Buxoro viloyat Shofirkon tuman XTBga qarashli 4-umumiy o’rta ta’lim maktab “Informatika va axborot texnologiyalari” fani o’qituvchisi Qo’chqorova Nigora tomonidan o’tkazilgan “INFORMATIKA FAN BILIMDONI” nomli bellashuv tadbiri MAZMUNNOMASI O’tkazish vaqti: 27.02.2018 O’tkazilgan joy: Faollar zali 2017-2018-o’quv yili E’LON! Buxoro viloyati Shofirkon tuman 4-umumiy o’rta ta’lim maktab “Aniq fanlar” metodbirlashmasi “Matematika, Informatika fan oyligi” munosabati bilan 2018 yil 27 fevral soat 1300da 10-sinflar orasida “Informatika fan bilimdoni” nomli bellashuv tadbiri o’tkaziladi. Barchangizni tadbirga taklif etamiz. O’qituvchi: N.Qo’chqorova Shofirkon tuman 4-umumiy o’rta ta’lim maktab Informatika va axborot texnologiyalari fani o’qituvchisi Qo’chqorova Nigora tomonidan o’tkazilgan “Informatika fan bilimdoni” nomli bellashuv tadbiri bayonnomasi Qatnashdi: D.Mahmudova, M.Jalolova, G.Jo’rayeva, N.Latipova, V.Ahmadova va boshqa pedagoglar, o’quvchilar jamoasi Yig’ilish raisi: D.Mahmudova Yig’ilish kotibi: N.Qo’chqorova Kun tartibi. Bellashuv tadbirning tashkillashtirilishini, ilmiylikka asoslanganligini tahlil qilish Ishning borishi Shofirkon tuman 4-umumiy o’rta ta’lim maktab faollar zalida 2018 yil 27 fevlar kuni “Matematika, informatika fan oyligi” munosabati bilan “Informatika fan bilimdoni” nomli bellashuv tadbiri o’tkazildi. Tadbirni maktab Aniq fanlar metodbirlashma rahbari D.Mahmudova ochib berdi va mavzu yuzasidan o’z fikr mulohazasini bildirdi. XXI asr axborot texnologiyalari asri va bu asrda o’quvchilarning AKT dan foydalanishni o’rganishi juda ahamiyatli ekanligi haqida so’z yuritdi. Yig’ilishda o’qituvchining pedagogik mahorati, tadbirni tashkillashtirish usuli, texnika vositalaridan foydalanish darajasi tahlil qilindi. Tadbirda ishtirok etgan informatika fani o’qituvchisi M.Jalolova so’zga chiqib: - Barchamiz o’tkazilgan bellashuv tadbirni kuzatdik, unda bir qancha yutuqlarga erishilganligining guvohi bo’ldik. Tadbirda o’quvchilarning kompyuterda berilgan topshiriqlarni qiynalmasdan bajarishi, devoriy gazetalarning sifati, ko’rgazmali topshiriqlarning sifatli bajarilganligi va o’quvchilarning nutq madaniyati yaxshiligidir. Tadbirda ishtirok etayotgan boshqa o’qituvchilar ham so’zga chiqib tadbir juda qiziqarli tashkil etilganligi, ilmiylikka, hayotiylikka asoslanganligi, kompyuter texnikasidan foydalanishni bilish zamon talabi ekanligi, tadbir shartlarining o’quvchilar yoshiga mos ekanligi haqida aytib o’tdilar. Yig’ilishda yuqoridagilarni inobatga olib yig’ilish qaror qiladi. Yig’ilish qaror qiladi: 1. Shofirkon tuman 4-umumiy o’rta ta’lim maktabida informatika va axborot texnologiyalari fani o’qituvchisi Qo’chqorova Nigora tomonidan o’tkazilgan tadbir namunali deb topilsin. 2. Bellashuvda g’olib chiqqan 10-A sinf o’quvchilari faxriy yorliq va esdalik sovg’a bilan taqdirlansin. 3. Bundan so’ng ham shunday bellashuv tadbirlarini tashkillashtirish barcha o’qituvchilar zimmasiga yuklatilsin. Yig’ilish raisi: D.Mahmudova Yig’ilish kotibi: N.Qo’chqorova. “Informatika fan bilimdoni” bellashuv tadbiri mazmuni: Assalomu alaykum ilm-ma’rifat maskaniga tashrif buyurgan qalbi ummon, aziz Vatandoshlar. assalomu alaykum shu davraning fayziga fayz, ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turgan hurmatli va jonkuyar ustozlar. Assalomu alaykum go‘zal va mustaqil yurtning kelajagi bo‘lgan bilimli, dono tengdoshlar. Istiqlol el-yurtimiz uchun o‘z taqdirining egasi bo‘lib, o‘z qadr qimmatini anglab, munosib hayot kechirishi uchun keng imkoniyatlar yaratib beribgina qolmay, yoshlarning huquqerkinliklarini va barcha sohalarda is’tedod, qobiliyatlarini to‘la namoyon etish imkonini berdi. Davlatimiz rahbari rahnamoligida ishlab chiqilgan dasturlar, amalga oshirilgan chora-tadbirlar asosida o‘zligimizni anglash, milliy qadriyatlar, urf-odat va an’analarimizni tiklash, fidoiy ajdodlarimiz ruhiga hurmat, ma’naviyatimizga e’tibor kabi qator ijobiy ishlarni amalga oshirdik. Shu o‘rinda aytish joizki, bugun diyorimizda hukm surayotgan mustaqillik, tinchlik va barqarorlik, millatlararo totuvlik va ahillik, mehr-oqiubat va hamjihatlikka osonlikcha erishganmiz yo‘q. Bugun bu ulug’vor ostonada siz uchun keltirgan tuhfamizning armoni bo’lmasdi shoyad! Barchamizga ma’lumki, XXI asr axborot texnologiyalari asri. Bugun yoshlarimiz axborot kommunikatsion texnologiyalarni qay darajada biladilar? Ulardan kelajakda qay maqsadlarda foydalanadilar? Yoshlarga o’rgatilayotgan bilimlar qay dsarajada ekanligini aniqlash maqsadida ushbu bellashuv tadbirini tashkil etdik. Bellashuvda 2 nafardan 10-sinf o’quvchilari ishtirok etmoqdalar. Ishtirokchilar tanishtiriladi va sahnaga taklif qilinadi. Sahna bezatilgan: Ishtirokchilar tomonidan tayyorlangan devoriy gazetalar, bukletlar, ko’rgazmalar joylashtirilgan. O’qituvchi hakamlar hayati a’zolari va tadbir shartlari bilan ishtirokchilarni tanishtiradi.Tadbir shartlari 10 ballik tizimda baholanishini aytib o’tadi.Tadbirni boshlash uchun qur’a tashlanadi. “Informatika fan bilimdoni” bellashuv tadbiri shartlari I-shart:Kirish Guruh taqdimoti – 3 ball. Devoriy gazeta – 3 ball Emblema – 1 ball. Buklet – 2 ball. Shior - 1 ball. Jami: 10 ball II-shart: Test sinovi (Excel, Access va Delphi dasturi bo’yicha)10 ball III-shart: Excelda funksiya grafigini yasash(Tanlov asosida funksiya beriladi. Qiymatlar beriladi ) 10 ball IV-shart:MSAccess dasturida jadvallarni o’zaro bog’ash 10 ball V-shart: Delphi dasturida boshqarish tugmasi joylash(Tanlov asosida boshqarish tugmasi nima vazifani bajarish sharti beriladi) 10 ball Fan bilimdonini aniqlash: Krosword (G’olib bo’lgan sinfdagi ikki o’quvchi bir-biriga raqib bo’ladi va kroswordni kim ko’p yechsa, fan bilimdoni bo’ladi) “Informatika fan bilimdoni” bellashuv tadbiri shartlarini baholash monitoringi № Ishtirokchilar I II 1 2 3 4 10-“A” 10-“B” 10-“D” 10-“E” 10 9 9 8 10 10 9 9 Hakamlar hay’ati: III IV 8 8 7 9 8 8 8 8 V 10 10 10 10 D.Mahmudova N.Latipova V.Ahmadova Jami O’rni 46 45 43 44 I II IV III