“Ko’rildi” O’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari:_________ A.Niyozov “____”________________2018 yil Sinf Sana 10 A 08.05.2018 DARS KONSPEKTI № 61 10B 10D 7.05.2018 7.05.2018 10E 08.05.2018 O’quv fanining nomi: Informatika va axborot texnologiyalari Mavzu: RASMGA BOSHQA OBYEKTLARNI JOYLASH Dars maqsadlari: ta’limiy: O’quvchilarga Delphi dasturida rasmga matn va shakllar joylash haqida tushunchalar berish; tarbiyaviy: O`quvchilarning kompyuter savodxonlik malakasini oshirish, vatanga sadoqatli bo’lishga o’rgatish rivojlantiruvchi: O`quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish,dunyoqarashini o’stirish Tayanch kompetensiyalar: TK-2:Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: TK-3:O‘zini-o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: FK2-Axborotlarni elektron vositalarda qayta ishlash va saqlash kompetensiyasi shakllanadi Dars jihozi: kompyuterlar, videoglaz, ekran, Delphi 7 dasturi Dars turi: Nazariy mashg’ulot Dars uslubi: Tushuntirish, yo’riqnoma berish, mashq bajarish Dars o’tish joyi: Informatika fan xonasi DARSNING BORISHI. I. Tashkiliy davr. II. O’tilgan mavzuni takrorlash. Uy vazifasi tekshiriladi. 1. Taymer ishlatiladigan holatlarga misollar keltiring. 2. Timer obyekti obyektlar panelining qaysi jildida joylashgan? 3.Timer obyektining interval xossasi qanday vazifani bajaradi? 4.Timer obyektining Enabled xossasi qanday qiymat qabul qiladi va buqiymat o‘zgarganda qanday hodisa ro‘y beradi? 5.Taymer ilovasida ShowMessage protsedurasi o‘rniga Labelobyektidan foydalanib, qayta yarating. 6.Elektron soat ilovasini soat har sekundda qisqa ovoz signaliberadigan qilib o‘zgartiring. III. Yangi mavzu bayoni TAYANCh IBORALAR: Canvas-sirt TextOut-matn chiqarish Font-shrift Cord-Ellips segmenti Arc- ellips yoyi Pie-ellips sektori 1.Rasmga matn joylash. Rasmlar bilan ishlashda ko‘p uchraydiganamallardan biri bu rasmga matn joylashdir. Bu amalni bajarish uchun Canvasning usuli bo‘lgan TextOut (matn chiqarish) dan foydalaniladi. Uning uchta argumenti bo‘lib, ulardan dastlabki ikkitasi matn chiqariladigan sohaning chap yuqori burchagining koordinatalari, uchinchisi esa ekranga chiqariladigan matn satri. Masalan, Image1.Canvas.TextOut(10,20, ‘Salom!’); operatori rasm sohasining (10, 20) nuqtasidan boshlab, ‘Salom!’ degan yozuvni chiqaradi Rasmga qo‘yiladigan yozuvning qanday shriftda chiqishini Canvas ning Font (shrift) nomli xossasidir. Masalan, shriftning o‘lchamini 14 qilish uchun Image1.Canvas.Font.Size:=14;, shrift rangini qizil qilish uchun Image1.Canvas.Font.Color:=clRed; operatoridan foydalaniladi. Bu operatorlarni qo‘llash bilan tanishish uchun quyidagi ilovani yaratamiz. Unga Image va Button tugmalarini joylab, tugmani ikki marta bosamiz va quyida ko‘rsatilgan operatorlarni kiritamiz: Image1.Canvas.Font.Size:=8; Image1.Canvas.TextOut(10,20, '8'); Image1.Canvas.Font.Size:=14; Image1.Canvas.Font.Color:=clRed; Image1.Canvas.TextOut(20,20, '14'); Image1.Canvas.Font.Size:=20; Image1.Canvas.Font.Color:=clBlue; Image1.Canvas.TextOut(40,20, '20'); Image1.Canvas.Font.Name:='Times New Roman'; Image1.Canvas.Font.Size:=30; Image1.Canvas.Font.Color:=clGreen; Image1.Canvas.TextOut(70,20, '30'); Image1.Canvas.Font.Size:=40; Image1.Canvas.Font.Color:=clBlack; Image1.Canvas.TextOut(110,20, '40'); Image1.Canvas.Font.Size:=50; Image1.Canvas.Font.Color:=RGB(255,0,255); Image1.Canvas.TextOut(180,20, '50'); Ilovani ishga tushirib, uning tugmasini bosamiz. Shriftni o‘zimiz bilgan Times New Roman ga almashtirganimizdan keyin ekrandagi math sifati yaxshilanganiga e’tibor bering. 2.Rasmga shakllarni joylash. Rasmga bir qator geometrik shakllarnijoylash mumkin. Ulardan to‘g‘ri to‘rtburchak, ellips kesmalarni qanday joylashni avvalgi mashg‘ulotlarda ko‘rib chiqqan edik. Endi ular yoniga boshqalarini qo‘shamiz. Ellips yoyini rasmga qo‘shish uchun arc(x1,y1,x2,y2, x3,y3,x4,y4) usulidan foydalaniladi. Ellips uchlari (x1, y1), (x2, y2) nuqtalarda bo‘lgan to‘g‘ri to‘rtburchakka ichki chizilgan va uning markazini (x3, y3), (x4, y4) nuqtalar bilan birlashtiruvchi to‘g‘ri chiziqlar bilan kesilgan qismi olinadi. Bunda uchinchi nuqtadan to‘rtinchi nuqtaga soat miliga teskari yo‘nalishda harakatlanadi. Ellips yoyini chizadigan operatorlar va ular chizgan yoylarni quyida ko‘rsatilgan. Image1.Canvas.Arc(0,0,100,100, 50,0,0,50); Image1.Canvas.Arc(100,0,200,100, 0,50,150,0); Ellips segmentini rasmga qo‘shish uchun Cord(x1,y1,x2,y2, x3,y3,x4,y4) usulidan foydalaniladi. Unga misol quyida keltirilgan: Image1.Canvas.Chord(0,0,100,100, 50,0,0,50); Image1.Canvas.Chord(100,0,200,100, 0,50,150,0); Ellips sektorini rasmga qo‘shish uchun Pie(x1,y1,x2,y2, x3,y3,x4,y4) usulidan foydalaniladi. Unga misol quyida keltirilgan: Image1.Canvas.pie(0,0,100,100, 50,0,0,50); Image1.Canvas.pie(100,0,200,100, 0,50,150,0); YODDA SAQLANG ! Rasmga matn va geometrik shakllar joylash mumkin. SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. Rasmga ellips segmenti qanday qilib qo‘yiladi? 2. Rasmga ellips sektori qilib qo‘yiladi? 3. Rasmga bir nechta matn satri kiritadigan ilova yarating. 4. Rasmga bir nechta geometrik shakllar kiritadigan ilova yarating. UYGA VAZIFA 1. Rasmga matn qanday qilib qo‘yiladi? 2. Rasmga ellips yoyi qanday qilib qo‘yiladi?