Buxoro viloyat Shofirkon tuman XTBga qarashli 4-umumiy o’rta ta’lim maktab “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan o’tkazilgan “Ziyonet – iqtidorli yoshlar olami!” nomli tadbir MAZMUNNOMASI Tadbir o’tkazilgan sana: 13.02.2020 2019-2020-o’quv yili Shofirkon tuman 4-umumiy o’rta ta’lim maktabda o’tkazilgan “Ziyonet - iqtidorli yoshlar olami!” nomli tadbir bayonnomasi Qatnashdi: T.Yo’ldosheva, N. Qo’chqorova, M.Jalolova, G.Jo’rayeva, N.Latipova, boshqa pedagoglar, o’quvchilar jamoasi Yig’ilish raisi: T.Yo’ldosheva Yig’ilish kotibi: G.Jo’rayeva Kun tartibi. “Ziyonet - iqtidorli yoshlar olami!” nomli tadbirning tashkillashtirilishini, ilmiylikka asoslanganligini tahlil qilish Ishning borishi Shofirkon tuman 4-umumiy o’rta ta’lim maktab informatika fan xonasida 2020 yil 13 fevral kuni “Ziyonet - iqtidorli yoshlar olami!” nomli tadbir o’tkazildi. Tadbirni maktab ma’naviy ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari T.Yo’ldosheva ochib berdi va mavzu yuzasidan o’z fikr mulohazasini bildirdi. XXI asr axborot texnologiyalari asri va bu asrda o’quvchilarning AKT dan foydalanishni o’rganishi juda ahamiyatli, shu bilan bir qatorda Prezidentimiz Sh. M. Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusning 3- yo’nalishi ham aynan shu sohaga tegishli ekanligi haqida so’z yuritdi. Yig’ilishda o’qituvchining pedagogik mahorati, tadbirni tashkillashtirish usuli, texnika vositalaridan foydalanish darajasi tahlil qilindi. Tadbirda ishtirok etgan matematika fani o’qituvchisi D.Mahmudova so’zga chiqdi: - Barchamiz o’tkazilgan tadbirni kuzatdik, unda bir qancha yutuqlarga erishilganligining guvohi bo’ldik. Tadbirda o’quvchilarning bugungi kundagi dolzarb muammolardan biri bo’lgan Internet tarmog’idan yoshlar qanday foydalanishi haqida so’z yuritilgan va o’quvchilarning nutq madaniyati yaxshi. Tadbirda ishtirok etgan boshqa pedagoglar ham so’zga chiqib tadbir juda qiziqarli tashkil etilganligi, ilmiylikka, hayotiylikka asoslanganligi Internet tarmog’idan to’g’ri maqsadda foydalanishni bilish zamon talabi ekanligi haqida aytib o’tdilar. Yuqoridagilarni inobatga olib, yig’ilish qaror qiladi: 1. Shofirkon tuman 4-umumiy o’rta ta’lim maktabida informatika va axborot texnologiyalari fanidan o’tkazilgan tadbir namunali deb topilsin. 2. Bundan so’ng ham shunday dolzarb mavzudagi tadbirlarni tashkillashtirish barcha o’qituvchilar zimmasiga yuklatilsin. Yig’ilish raisi: Yig’ilish kotibi: T.Yo’ldosheva G.Jo’rayeva Shofirkon tuman 4-umumiy o’rta ta’lim maktabda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanidan “Ziyonet - iqtidorli yoshlar olami!’’ nomli tadbir MAZMUNNOMASI Sahna bayramona bezatilgan. Ekranda tadbir nomi akslanib turadi. Tadbir boshlanish arafasida “Zakovat” qo’shig’i yangrab turadi. Har bir Internet tarmog’i to’g’risidagi taqdimot slaydlari orqali namoyish qilinadi: 1-Internet tarmog’i 2-Internet xizmat turlari 3-Ijtimoiy tarmoqlar 4-Qidiruv tizimlari 5-Ziyonet tarmog’i 1-Boshlovchi: Assalom,so’zimning kirish qismidan, Assalom musaffo yoshlik jismidan. Samimiy dillardan yo’llaymiz kalom, Sizga ta’zim ila salom assalom! Assalomu alaykum, ilm-ma’rifat maskaniga tashrif buyurgan qalbi ummon, aziz Vatandoshlar. Assalomu alaykum, shu davraning fayziga fayz, ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turgan hurmatli va jonkuyar ustozlar! 2-Boshlovchi: Alp o’g’lonlar o’lkasi bu ko’hna Turon, Qalqonlari, qanotlari ilm izlang! Yarim jahon bunyod etgan sohibqrion, Alisherning avlodlari ilm izlang! Bugun bu ulug’vor ostonada ona zaminga yangi yuksak qadamlari bilan odimlab kelayotgan bahor ayyomida qalbingizda ezgu umidlar bilan kirib borsak! Bugun siz uchun keltirgan tuhfamizning armoni bo’lmasdi shoyad! 1-boshlovchi: Ha, darhaqiqat, bugun yoshlarimiz Internet tarmog’idan qay maqsadlarda foydalanishmoqda? Ular Internetning ma’rifatmi, yoxud jaholat ekanligi haqida ma’lumotga egami? Internet tarmog’ining yoshlar ma’naviyatiga nechog’lik ahamiyati yoki salbiy tomonlari bor? Bugun shu borasa so’z yuritmoqchimiz. 1-boshlovchi: Marhamat, navbatni Internet tarmog’i haqidagi ma’lumotlarga bersak-da tarmoq haqidagi ma’lumotlarni bilib olsak. O’quvchi: Internet (International Network - xalqaro kompyuter tarmog’i)-butun dunyoni qamrab olgan global kompyuter tarmog’idir. Hozirgi kunda Internet dunyoning 150 dan ortiq mamlakatlarida 100 millionlab abonentlarga ega. O’quvchi: Internet sovuq urush mnahsuli. Uning yaratilishiga 1969 yilda yaratilgan ArpaNet tarmog’i asos bo’ldi. 1-boshlovchi: Internet- bu keng qamrovli tushuncha hisoblanadi.Uning bir necha xil xizmat turlaridan foydalanamiz. Umuman olganda, Internet xizmat turlari nihoyatda ko’p va xilma-xil bo’lib, yangi xizmat turlari kun sayin paydo bo’lib, ba’zilari yo’qolmoqda. (Boshlovchi so’zidan keyin o’quvchilar qo’llarida Internet xizmat turlarining nomi yozilgan varaqlarni ko’rsatgan holda uning xizmat turlarini ta’riflaydilar) Internet xizmat turlari: O’quvchi: WWW – butun dunyo o’rgimchak to’ri. Internetning eng ommabop xizmat turidir. Bu xizmat turi yordamida biz butun dunyo kompyuter tarmoqlarda saqlanib turgan ma'lumotlar bilan Web sahifa ko’rinishida tanishishimiz O’quvchi: Elektron pochta- elektron tarzda ma’lumot almashish imkoniyatini beradi. O’quvchi: Forum- bu veb-saytning tashrif buyuruvchilari muloqot o'rnatadigan maydoncha. O’quvchi: Chat - bu bir vaqtning o'zida bir necha foydalanuvchining Internet orqali muloqotidir. O’quvchi: Skype – bu Internet orqali kompyuterlararo so'zlashuv aloqasini ta'minlab beruvchi tizimdir. O’quvchi: Мail.Ru Agent - Internet orqali tezkor xabarlarni almashish dasturi. Mail.Ru dasturi tezkor xabarlarni almashishdan tashqari, Internet orqali telefon qurilmalari yordamida so'zlashish, videoqo'ng'iroqlarni amalga oshirish, tekin SMS xabarlarni jo'natish hamda elektron pochtangizga kelib tushgan xatlar to'g'risida ogohlantirish imkoniyatlarini ham taqdim etadi O’quvchi: Google Talk dasturi matn ko'rinishidagi xabarlarni almashish va tovushli so'zlashish imkoniyatini taqdim etadi O’quvchi: IMO - xizmat turi uzoq masofadagi foydalanuvchilar orasida videomuloqotni ta’minlaydi 2-boshlovchi: Azizlar, ming afsuslar bo’lsinki, bugungi kunda Internet xizmat turlaridan barcha ham to’g’ri maqsadda foydalanmaydi. Buni quyidagi sahna ko’rinishi orqali yaqqol ko’rish mumkin. (Sahna ko’rinishi: Internet xizmatlaridan foydalanish oqibati haqida) 1-boshlovchi:Barchamizga ma’lumki, Internet axborot ummoni. Undan o’zimiz uchun kerakli ma’lumotni izlab topish mushkul ish. Internetda bu muammo samarali hal qilingan. Chunki, turli qidiruv tizimlarining yaratilishi Internetdan kerakli ma’lumotni tez va samarali izlab topishni ta’minlaydi. 2-boshlovchi: Qidiruv tizimlari - ular ham maxsus web sahifadir. Qidiruv tizimlarining vazifasi kerakli ma’lumotni tez va samarali izlab topish. Marhamat, mashhur qidiruv tizimlari bilan tanishsak. (O’quvchilar qidiruv tizimlari nomi yozilgan varaqlarni ko’rsatib ta’rif beradilar) Google Yahoo Rambler Yandex 1-boshlovchi: Internetdagi barcha ma’lumotlar ham foydali emas. Internet yuqorida sanab o’tilgan xizmat turlaridan tashqari ijtimoiy tarmoqlari ham mavjud. Hozir biz ijtimoiy tarmoqlar va ularning yoshlar ma’naviyatiga ahamiyati va salbiy tomonlarini yoritib beramiz: O’quvchi: Tarkibi, faqatgina ishtirokchilardan iborat va ular orasida muloqatni o'rnatuvchi, ko'p foydalanuvchili interaktiv veb saytlar asosida yaratilgan tarmoq ijtimoiy tarmoq deb tushuniladi. O’quvchi: Jamiyatda quyidagi mashhur ijtimoiy tarmoqlardan foydalanamiz: Facebook Odnoklasniki… Twitter MySpace Habbo Hotel В Контакте Friendster Hi5 Tagged.com va boshqalar 2-boshlovchi: Unutmaslik kerakki, ma'lum bir shaxs tomonidan Internet tizimiga qo'yiladigan ma'lumotlar boshqa shaxslar yoki ijtimoiy guruhlar tomonidan turli maqsadlarda ham foydalaniilishi mumkin. Shu jumladan ma'naviyat va ma'rifatga zid ham bo'lishi mumkin. O’quvchi: Ijtimoiy tarmoqlardan foydalanilganda u yerdagi ma'lumotlarning haqqoniyligiga, Sizni aldashmayotganligiga iqror bo'lib, so'ngra ma'lum bir qarorga kelish kerak. Ijtimoiy tarmoqlar faoliyati tahlil qilinsa quyidigi salbiy holatlar va kamchiliklar uchrab turadi: O’quvchi: Foydalanuvchilarning ayrimlari o'z nomlari bilan ro'yxatdan o'tishmaydilar; O’quvchi: Nomaqbul foto sur'atlar qo'yishadilar; O’quvchi: O'zaro muloqatlarda hurmatsizlik qilishadilar O’quvchi: Bema'ni gaplar yozadilar O’quvchi: Sahifalar ijtimoiy bo'lishiga qaramasdan siyosiy muloqatlar o'rnatadilar 1-boshlovchi: Qo’lingizdagi jajji telefon bugungi kunda butun dunyoni boshqarmoqda desam, xato qilmagan bo’laman. Telefonning inson organizmiga ma ma’naviyatiga nechog’lik salbiy ta’sirini e’tiboringizga havola etilayotgan quyidagi videorolik orqali ko’rishingiz mumkin: (Telefonning inson organizmiga salbiy ta’siri va mobil telefondan foydalanish me’yorlari haqida videorolik namoyish qilinadi) 2- boshlovchi: Internetda biz yoshlar uchun muhim yana bir shunday tarmoq mavjud. Bu Ziyonet tarmog’idir. Marhamat, Ziyonet tarmog’i haqida bilib olamiz. O’quvchi: ZiyoNET" - nur, ziyo tarqatuvchi tarmoq ma'nosini bildiradi. 2005 yil 28 sentyabrdagi “O'zbekiston Respublikasining jamoat ta'lim axborot tarmog'ini tashkil etish to'g'risida”gi PQ asosida tashkil etildi.(7 nafar o’quvchi harflar yozilgan varaqlar orqali ZiyoNet so’zini hosil qilib, quyidagi ta’riflarni aytadilar) O’quvchi: ZiyoNET - sof o’zbekona Internet! O’quvchi: "ZiyoNET" bu - ma'rifiy internet dayjest. O’quvchi:“ZiyoNET" bu - keng qamrovli pedagogik virtual kutubxona. O’quvchi:"ZiyoNET" bu -global forum. O’quvchi: "ZiyoNET" bu- Ziyoli, iqtidorli Yoshlar olami! O’quvchi: "ZiyoNET" bu - ko'ngilochar-qiziqarli axborotlar manbai. O’quvchi: "ZiyoNET" bu - shaxsiy texnologik maydoncha Hamma: ZiyoNET – Ziyoli, Iqtidorli Yoshlar Olami ! 1-boshlovchi: Ha, darhaqiqat, Internetning ma’naviyatimizga salbiy yoki ijobiy ta’siri biz yoshlarning o’zimizga bog’liq. E’tiboringizga taqdim etilayotgan sahna ko’rinishi orqali bugungi yoshlarning “Internet” ni o’z ota-onasidan ham afzal ko’rayotganligining yaqqol isbotidir. 2-boshlovchi: Marhamat, tomosha qiling. (Sahna ko’rinishi namoyish etiladi.) 1-boshlovchi: Hurmatli ustozlar, qadrli tengdoshlar! Bugun bizga berilgan lahzalarni qanchalik oqladik bilmayman. Agar ko’nglingida nurli saodat taftidan bir iliq nur olib kirgan bo’lsak o’zimizni shoyad baxtiyor sanagan bo’lardik. 2-boshlovchi: Tadbirimizda ishtirok etayotgan munis ayollarimiz, hurmatli, jonkuyar ustozlarimizni yaqinlashib kelayotgan bahor ayyomi 8-mart xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan samimiy qutlaymiz . Bu aziz Vatanda Inson huquqlarining ustuvorligi doimo abadiy bo’lsin . Yer yuzida hech bir inson zulm - sitam , kamsitish ko’rmasin. Vatanimiz yanada ravnaq topaversin , xalqimiz tinchligi , xavfsizligi barqaror bo’lsin . Yoshlarimiz ma’naviyatiga hech qanday “ tarmoq” xavf solmasin! Boshlovchilar: Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurishda olloh barchamizga sog’lik , kuch-quvvat ato etsin. Xayr sog’ va salomat bo’linglar!