Uploaded by Ziyoda Yusupova

53d87ae0c6d86

advertisement
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
“BANK ISHI” FAKULTETI
“ТАSHQI IQTISODIY FAOLIYAT” KAFEDRASI
KURS ISHI
Маvzu: Markеtingda zamonaviy axborot kommunikatsion
tеxnologiyalardan foydalanish xususiyatlari
Bajardi: “Bank ishi” fakulteti, “Маrketing”
(Таshqi iqtisodiy faoliyat) ta’lim yo’nalishi, 4kurs, МV-51 guruhi talabasi Ergashova
Gavxar Baxtiyarovna________________________
Ilmiy rahbar: “Таshqi iqtisodiy faoliyat”
kafedrasi katta o’qit. Sharifxodjaеv U.
______________
ТОSHKENT – 2013
1
MUNDARIJA
KIRISH
1.1
Zamonaviy axborot kommunikatsion texnologoyilarning marketing jarayonidagi
ahamiyati
1.2
Marketing xizmat faoliyatida axborot texnologiyalrni o’rni.……………………………31
1.3
Axborot kommunikatsion texnologoyilarning marketing xizmatida foydalanishning
me’yoriy huquqiy asoslari
1.4 1 - bob bo`yicha xulosalar
XULOSA VA TAKLIFLAR
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
2
KIRISH
Mavzuning
dolzarbligi. Bugungi kun va kelajak hayotimizni zamonaviy
axborot tenolgiyalarsiz tasavvur eta olmaymiz.Respublikamizda davr talabi
bo’lgan zamonaviy axborot kommunikatsion tenologiylarni joriy etilishi va uni
iqisodiyotni turli xil sohalariga tadbiq etilishi raqobatbrdosh axborotlarga ega
bo’lish va ulardan samarali foydalanish imkoniyatini beradi. Mamlakatimizda
axborot kommunikatsion texnologiyalarni me’yoriy huquqiy asoslari yaratildi.
“Jumladan, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 24,5 foizga, kompyuter dasturlash
xizmatlari 18 foizga, texnologik asbob-uskunalarni ta’mirlash va ularga xizmat
ko‘rsatish 17 foizga, moliya-bank xizmatlari 17,6 foizga o‘sdi.”1.Zamonaviy
marketingni zamonaviy aborot kommunikatsion axborot texnologiyalarsiz amalga
oshirib bo’lmaydi.O’z vaqtida tezkor va sifatli axborotlarga ega bo’lish,to’g’ri
qarorlar qabul qilishni ta’minlaydi .Natijada
korxonalar raqobatbardoshligi
ta’minlanadi.Rivojlangan davlatlar iqtisodiyotini muvaffaqiyati sabablardan biri
ularni
doimo
tezkor
va
aniq
axborotlarga
ega
bo’lish
imkoniyati
yuqoriligadir.Shunday ekan respublikamizda zamonaviy axborot kommunikatsion
texnologiyalrni
iqtisodiyotni
turli
sohalarga
qo’llash
zaruriyati
mavzuni
dolzarbligidan dalolat beradi.
Zamonaviy
marketingda
zamonaviy
axborot
kommunikatsion
texnologiyalarni joriy etish va ulardan samarali foydalanish natijalarini tahlil qilish
va jahon tajribasini yutuqlarini joriy etish muammolarini o’rganish va takliflar
ishlab chiqish bituruv malakakaviy ishining maqsadi hisoblanadi.
Tinglovchilarda zamonaviy marketingda zamonaviy axborot kommunikatsion
texnologiyalarni joriy etish va ulardan samarali foydalanish natijalarini tahlil qilish
va jahon tajribasini yutuqlarini joriy etish muammolarini
bilan bo’liq ilmiy-
nazariy bilim va ko’nikmalarni shakllantirishdan iborat.
1
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning “2012 yilda mamlakatimizni ijtimiy iqtisodiy rivojlantirish
yakunlari hamda 2013 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlar”ga bag’ishlangan
Vazirlar Mahkamasini majlisidagi ma’ruzasi 18.01.2013 www.prezident.uz
3
O’zbеkistonning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarida yuqori natijalarga erishishi,
jahon iqtisodiy tizimida to’laqonli
shеriklik o’rnini egallay borishi, inson
faoliyatining barcha jabhalarida zamonaviy axborot tеxnologiyalaridan yuqori
darajada foydalanishini ko’lamlari qanday bo’lishiga hamda bu tеxnologiyalar
ijtimoiy mеhnat samaradorligining oshishida
qanday rol o’ynashiga bog’liq.
Hozirgi kunga kеlib iqtisodiyotda bozor munosabatlariga o’tish jamiyatimiz
ijtimoiy va iqtisodiy xayotining barcha axborotlashtirish sohalarida erishilgan eng
so’nggi yutuqlarni tadbiq etish
sur'atlarini
g’oyatda tеzlashtirib
yubordi
Zamonaviy axborot tеxnologiyalari tеzkor va muvofiq ravishda boshqarishga,
axborot kommunikatsiyalarini o’rnatishga imkon bеradi.
Iqtisodiyotda zamonaviy axborot tеxnologiyalaridan
axborotlar
foydalanish iqtisodiy
sifati, uning aniqligi, ob'еktivligi, tеzkorligini va buning natijasi
sifatida esa boshqaruv qarorlarini o’z vaqtida qabul qilish imkoniyati oshishini
ta'minlaydi. Axborot tеxnologiyalari hozirgi kunda jahon iqtisodiyotining
rivojlanishining “harakatga kеltiriruvchi kuch”i bo’lib hisoblanadi.
Jahon tajribasini axborot tеxnolgiyalarining haqiqatdan ham insonlarning
ijtimoiy xayotiga ijobiy ta'sir ko’rsatishini tasdiqlamoqda.
Bu borada
Prеzidеntimiz I.A. Karimov ta'kidlaganlaridеk: “Jahon sivilizatsiyasiga daxldor
bo’lgan eng zamonaviy ilmlarni egallamay turib, mamlakat taraqqiyotini
ta'minlash qiyin” .
Tadqiqot jarayonida zamoanviy iqtisodiyotda axborot tеxnologiyalarini
qo’llashning nazariy asoslari, ya'ni axborot rеsurslari, tizim, boshqaruv tizimi,
boshqaruv tizimi faoliyatining axborot jihatlari, qaror qabul qilish, axborot
tizimlari, avtomatlashtirilgan axborot tеxnologiyalari, axborot tеxnologiyalarining
rivojlanish
bosqichlari,
avtomatlashtirilgan
axborot
tizimlari,
ularning
evolyutsiyasi, samaradorligi, yaratish hamda rivojlantirish tеndеntsiyalari,
ma'lumotlar bazasi, ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlari, zamonaviy axborot
tеxnologiyalari batafsil yoritib bеrilgan. Shu bilan birga iqtisodiyotda axborot
jarayonlarini
boshqarishda
avtomatlashtirilgan
4
axborot
tеxnologiyalaridan
foydalanish, ya'ni turli sohalarga qo’llash: statistika, buxgaltеriya hisobi, bank va
markеting faoliyati yoritilgan.
Zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiylarni iqtisodiyotda xususan
marketingda qo’llashni samaradorlikka erishtiradigan uslubiy asoslari:
- zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiylarni iqtisodiyotda qo’llashni
takomillashtirish ta’moyillari;
- zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiylarni iqtisodiyotda qo’llashni
asosiy yo’llarini rivojlantirish istiqbollari;
- zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiylarni iqtisodiyotda qo’llashni
bugungi kundagi xolatlarti;
- zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiylarni iqtisodiyotda qo’llashni
davlatning o’rni va uning axamiyati;
- zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiylarni iqtisodiyotda qo’llash
mexanizmlarini yoritish yo’llari;
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati, shundan iboratki, unda
zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiylarni iqtisodiyotda xususan
marketingda qo’llash bo’yicha
ishlab chiqilgan alohida taklif va tavsiyalar
korxonalarda tezkor axborotlarga ega bo’lish va uning nazariy va amaliy
muammolarini o’rganish asosida tashkil etilgan hamda samarali boshqarish
yo’llarini imkonini beradi.
Mazkur tadqiqot natijalaridan mamlakatiz iqtisodiyotida xususan marketingda
zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiylarni qo’llash hamda oliy o’quv
yurtlarida iqtisodiyotda axborot texnologiylari fanidan o’qitishda foydalanish
mumkin.
5
Zamonaviy
axborot
kommunikatsion
texnologoyilarning
marketing
jarayonidagi ahamiyati
Mamlakatimizda aloqa va axborotlashtirish sohasini rivojlantirish, barcha
sohalarga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, jahon
axborot makoniga integratsiyalashish borasida keng ko‘lamli ishlar olib
borilmoqda. Prezidentimizning 2012-yil 21 martda qabul qilingan “Zamonaviy
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va yanada rivojlantirish
chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi
qarori
mazkur
yo‘nalishdagi
ishlarni
takomillashtirishda muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qilmoqda. 2013 yilning 1
yanvar holatiga ko'ra, ma'lumotlar uzatish, jumladan, internet tarmog'iga ulash
xizmatlarini kro'satuvchi xo'jalik sub'ektlarining soni 930 taga yetdi, jamoa bo'lib
foydalanish punktlari soni esa 1063 tani tashkil qildi. Xalqaro axborot
tarmoqlaridan foydalanish umumiy tezligi 7780 Mbit/s.ga yetkazilib, o'tgan yilga
nisbatan 160,9 foizga o'sdi. Buning natijasida operator va provayderlarga internet
xizmatlari (tashqi kanal) uchun belgilangan tarif 2012 yil boshiga nisbatan o'rtacha
25 foizga kamaytirildi. UZ zonasida qayd qilingan domenlar soni bugungi kunda
15,8 mingtadan ziyodni tashkil etdi. Hisobot davrida Davlat axborot resurslarining
umumiy soni 195taga yetkazildi. Interaktiv davlat xizmatlarining umumiy soni
197tani tashkil qildi. Davlatimiz rahbari tomonidan 2012 yilda mamlakatimizni
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013 yilga mo'ljallangan iqtisodiy
dasturning
eng
muhim
ustuvor
yo'nalishlariga
bag'ishlangan
Vazirlar
Mahkamasining majlisida quyidagi vazifasi “Axborot-kommunikatsiya va
telekommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi chora-tadbirlar va loyihalarni jadal
amalga oshirish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Biz o‘zimizga shuni aniq
tasavvur
etishimiz
kerakki,
iqtisodiyotning
barcha
sohalariga,
kundalik
hayotimizga zamonaviy axborot-kommunikatsiya tizimlarini keng joriy etish
bo‘yicha tub va ijobiy ma’nodagi portlash effektini beradigan o‘zgarishlarni
amalga oshirmasdan turib, istiqboldagi maqsadlarimizga erishish qiyin bo‘ladi. Biz
qisqa vaqt mobaynida nafaqat axborot xizmatlari ko‘rsatishning ko‘plab turlari
bo‘yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etishimiz, balki axborot-kommunikatsiya
6
texnologiyalarini joriy etish borasida yuksak darajaga erishgan ilg‘or mamlakatlar
safiga qo‘shilishimiz zarur”2. Bugungi kundagi asosiy ustuvor vazifa sifatida
amalga oshirilmoqda.Davlatimiz rahbari tomonidan 2012 yilda mamlakatimizni
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013 yilga mo'ljallangan iqtisodiy
dasturning
eng
muhim
ustuvor
yo'nalishlariga
bag'ishlangan
Vazirlar
Mahkamasining majlisida belgilab berilgan AKTni kelgusida yanada rivojlantirish
va takomillashtirish borasidagi vazifalar ham alohida ahamiyatga ega. Jumladan,
mazkur muhim vazifalarni amalga oshirish bo'yicha soha korxonalari rahbarlariga
tegishli chora-tadbirlarni belgilab olish va ijrosini ta'minlash yuzasidan
quyidagilarni amalga oshirmoqdalar:
- “Elektron hukumat” tizimini, shu jumladan, boshqaruv jarayonlari, shuningdek,
biznes sohasiga va fuqarolarga davlat xizmatlari ko'rsatish tizimini shakllantirish
konsepsiyasi va kompleks dasturini ishlab chiqishni jadallashtirish,
- tadbirkorlar va aholiga interaktiv davlat xizmatlari ko'rsatishning elektron
shakllarini joriy qilish,
- milliy axborot-kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirishning 2013-2017 yillarga
mo'ljallangan kompleks Dasturini ishlab chiqish,
- zamonaviy texnologiyalar asosida videotelefonlar, internet-televideniye, yuqori
tezlikdagi internet, HDTV kanallarini namoyish qilish va boshqa xizmatlar
ko'rsatish imkonini beradigan 2 ming kilometr uzunlikdagi keng polosali optik
tolali aloqa tarmog'i qurilishini yakuniga yetkazish,
- internet tarmog'ida turli yo'nalishlardagi zamonaviy milliy veb-resurslarni
yaratishAxborotlashtirish sohasidagi islohotlarning olib borilishi natijasida
respublikamizning barcha tarmoqlari va davlat boshqaruvi organlari oldiga
qo’yilgan
vaziflardan
kelib
chiqib
,zamonaviy
axborot-komunikatsion
texnologiyalari (AKT) va telekomminikatsiya tizimlarini rivojlantirish va ularni
hayotga
keng
joriy
etish
qilinishiga
iqtisodiyotining ijtimoiy yo’naltirilgan
2
erishilmoqda.
Jumladan
,bozor
ko’p tarmoqli axborot industriyasini
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning “2012 yilda mamlakatimizni ijtimiy iqtisodiy rivojlantirish
yakunlari hamda 2013 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlar”ga bag’ishlangan
Vazirlar Mahkamasini majlisidagi ma’ruzasi 18.01.2013
7
tashkil etish , AKTni iqtisodiyotning turli sohalarida keng joriy qilish orqali
jamiyatimizning ichki mustahkamligi
va ijtimoiy birligini tashkil etish ,
umumjahon hayot sifati standartlariga chiqish maqsadida ,8ta qonun ,O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining 3ta farmoni. Prezident va hukumatimizning 17ta
qarori qabul qilindi.Vazirlar Mahkamasining maxsus qarorlariga asosan davlat
axborot resurslarini qo’shimcha ro’yxati tasdiqlanib , yil boshida 51 ta davlat
axborot resurslari va 8ta davlat axborot
tizmlari yaratildi hamda davlat
organlarining 49 interaktiv xizmatlari turlari tasdiqlandi. Mamlakatda iqtisodiyotni
rivojlanishi, boshqarish tizimini mukamallashtirish axborotlarsiz amalga oshirib
bo’lmaydi. Marketing muammolariga mamlakatimiz Prezidentimiz alohida e’tibor
qaratib: ”Biz doimo hamma darajada marketing tadqiqotlarini tashkil etish bilan
jiddiy shug’ullanish zarurligini ta’kidlaymiz.Biroq bu borada amalda juda oz ish
qilinmoqda.Ichki va tashqi bozorlarning taraqqiyot tamoyillarini yaxshi bilmaslik
natijasida korxonalar ,qo’yinki butun mamlakat katta zarar ko’rmoqda.” 3
Xalqaro
tajriba shuni ko’rsatadiki davlat boshqaruvida AKTni qo’llash uning natijaviy
samaradorligini,xususan axborotning o’zaro ta’siri ,qayta ishlanishi va izlanishni
amalg oshiridh uchun
vaqt qisqarihsi hisobiga unumdorlini o’rtacha 20foizga
ko’paytirishga imkon yaratilmoqda .
Axborotlar milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlari, sohalari, bo’linmalari
(ish joyidan tortib vazirliklargacha) o’rtasida va ushbu korxona bilan o’xshash
korxonalar va tashkilotlar o’rtasida uzluksiz axborot almashishdan iborat. Fantexnika taraqqiyoti o’sishi bilan birga chiqarilayotgan tovarlarning nomenklaturasi
ham ortadi, tez yangilanadi, ishlab chiqarishning texnika bazasi zamonaviy va
murakkab
mashinalar
sistemasi
bilan
boyiydi,
texnologik
jarayonlar
intensivlashadi va murakkablashadi, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish kengayadi
va hokazo. “Marketing faoliyatining kommunikatsion jarayonlari (KJ),uning
alohida ob’ektlari
o’rtasida axborotlar almashuvida namoyon bo’lib, korxona
MAT axborot jarayonlarining barcha bosqichlariga kirib boradi. Uning ahamiyati
va hususiyatlari
3
axborotlarni yig’ish ,ro’yxatga olish va uzatish hamda
Karimov I.A.”Kelajakni jasoratli odamlar quradi”.7-jild.T.:”O’zbekiston”.1999
8
korxonaning bozor va ishlab chiqarish jaryonini tartibga solishdagi teskari aloqa
vazifasini amalga oshirishda eng ko’p
darajada
namoyon bo’ladi.”4
Bozor
imkoniyatlarini yaxshiroq bilish va marketing muammolarini echish uchun har
qanday tashkilot, korxona yoki firmaga to’liq va haqqoniy axborot zarur. Ular o’z
xaridorlarini, raqobatchilarini, vositachilarini sotish va baholar to’g’risidagi
ma'lumotlarga ega bo’lmasdan turib, har tomonlama tahlil, rivojlantirish va nazorat
qilishni amalga oshira olmaydilar.Mashhur amerikalik marketologlardan biri
shunday degan edi: "Biznesni boshqarish - bu uning kelajagini boshqarish,
kelajagini boshqarish - axborotga egalik qilishdir". Haqiqatdan ham, axborot
moliyaviy, xom-ashyo, asbob-uskunalar va ishchi kuchi kabi muhim boshqarish
resursi va ob'ekti bo’lib qolmoqda. Shu bilan bir vaqtda, xorijlik tadqiqotchilar
ta'kidlaganidek, bozor to’g’risidagi axborotlardan to’liq qoniqqan korxonani topish
juda mushkul. Ayrimlar aniq ma'lumotlarning etishmasligidan nolisalar, boshqalari
noaniq axborotning ko’pligidan noliydilar. Bundan tashqari, axborotning qanchalik
haqqoniyligini aniqlash ham muammodir. Shuning uchun, hatto xorijda ham
xaridor bozori sharoitida juda kamdan-kam firmalargina rivojlangan marketing
axboroti tizimiga ega ekanliklari bilan maqtana oladilar. Ularning ko’pchiligi
marketing tadqiqot bo’limlariga ega emaslar, boshqalari o’z tarkiblarida, sotishni
istiqbollash va tahlil qilish bilan shug’ullanuvchi kichik bo’limlarga egadirlar. Endi
bizdagi ahvolga kelsak, bozorning ahvoli haqida axborot to’plash hali o’z
rivojining ilk bosqichidadir. Lekin yangidan-yangi talablarning shiddat bilan
rivojlanishi,
marketingning
baynalminallashuvi,
raqobatning
keskinlashishi
samarali axborotlarga egalik qilishni kun tartibiga qo’ymoqda. “Axborot
kommunikatsion
texnologiyalari –oddiy
bo’lmagan tovardir. Bozorda ular
istalgan mahsulot va ishlab chiqarish vositasi sifatida bo’ladi,chunki bozorning
faoliyati axborot ta’minotiga bog’liq.Interaktiv xizmatning vjudga kelishi davrida
marketing bo’yicha mutaxassislar o’zlarining beosita asosiy iste’molchialriini har
4
S.S.G’ulomov,B.A.Begalov”Informatika va axborot texnologiyalari”. T:Fan ,2010-601bet
9
tomonlama bilganalr va tegishli aborotlarni yig’ish uchun ular bilan tog’ridan
tog’ri aloqalr o’rnata olganlar.”5
Bunga yangi texnikalarning, yangi kompyuterlar, nusxa ko’chiruvchi
mashinalar, videomagnitofonlar va boshqalarning keng ko’lamda ishlatilishi keng
imkoniyatlar yaratmoqda.
“Amaliyotda ilk bor marketing bo’limlari 1911 yilda «Kretis pablishing Ko»,
«Svift end Ko», «Yu.S. Rabker Ko» kabi kompaniyalarning boshqaruv apparati
tarkibida
tashkil
topdilar.
1926
yilda
AQShda
marketing
va
reklama
o’qituvchilarning Milliy assotsiatsiyasi tuzildi. 1931 yilda Amerika marketing
jamiyati, 1937 yil esa Amerika Milliy assotsiatsiyasi tuzildi. 30-40-yillarda
ko’pgina iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda milliy marketing assotsiatsiyalari
tashkil topdi. 50-60-yillarda halqaro marketing federatsiyasi, jamoatchilik fikrlari
va marketing bo’yicha Yevropa jamiyati va Yevropa marketing akademiyasi kabi
halqaro marketing tashkilotlari tuzildi. 1986 yilda «Sovplastital» qo’shma
korxonasida birinchi bo’lib marketing bo’limi tuzildi. Keyingi yillarda
Tashtekstilmash, Chkalov
aviatsiya
birlashmasi, Toshselmash
kabi
yirik
korxonalarda ham marketing bo’limlari tuzildi.”6
Marketing- tovar ayirboshlash yo’li bilan extiyoj va talablarni qondirishga
yo’naltirilgan inson faoliyatinig turi, bozordagi barcha qatnashchilarning o’zaro
manfaatlariga asoslangan xarakatlarini, talabini shakillantirish va qondirish uchun
birlashtirishdir. Marketing – bu tovar xarakatining barcha bosqichlarini o’z ichiga
oluvchi, talab, taklif va bahoni o’rganish, mahsulot ishlab chiqarish dasturini
yaratish, sotish va iste’mol qilish va iste’moldan keyingi turli xildagi servis
xizmatlar ko’rsatish va iste’moldan chiqqandan keyin utilizatsiyalashni tashkil
qilish kabi bozor muammolarini yechishda yaxlit-tizimli yondashishdir.
Marketingga
Abdullayeva.O,Qosimova.
M
quyidagicha
ta’rif
berishgan
“Marketing –ehtiyoj va muhtojlikni ayirboshlash orqali qondirishga qaratilgan
5
S.S.G’ulomov,B.A.Begalov”Informatika va axborot texnologiyalari”. T:Fan ,2010-609bet
6
Jalоlоv J.J. va bоshqalar. Biznеs marкеtingi. Darsliк.– T.: Mоliya, 2007 - 12 bеt.
10
inson faoliyatinig turidir.”7.Marketingni boshqarishni uni tizimlarini Jalolov J,
Axmedov I , quyidagicha ta’riflashgan:
-“marketingni boshqarish- bu marketing bilan shug’ullanuvchi xodimlarni o’z
ichiga oladigan xizmatlar, bo’limlar, bo’linmalar yig’indisi bo’lib, ular faoliyatini
korxona maqsadiga erishish yo’lida tashkil etish va amalga oshirishdir.
-marketingni funksional tamoyil asosida boshqarish - bu holatda bozorlar va
ishlab chiqarilayotgan tovarlar bir xil tovarlar sifatida qaraladi va ular bilan ishlash
uchun ixtisoslashgan bo’limlar tuziladi.
-marketingning tovarlar tamoyili asosida boshqarish- korxonalarning ishlab
chiqarish hajmi va mahsulot turlari katta miqdorda bo’lgan hollarda qo’llaniladigan
usul.
-marketing tizimi- ishlab chiqaruvchi, iste’molchi, ta’minotchi, raqobatchi,
vositachi yuridik va jismoniy shaxslarni o’z ichiga olib, ayirboshlash yo’li bilan
foyda olish maqsadida tovar va xizmatlarga talabni shakllantirish va rivojlantirish
bo’yicha o’zaro uzluksiz aloqada bo’luvchi ijtimoiy-iqtisodiy elementlar
majmuidir.
-vertikal marketing tizimi (VMT) – mustaqil biznes bo’la oladigan ishlab
chiqarish, ulgurji savdo tashkilotlari, do’konlarning integratsiyalashuvidir.
-kvazi vertikal marketing tizimi- qo’shilayotgan ishlab chiqarish va
mahsulotni sotish bo’yicha mustaqil korxonalar tomonidan yetakchi firma nazorati
ostida amalga oshiriladigan marketing tizimi.”8
Marketingga Soliyev A, S Buzrukxonov
quyidagi ta’rifni berishgan
“marketing-tadbirkorlik(biznes faoliyati falsafasi sifatida ifodalanishi jahondagi
ko’pchilik ilmiy va amaliy maktablarda shakllangan g’oyadir.U ko’pchilik
mamlakatlar tadbirkor (biznesmen)lari,menejerlar va olimlarning aniq bir siyosiy
ijtimoiy-iqtisodiy shariotlardagi ijodiy hamkorliklari natijasidir“9
Marketing turlari o’rtasida muayyan bog’liqlik mavjud. U marketing jarayonlarini
har tomonlama va aniq vaziyatda ko’rib chiqishga imkon beradi:
7
Abdullayev O.M.,Qosimova M.S va boshq “Marketing”.T.:TDIU.2006-7b
Jalоlоv J.J. va bоshqalar. Biznеs marкеtingi. Darsliк.– T.: Mоliya, 2007 – 50b.
9
A.Soliyev,S.Buzrukxonov Marketing.T.:”Iqtisod-moliya”-2010.-29b
8
11
-o’zgartiruvchi (konversion) marketing - salbiy talabning mavjudligiga bog’liq,
bunda bozorning katta qismi mazkur tovar yoki xizmatni inkor qiladi.
-rag’batlantiruvchi marketing muayyan tovar va xizmatlarga talabning yo’qligi
kuzatilishi bilan tavsiflanadi.
-remarketing - bu pasayib boruvchi talab sharoitida ilgarigi marketing kompleksini
qaytadan anglash asosida uni tiklash maqsadida qo’llanadigan marketing turi.
Rivojlantiruvchi marketing xaridorlarning ko’pchiligi mavjud mahsulotlardan
qoniqmagan, lekin yashirin talab shaklidagi ehtiyoj mavjud bo’lgan paytda bo’lishi
mumkin
(masalan, zararsiz sigaretalar, tejamliroq
avtomobillarga talab).
Sinxromarketing - bu bozorning shunday vaziyatiki, unda talab vaqt jihatidan
tovarlarni taklif qilish tuzilmasiga mos kelmaydigan mavsumiy yoki boshqa
tebranishlar bilan harakterlanadi.
Qo’llab-quvvatlovchi marketing to’liq talabning mavjudligini harakterlaydi, ya'ni
bunda tovar va xizmatlarga talabning darajasi va tarkibi taklifning darajasi va
tarkibi to’la mos keladi.
Demarketing haddan tashqari katta talab sharoitida, ya'ni tovar yoki xizmatga
bo’lgan talab taklifdan ancha katta bo’lgan holda qo’llanadi.
Qarshi (aks) ta'sir ko’rsatuvchi marketing sog’liq uchun zararli bo’lgan yoki
jamoatchilik nuqtai nazaridan noratsional bo’lgan u yoki bu mahsulotlar
(sigaretalar, narkotik moddalar, pornografiya)ga irratsional (akldan tashqari) talab
mavjud bo’lganda amal qiladi.
Marketingning maqsad va vazifalari
Marketing sohasidagi adabiyotlarda asosan marketingning to’rtta maqsadi
keltiriladi. Bular quyidagilar hisoblanadi:
1. Mumkin bo’lgan maksimal yuqori iste'molga erishish.
2. Iste'molchilarning talabining maksimal qondirilishiga erishish.
3. Iste'molchilarga keng assortimentdagi tovarlarni tanlashiga imkoniyat yaratish.
4. Aholi turmush darajasi sifatini oshirish.
Marketing maqsadlarini uzoq muddatli va qisqa muddatli turlarga bo’lish
mumkin. Ular iqtisodiy ko’rsatkichlar va firmaning o’xshash mahsulotni ishlab
12
chiqaruvchilar orasidagi mavqei bilan belgilanadi. Marketingning asosiy
tasdiqlangan maqsadi bo’lib inson ehtiyojlarini qondirishdan iborat ekanligini
hisobga olgan holda, "Marketing tizimining haqiqiy maqsadi nima?" degan savolga
umumlashgan tarzda to’rtta muqobil javob mavjud:
1. Maksimal yuqori iste'molga erishish.
2. Iste'molchilarning maksimal qondirilishiga erishish.
3. Maksimal keng tanlash imkoniyatini ta'minlash.
4. hayot sifatini maksimal ko’tarish.
Hayot sifati murakkab tushuncha va u quyidagi tarkibiy qismlardan iborat:
sog’liqni saqlash, ta'limning ahvoli, hayot davomiyligi, aholi bandligi, tovarlarning
miqdori, assortimenti, arzonligi, aholining xarid qobiliyati, madaniy va jismoniy
muhitning sifati.
Marketing maqsadlari firma maqsadlariga erishish quroli bo’lib hisoblanadi.
Umumlashtirishning pastroq darajasida firmaning aniqroq miqdoriy va
sifatiy maqsadlari haqida gapirish mumkin. Firmaning sifatiy maqsadlari, odatda,
firmaning obro’-e'tiborini oshirishga yo’naltirilgan, uning ijtimoiy muhimligini
kuchaytiradi. Ular quyidagilardan iboratdir:
1. Mashhurlikni oshirish.
2. Yuqori imijga erishish.
3. Bandlikka, mehnat bozoriga ijobiy ta'sir ko’rsatish.
4. Ta'lim, sport, madaniy va boshqa tadbirlarni qullab-quvvatlash.
Miqdoriy maqsadlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
5. Foydaning hajmi.
6. Sotilishlar hajmi.
7. Bozor ulushining oshishi.
8. Barqarorlikni ta'minlash.
9. Xarajatlarni kamaytirish.
10. Mehnat unumdorligi.
Miqdoriy maqsadlarning tanlanishi va tartibga solinishini soddalashtirib,
biznes sohasida quyidagi hikmat paydo bo’ldi: "Firmaning maqsadini tanlash 13
bugun yuqori foyda olish yoki ertaga yuqori bozor ulushiga ega bo’lish orasida
tanlashdan iborat".
Bu ifoda mantiqqa va iqtisodiy ma'noga ega bo’lsa ham, u muammoni
haddan tashqari osonlashtirib yuboradi.
Shunday qilib, firmaning maqsadi - u pirovard natijada nimaga erishmoqchi,
vazifalari - qo’yilgan maqsadga erishish uchun nima qilishi kerak. Amalda
marketing quyidagi asosiy vazifalarni hal qilishga mo’ljallangan:
1. Mavjud yoki potentsial talabni aniqlash yo’li bilan u yoki bu mahsulot
(tovar, xizmat)ni ishlab chiqarish zaruriyatini asoslash.
2. Xaridorlar talabiga javob beruvchi mahsulot modellarining nusxalarini
yaratish bo’yicha ilmiy tadqiqot (IT) va tajribaviykonstruktorlik ishlari (TKI)ini
tashkil etish.
3.
Korxonaning
ishlab
chiqarish,
sotish
va
moliyaviy
faoliyatini
tartiblashtirish va rejalashtirish.
4. Tovarlarni sotish usullarini takomillashtirish.
5. Ishlab chiqarish va sotish sohasida firmaning bosh maqsadlariga erishish uchun
uning butun faoliyatini, shu jumladan, transportirovka, o’rash, sotish, reklama,
texnik va servis xizmat ko’rsatishning operativ boshqarilishini tartiblashtirish va
yo’naltirish.
Markеtingni vazifaviy tashkil qilish dоirasidagi mahsulоt bo’yicha bоshqaruv
SHuning bilan birga, ta’kidlash kеrakki, muhitga mоslashish nuqtai nazaridan
vazifaviy tuzilma miqdоriy tеbranish ta’siriga javоb bеrishga qоdir, ammо muhim
muammоlarni hal qilish uchun muvоfiqlashtirish еtishmaydi, shuning uchun undan
bir turli ishlab chiqarish dasturi bo’lgan kоrхоnalarda fоydalanish mumkin.
Vazifaviy tashkil qilish dоirasi muvоfiqlashtiruvchi muammоlarni hal qilish
uchun ba’zida mahsulоt bo’yicha mеnеjmеnt kiritiladi. Mahsulоt bo’yicha mеnеjеr
bitta yoki bir turli buyumlar guruhini ishlab chiqarishga tadbiq etishdan tо uni
chiqarib sоtishgacha javоbgar bo’ladi. Bu bilan bоg’liq uning asоsiy vazifasi ushbu mahsulоtni ishlab chiqarish munоsabati bilan kоrхоna хizmatlari ishini
muvоfiqlashtirishdir.
14
1.1.1-rasm
Marketing xizmati
Bozorni tadqiq
qilish
Bahoning
shakllanishi
Mahsulot
Reklama
Markеtingni vazifaviy tashkil qilish10
Marketing funktsiyalari uning amaldagi mohiyatini ifodalaydi. Ular tovar
siyosati, narxning hosil bo’lishi, kommunikatsiyalar va sotish orqali namoyon
bo’ladi. Bunda quyidagi savollarni echish birinchi galgi vazifa hisoblanadi:
Nimani ishlab chiqarish kerak? Bozorning holati va korxonaning kerakli
mahsulotni ishlab chiqarish bo’yicha potentsial imkoniyatlari hisobga olinadi.
Kimga sotish kerak? Korxonaning maqsadli bozori va uning talablari
o’rganiladi.
Qanday sotish kerak? Marketing harakatlarining kompleksi ishlab chiqiladi
(assortiment, narx, o’rash, sotish, reklama va hokazo).
Marketingning umumiy funktsiyasini to’rtta yo’nalishga bo’lish mumkin:
analitik, ishlab chiqarish, sotish, boshqarish va nazorat.
Analitik funktsiya bozorni, iste'molchilarni, firma va tovar strukturasini
o’rganish, shuningdek, korxonaning ichki muhitini tahlil qilishdan iborat.
Ishlab chiqarish funktsiyasi yangi tovarlarni ishlab chiqarishni tashkil etish,
yangi texnologiyalarni ishlab chiqish, moddiy-texnika ta'minotini tashkil qilish va
tovarning sifati va raqobatbardoshligini boshqarishga yo’naltirilishini ta'minlaydi.
10
A.Soliyev,S.Buzrukxonov Marketing.T.:”Iqtisod-moliya”-2010.
15
Sotish funktsiyasi tovar harakati tizimini tashkil qilish, servis, maqsadli
tovar va narx siyosatini olib borish bilan bog’liq bo’lgan masalalarni hal qiladi.
Boshqarish va nazorat funktsiyasi strategik va operativ rejalashtirish,
marketingni boshqarishning axborot ta'minoti, korxonada kommunikatsiyalar
tizimini tashkil qilish va marketing nazoratini o’tkazish bilan bog’liq bo’lgan
jarayonlarni o’z ichiga oladi.
Marketing tamoyillari uning g’oyaviy yo’nalishini va korxonaning
boshqarish tizimidagi marketing yondashuvlarini belgilaydi. Hozirgi sharoitda
marketingning
asosiy,
birlamchi
tamoyili
muayyan
iste'molchilarning
muammolarini samarali hal qilishga qaratilgan. Bozorda tovarning muvaffaqiyat
qozonishi u yoki bu tovar mijoz oldida turgan muammoni qanchalik samarali hal
qila olishiga bog’liq. Bu yondashuv o’z navbatida quyidagi tamoyillarda
aniqlashadi va rivojlantiriladi:
 iste'molchiga yo’naltirilganlik;
 talabni prognozlash va shakllantirish;
 qarorlarning kompleksliligi va ko’p variantliligi;
 qarorlarning markazlashtirilmaganligiga urg’u berish va holatlarni
boshqarish;
 istiqbolga yo’naltirilganlik;
 dasturli maqsadli yondashuv.
Aynan ana shu tamoyillar marketingning yangi, eng harakterli belgilarini
ochib beradi. Keltiriladigan belgilar to’plami kengayishi yoki torayishi mumkin,
lekin asosiy tamoyil - to’liq iste'molchiga yo’naltirilish - albatta mavjud bo’ladi.
Pirovard natijada bu tamoyil boshqa hamma tamoyillarning paydo bo’lishi va
shakllanishini belgilab beradi.
Taniqli Amerika olimi - marketolog F.Kotler marketingning ta'rifini
quyidagicha ifodalaydi: "Marketing - tovarlarni yaratish, taklif etish va
ayraboshlash asosida ayrim olingan kishi va guruhlarning talab va ehtiyojlarini
qondirishga qaratilgan iqtisodiy va boshqaruv jarayonidir".
16
Boshqaruv muammolari bo’yicha etakchi nazariyotchi olimlardan biri Peter
Drukkerning ta'rifi esa quyidagicha: "Marketingning maqsadi sotishga qaratilgan
harakatlarni yo’q qilishdan iboratdir. Uning maqsadi xaridorlarni shunday
o’rganish va tushunishdan iboratki, tovar va xizmatlar uning talabiga aynan mos
tushib, pirovardida o’zini-o’zi sotadi".
Frantsuz marketing maktabida qo’llaniladigan ta'rif ham Peter Drukker
ta'rifiga juda yaqin turadi. Unga ko’ra: "Marketing -bu sotishni ta'minlash va
sotuvga tovarlar va xizmatlarni istemolchilarning talabiga mos holda chiqarish
orqali ularning talabini qondirish maqsadida o’tkaziladigan chora-tadbirlar
majmuidir".
Amerika Marketing Assotsiatsiyasining
1985 yilda marketingga bergan
ta'rifi esa quyidagicha: "Marketingning mohiyati insonlar va tashkilotlar talabini
qondirish maqsadida tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni rejalashtirish va uni
amalga oshirish, narx belgilash, tovarlar harakati va sotilishini uyushtirishdir".
Keltirilgan ta'riflardan ko’rinib turibdiki marketing serqirra jarayondir. Shu
bilan bir qatorda marketing bozor munosabatlari sub'ektlarining biznes falsafasi,
fikrlash strategiyasi va taktikasi faoliyati ekan desak xato qilmagan bo’lamiz.
Demak, marketing bir vaqtning o’zida "ham mushohada va ham harakat jarayoni"
ekan. Hozirgi bozor iqtisodiyoti yuqori darajaga ko’tarilgan mamlakatlarda
marketing tamoyillari oddiy tovar ishlab chiqarishdan boshlab to murakkab
texnologiyalargacha bo’lgan jarayonlarda yaqqol ko’rinmoqda. Bugungi bozor
iqtisodiyoti toboro chuqurlashib borayotgan sharoitda firmalar, korxonalar va
boshqa bozor sub'ektlarining raqobatga bardosh berib, samarali faoliyat
ko’rsatishining birdan-bir yo’li marketing imkoniyatlaridan keng foydalanish
ekanligi hech kimga shubha tug’dirmaydi.
Mashhur iqtisodchi Adam Smit XVIII asrning ikkinchi yarimidayoq
o’zining "Jamiyat boyligi" nomli kitobida ishlab chiqaruvchining iste'molchining
talabini qondirishdan boshqa qayg’usi yo’qdir - deb yozgan edi.
Marketing XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida xaridor talabini
qondirishga
mo’ljallangan,
korxonalarning
17
ishlab
chiqarish-sotish,
savdo
faoliyatlarini tashkil qilish va boshqarish tizimi sifatida paydo bo’lgan. Ishlab
chiqarish va umuman xo’jalik yuritishga marketing nuqtai nazaridan yondashish
xaridorga ta'sir qilishning keng jabhalarini o’z ichiga oladi. Bu bozor uchun
bo’lgan raqobat kurashining o’ziga xos xususiyatlarini aniqlashga olib keladi.
Bozor doirasida sabab-natija aloqalarini tahlil qilishning maxsus usullarini qo’llab,
xaridorlar talabi, ehtiyoji, didi va ta'bi to’g’risida axborotlar topib, korxona va
tashkilotlar, marketing kontseptsiyasi u yoki bu tovarga va xizmatga xarid
qiziqishini
shakllantirish
uchun
iqtisodiy,
tashkiliy,
texnik
va
ijtimoiy
yo’nalishlarni tashkil qiladi. Ular talabni mumkin bo’lgan rivojlanish istiqbolini
aniqlaydilar, uni maqsadli yo’nalishini shakllantirish uchun qarorlar qabul qiladilar
va ko’rilgan tadbirlar samaradorligini albatta nazorat qiladilar. Xarid masalaga
marketingli yondashishdagi har tomonlama tahlilning o’ziga xosligi, bozordagi yuz
beradigan jarayonlarni hisobga olishgina emas, balki ishlab chiqarish korxonalari,
tovarlarni etkazib beruvchi vositachilar, ulgurji va chakana savdo korxonalari va
ular bilan bog’liq boshqa barcha tashkilotlarning bozor bo’g’inlari tizimidagi
operativ va uzoq vaqtga mo’ljallangan aniq maqsadlarini o’zgarishini tahlil
qilishdir. Marketing xo’jalikning ma'lum bir tarmog’iga, masalan ishlab
chiqarishga yoki savdoga ta'lluqli deb o’ylash noto’g’ri bo’lur edi. U bozorga
xizmat ko’rsatuvchi barcha xo’jalik sub'ektlarini o’z ichiga oladi va ulardan
birgalikda va yaxlit foydalanilganda, birgalikdagi faoliyatning so’nggi natijasi
uchun umumiy strategik yo’nalishi mavjud bo’lgan holdagina uning vosita va
usullari samarali natija beradi.
Bizning iqtisodiyotimiz sharoitlaridan kelib chiqqan holda, bunday natijalar
quyidagilar bo’lishi mumkin: bozor va milliy iqtisodiyot manfaatlaridan kelib
chiqqan holda iste'mol tovarlari ishlab chiqarish va xizmatlarni tashkil qilish, tovar
aylanishi miqdori va tarkibini shakllantirish, bozor talablari nuqtai nazaridan milliy
iqtisodiyotni istiqbolini aniqlash va hokazolar. Marketingli yondashish, markazdan
turib boshqarish va rejalashtirishdan nima bilan farq qiladi? Bunda korxona va
tashkilotlarning ish amaliyotida bozor talabi umuman hisobga olinmas edi.
Marketing
esa
sotish
uchun
taklif
18
qilinayotgan
tovarning
ham,
unga
almashinadigan va aholining turlicha bo’lgan tabaqalarining daromadlariga
asoslangan pul oqimining ham aniq manzilli bo’lishini talab qiladi.
Marketingli qarorlar qabul qilish korxonalardan bozorga mumkin qadar
moslashishni va davlat iqtisodiy siyosatiga to’liq javob berish bilan birga, ishlab
chiqarishning samaradorligi va foydaliligini oshirish, mehnat natijalaridan moddiy
manfaatdorlikni oshirishga asoslangan, o’zining rivojlanish strategiyasini ishlab
chiqish va amaliyotga joriy qilishni har vaqt talab qiladi. Nima uchun bunday qol
sodir bo’ladi? Gap shundaki, marketingli yondashuvda qiymat qonuni va tovar
ishlab chiqarishning boshqa iqtisodiy qonunlari qat'iy amal qiladi. Ana shu asosida
faqat bozorgina tovar-pul almashinuvini ta'minlaydi. Ishlab chiqilgan moddiy
boyliklar pul ekvivalentiga almashtirilmas ekan, ijtimoiy takror ishlab chiqarish
tugallangan va to’liq bo’lmaydi va yangi ishlab chiqarish davri tsikli boshlanishi
o’z-o’zidan mumkin emas. Eng kam xom-ashyo, materiallar, mehnat va moliya
resurslari sarfi bilan talabni ko’proq, to’laroq qondirishga imkon beradigan
marketing strategiyasining ma'nosi ham ana shunda.
Shunday qilib, marketing usullaridan foydalanish korxona manfaatlari va
maqsadlarini, jamiyat maqsadlari va manfaatlari bilan birlashtiriladi, iqtisodiyot
taraqqiyotiga mikro va makroiqtisodiy yondashuv birligini ta'minlaydi.
Har bir korxonaning marketing tizimida axborot asosiy ahamiyatga ega
chunki har qanday marketing faoliyati tovarlar ishalab chiqarish bozorida vjudga
kelgan
vaziyatli
bilishga
asoslanadi.Ko’pgina
marketing
tadqiqotlari
va
tadbirlarning maqsadi axborotlarga erishishga qaratilgandir.Bu tadbirlarning
natijasi marketing faoliyati ob’ekti haqidagi dastlabki bilimalrni talab qiladi,amlga
oshirirsh jarayonining o’zi esa joriy ta’sirlarga tuzatishlar kiritish va bo’lg’usi
marketing dasturlarini ishlab chiqish maqsadlarida ob’ekt bilan teskari aloqa
o’rnatishuchun zarur bo’lgan yangi ma’lumotlarni yaratadi.Zarur marketing
axborotlarning yo’qligi ,noaniq va muhim bo’lamagan ma’lumotlardan foydalanish
jiddiy iqtisodiy xatolarning sababi bolishi mumkin.Marketing axaborotlaridan
maqsad boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonida noaniqliklar darjasini
aniqlashdan kamaytirishdan iborat.Bu esa o’z o’rnida turli-tuman axborotlarning
19
katta hajmini yig’ish ,saqlash ,uzatish va ishlab chiqishni talab qiladi.Axborotga
asoslanib
va
yangi
axborot
ehtiyojlarini
yaratib,
zamonaviy
axborot
texnologiyalrdan foydalanmasdan ,rivojlangan axborot bazasi va kommunikatsiya
tiizmlarini
yaratmasdan
emas.Axborot
samarali
mahsulotlari
va
marketing
faoliyatini
yuritish
hizmatlari
marketingida
mumkin
kompyuter
texnologiyalarni qo’llash -davr talabi.Marketing ma’lumotlarini doimo kuzatish va
saqlash tizimida axborotlarni yig’ish boshqa marketing op[ertasiyalari orasida
katta o’rinni egallaydi,chunki u axborotlarni xususiyatlari bo’yicha turli tuman
manbalar
bilan
bog’liqdir.Korxonada
marketing
boshqaruvining
axborot
tiizimlari.Marketing axborot tizimlari muammo sohsini butun tarkibiy qismalarfi
butligi va o’zaro bog’liqligi asosida quriladi.
Respublikamiz o’zining ijtimoiy maqsadlari va iqtisodiy dasturlarini
faqat bozor mexanizmi orqaligina amalga oshirishi mumkin. Bunga bizni keyingi
vaqtdagi
tovar-pul
munosabatlari
va
bozor
iqtisodiyotining
rivoji
ham
ishontirmoqda.Boshqaruvning iqtisodiy usullari amal qilgan sharoitda milliy
iqtisodiyotning asosiy bo’g’ini bo’lmish korxona va birlashmalarning huquq va
mas'uliyatlari kengayadi, ularning tovar ishlab chiqaruvchilar sifatidagi roli oshadi.
Marketing korxonaning ishlab chiqarish va sotish faoliyatini boshqarish sifatida
tashkil qilinadi.Shuning uchun ham iste’molchilarni talablarni qanoatlantirish va
eng katta foyda olish maqsadlarida bozor ehtiyojlarni har taraflama o’rganish
nuqtai nazardan muhitni quyidagi qismlari haqidagi bilimlarga suyanadi.
-tovarlar va xizmatlar bozori;
-tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish;
-ishlab chiqarish va sotish bozori bilan bog’liq tashqi makro muhit.
Bunda tovarlar va xizmatlar bozori haqidagi axborot axborotlarning boshqa turiga
nisbatan ustunlik qiladi va barcha marketing tadqiqotlarni maqsadga
yo’naltirilganligini belgilab beradi.Bozorning holati va tovarlar xizmatlarini ishlab
chiqarish haqidagi axborotlar korxona rahbariyati tomonidan raqobatdagi
korxonalarga nisbatan qulayroq iqtisodiy sifatlarni yaratishga yo’naltririlgan
20
korxonaning keyingi faoliyatini strategiyasi va taktikasini ishlab chiqish uchun
foydalaniladi.
Marketing talabni qondirishga qaratilgan faoliyat bo’libgina qolmay, balki
talabga ta'sir ham qilishdir. Xo’sh, bu ta'sir qanday bo’lishi kerak, boshqa
mahsulotlar ishlab chiqarishga o’tish va yangi talabni vujudga keltirish kerakmi?
Marketing faoliyatining bu aniq maqsadlarini - bozorda mavjud bo’lgan vaziyatni
hisobga olish bilan, xaridorlar qiziqish darajasi bilan, korxonaning o’z iqtisodiy va
ijtimoiy vazifalari bilan, u yoki bu bozorga kirishi bilan aniqlanadi. Shunday qilib,
talab marketing maqsadini, shu bilan birga kerakli marketing strategiyasini
tanlashga imkon beradi.
Marketing axborot tizimi (MAT) korxonaning marketing faoliyatini amalga
oshirish uchun zarur bo’lgan ma'lumotlarni to’plash, jamlash va ishlov berishning
usullari, uslublari, tashkiliy tadbirlari va texnik vositalarining yig’indisi, deb
ta'riflanadi. MAT korxonani boshqarishdagi axborot tizimining eng muhim
tarkibiy qismidir Tashqi muhit to’g’risidagi axborotlar. Marketing axborotlarni
marketing bilan shug’ullanuvchi xodimlar tomonidan nazorat qilinadigan,
bozorning barcha xarakteristikalari bo’yicha ma’lumotlardan tashkil topgan
marketing axborot tizimini (MAT)ni tashkil etish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Marketing bo’yicha mutaxassislar bozor holati to’g’risidagi ma’lumotlarni yig’ish
bilan shug’ullanadilar.” Marketing axborotlarni yig’ishning asosiy yo’nalishlari
bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
21
1.1.2 rasm
Korxona bo’limlari
Raxbariyat Buxgalteriya
Sotish bo’limi Marketing
Moliya bo’limi Sotish
bbo’limi
Ichki ishlab chiqarish
muhiti haqida axborot
Marketing xizmati
Tovar va xizmatlar bozori
haqida axborot
Tadqiqot ob’ektlari
Iste’molchilar tovarlar,sotish,
raqobatdagilar
Reklama
Marketing faoliyatida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari11
 mijozlar va ularni xarid hatti - haraqatlarini o’ziga hos xususiyatlari;
 raqobatchilar (haqiqiy, potensial);
 mahsulot yetkazib beruvchilar;
Marketing axborotlarining manbalari bo’lib:
 so’rov
natijalarida
olingan
ma’lumotlar,
ma’lumotlardan tashkil topgan manbalar;
11
A.Soliyev,S.Buzrukxonov Marketing.T.:”Iqtisod-moliya”-2010.
22
statistika,
boshlang’ich
 ikkalamchi ma’lumotlar – ishonchlilikning turli darajalariga ega bo’lgan,
ikkinchi manbadan olingan turli ma’lumotlar.”12
Tabiiyki, marketing bo’yicha mutaxassislar o’z ishini bajarish uchun yanada
to’liq va batafsil axborotlar zarur. Barcha marketing axborotlari marketing axborot
tizimiga kiritilishi hamda unda ishlash uchun ochiq bo’lishi kerak. Biroq, korxona
rahbariyatiga maydalashtirishni chuqur, ortiqcha darajasi kerak emas. Shuning
uchun korxona rahbariyati uchun marketing axborotlarni taqdim etish, marketing
bo’limi xodimlarning o’zlari foydalaniladigan ishchi axborotlarni taqdim etishdan
farq qilish zarur.
Korxonaning ichki muhiti to’g’risida axborotlar korxonaning barcha
faoliyatini qamrab oladi. Korxona faoliyati to’g’risidagi to’liq hisobot rejalarning
uch turi bo’yicha hisobotlar asosida shakllantiriladi:
 byudjet (va mos pravishda moliyaviy va buxgalteriya hisobolari);
 ishlab chiqarish rejasi – ishlab chiqariladtgan mahsulot hajmi va
assortimenti bo’yicha reja;
 tadbirlar rejasi – jami korxona va har bir bo’linmani kvartal (choralik) yoki
oylik harakat rejasi.
Zamonaviy marketingning axborot tizimi quyidagi elementlarni o’z ichiga
oladi:
1. Marketing faoliyatini shakllantirishda korxonaning ichki imkoniyatlaridan
samarali foydalanish.
2. Korxonaning bozordagi marketing faoliyatining strategik va operativ
qarorlarini ishlab chiqish uchun tashki sharoitlarning rivojlanishi haqidagi axborot.
3. O’ziga xos harakterdagi qo’shimcha ma'lumotlarni olish maqsadida
korxonada o’tkaziladigan maxsus marketing tadqiqotlari natijalari haqidagi
axborot.
4. Marketing axborotiga ishlov berish tizimi (ma'lumotlarni yig’ish, ularni
tahlil qilish va prognozlash uchun zamonaviy axborot texnologiyalaridan
foydalangan holda).
12
Porsayev.G.M. Korxona menejmentida axborot texnologiyalar.Samarqand .:SamDU.2010-60b
23
MATning asosiy vazifasi marketing qarorlarini qabul qilishda noaniqlikni
kamaytirish uchun zarur bo’lgan ma'lumotlarni doimo to’plab borishdan iborat.
Tashqi manbalardan ma'lumotlar asosan marketing razvedkasi va marketing
tadqiqotlari asosida olinadi.
Tajribalar shuni ko’rsatadiki, korxonadagi axborot tizimlari turli xil
rivojlanish bosqichida bo’lishi mumkin, shu jumladan:
- ma'lumotlarni hisobga olishning oddiy modeli;
- marketing hisobotlari tizimi;
- turli hisob-kitob modellarini qo’llashga mo’ljallangan tizimlar;
- marketingni prognozlash tizimi va hokazo.
Marketing axboroti marketing faoliyatida qaror qabul qilish uchun asos
hisoblanadi, shuningdek, qaror qabul qilgandan keyin olingan natijalarni tahlil
qilish uchun ham kerakdir. Ko’pgina marketologlarning ta'kidlashicha, axborot
bilan bog’liq faoliyat butun marketing faoliyati hajmining uchdan bir qismidan
tortib yarmigachasini tashkil qiladi.
Marketing razvedkasi - bu, birinchi navbatda, marketing rejalarini ishlab
chiqish va ularni to’g’rilash uchun zarur bo’lgan marketing tashqi muhitining
o’zgarishi to’g’risidagi joriy axborotni to’plash bo’yicha tizimli faoliyatdir. Ichki
axborot olingan natijalarga qaratilsa, marketing razvedkasi tashqi muhitda ro’y
berishi mumkin bo’lgan hodisalarni o’rganishga mo’ljallanadi. Marketing
razvedkasi ma'lumotlarini kompaniya xizmatchilari (ma'muriyat, muhandislar,
xaridlar bo’yicha agentlar, sotuvchilar), shuningdek, ta'minotchilar, vositachilar va
xaridorlar etkazib berishlari mumkin. Razvedka ma'lumotlarini maxsus tadqiqotchi
firmalardan ham olish mumkin.
Ichki axborot asosan korxonaning ichki ahvoli va imkoniyatlarini ochib
beradi. Unga, dastavval, korxonaning ishlab chiqarish, moliya, sotish, mehnat va
boshqa resurslari kiradi. Qabul qilingan qarorlarning samaradorligi cheklangan
resurslarni tovar assortimenti va marketing dasturlariga optimal joylashtirish sharti
bilan amalga oshiriladi. Bu erdan asosiy vazifa kelib chiqadi: foydaning o’sishi
uchun mahsulot tannarxini davriy ravishda kamaytirib borish zarur, boshqacha
24
qilib aytganda xarajatlar hajmi va tarkibining shakllanishi ustidan qat'iy nazorat
siyosatini olib borish zarur. Shu bilan bog’liq holda marketolog o’z ishida
marketing qarorlarida quyidagi ko’rsatkichlarni hisoblash va foydalanishni bilishi
kerak:
 mahsulotning me'yoriy va haqiqiy tannarxi;
 to’g’ri va egri xarajatlar;
 chegaralangan foyda;
 foydalilik nuqtasi;
 narx chegirmalari.
Tashqi sharoitlarning rivojlanishini tavsiflaydigan materiallar, avvalo, shu
bilan qimmatliki, ular bozor holati, uning infrastrukturasi, xaridorlar va
vositachilarning xatti-harakatlari, ta'minotchilar, raqobatchilar, shuningdek, davlat
tomonidan tartiblashtirish chora-tadbirlari va hokazolar haqidagi axborotlarni
beradi. Bu erda quyidagi harakterdagi yo’nalishlar kuzatiladi:
 tashqi muhit monitoringi (kon'yunktura, jarayonlar va tendentsiyalarni
o’rganish);
 muhitdan nusxa olish (mavjud axborotlarni olish);
 muhitni prognozlash (rivojlanish istiqbollarini baholash).
Monitoring deb aniq belgilangan, tor doiradagi ma'lumotlarni doimiy
to’plash, izlash tizimiga aytiladi. Monitoring ommaviy axborot vositalarini
o’rganishda eng ko’p tarqalgan. Ko’pincha monitoring ob'ekti bo’lib reklama va,
birinchi navbatda, uning radio va, ayniqsa, televidenie kabi vositalari hisoblanadi.
Quyida batafsil yoritiladigan marketing tadqiqotlari bozor rivojlanishining
tendentsiyalari
va
jarayonlari,
uning
sig’imi,
sotilishlar
dinamikasi,
raqobatchilarning xatti-harakatlari, shuningdek, iste'molchilar xatti-harakatlarining
sabablari, mahsulotning raqobatbardoshligi, rag’batlantirish va reklamaning
samaradorligi, taqsimlash kanallari va boshqalarga nisbatan qo’llanadi.
Yig’ilgan marketing axborotiga ishlov berish maqsadida tegishli dastur
asosida analitik marketing tizimi yaratiladi. U ma'lumotlar banki va modellar
25
bankini o’z ichiga oladi. Prognozlash jarayonlarining tahlilini o’tkazishda o’rtacha
miqdorlar, guruhlashlar, trendlar, regression va korrelyatsion usullar, omilli va
klasterli tahlil, qarorlarni qabul qilish nazariyasi usullari, jarayonlarni o’rganish
usullari, evristik usullar va shu kabi boshqa iqtisodiystatistik va iqtisodiymatematik
usullar qo’llanadi.
Hosil bo’lish bosqichlariga qarab marketing axborotini quyidagi ikki turga
bo’ladilar:
1. Birlamchi axborot - aniq marketing muammosini echish uchun maxsus
dala (bozor) tadqiqotlari va modellash asosida hozirgina olingan ma'lumotlar
massivi;
2. Ikkilamchi axborot - qachonlardir korxonada tadqiq qilinayotgan aniq
muammo echimi bilan bog’liq bo’lmagan qandaydir maqsadlar uchun kimdir
tomonidan to’plangan ma'lumotlar to’plami.
Axborotning ikkala turi ham o’ziga xos afzalliklar va kamchiliklarga ega.
Masalan, ikkilamchi axborot arzonroq tushadi, uni olish va ishlatish oson,
shuningdek, u nisbatan haqqoniydir. Biroq O’zbekiston sharoitida, aniqrog’i uning
axborot makonida hozircha malakali marketing ma'lumotlari juda kam, rasmiy, shu
jumladan, qaydnomali va regional statistika esa tarqoq, kamdan-kam holda tizimli
ko’rinishda berilgan va shuning uchun hamma vaqt ham kuzda tutilayotgan
marketing faoliyatining maqsadlarini aks ettirmaydi. Bunday holatda tadqiqotchilar
oddiga qo’yiladigan vazifalarning aniq maqsadlariga ko’ra to’planadigan, har doim
eng yangi va ishonchli bo’lgan birlamchi marketing axborotlariga ko’proq
tayanishga to’g’ri keladi.
Axborotni, ayniqsa, tashqi muhit haqidagi axborotni izlash va shakllantirishda
kompyuter axborot tarmoqlari muhim rol o’ynaydi. Hozirgi vaqtda ikki turdagi
tarmoqlar kanallari mavjud.
Marketing axborotlarini tizimli tahlil qilish, talab va taklifning taxminiy
hisobini ishlab chiqishga imkon beradi. Busiz esa sotishning maqbul darajasini
belgilash mumkin emas. Bunday darajada odatda, minimum, maksimum oralig’ida
hisoblab chiqiladi. Marketing maqsadiga erishishda reklama ham muhimdir.
26
Reklamaning vazifasi - mavjud bozor segmentini mustaqkamlash, yangi
xaridorlarni jalb qilish, yangi bozorlar tashkil qilishdir. Marketing tizimida
reklamaning asosiy xususiyati - uzluksiz ta'sir va doimiy yangilanishdir. Shu bilan
birga xaridor psixologiyasi tovar va firma markasiga bog’lanib qolish xususiyati
(imidj) ga ham egadir.
Marketing tizimida sotish siyosati - bu tovar davriy harakatini tashkil etish
jarayonidir. U tovar massasining ishlab chiqaruvchidan to iste'molchigacha bo’lgan
harakatining har bir bosqichida qabul qilinadigan qarorlarga ta'sir qilishning aniq
tahlilini talab qiladi. Bu holda sotish deganda ishlab chiqarish bilan savdo
orasidagi barcha aloqalar tushuniladi. U ulgurji va chakana savdoni, tashish va
saqlashni o’z ichiga oladi. Bizning iqtisodiy sharoitimizda marketingning tovar
siyosati kabi vazifasi ham muhim ahamiyatga ega. Har tomonlama o’ylab
yuritilgan tovar siyosati resurslardan samarali foydalanish imkonini beradi. Tovar
siyosati har bir ishlab chiqarilgan mahsulotning aniq iste'molchilar guruhiga
mo’ljallangan bo’lishini ta'minlaydi. Ya'ni, har qanday tovar aniq iste'mol
manziliga ega bo’lishi kerak. Bizning ichki bozorimiz, unga chiqarilgan tovar
assortimentining, amalda mavjud bo’lmagan "o’rtacha" deb ataluvchi iste'molchiga
mo’ljallanganidan juda ham yutqazadi. Chunki xaridor qiziqishi va didiga qarab
taqsimlangan tovarlar tanlash imkonini bermaydi
Sotishni rag’batlantirish - marketingning vazifalaridan biri bo’lib, bozorga
chiqarilgan tovarni rejalashtirilgan sotish darajasini ta'minlashga imkon beradi. Bu
ishlab chiqarish xarajatlarini qoplash va foyda olish demakdir. Sotishni
rag’batlantirishning
quyidagi
faol
shakllari
mavjud
-
ko’rgazma-savdo,
yarmarkalar, maxsus savdo agentlari xizmatidan foydalanish va arzon baholar.
Marketingning asosiy vazifasi talabni jonlantirishning yangi imkoniyatlarini
axtarishdan iborat, ya'ni: tovarga yangi xususiyatlarni berish orqali tovarning
hayotiy davrini uzaytirish, yangi bozorlarga kirib borish va hokazo. Umuman
olganda, talabning pasayishi vaziyatlari hamma tovar va xizmatlar uchun, har
qanday davrlar uchun xos. Shuning uchun marketologlar shuni nazarda tutishlari
kerakki, talab pasayish tendentsiyasiga ega bo’lganda, kelajakda bozorni boshqa
27
tomonga yo’naltirish bo’yicha chora-tadbirlar bo’lmaganda, u yanada pasayishi
mumkin va shu orqali yuzaga kelgan vaziyatdan chiqish yo’llarini cheklab quyishi
mumkin.
Bunda talab korxonaning ishlab chiqarish imkoniyatlaridan ancha ortiq
bo’lishi mumkin yoki, aksincha, mazkur tovarni ishlab chiqarish hajmi bozor
segmentining talablaridan ko’proq bo’lishi mumkin. Masalan, muzeylarning ish
kunlarida kamroq mijozlarga ega bo’lishi yoki shahar transporti xizmatlariga talab
hatto kun davomida o’zgarib turishi mumkin. Kurort hududlari aniq ifodalangan
mavsumiy
tebranishlarga
ega.
Sinxromarketingda
talab
tebranishlarini
silliqlashtirish (nomuntazam talab) egiluvchan narxlar, siljitish usullari va
marketingning boshqa qurollari yordamida amalga oshirilishi mumkin.
Bunday marketing turining vazifasi bo’lib, odatda, to’laqonli talab sharoitida
uning darajasini iste'molchilarning istaklari tizimi va raqobatning kuchayishini
hisobga olgan holda saqlab turish hisoblanadi. Bu erda marketolog birinchi
navbatda savodli narx siyosatini o’tkazishi, sotishning zaruriy hajmini saqlab
turishi, sotish faoliyatini rag’batlantirish va o’zgaruvchan xarajatlar ustidan
nazoratni amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan bir qator taktik tadbirlarga e'tibor
berishi kerak. To’laqonli marketingga eng yaxshi misol "Djeneral motors"
kompaniyasining faoliyati bilan bog’liq. 20-yillar o’rtalarida kompaniya "Ford"
kompaniyasini orqada qoldirishga muvaffaq bo’ldi. Ushbu kompaniya o’rta
amerikalik uchun narxlari past bo’lgan, bir xil qora rangga bo’yalgan "T" ford
modeliga o’zining zamonaviy, keng rang gammasida ishlab chiqilgan avtomobil
modelini qarama-qarshi qo’ydi.
Uning vazifasi bo’lib salbiy bozor hodisalari, masalan, chayqovchilikni
yo’qotish maqsadida talabni vaqtinchalik yoki doimiy pasaytirish usullarini topish
hisoblanadi. Haddan tashqari talabni pasaytirish tovar yoki xizmatlar narxlarini
oshirish, reklama kompaniyasini va sotilishlarni rag’batlantirishni to’xtatish orqali
hal qilinishi mumkin.
Agar demarketing yaxshi sifatli tovarga talabni qisqartirish bilan bog’liq bo’lsa,
qarshi (aks) ta'sir ko’rsatuvchi marketing tovarni zararli, yomon qilib ko’rsatadi.
28
Mazkur holda insonlarni zararli mahsulotlarni iste'mol qilishdan voz kechishlariga
undash eng maqsadga muvofiq bo’lib hisoblanadi. Bunda marketingning narx
qurollari bo’lib narxlarni keskin ko’tarish, bu tovarlarga hammaga yo’l ochiqligini
cheklash bo’lishi mumkin.Axborot kommunikatsiylar biznesining
asosiy
sub’ektlariga axborot resurslarini yaratish ,qayta ishlash,uzatish ,tarqatish,qabul
qilish va istemol qilish bilan shug’ullanadigan shaxslar kiradi.Bular birinchi galda
axborot
resurslarini
ishlab
chiqaruvchilar,
ularning
egalari
va
iste’molchilardir.Axborot mahsulotlari va xizmatlarini sotish istiqboli biznes turi
bo’lib borayapti.”Zamonaviy
kompyuterlar texnologiyalri bizning fikrimizcha
axboorot manbalariga jadal kirishga ,ularni olishga,ishlab chiqishga va
foydalanuvchi uchun kerakli axborotlarni belgilangan vaqtda ko’rsatilgan shaklda
ishlab chiqishga imkon beruvchi dasturiy texnik qurilmalar,kommunikatsiyalar va
orttexnika va aloqa vositalaridir”13. Kerakli marketing axborotlarini saqlash,ishlab
chiqish va talab qilingan shaklida taqdim etishni ta’minlovchi vosita marketing
boshqaruv tizimi bo’ladi. O’zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi
uning jahon integratsiyon ajrayonlariga faol qo’shilishi xorijiy sheriklar
foydalanilayotgan eng yan gi texnologiyalkrni tadbiq etishga majbur bo’lmoqda.
13
R.X.Alimov,B.A.Begalov,G.T.Yulchiyeva,Sh.Alishev.”Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari”T.:O’zbekiston
yozuvchilar uyushmasi nashriyoti”.2005-157b
29
2 Marketing xizmat faoliyatida axborot texnologiyalrni o’rni
Marketingda eng asosiysi, bozorni, xaridorlar talab va ehtiyojlarini chuqur
va har taraflama o`rganish va ishlab chiqarishni shuning asosiga qurish, ikkinchi
tomondan esa bozorga, mavjud talab va ehtiyojga faol ta’sir ko`rsatish,
xaridorlarning muayyan mollarga bo`lgan talablarini shakllantirishdan iborat.
Marketingni kompyuterlarsiz, axborot texnologiyalarisiz tasavvur etib bo`lmaydi.
“Elektronika yutuqlarining kommunikatsiyaga o’ta yuqori tezlik bilan kirib
kelishi televideniya,kompyuterlar va electron tarmoqlar orqali axborotlar lamshish
tizimi –multimedya texnologiyalarining shakllanishiga olib keldi.Axborotlarni
qayta ishlash
va thlil qilish imkoniayatlaridan foydalanish –multimediya
texnologiyalar ,keying yillarda dunyo fani va texnologiyasidagi innovatsiyaning
asosiy yutqlaridir.Multimediya texnologiayalari –o’ta murakkab mediya vositalari
va
electron
shakllantirish
tarmoqlarining
ko’p
sohali
kommunikatsiya
imkoniyatlarini
va ulardan biznes amaliyotida foydalanish usulalri majmuasini
ifodalaydi. “14
1.2.1-rasmda turli raqobat strategiyalari keltirilgan bo’lib, ular axborot
texnologiyalarni qo’llashda ilg’or korxonalar bilan taqqoslaganda, sohadagi o’z
holatini tahlil qilish natijasida korxonada foydalanishi mumkin. Axborot
texnologiyalarini joriy qilgan ba’zi korxonalar, uchun afzallikni saqlab qolish
dolzarb hisoblanadi (A). Bunday korxonalarda oliy daraja rahbarlari axborot
texnologiyalarni
rejalashtirish
va
foydalanish
uchun
bevosita
javobgar
hisoblanishadi. Masalan, AQShda Bank One prezidenti axborot texnologiyalarni
rejalashtirish qumitasini boshqaradi hamda o’zini axborot texnologiyalarni
ishlatishda va joriy etishni boshqarishda shaxsan javobgardir deb hisoblaydi.
Boshqa
firmalar
marketinga
axborot
texnologiyalarni
joriy
qilish
imkoniyatlari minimal bo’lgan vaziyatdadir, biroq ishlab chiqarish va logistikada
axborot texnologiyalardan foydalanish uchun kattagina salohiyatga ega. Mazkur
korxonalar oldida integrasion sifatini yaxshilash vazifasi turadi (B). Bunday
korxonalarda axborot texnologiyalari uning sifatini oshirish va xarajatlarni nazorat
14
A.Soliyev,S.Buzrukxonov.”Marketing”,T.:”Iqtisod-moliya”,2010 -304b
30
qilish yuli bilan, mahsulot chiqarishni va taqsimlashni modernizasiyalash,
integrasiyalash
va
muvofiqlashtirishga
yo’naltirilgan.
Mazkur
axborot
texnologiyalar kattagina investisiyalarni, hamda joriy etish va boshqarishga
funksionalaro yondashuvni talab etadi. Funksionalaro integrasiyalar uchun oliy
rahbariyat bilan axborot texnologiyalar bo’linmalarning rahbarlari o’rtasida uzviy
aloqa dolzarb hisoblanadi.
1.2.1- rasm
Soha lideri bilan
taqqoslaganda
ishlab chiqarish –
xo’jalik sohasida
ATni joriy
qilishdagi
uzilishlar
Integrasion
sifatini
yaxshilash
(B)
Yuqori
Afzallikni
saqlab qilish
(A)
Lider ketidan
quvish
(D)
Mahsulot va
xizmatlar
individualligini
qayishqoqligini
oshirish
(C)
Past
Soha lideri bilan taqqoslaganda
marketingda АТni joriy qilishdagi
uzilishlar
Past
Yuqori
Korxonaning raqobat strategiyasi15
Soha lideri bilan taqqoslaganda (C) marketing sohasida uzilishlar kata
bo’lgan korxonalar uchun, muammoni yechimi yanada tor maxsuslashtirilgan
bozor
ehtiyojlarini
qondirishda
mahsulot
va
xizmatlarni
yaxshiroq
individuallashtirish hisoblanadi. Odatda korxonalar marketing strategiyalarini
ishlab chiqish va amalga oshirish uchun,soha trendi ustidan nazorat qilish uchun,
15
R.X.Alimov,B.A.Begalov,G.T.Yulchiyeva,Sh.Alishev.”Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari”T.:O’zbekiston
yozuvchilar uyushmasi nashriyoti”.2005
31
marketingning
axborot
tizimini
ishlab
chiqishga mablag’larni sarflashga
majburdirlar. Muvafaqiyat garovi bo’lib alohida iste’molchilarni afzalliklari,
raqobatchilar
narhi
va
mahsulotni
takomillashtirish
to’g’risidagi
batafsil
ma’lumotlarni yig’ish qobiliyati hisoblanadi. Mijoz ehtiyojini qondirish, ularni
o’zgartirishga o’z vaqtida javob berish mahsulotli va marketingli masalalarni
nomarkazlashtirish uchun bir vaqtning o’zida ular integrasiyasi va nazoratini
ta’minlash bilan axborot texnologiyalardan foydalanishi qobiliyatini ta’minlaydi.
Muvafaqiyat uchun oliy daraja rahbarlari va funksional bo’linma rahbarlari
o’rtasida uzviy aloqalar zarur.
Sungida, (D) korxonalar soha liderlaridan ham ishlab chiqarishda, ham
marketingda
kuchli
orqada
qolgan
vaziyatdagi
korxonalardir.
Vaziyatni
barqarorlashtirish uchun ham oliy rahbarlardan, ham axborot texnologiya
bo’linmalarining rahbarlaridan muvofiqlashtirilgan aniq xarakterlar talab etiladi.
Vaziyatni barqarorlashtirish uchun zarur bo’lgan uzoq muddat va kattagina kapital
mablag’lar firmaning o’zini faoliyat ko’rsatish masalasini ko’ndalang qilib
qo’yadi. 80-chi yillarning o’rtalarida American Airlines va United Airlines
kompaniyalari
axborot
texnologiyalardan
foydalanib,
sohadagi
raqobat
to’g’risidagi tasavvurini o’zgartirdilar. Aynan shu muammo Frontier Airlines va
People Express kompaniyalarda ham yuzaga keldi. O’z raqobat pozisiyalarini
qo’llash uchun zarur bo’lgan investisiyalarni yuqori darajasi operasiyalar
integrasiyasi, mahsulot (xizmatlarni) differensiallash va iste’molchilar talabini
aniqlash uchun axborot texnologiyalar imkoniyatini o’z vaqtida anglab yetmagan
qayd qilingan kompaniyalarni «o’yindan chiqardi». 80-chi yillarning so’ngida ikala
firma ham biznesni tark etdilar.
Internet - lokal tarmoqlardan iborat bo’lgan global kompьyuter tarmog’idir. U
butun er kurrasi bo’yicha uzluksiz va markazlashgan axborot almashishga imkon
beradi. Hozirgi vaqtda undan jahonning 150 mamlakatida 56 milliondan ko’proq
kishilar foydalanadilar. Foydalanuvchilar elektron pochtani yuborishlari, xarid
qilishlari, tadbirkorlik axborotini olishlari mumkin.
32
Tijorat kanallari - ta'sischi kompaniyalarning abonent to’lovlari asosida
ishlaydigan axborot va marketing xizmatlaridir. Mijozlarga axborot olish
(yangiliklar, kutubxonalar, ma'lumotlar va boshqalar), xarid qilish, hordiq
chiqarish va muloqot qilish (elektron taxtalar, o’yinlar, forumlar), elektron
pochtadan foydalanish imkoniyatlari beriladi.
O‘zbekiston reklama bozori ko‘lami tobora kengayib bormoqda. Bunda
mamlakatimizda qabul qilingan “Reklama to‘g‘risida”gi qonun muhim rol
o‘ynayotir. Ushbu hujjat reklama ishlab chiqish va tarqatishda yuzaga keladigan
munosabatlarni shakllantirishda muhim qadam bo‘ldi.
O‘tgan yili mamlakatimiz reklama agentlari soni qariyb 480 tani tashkil etgan
bo‘lsa, bugun ularning soni 500 dan oshdi. Reklama tarqatishda televideniye
muhim o‘rin tutmoqda. Bugun reklama bozorida televideniyening ulushi 52, bosma
nashrlar ulushi 19, tashqi reklama 14 va radio ulushi 12 foizni tashkil etadi.
Bundan tashqari, media soha ham jadal rivojlanmoqda. Marketingdagi yangi
yo‘nalishlar, brending asosiy trendlarini kompaniyalar strategiyasiga kiritish
imkoniyatlari, zamonaviy PR-kommunikatsiyalar uslublari, texnologiyalari va
ularning samaradorligini baholash, bugungi sharoitda media agentlari faoliyatining
istiqbollari, an’anaviy ommaviy axborot vositalari noshirlari uchun yangi biznesmodellar, moliyaviy marketing yoki rivojlanishning dolzarb yo‘nalishlari, moliya
mahsulotlari hamda xizmatlarini ilg’or g’oyalari amalga oshmoqda.Marketing,
reklamani ishlab chiqish va tarqatish texnologiyalari, PR-texnologiyalar, mediakonsalting va monitoring, noshirlik ishi, grafika dizayni, audio va videreklamani
yaratish usullari takomillashmoqda.Axborot faoliyatining tijoratlashgani sari unga
ishlab chiqarishning boshqarishning bozor tamoyillari sifatida
marketingning
umumiy tamoyillari asoslana boshlandi,bunda xo’jalik qarorlarini qabul qilishning
asosida
bozor qarorolari yotadi,qarorlarning asoslanganligi esa tovarlarning
sotilishi
bilan
tekhsiriladi.Buning
natiajasida
axborot
marketingi
keladi.Axborot mahsulotlari va xizmatlarini tanlashda foydalanuvchi
vjudga
mohiyati
bo’yicha marketinigni axborot mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqaruvchi
33
kabi usullaridan foydalanishi kerak.”Axborot marketingning asosiy elememntlari
quyidagilardan iborat:
-axborot bozorini tahlil qilish;
-axborot mahsulotlari va xizmatlarini narxlarini shakllantirish ;
-axborot mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqaruvchilar va ularning
foydalanuvchilar o’rtasida o’zaro munosabatlarini o’rnatish;
-reklama-targ’ibot tadbirlarini.”16
Axborot marketingning
tuzilishi marketingning umumiy tamoyillarini axborot
mahsulotlari va xizmatlari sohasida yoyishning tog’ridan to’g’ri natijasi bo’ladi.
16
S.S.G’ulomov,B.A.Begalov”Informatika va axborot texnologiyalari”. T:Fan ,2010-623b
34
3 Axborot kommunikatsion texnologoyilarning marketing xizmatida
foydalanishning me’yoriy huquqiy asoslari
Kommunikatsion texnologoyilarda marketing xizmatlaridan foydalanish kata
ahamiyatga egadir, shu o`rinda
O’zbekistonRespublikasi «Ахbоrоtlаshtirish
to`g`risida»gi qonunining 3-moddasiga muvofiq axborotlashtirishga quyidagicha
ta`rif berilgan - yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo‘lgan eіtiyojlarini
qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda axborot
tizimlaridan foydalangan іolda sharoit yaratishning tashkiliy ijtimoiy-iqtisodiy va
ilmiy-texnikaviy jarayoni; axborot resursi - axborot tizimi tarkibidagi elektron
shakldagi axborot, ma’lumotlar banki, ma’lumotlar bazasi;
axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining mulkdori - axborot resurslariga
yoki axborot tizimlariga egalik qiluvchi, ulardan foydalanuvchi va ularni tasarruf
etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining egasi - qonun bilan yoki axborot
resurslarining, axborot tizimlarining mulkdori tomonidan belgilangan huquqlar
doirasida axborot resurslariga yohud axborot tizimlariga egalik qiluvchi, ulardan
foydalanuvchi va ularni tasarruf etuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs;
axborot texnologiyasi - axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va
uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va
jarayonlar;
axborot tizimi - axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda
undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami
axborot resurslari, axborot texnologiyalar va aloqa vositalari.”17
“1992 yil 8 dekabrda Axborotlashtirish bo’yicha Bosh boshqarma tuzildi.
Vazirlar Mahkamasining
O’zbekiston
1994-yil 2 dekabrdagi farmoyishi bilan
Respublikasi
Axborotlashtirish
konsepsiyasi
ma’qullandi.Axbortlashtrish konsepsiyasi uchta asosiy maqsadga yo’naltirilgan:
17
«Ахbоrоtlаshtirish
to`g`risida»gi O’zbekistonRespublikasi Qonun (11.12.2003)
35
- Zamonaviy axborot texnologiyalarni rivojlantirish ,dsavaltning barcha
sub’ektlari uchun axborot xizmatlarini kengaytirish;
- Iqtisodiy
va
ijtimoiy
sohalarda
axborot
tizimlari
shakllanishiga
ko’maklashish;
- Mamlakatni jahon axborot tizimlari va tarmoqlariga ulash.
Jumaladan ,2002-yil 6 iyunda “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish
va axborot –kommunikatsiya texnologiyalarni joriy etish to’g’riisda “gi qarori
qabul qilindi.2002-yil 12 dekabrda “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari
tog’riisda”gi qonun qabul qilindi.”18
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 25 maydagi
230-sonli
“2001-2005
yillarda
kompyuter
va
axborot
texnologiyalarini
rivojlantirish, “Internet”ning xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishini
ta’minlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”
qaroriga muvofiqbir qator ishlar olib borilmoqda. Iqtisodiy rivojlanish oqibatida
O’zbekiston xalqaro iqtisodiyot tizimida tobora o’z mavqe’ini mustahkamlab
bormoqda. Bu esa o’z navbatida elektron tijorat infratuzilmasini takomillashtirish,
uning jahon bozorida kuchli raqobatchi sifatida paydo bo’lishini ta’minlash
zaruriyatini keltirib chiqaradi. Yuqoridagi holatlar inobatga olingan holda elektron
tijoratning asosini , ya’ni huquqiy bazasini takomillashtirish bo’yicha bir qancha
sezilarli ishlar amalga oshirildi. 2004 yil 29 aprelda N613-II “Elektron tijorat”
to’g’risida O’zbekiston Respublikasi qonuni, 2007 yil 30 noyabrda Vazirlar
Mahkamasining №21 “Elektron tijoratni rivojlantirish” tog’risidagi va 2007 yil 12
iyunda
“Elektron
takomillashtirish”
tijorat
tizimini
tog’risidagi
amalda
qarorlar
qabul
qo’llashda
qilindi.
to’lov
tizimini
Bundan
tashqari
Respublikada elektron tijoratni rivojlantirish maqsadida “Ekarmon” loyihasi ishlab
chiqildi va u samarali tarzda amaliyotga joriy qilinmoqda. Axborotlashtririshni
jahon standartlariga qaraydigan bo’lsak:” Xalqaro telekommunikatsiya ittifoqi —
BMTning
ixtisoslashtirilgan
muassasasi
18
hisoblanadi.
O‘zbekiston
aloqa
R.X.Alimov,B.A.Begalov,G.T.Yulchiyeva,Sh.Alishev.”Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari”T.:O’zbekiston
yozuvchilar uyushmasi nashriyoti”.2005-7b
36
ma'muriyati XTI faoliyatida faol ishtirok etib, uning standartlarini O‘zbekistonda
targ‘ib qilish va keng qo‘llash bo‘yicha choralar ko‘rib kelmoqda. O‘zbekiston
Respublikasi aloqa ma'muriyati tomonidan XTI TSBBA-12 va XTBBA-12ga bir
qator dolzarb takliflar tayyorlanapti.
Xalqaro elektraloqa bo‘yicha Butunjahon anjumani (XTSBBA-12)da XTI
qabul qilgan to‘rtta kelishuvlardan biri bo‘lgan Xalqaro elektraloqa Reglamenti
qayta ko‘rib chiqiladi (qolgan uchta hujjat: Ustav, Konvensiya va Radioaloqa
reglamenti).”19Telekommunikatsiyalarni standartlashtirish bo‘yicha Butunjahon
assambleasi (TSBBA-12) — har to‘rt yilda doimiy ravishda o‘tkaziladigan tadbir
bo‘lib, Elektraloqani standartlashtirish Sektorining (XTI-T) navbatdagi tadqiqot
davrida ishlar hajmi va tarkibini belgilaydi.
19
http://xabar.uz
37
XULOSA VA TAKLIFLAR
Zamonaviy
axborot
texnologiylari-shaxsiy
kompyuterlar
va
telekommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda foydalanuvchi ishining
do’stona interfeysi axborot texnologiyasidir. Iqtisodiy sohada zamonaviy aborot
texnologiyalridan
foydalanish
iqtisodiy
axborotning
sifati
,uning
aniqligi,ob’ektivligi,tezkorligi va buning natijasida sifatida esa ,boshqaruv
qaroqolrini o’z vaqtida qabul qilish imkoniyati oshishini ta’minlaydi.Boshqaruv
faoliyatini avtomatlashtrish yangi axborot texnologiyalri asosida ma’lumotlarni
qayta
ishlash,saqlash
va
qidiruvini
amalga
oshiradigan”electron
ofis”konsepsiyasini paydo bo’lishiga olib keladi.Marketingda zamonaviy axborot
kommunikatsion texnologiyalrni qo’llash natijasida korxonlar marketing faoliyati
samaradorligi oshib,ular bozordagi axborotlardan o’z vaqtida to’liq va aniq
foydalanadilar. O’zaro bog’liq bo’lgan ko’p sonli korxonalarni kompleksidan
tashkil topgan tijorat strukturalari faoliyatida axborotlarni uzatishi mazkur
strukturani normal faoliyat ko’rsatishini birinchi darajali va o’zgarmas faktori
bo’lib hisoblanadi. Bunda axborotlarni tezkorligi va ishonchliligi muhim ahamiyat
kasb etadi. Ko’pgina korxonalar uchun axbortlarni ichki ichki tizimi tashkiliytexnologik jarayonning vazifalarini yechadi hamda ishlab chiqarish xarakteriga
ega. Bu eng avvalo, ichki korxona kanallari orqali maxsuslashtirilgan
korxonalardan
tushadigan
korxonani
nusxalashtirilgan
mahsulotlar
bilan
ta’minlash jarayoniga tegishlidir. Bu yerda axborot boshqaruv qarorlarini qabul
qilish uchun ma’lumotlarni taqdim etishda muhim rol o’ynaydi, hamda ishlab
chiqarish
xarajatlarini
kamaytirish
va
uning
samaradorligini
oshirishini
ta’minlovchi faktorlardan biri bo’lib hisoblanadi.
Tezkor (operativ) qarorlar qabul qilishini talab etuvchi ishlab chiqarish
jarayonida rejaviy ko’rsatgichlardan chetlanish yuzaga kelishi to’g’risidagi
axborotlar muhim rol o’ynaydi.
Qarorlar qabul qilishda mos ravishdagi rolni
kashfiyotlar
to’g’risidagi
ma’lumotlar,
o’z
yangi ilmiy bilimlar ,
korxonasi
hamda
raqobatchi
korxonalardagi texnik yangiliklarni o’z ichiga oluvchi ilmiy-texnikaviy axborotlar
38
o’ynaydi. Bu korxonada yuqori darajali raqobatbardoshlikni ta’minlovchi Amaliy
va o’z vaqtida foydalaniladigan potensial bilimlar, texnik vazifalar hamda uzluksiz
to’ldiriladigan umumiy fonddan iborat.
Axborotlar ishlab chiqish va mos ravishda qarorlar qabul qilish uchun
ma’ruza, hisobotlar, takliflar tayyorlashda asos bo’lib xizmat qiladi. Har bir
konkret axborotning mazmuni boshqaruv bo’g’inlarining ehtiyojlari va ishlab
chiqiladiganboshqaruv qarorlari bilan aniqlanadi.
Bugungi kuda mamlaktimizdagi iqtisodiy islohotlarni bosh maqsadi – rivojlangan
davlatlar iqtisodiy
tizimlari tajribasini tahlil qilgan holda o’zimizga xos bo’lgan
milliy iqtisodiy tizimni yartish va takomilashtirib borish. Hozirgi kunda
mamlaktimiz jhon bozorlariga raqobatbardosh mahulotlarni eksport qilib o’z
ulushiga ega bo’lib bormoqda. Shunday ekan ,korxonalarimiz
mahsulotlarni
bozordagi sotish jarayonlari,reklama va boshqa bozor munosabatlarini o’rganish
uchun marketing faoiyatini takomillashtirish kerak. Marketing faoliyatini
takomillashtirish uchun zamonaviy axborot komunikatsiyon texnolgiyalardan
samarali foydalanish kerak. Zamonviy axborot kommunikatsion texnologiyalardan
samarali foydalanish natijasida markeing faoliyatida ishonchli axborotlarga ega
bo’lib kelgusi hatti harkatlarini aniq belgilab olish mumkin.Yuqoridgi tadqiqiot
natijalari asosida quyidagi takliflarni beramiz:
- korxonalarda axborot kommunikatsion texnologiyalar bilan ta’minlash dasturini
tuzish;
-korxonalarda axborot bo’limlari faoliyatini takomillashtirish;
-korxonalar faoliyatida marketing bo’limlarni zamonaviy axborot kommunikatsion
texnologiylar bilan ta’minlash;
-zarur bo’lgan axborotlarni tahlil qiluvchi xodimlar malakasini oshirish;
-zamonaviy marketing amliyotida mavjud bo’lgan tajribalarni o’zlashtirish;
-zamonviy axborot texnologiylar bilan ishlovchi sifatli kadrlarni tanlash ;
-marketing faoliyatiga doir turli xil halqaro konferensiylar o’tkazish ;
-marketing
faoliyatini
takomillashtirishga
takomillashtirish;
39
oid
me’yoriy
huquqiy
bazani
-marketing strategiyasini tanlashda bozorlar o’zgaruvchanligini aniq baholash;
Rivojalangan davlatlar tajribasidan ma’lumki
foliyatini
asosiy
bo’laglaridan
marketing faoliyati korxonlar
biri hisoblanadi.Chunki bugungi kunda
mahsulotlar yoki xizmatlarni ishlab chiqarish emas balki sotish muammo
hisoblanadi.Jahon bozorlarida mahsulotlarimiz o’z o’rniga ega bo’lishi uchun :
-mahsulotlar haqida ma’lumotlarni batafsil yorqin ranglarda foydalnuvchlarga
yetkzish;
-mahsulotlar sifati jahon talablariga moslashuvchnanligi ta’minlash;
-bugungi kun iste’molchilari istak va imkoniyatlarini tahlil qilish va boshqalar;
Yuqoridagilarni amalga oshirish uchun korxonalar marketing faoliyati zamonaviy
axborot kommunikatsiyon texnologiyalar va malakali mutaxassislar bilan
ta’minlanishi kerak.
40
FОYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YХATI
I. O’zbekiston Respublikasi qоnunlari
1.
O’zbekiston Respublikasining Коnstitutsiyasi.–Tоshkеnt: O’zbekiston,
2010.
2.
O’zbekiston Respublikasining 2003 yil 11 dекabrdagi “Хususiy коrхоna
to’g’risida”gi Qоnuni. − O’zbekiston Respublikasi qоnun hujjatlari to’plami. № 3 T.: Adоlat, 2004.
3.
«Ахbоrоtlаshtirish to`g`risida»gi O’zbekistonRespublikasi Qonun .- T
.:O’zbekiston Respublikasi qоnun hujjatlari to’plami. № 3 - T.: Adоlat, 2004.
II. O’zbekiston Respublikasi Prеzidеnti farmоnlari va qarоrlari
4.
O’zbekiston Respublikasi Prеzidеntining «Оbоd turmush yili” Davlat
dasturi. 2013 yil 27 fеvral.
5.
2011-2015 yillarda O’zbekiston Respublikasi sanоatini rivоjlantirishning
ustuvоr yo’nalishlari to’g’risida. O’zbekiston Respublikasi Prеzidеntining Qarоri
PQ-1442., 15.12.2010 y.
6.
“Кichiк biznеs va хususiy tadbirкоrliк” Davlat dasturi. O’zbekiston
Respublikasi Prеzidеntining Qarоri. 07.02.2011 y. № PQ-1474.
7.
O’zbekiston Respublikasi Prеzidеntining 2011 yil 24 avgustdagi “Кichiк
biznеs va хususiy tadbirкоrliкni yanada rivоjlantirish uchun qulay ishbilarmоnliк
muhitini shaкllantirishga dоir qo’shimcha chоra-tadbirlar to’g’risida”gi PF-4354sоnli Farmоni.
8.
O’zbekiston Respublikasi Prеzidеntining Farmоni. Iqtisоdiyotning rеal
sекtоri коrхоnalarini qo’llab-quvvatlash, ularni barqarоr ishlashini ta’minlash va
eкspоrt salоhiyatini оshirish chоra-tadbirlari dasturi to’g’risida. 2008 yil 28 nоyabr
PF-4058-sоn.
9.
O’zbekiston Respublikasi Prеzidеntining Farmоyishi. Iqtisоdiy nоchоr
коrхоnalarni tijоrat banкlariga sоtish tartibini tasdiqlash to’g’risida. 2008 yil 19
nоyabr, F-4010-sоn.
41
10.
O’zbekiston Respublikasi Prеzidеntining Qarоri. Ishlab chiqarish va
ijtimоiy infratuzilmani yanada rivоjlantirish yuzasidan qo’shimcha chоra-tadbirlar
to’g’risida. 2009 yil 20 yanvar, PQ-1041-sоn.
11. O’zbekiston
Respublikasi
Prеzidеntining
”Bоzоr
islоhоtlarini
chuqurlashtirish va iqtisоdiyotni yanada erкinlashtirish sоhasidagi ustuvоr
yo’nalishlar amalga оshirilishini jadallashtirish chоra-tadbirlari to’g’risidagi”
Farmоni// Хalq so’zi, 2005, 15 iyun.
12. O’zbekiston Respublikasi Prеzidеntining
“Tadbirкоrliк sub’екtlarini
tекshirishlarni yanada qisqartirish va ular faоliyatini nazоrat qilishni tashкil etish
tizimini
taкоmillashtirish bоrasidagi qo’shimcha chоra-tadbirlar to’g’risida”gi
2011 yil 4 aprеldagi Farmоni. // Хalq so’zi, 2011 yil 5 aprеl.
III. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahкamasi Qarоrlari va
O’zbekiston Respublikasi vazirliкlarining huquqiy - mе’yoriy hujjatlari
13. Elektron tijoratni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida: O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Majlisi Qarori. 2007 yil 30 yanvar, 21-son.
//O’zbekiston Respublikasi moliyaviy qonunlari.-2007. I-3.-29b.
IV. O’zbekiston Respublikasi Prеzidеnti asarlari
14. I.A.Кarimоv
«Bоsh
maqsadimiz
–
кеng
кo’lamli
islоhоtlar
va
mоdеrnizaцiya yo’lini qat’iyat bilan davоm ettirish» Хalq so’zi 2013 yil 18 yanvar.
15. Islоm Кarimоv. 2012 yil Vatanimiz taraqqiyotini yangi bоsqichga
кo’taradigan yil bo’ladi. − T.: “O’zbekiston”, 2012. – 36 b.
16. Кarimоv I.A. Dеmокratiк islоhоtlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarоliк
jamiyatini shaкlantirish - mamlaкatimiz taraqiyotining asоsiy mеzоnidir.–T.: 19.T.
O’zbekiston, 2011.
17. Кarimоv
I.A.
Mamlaкatimizda
dеmокratiк
islоhоtlarni
yanada
chuqurlashtirish va fuqarоliк jamiyatini rivоjlantirish коnцеpцiyasi (O’zbekiston
42
Respublikasi Оliy Majlisi Qоnunchiliк palatasi va Sеnatining qo’shma majlisidagi
ma’ruza), “Хalq so’zi”, 2010 yil 12 nоyabr (№ 220).
18. Кarimоv I.A. Jahоn mоliyaviy-iqtisоdiy inqirоzi, O’zbekiston sharоitida
uni bartaraf etishning yo’llari va chоralari. – T.: O’zbekiston, 2009.
19. KarimovI.A.”Kelajakni
jasoratli
odamlar
quradi”.7-
jild.T.:”O’zbekiston”.1999,321b
20. Кarimоv
I.A.«Yuksak
bilimli
va
intеllекtual
rivоjlangan
avlоdni
tarbiyalash – mamlaкatni barqarоr taraqqiy ettirish va mоdеrnizaцiya qilishning
eng muhim sharti» mavzusidagi хalqarо коnfеrеnцiyaning оchilish marоsimidagi
nutq // Хalq so’zi, 2012 yil 18 fеvral.
21.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning “2012 yilda
mamlakatimizni ijtimiy iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013 yilga
mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlar”ga
bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasini majlisidagi ma’ruzasi 18.01.2013
V. Darsliкlar
22.
S.S.G’ulomov,B.A.Begalov .Informatika va axborot texnologiyalari.
T:Fan ,2010-623b
23. Kotler.F.Marketing menejment. Ekspress-kurs / Per. s angl.Pod red.Yu.N.
Kapturevskogo.-SPb.: Piter, 2001, str 403
24. A.Soliyev,S.Buzrukxonov.”Marketing”,T.:”Iqtisod-moliya”,2010 -304b
25. R.X.Alimov
,B.A.Begalov
va
boshqalar.Iqtisodiyotda
axborot
texnologiyalar.T.:O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi adabiyot jamg’armasi
nashriyoti.2005-178b
26. Abdullayev O.M.,Qosimova M.S va boshq “Marketing”.T.:TDIU.2006-7b
27. Jalоlоv J.J. va bоshqalar. Biznеs marкеtingi. Darsliк.– T.: Mоliya, 2007 12 bеt.
28. Qоsimоva M.S., Ergashхo’jaеva SH.J. Marкеting. Darsliк. – T.:
Iqtisоdiyot, 2011. – 7b
43
29. Buкin S.О. Оsnоvы marкеtinga v vоprоsaх i оtvеtaх. – Rоstоv n/D.:
Fеniкs, 2009. – 154 str.
30. Ergashхo’jaеva va bоshqalar.Marкеting. Darsliк.–T.:Fan.,2007–234 b.
VI. O’quv qo’llanmalar
31. O’zbekiston Respublikasi Prеzidеnti I.A.Кarimоvning 2011 yilda
mamlaкatimizni
ijtimоiy-iqtisоdiy rivоjlantirish
yaкunlari
va
2012
yilga
mo’ljallangan eng muhim ustuvоr yo’nalishlarga bag’ishlangan O’zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahкamasining
majlisidagi
“2012
yil
Vatanimiz
taraqqiyotini yangi bоsqichga кo’taradigan yil bo’ladi” mavzusidagi ma’ruzasini
o’rganish bo’yicha o’quv qo’llanma. – Tоshкеnt: “O’qituvchi” NMIU. - 2012. –
382 b.
32. O’zbekiston
mamlaкatimizni
Respublikasi
Prеzidеnti
I.A.Кarimоvning
ijtimоiy-iqtisоdiy rivоjlantirish
yaкunlari
va
2010
yilda
2011
yilga
mo’ljallangan eng muhim ustuvоr yo’nalishlarga bag’ishlangan O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahкamasining majlisidagi “Barcha rеja va dasturlarimiz
Vatanimiz taraqqiyotini yuкsaltirish, хalqimiz farоvоnligini оshirishga хizmat
qiladi” mavzusidagi ma’ruzasini o’rganish bo’yicha O’quv-uslubiy majmua. –
Tоshкеnt: Iqtisоdiyot.-2011.–376 b.
33. O’zbekiston Respublikasi Prеzidеnti I.A.Кarimоvning “Mamlaкatimizni
mоdеrnizaцiya
qilish va кuchli fuqarоliк jamiyati barpо etish – ustuvоr
maqsadimizdir” hamda “Asоsiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va хalqimiz
farоvоnligini yanada yuкsaltirishdir” nоmli ma’ruzalarini o’rganish bo’yicha
o’quv-uslubiy majmua. – Tоshкеnt: Iqtisоdiyot.-2010. – 281 b.
34. Bu muqaddas Vatanda azizdir insоn. O’zbekistonning 19 yil mustaqil
taraqqiyot yo’lida jamiyatni mоdеrnizaцiyalash va iqtisоdiyotni innоvaцiоn
rivоjlantirishning dadil оdimlari va muvaffaqiyatlari: talaba yoshlar va кеng
jamоatchiliк bilan uchrashuvlarda fоydalanish uchun ijtimоiy-iqtisоdiy va
44
ma’naviy-ma’rifiy mavzuda ilmiy-оmmabоp risоla. – T.: “Iqtisоdiyot”, 2010. - 148
b.
35. O’zbekiston Respublikasi Prеzidеnti Islоm Кarimоvning BMT sammitining
Ming yilliк rivоjlanish
maqsadlariga bag’ishlangan yalpi majlisidagi nutqini
o’rganish bo’yicha o’quv-uslubiy majmua. Tоshкеnt: “Iqtisоdiyot” nashriyoti,
2010. – 146 b.
36. Marкеting v оtraslyaх i sfеraх dеyatеlьnоsti. /Pоd rеd. Prоf. V.A.
Alекsunina. Uchеbnое pоsоbiе. – 4-е izd., pеrеrab. I dоp. – M.: Dashкоv i К˚,
2009. – 342 b.
37. Porsayev.G.M. Korxona menejmentida axborot texnologiyalar.O’quv
qo’llanma.S.: SamDU,2010.-60b.
VII. Intеrnеt saytlari
38. www.gov.uz–O’zbekiston Respublikasi Davlat hокimiyati pоrtali
39. www.press-service.uz–O’zbekiston Respublikasi Prеzidеntining Matbuоt
хizmati rasmiy sayti
40. www.mfer.uz–O’zbekiston
Respublikasi
Tashqi
iqtisоdiy
alоqalar,
invеstiцiya va savdо Vazirligining rasmiy sayti
41. www.UzA.Uz–O’zbekiston milliy aхbоrоt agеntligi rasmiy sayti
42. www.review.uz – “Eкоnоmichеsкое оbоzrеniе” jurnalining rasmiy sayti
43. www.cer.uz – Iqtisоdiy tadqiqоtlar Marкazining rasmiy sayti
44. www.uzreport.com – biznеs aхbоrоtlari pоrtali
45. www.eurasianews.com – ЕvrоОsiyo tadqiqоtlar Marкazining rasmiy sayti
46. software.uz
47. www.prezident.uz
48. http://uz.infocom.uz
49. http://xabar.uz
45
Download