladilar. «Qush uyasida ko‘rganini qiladi» deganlaridek, yosh o‘qituvchining ta’lim muassasasidagi shart-sharoitlarni, mazkur ta’lim muassasasida o‘qituvchiga qo‘yilayotgan talablarni hamda yuklatilayotganvazifalarni bajarish uchun qay darajada bilim, ko‘nikma va malakalar zarurligini, kadrlar salohiyatini va ularning o‘z ishlariga bo‘lgan munosabatlarini, rahbarlarning mavqei hamda qo‘l ostidagilar bilan munosabatlarini o‘rganib, tahlil qilib, ijobiy xulosa chiqargan holda o‘z ustida ishlashi, izlanishi, tajriba opttirib borishi uchun mazkur ta’lim muassasasida qulay ta’limiy muhit hukmdor bo‘lishi zarur, aksincha yosh o‘qituvchilar loqayd bo‘lib qolishi mumkin. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, ko‘pgina yosh o‘qituvchilar ancha vaqtgacha ta’lim muassasasidagi mavjud shart-sharoitlarga psixologik jihatdan moslashishga qiynalmoqdalar, ayrim moslasha olmaganlari qobiliyatli bo‘lishlariga qaramay pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishdan voz kechib, boshqa turli sohalarda faoliyat ko‘rsatishmoqda. Buning sabablari turlicha bo‘lishi mumkin. Ayrim ta’lim muassasalarida jamoaning yosh o‘qituvchilar bilan o‘zaro ta’siri (salbiy hususiyatlarga ega bo‘lib, rahbar va uning qo‘l ostidagi xodimlar yosh o‘qituvchiga nisbatan to‘g‘ri munosabatda bo‘lmasligida namoyon bo‘ladi. Yosh o‘qituvchining izlanishi, bilimi, o‘z faniga bo‘lgan qiziqishi tufayli pedagogik jamoa va o‘quvchilar o‘rtasida tez obro‘topayotganidan xursand bo‘lish hamda uni rag‘batlantirish o‘rniga uning yoshligini ro‘kach qilib, turli xil arzimas sabablarni bahona qilib yig‘ilishlarda uyaltirish, obro‘sini tushirish uchun qilingan xatti-harakatlar ta’lim muassasasidan bezib ketib qolishlarga sabab bo‘ladi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati 1.J. Shustereder (2014): Yevropa Ittifoqida va Markaziy Osiyoda O‘qituvchilar Siyosati. 2. Iqtisodiy Xamkorlik va Rivojlantirish Tashkiloti (OECD) (2016): PISA 2015 natijalari: Muvaffaqiyatga erishish uchun maktablar uchun strategiya va amaliyotlar (II Bob). 3. Ulrich, D., Zenger, J. and Smallwood, N. (1999): Results-Based Leadership. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 152 BOSHLANG‘ICH SINFLARDA ROBOTOTEXNIKA TO‘GARAKLARINI YURITISHDA SCRATCH DASTURIDAN FOYDALANIB BOLALARNING MATEMATIK VA MANTIQIY FIKRLASHINI RIVOJLANTIRISH. Bo‘ronova Gulnora Yodgorovna Buxoro Davlat Universiteti AT kafedrasi o‘qituvchisi Rajabova Halima Bafoyevna Buxoro tuman 16-maktab matematika fani o‘qituvchisi Telefon: +998(90)7106664 gulnoraburonova@gmail.com Annotatsiya: Hozirgi kunda robototexnika deyarli barcha sohalarda keng tarqalgan faoliyat va ishlab chiqarish tizimidir. Robotdan foydalanish zarurati texnologiya ishlab chiqarishni avtomatlashtirish zarurati bilan bog‘liqdir. Bu insoniyatga keltiradigan foydalari tufayli takomillashtirishga alohida e’tibor qaratish lozim. Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf robototexnika to‘garaklarida SCRATCH dasturi yordamida bolalarning matematik va mantiqiy fikrlashini rivojlantirish masalalari muhokama qilingan. Kalit so‘zlar: robototexnika, robotlar, SCRATCH, buyruqlar, boshqaruv tugmalari, axborot tizimlari. Jahon tadqiqotlariga ko‘ra shaxsiy kompyuterlar birinchi paydo bo‘lgan 1970 va 1980-yillarning oxirlarida, barcha uchun bolalarga qanday qilib dasturlashni o‘rgatish muammosi paydo bo‘lgan. Minglab maktablar millionlab o‘quvchilarga Logo yoki Basicda oddiy dasturlar yozishni o‘rgatish orqali ishni boshlashdi. Bu borada bolaning matematik va mantiqiy fikrlash darajasi asosida ishni boshlash kerak. Hozirgi kunda yangi O‘zbekiston kelajagi bo‘lgan bolalarni dasturlashga o‘rgatishni boshlang‘ich sinfdan boshlash juda muhim..O‘qituvchi dasturlashni bolalarga o‘rgatishda ko‘plab muammolarga duch keladi. Bu muammolarda asosiy omil ko‘plab bolalar dasturlash sintaksisini o‘zlashtira olmaganligidir. Biz taklif qilayotgan robototexnika to‘garak dasturiga muvofiq bolalar dasturlashni vizual dasturlar vositasida o‘rganishadi. Bunda turli virtual dasturiy vositalardan foydalaniladi. Kompyuterda, telefonda yoki planshetda o‘yin o‘ynashni va 3D multfilmlarini tomosha qilishni yoqtirishingiz shubhasiz. Ularning qanday yaratilishini bilasizmi? Buning uchun dasturlar, ya’ni kompyuterga qahramonlarning ekran bo‘ylab harakatlanishini buyuruvchi buyruqlar to‘plami kerak bo‘ladi.Endi esa – eng muhimi. Bunday dasturlarni o‘zingiz yaratishingiz mumkin! O‘z qahramonlaringiz ishtirok etuvchi o‘yinlarni o‘ylab topish, multfilmlarni chizish – xohlagan narsangizni qilishingiz mumkin. Ushbu maqsadda bolalar uchun maxsus Scratch dasturlash muhiti yaratilgan. Dasturlarni yig‘ish qulay bo‘lishi uchun, undagi barcha buyruqlar rangli blokli belgilar ko‘rinishida tasvirlangan. Bu “Lego” konstruktoriga o‘xshashdir. Shunchaki kubikchalarni olasiz va murakkab dastur yoki o‘yinni bir joyda yig‘asiz. Scratch - bu asosan kodni o‘rganishda yordam beradigan 8-16 yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan blokli vizual dasturlash tili va veb-sayti. Sayt foydalanuvchilari Internetda blokga o‘xshash interfeys yordamida loyihalar yaratishlari mumkin. Xizmat MIT Media Lab tomonidan ishlab chiqilgan , 70 dan ortiq tillarga tarjima qilingan va dunyoning aksariyat qismlarida qo‘llaniladi. Scratch maktabdan keyingi markazlarda, maktablarda va kollejlarda, shuningdek boshqa jamoat bilimlari muassasalarida o‘qitiladi va qo‘llaniladi. Scratch qiziqarli va dasturlashni o‘rganish oson bo‘lishi uchun yaratilgan. Unda bloklarga asoslangan dasturlash yordamida interaktiv hikoyalar, o‘yinlar , badiiy , simulyatsiya va boshqalarni yaratish uchun vositalar mavjud . Scratchda o‘zining bo‘yoq muharriri va ovoz muharriri o‘rnatilgan. Foydalanuvchilar Scratchda bloklar palitrasidan bloklarni sudrab olib, boshqotirmalar kabi jumboq singari dasturlash orqali dasturlashadi. Bir nechta bloklarning tuzilmalari skript deb nomlanadi . Ushbu dasturlash usuli (bloklar bilan qurilish kodi) “ sudrab olib tashlash dasturlash “ deb nomlanadi Scratch - bu asosan kodlash uchun o‘quv vositasi sifatida 8-16 yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan blokli vizual dasturlash tili va veb-sayti. Sayt foydalanuvchilari Internetda bloklarga o‘xshash interfeys yordamida loyihalar yaratishlari mumkin. Xizmat MIT Media Lab tomonidan ishlab chiqilgan , 70 dan ortiq tillarga tarjima qilingan va dunyoning aksariyat qismlarida qo‘llaniladi. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 153 Scratch maktabdan keyingi markazlarda, maktablarda va kollejlarda, shuningdek boshqa jamoat bilimlari muassasalarida o‘qitiladi va qo‘llaniladi. 2021 yil mart holatiga ko‘ra, tilning rasmiy veb-saytidagi jamoatchilik statistikasi 68 milliondan ortiq foydalanuvchi tomonidan baham ko‘rilgan 73 milliondan ortiq loyihani va har oy 38 million veb-saytga tashrif buyurganligini ko‘rsatadi. Scratch 3.0 foydalanuvchi interfeysi: Scratch interfeysi uchta asosiy bo‘limga bo‘lingan: sahna maydoni , bloklar palitrasi va bloklarni joylashtirish va ularni yashil bayroqni bosish yoki kodning o‘zi bosish orqali boshqariladigan skriptlarga joylashtirish uchun kodlash maydoni. Shuningdek, foydalanuvchilar o‘zlarining kod bloklarini yaratishi mumkin va ular “Mening bloklarim” da paydo bo‘ladi. 1-rasm.Ishga tushirishda Scratch 3.0 ishlab chiqish muhiti. Bosqichi maydoni natijalarini xususiyatlari (masalan, animatsiyalar, musicha grafik , yo, shuningdek, mavjud to‘liq ekran variant bilan kichik yoki normal hajmi,) va barcha sprite eskizlari pastki sohasida sanab chiqilmoqda. Bosqich x va y koordinatalarini ishlatadi , 0,0 sahna markazi hisoblanadi.Stage maydonining pastki qismida tanlangan sprite yordamida unga buyruqlar bloklari blok palitrasidan kodlash maydoniga sudrab olib qo‘llanilishi mumkin. Kostyumlar yorlig‘i foydalanuvchilarga turli effektlarni, shu jumladan animatsiyani yaratish uchun sprite ko‘rinishini o‘zgartirishga imkon beradi.Ovozlar yorlig‘i spritega tovushlar va musiqalarni biriktirishga imkon beradi. Spritlar va fonlarni yaratishda foydalanuvchilar o‘zlarining sprite dasturlarini qo‘lda chizishlari, kutubxonadan Spriteni tanlashlari yoki rasm yuklashlari mumkin. Ta’lim foydalanuvchilari :Scratch Buyuk Britaniya va Qo‘shma Shtatlarda Code Club orqali mashhur . Scratch kirish tili sifatida ishlatiladi, chunki qiziqarli dasturlarni yaratish nisbatan oson va o‘rganilgan ko‘nikmalarni Python va Java kabi boshqa dasturlash tillarida ham qo‘llash mumkin . 2-rasm.Scratch 1.4 va Scratch 2 ni taqqoslash. Scratch faqat o‘yinlarni yaratish uchun emas. Taqdim etilgan ingiz dasturchilar animatsiyalar, matnlar, hikoyalar, musiqa va boshqalarni yaratishi mumkin. Bolalar matematika, tarix va hattoki fotosuratlar bo‘yicha mavzularni o‘rganish uchun foydalanishi mumkin bo‘lgan ko‘plab dasturlar mavjud. Scratch o‘qituvchilarga qiyin tushunchalarni tasavvur qilishga yordam beradigan animatsiyalar bilan kontseptual va vizual darslar va ilmiy laboratoriya topshiriqlarini yaratishga imkon beradi. Bu esa bolada turli yangi loyihalarni yaratish imkonini beradi. Bola tasavvuridagi goyani jonlantirish uchun dasturlashga murojaat qiladi va shu orqali bolada matematik hamda mantiqiy fikrlash rivojlanadi. Ijtimoiy fanlar doirasida o‘qituvchilar interaktiv elementlar bilan viktorinalar, o‘yinlar va o‘quv qo‘llanmalar yaratishlari mumkin. Scratchdan foydalanish Апрель 2021 10-қисм Тошкент 154 yoshlarga dasturlash mantig‘ini va qanday qilib ijodiy qurish va hamkorlik qilishni tushunishga imkon beradi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Scratch: Computer Programming for 21st Century Learners Lamb, Johnson, Larry Teacher Librarian; Apr 2011; 38, 4; ProQuest Central pg. 64 2. B.B.Mo‘minov, G.Y.Bo‘ronova.”Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida virtual dasturlar yordamida robototexnika to‘garagini tashkil etish”. Xalqaro konfirensiya materiallari.2021 yil.524bet Апрель 2021 10-қисм Тошкент 155 ПРОВЕДЕНИЕ ИНТЕРВЬЮ С РЕБЁНКОМ, ПЕРЕЖИВШИМ ЖЕСТОКОЕ ОБРАЩЕНИЕ Васянина Мая Гучмурадовна, Учитель начальных классов школы №1, г.Навои Аннотация: В статье рассматривается проблема жестокого обращения с детьми, раскрываются последствия влияния насилия. Особое внимание уделено оказанию психологической помощи ребенку, пережившему насилие, приводятся подходы в работе с ребенком и рекомендации по проведению интервью. Ключевые слова: жестокое обращение, насилие, виктимизация, интервью с ребенком, принципы работы с ребенком, пережившим жестокое обращение. За прошедший, непростой для всего мира год, СМИ особенно часто освещали факты насилия, в особенности над детьми, женщинами, животными. Узбекистан не стал исключением. В своей практической работе мы также нередко сталкиваемся со случаями домашнего насилия. Очень много случаев, когда насилие над детьми вскрывается слишком поздно, так как и дети и их члены семьи скрывали, что происходит в доме. Традиционно под насилием понимается избиение ребенка, но форм насилия несколько, поэтому в науке и практике появился термин «жестокое обращение». Жестокое обращение с ребенком[2] – это все многообразие действий или бездействий со стороны окружающих лиц, которые наносят вред физическому и психическому здоровью несовершеннолетнего, его развитию и благополучию, а также ущемляют его права или свободу. Жестокое обращение с детьми может проявляться не только в форме физического, сексуального или психического насилия, но и в применении недопустимых способов воспитания, грубом, пренебрежительном, унижающем человеческое достоинство обращении с детьми, оскорблении или эксплуатации несовершеннолетних, продажи детей, проявлении насилия по отношению к иным членам семьи в присутствии ребенка, а также пренебрежение нуждами ребенка. Почему мы обращаем внимание на эту проблему? Последствия жестокого обращения, затрагивают все уровни человеческого функционирования - физиологический, личностный, уровень межличностного и социального взаимодействия. Помимо непосредственного влияния насилие, пережитое в детстве, также может приводить к долгосрочным последствиям, зачастую влияющим на всю жизнь человека. Оно может способствовать формированию специфических семейных отношений, особых жизненных сценариев. В исследовании психологических историй жизни людей, совершающих действия, травмирующие детей, иногда обнаруживается собственный неразрешенный опыт насилия в детстве. Ещё одна проблема состоит в том, что не все жертвы насилия обращаются за помощью. Тем более это касается детей, потому что они не в состоянии сами без помощи взрослого это сделать. Поэтому люди, которые работают с детьми (в ДОУ, школах, поликлиниках, больницах и т.п.), должны знать о возможных признаках переживаемого насилия и о том, как оказывать помощь детям, которые подвергаются жестокому обращению. Это очень важно, так как зачастую некомпетентные действия сотрудников (неуместное поведение или высказывания в отношении жертвы), могут привести к повторной виктимизации, т.е. усугубить страдания жертвы. Дети, которые стали жертвами жестокого обращения, нуждаются в своевременном оказании профессиональной помощи, т.к. если вовремя не оказать помощь, то это может привести к развитию серьезных психологических затруднений у ребенка. Нужно знать, что оказание помощи детям, которые пережили насилие в семье, является одной из наиболее трудных задач психологии и социальной работы. У таких детей наблюдается большое количество проблем, и для специалиста, который будет оказывать помощь, эта задача может быть чрезвычайно сложной и эмоционально трудной. Необходимо отметить, что нет единой технологии оказания психологической помощи детям, подвергшимся насилию. Можно говорить лишь об основных принципах работы с такими детьми [4]: 1. Вмешательство должно быть всесторонним. Ребенка нельзя рассматривать в Апрель 2021 10-қисм Тошкент 156 изоляции от семьи. Необходимо принимать во внимание социальную ситуацию, в которой находится ребенок. 2. Вмешательство должно быть ориентировано на развитие ребенка. 3. Вмешательство должно быть направлено на последствия, проявляющиеся в развитии. 4. Вмешательство должно соответствовать этапу развития, и учитывать уровень развития. 5. Тщательная оценка его состояния на предмет выявления действительно актуальных проблем, постоянная переоценка его потребностей. В работе с детьми, которые стали жертвами насилия, очень важную роль играет первая фаза терапевтического процесса, которая устанавливает доверие между специалистом и ребенком. Но это доверие легко нарушить, и специалист должен быть осторожным и постоянно подкреплять установленное доверие. Рекомендации по проведению интервью: • Используйте открытые вопросы, избегайте вопросов, на которые можно дать односложный ответ; • Если ребенок говорит фрагментарно, недостаточно подробно, можно возвращаться к тому или иному эпизоду отдельно. При этом надо избегать концентрации на самых травматических моментах; • Дайте ребенку эмоционально отреагировать произошедшее • Используйте простые слова, избегайте специальных терминов, грамматически сложных вопросов; • Избегайте вопросов «почему?» • Вместо местоимений используйте имена собственные и названия мест; • Свяжите вопросы относительно времени с конкретными событиями и занятиями ребенка; • При опросе по поводу сексуального насилия определите вместе с ребенком, как он называет различные части тела. В дальнейшем в своих вопросах используйте его обозначения. Своевременное выявление случаев жестокого обращения и оказание помощи ребенку позволит минимизировать вред его здоровью и развитию, способствует профилактике социального сиротства, девиантного поведения, суицидов среди несовершеннолетних. Использованная литература: 1. Джудит С.Райкус, Рональд С.Хьюз Социально-психологическая помощь семьям и детям групп риска. Том 2.- М.: Питер Пресс, 2009.-281с. Организация работы по профилактике несчастных случаев и жестокого обращения с детьми. Электронный ресурс. Материалы сайта https://detsad45.odinedu.ru/bezopasnost.Дата обращения: 8.02.2021г 2. Раннее выявление жестокого обращения с детьми в семьях: методическое пособие /Авторы – составители: Матвиенко М.В., Ушкачёв П.А.Псков, 2014.-101с. 3. Технологии социальной работы с различными группами населения: Учебное пособие / Под ред. проф. П.Д. Павленка.- М.: ИНФРА-М, 2009. - 272с. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 157 БАЛА ТӘРБИЯСЫНДА СӨЙЛЕЎ МӘДЕНИЯТЫНЫҢ ОРНЫ Досжанов Исламбек Дарьябаевич Сулайманова Айман Тугелбаевна Нөкис қалалық 34-санлы мектеп педагог-тәрбияшылары Телефон:+998(97)474-83-89 Аннотация: Бул мақалада жәмийетте, соның ишинде оқыўшы жаслар арасында тилдиң тазалығын сақлаў ҳәм оларды жетилистириў усыллары мағлыўмат берилген. Тирек сөзлер: тил, әдебий тил, сөйлеў тили, сөйлеў мәденияты, руўхый ағартыўшылық реформалар, тилдиң тазалығы, атама. Сөйлеў мәденияты жәмийеттиң мәдений раўажланыўының, миллетиң руўхый жетискенликлериниң әҳмийетли белгиси болып саналады. Елимизде руўхый ағартыўшылық реформалар – мәмлекетлик сиясаттың баслы бағдары деп жәрияланған бүгинги күнде сөйлеў мәденияты мәселелери ҳәр қашанғыдан да актуаль есапланады. Республикамызда мәмлекетлик тил ҳаққындағы нызам, билимлендириў ҳаққындағы нызамда, «Кадрлар таярлаўдың миллий бағдарламасы» ҳәм басқа да ҳүжжетлерде руўхый ағартыўшылық, тәрбия, тил мәселелерине айрықша итибар берилген. Тил жәмийет ушын хызмет еткенликтен сол жәмийеттиң раўажланыўы менен бирге раўажланады. Жәмийетте болған өзгерислер, жаңалықлар тилде өз көринисин табады. Бирақ жәмийет өзине тән раўажланыў нызамларына, ал тил өзине тән раўажланыў нызамларына ийе болады [1.5]. Халықлардың бир-бири менен сиясий, мәдений ҳәм экономикалық қарымқатнасы нәтийжесинде бир тилден екинши тилге сөзлер аўысып, сөзлик қурам байып, раўажланып барады. Тилдиң тазалығын сақлаў тек ғана тилшилер, оқытыўшылар ушын ғана емес улыўма өзин усы миллеттиң перзенти деп билген ҳәр бир инсанның ҳәр күнги ўазыйпасы болыў керек. Сондай ғана өсип киятырған жас әўлад миллий мақтанышымызды сезетуғын, түрли мәнаўий топылыслар тәсирине түспейтуғын инсанлар болып жетилиседи. «Ана тили концепциясы»нда ана тилиниң тийкарғы мақсети оқыўшыларда дөретиўшилик, еркин пикирлеў, сөйлеў шараятына қолайлы рәўиште тилдиң аўызеки ҳәм жазба формаларын қәлиплестириў ҳәм раўажландырыўдан ибарат. Деген менен тилимиздиң тазалығына кесент берип атырған айырым ҳалатларда ушырасады. Қандай да бир объектке ат бериў әпиўайы ис емес. Ҳәр қандай жағдайда да ат қойыў мәселесине бир тәреплеме ҳәм үстиртин қараўға болмайды. Тилекке қарсы, ҳәзирги дәўирде халқымыз арасында асханалардың, дүкәнлардың атамалары ерси қойылғанлығының гүўасымыз. Ат қойыўдан алдын жақсырақ ойланып, жәмийетшиликтиң, тилшилердиң, социологлардың пикирлерин тыңлап көриў керек. Ана тилимизде таза сөйлемеў тек аўызеки түрде емес, ал жазыўда да көзге тасланады. Мекеме атларының жазылыўында, плакатларда ҳәр қыйлы стиллик ҳәм имла қәтелерине жол қойылған. Бундай қәтеликлерди көрген, өсип киятырған өспирим жаслар, әсиресе мектеп оқыўшылары оларды дурыс деп ойлап, өз сөз байлығына солайынша киргизеди. Тилимиздиң тазалығының бузылыўы халық айнасы болған газета-журналларда да көзге тасланады. Мысалы: Ата-анасы мудамы қоллап-қуўатлап турған балалардың өз-өзине исениши жоқары болады. («Саза», 2012, №3, 6-бет). Бул жерде автор өзбек тилиндеги «ишонч» сөзин «исениш» деп қолланған болыўы мүмкин. Қарақалпақ тилинде «исеним» түринде жумсалады. Бундай қәтелердиң көп ушырасыўы жәмийеттеги адамлардың, әсиресе оқыўшы жаслардың сөйлеў мәдениятына тиккелей тәсир етеди. Себеби келешегимиз болған жас әўладлар өз ана тилинен нәр алып, өсип раўажланады. Сонлықтан да, пикирлеў процесинде, жәмийетлик, руўхый-ағартыўшылық жумысларында тилимизге кирип келген түрли терминлерден, сөзлерден өз орнында қолланыўымыз керек. Пайдаланылған әдебият 1. Dáwletova U. Oylanıp sóylegen ósip jetiler. Nókis, 2019 Апрель 2021 10-қисм Тошкент 158 ОЛИЙ ТАЪЛИМ МУАССАЛАРИДА ЁШЛАРНИ ИЛМИЙ ВА ИЛМИЙ ПЕДАГОГИК ФАОЛИЯТГА ЙЎНАЛТИРИШ МЕХАНИЗМИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ МАСАЛАЛАРИ Нурова Олия Саломовна Қарши муҳандислик иқтисодиёт институти катта ўқитувчиси n.oliya@gmail.com Тел: 93-907-18-11 Аннотация. Мазкур мақолада олий таълим муассасаларида талаба-ёшларни илмий ва илмий-педагогик фаолиятга йўналтириш механизми мазмун-моҳияти ва уни такомиллаштириш масалалари ёритиб берилган. Калит сўзлар: модернизация, олий таълим, бакалавр, магистр, илмий ва илмий педагогик фаолият, ислоҳот, илмий тадқиқот иши. Бугунги иқтисодиётни модернизациялаш ва диверфикациялаш шароитида тадбиркорлик субъектлари олдида турган муҳим вазифалардан бири халқаро андозалар талабига тўла жавоб бера оладиган рақобатбардош кадрлар тайёрлаш давлат иқтисодий сиёсатининг асосий объектларидан бирига айланмоқда. Ушбу ўта муҳим вазифаларни самарали ҳал этилишида таълим тизимида кенг қамровли ислоҳотлар олиб бориш, таълим муассасаларини моддий-техника базасини юксалтириш, замонавий лаборатория жиҳозлари билан таъминлаш ва шу асосда илғор-педагогик технологияларга асосланган ҳолда машғулотлар олиб борувчи юқори малакали илмий ва илмий- педагогик кадрлар таъминлашни алоҳида аҳамият касб этади. Охирги йилларда таълим тизимида кадрлар таркибида айниқса, чекка ҳудудларда малакали илмий ва илмий-педагогик ходимлар улушининг пасайиб бориши тенденцияси кузатила бориши юқоридаги муаммони янада чуқурлашувига олиб келмоқда. Шундай экан олиб таълим муассасаларида ёшларни илмий ва илмий-педагогик фаолиятга йўналтиришни бугунги куннинг биринчи галдаги вазифаси сифатида қарамоғимиз лозим. Биринчи Президентимиз Ислом Каримовнинг “Ўз-ўзини эл ишига бағишлаган, инсон тарбиясига жон тиккан олийжаноб ўқитувчиларни, мўътабар муаллимларни бундан буён ҳам бошимизда кўтарамиз” деб таъкидлаши фикримизнинг яна бир исботидир. Шу боисдан биз юқоридаги муаммонинг ҳал этилишини айрим томонларини ёритиб беришга ҳаракат қиламиз. Бу ерда қуйидаги ишларни амалга оширилиши бугунги куннинг талаби деб ҳисоблаймиз. Биринчидан: Олий таълим муассасаларида ёшларга илмий ва илмийпедагогик фаолиятга йўналтиришида билим соҳасини асосий мезон сифатида қараган ҳолда ёндашиш. Олий таълим тизимида билимнинг 6 та соҳалари бўлиб, улар бирбирларидан ўзига хос алоҳидаликлари билан ажралиб туради, уларнинг аксарияти педагогик фаолиятга йўналтирилмаган. Масалан: Ижтимоий соҳа иқтисод ва ҳуқуқ, инжиринг ишлаб чиқариш ва қурилиш ва ҳоказо. Бу эса ўз навбатида талабалар ўқишининг дастлабки босқичиданоқ билим соҳасини мезон қилиб олган ҳолда педагогик фаолиятга алоҳида урғу беришни тақозо этибгина қолмай келгусида ўзининг ижобий самарасини бериши муқаррардир. Иккинчидан: Ёшларни илмий ва илмий-педагогик фаолиятга йўналтириш механизмини такомиллаштиришни босқичма –босқич ҳолда кўриб чиқиш. Бу ерда таълимнинг бакалавр босқичида алоҳида, магистратура босқичида алоҳида, олий таълимдан кейинги илмий педагогик кадрлар тайёрлаш босқичида алоҳида, дастурлар ишлаб чиқилиши ва шу асосда ҳаракат қилиниши мақсадга мувофиқ ҳисобланади. Дастлабки босқичда илмий фаолиятга ундаш масалаларини устивор сифатида қаралса, иккинчи ва учинчи босқичларда педагогик фаолиятга йўналтиришни асосий вазифа сифатида қаралиши фойдали ҳисобланади. Учинчидан: Олий таълим муассасаларида ёшларни илмий ва илмий педагогик фаолиятга йўналтиришда таълим муассасаларини маъсулиятини янада ошириш. Таълимнинг турли шаклларидан қатъи назар хар бир олий таълим муассасаси ўзларининг истиқболли режаларида юқори малакали илмий ва илмий-педагогик кадрлар тайёрлашга алоҳида эътибор қаратишлари шарт, мутахасислик кафедралар маъсулдир деб белгилаб қўйилиши Апрель 2021 10-қисм Тошкент 159 лозим. Бу ерда тадқиқотчи сифатида иш олиб бориш. Тўртинчидан: Ёшларни илмий ва илмий- педагогик фаолиятга интилишни давлат томонидан қўллаб-қувватлаш ва рағбатлантириш механизмини такомиллаштириш. Таълим муассасаларида ёшларнинг илмий тадқиқот ишларини олиб боришда хукуматимиз томонидан кенг имкониятлар яратиб берилганига қарамай, хамон муаммолар учраб қолмоқда. Масалан: тадқиқотчиларга нисбатан вақт меъёрлари борасидаги масалаларни олишимиз мумкин. Олий таълим муассасаларига илмий изланишлар олиб бораётган тадқиқотчиларга қўшимча имтиёзлар яратиб бериш ва раҳбатлантиришни йўлга қўйиш. Бешинчидан: Тайёрланган бакалаврлар билан магистрлар орасидаги нисбатнинг пастлиги, бакалаврларнинг илмий-илмий педогогик йўналтирилган ундошдаги тўсиқларининг сақланиб қолаётганлиги. Сунъий равишда илмийилмий педогогик фаолиятга интилувчиларнинг улушини камайиб кетишига олиб келмоқда. Юқорида зикр этилган тадбирларни амалга оширилиши олий таълим муассасаларини юқори малакали кадрлар билан таъминлабгина қолмай балки ҳозирги вақтда олиб борилаётган таълим соҳасидаги ислоҳатларни ҳаётийлигини ҳам кафолатлайди. Бу ерда аҳолидан меҳанизмни жорий этилиши мақсадга мувофиқ, ҳисобланади. Бу масалани икки йўл билин хал этиш мумкин: 1. Мақсадли магистрлар тайёрлаш йўлга қўйиш, жадаллаштирилган курслар ташкил этиш орқали илмий-илмий педагогик фаолиятга қизиқувчиларга магистрлик даражаси беришни жорий этиш. Ушбу курслар олий таълим муассасалари қошида ташкил этилиши ва битирувчиларни ушбу таълим муассасасида келгусида фаолиятни давом эттиришни кафолатлаши лозим. 2. Юқори лаёқатга уч йилдан ортиқ ишлаб чиқариш тажрибасига эга бўлган бакалаврларни илмий муасасаларига ишга қабул қилиш ва илмий-илмий педагогик фаолият билан шуғулланишга кенг йўл очиб бериш. Фойдаланилган адабиётлар: 1. Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз. – Т.: Ўзбекистон, 2017. – 488 б. 2. Тулаев Б. Илмий тадқиқотлар методологияси. Маърузалар матни. – Тошкент, ТДТУ, 2020. 3. Муслимов Н.А., Усмонбоева М., Мирсолиева М. “Инновацион таълим технологиялари ва педагогик компетентлик” модули бўйича ўқув-услубий мажмуа. – Т: -2016. – 147 б. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 160 БОШЛАНҒИЧ СИНФ ЎҚУВЧИЛАРИГА « SCRATCH МУҲИТИДА ДАСТУРЛАШ» БЎЛИМИНИ ЎҚИТИШ МЕТОДИКАСИНИ ИШЛАБ ЧИҚИШ Палванова Дилдора Мансуровна Урганч шаҳар 29-сон мактабнинг информатика фани ўқитувчиси Аннотация. Ушбу мақолада Skrаtch дастури ва унинг мактаб ўқувчиларини дастурлашни ўрганишдаги катта аҳамияти кўрсатилиб ўтилган. Бунда ўқувчиларнинг ёши ва синфи чегараланмайди ва уларни қизиқишларида турли ҳил ўйинлар, филмлар, аниматсион ҳикоялар яратиш мумкинлиги айтиб ўтилган. Калит сўзлар: Skrаtch, дастурлаш, анимация, график, компютер, мултимедия, мотивация, синхронизация Skrаtch дастурлаш - Нисбатан яқинда пайдо бўлган дастурлаш муҳити бошланғич ва ўрта мактаб ёшидаги ўқувчиларга ўйинлар, филмлар, аниматсион ҳикоялар ва бошқа кўп нарсаларни яратишга имкон беради. Объектга йуналтирилган муҳитда Skrаtch дастури турли хил буйруқлар блокларидан Лего конструкторларида кўп рангли ғиштлардан қандай қилиб йиғилса, худди шу тарзда «йиғилади». Skrаtch дастурлари график блокларни стекларга бирлаштириш орқали яратилади. Шу билан бирга, блоклар фақат синтактик тўғри конструктсияларда бирлаштирилиши мумкин бўлган тарзда амалга оширилади, бу эса хатоларни йуқ қилади. Турли хил маълумотлар турлари турли хил блок шаклларига эга бўлиб, объектларнинг бир-бирига мослиги мос келмаслигини таъкидлайди. Дастур ишлаётганда ҳам унга ўзгартиришлар киритиш мумкин, бу муаммони ҳал қилишда янги ғоялар билан тажриба ўтказишга имкон беради. Оддий буйруқларни бажариш натижасида кўплаб объектлар турли хил хусусиятларга эга бўлган мураккаб модел яратилади. Дастурлаш тўғрисида олдиндан ҳеч қандай маълумотга эга бўлмасдан тилни нолдан ишлатишни бошлашимиз мумкин. Шуни таъкидлаш керакки, Skrаtch замонавий дунёга бошқа муҳим педагогик ташаббуслар қатори кириб келмоқда. Улар бепул дастурий таъминот ҳаракати ва «Битта бола, битта компютер» - 1: 1 ҳаракати. Ушбу ҳаракат мафкурасига кўра, бола дастур-дастурларни эмас, балки турли хил фаолият усулларини ўзлаштириши керак: ўз ҳикояларини яратиш, ўйинлар ихтиро қилиш, компютер моделларини ишлаб чиқиш. Бундай мақсадлар учун Skrаtch жуда мос келади. Тилни ишлаб чиқувчилар Skrаtch муҳитида болалар замонавий маданиятни мустақил равишда қандай қилиб ўзлаштириши, тасвирлар, товушлар, аниматсиялар билан ўйнашлари ҳақида ўйлашади. Ушбу муҳитда ўқувчилар тайёр компютер ўйинларидан фойдаланмайдилар, балки ўзларининг ўйинлари, ҳикоялари ва моделларини қурадилар. Ушбу ижодий фаолият давомида ўқувчилар ривожланади. 1:1 ҳаракатининг мақсади нафақат болаларга техник воситаларни бериш, балки аксарият катталар ўйлагандан кўра яхшироқ ва чуқурроқ фикрлашга ёрдам беришдир. Ушбу мақсадга эришиш учун янги қудратли ғояларни тақдим этишнинг янги усуллари тақдим этилиши мумкин бўлган электрон қоғозларнинг янги шакллари каби янги техник ва дастурий муҳитлар яратилмоқда. Катталар ҳам, болалар ҳам ўқиш, ўйнаш, таснифлаш, муҳокама қилиш ва танқид қилишлари учун ушбу янги адабиёт намуналари Интернетда нашр этилмоқда. Билимларни ўзлаштиришнинг янги услуби талабаларга ғоялар ҳақида ўйлаш ва уларни муҳокама ва танқид қилиш учун қулай бўлган тармоқ шаклида тақдим этиш имкониятини беради. Алан Кай таъкидлаганидек, «мунозара ва танқид қилиш имконияти бу ўрганишнинг энг қадимий асосларидан биридир». Чуқур ғоялар билан ўзаро алоқалар тажрибаси одамларни ё’лдан оздириши қийинлашади, чунки улар танқидий ва ҳар қандай афсона ва мим билан фаол ишлаш тажрибасига эга бўладилар. Scratch мафкурасининг ўзи ўқитишда муаммоли ёндашув ва лойиҳа усули каби замонавий ўқитиш усуллари ва технологияларидан фойдаланишга имкон беради. Тилнинг асосий тузилмалари ва атроф-муҳит имкониятларини ўргангандан сўнг, тегишли лойиҳани яратиш ва ишлаб чиқиш вазифаси қўйилади. Булар турли хил ҳикоялар бўлиши мумкин, мавзуни ўқитувчи талабаларнинг ёш хусусиятларини ҳисобга олган ҳолда таклиф қилади, масалан, «Менинг оилам», «Менинг севимли машғулотим», «Иқтидорли одамлар» (про- Апрель 2021 10-қисм Тошкент 161 педевтик таълим лойиҳаларининг ан’анавий мавзулари); реклама роликлари; мактабда ўқиган ва оддийгина ўқувчилар севадиган шеърлар ва эртакларга асосланган аниматсион ҳикоялар ҳисобланади. Skrаtch ўзининг соддалигига қарамай, фойдаланувчига мултимедиа ресурслари билан ишлаш учун турли хил воситаларни тақдим этади, бу ўқувчиларда қизиқиш уйғотади, умуман мавзу учун ижобий мотиватция ривожланишига ҳисса қўшади. Шу билан бирга, уни ўрганишни бошлаш учун ўқиш қобилиятидан бошқа ҳеч нарса талаб қилинмайди, чунки дастур тайёр рангли блоклардан иборат. Деярли барча биринчи синф ўқувчилари ушбу даражага тўғри келади. Ўқувчилар Scratch -да лойиҳада ишлашда такрорлашлар, шартлар, ўзгарувчилар, маълумотлар турлари, ҳодисалар ва жараёнлар каби муҳим ҳисоблаш тушунчаларини ўрганиш имкониятига эга бўладилар. Ушбу тушунчаларни бошланғич мактабдан коллежгача бўлган барча ёшдаги ўқувчиларга таништириш учун аллақачон Scratch ишлатилган. Шундай қилиб, Scratch дастурлашни фонда қолдириб, ижодкорлик воситаси сифатида қаралиши мумкин. Болалар ҳикоялар ёзишлари, чизишлари ва ўзлари ихтиро қилган белгиларни экранда ҳаётга тадбиқ этиши, график ва товуш билан ишлашни ўрганиши мумкин. Scratch имкониятлари учун кўплаб дастурлар мавжуд: бу муҳитда аниматсион посткарталар, тақдимотлар, ўйинлар, мултфилмлар ва турли хил моделларни яратиш осон. Тил ва умуман мафкуранинг соддалиги туфайли Scratch дастурлаш асосларини ўрганишни осонлаштиради. Инглиз ёки рус тилларида қайси версияда ишлаш синфнинг қобилиятига боғлиқ. Фойдаланилган адабиётлар 1. Маржи, Мажед М25 Scratch для детей. Самоучитель по программированию / Мажед Маржи; пер. с англ. М. Гескиной и С. Таскаевой — М. : Манн, Иванов и Фербер, 2017. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 162 ОСОБЕННОСТИ ОБУЧЕНИЯ СТУДЕНТОВ ИНЖЕНЕРНОТЕХНОЛОГИЧЕСКИХ НАПРАВЛЕНИЙ К ОБЪЕКТНО-ОРИЕНТИРОВАННОМУ ПРОГРАММИРОВАНИЮ Раджапов Айбек Аллаберганович УрДу radjapovAybek84@gmail.com +998914216131 Хасанов Азизбек Баходирович УрДу azizbek.Ip@gmail.com +998977697571 Аннотация: В статье обсуждается вопрос обучения студентов к объектно-ориентированному программированию. Анализируются основные трудности в процессе обучения. Приводятся возможности применения инновационных педагогических методов на занятиях. Ключевые слова: Объектно-ориентированное программирование, особенности обучения к программированию, методы обучения. Введение. «Информатика и информационные технологии» является одной из самых динамично изменяющихся и обновляющихся учебных дисциплин. В настоящее время методология обучения объектно-ориентированного программирования является ведущей в информатике. Методика обучения программированию должна соответствовать современным разработкам в компьютерных науках, поэтому существует насущная потребность в глубоком изучении методологии объектно-ориентированного программирования. Основная задача инженера-технолога в своей профессиональной деятельности является выполнение сложных расчётов и вычислений, что в свою очередь, требует навыков компьютерного программирования. Среди современных информационных технологий программирование занимает особое место. В технологиях программирования в определенной степени синтезируются все достижения информатики на каждом этапе ее развития. Визуальное программирование - одна из современных технологий программирования. В ее основе лежит объектно-ориентированный подход к описанию процессов (явлений), который, по утверждению ряда исследователей, является одним из наиболее эффективных и удобных средств, используемых сегодня программистами для создания больших программных систем. Кроме того, при визуальном программировании учитывается вероятностная природа решаемых задач, что, естественно, более соответствует реальной действительности.Навыки программирования в среде визуального программирования в настоящее время становятся перспективным компонентом профессиональной деятельности инженера-технолога. Это обусловлено следующими обстоятельствами. Подготовка студентов по информатике, чья дальнейшая профессиональная деятельность будет связана с программированием, ведется в рамках соответствующего профильного курса. Его содержание включает и знакомство с принципами и технологиями программирования, среди которых визуальное объектно-ориентированное программирование занимает ведущее место. · Навыки программирования в среде визуального объектно-ориентированного программирования дают возможность инженеру-технологу разрабатывать на профессиональном уровне программы для инженерных расчётов. · Навыки программирования в среде визуального объектно-ориентированного программирования повышают профессиональный уровень использования современных прикладных программ, позволяя конструировать для них надстройки, применимые в реальной практике. Таким образом, необходимость объектно-ориентированного программирования определяется потребностью в совершенствовании подготовки инженера-технолога, связанного с необходимостью обучения их визуальному программированию как компонента современной профессиональной подготовки. Особенностью процесса обучения студентов к навы- Апрель 2021 10-қисм Тошкент 163 кам объектно-ориентированного программирования является то, что на основе визуальных объектно-ориентированных сред, обычно, лежать языки рограммирования более низкого уровня (например, на основе Delphi лежит алгоритмический язык Pascal). А изучение алгоритмических языков программирования требует у студентов больших усилий. Такая особенность связана с тем, что программирование в алгоритмических языках, объектноориентированных средах требует у студентов “особый склад ума” или необычно большое внимание в процессе изучения. Некоторым стедентам программирование выдаётся легко, а для других является чрезвычайно трудным. Трудности усвоения навыков программирования В методологии объектно-ориентированного программирования (ООП) за пятьдесят лет существования сформированы знания и накоплен опыт по качественной разработке объектно-ориентированного программного обеспечения. В настоящее время методология ООП становится одной из центральных в подготовке будущих специалистов, существует потребность в ее глубоком изучении, но обучение ООП в вузах началось сравнительно недавно. Студенты испытывают различные трудности в процессе обучения ООП, такие как: изменение стиля мышления с алгоритмического на объектно-ориентированный; изучение объектной декомпозиции на практике; С одной стороны, основной причиной проблем в обучении является недостаточная теоретическая разработанность методики обучения ООП. С другой стороны, для студентов трудности изучения ООП связаны со сложностью процесса разработки программного обеспечения. Методы обучения. В настоящее время в педагогике имеется множество современных инновационных методов обучения, которые успешно применяются в учебном процессе высших учебных заведений нашей республики. Но эффективность применения существующих инновационных методов в процессе обучения студентов к основам программирования на алгоритмических языках и на визуальных объектно-ориентированных средах мало изучена. - навыки объектно-ориентированного программирования, в том числе в среде визуального программирования Delphi7, в настоящее время становятся перспективным компонентом профессиональной деятельности инженера-технолога; - из-за трудности освоения навыков программирования для решения инженерных и технлогических задач, предлогаю разработчикам типовых программ дисциплины “Информатика и информационные технологии” уделять больше внимания к разделу “Объектно-ориентированное программирование”. Литература: 1. https://4brain.ru/pedagogika/new-methods.php. 2. http://uu.vlsu.ru/files/Innovachionnie_MO. 3. Черкасов Михаил Николаевич. ИННОВАЦИОННЫЕ МЕТОДЫ ОБУЧЕНИЯ СТУДЕНТОВ. «Инновации в науке»: материалы XIV международной заочной научнопрактической конференции. (Россия, г.Новосибирск. 19 ноября 2012 г.); [под ред. Я. А. Полонского]. 4. Ф.М.Закирова. Содержательный аспект информационно-коммуникационной подготовки преподавателей высшей школы Высшее образование сегодня, 2008, стр.82-83. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 164 ПЕДАГОГИК ТЕХНОЛОГИЯ ВА ТАЪЛИМ СИФАТИ Рахимов Адхам Барат ўғли Ўзбекистон Педагогика фанлари илмий тадқиқот институти мустақил изланувчиси Телефон: 94-192-62-00 Аннотация. Мазкур мақолада хорижий тилларни ўқитишда педагогик технология ва таълим сифати, уларнинг мазмун-моҳияяти каби масалалар ёритиб берилган. Калит сўзлар: педагогик технология, таълим-тарбия, хорижий тил (инглиз тили), анъанавий таълим, таълим сифати. «Педагогик технология» ибораси биринчи марта 1970 йилда япон олими Т.Сакамотэ томонидан киритилган. Олимнинг фикрича- педагогик технология (ўқитиш технологияси) ўқитишнинг мақбуллигини таъминловчи йўл-йўриқлар тизими билан боғлиқ билимлар соҳасидир. ЮНЕСКО томонидан қуйидагича таъриф берилган: педагогик технология- бу таълим шаклларини оптималлаштириш мақсадида техник воситалар, инсон салоҳияти ҳамда уларнинг ўзаро таъсирини инобатга олиб, ўқитиш ва билим ўзлаштиришнинг барча жараёнларини аниқлаш, яратиш, уни қўллашнинг тизимли (лойиҳалаштирилган) методи (усули) дир. Педагогик технология таълим-тарбиядан кўзланган мақсадга эришиш учун ўқув жараёнида қўлланиладиган усуллар, воситалар мажмуидир. Педагогик технология эскими, янгими қадимдан мавжуд. Бироқ жамият тараққий этган сари маъориф олдига ўзининг янгидан-янги ижтимоий буюртмаларини қўйиб борганлиги туфайли, таълим-тарбия жараёни ҳам замонавий илғор методлар, усуллар билан бойиб, янгиланиб боради. Педагогик технологиянинг йўналишлари кўп. Ҳозирги анъанавий таълим, бу XVII асрда Я.А.Коменскийнинг дидактик тамойиллари асосида шаклланиб, ҳозирда дунёдаги мактабларда энг кўп қўлланилаётган синф-дарс тизимидан иборат. Замонавий педагогик технологиялар асосан шу тизимни турли йўналишларда такомиллаштириш мақсадларида яратилиб, ҳозирда турли йўналишларда ривожланмоқда. Маълумки, чет тилини ўқитишдан мақсад талабаларда чет тилини амалий тарзда ўзлаштириш ва уларда коммуникатив маданиятни шакллантириш ҳамда ривожлантиришдан иборат. Бунда ўқитувчининг вазифаси талабаларда чет тилини ўрганиш жараёнида тилни пухта эгаллашлари ва уларнинг ижодий тафаккур фаолиятини фаоллаштиришдан иборат. Таьлим жараёнининг самарадорлиги кўп жиҳатдан иштирокчиларнинг фаоллигини, аниқ мақсад сари интилишлари ва интизомли булишларига боғлиқ. Педагогик технологияларнинг ўзига хос жиҳатлари шундан иборатки, унда ўқув мақсадларга эришишни кафолатлайдиган ўқув жараёни лойиҳалаштирилади ва амалга оширилади. Таълим-тарбия мақсади ва вазифаларини шундай белгилаш керакки, унда умумий жамият ўқув мақсадлари ва ҳар бир босқичларининг аниқ мақсади ва вазифалари муштарак боғлиқлигини таъминлаши лозим. Ҳозирги янгиланиш даврида таълим жараёнини такомиллаштиришни амалга оширишда замонавий компьютер ва телекоммуникация технологияларини қўлланилиши ўқитувчининг фаолиятини ўқув жараёнида унинг мазмунини ва функциясини кескин ўзгартириб юборади. Замонавий педагогик технологиялар хорижий тилларни ўқитишда дарс ўтиш услубини кенгайтириб, дарснинг сифатини ошириб боради. Шундагина таълим жараёнининг самарадорлигига эришиш мумкин. Ўқитувчи ўз талабаларининг дарс жараёнидаги илмий – амалий фаолиятини самарали ташкил қилиш аввалдан режалиштирилган, аниқ бир мақсадгамустақил матн яратишга йўналтириш учун ҳар бир дарс пухта режалаштирилиши, дарсни замонавий педагогик технологиялар асосида ташкил қилиши зарур албатта. Хорижий тилни ўргатишда амалий машғулотларда янги педагогик технологиялардан фойдаланиш ўзининг ижобий натижаларини кўрсатмоқда. Янги педагогик усуллардан фойдаланиш нафақат талабаларга, балъки ўқитувчига ҳам Апрель 2021 10-қисм Тошкент 165 таълим бериш жараёнини енгиллаштириб бермоқда. Ҳар бир усул белгиланган муайян мақсадни ечишда ўз ўрнида ишлатилса, у шубҳасиз фаолдир. Масалан: маърузаларда Б /БХ /Б технологиясдан фойдаланилса ўқитувчи талабаларнинг қизиқишини уйғотади. Чунки дарснинг муҳокама қисмида талаба жавобгарлигини ҳис қилиб ўтиради ва маърузани тинглайди. Амалий дарсларда думалоқ стол методи, давра суҳбатлари методи, зигзак методи, можаро методи, тармоқлар (Кластер) методларидан фойдаланиш муҳим аҳамият касб этади. Булар ичида кўпроқ ишлатиладигани кластер методи. Фикрларнинг тармоқланиши бу педагогик стратегия бўлиб у талаба-ўқувчиларни бирор–бир мавзуни чуқур ўрганишларига ёрдам бериб талаба-ўқувчиларни мавзуга тааллуқли тушунча ёки аниқ фикрни эркин ва очиқ равшан кетма–кетлик билан узвий боғлаган ҳолда тармоқлашларига ўргатади. Бу метод бирон мавзуни чуқур ўрганишдан аввал талаба-ўқувчиларнинг фикрлаш қобилиятини жадаллаштириш ҳамда кенгайтириш учун хизмат қилиши мумкин. Шунингдек, ўтилган мавзуни мустаҳкамлаш, яхши ўзлаштириш, умумлаштириш ҳамда талаба-ўқувчиларнинг шу мавзу бўйича тасаввурларини чизма шаклида ифодалашга ундайди. Педагогик технологиялар талабалар фаоллигининг юқори даражасини таъминлаш асосида олдиндан белгиланган мақсадга эришишга қаратилган булишини таъминлаш ўқитувчининг маҳоратига боғлиқ. Ҳозирги пайтда дарснинг хилма-хил ноанъанавий шакллари жорий этилмоқда. Бундай дарслар ўқувчининг ижодий қобилиятини ўстириш, ақлий салоҳиятини кучайтириш, илмий дунёқарашини кенгайтириш ва ҳар бир янгиликни тез ва тўла қабул қила олиш кўникма ва малакаларини таркиб топтиради. Дарс жараёнида инновацион технологияларни қўллаш ўқувчиларда илмий изланишга қизиқишни уйғотади, ижодкорлик ва бунёдкорлик қобилиятини ривожлантиради. Натижада эгалланган билим, кўникма ва малакалар амалий фаолиятда татбиқ этилади, ўзлаштириш сифати ошади. Бунинг учун ўқитувчи маҳоратли бўлиши ва мавзуларнинг мазмунига қараб дарсни тўғри режалаштириши, машғулот давомида барча ўқувчиларни фаол ва онгли ишлашларига эришмоғи лозим.Таълим жараёни унинг сифати ва аҳамияти талабанинг билимини оширишга ёрдам берадиган усул ва воситалар ўкитувчининг кўникма ва малакалари янги педагогик технология ва информацион технологиялар замонавий таьлимнинг асосий белгиларидан бири бўлиб, уларнинг амалга ошириш орқали юқори самарага эришилади. Адабиётлар рўйхати: 1.Инновацион таълим технологиялари / Муслимов Н.А., Усмонбоева М.Ҳ., Сайфуров Д.М., Тўраев А.Б. – Тошкент: 2015. 2. Давронов П.З. Янги педагогик технологиялар -Самарқанд-2008. 3. Тўрақулов Э.Янги педагогик технологияларҳақида- Самарқанд, 2007. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 166 РАЗВИТИЕ ТРАДИЦИЙ «НАСТАВНИК–МОЛОДОЙ СПЕЦИАЛИСТ», КАК СРЕДСТВО ПЕДАГОГИЧЕСКОГО СОТРУДНИЧЕСТВА Саидова Гулчехра Фазлитдиновна, Учитель русского языка школы №5 Навоийская область Карманинский район Любой человек, начинающий свой профессиональный путь, испытывает затруднения, проблемы из-за отсутствия необходимого опыта. Становление учителя происходит труднее, сложнее, чем у представителей другой профессии потому, что педагогическое образование не гарантирует успех начинающему педагогу. Педагог - это не профессия, это образ жизни. Современный ритм жизни требует от педагога непрерывного профессионального роста, творческого отношения к работе, самоотдачи. Конечно же, настоящий педагог обладает профессиональными педагогическими умениями и навыками, владеет инновационными технологиями обучения и воспитания. Очень важную роль играют личностные качества педагога: педагогическая позиция, отношение к жизни, коллегам, детям и людям вообще. Все эти профессиональные умения и свойства характера в первую очередь присущи, конечно же, педагогу с многолетним опытом работы. А как же быть начинающему педагогу, только что окончившему институт или университет? В начале своей профессиональной деятельности молодой преподаватель сталкивается с определенными трудностями. Неумение точно рассчитать время на занятии, логично выстроить последовательность этапов занятия, затруднения при объяснении материала, отсутствие взаимопонимания с детьми и коллегами, сложности при наборе детей в объединения - вот далеко не полный перечень невзгод, подстерегающих педагога-новичка. Начинающий педагог должен освоиться в новом коллективе, наладить правильные отношения со студентами, уметь грамотно и эмоционально говорить на занятиях, стараться заинтересовать студентов своим предметом. То есть, коротко говоря, научиться учить. Ему необходимо выработать свой индивидуальный стиль общения с детьми, коллегами и администрацией учреждения. Для педагога это новая личностная ситуация – ответственность за качество своей работы, результат, который ожидают педагоги, обучающиеся, родители. Молодому специалисту необходима постоянная товарищеская помощь. Начинающим педагогам было бы легче начинать свою педагогическую деятельность, если бы старшее поколение преподавателей стремилось передать им свой опыт, а они при этом готовы были бы его принять. Наставничество - одна из наиболее эффективных форм профессиональной адаптации молодых учителей, способствующая повышению их профессиональной компетентности и закреплению в образовательном учреждении. Цели наставничества: наставничество создано с целью научно-методического сопровождения деятельности начинающих педагогов, повышения их профессионального мастерства, раскрытия индивидуальных педагогических способностей, формирования потребности в постоянном саморазвитии и самосовершенствовании. Чтобы осуществлять наставническую деятельность, мало быть просто опытным высококвалифицированным педагогом, со своей сложившейся системой педагогической деятельности. Необходимо развивать свой творческий потенциал, постоянно находиться в научном педагогическом поиске, совершенствовать свои формы и методы работы, осуществлять межличностное общение с коллегами (перенимать чужой опыт и делиться собственными разработками). Основные задачи наставника: -способствовать формированию потребности заниматься самоанализом результатов своей профессиональной деятельности; - показывать собственный положительный пример в поиске научных знаний, в готовности передавать их подрастающему поколению; - развивать интерес к методике построения и организации результативного учебного процесса;- способствовать формированию приемов педагогического контроля и самоконтроля молодого учителя; - ориентировать начинающего учителя на творческое использование передового Апрель 2021 10-қисм Тошкент 167 педагогического опыта в своей педагогической деятельности; - привить молодому специалисту интереса к педагогической деятельности и закрепление учителя в образовательном учреждении; - ускорить процесс профессионального становления учителя и развитие способности самостоятельно и качественно выполнять возложенные на него обязанности по занимаемой должности. Выбор формы работы наставником начинается с вводного собеседования, где молодой специалист рассказывает о своих трудностях, проблемах, неудачах. Затем определяется совместная программа работы начинающего учителя с наставником. Наставничество – это постоянный диалог, межличностная коммуникация. Наиболее эффективными формами являются коллективное и индивидуальное наставничество, этот метод адаптации специалиста предполагает гибкость в организации: нет набора правил и требований, может реализовываться в различных ситуациях различными способами; в основе наставничества - конструктивное профессиональное взаимодействие, взаимный интерес. Показано, что формирование и развитие системы наставничества может интенсифицировать потребности молодого педагога в саморазвитии, самосовершенствовании и способствовать его самореализации. Всестороннее рассмотрение эффективности системы наставничества позволит руководителям образовательных учреждений, педагогам-наставникам быстро и качественно решать задачи профессионального становления молодого учителя, включать его в проектирование своего развития, оказывать помощь в самоорганизации, самоанализе этого развития, повышать его профессиональный уровень. Список литературы: 1. Амонишвили Ш.А. Педагогика сотрудничества: гуманизация педагогического процесса // Перспективы. 1990. - №4. 2. Осухова Н.Г. Становление творческой индивидуальности педагога // Педагогика. 1992. - №3-4. - С.53-57. 3. Педагогика: учебное пособие для студентов педагогических вузов и педагогических колледжей / Под ред.П.П.Пидкасистого. М., 1995 4. Скульский Р.П. Учиться быть учителем. М.: Педагогика, 1986. 5. Сластенин В.А. и др. Педагогика. Учебное пособие для студ. высш. пед. учеб. заведений. М., Издательский центр «Академия», 2002.. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 168 ОЛИЙ ТАЪЛИМ МУАССАСАЛАРИ ФАОЛИЯТИНИ ИННОВАЦИОН БОШҚАРИШ –МУТАХАССИСЛАРНИ ЮҚОРИ САВИЯГА КЎТАРИШ ОМИЛЛАРИДАН БИРИ Абдулҳаким Усанов Эшонқулович Термиз давлат университети ўқитувчиси Тел: 91-510-86-50 Аннотация. Мақолада олий таълим муассасалари фаолиятини инновацион бошқа­ ришнинг мазмун-моҳияти, умуман таълим тизимини бошқариш хусусиятлари каби масалалар ёритиб берилган. Калит сўзлар: инновация, бошқариш, таълим тизими, ўқитувчи, акмеология, меъёрий ҳужжатлар, инновацион бошқарув. Сўнгги йилларда амалга оширилган тадқиқотлар натижаларининг таҳлили ташаббус, ижод, таваккалчилик, имкониятларни излаш, эркинлик, ўз кучига бўлган ишонч, ҳар бир шахснинг муайян даражада қобилиятга эгалиги каби ҳолатларнинг мавжуд шароитда ижтимоий ва иқтисодий қадриятлар сифатида эътироф этилаётганлиги аниқланди (Ангеловский К.). Назарий таҳлил натижалари таълим тизимида инновация таснифини белгилаш учун мезонларни ажратишда қуйидаги талабларга риоя қилиш мақсадга мувофиқлиги кўрсатади: тасниф белгиларнинг ўзаро уйғунлиги; мезонларнинг сифат ва самарадорлигини аниқлаш имкониятининг мавжудлиги; тақдим этилаётган таснифий белгиларнинг илмий янгилиги ва амалий аҳамияти. Инновацион тасниф мезонларига мувофиқ таълим тизимида рўй бераётган ижобий ўзгаришлар, янгиликларни қуйидагича гуруҳлаш мумкин: 1. Қўлланиш кўламига кўра фарқланувчи инновациялар: мамлакат таълим тизимига тадбиқ этилувчи янгиликлар (Ўзбекистон Республикасининг “Таълим тўғрисида”ги Қонуни, республика Олий ва ўрта махсус таълим ва Халқ таълими вазирликларининг Қарорлари, Низомлар, ўқув фанлари бўйича ишлаб чиқилган давлат таълим стандартлари); минтақа (вилоят, шаҳар ва туман) Халқ таълими бошқармалари, бўлимлари, олий, ўрта махсус ва уумий ўрта таълим муассасалари фаолиятига тадбиқ этилувчи янгиликлар (ҳудудий таълим тизими, минтақавий тажриба майдонлари); муайян таълим муассасалари фаолиятига тадбиқ этилувчи янгиликлар (бошқарув тизими, таълим ва тарбия технологиялари, Интернет халқаро ахборот тармоғидаги сайтлар). 2. Қўллашнинг мураккаблигига кўра фарқланувчи инновациялар: хусусий (ўқув жадвалига янги курсларининг киритилиши, мавжуд ўқув дастурларининг янгиланиши); локал (ўзаро боғлиқ бўлмаган янги малакавий тавсифларнинг жорий этилиши; янги бошқарув тизимининг ташкил этиш; педагогик жараёнини инсонийлаштириш учун шароитларнинг яратилиши); умумий (умумий таълим мактабларининг фаолиятини яхлит ёки алоҳида таркибий тузилмасини қамраб олувчи тизимли инновациялар, заҳираларни асраш мақсадида педагогик жамоа фаолиятининг оқилона циклограммаларини ишлаб чиқиш). 3. Самарадорлигига кўра фарқланувчи инновациялар: илмий-техникавий (муаллифлик гувоҳномасини олиш, ахборот технологияларининг кенгайиши, педагогик фаолиятнинг ташкилий самарадорлигининг ошиши, муаллифлик дастурларининг ишлаб чиқилиши); ижтимоий (педагоглар эҳтиёжларининг қондирилиши, касбий фаолиятни ташкил этиш ва дам олиш шароитларининг яхшиланиши, ўқувчиларнинг ҳар томонлама ривожланишлари учун шароитларнинг яратилганлиги, ижобий сифатларининг бойиганлиги, ўқувчиларни педагогик қўллаб-қувватлаш ва ижтимоий ҳимоялаш ва ҳ.к.); иқтисодий (касбий фаолият самарадорлигининг ошиши, ойлик маош ҳажмининг кўпайиши, умумий таълим мактаблари моддий-техник асосининг мустаҳкамланиши ва б.ш). 4. Шаклига кўра фарқланувчи инновациялар: ихтиролар, кашфиётлар, патентлар, таълим хизматлари; таълимнинг такомиллашган шакллари, методлари, воситалари, технологиялар; таълим муассасаларининг товар белгилари, савдо маркалари, рамзлари (байроқ, мадҳия, эмблемалар), овозли ва видео ёзувлар; таълим, бошқарув ҳамда технологик жа- Апрель 2021 10-қисм Тошкент 169 раёнларни ифодаловчи янги ҳужжатлар (умумий таълим мактабларининг устави, ўқув режаси кабилар); янги тизимлар (ҳомийлик кенгаши; дарс фаолиятидан холи бўлган синфи, тарбиячи лавозимларининг киритилиши; илмий-методик ишларни ташкиллаштириш); таълим муассасалари фаолиятини мақбуллаштириш учун яратилган психологик-педагогик шарт-шароитлар (мактаб жамоасида қарор топтирилган шахслараро муносабатлари; педагогик жамоа анъаналари; психологик тренингларни ташкиллаштириш; жамоанинг ҳар бир аъзосига эътиборли муносабат; бошқарувда психологик-педагогик методларни қўллаш кабилар). 5. Қўлланиш соҳасига кўра фарқланувчи инновациялар: бошқарув (бошқарувнинг тизим ва усулларида, бошқарув субъектининг вазифаларидаги ўзгаришлар); таълим жараёни (янги таълим технологиялари, шакллари, методлари; воситалари, муҳим таълим ҳужжатлари, ташхислар, пулли таълим хизматини кўрсатиш); тарбия жараёни (янги тарбия технологиялари, шакллари, методлари, воситалари, ижтимоий муҳит билан педагогик бирликка эришиш кабилар); моддий-техник асос (тадбиркорлик фаолиятини ташкил этиш, таъминотчилар билан шартнома тузиш, ҳомийларни жалб қилиш ва б.ш.лар); педагоглар меҳнатини рағбатлантириш (соғлом психологик-педагогик муҳитни яратиш, маълум имтиёзларни таъсис этиш, рағбатлантириш турли кўринишлари ва ҳ.к.). 6. Инновацион имкониятларига кўра фарқланувчи инновациялар: аналогли ёки прототипга эга ҳамда янгиликлар яратиш билан боғлиқ инновациялар (методиканинг турли кўринишлари, предмет мазмуни, педагог ходимларнинг лавозим мажбуриятларидаги ўзгаришлар ва ҳ.к); комбинатор инновациялар, яъни илгари маълум бўлган методикаларнинг технологик унсурларининг янги лойиҳавий бирикуви; радикал, яъни муқобил варианти мавжуд бўлмаган инновациялар. 7. Амалда қўлланилган инновациялардан фарқли жиҳатларни ифодаловчи инновациялар: ўриндош, яъни мазмунан эскирган маълум таълимий восита ўрнида қўлланилувчи инновациялар (бадиий студиялар, тўгараклар, дарсдан ташқари маънавий-маърифий ишларнинг пулли ва бошқа шакллари); бекор қилувчи инновациялар (умумий таълим мактабларини ривожлантириш нуқтаи назаридан истиқболли бўлмаса, муайян тизим фаолиятини тугатиш, бекор қилиш); ретро, яъни қачонлардир таълим ёки бошқарув амалиётида фойдаланилган янгиликларни таълим муассаси фаолиятига тадбиқ этиш. 8. Таълим муассаси мақомининг ўзгартириши билан боғлиқ инновациялар: умумий таълим мактабларининг ташкилий-ҳуқуқий (давлат, маҳаллий, нодавлат) шаклларини ўзгартиришга йўналтирилган инновациялар; умумий таълим мактабларининг турини ўзгартирувчи инновациялар. 9. Молиялаштириш даражасига кўра фарқланувчи инновациялар: республика миқёсида қўлланилувчи инновациялар (оммавий тажриба майдонлари, масалан, Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг “Умумий таълимнинг таркиби ва мазмунини такомиллаштириш борасид тажриба ўтказиш ҳақида” (1998 йил 5 майда)ги Қарорига асосан республика таълим муассасалари оммавий тажриба майдонлари сифатида танланган); минтақавий (вилоят, шаҳар ва туман миқёсидаги синов майдончалари); пулли қўшимча таълим хизматлари, тўгараклар ва ҳ.к. Тарихий истиқболдан бизга маълумки, ҳар кандай жамият ёш авлодни тарбиясига бефарқ бўлмаган. Бугунги кунга келиб, таълим ва тарбия давлат сиёсатига айланди. Республикамизнинг келажаги, равнаки таълим ва тарбия ишларини кай тарзда олиб борилишига боглик. Таълим ва тарбия сохасини такомиллаштириш, бу борада янги замонавий илғор педагогик технологияларни жорий этишнинг тизимли асосларини яратиш шу куннинг долзарб масаласи ҳисобланади. Бу борада олий таълим тизимининг ўзига хос бўлган вазифалари бўлиб, жумладан, унинг мазмуни бўлажак мутахассисни ҳар томонлама шакллантиришга боғлиқ. Унга илмий ёндошувлар эса таълим мазмунини билимлар, малака ва кўникмалар, қарашлар ва эътиқодлар, шунингдек назарий ва амалий тайёргарликларнинг ривожланишига боғлиқ. Таълим мазмунининг моҳияти унга бўлган турли ёндошувлар билан изоҳланади. Ҳозирги кунга келиб ушбу ёндошувларни икки кўринишда, яъни анъанавий ва инновацион ёндошувлар тарзида талқин этиш мумкин. Олий таълим тизимида анъанавий ёндошувнинг ўзига хос хусусиятларини кўриб чиқадиган бўлсак, янги материалнинг деярли барчаси ўқитувчи томонидан баён этилиши, улар маъруза ва семинар шаклидда бир хил усулда олиб борилиши билан белгиланади. Уму- Апрель 2021 10-қисм Тошкент 170 ман олганда, бу тизимда талабалар машғулотда суст катнашишлари ва машғулотларнинг паст самарасидан иборат. Инновацион ёндошув таълим тизимининг енгил ривожланиши ҳисобланади. Ҳозирги кунда кўплаб олимлар, тадқиқотчилар томонидан бу тушунча ва унга синоним бўлган сўзлар, яъни илғор педагогик технологиялар, замонавий методика, такомиллаштирилган усул каби тушунча ва иборалар қўлланилмоқда. Ўқитувчининг инновацион фаолияти яратувчанлик ва ижодий фаолият натижаси сифатида қаралади. В.А.Сластенин ўқитувчининг инновацион фаолиятига акмеологик (юнонча “acme” – олий нуқта, ўткир, гуллаган, етук, энг яхши давр) жиҳатдан ёндошади. В.А.Сластенин акмеологияни мутахассиснинг касбий фаолиятда юқори натижаларга эришишига имконият яратувчи обьектив ва субьектив омиллар сифатида асослаб беради. Фойдаланилган адабиётлар: 1. Мирзиёев Ш.М. Буюк келажагимизни мард ва олижаноб халқимиз билан бирга қурамиз. – Т.: Ўзбекистон, 2017. – 488 б. 2. Ўзбекистон Республикаси Президенти Қарори “Олий таълим тизимини янада ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”. 20.04.2017 й., ПҚ-2909, Ўзбекистон Республикаси қонун ҳужжатлари тўплами, 2017 й., 18-сон, 313-модда, 19-сон, 335-модда, 24-сон, 490-моодда. 3. Азизходжаева Н.Н. Педагогик технология ва педагогик маҳорат. Ўқув қўлланма. – Т.: ТДПУ, 2003. – 174 б. 4. Муслимов Н.А., Усмонбоева М., Мирсолиева М. “Инновацион таълим технологиялари ва педагогик компетентлик” модули бўйича ўқув-услубий мажмуа. – Т: -2016. – 147 б. 5. Сластенин В.А. Педагогика: учебное пособие для студентов педагогических учебных заведений. – М.: 2000. – 512 с. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 171 ИНТЕРФАОЛ МЕТОДЛАРНИНГ ТАЪЛИМ ЖАРАЕНИДАГИ АХАМИЯТИ. Усмонова Шахноза Аюбжоновна Наманган вилояти Норин тумани 11-умумий урта таълим мактаби бошлангич синф укитувчиси Телефон:+998996348331 usmonova83@gmail.com Аннотация: Хозирда таълим методларини такомиллаштириш сохасидаги асосий йуналишларидан бири интерфаол таълим ва тарбия усулларини жорий килишдан иборат. Ушбу маколада интерфаол усулларни куллаш натижасида укувчиларнинг мустакил фикрлаш , тахлил килиш , хулосалар чикариш , уз фикрини баен килиш , уни асослаган холда химоя кила билиш , соглом мулокот , мунозара,бахс олиб бориш куникмалари шаклланиб, ривожланиб бориши,уларнинг турлари хакида фикр юритилади. Калит сузлар: интерфаол таълим методари , конструктивизм , янги билимларни бериш, куникмаларни шакллантириш, ривожлантириш , мустахкамлаш , билимларни такрорлаш, амалда куллаш машгулотлари Интерфаол метод - таълим жараенида укувчилар хамда укитувчи уртасидаги фаолликни ошириш оркали укувчиларнинг билимларни узлаштиришини фаоллаштириш , шахсий сифатларини ривожлантиришга хизмат килади. Интерфаол методларни куллаш дарс самарадорлигини оширишга ердам беради. Интерфаол таълимнинг асосий мезонлари норасмий бахс- мунозаралар утказиш , укув материалини эркин баен этиш ва ифодалаш имконияти , маърузалар сони камлиги , лекин семинарлар сони куплиги , кичик гурух жамоаси булиб ишлаш учун топшириклар бериб ишлаш , езма ишларни бажариш таълим – тарбиявий ишлар самарадорлигини оширишда узига хос ахамиятга эга. Хозирда таълим методларини такомиллаштириш сохасидаги асосий йуналишларидан бири интерфаол таълим ва тарбия усулларини жорий килишдан иборат.Барча фан укитувчилари дарс машгулотлари жараенида интерфаол усуллардан борган сари кенгрок фойдаланмокдалар. Интерфаол усулларни куллаш натижасида укувчиларнинг мустакил фикрлаш , тахлил килиш , хулосалар чикариш , уз фикрини баен килиш , уни асослаган холда химоя кила билиш , соглом мулокот , мунозара,бахс олиб бориш куникмалари шаклланиб, ривожланиб боради. Хозир интерфаол машгулотларни олиб боришда асосан интерфаол усуллар кулланилмокда. Келгусида эса бу усуллар маълум даражада интерфаол технологияга утиши максадга мувофик. 2021 йилдан буен биз интерфаол технологиялардан кенг микиесда фойдаланиб келмокдамиз. Интерфаол таълим усули – хар бир укитувчи томонидан мавжуд воситалар уз имкониятлари даражасида амалга оширилади. Бунда хар бир укувчи уз мотивлари ва интеллектуал даражасига мувофик равишда турли даражада узлаштиради. Интерфаол таълим технологияси- хар бир укитувчи барча укитувчилар кузда тутилгандек узлаштирадиган машгулот олиб боришини таъминлайди. Бунда хар бир укувчи уз мотивлари ва интеллектуал даражасига эга холда машгулотни олдиндан кузда тутилган даражада узлаштиради. Бу усуллар укувчиларнинг нутк, тафаккур , мулохаза, зехн, истеъдод, заковатларини устириш оркали уларни мустакил фикрлайдиган , комил инсон булиб етишишларига хизмат килади. Интерфаол машгулотларни амалда куллаш буйича айрим тажрибаларни урганиш асосида бу машгулотларнинг сифат ва самарадорлигини оширишга таъсир этувчи айрим омилларни курсатишимиз мумкин. Уларни шартли равишда ташкилий педагогик , илмий – методик хамда укитувчига ва укувчиларга таълим воситаларига боглик омиллар деб аташ мумкин. Улар уз мохиятига кура ижобий еки салбий таъсир курсатишини назарда тутишимиз лозим. Интерфаол машгулот турлари куп булиб , уларни дарс мавзусининг хусусиятлари хамда кузда тутилган максадларга мувофик танланади ва тегишлича тайергарлик курилади. Интерфаол машгулотда иштирок этиш учун укувчиларнинг тайергарликларига узига хос талаблар куйилади, булар машгулотда фаол иштирок этиши учун зарур билимларни узлаштирганлик , мулокотга тайергарлик , узаро хамкорликда ишлаш, мустакил фикрлаш , Апрель 2021 10-қисм Тошкент 172 уз фикрини эркин баен килиш ва химоя кила олиш куникмалари ва бошкалардан иборат. Машгулотда вактдан унумли фойдаланиш зарур шарт хисобланади. Бунинг учун зарур воситаларни тугри танлаш , тайерлаш хамда машгулот утказувчилар ва уларнинг вазифалари аник белгиланган булиши керак. Интерфаол методлар билан анъанавий таълим усулллари орасида узига хос фарклар мавжуд булиб , хар бир укитувчи бу фаркларни киеслаши , уларнинг бир – бирига нисбатан афзалликлари ва камчиликларини дарсни режалаштириш ва уни утказиш усулларини танлашда тугри хисобга олиши зарур. Бунда янги билимларни бериш , куникмаларни шакллантириш, ривожлантириш , мустахкамлаш , билимларни такрорлаш , амалда куллаш машгулотларида хамда укув фанининг хусусиятларини хисобга олган холда хар бир мавзу буйича машгулот учун энг максадга мувофик булган интерфаол еки бошка методларни тугри танлаш назарда тутилади. Тугри танланган методларни куллаш машгулотнинг кизикарли ва самарали булишини таъминлайди. Интерфаол методлар конструктивизм назарияси билан боглик булиб , бу методлардан амалда фойдаланишда конструктивизмнинг куйидаги асосий хулосаларини хисобга олиш лозим: А) укувчи узи урганиши керак , акс холда унга хеч ким хеч нарсани ургата олмайди; Б) укитувчи укувчиларга билимларни кашф килишга ердам берадиган жараенни ташкил килади ; Д) билим борликдан кучирилган нусха эмас , уни одам шакллантиради Интерфаол дарслар болани эркин фикрлашга , мустакил карор кабул килишга ундайди. Ушбу дарсларда укувчилар бажарган ишлари юзасидан мунтазам рагбатлантирилиб борилади. Интерфаол дарс шакллари: шунгиш дарси , мусобака дарси, консультация дарсия, ижод дарси, синов дарси, шубха билдириш дарси , ижодий хисоботлар дарси, умумлаштириш дарси, семинар дарси, экскурсия дарслари оркали укувчиларни билим самарадорлигини юксалтириш максадга мувофик булади. Фойдаланилган адабиётлар. 1. «Замонавий педагогик технологияларни амалиётга жорий килиш» Ж.Йулдошев Тошкент-2008й 2. «Замонавий дарс» .Илмий методик туплам. А.Авлоний номидаги ХТХКТМОМИ. Тошкент-2007 3. «Бошлангич таълим» журнали.2014й №5 4. «Узбек педагогикаси антологияси» (1-жилд) Тошкент «Укитувчи»1995й Апрель 2021 10-қисм Тошкент 173 ТЕХНОЛОГИЯ ФАНИДА ДЕКОРАТИВ АМАЛИЙ САНЪАТНИНГ ЎРНИ Юлдашова Манзура Урганч тумани 38 -сон мактабнинг технология фани ўқитувчиси Юсупова Шукуржон 11-сон мактабнинг технология фани ўқитувчиси Аннотация. Ушбу мақолада мактабда технология дарсларида декоратив амалий санъат тури билан боғлиқ бўлган хунармандчилик тури ва унинг ўқувчилар учун аҳамияти айтиб ўтилган. Калит сўзлар: декоратив, истеъдод, ижод, лаконик шакллар, безаклар, семантик аниқлик, лоскут техникаси Технология дарслари ҳар бир ўқувчининг ижодкорлигини ривожлантириш ва амалга ошириш учун турли имкониятларни тақдим этади. Ушбу имкониятлар ўқув жараёнида дунёнинг минг йиллик тарихидан келиб чиққан декоратив ижоднинг бадиий ва амалий турларидан фойдаланишда айниқса чекланмайди. Бадиий ҳунармандчилик объектларида акс этган миллий урф-одатлар бизга халқ истеъдоди ва битмас-туганмас ижоди далили сифатида ўтди. Декоратив-амалий санъат космик санъат соҳасидаги бадиий ижод турларидан биридир. У инсоннинг ҳайкалтарошлик, рассомчилик, меъморчилик, рақс, мусиқага бўлган қизиқишларини билдиради. Бадиий бойлик, инсон яшайдиган ва ҳаракат қиладиган муҳитнинг мукаммаллиги нафақат унга киритилган безак элементларининг сони билан белгиланади. Безак элементлари маълум бир вазиятга, унинг одамларнинг утилитар ва маънавий эҳтиёжлари билан белгиланадиган махсус ижтимоий мазмуни, кайфиятига қанчалик мос келиши жуда муҳимдир. Бадиий элементлар нафақат атрофни безатибгина қолмай, балки унинг бадиий ва образли мазмунини, ифодалилигини мустаҳкамлайди, бойитади, ривожлантиради. Бадиий ижоднинг тарихий тараққиёти жараёнида композитсияларнинг баъзи умуминсоний қонуниятлари (тамойиллари) ва қоидалари ҳам ривожланди. Бу принтсиплар ва қоидалар бўлиб, уларга риоя қилиш яхлитлик, уйғунлик ва мутаносиблик каби хусусиятларни таъминлайди. Ўзининг эстетик ўзига хослиги жиҳатидан декоратив санъат болаларга жуда яқин, болаликка хос бўлган нарсалар ва атроф-муҳитни эстетик идрок этиш. Хусусан, тасвирларнинг умумлаштирилиши ва аниқлиги тасвирланган катталаштирилган, яхлит, майда-чуйдаларсиз кўрган болаларнинг барча тасвирий санъатига хосдир. Лаконик шакллар, безаклар, семантик аниқлик, рангнинг конкретлиги ва ёрқинлиги, композитсиянинг алоҳида элементларини текстурали ишлов беришдаги қарама-қаршиликлар - бу ва бошқа хусусиятлар болалар тасвирий санъатига ҳам, юқори профессионал декоратив санъатга ҳам хосдир. Декоратив санъатнинг жозибали кучи унинг ко’плаб турлари ва жанрларининг хилма-хиллиги ва “амалийлиги” дир. Шунинг учун ҳар бир синф учун “Технология” дастурида бадиий ҳунармандчиликка бағишланган бўлимлар мавжуд бўлиб, ҳар бир талаба ўз имкониятларини синаб кўришлари ва ҳар қандай турлари бўйича ўзларининг қобилиятларини очиб беришлари мумкин. Бинобарин, “Декоратив-амалий санъат” бўлимининг мазмуни ва ўқитиш услубларини ўрганиш муаммоси долзарбдир. Тадқиқот объекти сифатида: “Декоратив-амалий санъат” бўлимини ўқитиш методикаси муаммоларини ўрганамиз. Бу мавзу 5-9 синфларда (қизлар учун) технология дарсларида “Декоратив ва амалий санъат” бўлимини ўқитишнинг мазмуни ва услубларини ўрганишга қаратилган бўлиб асосий вазифалар: - 5-9 синфларда технология дарсларида “Декоратив ва амалий санъат” бўлимини ўқитиш муаммоларини аниқлаш (қизлар учун); - 5-9 синфлар учун технологик дастур мазмунини ўрганиш (қизлар учун); - “Декоратив-амалий санъат” бўлими учун кўргазмали қўлланма ва ўқитувчилар учун қўлланма ишлаб чиқиш. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 174 Бадиий ҳунармандчилик ва халқ амалий санъати дарслари ўқувчиларда инсон муносабатларида, меҳнатда, табиатда гўзалликни кўриш ва фаол равишда тасдиқлаш қобилиятини, декоратив санъатнинг эстетик тамойилларини ҳис қилиш ва тушуниш қобилиятини, функтсионал ва нарсанинг эстетик маъноси. Шунинг учун мактабда ушбу бўлимни синфда ўқитишга алоҳида эътибор қаратиш зарур. “Декоратив ва амалий санъат” бўлимининг ўқитиш методикаси муаммолари бу “Технология” таълим соҳаси ўқитиш методикасининг нисбатан ёш бўлими эканлиги билан боғлиқ. Бадиий ҳунармандчиликни ўқитиш методикасида катталар ижодидан сезиларли фарқ қиладиган болалар ижодининг ўзига хос хусусиятлари ҳисобга олиниши керак. Бундан ташқари, ўспиринларнинг ижодий ишларини ташкил қилишда ушбу ёшнинг ўзига хос хусусиятларини ҳисобга олиш керак. “Технология.” Йўналиши бўйича дастур. Сервис хизмати “қизларга турли хил амалий санъат турлари: лоскут техникаси, кашта тикиш, крючок билан тўқиш апликатсия. Декоратив ва амалий санъат ҳар қандай миллий маданиятнинг тупроғи ва асосидир, шунинг учун унинг у ёки бу турларини ўргатишда миллий урф-одатларни ҳисобга олиш зарур. Хусусан, қизларга каштачилигини ўргатиш мақсадга мувофиқдир. Каштачилик амалий санъати ўзбек маданиятининг энг ёрқин анъаналаридан бири ҳисобланиб декоротив –амалий санъатнинг ёрқин намунаси хисобланади. Анъанавий каштачилик кўп қиррали бўлиб, халқнинг урф-одатлари тўғрисида турли хил маълумотларни ўз ичига олади. Технология дарсларида бундай йўналишлар ўқувчиларни келажакда маълум бир ижод турларига етакласа ажаб эмас. Фойдаланилган адабиётлар 1. Симоненко В. Д., Хотунцев Ю. Л. Технология. Трудовое обучение: Программа. 5 -8 классы.- М.: Просвещение, 2008 Апрель 2021 10-қисм Тошкент 175 ТАЪЛИМ ЖАРАЁНИДА МУАММОЛИ ЎҚИТИШ ТЕХНОЛОГИЯСИДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ ЎРНИ ВА АФЗАЛЛИКЛАРИ Маҳмудова Хурсаной Тошкент вилояти Ғазалкент касб-ҳунар мактаби ўқитувчиси x.makhmudova@gmail.com Тел: 93-668-30-10 Аннотация. Мақолада таълим жараёнида муаммоли таълим технологиясидан фойдаланишнинг мазмун-моҳияти, аҳамияти ва самарадорлик масалалари ҳақида фикр юритилган. Калит сўзлар: замонавий таълим стандарти, амалий фаолият, муаммоли таълим технологияси, муаммоли вазият, мустақил фикрлаш қобилияти. Замонавий таълим стандартлари – фан ва техника тезкор ривожланаётган бугунги кун талабларига жавоб бераоладиган юксак малакали мутахассисларни тайёрлашни, талабаларнинг танлаган мутахассисликлари бўйича мустаҳкам билим, кўникма ва малакаларини шакллантиришни, мустақил равишда амалий фаолиятга ўргатишни таъминлаши лозим. Ўзбекистон Республикасининг янги таҳрирдаги “Таълим тўғрисида”ги Қонунида ва таълим тизимига таалуқли амалдаги қонун хужжатларида таълим жараёнига ўқитишнинг илғор шаклларини, янги педагогик технологияларни, ахборот технологияларини кенг жорий этиш долзарб вазифалардан қилиб белгиланган. Шунинг учун ҳам тадқиқотчилар ва илғор ўқитувчилар талабаларда ўқув фаолиятига ижодий ёндашишни ривожлантириш йўллари, технологиялари ва стандартларини яратиш борасида тадқиқотлар олиб бормоқдалар. Бугунги кунда таълим жараёнида ижобий самара бераётган илғор педагогик технологиялардан бири – муаммоли ўқитишдир. Ҳозирги замон психологияси ва дидактикаси шунга асосланадики, фикр юритиш жараёнининг бошланғич моменти , одатда муаммоли вазият бўлади. Инсонда бирор нарсани тушунишга эҳтиёж пайдо бўлгандагина у фикр юрита бошлайди. Муаммоли ўқитиш замонавий таълим беришнинг энг самарали усулларидан бири бўлиб, у асосан илмий билимлар асосида муаммоли вазиятлар мантиқини намойиш этади. Муаммоли таълимни ташкил қилиш орқали талабанинг ўқув-билув фаолиятини йўлга қўйиш ва шу орқали ўқув фанидаги маълумотларни, хулосаларни мустақил ўрганиб чиқиш жараёнлари амалга ошади. Ўқитувчининг фаолияти мазмуни шундан иборатки, у энг мураккаб тушунчаларни, фактларни тушунтира бориб зарур дақиқаларда муаммоли вазиятни вужудга келтиради ва муаммони ҳал қилишга талабани йўллайди. Муаммоли ўқитиш жараёнида ўқитувчи аввало муаммоли вазият яратади, саволлар қўяди, масалаларни, экспериментал топшириқларни таклиф этади ва вазиятни ечишга қаратилган муҳокама уюштиради. Талабалар олдинги билимлари ва тажрибаларига асосланиб муаммоли вазиятни ҳал қилиш йўллари тўғрисида ўйлайдилар ва таклифлар киритадилар. Олдин олган билимларини умумлаштириб, ҳодисаларнинг сабабларини аниқлаган ҳолда, уларнинг келиб чиқишини тушунтирадилар, муаммоли вазиятни ечишнинг энг оқилона вариантини қидирадилар. Бу услуб талабаларнинг фанга нисбатан қизиқишини оширибгина қолмай, уларнинг фикрлаш қобилиятини ҳам ривожлантиради. Албатта, муаммоли ўқитиш методини ташкил этиш қуйидаги босқичларда олиб борилади: тайёрлов, танишув, таҳлил ва якуний қарор қабул қилиш босқичларига бўлинади. Тайёрлов босқичида ўқитувчи мақсадни белгилаб, керакли вазият режасини ишлаб чиқади, яъни: − яратиладиган муаммоли вазият назарий курснинг мантиқан давом эттириши ва талабаларнинг келгусидаги касбий эҳтиёжларига мувофиқ бўлиши керак; − қўйилаётган муаммо мураккаблиги даражаси талабаларнинг имконияти даражасида бўлиши керак, талаба бир томондан вазифани бажара олиши керак, иккинчи томондан уни бажариш иштиёқи ҳамда муваффақият ҳисси пайдо бўлиши керак; − талабаларга муаммо устида ишлаш бўйича йўл-йўриқлар берилиши лозим. Танишув босқичида талабалар муаммони реал, яъни жонли муҳокама қилишга жалб этилади.Таҳлил ва якуний қарор қабул қилиш босқичида муаммоли вазиятни таҳлил этиш Апрель 2021 10-қисм Тошкент 176 гуруҳий иш бўлгани учун муаммо очиқ баҳсмунозара шаклида ҳал этилгани мақсадга мувофиқ бўлади. Муаммоли ўқитишда ўқитувчи аниқ ўқув мақсадларига йўналтирилган саволлар ва топшириқлар ишлаб чиқади.У муаммоли саволларни ҳал этишда ёки топшириқларни бажаришда талабаларнинг аниқ мақсадга йўналтирилган ҳаракатига туртки беради ва жараённи назорат қилади. Талаба эса ўз таълимининг фаол иштирокчиси бўлиб қолади.Муаммоли ўқитишнинг моҳияти шундаки, талабалар қўйилган муаммони мустақил ечишлари керак. Муаммоли ўқитишнинг якуний мақсади – талабаларни муаммоларни кўриш ва ечишга ўргатишдан иборат бўлиб, бу фақат фикрлаш фаолияти жараёнида амалга оширилади. Шуни алоҳида таъкидлаш лозимки, муаммоли таълимнинг яққол кўриниб турган афзалликларига қарамасдан, фаннинг талабаларга берилиши керак бўлган бутун материаллари тўлиқ муаммоли тузилиши мумкин эмас. Муаммоли ўқитишни амалга ошириш учун қисмларни ажратиб олиш лозим. Кўриб ўтганимиздек, таълим жараёнида муаммоли ўқитиш технологиясини қўллашни амалга ошириш таълим муассасаси олдида турган қатор вазифаларни ечишга амалий ёрдам кўрсатади: − талабаларни мустақил фикрлашга ўргатади ва ижодий қобилиятларини ўстиради; − илмий билимларни мустақил қўлга киритиш ва амалда қўллаш усулларини ўзлаштириш имконини беради; − эгаллаган билимлар асосида илмий дунёқараш асосларини шаклланишига имкон туғилади; − билимларни ижодий ўзлаштириш, таҳлил қилиш ва амалда қўллаш кўникмалари шаклланади; − ижодий фаолият тажрибаси таркиб топтирилади; − талаба ўз таълимининг фаол қатнашчиси бўлиб қолади. Юқоридагилардан келиб чиқиб, шуни айтиш мумкинки, таълим жараёнида муаммоли ўқитишнинг самарали қўллаш талабаларда касбга бўлган қизиқишларини янада ривожлантиришнинг муҳим омили бўлади. Фойдаланилган адабиётлар: 1. Исмаилова З.К. Педагогика. Дарслик. – Тошкент: Молия-иқтисод, 2008. 2. Ишмухамедов Р.Ж. ва бошқ. Таълимда инновацион технологиялар. – Тошкент, “Истеъдод”, 2008 3. Мусаев Р.С. Ўқитишнинг замонавий технологиялари. Маърузалар матни. – Тошкент, ТИМИ, 2009. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 177 ТАРБИЯСИ ОҒИР БОЛАЛАР ВА ЎСПИРИНЛАР БИЛАН ИШЛАШ БЎЙИЧА ТАВСИЯЛАР Наўризбаева Камила НукДПИ, педагогика-психология ихтиссослиги магистранти телефон: +998 91 9277373 e-mail: nauryzbaevakamila74@gmail.com Аннотация: Ҳозирги кунда жамиятимизда куп ўчрайдиган муаммоларнинг бири бу хулқи оғишган болалар ҳисобланади. Ваҳоланки бу вазият жамиятимизнинг ҳар бир буғинига ўзининг салбий таъсирини кўрсатади. Бундай ҳолатда болалар билан ўқитувчилари ва ота-онаси кўпроқ шуғилланиши керак, чунончи у ёш бир ниҳол, ва ҳали шахс сифатида шаклланмаган, ва биз ушбу ишимизда тарбияси оғир болаларнинг шу ҳолатга келиш негизларин ўрганишга харакат қилдик. Таянч сўзлар: тарбияси оғир бола, ўспирин, хулқи оғишган, мулоқот, интизом, тасниф, тамоийил. “Тарбияси оғир бола” - билан мулоқот қилиш ёқимсиз ва қийин, у интизомни бузади, гап қайтаради, жанжал қилади ёки аксинча, бефарқ ва иродасиз бўлиб, “салбий раҳбар”нинг уйинчоғи сифатида юриғида юради. Бундай ҳолатда боланинг ўқитувчилари ва ота-онаси шунчаки у билан муносабатни узиши ёки ўзоқлашиши мумкин эмас, у билан кўпроқ шуғилланиши керак, чунончи у ёш бир ниҳол, ва ҳали шахс сифатида шаклланмаган, ва биз ҳали ҳам унинг тўғри шаклланишига ёрдам бера оламиз [1]. Бизнинг бу ишнинг асосий мақсади тарбияси қийин болаларнинг айрим муаммоларини ҳал қилиш билан боғлиқ барча омилларни чуқур таҳлил қилиш. Мақола мавзусини ишлаб чиққандан сўнг, биз мавжуд маълумотларни тизимлаштиришга ва умумий қабул қилинган экспериментал усуллардан фойдаланган ҳолда уларнинг алоқаларини (мунтазамлигини) таҳлил қилишга харакат қилдик. Қуйидаги ишимизнинг объектидан келиб чиқиб, ишнинг асосий атамасига таъриф берганимизда “оғир” сўзининг кўплаб таснифлари мавжуд эканлиги аниқ бўлди. Жумладан бу таърифлар таснифланганида қийинчиликнинг келиб чиқиш сабабларига кура қуйидаги турлар пайдо бўлди: • Мулоқот жараёнида нуқсонли болалар: бу нуқсонларининг ривожланиш сабаби ва намоён бўлиш белгиларига қараб; • Эмоционал жараёнда нуқсонли болалар (ўта ҳаяжонли ёки бефарқ, аутистик). • Интеллектуал нуқсонли болалар (одатда бундай ҳолат шифокорлар ёрдамида ташхис қўйилади). • Ихтиёрий ёки эркинлик жараёнида нуқсонли болалар (ўжар ва қаттиққўл ёки аксинча, иродаси суст ва бефарқ). Қуйидаги таснифларнинг қайси бирига тарбияси оғир болалар ёки ўспиринларни киритишни аниқлаш, уларга таалуқли муамони ёчиш учун етарли бўлмайди. Албатта, уларнинг ичида интеллектуал нуқсонли болаларни шифокорга кўрсатиш керак, бу ҳолда ўқувчини коррекцион синфларга ёки ихтисослаштирилган таълим муассасасига кўчириш муаммоларни ҳал қилиши мумкин. Бундай ҳолда бола ўзига қўлай муҳитга кириб боради, ўзи каби дўстлар доираси кенгаяди, қизиқишлари мос келадиган танишлар орттиради, таълим олиш жараёни ва касб эгаллаш имконияти ойдинлашади, дарс жараёнида нотўғри ёки тушунарсиз гапириш, мулоҳаза қилиш каби ташвишланишлардан қўтилади, ва асосийси синфдошларининг масхарасидан озод бўлади [2]. Аммо бошқа барча ҳолатларда бошқа сабабларни излаш керак, ва улар боланинг психологиясида ва атроф-муҳит таъсирида ётади. Шу нуқтаи назардан, болалар қуйидагича ҳолатларда бўлиши мумкин: • ижтимоий жиҳатдан бепарво ҳолатдаги (улар жамиятда мослаша олмайди, чунки буни ҳеч ким уларга ўргатмаган); • педагогик жиҳатдан эътиборсиз қолган (масалан, алкоголик ота-оналар ичкилик ичиш ва ўғирлашни ўргатишади; иш баҳона болаларининг тарбиясини бошқа бегоналарга топшириб Апрель 2021 10-қисм Тошкент 178 кетганлар; ёки ота-оналар доимий равишда ишдан нафратланишлари, ишдан қочиш учун ўзларини касалга солишлари, жамият, махалла, хокимият ва давлат органларига таъна қилишлари ва фақат моддий ёрдам ва манфаатларни орзу қилишлари); • ташлаб кетилган (ота-оналар ва мактаб бола билан умуман қизиқмайди); • ҳаддан ташқари раҳномалик қилиш (улардан ҳеч нарса талаб қилинмайди ва уларнинг барча талаблари чақмоқнинг тезлиги билан ва шубҳасиз бажарилади; бола билан суҳбатда ота-оналар уни атрофдагилардан юқори даражадаги шахс сифатида қўйишади). “Қийинчилик” сабабини аниқлаш, пайдо бўлган муаммо билан нима қилиш кераклиги, ва уни қандай ҳал қилиш кераклиги ҳақида маслаҳат беради. Юқорида келтирилган ҳолатлар “қийин” ва “қийинчилик” даражасига кўра таснифланади. Одатда ушбу гуруҳлар қўйидагича ажратилади: • Маъқулланмайдиган хатти-ҳаракатлар (вақти-вақти билан барча ўспиринлар ва болаларда учрайди). • тазйиқ хатти-ҳаракатлар (тартиб ва интизомнинг жиддий бузилиши). • девиант хатти-ҳаракатлар (ахлоқий жиҳатдан маҳкум этилган: ёлғон, баджаҳллик, худбинлик, тажовузкорлик ва бошқалар). • ҳуқуқбузарлик хатти-ҳаракатлари (жиноятга қадар: одамлар ўртасидаги муносабатлар нормаларини қасддан бузиш: ўғирлик, жанжал, товламачилик ва бошқалар). • жиноий хатти-ҳаракатлар. • ҳаддан ташқари ҳолатлар (гиёҳвандлик ва шахсни бузадиган бошқа ҳодисалар) [3]. Психология нуқтаи назаридан “қийин”/“оғир” болалар ва ўспиринларни олти турга бўлиш мумкин. Муайян шахс уларнинг қайси бирига тегишли эканлигини аниқлаш учун кузатувлар ўтказиш ва, албатта, иложи борича, психолог ёрдамига мурожаат қилиш керак. Юқорида келтирилган таснифлар асосида “қийин” болалар ва ўспиринлар билан ишлаш учун қуйидаги тўрт босқиш тавсия этилади: диагностика, режа, ташкилий жараён (иш жараёнига барча ўқитувчиларни жалб қилиш шарт), ота-она, қўшнилар, маҳалла, мактаб, жамият ва бошқа ташкилатлар ёрдами керак (маданий-маърифий, спорт тўгараклар). Фойдаланилган адабиётлар 1. Воспитание трудного ребенка: дети с девиантным поведением. под.ред. М.И. Рожкова. –М.: гуманит.изд. центр «ВЛАДОС», 2003 г. 2. Оилавий муҳит ва болалар //Қалқон. – 2006, - №1.- Б.14-15 3. Ядгарова Г.Т., Авлаев О.У. Тарбияси қийин, қалтис гуруҳга мансуб болалар билан ишлаш (Услубий қўлланма)Т.: 2007 й. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 179 OMMAVIY NUTQ QOIDALARI Baxodirova Fotima Zafarovna Xorazm viloyati shovot tumani 38-son maktab amaliyotchi psixologi. Email:fotima38maktab@umail.uz Annotatsiya:ushbu maqolada ommaviy nutq nimani anglatishi, «Ommaviy nutq» ni eshitganingizda qanday uyushmalar paydo bo‘lishi, Jamoat nutqidan qo‘rqishni qanday engib o‘tish mumkinligi haqida mulohazalar yuritiladi. “Ommaviy nutq qoidalari” treningimizni maqsadi: ishlashdan oldin hayajonni tuzatish. Ma’lumki, ta’lim tizimidagi o‘zgarishlar o‘qituvchiga bo‘lgan talablarning barini ko‘taradi, ya’ni. boshqacha aytganda, zamonaviy dunyo o‘zining qat’iy qoidalarini belgilaydi, buning uchun o‘qituvchi katta intellektual, hissiy va aqliy xarajatlarni talab qiladi. Bu nafaqat yukni oshiradi, balki u bilan birga insonning asabiy-ruhiy zo‘riqishi, ortiqcha ish. Bilamizki, samarali og‘zaki hisobot, o‘z g‘oyalarini taqdim etish, savollarga to‘g‘ri javob berish xodimning vakolatiga, tashkilotdagi mavqeiga bog‘liq. Jamoat nutqining ilmi qadimgi Yunonistonda paydo bo‘lgan. Ishonchli, chiroyli, tushunarli va qiziqarli gapirish qobiliyati qadimgi yunonlar tomonidan yuqori baholandi. Ular ommaviy nutq yoki nutq nazariyasi haqidagi ritorikani yaratdilar. Savol: - Sizningcha, ommaviy nutq nimani anglatadi? Ommaviy ishlash-bu san’atning bir turi. Boshqa har qanday san’at singari, har doim ham o‘qitilgan. Ommaviy nutq - tinglovchilarni muayyan qoidalarning to‘g‘riligiga ishontirish uchun asosiy maqsadi bo‘lgan axborotni uzatish jarayoni. Biz jamoat guvohlari bo‘lgan bunday faoliyatni chaqiramiz. Yaxshi ma’ruzachi – omma oldida qanday gapirishni biladigan, aniq, yorqin, mazmunli so‘zga ega bo‘lgan, tinglovchilarni jalb qilish, ishontira oladigan kishi. Yaxshi tayyorlangan nutqbu yaxshi so‘zlagan nutqning to‘qqiz-o‘ndan biri. Omma oldida gapirganda, har bir kishi turli xil his-tuyg‘ularni boshdan kechirishi mumkin. - Nima? Turli xil ortiqcha yuklarning (tartibsizliklar, keskinlik, qo‘rquv) tartibsizliklar va ko‘plab qo‘rquvlar bilan murakkablashadi, ulardan biri omma oldida gapirishdan qo‘rqadi, bugun biz bu haqda gaplashamiz. - “Ommaviy nutq” ni eshitganingizda qanday uyushmalar paydo bo‘ladi? Ko‘pgina odamlar kelgusi nutq haqida shni keltirib chiqaradi va stressli vaziyatlarni keltirib chiqaradi. Nutqning o‘zi haqida gap ketganda, hiyla-nayrang qo‘rquv, qattiqqo‘llik, chalkashlik, bezovtalanish spikerni falaj qilib, tomoshabinlar bilan samarali muloqot qilishga to‘sqinlik qiladi. Hayajon (noqulaylik) - bu sog‘lom organizmning stress holatiga normal munosabati. Jamoat nutqidan qo‘rqishni qanday engib o‘tish mumkin? Psixologlar qanday talqin qilinadi. Odatda odamlar bu holatda nima bo‘lishidan qo‘rqib ketishga harakat qilishadi? Qo‘rquv bizni ta’qib qilmoqda. Maslahat: uchrashuvga boring va bir nuqtada u bilan uchrashasiz. Siz o‘zingizning yo‘lingizga borasiz va u o‘zi va orqasida qoladi. Birinchi taassurot nima? Ma’lumki, biz hech qachon birinchi taassurot qoldirish uchun ikkinchi imkoniyatga ega emasmiz, shuning uchun birinchi va yagona imkoniyatdan foydalanish muhimdir. Diqqat markazida bo‘lishni istagan har bir kishi hisobga olinishi kerak bo‘lgan idrok naqshlari mavjud. Tajribali ma’ruzachilar tomonidan ko‘p marta sinovdan o‘tgan muhim kuzatish mavjud:” Salom “ deb aytganda, nutqingizning 70 foizini aytdingiz. Va salomdan keyin siz o‘zingizning shaxsingiz haqidagi mavjud taassurotni to‘ldirasiz. Zaldagi odamlarga birinchi daqiqalarda dam olish imkoniyatini bering, shu nuqtada ularning do‘sti bo‘lib, keyin kerakli joyga boring. Sizga keyingi savol: - “Ommaviy makon” ni aniqlash mumkinmi? Spiker oldida turgan auditoriya. Va shuning uchun tomoshabinlar bilan muloqot ikki qismdan iborat: og‘zaki, ya’ni.so‘zlar bilan aytadigan so‘zlarimiz va og‘zaki bo‘lmagan narsalar, bizning tanamiz qanday gapiradi. Nutq paytida tashqi ko‘rinishlarni ko‘rib chiqing. Va bu nima uchun. Ommaviy nutq texnikasini o‘rganish bilan shug‘ullanadigan olimlar, agar biz muloqot jarayonida olgan ma’lumotlarning Апрель 2021 10-қисм Тошкент 180 to‘liq miqdori 100% uchun qabul qilinsa, og‘zaki tarzda uzatiladigan ma’lumotlarga, ya’ni so‘zlar yordamida faqat 7% to‘g‘ri keladi. Qolgan 93% esa og‘zaki bo‘lmagan aloqa usullariga to‘g‘ri keladi. Psixologlar quyidagi postulatsiyani olib kelishdi: harakatlar va so‘zlar yolg‘on bo‘lishi mumkin, lekin tanani kamdan-kam hollarda aldaydi! Professor Albert Merabian, tananing tiliga kelganda, muloqotda muhim rol o‘ynashini ta’kidlaydi 3 asosiy omillar: * Nima deymiz-7% * Qanday qilib aytamiz – 38% * Tanamizning tili 55% Nima uchun muloqotning og‘zaki bo‘lmagan qismi juda informatsion ekanligi aniqlandi? Chunki tananing va ruhning aloqasi ajralmas. Va uning mavjudligini isbotlash ibtidoiy. Eksperiment o‘tkazaylik: stulning orqa tomoniga suyanishga harakat qiling va qo‘llaringizni boshingizni tashlang, baxtsiz his eting. Bu chiqadi? Bu mumkin emasmi? Va u ishlamaydi (bu qoniqishning holati), chunki qayg‘u bizni egadi va quvonch sizni ochib beradi, ilhomlantiradi. Foydalanilgan adabiyotlar. 1. Kaykovus. Qobusnoma. -T.:O‘qituvchi, 1986 y. 2. Zunnunov A. O‘zbek pedagogikasi tarixi. -T.: O‘qituvchi, 1997 y. -272 b. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 181 BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA HUSNIHAT VA UNI O‘QITISH METODIKASINING PREDMETI.MAQSADI VA VAZIFALARI. Bekchanova Muborak Xayitboyevna Xorazm viloyati shovot tumani 14-son umumiy o‘rta ta’lim maktab boshlang‘ich ta’lim fani o‘qituvchisi. Email:muborak14maktab@umail.uz Sotimova Oygul Sobirovna Xorazm viloyati shovot tumani 21-son umumiy o‘rta ta’lim maktab boshlang‘ich ta’lim fani o‘qituvchisi. Email:oygul21maktab@umail.uz Davlatova Sayyora Rahimovna Xorazm viloyati shovot tumani 21-son umumiy o‘rta ta’lim maktab boshlang‘ich ta’lim fani o‘qituvchisi. Email:sayyora21@umail.uz Bobojonova Adolat Xaytboyevna Xorazm viloyati shovot tumani 27-son umumiy o‘rta ta’lim maktab boshlang‘ich ta’lim fani o‘qituvchisi. Email:sayyora21@umail.uz Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’limda husnihat va uni o‘qitish metodikasining predmeti,maqsad va vazifalari ,uning o‘quvchi yoshlarni bilim olishidagi o‘rni va husnihatni qator ko‘rsatkichlari bo‘yicha turlar haqida mulohazalar yuritiladi. Husnixat va uni o‘qitish metodikasi - pedagogik fan. Inson o‘z fikrini boshqa kishilarga og‘zaki va yozma shaklda yetkazishi mumkin. Nutqning bu ikki shaklining o‘xshash va farqh tomonlari mavjud bo‘lib, ular o‘z o‘rnida afzalliklarga ega. Og‘zaki nutq tovush chiqarib aytiladi va eshitilish uchun mo‘ljallanadi. U kishilarning nutq jarayoni vaqtidagi aloqa vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Yozma nutq esa tosh, yog‘och, teri, metall, qog‘oz kabilarga ko‘rish asosida idrok qilinadigan doimiy belgilar orqali yozib qo‘yiladi. Yozuv kishilarning o‘zaro fikr almashishi va bilimlami egallashning qudratli vositasi hisoblanadi. Yozma nutq avlodlami bir-biriga bog‘laydi, uzoq davrlar mobaynida saqlanadi. Yozuv tufayli kishilar fikri, insoniyat qo‘lga kiritgan bilimlar avloddan-avlodga yetib boradi, abadiy yashaydi. Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarni husnixatga o‘rgatish ehtiyoji yuqoridagi talablar asosida yuzaga keladi. Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarni husnixat bilan yozishga o‘rgatish metodikasi ularda aniq , chiroyli va tez yozish imkonini hosil qilishi lozim. Bu kabi vazifalami amalga oshirish uchun dastur mazmunini va uning talablarini, o‘qitish usullarini, yozuvga o‘rgatishning gigeyenik shartlarini, o‘quvchilaming yozuvidagi individual kamchiliklarini tahlil qilish, kamchiliklaming yuzaga kelish sabablarini aniqlash va tuzatish usullarini ishlab chiqish zarur. Demak, yozuv kishi hayotida pedagogik va ijtimoiy ahamiyatga ega. Yuqoridagi talab asosida yozishga o‘rgatish boshlang‘ich sinflardan boshlanadi. 1-4-sinf o‘quvchilarini chiroyU yozishga o‘rgatish uchun o‘qituvchining o‘zi husnixat bilan yozishi, shu bilan birga o‘quvchilami chiroyU yozishga o‘rgata olishi kerak. Husnixat va uni o‘qitish fani amaliy fan bo‘lib u chiroyli yozishga o‘rgatish bilan bir qatorda ta’lim berish, tarbiyalash, vazifalarini ham bajaradi. Pedagogika oliy o‘quv yurtlarida o‘qitiladigan ‘‘Husnixat va uni o‘tilish metodikasi” fanining maqsadi: 1. Talabalarga husnixat metodikasidan nazariy ma’lumot berish. 2. Talabalami - bo‘lg‘usi o‘qituvchilami husnixat talablari asosida yozishga o‘rgatish. 3. Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilarini husnixatga o‘rgatish metod va usullari bilan qurollantirish. Boshqa fanlar kabi husnixat va uni o‘qitish metodikasining o‘z predmeti bor. Bu fanning predmeti ta’lim berish jarayonida chiroyli yozuvni egallash, grafik jihatdan to‘g‘ri va chiroyli yozishga o‘rgatish hisoblanadi. Husnkat va uni o‘rgatish metodikasi fani o‘z oldiga quyidagi vazifalami qo‘yadi: - talabalarga chiroyli yozuv haqida nazariy bilim berish; - o‘z dastxatlari ustida ishlash yuzasidan malakalar hosil qilish; - boshlang‘ich sinflarda husnixat darslarini rejalashtirish va tashkil etishga o‘rgatish; - boshlang‘ich sinflar uchun husnixat materiallarini tanlay olish tamoyillari bilan tanishtirish. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 182 Husnixat bilan yozish, birinchidan, o‘quvchilarda mehnat madaniyatini tarbiyalaydi. Topshiriqlarni toza, aniq va madaniyat bilan bajarish ko‘nikmasini hosil qiladi. Ikkinchidan, dastxatga pala-partish va be’etibor munosabatda bo‘lish o‘quvchilarning imloviy savodsizligini keltirib chiqaradi. Natijada o‘quvchilar qiladigan ishlarini o‘ylab o‘tirmay bajaraveradilar, o‘z hato va kamchiliklarini ham o‘ylab ko‘rmaydigan bo‘lib qoladilar.Uchinchidan, husnixat bilan to‘g‘ri yozish ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lib, turli rasmiy hujjatlami yuritishda kishilar unga ehtiyoj sezadi. Husnixat bilan yozilmagan, to‘ldirilmagan hujjatlami o‘qishga kitobxonning ko‘p vaqt sarflashiga to‘g‘ri keladi. Vaholonki, maktabda har kuni o‘qituvchi 30 talab o‘quvchilar dafl^arini tekshiradi. O‘qib bo‘lmaydigan dastxat bilan yozilgan xat o‘qituvchining ko‘p vaqtini sarf bo‘lishiga olib keladi. Aniq va ravon qilib yozilgan dastxat o‘qituvchming ishini yengillashtiradi, keyingi ta’limiy maqsadlarini amalga oshirishlari uchun imkoniyat yaratadi. Husnixat va uni o‘qitish metodikasining boshqa fanlar bilan aloqasi.Husnixat va uni o‘qitish metodikasi boshqa fanlar bilan uzviy aloqada bo‘lib ulaming natijalariga tayanadi. Amaliy fan hisoblangan husnixat va uni o‘qitish metodikasi til o‘rganish jarayoni hamdir. Yozish uchun tanlangan til faktlari ayni vaqtda adabiy tilni o‘zlashtirib borishga yordam beradi. Pedagogik fanlar qatorida husnixat darslari ham ta’lim- tarbiya berish vazifasini ham bajaradi. Husnixat darslarida barkamol shahstushunchasi ichiga tozalik, tartiblilik tarbiyasi kkadi. Husnixat va uni o‘qitish metodikasi ham pedagogikaning ta’lim-tarbiya birligi tamoyiliga amal qiladi. Husnixat va uni o‘qitish metodikasining asoslaridan yana biri psixologiyadir. Psixologiya his, tasawur, fikr, intilish, istak, havas, qobiliyat kabi tushunchalar haqida ma’lumot beradi Foydalanilgan adabiyotlar. 1. G ’ulomov M. “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini husnixatga o‘rgatish” Toshkent, “O‘qituvchi”, 1970 2. G‘afforova T. va b. “1-sinfda savod darslari”, Toshkent, 1997. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 183 TA’LIM JARAYONIDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI. G‘aybullayeva Husnida G‘ulomovna. Namangan shahar 26-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi. Tel:+998972550126 Annotatsiya: ushbu maqolada boshlang‘ich sinf darslarida qo‘llaniladigan interfaol metodlar haqida bayon etilgan. Kalit so‘zlar: innovatsion ta’lim, interfaol metod, baliq metodi, venn diogrammasi. Ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik texnologiyalarni faol qo‘llash, ta’lim samaradorligini oshirish, tahlil qilish va amaliyotda joriy etish bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. O‘quvchilarning fikr doirasi,ongi, dunyoqarashlarini o‘stirish , ularni erkin tinglovchi, erkin ishtirokchiga aylantirmoq nihoyatda muhimdir. O‘qituvchi darsda boshqaruvchi, o‘quvchilar esa, ishtirokchiga aylanmog‘i lozim. Ana shu vazifani uddalashda innovatsion faoliyat ustunligi ko‘p qirrali samara keltiradi. Boshlang‘ich ta’lim umumta’lim maktablarining bosh bo‘g‘ini bo‘lganligi sababli ana shu jarayonda o‘quvchi shaxsining mukammal rivojlanib borishiga ko‘proq e’tibor berish lozim. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ma’suliyatlari cheksizdir. Ular maktab ostonasiga endigina qadam qoygan o‘quvchilarni maktab hayotiga ko‘niktirib, zamonaviy bilim olishlariga yo‘l ochib beradilar. Bolalarning o‘qishga munosabatlari, aqliy salohiyatlari ana shu davrda shakllanadi. Bu ham boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining vazifasi ma’suliyatli ekanligini ko‘rsatadi. Pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan darslar tashkiliy usullari, o‘tkazish metodlariga ko‘ra o‘quvchi ehtiyojiga mos tushishi kerak. Chunki bunday darslar bola ruhiyatiga yaqinroq bo‘ladi. O‘quvchilarning o‘quv materiallarini o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqish, xoxish va istaklarini qo‘zg‘atish asosida maqsadga erishish motivatsiya bo‘lib, bu o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro ichki yaqinlashuvidir. Innovatsion texnologiyalardan dars jarayonida foydalanishning o‘ziga xosligi shundaki, ular o‘qituvchi va o‘quvchilarning birgalikdagi faoliyati orqali amalga oshiriladi. O‘qitish jarayoni o‘qituvchi va o‘quvchilarni o‘z ichiga oladi. O‘qituvchining faoliyati materialini bayon qilish, o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishlarini orttirish, fikrini teranlashtirish va e’tiqodini shakllantirish, o‘quvchilarning mustaqil mashg‘ulotlariga rahbarlik qilish, ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini tekshirish hamda baholashdan iborat. Bugungi kun talabiga javob bera oladigan zamonaviy darslarning asosiy shartlari uning qiziqarli o‘tilishi, o‘quvchilarni zerikmasligidir. Bilim oluvchini mustaqil o‘qib-o‘rganishiga undaydigan bunday darslarda zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalanish katta ahamiyatga egadir. Interfaol metodlar orqali o‘quvchining faolligi ortadi, ijodiy imkoniyatlari ro‘yobga chiqadi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar o‘quvchilarda aqliy, jismoniy, axloqiy, ma’naviy, psixologik, estetik, badiiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi. Interfaol metodlar o‘quvchilarni ichki imkoniyatlarini ishga tushirishga o‘ylashga, erkin fikr yuritishga, muloqotga,ijodkorlikka undaydi.Boshlang‘ich sinflarda darslarda quyidagi metodlardan foydalanish mumkin:“Baliq skeleti “ metodi: Bu usul orqali o‘quvchilar mustaqil , keng, ijodiy, tanqidiy fikrlashga o‘rganadilar.bu texnologiya baliq model chizmasi orqali namoyish etilib, bunda o‘quvchilar o‘rtaga tashlangan muammonihar tomonlama ochib berishga harakat qiladilar.“Blits – o‘yin” texnologiyasi. Ushbu texnologiya o‘quvchilarga harakatlar ketma-ketligini to‘g‘ri tashkil etish, mantiqiy fikrlash, o‘rganayotgan pretmeti asosida ko‘p, xilma-xil fikrlar va ma’lumotlardan kerakligini tanlab olishga o‘rgatishga qaratilgan. Bu metod o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, shu bilan bir qatorda, o‘zgalar fikrini ham hurmat qilishga o‘rgatadi. Bu usul quyidagicha tashkil qilinadi: o‘quvchilarga alohida-alohida tarqatma materiallar beriladi. Ular tomonidan yakka tartibda bajarilishi kuzatiladi. O‘quvchilar tarqatilgan qog‘ozlarda Апрель 2021 10-қисм Тошкент 184 ko‘rsatilgan vazifani mustaqil bajaradilar, so‘ngra guruhlarda tahlil qiladilar.“Rezyume” texnologiyasi.Bu metod murakkab, ko‘p tarmoqli, mumkin qadar muammoli mavzularni o‘rganishga qaratilgan. Texnologiyaning mohiyati shundan iboratki, bunda bir yo‘la mavzuning turli tarmoqlari bo‘yicha axbarot beriladi. Maqsadi esa, o‘quvchilarni erkin, tanqidiy fikrlashga, jamoa bo‘lib ishlashga, izlanishga, mavzudan kelib chiqadigan muammoni yechishga o‘rgatish. Xulosa qilib aytganda, innovatsion texnologiyalardan foydalanib o‘tilgan darsda o‘quvchilar o‘z qobiliyati va imkoniyatlarini namoyon qilishga erishadilar Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. “Barkamol avlod yili “ davlat dasturi. T. O‘zbekiston. 2010. 2. Pedagogika o‘qitish metodikasi T- 2008 Апрель 2021 10-қисм Тошкент 185 BOSHLANG‘ICH SINF O‘QISH DARSLARIDA INTERFAOL METODLARDAN VA INNOVOTSION TEHNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH AFZALLIKLARI. Musaboyeva Noila To‘lqin qizi. Namangan shahar 26-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi. Noilabonumusabayeva@gmail.comTel:+998913477722 Annotatsiya: ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida qo‘llaniladigan zamonaviy interfaol metodlar va ularning foydalanish haqida bayon etilgan. Kalit so‘zlar: innovatsion texnologiya, o‘qish darslari, venn diogrammasi, kompyuter darslari. Ta’lim tizimini rivojlantirish, yosh avlodni har tomonlama yetuk, barkamol inson sifatida tarbiyalash uchun imkon beruvchi mukammal ta’lim tizimini yaratish, uning samaradorligini oshirish kabi masalalar «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ning bosh maqsadi va ta’lim sohasidagi islohotlar asosini tashkil etadi. Yuksak ma’naviy axloqiy qarashlarni o‘zida mujassam etgan barkamol shaxsni yetishtirish, milliy qadriyatlarni saqlab qolish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni sog‘lomligini mustahkamlash va ijobiy hal qilish uchun hukumatimiz rahbarlari barcha imkoniyatlarni yaratmoqdalar. Boshlang‘ich ta’lim tizimida innovatsion texnologiyalar va yo‘nalishlardan foydalanish bugungi kunda dolzarb hisoblanib, bu borada olimlarimizning bir qator tadqiqotlari mavjud. Innovatsiya bu- yangi tehnologiyalarga, yangi ishlab chiqarish omillariga tadbiq etilgan yangi bilimlardan foydalanish (yoki ma’lum bilimlardan yangicha foydalanish) yo‘li bilan yangi ehtiyojni qondirishga qaratilgan harakat yoki bunday harakat natijasi( yoki avvalgi ehtiyojni ancha samarali qondirishning yangi yo‘lini taklif etishdir). Zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuterlashtirish va kompyuter tarmoqlari negizida ta’lim jarayoni axborot bilan ta’minlash rivojlanib boradi. Natijada o‘quv faoliyat jarayoni ham yangilikka muhtoj bo‘lib qoldi. Bu holatdan chiqish uchun darslarni innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etish o‘qituvchining asosiy vazifasi. Innovatsion pedagogik muammolarni yechish ta’lim sohasida innovatsion jarayonlarning borish xussusiyatlari o‘rganishdan iborat. Boshlang‘ich sinf ta’limida o‘quv jarayonini tashkil etish holati jiddiy bo‘lib, o‘quv faoliyati bosqichmabosqich amalga oshiriladi. Chunki bu davrda o‘quvchining ta’lim tushunchalarini qabul qilish salohiyati yuqori saviyada bo‘lib, ularni muntazam ravishda nazorat qilib borish lozim bo‘ladi. Darslarda ko‘proq ularni qiziqtirish uchun innovatsion texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Ayniqsa,hamkorlikka asoslangan o‘quvchilarning faolligini oshirishga mo‘ljallangan o‘quvchilarni boshqarish, fikrini eshitish, tushunish, hurmat qilish, o‘zgalar manfaati bilan hisoblashish, ularga o‘rgatish, ta’sir qila olish, o‘zining va boshqalarning “men”nini sezish, his qilish, o‘zini boshqarish fikrini aniq, lo‘nda va puxta bayon eta olishga o‘rgatishdan iboratdir. O‘quvchi matnni to‘g‘ri, tez, tushinib o‘qish, mazmunini o‘zlashtirish bilan ilk bor o‘qish darslarida yuzlanadi. O‘qish darslari orqali o‘quvchilarning DTS talablari bo‘yicha o‘zlashtirishlari ko‘zda tutilgan o‘quv – biluv ko‘nikma – malakalari hamda bilimlarni egallashga yo‘l ochiladi. O‘qish darslarida insonning, avvalo, o‘zligini, qolaversa, olamni anglashga bo‘lgan intilishlariga turtki beriladi. Shu maqsadda “O‘qish kitobi” darsliklariga ona tabiat, atrofimizni o‘rab turgan olam, Vatanimiz tarixi va bugungi qiyofasi, kattalar va bolalar hayoti, mehnatsevarlik, milliy va ma’naviy qadriyatlarimiz kabi turli mavzular bo‘yicha atroflicha tushunchalar berishga mo‘ljallangan badiiy, axloqiy-ta’limiy, ilmiy-ommabop asarlar kiritiladi. O‘qish darslarining samaradorligi ko‘p jihatdan ta’lim metodlarining to‘g‘ri tanlanishiga bog‘liq. Binobarin, fanning o‘zi kabi o‘qish metodlari ham doimiy rivojlanishda bo‘ladi. O‘quvchilar faolligini oshirishda metodlarni to‘g‘ri tanlab, bilish faoliyatini oqilona boshqarish yordamida erishiladi. Dars jarayonida “Aqliy hujum”, “Kichik guruhlarda ishlash”, “Charxpalak”, “Insert”, “Venn diagrammasi” kabi interfaol metodlardan o‘rinli foydalanish, dars samaradorligini oshiradi. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 186 “Venn diagrammasi” metodi. Ushbu texnologiya o‘qish darslarida o‘tilayotgan mavzu haqida o‘z fikriga ega bo‘lish, matn bilan ishlash, o‘rganilgan materialni yodda saqlash, so‘zlab berish, fikrini erkin bayon etish, hamda dars mobaynida o‘qituvchi tomonidan barcha o‘quvchilarni baholay olishga qaratilgan metodlardan biridir. Kompyuter darsi – tegishli o‘quv fani bo‘yicha dars mavzusiga doir kompyuter materiallari (multimedia, virtual o‘quv kursi va shu kabilar) asosida o‘tiladigan dars. O‘qish darslarida nutqiy, aqliy, fikriy holatlarni rivojlantirish, ularda bilim, ko‘nikma, kategoriyalarni tez shakllanadi. Chunki o‘qish darslarining to‘la mazmuni o‘quvchi shaxsini axloqiy shakllantirishga qaratilgan bo‘lib, boshqa darsliklar bilan inegrastiyalashib ketganini ko‘ramiz. Xulosa qilib aytganda, dars davomida o‘quvchining ta’lim faoliyati innovastion texnologiyalar asosida amalga oshirilsa, uning axborotni qabul qilishi oson kechadi va ta’lim samaradorligi ortadi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. 1. Ro‘ziyeva D, Usmonboyeva M, Xoliqova Z. Interfaol metodlar:mohiyati va mashg‘ulotlarda o‘qitish texnologiyalari. T-2013 2. Ishmuhamedov R, Qodirov A, Pardayev A. Ta’limda innovatsion texnologiyalar. T-2008 Апрель 2021 10-қисм Тошкент 187 НАВРЎЗ БАЙРАМИНИНГ ПАЙДО БЎЛИШИ ВА ТАРАҚҚИЁТИ Ш.Н.Икрамов ЎзДСМИ ўқитувчиси Аннотация:Ушбу мақолада Наврўз байрамининг пайдо бўлиши ва тараққиёти, буюк алломаларимизнинг Наврўз байрами билан боғлиқ қарашлари ва Наврўз байрамининг ҳозирги кундаги аҳамияти ёритиб берилган. Калит сўзлар: Наврўз, байрам, коинот, табиат, афсона, томоша. Дунёдаги барча халқлар ҳаётида байрамлар муҳим аҳамиятга эга бўлган. Байрамларнинг кўпчилиги бизга энг қадимги даврлардан етиб келган. Байрамларни нишонламайдиган инсон, оила ёки жамоани топиш қийин. Ҳар бир миллат ва давлатнинг умумий байрамларидан ташқари, ўз байрамлари бўлади. Ўзбек халқининг ҳам энг қадимий даврлардан шакллана бошлаган, авлоддан-авлодга ўтиб, такомиллашиб, бебаҳо меросга айланган байрамлари кўп. Ўзбек халқи ер юзида байрамларга бой халқлардан бири десак бўлади. Бундай байрамларнинг энг кўҳна ва қадимийси Наврўздир. “Наврўз”нинг пайдо бўлиши ҳақида кўплаб афсоналар мавжуд. Масалан, зардуштийлар даврида эзгулик худоси Ахурамазда (Ҳурмуз) баҳор, ёзда, ёвузлик худоси Анхарамайню (Ахриман) – кузда ва қишда ҳукмронлик қилади, деган қараш мавжуд бўлган. Баҳорнинг биринчи кунини эзгулик худоси ёвузлик худоси устидан ғалаба қилган муқаддас сана, деб байрам қилишган. Бу сана “Наврўз” кунига айнан тўғри келган. Яна бир қадимий афсонага кўра, Одам Ато ва Момо Ҳаво илк бор учрашган кун “Наврўз” байрами деб тан олинган эмиш[1.Б.8.]. Тарихий манбаларда келтирилишича ва олимларимиз фикрига кўра, Наврўзнинг шакилланиш даври энг қадимги давирлардан “Зардуштийликни” пайдо бўлишигача давом этган даврларни ўз ичига олади. Ўзбек халқининг алломаларидан бири Абу Райҳон Беруний “Қадимий халқлардан қолган ёдгорликлар” китобида Қуёш йили ҳисобида йилнинг биринчи ойи деб саналган Фарвардин ойи тўғрисида сўзлаб: «Бу ойнинг биринчи куни Наврўздир, — дейди. — Наврўз йилнинг биринчи куни бўлиб, унинг форсча номи ҳам шу маънони англатаркан. Наврўз эронликлар „зиж“лари бўйича ўтмиш замонларда, улар йилларини кабисали қилган вақтларида Қуёшнинг Саратон буржига кириш пайтига тўғри келар эди. Сўнгра у орқага сурилгач, баҳорда келадиган бўлди. Энди у бутун йил унга хизмат қиладиган бир вақтда, яъни баҳор ёмғирининг биринчи томчиси тушишидан, гуллар очилган, дарахтлар гуллашидан мевалари етилгунча, ўсимлик униб чиқа бошлашдан такомиллашгунча давом этган вақтда келади. Шунинг учун Наврўз оламнинг бошланиши ва яратилишига далил қилинган дея изоҳлайди [2.Б.34.]. Қадим-қадимдан Наврўз холис ниятли кишиларнинг севимли айёми бўлиб келган. Ўша кунларда ҳатто уруш-жанжаллар ҳам тўхталган, гина-қудратлар кечириб юборилган. Шоҳлар эл ичидан энг муносиб кишиларни тақдирлашган, айрим маҳбусларнинг гуноҳидан ўтишган. Фирдавсийнинг “Шоҳнома”сида эса янги йил (“Наврўз”)нинг пайдо бўлиши шоҳ Жамшид номи билан боғланади. Жамшид одамларга яхшилик қилиш мақсадида уларни касбга ўргатади, темирни эритиб қурол ясатади, ип йигиртириб, кийим тўқитади, ҳаммом, уй, саройлар бунёд қилдиради, табиблик сирларини очади, кема ясатади, боғ барпо қилдиради. Ниҳоят, Жамшиднинг ишлари гуркираб, мева берган кунда ўзига тахт ясатиб, унда осонгина кўтарилади. Бу “Шоҳнома”да қуйидагича таърифланади: Тахт кўкда чарх урар мисоли қуёш, Фармондор ўтирар, унда ирғаб бош. Барча жам, одамлар қарар тахтига, Жаҳон қойил бўлиб шукуҳ-бахтига. Жамшидга сочишар олтину гавҳар, Шу кунни янги йил – байрам дейишар. Йил боши Хурмузу эди фарвардин, Апрель 2021 10-қисм Тошкент 188 Дилда на ғам қолди, на адоват-кин. Улуғлар шодлик-ла базм қурдилар, Юзларин чолғуга, мойга бурдилар. Алишер Навоий ҳам “Тарихи мулки ажам” номли асарида Жамшиднинг буюк кашфиётлари сўнггида улуғ Наврўзни ихтиро қилганлигини баён қилади. Навоий ёзишича: “Жамшид “Чихил минор” номли одамзод кўрмаган ва ақл бовар қилолмайдиган баланд бино қуриб...: “бу иморат туганди, олам салотин ва ашров ва аҳборин йиғиб, анда азим жашн қилди. Ул вақтиким, қуёш нуқта эътиқодли рабиийға таҳвил қилиб эрди ул бинода тахт устига ўлтириб, адолат сайт ва садосин оламға мунташир қилди ва ул куни- нинг отин наврўз қўйди”. [3.Б.65.66.]. Беруний асарида келтирилган афсона бўйича ҳам Наврўзнинг келиб чиқиши Жамшид шоҳга боғланади: “Жамшид ўзига арава ясаб олгач, ўша куни аравага чиқиб олди, у ҳавога кўтарилиб, бир кунда Дунбован (Дамованд тоғи)дан Бобилга борди. Одамлар бу ажойиб воқеани кўргач, ўша кунни ҳайит қилдилар ва Жамшиднинг (арава учишига) тақлид қилиб, арғимчоқларга учдилар”. “Наврўз”нинг пайдо бўлиши ҳақидаги бу каби афсоналарни турлича талқин қилиш мумкин. Бироқ “Наврўз”нинг қачон ва қандай вужудга келганлигини аниқ кўрсатиш қийин. Шундай бўлсада, ишонч билан айтиш мумкинки, бу байрам доно кишилар томонидан кашф қилинган. Чунки “Наврўз” коинот ва табиат қонуниятлари, яъни қуёшнинг ҳамал буржига кириши, кеча ва кундузнинг узая бошлаши, табиатда жонланиш юз бериши, баҳорнинг келиши билан боғлиқ тарзда илмий асосланиб белгиланган. Замонлар ўтиши билан бу байрам такомиллашиб, унга мос кун аниқланган. У “йил боши” сифатида белгиланиб, унга “Наврўз” (яъни, “Янги кун”) деган ном берилган, деб тахмин қилиш мумкин. Мана шу тариқа Наврўз байрами ҳар йили 21 мартда нишонланиб келинади. [3.Б.67.]. Наврўз Шимолий ярим шарда баҳорнинг бошланиши сифатида, кеча-кундуз тенглашган кунда (мартнинг 20, 21 ва ёки 22-да) бошланади. Баъзи халқлар баҳор фаслининг келишини табиатнинг уйғониши билан боғлайдилар, шу муносабат билан байрамлар ўтказишади, уни янги йилнинг бошланишидек байрам қиладилар.Қадим замонлардан бошлаб Озарбайжон, Ўзбекистон, Эрон, Афғонистон, Тожикистонда ва яна кўплаб шарқий ўлкаларда баҳорнинг — янги йилнинг келишини байрамлар билан қарши олишади. Мартнинг 21-санаси Эрон ва Афғонистонда расмий тақвимнинг дастлабки куни ҳисобланади. Ўзбекистон мустақил бўлганиндан сўнг Наврўз республикамизнинг асосий катта байрамларидан бирига айланди. Хозирда наврўз байрами Республика, вилоят, шаҳар, туман, маҳалла ва корхоналар миқёсида кенг нишонланади. Наврўз байрами арафасида хайрия, ободонлаштириш ишлари бутун республикамиз бўйлаб олиб борилади. Қариялар зиёрат қилинади, муҳтожларга ёрдам берилади. 2009-йил 30-сентябда Наврўз ЮНЕСКО тарафидан номоддий маданий мерос рўйхатига киритилган, 2010-йил 23-февралда эса БМТ Бош Ассамблеясининг 64-сессиясıда 21-март “Халқаро Наврўз Куни” деб эълон қилинди. Ҳали ҳам бу байрам давом этмоқда. Фойдаланилган адабиётлар: 1. Ўзбек халқи байрамлари: Тузувчи Ф.Рўзиева. – Тошкент: Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон Миллий кутубхонаси нашриёти, 2006. 2. Усмон Қорабоев. Ўзбек халқ байрамлари. “Шарқ” нашриёт-матбаа акциядорлик компанияси Бош таҳририяти. Тошкент – 2002 3. Икрамова Н. Оммавий байрамлар тарихи. – Тошкент 2007. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 189 O‘SIMLIK VA HAYVONOT DUNYOSINI ASRASH, MUHOFAZA QILISH. Temirova Jamilaxon Akramovna Farg‘ona viloyati Buvayda tumani 13-umumiy o‘rta ta’lim maktabi biologiya fani o‘qituvchisi. Annotatsiya: ushbu maqolada tabiatimizning asosiy tarkibiy qismi bo‘lgan o‘simlik va hayvonlarni asrash, o‘quvchilarga bu tushunchalarni o‘rgatish haqida bayon etilgan. Kalit so‘zlar: muhofaza, o‘simlik, hayvon, biosfera, Qizil kitob, resurs. O‘simlik va hayvonlar biosferaning asosiy tarkibiy qismi bo‘lib, tabiiy resurslar orasida muhim o‘rin egallaydi. Tabiatda muvozanat ko‘p jihatdan o‘simlik va hayvonlarning xilma-xilligiga bog‘liq. Biosferadagi moddalarning davriy aylanishi tirik organizmlarning bevosita ishtirokida o‘tadi. O‘simlik va hayvon mahsulotlarisiz hayotni tasavvur qilib bo‘lmaydi. O‘simlik resurslari tugaydigan va tiklanadigan tabiiy resurslarga kiradi. O‘simliklar yer yuzasidagi hayotning asosidir. Sayyoramizda 500000dan ortiq o‘simlik turlari aniqlangan. O‘simliklar kislarod va organik moddalar manbaidir. Fotosintez jarayonida ular CO2 ni yutib O2 chiqaradi. Har yili o‘simliklar tomonidan 200mlrd tonnadan ortiq organic moddalar sintez qilinadi. Bu moddalar barcha boshqa organizmlar uchun ozuqadir. Hayvonot dunyosi - tabiat boyliklarining bir qismi bo‘lib, jamiyatda, inson hayotida katta ekologik ahamiyatga ega. Hayvonot dunyosining iqtisodiy ahamiyati nuqtai nazaridan muhim tabiiy resurs, oziq-ovqat mahsulotlari, sanoatbop, texnikaviy va dorivor xom ashyo hamda boshqa moddiy boyliklar olish manbai ekanligi ma’lum. Shunday ekan uni huquqiy ekologik muhofaza qilish juda zarurdir. Bu ishda mamlakatimiz qonunlari, O‘zbekiston fuqarolarini hayvonot dunyosiga sohibkorona va insoniy munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalashga, bu bebaho dunyoni muhofaza qilish hamda samarali va oqilona foydalanishga yordam bermog‘i lozim. Chunki, hayvonlarning O‘zbekiston faunasiga xos bo‘lgan talaygina turlari yo‘qolib ketish arafasida turibdi, ayrimlari (qulon, turon yo‘lbarsi, ola-bula sirtlon va boshqalari) esa butunlay yo‘qolib ketdi. Shu boisdan ham noyob va yo‘qolib borayotgan hayvonlarni huquqiy ekologik asosda muhofaza qilish katta ahamiyatga ega. Hayvonot dunyosi yer yuzining hamma joyida mavjud. Quruqlikda yashovchi hayvonlar butun hayvonlar turining 93 foizini, suv hayvonlari esa 7 foizini tashkil etadi. Umuman olganda, yer yuzida yashovchi hayvonlar turi xatto o‘simliklar turiga qaraganda 4 baravar ko‘p bo‘lib, taxminan 2 milliondan ortiqroqdir. Hayvonot dunyosini muhofaza qilish: - hayvonot dunyosi obyektlarini muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish va ularni takror yetishtirish qoidalari va normalarini belgilash; - hayvonot dunyosidan foydalanishda cheklashlar va taqiqlar belgilash; - hayvonot dunyosidan o‘zboshimchalik bilan foydalanishning va undan foydalanish borasida belgilangan tartibni boshqacha buzishlarning oldini olish; - hayvonlarning yashash muhiti, ularning urchishi shart-sharoitlari va ko‘chib yurish yo‘llari muhofaza qilinishini tashkil etish; - xo‘jalik va boshqa faoliyatni amalga oshirish, transport vositalaridan foydalanish paytida hayvonlar nobud bo‘lishining oldini olish; - alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar barpo etish; - kamyob va yo‘qolib ketish xavfi ostida turgan hayvon turlarini tutqunlikda urchitish; - hayvonlar kasallikka chalinganda, ularning tabiiy ofatlar va boshqa sabablar oqibatida nobud bo‘lishi xavfi tug‘ilganda ularga yordam berish; -hayvonot dunyosini muhofaza qilish tadbirlarini asoslashga qaratilgan ilmiy-tadqiqotlarni tashkil etish; - hayvonot dunyosini muhofaza qilish bo‘yicha boshqa tadbirlarni o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Respublikamizda noyob va yo‘qolib borayotgan o‘simlik va hayvonlarni asrash, muhofaza qilish maqsadida QIZIL KITOB ta’sis etilgan. Oʻzbekiston faunasi va florasining baʼzi turlari Xalqaro Qizil kitobda ham oʻz aksini topgan. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 190 Unda har bir tur uchun alohida sahifa ajratilgan boʻlib, unda mazkur oʻsimlik yoki hayvon turining oʻzbekcha, ruscha, lotincha (ilmiy) nomlari, ularning sistematik oʻrni, qisqacha morfologik tavsifi, tarqalishi, yashash muhiti, tabiatdagi soni, koʻpayishi, areali va sonining oʻzgarishi sabablari, muhofaza qilish choralari va boshqalar bayon etilgan. Qizil kitobga kiritiladigan hayvon va oʻsimlik turlari boʻyicha taklifni ilmiy tekshirish muassasalari, davlat va jamoat tashkilotlari, ayrim olimlar tavsiya qilishi mumkin. Muhofaza qilinishi natijasida oʻz arealini qaytadan tiklagan va yoʻqolib ketish xavfi tugʻilmaydigan oʻsimlik va hayvon turlari Qizil kitobdan chiqariladi. Qizil kitobga kiritilgan turlar davlat qonuni asosida muhofaza qilinadi; uni buzgan yuridik va jismoniy shaxslar qonunga muvofiq javobgarlikka tortiladi. Biz ustozlar ham o‘quvchilar ongiga o‘simlik va hayvonot dunyosiga to‘g‘ri munosabatda bo‘lish, ularni asrab-avaylash, muhofaza qilish haqidagi tushunchalarni o‘z darslarimiz davomida singdirib borishimiz kerak. Апрель 2021 10-қисм Тошкент 191 (10-қисм)