Uploaded by Ruxsora Jabborova

Artikl orqali noaniqlik

advertisement
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
XORIJIY TILLAR FAKULTETI
INGLIZ TILSHUNOSLIGI KAFEDRASI
11-9ing-19-guruh talabasi
Yaxyoyev Anvarning
“INGLIZ VA O`ZBEK TILLARIDA NOANIQLIK MA`NOSINING
ARTIKLLAR ORQALI IFODALANISHI”
mavzusidagi
KURS ISHI
5111400– Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
Ilmiy rahbar: Muhammadiyeva N.M.
Buxoro-2022
MUNDARIJA:
1.INGLIZ TILIDA ARTIKLLARNING ISHLATILISHI ................................... 3
2.NOANIQ ARTIKLNING ISHLATILISHI ....................................................... 9
3.ANIQLIK VA NOANIQLIKNING IFODALANISHI ................................... 14
4.INGLIZ TILIDA NOANIQLIKNING ARTIKLLAR ORQALI
IFODALANISHI ................................................................................................. 16
5.O`ZBEK TILIDA NOANIQLIKNING IFODALANISHI .............................. 19
XULOSA ............................................................................................................. 24
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI: ....................................... 25
1.INGLIZ TILIDA ARTIKLLARNING ISHLATILISHI
Ingliz tilida otlar oldidan har doim artikl ishlatilishi kerak. Ba’zan esa otlar
oldidan artiklning ishlatilmaslik holatlari ham bo’ladi. Bu maqoladan ko’zlangan
asosiy maqsad – artikl haqida umumiy ma’lumotga ega bo’lish, artikl turlarini
bilib olish va artiklning ishlatilishini tushunib olishdir.
Ingliz tilida 2 xil artikl bor: NOANIQ ARTIKL (a/an) va ANIQ ARTIKL
(the).Noaniq artikl donalab sanaladigan, birlikdagi otlar oldidan ishlatiladi.
Noaniq artikl, o’z navbatida, ikki turga bo’linadi: A yoki AN noaniq artikli.
“A” noaniq artikli undosh tovush bilan (e’tibor bering: undosh harf bilan
emas, tovush bilan!) boshlanuvchi, donalab sanaladigan birlikdagi otlar oldidan
ishlatiladi. Masalan: a computer, a dog, a helicopter, a cell-phone.1
“AN” noaniq artikli esa unli tovush bilan boshlanadigan, donalab
sanaladigan, birlikdagi otlar oldidan ishlatiladi. Masalan: an apple, an accident,
an umbrella, an instrument.
“A” yoki “AN” noaniq artikli so’zlovchi va tinglovchiga noma’lum
bo’lgan, u haqida birinchi marta gapirilayotgan birlikdagi otlar oldidan ishlatiladi.
Noaniq artikl otlardan oldin ishlatilganda o’sha otning “bitta” ekanligini bildiradi.
Masalan: an apple – (bitta) olma, a computer – (bitta) kompyuter. Ammo noaniq
artikl to’g’ridan-to’g’ri “bitta” degan so’z tarjimasini bermaydi.
Aniq artikl esa so’zlovchi va tinglovchiga ma’lum bo’lgan, avvalroq gapda
eslatib o’tilgan, dunyoda yagona bo’lgan otlar oldidan ishlatiladi. Aniq artiklning
faqat bitta shakli bor: THE.
“THE” aniq artiklning ishlatilish qoidalari juda ko’p. Ammo asosiysi – bu
aniq artiklning “hamma uchun aniq” bo’lgan otlar oldidan ishlatilishidir. Aniq
artiklning alohida qoidalarini ham
keyingi rejalarimizda ko`rib o`tamiz.
Yuqoridagilarni umumlashtirish uchun quyida misolla keltirilgan:
1
Блох М.Я. Теоретическая грамматика английского языка. 3-е изд., испр. М. ВШ., 2000. С. 381.
3
 I ate a sandwich and an apple for breakfast. (Men nonushtaga (bitta,
harqanday bir) sendvich va (bitta, har qanday bir) olma yedim).
 The apple was bad but the sandwich was nice. ((O’sha, men yegan) olma
yomon ekan va (o’sha, men yegan) sendvich yaxshi ekan).
Misolda keltirilganidek, sendvich va olma haqida birinchi marta
gapirilganda ulardan oldin “A” va “AN” noaniq artikllari qo’yildi. Aynan shu
sendvich va olma haqida ikkinchi marta gapirilganda esa bu otlar oldidan “THE”
aniq artikli qo’yildi.
Artikl otlar oldida ishlatiladigan maxsus so‘zlardir. O‘zbek tilida artikl
mavjud emas. Artiklning alohida tarjimasi yo‘q. Ot oldida artiklning
ishlatilishi va ishlatilmasligining ahamiyati katta.2
1. Ingliz tilida ikkita artikl bor: Noaniq artikl (The Indefinite Article) va aniq
artikl (The Definite Article).
2. Noaniq artiklning ikkita shakli bor: a va an. An shakli unli tovushlar bilan
boshlangan otlar oldida keladi: an opera, an apple, an hour. Qolgan hollarda
artiklning a shakli ishlatiladi: a pen, a book, a student.
3.Aniq artiklning bitta shakli bor: the.
4. Noaniq artikl eski ingliz tilidagi ān (bir) so‘zidan kelib chiqqan, shuning
uchun ham u faqat birlikdagi otlar oldida ishlatiladi.
5. Aniq artikl eski ingliz tilidagi the (u, o‘sha) ko‘rsatish olmoshidan kelib
chiqqan bo‘lib, ba’zi hollarda hozir ham dastlabki ma’nosini saqlab qolgan.
6. Noaniq artikl ishlatilganda otning biror turga (sinfga) mansubligini
bildiradi.
7. Aniq artikl otni boshqa shu turdagi otlardan ajratib ko‘rsatganda
ishlatiladi.
2
Кверк Р., Гринбаум С., Лич Дж., Свартвик Я. Грамматика современного английского языка для
университетов = Quirk R., Greenbaum S., Leech G., Svartvik J. A University Grammar of English /
Под ред. Верховской И.П. М. ВШ., 1982. С. 391.
4
Noaniq artikl.
 “a” va “an” birlikdagi ot oldida ishlatiladi. Ular «bitta» degan ma`noni
anglatadi.
 “a” odatda undosh bilan boshlanuvchi so`zlar oldida ishlatiladi.
a boy, a bad day, a cat, a pencil.
 an odatda a, e, i va o unlilari bilan boshlanuvchi so`zlar oldida ishlatiladi.
 an apartment, an angry man, an elephant, an empty room
Agar birlikdagi otdan oldin sifat kelsa, (masalan, small, old) a yoki an
sifatning oldida keladi.
I have a small apartment.
Menda kichik kvartira bor.
I live in an old building.
Men eski binoda yashayman.
“U” harfi bilan boshlanuvchi so`zlarda:
(1) Agar “u” unli bo`lib kelsa, “an” ishlatiladi:
an umbrella, an uncle, an unusual day.
(2) Agar u undosh bo`lib kelsa, a ishlatiladi:
a university, a unit, a usual event.
H harfi bilan boshlanuvchi so`zlarda:
(1) Agar h talaffuz qilinmasa, an ishlatiladi:
an hour, an honor, an honest person
(2) Agar h talaffuz qilinsa, a ishlatiladi:
a holiday, a hotel, a high point.
He will arrive in an hoor.
U bir soatda qaytadi.
New Year’s Day is a holiday.
Yangi yil kuni bayram.
Aniq artikl. Aniq artikl (The Definite article) – the – that (o`sha) ko`rsatish
olmoshidan kelib chiqqan. U birlik va ko`plikdagi donalab sanaladigan hamda
donalab sanalmaydigan otlar oldidan ishlatiladi.
Nomlar bilan THE artiklining ishlatilishi va ishlatilmasligi:
 THE unvonlar nomi bilan ishlatilmaydi.
Noto`g`ri: The President Ruslan has been in the news
5
Geografik nomlar bilan artiklning ishlatilishi. Geografik nomlar bilan
artiklning ishlatilishi ma`lum qoidalarga ega. Masalan, aniq artikl daryolarning
nomi bilan ishlatilgan bir paytda ko`llar nomi oldidan qo`yilmaydi. Bitta tog`
(yoki bitta orol)ning nomi artiklsiz ishlatilsa, tog`lar tizmasi nomi oldidan, albatta,
aniq artikl qo`yilishi shart.
Qit`a va geografik joylar oldidan the artikli ishlatilmaydi:
 America, North America, South America, Latin America, Europe, Asia,
Africa, Australia, Antarctica; Northern Africa, Eastern Europe, Western
Europe, Central Europe, Central America, Southern Asia, South Asia,
Southeast Asia.
THE ARTIKLI ISHLATILADI:
 the Western Hemisphere
 the East
 the Eastern Hemisphere
 the Southwest
 the Arctic
 the Far East
 the Antarctic
 the Middle East
 the North
 the North Pole
Okean, Dengiz, daryo, kanal, sharshara, ko`l nomi oldidan
ishlatilishi va ishlatilmasligi:
THE ARTIKLI ISHLATILADI:
 the Atlantic Ocean
 the Nile
 the Pacific Ocean
 the Volga
 the Arctic Ocean
 the Amu Darya
 the Indian Ocean
 the Panama Canal
 the Mediterranean Sea
 the Suez Canal
 the Baltic Sea
 the English Channel
 the Black Sea
 the Victoria Falls
 the Caspian Sea
 the Niagara Falls
 the Amazon
 the American Falls
 the Mississippi
 the Canadian falls
6
the artikli
THE ARTIKLI ISHLATILMAYDI:
 Lake Baikal
 Lake Geneve
 Lake Ontario
 Crater Lake
 Lake Michigan
biroq: the great Salt Lake, the Great Lakes.
Orollar
THE ARTIKLI ISHLATILADI:
 the British Isles
 the Azores
 the West Indies
 the Canary Islands
 the Kuril Islands
 the Philippines.
 the Bahama Islands
Tog`, Vulqon, Tepalik nomlari oldidan
THE ARTIKLI ISHLATILMAYDI:
Everest, Fuji, Kilimanjaro, Elbrus, Mount Whitney.
Capitol Hill, Telegraph Hill
THE ARTIKLI ISHLATILADI:
 the Himalayas
 the Andes
 the Rocky Mountains
 the Alps
 the Caucasus
 the Black Hills
 the Ural Mountains
 the Berkshire Hills.
 the Paamirs
Cho`l, vodiy nomlari oldidan
THE ARTIKLI ISHLATILADI:
 the Sahara
 the Ruhr Valley
 the Kalahari Desert
 the Nile Valley
 the Arabian Desert
 the Central Valley
 the Kara Kum
 the Valley of the Kings
Biroq: Death Valley, Silicon Valley.
Yarimorol, burun
7
THE ARTIKLI ISHLATILADI:
 the Kamchatka Peninsula
 the Balkan Peninsula
 the Indochinese Peninsula
 the Iberian Peninsula
Biroq: Kamchatka, Indochina.
THE ARTIKLI ISHLATILMAYDI: Cape Horn, North Cape, Cape Canaveral,
Cape Chelyuskin.
Mamlakat, davlat, shtat nomlari oldidan
THE ARTIKLI ISHLATILMAYDI:
England, Great Britain, Ireland, Holland, France, Denmark, Belgium,
Spain, Luxembourg, Switzerland, Germany, Poland, Russia, Hungary, Greece,
America, Canada, Mexico, Australia, New Zeland, Saudi Arabia, Israel, Egypt,
Morocco, Iran, Turkey, UZBEKISTAN.
THE ARTIKLI ISHLATILADI:
 the United States of America
 the Federal
 the United Kingdom
Republic
of
Germany
 the Russian Federation
 the Republic of Cuba
 the Netherlands
 the Kingdom of Denmark
 the Philippines
 the Kingdom of Spain
 the State of California.
Shahar nomlari oldidan
THE ARTIKLI ISHLATILMAYDI:
Amsterdam, Barcelona, Berlin, Cairo, Delhi, Lisbon, London, Los Angeles,
Madrid, Moscow, New York, Tennessee, Ohio, Texas, Tashkent, Rome.
Biroq: the Hague.
THE ARTIKLI ISHLATILADI:
 the City of Athens
 the City of Oslo
 the City of Moscow
 the City of Tokyo
 the City of New York
8
Ko`cha, prospekt, yo`l nomlari oldidan
2.NOANIQ ARTIKLNING ISHLATILISHI
Ingliz tilida artikl so’z turkumi bo’lib, u otlar oldida ishlatiladi.
1.Noaniq artikl (indefinite article)
2.Aniq artikl (defenite article)
Ishlatilishi.
1. Noaniq artikl one so’zidan olingan bo’lib sanaladigan birlikdagi ot
oldidan ishlatiladi. Agar ot undosh harf bilan boshlangan bo’lsa a noaniq artikl
unli bo’lsa an noaniq artikl ishlatilandi.3
a boy, a desk, a clower, an apple, an egg, an English book.
2.Agar biror bir mashhur kishining kasbi gapning kesimidan oldin kelsa ot
oldida “the” artikli ishlatiladi.
Pushkin the great Russian poet was born in Moscow.
3.There is iborasidan keyin birlikdagi ot kelsa undan oldin noaniq artikl
ishlatiladi:
There is a book on the table.
4.Have, have got fe’li qaysi zamonda turishidan qat’I nazar undan keyin
birlikdagi ot kelsa noaniq artikl ishlatiladi:
He had a country cottage last year.
5.Biror ot haqida birinchi marta gapirilayotgan bo’lsa undan oldin noaniq
artikl ishlatiladi va qandaydir bir degan ma’noni bildiradi:
I saw a man add woman in the street.
Shu otlar haqida ikkinchi marta gapirilsa otlar oldida the ishlatiladi.
6.Noanq artikl ona tili va rus tilidagi bir so’zi o’rniga ham ishlatiladi:
A mean told me about him.
Bir odam menga u haqida gapirib berdi.
Noaniq artikl sanalmaydigan otlar oldida ishlatilmaydi.
3
Abbott, Barbara (2006). "Definiteness and indefiniteness". In Horn, R. L.; Ward, G (eds.). The
handbook
of
pragmatics.
Blackwell
Publishing
Ltd.
pp. 122
149. doi:10.1002/9780470756959. ISBN 9780470756959
9
I bought bread yesterday.
Sugar used to cook.
Noaniq artikl quyidagi hollarda ishlatiladi:
1.Biror kishining kasbi haqida gapirilganda:
Mr Smith is an engineer.
Mr Smith is a secretary.
Agar ko’pchilikning kasbi haqida gapirilganda ishlatimaydi:
The Smith are docters
7.Miqdorni bildiruvchi sonlar oldida ham bir so’zini bildiruvchi a hundred,
a thousand, a million so’zlari ishlatiladi:
This house costs a million dollars.
8.Noaniq artikl quyidagi iboralarni yasaydi:
a daren 12 dona a dare
a score 20 dona a score
9. What-qanday,rather-juda
Ravishlardan keyingi ot birlikda kelsa ulardan oldin noaniq artikl keladi.
Ko’plikda kelsa hech qanday artikl ishlatilmaydi.
10. Quyidagi otlar undosh harf bilan boshlansa ham unli tovushini beradi.
Ulardan oldin an noaniq artikli ishlatiladi.
An hour soat.
11. Ba’zi tlar unli harflar boshlansa am undosh tovushni beradi va ulardan
oldin a noaniq artikli ishlatiladi.
a union, a uniform
12.Kishilarning ismi oldida ham noaniq artikl ishlatilsa “qandaydir bir”
degan ma’noni bildiradi.
a Bob is waiting for you in the room.
13. Fasl nomlar ot oldidan sifat bo’lib kelganda ular oldidan noaniq artikl
ishlatiladi:If was a spring night.
14.Birlikdagi sanaladigan otlar oldidan sifat kelsa artikl sifatning birinchi
harfiga qarab ishlatiladi:
10
I am reading an interesting book.
15. Agar sifatdan keyin sanalmaydigan ot yoki ko’plikdagi ot kelsa, noaniq
artkl ishlatilmaydi. It was fine wheather.
16. Fasllar sanaladigan otlarga kirsa ham ulardan oldin late, early sifatlari
kelsa noaniq artikl ishlatilmaydi: It is late spring.
17. Har doim noaniq artikl bilan keladigan iboralar:
 A lot of, a great number of, a good many …
18. Kasalliklar oldida:
 a runny nose
 a high temperature
19.Agar sanaladigan otlar ko’plikda bo’lsa va ularning miqdori bizga ma’lum
bo’lmasa noaniq artikl o’rniga bo’lishli gaplarda some bo’lishsiz so’roqda any
ishlatamiz
 There are some pens in the box.
Turdosh otlar bilan noaniq artiklning ishlatilishi
1. Noaniq artikl biror turga mansub bo‘lgan birlikdagi shaxs yoki
buyum oldida ishlatiladi va qandaydir bir degan ma’noni bildiradi:4
She has a watch of her own- Uning o‘z soati bor.
Ko‘plikda
ot
artiklsiz
ishlatiladi. Agar
miqdorni
anglatmoqchi
bo‘lsak, some ishlatamiz:
I have brought you some flowers — Men sizga bir nechta gul keltirdim.
2. Ot shaxs yoki buyumning kim yoki nima ekanligini ifodalasa
noaniq artikl
bilan
ishlatiladi.
Bunday
a) ot kesimning tarkibiy qismi bo‘lib keladi:
His sister has become a doctor. Uning opasi doktor bo‘ldi.
This is a dictionary. Bu lug‘atdir.
b) izohlovchi bo‘lib keladi:
Mr. A., a student of our Institute, spoke at the meeting.
4
Wagner, Dr Jennifer. "Danish Articles and Demonstratives", p.74, 2007.
11
ot
gapda:
Janob A., institutimiz talabasi, yig‘ilishda gapirdi.
Ko‘plikda artikl ham, some ham ishlatilmaydi.
They are good children, no doubt- Shubhasiz ular — yaxshi bolalar.
Izoh: Ot-kesim tarkibida kelgan yoki izohlovchi bo‘lib kelgan otning shu turdagi
otlardan ajratib ko‘rsatuvchi aniqlovchisi bo‘lsa shu ot aniq artikl bilan
ishlatiladi:
These are the books you were looking for. Bular — siz axtargan kitoblar.
Agar izohlovchi mashhur kishilardan biri bo‘lsa ham ot aniq artikl bilan
ishlatiladi:
Pushkin, the great Russian poet, was born in 1799.
Pushkin, ulug‘ rus shoiri, 1799-yilda tug‘ilgan.
3. Agar
ot
shu
vakilini ifodalasa,
turdagi
noaniq
shaxs
artikl
yoki
buyumlarning
bilan
istagan
ishlatiladi
bir
va har
bir, istagan ma’nosini beradi:
A square has
four
sides.
Kvadratning
to‘rtta
tomoni
bor.
Ko‘plikda noaniq artikl ishlatilmaydi va boshqa ko‘rsatkich ham kelmaydi:
Squares have four sides. Kvadratlarning to‘rt tomoni bor.
4. Suhbatdoshga hali noma’lum bo‘lgan shaxs yoki buyumni ifodalagan ot
noaniq artikl bilan ishlatiladi. Bunda noaniq artiklining ma’nosi bir so‘zining
ma’nosiga yaqinlashadi:
 He bought a book yesterday. U kecha (bir) kitob sotib oldi.
Suhbatdoshga hali noma’lum bo‘lgan shaxs yoki buyum there is bilan berilganda
ham noaniq artikl ishlatiladi:
There is a telephone in the room. Xonada telefon bor.
5. Ba’zi hollarda noaniq artikl bir ma’nosini to‘liq saqlab qolgan:
I shall come in an hour. Men bir soatdan keyin kelaman.
Hundred — yuz, thousand — ming, million — million, score — yigirma, dozen
— dyujina so‘zlaridan
oldin one yoki
noaniq
artikl
ishlatilishi mumkin:
He has won a (one)thousand dollars. U (bir) ming dollar yutib oldi.
12
6. what dan keyin kelgan birlikdagi donalab sanaladigan ot oldida
noaniq artikl ishlatiladi va bu qurilma «Qanday …!» deb tarjima qilinadi:
What a clever man! Qanday aqlli kishi! 5
7. Such,
quite va rather ravishlaridan
keyin
kelgan
birlikdagi
donalab sanaladigan ot oldida noanoq artikl ishlatiladi:
such
quite } a+sifat+ot
rather
She is such a clever woman! U shunday aqlli ayol!
She is quite a young girl! U juda yosh qiz!
It is rather a long story. Bu juda uzun hikoya.
8. Donalab sanaladigan birlikdagi otning oldida too, so bilan sifat kelganda
noaniq artikl ishlatiladi:
so
too } + sifat + a + ot
It is not so simple a problem as it seems. Bu ko‘ringanidek sodda muammo
emas.
It is too urgent a matter to postpone. Bu kechiktirish mumkin bo‘lmagan
shoshilinch masala.
9. Noaniq artikl mavhum otlar oldida ham ishlatilishi mumkin. Bunda sifat
yoki
his-tuyg‘uning
biror
turi tushuniladi
va
noaniq
artikl a
kind
of, such shunday bir ma’nosini beradi:
He showed a patience (a kind of patience, such patience) that I had never
expected of him.
U men kutmagan (bir) toqatni (bardoshni) namoyish qildi.
Taqqoslash: You must learn patience. Siz bardoshni o‘rganishingiz kerak.
I bought a paper to read. Men o‘qish uchun gazeta sotib oldim.
Aljović, Nadira (2002). "Long adjectival inflection and specificity in Serbo-Croatian". Recherches
Linguistiques de Vincennes. 31 (31): 27–42. doi:10.4000/rlv.351. Retrieved 2007-03-30.
5
13
I need some paper to write on. Menga yozish uchun qog‘oz kerak.
There’s a hair in my soup. Sho‘rvamga soch tushibdi.
You’ve got very long hair. Sochingiz juda uzun ekan.
Enjoy your holiday. Have a good time. Ta’tilni yaxshi o‘tkazing. Vaqtingiz
chog‘ bo‘lsin.
I can’t wait. I haven’t got time. Men kutolmayman. Vaqtim yo‘q.
3.ANIQLIK VA NOANIQLIKNING IFODALANISHI
Turli tillarda otlarning aniqlik va noaniqligini ko'rsatishning turli usullari
mavjud. Ingliz tilida, aksariyat tillarda bo'lgani kabi, aniqlik va noaniqlik
kategoriyasi grammatik kategoriya hisoblanmaydi. Bu ko'proq semantik
kategoriya bo'lib, u asosan ikkita artikl orqali uzatiladi: the aniq artikl the va
noaniq artikl a/an. O`zbek tilida esa aniqlik va noaniqlik kategoriyasi grammatik
kategoriya bo‘lib, asosan son va gumon olmoshlari orqali amalga oshiriladi.6
Ingliz tilida aniqlik kategoriyasi va noaniqlik asosan ikkita artikl yordamida
amalga oshiriladi:
1. Aniq artikl “the”.
2. Noaniq artikl a/an.
Aniq artikl otning bir xil sinfdagi boshqa otlardan ajralib turishini bildiradi,
a/an noaniq artikl esa otning bir xil xususiyatlarga ega ekanligini va u emasligini
bildiradi. Masalan,
 Harry is the student who won the first prize in the competition.
 Harry is a student of the Faculty of Engineering.
Ingliz tilida artikllar aniqlik va noaniqlik ko'rsatkichlari sifatida, birinchi
qarashda ancha sodda va oson egallanuvchi aniqlovchilarday ko'rinadi. Ammo
ular eng koʻp qoʻllaniladigan boʻlishiga qaramay, aloqa jarayonida katta rol
o'ynaydi. Odatda chet el tilida so'zlashuvchilarga ko'p qiyinchiliklarni keltirib
chiqaradi. Bu qiyinchiliklar, boshqalar qatorida, artikllarning har biri bir nechta
6
N.A.Bonk “Ingliz tili darsligi”, 58-b, Namangan-2006.
14
funksiyalarga ega ekanligi bilan bog'liq va bu ulardan to'g'ri foydalanishga ta'sir
qiladi.
Olimlarning fikricha, artikllar aniq ma'noga ega emas va hech qanday
tasvirni taqdim etmaydi, lekin ularning vazifasi muhim ekanligini ta'kidlaydi.
Shuning uchun, ulardan to'g'ri foydalanish bu tilda to'g'ri gapiradiganlar uchun
majburiydir.
Ingliz tilida aniqlik odatda aniqlovchini tanlash bilan belgilanadi. A, an,
ko'p va ba'zilari kabi ma'lum aniqlovchilar raqamlar bilan birga (masalan, to'rtta
element) odatda ot so'z birikmasini noaniq deb belgilaydi. Boshqalar, jumladan,
the, that va genitive ot iboralar (masalan, my akam) odatda ot iborani aniqlik
sifatida belgilaydi.
Aniq va noaniq ot so‘z birikmalarini farqlash uchun bir qancha testlar taklif
qilingan. "Har biri sezgi asosiga ega, shuningdek, ma'lum darajada grammatik
ta'sirga ega. Biroq, ularning birortasi rasmiy toifalarga toza mos kelishi aniq
emas."
Agar ot iborani ekzistensial bo'lakka kiritish mumkin bo'lsa, masalan,
eshikda ot iborasi bor (masalan, eshikda ikkita bo'ri bor), u noaniq bo'lishi
mumkin.
German, romans, kelt, semit va yordamchi tillar odatda aniq artiklga ega
boʻlib, koʻpincha oldindan qoʻyilgan, lekin baʼzi hollarda keyinroq qoʻyilgan.
Ko'pgina boshqa tillarda bunday emas. Zarur bo'lganda, bunday tillar aniqlikni
ko'rsatish kabi boshqa vositalar bilan ko'rsatishi mumkin.
Aniqlikning muayyan sintaktik kontekstlarda hol belgisi bilan o‘zaro
munosabatda bo‘lishi odatiy holdir. Ko'pgina tillarda to'g'ridan-to'g'ri ob'ekt faqat
aniq bo'lsa, o'ziga xos belgini oladi. Masalan, turkiy tilda odami gördüm (odamni
ko‘rdim) gapidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri ergash gap -i (aniqlik bildiruvchi)
qo‘shimchasi bilan belgilanadi. Turkiy tilda to‘g‘ridan-to‘g‘ri predmetga
qo‘shimchaning yo‘qligi uning noaniq ekanligini va bir bo‘lmaganda aniq birlik
bo‘lmay qolganligini bildiradi: adam gördüm (“Bir odam ko‘rdim/erkaklar
ko‘rdim”),
15
4.INGLIZ TILIDA NOANIQLIKNING ARTIKLLAR ORQALI
IFODALANISHI
Aniqlik nominal iboralarning markaziy mos yozuvlar xususiyati boʻlib,
tilshunoslikda koʻpincha aniq artiklli tillarda aniqlovchining qoʻllanilishi bilan
bogʻliq. Muayyan tillarda aniqlik boʻyicha koʻplab monografiyalar mavjud.
Ko'proq umumiy yondashuvlar Kristofersen 1939 yilda ingliz maqolalaridan
foydalanish va diaxronik rivojlanish bo'yicha va 1972 yilda Kramskiyda tadqiqot
tarixi va turli tillardagi maqola tizimlariga umumiy nuqtai nazarda taqdim etilgan.
Hawkins 1978 aniqlik va uning grammatik qarama-qarshiligi bo'yicha eng ta'sirli
va keng qamrovli tadqiqot bo'lib, Lyons 1999 muhokamani keng tavsiflovchi
materiallar bilan yangilangan ko'rinishga kiritadi.
Aniqlik - ingliz, venger, ibroniy, laxota kabi tillarda aniq artikl (yoki
aniqlovchi) qoʻllanilishi bilan chambarchas bogʻliq boʻlgan semantik-pragmatik
tushuncha. Aniq artikl turli sharoitlarda ishlatilishi mumkin: deiktik, anaforik,
noyob va ba'zi bilvosita foydalanish, ko'pincha "ko'prik foydalanish" deb ham
ataladi.7 Shunga ko'ra, aniqlik nazariyasi, tanishlik yoki identifikatsiyalash
nazariyasi va o'ziga xoslik yoki inklyuzivlik nazariyasi kabi aniqlikning turli
semantik nazariyalari mavjud. Aniq iboralar kishilik olmoshlari, otlar,
ko‘rsatkichli so‘z birikmalari, aniq ot so‘z birikmalari va umumiy miqdoriy
ifodalarni qamrab oladi. “Aniq tavsiflar” deb nomlanuvchi aniq artiklli ot iboralar
ob’ektni aniqlashda havola va tavsifning o‘zaro ta’siriga nisbatan semantika va
analitik falsafada asosiy masala hisoblanadi. Aniqlikni tadqiq qilish va tahlil
qilish nafaqat tillarning lingvistik tuzilishi uchun, balki falsafa, kognitiv fan,
hisoblash tilshunosligi va aloqa fanidagi murojaat va murojaatni tushunishimiz
uchun ham katta ahamiyatga ega.
Noaniqlik - pragmatik omillarga qarab tilda qo'llanilishi uchun grammatik
vositalar bilan ifodalangan semantik xususiyat hisoblanadi. Shunday qilib, ushbu
tadqiqot noaniqlik bilan sintaktik, semantik va pragmatik jihatdan ko'rib chiqiladi.
7
Lyons, Christopher (1999). Definiteness. Cambridge University Press. ISBN 978-0-521-36835-3.
16
Bu darajalar bir-biri bilan bog'liq bo'lib, ular orasida aloqalarni amalga oshirish
oson emas. Tadqiqot
Ingliz va o`zbek tillarida noaniqlik tushunchasining
grammatik jihatdan qanday ifodalanishini ko‘rsatish va kontseptsiyani
ifodalashda artikllarning rolini ko‘rsatishga qaratiladi. Ingliz tilidagi noaniqlik
iborasining sintaktik, semantik va pragmatik qo‘llanilishini ko‘rsatishni maqsad
qilgan.Ikki tilning sintaktik, semantik va pragmatik darajadagi oʻxshashlik va
farqini aniqlash, bu til universallarining mavjudligiga ishonchga hissa
qoʻshadigan umumiy oʻzakni olishga yordam beradi. Ushbu tadqiqotda
qo'llaniladigan protseduralar noaniqlik tushunchasi haqida kirishni va bu
tushunchaning ularda qanday ifodalanganligini ko'rsatish uchun o'ttiz bir tilda
noaniqlikning qisqacha so'rovini o'z ichiga oladi. Keyin ingliz va o`zbek tillarida
noaniqlik sintaktik, semantik va pragmatik darajalarda ko'rib chiqiladi. Shundan
so‘ng ikki til o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlarni ko‘rsatish uchun qarama-qarshi
tahlil o‘tkaziladi.
Tadqiqot shunday xulosaga keldiki, ingliz tilida noaniq xususiyat artiklda
emas, otda mavjud va artikl semantik emas, balki sintaktik vazifani bajaradi.
Tadqiqot shuni ko'rsatadiki, ingliz va arab tillarida semantik jihatdan noaniqlik
deyarli bir xil bo'lib, uning vazifasi til tizimiga bog`langandir. Sintaktik va
pragmatik jihatdan ingliz tilidagi noaniqlik o`zbek tiliga qaraganda kuchliroq va
faolroqdir.
8
Sintaktik jihatdan noaniq narsa ma'lum pozitsiyalarda turli
funksiyalarni bajarish uchun majburiydir. Pragmatik jihatdan noaniq narsa o‘zi
sodir bo‘lgan kontekstdan qo‘shimcha ma’no kasb etadi.
Ingliz tilida 2 turdagi artikllar mavjud. Aniq artikl va noaniq artikl. Ingliz
tilida faqat bitta aniq artikl mavjud: the. 2 ta noaniq artikl mavjud: a, an. Aniq
artikl (the) ot oldidan otning shaxsi o'quvchiga ma'lum ekanligini bildirish uchun
ishlatiladi. Noaniq artikllar (a, an) umumiy bo‘lgan otdan oldin yoki uning shaxsi
noma’lum bo‘lganda qo‘llaniladi. Ba'zi holatlar mavjudki, ot hech qanday artiklni
Aljović, Nadira (2002). "Long adjectival inflection and specificity in Serbo-Croatian". Recherches
Linguistiques de Vincennes. 31 (31): 27–42. doi:10.4000/rlv.351. Retrieved 2007-03-30.
8
17
olmaydi. Noaniq artikl - otga aniqlik kiritmasdan yoki uni birinchi marta kiritish
uchun otga ishora qiluvchi artikl. Masalan, parkda itni ko‘rdim jumlasida noaniq
artikl a qo‘llangan.
Ingliz tili grammatikasida aniq va noaniq artikllarning o‘rni juda muhim.
Chunki ba’zi so‘zlar aniqlovchining joylashishi orqali turli ma’noga ega bo‘ladi.
Masalan,
Go to university - õqishga bormoq (talaba sifatida )
Go to the university -universitet binosiga bormoq (boshqa maqsadda)
Go to school -maktabga bormoq (õquvchi sifatida)
Go to the school -maktab binosiga bormoq (boshqa maqsadda)
Go to Church -cherkovga bormoq (siğinish ma'nosida)
Go to the Church -cherkovga bormoq (binosiga bormoq, sig'inish maqsadida
emas)
Go to hospital -kasalxonaga bormoq (kasal sifatida)
Go to the hospital -kasalxona binosiga bormoq (boshqa maqsadda)
Go to prison -qamalmoq (maxbus sifatida)
Go to the prison -qamoqxonaga binosiga bormoq (boshqa maqsadda)
Go to bed -yotoqqa bormoq , yotmoq
Go to the bed -kravatni oldiga bormoq
Ingliz tili grammatikasida ham ba'zi so'zlardan oldin "the" aniq artikl
qo'yiladi. Birlik va ko‘plikda birlik va birliksiz otlardan oldin qo‘llanuvchi
aniqlovchi bir xil ko‘rsatish olmoshidan yasalgan. Aniq artikl shaxs yoki narsani
shu turdagi shaxs yoki narsadan farqlash uchun ishlatiladi va u xuddi shu narsani
anglatadi.
* Agar otda uni shu turdagi shaxs yoki ob'ektdan ajratib turuvchi aniqlovchi
bo'lsa, u aniq artikl bilan ishlatiladi:
The drawer of my writing table is locked.
* Vaziyatdan yoki matn mazmunidan ma'lum bo'lgan ot aniqlovchi bilan
ishlatiladi.
18
Please, closre the window.
Where is the key ?
*"the" aniq artikl gapda ilgari aytilgan ot takrorlanganda ishlatiladi:
When I went out, I saw a flower. The flower was beautiful.
*Dunyoda yoki vaziyatda noyob bo'lgan shaxs yoki buyum oldida ishlatiladi:
The sun is shining.
The earth goes round the sun.
5.O`ZBEK TILIDA NOANIQLIKNING IFODALANISHI
O‘zbek tilshunosligida ham otning son kategoriyasini tashkil etuvchi
grammatik shakllarning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida qator tadqiqotlar
yaratilgan. Ammo ushbu tillardagi birlik, ikkilik va ko‘plikdagi otlarning shakllari
qiyosiy tadqiq etilmagan. Bu kategoriyani o‘rganishga doir aksariyat ishlarda ot
turkumi morfologik jihatdan o‘rganilgan. O`zbek tilshunoslari o‘rtasida son
kategoriyasi bo‘yicha yakdillik bo‘lib, hech bir tilshunos ikkilik alohida son
kategoriyasi bo‘lishiga e’tiroz bildirmagan. O‘zbek tilshunosligida otning son
kategoriyasiga oid fikr-mulohazalarda ham yakdillik bor.
Turkiy tillardan hisoblanuvchi o‘zbek tilida, somiy tillardan bo‘lgan arab
tilida son kategoriyasi olmosh va fe’llarda ham ifodalanishi mumkin. O‘zbek
tilida sifat so‘z turkumida son kategoriyasi yo‘q, faqatgina sifat bo‘lib otlashgan
so‘zlardagina ko‘plik son kategoriyasini kuzatish mumkin. Masalan: Kattalarga
hurmat, kichiklarga izzat. Ayrim tadqiqotlarda grammatik son kategoriyasi tildagi
bir necha so‘z turkumida o‘z aksini topishi, uning nutqdagi vazifasi bir xil
bo‘lmasligi hamda turkiy tillardagi sifat so‘z turkumida son kategoriyasi yo‘qligi
ta’kidlanadi.
O‘rganilayotgan tillarda birlik son shaklida birlamchilik va jamlash
ma’nosi mavjudligi masalasi borligi ham alohida zikr etishga arziydi. Ko‘plikda
ham oddiy ko‘plik ma’nosi tarzida ajratilgan, tarkibli va boshqa ko‘plik semalari
mavjud. Birlik va ko‘plik shakllari anglatadigan jamlash va ko‘plik ma’nolari
19
o‘rtasida muayyan tafovut bor: jamlash bir butun bo‘laklar ichidagi farqni
nazarda tutmaydi, balki ularga xos bo‘lgan bu belgini qayd etadi. Ko‘plik son
shakli esa shu birliklardagi umumiylikni nazarda tutadi va ayni chog‘da ular
o‘rtasidagi farqni ham ko‘rsatadi.
Birlik son narsa-predmetning o‘z-o‘ziga yoki bir xil predmetlarga jamlash
ma’nosini ko‘rsatsa, ko‘plik son shakli shu ko‘plikni ifodalovchi birliklar
o‘rtasidagi farqlarni ifodalaydi. Ot birlikda qo‘llanganda yakka, ajratilmaydigan
predmetni bevosita, ya’ni hech qanday grammatik shaklsiz ifodalaydi. Bunda so‘z
ma’nosi umumlashtirilgan bo‘lib, predmet qancha va qayerda bo‘lishidan qat’iy
nazar, bir so‘z bilan ifoda etilaveradi. Ko‘plik son shaklidagi ko‘plik ma’nosi esa
shu shaklning boshqa ma’nolari bilan, masalan, ajratilganlik semasi bilan o‘zaro
bog‘liqlikda ifodalanadi. “O‘zbek tili grammatikasi”da: “Son kategoriyasining
ikki shakli: -lar va shunga zidlab belgilanadigan nol ko‘rsatkichli shakli
mavjudligi ko‘rsatilgan”.
Hozirgi o‘zbek tilida bir so‘zning xarakterli xususiyatlaridan biri uning
noaniq artikl funksiyasida qo‘llanishidir. Ya’ni “bir” so‘zi ham noaniqlik, ham
aniqlik semalariga ega. Bunday birikmalar aniq ot bilan ifodalanganda birlik
ma’nosi yaqqol namoyon bo‘ladi. Masalan:
U so‘z xazinasidan ma’noli, mazmunli bir so‘zni topib aytdi.
Bir sonining o‘ziga xos grammatik xususiyatlari.Sonlar ichida bir soni
o‘ziga xos grammatik xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bir soni yuqorida qayd
etilgan sonlarga xos leksik-grammatik xususiyatlarga ega bo‘lishi bilan birga
o‘ziga xos ayrim xususiyatlarga ham ega:
1.Ilgari tilga olinmagan predmet nomini ifodalaydigan ot oldida kelib,
gumon noaniqlik ma’nosini ifodalaydi: Maqsud aka Oybek ikkovimizga kulakula bir voqeani aytib bergan edi. (Z.Saidnosirova.) Miqdor anglatadigan so‘zlari
so‘roq olmoshlari yoki narsa so‘zidan oldin bir so‘zini kiritish bilan gumon,
noaniqlik ma’nosidagi ravishlar yasaladi: bir necha, bir qancha, bir nima, bir
narsa, bir zum, bir payt kabi. Bir so‘ziga –ov, -on, -or affiksi qo‘shilishi bilan ham
gumon ma’nosini bildiruvchi gumon olmoshlari yasaladi: birov, biron, biror kabi.
20
2. Bir soni fe’l, ot, sifat, ravish oldida kelib, kuchaytiruv ravishi (juda,
g‘oyat) va kuchaytiruv yuklamasi (hatto) kabi ma’noni kuchaytirishga xizmat
qiladi: Bir chiroyli, bir yoqimli shamol turdi (Said Ahmad).
3. Bir soni sifatlovchi-sifatlanmish orasida kelganda ham ma’noni
kuchaytiradi: Gulnor uchun ulug‘ bir baxt shu uchrashuv bo‘ldi (A.Q.) Juvon
asabiy bir harakat bilan ro‘molini olib o‘radi (A.Q.).
4. Ayiruv chegaralov yuklamalari (-gina, faqat) vazifasini bajarib, ayirish,
chegaralash kabi ma’nolarni ifodalaydi: Kamtarlik ham bir xislat («Tafakkur
gulshani»). Mening ishonchim bir sensan. Bunda bir so‘zi –gina, faqat vazifasini
bajargan.
5. Bog‘lovchi vazifasida kelib, uyushiq gap bo‘laklarini yoki qo‘shma gap
qismlarini bog‘lashga xizmat qiladi: Bir kattaning gapiga kir, bir kichikning
(Maqol).
6. Bir soni o‘zi bog‘lanib kelgan so‘z bilan «hech kim», «hech qanday»
olmoshlar ma’nosida keladi: Kunlik normasini bajarmagan bir kishi qolmadi.
7. Kesim vazifasini bajarib kelganda, birdamlik, o‘xshashlik, umumiylik
ma’nosini ifodalaydi: Kemaga tushganning joni bir (Maqol). Odamning tili bilan
dili bir bo‘lsin. Bir sonidan olmosh, ravish, ot va fe’l yasaladi: bir necha, bir narsa,
bir zum, bir payt, bir vaqt, birlik kabi.
O`zbek tilida noaniklikni gaumon olmoshlari ham ifoda etishi
mumkin. Gumon olmoshlari narsa, bеlgi yoki voqеa haqidagi noaniq
tasavvurni
bildirib
kеladigan
olmoshlardir.
Ular alla- yordamida
yoki -
dir qo’shimchasi bilan hosil qilinadi: allakim, allanima, allaqaysi, allaqaеr,
allaqayoq,
allanеchuk, allaqancha,
qachondir, qandaydir,
so’roq olmoshlariga bir,
allanеchanchi,
kimdir,
nimadir,
qaеrdadir, qaеrgadir, nеgadir. Gumon
olmoshlari
ham so’zlarini
qo’shish
orqali
yasalishi
ham
mumkin: Uni kim ham chaqirayotgan edi-ya. Akasi unga bir nima dеganday
bo’ldi. (Ba'zan bir
mumkin: Buni
nima birikmasi
ko’rib
bir
nima
bo’lishsiz
dеmadi.)
21
olmosh
Bu
o’rnida
olmoshlar
kеlishi
birlik
va
ko’plikda (allakimlar) kеladi,
kеlishiklarda
turlanadi (kimnidir), egalik
qo’shimchasini oladi (hechkimim).
Ingliz tilida gumon olmoshlari orali ham noaniqlikni ifodalasa bo`ladi.
Predmet yoki buyumlarining noaniq miqdirini ko`rsatishda some va any gumon
olmoshlari ishlatiladi.Ular odatda otga aniqlovchi bo`lib kelib, artikl o`rniga
ishlatiladi. Some – bo`lishli gaplarda, any- bo`lishsiz gaplarda, umuiy so`roq
gaplarda, o`zlashtirm umumiy so`roq gaplarda va shart gaplarda ishlatiladi.Ular
olmosh-sifat, olmosh-ot tarzida ishlatiladi. Predmet yoki buyumlarining noaniq
miqdirini ko`rsatishda some va any gumon olmoshlari ishlatiladi.Ular odatda otga
aniqlovchi bo`lib kelib, artikl o`rniga ishlatiladi. Some – bo`lishli gaplarda, anybo`lishsiz gaplarda, umuiy so`roq gaplarda, o`zlashtirm umumiy so`roq gaplarda
va shart gaplarda ishlatiladi.Ular olmosh-sifat, olmosh-ot tarzida ishlatiladi. Some
va any bir qancha, biroz, hech qanday ma`nosida ishlatiladi:
 Have you got any interesting books?
 U mendan(bir nechta) savollar so`radi.
 He asked wether I had any books on radio.
 U mendan radio sohasida kitoblarim boryoqligini so`radi.
No- olmoshi birlik va ko`plikdagi donalab sanaladigan otlar oldida
olmosh-sifat bo`lib keladi.
 I have no ticket.- I haven`t a ticket. Menda bilet yo`q.
 I found no mistakes in your translation. Men tarjimangizda hech
qanday hato topmadim.
Mavzu bo`yicha rivojlantiruvchi mashqlar.
Translate the sentences into uzbek
1. Some children don`t like to play.
2. Please give me some chalk.
3. Have you got any friends here?
4. I haven`t got any questions.
5. I don`t think we`ve got any time left
22
Nuqtalar o`rniga some,any,no olmoshlarini qo`yuib gaplari ko`chiring. ....
people like strong tea, and ... don`t.
I want ... mathes. Have you got ...?
There is ...ink in my ink-pot.
...information has bee received from him.
We waited ...twenty minutes
Make up your own sentences with some, any, no.
Mustaqil ish uchun topshiriqlar:
I.
Quyidagi gaplarni bo’lishsiz va (umumiy) so’roq gap shaklida yozing.
II.
I often meet this engineer here.
III.
You go to the factory every day
IV.
I read newspapers every morning
V.
His sisters always give me books to read.
VI.
They often go there
VII. I usually read the newspaper at home.
VIII. They often come there.
IX.
We write questions at home.
23
XULOSA
Artikllar ot yoki otdan oldin ishlatiladi va sifatdoshning bir turi hisoblanadi.
Aniq artikl (the) ot oldidan otning shaxsi o'quvchiga ma'lum ekanligini bildirish
uchun ishlatiladi. Noaniq artikl (a, an) umumiy bo‘lgan ot oldidan yoki uning
shaxsi noma’lum bo‘lganda qo‘llaniladi.
Artikllar - ot yoki ot so'z birikmalaridan oldin keladigan maxsus so`zlar
hisoblanadi. Boshqa sifatlar singari, ular gapingizdagi otning ma'nosini
aniqlashga yordam beradi. Ingliz tilida faqat ikkita artikl mavjud: the and a (va
uning varianti an, unli tovush bilan boshlangan so'zdan oldin ishlatiladi). Ot
oldidan artiklsiz ham kelishi mumkin. Agar siz ona tilida so'zlashuvchi bo'lsangiz,
ehtimol siz bu haqda o'ylamasdan turib, ot oldiga qaysi artikl qo'yishni bilib
olasiz. Agar ingliz tili ikkinchi tilingiz bo'lsa, qaysi maqoladan qayerda
foydalanishni bilish qiyin bo'lishi mumkin. Bir nechta asosiy tamoyillarni
o'rganish va ongli ravishda qo'llash sizning artikldan foydalanishni sezilarli
darajada yaxshilashga yordam beradi. Vaqt va ko'p amaliyot o'tishi bilan artikldan
to'g'ri foydalanish tabiiyga aylanadi.
Ushbu izlanishlar natijasida ko`pgina yangicha ma`lumotlarga ega
bo`ldim.Bundan tashqari o`zbek tilida noaniqlik kategoriyasini artikllar emas
balki, gumon olmoshlari, son so`z turkumi va “bir” so`zi orqali ko`rsatish
mumkin.
Til o`rganish jarayonida yuzaga keladigan muammolardan biri bu
artikllarni to`g`ri qo`llashdir. Chunki yangi til o`rganuvchilar ularni qanday
qo`llash va qayerda qo`llash bo`yicha kam ma`lumotga ega bo`lishadi va
qiyinchiliklarga duch kelishadi. Shu tufayli ham bu ilmiy izlanishim natijasida
shunday muammolarga yechim tariqasida artikllarning qo`llanilishi borasida
ko`pgina ma`lumotlar keltirib o`tdim.
24
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI:
1. Блох М.Я. Теоретическая грамматика английского языка. 3-е изд.,
испр. М. ВШ., 2000. С. 381.
2. Кверк Р., Гринбаум С., Лич Дж., Свартвик Я. Грамматика
современного английского языка для университетов = Quirk R.,
Greenbaum S., Leech G., Svartvik
3. J. A University Grammar of English / Под ред. Верховской И.П. М. ВШ.,
1982. С. 391.
4. Иванова И.П., Бурлакова В.В., Почепцов Г.Г. Теоретическая
грамматика
5. современного английского языка. М.: Высш. Школа., 1981. С. 285.
6. Abbott, Barbara (2006). "Definiteness and indefiniteness". In Horn, R. L.;
Ward, G (eds.). The handbook of pragmatics. Blackwell Publishing Ltd.
pp. 122–149. doi:10.1002/9780470756959. ISBN 9780470756959.
7. Huddleston; Pullum (2002). Cambridge
Grammar
of
the
English
Language. Cambridge: Cambridge University Press.
8. Wagner,
Dr
Jennifer. "Danish
Articles
and
Demonstratives". ielanguages.com. Retrieved 2020-10-22.
9. Knud., Lambrecht (1996). Information structure and sentence form : topic,
focus, and the mental representations of discourse referents. Cambridge
University Press. ISBN 978-1-316-03949-6. OCLC 1100677082.
10.Milsark, Gary (1977). "Toward an explanation of certain peculiarities of
the existential construction in English". Linguistic Analysis. 3: 1–29.
11.Lyons,
Christopher
(1999). Definiteness.
Cambridge
University
Press. ISBN 978-0-521-36835-3.
12.Aljović, Nadira (2002). "Long adjectival inflection and specificity in
Serbo-Croatian". Recherches Linguistiques de Vincennes. 31 (31): 27–
42. doi:10.4000/rlv.351. Retrieved 2007-03-30.
13.N.A.Bonk “Ingliz tili darsligi” Namangan-2006 
25
14. Raymond Murphy. Essential Grammar in Use Cambridge, 1994.
15.Zaripova R A., Yatsishina O. S., Obilova A. O English. Moskva,1992.
FOYDALANILGAN INTERNET SAYTLARI:
1. http://hozir.org/hamroy-e-v-m-a-v2.html?page=79
2. http://www.butte.edu/departments/cas/tipsheets/grammar/articles.ht
ml#:~:text=The%20definite%20article%20(the)%20is,its%20identity
%20is%20not%20known.
3. https://www.richtmann.org/journal/index.php/ajis/article/view/10201/
9833
4. https://www.wallstreetenglish.com/exercises/the-complete-guide-todefinite-and-indefinite-articles
5. https://en.wikipedia.org/wiki/Definiteness
6. https://www.researchgate.net/publication/324134657_Definiteness_an
d_Indefiniteness_of_Nouns_in_English_and_Albanian_A_Contrastiv
e_Analysis
7. https://study.com/academy/lesson/indefinite-and-definite-articlesdefinition-and-examples.html
26
Download