1- laboratoriya mashg'uloti Mavzu: Kompyuter tarmoqlarining texnik vositalari Ishning maqsadi: 1. Kompyuter tarmoq qurilmalari haqida nazariy va amaliy ma`lumotlarga ega bo’lish; 2. Kompyuter tarmog’ini loyihalash va bevosita mahalliy tarmoqqa ulanish jarayonini boshqarish; 3. Cisco Packet Tracer yordamida tarmoq qurilmalari va kommunikasiya vositalaridan oddiy tarmoq loyihasini yaratish. Texnik jihozlar: • PC Kompyuterlar; • Cisco Packet Tracer dasturi paketasi Nazariy ma’lumotlar Cisco Packet Tracer – “Cisco” tarmoq qurilmalari bilan ishlash hamda tarmoqlarni qurish uchun mo’ljallangan simulyator dasturi. Bu dastur grafik simulyator bo`lib, virtual tarmoq qurilmalari, server va mashinalar yordamida virtual tarmoqlarni tuzish, grafik stendlar yaratish, kompyuter tarmoqlarini tashkil qilishni o`rganishda va tarmoqlarni tekshirishda didaktik vosita sifatida qo`llaniladi. Cisco, Cisco ASA, Juniper tarmoq qurilmalari va tarmoq operatsion tizimlari yordamida boshqariladigan serverlar hamkorligida kompleks loyihalar tashkil etish mumkin. Yana bir qulayligi Cisco simulyatori ochiq dasturiy ta’minot bo`lib, mutloq bepul va uni hohlagan kishi rasmiy saytdan yuklab olishi mumkin. (www.cisco.com). (1rasm). 1-rasm. Cisco Packet Tracer dasturi Cisco Packet Tracer dasturi darcha elementlari bilan batafsil tanishtiramiz: (2rasm.) 2- rasm. Cisco Packet Tracer dasturi darcha elementlari 1. Dasturning bosh menyular qatori quyidagilardan tashkil topgan: (File, Edit, Options, Wiew, Tools, Extensions, Help); File - Loyihalarni ochish va saqlash amallaridan iborat; Edit - “hushalash/qirqish, bekor qilish/qaytarish” standart jarayonlari; Options – dastur o’rnatmalari; Wiew – ishchi maydon va uskunalar paneli masshtabi; Tools – ranglar palitrasi va tanlangan qurilmalar sozlamalari; Extensions – loyihalar ustasi, ko’pfoydalanuvchi rejimi va bir qancha qulayliklar asosida Cisco Packet Tracer dasturida keng qamrovli laboratoriyalar bajarish; Help – dasturdan yordam olish va o’rganish; 2. Uskunalar paneli (Piktogrammalar); 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 3- rasm. Uskunalar paneli. Bunda: 1-Yangi loyiha yaratish; 2- Mavjud loyihani ochish; 3- Saqlash; 4- Chop etish; 5- Loyihalar ustasi; 6- Nushalash; 7- Qoyish; 8- Bekor qilish; 9- Qaytarish; 10- Oyna masshtabini o’zgartirish; 11 - Hududlarni rang va shakllar bilan ajratish; 12- Foydalanuvchi qurilmalari. 3. Mantiqiy va fizik tashkilotlar o’rtasida ulash-uzish vazifalari; 4. Sozlamaning dastur bilan ishlaydigan qatori: (4-rasm.) 1 1. Select – elementni tanlash / tarmoqning alohida hududi; 2 2. Move layout – tarmoq xaritasi bo’yicha siljitish; 3. Place note – tarmoq xaritasida izoh qoldirish joyi; 4. Delete – tanlangan elementni o’chirish; 5. Inspect– tanlangan qurilma haqida to’liq ma’lumotni ko’rish; 3 4 5 6 7 8 6. Resize Shape - Hududlarning rang va shakllar bilan ajratilgan bo’lagi o’lchamini o’zgartirish; 7. Add simple PDU – ikki uzellar o’rtasida oddiy paketning ping-so’rovini tashkillashtirish; 8. Add complex PDU – ma’lumotlarning murakkab paketlarini tashkillashtirish. 4- rasm. 5. Real vaqt yoki simulyator rejimiga o’tish; 6. Tarmoq qurilmalari guruhi, uning tashkil etuvchilari quyidagilar: 1. Marshrutlovchilar (routers) (5-rasm) – yo’naltirishning maxsus algoritmlari asosida ma’lumotlarni uzatishning optimal yo’nalishini topishda qo’llaniladi, masalan, kam sonli tranzit tugunlarning yo’nalishini tanlash. OSI modelining tarmoq darajasida ishlaydi. 5-rasm. 2. Kommutatorlar (Switches) (6-rasm) – bu OSI modelining tarmoq darajasida ishlovc hi qurilma bo’lib, bir yoki bir nechta tarmoq qismlarini birlashtirish uchun mo’ljallanga n. Kommutator paketlarni ichki jadvallar asosi ya’ni uzatish jadvallariga beradi, binobarin, trafik faqat yo’naltirilgan MAC-manzilgagina boradi va barcha portlarda takrorlanmaydi. 6- rasm. 3. Konsentratorlar (Hubs) (7-rasm) - bu qurilma tayin etilgan bir portdan boshqa barcha qolgan portlarga paketlarni uzatishni takrorlaydi. 7- rasm. 4. Simsiz tarmoq qurilmalari (Wireless Devices) (8-rasm) - Wi-Fi simsiz texnologiyalari va ular asosidagi tarmoqlar. O’z ichiga ruhsat etilgan nuqtalarni oladi. 8- rasm. 5. Aloqa kabellari (Connections) (9-rasm)– Bu tarkibiy qismlar yordamida tugunlarni bir tizimga birlashtirish mumkin. 9- rasm. Cisco Packet Tracer dasturi keng qamrovli tarmoq birlashmalarini qo’llab-quvvatlaydi. (1jadval). Har bir kabel turi interfeyslarning aniqlangan turlari bilan bog’lanishi mumkin. jadval. Kabellar turlari 1Kabel turi Console Copper Straight Through Copper Cross Over Tavsifi Konsolli bog’lanishlar kompyuter bilan marshrutizator yoki kommutatorlar o’rtasidagi bog’lanishlarda qo’llanilishi mumkin. Bunda PK bilan konsolli jarayonni bajarishda quyidagi ayrim talablar qo’yilad i: ikkala tomonning bog’lanish tezligi bir hil bo’lishi, ikkala tomon uchun ma’lumotlar 7 bit (yoki 8 bit), boshqaruv aniqligi bir hil bo’lishi shartligi, ammo ma’lumolar oqimi ikkala tomonga qulay holda bo’lishi mumkin. Bu turli kabellar qurilmalarni bog’lashning Ethernet muhiti standartli aloqasi hisoblanib, OSIning turli darajaslarida vazifalarni bajaradi. U quyidagi turdagi portlar bilan bog’lanishi zarur: misli 10 Мbit/s (Ethernet), misli 100 Мbit/s (Fast Ethernet) va misli 1000 Мbit/s (Gigabit Ethernet). Bu turdagi kabel qurilmalarni bog’lashning Ethernet muhiti aloqasi hisoblanib, OSIning yakka darajasida vazifalarni bajaradi. U quyidagi turdagi portlar bilan bog’lanishi zarur: misli 10 Мbit/s (Ethernet), misli 100 Мbit/s (Fast Ethernet) va misli 1000 Мbit/s (Gigabit Ethernet). Fiber Optik tolali kabellar optik portlar o’rtasida bog’lanishlarda qo’llanilad i (100 Мbit/s yoki 1000 Мbit/s). Phone Telefon tarmog’i orqali qurilmalarning faqat mavjud modem portlari bilan bog’lanishini ta’minlaydi. Standart holdagi modemli bog’lanish namoyis hi – bu aniq qurilmadir (masalan, PК), toki tarmoq bulutiga murojaat etgunga qadar. Коаksial kabellar Packet Tracer buluti bilan bog’langan kabelli modem singari koaksial portlar o’rtasida bog’lanishda qo’llaniladi. Coaxial Serial DCE Serial DTE WAN aloqasi uchun ayrim hollarda qo’llanilib, ko’rsatilgan portlar bilan bog’lanishda ishlatiladi. Bunday bog’lanishlarni o’rnatishda DTEqurilmalarni moslashtirish talab etiladi. DTE ni moslashtirish tanlash orqali bajariladi. DCE tomoni kichkina “soatli” belgichali port qatori bilan ajratilishi mumkin. Serial DCE turi bog’lanishini tanlashda, bog’lanis hni qabul qiluvchi birinchi qurilma bu DCE-qurilma hisoblanadi, ikkinchisi esa – avtomatik holda DTE tomon bo’ladi. Agar bog’lanishning Serial DTE turi tanlansa, tomonlar joylashuvini teskari qilish mumkin. 6. Qo’shimcha qurilmalar (End Devices). (10-rasm) – Bu yerda tugunlar, xostlar, server, printerlar, telefonlar va xakozolar mavjud. 10- rasm. 7. Internet emulyatsiyasi (WAN Emulation) (11-rasm) – Global tarmoqning emulyatsiyasi qurilmalari: DSL modem, Cable modem, "bulut" va boshqalar. rasm. 11- 8. Foydalanuvc hi qurilmalari (Custom Made Devices) (12-rasm) – Bunda qurilmalarni mustaqil jamlash va bog’lashlarni amalga oshirish mumkin. rasm. 12- 9. 13- Ko’p foydalanuvchi ishlar uchun bulut – Multiuser Connection (13-rasm) rasm. 10. Tarkibiy qismlar – Components – Boards (14-rasm) 14- rasm. 11. Tarkibiy qismlar – Components –Actuators (15-rasm.) 15- rasm. 12. Tarkibiy qismlar – Components – Sensors (16-rasm.) 16- rasm. 7. Qurilma tanlash oynasi; 8. Foydalanuvchi senariysini yaratish paneli; 9. Ish sohasi. “Qurilmaning fizik tashkil etuvchilari” paneli Cisco Packet Tracer dasturida har bir qurilma “Hususiyat paneli” orqali konfigurasiyalash (moslashish) imkoniyati mavjud. Buning uchun ish sohasidagi biror qurilma ustiga sichqoncha chap tugmasini ikki marta bosganda “Qurilmaning fizik tashkil etuvchilari” paneli ekranda paydo bo’ladi. (17-rasm). 17- rasm. Marshrutizator (Router) qurilmasining fizik tashkil etuvchilari paneli Bunda: 1. Physical (Fizik) bo’limi qurilmaning fizik parametrlari uchun. Marshrutizator va kommutatorlarni sozlash jarayonida ularga yangi modullar qo’shsa bo’ladi, serverlar va ishchi stansiyalarda esa tarmoq adapterlarini qo’yish mumkin. 2. Config (Konfigurasiya) bo’limida tarmoq interfeyslari (IP-manzil, tarmoq osti niqobi, simsiz tarmoq parametrlari va boshqalar.) asosiy parametrlari o’rnatiladi. Serverlar xizmatini konfigurasiyalash va marshrutizasiyalarni statik yoki dinamik konfigurasiyalash amallari bajariladi. 3. CLI (Command Line Interface) bo’limi - bu Cisco IOS operasion tizimida ishlash rejimi bo’lib, tarmoq qurilmalarini turli maxsus buyruqlari yordamida sozlash ishlarini amalga oshiradi. 4. Attributes bo’limi – Tanlangan qurilmaning xususiyatlari va belgilarini sozlaydi. Laboratoriya ishini bajarish tartibi: Vazifa: 3 ta kompyuter va svitch bilan mantiqiy tarmoqni hosil qilish va “Copper Straight - Through” turidagi kabel bilan ularni bog`lash. 1-qadam. Tarmoqni qurish Dastur oynasining chap quyi burchagida qurilmalar guruhi yoki kategoriyalari ko`rsatilgan, masalan marshrutizatorlar (router), kommutatorlar (switch) yoki oxirgi qurilmalar (end devices). Kursorni qurilmalar kategoriyalari ustidan harkatlantirilsa, har bir kategoriyadagi qurilmalar ko`rinadi. Qurilmani tanlash uchun, birinchi qurilma kategoriyasi tanlanadi, so`ngra kerakli qurilma tanlab olinadi. Quyi chap burchakdagi banddan End devicesnitanlang. Ish maydoningizga 3ta Generic PCni olib qo`ying. a) Quyi chap burchakdagi variantlardan Switch guruhini tanlang va ish maydoniga 2950-24 kommutatorni qo`ying. b) Quyi chap burchakdagi Connections bandini tanlang va Copper Straightthrough kabeli orqali xar bir kompyuterni kontsentratorga ulang, ya’ni: I) PC0 ni FastEthernet 0/1ga ulang II) PC1ni FastEthernet 0/2 ga ulang III) PC2ni FastEthernet 0/3 ga ulang Qurilmalarni sozlash parametrlari 1.1-jadval Qurilma IP-manzil Tarmoq osti maskasi Shlyuz PC0 192.168.1.10 255.255.255.0 192.168.1.1 PC1 192.168.1.11 255.255.255.0 192.168.1.1 PC2 192.168.1.12 255.255.255.0 192.168.1.1 2- qadam. Tarmoq qurilmalarini sozlash a) PCni tanlang va Desktop bandiga kiring. b) IP Configuration bandini tanlang. v) IP address, Subnet Mask va Default Gatewaylarni quyida berilgan jadvaldagi ma’lumotlar orqali sozlang. g) Xar bir PC da a-b qadamlarni takrorlang. 1.1-rasm. Switch yordamida kompyuterlarni ulash. 1.2-rasm. PC0ga IP manzil berish. 1.3-rasm. PC1ga IP manzil berish. 1.4-rasm. PC2ga IP manzil berish. d) Siz berilgan vazifalarni 100% bajargan bo`lishingiz kerak. Vazifani to`lik bajarilganini tekshirish uchun Check Results bandini tanlab vazifani bajarilganlik darajasini aniklash mumkin. 3- qadam: Tarmoq oqimini kuzating a) Simulation rejimini tanlang, u pastki o`ng burchakda Realtime bandida joylashgan bo`ladi. Band ustida to`xtatish buyrug`i mavjud. Edit Filters bandidan faqatgina ARP va ICMPlar tanlanganiga ishonch hosil qiling. b) O`ng vertikal jixozlar bandidagi maktubni yopish orqali oddiy PDUni qo`ying. PC0 ga o`ting va manbani sozlash uchun tugmachani bosing. ga o`ting va oralik masofani sozlash uchun uni tanlang. Ikkita maktub PS0ni yonida turganiga e’tibor karating. Ulardan birinchisi ICMP, ikkinchisi ARPlardir. Simulation Panel ichidagi Event List bandida qaysi maktub ICMP va qaysi maktub ARP ekanligi xaqida ma’lumot olish mumkin Auto Capture/Playni tanlang, ARP va ICMP xabarlar almashinuvini kuzating. Quyida joylashgan Auto Capture/Play tugmalari orqali tezlikni o`zgartirish mumkin. Tugmalarni o`nga olib o`tish modellashtirishni tezlashtiradi, ko`chirish chapga bo`lsa modellashtirish sekinlashadi. Qachon bufer to`lganlik oynasi namoyon bo`lsa, modellashtirish tugagan bo`ladi. Oynani yoping, to`lgan bufer oynasining o`ng yukori burchakdagi x ni bosing. 1.5-rasm. Switch orqali paketni yuborish. 1.6-rasm. Switch orqali paketni yubroish jarayoni. 4- qadam: ARP jadvallarini ko`rish a) PC0ni tanlash orqali Desktopga kiring. b) Command Prompt bandini tanlang va ARP-a buyrug`ini kiriting. Jadvalda PC2 uchun MAC-adressga e’tibor bering. v) ARP jadvalini PC1 va PC2 uchun tekshiring. Topshiriqlar: Ushbu laboratoriya mashg’uloti topshiriqlar taqsimoti talabalarga guruh jurnalidagi ro’yhati tartibida beriladi. № 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 Kompyuterlar soni 4 5 6 7 8 9 10 8 7 6 12 11 13 15 16 5 4 9 8 11 12 14 15 10 7 Kommutatorlar (Switch) soni 2 1 2 1 1 2 2 2 2 1 2 1 2 3 2 1 1 1 2 2 2 3 2 1 1 Konsentratorlar (Hub) soni 1 1 1 2 2 3 4 2 2 2 4 3 2 3 4 2 2 3 3 2 3 3 5 2 3 Eslatma: Bajarilgan topshiriqlarni guruh raqami va ismi sharifingiz bilan nomlagan holda saqlang. Masalan; 201-Aliyev Botir.pka Faylni o’qituvchiga taqdim eting.