2-Mavzu: Korxona va tashkilotlar moliyasi. Reja: 1. Korxona moliyasini tashkil qilish asoslari. 2. Korxonaning ammortizatsiya siyosati 3. Moliyaviy hisobot – xo‘jalik sub’ektlari to‘g‘risida ma’lumot olishning manbai sifatida. 1. Korxona moliyasini tashkil qilish asoslari. Moliya iqtisodiy kategoriya sifatida jamiyat mikyosida yaratilgan milliy daromadni taqismlash va qayta taqsimlash, pul fondlarini shakllantirish va shakllantirilgan pul fondlaridan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan pul munosabatlarni anglatib ikki yirik sohaga: davlat moliyasi va korxonalar moliyasiga bo‘linadi. Davlat moliyasining bosh markazida jamiyat a’zolari tomonidan yaratilgan milliy daromadni taqsimlanish jarayoni turadigan bo‘lsa, korxonalar moliyasining markazida sotuvdan tushgan tushum turadi. Shuning uchun ham mahsulot sotuvidan, ko‘rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlardan tushgan tushum shakllanishi va uning taqsimlanish jarayoni korxonalarda moliyaviy munosabatlarni shakllanishini asosi hisoblanadi. Chunonchi, aksariyat moliyachi-iqtisodchilar takror ishlab chiqarish jarayonining taqsimlash va ayirboshlash boskichlari korxonaning moliyaviy faoliyatini boshlanish boskichi hisoblanadi deb ta’kidlaydilar. Umuman korxonalarda mavjud ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonini hamma bosqichlarini 3 turga: investitsion faoliyat, operatsion faoliyat va moliyaviy faoliyat kabi turlarga ajratishimiz mumkin. Investitsion faoliyat mahsulot ishlab chiqarish uchun zaruriy asosiy va aylanma kapitallarni shakllantirish uchun amalga oshiriladigan investitsion faoliyat bilan bog‘liq jarayonni o‘z ichiga oladi. Operatsion jarayon esa mahsulot ishlab chiqarish davri yoki mahsulot ishlab chiqarish texnologik jarayonlari bilan bog‘liq hisoblanadi. Moliyaviy faoliyat esa ishlab chiqarilgan mahsulotni sotuvidan tushgan tushumni taqsimlanishi natijasida markazlashtirilgan va markazlashtirimagan pul fondlarini shakllantirish bilan bog‘liq munosabatlarni o‘z ichiga olib korxona iqtisodiy moliyaviy faoliyatining haqikiy natijalarini baholab beruvchi jarayon hisoblanadi. Moliya taqsimlanish munosabatlarini o‘zida aks ettirishi bilan ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonining hamma boskichlarida ishtirok etadi. Korxonalar moliyasining mavjudligi bozor munosabatlarining mavjudligi va qiymat qonunining amal qilishi bilan belgilanadi. Ishlab chiqarilgan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlarning realizasyasi tovar qiymatining puldagi ifodasi hisoblanuvchi narxlar bo‘yicha pulga sotish va sotib olish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Ammo pulning o‘zigina moliyaviy munosabatlarni yoki moliyani anglatmaydi. Pul boshqa tovarlarni qiymatini o‘zida aks ettiruvchi maxsus tovargina hisoblanadi va uning muomalasi sodir bo‘ladi. Moliya iqtisodiy munosabatlar hisoblanib pul aylanishi vositasida amalga oshiriladi. Bu moliyaning pul munosabatlaridan iborat xususiyatli belgisi hisoblanadi. Tovarlar sotuvi natijasida olingan pul tushumlarining taqsimlanishi natijasida korxonalarda turli xo‘jalik sub’ektlari bilan o‘zaro moliyaviy munosabatlar yuzaga keladi. Bunday moliyaviy munosabatlar yaratilgan tovarlarning qiymati nuqtai nazaridan o‘zaro unda ishtirok etuvchilar o‘rtasidagi taqsimot munosabatlari yuzasidan sodir bo‘ladi. Xususan iqtisodiy nazariyada tovar bilan mahsulotning asosiy farqli jihatlari sotish uchun mo‘lljallangan mahsulotlargina tovar harakterini olishi va bundan tovarlar ijtimoiy harakter kasb etishini ta’kidlab utiladi. Shuning uchun ham har qanday ishlab chiqarilgan tovarlar, ularni sotib oluvchilar, mahsulot yetkazib beruvchilar, turli xil xizmat ko‘rsatuvchilar va davlat byudjeti o‘rtasida qiymat taqsimot munosabatlari amalga oshiriladi. Buni quyidagi chizma asosida ko‘rib o‘tamiz. Har qanday pul munosabatlari ham moliyaviy munosabatlar hisoblanavermaydi. Masalan, bank kreditlarini olish va ularni qaytarish jarayoni, kreditorlik qarzlarni qaytarish jarayonidagi munosabatlarni moliyaviy munosabatlarga kirita olmaymiz. Moliyaviy munosabatlarning yagona o‘ziga hos belgilari, ularning yaratilgan qiymatni taqsimlash xususiyati bilan belgilanadi. Tovarlar sotuvidan tushgan tushum taqsimlanishi natijasida vujudga keladigan moliyaviy munosabatlar qatoriga quyidagilar kiritiladi: - sotuvdan tushumga ega bo‘lgan korxonalar va hamma turdagi byudjetga to‘lovlar; - korxonalar bilan byudjetdan tashqari pul fondlari o‘rtasidagi o‘zaro pul munosabatlari; - korxonalar bilan banklar o‘rtasidagi kredit foizlarini qaytarish bilan bog‘liq pul munosabatlar; - korxonalar o‘rtasidagi xom ashyo sotib olish, yoqilg‘i va boshqa moddiy mahsulot sotib olish jarayonidagi pul munosabatlar va boshqalar; - korxonalar bilan sug‘urta tashkilotlari o‘rtasidagi sug‘urta fondini tashkil qilish va undan foydalanish bilan bog‘liq pul munosabatlar; - boshqa korxonalar fondli qiymatliklariga investitsiya qilish natijasida olingan dividendlar va foizlar olish bilan bog‘liq pul munosabatlar; Korxonalarda ishlab chiqarilgan tovarlar iste’molchilar yoki sotib oluvchilar tomonidan sarflangan mehnatning puldagi ifodasi ya’ni tovar bahosi asosida o‘zaro tovarda gavdalangan qiymat sifatida almashinadi va natijada sotib oluvchilar bilan o‘zaro pul munosabatlari vujudga keladi. Shuningdek yaratilgan tovarlarni ishlab chiqarish uchun zaruriy xom ashyo harajatlari yetkazib beruvchilar tomonidan yetkazib beriladi va korxonalarda boshqa korxonalar bilan o‘zaro qiymatni taqsimlanishi mexanizmida moliyaviy munosabatlar vujudga keladi. 2. Korxonaning ammortizatsiya siyosati Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar iqtisodiy faoliyatining mustahkamligi moliyaviy mablag‘larni tashkil etish va moliyaviy resurslarni harakatini samarali tashkil etish orqali erishiladi. Moliyaviy mablag‘larni shakllanishi va ishlatilishi mexanizmi ularning mohiyatini tushunishni, amaliyotda moliyaviy menejement uslublari va ko‘rsatmalaridan, shu jumladan moliyaviy tahlil va rejalashtirish kabilardan foydalanishni talab etadi. Shakllanayotgan bozor iqtisodiyoti ob’ektiv taraqqiyotining shiddatliligi va o‘tish davriga hos ziddiyatlarning mavjudligi ko‘pchilik korxonalarni to‘lovga layoqatsizlikka va inqirozga yuz tutishga olib keladi. Bu sharoitlarda moliyaviy mablag‘larning mohiyatini faqatgina pul mablag‘larining tashkil topish manbai sifatida tushunish ularning bozor iqtisodiyoti shakllanishi va tadbirkorlik faoliyatining taraqqiyotidagi roli va ahamiyatini to‘la yorita olish imkoniyatini bermaydi, hamda korxonalar moliyaviy mablag‘larni okilona boshqarishning ahamiyatini tushunib yetmaslikka olib keladi. Shunday qilib korxonalar moliyaviy mablag‘lari mohiyatini urganish va ularni yanada samaralirok harakatini tashkil etish yo‘llarini qidirib topish xo‘jalik amaliyoti nazariyasi uchun dolzarb ahamiyatga ega. Iqtisodiy islohotlar sharoitida korxonalarning meyordagi faoliyatiga ularning ixtiyorida yetarli miqdordagi moliyaviy mablag‘larsiz erishib bo‘lmaydi. Korxonalarda moliyaviy mablag‘larning yetarliligi uning hamkor sifatida mol yetkazib beruvchilar bilan munosabatlarida to‘lovga layoqatliligi garovi hamda sotib oluvchilar oldidagi majburiyatlarining bajarilishi byudjetga va byudjetdan tashqari fondlarga to‘lovlarning va kredit qaytarilishining o‘z vaqtidaligini ta’minlash kafolatidir. Bozor munosabatlari shakllanayotgan hozirgi sharoitda korxonalar to‘lovga layoqatliligi muammosi jiddiy va iqtisodiyotni markazlashgan holda boshqarish davridagidan ham o‘ta dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Mol yetkazib beruvchilar uchun hissadorlar uchun, banklar kreditlari uchun bozordagi raqobat kurashida majburiyatlarini vaqtida bajara oladigan va moliyaviy mablag‘lardan samarali foydalanadigan korxona yutib chiqadi. Shunday qilib, korxona to‘lovga layoqatliligi muammosining keskinlashuvi va bu bilan bog‘liq tarzda moliyaviy mablag‘lar rolining o‘sishi moliyaviy mablag‘larning mazmunini, shakllanish va ishlatilish jarayonini tushunishga yangicha yondashuvni hamda ularni boshqarishni takomillashtirishning asosiy yo‘llarini beliglaydi. Moliyaviy mablag‘lar tashkil topish shakllari va usullari (daromadlar va tushumlar) ulardan foydalanish shakllari va usullari (pul mablag‘lari fondlari) singari korxonalar moliyaviy mablag‘lari o‘sishi uchun bir xilda muhim ahamiyatga ega biroq, pul mablag‘lari fondlari moliyaviy mablag‘lar ishlatilishining yagona yo‘nalishi emasdir. Ularning bir qismi mazkur fondlar doiraviy aylanishining uzluksizligini ta’minlashga xizmat qiladi. Bundan tashqari, moliyaviy mablag‘lar butunlay ishlatilmasligi yoki fondlar tashkil kilmasdan ham ishlatilishi mumkin. Moliyaviy mablag‘larni pul mablag‘lari manbalari sifatida, ya’ni ularning tashkil topish shakllari va usullariga ko‘ra tushunish, bizning fikrimizcha, hozirgi zamon haqiqatlarini to‘la hisobga olmayotir. Mahsulot yuklab jo‘natish bo‘yicha sotish operatsiyasini buxgalteriya hisobida aks ettiruvchi korxonalar moliyaviy mablag‘larini muhim manbai bo‘lgan foydaga ega bo‘lishlari mumkin. Biroq bu hali korxonaning byudjetga, byudjetdan tashqari fondlarga mol yetkazib beruvchilarga to‘lovlarning o‘z vaqtida o‘tkazilishi imkoniyatlarini kafolatlamaydi. Korxonalar moliyaviy mablag‘larini faqat qiymat kategoriyasi sifatida tushunish samarali tadbirkorlik faoliyati uchun ularni ahamiyatini to‘la aks ettirmaydi. Shunga ko‘ra, korxonalar moliyaviy mablag‘lari mazmunini ularning o‘z majburiyatlri bo‘yicha vaqtida hisob-kitob qilishlariga hamda takror ishlab chiqarishni tashkil etishga imkon beruvchi pul mablag‘larining yigindisi sifatida tushunish mumkin. Bu o‘rinda “Xo‘jalik I.T.Balabanovning yurituvchi sub’ekt moliyaviy mablag‘larini uning ixtiyorida mavjud bo‘lgan pul mablag‘lari tashkil etadi”1 degan fikrga qo‘shilish mumkin. Moliyaviy mablag‘lar mohiyatini shunday talqin etishning yana bir yorqin misolini E.A.Kozlovskaya boshliq mualliflar fikrida ko‘rish mumkin “korxonaning moliyaviy mablag‘lari -uning ixtiyorida bo‘lgan va turli moliyaviy majburiyatlarini bajarish va kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bo‘yicha va xodimlarni iqtisodiy rag‘batlantirish bo‘yicha harajatlarni amalga oshirishga qaratilgan pul daromadlari va tushumlaridir”. Biroq, shunga alohida etibor berish lozimki rivojlangan bozor iqtisodiyoti mamlakatlarida “Pul mablag‘lari” tushunchasi ostida korxonaning bevosita uning kassasi va bankdagi hisob raqamlaridagi pul mablag‘lari hamda qimmatbaho qog‘ozlarda ifodalanuvchi qisqa muddatli yuqori likvidli sarmoyalar sifatidagi pul ekvivalentlari tushuniladi. Albatta moliyaviy bozorning rivojlanib borishi bilan bizning mamlakatimiz iqtisodiyotida ham qimmatbaho qog‘ozlarning qisqa muddatli va yuqori likvidli turlari o‘z o‘rnini egallaydi. Korxonalar moliyaviy mablag‘larini pul mablag‘lari summasi va korxonalar ixtiyoridagi pul ekvivalentlarining yigindisi sifatida tushunish bilan birga bizning fikrimizcha moliyaviy mablag‘larning dinamik harakatchanligini ya’ni ularning shakllanishi va ulardan foydalanish jarayonida doimo o‘zgaruvchanligini ham alohida belgilab utish lozim. Moliyaviy mablag‘larni ularning harakati jarayonidan ajratilmagan holda ko‘rib chiqish imkoniyatining yukligi shu bilan belgilanadiki mablag‘larning alohida olingan bir sharoitdagi holatini uning harakati natijasidir. Korxonaning barcha joriy va uzoq muddatli majburiy to‘lovlarining o‘z vaqtidaligini ta’minlash uchun moliyaviy boshqarish zaruriyati vujudga keladi. 1 И.Т.Балабанов. Финансы предприятий. Москва. Инфра 2001 г. mablag‘lar harakati jarayonini Moliyaviy mablag‘larning dastlabki shakllanishi korxona ta’sischilari tomonidan uning ustav fondi tashkil etilayotgan vaqtga to‘g‘ri keladi. Korxona ustav fondining tashkil topishi manbaiga xo‘jalik yuritishning tashkiliy huquqiy shakllariga ko‘ra quyidagilar kiradi: -shaxsiy jamg‘armalar (xususiy korxona uchun); -hissadorlik kapitali; -shirkatlar yoki mas’uliyati cheklangan jamiyatlar a’zolarining pay badallari; -byudjet mablag‘lari uzoq muddatli kredit. Moliyaviy mablag‘larning ishlatilishi qator yo‘nalishlar bo‘yicha olib boriladiki ularning asosiylari qo‘yidagilar: -moliya-bank tizimi muassasalariga to‘lovlar (soliq va to‘lovlar, kredit uchun foiz to‘lovlar, kreditning qaytarilishi, sug‘urta to‘lovlari va x.k.); Korxona o‘z mablag‘larining ishlab chiqarishni kengaytirish texnik qayta kurollantirish bilan bog‘liq holda kapital harajatlarga investitsiya qilinishi -shablag‘larning qimmatbaho qog‘ozlarga investitsiya qilinishi; -moddiy rag‘batlantirish va sotsial - madaniy maqsadlar uchun fondlarni tashkil etilishi; -hayriya exson maqsadlari va boshqalar. Moliyaviy mablag‘lar bu davlat va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar qo‘lida tashkil topuvchi pul daromadlari, jamg‘armalar va tushumlardir. Ular kengaytirilgan ishlab chiqarish ta’minlash, turli xil faoliyatlarni moddiy rag‘batlantirish, ijtimoiy extiyojlarni kondirish, mudofaa extiyojlari va davlat boshqaruvi uchun mo‘ljallanadi. Moliyaviy mablag‘lar moliyaviy munosabatlarni moddiy asosi hisoblanadi. Moliyaviy mablag‘lar ikki turda bo‘ladi. 1) Makromablag‘lar, ular umumdavlat miqyosida tashkil topadi. 2) Mikromablag‘lar, ya’ni xo‘jalik sub’ektlari moliyaviy mablag‘lari. “Korxona moliyaviy mablag‘lari bu xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ixtiyorlarida bo‘lgan va moliyaviy majburiyatlarni bajarishga, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishga doir harajatlarni amalga oshirishiga va korxona xodimlarini iqtisodiy rag‘batlantirishga mo‘lljallangan pul daromadlari va tushumlaridir”. Korxonalar moliyaviy mablag‘lar hisobidan o‘z-o‘zini moliyalashtiradi: Korxona moliyaviy mablag‘lari bir qancha manbalar hisobiga shakllanadi. Bu manbalarning ko‘pgina olimlari o‘z asarlarida sanab utishgan. Jumladan, V.A.Chjen Korxona moliyaviy mablag‘larini 3 guruhga bo‘lib ko‘rsatdi: O‘z mablag‘lari hamda ularga tenglashtirilgan mablag‘lar; moliyaviy bozorga safarbar qilinadiganlardan tushgan mablag‘lar va qayta taqsimlash tartibida tushuvchi moliyaviy mablag‘lar. A.Ulmasov va M. Sharifxujaevlar esa moliyaviy mablag‘lar manbalarini birma bir tulik keltiradilar. Olimlarning fikrlarini solishtirib shuni anglash mumkinki, ular bir-biridan unchalik fark kilmaydi. Bu fikrlarni jamlab moliyaviy mablag‘lar manbalarini qo‘yidagicha tasvirlash mumkin. Moliyaviy mablag‘larning dastlabki shakllanishi ustav fondi hisobiga amalga oshiriladi. Ixtiyoriy xo‘jalik yurituvchi subektning iqtisodiy shakllanishi asosiy va aylanma mablag‘larini tashkil etish bilan boshlanadi va ularni qiymati ustav fondi miqdorini ko‘rsatadi. Ustav fondi xo‘jalik yurituvchi sub’ektning xayotiy faoliyatini ta’minlash maqsadida uning ta’sischilari tomonidan kuyilgan ulushlari yig‘indisini ifodalaydi. Binolar, inshootlar, jixozlar va boshqa moddiy boyliklar: yerdan, suvdan va boshqa tabiiy boyliklardan foydalanish huquqini, shuningdek boshqa mulkiy huquq; qo‘shma korxona katnashchilarining mamlakati milliy valyutasidagi pul mablag‘lari korxonaning ustav sarmoyasi jumlasiga kiritilishi mumkin. Moliyaviy mablag‘larning asosiy manbai bo‘lib tayyor maxsulotni sotishdan, xizmatlar ko‘rsatish va ishlar bajarilishidan olingan tushum hisoblanadi. U qayta taqsimlash jarayonida korxona pul daromadlari shaklini oladi. Daromadlar korxonalarning odatdagi xo‘jalik faoliyati tufayli aktivlarning ko‘payishi yoki korxona majburyatlarining kamayishi bo‘lib, o‘z sarmoyasining ko‘payishiga olib keladi. Moliyaviy mablag‘lar asosan foyda hisobidan shakllanadi. “Foyda kapital va ishbilarmonlik qobiliyatini ishga solib akl-idrok bilan ish yuritib, xatarli ishga tavakkal qo‘l urganligi uchun tegadigan moliyaviy mablag‘ hisoblanadi”. Foyda shakllanishi korxona faoliyatini eng muhim tomonidir. Foyda massasi natijani tashkil etadi va korxona faoliyati ko‘lamini ko‘rsatadi. Foydani harajatlar bilan taqqoslash korxona faoliyatini samaradorligini tavsiflaydi. Foyda o‘z asosiga ko‘ra 2qismdan iboratdir: real va potensial foyda Real foyda-mahsulot sotishdan tushgan tushum bilan ishlab chiqarishga ketgan harajatlar o‘rtasidagi farqdir. Potensial-foyda korxonaning sotishdan tashqari faoliyati qiymati vaqt davomida bilan bog‘liq bo‘lib, o‘zgaradigan aktivlardan (qimmatbaho qog‘ozlardan olinadigan daromad, mulkni ijaraga berishdan olinadigan daromad va hokazo) shakllanadi. Foydaning shakllanishi omillarini tashkil qiladi va firma ichini 2 guruhga bo‘lish mumkin. Tashqi omillar umum iqtisodiy holat inflyatsiya darajasi, ayrim tovar bozorlarning o‘ziga hos xususiyatlariga bog‘liq. Foydaning ichki omillari qo‘yidagilardan iborat: -Asosiy ishlab chiqarish faoliyati va sotishdan tashqari daromadlar; -Innovatsiyalarni tadbiq qilish; -Tavakkalchilikni boshqarish; Mehnat jamoasining bo‘sh pul mablag‘larni jalb etishi moliyaviy mablag‘larni kushimcha manbai bo‘lishi mumkin. Ikkilamchi emissiya aksiyalarni, chiqarilgan obligatsiyalarni va boshqa xil qimmatli qog‘ozlarni sotish hissadorlik jamiyatlarida moliyaviy mablag‘larning yana bir manbai bo‘lishi mumkin. qimmatli qog‘ozlar bozorini shakllantirish jarayonida moliyaviy mablag‘lar hosil bo‘lishini boshqa elementlarning qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha dividendlar va foizlari, shuningdek qimmatli qog‘ozlar bilan o‘tkazilgan operatsiyalarda musbat kurs tafovutiga erishilishi singari yangi manbalari paydo bo‘ladi. Ixtyoriy korxonada ishlab chiqarish jarayonining moddiy texnika asosi bo‘lib asosiy ishlab chiqarish fondlari hisoblanadi. Asosiy fondlarning dastlabki shakillanishi, amal qilishi va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni amalga oshirish, bevosita moliyaviy mablag‘lar ishtirokida amalga oshiriladi. Asosiy fondlarning ishlab chiqarish jarayonida qatnashishga qarab ularni qiymati 2 ga bo‘linadi: 1) Mahsulot tarkibiga kirib ketuvchi eskirish qiymati. 2) Amal qilayotgan asosiy fondlarning qoldik qiymati. Asosiy fondlarning eskirgan qiymati mahsulot sotuvi davomida sekin astalik bilan maxsus amortizatsiya fondida pul shaklida jamlanadi. Asosiy vositalarning eskirishi ularni belgilangan xizmat muddati davomida hisoblanadi. Sarflash zaruriyati esa ularni haqiqiy hisobdan chiqarilganda paydo bo‘ladi. Shuning uchun ekspulatatsiyadan chiqarilgan asosiy fondlarni almashtirilguncha hisoblangan amortizatsiya ajratmalari vaqtincha bush hisoblanadi va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni qo‘shimcha manbai sifatida ishlatilishi mumkin. Korxona tomonidan amortizatsiyani hisoblash usulini tanlash moliyaviy resurlar shakllanishi uchun katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Chunki bu korxonaning asosiy moliyaviy proporsiyasiga uning sof foydasiga va pul muomalasiga, mablag‘ bilan ta’minlashning ichki tuzilishiga ta’sir ko‘rsatadi. Amortizatsiya hisoblash uchun O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi milliy andozasini 22-28 chi bandlarida ko‘rsatib utilgan. Bunga ko‘ra amortizatsiya hisoblashni quyidagi usullari ajratib ko‘rsatiladi. 1) Amortizatsiyani baravar hisoblash usuli. 2) Ishlab chiqarish usuli. 3) Jadaldashtirilgan amortizatsiya usuli. 3. Moliyaviy hisobot – xo‘jalik sub’ektlari to‘g‘risida ma’lumot olishning manbai sifatida. Jamiyatimiz taraqqiyotining bosh omillaridan biri milliy daromadni yaratuvchanlik faoliyatida ishtirok etuvchi xo‘jalik sub’ektlari faoliyatini samaradorligini oshirish va amaldagi iqtisodiy islohotlar ustivor yo‘nalishlaridan kelib chiqqan holda tadbirkorlik faoliyatini keng kulamda rag‘batlantirish, milliy valyuta barqarorligini ta’minlash, mamlakat milliy iqtisodiyotining eksport potensialini oshirish kabi makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash yo‘nalishidagi islohotlar hisoblanadi. Buning uchun esa turli xil mulk shakllarida faoliyat yurituvchi xo‘jalik sub’ektlarida tadbrkorlik faoliyatini rag‘batlantirish va ularnin ishlab chiqarish jarayoni samarasini o‘sishidan manfaatdorligini oshirish bo‘yicha yetarli moliyaviy iqtisodiy zamin yaratilish lozim. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tijorat asosida faoliyat yurituvchi har qanday xo‘jalik sub’ektlari moliyaviy iqtisodiy faoliyatini belgilab beruvchi bosh omillaridan biri ishlab chiqarilgan mahsulot sotuvi, ko‘rsatilgan xizmatlar va bajarilgan ishlar bo‘yicha olingan pul tushumlari hisoblanadi. Mahsulot sotuvidan tushumning iqtisodiy mazmuni, birinchidan, ijtimoiy takror ishlab chiqarishning iqtisodiy-moliyaviy natijalarini puldagi aks etishi hisoblanadi. Shuningdek mahsulot sotuvidan tushum takror ishlab chiqarish jarayonidagi yaratilgan tovarlarning abstrakt va konkret mehnatini o‘zida aks ettiradi ya’ni takror ishlab chiqarish jarayonining qayta ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash, iste’mol boskichlaridagi harajatlarning hamma elementlarini va foydani ya’ni yangidan yaratilgan qiymatni o‘z ichiga oluvchi asosiy moliyaviy kategoriya hisoblanadi. Ma’lumki, ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayoni tayyor mahsulotni iste’molchilarga yetkazib berish bilan tugallanadi. Bozor munosabatlari sharoitida bu jaraen tayer tovarlarni qiymatini o‘zaro ayirboshlash jaraeni natijasida sotuv qilinishi bilan belgilanadi. Tovarlar sotuvi ishlab chiqarish jaraenining muvaffakiyatli tugallanishini asosiy ko‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi va bir vaqtning o‘zida korxonaning me’yordagidek xo‘jalik faoliyatini yuritishda muhim hisoblanuvchi aylanma mablag‘larini aylanishining tugallangan boskichi hisoblanadi. Sotuv qilingan tovarlar iste’molchilarga yuborilgan yeki korxonalar tomonidan turlicha pul shaklida tushumga ega bo‘lgan tayyor tovarlar hisoblanadi. Mahsulot sotuvidan tushum o‘zida sotuv qilingan tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar hisobiga korxona hisob raqamiga kelib tushgan pul mablag‘lari yigindisini o‘zida aks ettiradi. Mahsulot sotuvidan tushum korxonaning pul daromadlarini asosiy manbai hisoblanadi. Sotuvdan tushum muhim moliyaviy kategoriya sifatida tovarlar yetkazib beruvchi va iste’molchi o‘rtasidagi pul munosabatlarini o‘zida aks ettiradi.