MUNDARIJA KIRISH 3-6 I.BOB. FERMER XO’JALIKLARIDA BUXGALTERIYA HISOBINING NAZARIY-USLUBIY ASOSLARI 1.1. Fermer xo’jaliklarida buxgalteriya hisobining o’ziga xos tamoyillari va xususiyatlari Fermer xo’jaliklarida moliyaviy va boshqaruv hisobining o‘zaro bog‘liqligi Fermer xo’jaliklarida boshqarishni tashkil etish 1.2. 1.3. II.BOB. FERMER XO’JALIKLARIDA HISOBINI TASHKIL ETISH 2.1. Fermer xo’jaliklarida buxgalteriya hisobini tashkil etishning umumiy qoidalari va vazifalari Fermer xo’jaliklarida buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan tartibini qo’llash Fermer xo’jaliklarida buxgalteriya hisobining kombinatsiyalashgan shaklini qo’llash 2.2. 2.3. 7-14 14-21 21-31 BUXGALTERIYA 32-37 37-41 41-52 III.BOB. FERMER XO’JALIKLARIDA BUXGALTERIYA HISOBINI YURITISHNI TAKOMILLASHTIRISH 3.1. Fermer xo’jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulotlar tannarxini kalkulyatsiya qilishning o’ziga xos xususiyatlari Fermer xo’jaliklarida buxgalteriya hisobini yuritishni takomillashtirish 53-71 Xulosa 78-83 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 83-86 3.2. 2 71-78 KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so’ng iqtisodiyotning barcha sohalarini rivojlangan mamlakatlar tajribasiga asoslangan holda rivojlantirish zaruriyati tug’ildi. Mustaqillikning ilk yillarida O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan belgilab berilgan iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari bugungi kunga kelib o’zining ijobiy natijalarini bermoqda. Bugungi kunga kelib mamlakatimiz qishloq xo’jaligida ijobiy o’zgarishlarni ko’rish mumkin. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning «Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiq-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlari»ga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida 2016 yilda qishloq xo’jaligida amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar va tarkibiy o’zgarishlar yuzasidan tanqidiy fikirlar, xato va kamchiliklar aytib o’tildi. Shuningdek «2017 yilda Qishloq va suv xojaligi vazirligi, kompaniyalar va boshqa idoralar, shuningdek, barcha bog’indagi hokimliklar quyidagi strategik muhim vazifalarni amalga oshirishlari shart»1ligi belgilandi: birinchi –ekin maydonlari va ekinlar tarkibini optimallashtirish, ilg’or agrotexnalogiyalarni joriy etish va hosildorlikni oshirish, meva-sabzavot va uzum etishtirishni ko’paytirish; ikkinchi-fermer xo’jaliklarning moliyavi iqtisodiy holatini mustahkamlash. Oxirgi o’n yil mobaynida mineral o’g’itlar, yoqilg’i , moylash materiallari, urug’lik narxining o’sishi bilan paxta xom-ashyosi va g’allani xarid qilish narxlari o’sishi o’rtasida keskin farq borligi kuzatilmoqda; uchunchi-o’tkan yillarda Moliya vazirligi va uning huzuridagi Jamg’arma rahbariyati tomonidan shakllantirilgan, agrotexnika tadbirlarini moliyalashtirishda ijobiy natija bermayotgan va mutlaqo chala tizimga barham berish zarur. «Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik-har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak» SH.M.Mirziyoev Toshkent-«O’zbekiston»-2017, 41- bet 1 3 Respublikamizda keyingi yillarda iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash jarayonlariga yanada kengroq e’tibor berilmoqda. Ayniqsa qishloq xo’jaligining iqtisodiyotdagi roli va ahamiyatini hisobga olib fermer xojaliklarini rivojlantirishga har tomonlama talab oshib bormoqda. Bu borada O’zbekiston Respublikasining «Fermer xo’jaligi to’g’risidagi» va “Qishloq xo’jaligi kooperativ (shirkat xo’jalik)lari to’g’risida”gi qonuni, O’zbekiston Respublikasining Moliya vazirligi va Qishloq va suv xo’jaligi vazirligining « Fermer xo’jaliklarida buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan tizimini tashkil etish to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida » gi qarori, O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.Karimovning « » O‘zbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish choratadbirlari to‘g‘risidagi 2012yil 22 oktabrdagi farmoni hujjatlarining qabul qilinishi fermer xo’jaliklarining huquqi-me’yoriy bazasi yaratilgan desak adashmaymiz. Bu esa fermer xo’jaliklarining iqtisodiyotdagi ahamiyatlilik darajasining oshib borayotganligidan dalolat bermoqda. Jamiyatda islohotlarni o’tkazishdan maqsad, xalq turmushini farovon qilish va yurt qudratini oshirishdan iborat. Shunday ekan, Respublikamiz istiqbolini tub o’zgarishlarsiz, ya’ni islohotlarsiz tassavvur qilib bo’lmaydi. Bunday islohotlar hozirgi kunda qishloq xo’jaligi sohasida ham ildamlab bormoqda. Fermer xo’jaliklarida buxgalteriya hisobini takomillashtirish va uni fermer xo’jaliklarida sodda va qulay tarzda tadbiq qilish bugungu kunning dolzarb mavzularidan biri sanaladi. Fermer xo’jaliklarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish sohasidagi jahon tajribalariga milliy andozalar talablariga tayangan holda buxgalteriya hisobini tashkil qilish , mavjud tajribalarga suyanib mulkchilikning yangi bo’g’ini hisoblangan fermer xo’jaliklarida buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan shakllarini qo’llash va fermer xo’jaligini qanday mulk evaziga tashkil etishning afzalligini ko’rsatib berish bitiruv malakaviy ishi mavzusini tanlashning, uni dolzarbligini va katta nazariy hamda amaliy ahmiyatga ega ekanligini ko’rsatib turadi. Yuqoridagi fikrlar, fermer xo’jaliklarida buxgalteriya hisobi borasida hanuzgacha muhim va o’z echimini kutayotgan zaruriy masalalar mavjudligi va 4 shu bois, bu borada buxgalteriya hisobi tizimida jiddiy ilmiy izlanishlar olib borish zarurligini taqozo etadi. Bu esa, bitiruv malakaviy ishi mavzusining naqadar dolzarb ekanligini ko’rsatmoqda. BMI ob’ekti va predmeti. BMI ob’ekti sifatida mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan fermer xo’jaliklari va ularda ibuxgalteriyahisobiga oid iqtisodiy ma’lumotlari hisoblanadi. Tadqiqotning predmeti bo’lib, Respublikamiz fermer xo’jaliklarida buxgalteriya hisobini yuritish va uni takomillashtirish masalalari hisoblanadi. BMI maqsadi va vazifalari. Bitiruv malakaviy ishining maqsadi – fermer xo’jaliklarida buxgalteriya hisobi hamda uni amalga oshirishning nazariy va amaliy jihatlarini o’rganish hamda uni takomillashtirish masalalarini tadqiq etishdan iboratdir. Yuqorida qo’yilgan maqsadga erishish va bitiruv malakaviy ishi mavzusining mazmunini ochib berish uchun malakaviy ishda quyidagi vazifalarni o’rganishni maqsad qilib oldik: - Bozor munosabatlari sharoitida fermer xo’jaliklarining iqtisodiyotda tutgan o’rni, ahamiyati va ular faoliyatining o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish; - Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida fermer xo’jaliklarida buxgalteriya hisobini tashkil etishning maqsadi, vazifalari va me’yoriy asoslarini tadqiq etish; - Fermer xo’jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlarini buxgalteriya hujjatlari va schyotlarida aks ettirish xususiyatlarini o’rganish; - Fermer xo’jaliklarida mahsulot tannarxini shakllanishi va uni kalkulyatsiya qilish tartibini tadqiq etish; - Fermer xo’jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlarini moliyaviy hisobot shakllarida umumlashtirish xususiyatlarni amalga oshirish; - Fermer xo’jaliklarida buxgalteriya hisobi va uni takomillashtirish masalalarini tadqiq etish. Bu vazifalardan ko’rinib turibdiki, fermer xo’jaliklarida buxgalteriya hisobi hamda uni yuritishni chuqur o’rganish, amaliyotga tadbiq etish va takomillashtirish bugungi kundagi dolzarb masalalardan biridir. 5 Mavzuning nazariy - amaliy ahamiyati. Bitiruv malakaviy ishida fermer xo’jaliklarida buxgalteriya hisobini tadbiq qilish va uni takomillashtirish bo’yicha keltirilgan xulosa hamda takliflardan Respublikamiz fermer xo’jaliklarida buxgalteriya hisobini tashkil etish va amalga oshirishda foydalanish hamda bitiruv malakaviy ishidagi ko’pgina nazariy qoidalarni o’quv yurtlarida iqtisodiy fanlarni o’qitish jarayoniga tadbiq etish maqsadga muvofiqdir. Bitiruv malakaviy ishni amaliy ahamiyati uning asosiy natijalarini Respublikamiz fermer xo’jaliklarida buxgalteriya hisobi hamda uni takomillashtirish bo’yicha uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqishda qo’llash mumkinligi bilan belgilanadi. Bundan tashqari, tadqiqot natijalari fermer xo’jaliklarida buxgalteriya hisobini takomillashtirishda axborotlarning to’liq va aniq aks ettirilishini ta’minlaydi. BMI tarkibining qisqacha tavsifi. Bitiruv malakaviy ishi kirish qismi, mazmunan bog’langan uchta bob, 6 savol, xulosa qismi, foydalanilgan adabiyotlar ruyxati va ilovalardan iborat. 6 I.BOB. FERMER XO’JALIKLARIDA BUXGALTERIYA HISOBINING NAZARIY-USLUBIY ASOSLARI 1.1. Fermer xo’jaliklarida buxgalteriya hisobining o’ziga xos tamoyillari va xususiyatlari Fermer xo‘jaligi o‘ziga uzoq muddatli ijaraga berilgan er uchastkalaridan foydalangan holda tovar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaligi a’zolarining birgalikdagi faoliyatiga asoslangan, yuridik shaxs huquqlariga ega mustaqil xo‘jalik yurituvchi sub’ektdir. Fermer xo‘jaliklarini tashkil etish, ularning faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi bilan bog‘liq munosabatlar ushbu Qonun hamda boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Fermer xo‘jaligi tanlov asosida, aksariyat hollarda mehnat resurslari ortiqchaligi sezilmayotgan erlarda va hududlarda tashkil etiladi. Chorvachilik mahsuloti etishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaligi kamida 30 shartli bosh chorva moli bo‘lgan taqdirda tashkil etiladi. Fermer xo‘jaligiga ijaraga beriladigan er uchastkalarining eng kam o‘lchami bir shartli bosh chorva molga hisoblaganda Andijon, Namangan, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlaridagi sug‘oriladigan erlarda kamida 0,3 gektar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa viloyatlardagi sug‘oriladigan erlarda kamida 0,45 gektar, sug‘orilmaydigan (lalmikor) erlarda esa kamida 2 gektarni tashkil etadi2. Dehqonchilik mahsuloti etishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaliklariga ijaraga beriladigan er uchastkalarining eng kam o‘lchami paxtachilik va g‘allachilik uchun kamida 10 gektar, bog‘dorchilik, uzumchilik, sabzavotchilik va boshqa ekinlarni etishtirish uchun kamida 1 gektarni tashkil etadi. Er uchastkalari berilganda fermer xo‘jaligi o‘z zimmasiga qishloq xo‘jalik ekinlarining hosildorligi (uch yil uchun o‘rtacha yillik hosil hisobida) erning kadastr bahosidan kam bo‘lmasligini ta’minlash majburiyatini oladi. Bu majburiyat er uchastkasini ijaraga olish shartnomasida mustahkamlab qo‘yiladi. 2 O'zbekiston Respublikasi “Fermer xo’jaligi to’g’risida”gi qonuni LexUZ 2017 yil 7 Fermer xo‘jaligi ustav asosida faoliyat ko‘rsatadi. Fermer xo‘jaligining ustavida quyidagilar belgilanadi: fermer xo‘jaligining nomi; faoliyat sohasi va maqsadi; fermer xo‘jaligining boshlig‘i to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar; fermer xo‘jaligi faoliyatini boshqarish tartibi; erdan va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish tartibi; fermer xo‘jaligining huquq va majburiyatlari; fermer xo‘jaligi a’zolarining huquq va majburiyatlari, ularning xo‘jalik ishlab chiqarish faoliyatida ishtirok etish tartibi; fermer xo‘jaligining daromadlarini (foydalarini) taqsimlash, zararlarini qoplash tartibi; fermer xo‘jaligining o‘z majburiyatlari va qarzlari yuzasidan javobgarligi; fermer xo‘jaligini qayta tashkil etish yoki tugatish tartibi; fermer xo‘jaligining joylashgan manzili; fermer xo‘jaligi ustavini o‘zgartirish tartibi. Qishloq xo‘jaligi kooperativlarining (shirkat xo‘jaliklarining) tarkibidan chiqish va mustaqil fermer xo‘jaligi yuritish istagida bo‘lgan a’zolari kooperativ (shirkat) ustaviga binoan o‘zlariga tegishli mulkiy pay qiymatini hamda daromaddan (foydadan) miqdori kooperativ (shirkat) a’zosining mehnat ishtirokini inobatga olgan holda aniqlanadigan ulushni olishga haqlidir. Mazkur shaxslar fermer xo‘jaligi yuritish uchun qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) umumiy majlisining qaroriga binoan shu kooperativ (shirkat) erlari tarkibidan qonunda belgilangan tartibda uzoq muddatli ijaraga er uchastkasi olish huquqiga ega. Bunda er uchastkasini uzoq muddatli ijaraga ajratish qishloq xo‘jaligi kooperativini (shirkat xo‘jaligini) uning faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur er resurslari va asosiy ishlab chiqarish fondlaridan mahrum etib qo‘ymasligi lozim. Fermer xo‘jaligiga berilgan er uchastkalaridan qat’iy belgilangan maqsadda foydalaniladi, ular xususiylashtirilishi, oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlash ob’ekti bo‘lishi, shuningdek ikkilamchi ijaraga berilishi mumkin emas. Fermer 8 xo‘jaligi kreditlar olish uchun o‘z mol-mulkini, shuningdek er uchastkasini ijaraga olish huquqini garovga qo‘yishga haqli. Fermer xo‘jaligiga berilgan er uchastkasi bo‘linishi mumkin emas. Er uchastkasining o‘lchami va chegaralari faqat fermer xo‘jaligi boshlig‘ining roziligi bilan o‘zgartirilishi mumkin. Fermer xo‘jaligi boshlig‘i vafot etgan taqdirda er uchastkasini ijaraga olish huquqi shu xo‘jalik a’zolarining o‘zaro kelishuvi asosida, fermer xo‘jaligi faoliyatini davom ettirish istagida bo‘lgan xo‘jalik a’zolaridan biriga meros bo‘yicha o‘tadi. Fermer xo‘jaligi boshlig‘i mehnat qobiliyatini to‘la yo‘qotgan taqdirda, er uchastkasini ijaraga olish huquqi xo‘jalik a’zolarining roziligi bilan ulardan biriga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda topshiriladi. Fermer xo‘jaligiga berilgan er uchastkasidan foydalanganlik uchun haq tuman byudjetiga kiritiladigan har yilgi ijara haqi tariqasida er uchastkasining sifatiga, joylashgan manziliga va suv bilan ta’minlanganlik darajasiga qarab, uning kadastr bahosini inobatga olgan holda belgilanadigan er solig‘i stavkasi miqdorida undiriladi. Davlat ro‘yxatiga olingan paytdan e’tiboran dastlabki ikki yil mobaynida fermer xo‘jaligi er uchastkasidan foydalanganlik uchun haq to‘lashdan ozod etiladi. Fermer xo‘jaliklari uchun suvdan foydalanish limitlari vakolatli organlar tomonidan belgilanadi. Fermer xo‘jaligiga beriladigan suvning sarfini hisobga olish hamda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lash tartibi, shuningdek mazkur soliq bo‘yicha imtiyozlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi. Fermer xo‘jaligi yuridik shaxsning barcha huquqlariga ega bo‘ladi. Fermer xo‘jaligi tadbirkorlik shakllaridan biri bo‘lib, tashkil etilishidan ko‘zlangan maqsadlarga erishish uchun shu maqsadlarga monand tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga haqlidir. Fermer xo‘jaligi boshqa shakllarda xo‘jalik yurituvchi korxonalar bilan teng huquqlarga ega. Fermer xo‘jaligi tadbirkorlik faoliyati sub’ekti tariqasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega: fermer xo‘jaligining ishlab chiqarish faoliyatini o‘ziga berilgan er uchastkasida ustavda nazarda tutilgan doirada mustaqil tashkil etish; etishtirilayotgan mahsulotga mustaqil ravishda narx belgilash; 9 o‘zi etishtirgan mahsulotni, shu jumladan bu mahsulotni iste’molchilarga o‘z xohishi bo‘yicha realizatsiya qilish huquqini tasarruf etish; xarid etiladigan mahsulotga oldindan haq to‘lanadigan fyuchers bitimlari tuzish; tadbirkorlikdan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq solinadigan, cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olish; qishloq xo‘jaligi mahsuloti etishtiruvchilarga sotish uchun va erkin savdoga mo‘ljallangan aksiyalarni sotib olish; kreditlar olish, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki va pul mablag‘larini ixtiyoriylik asosida va shartnoma shartlarida, shu jumladan fermer xo‘jaliklarini kreditni uzishning zarur garov, sug‘urta hamda boshqa kafolatlarini ta’minlagan holda imtiyozli kreditlashga jalb etish; ijaraga beruvchining ruxsati bilan yoki qonunda yoxud ijara shartnomasida nazarda tutilgan hollarda er uchastkasini ijaraga berish huquqini kredit olish uchun garovga qo‘yish; o‘rta va kichik korxonalar uchun berilgan imtiyozlarning barcha turlaridan foydalanish; xodimlarni ishga yollash va ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qilish. Fermer xo‘jaligi quyidagilarni bajarishi shart: er uchastkasidan qat’iy belgilangan maqsadda foydalanish; tabiiy ob’ekt bo‘lmish erga zarar etkazmaslik; er uchastkasini asrash, uning unumdorligini saqlash va oshirish yuzasidan sarf-xarajatlar qilish; er uchastkasini, agar ijaraga olish shartnomasida boshqa muddat belgilangan bo‘lmasa, bir yil ichida o‘zlashtirish; agrotexnika talablariga, belgilangan rejim, saqlash vazifasi va servitutlarga rioya etish; fermer xo‘jaligining majburiyatlari va qarzlari yuzasidan to‘la javobgar bo‘lish; 10 fermer xo‘jaligining barcha a’zolari hamda mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslar uchun qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga va Aholini ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi davlat jamg‘armasiga majburiy badallar to‘lash; fermer xo‘jaligining a’zolari va mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslarning mehnat faoliyati hisobini yuritish; xo‘jalik a’zolari va mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslar uchun xavfsiz mehnat sharoitini ta’minlash; madaniy-ma’rifiy tadbirlarga, obodonlashtirish ishlariga shartnoma asosida mablag‘lar ajratish. Fermer xo‘jaligining a’zolari: xo‘jalik a’zolari o‘rtasidagi shartnoma shartlariga bog‘liq tarzda birgalikda yoki yakka tartibda foydalaniladigan daromaddan (foydadan) o‘z ulushini olish; qonun hujjatlariga muvofiq davlat ijtimoiy sug‘urtasidan o‘tkazilish va ijtimoiy ta’minlanish huquqiga ega. Fermer xo‘jaligining a’zolari: fermer xo‘jaligining ishlab chiqarish faoliyatida shaxsiy mehnati bilan ishtirok etishi; belgilangan mehnat tartibiga bo‘ysunishi shart. Fermer xo‘jaligining o‘ziga qarashli mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqi davlat himoyasidadir. Fermer xo‘jaligining mol-mulki, agar uning a’zolari o‘rtasidagi kelishuvga binoan umumiy ulushli mulk tashkil etish nazarda tutilgan bo‘lmasa, uning a’zolariga umumiy birgalikdagi mulk asosida qarashli bo‘ladi. Fermer xo‘jaligining mol-mulkiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish xo‘jalik a’zolari tomonidan o‘zaro kelishuv asosida amalga oshiriladi. Fermer xo‘jaligi tarkibidan boshqa fermer xo‘jaligi tashkil etish maqsadida chiqayotgan a’zolargina fermer xo‘jaligi tarkibidan chiqqanda mol-mulkdagi ulushni naturada yoki teng qiymatda olish huquqiga ega. Fermer xo‘jaligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mol-mulkni hosil qilish, ko‘paytirish, olish, ijaraga yoki vaqtincha foydalanishga olish huquqiga ega. 11 Fermer xo‘jaligi tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqa shakllarda xo‘jalik yurituvchi korxonalar bilan teng sharoitda amalga oshiradi. Fermer xo‘jaligining faoliyati ko‘proq xo‘jalik a’zolarining shaxsiy mehnatiga asoslanadi. Fermer xo‘jaligidagi ishlarni bajarishga boshqa shaxslar mehnat shartnomasi asosida jalb etilishi mumkin. Fermer xo‘jaligida mehnat shartnomasini tuzish tartibi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Fermer xo‘jaligidagi ish tartibini xo‘jalik boshlig‘i qonun hujjatlariga muvofiq belgilaydi. Fermer xo‘jaligi boshlig‘i xo‘jalik a’zolarining va xo‘jalikda mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslarning mehnat faoliyati hisobini yuritadi. Fermer xo‘jaligida mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslarning mehnatiga haq to‘lash qonun hujjatlarida belgilangan eng kam ish haqidan oz bo‘lmagan miqdorda, taraflarning kelishuviga binoan pul tarzida ham, natura tariqasida ham amalga oshiriladi. Mehnat shartnomasi asosida fermer xo‘jaligida ishlayotgan shaxs xo‘jalik mol-mulkiga fermer xo‘jaligi boshlig‘ining roziligi bilan pul yoki boshqa xil ulushni kiritishga hamda qo‘shgan ulushiga mutanosib ravishda xo‘jalik daromadi (foydasi) taqsimotida qatnashishga haqlidir. Fermer xo‘jaligining a’zolari, shuningdek xo‘jalikda mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq davlat ijtimoiy sug‘urtasidan o‘tkazilishi lozim. Fermer xo‘jaligida ishlangan vaqt davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha badallar to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida mehnat stajiga qo‘shiladi. Fermer xo‘jaligining a’zolari hamda xo‘jalikda mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslarga ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha davlat nafaqalari va pensiyalar tayinlash hamda to‘lash qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda va shartlarda amalga oshiriladi. Fermer xo‘jaligi o‘zi etishtirayotgan mahsulotni realizatsiya qilish, shu jumladan davlat xaridi tartibida realizatsiya qilish uchun yuridik va jismoniy shaxslar bilan ixtiyoriylik asosida xo‘jalik shartnomalari tuzish huquqiga ega. Taraflar shartnoma majburiyatlari buzilgan taqdirda, qonun hujjatlarida yoki shartnomada belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar. Fermer xo‘jaligi o‘zi etishtirayotgan mahsulotga bozordagi talab va taklif nisbatidan kelib chiqib mustaqil ravishda narx belgilaydi. Fermer xo‘jaligi etishtirayotgan mahsulotni 12 eksportga etkazib berish, shuningdek chet ellik sheriklar bilan hisob-kitob qilish qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Fermer xo‘jaliklari ixtiyoriylik asosida, shu jumladan ulushli (pay) asosda mahsulot etishtirish, xarid qilish, uni qayta ishlash va sotish, moddiy-texnika ta’minoti, qurilish, texnikaviy, suv xo‘jaligi, veterinariya, agrokimyo, maslahat berish yo‘sinidagi va boshqa xil xizmat ko‘rsatish bo‘yicha kooperativlarga (shirkatlarga), jamiyatlarga, ittifoqlarga, uyushmalarga va boshqa birlashmalarga birlashish, kirish huquqiga ega. Fermer xo‘jaligini ishlab chiqarish ahamiyatiga molik ob’ektlar qurilishi, asosiy ishlab chiqarish vositalarini xarid etish uchun uzoq muddatli kreditlash va joriy ishlab chiqarish faoliyati uchun qisqa muddatli kreditlash kredit shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Fermer xo‘jaliklari bank muassasalari tomonidan ularga xizmat ko‘rsatish uchun tashkil etiladigan maxsus kredit fondidan imtiyozli shartlarda foydalanadilar. Fermer xo‘jaligi o‘ziga qarashli va ijaraga olingan ishlab chiqarish vositalarining, qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining (ko‘chatzorlarining), ko‘p yillik dov-daraxtlarning, etishtirilgan mahsulotning, xom ashyoning, materiallarning yo‘qotilishi (nobud bo‘lishi), kam chiqishi yoki shikastlanishi xavfini, tadbirkorlik xavfini, shuningdek shartnomalarni buzganlik uchun o‘zining javobgarlik xavfini ixtiyoriylik asosida sug‘urta qildiradi hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda sug‘urta tovoni oladi. Fermer xo‘jaligi qonun hujjatlariga muvofiq byudjetga soliqlar, yig‘imlar hamda boshqa to‘lovlar to‘laydi. Fermer xo‘jaligi a’zolarining va xo‘jalikda shartnoma asosida ishlayotgan shaxslarning shaxsiy daromadlari daromadlar to‘g‘risidagi deklaratsiyalarda aks ettiriladi. Davlat qishloq xo‘jaligi mahsuloti etishtirish va uni realizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaliklarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini kafolatlaydi. Davlat organlari fermer xo‘jaligini rivojlantirish va mustahkamlashga ko‘maklashishlari lozim. Fermer xo‘jaliklari faoliyatini muvofiqlashtirib borish hamda ularning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish O‘zbekiston Dehqon va fermer xo‘jaliklari uyushmasi hamda Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi hamda ularning joylardagi hududiy organlari tomonidan amalga oshiriladi. Qishloq 13 xo‘jaligi kooperativlari (shirkat xo‘jaliklari) va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari fermer xo‘jaligiga berilgan erlardan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshiradilar hamda erdan samarali va oqilona foydalanilishini ta’minlash yuzasidan zarur choralar ko‘radilar. Fermer xo‘jaligi o‘z faoliyatining natijalarini hisobga olib boradi hamda mahalliy statistika va soliq organlariga belgilangan tartibda hisobot taqdim etadi. Fermer xo‘jaligini qayta tashkil etish (qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish, o‘zgartirish) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Fermer xo‘jaligi quyidagi hollarda tugatiladi: xo‘jalik faoliyatini davom ettirish istagida bo‘lgan bironta ham xo‘jalik a’zosi yoki merosxo‘r qolmagan bo‘lsa; er uchastkasini ijaraga olish huquqidan ixtiyoriy voz kechilganda; er uchastkasining ijaraga berilgan muddati tugaganda va erdan foydalanish huquqini tiklashning imkoniyati bo‘lmaganda; erdan belgilangan maqsadda va oqilona foydalanilmaganda, olingan hosildorlik normativ kadastr bahosidan muttasil (uch yil mobaynida) past bo‘lganda; erlarning ekologik holati yomonlashganda; er uchastkasi belgilangan tartibda olib qo‘yilganda; fermer xo‘jaligi bankrot deb e’lon qilinganda; ijara haqi belgilangan muddatlarda muttasil to‘lanmay kelinganda; fermer xo‘jaligi er olgan paytdan e’tiboran bir yil mobaynida xo‘jalikishlab chiqarish faoliyatiga kirishmagan bo‘lsa; fermer xo‘jaliklari faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari bir necha marta yoki bir marta, lekin qo‘pol ravishda buzilganda; shartnoma shartlari buzilganligi munosabati bilan erni ijaraga olish shartnomasi bekor qilinganda. Fermer xo‘jaligi: fermer xo‘jaligi a’zolarining qaroriga binoan; 14 qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda sudning qaroriga binoan tugatiladi. 1.2. Fermer xo’jaliklarida moliyaviy va boshqaruv hisobining o‘zaro bog‘liqligi Har qanday korxonani, u yirik yoki kichik korxona bo`lsin, boshqarish zarur. Ishlab chiqarishni boshqarish mehnatning ijtimoiy xususiyatlaridan kelib chiqadi. Boshqarish alohida mehnat faoliyati sifatida mehnat taqsimoti, kooperatsiyasi va ishlab chiqarish ko`lamining kengayishi natijasida yuzaga kelgan. Bu jarayon boshqaruv subyektining muayyan bir natijaga erishish maqsadida boshqaruv obyektlariga maqsadli ta’sir o`tkazish bilan bog`liq faoliyatni aks ettiradi. Boshqaruv subyekti sifatida hokimiyat vakolati va ta’siriga ega bo`lgan jismoniy va yuridik shaxslar tushuniladi. ta’sir o`tkazishning iqtisodiy va Subyektning ma’naviy-axloqiy hokimiyat dastaklari vakolatlari, boshqaruv faoliyatining asoslarini tashkil etadi. Boshqaruv obyekti hokimiyat ta’siri yo`naltirilgan jismoniy va yuridik shaxslardan hamda ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar va jarayonlardan tashkil topadi. Boshqaruv faoliyati mehnat jarayonining xilma-xil jihatlaridan biri bo`lib, unga xos bo`lgan barcha elementlardan – mehnat predmeti, mehnat vositalari, mehnat va uning natijalaridan iborat bo`ladi. Har qanday maqsadga yo`naltirilgan faoliyat, shu jumladan boshqaruv faoliyatining asosini ham tabiat, jamiyat va tafakkurning obyektiv qonuniyatlari tashkil etadi. Tafakkur qonuniyatlari – bu jamiyat qonuniyatlarining tarkibiy qismi sanaladi, o`z navbatida jamiyat tabiatning bir bo`lagi sifatida tabiat qonuniyatlariga bo`ysunadi. Boshqaruv faoliyatida tabiat qonuniyatlarini inkor etish mislsiz halokat va yo`qotishlarga olib kelishi mumkin. Jamiyat qonunlarini inkor etish esa, jamiyatda ijtimoiy qarama-qarshiliklar, qaltis vaziyatlar va kelishmovchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Tafakkur qonunlarini inkor etilishi, o`z navbatida, jamiyat va shaxsning uyg`unlikda rivojlanishiga salbiy ta’sir ko`rsatadi. 15 Tabiat, jamiyat va tafakkur qonuniyatlaridan boshqaruv qonunlari, ulardan esa boshqaruv maqsadi, tamoyillari, vazifalari va usullari kelib chiqadi (1- chizma). Tabiat qonunlari Jamiyat qonunlari Tafakkur qonunlari Boshqaruv qonunlari Boshqaruv tamoyillari Boshqaruv maqsadi Boshqaruv vazifalari Boshqaruv usullari Boshqaruv texnologiyasi Boshqaruv obyektlari 1-chizma. Boshqaruv tushunchalari va kategoriyalarining o`zaro aloqalari3 Har qanday ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarni boshqarish, oxir-oqibatda, insonlar xulqini va xatti-harkatini boshqarishdan, ularning faoliyatini tartibga solish va rag`batlantirish jarayonidan iborat deb qarash mumkin. Korxonani boshqarish keng qamrovli faoliyat bo`lib, uning tarkibiga quyidagi elementlarni kiritish mumkin: boshqaruv mexanizmi (umumiy qonuniyatlar, tamoyillar, maqsad va vazifalar, usullar); 3 Do’smuratov R.D, Mamadiyarov D.U. Boshqaruv hisobi./Darslik. -T.: Sharq 2008. -174 b. 16 boshqaruv tarkibi (boshqaruv organlari, mutaxassis xodimlar, texnik vositalar va boshqa); boshqaruv jarayoni (qarorlarni qabul qilish va amalga oshirish, boshqaruv texnologiyasi va tartibi, xodimlar faoliyatini tashkil etish). Korxonadagi boshqaruv vazifalarini bajarishga tashqi va ichki omillar o`z ta’sirini ko`rsatadi. Ichki omillarga korxona hajmi, resurslarni taqsimlash, texnologik qurollanish darajasi, mehnatni tashkil etish usullari, ishlab chiqarish xarajatlari va narx siyosati kabi dastaklar kiradi. Bu omillarni ma’lum darajada oldindan rejalashtirish va nazorat qilish mumkin. Tashqi omillar korxonadan tashqaridagi muhit ta’sirida vujudga keladi. Ular qatoriga bozor konyunkturasi va raqobat muhiti, mol yuboruvchi va iste’molchilarning xatti-harakatlari, tabiiy-iqlimiy shart-sharoitlar, siyosiy va ijtimoiy omillar, huquqiy-me’yoriy baza va davlat boshqaruvi kabi omillar kiradi. Boshqaruvga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar korxonaning ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy va boshqa faoliyati natijalariga jiddiy ta’sir ko`rsatishi sababli, boshqaruv qarorlarini qabul qilishda har bir omilni hisobga olish zarur. Korxonani boshqarish ma’lum bir tamoyillarga asoslanib amalga oshiriladi. Bu tamoyillar boshqaruv faoliyati g`oyalarining tayanch va fundamental asoslarini tashkil etib, boshqaruv obyektlari va subyektlariga xos bo`lgan jarayonlar, voqea va hodisalarni ilmiy anglash hamda maqsadli foydalanishga imkon beradi. Boshqaruv tamoyillarini yaxshi o`zlashtirgan rahbarlargina boshqaruvning maqsadi va vazifalarini chuqur anglab, oqilona qarorlar qabul qilishi mumkin. 1. Mehnat taqsimoti tamoyili mehnatni tashkil etish va boshqarishda vazifalar va majburiyatlarni xodimlar o`rtasida oqilona taqsimlash jarayonini anglatadi. 2. Vakolatlilik va majburiyat. Vakolat boshqaruv qarorlarini qabul qilishga imkon bersa, majburiyat uning natijalari uchun javobgarlik tamoyilini belgilab beradi. 17 3. Intizom korxona xodimlari va ishchilarning belgilangan mehnat tartibi va qoidalarga so`zsiz rioya etishini va hurmat bilan yondoshishini talab etadi. 4. Boshqaruvda yakkaboshchilik va kollegiallik. Yakkaboshchilik tamoyili korxona xodimlarining yagona rahbar buyruqlariga qat’iy bo`ysunushini talab qiladi. Bu tamoyilni amalga oshirishning asosiy sharti har bir ijrochining huquqlari, burchi va majburiyatlarini qat’iy belgilab qo`yishdir. 5. Maqsadning yagonaligi tamoyili korxonadagi barcha boshqaruv xodimlari, mutaxassislar va ishchilarning yagona maqsad va vazifalar yo`lida birlashishi zaruriyatini yuzaga keltiradi. 6. Shaxsiy manfaatlar va korxona manfaatlarini qo`shib olib borish tamoyili - korxonaning har bir xodimi o`z shaxsiy manfaati yo`lida qattiq mehnat qilish bilan birga, o`z manfaatlarini korxona manfaatlaridan ustun qo`ymasligi lozimligini anglatadi. Shu bilan birga boshqaruvchilarning korxona manfaatlarini ko`zlab qabul qilgan qarorlari xodimlar va ishchilarning manfaatlariga ziyon yetkazmasligi lozim. 7. Moddiy va ma’naviy rag`batlantirish tamoyili asosida korxona xodimlarining mehnati natijalarini munosib taqdirlash orqali mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish samaradorligini yuksaltirish yotadi. 8. Rejalilik. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishni rejali boshqarish iqtisodiy samaradorlikni ta’minlashning muhim shartidir. Bu tamoyil ishlab chiqarishni rivojlantirishining qisqa va uzoq muddatlarga mo`ljallangan yo`nalishlari, sur’atlari va nisbatlarini belgilashni ifodalaydi. 9. Tejamlilik va samaradorlik korxona faoliyatida moddiy-texnikaviy, moliyaviy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish orqali eng kam xarajatlar evaziga maksimal foyda olish muhimligini anglatadi. 10. Javobgarlik va tavakkalchilik. Boshqaruvchi o`z faoliyati natijalari uchun ma’lum bir javobgarlikka ega bo`lishi, bunda ma’lum tavakkalchilik (risk) elementlarini ham hisobga olishi lozim. 18 11. Boshqaruv etikasiga rioya etish. Bu tamoyil boshqaruv xodimlaridan bilimli, madaniyatli va xushmuomala bo`lishni, xodimlarga ishonish va ularni eshita bilishni talab etadi. 12. Boshqaruv shakli va usullarini takomillashtirib borish. Kuchli raqobat sharoitida korxonani sinmasligi uchun boshqaruvchilar doimo o`z ustilarida tinmay ishlab, boshqaruv usullarini takomillashtirib borishlari va bozordagi o`zgarishlarga moslashishlari kerak. Qishloq xo`jaligi korxonalari faoliyatini boshqarish jarayonida bu umumiy qonuniyat va tamoyillar bilan birga tarmoqning o`ziga xos bo`lgan tabiiy-iqlimiy va texnik-texnologik omillarini ham e’tiborga olmoq joizdir. Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi jonli organizmlar – o`simliklar va chorva mollari bilan bog`liq bo`lib, boshqaruv jarayonida ularning biologik va fiziologik xususiyatlarini yaxshi bilish lozim. Bu tarmoqda ishlab chiqarish jarayoni tabiiy jarayonlar bilan qo`shilib ketgan, ish vaqti ishlab chiqarish davri bilan mos kelmaydi. Mavsumiylik va tabiiy-iqlimiy sharoitlar ishchi kuchi va ishlab chiqarish vositalaridan yil davomida bir maromda foydalanish imkonini bermaydi. Tarmoqqa xos bo`lgan bu xususiyatlar qishloq xo`jaligi korxonalarining boshqaruvchilari oldiga yanada ko`proq mas’uliyat yuklaydi va uning xususiyatlarini chuqur o`zlashtirib, boshqaruv faoliyatida hisobga olishni taqozo etadi. Boshqaruv jarayonining dastlabki bosqichi uning maqsadlarini shakllantirish va tanlashdan boshlanadi. Ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlantirishning obyektiv qonuniyatlaridan kelib chiqib, boshqaruv maqsadlari ham obyektiv xarakterga egadir. Shu bilan birga, maqsadlar insonlar tomonidan ishlab chiqilishi tufayli uning subyektiv xususiyatlari ham mavjud. Korxona miqyosida boshqarishning asosiy maqsadi – korxonaning ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy va boshqa faoliyatlarini oqilona tashkil etish hamda xodimlar salohiyatidan unumli foydalanish orqali foydani maksimallashtirishga erishishdir. Foydaning turli zaxira jamg`armalari tarzida to`planib borishi korxonaning kelgusida faoliyat ko`rsatishi uchun zamin yaratadi, korxona faoliyatiga ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar natijasida yuzaga kelishi mumkin 19 bo`lgan turli tavakkalchilik (risk) elementlarini oldini olish va pasaytirishga imkon beradi. Qo`yilgan maqsadlarga erishish uchun bir qator vazifalarni amalga oshirish lozim bo`ladi. Vazifalar boshqaruv funksiyalari orqali amalga oshiriladi. Boshqaruv funksiyalari boshqaruv faoliyatining maqsadga yo`naltirilgan tarkibiy qismlaridan biridir. Zamonaviy boshqaruv nazariyalarida uning quyidagi funksiyalari ajratib ko`rsatiladi: - boshqaruv obyektiga oid axborotlarni yig`ish, saqlash, tizimga solish va qayta ishlash; - yig`ilgan axborotlarni operativ va moliyaviy hisobotlar yordamida tahlil etish; - joriy va istiqbolli rejalashtirish; - korxonaning ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy va investitsion faoliyatini tashkil etish va boshqarish; - nazorat va tartibga solish. Ushbu funksiyalar doirasida boshqaruv vazifalari ko`p qirrali bo`lib, ularga quyidagilarni kiritish mumkin: qisqa va uzoq muddatli davr uchun korxonaning maqsadlari hamda rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish; ishlab chiqarish va texnologik jarayonning kundalik izdan chiqishlarini bartaraf etish; moddiy-texnika ta’minotining uzluksizligini ta’minlash; raqobat muhitida korxonaning yashovchanligini ta’minlovchi moliyaviy va marketing faoliyatini tashkil etish; mehnatni tashkil etish, majburiyatlarni taqsimlash va boshqarish; korxona faoliyatining samaradorligini oshirish va boshqaruv qarorlarini bajarilishining ishonchli hamda samarali nazorati tizimini yaratish va boshqalar. Boshqaruv usullari boshqaruv subyektining muayyan natijalarga erishish maqsadida boshqaruv obyektiga ta’sir o`tkazish usullari yig`indisidir. Boshqaruv 20 usullari vositasida moddiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan oqilona foydalangan holda, yuqori natijalarga erishish maqsadida iqtisodiy jarayonlarga ta’sir etiladi. Boshqaruv usullarining nazariy asoslarini chuqur va atroflicha tahlil etish lozim bo`ladi. Negaki, eng maqbul usullar ham noto`g`ri qo`llanilganda salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Boshqaruv usullarini turkumlashga turlicha yondoshuvlar mavjud. Ammo har qanday inson yoki jamoaga faqatgina ularning manfaatlariga mos keluvchi ta’sir choralarini qo`llash samarali hisoblanadi. Ta’sir ko`rsatish mazmuniga ko`ra boshqaruvning tashkiliy-farmoyish, iqtisodiy va ijtimoiy-psixologik usullari mavjud. Tashkiliy-farmoyish usullari korxona boshqaruvchilarining vakolati va hokimiyati kuchidan foydalangan holda, tashkiliy-farmoyish vositalari orqali boshqarish jarayonini bildiradi. Boshqaruvning tashkiliy-farmoyish usullari boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlarning samarali faoliyat yuritishini ta’minlovchi ta’sir etish tizimidan iboratdir. Ko`p hollarda tashkiliy ta’sir ma’muriy huquq va hokimiyat kuchini qo`llash, ya’ni buyruq, qaror va farmoyishlarni amalga oshirishga asoslanadi (2-chizma). Tashkiliy-farmoyish usullari direktiv xarakterga ega bo`lib, ularni bajarmaslik moddiy, ma’naviy va ma’muriy shakldagi javobgarlikka sabab bo`ladi. 1.3. Fermer xo’jaliklarida boshqarishni tashkil etish Hokimiyat – boshqaruvchining irodasi, ta’sir kuchi, qobiliyatlari va malakasi, obro`si va tashkiliy-huquqiy vakolatlari doirasida xodimlarning mehnat faoliyatiga ta’sir o`tkazish imkoniyatlari va usullarini ifodalaydi. Ayrim hollarda obyektiv (iqtisodiy sharoitlarning o`zgarishi, noqulay iqlim va ob-havo ta’siri, texnikaning ishdan chiqishi va boshqalar) va subyektiv (mehnat intizomining buzilishi, mahsulot sifatining pasayib ketishi, mas’uliyatsizlik va g`ayriqonuniy xatti-harakatlar) omillar ishlab chiqarishning yakuniy natijalariga jiddiy ta’sir ko`rsatishi mumkin. Bunday holatlarda ishlab chiqarishdagi uzluksizlik tashkiliyfarmoyish va ma’muriy usullar orqali tartibga solinadi. 21 Boshqaruvning tashkiliy-farmoyish usullari Tashkiliy ta’sir etish usullari Operativ-farmoyish usullari Farmoyish Operativ-tavsiya Reglamentlash Me’yorlash Farmonlar Operativ kengash qarorlari Qonunlar Standartlar Qoidalar Iqtisodiy normativlar Qarorlar Tavsiyanomalar Direktivalar Nizomlar Reja-naryad va topshiriqlar Buyruqlar Texniktexnologik Yo`riqnomalar normativlar Og`zaki Litsenziyalar Kvotalar Ko`rsatmalar 2-chizma. Boshqaruvning tashkiliy-farmoyish usullari tarkibi4 Tashkiliy-farmoyish usullari tashkiliy aniqlikni ta’minlaydi, boshqaruvning har bir bo`g`ini vazifalarini belgilab beradi, boshqaruv apparati intizomi va faoliyati samaradorligini ta’minlaydi, xodimlarni tanlaydi va joy-joyiga qo`yadi, buyruqlar va farmoyishlarning bajaralishini nazorat etadi, ishda tartib o`rnatadi va hokazo. Shu bilan birga bu usullarni me’yor doirasida va o`z o`rnida qo`llash lozimligini unutmaslik lozim. Chunki tashkiliy-farmoyish usullariga haddan tashqari keng o`rin berish ma’muriyatchilik va byurokratizmga yo`l ochadi, ishchi va mutaxassis xodimlarning ishlab chiqarishning yakuniy natijalarini oshirishga bo`lgan rag`batini va manfaatdorligini susaytiradi. Tashkiliy-farmoyish usullarni iqtisodiy va ijtimoiy-psixologik usullar bilan birgalikda qo`llash maqsadga muvofiq. Pardaev A.X, Pardaev B.X. Boshqaruv hisobi. O’quv qo’llanma. T.: G’.G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2008. - 251 b. 4 22 Iqtisodiy usullar qo`yilgan maqsadga erishish uchun ishchi va xodimlarning manfaatlariga ta’sir o`tkazish orqali boshqaruv maqsadi va vazifalarini amalga oshirishga imkon beruvchi rag`batlar va vositalar yig`indisidan tashkil topadi (3chizma). Boshqaruvning iqtisodiy usullari Rejalashtirish Iqtisodiy tahlil Moddiy rag`batlantirish Xo`jalik hisobi Joriy Kapital tarkibi Ish haqi Narx Operativ To`lovga qobillik Mukofotlar Tannarx Strategik Rentabellik Ustamalar Foyda Biznes-reja Ish faolligi Moddiy yordam Kredit Istiqbolli Bozor faolligi Investitsiya Prognozlar Gorizontal va vertikal Bepul tushlik, yo`lkira va boshqa rag`batlar Mehnat normalari 3-chizma. Boshqaruvning iqtisodiy usullari tarkibi5 Ularning mohiyati korxona faoliyatini iqtisodiy ta’sir vositalari (narx, kredit, rejalashtirish, xarajatlar va tannarx, foyda, soliqlar, ish haqi, iqtisodiy rag`batlantirish va hokazo) orqali boshqarishdir. Iqtisodiy manfaatlar tizimi davlat va jamiyat manfaatlari, jamoa manfaatlari va shaxs manfaatlaridan tashkil topadi. Davlat va jamiyat manfaatlari bilan jamoa hamda shaxs manfaatlari orasida muayyan bog`liqlik mavjud. Masalan, shaxs birinchi navbatda o`z mehnati natijalarini yuksaltirishdan manfaatdor. Shu bilan birga, u o`zi a’zo bo`lgan jamoaning mehnati natijalarini Ibrohimov A.K., Ochilov I.K., Qo’ziev I.N., Rizaev N.Q. Moliyaviy va boshqaruv hisobi. - T.: “IQTISOD – MOLIYa”, 2008. - B. 444. 5 23 yuksaltirishdan ham manfaatdor. Chunki, korxona jamoasining yuqori mehnat natijalari xodimning ish haqi darajasiga bevosita ta’sir ko`rsatadi. Ammo, jamiyat miqyosida moddiy farovonlikni ta’minlamasdan, uning barqarorligi va xavfsizligiga erishmasdan, alohida olingan bir shaxsning barkamol rivojlanishini tasavvur etib bo`lmaydi. Jamiyat, jamoa va shaxs manfaatlarini uyg`unlashtirish doimo murakkab iqtisodiy vazifa bo`lib kelgan. Buning uchun jamiyatda iste’mol va jamg`arish o`rtasidagi, ish haqi fondi bilan rag`batlantirish fondi o`rtasidagi, foydaning taqsimlanadigan qismi bilan turli zahira fondlariga jamg`ariladigan va taqsimlanmaydigan qismi o`rtasidagi nisbatlarini optimallashtirish talab etiladi. Aynan shu vazifalarni amalga oshirishda boshqaruvning iqtisodiy usullaridan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Boshqaruvning iqtisodiy usullari xo`jaligi yuritishning barcha dastaklari ta’siriga: rejalashtirish, iqtisodiy tahlil, moddiy rag`batlantirish va xo`jaligi hisobiga tayanadi. Rejalashtirish – boshqaruv faoliyatini ilmiy asoslangan tarzda tashkil qilish usullaridan biridir. Rejalar korxona faoliyatining barcha jihatlarini: moddiy-texnika ta’minoti, ishlab chiqarish, mahsulot sotish, moliyaviy va investitsion faoliyat, personal faoliyatini qamrab oladi. Rejalashtirish korxona faoliyatining asosiy maqsadi, vazifalari va yo`nalishlarini hamda erishilishi ko`zda tutilayotgan natijalarni oldindan belgilab olish hamda prognozlashtirish imkonini beradi. Rejalarni operativ, joriy va istiqbol davrlar uchun, alohida ish turlari yoki muayyan bir investitsion loyihalar uchun hamda korxonaning barcha faoliyatini qamrab oluvchi biznes-reja tarzida tuzish mumkin. Samarali boshqaruv tizimini yaratish, ijtimoiy-iqtisodiy va texnik-texnologik muammolarning oqilona yechimini topish, mavjud shart-sharoitlar hamda vaziyatni chuqur tahlil qilish asosida ta’minlanadi. Iqtisodiy tahlilning asosiy vazifasi - rejalashtirish tizimi orqali belgilangan maqsad va vazifalarga erishish holatini operativ ma’lumotlar, statistik va moliyaviy hisobotlar yordamida tahlil etib borish hamda tegishli qarorlar qabul qilishdir. 24 Moddiy rag`batlantirish – boshqaruv tizimida alohida ahamiyatga ega. Bu usul ishlab chiqarish natijalari va uning iqtisodiy samaradorligini yuksaltirishdan shaxsning manfaatdorligini ta’minlash hamda rag`batlantirish tizimini keng qo`llashni nazarda tutadi. Moddiy rag`batlantirish tizimi ish haqining progressiv usullarini qo`llashni, tejamkorlik, mahsulot sifati va ortiqcha bajarilgan ish hajmi uchun turli mukofotlar hamda ustamalardan foydalanishni, xodimlar uchun moddiy yordam uyushtirishni yoki ularni ijtimoiy himoyalash maqsadida tashkil etiladigan tadbirlarni nazarda tutadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida moddiy rag`batlantirish usullari ishchi va mutaxassis xodimlar mehnatining unumdorligini oshirishda eng muhim omillardan biri hisoblanadi. Boshqaruvning iqtisodiy usullari, shuningdek o`z ichiga xo`jaligi hisobi dastaklarini ham qamrab oladi. Xususan, ishlab chiqarish xarajatlari va natijalari nisbatlarini solishtirishga asoslangan tannarx, foyda, mehnat unumdorligi, fond qaytimi kabi qiymat ko`rsatkichlari orqali boshqaruv obyektlarini tartibga solib turish mumkin bo`ladi. Boshqaruv usullari tizimida iqtisodiy usullar yetakchi o`rinni egalashi lozim. Jamiyat va shaxs hayotida axloqiy-etika me’yorlari, madaniy va ma’naviy qadriyatlar, insonlar orasidagi munosabatlar muhim o`rin tutadi. Jamiyatning maqsadga yo`naltirilgan ijtimoiy qarashlari, hayot tarzi va urf-odatlari shaxsning kamolotga yetishi hamda ijtimoiy faolligini oshirishga jiddiy ta’sir ko`rsatadi. Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullari xodimlarning ijtimoiy ehtiyojlari va psixologik xususiyatlariga ta’sir etish bilan bog`liq boshqaruv vositalari hamda dastaklari yig`indisidir. Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullarini qo`llash korxonada yuz berayotgan ijtimoiy xodisalarni chuqur o`rganish va xodimlar kayfiyatiga ta’sir etuvchi psixologik (ruhiy) omillarni bilishni talab etadi. Masalan, mehnat psixologiyasi xodimlarning shaxsiy xususiyatlari va qobiliyatlarini, ularni o`qitish usullarini, ish va dam olish tartibini, xodimlarni tanlash va baholash usullarini, mehnat jarayonining psixologik jihatlarini o`rganadi. Boshqaruvning psixologik 25 usullari jamoada maqbul psixologik holat tashkil etish yo`li bilan kishilar o`rtasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan. Shaxsning individual xususiyatlari, yashash tarzi, urf-odatlari, dunyoqarashi, ruhiy holati, bilim va malakasi, kasbiy tayyorgarligi uning professional sifatlarini ro`yobga chiqaruvchi asosiy omillar hisoblanadi. Boshqaruvchilar shaxsning ijodiy yaratuvchanlik, tashabbuskorlik va o`z imkoniyatlarini ro`yobga chiqarishga qaratilgan intilishlaridan unumli foydalanishlari, uni shaxs sifatida kamolotga yetishiga keng yo`l ochib berishlari maqsadga muvofiq. Mehnat unumdorligi va sifat ko`rsatkichlarini oshirish faqatgina jamoa hamda individual xodimning ijodiy salohiyatidan oqilona foydalanish, xodimlarni to`g`ri tanlash va joy-joyiga qo`yish evaziga ta’minlanishi mumkin. Xodimlarni tanlashda ularning ijtimoiy-demografik xususiyatlari va kasbiy malakasiga keng e’tibor qaratish lozim. Shaxsning individual-xususiy sifatlarini boshqarish fandan ham ko`ra ko`proq san’at sifatiga yaqinroq. Shu tufayli boshqaruvchining shaxsiy namunasi yoki ilg`or xodimlarning obro`-e’tibori jamoa uchun ahamiyatli bo`ladi. Eng muhimi xodimlarning sha’niga, mafkuraviy-g`oyaviy qarashlariga, fikr va takliflariga hurmat bilan yondoshish zarur bo`ladi. Bu shaxsning yaratuvchanlik va ijodiy xususiyatlarini ro`yobga chiqarishga, tashabbuskorligini oshirishga sharoitlar yaratadi. Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullarida xodimlarni ma’naviy rag`batlantirish, ya’ni maqtov yorliqlari va tashakkurnomalar bilan taqdirlashlar, tuman, viloyat va respublika darajasida turli darajadagi unvonlar, ordenlar, nishon va belgilarga tavsiya etish ham ahamiyatlidir. Ammo, ma’naviy rag`batlantirishni moddiy rag`batlar bilan birga qo`llash kutilgan natijani mustahkamlaydi. Boshqarish jarayoni boshqaruv qarorlarini qabul qilish bilan amalga oshiriladi. Boshqaruv qarorlari – boshqaruv tizimi maqsadlariga mos keluvchi muammoli vaziyatni tahlil qilish, uning yechimini topish yo`llari, usul va vositalarini tanlashga qaratilgan ijodiy faoliyatdir. 26 Korxona faoliyatini samarali tashkil etish va boshqarish bir qator muhim masalalarning yechimini topish bilan bog`liq. Ularning asosida boshqaruv obyektida yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish, erishilgan natijalarni rejalashtirilgan parametrlarga yaqinlashtirishga qaratilgan vazifalarni amalga oshirish yotadi. Boshqaruv qarorlariga bir qator umumiy talablar qo`yiladi: 1. Har tomonlama asoslanganlik boshqaruv qarorlarini ishonchli va to`liq axborotlarga tayangan holda qabul qilish zaruriyatini ifoda etadi. Qaror boshqariladigan obyektning barcha ehtiyojlarini, unga tegishli bo`lgan barcha masalalarni to`liq qamrab olishi kerak. Buning uchun boshqariladigan obyektning va uni o`rab turgan atrof-muhitning o`ziga xos xususiyatlarini hamda rivojlanish qonuniyatlarini yaxshi bilish talab etiladi. Obyektning moddiy-texnikaviy va mehnat resurslari salohiyatini, tabiiy-iqlimiy va jug`rofiy shart-sharoitlarini, rivojlanishning maqsadli funksiyalarini, korxonaning, hududning, mamlakatning va jahon xo`jaligining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish istiqbollarini chuqur tahlil etish asosidagina boshqaruv qarorlarini samaradorligini oshirish mumkin bo`ladi. 2. O`z vaqtida qabul qilish tamoyili boshqaruv qarorlarini kechikib yoki oldindan shoshilib qabul qilmaslikka undaydi. Shoshilib qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish uchun shart-sharoit hali yetilmagan bo`lsa, kechikib qabul qilingan qarorlarning samarasi past bo`ladi. 3. Qaror mazmunining to`liqligi boshqariladigan obyekt faoliyatining barcha sohalarini va rivojlanish yo`nalishlarini qamrab olishi zarurligini anglatadi. Umumiy holatda boshqaruv qarorlari quyidagi tarkibiy qismlarni qamrab olishi lozim: - qabul qilinadigan qarordan ko`zda tutilgan maqsad; - bu maqsadga erishish uchun zarur bo`ladigan resurslar va mablag`lar; - maqsadga erishishning asosiy vositalari va yo`llari; - maqsadga erishish muddatlari; - boshqaruvchilar va ijrochilar o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni belgilab olish: vazifalar, vakolatlar hamda majburiyatlarning taqsimlanishi; 27 4. Oldin qabul qilingan qarorlar bilan muvofiqlashtirish talabi boshqaruv qarorlarining mantiqiy bog`langanligini va birini ikkinchisi inkor etmasligini ta’minlash uchun zarur. Agar korxonada qabul qilinadigan boshqaruv qarorlari birbirini to`ldirib, mazmunan boyitib bormasa, aksincha birini ikkinchisi inkor etsa, bu holat noto`g`ri rivojlanish va past darajadagi boshqaruv madaniyati mavjudligini ko`rsatadi. Korxona faoliyatining natijalariga ta’siri va belgilangan maqsadlardan kelib operativ, taktik va strategik qarorlar bir-biridan farq qiladi. Agar strategik qarorlar korxonani rivojlantirishning asosiy yo`nalishlari parametrlarini belgilab bersa, taktik qarorlar bu parametrlarga erishishning aniq yo`llari va vositalarini reja va dasturlar orqali belgilab beradi. Operativ qarorlar taktik qarorlarda belgilangan vazifalarni kundalik hayotga joriy etishni amalga oshiradi. Masalan, mahsulotlarni tashqi bozorlarga eksport qilishni tashkil etish qarori strategik qaror bo`lsa, mahsulotning raqobatbardoshligini oshirish bo`yicha kompleks tadbirlarning belgilanishi taktik qarorga misol bo`ladi. Vaqt oralig`iga ko`ra, kelgusida amalga oshiriladigan istiqbol (uzoq muddatli), oraliq (o`rta muddatli) va shu kunning ehtiyojlarini aks ettiruvchi joriy (qisqa muddatli) qarorlarni ajratib ko`rsatish mumkin. Funksional tayinlanishi jihatidan tashkiliy, tartibga soluvchi, muvofiqlashtiruvchi, faollashtiruvchi va nazorat etuvchi qarorlarni ajratib ko`rsatish mumkin. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish texnologiyasi deganda korxona faoliyatiga oid muammolar yechimini topishga qaratilgan tadbirlarning tarkibi va amalga oshirish ketma-ketligi tushuniladi. Uning tarkibiga muammolar yechimini topishga oid muqobil variantlarni ishlab chiqish va ularni optimallashtirish tadbirlari ham kiradi. Rahbar uchun asosiy maqsad qarorni qabul qilishning o`zi emas, balki boshqaruvga oid muammolar yechimini topishdir. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayoni – boshqaruv subyektining korxona muammolarini hal etishga oid vaziyatlarni tahlil etish, muqobil 28 variantlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishga yo`naltirilgan faoliyatining mantiqiy izchilligidir (5-chizma). Axborot yig`ish va vaziyatni tahlil etish Nazorat va natijalarni baholash Muammolarni aniqlashtirish 1 1 0 2 3 Tanlov mezonlarini ishlab chiqish 4 Muqobil variantlarni ishlab chiqish 5 Muqobil variantlardan birini tanlash Qarorni amalga oshirish 9 Majburiyatlar va vazifalarni taqsimlash 8 Yakuniy qaror qabul qilish 7 6 Qaror loyihasini kelishib olish 4-chizma. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish va amalga oshirish ketmaketligi6 Boshqaruv qarorlariga qo`yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat: - qabul qilinadigan qarorning demokratik xarakteri; - aniq vazifalarni yechishga yo`naltirilganligi; - ilmiy asoslanganligi; - qisqa va lo`ndalik; - qarorni bajarish tezkorligi. 6 Ibragimov A.T., Raximov M.Yu. «Boshqaruv tahlili». T.; 2004.76-bet 29 I bob bo’yicha xulosa Fermer xo‘jaligi tugatilganda uning a’zolari o‘z mulkidagi mol-mulkka bo‘lgan huquqni hamda tomorqa er uchastkasiga bo‘lgan huquqni saqlab qoladilar. Yuqoridagi tahlillar asosida quyidagi xulosani qilishimiz mumkin: -birinchidan, fermer xo’jaliklarining ishlab chiqarish salohiyati oshishi qishloq aholisini ish bilan ta’minlash va ularning daromadlari ko’payishiga o’zining ijobiy ta’sirini ko’rsatmoqda; -ikkinchidan, mulkdan samarali foydalanish va oqilona xo’jalik yuritish tajribasi oshib bormoqda, ekinlar hosildorligi o’sib, yalpi mahsulot ishlab chiqarish va daromadi ko’paymoqda; uchinchidan, qishloq xo’jaligida fermer xo’jaliklarining mavqei o’sib, tobora mustahkamlanib bormoqda. Bular qishloqda xususiy mulkdorlar qatlamini shakllanishini faollashtirmoqda. Shu bilan bir qatorda, fermer xo’jaliklarining istiqbolda rivojlanishi ko’p jihatdan ularni qo’llab-quvvatlovchi, ishlab chiqarilgan mahsulotni qayta ishlash, saqlash va sotishga ko’maklashuvchi kooperatsiya tamoyillariga asoslangan tuzilmalarni, jumladan uyushma (birlashma)lar yoki agrofirmalarni tashkil etishga bog’liqdir. Har qanday korxonani, u yirik yoki kichik korxona bo`lsin, boshqarish zarur. Ishlab chiqarishni boshqarish mehnatning ijtimoiy xususiyatlaridan kelib chiqadi. Boshqarish alohida mehnat faoliyati sifatida mehnat taqsimoti, kooperatsiyasi va ishlab chiqarish ko`lamining kengayishi natijasida yuzaga kelgan. Bu jarayon boshqaruv subyektining muayyan bir natijaga erishish maqsadida boshqaruv obyektlariga maqsadli ta’sir o`tkazish bilan bog`liq faoliyatni aks ettiradi. Korxonani boshqarish ma’lum bir tamoyillarga asoslanib amalga oshiriladi. Bu tamoyillar boshqaruv faoliyati g`oyalarining tayanch va fundamental asoslarini tashkil etib, boshqaruv obyektlari va subyektlariga xos bo`lgan jarayonlar, voqea va hodisalarni ilmiy anglash hamda maqsadli foydalanishga imkon beradi. Boshqaruv tamoyillarini yaxshi o`zlashtirgan boshqaruvchilargina boshqaruv maqsadi va vazifalarini chuqur anglab, oqilona qarorlar qabul qilishi mumkin. 30 Boshqaruv usullari bu boshqaruv xodimlarining boshqaruv obyektiga maqsadli yo`naltirilgan ta’sir o`tkazish usullari yig`indisidir. Boshqaruv usullari vositasida moddiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan oqilona foydalangan holda, yuqori natijalarga erishish maqsadida iqtisodiy jarayonlarga ta’sir etiladi. Boshqaruvning tashkiliy-farmoyish, iqtisodiy va ijtimoiy-psixologik usullari mavjud. Boshqarish jarayoni boshqaruv qarorlarini qabul qilish bilan amalga oshiriladi. Korxona faoliyatini samarali tashkil etish va boshqarish bir qator muhim masalalarning yechimini topish bilan bog`liq. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayoni boshqaruv subyektining korxona muammolarini hal etishga oid vaziyatlarni tahlil etish, muqobil variantlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishga yo`naltirilgan faoliyatining mantiqiy izchilligidir. 31 II.BOB. FERMER XO’JALIKLARIDA BUXGALTERIYA HISOBINI TASHKIL ETISH 2.1.Fermer xo’jaliklarida buxgalteriya hisobini tashkil etishning umumiy qoidalari va vazifalari Fermer xo`jaligi - xalq xo`jaligining muhim tarmoqlaridan biri bo`lib, u mamlakat aholisini oziq-ovqat mahsulotlari va sanoatni xom ashyo bilan ta’minlash vazifasini bajaruvchi agrosanoat kompleksining asosidir. Hozirgi kunda agrosanoat kompleksida yangi istiqbolli uyushmalar agrosanoat kombinatlari va birlashmalari, ishlab chiqarish tizimlari, agrofirmalar tarkib topdiki, ular ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy qilishni tezlashtirish, ishlab chiqarishni yanada integrasiyalashishiga erishish, mahsulotni qayta ishlash, saqlash realizasiya qilishda yo`l qo`yiladigan yo`qotishlarni kamaytirish hamda mahsulotni iste’molchiga yetib borishni tezlashtirish imkonini beradi. Iqtisodiyotning bozor munosabatlariga va xo`jalik yuritishning iqtisodiy uslublariga o`tishi fermer xo`jaligida ishlab chiqarishning o`sish sur’atlariga ta’sirini kuchaytirib, barcha mehnat jamoalarini o`z ishlab chiqarish imkoniyatlaridan yanada samaraliroq foydalanishga undamoqda. Shu bilan bir qatorda xalq xo`jaligining asosiy tarmoqlarida, shu jumladan, fermer xo`jaligida ishlab chiqarish samaradorligining pasayib borayotganligi, iqtisodiyotning inqiroz jarayoni davom etayotgan va mustaqil davlatlar o`rtasidagi iqtisodiy aloqalarning izdan chiqqanligi asosan ichki imkoniyatlarni aniqlash va ulardan foydalanishni talab qiladi. Bunday vazifani bajarishda buxgalteriya hisobi, nazorat va xo`jalik faoliyatini tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Fermer xo`jalik ishlab chiqarishning xususiyati ishlab chiqarish jarayonining davomiyligi, xarajatlar jarayonining olinadigan mahsulot davriga mos kelmasligidadir. Masalan, jonli va buyumlashgan mehnat sarflari to`xtovsiz, butun yil mobaynida davom etadi, hosilni yig`ish, mahsulotni yetishtirish esa yilning ma’lum davriga to`g`ri keladi. Fermer xo`jalik korxonalari uchun tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari 32 qoldiqlarning sezilarli miqdorda mavjud bo`lishi xarakterlidir. Ishlab chiqarishning mavsumiylik xarakteri mehnat, moddiy va moliyaviy resurslardan notekis foydalanishga, sezilarli mavsumiy zaxiralarni yaratish zaruriyatiga olib keladi. Fermer xo`jalik korxonalaridagi buxgalteriya hisobi amaldagi schyotlarning yagona rejalariga asoslanadi. Jumladan, unda «Asosiy ishlab chiqarish» schyotida «Dexqonchilik», «Chorvachilik» kabi maxsus schyotlari ochiladi. Texnologik jarayonga aloqador bo`lgan bevosita xarajatlar sanoatdagi kabi «Asosiy ishlab chiqarish» kalkulyasiya schyotining tuzilishi hamda vazifasi bilan bir xil bo`lgan «Dexqonchilik» va «Chorvachilik» schyotlarining debetida Hisobga olinadi. Tayyor mahsulotni, shuningdek ayrim bajarilgan ish va xizmat (operasiya)larini hisobga olishning ham o`ziga xos xususiyatlari bor. Bularni mazkur bobning tegishli bo`limlarida ko`rib chiqamiz. Korxonalar va tashkilotlarning yordamchi fermer xo`jaliklarida «Boshqa ishlab chiqarish va xo`jaliklar» schyotidan foydalaniladi, shunga ko`ra sub’ektning xarajatlari «Asosiy ishlab chiqarish», «Umumishlab chiqarish xarajatlari» va shu kabi schyotlarda aks ettiriladi. Fermer xo`jalik korxonalarida buxgalteriya hisobini yuritishda boshlang`ich xujjatlarning namunaviy shakllari, buxgalteriya registrlarining yagona shakllari, hisoblash ishlarini bajarishda hisobga olishning kompleks mexanizasiyalashgan va avtomatlashgan usullaridan foydalanadilar. Fermer xo`jaliklaridagi buxgalteriya hisobining asosan memorial-order, jurnal-order va jadval-avtomatlashgan shakllaridan foydalaniladi. «Fermer xo`jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish xarajatlarini Hisobga olish va tannarxni kalkulyasiya qilish tartibi to`g`risida»gi Nizom fermer va suv xo`jaligi vazirligi tomonidan Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Bu nizomga ko`ra Fermer xo`jaligidagi xarajatlar xuddi sanoatdagidek, asosiy xarajatlar, xizmat ko`rsatish va boshqaruv xarajatlariga ajratiladi. Asosiy xarajatlarga urug` va ko`chat materiallari, xodimlarning ishlab chiqarishda qatnashgan va shirkat a’zolarining mehnat haqi, yonilg`i, oziqa, o`g`it va shu kabi sarflari kiritiladi. Ikkinchisiga umumishlab chiqarish (brigada, ferma, sex) xarajatlari va umumxo`jalik (sub’ekt bo`yicha umumiy) xarajatlari kiritiladi. 33 Shunga ko`ra xarajatlar, sanoatda bo`lganidek, bevosita va bilvosita xarajatlarga guruh lanadi. Fermer xo`jaligida ishlab chiqarish xarajatlari ularning elementlari va kalkulyasiya moddalariga ko`ra turkumlanadi. Xarajat elementlari deganda o`z iqtisodiy tarkibiga ko`ra bir xil bo`lgan xarajatlar tushuniladi. Xarajatlar moddalarining ro`yxati va ularning tarkibi Fermer xo`jaligi ishlab chiqarishi sarflarini hisobga oladigan tegishli moddalarda ko`rib chiqiladi. Fermer xo`jaligida buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari: Fermer xo`jaligi korxonalari faoliyatining barcha bo`limlari bo`yicha rejalarni bajarish yuzasidan nazoratni ta’minlash; mehnat, moddiy (urug`, oziqa, yoqilg`i, o`g`it, xayvon, Fermer xo`jalik texnikasi) va moliyaviy resurslardan oqilona foydalanishni nazorat qilish; ishlab chiqarish zaxiralari va mahsulotning saqlanishi hamda ulardan oqilona foydalanishni nazorat qilishdir. Fermer xo`jaligida asosiy vositalarni hisobga olish xalq xo`jaligining barcha tarmoqlari (shu jumladan sanoat uchun ham) uchun belgilangan tartibda tashkil etiladi. Ammo asosiy vositalar tarkibidagi farqlar tufayli ayrim o`ziga xos xususiyatlari ham mavjuddir. Masalan, bu soxadagi barcha asosiy vositalarni fermer xo`jaligi ishlab chiqarishiga mo`ljallangan asosiy vositalar, fermer xo`jalik ishlab chiqarishiga mo`ljallanmagan asosiy vositalar va noishlab chiqarish asosiy vositalariga ajratiladi. Ishchi va mahsuldor chorva va boshqa hayvonlar alohida ajratiladi, shuning uchun ular alohida schyotlarda aks ettiriladi. Asosiy vositalarning jamoa va davlat xo`jaliklaridagi bahosi sanoatdagi kabi belgilanadi. Joriy buxgalteriya hisobida va balansda aosiy vositalar boshlangich bahosida aks ettiriladi. O`z xo`jaligida boqilgan, shuningdek chetdan xarid qilingan maHsuldor va ish chorva hayvonlarini asosiy vositalarga kirim qilishda jamoa va davlat xo`jaliklarida o`stirish hamda xarid qilishning (olib kelish sarflarini ham qo`shib) haqiqiy tannarxida baholanadi. 34 Asosiy vositalar tarkibiga kiritiladigan ko`p yillik ekinlar yoshidan ka’tiy nazar (mevali bog`lar, tokzorlar, choy plantasiyalari, shuningdek ixota o`rmonlari va shu kabilar) ularni ekish (ko`chat materiali qiymatini ham qo`shib) parvarish qilish va o`stirishning haqiqiy xarajatlari bo`yicha hisobga olinadi. Bozor iqtisodiyotiga va buxgalteriya hisobini yuritishning jahon standarti shakllariga o`tilishi munosabatlari bilan fermer xo`jaligi korxonalarida ham (xo`jalik yuritishning va mulkka egalik qilishning shaklsidan ka’tiy nazar) asosiy vositalarni hisobga olishda bir qator o`zgarishlar yuz berdi. Endilikda asosiy vositalarni xarid qilish, bunyod qilish, tashib keltirish va o`rnatish, maxsuldor va ish hayvonlarini asosiy vositalar tarkibiga o`tkazish va boshqa shu kabi xarajatlarni hisobga olish 0800 - «Kapital qo`yilmalar» schyotining debetida olib boriladi. Debet 0110-0190 «Asosiy vositalar» schyotlari Kredit 0810 «Kapital qo`yilmalar» schyoti Mahsuldor hayvonlarga eskirish (amortizasiya) hisoblanmaydi, ish hayvonlariga esa eskirishni (amortizasiya) hisoblash boshqa barcha asosiy vositalardek amalga oshiriladi. Kapital va joriy ta’mirlash sanoat korxonalaridagidek hisobga olinadi. Fermer xo`jalik korxonalarida asosiy vositalarni hisobdan chiqarish eskirish, tabiiy ofat, katta yoshli mahsuldor va ish hayvonlarini brakka chiqarish va ularni oborot vositalari tarkibiga kiritish, chorva hayvonlarining o`lishi va keraksiz ob’ektlarni sotish natijasida sodir bo`lishi mumkin. Asosiy vositalarni hisobdan chiqarish o`z-o`zini mablag` bilan bilan ta’minlash sharoitlariga o`tishga ko`ra maxsus ko`rsatma va qoidalar bilan chegaralanardi. Jamoa xo`jaliklarida asosiy vositalarni hisobdan chiqarish masalalari jamoa xo`jaligi a’zolari yoki vakillarining umumiy yig`ilishida xal etiladi. Foydalanishga yaroqsizligini aniqlash va ob’ektlarni hisobdan chiqarishni rasmiylashtirish maqsadlarida maxsus komissiyalar tuziladi. Asosiy vositalarni hisobdan chiqarish ularning ashyoviy tarkibiga ko`ra bino, inshoot, mashina, uskuna va transport vositalarini hisobdan chiqarish dalolatnomalari, hayvonlarni brakka chiqarish, ko`p yillik ekinlarni hisobdan 35 chiqarish va boshqalar haqidagi dalolatnomalar bilan rasmiylashtiriladi. Asosiy vositalarni balansdan chiqarishning sintetik hisobi yuritilganda sanoatdagi kabi ularning balansdagi qiymatiga 0110-0190 «Asosiy vositalar» schyotlari kreditlanib, 9210 «Asosiy vositalarning har xil chiqarilish va sotilishi» schyoti debetlanadi. Bir vaqtning o`zida balansdan chiqarilayotgan asosiy vositaning eskirish summasiga Debet 0210-0290 «Asosiy vositalarning eskirishi», Kredit 9210 «Asosiy vositalarning har xil chiqarilishi va sotilishi» schyoti buxgalteriya provodkasi tuziladi. Agarda hisobdan chiqarilayotgan asosiy vositaning qiymati to`la amortizasiyalashmagan bo`lsa, asosiy vositani tugatishdan ko`rilgan moliyaviy natija zarar (yo`qotish) sifatida quyidagi buxgalteriya yozuvida aks ettiriladi: Debet 9900-«Yakuniy moliyaviy natijani hisobga oluvchi schyotlar» Kredit 9210 «Asosiy vositalarning har xil chiqarilishi va sotilishi» schyoti. Asosiy vositalar tugatilganda ham ularning boshlang`ich qiymatiga va eskirish summasiga yuqoridagi singari buxgalteriya provodkalari tuziladi. Ularni tugatish bilan bog`liq bo`lgan xarajatlar turlari bo`yicha (moddiy va mehnat xarajatlari, ijtimoiy sug`urta va bandlik fondlariga ajratmalar hamda turli xizmatlar) 9210 «Asosiy vositalarning har xil chiqarilish va sotilishi» schyotining debetida aks ettiriladi. Tugatishdan olingan har xil yaroqli materiallar, ehtiyot qismlar foydalanish mumkin bo`lgan yoki sotish bahosida baholanib 1010-1090 «Materiallar» schyotlarining debetiga va 9210 «Asosiy vositalarning har xil chiqarilishi va sotilishi» schyotining kreditiga yoziladi. Bu oxirgi schyotning debet va kredit oborotlari taqqoslanib, asosiy vositani tugatishdan ko`rilgan moliyaviy natija - foyda yoki zarar aniqlanadi. Asosiy vositalarni sotganda va bepul berganda ham boshlangich qiymatiga: Debet 9210 «Asosiy vositalarning har xil chiqarilishi va sotilishi» schyoti. Kredit 0110-0190 «Asosiy vositalar» schyotlari. O`sha vaqtdagi eskirish summasiga: Debet 0210-0290 «Asosiy vositalarning eskirishi» schyotlari. 36 Kredit 9210 «Asosiy vositalarning har xil chiqarilish va sotilishi» schyoti. Sotilgan asosiy vosita uchun talab qilingan yoki kelib tushgan pul miqdori bozor bahosida baholanganligi uchun uning qoldiq qiymatiga ko`p hollarda mos kelmasligi mumkin. Shu sababli asosiy vositani sotishning moliyaviy natijasi ham yuqoridagi tartibda aniqlanadi. Asosiy poda (asosiy vositalar tarkibidan katta yoshli mahsuldor va ish Hayvonlari mahsuldorlikning kamayishi, kasallik, lat yeyish, sotish, so`yish va boshqa shu kabi sabablarga ko`ra chiqariladi. Asosiy poda tarkibidan chiqarilgan va sotilgan hayvonlarning hisobi ham 9210 schyot orqali hisobga olinadi. Hisobdan chiqarilgan hamda sotilgan hayvonlarning boshlang`ich (balans) bahosi 9210 schyotning debetida va 0100 schyotlarining kreditida aks ettiriladi. Sotilgan hayvonlarning sotish bahosi 6200 schyotning debetida va 9210 schyotning kreditida, brak qilingan mahsuldor va ish hayvonlarining aniqlangan qiymati 1120 schyotning debetida va 9210 schyotning kreditida aks ettiriladi. Sotilgan hayvonlar uchun kelib tushgan naqd pul 5010 pul mablag`lari 5110 va 5210 schyotlarning debetida 6010 yoki 7010 schyotning kreditida aks ettiriladi. 9210 schyotda sotilgan va hisobdan chiqarilgan mahsuldor va ish Hayvonlarining boshlang`ich bahosi bilan sotish yoki aniqlangan (vazniga, yoshiga va boshqa belgilariga qarab) bahosi taqqoslanib, moliyaviy natija aniqlanadi, agarda Foyda olinsa debet 9210, kredit 9900, mabodo zarar ko`rilsa debet 9900, kredit 9210 schyotlari orqali buxgalteriyada aks ettiriladi. 2.2. Fermer xo’jaliklarida buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan tartibini qo’llash Korxonalarda buxgalteriya hisobining bir necha shakllari qo’llanilib kelinmoqda. Bu korxonalarning katta-kichikligi va faoliyat turlarining kattalishib ketganligiga bog’liq. Shu maqsadda qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab 37 chiqaruvchi, o’zi ishlab chiqargan qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va sotishni, shu jumladan, o’z savdo shoxobchalari orqali sotishni amalga oshiradigan fermer xo’jaliklari uchun “Fermer xo’jaliklarida buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan tizimini tashkil etish to’g’risida “gi nizomni tasdiqlash haqida qaror qabul qilingan va nizom ishlab chiqilgan. Buxgalteriya hisobini tashkil etish bo’yicha javobgarlik fermer xo’jaligining boshlig’iga yuklatiladi. Bunda fermer quyidagi huquqlarga ega: a) bosh buxgalter rahbarligidagi buxgalteriya hisobi xizmatini tashkil etish yoki shartnoma asosida jalb qilingan buxgalterning xizmatlaridan foydalanish; b) buxgalteriya hisobini yuritishni shartnoma asosida ixtisoslashgan buxgalterlik firmasiga yuklash; v) buxgalteriya hisobini mustaqil yuritish. Buxgalteriya hisobini yuritishning soddalashtirilgan tartibini tanlash huquqi fermer xo’jaliklariga ixtiyoriy ravishda taqdim etiladi. Fermer xo’jaliklari, o’z xo’jalik faoliyatlarining ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda, hisob siyosatini mustaqil ravishda shakllantiradi. Buxgalteriya hisobi fermer xo’jaliklari tomonidan qonunchilik bilan belgilangan yagona uslubiy asoslar va tartibga muvofiq yuritiladi. Bunda fermer xo’jaligi qo’llanilayotgan buxgalteriya hisobi registrlarini, quyidagi talablarga rioya qilgan holda, mustaqil ravishda o’z faoliyatining xususiyatlariga moslashtirishi mumkin: a) yagona uslubiy asos (ikki yoqlama yozuv tamoyili); b) analitik va sintetik hisob ma’lumotlarining o’zaro bog’liqligi; v) boshlang’ich hujjatlar asosida barcha xo’jalik operatsiyalarining hisob registrlarida yoppasiga aks ettirish; g) boshlang’ich hujjatlar ma’lumotlarini fermer xo’jaligini boshqarish, nazorat qilish va xo’jalik faoliyatini tahlil qilish, shuningdek moliyaviy hisobotni tuzish uchun zarur bo’ladigan ko’rsatkichlar bo’yicha jamlash va tizimlash. Fermer xo’jaliklarida xo’jalik operatsiyalarining buxgalteriya hisobini yuritish uchun asos bo’lib, operatsiyalarning haqiqatda amalga oshirilganligini 38 qayd etadigan va ularni amalga oshirish uchun farmoyish beradigan boshlang’ich hisob hujjatlari hisoblanadi. Fermer xo’jaliklarida boshlang’ich hisob hujjatlari xo’jalik operatsiyalari amalga oshirilgan paytda yoki ular sodir etilgandan so’ng darhol (kechiktirmasdan) tuziladi. Fermer xo’jaliklarida tuziladigan boshlang’ich hujjatlarning majburiy rekvizitlari, ularni tuzish, qabul qilish, saqlash va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi, shuningdek hujjatlar aylanmasini amalga oshirish tartibi "Buxgalteriya hisobi to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 9-moddasiga va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2003 yil 23 dekabrdagi 131-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan Buxgalterlik hisobida hujjatlar va hujjatlar aylanuvi to’g’risidagi nizomga (2004 yil 14 yanvar, ro’yxat raqami 1297 - "O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami", 2004 yil, 1-2son, 24-modda) muvofiq tartibga solinadi. Boshlang’ich hujjatlar qonunchilikda belgilangan namunaviy shakllarda yoki fermer ho’jaliklari tomonidan ishlab chiqiladigan va tasdiqlanadigan blankalarda tuziladi. Fermer xo’jaligiga kelib tushadigan boshlang’ich hujjatlar albatta tekshirilishi shart. Bunda tekshirish shakl bo’yicha (hujjatlarning rasmiylashtirilishi to’liqligi va to’g’riligi, rekvizitlarning to’ldirilishi), mazmun bo’yicha (hujjatlashtirilgan operatsiyalarning qonuniyligi, alohida ko’rsatkichlarning mantiqiy bog’liqligi) amalga oshiriladi. Hisobni soddalashtirilgan shaklda tashkil etish uchun fermer xo’jaligi xo’jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining ishchi schyotlar Rejasini tuzadi, bu esa mablag’lar va ular manbalarining hisobini asosiy schyotlar bo’yicha yuritish imkoniyatini yaratadi va shu bilan mulkning mavjudligi va saqlanishi, majburiyatlarning bajarilishi va buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining ishonchliligi ustidan nazoratni ta’minlaydi. Fermer xo’jaliklari xo’jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining ishchi schyotlar Rejasini O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2002 yil 9 sentabrdagi 103-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-sonli BHMS) "Xo’jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo’jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo’llash bo’yicha yo’riqnoma"ga (2002 yil 23 oktabr, ro’yxat raqami 1181 39 Me’yoriy hujjatlar axborotnomasi, 2002 yil, 20-son) va ushbu Nizomning 1ilovasida keltirilgan Fermer xo’jaliklarining moliyaviy-xo’jalik faoliyati buxgalteriya hisobi namunaviy Schyotlar rejasiga muvofiq tuzadi. Xo’jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining ishchi schyotlar Rejasi fermer xo’jaligining hisob siyosatida qonunchilikda belgilangan tartibda aks ettirilishi lozim. Fermer xo’jaliklarida buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan shakli quyidagi shakllar bo’yicha yuritilishi mumkin: a) buxgalteriya hisobining oddiy shakli; b) buxgalteriya hisobining kombinatsiyalashgan shakli. Fermer xo’jaligi o’zining ishlab chiqarish va boshqaruv talablaridan kelib chiqqan holda buxgalteriya hisobi shaklini mustaqil tanlaydi. Buxgalteriya hisobining tanlangan shaklidan qat’i nazar, hisobot davrining xo’jalik operatsiyalari xronologik tartibda Xo’jalik operatsiyalarini qayd etish Jurnalida ro’yxatga olib (qayd etib) boriladi. Xo’jalik operatsiyalarini qayd etish Jurnali kitob shaklida yuritiladi, unda xo’jalik operatsiyalarining qayd etilishi va hisobi hisobot davri uchun oylar yoki choraklar kesimida yuritiladi. Bunda, Xo’jalik operatsiyalarini qayd etish Jurnali tikilgan va raqamlangan bo’lishi shart. Xo’jalik operatsiyalarini qayd etish Jurnalining so’nggi varag’ida fermerning imzosi bilan "Mazkur Jurnalda ....... varaq raqamlangan" deb yoziladi va muhr bilan tasdiqlanadi. Varaqlar soni yozuv bilan yoziladi. Fermer xo’jaliklarida buxgalteriya hisobi obyektlarining analitik va sintetik hisobini yuritish uchun "Xo’jalik operatsiyalarini hisobga olish Kitobi" registri qo’llaniladi. Xo’jalik operatsiyalarini hisobga olish Kitobi kitob shaklida yuritiladi, unda operatsiyalar hisobi butun hisobot yili davomida yuritiladi. Bunda, Xo’jalik operatsiyalarini hisobga olish Kitobi tikilgan va raqamlangan bo’lishi shart. Xo’jalik operatsiyalarini hisobga olish Kitobining so’nggi varag’ida fermerning imzosi bilan "Mazkur Kitobda ....... varaq raqamlangan" deb yoziladi va muhr bilan tasdiqlanadi. Varaqlar soni yozuv bilan yoziladi. Xo’jalik operatsiyalarini hisobga olish Kitobida xo’jalik operatsiyalari natijalari aktivlarni, majburiyatlarni, 40 xususiy kapitalni, daromadlar, xarajatlar, foyda va zararlarni hisobga oluvchi schyotlarda aks ettiriladi. Xo’jalik operatsiyalarini hisobga olish Kitobida yozuvlar tizimli tartibda Xo’jalik operatsiyalarini qayd etish Jurnalida keltirilgan ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi. Xo’jalik operatsiyalarini hisobga olish Kitobi kombinatsiyalashgan registr hisoblanadi, unda fermer xo’jaliklari tomonidan qo’llaniladigan barcha schyotlar mavjud bo’ladi va ularning har birida xo’jalik operatsiyalari hisobini yuritish imkoniyatini yaratadi. Bunda, balansning tegishli moddalarining mazmunini asoslab berish uchun u yetarli darajada batafsil bo’lishi lozim. Xo’jalik operatsiyalarini hisobga olish Kitobida har bir qo’llanilayotgan buxgalteriya schyoti uchun aniq buxgalteriya schyotlari bo’yicha o’tgan yillarning tajribasini hisobga olgan holda, xo’jalik operatsiyalarining kutilayotgan hajmidan kelib chiqqan holda, ma’lum betlar ajratiladi. Xo’jalik operatsiyalarini hisobga olish Kitobi "20__ yil "___"________ dagi qoldiq" qatorida aktivlarning, majburiyatlarning va xususiy kapitalning har bir turi bo’yicha hisobot davrining boshida mavjud bo’lgan qoldiq summasi yozuvi bilan ochiladi. Aktiv schyotlarning qoldig’i ushbu schyotlarning debetida, passiv schyotlar bo’yicha qoldiq esa ushbu schyotlar kreditida yoziladi. Har bir qatorda tegishli buxgalteriya schyoti bo’yicha yozuvlar xo’jalik operatsiyalarini qayd etish Jurnalida keltirilgan buxgalteriya yozuvlari (provodkalari) ma’lumotlari asosida pozitsiya usulida xronologik ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Har bir oyning (chorakning) oxirida xo’jalik operatsiyalarini hisobga olish Kitobida yakun chiqariladi va unga asosan fermer xo’jaligi faoliyatining natijasi aniqlanadi. Xo’jalik operatsiyalarini hisobga olish Kitobida yuritilgan aktivlar, majburiyatlar va xususiy kapitalni hisobga oluvchi schyotlarning qoldiqlari 1-sonli shakl buxgalteriya balansiga o’tkaziladi. Xo’jalik operatsiyalarini hisobga olish Kitobida yuritilgan daromadlar va xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarning hisobot davridagi aylanmasi 2-sonli shakl - moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotga o’tkaziladi. 41 2.3. Fermer xo’jaliklarida buxgalteriya hisobining kombinatsiyalashgan shaklini qo’llash. Kombinatsiyalashgan shaklga asoslangan buxgalteriya hisobi bir necha hisob registrlarini (hisob qaydnomalarini) qo’llash orqali amalga oshiriladi. Hisob qaydnomalarida yozuvlar xo’jalik operatsiyalarini qayd etish Jurnalida va boshlang’ich hisob hujjatlarida keltirilgan ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi. Buxgalteriya hisobining kombinatsiyalashgan shaklini yuritishda buxgalteriya hisobining quyidagi hisob qaydnomalaridan foydalaniladi: a) asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni hisobga olish qaydnomasi Nizomning 4-ilovasiga muvofiq; b) moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish qaydnomasi - Nizomning 5ilovasiga muvofiq; v) kapital qo’yilmalarni hisobga olish qaydnomasi - Nizomning 6-ilovasiga muvofiq; g) tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olish qaydnomasi - Nizomning 7ilovasiga muvofiq; d) boquvdagi va o’stirishdagi hayvonlarni hisobga olish qaydnomasi Nizomning 8-ilovasiga muvofiq; ye) xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish qaydnomasi - Nizomning 9-ilovasiga muvofiq; j) boshqa debitorlik qarzlarini hisobga olish qaydnomasi - Nizomning 10ilovasiga muvofiq; z) pul mablag’larini hisobga olish qaydnomasi - Nizomning 11-ilovasiga muvofiq; i) mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish qaydnomasi - Nizomning 12-ilovasiga muvofiq; k) hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish qaydnomasi Nizomning 13-ilovasiga muvofiq; l) mehnatga haq to’lash bo’yicha hisob-kitoblarni hisobga olish qaydnomasi Nizomning 14-ilovasiga muvofiq; 42 m) boshqa majburiyatlarni hisobga olish qaydnomasi - Nizomning 15ilovasiga muvofiq; n) xususiy kapitalni hisobga olish qaydnomasi - Nizomning 16-ilovasiga muvofiq; o) hisobot davri xarajat (sarf)larini hisobga olish qaydnomasi - Nizomning 17-ilovasiga muvofiq; p) dehqonchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot chiqishini hisobga olish qaydnomasi - Nizomning 18-ilovasiga muvofiq; r) chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot chiqishini hisobga olish qaydnomasi - Nizomning 19-ilovasiga muvofiq; s) yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari va xizmatlarini hisobga olish qaydnomasi - Nizomning 20-ilovasiga muvofiq; t) sof foyda (zarar)ni hisoblash qaydnomasi - Nizomning 21-ilovasiga muvofiq; u) xo’jalik operatsiyalarini hisobga olish Jamlanma qaydnomasi - Nizomning 22-ilovasiga muvofiq. Har bir qaydnoma bir yoki bir necha foydalanilayotgan buxgalteriya schyotlari bo’yicha operatsiyalar hisobi uchun qo’llaniladi. Har bir xo’jalik operatsiyasining summasi bir vaqtning o’zida ikkita qaydnomaga yoziladi: birinchisida - schyotning debeti bo’yicha kreditlanadigan schyotning raqamini ko’rsatgan holda ("Korrespondensiyalanuvchi schyot" ustunida), ikkinchisida esa - korrespondensiyanadigan schyotning krediti bo’yicha va xuddi shunday debetlanadigan schyotning raqamini ko’rsatgan holda yoziladi. Ikkala qaydnomalarda ham tegishli ustunlar bo’yicha yozuvlar xo’jalik operatsiyalarini qayd etish Jurnalida va boshlang’ich hujjatlarda keltirilgan ma’lumotlar asosida sodir bo’lgan operatsiyalarning mazmuni asosida amalga oshiriladi. Qoldiqlar to’g’risidagi ma’lumotlarga ega bo’lgan qaydnomalarda, hisobot davrining boshidagi buxgalteriya yozuvlari, tegishli schyotlar bo’yicha o’tgan davrning oxiridagi qoldiqlarni o’tkazish yo’li bilan boshlanadi. Alohida qaydnomalardagi aktivlar, majburiyatlar va xususiy kapitalni hisobga oluvchi 43 schyotlarning qoldiqlari, yozuvlarni amalga oshirishga asos bo’lgan tegishli birlamchi hujjatlar (kassa hisobotlari, bank ko’chirmalari va boshqalar) ma’lumotlari bilan solishtirilishi shart. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni hisobga olish qaydnomasi: asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar (0100) bo’yicha va uzoq muddatli ijara shartnomasi bo’yicha olingan asosiy vositalarni hisobga oluvchi schyotlar (0300) bo’yicha asosiy vositalarning, nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi schyotlar (0400) bo’yicha nomoddiy aktivlarning, asosiy vositalar eskirishini hisobga oluvchi schyotlar (0200) bo’yicha eskirishning va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasini hisobga oluvchi schyotlar (0500) bo’yicha amortizatsiyaning mavjudligi va harakatlanishining analitik va sintetik hisobi registri bo’lib hisoblanadi. Qaydnomada asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar bo’yicha ma’lumotlar pozitsiyali usul bilan har bir obyekt bo’yicha alohida yozib boriladi. Agar asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar bo’yicha harakatlanish mavjud bo’lsa, har oyda ularning aylanma summalari hisoblanadi va hisobot oyidan keyingi 1-sanaga qoldiq chiqariladi.Asosiy vositalar bo’yicha, shu jumladan, lizing shartnomasi asosida olinganlari bo’yicha ham eskirish O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2003 yil 9 oktabrdagi 114-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (5-sonli BHMS) "Asosiy vositalar"ga (2004 yil 20 yanvar, ro’yxat raqami 1299 - O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2004 y., 3-son, 35-modda) muvofiq hisoblanadi. Nomoddiy aktivlar bo’yicha amortizatsiya tanlangan usulga binoan O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2005 yil 25 martdagi 35-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (7-sonli BHMS) "Nomoddiy aktivlar"ga (2005 yil 27 iyun, ro’yxat raqami 1485 - O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2005 y., 25-26son, 188-modda) muvofiq hisoblanadi. Aktiv qismi bo’yicha hisoblangan eskirish (amortizatsiya) summalarini va barcha asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar bo’yicha jamg’arilgan eskirishni nazorat qilish uchun qaydnomada eskirishni 44 (amortizatsiyani) o’sib boruvchi tartibda hisobga oluvchi tegishli ustunlar ko’zda tutilgan. Moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish qaydnomasi uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlarda (0600) va qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlarda (5800) hisobga olinadigan moliyaviy investitsiyalar to’g’risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo’ljallangan. Kapital qo’yilmalarni hisobga olish qaydnomasi kapital qo’yilmalarni hisobga oluvchi schyotlarda (0800) hisobga olinadigan fermer xo’jaliklarining asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarga qo’yilgan investitsiyalari, shuningdek mahsuldor va ishchi hayvonlar asosiy podasini shakllantirish bo’yicha xarajatlari to’g’risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo’ljallangan. Tovar-moddiy zaxiralarni hisobga olish qaydnomasi materiallarni hisobga oluvchi schyotlarda (1000) va tayyor mahsulotlarni hisobga oluvchi schyotlarda (2800) aks ettiriladigan tovar-moddiy zaxiralarning analitik va sintetik hisobi uchun mo’ljallangan. Qaydnoma bir oy (chorak) uchun ochiladi va moddiy javobgar shaxslar bo’yicha barcha turdagi qimmatliklar kesimida ularning u yoki bu turi bo’yicha hisobot davridagi harakatlanish bo’lgan yoki bo’lmaganligidan qat’i nazar alohida yuritiladi. Boquvdagi va o’stirishdagi hayvonlarni hisobga olish qaydnomasi o’stirishdagi va boquvdagi hayvonlarni hisobga oluvchi schyotlarda (1100) hisobga olinadigan fermer xo’jaligiga tegishli o’stirishdagi va boquvdagi hayvonlarning mavjudligi va harakatlanishini hayvonlarning guruhlari bo’yicha (yosh hayvonlar, katta yoshdagi hayvonlar, boquvdagi, yaylovdagi hayvonlar; parrandalar; yovvoyi hayvonlar; quyonlar; asalari oilasi; katta yoshdagi chorva mollari, sotish uchun asosiy podadan chiqarilgan, aholidan sotish uchun qabul qilingan chorva mollari va boshqalar) analitik hisob uchun mo’ljallangan. Bunda, o’stirishdagi va boquvdagi hayvonlarning miqdoriy va summaviy ko’rsatkichlarining kamayishi to’g’risidagi ma’lumot hayvonlar guruhlari bo’yicha 45 "Xo’jalik operatsiyasi mazmuni" ustunining tegishli qatorida "minus" belgisi bilan ko’rsatiladi. Xaridor va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish qaydnomasi olinadigan schyotlarni hisobga oluvchi schyotlarda (4000) hisobga olinadigan xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisob-kitoblarning hisobi uchun qo’llaniladi. Qaydnomada 4010 schyotning debeti bo’yicha pozitsiyali usulda, xaridor va buyurtmachilarning sotilgan tovar-moddiy zaxiralari va boshqa aktivlar uchun debitorlik qarzlari yozib boriladi. 4010 schyotning kreditida yakuniy hisob-kitoblar bo’yicha operatsiyalar (shu jumladan, xaridor va buyurtmachilardan olingan avanslarni hisobga kiritish) pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlarning krediti bilan korrespondensiyalangan holda aks ettiriladi. Boshqa debitorlik qarzlarini hisobga olish qaydnomasi, fermer xo’jaligining mahsulotlar va boshqa aktivlarni sotish bilan bog’liq bo’lmagan xo’jalik operatsiyalari natijasida yuzaga keladigan debitorlik qarzlarining analitik va sintetik hisobi uchun mo’ljallangan. Ushbu qaydnoma, uzoq muddatli debitor qarzlari va kechiktirilgan xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar (0900), 4210 "Mehnat haqi bo’yicha berilgan bo’naklar" schyoti, mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan bo’naklarni hisobga oluvchi schyotlar (4300), byudjetga bo’nak to’lovlarini hisobga oluvchi schyotlar (4400), maqsadli davlat jamg’armalariga va sug’urtalar bo’yicha bo’nak to’lovlarini hisobga oluvchi schyotlar (4500), xodimlarning boshqa operatsiyalar bo’yicha qarzini hisobga oluvchi schyotlar (4700) va turli debitorlar qarzlarini hisobga oluvchi schyotlarda (4800) hisobga olinadigan boshqa debitor qarzdorlikning har bir turi uchun alohida ochiladi. Pul mablag’larini hisobga olish qaydnomasi, fermer xo’jaliklari tomonidan kassadagi pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar (5000), hisob-kitob schyotidagi pul mablag’larini (5100), chet el valyutasidagi pul mablag’larini (5200), bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlarda (5500) hisobga olinadigan pul mablag’larining hisobi uchun qo’llaniladi. Pul mablag’larini qabul qilish va topshirish, kirim va chiqim 46 hujjatlarini rasmiylashtirish, kassa kitobini yuritish, kassa operatsiyalari to’g’risidagi hisobotni tuzish O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 1998 yil 24 yanvarda 376-son bilan tasdiqlangan, Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini yuritish qoidalari (ro’yxat raqami 565, 1998 yil 17 dekabr) bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Pul mablag’larini hisobga olish qaydnomasida hisob-kitob schyoti va bankdagi boshqa schyotlar bo’yicha operatsiyalar yozuvlari bank ko’chirmalari va unga ilova qilingan hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Hisob-kitob schyoti bo’yicha operatsiyalarni amalga oshirish va rasmiylashtirish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish qaydnomasi, mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlarda (6000) hisobga olinadigan mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisobkitoblarni hisobga olish uchun qo’llaniladi. Qaydnomada 6010 schyotning krediti bo’yicha pozitsiyali usul bilan olingan moddiy qimmatliklar uchun mol yetkazib beruvchilarning schyotlari, shuningdek pudratchilarning bajarilgan ishlar va xizmatlari uchun schyotlari yoziladi. 6010 schyotning debetida mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarning schyotlari bo’yicha yakuniy to’lov operatsiyalari, pul mablag’larini hisobga oluvchi schyotlar krediti bilan korrespondensiyalashgan holda aks ettiriladi. Hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblarni hisobga olish qaydnomasi hisobning kombinatsiyalashgan registri hisoblanadi, unda 4220 "Xizmat safarlariga berilgan bo’naklar" schyoti, 4230 "Umumxo’jalik xarajatlari uchun berilgan bo’naklar" schyoti va 6970 "Hisobdor shaxslarga qarzdorlik" schyotlari bo’yicha hisobdor shaxslar bilan hisob-kitoblarning analitik va sintetik hisobi birlashtirilgan. Mehnatga haq to’lash bo’yicha hisob-kitoblarni hisobga olish qaydnomasi, mehnat haqi bo’yicha xodimlar bilan hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlarda (6700) hisobga olinadigan mehnat haqi bo’yicha hisob-kitoblar hisobi uchun mo’ljallangan. Qaydnomaning "6710 - schyoti kreditidan quyidagi schyotlar debetiga" bo’limida fermer xo’jaligining ishchilariga bajarilgan ishlar uchun qonunchilikka muvofiq hisoblangan mehnat haqi summalari aks ettiriladi. 47 Qaydnomaning "6710 - schyoti debetidan quyidagi schyotlar kreditiga (ushlab qolingan)" bo’limida ishchilarning mehnat haqidan qonunchilikka muvofiq barcha ushlanmalarning (jismoniy shaxslarning daromadlaridan soliq, berilgan bo’naklar summasi, hisobdor shaxslar tomonidan o’z vaqtida qaytarilmagan summalar, turli korxonalar va shaxslar foydasiga ijro varaqalari bo’yicha summalar va boshqalar) summasi aks ettiriladi. "To’lanadi" ustunida ishchilarga to’lanishi lozim bo’lgan summa aks ettiriladi. Qaydnoma to’lov hujjati ham hisoblanadi va fermer xo’jaligi ishchilariga mehnat haqini to’lash uchun mo’ljallangan. Fermer xo’jaligi xodimlariga to’lanishi lozim bo’lgan mehnat haqi o’z vaqtida to’lanmagan holatda, ushbu qaydnomaning "To’lanadi" ustunida "Deponentlangan" deb yoziladi va ko’rsatilgan summa har bir xodim bo’yicha (pozitsiyali usuldagi yozuv bilan) keyingi oyning qaydnomasida "20__ y ________dagi qoldiq (xodim oldidagi qarzdorlik)" ustuniga o’tkaziladi. Boshqa majburiyatlarni hisobga olish qaydnomasi, fermer xo’jaligining asosiy ishlab chiqarish faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan xo’jalik operatsiyalari natijasida yuzaga keladigan boshqa majburiyatlarning analitik va sintetik hisobi uchun mo’ljallangan. Ushbu qaydnoma, kechiktirilgan majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlarda (6200), olingan bo’naklarni hisobga oluvchi schyotlarda (6300), byudjetga to’lovlar bo’yicha qarzlarni hisobga oluvchi schyotlarda (6400), sug’urta va maqsadli davlat jamg’armalariga to’lovlar bo’yicha qarzni hisobga oluvchi schyotlarda (6500), qisqa muddatli kreditlar va qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6800) va 6970 "Hisobdor shaxslarga bo’lgan qarz" schyotidan tashqari turli kreditorlarga bo’lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlarda (6900) hisobga olinadigan boshqa majburiyatlarning har bir turi bo’yicha kreditorlar kesimida alohida ochiladi. Xususiy kapitalni hisobga olish qaydnomasi, hisobot davri uchun fermer xo’jaligi xususiy kapitalining holati va harakatlanishi haqidagi ma’lumotni uni shakllantirish manbalari bo’yicha aks ettirish uchun mo’ljallangan. Ushbu qaydnoma fermer xo’jaliklari tomonidan ustav kapitalini (8300), rezerv kapitalini 48 (8500), taqsimlanmagan foydani (qoplanmagan zararni) (8700) va maqsadli tushumlarni (8800) hisobga oluvchi schyotlarda hisobi yuritiladigan xususiy kapitalning analitik va sintetik hisobini yuritish uchun qo’llaniladi. Hisobot davri xarajat (sarf)larini hisobga olish qaydnomasi, hisobot davri xarajatlarini (sarfini) ishlab chiqariladigan qishloq xo’jalik mahsulotlarining tannarxiga olib boriladigan ishlab chiqarish xarajatlari va ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita bog’liq bo’lmagan, davr xarajatlari bo’yicha umumlashtirish uchun qo’llaniladi. Ushbu registrda hisobot davrining xarajatlari (sarflari) haqidagi ma’lumot 2010 "Asosiy ishlab chiqarish" schyoti, 2310 "Yordamchi ishlab chiqarish" schyoti va davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar (9400) aylanmasidan kelib chiqqan holda aks ettiriladi. 2010 "Asosiy ishlab chiqarish" schyoti, 2310 "Yordamchi ishlab chiqarish" schyoti va davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlar (9400) debetidagi xarajatlar turli schyotlarning kreditlaridan boshqa qaydnomalardagi ma’lumotlar va bevosita alohida birlamchi hujjatlardagi ma’lumotlardan yig’iladi. Tugallanmagan ishlab chiqarish mahsulotlariga (ishlar, xizmatlarga) sarflangan xarajatlar aniqlanishi bilan ularning haqiqiy tannarxi aniqlanadi va ular 2010 "Asosiy ishlab chiqarish" schyoti va 2310 "Yordamchi ishlab chiqarish" schyotlarining kreditidan mahsulotlardan (ishlar, xizmatlardan) foydalanish yo’nalishlariga qarab tegishli schyotlarning debetiga hisobdan chiqariladi - omborga (2810 "Ombordagi tayyor mahsulotlar" schyoti), realizatsiyaga (9110 "Realizatsiya qilingan tayyor mahsulotlar tannarxi" schyoti), hisobot davrining yakunida esa davr xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlarning (9400) aylanmasi summasi 9910 "Yakuniy moliyaviy natija" schyotiga yopiladi. Dehqonchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot chiqishini hisobga olish qaydnomasi moddalar bo’yicha yil boshidan boshlab o’sib borish tartibida xarajatlarning, shuningdek mahsulot chiqishining analitik hisobi uchun mo’ljallangan. Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot chiqishini hisobga olish qaydnomasi moddalar bo’yicha yil boshidan boshlab o’sib borish tartibida xarajatlarning, shuningdek chorvachilik mahsulotlari chiqishining analitik hisobi uchun mo’ljallangan. Yordamchi ishlab chiqarish 49 xarajatlari va xizmatlarini hisobga olish qaydnomasi yordamchi ishlab chiqarish va ko’rsatiladigan xizmatlar (bajariladigan ishlar) xarajatlari turlari bo’yicha analitik hisobni yuritishga mo’ljallangan. Xarajatlar 2310 schyotning debetida xarajatlar moddalari bo’yicha kreditlanadigan schyotlarni ko’rsatgan holda aks ettiriladi. Xizmatlar 2310 schyotining kreditidan hisobot davri davomida rejali tannarx bo’yicha ko’rsatilgan xizmatlarni hisobot davri yakunida haqiqiy tannarx darajasigacha tuzatib berilgan holda hisobdan chiqariladi. Sof foyda (zarar)ni hisoblash qaydnomasi fermer xo’jaliklarining hisobot davrida sof foydani (sof zararni) hisoblab chiqish uchun olingan daromadlar va sarflangan xarajatlar to’g’risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo’ljallangan. Fermer xo’jaligining hisobot davri qaydnomalarida (dehqonchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot chiqishini hisobga olish qaydnomasi, chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot chiqishini hisobga olish qaydnomasi, yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari va xizmatlarini hisobga olish qaydnomalaridan tashqari) aks ettirilgan moliyaviyxo’jalik faoliyati natijalarini umumlashtirish, xo’jalik operatsiyalarini hisobga olish Jamlanma qaydnomasida amalga oshiriladi. Hisobot davrining yakunida har bir schyotning debet va krediti bo’yicha aylanmasi hisoblanadi va hisobot davrining oxiriga (keyingi hisobot davrining boshiga) qoldiq chiqariladi. Xo’jalik operatsiyalarini hisobga olish Jamlanma qaydnomasi sintetik hisob registri sanaladi, uning asosida hisobot davrining oxirida mablag’larning va ular manbalarining mavjudligini aniqlash va moliyaviy hisobotni tuzish mumkin. Xo’jalik operatsiyalarini hisobga olish Jamlanma qaydnomasi hisobot davri uchun ochiladi va unda hisobot davridagi operatsiyalar hisobi umumlashtiriladi. Xo’jalik operatsiyalarini hisobga olish Jamlanma qaydnomasining so’nggi varag’i fermer yoki qonunchilikda belgilangan tartibda u tomonidan belgilangan shaxs tomonidan imzolanadi. Xo’jalik operatsiyalarini hisobga olish Jamlanma qaydnomasining "Schyotning raqami va nomi" ustunida buxgalteriya hisobini yuritishda qo’llanilgan barcha schyotlar keltiriladi va "20___ y. "___" ________ dagi qoldiq" 50 ustuniga mablag’lar turlari va ularning manbalari bo’yicha hisobot davri boshidagi mavjud qoldiq summalari o’tkaziladi. Aktiv schyotlarning qoldiqlari ushbu ustunning "debet" qismida, passiv schyotlar bo’yicha esa - "kredit" qismida yoziladi. Shundan so’ng, "20___ yil ______ uchun jami aylanma" ustunida shu hisobot davridagi ushbu schyotlar aylanmalarining jami yoziladi. "20___ y. "__" ______ dagi qoldiq" ustunida aktivlarni, majburiyatlarni va xususiy kapitalni hisobga oluvchi schyotlarning har biri bo’yicha hisobot davrining yakunidagi mavjud qoldiq summalari aniqlanadi. "Qaydnoma nomi" ustunida esa keltirilgan schyotda hisob obyekti yuritiladigan qaydnomaning nomi ko’rsatiladi. Xo’jalik operatsiyalarini hisobga olish Jamlanma qaydnomasida keltirilgan aktivlarni, majburiyatlarni va xususiy kapitalni hisobga oluvchi schyotlarning qoldiqlari 1-sonli shakl - buxgalteriya balansiga o’tkaziladi. Xo’jalik operatsiyalarini hisobga olish Jamlanma qaydnomasida keltirilgan hisobot davridagi daromadlar va xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarning aylanmasi 2-sonli shakl - moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotga o’tkaziladi. II bob bo’yicha xulosa Xo`jalik yuritish tizimi har bir korxonaning tabiiy, texnik-texnologik va tashkiliy-iqtisodiy sharoitlaridan kelib chiqib alohida ishlab chiqilishi lozim. Shu bilan birga yetakchi ilmiy muassasalar tavsiyalari va ilg`or xo`jaliklar tajribasi hisobga olinishi maqsadga muvofiq. Xo`jalik yuritish tizimining miqdoriy ko`rsatkichlarini hisoblashda qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini rejalashtirishda qo`llaniladigan norma va normativlardan foydalaniladi. Xo`jalik yuritish tizimini asoslashning uslubiy mezonlari va ketma-ketligi quyidagicha: - ishlab chiqarishni tahlil etish va istiqbolda xo`jalikni rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish; - xo`jalikning ishlab chiqarish yo`nalishlarini, ichki xo`jalik ixtisoslashuvi, kooperatsiyasi va integratsiyasini aniqlash; 51 - o`simlikchilik tizimi, dehqonchilik va yem-xashak yetishtirish tizimi va chorvachilik tizimini asoslash; - ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish va elektrlashtirish tizimini ishlab chiqish; - mahsulotlarni saqlash, qayta ishlash, ishlab chiqarishga xizmat ko`rsatish va yordamchi tarmoqlar tizimini yaratish; - mehnat balansi, mehnatni tashkil etish va unga haq to`lash tizimini asoslash; - xo`jaligini boshqarishning tashkiliy tuzilmasi va ishlab chiqarish tuzilmalariga asos solish; - ijtimoiy rivojlanish yo`nalishlarini rejalashtirish; - atrof-muhitni muhofaza qilish va tuproq tarkibini yaxshilash tadbirlarini ishlab chiqish; - kapital quyilmalar va investitsiyalarga bo`lgan talabni aniqlash; - moddiy, mehnat va moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish nisbatlarini belgilash; - xo`jaligi yuritishning iqtisodiy samaradorligi mezonlarini ishlab chiqish va boshqalar. Fermer xo’jaliklarida buxgalteriya hisobini olib borishda soliq tizimining qaysi tartibini qo’llash eng asosiy rol o’ynaydi. Agar fermer xo’jaligi soliq solishning soddalashtirilgan tartibini tanlagan bo’lsa, buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan tartibini qo’llashi mumkin. Fermer xo’jaliklari faolihati birnecha faoliyat bilan shullansa va uning faoliyati murakkablashgan bo’lsa soddalashtirilgan buxgalteriya hisobining kombinatsiyalashgan shaklga asoslangan buxgalteriya hisobi bir necha hisob registrlarini (hisob qaydnomalarini) qo’llash orqali amalga oshiriladi. Fermer xo’jaliklari faoliyati oddiy ya’ni, faqat deqqonchilik, chorvachilik yoki boshqa shu kabi faoliyat bilan shug’ullansa soddalashtirilgan buxgalteriya hisobining oddiy shakli qo’llashi taklif qilinadi. 52 III.BOB. FERMER XO’JALIKLARIDA BUXGALTERIYA HISOBINI YURITISHNI TAKOMILLASHTIRISH 3.1. Fermer xo’jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulotlar tannarxini kalkulyatsiya qilishning o’ziga xos xususiyatlari Fermer xo’jaliklarida buxgalteriya hisobini tashkil etishning xususiyatlari qishloq xo’jalik ishlab chiqarishning o’ziga xosligidan kelib chiqadi. Qishloq xo’jalik korxonalarida buxgalteriya hisobi amaldagi schyotlarning yagona rejalari, ya’ni 21-sonli Buxgalteriya hisobi-ning milliy standarti «Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliya-xo’jalik faoliyatining schyotlar rejasi va uni qo’llash bo’yicha yo’riqnoma»ga asoslanadi. Jumladan 2010-“Asosiy ishlab chiqarish” schyotida dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlari bo’yicha ishlab chiqarish jarayonini alohida va maxsus tartibda hisobga olish maqsadida mazkur hujjatga muvofiq korxona buxgalteri tomonidan ixtiyoriy ravishda “Dehqonchilik” va “Chorvachilik” deb nomlangan maxsus subschyotlarni ochgan holda hisobga olish maqsadga muvofiq bo’ladi. Texnologik jarayonga aloqador bo’lgan bevosita xarajatlar sanoatdagi kabi 2010-“Asosiy ishlab chiqarish” kalkulyatsiya schyotini tuzilishi hamda vazifasi bilan bir xil bo’lgan “Dehqonchilik” va “Chorvachilik” schyotlarining debetida hisobga olinadi. Tayyor mahsulotni, shuningdek, ayrim bajarilgan ish va xizmat (operatsiyalar)ni hisobga olishning ham o’ziga xos xususiyatlari ham bor. Korxonalar va tashkilotlarning yordamchi qishloq xo’jaliklarida 2710-“Xizmat qiluvchi ishlab chiqarish va xo’jaliklar” schyotidan foydalaniladi, shunga ko’ra korxona xarajatlari 2010-“Asosiy ishlab chiqarish”, 2510-“Umumishlab chiqarish xarajatlari” va shu kabilar schyotlarda aks ettiriladi. Fermer xo’jaliklarida buxgalteriya hisobini yuritishda boshlang’ich ujjatlarning namunaviy shakllari, buxgalteriya registrlarining yagona shakllari, hisoblash ishlarini bajarishda hisobga olishning kompleks mexanizatsiyalashgan va avtomatlashgan asosiy tashkiliy shakli davlat statistika qo’mitasi tizimining tuman 53 axborot - hisoblash stantsiyalari hisobga olishni mexanizatsiyalash shartnomalari bo’yicha xizmat ko’rsatadilar. Fermer xo’jaliklari buxgalteriya hisobining asosan memorial-order, jurnal-order va jadval-avtomatlashgan shakllaridan foydalaniladi. Fermer xo’jaliklari kengaytirilgan takroriy ishlab chiqarishni ta’minlash va aholini sanoat iste’mol mollariga bo’lgan talabini to’laroq qondirish maqsadida sanoat ishlab chiqarishini tashkil qiladilar. Sanoat ishlab chiqarishiga shirkat va jamoa xo’jaliklarida sabzavot va meva mahsulotlarini konservalash, ulardan sharbat olish, em tayyorlash, tegirmon, juvozkashlik, sut zavodlari, qoramol so’yish, qurilish materiallari ishlab chiqarishlar kiradi.Sanoat ishlab chiqarishi bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar hisobi 2010-schyotining tegishli subschyotlarida yuritiladi. Bu subschyotining debetida haqiqiy xarajatlar, kreditida tayyor sanoat mahsulotining chiqishi aks ettiriladi. qoldig’i debetida bo’lib, u tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlarini ko’rsatadi. Qishloq xo’jalik korxonalarida ishlab chiqarish xarajatlari qishloq xo’jalik ishlab chiqarishning tarmoqlari (o’simlikchilik, chorvachilik, sanoat ishlab chiqarishi) bo’yicha 21-BHMSga asosan 2010-“Asosiy ishlab chiqarish” sintetik schyotning quyidagi subschyotlarida hisobga olinadi. Yordamchi ishlab chiqarishlar bilan bog’liq xarajatlar 2310-“yordamchi ishlab chiqarishlar” schyotida hisobga olinadi. Ishlab chiqarishni tashkil etish va boshqarish bilan bog’liq xarajatlar 2510“Umumishlab chiqarish xarajatlari” va 2710-“Xizmat ko’rsatuvchi xo’jaliklar” sintetik schyotlarida hisobga olinadi. Bu schyotlarda xarajatlar, odatda, yil davomida yig’ilib boriladi va yil oxirida taqsimlash yo’li bilan ishlab chiqarish xarajatlariga qo’shiladi. Fermer xo’jaliklarida dehqonchilikdagi xarajatlar va mahsulotning chiqishini hisobga olishda 2010-“Asosiy ishlab chiqarish” schyotidan foydalaniladi. U ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxini hisoblashga ham mo’ljallangan. Schyotning debetida yil davomida bevosita, yil oxirida esa yuqorida keltirilgan sarf moddalari bo’yicha bilvosita xarajatlar, kreditda esa yil davomida mahsulotning chiqishi rejadagi tannarxda aks ettiriladi. Yil yakunida esa rejadagi tannarx aniqlangan 54 haqiqiy tannarxga etkazib to’g’rilanadi. Yil boshida ushbu schyotning debet saldosi o’tgan yil xarajatlari bo’yicha tugallanganmagan ishlab chiqarishni, yil oxirida esa kelgusi yil hosili uchun xarajatlar bo’yicha tugallanmagan ishlab chiqarishni anglatadi. 2010-“Asosiy ishlab chiqarish” schyoti (2010 - «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti(“Dehqonchilik” subschyoti)) bo’yicha analitik hisobi ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish ob’ektlari bo’yicha ekin turlari, tugallanmagan ishlab chiqarish, ish turlari va xarajat moddalari bo’yicha yuritiladi. Fermer xo’jaliklarida dehqonchilik mahsulotining daladan kelib tushishi va berilishini aks ettiradigan turli birlamchi hujjatlar mavjud. Hujjatlarning shakli maxsulotlar xarakterining va ish turiga daladan keltirilayotgan maxsulotning hujjati rasmiylashtirilishiga va uning kirim qilinishiga bog’liq bo’ladi. Masalan, donni kombaynlarda xirmonga tashish, maxsulotni daladan olib chiqish yo’llanma bilan rasmiylashtiriladi. Oldindan nomerlangan yo’llanma kombayn haydovchilariga berib qo’yiladi. Bu yo’llanmani avval kombaynch , so’ngra shofg’r va xirmon mudiri imzolaydi. Fermer xo’jaliklarida mazkur yo’llanmalar o’rnida daladan don va boshqa maxsulotlarni jo’natish reestirlaridan foydalanilishi mumkin. Ular yo’llanmalar singari rasmiylashtiriladi, ammo kun davomida yiyoma hujjat sifatida yuritiladi. Bu dastlabki hujjatlar sonini qisqartirish imkonini beradi. Bundan tashqari, auditor don maxsuloti bevosita xirmonda “Don va boshqa maxsulotlarni qabul qilish” reestrlarida kirim qilinganligini tekshirishilozim, bu hujjat ham ish kuni davomida yuritiladi. Xirmon mudiri ushbu kirim hamda chiqim hujjatlari asosida har kuni don va boshqa maxsulotlar harakati vedomostini tuzadi va uni dastlabki hujjatlar bilan birga buxgalteriyaga topshiradi. Mamlakatimizda dehqonchilik bilan shug’ullunuvchi fermer xo’jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlarining sintetik hisobi 2000 «Asosiy ishlab chiqarish schyotlari» tizimida olib boriladi. Ushbu schyotlar tizimida dehqonchilik sohalariga qarab quyidagi analitik schyotlarni ishchi schyotlar rejasida ochish mumkin: - 2011 - «Paxtachilik»; - 2012 - «G’allachilik»; 55 - 2013 - «Sabzavotchilik» va boshqalar. Fermer xo’jaligidagi dehqonchilik ishlariga ishlab chiqarish zahiralarining 1-jadval Dehqonchilik bilan shug’ullunuvchi fermer xo’jaliklarida materiallarning ishlatilishi va boshqa chiqim xarajatlarni schyotlarda aks ettirish № Muomalarning mazmun Summa Debet Kredit Asos bo’luvchi hujjat 1 Materiallarning ishlab chiqarishga 5000000 2010, sarflanishi 2310, 1010- Material 1090 hisobotlari, 2510 2 Materiallarning sotilishi: Shartnoma, - sotish qiymatiga 500000 4010, 9220 schyotfaktura - materiallarning hisob bahosida moddiy 400000 9210 1010- hisob-kitoblar, 1090 material hisoboti javobgar shaxs bo’ynidan soqit qilinishiga - sotishdan olingan foydaga - sotishdan ko’rilgan zararga 3 dalolatnoma 100000 9220 9320 9430 9220 Materiallarning bepul berilishi: Shartnoma, - berish qiymatiga schyotfaktura, - materiallarning hisob bahosida moddiy 500000 4010 9220 hisob-kitoblar, javobgar shaxs bo’ynidan soqit qilinishiga 500000 9220 1010- material hisoboti - sotishdan ko’rilgan zararga 500000 9430 1090 4010 4 Ta’sis badali sifatida berilishi: Shartnoma, - kiritish qiymatiga 500000 0610- 9220 schyotfaktura, - materiallarning hisob bahosida moddiy 500000 0690 1010- hisob-kitoblar, 9220 1090 material hisoboti javobgar shaxs bo’ynidan soqit qilinishiga 5 Materiallarning ish haqi va moddiy Ariza, yordamsifatida berilishi: schyot-faktura, - berish qiymatiga 9220 hisob-kitoblar, material hisoboti - materiallarning hisob bahosida moddiy 500000 6710 1010- javobgar shaxs bo’ynidan soqit qilinishiga 500000 9220 1090 Manba: Muallif tomonidan tayyorlandi. 56 sarflanishi, shuningdek ularning sotilishi, bepul berilishi, boshqa korxonalarga ta’sis badali sifatida kiritilishi, ish haqi va moddiy yordam sifatida berilishi, shunindek turli boshqa chiqimlari guvohlik beruvchi hujjatlar asosida hisobda quyidagicha aks ettiriladi (2-jadval). Ishlab chiqarish xarajatlarining analitik hisobi dehqonchilik sohalarining yo’nalishlariga qarab yuritiladi. Masalan, 2013 «Sabzavotchilik» schyoti bo’yicha quyidagi analitik schyotlarni ochish mumkin: kartoshka; pomidor; piyoz; sabzi; karam va boshqalar. Dehqonchilik bilan shug’ullunuvchi fermer xo’jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlari schyotlarining (2011, 2012, 2013) debetida haqiqatda qilingan xarajatlar aks ettiriladi. Bunda, mos ravishda xarajatlarning moddalariga ko’ra quyidigi yozuvlar qilinadi: Debet 2011,2012,2013 Kredit 1010-1090 - material xarajatlariga; Debet 2011,2012,2013 Kredit 6710 - mehnat haqi xarajatlariga; Debet 2011,2012,2013 Kredit 6520 - ijtimoiy sug’urta xarajatlariga; Debet 2011,2012,2013 Kredit 6510 - ekinlarni sug’urtalash xarajatlariga; Debet 2011,2012,2013 Kredit 6010,6990 - ish, xizmat xarajatlariga; Debet 2011,2012,2013 Kredit 2310 - yordamchi ishlab chiqarish xarajatlarini hisobdan chiqarilishiga; Debet 2011,2012,2013 Kredit 2510 - umumishlab chiqarish xarajatlarining hisobdan chiqarilishiga. Ishlab chiqarish xarajatlari schyotlarining kreditida hisobot yili davomida olingan mahsulotlar reja tannarxi bo’yicha aks ettiriladi, ya’ni unga quyidagicha yozuv qilinadi: Debet 2810 Kredit 2011, 2012 va 2013. Dehqonchilik bilan shug’ullunuvchi fermer xo’jaliklarida hisobot yili oxirida har bir soha bo’yicha etishtirilgan mahsulotlarning reja tannarxi va haqiqiy tannarxi o’rtasidagi farq summalari hisob-kitob qilinadi. Reja tannarx va haqiqiy tannarx o’rtasidagi farq summasi barcha mahsulotlar bo’yicha quyidagicha topiladi: 57 Tf = (Tx – Tr) x Mts Bu erda: Tf – bir birlik mahsulot reja va haqiqiy tannarxlari o’rtasidagi farq summasi; Tx – bir birlik mahsulotning haqiqiy tannarxi; Tr – bir birlik mahsulotning reja tannarxi; Mts – etishtirilgan mahsulotning miqdori (ts.) Reja tannarx va haqiqiy tannarx o’rtasidagi farq summasi mos ravishda ishlab chiqarish xarajatlari schyotlarida «qizil yozuv» yoki «qo’shimcha yozuv» usullari bo’yicha aks ettiriladi. Bunda reja tannarxi haqiqiy tannarxdan yuqori bo’lgan hollarda «qizil yozuv» usuli, reja tannarxi haqiqiy tannarxdan past bo’lganda esa «qo’shimcha yozuv» usulidan foydalaniladi. Fermer xo’jaliklarida barcha etishtirilgan mahsulotlar bo’yicha haqiqiy tannarx va reja tannarx o’rtasidagi farq summalarining hisob-kitobi hamda ularni tegishli schyotlarda aks ettirish tartibi misol tariqasida quyidagi 2-jadvalda keltirilgan. Dehqonchilik bilan shug’ullunuvchi fermer xo’jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlari to’g’risidagi ma’lumotlar maxsus «Ishlab chiqarish xarajatlari to’g’risida hisobot»da (18-shakl) jamlanadi. Buxgalteriya hisobining kombinatsiyalashgan shaklida ishlab chiqarish xarajatlari hisobi quyidagi maxsus reestrlarda yuritiladi: - «Hisobot davri xarajat (sarf)larini hisobga olish qaydnomasi»; - «Dehqonchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot chiqishini hisobga olish qaydnomasi».Hozirgi kundagi amaliyotdan kelib chiqib dehqonchilik bilan shug’ullunuvchi fermer xo’jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlari hisobida qizil yozuvlar yoki qo’shimcha yozuvlarni qaysi korrespondentsiyalanadigan schyotlarga berilishini aniqlashda etishtirilgan mahsulotlarning to’liq sotib yuborilganligi, ishlatilganligi hamda omborda tayyor mahsulot sifatida saqlanayotganligi e’tiborga olinishi kerak. Chunonchi, to’liq sotib yuborilgan mahsulotlar bo’yicha reja tannarx va haqiqiy tannarx o’rtasidagi farq summalari bevosita 9130 «Sotish tannarxi» schyotiga, qisman sotilgan mahsulotlar bo’yicha 58 2-jadval Dehqonchilik tarmog’i sohalarida etishtirilgan mahsulotlarning reja va haqiqiy tannarxlari o’rtasidagi farq hisob-kitobi Mahsulot Miqdori, ts. 1 birlik tannarxi, so’m Reja haqiqat Farq (+,- Jami Korr. schyotlar farq (+,-) Dt Kt ) Paxta 1500 38000 37000 -1000 -1500000 9110 2010 Don 2250 15500 14000 -500 -1125000 9110 2010 Don 1000 7725 8000 +275 +275000 9110 2010 chiqiti 800 +220000 2020 2010 a) 200 +55000 +11500 9110 2010 2020 2010 sotilgan b) chorvaga Somon 2300 150 155 +5 a) 300 +1500 sotilgan 2000 +10000 b) chorvaga Pomidor 350 10000 11000 +1000 +350000 9110 2010 Piyoz 200 20000 20600 +600 +120000 9110 2010 a) 150 +90000 2810 2010 sotilgan 50 +30000 b) qoldiq Karam 250 Kartoshka 200 5000 6000 +1000 +250000 9110 2010 32000 33500 +1500 +300000 9110 2010 2810 2010 9110 2010 a) 150 +225000 sotilgan 50 +75000 b) qoldiq Sabzi 320 8000 8500 +500 +160000 Manba: Muallif tomonidan tayyorlandi. ushbu farq ularning sotilgan va omborda saqlanayotgan qismlarini aks ettiruvchi schyotlar o’rtasida taqsimlanishi lozim. O’z maqsadlarida ishlatilgan mahsulotlar 59 (masalan, em-xashaklarni chorva mollariga berilishi) bo’yicha reja tannarxi va haqiqiy tannarx o’rtasidagi farq mos ravishdagi ishlab chiqarish schyotlariga olib borilishi kerak. Chorvachilik bilan shug’ullunuvchi fermer xo’jaliklarida chorvachilik ishlab chiqarish xarajatlarining sintetik hisobi 2020 «Asosiy ishlab chiqarish schyotlari» tizimida olib boriladi. Ushbu schyotlar tizimida chorvachilik sohalariga qarab turli schyotlarni ishchi schyotlar rejasida ochish mumkin, masalan: 2021 «Qoramolchilik»; 2022 «Qo’ychilik»; 2023 «Parrandachilik» va boshqalar. Chorvachilik bilan shug’ullunuvchi fermer xo’jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlarining analitik hisobi chorvachilik sohalarining yo’nalishlariga qarab yuritiladi. Masalan, 2023 «Parrandachilik» schyoti bo’yicha quyidagi analitik schyotlarni ochish mumkin: tuxum; go’sht va boshqalar. Chorvachilik bilan shug’ullunuvchi fermer xo’jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlari schyotlarining (2021, 2022, 2023) debetida haqiqatda qilingan xarajatlar aks ettiriladi. Hozirgi kunda chorvachilik bilan shug’ullunuvchi fermer xo’jaliklarida buxgalteriyasida qizil yozuvlar yoki qo’shimcha yozuvlarni qaysi korrespondentsiyalanadigan schyotlarga berilishini aniqlashda olingan mahsulotlarning to’liq sotib yuborilganligi, ishlatilganligi hamda omborda tayyor mahsulot sifatida saqlanayotganligi e’tiborga olinishi kerak. Chunonchi, olingan naslning reja tannarxi va haqiqiy tannarxi o’rtasidagi farq summalari bevosita 1110 «O’stirishdagi va boquvdagi mollar» schyotiga, to’liq sotib yuborilgan mahsulotlar bo’yicha reja tannarx va haqiqiy tannarx o’rtasidagi farq summalari bevosita 9130 «Sotish tannarxi» schyotiga, qisman sotilgan mahsulotlar bo’yicha ushbu farq ularning sotilgan va omborda saqlanayotgan qismlarini aks ettiruvchi schyotlar o’rtasida taqsimlanishi lozim. Buxgalteriya hisobining kombinatsiyalashgan shaklida chorvachilik ishlab chiqarish xarajatlari hisobi quyidagi maxsus reestrlarda yuritiladi: - «Hisobot davri xarajat (sarf)larini hisobga olish qaydnomasi»; 60 - «Chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot chiqishini hisobga olish qaydnomasi». Ushbu schyotlarda asosiy podaga o’tkaziladigan xo’jalikdagi yosh mahsuldor va ish hayvonlarini o’stirish bo’yicha xarajatlar, asosiy poda uchun harid qilingan katta yoshdagi va ish hayvonlarining qiymati, hayvonlarni etkazib berish bilan bog’liq sarflarni ham qo’shgan holda, boshqa korxonalardan tekinga olingan kata yoshdagi hayvonlarni xo’jalikka olib kelish bilan bog’liq sarflar hisobga olinadi. Chorvachilik bilan shug’ullunuvchi fermer xo’jaliklarida yil oxirida hisobot kalulyatsiya tuzilgandan keyin yil davomida o’tkazilgan yosh hayvonlarning ko’rsatilgan qiymati bilan uning haqiqiy tannarxi o’rtasida farq 1110“O’stirishdagi va boquvdagi hayvonlar schyotidan 0840-“Asosiy podani tashkil qilish” schyotiga, hayvonning bahosini bir vaqtning o’zida aniqlashda 0170“Ishchi va mahsuldor hayvonlar” schyotiga qo’shimcha yozuv yoki storno qilish yo’li bilan hisobdan chiqariladi. Kelgusi yil hosili uchun qilingan xarajatlar hisoblanmish tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlari hisobga olishning alohida ob’ektiga ajratiladi. Bu xarajatlar alohida ekinlar bo’yicha bajariladigan ish turlari yuzasidan hisobga olinadi. Keyingi, boshlangan hisobot yilida aytib o’tilgan xarajatlar alohida ekin turlari tannarxiga taqsimlash yo’li bilan o’tkaziladi. Fermer xo’jaliklarida dehqonchilik mahsulotlari ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulotning chiqishi bo’linma, brigada va shu kabilar bo’yicha hisobga olinishi kerak. Fermer xo’jaliklarida bundan tashqari ekin turlari bo’yicha xarajatlar quyidagi kalkulyatsiya moddalari bo’yicha hisobga olinadi: 1. Ijtimoiy sug’urta ajratmalari bilan birgalikda mehnatga haq to’lash xarajatlari; 2. Urug’lik va ekish materiallari uchun xarajatlar; 3. Mineral o’g’it xarajatlari; 4. O’simliklarni himoya qilish vositalari; 5. Bajarilgan ish va xizmatlar uchun to’lovlar; 6. Asosiy vositalarni asrash xarajatlari; 7. Ishlab chiqarishni tashkil etish xarajatlari; 61 8. Sug’urta to’lovlari; 9. Boshqa xarajatlar. Mahsulot tannarxini hisoblash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 1. Asosiy vositalarni saqlash xarajatlari taqsimlanadi; 2.Asosiy ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi yordamchi va qo’shimcha mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish mahsulot tannarxi hisoblanadi; 3. Suv chiqarish va erni quritish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar taqsimlanadi; 4. Brigada, tsex va umumxo’jalik xarajatlari taqsimlanadi; 5. Rejalashtirilgan va hisobga olingan ob’ektlar bo’yicha umumxo’jalik xarajatlari summasi taqsimlanadi; 6. O’simlik mahsulotlari tannarxi hisoblab chiqiladi; 7. Em-xashak tsexlarini saqlash xarajatlari taqsimlanadi; 8. Chorvachilik mahsulotlari hisoblab chikiladi; 9. Boquvdagi qora mollar boshi tannarxi hisoblanadi; 10.Qishloq xo’jaligi mahsulotini qayta ishlash bilan bog’liq bo’lgan qo’shimcha ishlab chiqarish mahsulotlari tannarxi hisob-kitob qilinadi; 11.O’simlik va chorva mahsulotlarini ishlab chiqarish tannarxi tarkibiga ularni sotish bilan bog’liq xarajatlar qo’shilib, to’liq tannarx hisoblanadi. Tannarxni rejalashtirish va hisob-kitob qilish quyidagi ko’rsatkichlarda o’z aksini topadi: - hamma mahsulotning tannarxi; - bir birlik mahsulot tannarxi; - bir so’mlik tovar mahsuloti ishlab chiqarish uchun ketgan xarajatlar; Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarish tarmoqlaridan farqli 1 yillik hosildorlik bo’yicha xarajatlar 1 Ga maydonga qilinadigan xarajatlarni aniqlab har bir tur qishloq xo’jaligi mahsulotlari bo’yicha alohida ekiladigan umumiy ga maydonga ko’paytirish orqali aniqlanadi. Qishloq xo’jaligida 1 yillik yalpi mahsulot hosildorligi bo’yicha xarajat va tushumi hisoblanishining o’ziga xos xususiyatiga ega. Fermer xo’jaligida etishtiriladigan mahsulot xarajatlarining tarkibi shu xo’jalikda ekilayotgan ekinlarning turlari bo’yicha alohida tannarx xarajati 1 Ga 62 maydonga hisoblanadi. Bunkerdan olinadigan asosiy hosil (yiyoshtirib olinadigan) tsentnerda hisoblanadi va 1ts bahosiga ko’paytiriladi. Jumladan: 1. 1 Ga yer uchun qilinadigan xarajat; 2. 1 Ga yerga ketadigan urug’likni xarajatni hajmi; 3. GSM xarajatlari; 4. Mineral o’g’itlar xarajatlari; 5. Avtotransport xarajatlari; 6. Asosiy vositalarni amortizatsiyasi; 7. Asosiy vositalarni joriy remont xarajatlari; 8. Ish haqi xarajatlari. Qishloq xo’jaligida 1 yillik umumiy Ga maydonga hosildorlik bo’yicha xarajatlarni hisoblash uchun yuqoridagi hisoblangan 1 Ga maydonga uchun qilinadigan xarajatlarni umumiy Ga maydonga ko’paytiriladi. Har bir assortiment etishtirilgan hosildorlikdan turlari bo’yicha alohida-alohida xarajatlar hisoblanadi va umumiy summa hisoblanadi. Fermer xo’jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlarini alohida moddalar bo’yicha hisobga olish tartibini ko’rib chiqamiz. “Ijtimoiy sug’urta ajratmalari va mehnatga haq to’lash xarajatlari” moddasida bevosita ekin o’stirish bilan band bo’lgan ishchilar mehnatiga haq to’lash, navbatdagi va ko’shimcha ta’tillarga haq to’lash hamda bu summalarga nisbatan hisoblangan tegishli ijtimoiy sug’urta ajratmalari hisobga olinadi. Bu xarajatlar boshlang’ich hujjatlar asosida bevosita tegishli ekinlar va ish turlariga o’tkaziladi. Bunda umumlashgan ma’lumotlar bo’yicha 2010-“Asosiy ishlab chiqarish” schyoti (2010 - «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti(“Dehqonchilik” subschyoti))ning debetiga hamda 6710 - “Mehnatga haq to’lash bo’yicha hisoblashishlar” va 6510 - “Ijtimoiy sug’urta bo’yicha hisoblashishlar” schyotlarining kreditiga qayd qilinadi. Fermer xo’jaliklarida yaqin yillar ichida davlat va jamoa xo’jaliklarining barcha ishlab chiqarish bo’linmalari mehnatini tashkil etishning pudrat usuliga, shu jumladan, oila va yakka tartibdagi pudrat usuliga o’tkazilganligini unutmaslik kerak. Bu usulda ishlab chiqarishda 63 qatnashuvchilarning barchasi, shu jumladan, rahbarlar va mutaxassislarning ham mehnatiga haq to’lash yalpi daromadga bevosita bog’liq qilib qo’yildi, qishloq xo’jalik xodimlari mehnatiga natural haq to’lashning salmog’i ortdi, uni to’lash hajmi pirovard natijalarga qa’tiy bog’liq qilib qo’yildi. Bunda xo’jalik ichidagi bo’linmalar o’rtasida o’zaro hisoblashishning chek shakli joriy etilib, bo’linmalar rahbarlar mahsulot uchun ham, xizmatlar uchun ham chek bilan hisoblashishni amalga oshiradilar. Fermer xo’jaliklarida urug’larni ekishga tayyorlash, ularni ekish joyiga tashib keltirish xarajatlari urug’lar qiymatiga kiritilmaydi, balki ekinlarga tegishli xarajatlar moddalari bo’yicha o’tkaziladi. Fermer xo’jaliklarida “o’g’it” moddasida qishloq xo’jalik ekinlari uchun tuproqqa solinadigan o’g’itlar, shu jumladan, sanoatda ishlab chiqiladigan mineral, bakterial va boshqa o’g’itlar hamda organic o’g’itlar xarajatlari hisobga olinadi. Xarajatlar analitik hisobga olishda mineral va organik o’g’itlar bo’yicha alohida aks ettiriladi. o’g’itlarni tayyorlash va erga solish xarajatlari bevosita muayyan qishloq xo’jalik ekiniga tegishli xarajatlar moddalari bo’yicha o’tkazilib, bu moddaga kiritilmaydi. “o’simliklarni himoya qilish vositalari” moddasida begona o’tlar, qishloq xo’jalik ekinlari zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurashda ishlatiladigan pestitsid, kimyoviy dorilar, gerbitsid va boshqa kimyoviy, shuningdek, biologik vositalarni xarid qilish va asrash xarajatlari kiritiladi. Xo’jalikning o’zi bu vositalar bilan ko’chatlar, ekinlarga ishlov bergandagi xarajatlar moddalari bo’yicha ekinning tannarxiga o’tkaziladi. Fermer xo’jaliklarida dehqonchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish bo’yicha har bir alohida qishloq xo’jalik ekinidan olinadigan mahsulot turi kalkulyatsiya ob’ekti hisoblanadi. Bir ekindan ayni bir vaqtda har xil xususiyatdagi mahsulot olish tufayli dehqonchilik mahsuloti tannarxni kalkulyatsiya qilishda turli usuldan foydalaniladi. Masalan, xarajatlarni bevosita o’tkazish usulidan bir ekindan faqat bitta mahsulot turi olinadigan hollarda foydalaniladi. Bu eng oddiysi: mazkur ekinga sarflangan xarajatlar summasi olingan mahsulot miqdoriga bo’linadi. Ayrim qishloq xo’jalik ekinlari o’rtasida olinayotgan mahsulot turlari uchun umumiy bo’lgan belgilaridan birining miqdoriy qiymatiga mutanosib taqsimlash metodi 64 ham qo’llaniladi. Fermer xo’jaliklarida dehqonchilik mahsulotlarining tannarxini hisoblashda qishloq xo’jalik ekiniga sarflangan ishlab chiqarish xarajatlaridan noqulay ob-havo sharoitlari tufayli olingan mahsulotga taalluqli bo’lgan va belgilangan tartibda zararga o’tkaziladigan sug’urta tovonlari summasi istisno (faqat hisobga olishda) qilinadi. Fermer xo’jaliklarida ekinlar (ekin turlari) bo’yicha dehqonchilik mahsulotining tannarxi quyidagilardan tarkib topadi: A)don, paxta, kungaboqar urug’i-franko-dala (xirmon yoki dastlabki ishlov beriladigan joy); B) somon, xashak-franko-saqlash joyi; V)qand lavlagi, kartoshka, poliz ekinlari, sabzavot, qand lavlagi tugunchali, ildiz mevalar-franko-dala (saqlash joyi); G)mevalar, rezavor, uzum, tamaki, maxorka va choy bargi dorivor efir moy ekinlari va gulchilik mahsulotlari, himoya qilingan er sabzavotlari-franko-qabul (asrash) joylari; D) zig’ir-poxol, ivitilgan zig’ir poya qayta ishlash (xo’jalikda) joyi; E) o’t, zig’ir, sabzavot va boshqa ekinlar urug’lari-franko-asrash joyi; J) ozuqa uchun ko’k massa-franko-iste’mol joyi; Z) silos, o’t uni, senaj, granula uchun ko’k massa, franko-silos bosish, senaj qilish (minora, zovur, o’ra) joyi, o’t uni, granula tayyorlash joyi. Fermer xo’jaliklarida joriy yildagi dehqonchilik mahsulotining tannarxiga yig’ilgan, ammo yanchilmagan yoki yig’ilmagan ekinlar bo’yicha xarajatlar kiritilmaydi. Agarda yil oxirida dehqonchilikda yanchilmagan ekinlar bo’lsa, haqiqiy xarajatlar quyidagicha taqsimlanadi. Fermer xo’jaliklarida yig’ishtirib yanchilgan va yig’ilgan, ammo yanchilmagan ekin bo’yicha sarflangan haqiqiy xarajatlarning umumiy summasidan mahsulotni yanchish va daladan olib kelish xarajatlari chegiriladi. Ana shundan keyin qolgan xarajatlar summasi yig’ishtirib yanchilmagan ekin o’rtasida gektarlar miqdoriga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Yig’ishtirib yanchilgan ekinlar mahsulotining haqiqiy tannarxini aniqlash maqsadlarida yig’ishtirilgan ekinlarga sarflangan xarajatlar summasiga ularni yanchish, tashish bo’yicha xarajatlar qo’shiladi. Kelgusi yilda tannarxni 65 hisoblashda yanchilmagan ekinlar va yig’ishtirish bo’yicha xarajatlar mahsulotni yanchish, tozalash va tashish xarajatlariga qo’shiladi. Fermer xo’jaliklarida somon (chori), jo’xoripoya bargi va g’o’zapoya kungaboqar tupguli, karam bargi, shox-shabba (tut) va shu kabilarning tannarxi ushbu mahsulotni yig’ishtirish, presslash, tashish,g’aramlash va tayyorlashga oid boshqa ishlar xarajatlari asosida belgilangan me’yorlar bo’yicha ularga sarflangan xarajatlardan kelib chiqib aniqlanadi. Fermer xo’jaliklarida don ekinlarini ekish va yig’ishtirish xarajatlari (donni xirmonda tozalash va quritish xarajatlari qo’shilib) don, don chiqitlari va somonning tannarxini tashkil qiladi. Fermer xo’jaliklarida don va don chiqitlarning tannarxini aniqlash uchun, avvalo unga tegishli jami xarajatlarda somonning belgilangan qiymati chegirib tashlanadi, qolgan xarajatlar don va don chiqitlarining tannarxini tashkil etadi. Donning tannarxini aniqlash uchun don chiqitlari (laboratoriyada aniqlangan donning miqdoriga qarab) sof donga aylantiriladi. So’ngra ularga tegishli jami xarajatlar shartli don miqdoriga bo’linib 1ts donning tannarxi aniqlanadi. Masalan, kuzgi bug’doy hosili yig’ishtirib va tozalab olingandan keyin 50000ts don, 3000ts don chiqiti va 40000ts somon olingan. Ushbu hosilni etishtirish va xirmonda tozalash uchun 2550000 so’m sarflangan. Somonning me’yoriy xarajatlar qiymati 50000 so’mni tashkil etgan. 1ts somonning tannarxi esa - (50000:40000) 1,25 so’mni tashkil etdi. U holda don va don chiqitiga tegishli xarajatlar (2550000-50000) 2500000 so’mga teng. Don chiqiti (chori)ning tarkibi 50 foizdan bo’lganligi uchun uni donga aylantirilganda (3000X50:100) 1500ts, jami shartli don miqdori esa (50000+1500) 51500ts ga teng. Demak yuqoridagi hisob-kitoblarga ko’ra 1ts donning tannarxi (2500000:51500) 40 so’m 54 tiyinni, 1ts chorining tannarxi esa (40,54x50) 20 sum 27tiyinni tashkil etdi. Fermer xo’jaliklarida urug’chilik ekinlari bo’yicha umumiy xarajatlar tegishli reproduktsiyadagi (super-elita, I va II reproduktsiya) urug’lik donni olishga aloqador qo’shimcha xarajatlarni ham qo’shib, urug’lar tannarxiga yuqoridagi tartibda o’tkaziladi. 1ts urug’ (super-elita, elita, 1 repproduktsiya, qolgan repproduktsiyalar)ning tannarxi tegishli urug’ga o’tkazilgan xarajatlarning 66 umumiy summasi tozalangan va quritilgan urug’ massasiga realizatsiya baholariga nisbatan mutanosib taqsimlanadi. Fermer xo’jaliklarida 1ts makkajo’hori donining tannarxini hisoblashda don qabul qilish punktlarida sutkalik o’rtacha namunalarni sutkadagi donning basis namligini (makkajo’xori so’tasidagi donning bazis namligi 22 foiz ko’lamida qabul qilingan) hisobga olib yanchish natijasida aniqlangan sutalardan quruq donga o’tkazish xo’jalikning davlatga sotgan makkajo’hori so’talaridan bazis namlikdagi don chiqishining o’rtacha foizidan aniqlanadi. Bu foiz qabul qilingan don nakladnoylari registrlarining ma’lumotlaridan olinadi. 1ts makkajo’xori donining tannarxi ishlab chiqarish xarajatlarini jo’xoripoyalarni yig’ishtirish sarflari va qiymatini istisno qilib, don massasiga taqsimlab aniqlanadi. 1ts moyli o’simliklar (kungaboqar, zig’ir, kunjut, raps va boshqalar) urug’ining tannarxi donli ekinlar uchun belgilangan tartibda aniqlanadi. 1ts paxtaning tannarxi uni etishtirish va yig’ishtirish (g’o’zapoya bundan mustasno) xarajatlari summasini uning hisobga olingan (konditsiya) miqdoriga taqsimlab aniqlanadi. Paxtaning tannarxi alohida navlar bo’yicha aniqlanganda xarajatlarning umumiy summasi uning xarid narxlarining qiymatiga mutanosib taqsimlanadi. Fermer xo’jaliklarida tola beruvchi zig’ir mahsulotining tannarxini hisoblashda o’stirish va yig’ishtirishga oid ishlab chiqarish xarajatlari urug’ va tola miqdoriga ularning ularning xarid baholaridagi qiymatiga mutanosib o’tkaziladi. Fermer xo’jaliklarida ivigan zig’ir poyasining tannarxi pohol qiymati va g’yish, ag’darish va ivigan poyani ko’tarib olish xarajatlarini qamrab oladi. Boshqa yig’iladigan ekinlar (nasha, o’rta Rossiya nashasi, janubiy nasha, kanaf, dag’al kanop va boshqalar) tannarxi tola beruvchi zig’ir mahsuloti singari hisoblanadi. Fermer xo’jaliklarida 1ts lavlagi ildiz mevasining ishlab chiqarish tannarxi (fabrikada ishlatiladigan va tuganagi) ularni qand lavlagining (foydalaniladigan bargining qiymati xarajatlardan chegirib tashlangach) fizik massasiga bo’lib aniqlanadi. Tamaki va moxorka xom ashyosining tannarxi ishlab chiqarish xarajatlarining umumiy summasi va xom ashyoning hisobga olingan massasidan 67 kelib chiqib, xarajatlarni mahsulotning alohida turlariga ularning xarid baholaridagi qiymatiga mutanosib taqsimlab aniqlanadi. Urug’chilikda 1ts tamaki, moxorka xom ashyosi, uruyoning tannarxi muayyan mahsulotni ishlab chiqarish xarajatlarining tegishli summasi va xom ashyo, uruyoning hisobga olingan massasidan kelib chiqib aniqlanadi. Fermer xo’jaliklarida chorvachilik mahsulotlari dehqonchilik bilan bir qatorda qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining asosiy tarmoqlaridan biri bo’lib hisoblanadi. U ixtisoslashuvidan qat’iy nazar, odatda, har bir xo’jalikda bo’ladi. Bu tarmoqqa qoramol, cho’chqachilik, qo’ychilik, parrandachilik, baliqchilik va shu kabilar taalluqlidir. Fermer xo’jaliklarida chorvachilik bo’yicha xarajatlarni hisobga olish ob’ekti - chorvaning alohida turlari va guruhlaridir. Masalan, sutchilik yo’nalishidagi chorvachilikda xarajat ob’ektlari - asosiy poda, yosh qoramol, bo’rdoqiga boqilayotgan katta yoshli mol, go’sht yo’nalishida - asosiy poda, yosh qoramol, sakkiz oylikdan katta yosh qoramol va bo’rdoqiga boqilayotgan katta mol guruhlari bo’lib hisoblanadi. Cho’chqachilikda - asosiy, 2 oylikdan 4 oylikgacha o’lgan cho’chqa bolalari, 4 oylikdan katta cho’chqa bolalari va bo’rdoqiga oqilayotgan cho’chqalar hisobga olish ob’ekti hisoblanadi. Fermer xo’jaliklarida chorvachilik bo’yicha ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulotning chiqishini hisobga olish bo’linmalari, fermalar, brigadalar va shu kabilar bo’yicha amalga oshirilishi kerak. Chorvaning turi va guruhlari bo’yicha xarajatlar quyidagi kalkulyatsiya moddalari bo’ycha aks ettiriladi: 1. Ijtimoiy sug’urta ajratmalari va mehnatga haq to’lash xarajatlari; 2. Hayvonlarni himoya qilish vositalari; 3. Ozuqa; 4. Ish va xizmatlar; 5. Asosiy vositalarni asrash xarajatlari; 6. Ishlab chiqarishni tashkil etish xarajatlari; 7. Sug’urta to’lovlari; 8. Boshqa xarajatlar; 9. Chorvaning nobud bo’lishidan yo’qotishlar. 68 Fermer xo’jaliklarida chorvachilik bo’yicha ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishga oid buxgalteriya yozuvlari ozuqani taqsimlash yuzasidan boshlang’ich hujjatlar - vedomostlar, tabellar, tug’ilgan naslni kirim qilish dalolatnomalari, hayvonlarni tortib ko’rish qaydnomalari va shu kabilar asosida amalga oshiriladi. Fermer xo’jaliklarida “hayvonlarni himoya qilish vositalari” moddasida korxona mablag’lariga olinadigan biopreparatlar, dori-darmonlar, dezinfektsiya qilish vositalari va shu kabilarni xarid qilish va asrash sarflari, shuningdek, ulardan chorvachilikda foydalanishga aloqador xarajatlar aks ettiriladi. Bu moddaga yuqoridagi vositalarni ana shu maqsadlarda byudjet mablag’lari hisobiga xarid etilgan qiymati kiritilmaydi. Fermer xo’jaliklarida “ozuqa” moddasida sarflangan ozuqaning qiymati chorva turi va guruhlari bo’yicha ozuqani taqsimlash vedomostlari asosida keltiriladi. Bu vedomostlarda har yili chorva soni, ozuqa nomi va miqdori qayd etiladi. Oy yakunida ana shu vedomostlardan hayvonlar ozuqa-kunlari soni va naturada hamda ozuqa birligiga aylantirilgan sarflangan ozuqa miqdori, shuningdek ozuqa qiymati aniqlanadi. Bu ma’lumotlar keyinchalik ozuqalar sarfini hisobga olish jurnalida yil boshidan o’suvchi yakunida hisobga olinadi. Fermer xo’jaliklarida “ish va xizmatlar” moddasi bo’yicha o’z yordamchi ishlab chiqarishlari tomonidan chorvachilikka ko’rsatiladigan ish va xizmatlar xarajatlari hamda chet korxona va tashkilotlar ko’rsatadigan ana shunday xizmatlar uchun to’lov xarajatlari aks ettiriladi. Fermer xo’jaliklarida “asosiy vositalarni asrash xarajatlari” moddasida bevosita ishlab chiqarishda foydalaniladigan asosiy vositalarni asrashga aloqador xarajatlar kiritiladi. Bu xarajatlarning tarkibi va hisobga olinishi dehqonchilikdagi ana shunday xarajatlarning tarkibi va hisobga olinishi bilan bir xildir. Fermer xo’jaliklarida yil oxirida mahsulotning haqiqiy tannarxi aniqlanadi va haqiqiy hamda rejadagi tannarxi o’rtasidagi aniqlangan farq qo’shimcha buxgalteriya yozuvi orqali to’g’rilanadi, agarda haqiqiy tannarx rejadagi tannarxdan past bo’lsa, teskari (qizil) yozuv yoki rejadagi tannarxi haqiqiy tannarxdan past bo’lsa, oddiy qo’shimcha yozuv qilinadi. Fermer xo’jaliklarida 69 chorvachilik mahsulotlari bo’yicha kalkulyatsiya ob’ektlari alohida mahsulot turlari, chorva bolasi, tirik vaznning ortgan (o’sgan) og’irligi hisoblanadi. Chorvachilikda xarajatlarining analitik hisobi mahsulot turlari bo’yicha emas, balki chorva turi va guruhlari bo’yicha yuritiladi. Chorvaning bir turi yoki guruhidan ikki va undan ko’prok mahsulot turi olinganda ularning tannarxi belgilangan tartibda aniqlanadi. Xo’jaliklarda chorva va parrandalarni boqish uchun yil davomida sarf qilingan xarajatlarga yil boshidagi ularga tegishli tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlarini ko’shib, yil oxiridagi tugallanmagan ishlab chiqarish xarajatlarini chegirib chorva mahsulotlarining tanarxi aniqlanadi. Tirik vaznining tannarxi-hisobot yili boshidagi boquvda va o’stirishdagi hayvonlar va parrandalar qiymatiga yil davomidagi ularni boqish va o’stirish xarajatlari, chetdan, asosiy podadan boquvga o’tkazilgan hamda hisobot yilida tug’ilgan hayvon bolalari qiymatlarini qo’shib, ularning tirik vazniga bo’lishi asosida aniqlanadi. Bunda nobud bo’lgan chorva va parrandalarning qo’shilgan vazni (moddiy javobgar shaxslar aybi bilan nobud bo’lganlar mustasno) hamda boquvga qo’yilmasdan so’yilgan yoki sotilgan, brakka chiqarilgan katta yoshli hayvonlar vazni hisobga olinmaydi. Xo’jaliklarda bo’rdoqiga boqilayotganda o’lgan (moddiy javobgar shaxslar aybi bilan o’lgan va ulardan undirib olinishi lozim bo’lganlardan tashqari) yosh va katta yoshli mol, parranda, quyon, g’vvoyi hayvon va asalari oilalarini hisobga olishda 2610 “Ishlab chiqarishdagi brak” schyotida hayvon, parranda va asalari oilalari tur va guruhlarga ko’ra aks ettiriladi. Tabiiy ofatlar tufayli o’lgan yosh chorva, parranda, asalari oilalari, quyon va bo’rdoqiga boqilayotgan kata yoshli hayvon qiymati moliyaviy natijalarga kiritiladi. Fermer xo’jaliklarida cho’chqachilik mahsulotining tannarxi ona cho’chqani bolalari bilan nasldor erkak cho’chqalar, o’stirishda va burdoqiga boqilayotgan cho’chqalarni boqish xarajatlarini qamrab oladi. Bu xarajatlar cho’chqachilik mahsulotining alohida: yaroqli nasl boshi, tirik vaznning ortishi va go’ngga o’tkaziladi. Tirik vaznining ortishi va 1 bosh naslning ajratish vaktidagi tannarxi asosiy podani boqish sarflarining umumiy summasini (qo’shimcha mahsulot qiymatini chegirib) ajratilgan nasllar, bunga tug’ilgandagi tirik vaznini ham kiritib, tirik vaznining 70 o’sgan miqdoriga taqsimlab aniqlanadi. Ajratilgan cho’chqa bolalari 1ts tirik vaznning ortish tannarxi yil boshida onasi bilan bo’lgan cho’chqa bolalari qiymati summasi va joriy yilda ajratilgan bolalar tirik vazniga (o’lganlarini ham qo’shib) asosiy poda bo’yicha xarajatlarni bo’lib aniqlanadi. 3.2. Fermer xo’jaliklarida buxgalteriya hisobini yuritishni takomillashtirish Mamlakatimizda bugungi kunga kelib fermer xo’jaliklari faoliyatini tubdan takomillashtirish va faoliyat doirasini kengaytirish borasida ko’plab islohotlar olib borilmoqda. Bitiruv malakaviy ishining ham asosiy maqsadi, fermer ko’jaliklarida buxgalteriya hisobini takomillashtirish hamda soddalashtirilgan buxgalteriya tizimini yuritish bo’yicha amaliy tavsiyalar berishdan iborat. Fermer xojaliklari faoliyatini o’ragnish va buxgalteriya hisobini yuritish holatini tahlil qilish natijasida buxgalteriya hisobi qog’oz hujjatlardan foydalangan holda, exel dasturida va maxsus dasturlarda olib borilmoqda. Fermer xo’jaliklari buxgalteriya hisobini qog’oz hujjatlardan foydalangan holda olib borilganda fermer xo’jaliklarida buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan shaklining oddiy shakli bo’yicha yuritilishi mumkin. “Muhammad dili” fermer xo’jaligining sodir bo’lgan xo’jalik operatsiyalari ma’lumotlariga asosan buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan shaklining oddiy shakli amalda quyidagicha yuritiladi. Fermer xo’jaliklarida hisobot davrida sodir bo’ladigan har bir operatsiyalar "Xo’jalik operatsiyalarini hisobga olish Kitobi" registrida yozib boriladi. Shofirkon tuman “Muhammad dili” fermer xo’jaligida 2015 yil paxta etishtirish xarajatlari asosida buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan tartibining oddiy ususlini qo’llashni taklif qilish asosida buxgalteriya hisobini yuritishni tadbiq qilib ko’ramiz. “Muhammad dili” fermer xo’jaligida 2015 yil paxta etishtirish xarajatlari 3-jadvalda berilgan bo’lib soliq solishning soddalashtirilgan tartibi tanlangan. Paxta etishtirish mavsumiy bo’lganligi uchun buxgalteriya hisobi har oy yoki har chorakda emas, balkim yillik yuritiladi. Ya’ni sodir bo’gan operatsiyalar har kun operatsiyalarni ro’yxatga olish jurnalida yozib boorish asosida tannarx yilda bir 71 3-жадвал. Shofirkon tuman “Muhammad dildi” fermer xo’jaligida 2015 yil paxta etishtirish xarajatlari 2015 yil haqiqiy xarajatlar № 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 Xarajat turlari O’lchov birligi Jami paxta maydoni uchun, ming so’m 1 ga uchun so’mda га 44,5 х Ekin maydoni, ga тонн 120,5 x Yalpi hosil, tonna ц/га 27,1 х Hosildorlik, ts/ga минг.сум Ish haqi 39579,13 1023 Yagona ishtimoiy to’lov 5936,87 минг.сум Mineral o’g’it 35645 801 shundan: минг.сум azotli 22295 501 минг.сум forsforli 11392 256 минг.сум kaliyli 1958 44 минг.сум Ximikatlar 2225 50 минг.сум Amortizatsiya 5340 120 минг.сум Urug’lik 5563 125 минг.сум Mexanizatsiya xizmatlari 14983 337 shundan: 0 минг.сум 5160 haydash 116 минг.сум 4215 ekish 95 минг.сум 3819 Vegetatsiya davrida 86 минг.сум 1789 Yig’ib terib olish 40 минг.сум YOMM 21766 489 минг.сум Boshqa xarajatlar 13740 309 shundan: минг.сум 1125 Sug’urta 25 минг.сум 4435 Umum ishlab chiqarish 100 минг.сум 915 Elektro energiya 21 Ichki irigatsiya inshoatlarini минг.сум 1000 22 saqlash Mahalliy o’g’it tayyorlash va минг.сум 703 16 chiqarish минг.сум 5562 Yagona er solig’i 125 минг.сум 10000 Boshqalar 225 минг.сум Jami xarajatlar 154778 3478 Paxta xom ashyosini sotishdan yalpi 170 400 5 012 tushun Foyda (11-10) 15 622 459 Rentabellik datajasi % 10,1 1 tonna uchun xarajat 1 284 Manba: “Muhammad dili” fermer xo’jaligining 2015 yil hisobotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi. 72 marta aniqlanadi hamda vaqtinchalik hisob varaqlar yilda bir marta yopiladi. Yil davomida paxta etishtirishda mos ravishda xarajatlarning moddalariga ko’ra quyidigi yozuvlar qilinadi: Debet 2010 Kredit 1010-1090 - material xarajatlariga; Debet 2010 Kredit 6710 - mehnat haqi xarajatlariga; Debet 2010 Kredit 6520 - ijtimoiy sug’urta xarajatlariga; Debet 2010 Kredit 6510 - ekinlarni sug’urtalash xarajatlariga; Debet 2010 Kredit 6010,6990 - ish, xizmat xarajatlariga; Debet 2810 Kredit 2010. Yil davomida sotilgan paxtaning tannarxini hisobdan chiqartirsak yilda bir marta Debet 9110 Kredit 2810 yozuv qilinadi. Jadval ma’lumotlari asosida Operatsiyalarni ro’yxatga olish jurnali 3 –jadvalda quyidagicha to’ldiriladi. 4 -jadval Moliyaviy-xo’jalik operatsiyalarini qayd qilish JURNALI № San . a 1 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 2 hujjatini ng nomi va № 3 Operatsiyaning mazmuni 4 Mineral o’g’it sotib olindi Ish haqi hisoblandi Ish haqidan daromad solig’I hisoblandi Sug’urta badali hisoblandi Urug’lik sotib olindi Yagona ishtimoiy to’lov hisoblandi Paxta uchun bankdan kredit olindi Mineral o’g’it sarflandi Urug’lik sarflandi Ximikatlar sarflandi Amortizatsiya Mexanizatsiya xizmatlari amalga oshirildi YOMM 73 Summa Ming so’m Schyot raqami D-t K-t 5 35 645,00 39 579,00 6 1010 2010 7 6010 6710 3 166,00 2 770,00 5 563,00 6710 6710 1010 6410 6510 6010 5 936,00 100 000,00 35 645,00 5 563,00 2 225,00 5 340,00 2010 5510 2010 2010 2010 2010 6510 6810 1010 1010 5510 0220 14 983,00 21 776,00 2010 2010 5510 5510 4 –jadvalning davomi Sug’urta qilindi 1 125,00 2010 5510 Umum ishlab chiqarish 4 435,00 2010 5510 Elektro energiya xarajati 16 hisoblandi 915,00 2010 6990 Ichki irigatsiya inshoatlarini 17 saqlash xarajatlari 1 000,00 2010 5110 Mahalliy o’g’it tayyorlash va 18 chiqarish xarajatlari 703,00 2010 5510 19 Yagona er solig’i 5 562,00 9820 6410 20 Boshqalar 10 000,00 2010 5110 21 120,5 tonna paxta yig’ib olindi 149 225,00 2810 2010 22 Paxta sotildi 170 400,00 4010 9010 23 Soliqlar to’landi 5 562,00 6410 5110 24 Mineral o’g’itlar uchun to’landi 35 645,00 6410 5510 25 Uruglik uchun to’landi 5 563,00 6010 5510 26 Ish haqi to’landi 10 000,00 6710 5510 27 Ajratmalar to’landi 3 545,00 6510 5510 28 Paxtaning puli kelib tushdi 170 400,00 5110 4010 Boshliq va buxgalterga ish haqi 29 hisoblandi 6 000,00 9420 6710 30 Ish haqidan daromad solig’i 480,00 6710 6410 31 Sug’urta badali hisoblandi 420,00 6710 6510 Yagona ishtimoiy to’lov 32 hisoblandi 900,00 9420 6510 33 9010 schyotini yopildi 170 400,00 9010 9910 sotilgan paxtaning tannarxi 34 hisobdan chiqarildi 149 225,00 9110 2810 35 9110 schyotini yopildi 149 225,00 9910 9110 36 9410 schyotini yopildi 6 900,00 9910 9420 37 9810 schyotini yopildi 5 562,00 9910 9820 38 schyotini yopildi 8 713,00 9910 8710 39 kreditni puli to'landi 100 000,00 6810 5110 Manba: “Muhammad dili” fermer xo’jaligining 2015 yil hisobotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi. 14 15 Xo’jalik operatsiyalarini hisobga olish Kitobida xo’jalik operatsiyalari natijalari aktivlarni, majburiyatlarni, xususiy kapitalni, daromadlar, xarajatlar, foyda va zararlarni hisobga oluvchi schyotlarda aks ettiriladi. Xo’jalik operatsiyalarini hisobga olish Kitobida yozuvlar tizimli tartibda Xo’jalik operatsiyalarini qayd etish Jurnalida keltirilgan ma’lumotlar asosida amalga oshiriladi. Xo’jalik operatsiyalarini hisobga olish Kitobi kombinatsiyalashgan registr hisoblanadi, unda fermer xo’jaliklari tomonidan qo’llaniladigan barcha schyotlar mavjud bo’ladi va ularning har birida xo’jalik operatsiyalari hisobini yuritish 74 imkoniyatini yaratadi. Bunda, balansning tegishli moddalarining mazmunini asoslab berish uchun u yetarli darajada batafsil bo’lishi lozim. Xo’jalik operatsiyalarini hisobga olish Kitobida har bir qo’llanilayotgan buxgalteriya schyoti uchun aniq buxgalteriya schyotlari bo’yicha o’tgan yillarning tajribasini hisobga olgan holda, xo’jalik operatsiyalarining kutilayotgan hajmidan kelib chiqqan holda, ma’lum betlar ajratiladi. Xo’jalik operatsiyalarini hisobga olish Kitobining har bir beti bir hisob varaq uchun ajratiladi va quyidagi ko’rinishga ega bo’ldi. Shu tartibda har bir ishlatilgan hisob varaq uchun bosh kitobdan bet ochiladi. 5-jadval Bosh kitobning 2010-ishlab chiqarish Schyot raqami va nomi -Asosiy ishlab chiqarish № Sana Boshlang’ich hisob hujjatining nomi va № schyot bo'yicha aylanma(ming so’m) d-t k-t 2015 yil uchun jami aylanma Qoldiq d-t k-t 0 2015 yil 1 yanvar dagi qoldiq 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 2010 39579 5936 35645 5563 2225 5340 14983 21776 1125 4435 915 1000 703 10000 149225 149225 149225 0 2016 yil 1 yanvar dagi qoldiq Manba: “Muhammad dili” fermer xo’jaligining tomonidan tayyorlandi. 75 2015 yil hisobotlari asosida muallif Xo’jalik operatsiyalarini hisobga olish Kitobi "20__ yil "___"________ dagi qoldiq" qatorida aktivlarning, majburiyatlarning va xususiy kapitalning har bir turi bo’yicha hisobot davrining boshida mavjud bo’lgan qoldiq summasi yozuvi bilan ochiladi. Aktiv schyotlarning qoldig’i ushbu schyotlarning debetida, passiv schyotlar bo’yicha qoldiq esa ushbu schyotlar kreditida yoziladi. 6-jadval Jamlanma qaydnoma ЖАМИ 25 000 25 000 Hisobot boshidagi Schyot qoldiq № D-t K-t 1 450 096 1 450 096 Hisoblar harakati D-t K-t 110 837 110 837 Hisobot oxirida qoldiq D-t K-t 0120 А 0220 КА 1010 А 41 208,00 41 208,00 2010 А 149 225,00 149 225,00 2810 А 149 225,00 149 225,00 4010 А 170 400,00 170 400,00 5110 А 170 400,00 116 562,00 5510 А 100 000,00 100 000,00 6010 П 5 563,00 41 208,00 35 645,00 6412 П 6510 П 3 545,00 10 026,00 6 481,00 6710 П 16 836,00 45 579,00 28 743,00 6810 П 100 000,00 100 000,00 6990 П 8330 П 12 000,00 8710 П 13 000,00 9010 Т 170 400,00 170 400,00 9110 Т 149 225,00 149 225,00 9420 Т 6 900,00 6 900,00 9820 Т 5 562,00 5 562,00 9910 Т 170 400,00 170 400,00 10 000 10 000,00 5 340,00 15 000,00 915,00 5 340,00 68 838,00 915,00 12 000,00 8 713,00 Manba: “Muhammad dili” fermer xo’jaligining tomonidan tayyorlandi. 76 21 713,00 2015 yil hisobotlari asosida muallif Har bir qatorda tegishli buxgalteriya schyoti bo’yicha yozuvlar xo’jalik operatsiyalarini qayd etish Jurnalida keltirilgan buxgalteriya yozuvlari (provodkalari) ma’lumotlari asosida pozitsiya usulida xronologik ketma-ketlikda amalga oshiriladi. Paxta mavsumiy ishlab chiqarish bo’ganligi uchun yild bir marta yilning oxirida xo’jalik operatsiyalarini hisobga olish Kitobida yakun chiqariladi va unga asosan fermer xo’jaligi faoliyatining natijasi aniqlanadi. Shu natijalar asisida aylanma qaydnoma chiqariladi va u quyidagi ko’rinishda bo’ladi. Xo’jalik operatsiyalarini hisobga olish Kitobida yuritilgan aktivlar, majburiyatlar va xususiy kapitalni hisobga oluvchi schyotlarning qoldiqlari yoki jamlanma qaydnoma ma’lumotlari asosida 1-sonli shakl - buxgalteriya balansiga o’tkaziladi. Xo’jalik operatsiyalarini hisobga olish Kitobida yuritilgan daromadlar va xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarning hisobot davridagi aylanmasi yoki jamlanma qaydnoma ma’lumotlari asosida 2-sonli shakl - moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotga o’tkaziladi. Fermer xo’jaliklari yil davomida quyidagi soliq va majburiy to’lovlarni to’laydilar: -yagona er solig’ini yilda bir marta joriy yilning i mayiga qadar hisobotlarni topshiradi, 1 sentabrgacha hisoblangan soliqning 30 % ini, 1 degabrgacha qolgan qismini to’laydi; -jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’ini har chorakda keyingi oyning 25 sanasigacha hisobotlarni topshiradi, soliqlarni to’lash ish haqqini bankdan olish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi; -yagona ijtimoiy to’lov har oyda geyingi oyning 25 sanasidan kechiktirmasdan, to’alsh hisobotlarni topshirish muddatigacha; III bob bo’yicha xulosa Bugungi kunda Rеspublikamizda faoliyat yuritayotgan ko’pgina fеrmеr xo’jaliklarida buxgaltеriya hisobini yuritish hamda buxgaltеriya hisobotlarini tashkil etish bilan bog’liq bir qancha muammolar vujudga kеlmoqda. Shu bois haqqoniy va talab darajasidagi hisobotlarga ega bo’lish uchun hisob-kitoblardagi 77 mavjud kamchiliklarni tugatib, ularni qonun talablari darajasida tashkil etish lozim. Moliyaviy hisobotlar xo’jalik yurituvchi sub'еktning rahbariyati tomonidan rеsurslarni boshqarish natijalarini ko’rsatadi. Xo’jalik rahbari yuqori foyda olish maqsadida buxgaltеriya hisobini tashkil etgan vaqtda moliyaviy hisob bilan birgalikda boshqaruv hisobini ham tashkil etsa, axborotlarni qaеrdan olish hamda ushbu ma'lumotlardan rеjalashtirish, nazorat va boshqaruv qarorlarini qabul qilishda qanday foydalanish mumkinligi bilan tanishish imkoniyatiga ega bo’ladi. Qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi, o’zi ishlab chiqargan qishloq xo’jalik mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash va sotishni, shu jumladan, o’z savdo shoxobchalari orqali sotishni amalga oshiradigan fermer xo’jaliklari uchun “Fermer xo’jaliklarida buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan tizimini tashkil etish to’g’risida “gi nizomni tasdiqlash haqida qaror qabul qilingan va nizom ishlab chiqilgan. Fermer xo’jaliklarida soddalashtitrilgan buxgalteriya hisobining oddiy shaklini yuritish taklif qilinadi. Biz buni qanchalik sodda , tushunarli va osson ekanligini “muhammad dili” fermer xo’jaligi misolida ko’rdik. 78 Xulosa va takliflar Fermer xo’jaliklarida buxgalteriya hisobini takomillashtirish bo’yicha bitiruv malakaviy ishida keltirilgan fikrlar asosida quyidagi xulosa va takliflar berildi: 1. Fermer xo’jaliklarida buxgalteriya hisobining soddalashtirilgan tartibini qo’llashdan maqsad - hujjatlashtirishni soddalashtirish va hisob kitoblarni kamaytirishadan iborat. Fermer xo’jaligining rahbari ham tushunishi va moliyaviy ko’rsatgichlarni tahlil qilishi osonlashadi; 2. Fermer xo’jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlari hisobini olib borishda muhim vazifalar: - fermer xo’jaliklarida moddiy texnika bazasini yangi texnika va texnologiyalar kiritish asosida yaxshilash hamda uni hisobini yuritish; - mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalash, kengaytirish va rekonstruktsiya qilish xarajatlari hisobini olib borish; - suv ta’minoti va erlarning meliorativ holatini yaxshilash xarajatlari hisobini yuritish; - qishloq xo’jaligi(dehqonchilik va chorvachilik) mahsulotlarini etishtirishda tannarx xarajatlarini to’g’ri hisoblash va hisobga olish; - fermer xo’jaliklarida(dehqonchilik va chorvachilik) ishlab chiqarish xarajatlari sintetik va analitik hisobini yuritish; - fermer xo’jaliklarida(dehqonchilik va chorvachilik) ishlab chiqarish xarajatlarini hisobot davrida hisoblash tamoyiliga asosan kiritish; - Ishlab chiqarish xarajatlari hisob-kitoblarni o’z vaqtida amalga oshirish. 3. Fermer xo’jaliklarida buxgalteriya hisobini tashkil etishning xususiyatlari qishloq xo’jalik ishlab chiqarishning o’ziga xosligidan kelib chiqadi. Qishloq xo’jalik korxonalarida buxgalteriya hisobi amaldagi schyotlarning yagona rejalari, ya’ni 21-sonli Buxgalteriya hisobi-ning milliy standarti «Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar moliya-xo’jalik faoliyatining schyotlar rejasi va uni qo’llash bo’yicha yo’riqnoma»ga asoslanadi. Jumladan 2010-“Asosiy ishlab chiqarish” schyotida 79 dehqonchilik va chorvachilik tarmoqlari bo’yicha ishlab chiqarish jarayonini alohida va maxsus tartibda hisobga olish maqsadida mazkur hujjatga muvofiq korxona buxgalteri tomonidan ixtiyoriy ravishda “Dehqonchilik” va “Chorvachilik” deb nomlangan maxsus subschyotlarni ochgan holda hisobga olish maqsadga muvofiq bo’ladi. Texnologik jarayonga aloqador bo’lgan bevosita xarajatlar sanoatdagi kabi 2010-“Asosiy ishlab chiqarish” kalkulyatsiya schyotini tuzilishi hamda vazifasi bilan bir xil bo’lgan “Dehqonchilik” va “Chorvachilik” schyotlarining debetida hisobga olinadi. Tayyor mahsulotni, shuningdek, ayrim bajarilgan ish va xizmat (operatsiyalar)ni hisobga olishning ham o’ziga xos xususiyatlari ham bor. Korxonalar va tashkilotlarning yordamchi qishloq xo’jaliklarida 2710-“Xizmat qiluvchi ishlab chiqarish va xo’jaliklar” schyotidan foydalaniladi, shunga ko’ra korxona xarajatlari 2010-“Asosiy ishlab chiqarish”, 2510-“Umumishlab chiqarish xarajatlari” va shu kabilar schyotlarda aks ettiriladi. Fermer xo’jaliklarida buxgalteriya hisobini yuritishda boshlang’ich hujjatlarning namunaviy shakllari, buxgalteriya registrlarining yagona shakllari, hisoblash ishlarini bajarishda hisobga olishning kompleks mexanizatsiyalashgan va avtomatlashgan asosiy tashkiliy shakli davlat statistika qo’mitasi tizimining tuman axborot - hisoblash stantsiyalari hisobga olishni mexanizatsiyalash shartnomalari bo’yicha xizmat ko’rsatadilar. Fermer xo’jaliklari buxgalteriya hisobining asosan memorial-order, jurnal-order va jadval-avtomatlashgan shakllaridan foydalaniladi. 4. Fermer xo’jaliklarida dehqonchilikdagi xarajatlar va mahsulotning chiqishini hisobga olishda 2010-“Asosiy ishlab chiqarish” schyotidan foydalaniladi. U ishlab chiqarilayotgan mahsulot tannarxini hisoblashga ham mo’ljallangan. Schyotning debetida yil davomida bevosita, yil oxirida esa yuqorida keltirilgan sarf moddalari bo’yicha bilvosita xarajatlar, kreditda esa yil davomida mahsulotning chiqishi rejadagi tannarxda aks ettiriladi. Yil yakunida esa rejadagi tannarx aniqlangan haqiqiy tannarxga etkazib to’g’rilanadi. Yil boshida ushbu schyotning debet saldosi o’tgan yil xarajatlari bo’yicha tugallanganmagan ishlab chiqarishni, yil oxirida esa kelgusi yil hosili uchun xarajatlar bo’yicha tugallanmagan ishlab chiqarishni anglatadi. 2010-“Asosiy ishlab chiqarish” schyoti (2010 - «Asosiy 80 ishlab chiqarish» schyoti(“Dehqonchilik” subschyoti)) bo’yicha analitik hisobi ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish ob’ektlari bo’yicha ekin turlari, tugallanmagan ishlab chiqarish, ish turlari va xarajat moddalari bo’yicha yuritiladi. 5. Chorvachilik bilan shug’ullunuvchi fermer xo’jaliklarida chorvachilik ishlab chiqarish xarajatlarining sintetik hisobi 2020 «Asosiy ishlab chiqarish schyotlari» tizimida olib boriladi. Ushbu schyotlar tizimida chorvachilik sohalariga qarab turli schyotlarni ishchi schyotlar rejasida ochish mumkin, masalan: 2021 «Qoramolchilik»; 2022 «Qo’ychilik»; 2023 «Parrandachilik» va boshqalar. Chorvachilik bilan shug’ullunuvchi fermer xo’jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlarining analitik hisobi chorvachilik sohalarining yo’nalishlariga qarab yuritiladi: 6. Dehqonchilik bilan shug’ullunuvchi fermer xo’jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlarining sintetik hisobi 2000 «Asosiy ishlab chiqarish schyotlari» tizimida olib boriladi. Ushbu schyotlar tizimida dehqonchilik sohalariga qarab quyidagi analitik schyotlarni ishchi schyotlar rejasida ochish mumkin: - 2011 - «Paxtachilik»; - 2012 - «G’allachilik»; - 2013 - «Sabzavotchilik» va boshqalar. 7. Fermer xo’jaliklarida mahsulot tannarxini hisoblash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: - asosiy vositalarni saqlash xarajatlari taqsimlanadi; - asosiy ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi yordamchi va qo’shimcha mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish mahsulot tannarxi hisoblanadi; - suv chiqarish va erni quritish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar taqsimlanadi; - brigada, tsex va umumxo’jalik xarajatlari taqsimlanadi; - rejalashtirilgan va hisobga olingan ob’ektlar bo’yicha umumxo’jalik xarajatlari summasi taqsimlanadi; - o’simlik mahsulotlari tannarxi hisoblab chiqiladi; 81 - em-xashak tsexlarini saqlash xarajatlari taqsimlanadi; - chorvachilik mahsulotlari hisoblab chikiladi; - boquvdagi qora mollar boshi tannarxi hisoblanadi; - qishloq xo’jaligi mahsulotini qayta ishlash bilan bog’liq bo’lgan qo’shimcha ishlab chiqarish mahsulotlari tannarxi hisob-kitob qilinadi; - o’simlik va chorva mahsulotlarini ishlab chiqarish tannarxi tarkibiga ularni sotish bilan bog’liq xarajatlar qo’shilib, to’liq tannarx hisoblanadi. Fermer xo’jaliklarida tannarxni rejalashtirish va hisob-kitob qilish quyidagi ko’rsatkichlarda o’z aksini topadi: - hamma mahsulotning tannarxi; - bir birlik mahsulot tannarxi; - bir so’mlik tovar mahsuloti ishlab chiqarish uchun ketgan xarajatlar. 8. Fermer xo’jaliklarida ekinlar (ekin turlari) bo’yicha dehqonchilik mahsulotining tannarxi quyidagilardan tarkib topadi: - don, paxta, kungaboqar urug’i-franko-dala (xirmon yoki dastlabki ishlov beriladigan joy); - somon, xashak-franko-saqlash joyi; - qand lavlagi, kartoshka, poliz ekinlari, sabzavot, qand lavlagi tugunchali, ildiz mevalar-franko-dala (saqlash joyi); - mevalar, rezavor, uzum, tamaki, maxorka va choy bargi dorivor efir moy ekinlari va gulchilik mahsulotlari, himoya qilingan er sabzavotlari-franko-qabul (asrash) joylari; - zig’ir-pohol, ivitilgan zig’irpoya-franko-asrash qayta ishlash (xo’jalikda) joyi; - o’t, zig’ir, sabzavot va boshqa ekinlar urug’lari-franko-asrash joyi; - ozuqa uchun ko’k massa-franko-iste’mol joyi; - silos, o’t uni, senaj, granula uchun ko’k massa, franko-silos bosish, senaj qilish (minora, zovur, o’ra) joyi, o’t uni, granula tayyorlash joyi. 9. Fermer xo’jaliklarida chorvachilik bo’yicha ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulotning chiqishini hisobga olish bo’linmalari, fermalar, brigadalar va shu kabilar bo’yicha amalga oshirilishi kerak. Chorvaning turi va guruhlari bo’yicha 82 xarajatlar quyidagi kalkulyatsiya moddalari bo’ycha aks ettiriladi: - ijtimoiy sug’urta ajratmalari va mehnatga haq to’lash xarajatlari; - hayvonlarni himoya qilish vositalari; - ozuqa; - ish va xizmatlar; - asosiy vositalarni asrash xarajatlari; - ishlab chiqarishni tashkil etish xarajatlari; - sug’urta to’lovlari; - boshqa xarajatlar; - chorvaning nobud bo’lishidan yo’qotishlar. 10. Fermer xo’jaliklarida chorvachilik bo’yicha ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishga oid buxgalteriya yozuvlari ozuqani taqsimlash yuzasidan boshlang’ich hujjatlar - vedomostlar, tabellar, tug’ilgan naslni kirim qilish dalolatnomalari, hayvonlarni tortib ko’rish qaydnomalari va shu kabilar asosida amalga oshiriladi. Fermer xo’jaliklarida “hayvonlarni himoya qilish vositalari” moddasida korxona mablag’lariga olinadigan biopreparatlar, dori-darmonlar, dezinfektsiya qilish vositalari va shu kabilarni xarid qilish va asrash sarflari, shuningdek, ulardan chorvachilikda foydalanishga aloqador xarajatlar aks ettiriladi. Bu moddaga yuqoridagi vositalarni ana shu maqsadlarda byudjet mablag’lari hisobiga xarid etilgan qiymati kiritilmaydi. 11. Mavsumiy maxsulotlarni etishtiruvchi fermer xo’jaliklari uchun tannarxni hisoblash bir yilda bir marta amalga oshiriladi. Vaqtinchalik hisob varaqalarni yopish yilda bir marta yil yakunlangandan so’ng amalga oshirish tavsiya qilinadi. 83 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: I. Normativ-huquqiy hujjatlar: 1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. - T.: O’zbekiston, 2016. 2. O’zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi. – T.: Adolat, 2008. 3. O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonuni Toshkent 2016 y. 13 aprel. 4. O’zbekiston Respublikasining «Auditorlik faoliyati to’g’risida»gi Qonuni (yangi tahriri) 2000 y. 26 may. 5. “Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish haqida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni, 2014 yil 6 may. 6. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 27 sentyabrdagi “Qimmatli qog’ozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ–475sonli Qarori; 7. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 4 apreldagi ”Auditorlik tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda ular ko’rsatayotgan xizmatlar sifati uchun javobgarlikni oshirish to’g’risida”gi PQ–615-sonli Qarori; 8. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 2 iyuldagi ”Auditorlik tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish yuzasidan qo’shimcha choratadbirlar to’g’risida”gi PQ–907-sonli Qarori. 9. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 22 sentyabrdagi «Auditorlik faoliyatini takomillashtirish va auditorlik tekshirishlarning ahamiyatini oshirish to’g’risida»gi 365-sonli qarori.-T.: «Xalq so’zi», 2000 y, 26 sentyabr. 10. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 16 oktyabrdagi “Ustav fondida davlat ulushi bo’lgan korxonalarning samarali boshqarilishini va davlat mulkini zarur darajada hisobga olinishini ta’minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi 215-sonli Qarori; 11. O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan «Buxgalteriya hisobining milliy standartlari» 1998-2008 yillar. 84 tasdiqlangan 12. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida” Nizom. II. Asosiy adabiyotlar: 13. Karimov I.A. “Barcha reja va dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi”. -T.: «O‘zbekiston», 2011. 56 bet. 14. Karimov I.A. “2014-yil yuqori o‘sish sur’atlari bilan rivojlanish, barcha mavjud imkoniyatlarni safarbar etish, o‘zini oqlagan islohotlar strategiyasini izchil davom ettirish yili bo‘ladi” -T.: "O‘zbekiston", 2014. 64 b. 15. Karimov I.A. “2015 yilda iqtisodiyotimizda tub tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish, modernizatsiya va diversifikatsiya jarayonlarini izchil davom ettirish hisobidan xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikka keng yo’l ochib berish – ustuvor vazifamizdir” T.: “O’zbekiston” 2015 y. 72 bet. 16. SH.M.Mirziyoev. «Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlikhar bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak» Toshkent«O’zbekiston»-2017, 41- bet 17. Bakanov M.I, Sheremet A.D. “Teoriya ekonomicheskogo analiza” M. “Finansi i statistika”. 1998. 18. Basovskiy L.E., Basovkaya E.N. i dr. «Kompleksniy ekonomicheskiy analiz xozyaystvennoy deyatelnosti»: Uchebnoe posobie. – M.: INFRA-M, 2009. – 366s 19. Bernstain A.A. “Analiz finansovoy otchetnosti”. M. “Finansi i statistika”. 1999 20. Abdukarimov I.T. «Moliyaviy hisobotni o’qish va tahlil qilish yo’llari». T.; «Iqtisodiyot va huquq dunyosi». 1999 yil. 21. Abdullaev Yo.A., Ibragimov A.T., Raximov M.Yu. «Iqtisodiy tahlil: 100 savol va javob». T.; «Mehnat» 2001. 22. Voxobov A. V., Ibragimov A. T. “Moliyaviy tahlil”. T.; “Sharq” 2002. 85 23. Vahobov A.V., Ibragimov A.T., Yakubov U.Q. «Boshqa tarmoqlarda iqtisodiy tahlil xususiyatlari». T.; 2004. 24. Ibragimov A.T., Raximov M.Yu. «Boshqaruv tahlili». T.; 2004. 25. Axmadjonov X.I., Raximov M.Yu. «Moliyaviy tahlil». T.; 2004. 26. Vahobov A.V. va boshqalar. «Iqtisodiy tahlil nazariyasi». T.; 2003. 27. Hakimov B.J. va boshqalar. «Iqtisodiy tahlil nazariyasi». T.; “Iqtisodmoliya” nashriyoti, 2012 y. 28. Pardaev M.Q., Abdukarimov I.T. «Iqtisodiy tahlil». T.; «Mehnat» 2004. 29. Buxgalterlar uchun amaliy qo’llanma. (ikki jildlik)T.: “Norma” 2012 y. 30. Godovoy otchet -2016. Elektronnaya spravochnaya sistema ,“ Norma”. 31. Moliyaviy hisob-2. Ochilov I.K., Azlarov D.X., Avloqulov A.Z. O’quv qo’llanma. -T.: TMI, 2003. B.326. 32. Bochkareva I.I. Buxgalterskiy uchet. Uchebnoe posobie. –M.: Prospekt, 2006. 33. Buxgalteriya hisobining xalqaro standartlari. Tarjima. A. Rizaqulov, B.Xasanov, A.Usanov, Z.Mamatov. T.: - 2004. 34. Do’smuratov R.D, Mamadiyarov D.U. Boshqaruv hisobi./Darslik. -T.: Sharq 2008. -174 b. 35. Ibrohimov A.K., Ochilov I.K., Qo’ziev I.N., Rizaev N.Q. Moliyaviy va boshqaruv hisobi. - T.: “IQTISOD –MOLIYa”, 2008. - B. 444. 36. Karimov A.A. va boshqalar. Buxgalteriya hisobi./Darslik. -T.: Sharq 2004. 37. Pardaev A.X, Pardaev B.X. Boshqaruv hisobi. O’quv qo’llanma. T.: G’.G’ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2008. - 251 b. 38. Sotivoldiev A.A. Zamonaviy buxgalteriya hisobi. 3t. / Darslik.- T. 2004. - 505 39. Ibragimov A., Ochilov I., Qo’ziev I., Rizaev N. Moliyaviy va boshqaruv hisobi. T.: Iqtisod-moliya nashriyoti, 2008.-444 b 40. Karimov A.A. va boshqalar. Buxgalteriya hisobi. /Darslik -T.: Sharq, 2004.592 b. 41. G’ulomova F. Buxgalteriya hisobini mustaqil o’rganuvchilar uchun qo’llanma. –T.: “Norma” nashriyoti, 2012. –496 b. 42. Do’stmurodov R., Masharipov O. Fermer ho’jaligida buxgalteriya hisobi va 86 hisobotini tashkil etish. O’quv qo’llanma-Toshkent, 2007.- 94 b. 43. Shofirkon tuman “Muhammad dildi” fermer xo’jaligining 2015 yil moliyaviy hisobotlari. III. Internet saytlari: http://www.mf.uz (O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi). www.ziyonet.uz www.tfi.uz www.lex.uz http://www.mf.uz http://www.norma.uz http://www.buh.ru/ http://www.soliq.uz www.gaap.ru www.accountingreforms.ru 87