Uploaded by Farhod Soatov

Byudjet hisoboti BH-3 Soatov Farhod

advertisement
SOLIQLAR VA BOSHQA MAJBURIY
TO’LOVLAR TUSHUMLARI
BO’YICHA SOLISHTIRISH
DALOLATNOMALARINI TUZISH
Topshirdi: BH-3 talabasi Soatov Farhod
Qabul qildi: PhD. Hamidova Z.U
Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar
tushumlari bo’yicha solishtirish
dalolatnomalari “O’zbekiston Respublikasi
Davlat byudjetiga va davlat maqsadli
jamg’armalari byudjetlariga soliqlar va
boshqa majburiy to’lovlarning hisoblanishi va
tushumlari to’g’risidagi hisobotlar, tushumlar
bo’yicha solishtirish dalolatnomalarni tuzish
hamda taqdim qilish tartibi to’g’risidagi
Nizom” ga asosan tuziladi.
Mazkur nizomga muvofiq Tuman (shahar) davlat soliq
inspektsiyalari tomonidan hisobot davri uchun ularda
mavjud ma’lumotlar hamda belgilangan tartibda tuzilgan va
kelishilgan solishtirish dalolatnomalari asosida:
Davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamg’armalari
byudjetlariga soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning
hisoblanishi to’g’risidagi hisobotlar tayyorlanib, har chorakda
choraklik hisobotlarni topshirishning oxirgi muddatidan
keyingi oyning o’ninchi ish kuniga (yil yakuni bo’yicha yillik
hisobotlarni topshirishning oxirgi muddatidan keyingi oyning
o’ninchi ish kuniga) qadar qog’oz shaklda;
Davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamg’armalari
byudjetlariga soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning
tushumlari to’g’risidagi hisobotlar tayyorlanib, har oyda
hisobot oyidan keyingi oyning o’ninchi ish kuniga qadar
tegishli tuman (shahar) hokimliklarining moliya bo’limlariga
elektron shaklda (har chorakda hisobot choragidan keyingi
oyning o’ninchi ish kuniga qadar qog’oz shaklda) taqdim
etiladi.
Tuman (shahar) davlat soliq inspektsiyalari
tomonidan tayyorlangan hisobotlarning
elektron shakli tuman (shahar)
hokimliklarining moliya bo’limlariga taqdim
etish belgilangan muddatlarda, O’zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi
byudjetdan tashqari Pensiya
jamg’armasining tegishli tuman (shahar)
bo’linmalariga taqdim qilinadi.
Davlat byudjetiga va
davlat maqsadli
jamg’armalari
byudjetlariga soliqlar va
boshqa majburiy
to’lovlarning hisoblanishi
to’g’risidagi hisobotlar
tayyorlanib, har
chorakda choraklik
hisobotlarni
topshirishning oxirgi
muddatidan keyingi
oyning o’ninchi ish
kuniga (yil yakuni
bo’yicha yillik
hisobotlarni
topshirishning oxirgi
muddatidan keyingi
oyning o’ninchi ish
kuniga) qadar qog’oz
shaklda
Davlat soliq
boshqarmasi
hisobot davri
uchun ularda
mavjud
ma’lumotlar
hamda
belgilangan
tartibda
tuzilgan va
kelishilgan
solishtirish
dalolatnomala
ri asosida:
Davlat byudjetiga va
davlat maqsadli
jamg’armalari
byudjetlariga soliqlar va
boshqa majburiy
to’lovlarning tushumi
to’g’risidagi hisobotlar
tayyorlanib, har oyda
hisobot oyidan keyingi
oyning o’n beshinchi ish
kuniga qadar
Qoraqalpog’iston
Respublikasining Moliya
vazirligi, viloyatlar va
Toshkent shahar
hokimliklarining moliya
boshqarmalariga
elektron shaklda (har
chorakda hisobot
choragidan keyingi
oyning o’n beshinchi ish
kuniga qadar qog’oz
shaklda) taqdim etiladi
Davlat
byudjetiga
boshqa
majburiy
to’lovlarning
tushumlari
to’g’risidagi
hisobot
tayyorlanib, har
oyda hisobot
oyidan keyingi
oyning o’n
beshinchi ish
kuniga qadar
Qoraqalpog’isto
n
Respublikasinin
g Moliya
vazirligi,
viloyatlar va
Toshkent
shahar
hokimliklarinin
g moliya
boshqarmalarig
a taqdim etiladi
Davlat
byudjetiga
boshqa
majburiy
to’lovlarning
hisoblanishi
to’g’risidagi
hisobot
tayyorlanib, har
chorakda
hisobot
choragidan
keyingi oyning
o’n beshinchi
ish kuniga qadar
O’zbekiston
Respublikasi
Davlat bojxona
qo’mitasining
hududiy
boshqarmalari va
ularga
tenglashtirilgan
tarkibiy
tuzilmalari
tomonidan
hisobot davri
uchun ularda
mavjud
ma’lumotlar
hamda
belgilangan
tartibda tuzilgan
va kelishilgan
solishtirish
dalolatnomalari
asosida
O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasi
tomonidan davlat bojxona organlarida mavjud ma’lumotlar,
ularning hisobotlari belgilangan tartibda tuzilgan va
kelishilgan solishtirish dalolatnomalari asosida:
Davlat byudjetiga boshqa majburiy to’lovlarning hisoblanishi
to’g’risidagi hisobot tayyorlanib, har chorakda hisobot
choragidan keyingi oyning o’n ettinchi ish kuniga qadar;
Davlat byudjetiga boshqa majburiy to’lovlarning tushumlari
to’g’risidagi hisobot tayyorlanib, har oyda hisobot oyidan
keyingi oyning o’n ettinchi ish kuniga qadar (operativ
hisobotlardan tashqari), O’zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligiga taqdim etiladi.
Elektron shaklda tuzilgan Davlat byudjeti va davlat maqsadli
jamg’armalari byudjetlarining hisobot davrida tushgan
daromadlari bo’yicha ma’lumot O’zbekiston Respublikasi
Markaziy banki tomonidan elektron shaklda O’zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligiga kunlik taqdim etib boriladi.
Davlat byudjetiga 23402 —
«Respublika byudjetining mablag’lari»
balans hisobvarag’i orqali tushgan
tushumlar bo’yicha
Tuman
(shahar) davlat
soliq
inspektsiyalari
tomonidan
hisobot oyidan
keyingi oyning
uchinchi ish
kuniga qadar
Pensiya jamg’armasiga tushumlar
bo’yicha
O’zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi huzuridagi byudjetdan
tashqari Umumta’lim maktablari,
kasb-hunar kollejlari, akademik
litseylar va tibbiyot muassasalarini
rekonstruktsiya qilish, mukammal
ta’mirlash va jihozlash jamg’armasiga
tushumlar bo’yicha solishtirish
dalolatnomalari tuziladi
Respublika yo’l jamg’armasiga tushumlar
bo’yicha
Solishtirish dalolatnomalari xizmat ko’rsatuvchi
bank ko’chirmalarida ko’rsatilgan ma’lumotlar
asosida tayyorlanib, tegishli davlat soliq
inspektsiyasi rahbari tomonidan imzolangandan
keyin kelishish uchun xizmat ko’rsatuvchi bankka
(jumladan, elektron shaklda) taqdim etiladi.
Xizmat ko’rsatuvchi banklar tuman (shahar)
davlat soliq inspektsiyalari tomonidan taqdim
etilgan solishtirish dalolatnomalarini hisobot
oyidan keyingi oyning to’rtinchi ish kunigacha
ko’rib chiqadi.
Solishtirish dalolatnomalarida ko’rsatilgan
ma’lumotlar o’rtasida farqlar mavjud bo’lmagan
taqdirda, solishtirish dalolatnomalari tegishli
bank rahbari tomonidan imzolanadi va kelishish
uchun tegishli tuman (shahar) bo’yicha
G’aznachilik bo’linmalariga (jumladan, elektron
shaklda) taqdim etiladi.
Solishtirish dalolatnomalarida ko’rsatilgan
ma’lumotlar o’rtasida farqlar mavjud bo’lgan
taqdirda, ushbu ma’lumotlarga bank tomonidan
aniqlik kiritiladi.
Tuman (shahar) bo’yicha G’aznachilik bo’linmalari
xizmat ko’rsatuvchi banklar tomonidan taqdim
etilgan solishtirish dalolatnomalarini hisobot oyidan
keyingi oyning beshinchi ish kunigacha ko’rib
chiqadi.
Solishtirish dalolatnomalarida ko’rsatilgan
ma’lumotlar bilan O’zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligining axborot tizimidagi ma’lumotlar
o’rtasida farqlar mavjud bo’lmagan taqdirda,
solishtirish dalolatnomalari tegishli tuman (shahar)
bo’yicha G’aznachilik bo’linmalari rahbarlari
tomonidan imzolanadi.
Solishtirish dalolatnomalari tegishli hududiy davlat
soliq boshqarmasi rahbari tomonidan imzolangandan
keyin kelishish uchun Markaziy bankning hududiy
Bosh boshqarmasiga (jumladan, elektron shaklda)
taqdim etadi.
23403 — «Bojxona to’lovlari bo’yicha Respublika
byudjetining daromadlari» balans hisobvarag’ining
tegishli Shartli hisobvaraqlari ochilgan xizmat
ko’rsatuvchi banklar tomonidan O’zbekiston
Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasining tegishli
hududiy boshqarmalari va ularga tenglashtirilgan
tarkibiy tuzilmalariga va Markaziy bankning tegishli
Bosh boshqarmasiga 23403 — «Bojxona to’lovlari
bo’yicha Respublika byudjetining daromadlari» balans
hisobvarag’ining tegishli Shartli hisobvaraqlari
bo’yicha bank ko’chirmalari va ilovalari elektron va
qog’oz shaklda kunlik taqdim etib boriladi.
Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasi hududiy davlat soliq
boshqarmasi va davlat bojxona boshqarmasi va unga
tenglashtirilgan tarkibiy tuzilmasi tomonidan taqdim etilgan
solishtirish dalolatnomalarini hisobot oyidan keyingi oyning
o’ninchi ish kunigacha ko’rib chiqadi.
Solishtirish dalolatnomalarida ko’rsatilgan ma’lumotlar bilan
banklar tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar o’rtasida farqlar
mavjud bo’lmagan taqdirda, solishtirish dalolatnomalari Markaziy
bankning hududiy Bosh boshqarmasi rahbari tomonidan
imzolanadi va kelishish uchun Qoraqalpog’iston Respublikasi,
viloyatlar va Toshkent shahri bo’yicha tegishli G’aznachilik
boshqarmalariga (jumladan, elektron shaklda) taqdim etiladi.
Download